logo

SAMARQAND SHAHAR MAISHIY CHIQINDILARINING ATROF-MUHITGA TA`SIRI

Загружено в:

12.08.2023

Скачано:

0

Размер:

4282.00390625 KB
SAMARQAND SHAHAR MAISHIY
CHIQINDILARINING ATROF-MUHITGA TA`SIRI
         
          Kirish……………………………………………………………… .............3
1. Adabiyotlar sharhi……………………………………………...............7
1.1.   Samarqand viloyatida   maishiy chiqindilarni o`rganish tarixi …............7
2. Tadqiqot sharoitlari, obyekti va uslublari…………………… …….. ..21
2.1 Tadqiqot sharoitlari………………………………………………….... .21
2.1.1.  Samarqand viloyati,   Samarqand  shahar va tumanining geografik 
tasnifi...................... ................................................................................................ .21
2.2. Tadqiqot obyektlari…………………………………………. ...............38
2.3 Tadqiqot uslublari………………………………………….... ................39
3. Tadqiqot natijalari…………………………………………... ...............41
3.1.   Samarqand   shahrida   maishiy   chiqindilarning   hosil   bo`lish   yo`llari,   turlari,
joylashtirilishi,   morfologik   tarkibi,   klassifikatsiyasi,   utilizatsiyalash   va   ulardan
qayta foydalanishning samaradorligi......................................................................41 
3.1.1 . Chiqindi turlari....................................................................................45
3.1.2. Chiqindixonalar to`g`risida ma`lumot.................................................46
3.1.3.   Samarqand   shahri   bo`yicha     maishiy   chiqindilarning   hajmi   va   ularni
qayta ishlashning samaradorligi............................ ................................................. 49
3.1.4   Samarqand   shahri da   maishiy   chiqindilarning   maydoni   va   hajmiga
qarab, hududlarni rayonlashtirish................ ......................... . ................................. 56
Xulosalar………………………………………………………………................ 66
Tavsiyalar ……………………………………………………………..................6 8
Foydalanilgan adabiyotlar  ro`yhati ………………………………………….....6 9
1 K I R I SH
Mavzuning dolzarbligi . 
            Bugungi kundagi eng dolzarb ekologik muammolardan biri – bu chiqindilar
muammosidir.   Chiqindilar   deganda   biz   ishlab   chiqarish   yoki   iste`mol   qilish
jarayonida   xomashyo,   materiallar,   shuningdek   o`zining   is`temol   xususiyatlarini
yo`qotgan maqsulotlarni  tushunamiz.  Xullas, chiqindilar  muammosi  murakkab va
keng qirrali bo`lib, u quyidagi masalalarni o`z ichiga oladi:
                       Chiqindilarni yig`ish, saralash, tashish, joylashtirish, saqlash  yoki qayta
ishlash, ko`mib tashlash;
            Tuproq, havo, er osti suvlariga zararli ta`siri;
                       A h latxonalar bilan band erlarni qishloq xo`jaligi hisobidan chiqarish va
hokazolar.
                        Bu   muammolar   barcha   mamlakatlar   va   xususan   O`zbekiston
Respublikasida   hamda   Samarqand   shahri   uchun   ham   umumiy   bo`lib,   barcha
hududlarda   ularni   juda   katta   sarf-harajatlar   evaziga   turlicha   samara   bilan   hal
qilishga to`g`ri kelmoqda.
             2017 - 2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta
ustivor   yo`nalishi   bo`yicha   Harakatlar   strategiyasining   4   nchi   Ijtimoiy   sohani
rivojlantirishning   ustivor   yo`nalishi   4.3   paragrafida:   “Odamlarning   ekologik
xavfsiz   muhitda   yashashini   ta`minlash,   maishiy   chiqindilarni   qayta   ishlash
komplekslarini   qurish   va   modernizatsiya   qilish,   ularning   moddiy   texnik   bazasini
mustahkamlash, aholini chiqindini yo`q qilish bo`yicha zamonaviy ob`ektlar bilan
ta`minlash” ko`rsatilgan [4] .
                        Davlatimiz   rahbarining   2017   yil   21   aprelidagi   farmoniga   muvofiq,
Ekologiya   va   atrof-muhitni   muhofaza   qilish   sohasida   davlat   boshqaruvi   tizimi
takomillashtirildi. O`zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza
qilish qo`mitasi qayta tashkil etilib, uning zimmasiga ekologik holatni yaxshilash,
2 maishiy   chiqindilarni   yig`ish,   saqlash,   tashish,   utilizatsiya   qilish   va   qayta   ishlash
borasida ko`plab vazifalar qo`yildi.
                            Respublikamiz   Prezidenti   Sh.M.Mirziyoevning   2018   yil   2   fevralida
“Atrof   muhitni   muhofaza   qilish   –   aholi   salomatligini   saqlashning   muhim   omili”
degan   ma`ruzasida   2017-2021   yillarda   maishiy   chiqindilar   bilan   bog`liq   ishlarni
tubdan   yaxshilash   yuzasidan   kompleks   dastur   qabul   qilinganligi,   moliyalashtirish
manbalari   aniq   belgilab   berilganligi   xususida   so`zlab,   bu   ma`lumotlarni   aniq
faktlar bilan izohladi. Masalan,  faqat 2017 yilda Respublikada  qo`shimcha 305 ta
chiqindi   to`plash   maydonchasi   qurilib,   2   mingdan   ortiq   konteynerlar   bilan
jihozlanganligi,   295   ta   poligon   to`liq   xatlovdan   o`tkazilganligi,   97   ta   chiqindi
poligoni   tartibga   keltirilganligi   aytildi.   Shu   bilan   birgalikda   bu   muammoni   hal
qilishda ko`pgina kamchiliklarimiz mavjudligi ta`kidlandi [3].
                      Hozirgi   kunda,   yurtimizda   53   foiz   aholiga   sanitar-tozalash   ko`rsatilgan,
xolos. Shundan atigi 15 foizi xususiy sektor hissasiga to`g`ri keladi. Deyarli barcha
qishloqlarda maishiy chiqindilarni yig`ish, saqlash  va tashish  yo`lga qo`yilganligi
ta`kidlandi.  Yig`ilishda  shu   kabi   kamchilik  va  muammolar   tanqidiy  tahlil  qilinib,
tizim oldidagi dolzarb vazifalar belgilab berildi.
Ekologiya   va   atrof-muhitni   muhofaza   qilish   davlat   qo`mitasiga   tegishli
vazirliklar   bilan   birgalikda   shaharlarda   chiqindi   yig`ish   shaxobchalarini   tartibga
solish,   qishloq   aholi   punktlarida   sanitar-tozalash   xizmatlarini   rivojlantirish
bo`yicha   5   yillik   dastur   ishlab   chiqish   vazifasi   yuklatildi.   2018   yilda
mamlakatimizda 9 ta shaharda chiqindini yig`ish va qayta ishlash klastrlarini ishga
tushirish   bo`yicha   topshiriq   berilib,   bu   borada     Surxondaryoda   tashkil   etilgan
klaster faoliyati namuna qilib ko`rsatildi.
Bizning viloyatimizda ham Respublika miqyosidagi kabi, aholi soni yildan –
yilga oshmoqda (hozirgi kunda viloyatda 3 mln. 250 mingdan ortiq kishi istiqomat
qiladi,   Samarqand   shahrida   520   ming,   Samarqand   shahrida   80   mingdan   ortiq)
shahar kabi tumanlar hududlari va qishloqlarimizda ming-minglab zamonaviy uy -
joylari qurilmoqda. Buning natijasida chiqindilar soni ham oshmoqda, bu esa yangi
–   yangi   zamonaviy   chiqindixonalarni   tashkil   etish,   chiqindilarni   saralash,   atrof-
3 muhitga   zararini   kamaytirish,   qayta   ishlashni   va   xullas,   ulardan   unumli
foydalanishni taqazo etmoqda.
Yuqorida   keltirilganlardan   ma`lum   bo`ldiki,   BMI   ni   bajarish   uchun
tanlangan mavzu o`ta dolzarbligi bilan ajralib turadi va ushbuni “Samarqand shahri
maishiy chiqindilarining atrof-muhitga ta`siri” ni o`rganishni maqsad qilib oldik va
uning uchun quyidagi vazifalarni bajarish belgilandi:
1. Mavzuga oid adabiyotlarni tahlil qilish.
2. Samarqand   shahri   va   Samarqand   tumanida   maishiy   chiqindilarning   hosil
bo`lishi,   turlari,   joylashtirilishi,   morfologik   tarkibi,   klassifikatsiyasi,
utilizatsiyalash va qayta foydalanishning samaradorligini o`rganish.
3. Samarqand   shahri   va   Samarqand   tumanida   maishiy   chiqindilarning
maydoni   va   hajmiga   qarab,   hududlarni   rayonlashtirish,   xulosalar   chiqarish   va
tavsiyalar berish.
Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati.  Samarqand shahri va
Samarqand   tumanida   m aishiy   chiqindilarni   atrof-muhitga   ta`sirini   o`rganish
natijasida   ilk   bor   ushbu   aniqlandiki,   tadqiqotlar   asosan   AO   “Tayloq   konserva”
tozalash maydonida to`planadi va karer atrofida to`planadi, 10 ga egallaydi. Uning
hajmi   647,7   ming   tonnaga   egadir.   Tumanning   chiqindilari   Orzu   Mahmudov
massivi   Jaloer   qishlog`i   atrofida   yig`iladi   va   hajmi   4353,15   m 2
  gektarga   yig`ilib,
uning   miqdori   4500   tonnaga   tengdir,   biroq   ularning   holati   qoniqarli   deb   xulosa
qilinadi.
Ushbu   hududda   chiqindilarning   miqdori   yildan   yilga   oshib   borishini
ko`rsatadi   va   u   279   foizni   tashkil   etdt.   Buning   asosiy     sababi,   chiqindilarni   o`z
vaqtida   saralamaslik   va   qayta   ishlash   korxonalarining   hududda   yo`qligiga
avtoulovlarning kamligidir.
Chiqindilarni   turli   rangli   paketlarga   solib,   saralab,   so`ngra   yig`ish   va
chiqindixonalarga   jo`natish   lozim.   Ularni   o`z   vaqtida   yig`ish   va   zararlantirish
uchun   keng   jamoatchilikning   va   xususan   mahallalarning   roli   kattadir.   Hududda
chiqindilarni qayta ishlash uchun tadbirkorlarni jalb etish lozim.
Hududda yig`iladigan maishiy chiqindilar ilk bor rayonlashtirilgan.
4 Bu   ma`lumotlardan   oliy   o`quv   yurtlari   kollej   va   maktablarda   ekologiya,
atrof - muhitni muhofaza qilish fanlaridan saboq berishda foydalanish mumkin. 
Bitiruv   malakaviy   ishning   tuzilishi   va   hajmi.   U   kirish,   3   bob,   10
paragraf,   14   rasm,       7   jadval,   ilоvalar   va   foydalanilgan   adabiyotlar   ro`yxatidan
iborat.
5 1. Adabiyotlar sharhi
O`zbekistonda va xususan Samarqand viloyatida maishiy chiqindilarni
o`rganish tarixi.  
Respublikamiz   mustaqilikka   erishgan   vaqtdan   beri   ekologik   xavfsizlikni
ta`minlash,   atrof-muhitni   muhofaza   qilish   va   tabiiy   resurslardan   oqilona
foydalanish   sohasidagi   aniq   maqsadga   qaratilgan   siyosatni   olib   bormoqda   va   bu
yo`nalishda zamonaviy mustahkam normativ-xususiy asoslari yaratildi. Respublika
Prezidenti   Islom   Karimovning:   “O`zbekiston   21   asr   bo`sag`asida:   xavfsizlikka
tahdid,   barqarorlik   shartlari   va   taraqqiyot   kafolatlari”   [1]   va   “O`zbekiston   buyuk
kelajak sari” [2] kitoblarida hududimizning dolzarb ekologik muammolariga katta
o`rin berilgan.
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasida
bir   necha   o`nlab   qonunlar,   300   dan   ortiq   normativ   hujjatlar   qabul   qilindi.   SHu
bilan bir qatorda jamiyatimizning rivojlanishi bilan bog`liq bo`lgan, atrof-muhitga
va   inson   salomatligiga   ta`sir   etayotgan   ekologik   muammolardan   eng   muhimi,   bu
chiqindilar – qattiq va maishiy chiqindilar (QMCH) masalasi hisoblanadi.
Shu   yerda   ushbuni   mahsus   aytish   lozimki,   hozirgi   kunda   Respublikamizda
32   mln.   500   mingdan   ortiq   aholi   yashaydi.   Aholi   sonining   o`sishi,   asosan,
shaharlarda   seziladi.   Agar,   respublikamiz   poytaxti   –   Toshkentda   3   mln.   500
mingdan   ortiq   aholi   yashasa,   Samarqand   shahrida   esa   520,   Samarqandda   esa   80
mingdan   ortiq,   tumanda   24   ming   600   kishi   (2018   y.yanvari).   Aholi   sonining
oshishi bilan maishiy chiqindilar ham oshib bormoqda.
X.X. Zokirov, Sh.A. Qo`ldoshevalarning  ma`lumotlariga asosan  21 asrning
boshlang`ich davrida O`zbekistonda bu ko`rsatkich har 1000 kishiga bir yilda 33,7
ni   tashkil   etgan.     Bundan   ko`rinib   turibdiki,   shaharlar   aholisining   o`sishi,
cheklangan   hududda   sanoatning   to`planishi   aholi   istiqomat   qiladigan   hududlarda,
ayniqsa   yirik   shaharlarda   ekologik   sharoitlarning   yomonlashuviga   sabab
bo`lmoqda. SHaharlarda qattiq maishiy chiqindilar (QMCH) va ko`p o`lchamdagi
axlatlar   (KO`A)   yig`ilmoqda,   ular   o`z   vaqtida   olib   chiqilmasa   va
zararsizlantirilmasa,   atrof   -   muhitni   jiddiy   ifloslantirishi   muqarrar.   Xullas,
6 shaharlarning   turli   erlarida   paydo   bo`layotgan   “tog`lar”,   yomon   tashkil   etilgan,
ba`zan   esa   betartib   ravishda   hosil   bo`lgan   axlatxonalar   atrof   -   muhit
ifloslanishining jiddiy manbai bo`lib qolmoqda (15).
Agar biz tarixga nazar tashlasak, eramizdan 300 yil muqaddam Afinada turli
ko`rinishli   chiqindilarni,   shahar   ko`chalariga   tashlashni   taqiqlovchi   hamda
ko`chalarni   tozalovchi   farroshlarga   chiqindilarni   shahardan   chetroqda   mahsus
ajratilgan   joylarga   olib   chiqib   tashlash   majburiyatini   yuklovchi   farmon   qabul
qilingan.   Biroq   vaqt   o`tishi   bilan   ya`ni   o`rta   asrlarda   ushbu   tajriba   unutildi   va
shahar   aholisi   ahlatlarni   ko`chaga   uloqtirar,   yuvindilarni   derazadan   tashqariga
separ   edilar,   bu   esa   o`z   navbatida   shaharda   vabo   kasalini   tarqatuvchilar   –
kalamush, sichqonlarning ko`payishiga olib kelgan. 
Qadimgi   Rimda   esa   uy   egalari   axlatlarni   yig`ib   shahar   tashqarisidagi
handaklarda   tashlangan   (18).   Biz   ham   Siyob   bozori   ko`prik   ostida   2015-2016
yillarda   shunday   holat   yuz   berganning   guvohi   bo`ldik.   SHaharlar   sonining   ortib
borishi   va   mahsulot   ishlab   chiqarishning   o`sishi,   chiqindilar   miqdorining   yanada
ko`payishiga   sabab   bo`ldi.   Biroq   o`sha   davrda   mavjud   bo`lgan   resurslarning
qimmatligi   tadbirlarni   qayta   ishlashga   yaroqli   bo`lgan   barcha   chiqindilarni
utilizatsiyalash,   ya`ni   foydali   ravishda   ishlashga   majbur   etardi.   SHu   bilan   bir
vaqtda chirindi to`planadigan hududlar borgan sari ortib borgan. Mazkur muammo
xukumat darajasidagi keng qamrovli echimini topishni taqoza etar edi. 
1874   yilga   kelib,   Buyuk   Britaniyaning   Nottintem   shahrida   ekologik
taraqqiyotning o`ziga xos ramzi bo`lmish dunyodagi birinchi chiqindi yoqiladigan
zavod   qurilgan.   20   -   asrning   ikkinchi   yarmidan   boshlab,   maishiy   chiqindilar
hajmining   o`sishi   ofatli   alomatlarni   egalladi.   Dunyoning   deyarli   barcha
mamlakatlarida qattiq maishiy chiqindilar aholi jon boshiga har 10 yilda 10 foizga
va undan ham ko`p oshishi kuzatilmoqda. Hozirgi kunda dunyo bo`yicha maishiy
chiqindilarning har yilgi massasi 450 mln. tonnani tashkil qilib, shulardan 80 foizi
har xil turdagi murakkab tuzilmalardan, oddiy chiqindixona poligonlarida ko`mish
bilan   zararsizlantiriladi.   Quyida   MDH   mamlakatlaridan   biri-Ukrainada   qattiq
7 maishiy chiqindilarning o`rtacha morfologik tarkibi misol tariqasida keltiriladi (1.
1.Jadval).
1.1.Jadval
Qattiq maishiy chiqindilarning o`rtacha morfologik tarkibi  [15]
Fraksiyalar O`rtacha yillik massasi, % hisobida
Qog`oz 18,9
Oziq-ovqat chiqindilari 38,4
Daraxt 4,9
Metall 3,4
Gazlama chiqindilari 3,9
Rezina va teri chiqindilari 0,8
Oyna 3,7
Toshlar 8,9
Xokazo qismlar 17,2
Jami: 100
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10020406080100120
1.qog`oz
2.oziq-ovqat
3.yog`och
4.metal
5.tekstil
6.charm
7.rezina
8.shisha
9.tosh
10 .  boshqa 
qismlar
jami
1.1-rasm. Qattiq maishiy chiqindilarning o`rtacha morfologik tarkibi  [15]
Chiqindilarni   boshqarish   masalasi   dunyoning   turli   mamlakatlarida   turli   xil
yo`llar   bilan   yondoshilganligi   ma`lum.   Rivojlangan   mamlakatlarda:   Germaniya,
8 Belgiya, Yaponiya, Shvetsiyada maishiy chiqindilarga bo`lgan munosibat tahlillari
shuni   ko`rsatdiki,   ularning   60-65   foizi   qayta   ishlanadi,   20-25   foizidan   energiya
olinadi [3]. 
Xullas,   yuqoridagilardan   ma`lum   bo`ldiki,   bir   qator   mamlakatlarda
chiqindilarni   utilizatsiya   qilishda  – kuydirish,  boshqalarda  esa  poligonga ko`mish
yoki yig`ish, shuningdek kompostlash texnologiyalari bilan amalga oshiriladi.
O`zbekiston   Respublikasi   Tabiatni   muhofaza   qilish   qo`mitasi,   mutasaddi
vazirliklar   muassasalarining   ma`lumotlariga   ko`ra,   respublikada   35   mln.   m 3
maishiy   chiqindilar   tarkibiga   uy   xo`jaligi,   muassasalar   (tibbiyot,   ta`lim,   savdo,
ofis),   bozor,   ko`cha   tozalashlardan   yig`iladigan   chiqindilar   va   yarmi   shahar   va
qishloq   chiqindixonalarida   to`planadigan   boshqa   4   toifali   sanoat   chiqindilar
hisoblanadi   [15].   Jami,   yuqoridagi   maishiy   chiqindilar   hajmidagi   har   million
tonnasidan, ularning quyidagi hajmdagi foydalanish komponentlari yo`qolar ekan (
1.2 jadval).
1.2 Jadval
Chiqindixonalardan foydalanilmay qoladigan maishiy chiqindilar
tarkibi va hajmi (ming/tonna hisobida) (orginal)
Maishiy chiqindilar Foydalanishi lozim bo`lgan hajm
Oziq-ovqat chiqindilari 360
Qog`oz va karton 160
Tekistil 55
Plastmassa 45
Maishiy   chiqindilarning   hosil   bo`lishi   ko`p   yillik   dinamikasida   salbiy
tendensiyalar   yo`q.   Ularning   miqdori   yillik   3437-5190   ming/tonna   oraliqda
(diapauzada) o`zgaradi (1.2 rasm).
9 1 2 3 4 5 6 70100020003000400050006000
4624 5190
3437 4345
3639 4202
3978
Series1
1 2 3 4 5 6 7
2001 2002 2003 2004 2005 2006 2007
1.2-rasm. Maishiy chiqindilarning hosil bo`lishi (yiliga ming t.) [ 15]
Barcha   maishiy   chiqindilarning   ko`p   qismi   Farg`ona,   Samarqand
viloyatlarida va Toshkent shahrida hosil bo`lishi qayd etilgan  [15] .
Shu erda ushbuni mahsus aytish lozimki, SamDU professori SH.T.Holiqulov
va   tadqiqotchi   S.Pardaevlar   [33,34]   Samarqand   shahrida   qattiq   chiqindilarni
quyidagi   guruhlarga   bo`lib   o`rganishgan:   maishiy   yoki   kommunal   chiqindilar,
sanoat chiqindilari, qishloq xo`jalik chiqindilari va qurilish chiqindilari.
Ushbu   adabiyot   ma`lumotlaridan   ma`lum   bo`ldiki,   faqat   2007   yilga   kelib,
chiqindilarning   asosiy   saqlash   joylarida  2   mlrd.   tonnaga  yaqin   sanoat   va   maishiy
chiqindilar   to`plangan.   Ularning   atrof-muhitga   va   aholi   salomatligiga   ta`sir
darajasi   ko`pgina   hududlarda   etarlicha   baholanmagan.   Havoning   yuqori   harorati
organik   moddalarning   tez   parchalanishiga   mikrofloraning   hamda   patogen
mikroorganizmlarning tez rivojlanishiga olib keladi. Bularning barchasi chiqindilar
saqlash muddatini qisqartirishni  talab etadi. Chiqindilarni chiqarish, utilizatsiya va
qayta ishlash hududlarda echilishi qiyin bo`lgan muammoga olib kelmoqda. Ayrim
10 viloyat   va   tumanlarda   maishiy   chiqindilarning   ruxsat   etilmagan   erlarga
joylashtirish hamon davom etmoqda (1.3, 1.4, 1.5 rasm). 
1.3-rasm. Suv o`tkazgichlarda to`plangan maishiy chiqindi qoldiqlari.
11 1.4- rasm. Samarqand shahri Navoiy ko`chasi. Saralanmagan chiqindilar 
qoldiqlari.  
Buni   Samarqand   shahri   va   tumanida   kuzatish   mumkin.   So`nggi   yillarda
qattiq   maishiy   chiqindilari   qayta   ishlash   sohasi   bo`yicha   xususiy   tadbirkorlik
12 rivojlanmoqda.   Xususan   2007   yilda   Toshkent   viloyati   Yangiyo`l   shahridagi
“Avesto Shams” va “O`tkir” (MCHJ) masuliyati cheklangan jamiyati mos ravishda
700 tonna va 300 tonna, Qibray tumanidagi “Tursunmurod-ota” MCHJ 205 tonna
qattiq maishiy  chiqindilarni  hamda  Buxoro shahridagi  “MAAN”   MCHJ   41 tonna
polietilen   plyonkalarni   qayta   ishlagan   [15].   YUqoridagilarga   yana   qo`shimcha
misol, Urgut mahallasida joylashgan “AL NAZAR ORZU SERVIS” MCHJ 2008
yilda   ish   boshlab,   bakalashkalardan   faqat   2010   yilda   500   tonna   poleester   tola
mahsuloti   olgan   va   2012   yilda   5   milliard   750   mln.   so`mlik   mahsulot   ishlab
chiqarib,   hatto   ushbu   mahsulotning   bir   qismini   Rossiya,   Turkiya   kabi
mamlakatlarga   eksport   qilgan   [10,32].   Samarqand   shahrida   ham   7   ta   kichik
maishiy chiqindilarni qayta ishlash xususiy korxonalari mavjud, Samarqandda esa
yo`q.
Yuqoridagi   ma`lumotlardan   ko`rinib   turibdiki,   chiqindilarni   yo`q   qilish   va
qayta ishlash va undan foydalanish hozirgi kunning dolzarb muammosidir.
Shahar aholisining soni chiqindilarni yig`ish, yo`q qilish ishlarining hajmini
aniqlashda,   shuningdek,   ularni   zararlantirishning   optimal   variantlarini   tanlashda
asosiy   omillardan   biri   hisoblanadi.   Hozirgi   vaqtda,   asosan   qishloq   aholisining
hisobiga shahar  aholisining sonining o`sishi  aglomerizatsiya  markazlarida haddan
tashqari   aholi   zichlashuviga   olib   kelmoqda.   Masalan,   Samarqand   shahrida   jami
1200   dan   ortiq   ko`p   qavatli   uylar   bo`lsa   Sartepa,   Mikrorayon   kabi   hudadlarda,
uning 250 tasi Kimyogarlar qo`rg`onida joylashgan.
Shuning   uchun   chiqindilarni   yig`ish   va   tashish,   shuningdek,   chiqindilarni
zararsizlantirish va qayta ishlash, chiqindi yuklash markazlarida ko`p yuk ko`tarish
quvvatiga  ega  transport   vositalaridan  foydalanish  orqali  yirik  shaharlarda   mahsus
tizim tashkil etilishi (tuzilganlari kam) maqsadga muvofiq bo`ladi.
Samarqand   shahrida   2015   yildan   e`tiboran   shahar   ma`muriyati   va
Fransiyaning   poytaxti   Parij   bilan   “Maroqand   obod”   Samarqand   shahrida
utilizatsiya   qilish   sistemasini   joriy   qilish   bo`yicha   2015-2019   yillarga
bag`ishlangan   Loyiha   bajarilmoqda     [17]   (1.5-rasm   ilovada).   Loyihaning   asosiy
maqsadi   shaharda   chiqindilar   sistemasini   rekonstruksiya   qilish,   Samarqandda
13 ekologik   va   sanitar   –   epidemiologiyasi   muhitni,   salomatlik   va   hayot   sharoitlarini
yaxshilashdan   iborat.  Bunga  asosan   Xishravda  20 ga  sanitar-texnik poligon;  2  ga
garaj;   16   ga   dagi   eski   axlat   tashlash   hududni   yopish;   150   ta   yangi   chiqindilarni
yig`ish   nuqtasini   ochish   mavjud   CHX   ning   41   tasini   ta`mirlash;   2100   chiqindi
terish   baklarini   o`rnatish;   70   ga   gaz   bilan   jihozlangan   chiqindilar   tashish
mashinalari   bilan   ta`minlash;   chiqindi   ajratish   uskunalari   (plastika,   shisha,   qohoz
kabi) ni;
Individual  terish uskuna  va yangi  poligonda biogazdan foydalanish ishlari
olib borilmoqda, buning uchun 37 mln. 167 ming 611 evro ajratilgan (1.6-jadval).
Maishiy   chiqindilar   murakkab   ko`p   komponentli   tarkibga   ega   (1.7   rasm).
Ushbu   hajmdagi   chiqindilarni   zararsizlantirishning   hududlarda   asosiy   tarqalgan
usullaridan biri – bu chiqindixonalarni tuproqqa ko`mishdir. Respublikada faoliyat
ko`rsatayotgan   175   ta   QMCH   chiqindixonalari   2   ming   gektarga   yaqin   erni
egallagan.
1.6-rasm. Samarqand shahrida maishiy chiqindilarning ko`p komponentligi
14 Chart Title
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10 1  Makalatura (10-15 %) 
2  Oziq-ovqat chiq.  (35-
45%)
3 Y o g`och chiq. (2-6%)
4  Metallar (1-3%)
5  Tekstil (2-5%)
6  C h arm, rezina (1-2%)
7  S h isha (2-4%)
8  Tosh (1-2%)
9 P lastmassa (1,5-4%)
10 boshqalar (10-15 %).
1.7 – rasm. Qattiq maishiy chiqindilar tarkibi  [15] .
egallab,   ularning   90   foizdan   oshig`i   qoniqarsiz   deb   topilgan   [15] .   Ular
muhandisdik   choralari   talablarisiz   tashkil   etilgan   bo`lib,   ularning   atrof-muhitga
ta`sirini   nazorat   qilish   kerakli   darajada   olib   borilmaydi.   Shu   bilan   bir   qatorda,
chiqindilarning  ko`payib  borishi   mahsus   mashinalarning  texnik  bazasi  tomonidan
ishlarni to`liq bajara olmasligiga olib kelmoqda va bu o`z navbatida chiqindilarni
haddan   tashqari   to`planib   qolishiga   va   to`liq   olib   chiqib   ketilishiga   to`g`ridan-
to`g`ri ta`sir etmoqda.
Ekologik   nuqtai   nazardan   maishiy   chiqindilarning   chiqindixonalarda
to`planib qolishi, changlarning hosil bo`lishiga va yoqimsiz hidlarning tarqalishiga
olib   keladi.   Chiqindixonalar   hududlarida   filtratsiya   evaziga   er   osti   suvlarining
ifloslanishi   bilan   bir   qatorda,   atmosferaga   havoning   ifloslanishiga   olib   keluvchi
metan va boshqa  zaharli  gazlar  tashlanadi. Shu bilan birga, chiqindilarni  to`plash
va ko`mish vaqtida barcha qimmatli moddalar va komponentlari yo`qotiladi  [12] .
Q.Haydarovning   [30],   H.Haydarov,   T.Bobonorov,   Sh.Jahongirovlarning
[31];   Tabiat   va   inson   ekologiyasi,   Samarqand   tabiati   kabi   kitoblarida   viloyatning
15 turli-tuman ekologik muammolariga tasnif berib, viloyatda maishiy chiqindilarning
oshishi va ularni utilizatsiya qilish xususida tavsiyalar mavjud. 
Xuddi   shu   mavzu   prof.Z.Izzatullaev   va   o`qituvchi   M.Odilovaning
“Ekologik inqirozning oldini olaylik” [11] maqolasida ham yoritilgan.
                        A.Ergashov   [37]   ning   universitetlarning   talabalari   uchun   chop   etilgan
“Umumiy ekologiya ” darsligida zamonaviy ekologik muammolar qatorida: inson
ekologiyasi va ularning echimiga oid chora-tadbirlar bayon etilgan.    
            Z.Izzatullaev, T. Majidova [9] ning: Asoshoi ekologiya va muhofizati tabiat
(Vasoiti   ta`lim)   universitetning   tojik   tilida   ta`lim   olayotgan   bakalavrlariga
bag`ishlangan   uslubiy   qo`llanmada   suvning   inson     ta`siri   ostida   ifloslanishi   turli
sanoat va maishiy muassasalardan chiqadigan iflos suvlar natijasida yuz bermoqda
va uning oldini olish choralari xususida fikrlar bildirilgan. 
R.Egamberdiev,   R.Eshchanov     [38]   larning;   “Ekologiya   asoslari”,
R.Egamberdievning   “Ekologiya”   universitet   va   pedagogika   oliy   o`quv   yurtlari
uchun   bosmadan   chiqqan   darsliklarda   biosferaning   ekologik   muammolarini
ta`riflashda   tuproq   unumdorligining   kamayishiga   inson   faoliyatining   ta`siri,   ya`ni
turli  xil   maishiy  chiqindilarning  katta  ta`siri   natijasida,  ularning  sifati   pasayishini
ko`rsatib   o`tishgan   va   buning   natijasida   ekinlar   hosilining   kamayishini   misollar
bilan tasdiqlangan.
Sh.A.Shirniboev,   S.G.Safin   [35]   “Atrof   –muhitni   muhofaza   qilish”
darsligida   atmosfera   havosini   muhofaza   qilish   muammolari,   uni   ifloslantiruvchi
manbalar;   sanoat   va   maishiy   chiqindi   ishlab   chiqarish   muassasalarning   faoliyati
natijasida   hosil   bo`lgan   zararli   moddalarning   biologik   xilma   –   xillikka   ta`siri   va
ularni muhofaza qilish chora – tadbirlari atroflicha tahlil qilingan.
X.T.Tursunov,   T.U.Rahimova       [20]   larning     “Ekologiya”   oliy   o`quv
yurtlari   uchun   o`quv   qo`llanmasi   va     “Ekologiya   va   barqaror   rivojlanish”     [19]
o`qituvchilar   uchun   uslubiy   qo`llanmalari   chop   etilgan.   Uning   birinchisida
Ekologiya   asoslari,   ekologik   xavfsizlik,   barqaror   rivojlanish   masalalari,
O`zbekistonning   ekologik   muammolarini   o`rganish   va   hal   qilish   masalalariga
alohida   e`tibor   qaratilgan.   Respublika   hududida   atrof   –   muhit   ifloslanishini
16 ekologo – gigienik va sanitar me`yorlargacha kamaytirish deb  taklif etganda, ular
xususan maishiy chiqindilarning ta`sirini mahsus inobatga olishgan.
1992   yil   8   dekabrda   qabul   qilingan   O`zbekiston   Respublikasi
Konstitutsiyasi       [21]   da   Atrof-muhitni   muhofaza   qilish   masalalarini   o`rganishda
Konstitutsiyaning 50,54,55 va 100 moddadarining ahamiyatini ta`riflashgan.
X.T.Tursunov [19] maishiy chiqindilarning tabiatga va inson salomatligiga
ta`sirini ta`riflab, shunday yozgan: “insonning ishlab chiqarish va maishiy faoliyati
muqarrar holda chiqindilarning hosil bo`lishi bilan bog`liqdir”. Hozirgi kunda har
birimizga o`rtacha 20 tonna xom ashyo sarflanadi va uning 97% chiqindixonalarga
jo`natiladi.   Chunki,   tovarlarning   xizmat   muddati   qisqarmoqda,   o`rami   –   tobora
isrofi, kundalik ehtiyoj buyumlari bir martalik predmetlarga aylanmoqda. Natijada
maishiy qoldiqlarining tabiatda saqlanishi muddatini keltiradi. 
Masalan: 
shisha butilka – 1 mln.yilda,
  polietilen paket – 420 yil,
poyafzalning rezina poshnasi – 50-80 yil,
neylon mahsulotlar – 30-40 yil,
chekib tashlangan papiros – 1-5 yilda chirir ekan.
Bular tarkibidagi moddalar chirish jarayonida turli noxush hidlar chiqaradi,
qoldiqlari suvni, tuproqni va havoni  - tabiatni ifloslaydi.
Xullas,   X.Tursunov   maishiy   chiqindilarni   zararlantirish   muammolarini
o`rganib,   chiziqli   iqtisod   o`rniga   tabiiy   sikllarga   o`xshashlikka   asoslangan:
“resurslar →mahsulot→chiqindilar→resurslar” sikliga o`tishni taklif etadi. Bunda
ishlab   chiqarilgan   buyum   hayot   siklini   o`tab   bo`lgach,   korxonaga   kaytarilishi
lozim.
SamDU   fizik   olimlari:   prof.F.S.G`anieva,   dots.S.A.Sharipova   [36]   lar
“Chande az masalahoi muhimi ekologiyai fizikavy” uslubiy qo`llanmasida maishiy
qoldiq   chiqindilarning   tabiat   unsurlariga   salbiy   ta`siri   va   ularda   lozim   bo`lganda
foydalanish usullar xususida o`z  fikrlarini keltirishgan
17 Prof.Sh.T.Holiqulov,   S.B.Pardaevning   [34]   “Chiqindilarni   bartaraf   etish
yo`llari”   nomli   maqolasida   dunyo   miqyosida   atrof   –   muhitga   salbiy   ta`sir
ko`rsatuchi   qattiq   maishiy   chiqindilarni   bartaraf   etish,   ularning   global   darajadagi
muammoga   aylanganligi,   chiqindilardan   ikkilamchi   xom   ashyo   sifatida
foydalanishning asosiy dolzarb muammolari haqida fikr bildirilgan.
S.B.Pardaev [16] Samarqand shahri maishiy chiqindilari misolida, ulardan
tuproq unumdoligini oshirishda foydalanishni taklif etadi. 
Quyidagi   internet   veb   –   saytlarida   keltirilgan:   Ilmiy   amaliy   jurnal
“Tvyordыe bыtovыe otxodы” , http:www.solidvatle.ru, “Chiqindini qayta ishlash”
portali;   http://www.new-garbage.com ;   chiqindilar   turlari   zararlantirish   va   ulardan
foydalanish;   www.arxiv.uz ; SPORTS.uz – Ekoharakat chiqindilar bilan kurashadi;
09.10.2011;   www.nature.uz ;   www.uznature.uz ;   www.ecoforum.sk.uz   –
chiqindilarni kompleks boshqarish va boshqalardan foydalandik [35,40,41,42,43].
Shunday   qilib,   adabiyotlarda   keltirilgan   ma`lumotlardan   shu   aniqlandiki,
chiqindilar   masalasi   ekologiyadagi   muhim   muammolardan   biri   bo`lib,   ularni
yig`ishtirib qayta ishlash yoki sanitar – gigienik talablar bo`yicha sarishta qilinsa,
nafaqat   iqtisodiy   jihatdan   foyda   qo`ramiz,   balki   erni,   havoni,   suvni,   oziq   -   ovqat
mahsulotlarining ifloslanishi oldi olinadi, aholi sog`lig`ini muhofaza qilishda katta
ahamiyatga ega.   
  
    
18 2. Tadqiqot sharoitlari, obyekti va uslublari
2.1 Tadqiqot sharoitlari
Buning   uchun   2022   yil   sentyabr-dekabr   va   2023   yanvar-aprel   oylarida
Samarqand   shahri   va   Samarqand   tumani   hududlaridan   maishiy   chiqindilar
jamg`armasi  yig`ilgan maydonlarni har tomonlama o`rganish. Samarqand viloyati
Ekologiya   va   atrof-muhitni   muhofaza   qilish   laboratoriyasida   mavjud   bo`lgan
adabiyotlardan foydalanish hamda SamDU kutubxonasi, Geografiya va ekologiya
fakulteti   Ekologiya   va   hayot   faoliyati   xavfsizligi   kafedrasida   va   qo`mitadagi
mavzuga oid adabiyotlarni o`rgandik.
 2.1.1.  Samarqand viloyati ,  Samarqand shahar va tumanining tabiiy - 
geografik tasnifi
Geografik o`rni
Samarqand   viloyati   O`zbekistonning   madaniy   qismida   joylashgan.   Uning
maydoni-16,7 ming km 2 
 tashkil etadi.
Adabiyotlarda keltirilgan ma`lumotlardanma`lumki, Samarqand viloyatining
aholisi   soni   bo`yicha   respublikamizda   Farg`ona   va   Toshkent   viloyatidan   keyingi
uchinchi   o`rinni   egallaydi.   U   respublikaning   Jizzax,   Qashqadaryo   va   Navoiy
viloyatlari bilan chegaradosh.
Viloyat   tabiiy-geografik   o`ringa   ko`ra   Zarafshon   vodiysining   o`rta   qismiga
to`g`ri   kelib,   shimolda   Nurota,   shimoliy-sharqda   Turkiston,   sharqda   va   janubda
Zarafshon tizma tog`lari bilan o`ralgan.
Vodiyning sharqiy qismi dengiz sathidan ancha baland bo`lgan tog`lar bilan
o`ralgan.   Turkiston   tog`   tizmalari   shimoldan   esadigan   sovuq   havo   oqimini
birmuncha   to`sadi.   Shu   bois   vodiyning   sharqiy   qismida   harorat   keskin   o`zgarib
ketmaydi.
Vodiyning   eng   katta   daryosi   Zarafshon     suvni   qor   va   muliklardan   oladi.
Shunga   ko`ra   uning   suv   sarfi     barqaror,   toshqin   xavfi   yo`q.   Zarafshon   daryosi
sug`orishga   ehtiyoji   katta   bo`lgan   yoz   oylarida   to`lib   oqadi.   Shu   bois   qishloq
xo`jaligida unung ahamiyati  katta. Suvdan yanada samarali  foydalanishni  ko`zlab
19 daryoning   o`rta   oqimida   Kattaqo`g`on   suv   ombor   barpo   etilgan.   Zarafshon
daryosining 90 foiz suvi sug`orishga sarflanadi.
Tog`   oldiva   tog`li   mintaqalarning   tuproq   hamda   o`simliklari   o`ziga   xos
xususiyatlarga   ega   bo`lib,   vodiydan   janubdagi   balandliklarda   joylashgan.   To`q
bo`z   tuproq,   tog`larda   esa   qo`ng`ir   tuproqlar   tarqalgan,   Adirlar   qisman   hydalgan,
unga g`alla ekiladi.                                                                      
  Tuprog`i
Samarqand   viloyatida   tog`-   jigarrang   tuproqlardan,   bo`z   tuproqlar   va   orid
(cho`l) zonalari tuproq palasalariga ajraladi.
Viloyatda   eng   ko`p   tarqalgan   tuproqlar   sifatida   quydagilarni   ko`rsatish
mumkin. 
2.1-jadval
             Samarqand viloyatining eng ko`p tarqalgan tuproqlari [16,7,8,39].
T/ р Tuproq turi Jami maydon
ming,ga Shu jumladan
sug`oriladigan
maydon,ming/ga
1 Tog`-jigarrang tuproqlar 73,7 -
2 To`q tusli tuproqlar 116,0 3,6
3 Och tusli bo`z tuproqlar 383,7 24,9
4 Tipik bo`z tuproqlar 673,8 105,0
5 O`tloq bo`z tuproqlar 51,6 41,5
6 Bo`z o`tloq tuproqlar 25,6 22,5
7 O`tloq tuproqlar 130,2 77,8
8 Botqoq-o`tloq tuproqlar 13,7 -
Cho`l zonasi (II zona)
1 Sur-qung`ir tusli tuproqlar 57,7 2,0
2 Taqirli  4,0 2,3
3 Qumli chul tuproqlar 77,0 -
4 Sho`r tuproqlar 3,0 -
5 Boshqa tuliqsiz hosilalar 127,6 -
Jami  1677,3 279,6 
2.1.   Jadvalda   keltirilgan   ma`lumotlarni   tahlil   qilish   shuni   ko`rsatdiki,
viloyatda eng ko`p tarqalgan  tuproq turlariga quydagilarni  kiritish  mumkin, ya`ni
to`q   tusli   bo`z     tuproqlar   och   tusli   bo`z   tuproqlar,   tiniq   bo`z   tuproqlar   va   o`tloq
tuproqlar.
20 Tipik   bo`z   tuproqlar   to`q   tusli   bo`z   tuproqlardan   gumus   miqdori,
shunga   bog`liq   bo`lgan   oziq   elementlari   birmuncha   kamligi   bilan
harakterlanadi.
Qo`riq   tipik   bo`z   tuproqlarning   yuqori   qatlamida   (0-10   sm)   azot   1,5
dan   2,0   %   gacha,   0,15   Ian   0,25   %   gacha,   umumiy   fosfor   -   0,13   dan   0,22   %
gacha   va   kaliy   2,4   %   gacha   o`zgaradi.   Tipik   bo`z   tuproqlar   och   tusli   bo`z
tuproqlar kabi cho`kish xususiyatiga ega.
O c h   t u s l i   b o ` z   t u p r o q l a r .   Och   tusli   buz   tuproqlar   paxtachilik
zonasida   keng   tarqalgan.   Och   tusli   bo`z   tuproqlar   relyef   jihatdan   tipik   bo`z
tuproqlar   tarqalgan   rayonlardan   tubdan   farq   qiladi:   ularning   sug`oriladigan
qismi   paxtachilikda   ishlatiladi   va   sug`orishni   rivojlantirishda   qulay   rezerv
yer   fondi   hisoblanadi.   Och   tusli   bo`z   tuproqlar   tarqalgan   rayonlar   iqlim
jihatidan   ko`proq   aridligi   bilan   harakterlanadi   va   shu   munosabati   bilan   tipik
bo`z   tuproqdan   rangining   ochligi,   gumus   qatlamining   kamligi   va   gumus
miqdorining   hamda   oziq   elementlarining   ozligi,   ko`proq   sho`rlanganligi   va
boshqalar   bilan   farqlanadi.   Och   tusli   bo`z   tuproqlarning   sho`rlanishi   ular
tekislikda   tarqalganligi   tufayli   yer   osti   suvlari   turg`un   yoki   juda   kuchsiz
oqimda   bo`lganligi   natijasida   vujudga   keladi.   Bunday   joylarda   yer   osti   suvi
sun`iy   qochirilsa,   sug`orish   natijasida   ular   tez   ko`tariladi   va   tuproqni
sho`rlanishga   olib   keladi.   Och   tusli   bo`z   tuproqlarda   gumus   miqdori   ko`p
emas: yuqori qatlamida  1,2- 1,7 %,  pastida keskin tushib ketishi kuzatiladi.
Och   tusli   bo`z   tuproqlar   oziq   elementlari   miqdori   jihatidan   kam   unum
tuproqlarga   taalluqlidir.   Umumiy   azot,   fosfor   va   kaliy   miqdori   tegishlicha
0,02- 0,06%, 0,13-0,15%, 1,60- 1,87  %ni tashkil etadi.
Shuni   ta`kidlash   kerakki,   gipsli   och   tusli   bo`z   tuproqlar   toshloqligi,   tuproq
qatlamining   yupqaligi   va   gipsliligi   bilan   ajralib   turadi.   Bu   tuproqlarning
unumdorligini   oshirish   uchun   yuqori   me`yorda   organik   va   mahalliy
o`g`itlarni   solish   va   tuproq   qatlamining   qalinligini   va   oziq   moddalar
miqdorini   oshirish   uchun   almashlab   ekishni   joriy   etish   zarur. O d a t d a   b o ` z
21 t u p r o q   m i n g t a q a s i   v e r t i k a l   q i s m l a r g a   b o ` l i n a d i :   q u y i   q i s m i d a   o c h   tusli
bo`z tuproqlar. o`rtasida-tipik va sahrolarda  -  to`q tusli bo`z tuproqlar.
U l a r n i n g   b o ` l i n i s h   p r i n s i p i   p a x t a c h i l i k n i n g   r i v o j l a n i s h   n u q t a i
n a z a r i d a n   m u h i m   a h a m i y a t g a   e g a d i r .   A s o s i y   r e l y e f   s h a k l l a r i   v a   s u v
m a n b a l a r i   o r q a l i   s u g ` o r i s h   u c h u n   q u l a y   b o ` l g a n   o c h   t u s l i   v a   t i n i q   b o ` z
t u p r o q l a r ,   m a y d o n l a r i n i n g   a n c h a   q i s m i   s u g ` o r i l a d i g a n   p a x t a c h i l i k d a
o ` z l a s h t i r i l g a n .   T o ` q   t u s l i   b o ` z   t u p r o q l a r   m i n t a q a s i d a   s u g ` o r i s h n i   k e n g
r i v o j l a n t i r i s h g a   r e l y e f n m g   b a l a n d   p a s t l i g i   t u f a y l i   s u v   q u y i s h n i n g
q i y i n l i g i   h a m d a   m a ` l u m   d a r a j a d a   i q l i m n i n g   n o q u l a y l i g i   m o n e ` l i k
q i l a d i .
B o ` z   t u p r o q n i n g   h a r a k t e r l i   j i h a t i   s h u n d a k i ,   o c h   t u s l i   b o ` z
t u p r o q l a r g a   q a r a b   h a r a k a t l a n i s h i   b o ` v l a b   t u p r o q n i n g   u n i m d o r l i g i n i   v a
o r g a n i k   m o d d a l a r n i n g   z a h i r a s i   k a m a y i b   b o r a d i .
T o ` q   b o ` z   t u p r o q l a r .   T o ` q   t u s l i   b o ` z   t u p r o q l a r d a   t i n i q   b o ` z
t u p r o q l a r g a   q a r a g a n d a   r i v o j l a n i s h   s h a r o i t i n i n g   f a r q   q i l u v c h i   b e l g i l a r i
i q l i m n i n g   y u m s h o q r o q   v a   n a m l i r o q l i l i g i ,   o ` s i m l i k l a r g a   b o y l i g i
e f e m e r l a r ,   b o s h o q l i l a r   v a   b a ` z i   j o y l a r d a   m a y d a   b u t a l a r ,   m e x a n i k
t a r k i b i   b i r o z   o g ` i r r o q   l y o s s i m o n   t u p r o q   h o s i l   q i l u v c h i   j i n s i   v a   d a g ` a l
p r o l y u v i a l   v a   d e l y u v i a l   y o t q i z i q l a r   v a   s h a g ` a l   j i n s l a r n i n g   k e n g r o q
t a r q a l g a r i l i g i ,   r e l y e f n i n g   p a s t - b a l a n d l i g i   v a   e r r o z i y a   j a r a y o n i n i n g   j u d a
k e n g   v a   k u c h l i   a v j   o l g a n l i g i d i r .
T o ` q   t u s l i   b o ` z   t u p r o q l a r   d e n g i z   s a t h i d a n   8 0 0   m e t r d a n   1 4 0 0
m e t r g a c h a   b a l a n d   b o ` l g a n   y e r   m a s s i v l a r i d a   j o y l a s h g a n .   T o ` q   t u s l i   b o ` z
t u p r o q l a r n i n g   h a j m   o g ` i r l i g i   1 , 2 4   -   1 , 5 1   g \ s m : i
  g a c h a ,   e n g   k a m   s u v
s i g ` i m i   -   1 9 , 2 -   3 0   %   a t r o f m i d a   o ` z g a r a d i ,   c h i m   q a t l a m i d a   g u m u s   2 , 5   -
5 , 5   %   g a c h a ,   c h i m   o s t i   q a t l a m i d a   1 , 5   -   2 , 5   %   g a c h a   v a   g u m u s l i   o r a l i q
q a t l a m i d a   0 , 5   -   2 , 0   %   g a c h a ,   a z o t n i n g   m i q d o r i   t e g i s h l i c h a   0 , 1 5 - 0 , 5 0 ,
0 , 1 1 -   0 , 1 9   v a   0 , 0 4 - 0 , 1 0   %   n i   t a s h k i l   e t a d i . [ 1 , 2 ]
T i p i k   b o ` z   t u p r o q l a r .   T i p i k   b o ` z   t u p r o q l a r   p r o l y u v i a l   t o g ` o l d i
t e k i s l i k l a r d a n ,   p a s t   t o g `   o l d i   -   a d i r l a r d a   h a m d a   p a s t   t i z m a   t o g `
22 e t a k l a r i d a   v a   u l a r n i n g   s h l e y f l a r i d a   d e n g i z   s a t h i d a n   4 0 0 -   9 0 0   m e t r
b a l a n d l i k d a   k o ` p r o q   t a r q a l g a n .   L y o s .   ` y o s s i m o n   s o g `   t u p r o q l a r ,   a h y o n -
a h y o n d a   q a t l a m l i   v a   p r o l y u v i a l   y o t q i z i q l a r   t u p r o q   h o s i l   q i l u v c h i
j i n s l a r   b o ` l i b   x i z m a t   q i l a d i   [ 2 7 , 2 8 ] .
I qlimi.
Samarqand   viloyatiga   umumiy   maydoni   16,7   ming  km 2
  ni   egallaydigan,
respublikaning   taxminan   15   foizini   tashkil   etadigan   maydon   kiradi   va   u   13
ta   tumanni   (Bulung`ir,   Jomboy,   Payanq,   Samarqand   qishloq,   Tofloq,   Urgut,
Oqdaryo,   Ishtixon,   Kattaqo`rg`on,   Narpay,   Paxtachi,   Qo`shrobot,   Nurobot)
qamrab oladi.
Viloyat   territoriyasi   butunlay   Turon   tabiiy   geografik   viloyatida
joylashgan   region   tekislik   va   tog`   tumanlaridan   (tog`   etagi,   tog`li   zonalar)
iborat   bo`lib,   iqlimning   quruqligi,   keskin   kontinentalligi   bilan
atmosferaning   serchantligi      (ayniqsa,   qishloq   xo`jalik   ekinlari
yetishtiriladigan tumanlarda) bilan ajralib turadi.
Tekis  zona juda katta maydonni  egallaydi.  Region tekisliklarning iqlimi
qurg`oqchil   bo`lib,   yozi   issiq   va   uzoq   davom   etadi.   Ko`pgina   tumanlarda
to`liq   o`rtacha   yuqori   temperaturasi   35-40°C   ga   yetadi.   Temperatura   0   °C
dan   past   bo`ladigan   davri   viloyatda   taxminan   1   oy   davom   etadi.   Qish   juda
sovuq   bo`lib,   yanvarning   o`rtacha   -5   ...   -10   °C   ni,   ba`zan   esa   -30   °C   ni
tashkil   etadi.   Yillik   yog`ingarchilik   miqdori   200-   300   mm   ga   yetadi,
shundan   atigi   6   foizi   yoz   oylariga   to`g`ri   keladi.   Yozda   havoning   namligi
kamdan   kam   holatda   40-   50   %   ortiq   bo`ladi.   Yog`ingarchilik,   asosan   qishda
va bahorda ko`p bo`ladi.
Tog`li   tumanlar   iqlim   sharoitlari   gorizantal   bo`yicha   kam   masofalarda
keskin tafovut qilishi bilan ajralib turadi.
    Yozda   harorat   +   20...   +30   °C   ga,   qishda   esa   -   30..   -35   °C   ga   yetadi.
Yog`ingarchilik miqdori  tog`lar  etagida yiliga   300-  400   mm  ni  tashkil  etadi.
Tog`li   tumanlaming   o`ziga   xos   xususiyatlaridan   biri   atmosfera   bosimining
23 pastligi   (500   mm   simob  stiniga  teng  va   bundan  past)   hamda  dengiz  sathidan
yuqorilashgan sari havo haroratining intensiv pasayib borishidir.
Shunday   qilib,   regionning   yuqorida   qayd   etilgan   o`ziga   xos   tabiiy-   iqlim
sharoitlari   sanoat   va   maishiy   chiqindilarning   saqlanishiga,   ulardan   har   xil
hidlarning   tarqalishiga   salbiy   ta`sir   etadi.   Shuning   uchun   chiqindilarni
zararsizlantirishda issiq iqlimning ta`sirini ham e`tiborga olish zarur
2.1-rasm. Yillik havo harorati [21]. 
24               Q u y o s h l i   k u n l a r   v a   r a d i a t s i o n   r e j i m
Qator yillararo va yil ichida o`zgaruvchan iqlim xususiyatlarida ko`rinadigan
qurg`oqchilik,   issiqlik   va   yorug`likning   mo`l   ko`lligi,   kontinentallik   viloyat
iqlimining harakterli belgilaridandir. Iqlimning shunday xususiyatlari, birinchidan,
regionning   quyosh   issiqligi   bilan   ko`p   miqdorda   ta`minlaydigan   subtropik
kenglikning shimoliy chegarasi joylashganligi, ikkinchidan, tez- tez ochiq va kam
bulutli  ob-  havoni  vujudga keltiradigan atmosfera o`zgarishlarining o`ziga xosligi
va   uchinchidan   ushbu   maydonning   okeanlardan   uzoqdagi   ulkan   Yevro   Osiyo
materigi ichida joylashganligi bilan tushuntiriladi. Viloyatda bir yilda quyoshning
charaqlab   turgan   kunlari   150-   155   kunni   tashkil   etadi   [21]   yoki   quyosh   yog`dusi
2500- 3000  soatni tashkil etadi .
Viloyat   hududida   quyoshning   charaqlab   turishi   yiliga   o`rtacha   2916   soatni
tashkil etadi.
Viloyat   hududi   eng   ko`p   yorug`lik   bilan   ta`minlangan   regionlarning   biriga
kiradi.
Quyosh   radiasiyasi   atmosfera   jarayonining   asosiy   manbasi   va   iqlimning
shaklanishida asosiy element bo`lib hisoblanadi.
Samarqand viloyatiga oqib kelayotgan quyosh radiasiyasining miqdori ancha
katta bo`lib, radiasiya yig`indisining miqdori  6030  MDj\irr ni tashkil etadi[21].
Maxsus   adabiyotlarda   keltirilgan   ma`lumotlardan   ma`lumki,   yil   mobaynida
quyosh   radiasiyasining   maksimumi   820-   850   MDj/m 2
  dekabr-   yanvar   oylariga
to`g`ri keladi. Qish oylarida radiasiya oqimining qisqarishi quyosh charaqlab turish
davomiyligining   qisqarishi,   gorizont   ustida   quyoshning   kam   turisliiga   bog`liq   va
bulut   qatlami   bilan   o`ralgan   kunlar   sonining   ancha   ko`payishi,   ya`ni   to`g`ridan   -
to`g`ri  tushayotgan  quyosh   radiasiyasini   30-40  %   ga  kamayishiga   va  ayni   vaqtda
radiasiyaning  20-40 %  ga tarqalishiga imkon beradi.
Shunday qilib, quyosh radiasiyasi  va issiqlikning mo`l- ko`lligi tez pisharligi
turlicha   bo`lgan   qishloq   xo`jalik   ekinlarini   yetishtirish   uchun   qulay   sharoitni
vujudga   keltiradi.   Biroq   yog`ingarchilik   yillik   miqdorining   nihoyatda   ozligi   va
25 uning yoz oylarida kam tushishi qishloq xo`jaligi ekinlarini ko`proq sug`oriladigan
dehqonchilik sharoitida yetishtirishni taqozo etadi.
2.2-rasm .  Yillik quyosh radiatsiyasi Radiatsiya: a-yig`indisi, s-to`g`ri, d-
tarqalgan [21]. 
26 Atmosfera bosimi.
Samarqandda   atmosfera   bosimi   yillik   o`zgarishini   tahlil   qilish   shuni
ko`rsatadiki  
v 3-   rasmga   qarang),   uning   ko`p   yillik   maksimum   qiymati   kuz   oyiga
(noyabr   - 939   mbar) va minimum qiymati esa yoz oyiga (iyul   - 925   mbar) to`g`ri
keladi.   Maxsus   adabiyotlarda   [21]   keltirilgan   ma`lumotlardan   ko`rinadiki,
atmosfera   bosimining   absolyut   maksimumi   960   mbar   1930   yil   20   dekabr   kuni
absolyut   mim`mumi   909   mbar   esa   1982   yil   18   mart   kuni   qayd   etilgan.   Yillik
amplaturasi (ya`ni oylik bosimining eng katta va eng kichik qiymati orasidagi farq)
19   mbar   ga   yetgan   va   1966   yil   qayd   etilgan.   Bosimning   maksimal   sutkalik
ampliturasi  29  mbar  1974  yil  20  yanvar kuni qayd etilgan.
                                                                              
 
2.3-rasm .   Atmasfera   bosimining   yillik   o`zgarishi   (siniq   chiziq   o`rtacha
bosim) [21] 
Nisbiy namlik
Nisbiy   namlik   havo   temperaturasi   va   tushadigan   rejimiga   yomg`irning
bog`liq.   Shuning   uchun   ham   viloyat   hududida   nisbiy   namlik   fasllarga   mos   xolda
o`zgarib turadL Eng katta nisbiy namlik qish va baxor oylariga to`g`ri kelib, uning
o`rtacha oylik miqdori   65 - 70 %   ni tashldl etsa, bu ko`rsatkich yoz oylariga kelib
40 %  dan oshmaydi
27 Yoz oylarida, ya`ni hayvoning harorati maksimal qiymatga yetgan   15-20%   gacha,
tushadi.   Samarqandda   havoning   o`rtacha   yillik   nisbiy   namligi   58   %   ni   tashkil
etadi.                                                                              
2.4-
rasm.
Yillik
nisbiy namlik o`zgarishi (to`g`ri chiziq-o`rtacha nisbiy namlik) [21]
A h o l i s i ,   x o ` j a l i g i ,   t r a n s p o r t i   v a   s h a h a r l a r i .
Aholisi.   Hozirgi   paytda   Samarqand   respublikaning   Toshkentdan   keyingi
sanoat   va   madaniy   markazi   hisoblanadi.   Samarqand   viloyatining   aholisi   bugungi
kunda  2,78  mln ni tashkil qilib shundan  2,06  mln aholisi qishloq joylarda,  0,72  mln
ni esa  shaharlarda (Samarqand shahri) istiqomat  qiladi. Aholini  zichligi   1   km 2
  ga
165   kishini tashkil qiladi. Uning milliy tarkibida o`zbeklarning salmog`i katta   (80
%  ga yaqin). Shaharlarda tub yerli xalqlar (o`zbeklar, tojiklar) bilan ruslar, tatarlar,
yaxudiylar   va   ukrainlar   yashaydi.   Zarafshon   va   Sangzor   vodiylarida   aholi
nihoyatda zich yashaydi[37].
Samarqand iqtisodiy rayoni O`zbekistonning yirik hududiy  -  ishlab chiqarish
majmualaridan   hisoblanadi.   Samarqand   viloyatining   xo`jaligi   dehqonchilik   va
chorvachilikka moslashgan.
28 Dehqonchilik bilan birga savdo va hunarmandchilik ham rivojlangan. Temir
yo`l qurilib, tashqi bozorlarga erkin suratda mol chiqarish va u yerdan mol keltirish
imkoni ko`paygan.
Endilikda   iqtisodiy   rayonning   agrosanoat   majmui   barcha   iqtisodiy
rayonlardagi  kabi yuksak  darajada rivojlangan.   Rayonda sanoat  yetakchilik qiladi
[7]. 
                                                                        
29     2.5-rasm. Samarqand viloyati aholisining milliy tarkibi [21].
Og`ir   sanoat   tarmoqlaridan   mashinasozlik   va   metalllsozlik,   kimyo   sanoati
tez   rivojlanmoqda.   Mashinasozlik   va   metalllsozlik   korxonalari   qishloq   xo`jalik
30 mashinalari,   paxta   tozalash   zavodlari   uchun   asbob   uskunalar,   ro`zg`or
muzlatkichlar, li`ftlar va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaradi.
Samarqand   hududiy   ishlab   chiqarish   majmuida   yengil   sanoatning   ham
salmog`i katta. Bu sohaga tegishli   50  ga yaqin korxona ishlab turibdi. Oziq ovqat-
sanoati  mahalliy  xomashyolardan   konserva  va  sharob,   o`simlik  moyi,  tamaki,  sut
va go`sht, qandolatchilik mahsulotlari ishlab chiqaradi. 
Samarqand   hududiy   -   ishlab   chiqarish   majmuida   qishloq   xo`jalik   alohida
o`rin   tutadi.   Dehqonchilik   qishloq   xo`jalik   mahsulotining   70%   ni   beradi.
Dehqonchilikning   yetakchi   tarmog`i   bu   iqtisodiy   rayonda   ham   paxtachilikdir.
Boshqa   texnik   ekinlardan   tamaki,   zig`ir   va   safsar   (maxsar)   yetishtiriladi,lekin
Urgut   tumani   tamoki   yetishtirishga   ixtisoslashgan.   Bu   yerda   mamlakatdagi
tamakining   96   %   yetishtiriladi.   Bundan   tashqari   bug`doy,   arpa   ham   ekiladi.
Paxtachilik majmui tarkibidagi bog`dorchilik va uzumchilik kabi tarmoqlar yuksak
taraqqiy etgan. Shaharlar atrofidagi fermer xo`jaliklarida, aholining tomarqa yerlari
ko`plab turli xil sabzavotlar va poliz ekinlari yetishtiriladi.
Respuolikadagi  mevali  daraxtlarning   15 %   i va terakzorlarning   30 %   i shu
iqtisodiy   rayondadir.   Samarqand   iqtisodiy   rayonida   chorvachilik   agrosanoat
majuining   muhim   tarkibiy   qismi   hisoblanadi.   Qoramollar   soni   jihatidan   iqtisodiy
rayon   Respublikada   1-   o`rinni   egallaydi,   qorako`lchilik   esa   3- o`rinda   turadi.   Bu
yerda   qorako`lchilikni   rivojlantirish   choralarini   tadqiq   etuvchi   ilmiy   -   tadqiqot
instituti mavjud.
Samarqand   viloyati   tabiatni   muhofaza   qilish   qo`mitasi   tomonidan   berilgan
ma`lumotlarga   qaraganda   2009   yil   1   yanvar   holatiga   Samarqand   viloyatida
umumiy   sug`oriladigan   maydon   438,3   ming   ga,   jumladan   qishloq   xo`jalik
maqsadlari   uchun   255,6   ming   gektar   maydondan   foydalaniladi,   ko`p   yillik
daraxtlar  - 56,8  ming ga, yaylov  - 796,7  ming ga, tomarqa uchastkalari  - 85,9  ming
gektarni   tashkil   etadi.   Yerlarning   meliorativ   holatining   yomonlashganligi   16,5
ming   gektar   maydonda   belgilangan,   jumladan-   o`rtacha   sho`rlangan   -   0,42   ming
gekta`-ii tashkil etadi. Sug`oriladigan yerlarning o`rtacha bonitet bali oxirgi  4  yilda
o`rtacha  57  ballda stabil holda saqlanmoqda [29].
31 Transporti.   Iqtisodiy   rayon   hududidan   2   ta   temir   yo`l   o`tadi.   Toshkent-
Turkmanboshi   (sobiq   Krasnovodsk),   Toshkent   -   Dushanbe   temir   yo`li   magistral!
asosan   o`tkmchi   (tranzit)   yuklar   tashiladi.   Iqtisodiy   rayionda   avtomobil   yo`llari
ko`p,   ularda   temir   yo`lga   va   bir   viloyatdan   boshqa   viloyatlarga   yuklar   tashiladi.
Havo transporti respublikaning barcha yirik shaharlarini hamda xorijiy davlatlarni
bog`laydi.   Quvir   transporti   va   elektr   uzatgich   liniyalarining   transport   tizimidagi
ahamiyati   sezilarlidir.   Rossiya   federasimyasiga   paxta   tolasi,   paxta   yog`i,   ho`l
meva,   uzum,   mayiz   va   qorako`l   terilari   yuboriladi.   Mineral   o`g`it,   tamaki,   choy,
poyavzal, shcyi va boshqa iste`mol mollari barcha qo`shni viloyatlarga chiqariladi.
Iqtisodiy   rayon   asosan   yog`och,   taxta,   g`alla,   shakar-qand,   mashinalar,   ko`mir,
neft, neft mahsulotlari hamda lceng iste`mol mollari oladi [9].
Shaharlari:  Samarqand   -  u Zarafshon daryosining chap sohilidagi aholisi
ziclh   vohada,   Toshkent   -   Turkmanboshi   temir   yo`li   yoqasida   joylashgan.
Samarqand   duyodagi   juda  qadimiy   shaharlardandir.   2008   yilda  uning   2750   yoshi
nishonlandi. Samr а qand mamlakatning yirik sanoat tuguni sifatida ham, madaniyat
markazi   sifatida   ham   ahamiyatlidir.   Sanoat   tuguniga   Jomboy,   Juma   va   boshqa
shaharchalar ishlab chiqarish bo`yicha bog`liq.
Shahar   qishloq   xo`jalik   rivojlangan   hudud   markazida   joylashgan.   "Alpomish",
"Kinap",   "Sino",   "Samarqandldmyo",   "Shishani   ta`sirlash",   "Chinni",   "Choy
qadoqlash fabrilcasi", "Paxta tozalash" zavodlari yirik sanoat kdrxonalari qatoriga
kiradi.
1 9 9 1  yil bahorida Samarqand sanoatini rivojlantirishda muhim voqyea sodir
bo`ldi.   Bu   yerda   O`zbekistondagi   yana   bir   avtomobil   zavodi   "SamKoch   Avto"
qurildi.   Bu   korxona   "UzDEU   avto"   singari/`O`zavtoqurilish   uyushmasi"   bilan
Turkiyaning   "Koch   Xolding"   kompaniyasi   o`rtasida   tuzilgan   bitim   asosida   juda
qisqa   muddatda   qurilib   ishga   tushirildi.   Zavod   qulay   "Otayo`l"   avtobuslarini   va
kichik   gabaritli   yuk   mashinalari   chiqaradi.   Hozirgi   kunda   esa,   u   Yaponiya
avtomobil firmalari bilan birgalikda "Suzuki" avtomobillarini chiqarishmoqda.
32 Samarqand   eng   yirik   madaniy   va   ilmiy   markazlardan   biridir.   Alisher   Navoiy
nomidagi   Samarqand   Davlat   Universiteti,   Samarqand   Davlat   tibbiyot   instituti   va
x.k.  8  ta Oliy o`quv yurti va bir qancha maxsus o`quv yurtlari bor.
Kattaqo`rg`on  -  iqtisodiy rayonda Samarqanddan keyin  2-  o`rinda turadigan „anoat
tuguni va madaniy markazi joylashgan. Shahar yonidan Samarqand  -  Buxoro temir
yo`li o`tadi. Shahardagi Kattaqo`rg`on paxta tozalash mashinasozligi zavodi, paxta
tozalash zavodlari uchun asbob uskunalar ishlab chiqaradi. Bundan tashqari, motor
tuzatish,   paxta   yigirish   va   go`sht   kombinatlari,   hamda   yiliga   2   mln.   jo`ja
ochiriladigan   broyler   fabrikasi,   oziq   -   ovqat   sanoatining   respublikadagi   yirik
korxonalari   hisoblanadi.   Moy   eritish   kombinati   o`simlik   moyi   ishlab   chiqansh
jihatdan   mamlakatdagi   eng   yirik   korxonalardan   biridir.   Cho`ponotada   cheripisa,
sopol quvirlar hamda tarixiy obidalarni tiklashda ishlatiladigan sopol plitalar ishlab
chiqariladi.   Bular   uchun   ishlatiladigan   xomashyo   -   maxsus   tuproq   shu   yerda
mavjud.
1. Shunday qilib, Samarqand viloyatining aholisi bugungi kunda  2,78  mln ni
tashkil   qiladi.,   shundan   0,72   mln   aholi   shaharlarda   (Samarqand   va
Kattaqo`rg`onda) istiqomat qiladi.
2. Samarqand   viloyatining   xo`jaligi   dexqonchilik   va   chorvachilikka
moslashgan.
3. Viloyatda savdo, hunarmandchilik yaxshi rivojlangan.
4. Samarqandda sanoat yetakchi o`rinlarni egallaydi.
5. Dehqonchilikning yetakchi tarmog`i paxtachilik hisoblanadi.
6. Chorvachilik   viloyatda   agrosanoat   majmuining   muhim   tarkibiy   qismi
hisoblanadi.
7. Iqtisodiy rayon hududidan  2  ta temir yo`l o`tadi.
Samarqand   –   Samarqand   viloyatidagi   shahar.   Zarafshon   vodiysida,   Narpay
kanalining   chap   sohilida,   485   m   balandlikda   Samarqand   tumani   hududida,   t.y.
stansiyasi   Samarqand   shahridan   88   km   shimoli-g`arbda.   Yanvarning   o`rtacha
temperaturasi   –   2   0
C ,  iyulniki   27,2   0
C .  Yillik   yog`in   282  mm.  Aholisi   76,3   ming
kishi  [28] .
33 Samarqand tumani -  Samarqand viloyatidagi tuman. 1926 yil 28 sentyabrda
tashkil   etilgan.   Shimoldan   viloyatning   Ishtixon,   janubi-sharqdan   Nurobod,
g`arbdan   Narpay,   sharqdan   Pastdarg`om,   shimoli-g`arbdan   Navoiy   viloyatining
Xatirchi  tumanlari  bilan chegaradosh.  Maydoni  1,47 ming km 2.  
Aholisi  189 ming
kishi   (28)   .   Tumanda   ikki   shaharcha     (Suv   ombori,   Payshanba)   va   11   qishloq
fuqarolar yig`ini (Girdiqo`rg`on. Durbesh, Kattako`rpa, Kattaming, Kichikmindon,
Jumaboy, Moybuloq, Omonboy, Saroyqo`rhon, Yangiqo`rg`oncha, Qo`shtepa) bor.
Markazi Payshanba shaharchasi.
34 2.6 rasm. Samarqand hududi xaritasi  [28].  
35 Tabiati.   Relefi,   asosan,   yassi   tekisliklardan   iborat   bo`lib   sharqdan
g`arbgacha   nishab.   O`rtacha   balandligi   450   m.   SHimoliy   chegarasi   bo`ylab
Qoradaryo,   janubiy   chegarasi   bo`ylab   Oqdaryo   kanali   oqib   o`tadi.   Ikki   daryodan
chiqarilgan   Miyonkol,   S h avat,   Toss,   Narpay   ariqlari   asosiy   sug`orish   manbaidir.
Tuman hududida barpo etilgan Samarqand suv ombori  “(Samarqand dengizi)” da
baliqchilik   xo`jaligi   tashkil   etilgan.   Iqlimi   kontinental.   YOzi   issiq,   quruq,   qishi
mo``tadil   sovuq.   Yillik   o`rtacha   temperatura   13 0,  
yanvarda   –   1,9 0
,   iyulda   29,1 0
.
Maksimal temperatura - 44 0
,   minimal temperatura – 35 0
. Kuzda dastlabki sovuqlar
oktyabrning   birinchi   o`n   kunligidan   boshlanadi.   Sovuq   bo`lmaydigan   davr   177
kun.   Janubiy-sharqiy   shamollar   esib   turadi.   Yillik   o`rtacha   yog`in   miqdori   282
mm. YOg`inning ko`p qismi bahor va qishda yog`adi. Ba`zan qattiq jala quyadi.
           Tuproqlari och tusli, oddiy yoki tiniq bo`z tuproq bo`lib, avaldan sug`orilib
kelingan. 
Yovvoyi   o`simliklardan   kampirchopon,   eshakmiya,   g`umay,   semizo`t,
sho`ra   ituzum,   chitir,   oqquray,   karrak,   yontoq,   yalpiz,   na`matak,   chirmovuq   va
b.o`sadi.
  Yovvoyi   hayvonlardan   bo`ri,   tulki,   quyon,   chiyabo`ri,   jayron,   jayra;
qushlardan so`fito`rg`ay, qirg`ovul, loyxo`rak, chumchuq, chug`urchiq,zarg`aldoq,
tustovuq,   o`rdak,   mayna,   sudraluvchilardan   gekkon   kaltakesagi,   toshbaqa,   sariq
ilon,   echkemar,   kemiruvchilardan   ko`rsichqon,   kichik   qo`shoyoq,   qumsichqon,
kalamush, sichqon, yumronqoziq, qunduz va boshqalar uchraydi.
Aholisi.   Asosan   o`zbeklar,   shuningdek,   tojik,   rus,   tatar,   qozoq,   koreys,
arman va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholisining o`rtacha zichligi 1 km 2
ga 128,6 kishi (2 8 ). SHaharliklar 25,6 ming kishi, qishloq aholisi 163,4 ming kishi
(2 8 ).           
2.2.   Tadqiqot   obyektlari   bo`lib,   shahar   va   tuman   hududidagi   va   chiqindi
xonalarida   jamg`arilgan   maishiy   chiqindilarni   makalatura   –   qog`oz,   karton,
gazlama   mahsulotlari,   yog`och   qoldiqlari,   konserva   bankalari,   upakovka,   shisha
idishlar, bakalashkalar, polietilen paketlar va hokazolarni o`rganish xizmat qiladi. 
36 2.3 .   Tadqiqot   uslublari ni   o`rganish   uchun   adabiyotlarda:   X.T.Tursunov,
T.U.Rahimova   [20],   X.T.Tursunov   [19];   M.Adыlova   [5];   Proekt   “Vnedrenie
sistemы utilizatsii TBO v g. Samarkande”, materialы granta  Uzbekistan i Fransiya
na   2015-2019   g.[17];   L.A.Vaxitova,   A.A.Vohidov   [6];   B.G.Deushova,
L.E.Belyalovalarning “Tvyordыe bыtovыe otxodы i nashe otnoshenie k nim” [18];
Sh.T.Xoliqulov, S.B.Pardaevlarning [34] “Chiqindilarni bartaraf etishning dolzarb
muammolari” kabi  ishlarda mavjud maishiy chiqindilarga taalluqli  materiallardan
foydalandik.    
BMI da chiqindilar xususida so`z yuritilar ekan, biz ushbuni inobatga olib, 
quyida ushbu qonun to`g`risida qisqacha bo`lsa ham ma`lumot keltirishni lozim 
topdik [25].
O`zbekiston Respublikasining “Chiqindi to`g`risida” qonuni
2002 yil 5 aprel 362 – 11- son bilan O`zbekiston Respublikasining birinchi
Prezidenti   I.Karimov   tomonidan   tasdiqlangan.   Va   ushbu   qonun   2002   yil   5   aprel
363 – 11 son bilan amalga kiritilgan va O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
raisi   E.Xalilov   tomonidan   tasdiqlangan.   “CHiqindi   to`g`risida”   gi   qonun   30
moddadan iborat bo`lib, ularning ayrimlarini quyida izohlaymiz.
CHiqindi bilan bog`liq ishlarni amalga oshirish to`g`risidagi qonun hujjatlari
buzilganligida aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo`ladilar.
Uning   1   moddasida .   Ushbu   qonunning   maqsadi   va   asosiy   vazifalari
keltirilgan bo`lib, unda chiqindilar bilan bog`liq ishlarniamalga oshirish sohasidagi
munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Qonunning   asosiy   vazifalari   chiqindilarning   fuqarolar   hayoti   va   sog`ligiga,
atrof-muhitga   zararli   ta`sirining   oldini   olish,   chiqindilar   hosil   bo`lishini
kamaytirish   va   ulardan   xo`jalik   faoliyatida   oqilona   foydalanishni   ta`minlashdan
iborat.
2-modda.   Asosiy   tushunchalar-chiqindi   bilan   bog`liq   ishlarni   amalga
oshirish, chiqindi pasporti, ya`ni uning kamyob chiqishi, chiqindilarni joylashtirish
ob`ekti,chiqindilarni   ko`mib   tashlash,   chiqindilarni   utilizatsiya   qilish,   ya`ni   ular
37 tarkibidan   qimmatli   moddalarni   ajratib   olish   yoki   chiqindilarni   ikkilamchi   xom-
ashyo, yoqilg`i va boshqa maqsadlarda ishlatish.
Chiqindilarni   qayta   ishlash   –   ularni   ekologik   jihatdan   bexatar   saqlash,
tashish.
Xavfli chiqindilar.
5-moddada.   O`zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   mahkamasining   chiqindi
bilan bog`liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi vakolatlari.
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
chiqindi   bilan   bog`liq   ishlarni   amalga   oshirishga   oid   davlat   dasturlarini
tasdiqlaydi va ularni bajarilishini ta`minlaydi;
chiqindi   bilan   bog`liq   ishlarni   amalga   oshirish   sohasida   davlat   hisobi   va
nazorati olib borilishi tartibini belgilaydi;
chiqindilar ko`mib tashlanadigan va utilizatsiya qilinadigan joylarning davlat
kadastrini yuritish tartibini belgilaydi;
6-modda.  Chiqindi bilan bog`liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi mahsus
vakolatli davlat organlari. 
O`zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo`mitasi.
O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi.
7-modda.   O`zbekiston   Respublikasi   Tabiatni   muhofaza   qilish   davlat
qo`mitasining   chiqindi   bilan   bog`liq   ishlarni   amalga   oshirish   sohasidagi
vakolatlari.
8-modda.  O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligining chiqindi
bilan bog`liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi vakolatlari.
chiqindi   bilan   bog`liq   ishlarni   amalga   oshirishda   belgilangan   sanitariya
normalari   va   qoidalariga   rioya   etilishi   ustidandavlat   sanitariya-epidemiologiya
nazoratini amalga oshiradi;
chiqindilarning   fuqarolar   hayoti   va   sog`ligi   uchun   xavflilik   darajasini
belgilashda uslubiy ta`minotni amalga oshiradi;
11-modda.   Mahalliy   davlat   xokimyati   organlarining   chiqindi   bilan   bog`liq
ishlarni amalga oshirish sohasidagi vakolatlari.
38 chiqindi   bilan   bog`liq   ishlarni   amalga   oshirishga   oid   umumdavlat
dasturlarini tasdiqlaydilar.
14-modda.   Yuridik   shaxslarning   chiqindi   bilan   bog`liq   ishlarni   amalga
oshirish sohasidagi huquqlari.
19-modda.   Chiqindilarni ekologik sertifikatlash.
20-modda.   Havfli chiqindilarni tashish.
30-modda.   Chiqindi   bilan   bog`liq   ishlarni   amalga   oshirish   to`g`risidagi
qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik.
39 3. Tadqiqot natijalari
3.1.  Samarqand shahrida maishiy chiqindilarning hosil bo`lishi,
joylashtirilishi, morfologik tarkibi, klassifikatsiyasi, utilizatsiyalash va
ulardan qayta foydalanish.
                          Hozirgi   kunda   ham   ekologik   muammolarning   echimi   nihoyatda   og`ir
qolmoqda.   Ular   chegara   bilmaydi.   Muammolarning   asosiy   qismi   odamzotning
mehnati   faoliyati   bilan   chambarchas   bog`liqdir.   Zero,   insonning   xo`jalik
faoliyatida   dunyoda     har   yili   30-40   milliard   tonnadan   ortiq   chiqindi   biosferaga
chiqarilmoqda, bunda maishiy chiqindilarning ham ulushi kattadir.
                           Yuqoridagi ko`rsatkich XXI asrda 100 milliard tonnaga etib, kelajakda
yanada   oshishi   va   2020   yillarga   borib   2   marta   ko`payishi   bashorat   qilinmoqda.
Yillar   davomida   to`plangan   chiqindilar   inson   hayoti   uchun   nihoyatda   xavfli
moddalarni hosil qilishi tadqiqotlarda to`liq o`z ifodasini topmoqda  [14] . 
                         Ekologik muammolar va xususan maishiy chiqindilarning hosil bo`lishi,
ularni   saralash,   morfologik   tarkibini   aniqlash,   klassifikatsiya   qilish,
utilizatsiyalash, zararli qismlarini tashish va poligonlarga joylashtirish, ko`mish va
ulardan   ikkilamchi   mahsulot   sifatida   qayta   ishlab,   foyda   olish   Samarqand
viloyatida   va   xususan   Samarqandda   ham   ushbu   mazuning   o`ta   dolzarbligini
aniqlaydi.
                        Shu  yerda   ushbuni   mahsus   aytish   lozimki,  2017-2021  yillarda   maishiy
chiqindilar bilan bog`liq ishlarni amalga oshirish tizimini tubdan takomillashtirish
va   rivojlantirish   chora-tadbirlari   to`g`risida   O`zbekiston   Respublikasi
Prezidentining   qarori   O`zbekiston   Respublikasining   2017   yil   21   apreldagi
“Ekologiya va atrof – muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini
takomillashtirish   to`g`risida”   gi   PF-   sonli   farmoniga   muvofiq     hamda   chiqindilar
bilan   bog`liq   ishlarni   amalga   oshirish   tizimini   tubdan   takomillashtirish   va
rivojlantirish,   munosib   yashash   sharoitlarni   yaratish,   respublikada   sanitariya   va
ekologik   vaziyatni   yaxshilash,   aholi   turmush   darajasi   va   sifatini   yanada   oshirish,
shuningdek,   Respublika   va   viloyatlarning   Ekologiya   va   atrof   muhitni   muhofaza
qilish   boshqarmalari   huzuridagi   “Toza   hudud”   davlat   unitar   korxonalarining
40 samarali   faoliyatini   tashkil   etish   maqsadida   15   punktdan   iborat   chora-tadbirlarni
bajarish yuklatildi.
Quyida ularning ayrimlarini izohlaymiz:
* 2017-2021 yillarda maishiy chiqindilarni yig`ish, saqlash, qayta ishlash va
utilizatsiya qilish tizimini takomillashtirishga doir tadbirlarni o`tkazish;
*   2017-2021   yillarda   “Toza   hudud”   DIK   ni   mahsus   texnik   va   uskunalar
bilan qo`shimcha jihozlash;
*   2017-2021   yillarda   xalqaro   moliya   tashkilotlarining   mablag`larini   jalb
qilgan   holda   shaharlarda   maishiy   chiqindilarni   yig`ish,   tashish,   utilizatsiya   qilish
va qayta ishlash tizimini rivojlantirish investitsiya loyihalarining ro`yxati tuzish;
* chiqindilarni yig`ish, tashash, utilizatsiya qilish, qayta ishlash, ko`mish va
realizatsiya qilish tizimini, shu jumladan tadbirkorlik sub`ektlarini keng jalb etgan
holda   rivojlantirish,   ularning   faoliyatini   rag`batlantirish   yo`li   orqali   chiqindilar
bilan   bog`liq   ishlarni   amalga   oshirish   sohasidagi   to`liq   shaklni   qamrab   olishni
ta`minlash;
*   chiqindilar   bog`liq   ishlarni   amalga   oshirish   tizimini   takomillashtirish
bo`yicha   mazkur   qaror   bilan   tasdiqlanayotgan   tadbirlar   manzilli   dasturlar
investitsiya   loyihalari   va   prognoz   parametrlarini   amalga   oshirish   jarayonini   har
chorakda ko`rib chiqish kabi masalalar Prezident qarorida o`z aksini topgan.
Yana   e`tiborlisi   shuki,   mamlakatimizda   2018   yilning   “Faol   tadbirkorlik,
innovatsion   g`oyalar   va   texnologiyalarni   qo`llab-quvvatlash   yili”   deb   e`lon
qilinishi   har   sohada   olib   borilayotgan   izchil   islohatlarning   uzviy   davomi
hisoblanadi.
Bugungi   kunda   jamiyatimizda   farovonlikni   ta`minlash,   iqtisodiy   jihatdan
taraqqiyotga   erishishda   tadbirkorlik   sub`ektlariga   keng   imkoniyat   yaratish   asosiy
va   zaruriy   shartdir.   O`z   navbatida   bugungi   zamon   talablariga   mos   keladigan
zamonaviy   fikrlash,   mazkur   yo`nalishdagi   innovatsion   g`oyalar,   mavjud
texnologiyalarga ahamiyat qaratish ham taraqqiyotning muhim omili hisoblanadi.
O`zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   “2017-2021   yillarda   O`zbekiston
Respublikasini   rivojlantirishning   beshta   ustivor   yo`nalishi   bo`yicha   Harakatlar
41 strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g`oyalar va texnologiyalarni qo`llab -
quvvatlash yili” da amalga oshirishga oid davlat Dasturi to`g`risida   gi PF – 5308
sonli farmonining qabul qilinishi esa, xalq orzularining haqiqiy ma`nodagi huquqiy
asosi bo`ldi deb yozadi Respublika Ekologiya xabarnomasi jurnali korrespondenti
S.Muxtoraliev (14).
Harakatlar   strategiyasini   amalga   oshirishda   “Inson   manfaatlari   –   hamma
narsadan   ustun”   va   “Halq   davlat   idoralari   halqqa   xizmat   qilinishi   kerak”   degan
ezgu g`oya va tamoyiliga alohida e`tibor qaratilgan.
2017   yilda   ushbu   g`oyalar   asosida   yurtimizda   barcha   sohalar   qatori
ekologiya   sohasida   keng   ko`lamli   o`zgarishlar   amalga   oshirildi,   eng   avvalo
mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish borasida ishlar bajarildi, shu
bilan   birgalikda   Ekologiya   va   atrof   –   muhitni   muhofaza   qilish   sohasidagi   davlat
bosharuvi   tizimining   tubdan   takomillashtirilganligini   mahsus   qayd   etish   joizdir.
Ekologik vaziyatni barqarorlashtirish va aholi salomatligini muhofazalash, aholiga
arzon va sifatli dori-darmonlar etkazib berildi.
Respublika   Prezidentining   Farmoni   bilan   “2017-2021   yillarda   O`zbekiston
Respublikasini   rivojlantirishning   beshta   ustivor   yo`nalishi   bo`yicha   Harakatlar
strategiyasini”       “Faol   tadbirkorlik,   innovatsion   g`oyalar   va   texnologiyalarni
qo`llab - quvvatlash yili” da amalga  oshirishga taalluqli davlat dasturi tasdiqlandi.
Biz ekologlar uchun ushbu dasturning ahamiyatli tomoni shundan iboratki, Davlat
dasturida   Ekologiya   va   atrof   –   muhitni   muhofaza   qilish   sohasiga   oid,   bevosita
mazkur   sohani   rivojlantirish   bosqichlarini   belgilab   beruvchi   10   yaqin   tadbirlar
belgilandi va ular hozir kunda amalga joriy etilmoqda. “Toza hudud” davlat unitar
korxonasi   orqali   qattiq   maishiy   chiqindilarni   yig`ish,   tashish,   utilizatsiya   qilish
uchun,   joylashtirishni   takomillashtirish,   ko`mish   ishlariga   davlat   byudjetidan
qariyb 163,2 milliard so`m mablag` ajratilganligi bunga misoldir. Bu mablag`ga yil
oxirigacha 462 dona chiqindi tashuvchi mahsus  texnika xarid qilish, 212 chiqindi
to`plash   shahobchalarini   qurish   va   96   ta   mavjud   chiqindixonalarni   jihozlash   va
tashkil etish ko`zda tutilgan.
42 Davlat dasturining 214 – bandiga ahamiyat qaratsak, atrof-muhitni muhofaza
qilish, tabiiy resurslardan samarali foydalanish, ekologik xavfsizlikni ta`minlash va
aholining ekologik madaniyatni oshirish borasida  ta`sirchan choralar ko`rishga oid
salmoqli   tadbirni   ko`ramiz.   Ushbu   bandga   e`tiborni   qaratsak,   2018   yilning   1
avgustigacha   O`zbekiston   Respublikasi   Ekologiya   va   atrof-muhitni   muhofaza
qilish   va   tabiiy   resurslardan   oqilona   foydalanish   sohasida   2019   -   2023   yillarga
mo`ljallangan   konsepsiya   tasdiqlandi   va   unga   asosan   Ekologik   tizimlarni   saqlash
va   yaxshilash,   aholining   ekologik   xavfsiz   hayot   kechirishini   ta`minlashga
erishishga bog`liq chora-tadbirlarga alohida ahamiyat berilgan.
Shunday   qilib,   yuqorida   bayon   etilganlardan   ushbu   ma`lum   bo`ldiki,
maishiy   chiqindilarni   saralash,   ularning   zararlilarini   o`z   vaqtida   ko`mish,
utilizatsiya   qilish   va   qayta   ikkilamchi   mahsulot   sifatida   ishlatish   davr   talabidir.
Ushbularni inobatga olib, biz quyida mavjud chiqindixonalar to`g`risida ma`lumot
va 2011-2015 yillarda yig`ilgan va qayta ishlangan chiqindilar va zararli turlarini
poligonlarda   joylashtirish   va   ko`mish   xususida   ma`lumotlar   keltiramiz.   Biroq
Samarqand   shahri   va   Samarqand   tumani   hududidagi   maishiy   chiqindixonalar
to`g`risida   ma`lumotlarni   Samarqand   shahrida   mavjud   chiqindilar   hajmi   bilan
taqqoslab   o`rganishni   maqsad   qilib   oldik   va   bu   borada   ularning   farqi   yaqqol
namoyon bo`ladi deb hisoblaymiz.    
43 3.1.1. Chiqindi turlari
                    Shahar,   shahar   tipidagi   shaharchalar,   tumanlar   va   qishloqlarni   toza
tutishning epidemiologik va gigienik ahamiyati juda katta. Turar joylarni tozaligi,
obodonligi,   irrigatsiya   ariqlaridan   toza   suvlarning   oqib   turishi,   daraxtzor   va
ko`kalamzorzorlarning   oldini   olishga   yordam   beradi.   Turar   joylarning   tozaligini
saqlash va tashkil qilishda mavjud reja asosida tashkiliy sanitar texnik va xo`jalik
tadbirlarni o`tkazish zarur.
Shahar   va   qishloqlarning   aholi   yashaydigan   joylarida   turli-tuman   xo`jalik
chiqindilarning   to`planishi   patogen     -   yuqumli   mikroblarning   to`planishiga   olib
keladi.
Aholi turar joylarini toza tutish uchun chiqindi axlatlarni o`z vaqtida yig`ib,
olib   chiqib   ketish   va   zararsiz   holatga   keltirish   hamda   ba`zi   bir   chiqindilarni,
masalan qog`oz, latta, taxta, temir, bakalashka,  polietilen plyonkalar va oynalarni
qayta   ishlashga   jo`natish   lozim.   Agar   axlatlar   tezda   zararsizlantirilmasa,   utashqi
muhitni, ya`ni atmosferani, suvni va tuproqni ifloslantiradi.
  Maishiy   chiqindilardan:   uy   xo`jalik   axlatlari,   oziq-ovqat   chiqindilari   va
boshqalar   juda   ko`p   organik   moddalarni   saqlagani   uchun   tezda   chiriy   boshlaydi.
Oqibatda turli-tuman gazlar: ammiak, oltingugurt oksidi, metan va boshqalar hosil
bo`ladi   va   yog`ingarchilik   natijasida   er   yuzidan   yuvilib   chiqindilar   najas,   siydik
hojatxonalardan   er   osti   suvlariga   suzilib,   ularni   ifloslantirish   mumkin.   CHiqindi
axlatlarida   turli   mikroorganizmlarning   mavjudligi   va   ularning   uzoq   vaqt
yashashlari   aniqlangan.   Jumladan   qorin   tifi,   paratif,   ichburug`,   sip,   kuydirgi   va
turli-tuman gelmintlar – askaridalar boshqalar axlatlar tarkibida uchraydi.
Axlat va chiqindilar faqatgina turli infeksion va invazion – gijja kasalliklarni
keltirib   chiqarib   qolmay,   ular   odamlarda   hazm   qilish,   ko`ngil   aynish   holatini
keltirib chiqaradi.
Xullas, barcha chiqindilar ikki guruhga ajratilib: suyuq va qattiq chiqindilar
holatida o`rganildi.
Suyuq   chiqindilarga:   Ularga:   hojatxonadan   chiqadigan   najas,   siydik,
vannalarda   va   hammomlardan,   xona   pollari   va   kir   yuvishda   hosil   bo`ladigan,
44 sanoat   korxonalari,   inshootlar   va   avtomoykalarda   avtoulovlarni   yuvishdan   hosil
bo`lgan chiqindi suvlari taalluqlidir. 
Qattiq   chiqindilarga:   uy   chiqindilar   axlatlari,   sanoat   korxonalari,   savdo
ob`ektlarining   axlatlari,   go`ng,   o`lik   hayvonlar   qoldiqlari,   qurilish   axlatlari   va
boshqalar mansubdir. 
3.1.2. Samarqand  shahri da mavjud chiqindixonalar to`g`risida
ma`lumot
Biz   bu   ma`lumotlarni   Samarqand   viloyati   Ekologiya   va   atrof-muhitni
muhofaza   qilish   qo`mitasi   laboratoriyasining   2011-2014   yillar   hamda   2022   yil
aprel   oyida   Samarqand   tumani   “Toza   hudud”   DUK   Filili   boshlig`i   U.Xasanov
tomonidan   berilgan   hujjatdan   keltirmoqdamiz   (bu   ma`lumot   BMI   ilovasida
ko`rsatilgan).
Ma`lumki, Samarqand viloyatida Samarqand va Samarqand viloyatning eng
katta   shaharlari   hisoblanadi,   undan   tashqari   viloyatda   12   tuman   mavjud,   ular
orasida Samarqand tumani ham bor va barcha ushbu hududlarda chiqindi xonalar
faoliyat   yuritadi   (3.1.2.1.   Jadval).   Jadvaldan   ma`lum   bo`ldiki,   Samarqand   shahar
maishiy chiqindilar saqlanadigan hududning maydoni 10 gektar bo`lib, Samarqand
shahrida   esa   u   2   gektarni   tashkil   etadi,   tumanda   5   marotiba   ko`p   bo`lib,   10
gektarga   teng.   Bu   chiqindixonalar   2005,   2007,   2014   yillarda   qurilgan.   Biroq   shu
erda ushbuni mahsus eslatish lozimki, ilk bor chiqindixonalar Samarqand tumanida
1968   yilda   tashkil   etilgan.   Barcha   chiqindixonalarning   hozirgi   holati   deyarli
qoniqarli   deb   topilgan.   Joylashtirilgan   maishiy   chiqindilar   hajmi     bo`yicha
Samarqand shahrida 22878,08 ming tonnani tashkil etgan. Samarqand shahrida esa
647,7   ming   tonnani   tashkil   etadi.   Jaloeir   qishlog`idagi   chiqindixonada   chiqindi
hajmi   4500   ming   tonnaga   tengdir.   Chiqindixonalarning   foydalanish   muddati
aksariyat   hollarda   aniqlanmagan,   faqat   Orzu   Mahmudov   massividagi
chiqindixonaning ishlatilish muddati 2035 yilgacha deb belgilangan. 
Chiqindilarni   takomillashtirish   bo`yicha   tavsiyalarda   Samarqand   shahri
chiqindixonalari   hududini   kengaytirish,   Samarqand   shahri   va   tumanida
45 kompostlashni   tashkil   etish   hamda   Orzu   Mahmudov   massivida   chiqindixonalarni
o`rash, mashinani yuvish maydonchasini qurish kabilar belgilangan.
Shu yerda ushbularni aytish lozimki, Samarqand va Samarqand shaharlari va
Samarqand   tumanida   chiqindixonalarning   ishlatish   muddati   ko`rsatilmagan.
Vaholanki   ular   bir   necha   o`n   yillarga   mo`ljallangan   bo`lishi   lozim.   Bizning
fikrimizcha, chiqindixonalarga faqat qayta ishlash uchun mumkin bo`lmagan, yoki
ularni   boshqa   usullar   bilan   yo`qotish   iloji   bo`lmagan   chiqindilarni   yo`naltirish
lozim. Bu komponentlarni qo`llash har tomonlama atrof-muhitga zararsiz bo`lishi
kerak   va   buning   uchun   chiqindilarni   etqizish   xususidagi   barcha   hozirgi   zamon
qoidalari   va   uslublarni,   chiqindixonalarni   ekspluatatsiya   –   ishlatish   va
rekultivatsiya – rekonstruksiya qilish qoidalarini bilish shart deb hisoblaymiz.
 
46                           3.1.2.1. Jadval
Samarqand  shahri dagi maishiy chiqindixonalar to`g`risida ma`lumot
  (Viloyat   ekologiya   va   atrof-muhitni   muhofaza   qilish   davlat   qo`mitasi
ma`lumoti 2018 yil qo`shimchalar bilan)
№SHaharlar va tuman nomi	
CHiqindi joylashtirilgan	
manzil, geografik o`rni	
M
aydoni	
Ishga tushirilgan yili	
Hozirgi holati	
Joylashtirilgan
 
manzil	
chiqindilar hajmi (ming t.,	
ming m3)	
Chiqindilardan	
foydalanish muddati	
Chiqindi xonani	
takomillashtirish bo`yicha	
tavsiyanomalar
1 Samarqa
nd
shahri Xishrav
qo`rg`oni 10,0 200
7 qoniqar
li 22878,0
8 aniqlanmag
an Hududni
kamaytiris
h 
2 Samarqa
nd shahri AO   “Tayloq
konserva”
tozalash 2,0 200
5 qoniqar
li 647,7 aniqlanmag
an Kompostla
sh
3  Samarqa
nd
tumani Qurilish
materiallari
Kombinatini
ng
Kar`eri 10,0 200
5 qoniqar
li 244,18 aniqlanmag
an Kompostla
sh
4 Samarqa
nd   “toza
hudud”
DUK Orzu
Mahmudov
Massivi
Jaloer
qishlog`i 435
3,
15
m 2 201
4 qoniqar
li 4500 aniqlanmag
an Elektr
taminoti
bilan
ta`minlash,
atrofini
farfor   bilan
o`rash,
kishilar
yuvinish
maydoncha
si qurish
*Ko`rsatma .   Bu   ma`lumotlarni   bizga   2023   yil   aprel   oyida   “Toza   hudud”
DUK   Samarqand   tuman   filiali   boshlig`i   U.Hasanov   tomonidan   berildi   (ilova   2),
buning uchun u kishiga o`z minnatdorchiligizni bildiramiz.
47 3.1.3.   Samarqand   shahri   bo`yicha     maishiy   chiqindilarning   hajmi   va
ularni qayta ishlashning samaradorligi
Biz   buning   uchun   Samarqand   viloyati   Ekologiya   va   atrof   –   muhitni
muhofaza   qilish   qo`mitasi   laboratoriyasining   2012   va   2014   yillardagi
ma`lumotlardan   foydalandik.   Bu   ma`lumotlar   quyidagi   jadvallarda   (3.1.3.1   va
3.1.3.2) o`z aksini topgan. Ularni tahlil qilish natijasi quyidagi xulosalarga keldik.
Ushbu   jadvallardan  ko`rinib   turibdiki,   Samarqand   va   Samarqand   shaharlari
va Samarqand tumanida 2012, 2014 yillarning boshida bo`lgan hajmdan to ushbu
yillar   oxirida   qolgan   chiqindilar   miqdori   oshib   borgan.   Masalan,   2012   yilda
Samarqand   shahrida   22656,  98   ming  m 3
  dan   22878,    ming  m 3  
gacha,   Samarqand
shahridan 6581,6 – 647,7 ming m 3 
gacha oshgan. Bu ma`lumotni ularning umumiy
yig`indisidan aniqlasa ham bo`ladi, ya`ni 23473, 26 – 891, 88 ming m 3
 ga tengdir.
(3.1.3.1 jadval). 
3.1.3.1 Jadval
Samarqand shahari bo`yicha yig`ilgan qattiq maishiy chiqindilar
to`g`risida 2012 yil bo`yicha ma`lumot (Viloyat qo`mitasi ma`lumoti)
1 Samarqand
shahri 22656,98 221,1 22878,08 Shahar sanitar tozalik
bo`limi
2 Samarqand
shahri 581,6 66,1 647,7 Shahar kommunal
foydalanish bo`limi
3 Samarqand
tumani 234,68 9,5 244,18 Tuman kommunal
foydalanish bo`limi
Jami: 23473,26 296,7 23769,96
2014   yilda   ham   bu   ma`lumotlar   oshib   borgan   (Samarqandda:   23041,58-
23152,08;   Samarqandda:   702,6-742,73   va   Samarqand   tumanida:   250,96-255,42
ming   m 3  
gacha   oshgan.   3.1.3.2   jadval).   Jami   qayta   ishlangan   qattiq   maishiy
chiqindilar   miqdori   Samarqandda,   Samarqand   shaharlari   va   Samarqand   tumanida
miqdori   (ming   m 3
):   110,5;   40,13   va   4,96   ni   tashkil   etgan   va   uning   hajmi   155,59
ming m 3
 teng bo`lgan.
48 3.1.3.2 Jadval
Samarqand shahri qattiq maishiy chiqindilar hajmi to`g`risida 2014 yil
yakuni bo`yicha ma`lumot (Viloyat ekologiya va atrof muhitni muhofaza
qilish qo`mitasi ma`lumoti)
№ S h aharlar va
tuman Yil bo`yicha
qolgan
qattiq
maishiy
chiqindilar
miqdori
(ming m 3
) Jami qattiq
maishiy
chiqindilar
miqdori
(ming m 3
)
(ming m 3
) Yil davomida
qolgan qattiq
maishiy
chiqindilar
miqdori
(ming m 3
) Olingan 
ma`lumotlar 
manbai
1 Samarqand
shahri 23041,58 110,5 23152, 08 S h ahar sanitar 
tozalik bo`limi 
2 Samarqand
shahri 702,6 40,13 742,73 SHahar
kommunal
foydalanish
bo`limi
3 Samarqand
tumani 250,96 4,96 255,42 Tuman
kommunal
foydalanish
bo`limi
Jami shahar
va tuman
bo`yicha 23995,14 155,59 24150,23
  Umuman   olganda,   maishiy   chiqindilarni   qayta   ishlash   2012   yilda   ortib
borgan bo`lib, bu miqdor viloyatda 312,8 dan to 583,47 ming m 3
  ni tashkil etgan,
biroq 2014 yilda esa, ularni qayta ishlash juda pasaygan va u 255,06 ming m 3  
  ga
teng   bo`lgan   (3.1.3.3.   jadval).   Buning   sababi   turlicha   bo`lishi   mumkin.   O`z
navbatida   maishiy   chiqindilarni   guruhlarga   ajratilmasligi   va   qayta   ishlash
muassasalariga etkazib bermaslik, avtoulovlarning kamligi va boshqa sabablar deb
hisoblaymiz.
Samarqand ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo`mitasining
ma`lumotlariga   asosan   chiqindilar   tarkibi:   is`temol   chiqindilari   (3.1.3.1   rasm),
qog`oz,   shox-shabada   (o`tin),   oyna,   plastik,   teri   va   rezina,   ko`cha   chirindilari   va
boshqalar (3.1.3.3 jadval)
49 3.1.3.3 Jadval
Samarqand shah r i da  hosil bo`lgan maishiy chiqindilar hajmi to`g`risida
2014 yilda qayta ishlanganligi to`g`risida ma`lumot 
№ Shahar va
tuman
nomiO`rtacha  1 yilda	
utilizatsiya	
qilinadigan M
CH
K	
hajm
i (m
ing m
3)	
Iste`m
ol chiqindisi	
%	
Q
og`oz chiqindilari	
%	
SH
ox-shabada	
chiqindisi %	
Plastik chiqindisi%	
Teri va rezina	
chiqindisi %	
O
yna chiqindisi %	
Tosh, qum
, ko`cha	
supirindisi %	
Boshqa chiqindilar	
%
1 Samarqand
shahri 73 2803 13,50 3,58 20,4 5,8 2,70 649,7 104,4
2 Samarqand
shahri 21,81 83,76 41,23 10,08 61,1 17,5 80,7 194,7 311,9
3 Samarqand
tumani 3,13 12,04 5,93 15,4 87,8 2,5 11,6 279 448,3
  ni   tahlil   qilganda   quyidagi   natijalar   olindi.   Samarqand   shahrida   iste`mol
chiqindilar   –   28,03;   qog`oz   –   13,80;   shox-shabada   –   3,58;   plastik   chiqindilar   –
20,4;   tosh   va   qum     va   b.lar   –   649,7   %   ni   tashkil   etgan;   Samarqand   shahrida   bu
ko`rsatkich   ko`p   bo`lgan:   83,76;   41,23;   106,9   61,1   va   194,1%   gacha   bo`lgan,
Samarqand   tumanida   esa   plastik   chiqindilar   87,8;  tosh   va  qum   va  boshqalar  ham
ko`p   279%   bo`lgan.   Biroq   ushbuni   mahsus   aytish   lozim,   o`rtacha   1   yillik
utilizatsiya  qilinadigan MCHJ  – ushbu shaharlarda 73,0 dan 71,81 va Samarqand
tumanida 3,13 ming tonnani tashkil etgan.
50 3.1.3. 4   jadval
Maroqand Obod DUK korxonasining markaziy chiqindi poligoniga qabul
qilingan qattiq va maishiy chiqindilar reyslari bo`yicha
M А `LUMOT
№ Sana : Maroqand
Obod DUK Toza
Hudud
DUK Shartnoma
asosida
( Samovizov ) 1- son
sanitar
korxonas
i си Qurulish
chiqindisi Jami
 
1 01.02.2022 129 11 10 23 3 176
2 02.02.2022 116 4 8 16 3 147
3 03.02.2022 123 8 4 7 2 144
4 04.02.2022 124 9 6 27 5 171
5 05.02.2022 48 15 17 2 5 87
6 06.02.2022 136 13 6 28 2 185
7 07.02.2022 132 12 7 31 2 184
8 08.02.2022 140 13 4 29 5 191
9 09.02.2022 129 9 4 15 4 161
10 10.02.2022 106 11 6 10 3 136
11 11.02.2022 116 13 2 17 3 151
12 12.02.2022 62 12 0 14 3 91
13 13.02.2022 118 14 2 17 4 155
14 14.02.2022 128 10 2 17 5 162
15 15.02.2022 106 2 3 12 3 126
16 16.02.2022 122 5 5 10 4 146
17 17.02.2022 117 5 9 9 4 144
18 18.02.2022 121 10 5 18 5 159
19 19.02.2022 52 12 5 18 5 92
20 20.02.2022 129 10 6 20 4 169
21 21.02.2022 139 13 3 25 6 186
51 22 22.02.2022 142 12 6 24 3 187
23 23.02.2022 143 9 5 27 5 189
24 24.02.2022 140 9 2 19 4 174
25 25.02.2022 137 10 3 17 6 173
26 26.02.2022 36 8 4 18 5 71
27 27.02.2022 147 8 4 18 6 183
28 28.02.2022 147 9 9 22 5 192
Жами: 3285 276 147 510 114 4332
3.1.3. 5   jadval
Maroqand Obod DUK markaziy chiqindixonasiga kunlik qattiq va
maishiy chiqindilarni olib borish to`g`risida
M А `LUMOT
№ Hudud nomi Korxona nomi Chiqindilarni qabul qilish
Qatnov
( xodka ) tonna
1 Samarqand Maroqand   Obod
DUK 178 712
Toza hudud 9 36
Obodonlashtirish 26 104
  Jami 213 852
52 Xullas,   maishiy   chiqindilar   muammosi   bugun   global   ahamiyatga   ega
bo`lmoqda. 
Xususan   yirik   shaharlarning   sanitariya   va   gigiena   holatini   yaxshilash,
maishiy   chiqindilarni   utilizatsiya   qilish,   chiqindi   xonalarni   zararlantirish   jiddiy
masalaga aylangan.
Shaharlarda   aholi   sonining   oshishi   bilan   maishiy   xizmat   ob`ektlari   –
restoran,   kafe   va   oshxonalar   sonining   oshishi   natijasida   maishiy   chiqindilarning
ham   miqdori,   turlar   ko`payib   bormoqda.   Buning   natijasida   shahar   va   tumanlarda
chiqindilarning ham miqdori, turlari ko`payib bormoqda. Buning natijasida shahar
va   tumanlarda   chiqindilar   bilan   bog`liq   muammolar   ortmoqda.   Faqat   Samarqand
shahrida bir kunda o`rtacha 400-450 tonnagacha maishiy chiqindilar chiqarilmoqda
va   so`nggi   yillarda   materiallar   tarkibida   shisha,   plastmassa,   metal   va   tekstil
materiallari   kamayib,   qog`oz   va   polietilenning   ulushi   ortib   bormoqda.   Aholi
turmushi   va   iste`mol   darajasining   oshishi   sababli   chiqindilarning   90%   ga   yaqin
organik   oziq-ovqat   hamda   o`simlik   chiqindilarning   xom   ashyo   manbai   ekanligini
ko`rsatib   turibdi.   Ularni   qayta   ishlash   yo`li   bilan   samarali   maqsadga   erishish
mumkin.   Bunga   shaharlarda   polietilen   bakalashkalar,   plastmassa   qoldiqlaridan,
qog`oz to`plamlaridan tadbirkorlar – turli hajmdagi shlanglar, hojatxona qog`ozlari
va hokazolarni ishlab chiqarmoqdalar.
Tahlillar   shuni   ko`rsatmoqdaki,   bu   borada   Samarqand   va   Samarqand
shaharlarida   ham   etarlicha   ishlar   olib   borilmayotir.   Ko`p   qavatli   uylarda
chiqindilarni yig`ish uchun, ularni turli xil ranglardagi paketlarga:
1. Havorang-polietilen chiqindilar;
2. Oq-qog`oz chiqindilari;
3. Sariq-oziq-ovqat chiqindilari;
                   4. Qora-boshqa turdagi chiqindilarni (3.1 - rasm) solib, so`ng ularni lozim
joylarga   etkazib,   xom   ashyo   sifatida   ishlatish   mumkin.   Qishloqlarda   esa,
xonadonlardan yig`ilgan chiqindilarni xuddi shunday paketlarda yig`ib, havorang,
53 oq,   sariq   va   qora   rangdagi   konteynerlarga   solishni   taklif   etamiz.   Bunday   holatda
chiqindilarni   saralamay   to`g`ridan-to`g`ri   utilizatsiya   qilish   va   tadbirkorlarga
etkazib berish lozim.
Mavjud   vaziyatdan   kelib   chiqqan   holda   shahar   va   tumanlarda   asosiy
maqsad   belgilab   olinishi   va   uning   ketma-ketligini   maksimal   samarali   ishlashini
ta`minlash uchun, uni bajarishda quyidagi dastur asosida amalga oshirish mumkin.
 
Chiqindilarni   tashishga   mahsuslashtirilgan   katta   mashinalar   ishlatilmoqda
(3.2-   rasm).   Hozirgi   kunda   qishloqlar   ko`chalarida   haftada   2   marta   shunday
avtomashinalar chiqindilarni tashishda ishtirok etmoqda.
Chiqindilar bilan bog`liq muammolarni hal etishda keng jamotachilikning va
xususan mahallaning roli katta bo`lishi lozim.
Aholi   o`z   hovlisida   mashina   chiqindilarni   ko`mib,   kompost   tayyorlash
mumkin. Shu yo`l bilan har bir xonadondan chiqadigan chiqindi miqdorini 60-70%
ga   kamaytirishga   erishish   mumkin.   Chiqindilarni   har   tarafga   tashlamasdan,   bir
joyda   yig`ish,   to`g`ri   kelgan   joyga   tashlamaslik,   yosh   bolalarga   uni   tashishga
o`rgatmaslik lozim. 
Xullas, chiqindilardan unumli foydalanish atrof - muhitni ozoda qilish inson
salomatligining garovidir. 
54To`plash	
Deponentlash	Saralash	Qayta ishlash  3.1-rasm.  Saralangan  maishiy chiqindilarni tashish jarayoni. 
55 3.2 – rasm. Chiqindi tashuvchi mahsus avtomashinalar
3.1.4. Samarqand shahrida maishiy chiqindilarning maydoni va
hajmiga qarab, hududlarni rayonlashtirish
Kuzatuvlar  va olingan natijalar  bo`yicha  ushbu shahar  va  tumanda  maishiy
chiqindilar 2 hududdan ko`p to`planar ekan. Buning asosiy sababi ya`ni shaharning
markazi   xonadonlari   va   yog`   zavodi   atrofida   yig`ilib,   qurilish   materiallari
maydoniga to`planadi va u 10 gektarni egallaydi va 250 ming m 3
 ga yaqin hajmga
teng.
Orzu   Mahmudov   massivi   atrofi   qishloqlarida   to`planib,   Jaloer   chiqindi
xonasida yig`iladi va uning hajmi 4353 m 3 
dan oshiq maydonda to`planadi (3.2.2.1
jadval) va 45 500 ming m 3 
tonnani tashkil etadi.
Samarqand   shahrida   chiqndilar   maydoni   kam   bo`lsa   ham,   biroq   u   erda
chiqindilar hajmi ko`p ((648 ming tonna). Buning sababi ushbu hududda aholining
va xonadonlarning ko`pligidir. Biroq, bunga yana ushbuni mahsus aytish o`rinliki,
shaharning   Samarqand   suv   omboriga   yaqin   hududlarida   aholi   chiqindilarni   suv
56 ombordan   oqib   chiquvchi   kanallar   atrofiga   pala-partish   qilib   tashlab   ketilgan.
Buning   sababi,   ota-onalar   chiqindilarni   o`zlari   emas,   balki   yosh   farzandlariga
tukishni   buyuradilar.   Bunday   holatlarga   chek   qo`yish   lozim.   YAna   bir   fikr,
chiqindilarni   tashishda   chiqindi   tashish   mashinalarning   grafigini   to`g`ri   aniqlab,
chiqindini   haftada   kamida   ikki   marta   olib   chiqib   ketish   va   chiqindi   xonalarga
etkazish lozim.
Shunday   qilib,   yuqorida   keltirilgan   ma`lumotlardan   quyidagi   xulosalarni
chiqarish mumkin:
*maishiy   chiqindilarning   maydoni   jihatidan   birinchi   o`rinda   Samarqand
tumani   tursa   (10   ming   gektarni   egallaydi),   hajmi   jihatidan   (648   ming   m 3
)
Samarqand shahri aholi punktlari  turadi.
*ikkinchi   o`rinda   Jaloer   qishlog`i   atrofidan   to`planadigan   maishiy
chiqindilar ham maydoni (4353,15 m 2
)  va hajmi (4500 ming m 3
) ko`p hisoblanadi.
Yakunlab   ushbuni   aytish   lozimki,   korxonalar,   muassasalar,   tashkilotlar   va
fuqarolar   maishiy   chiqindilarni   mahsus   belgilangan   hududlarga   joylashtirishlari,
saralash,   tashish   va   utilizatsiya   qilish,   ularni   qayta   ishlab   qo`shimcha   mahsulot
olishga   e`tibor   berishlari   lozim.   Natijada   atrof-muhit   toza   bo`ladi,   inson
salomatligi yanada mustahkam bo`ladi deb hisoblaymiz. 
Sanoat korxonalari keltirib chiqarayotgan ekologik xavf va ularning
chiqindilaridan oqilona foydalanish istiqbollari (Samarqand superfosfat
zavodi misolida)
O’zbekiston   ham   ko’plab   rivojlangan   mamlakatlar   qatoriga   yangi   ming
yillikga   qator   ijtimoiy-iqtisodiy   demografik   va   ekologik   xarakterga   ega   bo’lgan
dunyo   miqyosidagi   muammolar   bilan   kirib   keldi.   Tabiiy   resurslardan   jadal
foydalanish,   moddalarning   tabiiy   aylanish   tarkibiga   kirmaydigan   ishlab
chiqarishning   foydalanishning   mumkin   bo’lmagan   mahsulotlarning   atrof-muhitga
tashlash,   ekologik   jihatdan   xavfli   bo’lgan   biotexnologiyalardan   foydalanish
energiya manbalaridan va boshqalar inson faoliyati bilan o’rab turuvchi muhitning
holati   orasidagi   muvozanatning   buzilishiga   olib   keldi.   Ko’pchilik   holatlarda
57 buzilgan muhitda tirik organizmlarning yashash faoliyati bilan ularning adaptasion
mexanizmlari   imkoniyatlarining  mos  kelmasligi   kuzatilmoqda.  Yuqori   texnogenli
yuklamalar   natijasida   ta’minlab   beruvchi   tashqi   muhit   tajovuzining   ortishi   tirik
organizmlar   genofondining   sifatiga   albatta   o’zining   salbiy   ta’sirini   ko’rsatmay
qolmaydi,   qaysiki   tabiiy   evolyusion   moslashishning   tezligi   atrof   muhitning
o’zgarish   jadalligiga   mos   kelmaydi   va   bu   esa   o’z   navbatida   tabiatda   «Ekologik
keskinlik» sindromini chaqiradi.
Ekologik keskinlik  sifatiy jihatdan  yangi  xarakterga ega  bo’lish  bilan birga
katastrofik   masshtabni   egallamoqda.   Bunday   sharoitlarda   organizm   bilan   muhit
orasidagi munosabatlar murakkablashadi va keskinlashadi.
O’tgan   asrning   90-yillarida   O’zbekiston   hududida   ko’plab   sanoat   korxonalari
qurildi.   Masalan,   Qoravulbozor   neftni   qayta   ishlash,   Muborak   gaz   kondesat
zavodi,   Navoiy   azot   o’zeli,   Navoiy   tog’   metallurgiya   kombinati,   Jizzax
akkumulyator   zavodi   va   hokazolar   tomonidan   tashqi   muhitga   zaharli   sanoat
chiqindilari chiqarilmoqda.
Organizmlar   yashayotgan   muhitning   texnogen   o’zgarishlari   orasida   uning
sanoat   va   maishiy   chiqindilar   bilan   ifloslanishi   ancha   ayanchli   asoratlarga   olib
kelmoqda. Turli tabiatga ega bulgan zaharli moddalar ancha yuqori xavf tug’diradi.
Ifloslovchi   moddalar   texnogen   moddalar   yoki   tabiiy   xarakterdagi   aralashmalar
sifatida kimyoviy elementlarni migrasiyalanish va energiyani transformasiyalanish
sikllarini   buzadi   va   ekotizimning   yaxlit   faoliyatiga   noqulay   ta’sir   ko’rsatadi.
Biosferada dunyo miqyosidagi hududiy va lokal oqimlari va ksenobiotiklarni, ya’ni
biosfera uchun begona bo’lgan kimyoviy birikmalarning aylanishi shakllanadi [2].
Yuqorida   keltirilgan   ma`lumotlar   shuni   ko`rsatadiki,   sanoat   korxonalaridan
chiqayotgan chiqindilarning tarkibini aniqlash, ularning zararli jihatlarini o`rganish
va   chiqindilarni   zararsizlantirishning   optimal   usullarini   ishlab   chiqish   hamda
ulardan   oqilona   foydalanish   istiqbollarini   yaratish   dolzarb   masalalardan   biriga
aylandi.
58 Biz   o`z   oldimizga   Samarqand   superfosfat   korxonasidan   chiqayotgan
chiqindilarni   tarkibiy   jihatdan   o`rganish,   ulardan   oqilona   foydalanish   usullarini
ishlab chiqishni maqsad qilib oldik.
Samarqand   superfosfat   korxonasidan   chiqayotgan   chiqindilarning
mikroelementar   tarkibini   o`rganish   tajribalari   Samarqand   davlat   universiteti
“Mikroelementlar   ilmiy   tadqiqot   laboratoriyasi”   da   olib   borildi.   Chiqindi
tarkibidagi mikroelementlar tarkibi Kovalskiy (1969), Xavezov (1983) va Aleskov
(1988)   usullari   yordamida   atom-adsorbsionli   spektrofotometr   (“Saturn”)   dan
foydalanilgan holda aniqlandi.
Samarqandda suvni iflos qilayotgan korxonalar.
O‘zbekiston   Milliy   axborot   agentligi   bosh   direktori   Abdusaid   Ko‘chimov
ushbu   hududdagi   aholi   bilan   muloqot   o‘tkazganida   atrofdagi   mahallalarda
yashovchilar Farhod shaharchasida joylashgan suv tozalash inshootidan Zarafshon
daryosining   Oqdaryo   irmog‘iga   tushayotgan   suvning   yaroqsizligi,   keyingi
vaqtlarda   hatto   atrofdagi   qishloqlarda   ichimlik   suvida   o‘zgarish   bo‘layotgani
haqida shikoyat qildi.
Suv   tozalash   inshootining   daryoga   quyiladigan   qismida   bo‘lganimizda
atrofdagi  mahallalarda istiqomat  qiluvchilar  yetib kelishdi:  barcha daryo suvining
iflosligidan   norozi.   Ayrimlar   daryo   suvidagi   o‘zgarish   keyingi   vaqtlarda   ichimlik
suviga ham ta’sir o‘tkazayotganini bildirdi. Kimdir bunga suv tozalash inshootidan
chiqayotgan   suv   yaxshi   tozalanmayotganini   sabab   qilib   ko‘rsatsa,   yana   kimdir
hammasiga   shu   hududdagi   shirinmiya   tomirini   qayta   ishlash   zavodidan
chiqayotgan oqova sabab deb biladi: “Nega bizning shikoyatlar hech qayerga yetib
bormaydi?   Nima   uchun   bu   yerdagi   ekologik   falokat   hech   kimni   tashvishga
solmaydi?” Aholining aytishicha, suv tozalash inshooti havzasidagi suv har tongda
bir necha baravarga ko‘pirib ketadi. Suv yaxshi tozalanmagan holda ochiq havzaga
quyiladi. Daryo qirg‘og‘idagi fauna va flora kundan-kunga siyraklashib bormoqda.
59 Ishonish   qiyin.   Negaki,   bu   yerdagi   suv   inshooti   atigi   bir   yil   oldin,   Jahon
banki   Xalqaro   taraqqiyot   uyushmasi   moliyaviy   ko‘magida   juda   katta   mablag‘
evaziga qurib berilgan edi. Aniqrog‘i, Jahon bankining 49,3 million AQSh dollari
kredit   mablag‘lari   hisobidan   Samarqand   shahridagi   tozalash   inshootlari   va
kanalizatsiya   tizimlarini   rekonstruksiya   qilishning   2016-2019-yillarga
mo‘ljallangan 2-bosqich qurilish-montaj ishlari amalga oshirilmoqda.
Aynan   Farhod   shaharchasidagi   oqova   suvlarini   tozalash   inshooti   to‘liq
rekonstruksiya va modernizatsiya qilinib, 28,8 kilometr  yangi tarmog‘i  qurilgach,
Samarqand   shahar   aholisining   oqova   xizmatlari   bilan   ta’minlanganlik   darajasini
70,1 foizga olib chiqishga erishilgandi. Inshootning ochilish marosimida endi uzoq
yillar Farhod shaharchasi, Oqdaryo va Jomboy tumanining atrofdagi mahallalarida
oqova   bilan   bog‘liq   ekologik   muammolar   yuzaga   kelmasligi   qayta-qayta
ta’kidlangan   edi.   Ehtimol,   biz   adashishimiz   mumkindir.   Ammo   joriy   yil   aprel
oyida ana shu inshootning tantanali ochilish marosimida Jahon banki vakili Devid
Lord, viloyat hokimi o‘rinbosari, Samarqand shahar hokimi o‘rinbosari va boshqa
ko‘plab   mas’ullarning   rasmiy   bayonotlari   barcha   ommaviy   axborot   vositalarida
e’lon qilingan.
Jumladan,   Devid   Lord   Jahon   bankining   O‘zbekistonda   suvlarni
zararsizlantirish   bilan   bog‘liq   loyihalarda   15   yildan   buyon   ishtirok   etib
kelayotganini   faxr   bilan   ta’kidlar   ekan,   endilikda   oqova   suv   bilan   bog‘liq
muammolarning   yuzaga   kelmasligiga   umid   bildirgandi.   Xususan,   aynan   mazkur
inshootning o‘ziga 3 118 606 AQSh dollari sarflanganini ma’lum qilgan edi.
Xo‘sh, nega bir-ikki yil ichida buncha katta mablag‘ havoga uchib ketdi? Bu ham
mayli, aholi nima sababdan ekologik muammodan azob chekmoqda?
Bizga taqdim etilgan hujjatlarga ko‘ra, “Rays prodakshn biznes” mas’uliyati
cheklangan   jamiyatiga   qarashli   shirinmiya   ildizini   qayta   ishlovchi   zavoddan
chiqayotgan   oqova   suvlar   ekologik   taranglikka   sabab   bo‘lmoqda.   Ammo   mazkur
zavod   suvlari   daryoga   emas,   aynan   yuqoridagi   suv   tozalash   inshootiga   quyiladi.
Vaziyatga   oydinlik   kiritish   maqsadida   “Farhod”   oqova   suv   tozalash   inshootida
bo‘ldik.
60 – To‘g‘ri, zavod oqova suvlari bizning inshootga keladi, – deydi shu inshoot
rahbari   Dilaver   Shermatov.   –   Chunki   ikki   o‘rtada   shartnoma   imzolangan.   Ammo
zavoddan   kelayotgan   oqova   suvlarning   tarkibidagi   kimyoviy   moddalar   biror-bir
me’yorga to‘g‘ri kelmaydi. Bir necha marta ogohlantirishlarga qaramay kimyoviy
moddalar   aralashgan   suv   inshootimizga   kelib   tushmoqda.   “Farhod”   oqova   suv
tozalash inshooti 3 118 606 dollarga Yevropadagi eng zamonaviy uskunalar bilan
jihozlangan.   Butun   dunyo   tajribasidan   kelib   chiqib,   bizda   ham   oqova   suvlar
biologik yo‘l  bilan tozalanadi  va ochiq havzaga quyiladi. Biz kerakli bakteriyalar
yordamida suvni tozalaymiz. Qoidaga ko‘ra, bunday holatda zavodlar oqova suvga
birinchi   ishlovni   berib,   keyin   inshootga   yuborishlari   kerak.   Ammo   bizga
kelayotgan   oqova   suvda   kimyoviy   moddalar   haddan   tashqari   ortiq.   Buning
oqibatida   navbati   bilan   ishlashi   kerak   bo‘lgan   reaktorlarimiz   6   soat   o‘rniga   12
soatdan ishlamoqda. Shunda ham afsuski, suv tozalash imkoni yo‘q. Bundan ham
yomoni,   kimyoviy   moddalar   ta’sirida   bakteriyalar   qirilib,   inshoot   faoliyati
me’yorida   bo‘lmayapti.   Qaytadan   bakteriya   olib   kelamiz.   Ammo   yana   kimyoviy
moddalar ta’sirida qirilib ketadi. Erta tongda inshoot havzasidagi suvning ko‘pirib
ketishiga sabab ham kimyoviy moddalar bilan bog‘liq. Chunki ana shunday oqova
suv bizga kechasi yetib keladi.
Savol   tug‘iladi:   bitta   zavod   faoliyati   ekologiyaga   shunchalik   zarar
keltirayotgan,   aholining   bir   necha   yildan   beri   e’tiroziga   sabab   bo‘layotgan   va
nihoyat,   3   million   118   606   dollarlik   inshootning   yaxshi   ishlamayotganiga   sabab
bo‘layotgan ekan, nima uchun tegishli chora ko‘rilmaydi? Surishtiruv natijasi yana
ham achinarli.
Viloyat   “Suvoqova”   davlat   unitar   korxonasi   rahbar   K.Yusupov   bilan
gaplashdik.   Uning   aytishicha,   bugunga   qadar   viloyat   “Suvoqova”   davlat   unitar
korxonasi   tomonidan   bir   necha   marta   “Rays   prodakshn   biznes”   mas’uliyati
cheklangan   jamiyatiga   ayni   muammo   yuzasidan   xat   yuborilgan,   ogohlantirilgan,
ammo   natija   bo‘lmagan.   Ayrim   xatlarga   javob   ham   olinmagan.   Hatto   bir   marta
zavod oqova suv tarmog‘i uzib ham qo‘yilgan. Ammo shartnomani bir tomonlama
uzish   huquqi   bo‘lmagani   sababli   qayta   ulashga   majbur   bo‘lgan.   Xuddi   shunday,
61 viloyat   ekologiya   va   atrof-muhitni   muhofaza   qilish   boshqarmasi   tomonidan   ham,
aholi tomonidan ham “Rays prodakshn biznes” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga
murojaatlar qilingan.
Bu   bo‘yicha   “Rays   prodakshn   biznes”   mas’uliyati   cheklangan   jamiyati
rahbariga   uchradik.   Uning   gaplarini   aynan   keltiramiz   (audioyozuv   tahririyatda
bor):
–   Bizda   respublika   ekologiya   qo‘mitasi   va   Sog‘liqni   saqlash   vazirligidan   2020-
yilgacha   litsenziya   bor,   –   deydi   O.Asimov.   –   Kelib   hammasini   ekspertizadan
o‘tkazgan.   60   foiz   ekologiyaga   pul   to‘laymiz,   eksport   qilamiz.   O‘zimizning
laboratoriya   ham   bor.  Bu   yerda   yana   boshqa   quvurlar,  “shippak”   zavodi   bor.   Bir
safar   bu   yerdagi   ichgan   bolalarni   haydagan   edik,   bittasini   prokuraturada   ishlagan
tanishi bor ekan, yozibdi… Kelsin, komissiya tekshirsin…
Biz ekologiya qo‘mitasi va “Suvoqova” DUK xodimlarining zavodga kirib haqiqiy
ahvolni   ko‘rish   imkoni   bo‘lmayotgani   xususida   eshitganimiz   sababli   zavod
rahbariga yana savol bilan murojaat qildik:
– Demak komissiya kelib haqiqiy ahvolni ko‘rsa bo‘ladi, shundaymi?
–   Bemalol,   bemalol,   faqat   hozir   zavod   faoliyati   to‘xtagan.   Bilasizmi,   qachon
ishlaydi, fevralning 15-larida ishga tushadi…
Xullas,   izohga   hojat   yo‘q.   Bilganimiz   shuki,   tabiatni   muhofaza   qilish
qo‘mitasi   mutaxassislariga   ko‘ra,   “shippak”   zavodidan   oqova   suv   chiqmaydi.
Modomiki,   zavodga   Respublika   ekologiya   va   atrof-muhitni   muhofaza   qilish
qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirliklari 2020-yilgacha ruxsatnoma berishgan ekan,
bugungi   holatni   ham   bir   nazorat   qilib   ko‘rishlari   shart   emasmi?   Chunki   15-
fevralgacha u yerga hech kim kira olmaydi (ehtimol, undan keyin ham kira olmas,
negaki, shu vaqtgacha bir necha marta shu holat kuzatilgan). Aks-holda, tabiatga 5
milligramm   ammoniy   o‘rniga   –   199,   0.11   milligramm   temir   o‘rniga   –   3
milligramm, 0 o‘rniga – 1.2 milligramm sulfid, 15 o‘rniga – 5000 milligrammdan
ortiq oshirilgan zararli moddalar quyilishda davom etadi. Bu esa ekologik halokat
degani.
62 Samarqandda chiqindilarni qayta ishlab chiqariladi
Janubiy   koreyalik   sarmoyador   Samarqand   viloyatida   35   mln   dollarga   teng
bo‘lgan qattiq maishiy chiqindilarni qayta ishlash bo‘yicha klaster tashkil etadi.
Janubiy   Koreyaning   Samdong   ENT   kompaniyasi   Samarqand   viloyatida
qattiq   maishiy   chiqindilarni   qayta   ishlash   bo‘yicha   klaster   tashkil   etishni
rejalashtirmoqda. Bu haqda «Dunyo» AA   xabar qildi.
Singapur kompaniyasi O‘zbekistonda chiqindidan o‘g‘it ishlab
chiqarmoqchi
63 Klaster Jomboy tumanidagi Samdong Re Jomboy korxonasi negizida tashkil
etilib,   u   35   mln   dollarga   baholanmoqda.   Mazkur   loyiha   2020−2022   yillarda
O‘zbekiston investitsion dasturiga kiritilgan.
Loyihadan ko‘zlangan maqsad - qattiq maishiy chiqindilarni samarali yig‘ish
va   qayta   ishlashdan   iborat.   Buning   uchun   Janubiy   Koreya   kompaniyasi   maxsus
chiqindi yig‘ish mashinalarini sotib olishni rejalashtirmoqda.
Kompaniya vakillari loyihani amalga oshirishga kirishish uchun xalqaro qatnovlar
ochilishi bilan O‘zbekistonga tashrif buyurishni rejalashtirmoqda.
Xulosalar
64 O`zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   2017   yil   21   apreldagi   “Ekologiya
va   atrof   muhitni   muhofaza   qilish   sohasidagi   davlat   boshqaruvi   tizimini
takomillashtirish   to`g`risida”   gi   PF   –   5024   –   sonli   qaroriga   muvofiq   hamda
chiqindilar bilan bog`liq ishlarni amalga oshirish tizimini tubdan takomillashtirish
va   rivojlantirish,   murakkab   yashash   sharoitlarini   yaratish,   respublikada   sanitariya
va ekologik vaziyatni yaxshilash, aholi turmush darajasi va sifatini yanada oshirish
xususidagi   chora-tadbirlarni   bajarish   asosida   Samarqand   shahri   va   Samarqand
tumani   qishloqlari   hududida   mavjud   bo`lgan   chiqindixonalarda   joylashtirilgan
maishiy   chiqindilarni     o`rganish   va   bajarilgan   tadqiqotlarimiz   natijasida   quyidagi
xulosalar olindi:
1.   Samarqand   shahrida   chiqindilar   asosan   Maroqand   obod   DUK,
Obodonlashtirish, Tozza hudud korxonalari ami 852 tonna chiqindi qabul qilishadi.
Ularning holati qoniqarli deb topilgan.
2.   Maishiy   chiqindilar   miqdori   yildan   yilga   oshib   borgan .   Samarqand
shahrida   Maroqand   obod   DUK,   Obodonlashtirish,   Tozza   hudud,   qurulish
chiqindisi hamda 1- son sanitar korxonalari 2022 yil 1 yanvardan  28 dekabrgacha
jami   qabul   qilingan   chiqindilar   reys   hisobida   4332   ga,   21660   tonnaga   etgan.
Buning sababi o`z vaqtida chiqindilarni guruhlarga ajratishmasligi va qayta ishlash
muassasalariga etkazib bermaslik, avto ulovlarning kamligi deb hisoblaymiz.
3.   Samarqand   shahrida   maishiy   chiqindilar   tarkibini   tahlil   qilish   shuni
ko`rsatdiki, Samarqand shahrida iste`mol chiqindilar: 83,76, qog`oz – 41,23; shox-
shabba   –   106,94   plastik   chiqindilar   -   61,1   va   tosh,   qum   va   boshqa   chiqindilar   –
194,1%   ni   tashkil   etgan.   O`rtacha   1   yillik   utilizatsiya   qilish   shaharda   oshgan   va
Samarqand   shahri da   3,13   ming   tonnaga   etgan.   Biroq   chiqindilarni   qayta   ishlash
xususida ishlar etarli darajada olib borilmayotir.
4. Chiqindilarning guruhlarini yig`ishni turli xil rangli paketlarga: havorang,
oq,   sariq   va   qora   ranglilarga   joylab,   so`ngra   jo`natish   lozim.   Shu   vaqtdagina
ulardan   unumli   foydalanish   mumkin.   Utilizatsiya   qilish   va   tadbirkorlarga   etkazib
berish va ularni quyidagi dastur asosida:  to`plash, saralash, deponent qilish, qayta
65 ishlash   lozim.   Chiqindilar   bilan   bog`liq   muammolarni   hal   etishda,   keng
jamoatchilikning   va   xususan   mahalla   ahlining   rolini   oshirish   ham   tadbirkorlarni
chiqindilarni qayta ishlash uchun keng jalb etish lozim deb hisoblaymiz.
      Tavsiyalar 
66 1. Samarqand shahrida maishiy chiqindilarni maqsadli stixiyali ajratilmagan
hududlarga tashlashni qonun bilan yoki  jarima taqiqlashni;
2. Chiqindi xonalarning ishlash muddatini rejada aniq ko`rsatishini;
3.   Chiqindilarni   aniq   rangli   paketlarga   solib,   ajratib,   jo`natishni   va   ularni
qayta ishlash uchun tadbirkorlarga etkazishni taklif etaman.
Foydalanilgan adabiyotlar 
67 1.Karimov   I.A.   O`zbekiston   XXI   asr   bo`sag`asida   xavfsizlikka   tahdid,
barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari.-T.: “O`qituvchi”, 1997.
2.Karimov  I.A. Vatanimizni   bosqichma-bosqich  va  barqaror  rivojlanishini
ta`minlash   –   bizning   oliy   maqsadimiz.   T.17.Toshkent:   “O`zbekiston”,   2009.-280
bet.
3.Mirzieyov   Sh.M.   Atrof-muhitni   muhofaza   qilish-aholi   salomatligini
saqlashning muhim  omili. 2018 y. 2 fevral. Ekologik holatni  yaxshilash va atrof-
muhitni   muhofaza   qilish   eng   dolzarb   vazifalarni   belgilab   olishga   bag`ishlangan
yihilishdagi ma`ruzasi.
4.   Harakatlar   strategiyasi.   2017-2021   yillarda   O`zbekiston   Respublikasini
rivojlantirishning beshta ustivor yo`nalishi. Toshkent, 2017.-16 b.
5. Ad ы lova   M.   Problem ы   pervichnoy   sortirovki   b ы tov ы x   otxodov.   Jurnal
«Ekologicheskaya bezopasnost i grajdanskaya insiativa» , 2006. – S .10-13.
6.   Vaxitova   L.A.,   Vaxitova   A.A.   Oila   va   atrof   -   muhitning   ekologik
havfsizligi   yoki   tabiatga   va   o`z-o`ziga   yordam   berish   bo`yicha   tavsiyanoma.
Toshkent, 2008.77 bet.
7.Izzatullaev Z., Botirov X.Ona zamin mehrga muhtoj//Zarafshon, 2004, 4
iyun.-3 b.
8.Izzatullaev Z.I., Botirov X.F., Fayzullaev B.F. Ekologiya asoslari. O`quv
qo`llanma. Samarqand: Zarafshon.2018 – 285 bet.
9.Izzatullaev Z., Majidova T. Asoshoi ekologiya//Samarqand: DDS., 1995.-
95 s.
10.Izzatullaev   Z.,   Mehkamova   U.   Qishloq   xo`jaligidagi   chiqindilar   va
ulardan   foydalanish   istiqbollari//Qishloq   xo`jaligidagi   resurs   tejamkor
texnologiyalarni yaratish a ularni ishlab chiqarishga joriy etish. Respublika ilmiy-
amaliy konf.materiallari.2004 y. 20-21 noyabr.1-qism. Samarqand, 2014.-218-220
betlar.
11.Izzatullaev   Z.,   Odilova   M.   Ekologik   inqirozning   oldini   olaylik.
Samarqand: Zarafshon, 2001, 4 sentyabr.
68 12.Izzatullaev Z., Safin M.G. Qog`oz va ekologiya//Ma`rifat, 2003, № 90,
13 noyabr, 18 b.
13.Monsterat   Zamorano   Toro   (Granada   universiteti   professori)   “Qattiq
jismlarni   utilizatsiya   qilish”   ga   bag`ishlangan   SamDUning   Geografiya   va
ekologiya fakultetida qilgan ma`ruzasi. Samarqand, 2018.
14.Muxtoraliev   Saydali.   Ekologik   nazoratning   jamoatchi   inspektorlari
uchun   uslubiy   qo`llanma   (ma`lumotnoma)//Toshkent:   “Chinor   ENK”   ekologik
noshirlik kompaniyasi. 2016.-143 bet.
15.Natsionalnыy   doklad.   O   sostoyanii   okrujayuщey   prirodnoy   sredы
ispolzovannыy   prirodnыx   resursov   v   Respublike   Uzbekistan   (2008-2011   y.).
T.:CHinor ENK, 2011.
16.Pardaev   S.B.   Tuproq   unumdorligini   oshirishda   shahar   chiqindilaridan
foydalanish//   Biologiya,   ekologiya   va   tuproqshunoslikning   dolzarb   muammolari.
Respublika   ilmiy   –   amaliy   konferensiyasi   materiallari.   16   sentyabr   2008   y.   T.:
O`zMU, 2008.-98-99 bet.
17.   Proekt   “Vnedrenie   sistemq   utilizatsii   TBO”   v   g.   Samarkande   2015-
2019 g.O`zbekiston-Fransiya. Smarqand, 2015.
18.   Tverdыe   bыtovыe   otxodы   i   nashe   otnosheniya   k   nim.   Prakticheskie
rekomendatsii   po   umensheniyu   zanryazneniya     okrujayuщey   sredы   (Sostaviteli:
Deusheva G.G., Belyalova L.E.).  Samarkand: EKO NNO «Zarafshon», 2016.-40 s.
19.   Tursunov   X.T.   Ekologiya   va   barqaror   rivojlanish.   O`qituchilar   uchun
uslubiy qo`llanma. T., 2009.-124 b.
20.Tursunov X.T., Raximova T.U. Ekologiya “Chinor ENK”.T.:2006.-152
b.
21.O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi//Toshkent: O`zbekiston, 1992.
22.   O`zbekiston   Respublikasining   “Tabiatni   muhofaza   qilish   to`g`risidagi
qonuni”// O`zbekiston Respublikasi Oliy majlisining Axborotnomasi.1999, 1-son.
23.   O`zbekiston   Respublikasining   «Tabiatni   muhofaza   qilish»   qonuni,
YAngi tahriri. 31.08.2000.
69 24.   O`zbekiston   Respublikasining     “CHiqindilar   to`g`risidagi   qonuni”
O`zbekiston Respublikasi Oliy majlisining Axborotnomasi.2002, 4-5-sonlar.
25.   O`zbekiston   Respublikasining   “CHiqindilar   to`g`risidagi”   qonuni
o`zgartirishlar bilan 09.03.2011.
26.   O`zbekiston   Respublikasining   “Davlat   sanitar   kuzatish   to`g`risidagi”
qonuni. Qo`shimchalar. 03.09.2010.
27. O`zbekiston Respublikasining “Er kodeksi qo`shimchalar” 04.01.2011.
28.O`zbekiston   Milliy   Ensiklopediyasi.   Samarqand   tabiati.   T.,   200 2 ,   4
jild.513-516 b.
29.O`zbekiston   Respublikasining   Atrof   tabiiy   muhit   muhofazasi   va   tabiiy
resurslardan foydalanish.T., 2006.
30.Haydarov   Q.X.   Tabiat   va   inson   ekologiyasi//   Samarqand:   zarafshon
nashriyoti, 1993.-118 b.  
31.Haydarov   Q.X.,   Bobon or ov   T.,   Jahongirov   Sh.   Samarqand
tabiati//Samarqand: Zarafshon, 1996.-170 b.
32.Haydarov  A.  Eski   bakalashkadan  sifatli   tola  buni   Urgutlik  tadbirkorlar
yaratishmoqda// Zarafshon, 2014, 16 noyabr, 2 bet.
33.   Xoliqulov   Sh.T.,   Pardaev   S.B.   Samarqand   shahri   qattiq   maishiy
chiqindilarning   morfologik   tarkibi   va   unga   bog`liq   bo`lgan   ekologik
muammolar//Ekologiya xabarnoma jurnali. Toshkent, 2003.№3 – son.-B.39-41.  
34. Xoliqulov SH.T., Pardaev S.B. CHiqindilarni bartaraf etishning dolzarb
masalalari//O`zbekiston Geografiya jamiyati axboroti.2017.51-jild, 32-35 betlar.
35.Shirinboev   Sh.A.,   Safin   M.G.   Atrof-muhitni   muhofaza   qilish.
Samarqand.2003.
36. G`anieva F.S., Sharipova S.A. Chande az masalahoi muhimi ekologiyai
fizikavy. (dasturi usluby) // Samarqand: DDS., 2007.-130 s.
37.Ergashev A. Umumiy ekologiya// Toshkent: O`zbekiston, 2003.-463 b.
38.Egamberdiev   R.,   Eshchanov   Ekologiya   asoslari//   Toshkent:
ZARQALAM, 2004.-225 b.
Internet materiallari: 
70 39.  www.vivozmusora24.ru  
  40.  www.utilizaciya.ru
41.  www.waste.ru
42. Solid waste management. United Nations Environment Programme, Cal
recovery, 2005.-72 p.
43. http//www.socbu. Ekologicheskaya problema otxodov.
  
 
71 72

SAMARQAND SHAHAR MAISHIY CHIQINDILARINING ATROF-MUHITGA TA`SIRI Kirish……………………………………………………………… .............3 1. Adabiyotlar sharhi……………………………………………...............7 1.1. Samarqand viloyatida maishiy chiqindilarni o`rganish tarixi …............7 2. Tadqiqot sharoitlari, obyekti va uslublari…………………… …….. ..21 2.1 Tadqiqot sharoitlari………………………………………………….... .21 2.1.1. Samarqand viloyati, Samarqand shahar va tumanining geografik tasnifi...................... ................................................................................................ .21 2.2. Tadqiqot obyektlari…………………………………………. ...............38 2.3 Tadqiqot uslublari………………………………………….... ................39 3. Tadqiqot natijalari…………………………………………... ...............41 3.1. Samarqand shahrida maishiy chiqindilarning hosil bo`lish yo`llari, turlari, joylashtirilishi, morfologik tarkibi, klassifikatsiyasi, utilizatsiyalash va ulardan qayta foydalanishning samaradorligi......................................................................41 3.1.1 . Chiqindi turlari....................................................................................45 3.1.2. Chiqindixonalar to`g`risida ma`lumot.................................................46 3.1.3. Samarqand shahri bo`yicha maishiy chiqindilarning hajmi va ularni qayta ishlashning samaradorligi............................ ................................................. 49 3.1.4 Samarqand shahri da maishiy chiqindilarning maydoni va hajmiga qarab, hududlarni rayonlashtirish................ ......................... . ................................. 56 Xulosalar………………………………………………………………................ 66 Tavsiyalar ……………………………………………………………..................6 8 Foydalanilgan adabiyotlar ro`yhati ………………………………………….....6 9 1

K I R I SH Mavzuning dolzarbligi . Bugungi kundagi eng dolzarb ekologik muammolardan biri – bu chiqindilar muammosidir. Chiqindilar deganda biz ishlab chiqarish yoki iste`mol qilish jarayonida xomashyo, materiallar, shuningdek o`zining is`temol xususiyatlarini yo`qotgan maqsulotlarni tushunamiz. Xullas, chiqindilar muammosi murakkab va keng qirrali bo`lib, u quyidagi masalalarni o`z ichiga oladi: Chiqindilarni yig`ish, saralash, tashish, joylashtirish, saqlash yoki qayta ishlash, ko`mib tashlash; Tuproq, havo, er osti suvlariga zararli ta`siri; A h latxonalar bilan band erlarni qishloq xo`jaligi hisobidan chiqarish va hokazolar. Bu muammolar barcha mamlakatlar va xususan O`zbekiston Respublikasida hamda Samarqand shahri uchun ham umumiy bo`lib, barcha hududlarda ularni juda katta sarf-harajatlar evaziga turlicha samara bilan hal qilishga to`g`ri kelmoqda. 2017 - 2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustivor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasining 4 nchi Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustivor yo`nalishi 4.3 paragrafida: “Odamlarning ekologik xavfsiz muhitda yashashini ta`minlash, maishiy chiqindilarni qayta ishlash komplekslarini qurish va modernizatsiya qilish, ularning moddiy texnik bazasini mustahkamlash, aholini chiqindini yo`q qilish bo`yicha zamonaviy ob`ektlar bilan ta`minlash” ko`rsatilgan [4] . Davlatimiz rahbarining 2017 yil 21 aprelidagi farmoniga muvofiq, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimi takomillashtirildi. O`zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo`mitasi qayta tashkil etilib, uning zimmasiga ekologik holatni yaxshilash, 2

maishiy chiqindilarni yig`ish, saqlash, tashish, utilizatsiya qilish va qayta ishlash borasida ko`plab vazifalar qo`yildi. Respublikamiz Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning 2018 yil 2 fevralida “Atrof muhitni muhofaza qilish – aholi salomatligini saqlashning muhim omili” degan ma`ruzasida 2017-2021 yillarda maishiy chiqindilar bilan bog`liq ishlarni tubdan yaxshilash yuzasidan kompleks dastur qabul qilinganligi, moliyalashtirish manbalari aniq belgilab berilganligi xususida so`zlab, bu ma`lumotlarni aniq faktlar bilan izohladi. Masalan, faqat 2017 yilda Respublikada qo`shimcha 305 ta chiqindi to`plash maydonchasi qurilib, 2 mingdan ortiq konteynerlar bilan jihozlanganligi, 295 ta poligon to`liq xatlovdan o`tkazilganligi, 97 ta chiqindi poligoni tartibga keltirilganligi aytildi. Shu bilan birgalikda bu muammoni hal qilishda ko`pgina kamchiliklarimiz mavjudligi ta`kidlandi [3]. Hozirgi kunda, yurtimizda 53 foiz aholiga sanitar-tozalash ko`rsatilgan, xolos. Shundan atigi 15 foizi xususiy sektor hissasiga to`g`ri keladi. Deyarli barcha qishloqlarda maishiy chiqindilarni yig`ish, saqlash va tashish yo`lga qo`yilganligi ta`kidlandi. Yig`ilishda shu kabi kamchilik va muammolar tanqidiy tahlil qilinib, tizim oldidagi dolzarb vazifalar belgilab berildi. Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo`mitasiga tegishli vazirliklar bilan birgalikda shaharlarda chiqindi yig`ish shaxobchalarini tartibga solish, qishloq aholi punktlarida sanitar-tozalash xizmatlarini rivojlantirish bo`yicha 5 yillik dastur ishlab chiqish vazifasi yuklatildi. 2018 yilda mamlakatimizda 9 ta shaharda chiqindini yig`ish va qayta ishlash klastrlarini ishga tushirish bo`yicha topshiriq berilib, bu borada Surxondaryoda tashkil etilgan klaster faoliyati namuna qilib ko`rsatildi. Bizning viloyatimizda ham Respublika miqyosidagi kabi, aholi soni yildan – yilga oshmoqda (hozirgi kunda viloyatda 3 mln. 250 mingdan ortiq kishi istiqomat qiladi, Samarqand shahrida 520 ming, Samarqand shahrida 80 mingdan ortiq) shahar kabi tumanlar hududlari va qishloqlarimizda ming-minglab zamonaviy uy - joylari qurilmoqda. Buning natijasida chiqindilar soni ham oshmoqda, bu esa yangi – yangi zamonaviy chiqindixonalarni tashkil etish, chiqindilarni saralash, atrof- 3

muhitga zararini kamaytirish, qayta ishlashni va xullas, ulardan unumli foydalanishni taqazo etmoqda. Yuqorida keltirilganlardan ma`lum bo`ldiki, BMI ni bajarish uchun tanlangan mavzu o`ta dolzarbligi bilan ajralib turadi va ushbuni “Samarqand shahri maishiy chiqindilarining atrof-muhitga ta`siri” ni o`rganishni maqsad qilib oldik va uning uchun quyidagi vazifalarni bajarish belgilandi: 1. Mavzuga oid adabiyotlarni tahlil qilish. 2. Samarqand shahri va Samarqand tumanida maishiy chiqindilarning hosil bo`lishi, turlari, joylashtirilishi, morfologik tarkibi, klassifikatsiyasi, utilizatsiyalash va qayta foydalanishning samaradorligini o`rganish. 3. Samarqand shahri va Samarqand tumanida maishiy chiqindilarning maydoni va hajmiga qarab, hududlarni rayonlashtirish, xulosalar chiqarish va tavsiyalar berish. Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. Samarqand shahri va Samarqand tumanida m aishiy chiqindilarni atrof-muhitga ta`sirini o`rganish natijasida ilk bor ushbu aniqlandiki, tadqiqotlar asosan AO “Tayloq konserva” tozalash maydonida to`planadi va karer atrofida to`planadi, 10 ga egallaydi. Uning hajmi 647,7 ming tonnaga egadir. Tumanning chiqindilari Orzu Mahmudov massivi Jaloer qishlog`i atrofida yig`iladi va hajmi 4353,15 m 2 gektarga yig`ilib, uning miqdori 4500 tonnaga tengdir, biroq ularning holati qoniqarli deb xulosa qilinadi. Ushbu hududda chiqindilarning miqdori yildan yilga oshib borishini ko`rsatadi va u 279 foizni tashkil etdt. Buning asosiy sababi, chiqindilarni o`z vaqtida saralamaslik va qayta ishlash korxonalarining hududda yo`qligiga avtoulovlarning kamligidir. Chiqindilarni turli rangli paketlarga solib, saralab, so`ngra yig`ish va chiqindixonalarga jo`natish lozim. Ularni o`z vaqtida yig`ish va zararlantirish uchun keng jamoatchilikning va xususan mahallalarning roli kattadir. Hududda chiqindilarni qayta ishlash uchun tadbirkorlarni jalb etish lozim. Hududda yig`iladigan maishiy chiqindilar ilk bor rayonlashtirilgan. 4

Bu ma`lumotlardan oliy o`quv yurtlari kollej va maktablarda ekologiya, atrof - muhitni muhofaza qilish fanlaridan saboq berishda foydalanish mumkin. Bitiruv malakaviy ishning tuzilishi va hajmi. U kirish, 3 bob, 10 paragraf, 14 rasm, 7 jadval, ilоvalar va foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan iborat. 5