logo

SHOYIM BO‘TAYEV QISSALARI BADIIYATI’’

Загружено в:

12.08.2023

Скачано:

0

Размер:

111.607421875 KB
“SHOYIM BO‘TAYEV QISSALARI BADIIYATI’’
  I.KIRISH…………………………………………………………………………
… I.Asosiy qism ……………………………………………………………………..
I BOB. ADIB QISSALARIDA XARAKTER VA RUHIYAT BIRLIGI ……….
 1-fasl.Xarakter shakllanishida ijtimoiy muhitning ta’siri …………………………...
 2-fasl.Ruhiyat talqinida inson istiroblari ifodasi ……………………………………
 II BOB. YOZUVCHI QISSALARIDA BADIIY KONFILIKT………………...
 1-fasl.Badiiy konfliktning adib qissalaridagi talqini..................................................
 2-fasl.Badiiy xarakter va konflikt uzviyligi ………………………………………...
 III BOB. ADIB QISSALARIDA BADIIY XRONOTOP………………………..
 1-fasl.Badiiylik funksiyasi va xronotop…………………………………………….
 2-fasl. Obrazlar olami va tabiat  birligi ……………………………………………..
 XULOSA…………………………………………………………………………...
 ADABIYOTLAR RO’YXATI…………………………………………………….
 Ilovalar……………………………………………………………………………... KIRISH
XX   asr   adog’ida   mamlakatimiz   uzra   g‘oyat   keskin   ijtimoiy-iqtisodiy
evrilishlar   yuzaga   kelishi   O‘zbekiston   madaniy-ma’rifiy   turmush   tarzida   ham
jiddiy yangilanish yuzaga kelishiga zamin hozirladi. Ayniqsa, millatning ma’naviy
mustaqillikka   erishuvi   iqtisodiy,siyosiy   va   madaniy   jabhalarni   jiddiy   isloh
ehtiyojiga keng  imkoniyatlar   ochadi.  Tarixga  nisbatan   qisqa  fursat  davomiyligida
jamiyatimiz   barcha   sohalarida   kuzatilayotgan   demokratik   yangilanish-millatning
ozodlik, o’z  taqdirini  o’zi   belgilash  yo’lidagi   intilishlari   adabiyotshunoslik  oldiga
ham muhim vazifalarni ko’ndalang qo’ydi. Milliy istiqlol davriga kelib jamiyatda
axloqiy   mezonlarni   yangilash   zarurati   tobora   kuchaya   boshladi.   Nasrchilik,
xususan,   milliy   romanchilikda   qisqa   vaqt   mobaynida   inson   ma’naviyati   tadqiqi
birinchi   o’ringa   ko’tarildi.   Chunki   bir   tomondan,   katta   ijtimoiy   muammolar   kun
tartibiga   ko’tarilgan   bo’lsa,   ikkinchi   tomondan,   mavjud   siyosiy   andozalar
yemirilayotganligi   ruhiyat     talqiniga   zaruratni   oshiradi.   Tabiiy   ravishda,   mazkur
xususiyat  voqealikni tadqiq etishning o’zgacha tamoyillarini yuzaga chiqaradi.
Abdug’ofur   Rasulov     nasr   haqida     gapirar   ekan   Shoyim   Bo’tayevning
qissalari   haqida   fikr   bildirib   o’tadi.   “...nasr   badiiyligi   asar   to’qimasiga   singdirib
yuborilgan,billur   zarralariday   “yalt-yult   “yonib   turadigan   topildiq-detallarda
namoyon bo’ladi...  Shoyim Bo’tayevning qissalaridagi uvoq timsollarning mag’zi
to’q, xalqonaligi yaqqol ko’zga tashlanadi” degan fikri ayni haqiqatdir. 
 Istiqlol davri adabiyoti yangi ohanglar hisobiga boyigani bilan xarakterlidir.
Ushbu   holat     Shoyim   Bo’tayev   adabiy   talqinlarida   jahonning   ilg’or   an’analarini
o’zlashtirish   va   milliy   adabiyot   tajribalarini   davom   ettirish   hisobiga   o’zgacha
usullar   sintezini   barqarorlashtirdi.   Ifodaning   qabariqligi,   tasvirning   serqatlamligi,
mazmun,   ruhiy   holat   manzaralarining   rang-barangligi   bilan   insonni   badiiy   tadqiq
etishga an’anaviy usullarning o’z o’rnini bo’shatib berayotganligi bilan alohidalik
kasb   etadi.   Shu   o’rinda   jiddiy   izlanishlar   olib   borgan   va   ko’plab qissa,hikoya,maqolalar   e’lon   qilgan   Shoyim   Bo’tayevning   ijodi   ayni   diqqatga
sazovordir.
Ta’kidlash joizki, mahoratning qanchalik yuksakligini  yozuvchi-uslubi ham
belgilab   beradi.   Ba’zi   bir   yozuvchilar   ijodida   chuqur   ruhiy   tahlilga   moyillik
ustuvorlik  qilsa,   ba’zilarida  sodda,jo’ngina   dialoglarga  ma’no  yuklashga   ustamon
bo’ladi,ba’zilar   har   ikkisini   baravar   rivojlantirib   boradi.   Bunday   deyishimizga
sabab   shuki,  Shoyim   Bo’tayev  badiiy  izlanishlarida  hayotni  oddiy  kuzatishdan  to
murakkablik   tomon   harakatlanishi   kundalik   turmush   tarzimizda   tez-tez   uchrab
turadigan   maishiy   muammolarning   tomir   yoyish   sabablarini   butun
murakkabligicha   ochib   berishida   qabarib   ko’rinadi. Yozuvchi   uslubining   tadrijiy
shakllanishiga tashqi omillar ham o’z ta’sirini ko’rsatadi, albatta! Masalan, har bir
yozuvchi   yoki   shoir   boshqa   ijodkor   yaratiqlaridan   nimalarnidir   o’qib   o’rganadi,
ularni   ijodiy   o’zlashtiradi.   Bu   o’rganish   uning   hayot   hodisalarini   akslantirishi,
inson   obrazini   gavdalantirishiga     ta’sir   qiladi.   Uslub   yozuvchi   hayolot   olamining
individual   namoyon   bo’lish   tarzi   hamdir.   Yozuvchi,   shoir   voqealarni,
qahramonlarni,   ular   yashayotgan   manzil   manzaralarini   qanday   tasavvur   qilsa
shunday   ifodalaydi.   Biz   ko’rib   o’tadigan   Shoyim   Bo’tayevning   qissalarida   ham
yozuvchi hayotda bo’lib o’tgan va hozirda bo’layotgan nohaqlilar, xalqning hayot
kechinmalarini qisqalik va ramzlar bilan ko’rsatib beradi.
Dessertatsiyaning umumiy tavsifi . Mavzuning   asoslanishi   va   dolzarbligi.
Asrlar   davomida   shakllangan   milliy   pedagogika   tarixi   taraqqiyoti,   bugungi
jarayondagi o’rni, o’qish va o’qitishdagi muammolar, boshlang’ich sinflarni o’qish
va   o’qitishdagi   muammolar,   boshlang’ich   sinflarni   o’qish   va   o’qitishda   ilg’or
tajribalarni   qo’llash   usullarini   joriy   etish   ehtiyoji   vujudga   kelishida   ham
zamonaviy  tarqqiyotining  sezilarli   ta’siri  mavjuddir.   “ Olib  borilayotgan  islohatlar
samarasini   yanada   oshirish,   davlat   va   jamiyatning   har   tomonlama   va   jadal
rivojlanishi  uchun shart-sharoitlar  yaratish,  mamlakatimizni  modernizatsiya  qilish
hamda hayotning barcha sohalarni  lebrallashtirish bo’yicha ustuvor  yo’nalishlarni
amalga   oshirish”   (O’zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   Sh.Mirziyoyevning   2017-
yil,   7-fevraldagi   PF-4947-sonli,   “ O’zbekiston   Respublikasi   yanada   rivojlantirish bo’yicha   harakatlar   strategiyasi   to’g’risida”gi   farmoni)ga   qaratilgan     Davlat
ahamiyatiga   molik   hujjatlarning   qabul   qilinishida   ham   ta’lim   jarayonidagi
islohatlar ko’zda tutilganligini alohida qayd etish zarur.
 Respublikada amalga oshirilayotgan islohatlarning zamirida asosan inson va
uning   manfaatlarini   ro’yobga   chiqarishga   qaratilganligi,   bu   jarayonda   esa
ta’limdagi   islohatlarni   yuzaga   chiqarish   zarurati   ham   mavjudligini   alohida
ta’kidlash   joizdir.   Bugungi   yoshlarni   xalqimizning   boy   va   intelektual   merosi   va
umumbashariy   qadriyatlar   hamda   zamonaviy   fan   texnika   va   texnologiyalarning
yutuqlari asosida kadrlar tayyorlash har bir millat fidoiysining asosiy vazifalaridan
biri bo’lib qolmoqda.
Ayniqsa, ijodkor yaratgan narsalarning mohiyatini anglash, ulardagi talqinlar
zamiridagi   ma’noni   his   etish,   falsafiy   qarashlar   zamiridagi   tushunchalarni   tahlil
qilish vazifasi mavjuddir.
Respublikaning   demokratik   huquqiy   davlat   va   adolatli   fuqarolik   jamiyatini
barpo   etishga   qaratilganligi,   ayniqsa   boshlang’ich   sinflardayoq   anglatish   va   his
ettira olish natijasida, bolalar ruhiyatida Ona-vatanga, bu zaminga nisbatan kuchli
vatanparvarlik ruhini uyg’otish mumkin. Buning uchun esa mavjud an’analar bilan
bir   qatorda   bashariyat   tan   olgan   ilg’or   pedagogik   texnologiyalarni   o’qish   va
o’qitish   jarayonida   targ’ib   qilish,   bu   jarayonga   singdirish   zaruriyatigina   bolalar
dunyoqarashini   yuksaltirishi   mumkinligini   teranroq   anglash   bilan   bir   qatorda,
uning   asosiy   tamoyillarini   targ’ib   etish,   bu   jarayonga   singdirish   zaruratigina
bolalar dunyoqarashini yuksaltirishi mumkinligi teranroq anglash bilan bir qatorda,
uning   asosiy   tamoyillarini   targ’ib   qilish,   joriy   qilish   ham   bugunning   dolzarb
muammolaridan biri bo’lib qolmoqda. Ana shuning uchun ham   “ Uzliksiz ta’limni
yanada   rivojlantirish,   sifatli   ta’lim   xizmatlari   imkoniyatlarini   oshirish,   mehnat
bozorining ehtiyojlariga mos yuqori malakali  kadrlar tayyorlash siyosatini  davom
ettirish...;   umumiy   o’rta   ta’lim   sifatini   tubdan   oshirish,   chet   tillar,   informatika
hamda  matematika, fizika,  kimyo,  biologiya kabi   boshqa  muhim  va  talabi   yuqori
bo’lgan   fanlarni   chuqurlashtirilgan   tarzda   o’rganish”   (   O’zbekiston   Respublikasi
Prezidenti   Sh.Mirziyoyevning 2017-yil, 7-fevraldagi   PF-4947-sonli,   “ O’zbekiston Respublikasini  yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi
farmoni)ga   kirishish   uchun   ham,   boshlang’ich   sinfdayoq   bu   harakatni   yuzaga
chiqarish   muhimligini   anglash   lozim.   Shuning   uchun   ham   bugungi   kunga   kelib
xorijdagi   eng   ilg’or   pedagogik   texnologiyalarni   o’rganish,   uni   milliy
qadriyatlarimiz,   an’analarimizdan   kelib   chiqib   joriy   qilib   borish   zarur.   Bu
jarayonga   eng   avvalo   o’qituvchining   o’zi   tayyor   bo’lishi,   ana   shundagina   ilg’or
pedagogik   texnologiyalarni   joriy   etishgina   emas,   buni   teran   anglagan   holda
qo’llash lozimdir. 
To’g’ri,   asrlar   davomida   shakllangan   milliy   qadriyatlar   zamiridan   kelib
chiqib,   mentaletetimizga   xos   jihatlarni   qabul   qilish,   joriy   etish   jarayonida   ham
boshlang’ich   sinf   o’qituvchilarining   faolliligini   talab   etiladi.   Axir   yillar
davomidagi   tanazzulning   ham   zamirida   ta’lim   tizimining   izidan   chiqishi,   bu   esa
bugungi   kunda   yanada   teranroq   sezilib   qolganligini   unutishga   heh   kimning
ma’naviy   haqqi   yo’qligini   bilishi,   anglashi   ham   zarur.   Shuning   uchun   ham,
boshlang’ich   sinflardanoq   ilg’or   pedagogik   texnologiyalarni   joriy   etishgina
ertamizni,   kelajagimizni   anglaydigan   yoshlarni   shakllanishiga   xizmat   qilishini
unutmasligimiz   kerak.   Bu   esa   oldimizga   qo’yilgan   muammoning   naqadar
dolzarbligini, balki asosiy vazifalardan biri bo’lib qolayotganligini asoslashni ham
talab etadi. 
Mavzuning o’rganilish darajasi. Yillar davomida anglangan haqiqatlarni eng
avalo   umumta’limning   boshlang’ich   sinflardan   boshlash   borasida   bir   qator
olimlarimiz   jiddiy   tadqiqotlarni   yaratganligini   alohida   qayd   etish   zarur.   Ammo
yaratilgan nazariy qarashlarga asoslangan, tayangan holda bugungi dolzarblik kasb
etayotganligini   ham   qayd   etish,   natijada   o’qish   va   o’qitish   jarayonidagi   ilg’or
pedagogik   texnologiyalarning   eng   samarali   jihatlariga   to’xtalish   va   mulohaza
yuritishni   talab   etadi.   Shu   jihatdan   ham,   N.J.   Isakulova,   M.Quronov,   B.
Sayfullayev,   J.Jalolov,   U.Hoshimov,   A.Zunnunov,   A.Munavvarov   kabi
olimlarning tadqiqotlariga ham tayaniladi.
      Tadqiqotning   maqsadi:   Ishning   asosiy   maqsadi,   qo’yilgan   muammoning
o’rganilish sabablari izohlanadi.  Tadqiqotlarning vazifalari; Adib ijodining o’ziga xos xususiyatlarini tahlil etish:
- Adib   qissalarida   inson   xarakterining   badiiy   talqini   masalasiga   e’tibor
qaratish;
- Ruhiy istiroblarning yuzaga chiqishida ijtimoiy muhitning o’rnini izohlash;
- Adibning individual uslubini ko’rsatib berish;
- Adib   qissalarida   zamon   va   makon   tushunchasining   zamiridagi   falsafiy
ma’noni tahlil qilish kabi vazifalarni o’z oldimizga qo’yganmiz.
Tadqiqot   ob’ekti:   Shoyim   Bo’tayevning   bir   qator   qissa   janridagi   asarlari.
Tadqiqot predmeti:  adib qissalari asosiy ob’ekt vazifasini bajaradi.
Tadqiqotning usullari.  Tadqiqot mavzusini yoritishda qiyosiy-tarixiy, madaniy-
tarixiy,   qiyosiy-tipologik,   biografik,   psixologik,   psixoanalitik   tahlil   usullaridan
foydalaniladi.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi quydagilardan iborat:
- Shoyim Bo’tayev qissalarining badiiyatidagi o’rnini izohlash;
- adib qissalarida qahramon yaratish an’anasining o’ziga xosligini ko’rsatish;
- xarakter yaratishda yozuvchi mahoratini faktlar asosida tahlil qilish;
- xarakter ifodasi va ijtimoiy muhit talqiniga e’tibor qaratish;
- zamon   va   makon   talqinida   ruhiy   istiroblar   ifodasining   yuzaga   chiqishini
asoslash;
Dessertatsiyaning amaliy natijalari quyidagilardan iborat:
- mavzuning yo
- ritilishi   va   undan   kelib   chiqadigan   vazifalar   tahlilga   tortiladi,   amaliy
ahamiyati ko’rsatiladi.
- ilg’or tajribalarning yoritilish va qo’llanish usullariga asoslanadi;
- adibning badiiy-poetik mahorati ko’rsatiladi;
- qahramon   psixologiyasiga   muhitning   ta’siri   o’rganiladiva   zaruriy   xulosalar
chiqariladi; Tadqiqot   natijalarining   ishonchliligi.   Tadqiqot   davomida   jahon   va   o’zbek
adabiyotshunosligidagi   mavjud   usullari   qiyoslanadi   va   nazariy   tushunchalar
asosida isbotlanadi.
Tadqiqot     natijalarining   ilmiy   va   amaliy   ahamiyati.   Magistrlik
dessertatsiyasining   ilmiy-amaliy   ahamiyati   asoslanadi   va   nazariy
maqolalarda ilgari suriladi va isbotlanadi.
Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.  Mavzu yuzasidan natijalarning
ahamiyati asoslanadi va nazariy maqolalarda ilgari suriladi va isbotlanadi.
Tadqiqot   natijalarining   aprobatsiyasi.   Mavzuning   yoritilishi
davomida bir qator konferensiyalarida, ilmiy seminarlarda mavzu tahlil qilib
boriladi.
Tadqiqot  natijalarining e’lon qilinganligi.   Mavzu  yuzasidan  respublika  va
mahalliy vaqtli matbuotida maqolalar chop etiladi.
Dessertatsiyaning   tuzilishi   va   hajmi. Magistirli   dessertatsiyasi   kirish,   uch
bob, olti fasl, xulosa va foydalanilgan adabiyotlarro’yxatidan iborat bo’ladi. 
I BOB. ADIB QISSALARIDA XARAKTER VA RUHIYAT BIRLIGI  1-fasl.Xarakter shakllanishida ijtimoiy muhitning ta’siri
  80-yillar   adabiyotidagi   murakkab   ziddiyatlar   Shoyim   Bo’tayev   asarlarida   ham
o’ziga   xos   o’rin   egallagan.Adib   asarlarining   o’ziga   xosligi   shundaki,   inson
fojialarining   bosh   sababchisi   bu   inson   xarakteri   ekanligini   ko’rsatadi. Xarakter
sharoit   haqida   so’z   yuritish,   ayni   vaqtda   asar   syujeti,   kompozitsiyasi   haqida   ham
so’z   yuritish   demakdir.   Negaki,   bu   komponentlar   xarakter   va   sharoitni   tashkil
etuvchi,   ularni   me’yorga   yetkazib,   to’liq   gavdalantiruvchi   vsitalardir.   Bu   o’rinda
bir   ikki   belgi   bilan   voqea,   predmet,   olamni   yaxlit   qamrab   olishdek   sehrgar
qudratga   ega   bo’lgan,   boy   taasurotlar,  assotsiatsiyalar   tug’diradigan,   asar   ko’kida
cho’lpon yulduzidek, yarq etib turuvchi, ko’zga tashlanuvchi badiiy detallar haqida
to’xtalish,   ularni     so’z   yuritayotganimiz   komponentlardagi   roli,   ahamiyatini   tayin
etish   ahamiyatga   molikdir.   Shunday   badiiy   detallar   borki,     ular   asar   konflikti,
xarakter va sharoit  uchun birdek muhim rol o’ynaydi.  Adib qissalarida xarakter va
ruhiyat   birlashib   ketgan.   Qissalaridan   “Sho’rodan   qolgan   odamlar”,   “Shamol
o’yini”,   “Eski   arava”,   “Bir   kunlik   mehmon”   kabi   asarlarini   chuqur   o’qib   chiqib
tahlil   etadigan   bo’lsak,   asarlardagi   har   bir   obrazning   xarakteri   o’sha   davr
odamlarining   qanday   muhitda   yashaganligini   ochib   berib,   unga   nimalar   sabab
bo’lganini   anglatadi.   Adib   qissalaridagi   qahramonlar   ruhiyati   haqida   gapirar
ekanmiz,     “Sho’rodan   qolgan   odamlar’’   asaridagi   Toshmurod   obrazi   yodimizga
tushadi.Uning   otasiga     birgina   bilib-bilmay   aytib   qo’ygan   gapi   uchun   ota   uni
kechirmaydi,   amakisidan   umid   qilib   boradi   u   yordam   bermaydi,   ayni   o’smir
yoshidagi bu voqealar bolaning ruhiyatiga qattiq ta’sir qiladi va u hammasi uchun
ataylab   amakisining   molini   o’g’irlaydi.   Nazoratchining   xarakteridagi
mehrsizlik,kechirolmaslik   va   g’oyatda   o’sha   davr   tuzumi   qobig’iga   o’ralib
qolganligi   sabab   bolasi   qamaladi   va   onasining   o’limiga   sabab   bo’ladi.Nazoratchi
bolasining mol o’g’irlaganini eshitib ruhi azob chekishi, qiynalishi o‘rniga xursand
bo’ladi,   ya’ni   mana   menga   aytgan   gaplari   uchun   shu   ahvolga   tushdi   deb,     onasi
bechoraning   esa   ruhiyati   azob   chekadi,   bolasining   kelishini   intiqlik   bilan   kutadi ,
nima   qiyinchilik   bo’lsa   indamay   ichiga   olaveradi.   Mana   shu   yerda   biz   o’zbek
ayolining matonatini, sabrini  ko’rishimiz mumkin, sababi nazoratchi  ishlasa ham uyiga   hech   narsa   olib   kelmaydi,   ro‘zg‘or   bilan   ishi   yo‘q   xotin   bechora   esa
qo’shnilariga iltimos qilib un so‘rab yuradi, qo‘shnilarning esa undan jahli chiqadi,
eri   ishlasa   nimaga   xotini   birovlardan   narsa     so’ray di   deb.   Shoyim   Bo‘tayevning
yana   bir   qissasi   bo’lmish   „ Shamol   o’yini”   asari   ham   odamni   o‘qib   chiqib
fikrlashga jumboqni yechishni  o‘ylashga chaqiradi. Bu asarda o‘quvchi juda ko’p
insonlarning xarakterlarini o’rganadi. Kutilmagan voqealar o’z-o’zidan ro’y beradi.
Asardagi   xarakterlarning   shakllanishida   albatta   o’sha   davr   ijtimoiy   muhitning
ta’siri   katta.Muhitdan   kelib   chiqib   aytadigan   bo’lsak   o’sha   davr   odamlari   boshqa
davlatlardan rivojlanishda ham, fikrlash bo’yicha ham juda orqada qolgan edi.Ular
hayotni   faqat   qora   mehnat   qilib   qorni   to’yishdan   iborat   deb   bilardi.   Asarda   Tepa
qishlog’ining   momolari     Niso   achanikida   o’tirib   odamlarni   gapirib,   fol   ochib
o’tirar   edi.   Har   bir   asardagi   obrazlarda   ismi   bilan   birgalikda   laqabi   ham   qo’shib
aytiladi.   Shoyim   Bo’tayevning   o’ziga   xos   uslublaridan   biri   ham   shunda   barcha
asarlarida ism bilan birga uning laqabini ochib beradigan xarakter ham bor. Asarni
o’zida ham shu haqda keltirilib o’tilgan.Ijodkor uslubi haqida gap ketganda,albatta,
uning   syujet   qurish   mahoratiga   ham   e’tibor   qaratiladi.   Badiiy   asarda   qo’llanilgan
obrazli   ifodalar,   badiiy   tasvir   vositalari,   frazeologik   birikmalar,xalq   og’zaki   ijodi
namunalari-maqol,matal,rivoyat   va   hikoyatlar   ijodkorning   iste’dod   qirralarini,
badiiy tafakkuri va syujet qurish mahoratini ko’rsatuvchi omillardan hisoblanadi.
Har   bir   asarni   yozishda   yozuvchi   ijtimoiy   muhitdan   kelib   chiqib   asar
yaratadi.   Ana   o’sha   muhitdagi   odamlarning   xarakteri,   yashash   tarzi   misol   qilib,
qo’yilgan maqsad sekinlik bilan ochib boriladi. Shoyim Bo’tayevning qissalaridan
“Sho’rodan   qolgan   odamlar”   qissasidagi   xarakterlarni   o’qigan   o’quvchi   hayratga
tushadi, nahot  shunday  dadalar, amakilar bor  bo’lsa deb, yozuvchi  qissadagi  aka-
ukalarning   xudbinligi,   beoqibatliklari   va   hayotdagi   fojiasini   tasvirlash   uchun
o’ziga   xos   syujetdan   foydalanadi.   Asarni   dastlabki   qismidayoq   adib   muallif
sifatida   o’zining   munosabatini   bildirib   o’tadi,   ya’ni   kitobxonni   asar   ichiga   olib
kirishga harakat qiladi.
  Uka ketdi.
  Aka qoldi. Ular na kechani eslashdi. 
Chunki   kechani   bilmasdilar,   xotirlay   olmasdilar.   Uning   qorong’i   osmoni
qabatlarida   chaqnagan   millionlab   shu’lavor   yulduzlaridan,   sutday   toshib
dolg’alangan oylaridan g’ofil edilar, olis dunyolar nasimlaridan ko’ngillari bebahra
nainki   bebahra,ko’ngilning   o’zi   hali   tavallud   topmagandi;   kulmang   birodar,
kulmang;   ko’ngil   tavalludisiz   odamning   bu   dunyoga   kelishi,   yurishi,   ketishi   bir
hashorat   umrichalik   emasligini   hoji   pochchangizdan   so’rasangiz   yaxshilab
tushintirib qo’yadi.
 Na bugunni o’ylashdi.
 Na ertani qayg’urishdi.
 Hayf bir qorin
Keltirilgan   parchada   asarning   butun   mazmuni,   adib   aytmoqchi   bo’lgan
fikrlarning kaliti yashiringan. Inson tafakkuri va shuuri biyday dalada o’zidan o’zi
shakllanib qoladi, sayqallanadi.  Irsiyat  vositasida  o’tkazilgan har  qanday notabiiy
qonuniyatlar   soxta   g’oyalar   ko’ngil   qahatchiligiga,   uning   tanazzuliga   olib   keladi.
Yozuvchi   asosiy   o’zak   voqelikka   qadar   nazoratchining   psixologiyasini,   tabiatini
yorqin   ochishgacha   bo’lgan   sahifalarida   juda   ko’p   tafsilotlarni   yozadi.
Nazoratchining   kimligi,   qanday   odamligi,sho’rolarga   daxldorligi   o’z   xizmat
vazifasining   bajaradigan   hibsxona   postidagi   vaziyatda   kasbdoshlari,   hibsxona
boshlig’i   va   sunnat   o’g’ri   bilan   bo ’ lgan   uzuq-yuluq   muloqotlarda   ochiladi.
Yozuvchi   uni   ham   so’zlatadi,   ko’p   o’ylatadi.   Asar   davomida   Nazoratchining
laqmaligi,   amakining   xudbinligi   ochila   boradi.   Qissaning   biror   joyida   na
Nazoratchining   na   amakining   qulog’iga   azon   aytib   qo’yilgan   ismlari   eslatiladi.
Aslida   ham   ularni   ismi   bilan   aytish   lozim   ko’rilmaydi.   Shu   nuqtai   nazardan
keyingi   yillar   qissachiligida   ko’zga   tashlanayotgan   ismsiz   va   tashqi   qiyofasi   aniq
tasvirlanmagan qahramonlarning aniq bir  syujet  chizig’ining yo’qligi oddiy holga
aylanib qoldi. Bu chizgini o’quvchining o’zi asar qahramonining xarakteridan o’z
tasvirlarida chizib oladi. Asarni o’qir ekanmiz qissadagi amaki obrazini xarakterida 1
 xudbinlik bilan birga ochko’zlik, ichiqoralik, ko’rolmaslik namoyon bo’lib turadi.
Amaki mehnat qilib uy-joy qilish o’rniga qaynotasining uyiga o’rnashib oladi. Bu
ham yetmaganday ularning hurmatini joyiga qo’ymaydi. Yuqorida aytganimizdek
amakida   ko’ngil   tugul   ozroq   bo’lsa   ham   insoniylik   tuyg’usi   yo’q   edi   shu   sababli
jiyanining qamalishiga sabab bo’ladi.U o’zining nafsi, akasiga bo’lgan alami sabab
jiyanini   qamoqdan   olib   qolish   mumkin   bo’lsa   ham   harakat   qilmaydi.   Bunga
hohishi ham yo’q edi. Mana shu hudbinlik sabab uni hamma lan ‘atlaydi. Hattoki
uning   uyi   atrofida   tezak   terib   yurgan   lo’lilar   ham   uning   qilmishini   eshitib   unga
tosh   otishadi.U   odamlarning   gap   so’zidan   qo’rqib   mahkamaga   borib   kelgan   edi.
Sud   jarayonida   uchchala   yigitga   boshqa   ayblovlar   ham   qo’shib   tashlangan
edi,amaki   esa   bundan   xursand   bo’ladi,   “faqat   men   sabab   qamalmaydiku”-,   deb.
Uning ruhiyati ham qop-qora kirlarga to’lib bo’lgan edi. Mana shu obraz orqali biz
uning xarakter va ruhiyati birlashib ketganiga amin bo’lamiz. Amakining xarakteri
kabi ruhiyati ham notavon edi.Amakini uyiga oqsoqollar ham borib tushintirishga
xarakat qilad i , jiyanini qamatgan amaki sifatida la’natga qolmasligini aytadi,lekin
amakiga   hech   narsa   ta’sir   qilmaydi.   Ular   darvozadan   chiqayotib   samimiy
hamqishlog’ini   eslaydi.   Shu   yerida   muallif   “Buncha   omonatsiz,   bunchaliklar
mo’rtsiz,   ey   yaxshi   ODAM”,-   deb   yozadi.   Bundan   tushinamizki,   xatto   ism   bilan
aytishga   arzimaydigan   odamlar   bu   dunyoda   yashab   yuribdi .   Yaxshi   insonlar   esa
yo’q.
Shu   o’rinda   asardagi   yana   bir   obrazga   to’xtalib   o’tsak,   kampir   ya’ni
Nazoratchi va amakining onasi. E’tibor bergan bo’lsangiz uni ham muallif ismsiz
kampir   deb   aytib   o’tgan.   U   har   narsaga   ko’zyosh   to’kaveradigan,   bo’lar-bo’lmas
gap-so’zlarga   aralashaveradigan   serjag’,   ko’ngli   tor,   mo’rt   bo’lgani   uchun   kichik
o’g’lini   ko’chirib   ketishganidan   ularni   tinmay   qarg’ardi.   Qarg’ishlar   sababmi
amakining   qaynotasi   o’lganida n   keyin   kampir   to’nini   ag’darib   kiyib     o’zgarib
marakaga qo’shilib ketadi. Uning xarakterida  tilyog’lamalik xususiyati bor edi.
Asardagi voqealar rivojiga nazar tashlar ekanmiz, otalik, akalik, oila egaligi
burchidan   ham   o’zining   hukumat   oldidagi   nazoratchilik   burchini   ustun   qo’ygan
1
 Shoyim Bo'tayev. « Sho’rodan qolgan odamlar”. Toshkent „IJOD-PRESS”2019. 80 B. ma’naviy   tanazzul   sari   qadam   tashlab   borayotgan   shaxs   qismati,   uning   fojialari
kitobxonda   nafrat   hissini   uyg’otish   bilan   bir   qatorda,   ma’lum   bir   tizim   yaratgan
inson qiyofasini his eta boshlaydi. Nazoratchi Sunnat o’g’riday odam tekis yo’lga
solib   qo’ysa   to’g’ri   borib   kelavaveradigan,   yo’nalishini   o’zgartirmaydigan
tramvayga   o’xshatganda,     jahli   chiqishi   o’rniga   qaytaga   Moskva   tramvayiga
o’xshatganligidan   xursand   bo’lgan   obraz   ko’z   o’ngimizda   jonlanadi.   Ayniqsa
madrasani   buzib   qamoqxona   qurdirgan   Cho’yanboy   Qulmonovday   ma’naviy
qashshoq insonning oxir-oqibat xor-u zorlikda vafot etishini ko’ramiz. U bamisoli
o’zini   sho’ro   hukumatining   bir   ustuni   hisoblaydi,   xattoki   Musaev   deb   ataladigan
familiyasini   Mels   deb   o’zgartirib   oladi,   lekin   bu   odamlarda   kulgu   uyg’otadi.
Birovdan haq  olmaydigan  va haq  bermaydigan nazoratchining  uyida ham  boshqa
uylardagi   kabi   “sichqonlar   hassa   suyanib”   yursada   u   e’tibor   bermaydi.   U   uchun
asosiy   narsa   uning   vazifasi,   burchi.   U   hatto   mushtipar   xotinining   so’nggi   yo’lga
kuzatishda   ham   o’zining   sevimli   formasidan   kechmaydi.   Qamoqdan   uch   kunga
ruxsat olingan o’g’lidan ko’zini uzmay uni nazorat qiladi. Lekin unung qon-qoniga
singib   ketgan   sho’rolar   tarbiyasi,   mehrsizlik,   toshmehrlilik   o’rnini   so’nggi
daqiqalarda   xotinini   qabrga   qo’ygandan   so’nggina,   insoniy   tuyg’ular   egallay
boshlaydi.   “U   to’satdan   ingrab,   cho’k   tushdi...-     Ota   yuring,   endi-i...   Nazoratchi
chaqmoq   urganday   seskanib   tushdi.   Ovoznimi,   ovoz   egasinimi   qidirayotganday
atrofga alangladi, yosh bolaga o’xshab qoldi... qult etib yutindi-da:- Hozir-ir, - dedi
itoatgo’ylik   bilan   va   bu   so’zni   o’zi   yana   bir   bor   eshitib   ko’rishni   istayotganday
takrorladi,-   Hozir-ir   o’g’lim”   [2,   62-bet].   Shu   jumla   bilan   tugagan   so’zdan   keyin
o’quvchi   nazoratchiga   bo’lgan   nafrati   o’rnini   qandaydir   unga   nisbatan   achinish
hissi   egallaydi.   Yillar   davomida   inson   qalbidagi   tuyg’ularni   anglamasdan
yashashga   mahkum   etilgan   shaxs   fojiasi   teran   tasvirlarda   o’z   ifodasini   topgan.
Davr   va   badiiy   qahramon   o’rtasidagi   dialetik   birlik   mahorat   bilan   ifodalangan.
Buning   zamirida   sotsial   jamiyatning   insonni,   uning   erki   va   qadrini   juda   past
o’rinlarga   qo’yganligi   bilan   izohlanadi.   Chunki   ota   bolaga,   farzand   otaga,   aka ukaga   qarama-qarshi   qo’yganligi,   shu   orqali   jamiyatni,   davr   insonlarini   fikrsiz,
tafakkursiz tarbiyalash yo’lidan borgan illatlar ochib tashlanadi. 2
Nazoratchi-   Shoyim   Bo’tayev   yaratgan   sho’rolar   mafkurasi   asosida
shakllangan, lekin qalbining tub-tubida insoniy hislatlardanozgina saqlanib qolgan
yorqin   badiiy   obrazlardan   biridir.     Yuqorida   aytib   o’tganimizdek   qissadagi   uka
qaynotasining   tayyor   oshiga   sherik   bo’lgan,   hasadgo’y,   baxil,   ichiqora,   bemehr
fojiali   taqdir   egasi   bo’lgan   inson   obrazidir.   U   akasi   bilan   bo’lgan   dushmanligi
natijasida,   akasiga   bo’lgan   qasdini   uning   o’g’li   ya’ni   jiyanidan   olishga   intiladi.
Qaynotasidan   qolgan   bitta   buzog’ini   deb,   jiyanini   hayotini   izdan   chiqaradi.
Mahalla   oqsoqoli   va   uning   ayoli   uni   insofga   keltirmoqchi   bo’ladi,   undan   xatto
ko’chadagi   lo’lilar   ham   nafar a tlanish   darajasiga   boradi.   Badiiylik   asosidagi
achchiq   va   murakkab   taqdirlarning   hayoti,   fojialari   o’quvchini   hayotni   teranriq
anglashga undaydi.
Adabiyotshunos   Damin   To’rayev   qayd   qilib   o’tganidek:   “O’zbek   badiiy
nasri   keyingi   yillarda   hayotiy   mavzular,   ijodiy   uslub   rang-barangligi   ruhiy   va
falsafiy   tahlil,   xarakterlar   talqini   borasida   jiddiy   yangilanishlar,   o’zgarishlarni
boshdan kechirdi”.
Darhaqiqat,   asosli   ta’kidlanganidek,   insonni   anglash,   davr   va   muhit
xislatlarini u yoki bu darajada o’z xarakteriga singdirgan badiiy obrazlar  olamiga
yangicha   yondashish   holatlari   yetakchilik   qilayotganligini   alohida   qayd   qilish
lozim.
Adibning   “Sho’rodan   qolgan   odamlar”   qissasida     ruhiy   iztiroblar
iskanjasidagi   Ona   obrazi   mahorat   bilan   talqin   etilgan.   Onaning   qalbidagi   ruhiy
iztiroblar   davr   yetishtirgan   inson   fojiasi   bilan   uzviylikda   namoyon   bo’ladi.
Masalan:   Toshmurodni   sud   qilgan   sud   rais   qalbidan   kechgan   o’ylar,   bolalarini
o’ldirmoqchi   bo’lgan   eriga   o’qlov   tushirib   o’shqirgan   ayol   ruhiyati,   nazo r atchi
ko’rgan   tushi   bir   tup   ko’knori   ekib,   qo’lga   tushgan   dehqon   ruhiyati     ham   asarda
asosli   talqin   qilingan.   Qissadagi   buvi,kampir,   e sh ak   mingan   qariya,   o’qituvchi
qamoqxona   va   boshqa   epizodik   obrazlar   aka,   uka   ona   kabilarning   xarakter
2
 Shoyim Bo’tayev “Sho’rodan qolgan odamlar”  Toshkent “IJOD-PRESS” 2019. 2-62 bet. qirralarini   ochishda   asosiy   vosita   bo’ladi.   Adib   asarlarining   qahramonlar   nomi
bilan   emas,   ko’proq   laqab   bilan   ataladi.   Bu   yozuvchining   o’ziga   xos   badiiy
usullaridan   biri   ekanligini   his   etamiz.   Umuman   olganda,   Shoyim   Bo’tayev   bu
asarida   rang-barang   obrazlar,   voqealar   ruhiyat   tahlillari   o’rin   olgan.   Asarda
mudroq   qalbni   uyg’otishga   bo’lgan   ilinj   yetakchilik   qiladi.   Asarda   sud
b o shlanishida n     oldin   boshqa   bir   kishining   ishini   ko’rayotganligini   ham   aytib
o’tadi. Unda ichkilikka ruju qo’ygan erkak janjal ko’tarib bolalarini o’ldirmoqchi
bo’lganida   xotini   chidayolmay   bilmasdan   o’xlov   bilan   urib   o’ldirib   qo’yadi.
Uning qayni ukasi tomonidan sudga berilib shuning sudi bo’layotgan edi. Qaynona
qaynotasi kelinining gunohi yo’qligini aytib qo’yib yuborishini so’raydi. 
Yozuvchining  “ Bir kunlik mehmon” qissasi syujeti ham o’ziga xosligi bilan
ajralib   turadi.   Asar   boshida   Saidmurod   va   Xolmo’minlarning   uchrashuvi,   asar
syujetiga asta-sekin kirib keluvchi mish-mishlar, to’ydagi mashmashalar, so’pining
uyiga   o’t   tushishi,   ming   yillik   chinor   bilan   bog’liq   voqelar,   Elchi   bovaning
boshidan   o’tgan   sarguzashtlarida   inson   ma’naviy-ruhiy   olamida   mavjud   bo’lgan
murakkab,   ziddiyatli   holatlar   o’ziga   xos   tarzda   ochila   boradi.   Ayniqsa,   qishloqda
so’pining   uyiga   o’t   ketishi   haqidagi   xabar   tarqalgandan   keyingi   voqealar   tasviri
kitobxonni  o’ylashga,  ramzlar   ortiga   yashiringan  sirlarni  bilishga  undaydi.  Qissa
qahramonlaridan biri Elchi  bovaning:   “ Bolalik supasidan  tushdingmi, bas, zulmat
seni   bag’riga   tortib   ketadi.   Oh-oh,   qanchalar   aysh-ishrat,   kayf-safo,   zahar-
zuqqumlar   jo   bo’lgan   ekan-a,   bu   bag’irga!   Sen   shunda   boladan   farqli   o’laroq,
qo’rqmay   qo’yasan,   nega   deganda,   o’zing   ham   zulmatiyga   aylanasan.
Zulmatiyning   rohat-farog’atiyam,   aysh-ishratiyam,   hayotiyam,   maqsadiyam
zulmat.   Ana   shunda   u   supaga   abadul-abad   qaytib   chiqolmaysan”,   degan   gaplari
o’quvchini   chuqurroq   mushohada   qilishga   undaydi.   Farishtalar   ham   sajda   qilgan
inson   bolalarining   o’ta   qabariq   fe’l-atvori   zulmat   qo’ynida:   na   tush,   na   o’ngda
sodir   bo’layotgani  noaniq   bir  tarzda  tasvirlanadi.  Zulmat   qo’ynida  insonning   kim
va nima ekanligini anglatishga harakat qiladi.  Asar   syujetining   bu   tarzda   qurilishi   ham   hozirgi   o’zbek   nasrida   bo’y
ko’rsatayotgan   uslubiy   qirralardan   biridir.   Shoyim   Bo’tayev   qissalarida   ko’zga
3
tashlanayotgan   uslubiy   qirralardan   biridir.   Shoyim   Bo’tayev   qissalarida   ko’zga
tashlanayotgan personaj nutqidagi o’zgarishlar, qahramon xarakterini turfaligi, asar
syujetiga   kiritilayotgan   turli   rivoyat,   voqea   va   hodisalar   bugungi   nasrimizdagi
yangilanishlardan dalolatdir.
Mehmon bo’lib qishloqqa borgan Saidning asar davomida o’z-o’ziga savollari
paydo bo’ladi. O’z ruhiyati bilan gaplashadi. O’z-o’zi bilan gaplashadi.
- Sen o’zi kimsan? – deya har lahzada so’rayverib holi joninga qo’ymaydi.
U faqat tunlari yuradi.
 Kunduz kunlari qorasiniyam ko’rsatmaydi.
Chunki, u zulmat bolasidir.
Yolg’iz bo’lgani uchun unga ism qo’yishmagan.
 Bo’lgan – turgani shu – zulmat bolasi.
Uning   qulog’i   ostida   pichirlab,   qani   ayt,   kimligingni   bilib   olaylik,   birovning
uyi   yonyabdi,   deb   ketyabsan-u,   balki   o’zingning   ham   honumoning   ham   kuyib
ketgandir, deydi. Saidmurood shu vaqt oralig’ida ko’p narsani anglab boradi.
XIX asr oxiri XX asr boshlarida sekin-astalik bilan xalqimizning dunyoqarashi
o’zgara   boshlandi,   mustaqillikka   bo’lganintilish   kuchaya   bordi,   ammo
oshkoralikka   yo’l   berilmayotgan   edi.   Yozuvchilarimizning   asarlarida   o’sha   davr
tuzumining   g’oyat   noto’g’riligi,   o’z   g’oyalari   bilan   odamlarning   ongini
boshqarayotganligi istiqlol davrimizga kelibgina ochiq-oydin aytila boshlandi. Bu
davrga kelib yozuvchi uslubi ham o’zgara boshlandi.
Yuqorida   aytib   o’tganimizdek,   yozuvchi   uslubining   tadrijiy   shakllanishiga
tashqi omillar ham o’z ta’sirini ko’rsatadi, albatta! Masalan, har bir yozuvchi yoki
shoir   boshqa   ijodkor   yaratiqlaridan   nimalarnidir   o’qib   o’rganadi,   ularni   ijodiy
o’zlashtiradi.   Bu   o’rganish   uning   hayot   hodisalarini   akslantirishi,   inson   obrazini
gavdalantirishiga   ta’sir   qiladi.   Uslub   yozuvchi   hayolot   olamining   individual
namoyon   bo’lish   tarzi   hamdir.   Yozuvchi,   shoir   voqealarniqahramonlarni,   ular
3
  Shoyim Bo’tayev. „Bir kunlik mehmon” Toshkent -  nashriyot. 2009 60b yashayotgan   manzil   manzaralarini   qanday   tasavvur   qilsa   shunday   ifodalaydi.
Shoyim Bo’tayevga xos jihat, Chingiz Aytmatov talqiniga   xamohanglik seziladi.
Chingiz   Aytmatov   esa   qahramonlari   turgan   joyni   ham,   ularning   holati   ahvolini
ham ixcham, lo’nda, eng muhim jihatlariga e’tiborni qaratgan holda tasvirlaydi.
Shoyim   Bo’tayevning   “Sho’rodan   qolgan   odamlar”   qissasidagi   Nazoratchi
obraziga e’tiborimizni qaratsak, u o’z ishiga mukkasidan ketgan, ya’ni o’sha davr
qobig’iga   o’ralib   qolgan,   tuzim   qarami   edi.   U   vaqtdagi   jamiyat   tuzumini   to’g’ri
deb bilardi. Asarda birgina o’g’lining “Umr bo’yi poliz qo ‘riqchisiga o‘xshab bitta
tayoq ushlab o‘tasizmi, ota?” degan gapi uchun ota bolasidan vos kechadi, bolasi
otasiga achchiq qilib amakisining molini o’g’irlamoqchi bo’ladi va sheriklari bilan
qo‘lga   tushadi.   Farzandi   qamalayotganini   bilib   turgan   ota   ichida   ozgina   xursand
bo’lib   g’ururlanib   qo’yadi,   ya’ni   menga   gapirgan   gapi   uchun   shu   ahvolga   tushdi
deb bu degani bir otaning o’z farzandini chuqurga itarib yuborish bilan barobar edi,
chunki   nazoratchi   o‘g’lini   qamoqdan   saqlab   qolsa   bo’lardi,   lekin   unday   qilmaydi
aksincha kasal onasining yoniga o’g’lini olib borishida boshliqning buyruqlaridan
xursand   bo’ladi   va   o’z   farzandiga   mahbus   deb   murojaat   qiladi.   O’g’liga   otaday
munosabatda bo’lmaydi.
Asarni   o’qib   chiqar   ekansiz,   Chingiz   Aytmatovning   “Asrga   tatigulik   kun”
asaridagi   voqealar   yodingizga   tushadi.   “Sho’rodan   qolgan   odamlar”   asarida
otaning   o’g’ilga   mehrsizligini   ko’radigan   bo’lsak,   “Asrga   tatigulik   kun”   asarida
esa bolaning otaga mehrsizligi namoyon bo’ladi. Asarda o’g’ilga ota vasiyatining
farqi yo’q edi. U faqat far z andlik vazifasini tezroq bajarib ketishni xohlaydi. Ikkala
asarni   solishtirib   ko’rar   ekanmiz   ayrim   joylari   o’quvchini   larzaga   keltiradi.
Masalan,Nazoatchining   xotini   bolasining   dardida   o’lim   to’shagida   yotar   ekan,
farzandini bir bora ko’rishni xohlaydi. Toshmurod ham onasini ko’rish uchun ilhaq
bo’ladi.   Ota-bola   yetib   borishganda   esa   ona   vafot   etgan   edi.   Toshmurod   onasini
ko’rib   qo’lidagi   onasi   uchun   olgan   choponning   orasidagi   yiguliklari   qo’lidan
tushib ketadi. Buni ko’rib turgan qo’shnilar yig’lab yuborishadi. Nazoratchiga esa
hech   narsa   ta’sir   qilmaydi,   balki   uning   hayolida   faqat   bir   narsa   “mahbusni   o’z
vaqtidan   ham   ertaroq   joyiga   olib   borib,   vazifasini   ado   etish   yotar   edi.   Shuning uchun   ichida   xursand   bo’ladi:”   endi   ertaroq   “Mahbusni”   joyiga   olib   borar
ekanman”,-   deb.   “Asrga   tatigulik   kun”   asarida   esa   Nayman   ona   voqeasi   keltirib
o’tilgan   uning   o’g’li   bo’lib   u   yo’lda   tug’ilgani   uchun   Jo’lamon   deb   ism   qo’ygan
edi. O’sha vaqtda qabilalar bir-biri  bilan urushib odamlarni asirlikka olar edi. Asir
olingan odamning sochi olinib tuyaning terisi kiygizilar. Shundan so’ng asir hech
narsani   anglamaydigan   xojasi   nima   ish   buyursa   shu   ishni   qiladigan   manqurtga
aylanadi. Asar davomida manqurt xojasining buyrug’iga ko’ra o’z onasini kamon
bilan o’ldiradi. Bu asardagi Nazoratchi esa boshiga teri   qoplanmagan bo’lsa ham
manqurtga   aylanib   ulgurgan   edi.   Buning   sababi   u   davr   tuzumining   buyrug’ini
sidqidildan   g’urur   bilan   bajaruvchi   “nazoratchi”ga   aylanib   bo’lib,   turmush
o’rtog’ining   o’limi   va   o’g’lining   yosh   qamalishiga   sababchi   bo’ladi.   Yuqorida
aytib   o’tganimiz   “Asrga   tatigulik   kun”   asaridagi     Sobit   ham   shu   obrazlarning
biriga   aylangan.   U   otasining   vasiyatiga   amal   qilib   qilib   Ona   bayit   qabristoniga
emas,   balki   shu   yerga   temir   yo’l   o’tadigan   joyga   ko’mishni   xohlaydi   va
“poyezdlarning   taqir-tuqur   ovozini   eshitib   yotadi”,-   deganida   otasining   do’stini
jahli   chiqadi   va   Sobitning   otasi   uning   kichkinaligida   tizza   bo’yi   keladigan   qorni
bosib qiynalib bolasini yelkasida maktabga olib borganini eslaydi. Endi esa o’sha
o’zini   tutib   olib   katta   ishda   ishlayotgan   manqurt   bolasi   otasini   vasiyatiga   amal
qilmay,  uni   qaylargadir  ko’mib  tezroq  ketish   niyatida  edi.  Bu  ham   bir  katta  fojia
edi.   Mana   shu   keltirilgan   uchala   obraz   hayotida,   fikrlash   doirasida   katta
o’xshashlik   bor.   Yozuvchilarning   asarlarini   diqqat   bilan   o’ q ib   chiqar   ekanmiz,
makon   va   zamon   nuqtai   nazaridanolib   qaraysizmi,   odamlarning     xarakteri
nuqtaidan   olib   qaraysizmi   ko’plab   o’xshash   jihatlari   namoyon   bo’ladi.   Ikkala
asardagi   voqealar   bir-biriga   o’xshamaydi,   biroq   asarlardagi   obrazlar   bir-biriga
o’xshaydi. Jamiyatdagi odamlarning yashash tarzi , xarakterlari bir-biri o’xshaydi.
Shulardan kelib-chiqib aytishimiz mumkinki, bir asarda bitt a  kamon o’qi bilan ona
hayotdan   ko’z   yumyabdi.   Ikkinchi   asarda   bitta   o’g’ilning   to’g’ri   gapidan
achchiqlangan ota sababli  o’g’lining qamalgani  dardida yana bir onaizor dunyoni
tark   etyabdi.   Shulani   o’qiga   o’quvchida   hayotga   shukronalik   hissi   paydo   bo’ladi.
Erkin nafas olayotganimizdan faxrlanib ketamiz.  Shoyim   Bo’tayevning   “Eski   arava”   qissasida   ham   o’ziga   xos   syujet   qurilishini
kuzatish   mumkin.   Qissada   adib   kitobxonga   yaxshi   tanish   bo’lgan   Gogolning
“O’lik   jonlar”   asari   qahramonlarini   hayolan   O’zbekistonga   safar   qildirib,
mustamlakachilik   siyosatining   mudhish   oqibatlari,   o’zga   millat   urf-odatlarini
o’zlashtirib olish va uning ayanchli oqibatlarini ramziy-majoziy uslubda ochishga
harakat qiladi. Ivan Pavlov Chichikov tirikligida feodalizm davrida yashab o’tgan
yirik   boy   dehqon   bo’ladi.   Ular   hizmatkori   bilan   bilan   ramziy   ma’noda   hayotga
qaytib   keladi.   U   har   doim   o’zining   aslida   tirik   emasligini   unutib   qo’yadi,   buni
Selefan uning yodiga solib turadi.
-Menga xuddi nargi dunyoga ketayotgandek gapirma dedingiz-a?!
-O’zi narigi dunyoga ketganimizga ko’p vaqt bo’lgandi-ku!
-Hali-bi-iz
 Ha-a, ha-a!- tasdiqlab qo’ydi Selifan.
   Pavel Ivanovich Chichikov o’zining g’alati holati, o’y-hayollarining boisini endi
anglayotganday bo’ladi.
 -Men sizdan balandroqda uchinchi qavatda edim,- dedi Selefan tirjayib 
-Bu nima deganing?
-Oz-moz ichib turmaganimizda , naq behishtning o’zidan joy tegarkan. 
  Jannatiy edim demoqchimisan?
 -Shunaqaga o’xshaydi.
 - Ammo-lekin sizning gunohlaringiz ko’p ekan.
    Yuqorida   keltirilgan   munozaradan   bilib   olishimiz   mumkinki,   asar   qahramoni
do’zaxga   tushgan   edi.   Asarning   boshlanishi   Chichikovning   o’z   ichki   olami   va
ruhiyati   bilan   ya’ni   o’zi   bilan   o’zi   gaplashishidan   boshlanadi.   U   xuddi   o’zini yashayotgandek   his   etadi.   Asarda   ular   O’zbekistonga   yo’lga   tushadi.Yo’lda
Chechikov xayolga beriladi.
“Ey, uzoq, olis yo’l!..” 4
Senda kishini  teran o’y-xayollarga toldiruvchi  nimarsalar  bordir;  olis-olis manzil-
marohillarga   yetaklarkansan,   yo’lovchi   o’zining   yuragi   qatlamlariga   ham   bir   qur
nazar   tashlaydi   va   chuqur-chuqur   xo’rsinadi.   Buning   sababi   nimada   ekanligini
bilarmisan,   ey,   uzoq,   olis,   yo’l!..   Buning   sababi   shundaki,   yo’lda   ketayotgan
kimarsa   umr   ham   xuddi   shunday   shitobu   shaxd-la   bosib   o’tilgach,   hammasi
abadiyat qa’riga cho’kib ketishini yaxshi anglaydi.
O’zbekistonlik   amaldorlar   ularni   kelayotganini   eshitib   nimaga   kelayotganini
surishtirib   o’tirmay,   xuddi   avliyoni   kutib   olganday   kutib   olishadi.   U   kelayotgan
ko’chalarda   odamlar   yurishi   ham   taqiqlanadi,   lekin   hech   biri   ularning   kimligini,
nima   maqsadda   kelayotgnini   bilishmaydi.   Bizni   qilgan   ishlarimizni   ko’rgani
kelishyabdi   deb   o’ylaydi.   Ularni   Nishonboy   Xurzamonovich   kutib   oladi.     O’sha
davrning   en   laganbardorlaridan   biri     Nishonboy   Xurzamonovich   edi.   U   o’z
vazifasini   shunday   a’lo   darajada   bajaradiki   o’qib   hayratga   tushadi.   Chichikov
undan   yurtingizda   ofatlar   bo’lib   turadimi   deb   so’raydi.   Xurzamonovich   hech
narsani   o’ylab   o’tirmasdan   tashkil   qilamiz   deb   aytadi.   Chichikov   hayron
bo’lganidan qor,yomg’ir, vabo-balolarni keltirolmaysizku deb aytganida, siz uchun
tashkil qilamiz deb yuboradi,-Nishonboy Xurzamonovich. Bu so’zlarni o’qir ekan
daxshatga tushadi odam bejizga vatanparvar bobolarimiz yurtimizni ozodlikka olib
chiqishga harakat qilmasin, mana bunaqa laganbardorlar sabab yanada qaloqlashib
boravergan. Asrda Chichikovni ovqatlanishga olib borganda bir guruh zodagonlar
davrasiga   olib   kiradi.   Chichikov   ularni   tanirdi.   Muallif   bejizga   ularni   asarga
kiritmagan edi, ular ham Chichikov kabi qilgan ishlari uchun ochko’zliklari uchun
do’zaxga   kirgan   odamlar   edi.     Voqealar   davomida   turli   xarakter   egalari   keltirib
o’tiladi, ulardan Zamzam to’ra o’zini din peshvosi qilib ko’rsatadi-yu, lekin biron
kishi   uni   qaysi   dinga   kirishini   bilmaydi.   U   faqat   Nishonboy   Hurzamonovichning
4
 Shoyim Bo’tayev “Eski arava” qissalari. 105.b “yonqozig’i”   bo’lib   olib   u   nimani   aytsa   shuni   ma’qullar   edi.   Xurramovich
Chichikovga   Kushkaryovni   tanishtiradi.   Chichikov   uni   ko’rib   hayratga   tushadi,   u
aslida qo’lidan hech ish kelmaydigan Kushkaryov edi, lekin uni polkonik, olim deb
tanishtiradi.   Bular   orqali   yozuvchi   hech   narsani   bilmaydigan   odamning
kattalavozimlarni egallab xalqni aldayotganiga ishora qiladi.
    Nishonboy   Hurzamonovich   boshliq   bir   guruh   mezbonlar   “Eski   arava”
yo’lovchilariga   shu   qadar   ehtiromu   iltifotlar”   ko’rsatadilarki,   buning   mantiqiy
natijasi   nimadaligini   o’zlarida   anglamaydi.   Nishonboy   Xurzomonovich   va   uning
yugurdaklari   Chichikovdan   tortib   Selefangacha,   Sobakevichdan   tortib
Koshkarevgacha   xushomadgo’ylik   qiladilar.   Chetdan   chaqirilgan   ,   Chechikov
iborasi   bilan   aytganda   g’irt   axmoq   Koshkarev   ilmiy   maslahatchi   bo’lib   oladi.
Nishonboy   Hurzomonovich   bilan   Chechikov   yolg’iz   suhbat   qurar   ekanlar,
mashhur   tovlamachi   o’lik   jonlar   haqida   so’z   ochadi.   Avvaliga   Nishonboy
Hurzamonovich o’lik jonlar haqida so’z borayotganiga tushinmaydi-da, chaqiring
o’sha   odamlaringizni,raxbarlikka   joylashtiramiz   deydi.   Gap   o’liklar   haqida
borayotganini bilganida ham bo’sh kelmaydi:
“Raz   shunday   ekan,-   dedi   qat’iy   ohangda.-   Siz   marhum   dehqonlaringizning
ro’yxatini   beravering.   Ularning   nomlarini   abadiylashtirish   bizlarning
zimmamizda... Ko’chalarga, kolxoz-savxozlarga o’sha ro’yxat  bo’yicha beramiz”.
Demak   yuqorida   keltirilgan   jumlalardan   ko’rinadiki,   ana   shunday   laganbardor,
g’urursiz kishilar o’z shaxsiyatlari yo’qligi orqasidan xalq g’ururini toptab, elning
shaxsiyati,   milliy   o’zligi,   ma’naviy   ruhiyati   olamiga   putur   yetkazishga   tomon
boshlaydi.
Bunday kimsalar bor ekan, u xoh o’zbek xalqi bo’lsin, xoh boshqa bir millat ahli
o’z   ruhiy   olami,   ma’naviy   mafkurasida   mantiqsizlik,   siyosiy-   ijtimoiy   tanazzul
ko’chalariga   kirib   chorasiz   qolishi   mumkin.   Xalq   milliyligi   aksi,   albatt   yurt
vakillari   taakkuri,   maqsadlari   hayotga   asos   qilib   belgilangan   vazifalari
natijalarining   mahsulida   ko’rinadi.   Milliy   bu   millat   ko’zgusi,   turmush   tarzi,   xalq
vakillari   shaxsiyat   insonlar  “men”i,  o’zligi   degan  tushunchadir.  Demak, asarlarda
millatning o’ziga xos tomonlarini yoritish yozuvchi oldidagi muhim vazifa bo’lib, bu   harakatni   har   doim   ham   yorqin   ochiq   tasvirlarda   berilavermaydi.   Bu   asar
o’zbeklarni XX asrda kechgan yetmish yillik davrini o’z ichiga olgan xo’rlanishi,
nillat g‘ururi, e’tiqodi, xalq “men”i toptalishi. 5
Ya’ni   elimizning   boshoga   mute   yashash,   o’tmishni   unutishga   urinish,   ajdodlar
kurashib   asrashga   harakat   qilgan   ozodlikni   qo’ldan   berib,   “boshsiz”dek   o’zgalar
buyrug’iga   bo’ysunishga   majbur   bo’lishning   asl   sabablari,   ibtidosi   qayerdan
boslangani,   qanday   kimsalar   bunga   yo’l   ochilishiga   sababchi   bo’lib   qolgani
ko’rsatilgan.   Shoyim   Bo’tayev   asaridagi   obraz   Nishonboy   Hurzamonovich   xuddi
shunday   kimsalarning   umumiy   ma’nodagi   vakilidir.   “Eski   arava”,   birnchidan
Shoyim   Bo’tayevning   san’at   asariga   hurmatini   ko’rsarsa,   ikkinchidan,   yozuvchi
Gogolning   salbiy   qahramonlarni   o’zbeklardan   yetishgan   go’l,   laganbardor,
g’urursiz kishilarga yo’liqtiradi.
Shoyim   Bo’tayev   o’z   ijodiy   asarlariga   o’zligini,   shaxsiyatini,   xalq   “men”inin
yashirin tarzda joylagan ijodkorlardan biri. Adib o’tgan asrning kirli qora kunlarida
xalqning   boshiga   kelgan   muammolarni,   zulmatli   kunlarni,   turli   illatlarni   o’z
so’zlari   bilan   ayta   oladi.   Yozuvchi   asarini   o’qib   aynan   toptalgan   el   g’ururi-yu,
yoshlarga   ta’sir   o’tkazgan   illatlarni   tajallisini   ko’ramiz.   Yuqoridagi   fikrlarimiz
dalili   sifatida   ijodkorning   yana   bir   qissasi     “Muyulishdagi   uy”   haqida   fikr
yuritamiz.   Yozuvchining   asari   borki,   u   qaysidir   tomoni   bilan   ijodkor   ho-hayitiga
ulanadi.   “Muyulishdagi   uy”   asaridagi   ilgari   surilgan   masalalardan   biri   katta
hayotga   qadam   qo’yish   arafasida   turgan   yoshlarning   ruhiyatida   zamon
o’zgarishlarning ta’sir kuchi qay darajada ekanini tasvirlaydi.
Shoyim   Bo’tayev   “Muyulishdagi   uy”   qissasida   oliy   o’quv   yurtiga   kiraolmagan
Toshquvvatning sarguzashtlari, institutni tugatib Toshkentga ish izlab kelgan yosh
yozuvchi   Yoribekning   ruhiy   holati   aks   ettirilgan.   Yoribek   qishloqda   ota-onasini
shaharga ishlashga keladi. Ota-onasi o’g’lining bu ishidan narozi bo’ladi. Bu voqea
tasvirida   yozuvchi   Yoribekning   shahardagi   qandaydir   bir   tog’asi   haqida   gapirib
o’tadi.   Onasi     qachonlardir   shaharga   ketib,   o’sha   yerda   uy-joy   qilib   o’zgacha
muhit,   odamlar   orasida   yashab,   qishloq   hayotini   salkam   unutgan   “tog’a”   haqida
5
 Shoyim Bo’tayev “Eski arava” Toshkent “IJOD-PRESS. 2019. 11O b o’g’liga   so’zlar   ekan,   qishloq   ayollariga   xos   soddalik,   oddiylik,   o’zbek   ayolida
bo’ladigan o’zgacha mehr bilan gapiradi. Olisdagi shaharda zamon oqimiga tushib
yashayotgan,   xatto   bir   yilda   bir   eslamaydigan   “uka”siga   ishonmadi.   Go’yo   o’g’li
Yoribekka   suyanch   bo’ladigandek   his   qiladi.   Aslida   bunday   bo’lmaydi,   Yoribek
bila  tanishgan  “tog’a”  necha   yillardan   beri  ko’rmagan   jiyanini   qarshisida  bir   tuki
ham o’zgarmay begonaday munosabatda bo’ladi. Yoribek tog’asi  uni  uyiga taklif
qilganidagi   musabatni   kuzatib   kitobxon   ko’ngli   o’zi   sezmagan   holda   bundan
ranjiydi. Ya’ni xonadonda ko’chaga yaqin  darvoza yonidagi xona oldida qo’yilgan
stol va uy bekasining  kelgan mehmonga  tayyorlab qo’yilgan sovug’ yaxna choyi.
Bu   vaziyat   xuddi   kelgan   mehmonga   tezroq   ket   degan   gapni   ko’rgazmali   tarzda
aytib   turadi.   Axir   millatning   odatiga   yot   bo’lgan   bu   harakatlar   qaysi   o’zbek
kitobxoniga yoki umuman insonga ta’sir etmasligi mumkin emas. Bu ham bo’lsa,
bizning   urf-odatlarimizni   ma’lum   ma’noda   kimlardir   qarashi   ostida   toptalishi,
zamonga   mos   yashamoqchi   bo’lib   asliyatdan,   o’zligidan,   o’z   “men”   idan
qaytishidir. Demak, “tog’a” qay darajada yuqori mansabga erishgan bo’lgani bilan
yoshligida   olgan   tarbiyasi,   uni   voyaga   yetkazgan   xalq   o’zligini   unutgan   yoki   bu
urf-odatlarni   eskilik   deb   qaray   boshlagan.   Bundan   tashqari   “Muyulishdagi   uy”
asarida   detiktivlik   xususiyati   ham   uchraydi.   Yana   Toshquvvat   va   Yoribek   ushbu
uyga   kelganida   yangidan   yangi   bu   uyning   mehmonlari   bilan   tanishishdilar.   Said
Movloviy,   Asad,   Nazokat   singari   personajlar   kalavaning   uchini   yanada
chuvalashtirib  yuboradi.  Nihoyat, skripkachi  Asad,  Nazokat  bilan  urushib  qoladi-
yu muyulishdagi uyda sodir bo’lgan mudxish jinoyat ochiladi. Muyulishdagi uyga
kelganida   Yoribek   yoshgina   bir   qizni   ko’rgan,  qiz   birdan   yo’q  bo’lib  qolgan   edi.
Asar pirovardida yoshi  uzoq ismli kimsa sirli, jinoiy to’daning boshlig’i ekanligi,
Said   Mavloviy,   Otajon,   Musa,   Nazokat,   Bolabek,   Mirsolmon   Mirqoriyevich,
Qoratosh,   Oqbosh,   Novchaqul,   Asadlarning   jinoiy   to’daga   aloqadorligi   ma’lum
bo’ladi. Yoshiuzoq boshchiligidagi jinoiy guruh nasha, qora dori yetishtirish bilan
shug’ullanadi. Toshquvvat o’zi sezmagan holda bu jinoiy guruhga qo’shilib qoladi.
“Muyulishdagi   uy”   qissasi   bosh   qahramoni   qishloqdan   kelgan   Yoribek.   U
Toshquvvatdan   farqli   o’laroq   institutni   tugatgan.   Tog’asidan   yordam   ololmagan Yoribekka   Toshquvvat   moddiy   va   ma’naviy   jihatdan   yordam   beradi.   Yetti   yot
begona,   ustiga   ustak   qamoqxonadan   chiqqan   Toshquvvat   Yoribekdan   ko’magini
ayamaydi.
Insoniy   mexr-oqibat   ko’rsatadi.   Bundan   tashqari   Toshquvvat   Yoribek   yordamida
o’z yo’lini topib oladi. Qissada  yuzaki  personajlar  ham  ko’p Ota Sunnat, Mazbut
muallim,   Ne’mat,   Moyoray   singari   xira   ishonarsiz   tasvirlar   uchraydi.   Asardagi
material   shu   darajada   keng,   sertarmoqki,   uni   qissa   qolipiga   joylash   mushkuldir.
Qissa   poetikasiga     e’tibor   berilsa   uslubdagi   past-balandliklarni   sezish   mumkin.
Badiiy   nasrning   murakkabligi   shundaki,   ijodkor   ruhini,   qahramonlar   xarakterini
o’ta ishonarli, nozik tasvirlarda bera olishi kerak. Boshqacha aytganda asardagi har
bтir   fikr,   so’z   kim   tomonidan,   qanday   kayfiyatda   aytilayotgani   ma’lum   bo’lishi
kerak.   Badiiy   asardagi   so’zlar,   tasvirlar,   kartinalar   barchasi   uslubni   belgilaydi.
Uslub, ta’bir joiz bo’lsa asarning asab torlari, qon tomirlari joni hisoblanadi. Bunda
bari   ma’naviyat,ruhiyat,   milliylik,   badiiyat,   ijyimoiy   muhit,   davr   illatlari,
taraqqiyotning   salbiy   va   ijobiy   natijalari   yaqqol   ko’rinadi.   Qaysi   g’oya   ilgari
surilganini   uslub  qo’llanishiga  qarab  osongina   aytish  mumkin. “ Muyulishdagi   uy”
qissasi  olib tahlil etilsa, aytish kerakki,   “ Shamol o’yini”, yoki   “ Sho’rodan qolgan
odamlar”   qissalaridagi   milliy   ruhiyat,   xalqning   o’ziga   xos   qarashlari   u   qadar
sezilamydi.   Umumiy   ma’nodagi   xalq   orasidagi   kirib   kelgan   yot   illatlar   el   milliy
urf-odatlariga   salbiy   ta’sir   ko’rsatishi   va   bu   orqali   millat   o’zligiga   xurmatsizlik,
yoshlar   tarbiyasida   buzulishida   zamon   o’zgarishlarining   ta’siri   kabi   tasvirlar
beriladi.   Ammo   bu   millat   ruhiyati   butunlay   yo’q   degani   emas,   albatta.     Ko’rib
o’tganimizdek, Shoyim Bo’tayevning   “ Muyulishdagi uy” qissasida o’tgan asrning
70-80-yillarida   o’zbek   xalqi   yashagan   ijtimoiy   muhit   va   jarayonida   kishilarning
o’zaro   munosabati,   yoshlar   dunyoqarashi   kabi   tasvirlar   o’z   tasdig’ini   topgan.
Ijtimoiy   yangi   jarayon   natijasida   yoshlar   tarbiyasidagizamon   ta’siri,   eldagi
ma’naviy o’zgarishlarning oqibati ma’lum darajada ko’rsatib berilgan. Aynan yot
xalq   urf-odatlari   kirib   kelishi   o’zbek   millatiga   xos   bo’lmagan   odatlar   bayon
etilgan.   Asardagi   xarakterlar   orqali   o’zbek   mintalitetiga   to’g’ri   kelmaydigan
odatlar aksi namoyon bo’ladi. Har   bir   ijodkor   adabiyotga   o’z   mavzusi,   qahramonlari,   betakror   “tili”   bilan   kirib
оkeladi.   Shoyim   Bo’tayev     qahramonlari   betakror   ko’rinishga,   ruhiy   holatga,   o’z
tiliga,   o’z   milliyligiga   ega.   Yozuvchi   qissalarida   bir-biriga   o’xshash   kishilar
uchraydi.   “Shamol   o’yini”   da   Zokir   bulbul   ismli   oshiq   haqida   gapiriladi.
“Qоo’rg’onlangan   oy”   romanida   ham   Zokir   baxshi   obrazi   yaratilgan.   “Shamol
o’yini” da  Yoshiuzoq obrazi bo’lsa, “Muyulishdagi uy” qissasida ham Yoshiuzoq
ismi   keltirilgan.     “Shamol   o’yini”da   momouloq   tanavvul   qilayotgan   kampirlar
“kunbotardagi   bog”   qissasidagi     Ulg’ay   momo   tanish-bilishlari,   teng-to’shlariga
o’xshab   ketadi.   Bu   obrazlar   tasviri,   ruhiy   xolati,   tili,   harakatlari   tasviri   shunday
beriladiki,   undan   o’zbeklarga   xos   xususiyat   turkiy   xalqlardagi   milliy   shaxsiyatni
sezmaslikni   iloji   yo’q.   Shoyim   Bo’tayev   qishloq   kishilariga   xos   hususiyatlarni
topib-topib   ko’rsatadi.   Masalan,   o’zbek   borki,   laqab   to’qishni   yaxshi   ko’radi.
Laqablar   kasbga,   nasabga,   fe’l   atvorga,   tashqi   ko’rinishga   ko’ra   to’qiladi.   Aytish
lozimki   adib   ayni   shu   o’rinlarida   ham   millatga   tegishli   milliy   ruh   beradigan
so’zlarni,   qahramonlarni   ismlariga   joylashga   urinadi.   Zokir   baxshi,   Tilak
mirishkor,   Jondachi   amaki,   Nu’mon   qirtish,   Ergash   kalta,   Nabi   muallim,   Raxim
indamas,   Vali   qassob,   Mutal   jarchi,   Sunnat   o’g’ri,   Dakan   oqsaqol...   singari   bir
qancha obrazlar kitobxon yodidan chuqur o’rin oladi.
Yozuvchi   asarlaridagi   yakrov,   gumsiyo,   payxova,   toyinot,   tavonibi,   shoyon
nopisand,   gulzu-   donak,   ufunat,   nargiyo,   koshoy,   chalpakpazon,   charxin   tovoq,
horiquloda hodisa, kalolot, obdast olmoq, xobi xotir, qo’lontayoq, qamg’oq singari
so’zlari uchratdiki, ular aynan turkiy xalqlar tilidagi, shevalaridagi o’ziga xoslikni
ifodalab,   asar   ruhiyatini   ochishda   ahamiyatli   o’rin   egallaydi   va   bu   kitobxon
diqqatini o’ziga tortadi.
  Badiiy   asarni   anglashning   kashfiyoti   mohiyatini   bilishdadir.   “Shamol   o’yini”
qissasida   roviy   masalasi   jiddiy   qo’yiladi   ya’ni,   u   voqealarni   tasvirlaydi,
qahramonlar   qilmishlarini   faoliyatini   talqini   orqali   o’zligi,   xalqqa   xos   bo’lgan
milliy   ruhiyat   silsilalarini   inkor   etish   masalalarini   berib   boradi.   Lekin   u   na
qaxramonlar   xatti-harakati,   na   voqealar   mohiyatini   baholamaydi.   Sinchikov kitobxon tasvir, fikrlar  ifodasidagi  asar  g’oyasini  yozuvchi  konsepsiyasini  bilishi,
6
anglab   olishi   qiyin   kechmaydi.   Shoyim   Bo’tayev   asarlaridagi   raviy   kesatiq,
pichinga   usta.   U   sho’ro   davridagi   rasmiy,   siyoqqa   munosabatlarni   o’rniga   qo’yib
tasvirlaydi.     “Shamol   o’yini”   qissasi   roviy   rais,   Berkinboy,   Yoshiuzoq   haqida
gapirar   ekan,   bulbulgo’yo   bo’lib   ketadi,   labi-labiga   tegmaydi,   tesha   tegmagan
kesatiq,   pichinglarga   zo’r   beradiki,   bundan   ko’zlangan   maqsad   yolg’on
munosabatlar,   to’ralarcha   munosanat   ajoyibotlari   orqali   sho’ro   davridagi   chetdan
kirib   kelish   o’zbeklarning   o’zligi,   millat   e’tiqodi,   shaxsiyatiga   salbiy   ta’sir
ko’rsatishi   va   yoshlarning   tarbiyasida   milliy   an’analardan   ko’ra   yosh   xalq   urf-
odatlarini ta’sirini oshib borishini ochib beradi.
2-fasl.Ruhiyat talqinida inson istiroblari ifodasi
Xalq   milliy   ruhiyatida   avvalo   uning   imon-e’tiqodi   namoyon   bo’ladi.   Shoyim
Bo’tayev   asarlari   asosiy   g’oyasi   ham   qayerdaki   imonli,   diyonatli   kishilar   yashar
ekan, o’sha yerda qut-baraka, fayz bo’ladi.
“Shamol   o’yini”   qissasi   milliylik   ruhi   o’zgacha   tasvirlarda   berilgani   bilan   ham
ahamiyatli.   Qissada   keltirilgan   momouloq   urf-odati   yoki   o’zbek   xalqiga   xos   el
xashari   udumi     buning   bir   namunasidir.   Momouloqni   tashkil   qilish,   o’tkazish,
qishloq   kampirlari   so’zlari,   qishloqdagi   voqealarga   o’zlaricha   fikr   bildirishlari
barcha-   barchasidagi   tasvirlarda   milliy   ruhiyat   seziladi.   Qissadagi   Oybuloq
qishlog’idagi   alg’ov-dalg’ovli   holat,   Tepa   qishlog’ida   to’satdan   paydo   bo’lib
qolgan   Berkinboy,   kampirlarning   momouloq   bazmi   yoki   jin   bazmi   tasvirlangan
o’rinlarda   uyg’unlik   mujassamlashadi.     Adib   Oybuloq   va   Tepa   qishlog’i
odamlarini   qissa   oxirida   Qum   qiyalikdagi   to’rttta   xonadon   ahlini   o’zaro
taqosslagan holda, o’z oldiga qo’ygan g’oyaviy-badiiy maqsadini amalga oshiradi.
Tinch-farovon birov bilan birovning ishi bo’lmagan bahamjihat yashayotgan Tepa
qishlog’i   ahli   orasiga   Berkinboy   so’ngra   shu   qahramon   vositasida   qissaga   olib
kirilgan   va   asosiy   obrazlardan   biri   sifatida   tasvirlangan   Yoshiuzoq   paydo
bo’lgandan keyin vaziyat o’zgaradi. Qishloqdan baraka ko’tariladi.Yovuzliklar yuz
beradi, nopokliklar avj oladi.   Rais o’zini yaxshi ko’rsatishni, maqtanishni  yaxshi
6
 Shoyim Bo’tayev. “Shamol o’yini” Toshkent”IJOD-PRESS” 2019. 60 b ko’radigan   odam,   u   raislini   egallashdan   oldin   oddiy   ishchi   bo’lib,   moshinasini
loydan   chiqarish   bahonasida   xatto   kichik   qiziga   ham   itartiradi.   Uning   ko’nglidan
joy   olib   raislik   lavozimini   egallab   oladi.   Xalqni   esa   aldaydi,   birga   jangda   xizmat
qilganmiz   deb.   Mirza   bobo   tepalik   oddiy,   yaxshi   inson   bo’ladi   Berkinboy   unga
hayotini   aytganida   hayratga   tushadi.Berkinboy   yashagan   qishloq   avvaliga   sokin,
shinam go’sha edi. Bashang kiyinib olgan kishilar kelib yerlarni ko’rib suv ombori
qurish   rejasini   chizadi.   Hech   kim   qarshilik   ko’rsatolmaydi.   Qurilish   tugagach
odamlar ham ular bilan birga yoshlarni ahloqini buzadiga tuzum illatlari ham kirib
kela boshlaydi. Mayxonalar, ayollar bularni ko’rgan tinch aholi o’zgara boshlaydi.
Y ozuvchi   bejizga   bu   voqealarni   keltirib   o’tgani   yo’q   sovet   davrida   yurtimizga
madaniyat   olib   kelinishi   o’rniga   turli   xil   yoshlarni   ongini   buzatigan,   bizning
milliyligimizga   to’g’ri   kelmaydigan   axloqsizliklar   kirib   kela   boshlandi.   Buni   biz
Yoshiuzoq   obrazida   ham   ko’rib   o’tishimiz   mumkin,   Yoshiuzoq   unga   uy   qurib
bergan   xalqga   yordam   berish   o’rniga   omborchilikni   egallab   olib   xalqni   shila
boshladi. Bu  ham  yetmaganday to’g’ri  so’zni  aytib kattalarni  ogohlantirgani  Rais
bilan   Berkinboy   o’ldirtirdi,   aslida   esa   Yoshiuzoqni   jazolab   odamlarni   ishonchini
oqlashi   kerak   edi.     Yoshiuzoq   xalqni   shilishdan   tashqari   unga   yordam   bergan
Berkinboyning xotini bilan don olishib yurdi. Berkinboyning qilgan gunoh ishlari
ham jazosiz qolmasdi, shular sabab o’g’linoqobil, xotini xiyonatkor bo’lib chiqdi.
Yoshiuzoqning   ham   qilib   yurgan   qilmishlari   uchun   daxshatli   tovon   to’ladi.
Berkinboyning   o’g’li   hammasini   ko’rib   uni   boltalab   tashladi.   Yuqorida   aytib
o’tganimizdek asar bejizga “Shamol o’yini” deb atalmagan shu voqealardan so’ng
Yoshiuzoq,   Berkinboy   ham   shamol   o’yinidek   yo’q   bo’ldi   ketdi,   xattoki   ularning
uyidan   ham   nom-nishon   qolmadi.   Faqat   o’sha   paytda   yo’q   bo’lib   qolgan   Niso
achaning   iti   paydo   bo’lib   qoldi.   Asarning   bu   voqealaridan   yozuvchi   nima
demoqchi bu hayotda egasiga sodiq, egasini qo’riqlab yotgan itga hayot bor. Lekin
butun   qishloqni   alg’ov-dalg’ov   qilib   xalqni   buzadigan   odamlarga   hayot   yo’q,ular
bir   shamolday   yo’q   bo’lib   ketadi.     Bu   gunohlari   bilan   ismi   jismiday   yoshi   uzoq
bo’lmaydi.   Bu   qilmishlari   bilan   ismi   jismiday   berkinib   yurolmaydi   demoqchi
bo’ladi yozuvchi. Bu qissadagi momolar haqida ham gapirib o’tadiga bo’lsak, ular odamlarni g’iybat qilishdan,   boshqa bir qishloq aholisiga jinlar kelgan deyishdan
boshqasini   bilmaydi.   Ular   oilasi   uchun   mehnat   qilib,   kuyib-pishish   o’rniga   oddiy
bir   cho’ponning   uloviga   ko’z   olaytiradi.   Shunchaki   bir   rivoyatdagi   onam   yolg’iz
zerikmasin   deb   qo’shni   momolar   bilan   o’tirgan   vaqt   uloq   so’yib   beradi,   onasi
zerikmaydi. Shu voqeani o’zlariga odat qilib olib agar cho’pon uloq olib kelmasa
uyiga ham yuzidagi pardasini olib tashlab borib cho’ponga qattiq gapiradi, cho’pon
esa   uloq   berishga   majbur   bo’ladi.   Agar   momolar   o’zini   o’ylamaganda   yeyishga
noni   yetmaydigan   oilalarga   tarqatgan   bo’lar   edi.   Kampirlar   Niso   achanikida
yig’ilib o’tirganida kuchli shamol ko’tariladi.Shunchalar kuchli shamol ediki, Niso
achaning   itini   uyi   bilan   uchirib   ketadi.   Deraza   ochilib   turli   narsalar   uchib   kiradi,
kampirlar   qo’rqib   ketishadi   kampir   uyning   shipiga   qaragan   edi   turli   axlatlarni
ko’radi.   Shamol   to’xtashi   bilan   ne   ko’z   bilan   ko’rsinki,   boyna   tepaga   qaragan
kampining yuzi qiyshayib qolgan edi. Kampirlar daxshatga tushadi. Qo’rqganidan
hammasi   uyiga   keta   boshlaydi.     Bir   oz   avvalgina   o’zlaridan   folbin   yasab   olib
odamlarni   hayotini   g’iybat   qilayotgan   kampirlar   bir   soniyaning   ichida   nima
bo’layotganini anglayolmay qoldi.
Yozuvchi qissalarini o’qib chiqar ekanmiz. Oddiy bir detaldan ham qandaydir katta
ma’no   anglashinib   turishini   ko’ramiz.   Asarlaridagi   har   bir   harakter   voqealar
nimagadir   ishora   qiladi.   Yozuvchi   asarlarini   shunchaki   o’qish   uchun   yozmaydi.
O’quvchi o’qisin, qiziqsin, o’ylansin va anglab yetsin deganday yozadi.
Adibning “ Sho’rodan qolgan odamlar” qissasida ham ruhiy istiroblar iskanjasidagi
Ona   obrazi   mahorat   bilan   talqin   etilgan.   Onaning   qalbidagi   ruhiy   istiroblar   davr
yetishtirgan   inson   fojiasi   bilan   uzviylikda   namoyon   bo’ladi.   Masalan:
Toshmurodni  sud qilgan sud raisi qalbidan kechgan o’ylar, bolalarini o’ldirmoqchi
bo’lgan   eriga   o’qlov   tushirib   o’shqirib   qo’ygan   ayol   ruhiyati,   nazoratchi   ko’rgan
tushi,   bir   tup   ko’knori   ekib,   tushgan   dehqon   ruhiyati   ham   asarda   asosli   talqin
etilgan.   Qissadagi   buvi,   kampir,   eshak   mingan   qariya,   o’qituvchi,   qaamoqxona
boshqa   epizodik   obrazlar   qo’lga   aka,   uka,   ona   kabilarning   xarakter   qirralarini
ochishga   asosiy   vosita   bo’ladi.   Adib   asarlarining   qahramonlari   nom   bilan   emas,
ko’proq   laqab   bilan   ataladi.   Bu   yozuvchining   o’ziga   xos   badiiy   usullaridan   biri ekanligini   ko’rishimiz   mumkin.   Qissadagi   o’g’ili   Tosnmurod   garchi   tipik   obraz
bo’lmasada   undagi   insoniy   hislatlar   otasi     va   amakisinikiga   qaraganda   ancha
baland ekanligini his etamiz. Umuman olganda, Shoyim Bo’tayev bu asarida rang-
barang obrazlar, voqealar, ruhiyat tahlillari o’rin olgan. Asarda insondagi mudroq
qalbni uyg’otishga bo’lgan ilinj yetakchilik qiladi. 
Rus   adabiyotshunosolimi     M.Xrapchenko   yozganidek;   “ yozuvchi   ijodining
ko’tarinki ruhi uning badiiy asarlariohangining asosiy xususiyatlari, ustunlik kasb
etuvchi   uslubi   bilan   uzviy   bog’lanadi”,   -   degan   qarashlari   va   talqinlarida   ham
hayotni o’ziga xos talqin etish bilan izohlash mumkin.
Shoyim   Bo’tayevning   yana   bir   qissasi   “ Bir   kunlik   mehmon”da   ham   turli
xarakterlar   gavdalanadi   va   o’sha   obrazlar   orqali   asarning   chuqur   ma’nosi   ochib
beriladi.   Yozuvchining   asarlarida   aks   etgan   an’ana   ya’ni   obrazlarga   nom   qo’yish
bu asarda ham o’z aksini topgan.
Asar   Saidning   mehnat   ta’tilida   birga   o’qigan   kursdoshini   ko’rish   uchun   uzoq
qishloqqa   borishidan   boshlanadi.   Xolmo’min   kursdoshinikiga   borganidan   so’ng
uning   xayollari   tubdan   o’zgaradi.   Said   Xolmo’minning   hozirgi   holatini   ko’rib
avvalgi     Xolmo’mindan  asar   ham  qolmagan  deb  o’ylaydi.  Mehmon  bilan o’tirish
uchun Xolmo’min o’g’liga  “ doktor bobongni aytib kel” deb jo’natadi. Xolmo’min,
mehmon, va doktor bobo tabiat qo’ynida aylanishga chiqadi, shunda mehmonning
kavaklarga ko’zi tushib bu nima deb so’raganida doktor bobo kavaklar deb javob
beradi.   Xolmo’min   esa   bu   gapga   kulib   yuboradi,   chunki   mehmon   ham   u   joy
kavakligini   bilardi,   faqat   nima   sababdan   unday   bo’lib   qolganiga   hayron   qolardi.
Shunda Xolmo’min mehmonga eshitganlarini aytib beradi. 
Aytishlaricha, bu yerlarga bir mahallar juda ko’p qushlar in qurishgan ekan...
– O’zim ham shunday bo’lsa deb o’ylovdim, ming’irladi doktor bova.
–   U   qushlar   qandaydir   boshqacha     odatda   ana   shunday   joylarga     qo’yadigan
musicha   yoinki   ko’k   kaptarlarga   hech   o’xshamasmish   ,   u   qushlarning   ko’zlari
ikkita munchoqday ekan, qanotlariyam zangori rangda tovlanarmish – Zangor qushlar ekan – da so’z qo’shishdan tiyolmadi do’xtir bova.
Xolmo’min   e’tibor   bermadi.   U   qandaydir   boshqacharoq   bo’lib   qolganday   edi.
Mehmon   ham   buni   payqagan   bir   mahallar   birga   o’qigan   oshnasini   endi-endi
anglayotganday edi.
- Kunduzlari   qushlar   uyasining   og’zi   hozirgiday   qorayib   turgani   bilan
kechalari ichkariga chiroq yoqib qo’yilganday yorishib ketarkan .
Do’xtir bova yana o’zini tiyoladi:
- Afsona
Mehmon unga norozi tarzda qarab qo’ydi.
  Xolmo’minning hozirgi  holati   yuz-ko’zidagi   ifodalar  so’zlayotgan  so’zlari,
mehmonga ilgarigi paytlardagidek o’z holatiga qaytayotgan edi.
- Ularning uyalari ostidan o’tgan odam qandaydir muattar havolarni tuyarkan.
Butun g’am – alamlari yozilib, unutilib ketarkan.
 Do’xtir bova kulib:
- Jin! – dedi.
- Ular muqaddas qushlar ekan, – so’zini yakunladi Xolmo’min.
- Qandaydir sabab bilan bu yerlarni tark etib ketishgan ekan... 
Yozuvchi qissada keltirilgan bu hikoyadan shunday xulosaga kelamiz.  O’sha
davrda   yashagan   odamlar,   ular   yashagan   makon   hamma-hammasi   pok,
muqaddas   edi.   Odamlar   bir-biriga   ahl   jonivorlarni   asrab   yashagan   xalq   edi.
Endi   esa   odamlarda   mehr-oqibat,   vatanga,   tabiatga   bo’lgan   mehr-muhabbat
yo’qolib   borayotganligini   ko’ramiz.   Qissada   yo’lakdan   odamlar
o’tayotganini ko’rib do’xtir bova ta’rif qilgan ko’prikni ikki marta sel oqizib
ketgan   edi.   U   yerda   yotgan   narsalarni   odamlar   tashib   ketayotganini   do’xtir
bova aytib nolib qoladi. Shunda mehmon „ nega hukumat qaramaydi”,- deb
so’raganida, Xolmo’min qizishib gapirib ketadi:
– Falon – piston   qishloqlar o’rtasidagi muhim aloqa yo’lidagi ko’prik qurilishi
deb   yelib-yugurishadi.   Sanginga   o’xshagan   haqiqatchilarni   ularning o’zlarigayam   asl   niyatni   bildirmaygina   ishga   solib   yuborishadi,   ular   „tuya
7
go’shti   yegan   ko’prik”,-   deb   idorama-idora   izg’ishadi,   bor-budlarini   sarflaydi,
yozishadi oxiri moshin-moshin qurilish materiallari undiriladi.
Ko’prikning   yonidan   o’tmay   haligi   kattaning   uyiga   tashiladi.   Sanginlarga
eshakning   dumiyam   tegmaydi.   Ishlarini   bitirib   olishgach   ularni   yomonotliqqa
chiqarishadi.
Yozg’uvchi   deyishadi,-   shu   gaplarni   aytayotib   Xolmo’min   kutilmaganda
mehmonga   tashlanib   qoldi.Biz   –   ku,   qishloqda   qolib   ketdik.   Mingta   diplom
ko’rsatsak   ham   gapimiz   biron   joyga   o’tmaydi,   qo’lga   qarashib   pul   bo’lmasa
mimg   allomai   zamon   bo’lsang   ham   odam   o’rnida   ko’rishmaydi.   Sizlarchi?
kattakon   shaharda   vazirlikda   ishlaysizlar,   gazet   o’qiysizlar,   televezorda
gapirasizlar   ammo-lekin   ko’p   odam   payqab   turgan   hodisalarni   ko’rmaysizlar
naq osmondan kelasizlar. Puch, safsata gaplarimizni odamlar eshitib yotibdi deb
o’ylaysizlar,   go’ringizga   g’isht   qalashtirib   turganini   bilmaysizlar,     chunki
hayotdan uzoqsizlar. Yo’q-yo'q hammasini bilasizlar  ko'rib-ko'rmaslikka, bilib-
bilmaslikka olasizlar. 
Bejizga B.Yo’ldoshev aytganidek, Shoyim Bo’tayev asarlarida kinoya, piching
mohirona   usulda   yoritiladi.   Asarda   keltirilgan   yuqoridagi   kinoya,pichinglar
bejizga   keltirilmagan,   albatta   bu   hayotdagi   ayni   haqiqatlar   edi.   Yozuvchi   o’zi
aytolmagan   fikrlarini   asardagi   obrazlarni   gapirtirgan   holda   aytib   o’tgan.
Xolmo’minning   gaplaridan   biz   asar   boshidagi   Xolmo’minga   o’xshamagan
odamni   ko’ramiz.   Uning   ichi   dardga   to’la   edi,   ya’ni   u     hayotda   bo’layotgan
nohaqliklarning asl yuzini ochib tashlagandi. Shu gaplardan so’ng mehmon ham
o’tgan   hayotini   o’ylay   ketdi.   Hayotida   o’qigan   ishlayotgan   bo’lsa   ham   uning
ishi   xuddi   o’sha   boshliqlarni   tur   desa   turib,   o’tir   desa   o’tiradigan   odam
ekanligini   o’ylab   qoldi.   Mehmon   shu   bir   kunlik   mehmon   bo’lgan   qishlog’ida
turli xarakterli odamlarni ko’radi. Asarda qishloqda bo’lib o’tayotgan to’y Nazir
cho’ponning   to’yida   bir   to’da   „nozik”   mehmonlarni   bir   uyga   kirgizishadi.   U
xonada rais yordamchisi, xashak birigadiri, bit dori bilan ta’minlovchi yig’ilgan
7
 Shoyim Bo’tayev “Bir kunlik mehmon”. Toshkent. 2009. 50 b
   B.Yo’ldoshev . “Qissalar poetikasi” 50 b edi. Nazar cho’pon rais yordamchisidan raisni qayerdaligini so’raganida tenisga
deb javob beradi. U yerda o’tirgan   “ kattalar” esa bir-birlariga qarab tenis   nima
ekan   deb   hayron   bo’ladi.   Asaning   aynan   shu   yerini   o’qib   “ kattalarga”   achinib
kulgingiz   keladi,   sababi   dunyoda   bo’layotgan   o’zgarishlardan   bexabar,   tenis
nima ekanligini bilmaydigan, qorin dardida yashaydigan odamlar edi.
Asarda So’pi bilan Abdi obrazi keltirilgan bo’lib, yomonlik borasida bir-biridan
o’tardiki,   qolishmaydigan   edi.So’pining   uyi   yonyabdi   ekan,   degan   xabarni
eshitgan  Xolmo’min,  mehmon, do’xtir   buva va  qishloq  ahli  uning  uyiga qarab
yo’l oladi. Mana shu So’pining uyiga ketish davomida So’pining qanday odam
ekanligi ochilib boradi. Uning uyi yonishini otasi tushida ko’rgan ekan, odamlar
bu gaplardan xabardor bo’lib, shu kun kelibdida deb yo’lga ravona bo’lishadi.
So’pi bilan Abdi qo’shni bo’lib bir-birining uyiga o’tib bemalol narsalarini olib
ishlataverar   ekan.   So’pi   Abdining   uyidan   olgan   maydaroq   narsalarni   qaytarib
bermay   o’g’irlab   olib   qo’yarkan.   Abdi   esa   So’pining   bitta-yu   bitta   bo’sh
o’g’lining   xotini   bo’lmish   kelini   bilan   yuradi   degan   gap   hammaning   og’zida.
So’pi   qishlog’iga   qovun   sotgani   kelgan   yigitlarni   kelinimning   akalari   deb,
yigitlarga yordam  bergan kishi  bo’lib, ularni  rossa  shiladi. Bundan  tashqari  bir
cho’pon suruvi bilan bu qishloqdan   o’tishida uning uyida tunab qoladi. Ertlab
turganida So’pi unga tuxmat qiladi. 
Ertalab   cho’pon   o’rnidan   tursa,   boshida   So’pi   oshpichoqni   qilichday   ushlab
turganmish.   Ha,   sizga   nima   bo’ldi,   debdi   qo’y   haydab   tushgan   odam   o’takasi
yorilayozib.   Kelinimga   nega   tegishding,   do’q   uribdi   so’pi.   O’limdan   xabarim
bor,   bu   gapdan   xabarim   yo’q   deganicha   quruq   tuxmat   balosidan   qo’y   haydab
tushgan   odam   qalt-qalt   titrabdi,   to’rtta   bolam   bor,   xotinimdan   bo’lak   ayolning
yuziga ko’zimni  ko’tarib qaramaganman deb qasam  ichibdi. Axiyri, yigirmatta
qo’y tashlab ketib, qutulibdi. O’sha pulni esa imoratiga ishlatgan edi. Albatta u
odam  o’sha  vaqt   So’pini  qarg’agan.  Asarning yana  bir  joyida  oqsoqollar  Elchi
bovani uy yonayotganini So’pining urug’lariga aytgani  jo’natadi. U yoqdagilar
ham   birma-bir   so’pining   qilgan   yomonliklarini   sanab   o’tadi.   Andarvashtdagi
og’aynilariga   falokatni   aytganida,   ular   So’pining   yomonliklarini   aytib tashlashadi.   Bir   kampirning   turmush   o’rtog’ini   sotib,   uning   o’limiga   sababchi
bo’lgani uchun kampir uying kuysin deb qarg’agan ekan. Shundan jahli chiqgan
andarvashtliklar   Elchi   bovani   urmochi   bo’ladi,   u   esa   zo’rg’a   qochib   qutiladi.
Hammasini   aytib   bergan   Elchi   bova   bir   haqiqatni   aytib   o’tadi.   Bolalik
shosupasidan tushganingdan so’ng, hayoting butunlay o’zgaradi. Bu gaplar ayni
haqiqat inson bolaligida farishtadek pok bo’ladi, kattargan sari u muhit ta’sirida
yoki   boshqa   sabablar   bilan   o’zgara   boshlaydi,   ko’p   odamlar   esa   yomon
yo’llarga   kirib   ketadi.   So’pining   qilgan   yomonliklarining   sanog’i   yo’q   edi,
xattoki   u   odamlarning   haqqini   yeyishdan   ham   tap   tortmasdi.   Tegirmon
orqasidan   kun   ko’rib   odamlarning   haqqiga   xiyonat   qilardi.   Bir   yolg’iz
yashaydigan kampirning yarimqop bug’doyini o’maradi.So’pi afsuski, yozuvchi
bejizga   yozmaganidek   hozirgi   kunimizda   ham   uchrab   turadigan   inson
qiyofasidagi maxluq edi.   Uning harakterida insonga xos bo’lgan yaxshiliklarni
topish mushkul albatta.
So’pining   uyi   tomon   ketar   ekan,     ular   bir   daraxtning   yonidan   o’tishida
shovullagan   ovoz   eshitiladi,   mehmon   hayron   bo’lib   so’raganida   Xolmo’min
aytib   beradi.   Bu   daraxtda   avvalari   qushlar   to’da-to’da   bo’lib   qo’nib   sayrab
yotishar ekan. Bir kuni laklak degan qushlar tinmay sayrayveribdi, odamlarning
jahli   chiqib   ularni   o’ldiribdi.   Lekin   bir   muddat   o’tib   u   daraxtdan   katta   ilon
chiqib kelayotganmish, shunda odamlar anglab yetibdiki, qushlar ilondan xabar
berayotgan   ekan.Bu   xuddiki   Erkin   Vohidovning   “ Ruhlar   isyoni”   dostonida
keltirilgan donishmand, Nazrul Islom obraziga o’xshaydi. Xalqni xavfdan ogoh
etib, ularni ogohlikka chaqirgani sari, ular “ kattalar”ning undovi bilan yer bilan
bitta qildirilgan. Jismoniy va ma’naviy o’ldirilgan. 
Asardagi Said ham So’pining uyi tomon ketar ekan, shu vaqtgacha anglamagan
narsalari birma bir ko’z o’ngidan o’taverdi. Qorong’u zulmatdan chiqgan zulmat
bolasi uning ruhiyati ichiga kirib boraverdi, u bilan gaplashdi. Yigirma yil bitta
kursida   o’tirib   boshliqning   chizgan   chizig’idan   chiqmay   hech   ish   qilmaganini
birinchi   bor   his   etdi.   Zulmat   bolasi   uning   ayblarini   ochib   tashladi.   Asarni
sinchiklab o’qir ekansiz, odamlarning bir biriga turtinib borayotganini tasavvur etar   ekansiz,   go’yoki   shu   vaqt   ichida   qiyomat   qoyim   kuni   odamlarning   qilgan
ishlariga javob berish uchun Alloh dargohiga shoshilayotgandek, qil ko’pirikdan
o’tish uchun bir-birlariga turtinib o’tayotganday tuyiladi. Asar nomidan ham shu
tarzda   tahlil   etadigan   bo’lsak,   odamlarning   bu   hayotda   bir   kunlik   mehmon
ekanligi, bu dunyoda hech kimustun bo’lolmasligi, barcha qilgan ishi uchun o’zi
javob berishini anglab yetamiz.
Shoyim Bo’tayevning yana bir qissasi  “ Shohona sovg’a”  qissasida ham shunga
o’xshash   holatlar   yuz   bergan   pensiya   yoshigacha   bosh   vazir   bo’lib,   birovning
haqqiga xiyonat qilmagan sobiq vazir bolalariga hamma narsani muhayyo qilib,
hech narsaga zoriqtirmay o’stiradi, lekin katta bo’lgan bolalar, tarbiyasiz bo’lib
o’sadi.   Sobiq   vazir   ishiga   shunday   sodiq   ediki,   Arab   podshosi   unga   qancha
so’rasang beramiz qilgan ishlaring uchun deb aytganida, sobiq vazir menga hech
narsa kerak emas, yurtim tinch bo’lsa bo’ldi deb aytadi. Shunda podsho shohona
sovg’a   hassa   beradi.   Sobiq   vazir   qariganda   bolalari   emas   shu   hassaga   tayanib,
yolg’iz   olib   ketadi   va   qishloqqa   borishni   reja   qiladi.   Shunda   bolalarini   yig’ib,
ulardan   biz   bilan   qoling   ota   degan   bir   iliq   so’z   kutadi,   ammo   noqobil   bolalar
otasidan   mulk   talab   qiladi.   Bizga   nima   berasiz   deb,   otasini   uyidan   ham   umid
qiladi,   hech   narsa   undirolmagach   aka-singil   indamay   chiqib   ketadi.   Ba’zi
kishilar   asardan   ta’sirlanmay   o’qib   chiqishi   mumkin,   ammo   shularni   o’qir
ekansiz   ichingiz   larzalanib   ketadi.   Otasining     hech   narsasi   yo’q   paytida   kerak
emas,   bo’lib   qoladi.   U   yolg’iz   qolib   o’z   ichki   dunyosi   bilan   gaplashganda,
ruhiyatida   siniqlik   paydo   bo’ladi.   Ichidan   qilgan   ishlarini,   bolalarini   yidirib-
ichirib   bekamuko’st   katta   qilganini   o’ylaydi-yu,   lekin   ish   bilan   bo’lib   bola
tarbiyasini unutganini yodidan chiqaradi. 
  Shoyim   Bo'tayev   o'z   ijodiy   asarlariga   o'zligini,   shaxsiyatini,   xalq   “ men”ini
yashirin   tarzda   joylagan   ijodkorlardan   biri.   Adib   o’tgan   asrning   kirli   qora
kunlarida   xalqning   boshiga   kelgan   muammolarni,   zulumatli   kunlarni   turli
illatlarni o’z so’zlari bilan ayta oladi. Yozuvchi asarini o’qib, aynan toptalgan el
g’ururi-yu,   yoshlarga   ta’sir   o’tkazgan   illatlarni   tajallisini   ko’ramiz.   Yuqoridagi
fikrlarimiz dalili sifatida ijodkorning yana bir qissasi   “ Muyulishdagi uy” haqida fikr   yuritamiz.   Yozuvchining   asari   borki,   u   qaysidir   tomoni   bilan   ijodkor   hol-
hayotiga   ulanadi.   “ Muyulishdagi   uy”   asaridagi   ilgari   surilgan   katta   hayotga
qadam   qo’yish   arafasida   turgan   yohlarning   ruhiyatida   zamon   o’zgarishlarining
ta’sir   kuchi   qay   darajada   ekanligi   tasvirlanadi.   Bizga   ma’lumki,o’zbek   xalqi
azaldan oiladagi farzand tarbiyasiga katta e’tibor berib kelgan.Bu borada o’ziga
xos   uslublarda   boshqa   xalq   vakillariga   o’xshamas   tomonlari   bir   talay.
Demakbizda   yoshlarni   mustaqil   hayotga   qadam   qo’yib,   to’g’ri   yo’ldan   yurib,
o’z   maqsadli   manziliga   yetishida,   albatta   ulug’larni   maslahatlari   muhim
ahamiyat  kasb  etadi. “ Muyulishdagi  uy” qissasi  olib tahlil  etilsa,  aytish kerakki
“ Shamol   o’yini”   yoki   “ Sho’rodan   qolgan   odamlar”   qissalaridagi   kabi   milliy
ruhiyat,   xalqning   o’ziga   xos   qarashlari   u   qadar   sezilmaydi.   Qissa   poetikasiga
e’tibor   berilsa   uslubdagi   past-balandliklarni   sezish   mumkin.   Badiiy   nasrning
murakkabligi   shundaki,   ijodkor   ruhini,   qahramonlar   xarakterini   o’ta   ishonarli,
tasvirlarda bera olishi kerak. Boshqacha aytganda, asardagi har bir fikr, so’z kim
tomonidan, qanday kayfiyatda aytilayotgani ma’lum bo’lishi kerak. Bunda bari
ma’naviyat,   ruhiyat,   milliylik,   badiyat,   ijtimoiy   muhit   davr   illatlari,
taraqiyotning   salbiy   va   ijobiy   natijalari   yaqqol   ko’rinadi.   Qaysi   g’oya   ilgari
surulganini   uslub   qo’llanishiga   qarab   osongina   aytish   mumkin.   “ Muyulishdagi
uy”   qissasi   olib   tahlil   qilinganida   aytish   mumkinki,   “ Shamol   o’yini”   yoki
“ sho’rodan   qolgan   odamlar”   qissalaridagi   kabi   milliy   ruhiyat,   xalqning   o’ziga
xos   qarashlari   u   qadar   sezilmaydi.   Umumiy   ma’nodagi   xalq   orasidagi   kirib
kelgan   yot   illatlar   el   milliy   urf-odatlariga   salbiy   ta’sir   ko’rsatishi   va   bu   orqali
millat   o’zligiga   xurmatsizlik,   yoshlar   tarbiyasida   buzilishida   zamon
o’zgarishlarining   ta’siri   kabi   tasvirlar   beriladi.   Ammo   bu   millat   ruhiyati
butunlay   yo’q   degani   emas,   albatta.   Xususan   qancha   jinoyatlarni   ko’chasiga
nazar tashlab, jinoyat vakillarini munosabati ta’siridan qo’pol, ochiq so’zlashga
odatlangan   Toshquvvatning   ko’ngli   tubidagi   asli   insoniy   tuyg’u,   mehr,
samimiylik   butunlay   o’lmagandi.   Bu   xususiyatlar   insonlarda,   ma’lum
ma’nodagi avloddan – avlodga o’tuvchi genetik hodisalar sirasiga kiradi. Desak
xato bolmas. Toshquvvat ham bir o’zbek oilasining farzandi edi. Halol, vijdonli kishilar   tarbiyasini   ko’rgandi.   Ammo   ma’lum   bir   muhitning   ta’siriga   tushib
hayoti izdan chiqdi. Qissada shunday tasvirlar beriladiki, u o’zi tug’ilib o’sgan
olis   qishlog’i,   ota-onasi,   yaqinlari   yoniga   qayta   olmasligini,   qanchalik   xohlasa
ham buning iloji yo’qligini aytadi.
].
II BOB YOZUVCHI  QISSALARIDA BADIIY KONFLIKT
1-FASL. BADIIY KONFILIKTNING ADIB QISSALARIDAGI TALQINI AYTISH
Konflikt(   lotinchada-   ixtilof,   to’qnashish)   qarshi   tomonlar,   fikrlar,   kuchlar
to’qnashuvi;   b)   adabiyotda   va   san’atda-badiiy   asar   mohiyatida   yotgan   ziddiyat,
personajlarning   o’zaro   to’qnashishi,   ixtilofi.   Konflikt   epik   asarlarga   nisbatan
qo’llanadi,lirik     asarlardaesa   u   kolliziya,   kechinma,   fikr   oqimi   tarzida   namoyon
bo’ladi.   Konfliktning   uch  xil   ko’rinishi   mavjud:   asar   qahramonlarining   bir-birlari
bilan   to’qnashuvi,   kurashi;   shart-sharoit,   muhit   bilan   to’qnashuv,   o’z-o’zi   bilan
ichki   kurash.   Drama   konfliktniharakatni   rivojlantiruvchi,   keskinl ikga   e ga.
Konfliktda   yozuvchining   dunyoqarashi,   voqelikni,   hayotni,   dunyoni   va   insonni
qanday   idrok   etishi   va   tushinishi   namoyon   bo’ladi.   Dramaturgiyada   “tashqi”
konflitga   keng   o’rin   beriladi,   bunda   qahramonlar   o’zaro   ixtilofda,   kurashda
bo’ladi, “ichki” konflikda esa qahramonning o’z burchini his etishi bilan ojiz ruhiy
tomoni,   hissiy   iztiroblari,   holati   o’rtasidagi   ziddiyat   tarzida   ko’rinadi.   Mazmuni,
yo’nalishi   nuqtai   nazaridan   konfliktning   maishiy,   axloqiy,   ijtimoiy,   siyosiy,
falsafiy   va   boshqa   turlari   mavjud.   Voq iya lar   rivoji   davomida   ijtimoiy   konflikt
siyosiy   konfliktga,   siyosiy   konflik   falsafiy   konfliktga   aylanishi   mumkin.   Katta,
o’tkir g’oyalar uchun keskin kurashga asoslangan to’qnashuvda fojiaviy ruh ustun
bo’lib,   fojiaviy   konfliktni   tug’diradi   yoki   kulguli,   o’tkir   hajviy   yo’nalishdagi
vaziyat,   holat,   voqealar   kulgili   ruhni   hosil   qiladi.   Konfliktning   mohiyati   zamon,
makon   bilan   jips   bog’liq.   Shunday   konfliktlar   bo’ladiki,   davr   o’tishi   bilan   ular
barham   topadi.   Dunyoda   yaratilgan   asarlar   konflikti   zaminida   taqdir   taqozosi
turgan bo’lsa, o’rta asrlardagi asarlarda ilohiy kuch bilan insondagi shaytoniy xirs konfliktning asosini tashkil etadi. Romantizm davrida voqelik, muhit, shart-sharoit
bilan   ideal   o’rtasida,   yaxshilik   bilan   yomonlik,   ruhiy   erkinlik   bilan   turmush
tashvishlari  o’rtasidagi  ziddiyat  hukmronlik qilgan, realizm tantana qilgan davrda
inson   mohiyati,   uning   istagi,   imkoniyati   bilan   ijtimoiy-tarixiy   shart-sharoit
zaminida   konflikt   yuzaga   kelgan.   Shunday   boqiy   mavzular   borki   (masalan,
saxiylik va xasislik, vafodorlik va bevafolik, tiriklik va o’lim), bularda konflikt har
bir davrning ma’naviy, ruhiy talab va ehtiyojlaridan kelib talqin qilinadi. Sho’rolar
davrida   sotsialistik-realizm   metodi   hukmronlik   qilgan   davrda   konflikt   zaminiga
ijtimoiy-sinfiy   antagonizm   qo’yilgan   va   bu   ziddiyatning   inqilobiy   yo’l   bilan
yechilishi   talab   qilingan,   individual   axloq   bilan   jamoa   ongi   o’rtasidagi   kurash
tarzida   qo’yilgan.     Sho’ro   tuzumini   tanqid   qilish   man   etilgan   va   shu   tufayli
adabiyotda,   ayniqsa   dramaturgiyada   konfliktsizlik   “nazariyasi”   kelib   chiqqan.
Hayotdagi   ziddiyatlarni   chetlab   o’tish,   voqelikni,   hayotni   bo’yab   ko’rsatish,
insonni   shunchaki   bir   qo’g’irchoq,   robot   tarzida   ko’rsatish   bu   davr   adabiyotining
bosh   belgisi   bo’lgan.   Milliy   mustaqillik   tufayli   o’zbek   adabiyoti   va   san’atining
ijodiy   usuli   realistik   metod   bo’lib   qoldi,   hayot   va   insonni   haqqoniy   tasvirlash,
voqelikdagi   ziddiyatlar   ko’lami   va   mohiyatini   teran   ochish,   inson   va   jamiyatning
kamol   topishidagi   qiyinchiliklarni,   murakkab   jarayonlarni   oqilona   tasvirlash
yagona   mezonga   aylanadi.   Ammo   yozuvchi,   san’atkor   voqelikdagi   ziddiyatlarni
qanday bo’lsa, shundayligicha badiiy asarga ko’chirmaydi, aksincha, ularni tanlab
oladi,   umumlashtiradi,   yanada   keskinlashtiradi,   ular   ma’nosi,mohiyatini   ochadi,
tushuntiradi.lirik   asar   Istiqlol   tufayli   har   bir   sohada   bo’lganidek,   milliy
adabiyotimizda   ham   muhim   o’zgarishlar   yuz   berdi.   O’zbek     xalqining   ma’naviy-
axloqiy   ideallarining   o’sib   borishi,   umuminsoniy   qadriyatllarimizning   tiklanishi
adabiyotimizda   ham   muhim   o’zgarishlar   yuz   berdi.   O’zbek   xalqining   ma’naviy-
axloqiy   ideallarining   o’sib   borishi,   umuminsoniy   qadriyatlarimizning   tiklanishi
adabiyotizda ham o’z aksini topa bormoqda.
Badiiy   asarni   qiziqarli   chiqishi,   xarakter   qirralarining   ochilishida   konfiliktning
o’rni   katta.   Yozuvchi   so’zlar   vositasida   manzara   va   inson   portretini   chizar   ekan,
ularni   harakatsiz   qilib   emas,   balki   ularni   mutassil   harakatda   ifodalaydi.   Asar qahramonlari   mutassil   harakatda   bo’lar   ekan,   o’zaro   to’qnashuvlardan   iborat
bo’lgan   harakatda   bo’lar   ekan.   Bu   toqnashuvlar   shaxslar   o’rtasida,   shaxs   bilan
jamiyat   o’rtasida,   yoki   shaxsning   ichki,   ya’ni   ruhiyatidagi   ziddiyatlar   asosida
namoyon bo’ladi. Shunday qilib, badiiy asar syujeti konfliktsiz yashay olmaydi. 
  Nazariy   adabiyolarda   konflift   haqidagi   fikrlarni   ko’plab   uchratishimiz   mumkin.
Akademik I.Sultonov konfliktga quydagicha ta’rif beradi: “Konflikt badiiy asarda
tasvirlangan   xarakterlar,   ifoda   etilgan   g’oyalar,   kayfiyatlar   kurashidir.   Syujetida
konflikt bo’lmagan asar ta’sirchan bo’lmaydi, chunki unda hayotiy haqiqat yorqin
va izchil ifodalanmaydi. Faqat xarakterlar  to’qnashuvi natijasidagina odamlarning
ichki   dunyosi   ochiladi.   Konflikt   butun   asar   syujeti   va   mazmunining   yo’nalishini
ta’min etadi.
T.   Boboev   konfliktga   quyidagicha   ta’rif   beradi:   “Konflikt-   badiiy   asarda   ishtirok
etuvchi   shaxslar   o’rtasidagi   yuzma-yuz   kurash   yoki   qahramonlarning   o’z   a trofini
qurshab   olgan   muhiti,   o’z-o’zi   bilan   ruhiy   to’qnashuvi,   olishuvi.   “Konflikt-
syujetni   harakatga   keltiruvchi   asosiy   kuch.   Agar   syujetni   aftomobil   deb   faraz
qilsak,   konflikt   uning   dvigatelidir;   syujet-tashqi   ko’rinish   bo’lsa,   konflikt   uning
ichki   oqimidir.   Yozuvchi   badiiy   syujet   orqali   muayyan   davrning   ijtimoiy
konfliktlarini   ifodalaydi,   ularga   o’z   munosabatini   bildiradi,   qahramonlar
harakterini   ochadi,   estetik   idealini   olg’a   suradi.   Demak,   konflikt   asar   syujetini
harakatga   keltiradigan   asosiy   kuch   ekan,   usiz   badiiy   asarni   estetik   qiymati   ham
pastlab   boradi,   bu   esa   adabiyot   uchun   katta   yo’qotishga   sabab   bo’ladi.   Olimning
fikrlari   yana  shuni   ko’rsatadiki,  konflikt   badiiy asar  qahramonlarining xarakterini
ochishda muhim ahamiyatga ega.
 Adabiyotshunos olimlar badiiy asarda konfliktning ko’rinishlari turlichaligi haqida
aytib o’tishadi. Masalan, I.Sulton konfliktning uch xil ko’rinishi badiiy asarda o’z
aksini   topadi   deb   hisoblaydi.   “Ularning   birinchisi,   asar   qahramonlari   bilan   ular
yashayotgan hayotiy sharoit orasidagi konflikt, ikkinchisi, bir-biriga qarama-qarshi
xarakterlar   o’rtasidagi   konflikt,   uchinchisi,   asar   qahramonlarining   ichki
dunyosidagi qarama-qarshilikning in’ikosi sifatida, ular xarakteridagi ojiz jihatlar 8
8
 T.Boboyev. Konfliktga nazar  bilan   kuchli   tomonlarning   kurashi   tarzida   namoyon   bo’ladi”.   D.Quranov   ham
konfliktni uch turini ko’rsatadi;
1) Xarakterlararo;
2) Qahramon va muhit
3) Ichki (psixologik) konflikt.
Bundan tashqari boshqa olimlarimiz ham ( H.Umurov, T.Boboev va h.k)
badiiy asarda konfiliktning uch turi mavjudligi haqida aytib o’tishadi. Konfliktning
bu   uch   turi   badiiy   asarda   bir-birini   taqozo   qilib   boraveradi,   ular   badiiy
asardaoaralash holda namoyon bo’ladi. Shuni aytishimiz mumkinki, badiiy asarda
konflikt o’tkirlashib borgan sari uning estitik saviyasi ham ortib boradi. Ijodkorlar
hayotdagi   ziddiyatlarini   o’z   asarlariga   olib   kirar   ekanlar,   uni   bo’rttiribroq,
yorqinroq tasvirlashga intiladilar, bu esa asarni emotsional  ruhini ko’taradi. Inson
paydo   bo’libdiki,   u   ziddiyatlar   qurshovida   yashaydi,   ana   shu   ziddiyatlar   uning
ongini o’stirib boradi, mana shu ijtimoiy ziddiyatlarni badiiy yo’sinda adabiyotga
olib kirilishi va uning badiiy asarda aks etishi, o’tkir syujetli asarlarning dunyoga
kelishiga   omil   bo’ladi,   bunday   o’tkir   ziddiyatlarga   ega   bo’lgan   syujet,   albatta,
o’quvchini badiiy asarga qiziqishini orttiribgina qo’ymay, uni ongiga chuqur ta’sir
ko’rsatadi.   Mana   shu   o’rinda   Akademik   M.Qo’shjanovning   quyidagi   fikrlariga
e’tibor qaratsak: “Adabiyotning bosh prinsiplaridan biri kisilar ongiga ta’sir qilish.
Bu   ta’sirni   adabiyot   ikki   yo’l   bilan   o’tkazadi.   Hayotni   ijobiy   tomonlarini
ulug’laydi, salbiy tomonlarni qoralaydi. Hayotning salbiy va ijobiy   tomonlari esa
istalga jamiyatda bo’lishi mumkin.Eski tuzim zaminida adabiyot hayotning salbiy
tomonlariga qarshi ayovsiz kurashgan bo’lsa, yangi tuzum zaminida xalqning olg’a
siljishiga   to’siq   bo’ladigan   kamchilik   va   nuqsonlarga   qarshi   ayovsiz   kurashadi,
o’zining   jangovarlik   prinsipini   sira   ham   kamaytirmaydi,   kamaytirgan   taqdirda
qaysi   bir   janrda   bo’lishidan   qat’iy   nazar   konfliktsizlik   botqog’iga   botib   qolishi
hech gap emas. “ Demak, adabiyot inson onggiga ta’sir o’tkazish uchun hayotning
salbiy va ijobiy tomon tomonlarini yoritadi, bu narsa, albatta, konflikt bilan amalga oshiriladi,   shundan   kelib   aytish   mumkinki,   badiiy   asarni   badiiy   jihatdan   yuqori
9
darajaga   ko’taruvchi,   uni   insoniyat   ruhiy   olamiga   ta’sir   o’tkazishiga
ko’maklashuvchi   unsurlardan   biri   bu-konfliktdir.   Zero,   konfliktdan   chekingan
asarlar   badiiylikdan   yiroqlashish   bilan   bir   qatorda   adabiyotda   ham   muhim   ro’l
o’ynamadi. Konfliktning yana bir xususiyati uning xarakterlarni ochib berishdir.
“Ma’lumki,   rivojlanish   qarama-qarshilikning   kurashi   oqibatidadir.   Ijtimoiy
taraqqiyotning   xuddi   shu   qonuniga   muofiq   adabiyotda   ham   hayot   harakatda
ko’rsatiladi.   Badiiy   asar   qahramonlarning   harakati   va   ular   o’rtasidagi   ziddiyatlar
asosida   dunyoga   keladi.   Mana   shu   ziddiyatlar   asar   qahramonlarining   xarakerini
ochishda   muhim   o’rin   tutishini   yuqorida   aytib   o’tdik.   I.Sultonning   “Konflikt-
syujetning   o’zani”-   degan   gapidan   ham   konfliktning   badiiy   asarda   qanchalik
muhim   ahamiyatga   ega   ekanligini   bilib   olsa   bo’laveradi.   Agar   badiiy   asar
ziddiyatlar   asosida   qurilmasa,   bunday   asarning   saviyasi   yuqori   bo’lmasligi   bizga
tarixdan   ma’lum   .   Masalan,   sotsialistik   realizmning   ilk   bosqich   davrini   olaylik,
hukmron   mafkura   tomonidan   sotsialistik   realizm   metodining   o’ylab   chiqarilishi
adabiyot uchun juda katta salbiy ta’sir ko’rsatadi. Bu davrga kelib badiiy asarlarda
konfliktning   kuchsiz   ko’rinishiga   kelganligini   o’sha   davrda   yaratilgan   asarlardan
hammaga   ma’lum.   Akademik   Matyoqub   Qo’shjonov   o’sha   davrlarni   keyinchalik
yodga   olar   ekan,   q h uyidagi   fikrlarni   bildiradi.”   Qirqinchi   yillarning   oxirlari,
elliginchi   yillarning   boshlari.   Adabiyot   va   san’atda   mash’um   “konfliktsizlik
nazaryasi”ning   ayni   avjiga   chiqqan   bir   paytlari.   “Hayotni   real   aks   ettirish   kerak”
deyishning   o’rniga   uni   “mana   bunday   ko’rsatish   kerak,   mana   unday   aks   ettirish
kerak”   deydigan   da’volarning   oshib-toshgan   davri.   Yozuvchi   qaysi   tarafga
qaramasin “mumkin emas” degan belgilar katta harflar bilan yozib qo’yilgan bo’lar
edi.   Bu   xildagi   yozuvlar   qatorida   nimalar   mumkin   ekani   ham   ko’rsatilgan   bo’lar
edi.   Yozuvchi   shularga   qarab   sar   yozishga   majbur   edi”.   Olimning   fikrlariga
tayanib shuni aytish mumkinki, mavjud tuzum nafaqat adabiyotni, balki san’atning
barcha turlarini o’z temir panjaralari orasida ushlab turishi san’atning barcha turlari
uchun   katta   salbiy   ta’sir   ko’rsatdi.   Millat   ruhini   ko’rsatib   beruvchi   adabiyotni
9
 I.Sulton. Adabiyot nazariyasi. Toshkent. madhiyabozlikka   aylantirishga   harakat   qilindi.   Buning   natijasida   adabiyotda
“konfliktsizlik   nazaryasi”   vujudga   keldi.   Misol   uchun,   o’sha   davrda   yaratilgan
G’.G’ulomning   “Yodgor”   qissasini   ko’rib   chiqadigan   bo’lsak,   unda
konfliktsizlikni   yaqqol   ko’rishimiz   mumkin.   Masalan,   qissada   uylanmagan   yigit
Jo’rani  uyiga  bir   begona bolani   o’z o’g’lim   deb uyiga  ko’tarib  kelish  voqealarini
o’qiyotgan   o’quvchi   bu   narsa   katta   ziddiyatlarga   sabab   bo’lishi   mumkinligini
xayolidan   o’tkazadi,   ya’ni   bu   narsa   bizning   mintalitetimizga   to’g’ri   kelmaganligi
uchun   oila   a’zolari   undan   yuz   o’giradi   yoki   qattiq   tanqidiga   uchraydi,   degan
taxmin xayolizda beixtiyor jonlanadi, ammo siz kutgan natija yuz bermaydi, uning
oila   a’zolari   nomigagina   norozi   bo’lib,   bolani   qabul   qilishadi.   Ammo   qissada
butunlay konflikt  yo’q ham deb bo’lmaydi. Qissada  davr ziddiyatlari  ham  uchrab
turadi.   Ammo   bu   ziddiyatlar   o’ta   keskinlashmasdan   o’z   yechimini   topib   ketadi.
Shunday   qilib,   sotsialistik   realizmning   ilk   davri   prinsipiga   binoan,   har   qanday
odamlarni   asarlarda   baxtli   deb   tasvirlanishi,   ziddiyatlarning   o’ta   keskinlashib
ketmasligi   “Yodgor”   qissasi   misolida   ko’rishimiz   mumkin.   Taniqli   o’zbek
yozuvchisi  O’tkir  Hoshimov adabiyotlarning birida shunday  deb yozadi. “odatda,
har qanday yaxshi asar ikkita xolis, ammo beshafqat hakam sinovidan o’tadi. Biri-
kitobxon   sinovi,   biri   –   vaqt   sinovi”.   Bunday   katta   sinovdan   o’tish   uchun   badiiy
asardan mukammal xarakter bilan kuchli konfliktga ega bo’lishlikni talab qilinadi.
  Hozirgi   o’zbek   qissalari   zamon   bilan   hamnafaslikda   rivojlanib,   o’sib   bormoqda,
zero zamon taraqqiyotining har bir bosqichi adabiyotdan ayni davrga xos va uning
talablariga   to’la   javob   bera   oladigan   mavzular   va   xarakterlar   yaratishni   taqazo
etgani   kabi,   bugungi   kun   adabiyotida   ham   bu   narsa   o’z   isbotini   topib   bormoqda.
Yozuvchilar     zamon   talabidan   kelib   chiqqan   holda   inson   ruhiy   olamini
teranlashtirishga,   tafakkurida   ulug’vor   fikrlar   uyg’otishga   harakat   qilmoqdalar.
Hozirgi   kunda   yaratilayotgan   har   bir   janrga   nazar   tashlasangiz,   ularning   oldiga
qo’yilgan   asosiy   maqsadlardan   biri   sifatida   zamon   kishilarini   ham   aqlan,   ham
ruhan   ulg’ayishiga   xizmat   qilayotganini   ko’rasiz.   Bugungi   kun   qissalari   xoh   u
tarixiy mavzuda bo’lsin, xoh bugungi hayotimizning aksi, ya’ni biz yashab turgan
zamonni aks ettirgan.     Yuqoridagi   fikrlardan   shuni   anglab   yetamizki,   konfliktsiz   biz   asarni   eng
mukammal asar deb aytolmas ekanmiz. Biz Shoyim Bo’tayevning qissalarida ham
konfliktning   kuchli   tarzda   yoritib   o’tilganini   ko’rishimiz   mumkin.   Yozuvchining
“Sho’rodan   qolgan   odamlar”   asarini   o’qib   chiqar   ekanmiz.   Asardagi   ota   va   bola
o’rtasidagi   ziddiyat   aka   va   uka   o’rtasidagi   kelishmovchilik   va   ziddiyatlar
e’tiborimizni tortadi.  
Asardagi   oilalarning   parokandaligiga,   u   oilalarni   hech   kim   hurmat   qilmasligiga
sabab   aka-uka   o’rtasida   o’tib   bo’lmas   jarlikka   o’xshagan   ziddiyat   bor   edi.   Ular
yoshligidan  kelishmas  edi.  Ularning bunday  yurishlarini   kattalar  bolalikka  yo’yar
edi.   Lekin   katta   bo’lishgach   aka-ukaning   bir-biriga   bo’lgan   adovati   yanada
kuchaydi. Xattoki, bitta uyda turolmaslik darajasigacha yetib borgan edi. Ularning
urishi   to’xtashiga   ukaning   xotinini   aka-ukasi   bo’lmaganligi   qo’l   keldi.   Uka
qaynota   uyiga   ichkuyov   bo’lib   boradi   va   xuddi   o’zinikiday   hamma   narsaga   ega
bo’lib   qoladi.  Keyinroq,  Nazoratchi   va   o’g’li   o’tasida   ziddiyat   yuzaga   keladi.  Bu
ziddiyatlar zanjirday bir-biriga ulashib ketadi. O’g’ilning bir og’iz bilmasdan aytib
yuborgan  gapi  uchun otasi  uni  kechirmaydi  va   bu bilan endi  ulg’ayib o’qiyman,
o’rganaman  degan  o’g’lining hayotini   barbod  qiladi. Bularning  barchasi   bolaning
ruhiyatiga   ta’sir   etadi.   Nima   qilishini,   qanday   yo’l   tutishini   bilmay   o’rta   yo’lda
qolib ketadi. Oxiri amakisidan yordam so’rash uchun uning yoniga borishga qaror
q iladi.   Toshmurod   dadasi   va   amakisining   kelishmasligini   bilsa   ham   amakisini
yordam berishiga umid qilardi. Ammo amakisi uni jerkib tashlaydi, shundan so’ng
Toshmuroddaamakisiga   nisbatan   konflikt   paydo   bo’ladi,   amakisidan   nafratlanadi.
Shu   paytdan   boshlab   qarama-qarshiliklar   uchburchagi   paydo   bo’ladi.   Toshmurod
dadasiga   bo’lgan   alami   va   amakisining   bunga   qilgan   yomon   munosabati   sababli
o’rtoqlari bilan amakisining molini o’g’irlaydi. Toshmurodning dadasi va amakisi
ham   Toshmurodning   yoshlik   qilganini   sezib   tursa   ham   aka-ukaning   bir-biriga
bo’lgan   alami   sabab   unga   yordam   bermaydi.   Hudbinliklari   bilan   xafa   bo’lish
o’rniga  ichida  ikkalasi   ham   Toshmurodning  qamalganiga   xursand   edi.  Aslida   esa
bu   daxshat   edi.   Mehr-oqibatning   tanazzuli   edi.     Jiyanining   qamalishiga   sabab bo’lgan   amakiga   endilikda   hamma   qarshi   bo’lib   qoladi,   bir   yosh   bolaning   umri
kesilishiga   sababchi   odam   deb   hattoki   hech   kim   yaqinlashmaydigan   lo’lilar   ham
uni toshbo’ron qiladi.
2-FASL. BADIIY XARAKTER VA KONFLIKT UZVIYLIGI
Badiiy asarda xarakter va konflikt talqini yetakchilik qiladi. Shoyim Bo’tayevning
qissalarida   ham   bu   xususiyatini   kuzatamiz.   Hayot   voqealarning   badiiy   aks
ettirishda   yozuvchi  rang-barang  tasvir  vositalaridan   unumli  foydalanadi.  Xarakter
haqida   so’z   yuritgan   adabiyotshunos   Abdug’afur   Rasulov   bu   haqida   yozadi:
“ Badiiy adabiyot jonli odamlar xaraketini yaratishi bilan muhim, zarurdir. Har bir
zamon,   millat   adabiyoti   insonni   qanday   nuqtai   nazardan   tasvirlashi   bilan   bir-
biridan   farq   qiladi...   Hozirgi   ilg’or   jahon   adabiyotida   insonni   barcha   tomonlarini
qamragan   holda,   bus-butun   aks   ettirish   yo’llari   izlanmoqda.   Xullas,   badiiy
adabiyot   xarakter   yaratish   muammosini     har   qachongidan   jadal,   izchil     hal   qilib
berishga intilmoqda. Barkamol xarakter yaratish yo’lidagi ijobiy, ilmiy izlanishlar
davom   etmoqda”.   Inson   jamiyatidagi   yashash   tarzida   turli   ziddiyatlarga   duch
keladi. Nizo  va  ziddiyatlar  inson  umri   davomida,  har   qanday  yoshda,  har  qanday
sharoitda   yuz   berishi   mumkin.   Konfliktlar   uyda,   ko’chada,   maktabda   o’quchilar
orasida,   ota-onalar,   farzandlar,   xodim   va   uning   rabarlari   orasida,   jamoa   a’zolari
o’rtasida   sodir   bo’lishi   mumkin.   Ammo   badiiy   asardagi   konflikt   voqealar   rivoji
natijasida yuzaga chiqadi.
    Adabiyotshunos H. U murov   konflikt   tushunchasi   haqida   quyidagicha   izohlaydi.
“ Sujet   obrazlarning   o’zaro   aloqalari,   ular   o’rtasidagi   qarama-qarshiliklar, simpatiyalar va antipatiyalar ekan, demak, u hayot ziddiyatlarini ham ixtiro qiladi,
umumlashtiradi,   kashf   etadi.   Hayotiy   ziddiyatlar   asarga   ifoda   etilgan   g’oyalar,
tasvirlardan   xarakterlar,   kayfiyatlar   kurashi   tarzida   ko’chadi   va   u   konflikt   deb
yuritiladi.   Konflikt   sujetni   harakatga   soluvchi   kuch.   Uning   ta’sirdorligini
qiziqarligini,   ko’lamli   belgilovchi   unsurdir.   Asardagi   voqealar   tasviri   badiiy
konfliktning turfa xil ko’rinishlarini namoyon qiladi.
Konfliktlar   hech   bir   insonni   chetlab   o’tmaydi.   U   ko’pincha   uzoq   muddat   o’zaro
birga   bo’ladigan   hollarda   ko’proq   sodir   bo’ladi.   Odatda   shunday   tassavurlar
mavjudki,   konflikt-   bu   doimo   tahdid   ,   dushmanlik,   araz,   tushunmovchilik
uyg’otadigan   salbiy   hodisa   sifatida   namoyon   bo’ladi.   Yozuvchi   bu   hodisani
asarigasingdirib yuborishi kerak. 
Konfliktlar,   insonlarning   o’zaro   bir-biriga   ta’sir   ko’rsatishi,   o’zaro
munosabatlar   jarayonida   vujudga   keladi,   shuning   uchun   ham   insonlar   qayerda
bo’lmasin,   oiladami,   jamoat   joylardami   mavjud   bo’lib   o’z   hukmini   o’tkazishga
harakat   qiladi.   Masalan,   Shoyim   Bo’tayevning   “ Sho’rodan   qolgan   odamlar”
asarida aka-ukaning bir-biriga ta’sir o’tkazishi, munosabatlari bunga misol bo’ladi.
Yuqorida   aytib   мo’tganimizdek   konflikt   faqat   insonlar   o’rtasida   emas,   balki   bir
insonning   o’zida,   ya’ni   ichki   ziddiyatlar   ham   mavjud   bo’ladi.   Shuning   uchun
H.Umurov   quyidagi   turlarini   izohlaydi:   “ Psixologik(ruhiy)   konflikt   qahramon
qalbidagi   hissiyotlar,   tushunchalar,   ojiz   va   kuchli   jihatlar   kurashgan.   Ijtimoiy
konflikt-   asar   qahramonlari   bilan   ular   yashayotgan   sharoit   o’rtasidagi   kurash.
Shaxsiy-intim   konflikt-bir-biriga   qarama-qarshi   xarakterlar,   guruhlari   o’rtasidagi
kurash.   Ijtimoiy  konflikt-   bu  taraflardan   biri   ikkinchisi   bilan   qarshilik   yoki   ochiq
kurashga   kirgan  holati. Ijtimoiy  konflikt   bilan bir  qatorda  ijtimoiy-psixologik    va
psixologik   kategoriyalar   ham   ajratiladi.   Konfliktning   asosiy   ko’rinishlari
yozuvchining qissalarida mahorat bilan o’z aksini topgan. 
Har qanday konflikt qamrov doirasi keng bo’lgan ichki va tashqi holatlarga
bog’liq   bo’lib,   bu   holatlar   qanchalik   o’zgaruvchan   va   o’ziga   xos   bo’lishi   o’ziga
xos   mutanosiblikni   tashkil   qiladi.   Konflikt   predmeti   tamonlar   o’rtasida   ob’ektiv jihatdan mavjud bo’lgan yoki biror maqsadni ko’zlab yuzaga keltirilgan muammo
10
tushuniladi. Holbuki, ushbu muammo tomonlarning o’zaro konfliktga kirishuviga
sabab bo’ladi. E’tiborli jihati har ikki tamon ham ushbu muammoni o’z foydasiga
hal   etishdan   manfaatdor   bo’ladi.   Sujet   bilab   konflikt   orasida   ikkiyoqlama   aloqa
kuzatiladi:   bir   tomondan,   sujet   konfliktlarni   umumlashtirib   namoyon   qiladi,
ikkinchi tomondan konflikt sujetni harakatga keltiruvchi 
  Keyingi   yillar   nasrida   o’ziga   xos   uslubi   bilan   kitobxonlar   qalbidan   o’rin
olayotgan   ijodkor   Shoyim   Bo’tayev   asarlarida   ham   badiiy   xarakterlar   yaratish
an’anasi   yetakchilik   qilmoqda.   Adibning   y uqoridagi   fikrlarimizni   jamlagan   holda
badiiy   xarakter   va   konflikt   uzviyligini   birgalikda   ko’rib   o’tadigan   bo’lsak,
Asarlardagi   insonlarning   bir-biriga   bo’lgan   ziddiyatidan   ham   obrazlarning
harakterini   ko’rib   o’tishimiz   mumkin.   Masalan   aka-uka   o’r ta sidagi   qarama-
n ularning   harakatlaridan   xarakterlarini   bilib   olamiz.   Shoyim   Bo’tayevning
“Shamol   o’yini”   asarini   ko’rib   o’tadigan   bo’lsak,   Tepa   qishlog’iga   to’satdan
shamolday   kelib   qolgan   Berkinboy, Yoshi uzoq   va   qishloq   aholisining   hayoti
keltirilgan. Qishloq ahli ularga uy qurilishida yordam beradi, lekin ular aholi bilan
kirishib  ketolmaydi.  Yoshiuzoqni   rais  omborchi  qilib  qo’yadi,  ammo u  vazifasini
suvist’emol   qilib   aholining   don-dunidan   o’mara   boshlaydi.   Bundan   xalq   norozi
bo’la   boshlaydi   va   qishloq   aholisining   ularga   nisbatan   qarshiligi   kuchaya   boradi.
Mana   shu   birgina   Yoshiuzoqning   qilgan   aybini   a y tgani   uchun   bir   begunoh   inson
rais   va   Berkinboy   tomonidan   o’ldiriladi.   Bundan   ko’rinadiki,a sarda   shaxslar
o’rtasidagi ziddiyatdan tashqari butun xalqning bir necha kishiga bo’lgan qarama-
qarshiligini   sezamiz.Mana   shu   konflikt   asar   qahramonlarining   harakterini   ochib
berishgasabab bo’ladi va asar voqealarini cho`qqiga chiqaradi. 
Milliy   adabiyotimiz   zamirida   insonni   anglashga   bo’ lgan   talqinlar   uzoq   yillik
tarixga   ega.   Shu   jihatdan   o’zbek   adabiyotida   qissa   janrining   taraqqiyoti   va   ilk
kurtaklari ham ajdodlar merosiga bog’lanishi bejiz emas. O’tgan asr adabiyotida bu
janrning o’ziga xos shakllanish va taraqqiy etish tarixi mavjud. Chunki bir o’zbek
adabiyotida   bu   janring   o’ziga   xos   shakllanish   va   taraqqiy   etish   tarixi   mavjud.
10
 Sh. Hasanov. Adabiyot nazariyasi”O’quv-uslubiy majmua  Samarqand-2019 Chunki bir o’zbek adabiyotiga bir qator ijodkorlar kirib keldiki, bu adiblar janrning
poetik   talqin   xususiyatidagi   yangilanishlar,   o’zgarishlarni   tom   ma’noda   yuzaga
chiqara oldi.
    Ana   shunday   adiblar   qatoridan   o’rin   olgan   ijodkorlarning   biri,   Shoyim
Bo’tayevdir. Uning keyingi yillardagi bu janrdagi asarlarida  inson va hayot, hayot
va   muhit,   inson   va   jamiyat   nuqtaiy   nazaridan   talqinlarda   eng   avvalo,   turli   xil
evrilishlardagi xarakterlar talqinini kuzatamiz. 
      Shoyim Bo’tayevning  “ Eski arava”,  “ Bir kunlik mehmon”,  “ Shohona sovg’a”,
“ Sho’rodan   qolgan   odamlar”   kabi   qissalarida   murakkab   hayotning   turfa   qirralari
bilan   bir   qatorda,   davrning   o’ziga   xos   ijtimoiy   muammolari   talqini   o’z   ifodasini
topgan.   “ Bir   kunlik   mehmon”da   davrning   va   insonning   istiroblarini   badiiy
mukammalikka ko’tarishga intilsa,  “ Shohona sovg’a”da inson qalbi, poklik, adolat,
haqiqat   tushunchalari   ota   va   farzand   o’rtasidagi   ma’nviy   tanazullar   talqini
yetakchilik qiladi.   “ Sho’rodan qolgan odamlar”ga nazar tashlar  ekanmiz   “ Baxtsiz
oila”   va   “ Ota   –   bola”   deb   nomlangan   ikki   qismdan   iborat   ekanligini   his   eta
boshlaymiz.   Asarda   turfa   xil   xarakterlar   talqini   o’quvchi   qalbini   larzaga   soladi.
Qissada   nazoratchi   obrazi   yetakchilik   qiladi,   umrining   asosiy   qismini
qamoqxonada   o’tkazadi.   Nazoratchi   va   uning   ukasi   o’rtasidagi   eski
dushmanlikning kasriga aka – ukaning ayollari va farzandlari istirob chekadi.
 Adabiyotshunos olima Umida Rasulova  ta’kidlaganidek: “ Yozuvchining badiiy til
vositasida   obraz,   portret,   xarakter,   peyzaj   yaratish,   mohiyatini   yoritishda     zarur
so’z   va   iboralarni   qo’llay   bilishi,   kishi     tasavvurida   konkert   voqea   –   hodisani
gavdalantira   olishi   muhim   ahamiyat   kasb   etishini”   nazariy   jihatdan   asoslab
berganligini   kuzatish mumkin. Turli badiiy tasvir vositalari badiiy tilda namoyon
bo’lar   ekan,   uning   yuzaga   chiqishida   esa,   ijodkor   mahorati   va   uslubi   yetakchilik
qilishi, tabiiydir. 
  Adibning   qayd   qilingan   qissasidagi   voqealar   rivojiga   nazar   tashlar   ekanmiz,
otalik, akalik, oila egaligi  burchidan ham o’zining hukumat oldidagi nazoratchilik
burchini   ustun   qo’ygan   ma’naviy   tanazzul   sari   qadam   tashlab   borayotgan   shaxs
qismati,   uning   fojialari   kitobxonda   nafrat   hissini   uyg’otish   bilan   bir   qatorda, ma’lum bir tizim yaratgan inson qiyofasini his eta boshlaydi. Nazoratchini Sunnat
o’g’riday odam tekis yo’lga solib qo’ysa to’g’ri  borib kelaveradigan, yo’nalishini
o’zgartirmaydigan   tramvayiga   o’xshatganligidan   xursand   bo’lgan   obraz   ko’z
o’ngimizda   jonlanadi.   Ayniqsa,   madrasani   buzib   qamoqxona   qurdirgan
Cho’yanboy qulmanovday ma’naviy qashshoq insonning oxir-oqibat xoru zorlikda
vafot   etishini   ko’ramiz.   U   bamisoli   o’zini   sho’ro   hukumatining   bir   ustuni
hisoblaydi,   hattoki   o’zining   Musayev   deb   ataladigan   familiyasini   Mels   deb
o’zgartirib   oladi,   lekin   bu   odamlarda   kulgu   uyg’otadi.   Birovdan   haq   olmaydigan
va haq bermaydigan nazoratchining uyida ham boshqa uylardagi kabi   “ sichqonlar
hassa   suyanib”   yursada   u  e’tibor   bermaydi.  U   uchun  asosiy   narsa   uning  vazifasi,
burchi.   Yillar   davomida   inson   qalbidagi   tuyg’ularini   anglamasdan   yashashga
mahkum   etilgan   shaxs   fojiasini   teran   tasvirlarda   o’z   ifodasini   topgan.   Davr   va
badiiy   qahramon   o’rtasidagi   dialektik   birlik   mahorat   bilan   ifodalangan.   Buning
zamirida   sotsial   jamiyatning   insonni,   uning   erki   va   qadrini   juda   past   o’rinlarga
qo’yganligi bilan izohlanadi. Chunki ota bolaga, farzand otaga, aka ukaga qarama
qarshi   qo’yilganligi   shu   orqali   jamiyatni,   davr   insonlarini   fikrsiz,   tafakkursiz
tarbiyalash yo’lidan borgan illatlar ochib tashlanadi. Talqinlar zamirida Nazoratchi
–   Shoyim   Bo’tayev   yaratgan   sho’rolar   mafkurasi   asosida   shakllangan,   lekin
qalbining   tub   –   tubda   insoniy   hislatlardan   ozgina   saqlanib   qolgan   yorqin   badiiy
obrazlardan biridir.
Sh.Bo’tayevning   “ Bir kunlik mehmon” qissasida ham konfliktning ichki va tashqi
tomonini   ham   ko’rishimiz   mumkin.   Masalan,   qishloqqa   o’rtog’inikiga   mehmon
bo’lib   kelgan   Saidni   bir   qaraganingizda   yaxshi   ishda   ishlaydigan   boy,   tashvishi
yo’q   odam   deb   o’ylaysiz.   Ammo   mana   shu   bir   kunlik   mehmon   bo’lgan   kunida
tashqi   tomondan   sezilmaydigan   ichki   ruhiyatida   o’zgarish   yuz   beradi.   Uning
ongida     ichki   ziddiyatlar   paydo   bo’ladi.   Uning   ichki   olami   tilga   kiradi.   Bu
dunyoda   xuddi   qulday   hech   narsa   qilmay,   hech   narsaga   erishmay
yashayotganligini bildiraveradi. Xolmo’minning so’zlaridan esa biz uning atrofida
bo’layotgan   nohaqliklarga   loqaydlik   bilan   qarab   kelayotganini,   ichidagini
tashqariga   chiqaraolmayotganini   sezamiz.   Asar   sujetini   o’zgartirib   yuborgan obrazlardan   So’pi   bilan   Abdi   o’rtasidagi   konfliktning   paydo   bo’lishiga   e’tibor
bersangiz   boshida   ular   juda   yaqin   qo’shni   bo’ladi.   Bir-birining   narsasini   so’rab
ham   o’tirmasdan   uylariga   kirib   olib   chiqib   ketaveradi,   lekin   So’pining   kelini   va
Abdi   o’rtasidagi   mish-mishlar   tobora   kuchayib   boradi.   So’pining   qilmishlari,
kelinining   noto’g’ri   qadam   bosishlariga   biz   asarning   birgina   joyida   ya’ni   Nazar
cho’ponning   to’yida   kelin   So’pining   o’g’lini   jerkib   tashlaganida   amin   bo’lamiz.
Yozuvchi   asarning   boshqa   joylarida   So’pining   kelinini   gapirtirmagan.   Asardagi
konflikt   kechqurun   So’pining   uyida   Abdini   ushlab   olganidan   keyin   kuchayadi.
Abdi bu qilmishi  uchun So’pi qarindoshlari bilan uni juda qattiq uradi, mana shu
qarama-qarshilik   va   ziddiyat   sabab   Abdining   tog’asi   So’pining   uyini   yoqib
yuboradi. 
Ko’rib turganimizdek, har  bir asarda konfliktning qaysidir bir  tarafi bo’lib
o’tadi.   Asar   qahramoni   yoki   o’z   ichki   dunyosi   bilan   kurashadi,   yoki   bo’lmasa
11 12
atrofdagi   muhit   shunday   konfliktni   yuzaga   chiqardi.Yuqoridagi   fikrlarimizdan
yozuvchining   “ Shohona   sovg’a”   qissasida   ham   konfliktning   borligiga   guvoh
bo’lamiz. Bu asarda hech kim kutmagan vaziyatdagi konflikt yuzaga keladi. Ya’ni
sobiq  vazir  ishdan   nafaqaga   chiqgach  o’z  qishlog’iga  qaytib  borishni   niyat   qiladi
va qishlog’idagi bog’iga borib yashay boshlaydi, U yerda bittagina qo’shnisi ham
bo’lib,   Gavhar   degan   xotin   oilasi   bilan   yashardi.   Uning   tili   yomonligi   uchun
qaynona-qaynotasi bezor bo’lib ko’chirib yuborgan edi. Gavhar avval sobiq vazirni
iliq   kutib   oladi,   non-choyidan   xabar   olib   turadi.   Ammo   vaqt   o’tgan   sari   bir-biri
o’rtasida   ziddiyat   yuzaga   kelaboshlaydi.   Gavharni   gaplari   sobiq   vazirga   yoqmay
ketaveradi.   Oxiri   kelinchakning   avvalgi   janjallarini   xumori   tutib   o’z   qilig’ini
boshlaydi va sobiq vazir bilan gap talashib qoladi.
Yozuvchi   asarda   qadimgi   yunon   yozuvchisi   Evripidni   quyidagi   qasidasini   yozib
xuddi mana shu Gavhar haqida yozib ketgandek deb aytadi. 
 Daxshatlidir quturganda dengiz to’foni
 Daxshatlidir suv toshqini, yong’in balosi
11
  Shoyim Bo’tayev „Bir kunlik mehmon” asari „Shohona sovg’a” qissasi 90 b 
12  Daxshatlidir qashshoqlik... lek johil ayolning
 G’azabidan qahhor daxshat yo’qdir va bo’lmas.
  Sobiq   vazir   shallaqi   ayolning   gaplaridan   jahli   chiqib   hassa   bilan   Gavharni
urmoqchi bo’lganida, hassa qarsillab yong’oq tanasiga tegadi va hassa qoq ikkiga
bo’linib   ichidan   tanga   sochilib   ketadi.Sobiq   vazir   hayron   qolib   faqat   arab
podshosini yomonlardi.
  O’   ayyor,   o’   makkor   ustimdan   boplab`kulgan   ekanda.   Axmoqman,   axmoqman
sobiq   vazir   boshiga   mushtlaydi.   Oltin   talvasasida   Gavhar   sobiq   vazirni   o’ldirib
qo’yadi.Ko’rib   turganimizdek.   Mol-dunyo   sabab   bo’lgan   qarama-qarshilik   bir
kishining   o’limiga   sabab   bo’lyabdi.   Shuncha   yil   asrab-avaylab   kelgan   hassasi
o’zining o’limiga sabab bo’lyabdi. 13
III BOB. ADIB QISSALARIDA BADIIY XRONOTOP
1-fasl. Badiiylik funksiyasi va xronotop
Badiiylik   –   san’at   asosi.   Tabiatdagi   go‘zallik   va   san’atdagi   go‘zallik.   Badiiy
adabiyotda hayot voqeligi va inson obrazi so‘z orqali nafis tasvirlanishi. Badiiylik
–   asar   mazmuni   va   shaklining   mutanosibligi,   uslubining
ravonligi,komponentlarining   o‘zaro   uyg‘un   kelishi,   tilining   jozibadorligi   kabi
omillar   jamlamasi.   So‘z   –   adabiyotning   asosiy   quroli.   Badiiy   asar   matnida   so‘z.
Badiiylik – obrazlilik. Obraz, obrazlilik, ramz, majoz. Badiiylik – ijodkor mahorati
mezoni.   Badiiylikning   epik,   lirik   asarlarda   namoyon   bo‘lishi.   Drama   turidagi
asarlarda   badiiylikning   aks   etishi.   Badiiy   asar   tili   va   ilmiy   asar   tili.   Obrazlilik   –
badiiy   asar   tili   asosi.   Badiiy   san’atlar:   ma’naviy,   lafziy   san’atlar.   Muallif   nutqi.
Qahramon nutqi: dialog va monolog. Personajlar portreti tasviri . Adabiyotda shakl
va   mazmun   uyg’unligi   badiiylikning   eng   muhim   mezoni   sifatida   qaraladi.
Badiiylikni   hosil   etish   maqsadi   hayotni   orzu   etilgan   darajada   qurish   va
yaxshilashga xizmat qiladi. Badiiylik badiiylik uchun yshamaydi, balki hayotning
13
  Shoyim Bo’tayev „Eski arava” qissa. Toshkent „IJOD-PRESS” 2019 murakkab masalalarini hal etish, inson ongi va ruhiyatiga ta’sir ko’rsatish va ularni
ezgulik,   ro’shnolik,   taraqqiyparvarlik   va   shu   bilan   birga   go’zallik   va
zaruratqonunlari asosida o’zgartrish uchun da’vat qilingan.
      Ummat   To’ychiyevning     badiiylik   mezonlari   borasidagi   qarashi   ham     juda
qiziqarli:   “ badiiylikning   mezonlari   uchta   emas,   balki   beshtadir.   Ular   quydagicha:
iste’dod,   adabiyotning   spetsifikasi   (o’ziga   xos   xususiyati),   an’ana   va   yangilik,
mahorat va ta’sirdorlik.
  Olimlar badiiy adabiyotni o’rganish bilan birga ularning funksiyalari haqida ham
gapirib o’tishgan.
    Bilish   (evristik)   funksiya.   Badiiy   adabiyot   borliqni   badiiy   bilish   orqali   bizning
olam, odam va jamiyathaqidagibilim va tasavvurlarimizni boyitadi.
  Badiiy-konseptual   funksiya.   Badiiy   adabiyot   hayotni,   jamiyatning   joriy   holatini
badiiy   tahlil   qilish   orqali   olam   va   odam   haqida   yaxlit   badiiy   hukm-   badiiy
konsepsiyani ishlab chiqishga intiladi.
Kommunikativfunksiya.   Badiiy   adabiyot   shaxslararo,   avlodlararo,   millatlararo
muloqotning   amalga   oshishiga   xizmat   qiladi.   Badiiy   asarni   yaratishda   ijodkor
tasavvuridagi   o’quvchi   bilan   muloqotga   kirishsa,   uni   o’qish   jarayonida   o’quvchi
ijodkor bilan muloqotga kirishadi.
  Tarbiyaviy funksiya. Badiiy adabiyot shaxsni aqlan va ruhan kamolga yetkazadi,
jamiyatni   ma’nan   tozarishi   va   yuksalishiga   xizmat   qiladi.   E’tibor   berilsa,   deyarli
barcha milliy adabiyotlar taraqiyotining ilk bosqichlarida didaktik funksiya oldingi
planda   turgani   ko’riladi.   Adabiyotning   tarbiyaviy   ahamiyatiga   juda   qadim
davrlardan ayricha e’tibor berilib kelinishi bejiz emas.
Kompensatorlik   funksiyasi.   Badiiy   adabiyotda   inson   o’z   hayotida   ko’rmaganini
ko’radi,   undan   o’ziga   yetishmayotgan   narsalarni   topadi   va   shu   asosda   ruhiy
qoniqish   hosil   qiladi.   Bu   jarayonning   asosi   shuki,   bdiiy   asar   mutolaasi   davomida
o’quvchi irreal olamda- badiiy reallikda yashaydi. Shu irreal olamda  real hayotida
his etmagan narsalarnihis etadi.
Badiiy   bashorat.   Badiiy   adabiyotning   bashoratchilik   funksiysi   xalq   og’zaki
ijodidagi ertaklardayoq namoyon bo’ladi.   Estetik   funksiya.   Badiiy   adabiyot   dunyoni   go’zallik   qonunlari   asosida   qayta
yaratadi,   uni   o’zi   tasvirlayotgan   go’zal   his-tuyg’ular,   go’zal   a’mollar,   go’zal   va
ulug’vor   hayotiy   holatlar,   go’zal   insoniy   munosabatlar-   bularning   barchasi
o’quvchini go’zallikka oshufta etadi.
     Badiiy adabiyotda namoyon bo’luvchi real-tarixiy zamon,makon hamda insonni
idrok   etish   jarayoni   sekinlik   bilan   murakkab   kechmoqda.   Makon   va   zamonning
alohida   xususiyatlari,   shunga   aloqador   holatda,   janr   yo’nalishlari   va   badiiy
ifodalashning   real   jihatlari   insoniyat   qo’lga   kiritgan   tarixiy   taraqqiyot   bosqichlari
bilan   bog’liq   holda   o’rganilmoqda.   Adabiyotda   badiiy   idrok   etilgan   zamon   va
makon   aro   uyg’unlikni   xronotop   deb   ataymiz.   Ushbu   istiloh   matematika   ilmida
Eynshteyinning   nisbiylik   nazariyasi   negizidagina   ishlab   chiqiladi.   Dastavval
mahsuldor   bo’lgan   bu   janr   shakllari   keyinchalik   ,an’analar   bilan   tutashgan   holda
taraqqiyot   bosqichiga   yetib   keldiki,   ayni   jihat   hatto   ular   real   o’xshashlik
xususiyatlarini   yo’qotganlarida   ham,   saqlanib   qoladi.   Shu   nuqtada   adabiy-tarixiy
jarayonni favqulotda chigallashtiradigan adabiy zamon shakllari mushtarak yashab
keladi.
   Adabiy-badiiy xronotopda makon va zamon alomatlarini bir butun holda va aniq
idrok etish mumkin. Bu yerda vaqt quyuqlashadi, tig’izlashadi, nigohga aylanadi;
makon  esa   vaqt,  syujet  va  tarix  harakati   doirasida  jadallashadi  hamda  kengayadi.
Zamon   alomatlari   makonda   namoyon   bo’lsa,   makon   zamonda   o’lchanadi   va
anglanadi.   Badiiy   xronotop   tabiati   mana   shunday   qorishiq   alomatlar   oqimida
namoyon   bo’ladi.   Badiiy   xronotop   qat’iy   tarzda   janriy   mohiyatga   ega.   Aytish
mumkinki,   janr   va   janrga   xos   xususiyatlar   aynan   xronotop   vositasida   yuzaga
chiqadi.   Shuningdek,   badiiy   xronotopning   yetakchi   xususiyatizamonda   ko’rinadi.
Xronotop   shakliy-mazmuniy   kategoriya   sifatida   adabiyotda   inson   obrazi
mohiyatini   ham   belgilaydi.   Chunki   badiiy   obraz   doimo   xronotop   negizida   ma’no
kasb   etadi.   Shu   bilan   birga,   xronotopning   tasviriy   ahamiyatini   ham   ta’kidlash
mumkin.   “ Vaqt   unda   shaxvoniy   vizual   xiususiyat   kasb   etdi,   xronotopdagi   syujet
voqelari konkretlashtiriladi. Fazoning ma’lum sohalarida vaqt belgilarining alohida qalinlashishi   va   konkretlashishi   xronotop   atrofida   hodisalarni   tasvirlash
imkoniytini yaratadi. 
Yuqorida aytganimizdek, adabiyotd real-tarixiy  xronotopni o’zlashtirish sekin-asta
va   murakkab   kechmoqda.   Xronotopning   muayyan   jihatlari   aniq   tarixiy   shart-
sharoit   doirasida   o’zlashtirilyabdi,   faqat   real   xronotop   badiiy   aks   ettirishga   xos
ma’lum shakllar negizidagina ishlab chiqildi. Dastavval mahsuldor bo’lgan bu janr
shakllari keyinchalik, an’analar bilan tutashgan holda, taraqqiyot bosqichiga yetib
keldiki, ayni jihat hatto ular real, o’xshashlik xususiyatlarini yo’qotganlarida ham,
saqlanib   qoladi.   Shu   nuqtada   adabiy-tarixiy   jarayonni   favqulotdda
chigallashtiradigan adabiy zamon shakllari mushtarak yashab keladi.
   Xronotop atamasi birinchi marta psixologiyada Uxtomskiy tomonidan ishlatilgan
U   Baxtin   asarlari   tufayli   adabiy   bilimlarda,   keyin   estetikada   keng   tarqaldi.   Bu
tushunchaning tug’ilish darajasi va uning ildiz otishi va estetik ong tabiatshunoslik
kashfiyotlaridan   ilhomlangan.   Ularga   ko’ra   makon   va   vaqt,   ular   tasvirlaydigan
haqiqatga   bog’liq   holda,   to’rt   o’lchovli   uzluksiz   bir-biriga   bog’liq   bo’lgan
kordinatalar sifatida qaraladi. Baxtinning so’zlariga ko’ra aksiologik. Fazoviy-vaqt
birligining yo’nalishi, uning vazifasi rassomda   Ish shaxsiy pozitsiyni bildirishdan
iborat, ya’ni  “ Ma’nolar sohasiga kirish faqat X darvozasi orqali amalga oshiriladi”.
Boshqacha   qilib   aytganda,   asarda   mavjud   bo’lgan   ma’nolarni   faqat   ularning
fazoviy-zamon   ifodasi   orqali   obektlashtirish   mumkin.   Bundan   tashqari,   muallif,
asarning   o’zi   va   uni   idrok   etuvchi   o’quvchi   o’ziga   xos   Xronotopga   ega   (   va   ular
ochadigan   ma’nolarga)   ega.   Shunday   qilib,   asarni   tushunish,   uning   ijtimoiy-
madaniy   ob’ektivligi,   Baxtinning   so’zlariga   ko’ra   mavjudlikning   dialogik
tabiatining   namoyon   bo’lishidan   biridir.     Xronotop   har   bir   ma’no   uchun
individualdir,   shuning   uchun   san’at   ko’p   qatlamli   ( “ polifonik”)   tuzilishiga   ega.
Adabiyot,   boshqa   san’at   turlari   singari,   atrofdagi   voqelikni   aks   ettirish   uchun
yaratilgan.   Inson   hayoti,   uning   fikrari,   tajribalari,   harakatlari   va   hodisalarini   o’z
ichiga   oladi.   Shu   bilan   birga,   makon   va   vaqt   toifasi   muallifning   dunyo   tasviri
qurilishining   ajralmas   tarkibiy   qismi   hisoblanadi.   Adabiyotda   xronotop   markaziy
va   asosiy   tushuncha   bo’lgani   uchun,   o’tgan   asr   va   hozirgi   ko’plab   olimlarning asarlari   uni   o’rganishga   bag’ishlangan.   So’nggi   paytlarda   tadqiqotchilar
xronotoplarning   tasnifiga   tobora   ko’proq   e’tibor   qaratmoqdalar.   So’nggi   o’n
yilliklarda tabiiy, ijtimoiy va gumanitar fanlarning yaqinlashuvi tufayli xronotopni
o’rganishga   yondashuvlar   sezilarli   darajada   o’zgardi.   Badiiy   asar   va   uning
muallifining yangi qirralarini ochishga imkon beradigan fanlararo tadqiqot usullari
tobora ko’proq qo’llanilmoqda. 
  Matnni   semiotik   va   germenevtik   tahlilini   ishlab   chiqish   badiiy   asar   xronotopi
tasvirlangan   voqelikning   rang   shkalasi   va   tovush   tonalligini   aks   ettirishini,
shuningdek,   harakat   ritmi   va   voqealar   rivojlanish   dinamikasini   aks   ettirishni
ko’rishga imkon beradi. Bu usullar badiiy makon va vaqtni semantik kodlarni o’z
ichiga   olgan   imo-ishora   tizimi   sifatida   tushunishga   yordam   beradi.   Adabiyotda
zamonaviy tadqiqotlar asosida xronotopning quyidagi shakllari ajratilgan:
Tsikli   xronotop;   chiziqli   xronotop;   abadiylik   xronotopi;   chiziqli   bo’lmagan
xronotop. 
      Ta’kidlash   joizki,   ba’zi   tadqiqotchilar   makon   kategoriyasi   va   vaqt   toifaini
alohida   ko’rib   chiqsalar,   boshqalari   bu   toifalarni   uzviy   aloqada   ko’rib,   bu   o’z
navbatida   adabiy   asarning   eng   konstiruktiv   barqaror   va   mustahkam   turkumi
sifatida   tobora   muhim   ahamiyat   kasb   etmoqda.   Badiiy   matn,   qaysi   adabiy   janrga
tegishli   bo’lishidan   qat’i   nazar,   voqea,   hodisalar   yoki   bu   asar   qahramonlarining
psixologik   holatini   aks   ettiradi.   Har   qanday   asar,   badiiy   makon   va   vaqtning
ajralmas   xarakteristikasi   bo’lib,   unga   ma’lum   bir   ichki   birlik   va   to’qlikni   beradi,
Maqoladaadabiyot   tilshunoslikdagi   xronotop   tushunchasi   muhokama   qilinadi.
Adabiy   asarda   badiiy   makon   “ vaqt”   tushunchasidan   ajralmaydi.   Shunday   qilib,
adabiyotshunoslar   vaqt   va   makonni   rassomning   falsafiy,   axloqiy   va   boshqa
g’oyalarning   aksi   deb   hisoblaydilar,   turli   davrlarda     badiiy   asarda   grammatik
vaqtni o’rganadilar, vaqtni hisobga oladilar  va ularning ajralmas birligida makon.
Bu   tushunchalar   hodisalarning   o’zaro   bog’liqligini,   ular   orasidagi   assotisiativ,
sabab-oqibat va psixologik aloqalarni aks ettiradi, ishda ular syujetning rivojlanishi
jarayonida   qurilgan   voqealar   kompleksini   yaratadi.   Badiiy   matnning   oddiy
(kundalik)   matndan   farqi   shundaki,   ma’ruzachi   o’quvchiga   ma’lum   ta’sir ko’rsatish   uchun   xayoliy   dunyoni   yaratadi.     Badiiy   adabiyotdagi   vaqt   badiiy
matnning o’ziga xos xususiyatlari, uning xususiyatlari  va muallifning niyati bilan
bog’liq  bo’lgan  ma’lum  xususiyatlarga  ega.   Matndagi  vaqt  aniq  belgilangan   yoki
aksincha,   xiralashgan   chegaralarga     ega   bo’lishi   mumkin   (   voqealar,   masalan,
o’nlab   yillar,   bir   yil,   bir   necha   kun,   kun   soat   va   boshqalarni   o’z   ichiga   olishi
mumkin). , ko’rsatib bo’lmasligi mumkin.
  Badiiy   vaqtning   birinchi   xususiyati   uning   tizimli   xarakteridir.   Bu   xususiyat
asarning   badiiy   voqelikni,   uning   ichki   dunyosini   muallif   kontseptsiyasining
mujassamlanishi   bilan,   uning   atrofdagi   voqelikni   idrok   etishida,   dunyo   tasvirini
qahramonlar   orqali   aks   ettirishda   namoyon   bo’ladi.   Buniga   misol   qilib   Shoyim
Bo’tayevning   “ Bir   kunlik   mehmon”   qissasidagi   Mehmon   obraziga   e’tiborimizni
qaratadigan   bo’lsak,   u   sayohati   davomida   ko’p   odamlarning   noma’qul   ishlariga
guvoh bo’ladi. Uning zulmat bolasi bilan ya’ni o’zi bilan suhbati butun dunyodagi
odamlarda  uchraydigan   illatlarning   bir   ko’rinishi   bo’lib,  insonlarning   o’zini   ichki
dunyosini anglab yetishga chorlaydi.
      Badiiy   asarda   vaqt   ko’p   o’lchovli   bo’lishi   mumkin.   Badiiy   vaqtning   bu
xususiyati,   birinchi   navbatda,   muallifi   bo’lgan   va   o’quvchi   borligini   nazarda
tutadigan   adabiyasarning   mohiyati   yoki   mohiyati   bilan   bog’liq,   ikkinchidan
chegaralar:   hikoyaning   boshlanishi   va   uning   oxiri.   Shunday   qilib,   matnda   ikkita
vaqt o’qi paydo bo’ladi- “ hikoya o’qi” va   “ tasvirlanayotgan voqealar o’qi”. Bunda
“ hikoya   qilish   o’qi”   bir   o’lchovli,   “ tasvirlanayotgan   voqealar   o’qi”   esa   ko’p
o’lchovli.   Bu   “ o’qlar”ning   o’zaro   aloqasi   badiiy   vaqtning   ko’p   o’lchovligini
keltirib chiqaradi va matn tuzilishida vaqtinchalik siljishlar va vaqtinchalik nuqtai
nazarlarning   ko’pligini   keltirib   chiqaradi.   Ko’pincha   badiiy   asarlarda   voqealar
ketma-ketligi buziladi va xuddi shu vaqtinchalik siljishlar, hikoyaning vaqt ketma-
ketligining   buzilishi   muhim   rol   o’ynaydi,   bu   muallifning   matn,   semantik
segmentlarga bo’linishiga ta’sir  qiladigan ko’p o’lchovli xususiyatni tavsiflaydi. 
Adabiy- badiiy xronotopda makon va zamon alomatlarini bir butun holda va aniq
idrok   etish   mumkin.   Bu   yerda   vaqt   quyuqlashadi,   tig’izlashadi,   badiiy   nigohga
aylanadi;   makon   esa   vaqt,   syujet   va   tarix   harakati   doirasida   jadallashadi   hamda kengayadi.   Zamon   alomatlari   makonda   namoyon   bo’lsa,   makon   zamonda
o’lchanadi va anglanadi. Badiiy xronotop tabiati mana shunday qorishiq alomatlar
oqimida   namoyon   bo’ladi.     Badiiy   xronotop   qat’iy   tarzda   janriy   mohiyatga   ega.
Aytish   mumkinki,   janr   va   janrga   xos   xususiyatlar   aynan   xronotop   vositasida
yuzaga   chiqadi.   Shuningdek,   badiiy   xronotopning   yetakchi   xususiyati   zamonda
ko’rinadi. Xronotop shakliy-mazmuniy kategoriya sifatida adabiyotda inson obrazi
mohiyatini   ham   belgilaydi.   Chunki   badiiy   obraz   doimo   xronotop   negizida   ma’no
kasb etadi. 
Yuqorida   ta’kidlaganimizdek,   adabiyotda   real-tarixлiy   xronotopni   o’zlashtirish
asta-sekin   va   murakkab   kechmoqda.   Xronotopning  muayyan   jihatlari   aniq  tarixiy
shart-sharoit   doirasida   o’zlashtirilyabdi,   faqat   real   xronotop   badiiy   aks   ettirishga
xos ma’lum shakllar negizidagina ishlab chiqildi. Dastavval  mahsuldor bo’lgan bu
janr   shakllari   keyinchalik,   an’analar   bilan   tutashgan   holda,   taraqqiyot   bosqichiga
yetib keldiki, ayni jihat hatto ular real, o’xshashlik xususiyatlarini yo’qotganlarida
ham   saqlanib   qoldi.   Shu   noqtada   adabiy-tarixiy   jarayonni   favqulotda
chigallashtiradigan   adabiy   zamon   shakllari   mushtarak   yashab   keladi.
Xronotoplarni   ahamiyati   haqida   gapirganda   Baxtinga   ergashib,   ularning   syujet
ahamiyatini   qayd   etish   mumkin.   Baxtin   xronotopni   “ asarning   asosiy   syujet
voqealarining   tashkiliy   markazi”   deb   ataydi.   Syujet     tugunlari   xronotopda
bog’langan va yechilgan, deydi tadqiqotchi.
  Asardagi   xronotop  ma’no  bilan   bir   qatorda  bir   qancha   muhim   badiiy   vazifalarni
ham   bajaradi.   Shunday   qilib,   makon   va   zamon   orqali   rassom   idrok   etgan,   uning
personajlari   yashayotgan   davr   tasviriy   va   syujetli   ko’rinishga   ega   bo’ladi.   Shu
bilan birga xronotop insonga qaratilgan:   “ u odamni o’rab oladi, uning dunyo bilan
aloqalarini   qamrab   oladi,   ko’pincha   qahramonning   ruhiy   harakatlarini   buzadi,
qahramon   tomonidan   tanlangan   tanlovning   to’g’ri   yoki   noto’g’riligini     bilvosita
baholashga aylanadi, uning sud jarayonining haqiqat bilan hal qilinmasligi, shaxs
va dunyo o’rtasidagi erishish yoki erishib bo’lmas uyg’unlik .
Shunday qilib, xronotop hikoyani tartibga soladi, voqealar uning atrofida quriladi,
qahramonlar   harakat   qiladi.   Shuningdek,   xronotop   muallifga   o’z   asaridagi   asosiy falsafiy   g’oyalar   va   fikrlarni   ifodalashda   yordam   beradi.   Adabiyot   bir   makondan
ikkinchisiga   o’tishi   mumkin,   bu   esa   alohida   sababni   talab   qilmaydi.   Masalan   bir
vaqtning   o’zida   turli   joylarda   sodir   bo’ladigan   hodisalarni   tasvirlash   mumkin.
Ushbu uslub, xususan Gomer tomonidan Odisseyda faol ishlatilgan.  
Shoyim Bo'tayev qissalarining barchasida xronotop ya'ni makon va zamon oralig'i
asar  voqealariga monand yoritilgan. Asardagi  makon va zamon obrazlar  hayotiga
ta’sir   etmay   qolmagan.     Shoyim   Bo’tayevning   “Eski   arava”   qissasida   asar
qahramoni   Chechikovning   boshqa   zamondan   o’zga   zamonga,   o’tib   qolishi   ya’ni
olamdan o’tgan bo’lsada bir necha yuz yil keyingi hayotga tushib qolishi ko’chma
ma’noda   yoritib   berilgan.   Uning   o’tgan   hayotida   qilgan   gunoh   ishlari   sabab
do’zaxga kirgan   shunday bo’lsada, u o’zini tirik deb o’ylab hayolida sanamlar va
aysh-u ishrat tavba qilishdan aysh-u ishrat ham yo’q. Uning umri huda-huda o’tib
ketdi. Ortidan bola ham qolmaydi. 
 Asarni o’qiganimizda mana shunday muhitdagi makon va zamonga duch kelamiz.
Keyinroq esa uning hizmatkorlari undovi bilan o’z makonidan boshqa bir makonga
eski   aravada   yo’l   oladi.   U   makonda   Ozod   Xurramovichga     o’xshagan
laganbardorlar   uni   kutib   olib,   kim   kelganini,   nimaga   kelganini   surishtirib
o’tirmasdan unga yaltog’lanadi. Ozod Xurramovich Chichikovning gaplaridan ham
uning boshqa odam ekanligini bilib olsa bo’lar edi, albatta vaqtning ta’siri bilinib
turgandi,   ammo   go’lligi   ma’naviyti   pastligi   sabab   hech   narsani   anglab   yetmaydi.
Ko’rib turganimizdek, asarda xronotop katta rol   o’ynamoqda. Ya’ni aynan o’sha
davr   mustamlkachilik   davridagi   O’zbekistonimizga   o’lik   jonlar   kirib   olib   aysh-
ishratda til topishmoqda.
“ Sho’rodan qolgan odamlar” qissasida ham asar mazmunida makon va zamondagi
muhitning   ta’siri   sabab   aka-uka   ota   va   o’g’il   munosabatlariga   darz   ketgan.   Endi
o’sib   kelayotgan   bolaning   gapi   to’g’ri   bo’lsada   ota   tomonidan   to’g’ri   tushunib
yetmasligi   bolaning   hayotini   sindirish   kuzatiladi.   O’sha   makon   muhitiga   o’ralib
qolgan,   ongi   zaharlanib   bo’lgan   ota   farzandining   sinishiga,   xotinining   bevaqt
o’limigasababchi bo’ladi. Buni o’qigan o’quvchi bu voqealarning qanchalik fojia  14
14
  Shoyim Bo’tayev „Sho’rodan qolgan odamlar”  qissalari „Eski arava” 115-bet Оглавлени
  ekanligini tushunib yetadi, odamlarning ma’naviyati mo’rt bo’lganligini tushunib
yetamiz. Bunga esa davr tuzumi sababchi edi.
          Yozuvchining   yana   bir   qissasi   “ Bir   kunlik   mehmon”   asarining   boshlanishi
makon tasviri bilan boshlanadi.
 Ertalab, havoning rutubati tarqamagan bir paytda Xolmo’minning tepalikdagi to’rt
tomoni shox-shabba, tikanlar bilan chala-chulpa to’silgan, lekin bu to’siqlarni har
qanday   maxluqnazar-pisand   qilmay   o’tib   ketsa   bo’laveradigan   hovlisida   yerdan
chiqdimi,   osmondan   tushdimi-   noma’lum,   qirq-qirq   besh   yoshlardagi   novcha,
ozg’in bir kishi paydo bo’ldi. Shu tasvir keltirilganidan keyin asarda bo’lib o’tgan
makon va zamon voqealari birma-bir bir-biriga zanjirday bog’lanib boradi.
2-fasl. Obrazlar olami va tabiat birligi.
San’atni   obraz   vositasida   fikrlashi   uning   spetsifik,   ya’ni   tur   sifatida   belgilovchi
xususiyatidir.   San’atkor   badiiy   obraz   vositasida   dunyoni   anglaydi,   o’zi   anglagan
mohiyatni va o’zining anglanayotgan narsaga hissiy munosabatini ifodalaydi. Shu
ma’noda   obraz   adabiyot   va   san’atning   fikrlash   shakli,   usuli   sanaladi;   obrazlar
vositasida   fikrlagani   uchun   ham   adabiyot   va   san’atga   xos   fikrlash   tarzi   obrazli
tafakkur deyiladi.
“ Obraz”   termini   rus   tilidan   olingan   bo’lib,   o’zbekcha   tarjimada   “ aks”   degan
ma’noni   anglatadi.   Badiiy   obraz   borliqning   badiiy   asardagi   aksi.   Biroq   badiiy
obraz   o’sha   borliqning   oddiygina   aksi   emas,   yo’q,   u   borliqning   san’atkor   ko’zi
bilan ko’rilgan va ideal asosida ijodiy qayta ishlangan aksidir. Bu aksda borlining
ko’plab tanish izlarini topasiz, biroq bu endibiz bilgan borliqning aynan o’zi emas,
balki   tamoman   yangi   mavjudlik-   badiiy   borliqdir.   Badiiy   obrazning   xususiyatlari haqida   gap   ketganda,   birinchi   galda,   uning   individuallashtirilgan   umumlashma
15
sifatida   namoyon   bo’lishi   xususida   to’xtalish   zarur.   Ma’lumki,   voqelikdagi   har
bir narsa-hodisada turga xos umumiy xususiyatlar bilan birga uning o’zigagina xos
xususiyatlar   mujassamdir.     Yuqorida,   obrazli   va   abstrakt   tafakkur   haqida   fikr
yuritganimizda,   bunga   qisqacha   to’xtalib   o’tdik.   Gap   shundaki,   abstrakt   tafakkur
narsa-hodisaning   umumiy   xususiyatlariga,   obrazli   tafakkur   esa   individual
xususiyatlariga   tayangan   holda   fikrlaydi.   Deylik,   fan   umuman   odam   haqida   so’z
yuritishi  mumkin, biroq san’at  hech vaqt umuman odam obrazini yarata olmaydi.
Shu   ma’noda   konkretlilik-badiiy   obrazning   muhim   spetsifik   xususiyatlaridan   biri
sanaladi.   Yozuvchi   yuqorida   “ obrazni   yaratayotgan   yozuvchi   yoki   san’atkor   o’zi
anglaganlarini o’sha obrazga kiritadi”,- deb aytib o’tdi.
80-yillardan   boshlab   o’zbek   qissa,   romanlarida   roviy   masalasi   alohida   ko’zga
tashlanadi.   Shoyim   Bo’tayev,   Murod   Muhammad   Do’st,   Tog’ay   Murod,   Erkin
A’zamovlar   roviy   obraziga   alohida   e’tibor   berdilar.   Roviy   zinhor-bazinhor
muallifning   aynan   o’zi   emas.   Shunday   roviy   qahramonlar   borki,   ularning
tushunchalari   fikrlash   darajalari   ancha   jo’n,   past.   Kitobxon   roviy   bilan   yozuvchi
orasidagi   nozik   aloqalarni,   uslub   tebranishlarini,   asar   poetikasi   sirlarini   anglab
yetishi   joiz.   Roviy   muommasiga   ancha   batafsil   to’xtalishimiz   boisi   shundaki,
Shoyim   Bo’tayev   qissalarida,   ayniqsa   “ Sho’rodan   qolgan   odamlar”   asarida
hikoyachi   shaxsi,   timsoli   jiddiy   o’rin   egallaydi.   Yozuvchining   “ Shamol   o’yini”
qissasida   roviy   masalasi   jiddiy   qo’yiladi.   Roviy   masalasi   jiddiy   qo’yiladi.   Roviy
voqealarni   tasvirlaydi,   qahramonlar   qilmishi   faoliyatini   ko’rsatadi.   Lekin   u   na
voqealar   mohiyatini,   na   qahramonlar   xatti-harakatini   baholamaydi.   Sinchikov
kitobxon xolis  tasvir,  xatti-   harakatlarning  ifodasi  orqali  aar   g’oyasini  -  yozuvchi
konsepsiyasini bilib olishi rozim. 
  Shoyim   Bo’tayev   qissalaridagi   roviy   kesatiq   pichingga   usta.   U   sho’ro   davridagi
rasmiy   siyqa   munosabatlarni   o’rniga   qo’yib   tasvirlaydi.   Bir   o’rinda   “ bo’yniga
bo’yinbog’   bog’langan   xirandman”   ning   qilmish-qidirmashlari   bo’yinbog’ga
nisbatan   berib   tasvirlanadi:   “ Maxsus   oshxonalarga   kirib,   egasining   to’yimli,
15
  Umurov H. Badiiy ijod asoslari. – T.: „O’zbekiston”, 2001.  xushbo’y   ovqatlarni   ishtaxa   bilan   tushirayotganiga   guvoh   bo’ladi,   uning     kekira-
kekira   yana   o’zining   salobatli   xonasiga   ko’tarilayotganidan   zavqlanadi.   Kekirib
turgan   insonning   sipolanishi   haqiqatdan   ham   zavqli-da,   to’g’rimasmi?”   Roviy
hikoyasida   piching,   kesatiq,   soxta   balandparvozlik   kuchaydimi,   bilingki,   rasmiy,
g’ayritabiiy xolatlar, soxta munosabatlar tasvirlanayogan bo’ladi.   “ Shamol o’yini”
dagi   roviy   rais,   Berkinboy,     Yoshiuzoq   haqida   gapirar   ekan,   bulbulgo’yo   bo’lib
ketadi. Labi-labiga tegmay tesha tegmagan kesatiq, pichinglar zo’r beradi: bilingki,
yolg’on   munosabatlar   to’ralarcha   munosabatlar   ajoyibotlar   fosh   qilinayabdi.   Bu
qissadagi   roviy  endi   tamoman   eshilib  ketadi.  O’zligini   butunlay  namoyon  hikoya
qiladiki,   ularni   to’lib-   toshmasdan   tilga   asal   surtib   olmasdan   rivojlanish   mumkin
emas.   Shoyim   Bo’tayevning     „Eski   arava”,   “ Muyulishdagi   uy”   qissalarida   soni
mo’l-u   salmog’i   kam,   xiragina   ijtimoiy   yuki   yengil   persnajlari   ko’p.   “ Shamol
o’yini”   da   qahramonlar-u   personajlarning   tiniq,tirik,   dardli;   qahramonlar   xarakter
darajasiga ko’tarilgan, jiddiy tahlil- talqinga tob bera oladi. 
“ Muyulishdagi   uy”,   “ Shamol   o’yini”   qissalarining   ruhiga   mana   bunday   estetik
g’oya   singdirilgan:   harom-xarish   oralangan,   yolg’on   aralashgan,   jinoyat   ro’y
bergan joydan imon-e’tiqod, qut-baraka, fayz-tarovat ko’tariladi. Shoyim Bo’tayev
sho’ro   odamlarini,   kechagi   kunni   chuqurroq   o’rganib   bordi,   ruhiy-ma’naviy
tanazzul sirlarini aniqlashga intildi. Imon-e’tiqod, fayz-tarovat, murod-maqsadlilik,
qalbi   uyg’oq   tavallud   togan   ko’ngillardagina   bo’lar   ekan.   Sho’ro   mafkurasi
siyosati   insoniylikning   jon   tomiri-Yaratganni   tanigan,   unga   talpingan,   undangina
qo’rqqan   ko’ngillarga   tajovuz   qildi.   Masjid-u   madrasalar   buzilib   tashlandi,
yaroqsiz   holga   keltirildi;   imom-u   ulomalar,   ahli   ilm   mahv   etildi.   Minglab
qishloqlardan, shaharlardan imon ko’tarilib, fayz keta boshladi. “ Sho’rodan qolgan
odamlar”   qissasida   ham     Aka,   Amakidan,   eri   qamalib   ketgan   semiz   ayoldan
tashqari   qalbida   gavhari   bor,   din-diyonatni   yutmagan   o’zlab   yuzlarcha   odamlar
bor.   Shulardan   biri   o’g’rilik   qilgan   uch   yigitchaning   o’qituvchisi,   muallim
obrazidir.   Befarosat,   semiz   ayol   nazarida:malim   ham   kuchukday   gap-da!   Erta-yu
kech vov-vov etadi-yu oldiga tashlangan bitta suyak. Shu ish uchun nechchi yillab
katta   shaharlarga   borib   o’qib   ham   kelishadi,   hayf!”   Muallimning   kiyimi   bir holatda.   Lekin   uning   qirtishlangan   iyagi,   ko’zidagi   oynak,   o’y   hayollarga   berilib
16
yurishi   diqqatni   tortadi.   Bu   asardagi   yana   bir   imon-insofli   kishi   echkisini
yo’qotgan dehqon obrazidir. U  “ oltmishlarga borib qolgan, yuzi chuvak qisiq ko’z
past   bo’yli”,   uvadasi   chiqib   ayrim   jjoylaridan   paxtasi   tusha   boshlagan   choponga
o’ranib olgan odam. Dehqon da’vosidan kechmasa qora kursida o’tirgan navqiron
o’smirlar   aybiga-   ayb   qo’shiladi,   baribir   echki   bor   bo’lib   qolmaydi.   Dehqon
echkisi topilganini aytdi. Bu o’zbek kishisiga xos javonmardlim edi.
“ Sho’rodan   qolgan   odamlar”   qissasi   poyetik   nuqtai   nazardan   yetukligi,
kompozitsion   mutanosibligi,   matn   yashovchanligini   ta’minlovchi   ichki
ziddiyatlarning   izchil   maromi   bilan   alohida   o’rin   egallaydi.   Asar   nomidan   ham
seziladiki,   qissadagi  obrazlar tarixning yoki bugunning kishilari emas ular aynan
o’tgan asrning sho’ro hukumati sharoitida yashagan odamlar. Xususan, Nazoratchi
Mels   qamoqxonada   ishlaydi.   Nazoratchi   obrazi   bir   bahiya   bo’lsa   ham   o’z
g’ilofidan   chiqmaydi:     Mahbusni   o’z   o’g’li   qolaversa,   onasidan   ayrilgan
yetimchani   insoniy   ko’z   bilan   anglamaydi.   Qolaversa   marhumani   so’nggi   yo’lga
kuzatish marosimi bo’ladi. Nazoratchi- burch, vazifa kishisi. U o’z ayolini so’nggi
yo’lga   kuzatish   vaqtida   ham   bir   soniya   bo’lsada   rasmiy   kiyinishdan   ayrilmaydi.
Nazoratchi sho’ro mafkurasi,siyosati tarbiyalangan o’ziga xos manqurt, qalbi ko’r
odam   edi.   Uni   o’zbek   xalqining   avlodi   ekani,   shu   el   milliyligi,   shaxsiyati   uning
ham  g’ururi  ekani  Nazoratchi  uchun ahamiyatsiz.  Shunga qaramay yozuvchi  asar
oxiri jumlalariga katta bir mazmun joylaydi, kelgusida yuz berishi mumkin bo’lgan
o’zgarishlarni   xabarini   qistirib   o’tadi.   Qamoqxonada   Nazoratchining   o’g’liga
maxbus   mehr   ko’rsatishadi,   hamqishloqlari   Toshmurodga   hamdard   bo’lib
muruvvatla  so’zlashadi.  Toshmurod  qalbi   o’lmaganda,   u  uyg’oq  edi.    O’g’llining
“ tavallud topgan kuni” Nazoratchiga ham  ta’sir  ko’rsatadi.   “ Ota yuring endi-i...”-
degan   nido   Nazoratchini   chaqmoq   urganday   seskantirib   yuboradi.   Qissa
Nazoratchining  “ hozir o’g’lim...” deb tugatadi. Demak asliyat qanday bo’lsa, inson
har qanday sharoitda ham undan ajralaolmaydi
16
 Shoyim Bo’tayev „Shamol o’yini” qissasi Toshkent. Nashriyoti.90b Masalan,   Shoyim   Bo’tayevning   “ Sho’rodan   qolgan   odamlar”   qissasidagi
Toshmurod   obraziga   qaraydigan   bo’lsak,   unda   yozuvchi   aytolmagan   gaplarni
Toshmurod   orqali   Nazoratchiga   yetkazib   beradi.   Yozuvchi   avvalgi   va   hozirgi
hayotda  bo’lib o’tayotgan  qarindoshlar,  aka-ukalar  o’rtasidagi   nizolarni   ham  aka-
uka ya’ni  Nazoratchi,   amaki va boshqalar  orqali ko’rsatib o’tadi. Bu nizolarning
kasriga   esa   yoshgina   yigit   qolib   ketayotganligi   yoritilib   beradi.   Nazoratchi
obraziga to’xtalib o’tadigan bo’lsak, oilasini, yurtini, bolasini o’ylamaydigan sovet
kishisi bo’lib tobora manqurtga aylanib borayotgan obraz bo’lib gavdalanadi ko’z
o’ngimizda.   Asardagi   obrazlardan   Nazoratchi   va   uning   turmush   o’rtog’i
xarakterida   biz   bir-biriga   teskari   bo’lgan   xarakterni   ko’ramiz.   Ota   bolasining   bir
og’iz   gapiga   undan   voz   kechadi.   Xattoki   bolasining   qamalishidan   yuqorida
aytganimizdek   xursand   bo’ladi.   Onasi   esa   bolasining   qamalganini   eshitib
daxshatga   tushadi,   ayol   shunday   mushtipar   bo’ladiki,   eriga   bir   og’iz   ham   qarshi
gapirolmaydi. Bolasining dardida armon bilan vafot etadi. Toshmurod obrazini biz
o’sha davr tuzumi nohaqliklariga qarshi bosh ko’targan obraz sifatida ko’rishimiz
mumkin.Asarda Sunnat o’g’ri obrazi keltirilgan. Bu obrazning nomidan biz salbiy
fikrga kelishimiz mumkin, lekin u o’g’ri emas, sababi u olgan narsalar bilan xalqqa
yordam beradi. U paytdagi o’g’ri bu sovet  tuzumi edi. Xalqni boridan ayirgan va
nazoratchiga   o’xshagan   kimsalarni   yetishtirib   berayotgan   o’g’ri   edi.Yozuvchi
Sunnat o’g’ri bilan Nazoratobrazlari o’rtasidagi dialog orqali ham asarning ma’no-
mazmunini o’quvchiga anglatib ketadi. 
- Zamon   og’ir   bo’ldi,-   dedi   Sunnat   o’g’ri.-   Xuda-   behuda   qamalib   o’tirish
kimga   ham   yoqadi   deysiz,   Nachaylik?   Raz   qamaldingmi,   kattaroq   narsani
o’margin-da, keyin bemalol borib o’tiraver! Qaytib kelganingdan keyin ham
asqotsin-da nima dedingiz?
Nazoratchi  o’zini tutib turolmadi.
- Shuncha   yil   turmada   yotib   chiqib,   yana   o’sha   yoqqa   bormoqchi
bo’lyabsizmi?-   deb   so’radi.   Sunnat   o’g’ri   “ ha   bormoqchiman”,   degudek
bo’lsa hoziroq uni kameraga eltib tiqib qo’yadigandek bir ohangda.  -   Nima   bo’pti?-   dedi   u   kulib   turib.   –   Yuz   yil   turmada   o’tirsam   ham   xalq
baribir meni yaxshi ko’radi. Bilasizmi, nega?
- Nazoratchi kift qisdi.
- Ana-a,   bilmaysiz!   Chunki   men   xalqning   xasigayam   teginmayman,   mol
ko’chada yotgan bo’lsa ham qiyo boqmayman. Hukumatning narsasi bo’lsa,
qo’lim   qichiyveradi,   eski   kasalim   xurujlanib   qoladi,   to   gumdon   qilmasam
qo’ymayman. 
- Xalning moliga teginmayman-u hukumatnikini qo’ymayman deysiz-a, - dedi
bepisandlik   bilan;   mana,   endi   bir   o’q   bilan   tamoman   kunfayakun   qilib
tashlayman degandek qiyofada.- Axir,xalq degani hukumat, hukumat degani
xal-da!
Nazoratchining yuzida g’oliblik nashidasi  barq urdi. O’ziyam  ancha vaqtlardan
buyon bunaqa siyosiy kuchli gapni aytishga imkon topolmay yuruvdi-da! 
  Sunnat o’g’rining lablarida istehzoli tabassum o’ynadi
-Sizga kim aytdi?
-Nimani?
-Shu gapni-da!
    - Kamandir!
    -Unga kim o’rgatgan?
    -Kamandirgami? 
 Biroz muddat gap talashgach Sunnat o’g’rining jahli chiqib:
- To’g’ri   odamsiz-da,   nachaylik,   to’g’ri   odamsiz!-   deb   qo’ydi,   o’zicha
mehribonchilik  ko’rsatayotganday bo’lib. – Sizni bitta yo’lga solibqo’yishsa
hech chiqmay ketaverasiz. Tramvayni ko’rgamisiz. Siz ham o’sha tramvayni
o’zisiz bitta yo’ldan borib kelaverasiz.. Sunnat o’g’rining yuqoridagi gaplarini o’qigan o’quvchi o’g’rini emas, xalq
dardida ichi yonayotgan, adolatsizliklarga chidayolmayotgan shaxsni ko’radi.
Ikkalasi   o’rtasidagi   tortishuvda   Sunnat   o’gri   Nazoratchidan   ishlayotgan 17
amoqxonasini kim qurdirganini so’raydi. Asarda yana bir obraz Cho’yanboy
Qulmanov keltirib o’tilgan bo’lib, uning qanday qurdirganini aytishadi.
- Ha   Cho’yanboy   Qulmanov,   -   dedi   va   yana:   -   Qanday   qilib   qurgan?-   deb
so’radi.
- Qurgan-da!
- Materialni qayerdan olgan?
- Qamoqxonaning qarshisida tepalikda bir madrasa bo’lgan ekan...
- Ha, uni juda qadimiy tepalik deyishadi
- O’sha madrasani buzdirib, g’ishtlarini tashitib kelgan.
- Ana-a, xolos.
- Juda   da   mehnatkash   odam   bo’lganda   Cho’yanboy   Qulmanov.   Qamoqxonni
qurishga ko’p zahmatlari sinngan. Keyin o’ziyam necha yillar nachalik bo’lib
ishlaganlar.   Hukumatga   sadoqatlari   juda   baland   edi.   Biz   ishga
kelganlarimizda ham u kishi nachalik edilar. Ja-a strogiy edilar ammo-lekin.
Aristonlar   zir-zir   titrashardi.   Qamoqxona   hovlisiga   bitta   qush   ham
kirolmasdi. Ustozimiz edilar-da!
- Shu   ustozingiz   qanday   o’lganini   bilasizmi?   –   deb   so’radi   Sunnat   o’g’ri
nimadandir g’ijinayotganday.
- Bilaman,   bilaman!   –   dedi   Sunnat   o’g’rining   savoliga   shosha-pisha   kalta
javob   qaytarib,   so’ngra   uni   sharhlashga   kirishgnday.   –   Ammo-lekin
qariganda   ko’p   azob   chekdilar.   Bolalari   barobsiz   chiqdi,-   Xotinlari   o’lgach,
bolalari-yu,   kelinlari   birikib   uni   uydan   haydab   chiqishgan   ekan.   Xo’-o’v
Maxsumning   choyxonasi   borku   o’sha   yerda   yotib-turib   yurganlar,
choyxonachi kechasi bitta ko’rpacha to’shab berar, kunduzi turing endi, deb
yig’ishtirib olarkan. 
17
  Shoyim Bo’tayev „ Sho’rodan qolgan odamlar” Toshkent „IJOD-PRESS”. 2009 - Maxsumning otasiniyam  bir mahallar Cho’yanboy Qulmanov qamoqxonada
azob berib o’ldirib yuborgan, - gap qo’shdi Sunnat o’g’ri o’zini tiyolmay.
- Maxsumning   choyxonasida   uni   isqirt   holatda,   kir-chir   usti   boshda   isiriq
tutatib, tilanchilik qilib yurganini men ham ko’rganman,- dedi Sunnat o’g’ri
oshkora   nafrat   bilan.   –   Hazorisfon,   hazorisfon,hazorisfon   deyishdan   nariga
o’tmasdi, tilanchilikni ham yolchitmasdi; duoga qo’l ocholmasdi, barmoqlari
tugulib qolgandi. 
- Keyin   eshitsam   bolalari   quvib   yuborgan   o’sha   hovlisigayam   madrasa
g’ishtlaridan olib kelgan ekan.
  Nazoratchi   beixtiyor   o’sha   g’ishtlardan   xojatxona   qurganini   aytib   yuboradi.
Sunnat o’g’rining esa yanada unga bo’lgan nafrati oshib ketadi. So’zining oxirida
Qulmanovni Maxsumning choyxonasida o’zini osib o’ldirganini aytadi. 
Yozuvchining bu asarda obraz yaratishga qoyil qolmasdan ilojimiz yo’q. Kitobxon
obrazlarni tahlil qilgan sari asar mazmunini tushunib boradi. Asardagi Cho’yonboy
Qulmanovning qilmishlari o’zining xor-u zorlikda o’lim topishiga olib keladi. Shu
yerda   Maxsum   obrazini   tahlil   qilganimizda   o’zbek   xalining   mardligiga   qoyil
qolamiz.   Sababi   Cho’yanboy   Qulmanov   Maxsumning   otasini   o’ldiradi,   shunda
ham Maxsum odamgarchilik qilib, Qulmanovning bolalari quvib yuborganida unga
joy beradi. Bu yerda albatta yozuvchi Maxsum orqali o’zbeklarning asl insoniylik
hislatlari borligiga yana bir bor amin bo’lamiz.
  Asarlarda   bir-biriga   o’xshagan   obrazlar   keltirilgan.   Masalan,   “ Sho’rodan   qolgan
odamlar” asarida Cho’yonboy Qulmanovning bolalari nobop chiqib otasini uydan
haydagan   bo’lsa,   xuddi   shunday   holat   “ Shohona   sovg’a”   qissasida   uchraydi.
“ Shamol o’yini” asarida ham Berkinboyning o’g’li nobop chiqadi, aysh-u ishratga
berilib   ketadi.   “ Bir   kunlik   mehmon”   qissasida   So’pining   otasi   tushida   o’g’lini
uyining   yonishini   ko’radi.   So’pining   ko’plab   qilmishlari   sabab   oxiri   uning   uyi
yonib kul bo’ladi. 
  O’sha davr illatlari sabab farzandlarning axloqi buziladi. Yomon yo’llarga kirgan,
ota-onasini hurmat qilmaydigan bolalar ko’payadi.  Shoyim   Bo’tayev   amaki   obrazini   keltirar   ekan   uning   xudbinligini,   qilgan   ishlari
noto’g’riligidan xattoki lo’lilar unga tosh otib haqorat qilishi orqali ham ko’rsatib
beradi.
Badiiy   obraz   o’zida   aql   va   hisni   uyg’un   birlashtiradiki,   shu   bois   uni   ratsional   va
emotsional birlik sifatida tushuniladi. Badiiy obrazdagi ratsional jihat shuki, uning
yordamida ijodkor o’zini qiynagan muammolarni badiiy idrok etadi.
    Inson     tabiatning   bir   bo’lagi   bo’lib,   unda   bu   tuyg’u   yashasa,   uning   hayoti   ham
uyg’un va tabiiydir. Shunda inson boshqalarni   tushunish munosabatda bo’lishga,
ularda   kelib   chiqishi   qarindoshligini,   bir   jamoaga   tegishli   ekanligini   his   qilishga
tayyor.   Adabiyotda   buning   tasdig’ini   ko’ramiz.   Tabiat   inson   o’z   ahmoqligini
qilgan   har   qanday   yomonlikni   tuzatadi,   uyg’unlashtiradi.   Uning   tilini   tushungan,
uning go’zalligini ko’rgan, dunyoda qudratini tanigan kishiga dono ustoz bo’ladi.
Bugungi   kunda   odamlar   tabiat   bilan   shunday   yaqin   aloqani   yo’qotdilar.   Ammo
adabiyotning   eng   yaxshi   namunalari   o’z   ona   yurtining   go’zalligini   ko’rishni,
“ inson-tabiatning   bir   qismi”   tezisiga   mos   kelishni,   uning   tabiiy   bir   qismi   sifatida
his qilishni o’rganishda davom etmoqda.
   Badiiy obrazning muhim xususiyatlaridan yana biri uning metaforikligi sanaladi.
Bu   o’rinda   “ metaforiklik”   deganda   badiiy   obrazning   bir   narsa   mohiyatini   boshqa
narsa orqali ochishga intilishi, san’atga xos fikrlashyo’sini  tushuniladi. Chinakam
san’atkor   nigohi   mohiyatga   qaratilgan   bo’lib,   u   voqelikdagi   narsa-hodislarning
barchamizga   ko’rinib   turgan   tashqi   o’xshashligi   emas,     bizning   nigohimizda
yashirin   ichki   o’xshashligiga   tayangan   holda   fikrlaydi.     San’atkor   biz   uchun
kutilmagan   ichki   o’xshashlikni   inkishof   etadiki,   natijada   o’sha   biz   bilgan   narsa-
hodisa ko’z oldimizda butkul yangicha bir tarzda suratlandi, o’zining bizga noayon
qirralarini namoyon etadi. 
          Adabiyotshunoslikda   “ badiiy   obraz”   atamasi   ham   keng,   ham   tor   ma’nolarda
ishlatiladi. Keng ma’noda  “ badiiy obraz” deganda borliqning san’atkor ko’zi bilan
ko’rilgan   va   ijodiy   qayta   ishlangan   har   qanday   aksi   nazarda   tutilsa,   tor   ma’noda
badiiy   asardagi   inson   obrazi   tushiniladi,   Borliqni   badiiy   idrok   etishni   maqsad
qilgan badiiy adabiyotning bu yo’ldagi asosiy vositasi inson obrazi bo’lishi tabiiy hamdir. Mazkur fikrni obrazlar tizimidagi darajalanish yaqqol ko’zga tashlandigan
epik asarlar misolida tushunish va tushuntirish qulayroq.
  Ma’lumki, badiiy obraz tasvirlayotgan narsa bilan u ifodalayotgan narsa har vaqt
ham   bir   xil   bo’lavermaydi.   Shundan   kelib   chiqib,   ifoda   va   tasvir   planlari
munosabatiga   ko’ra   avtologik,   metalogik   va   superlogik   obrazlarga   ajratiladi.
Avtologik  obrazlarda  tasvirlanayotgan   va   ifodalanayotgan   narsalar   bir-biriga  mos
tushadi.   Metalogik   obrazlarda   esa   tasvirlanayotgan   va   ifodalanayotgan   narsa   bir-
biriga   mos   emas,   lekin     ularning   orasida   ma’lum   bir   munosabat   (o’xshashlik,
aloqadorlik, qism va butun aloqasi, vazifadoshlik va h) mavjudki, ifodalanayotgan
narsa   shu   munosabat   asosida   anglashiladi.   Misoltariqasida   Shoyim   Bo’tayevning
“ Shamol   o’yini”   qissasidagi   Berkinboy   obrazi.   Asar   boshida   qayerdandir   paydo
bo’ladida   bitta   qishloqqa   hamma   yomonliklarni   olib   keladi.   Oxirida   esa   ismi
jismiga mos kabi shamol bo’lgan tun uyi bilan birga yo’q bo’lib qoladi.  Metalogik
obrazga   esa   “ Shohona   sovg’a”   asaridagi   hassa   olsak.   Hassani   ko’z   oldingizga
keltirganizda   oddiy   hasani   tushunasiz,   lekin   asarda   u   boshqa   ma’noga   ega   bo’lib
keladi. Qishloqqa kelganida sobiq vazir hassani olib yuradi. Buni ko’rgan odamlar
esa  hassaga  boshqacha   qaray  boshlaydi,  hassani   ulug’laydi,  hassani   to’rga qo’yib
qo’yadi.   Sobiq   vazir   esa   shu   hassa   va   uning   ichidagi   boylik   sabab   vafot   etadi.
Hassaga qilingan hurmat, uni boshida ko’tarish, bulardagi asl ma’no hozirgi vaqtda
odamlar   kishilarning   kiygan   kiyimiga,   qo’lidagi   puliga,   boyligiga   qarab
munosabatda   bo’ladi.Agar   puli   mansabi   bo’lmasa   bir   buyumga   qaraganday
qaraydi.   Agar   oddiy   inson   bo’lsa,   o’sha   hassachalik   ham   qadrlamaydi.   Yozuvchi
shularni ham nazarda tutib, asar yozadi.
 Superlogik obrazlarda esa ifoda va tasvir planlari bir-biriga mos emas, ayni paytda
ularning   orasida   muayyan   bir   munosabat   ham   kuzatilmaydi.   Ya’ni   bunday
obrazlarda   ifodalanayotgan   narsa   shartli   ravishda   anglashiladi.   Eng   muhimi,
bunday   obrazlarda   tasvirlanayotgan   narsa   o’zining   bevosita   ma’nosiga   ham,
ko’chma ma’nosiga ham ega bo’laveradi. 
Yuorida aytilganidek, har bir obrazda qaysidir jihat ochib beriladi. Yozuvchi nima
demoqchi   ekanligi,   nimani   maqsad   qilganligi   mana   shu   obrazlar   orqali   ochib beriladi.   “ Shohona   sovg’a”   asaridagi   obrazlarni   ko’rib   o’tadigan   bo’lsak,   Sobiq
vazir obrazida biz o’zini o’ylamasdan faqat o’z ishiga jonini berib ishlagan, ammo
oxirida bolalari undan vos kechgan ota obrazini ko’ramiz. Oxirida u o’zi tark etgan
qishloqqa qatib borib, o’sha yerda o’lim topadi. U suyanish kerak bo’lgan vaqtda
bolalariga   emas   hassaga   suyanib   qoladi.   Bolalarini   bekam-u   ko’st   o’stiradi-yu,
lekin bola tarbiyasiga e’tibor bermaydi va bolalari molparast, xudbin bo’lib o’sadi.
Asarda keltirilgan sobiq vazirning  qo’shnisi  Gavhar o’ttizlarga borib qolgan, qop-
qora,   devqomat-u   fil   kuchiga   yarasha   yaratgan   tildan   ham   unga   uch-to’rt   quloch
bergan, qayoqdagi bo’lmag’ur so’zlarni topib shallaqilik qilishga suyagi yo’q edi.
  Qaynota-qaynonasi   uning   ishidan   rozi,   o’zidan   rozi,   uy   tutishidan   rozi,
cho’qchorday-qo’chqorday   nevaralar   tug’ib   berganidan   rozi,   tilidan   bezor   edilar!
Bu tildan qo’ni-qo’shniyu butun qishloq ahli ham zir-zir titrashar edi. 
  Agar   u   tiliga   bir   erk   beradigan   bo’lsa,   to’fonday   toshar,   bo’ronday   quturar   edi.
Alal-oqibatda   uning   tilidagi   xayajon   qo’ligayam   o’tib,   birovlarni   bosib   urar,
shundan keyingina xumoridan chiqib, sokin nafas olar edi. Bu obrazni  yaratishda
yozuvchi   ba’zi   bir   ayollarning   yomon   qiliqlari   butun   bir   jamiyatni   buzishi
mumkinligiga ishora qiladi.
         Shoyim Bo’tayevning   “ Muyulishdagi uy” qissasida yaratilgan obrazlari orqali
ular   tilidan   qanday   fikrlarni   ayta   oladi,   xalqning   qaysi   bir   dardi   yoki   og’riqli
nuqtalarini yoritishga urinadi, bu borada qanday yutug’ga erishdi?   “ Muyulishdagi
uy”   qissasida   oliy   o’quv   yurtiga   kira   olmagan   Toshquvvatning     sarguzashtali,
institutni   tugatib   Toshkentga   ish   izlab   kelgan   yosh   yozuvchi   Yoribekning   ruhiy
holati   aks   ettirilgan.   Yoribek   qishloqda   ota-onasini   tashlab   shaharga   ishlashga
keladi. Ota-onasi o’g’lining bu ishidan norozi bo’ladi. Bu voqea tasvirida yozuvchi
Yoribekning   shahardagi   qandaydir   bir   tog’asi   haqida   gapirib   o’tadi.   Onasi
qachonlardir   shaharga   ketib,   o’sha   yerda   uy-joy   qilib   o’zgacha   muhit,   odamlar
orasida   yashab,   qishloq   hayotini   salkam   unutgan   “ tog’a”   haqida   o’g’liga   so’zlar
ekan, qishloq ayollariga xos soddalik, oddiylik o’zbek ayolida bo’ladigan o’zgacha
mehr   bilan  gapiradi.   Olisdagi   shaharda   zamon   oqimiga   tushib   yashayotgan,   xatto
bir   yilda   bir   eslamaydigan‚uka’siga   ishonadi.   Go’yo   o’g’li   Yoribekka   suyanch bo’ladigandek   his   qiladi.   Aslida   bunday   bo’lmaydi,   Yoribek   bilan   tanishgan
“ tog’a” necha yillardan beri ko’rmagan jiyanini qarshisida bir tuki ham o’zgarmay
begonaday   munosabatda   bo’ladi.   Yoribek   tog’asi   uni   uyiga   taklif   qilganidagi
munosabatni kuzatib kitobxon ko’ngli o’zi sezmagan holda bundan ranjiydi. Ya’ni
xonadonda   ko’chaga   yaqin   darvoza   yonidagi   xona   oldida   qo’yilgan   stol   va   uy
bekasining kelgan mehmonga tayyorlab qo’yilgan sovg’a yaxna choyi. Bu vaziyat
xuddi kelgan mehmonga teziroq ket degan gapini ko’rgazmali tarzda aytib turadi.
Axir   millatning   odatiga   yot   bo’lgan   bu   harakatlar   qaysi   o’zbek   kitobxoniga   yoki
umuman   insonga   ta’sir   etmasligi   mumkin   emas.   Bu   ham   bo’lsa,   bizning   urf-
odatlarimizni  ma’lum  ma’noda kimlardir  qarashi  ostida toptalishi, zamonaga mos
yashamoqchi   bo’lib   asliyatdan,   o’zligidan,   o’z   “ men”idan   qaytishidir.   Demak,
“ to’g’a”   obrazi   qay   darajada   yuqori   mansabga   erishgan   bo’lgani   bilan   yoshligida
olgan tarbiyasi, uni voyaga yetkazgan xalq o’zligini unutgan yoki bu urf-odatlarni
eskilik   deb   qaray   boshlagan.   Bundan   tashqari   “ Muyulishdagi   uy”   asarida
dediktivlik   hususiyati   ham   uchraydi.   Avvalo   “ Muyulishdagi   uy”ning   o’zida
allaqanday   sirlilik   bor.   Yana   Toshquvvat   va   Yoribek   ushbu   uyga   kelganida
yangidan yangi bu uyning mehmonlari bilan tanishishdilar. Said Movloviy, Asad,
Nazokat   singari   obrazlar   kalavaning   uchini   yanada   chuvalashtirib   yuboradi.
Nihoyat,   sikripkachi   Asad,   Nazokat   bilan   urushib   qoladi-yu,   muyulishdagi   uyda
sodir bo’lgan voqea qiz birdan yo’q bo’lib qolgan edi. Asar pirovardida yoshi uzoq
ismli kimsa sirli, jinoiy to’daning boshlig’i ekanligi, Said Mavloviy, Otajon, Musa,
Nazokat, Bolabek, Mirsolmon Mirqoriyevich, Qoratosh, Oqbosh, Novchaqul, Asad
obrazlarining   jinoiy   to’daga   aloqadorligi   ma’lum   bo’ladi.   Yoshiuzoq
boshchiligidagi   jinoiy   guruh     nasha,   qora   dori   yetishtirish   bilan   shug’ullanadi.
Toshquvvat   o’zi   sezmagan   holda   bu   jinoiy   guruhga   qo’shilib   qoladi.   Qissada
Toshquvvatning   institutga   kira   olmagani   sababli,   qanday   qilib   jinoyatchilar
to'dasiga   tushib   qolishi   ko’rsatilgan.   Asardagi   bosh   obraz   qishloqdan   kelgan
Yoribek.   U   Toshquvvatdan   farqli   o’laroq   institutni   tugatgan.   Tog’asidan   yordam
ololmagan Yoribekka Toshquvvat moddiy va ma’naviy tomondan yordam beradi.
Yetti   yot   begona,   ustidan   ustak   qamoqxonadan   chiqqan   Toshquvvat   Yoribekdan ko’magini ayamaydi. Insoniy mehr-oqibat ko’rsatadi. Bundan tashqari Toshquvvat
Yoribek   yordamida   o’z   yo’lini   topa   oladi.   Qissadagi   epizodik   obrazlar   ham   ko’p
Ota   Sunnat,   Mazbut   muallim,   Ne’mat,Moyoray   singari   xira   ishonarsiz
tasvirlaruchraydi.   Asardagi   material   shu   darajada   keng,   sertarmoqki,   uni   qissa
qolipiga   joylash   mushkuldir.   Qissa   poetikasiga   e’tibor   berilsa   uslubdagi   past-
balandliklarni sezish mumkin. Qissada kiritilgan har bir obraz, tasvir, voqelik bir-
biriga uzviy yaxlitlikda olib boriladi. Bosh kotibni kutib olishdagi ovoragarchilik,
Yoribekning shaharga kelishi, Toshquvvat bilan kechadigan voqealar va boshqalar.
  Asarda   Yoribekning   tog’asi   Usmon   Akram   obraziga   yana   qaytadigan   bo’lsak.
Uning   tasviri   asarning   boshida   bir   marta   berilsa-da,   kitobxon   xotirasida   saqlanib
qoladi. Uning gapirish maneralari ham o’ziga xos xudbinlikdan iborat.
- Xo’-o’sh, qalay, endi? Uydagilar sog’-omonmilar?
- Durust... Salom aytishdi...
- Tuzuk, tuzuk, salomat bo’lishsin! Bugun kelganmidilar?
- Ha-a.
- Tuzuk,   tuzuk,   yaxshi   qiptilar.   Mehmonxona-pehmonxonaga   joylashib
oldilarmi, yoinki bugunoq qaytmoqchilarmi?..
Tog’a-jiyanning qisqagina suhbatidan anglashiladiki, katta yozuvchi  Usmon
Akram   tug’ishgan   jiyaniga   o’zini   xudninona   tutadi.   “ ...Sog’-omonmisilar?”,
“ Bugun   kelganmidilar?”, “ Yaxshi   qiptilar”,   “ Joylashib   oldilarmi”,   yoinki
bugunoq   qaytmoqchilarmi..”   –   kabi   jumlalarda   takabburlik,   mensimaslik,
manmanlik sezilib turadi. 
Usmon   Akram   xotinini   chaqirib:   “ Choy   berib   yuborsakmikan!”   deya
murojaat   etadi.”     Ko’rinadiki,   u   oila   a’zolari   bilan   ham   shu   xilda   muomala
qiladi. Jiyani Yoribekni:  “ ...Salom aytadilar, deya o’zi ketishga da’vat etadi.”
Shu   bilan   tog’asidan   panoh   istab   kelgan   jiyan   muloqoti   barham   topadi.   U
bilan bog’liq epizodlarda adib hayotdagi illatlarni ochishga intiladi. Asardagi
Toshquvvat   obrazi   pul-boylik   ketidan   quvib,   umrini   xazonga   aylantirgan,
oxirida   afsus-nadomatga   tushib,   insonlik   sha’nini   yo’qotmagan   kishilarning vakili.   U   yaqinlaridan   ajragan,   ota   qarg’ishini   olgan.   Biroq,   u   Yoribekka
hayotdan o’z o’rnini topib olishida katta yordam beradi.  18
  Syujetning qiziqarli bo’lishi ijodkorning mahorati bilan belgilanadi. Shoyim
Bo’tayev   inson   tuyg’ulari   bilan   bog’liq   bo’lgan   o’ta   murakkab   hodisalarni
qisqa   imo-ishora   tarzida   ko’rsatadi,   ba’zan   qahramonlar   bilan   bog’liq   sirli
voqealarni   asar   oxirigacha   sir   saqlaydi.   Bu   holat   kitobxonga   huzur
bag’ishlaydi, voqealar davomini tezroq bilishga undaydi.
  Ko’rib   o’tganimizdek,   har   bir   asarda   xoh   qissa   bo’lsin,   xoh   hikoya   ular   ichida
obrazlar   olami   bo’ladi.   Albatta   unda   keltirilgan   barcha   obrazlar   bir-biriga
bog’lanib, bir-birini to’ldirib,  yozuvchining maqsadini anglatib boradi. 
               Shoyim Bo’tayevning ayniqsa   “ Bir kunlik mehmon” asarida yuqorida aytib
o’tganimizdek   tabiat   va   olamni   ayro   tasavvur   etib   bo’lmasligimizga   amin
bo’lamiz. Asar tabiat tasviri bilan boshlanadi. 
    Ertalab,   havoning   rutubati   tarqamagan   bir   paytda   Xolmo’minning   tepalikdagi
to’rt tomoni shox-shabba, tikanlar bilan chala-chulpa to’silgan, lekin bu to’siqlarni
har   qanday   maxluq   nazar-pisand   qilmay   o’tib   ketsa   bo’laveradigan     hovlisida
yerdan   chiqdimi,   osmondan   tushdimi-   noma’lum,   qirq-qirq   besh   yoshlardagi
novcha, ozg’in bir kishi paydo bo’ldi. 
    Ko’rib   turganimizdek,   tabiat   bilan   birga   asardagi   obrazga   ham   ta’rif   berilib
ketyabdi.  Asarda quyoshning botishini ham yozuvchi chiroyli tasvirlab ketadi.
  Quyosh ham ufqqa yetay-yetay deb qoldi.
Sham   so’nishi   oldidan   bor   quvvati-la   qattiq   alanga   olganday,   hademay   bu   olam
bilan vidolashayatgan bu quyosh ham qolgan-qutgan barcha nurlarini duch kelgan
joylarga   sochardi.   Uning   nuri   ilashgan   parcha-parcha   bulutchalar   qonli   etaklarini
yig’ishtirolmayotganga o’xshardilar. Soyasi uzunlashib ketgan qo’tir toshlar ustida
mayda-chuyda hasharotlar faollashgandi. Shafaq quyuqlashib, alangalanib turardi.
Yer-u   osmonda   shodlikdagi   g’ussa,   visoldagi   hijron,   yorug’likdagi   zulmat,
yashashdagi o’lim tantanasi boshlanayotganga o’xshardi. 
18
 Bo’tayev Sh. Ko’chada qolgan ovoz. Qissalar hikoyalar. – Toshkent,  „Ma’naviyat”, 2005. – 248   Yuqoridagi tabiat tasviri insonlarda bo’layotgan holatning bir ko’rinishi edi. Yana
bir   o’rinda   mehmon   Xolmo’mindan   nega   chinordan   shovvullayotgan   ovoz
eshitilayotganini so’raganida, u bir ayanchli voqeani aytib beradi.
    Bu   chinorning   shoxlarini   ilgari   qushlar   shahri   deyishardi.   Ming   turlik
qushlarkelib   in   solishar,   chug’ur-chug’uri   bilan   chinorniyam,   odamlarniyam
xursand   qilishardi.   Uch-to’rt   yil   burun   ikkita   olahakka   paydo   bo’ldi.   Tong   otar-
otmas   shoxdan-shoxga   o’tib,   qag’illashgani-   qag’illashgan.   Ovozlari   quloqlarni
teshib   yuboray   derdi,   shunaqa   yoqimsiz,   shunaqa   odamning   asabini   o’ynatadiki,
asti   qo’yaverasiz.   Tosh-kesak   otib   uni   hayda moqchi   bo’lishdi,   qayda   battar
qilishadi.   Axiyri,   qo’lbola   rogatka   bilan   bolalar   bir   amallab   ikkalasiniyam   urib
tushirishdi.   Chala   o’lik   bo’lgancha   qanotlari   shalpayib   yerda   yotibdi-yu,
shundayam   “ qig’g’,   qig’g’”lashini   qo’ymaydi.   Ikkalasiniyam   boshlashlarini   tsh
bilan yanchib, o’liklarini axlatxonaga itqitib yuborishdi. Ularniku ovozlari o’chdi,
biroq negadir kundan kunga qushlarning sayrashi ham kamayib boraverdi. Axiyri,
qushlar   shahriga   o’t   ketgandek   hammayoq   tinchidi-qoldi.   Bir   kuni   chinorning
shoxidan kattakon ilon sudralib kelayotganini ko’rishibdi. Toshbo’ron qilib ilonni
o’ldirishibdi,   o’ligini   yoqib   yuborishibdi.   O’sha   ilon   qushlarning   qo’ygan
tuxumlarini,   jish   polaponlariniyam   liqqa-liqqatushiravergan,   ularni   qiyratib
bo’lgach, yimish qidirib pastga tushayotgan ekan.
- Olahakkalar ilondan xabar berishgan ekan-da,- so’z qo’shdi mehmon. Ha-da.
Ular   odamlarni   ilondan   ogoh   etishmoqchi   yoinki   ularni   yordamga
chaqirmoqchi   bo’lib   qag’illashgan   ekan.   Odamlar   bo’lsa...   bemahalda
qichirgan bexosiyat qushlarning ovozini o’chirsalaringiz-chi, deb...
- Haqiqat jarchilari – kesatgancha qo’shib qo’ydi Xolmo’min.
-   Olaxakkalarni   o’ldirishgach,   ilonga   yana   Xudo   berib   qolgan.   Endi   u
qushlarni bemalol qiyratavergan.
- O’zi shunaqa bo’ladi-da! – dedi Xolmo’min nimalarnidir nazarda tutgancha.
- O’shandan   buyon   bu   chinor   qushlarni   sog’inib   shovullagani   shovullagan.
Ba’zan uvlayotganga ham o’xshab ketadi. Hatto oddiy chug’urchuq ham bu
daraxtning shoxiga kelib qo’nmaydi. Yozuvchi   bu   voqeani   yozar   ekan.   Shu   yerda   Xolmo’min   gaplaridan
nimanidir   nazarda   tutar   edi,   -   deb   aytib   ketadi.   Shoyim   Bo’tayevning
asarlarini   o’qiganizda,   ularda     biror   voqeani   shunchaki   aytib   o’tmaydi.   Har
bir voqeani nimagadir ishora qilib o’tadi. Xolmo’min bu so’zlari bilan nima
demoqchi,   O’sha   paytda   tuzum   shunday   o’rnatilganki,   haqiqatni   aytib
chiqaman   degan   haqiqat   jarchilari   darrov   bir   bahona   bilan   yo’q   qilishgan.
Undan   keyingilarini   ham   yo’q   qilishgan.   Qanchadan   qancha   beayb,   haqiqat
izlaganlar,   qatag’on   qilingan,   otib   tashlangan,   surgin   qilingan   yoki
bo’lmasam   ma’naviy   tomondan   ezishgan.   Shoyim   Bo’tayev   shunga   ishora
qilib o’tadi. 
Yozuvchi asarlaridagi obrazlar olami va tabiat birligi bir-biriga chambarchas
bog’langan   biri   bo’lsa   hayot   bo’laveradi,   deb   umuman   aytib   bo’lmaydi.
Tabiat bor ekan, insoniyat ham rivojlanib boradi.
19
19
. Shoyim Bo’tayev “Bir kunlik mehmon” qissasi Toshkent.2009 XULOSA
    Xulosa   o’rnida   biz   shuni   aytib   o’tishimiz   kerakki,   yozuvchining   asarlari   o’z-
o’zidan   paydo   bo’lib   qolmagan,   uning   qissalari   faqat   shunchaki   o’qish   uchun
yozilmagan.   Shoyim   Bo’tayevning   qissalarida   dard   bor,   yozuvchi   baralla
aytolmagan   haqiqatlarni   qissalarga   kinoya,   piching,   ramzlar   orqali   kiritib   o’tgan.
Uning   qissalaridagi   har   bir   xarakter   hayotdan   olinib   yoritilgan.   Yozuvchi
aytmoqchi bo’lgan xalq dardi, xarakterlar asosida ochib berilgan. Shoyim Bo’tayev
qissalaridagi   badiiylik   mahorat   bilan   ijro   etilgan.   Asarning   har   bir   jihati
kompozitsiyasi,   syujeti,  qahramonlar   xarakteri  o’ziga  xos  yangicha   uslublar   bilan
ishlangan.Shoyim   Bo’tayev   qissalarini   o’qigan   kitobxon   ko’p   narsani   anglab,
mushohada qilishni  o’rganadi. Adabiyotshunos olima Umida Rasulova  qayd qilib
o’tganidek:   „Qissalarda   qahramon   qismati,   taqdiri,   hayotidagi   tub   burulishlar,
qaltis   vaziyatlar   izchil   yoritib   boriladi.   Shu   ma’noda   asarlarda   badiyy   obrazlarga
e’tibor   qaratilgan.   Qissalarda     qahramonni   chuqur   va   yorqin,   badiiy   mukammal
tasvirlashda   uning   individual   tushunchalarga   alohida   e’tibor   qaratadi”.   Qayd
qilingan tushunchalarga nazar tashlar ekanmiz, adibning barcha qissalarida insonni
anglashga bo’lgan urinish yetakchilik qiladi.
   Umuman olganda, Shoyim  Bo’tayev qissalarida  rang-barang obrazlar, voqealar,
ruhiyat   tahlillarini   o’rinli   qo’llay   olgan.Qissada   mudroq   bosgan   ko’ngilning
uyg’onishini yozuvchi asosli tasvirlarga tayangan holda yoritib bergan.
    Ma’lumki,   yozuvchi   usubining   tadrijiy   shakllanishiga   tashqi   omillar   ham   o’z
ta’sirini   ko’rsatadi,   albatta!   Masalan,   har   bir   yozuvchi   yoki   shoir   boshqa   ijodkor
yaratiqlaridan   nimalarnidir   o’qib   o’rganadi,   ulardan   ijodiy   o’zlashtiradi.   Bu o’rganish uning hayot hodisalarini akslatirishga, inson obrazlarini yaratishda ta’sir
qilgan.
20
21
                                Foydalanilgan adabiyotlar
                  I.Ijtimoiy-siyosiy adabiyotlar:
1.Karimov   I.A.   Adabiyotga   e’tibor-ma’naviyatga,   kelajakka   e’tibor.   –   T.,
„O’zbekiston”, 2009. 40 b
2.Milliy istiqlol g’oyasi: Asosiy tushuncha va tamoyillar; - T.,  „O’zbekiston”,
2001
3.Mirziyoyev   Sh.   Adabiyot   va   san’at,   madaniyatni   rivojlantirish-xalqimiz
ma’naviy   olamini   yuksaltirishning   mustahkam   poydevoridir\\   Xalq   so’zi,
2017. 4-avgust.
                    II.Ilmiy –nazariy adabiyotlar:
1.Shoyim Bo’tayev. “ Bir kunlik mehmon” qissasi
2.Shoyim Bo’tayev.  “ Sho’rodan qolgan odamlar” qissalar. Sh.Bo’tayev-T.: “IJOD-
PRESS” nashriyoti, 2018.
20
  Rasulova U,. XX asr o’zbek qissalari tadriji. – T., „Fan”, 2012. -  60 b
21 3.   Shoyim   Bo’tayev.   „Shamol   o’yini”   qissasi.Toshkent.:   „IJOD-PRESS”
nashriyoti, 2018.
4.   Shoyim   Bo’tayev.   „Eski   arava”   qissasi.   Toshkent.:   „IJOD-PRESS”   nashriyoti,
2018.
5.Azmiddin   Nosirov.   Istiqlol   davri   adabiy   jarayoni   va   tanqidchilik.Uslubiy
qo’llanma. SAMARQAND-2014.
6. Bahodir Qobilov  “ Qissalar poetikasi”
7.Umarali Normatov. Badiiylik asoslari va mezonlari. – T ., „Ma’naviyat”, 2000.
8.B.Sarimsoqov. Badiiylik asoslari va mezonlari. – Toshkent, 2004. 
9. Umurov H. Badiiy ijod asoslari. – T.: „O’zbekiston”, 2001.
10. Rasulova U. XX asr o’zbek qissalari tadriji. – T., „Fan”, 2012.- 60 b.
12.Bo’tayev   Sh.   Ko’chada   qolgan   ovoz.   Qissalar,   hikoyalar.   –   Toshkent,
„Ma’naviyat”, 2005. – 248 bet.
13.To’rayev D. Rangin tasvirlar jilosi. Adabiy tanqidiy- tanqidiy maqolalar. – T.,
„Akademnashr”. 2014. – 200 b.
14.Qodirova     N.S.   Some   characteristic   features,   skills   and   style   of   the   literary
critic\\ Web of Scholar. 2018. T. 5. 2-C. 32-35. 
15.   Qodirova   N.   S.   Problems   Of   Style   and   Creative   Individuality   In   Literature\\
International Journal of Progressive Sciences and Technologies. 2021. T. 25.
16.Haqqul I. Taqdir va tafakkur. – T.: Sharq, 2007.
17.Haqqul I. Hayot, adabiyot va abadiyat. – T.: Tafakkur, 2019.
18.Kadirova   N.   S.Critical   style   and   genre   diversity\\   Theoretical   &Applied
Science. 2020. 428-433. 19.Xrapchenko   M.   Tvorcheskaya   individualnost   pisateliya   i   razvitie   literature.   –
Moskva, „Znanie”, 1972 – 238 bet.
20.   Rasulova   U.   XX   asr   o’zbek   qissachiligi.   Poetik   izlanishlar   va   taraqqiyot
tamoyillari. – Toshkent, Qamar  media”, 2020-320b
21.Sh.Hasanov.”Adabiyot nazariyasi”. O’quv-uslubiy majmua. Samarqand – 2019 
22 .H.Umurov. Taxlil Chizgilari. – T ., „Muharrir”, 2013. -312 b.
23. U. Normatov. Umidbaxsh tamoyillar. – T., „Ma’naviyat”, 2012. -328 b
24.Oripov   A.   Adabiyot   va   zamon.   Mustaqillik   davri   adabioyoti.   Adabiy   tanqidiy
maqolalar,   badialar.   –   T.,   G’afur   G’ulom   nomidagi   nashriyot-matba   uyi,   2006.   -
288 b.
25.Yo’ldoshev Q. Yoniq so’z. Adabiy o’ylar. – T., „Yangi asr avlodi”, 2006. – 548
bet
26. Sharafiddinov O. Ijodni anglash baxti. – T., „Sharq” 2004. 640 b.
27. Normatov U. Ijod sehri. – T., „Sharq”,2007. -352 b
28.S.Sodiqov. Ijodning o’ttiz lahzasi. – T.,”Sharq”, 2005. 218 b
29.M.Qo’shjonov.   Badiiyatdan   o’n   ikki   saboq.   Jahon   adabiyoti   jurnali,   2007.
Avgust. 143 b
30.N.Rahimjonov. Istiqlol va bugungi adabiyot. – T., „O’qituvchi”, 2012. 228 b

“SHOYIM BO‘TAYEV QISSALARI BADIIYATI’’ I.KIRISH………………………………………………………………………… … I.Asosiy qism …………………………………………………………………….. I BOB. ADIB QISSALARIDA XARAKTER VA RUHIYAT BIRLIGI ………. 1-fasl.Xarakter shakllanishida ijtimoiy muhitning ta’siri …………………………... 2-fasl.Ruhiyat talqinida inson istiroblari ifodasi …………………………………… II BOB. YOZUVCHI QISSALARIDA BADIIY KONFILIKT………………... 1-fasl.Badiiy konfliktning adib qissalaridagi talqini.................................................. 2-fasl.Badiiy xarakter va konflikt uzviyligi ………………………………………... III BOB. ADIB QISSALARIDA BADIIY XRONOTOP……………………….. 1-fasl.Badiiylik funksiyasi va xronotop……………………………………………. 2-fasl. Obrazlar olami va tabiat birligi …………………………………………….. XULOSA…………………………………………………………………………... ADABIYOTLAR RO’YXATI……………………………………………………. Ilovalar……………………………………………………………………………...

KIRISH XX asr adog’ida mamlakatimiz uzra g‘oyat keskin ijtimoiy-iqtisodiy evrilishlar yuzaga kelishi O‘zbekiston madaniy-ma’rifiy turmush tarzida ham jiddiy yangilanish yuzaga kelishiga zamin hozirladi. Ayniqsa, millatning ma’naviy mustaqillikka erishuvi iqtisodiy,siyosiy va madaniy jabhalarni jiddiy isloh ehtiyojiga keng imkoniyatlar ochadi. Tarixga nisbatan qisqa fursat davomiyligida jamiyatimiz barcha sohalarida kuzatilayotgan demokratik yangilanish-millatning ozodlik, o’z taqdirini o’zi belgilash yo’lidagi intilishlari adabiyotshunoslik oldiga ham muhim vazifalarni ko’ndalang qo’ydi. Milliy istiqlol davriga kelib jamiyatda axloqiy mezonlarni yangilash zarurati tobora kuchaya boshladi. Nasrchilik, xususan, milliy romanchilikda qisqa vaqt mobaynida inson ma’naviyati tadqiqi birinchi o’ringa ko’tarildi. Chunki bir tomondan, katta ijtimoiy muammolar kun tartibiga ko’tarilgan bo’lsa, ikkinchi tomondan, mavjud siyosiy andozalar yemirilayotganligi ruhiyat talqiniga zaruratni oshiradi. Tabiiy ravishda, mazkur xususiyat voqealikni tadqiq etishning o’zgacha tamoyillarini yuzaga chiqaradi. Abdug’ofur Rasulov nasr haqida gapirar ekan Shoyim Bo’tayevning qissalari haqida fikr bildirib o’tadi. “...nasr badiiyligi asar to’qimasiga singdirib yuborilgan,billur zarralariday “yalt-yult “yonib turadigan topildiq-detallarda namoyon bo’ladi... Shoyim Bo’tayevning qissalaridagi uvoq timsollarning mag’zi to’q, xalqonaligi yaqqol ko’zga tashlanadi” degan fikri ayni haqiqatdir. Istiqlol davri adabiyoti yangi ohanglar hisobiga boyigani bilan xarakterlidir. Ushbu holat Shoyim Bo’tayev adabiy talqinlarida jahonning ilg’or an’analarini o’zlashtirish va milliy adabiyot tajribalarini davom ettirish hisobiga o’zgacha usullar sintezini barqarorlashtirdi. Ifodaning qabariqligi, tasvirning serqatlamligi, mazmun, ruhiy holat manzaralarining rang-barangligi bilan insonni badiiy tadqiq etishga an’anaviy usullarning o’z o’rnini bo’shatib berayotganligi bilan alohidalik kasb etadi. Shu o’rinda jiddiy izlanishlar olib borgan va ko’plab

qissa,hikoya,maqolalar e’lon qilgan Shoyim Bo’tayevning ijodi ayni diqqatga sazovordir. Ta’kidlash joizki, mahoratning qanchalik yuksakligini yozuvchi-uslubi ham belgilab beradi. Ba’zi bir yozuvchilar ijodida chuqur ruhiy tahlilga moyillik ustuvorlik qilsa, ba’zilarida sodda,jo’ngina dialoglarga ma’no yuklashga ustamon bo’ladi,ba’zilar har ikkisini baravar rivojlantirib boradi. Bunday deyishimizga sabab shuki, Shoyim Bo’tayev badiiy izlanishlarida hayotni oddiy kuzatishdan to murakkablik tomon harakatlanishi kundalik turmush tarzimizda tez-tez uchrab turadigan maishiy muammolarning tomir yoyish sabablarini butun murakkabligicha ochib berishida qabarib ko’rinadi. Yozuvchi uslubining tadrijiy shakllanishiga tashqi omillar ham o’z ta’sirini ko’rsatadi, albatta! Masalan, har bir yozuvchi yoki shoir boshqa ijodkor yaratiqlaridan nimalarnidir o’qib o’rganadi, ularni ijodiy o’zlashtiradi. Bu o’rganish uning hayot hodisalarini akslantirishi, inson obrazini gavdalantirishiga ta’sir qiladi. Uslub yozuvchi hayolot olamining individual namoyon bo’lish tarzi hamdir. Yozuvchi, shoir voqealarni, qahramonlarni, ular yashayotgan manzil manzaralarini qanday tasavvur qilsa shunday ifodalaydi. Biz ko’rib o’tadigan Shoyim Bo’tayevning qissalarida ham yozuvchi hayotda bo’lib o’tgan va hozirda bo’layotgan nohaqlilar, xalqning hayot kechinmalarini qisqalik va ramzlar bilan ko’rsatib beradi. Dessertatsiyaning umumiy tavsifi . Mavzuning asoslanishi va dolzarbligi. Asrlar davomida shakllangan milliy pedagogika tarixi taraqqiyoti, bugungi jarayondagi o’rni, o’qish va o’qitishdagi muammolar, boshlang’ich sinflarni o’qish va o’qitishdagi muammolar, boshlang’ich sinflarni o’qish va o’qitishda ilg’or tajribalarni qo’llash usullarini joriy etish ehtiyoji vujudga kelishida ham zamonaviy tarqqiyotining sezilarli ta’siri mavjuddir. “ Olib borilayotgan islohatlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish hamda hayotning barcha sohalarni lebrallashtirish bo’yicha ustuvor yo’nalishlarni amalga oshirish” (O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2017- yil, 7-fevraldagi PF-4947-sonli, “ O’zbekiston Respublikasi yanada rivojlantirish

bo’yicha harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi farmoni)ga qaratilgan Davlat ahamiyatiga molik hujjatlarning qabul qilinishida ham ta’lim jarayonidagi islohatlar ko’zda tutilganligini alohida qayd etish zarur. Respublikada amalga oshirilayotgan islohatlarning zamirida asosan inson va uning manfaatlarini ro’yobga chiqarishga qaratilganligi, bu jarayonda esa ta’limdagi islohatlarni yuzaga chiqarish zarurati ham mavjudligini alohida ta’kidlash joizdir. Bugungi yoshlarni xalqimizning boy va intelektual merosi va umumbashariy qadriyatlar hamda zamonaviy fan texnika va texnologiyalarning yutuqlari asosida kadrlar tayyorlash har bir millat fidoiysining asosiy vazifalaridan biri bo’lib qolmoqda. Ayniqsa, ijodkor yaratgan narsalarning mohiyatini anglash, ulardagi talqinlar zamiridagi ma’noni his etish, falsafiy qarashlar zamiridagi tushunchalarni tahlil qilish vazifasi mavjuddir. Respublikaning demokratik huquqiy davlat va adolatli fuqarolik jamiyatini barpo etishga qaratilganligi, ayniqsa boshlang’ich sinflardayoq anglatish va his ettira olish natijasida, bolalar ruhiyatida Ona-vatanga, bu zaminga nisbatan kuchli vatanparvarlik ruhini uyg’otish mumkin. Buning uchun esa mavjud an’analar bilan bir qatorda bashariyat tan olgan ilg’or pedagogik texnologiyalarni o’qish va o’qitish jarayonida targ’ib qilish, bu jarayonga singdirish zaruriyatigina bolalar dunyoqarashini yuksaltirishi mumkinligini teranroq anglash bilan bir qatorda, uning asosiy tamoyillarini targ’ib etish, bu jarayonga singdirish zaruratigina bolalar dunyoqarashini yuksaltirishi mumkinligi teranroq anglash bilan bir qatorda, uning asosiy tamoyillarini targ’ib qilish, joriy qilish ham bugunning dolzarb muammolaridan biri bo’lib qolmoqda. Ana shuning uchun ham “ Uzliksiz ta’limni yanada rivojlantirish, sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining ehtiyojlariga mos yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirish...; umumiy o’rta ta’lim sifatini tubdan oshirish, chet tillar, informatika hamda matematika, fizika, kimyo, biologiya kabi boshqa muhim va talabi yuqori bo’lgan fanlarni chuqurlashtirilgan tarzda o’rganish” ( O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2017-yil, 7-fevraldagi PF-4947-sonli, “ O’zbekiston

Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi farmoni)ga kirishish uchun ham, boshlang’ich sinfdayoq bu harakatni yuzaga chiqarish muhimligini anglash lozim. Shuning uchun ham bugungi kunga kelib xorijdagi eng ilg’or pedagogik texnologiyalarni o’rganish, uni milliy qadriyatlarimiz, an’analarimizdan kelib chiqib joriy qilib borish zarur. Bu jarayonga eng avvalo o’qituvchining o’zi tayyor bo’lishi, ana shundagina ilg’or pedagogik texnologiyalarni joriy etishgina emas, buni teran anglagan holda qo’llash lozimdir. To’g’ri, asrlar davomida shakllangan milliy qadriyatlar zamiridan kelib chiqib, mentaletetimizga xos jihatlarni qabul qilish, joriy etish jarayonida ham boshlang’ich sinf o’qituvchilarining faolliligini talab etiladi. Axir yillar davomidagi tanazzulning ham zamirida ta’lim tizimining izidan chiqishi, bu esa bugungi kunda yanada teranroq sezilib qolganligini unutishga heh kimning ma’naviy haqqi yo’qligini bilishi, anglashi ham zarur. Shuning uchun ham, boshlang’ich sinflardanoq ilg’or pedagogik texnologiyalarni joriy etishgina ertamizni, kelajagimizni anglaydigan yoshlarni shakllanishiga xizmat qilishini unutmasligimiz kerak. Bu esa oldimizga qo’yilgan muammoning naqadar dolzarbligini, balki asosiy vazifalardan biri bo’lib qolayotganligini asoslashni ham talab etadi. Mavzuning o’rganilish darajasi. Yillar davomida anglangan haqiqatlarni eng avalo umumta’limning boshlang’ich sinflardan boshlash borasida bir qator olimlarimiz jiddiy tadqiqotlarni yaratganligini alohida qayd etish zarur. Ammo yaratilgan nazariy qarashlarga asoslangan, tayangan holda bugungi dolzarblik kasb etayotganligini ham qayd etish, natijada o’qish va o’qitish jarayonidagi ilg’or pedagogik texnologiyalarning eng samarali jihatlariga to’xtalish va mulohaza yuritishni talab etadi. Shu jihatdan ham, N.J. Isakulova, M.Quronov, B. Sayfullayev, J.Jalolov, U.Hoshimov, A.Zunnunov, A.Munavvarov kabi olimlarning tadqiqotlariga ham tayaniladi. Tadqiqotning maqsadi: Ishning asosiy maqsadi, qo’yilgan muammoning o’rganilish sabablari izohlanadi.