logo

SUD-PSIXOLOGIK EKSPERTIZANI O‘TKAZISHDA ILMIY MANBALAR VA AMALIYOTDAGI METODIKALARDAN FOYDALANISH USULLARI

Загружено в:

12.08.2023

Скачано:

0

Размер:

656 KB
SUD-PSIXOLOGIK EKSPERTIZANI O‘TKAZISHDA ILMIY
MANBALAR VA AMALIYOTDAGI METODIKALARDAN
FOYDALANISH USULLARI  
MUNDARIJA
KIRISH ………………………………………………… 3
I -BOB. SUD - PSIXOLOGI K   EKSPERTIZASINING   MUHIM
JIHATLARI
I.1. Sud-psixologik ekspertizasi predmeti va vazifalari ……… 7
I .2. Individual   psixologik   o’ziga   xos   xususiyatlarning   sud-
psixologik ekspertizasi… ………………………………….. 13
II-BOB.  SUD-PSIXOLOGI K   EKSPERTIZASIDA   AFFEKT
HOLATINI TADQIQ QILISH
II.1. A ffekt holatining sud-psixologik ekspertizasi. 26
II.2.Gumon  	qilinuvchi  	va  	ayblanuvchi  	shaxsining  	psixologik	
tavsifi 45
XULOSA ……………………………………………………. 54
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ………………….. 56
ILOVALAR………………………………………………… 60
1 KIRISH
Mavzuning   dolzarbligi   O’zbekiston   Respublikasida   amalga   oshirilayotgan
va   jamiyatning   barcha   sohalarini   to’liq   qamrab   olgan   islohotlarining   asosiy
maqsadi fuqarolarning  huquq  va erkinliklarini himoya qilish, jamiyatda tinchlik  va
barqarorlikni   ta’minlash,   millatlar   va   fuqarolar   o’rtasida   o’zaro   totuvlikni
saqlashga  qaratilgan.  
Jumladan,   sud   huquq   sohasidagi   islohotlarning   ro’yobga   oshishi   borasida
mamlakatimizda yetarli darajada qonunchilik bazasi shakllanib   ulgurdi   va hozirda
yanada takomillashtirilmoqda.
Shu   o’rinda   2010   yil   1-iyunda   «Sud   ekspertiza   to’g’risida»gi,   2012   yil   25
dekabrda   «Tezkor-qidiruv   faoliyati   to’g’risida»gi   va   shu   kabi   bir   qator
qonunlarning   qabul  qilinishi mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning
insonparvarlik g’oyalarini   qamrab   olganligi va islohotlarning asosiy e’tibori   inson
huquqlari   oliy   qadriyat   sifatida   qaralayotganligi   dunyo   hamjamiyati   tomonidan
e’tirof etilmoqda.
Ma’lumki,   amalga   oshirilayotgan   barcha   islohotlar   mamlakatni   chinakam
rivoji,   aholining   turmush   darajasining   yuksalib   bori shi,   aholining   yalpi
daromadlarining   o’sishi,   aholining   mulkchilik   shakllariga   ega   bo’lishi,   davlat
boshqaruvida fuqarolar   faolligi, aholining   huquqiy   ongi   va   huquqiy   madaniyatining
yuksalishi,   davlat   organlarining   samarali   faoliyati   hamda   bevosita   ularning
faoliyatida   jamoatchilik   nazorati   kabi   ko’plab   ijobiy   ko’rinish-larda   namoyon
bo’lmoqda.
Yuqoridagi   maqsadlarga   erishishning   asosiy   omillaridan   biri   jamiyatda
qonuniylikni   ta’minlashdir.   Qayd   qilingan   ustuvor   vazifani   bajarish   huquqni
muhofaza   qiluvchi   organlar   va   sudning   asosiy   funksiyasini   tashkil   qiladi.   Zero,
fan-texnika   taraqqiyoti   yutuqlarini   huquqni   muhofaza   qilish   organlari   va   sud
faoliyatida   keng   tatbiq etish ishlarning yuritish sifatini oshiradi, jinoyat   ishiga   oid
dalillarni   o’z   vaqtida   qo’lga   kiritish,   jinoyat   sodir  etgan  shaxslarni  tezda   aniqlash
2 va   fosh   etish   orqali   jinoyat-prosessi   vazifalarining   samarali   bajarilishini
ta’minlaydi.[I.3]
«Shu  ma’noda, ekspertiza  bugungi   kunda  surishtiruv, dastlabki tergov va  sud
jarayonida yetakchi o’rinlardan  birini egallamoqda» 1
.  
Turli   jinoiy,   fuqarolik,   xo’jalik  va ma’muriy ishlarda  shaxs–fuqaro–davlat  va
xo’jalik   faoliyatini   yurituvchi   korxonalarning   qonuniy   manfaatlarini   umume’tirof
etilgan   normalar   asosida     himoya   qilinishida,   inson   huquq   va   erkinliklarini
ta’minlashda,   zarur   bo’lsa,   huquqiy   demokratik   davlat   barpo   etishda   sud
eksper t izasi  ham   munosib o’rin egallab   kelmoqda.
Mavzuning   obyekti   O’zbekistonda   bugun   jinoyatni   ochishda   sudga   oid
psixologik   ekspertiza   o’tkazishning   ijtimoiy-huquqiy   nazorat   shartli   ravishda
quyidagi yo’nalishlarda amalga oshirilmoqda:
– sudga oid psixologik ekspertizani ilmiy asoslangan holda odilona baholab
sodir etilgan holatga va shaxsga xulosa berish;
– sudga   oid   psixologik   ekspertizani   sodir   etilgan   jinoyatlar   uchun   jazoning
muqarrarligini   ta’minlash   maqsadida   amalga   oshirilayotgan   operativ-qidiruv,
surishtiruv,   dastlabki   tergov   va   sud   tergovini   amalga   oshirish   bilan   bog’liq
tadbirlar   majmui;
– sudga oid psixologik ekspertiza xulosasi sodir etilgan jinoyatlar uchun sud
belgilagan jazoning ijrosini ta’minlashga qaratilgan   tadbirlar 2
.
Yuqoridagi   fikrlardan   kelib   chiqib,   jinoiy   xatti-harakatlarni   kasb   qilib   olgan
shaxslarning   ruhiy   olamini   o’rganish,   nafaqat   huquqni   muhofaza   qilish   organlari
xodimlarini, balki ko’plab olimlarning ham diqqat-e’tiborini o’ziga qaratmoqda. 3
Mavzuning farazlari.  Tadqiqot ishining maqsadiga erishish va ilgari surilgan
ilmiy   farazni   asoslash   maqsadida   ishni   tizimli   amalga   oshirish   uchun   quyidagi
vazifalar belgilandi:
1
  Astanov   I.R.   Jinoyat   ishlari   bo’yicha   ekspertiza   o’tkazish:   nazariya   va   amaliyot.   Diss...   yurid.   fan.   nomzod.   T.,
2010.
2
  Mamlakatimizda   demokratik   islohotlarni   yanada   chuqurlashtirish   va   fuqarolik   jamiyatini   rivojlantirish
konsepsiyasi   (O’zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   Islom   Karimovning   O’zbekiston   Respublikasi   Oliy   Majlisi
Qonunchilik palatasi va Senatining qo’shma majlisidagi ma’ruzasi) // Xalq so’zi. – 2010. – 13 noyab.
3
  Qarang:   Ismoilov   I.,   Buxarov   D.   Uyushgan   jinoiy   tuzilmalar   shakllanishi   va   faoliyatining   oldini   olishda
hamkorlikni tashkil etish. – T., 2007. – 3-b.
3 1.Jinoyatlarni   ochishda   sudga   oid   psixologik   ekspertizanining   zamonaviy
usullar tushunchasini, 
2.Jinoyatlarni ochishda vujudga kelgan shart-sharoitlarni sudga oid psixologik
ekspertizaning ahamiyatini asoslashda,
3.Sudga   oid   psixologik   ekspertizani   o’tkazishda   jinoyatchi   shaxsi
psixologiyasini, 
4.Sudga oid psixologik ekspertizani o’tkazishda alohida turdagi jinoyatchilar
toifasini hisobga olish, 
5.Sudga oid psixologik ekspertizani o’tkazishda professional  jinoyatchilar va
ularning o’ziga xos bo’lgan psixologik xususiyatlari imkon qadar bayon qilish.
Malakaviy   bitiruv   ishining   vazifalari.   Tadqiqot   ishining   maqsadiga
erishish   va   ilgari   surilgan   ilmiy   farazni   asoslash   maqsadida   ishni   tizimli   amalga
oshirish uchun quyidagi vazifalar belgilandi:
- tadqiqot mavzusiga oid adabiyotlarni tahlilni amalga oshirish;
- tadqiqot metodikalarini tanlash va asoslash;
- jinoyatni ochishning psixologik usullarini yoritib berish;
- jinoyatni ochishning huquqiy asoslarini ishlab chiqish;
- zarur   kasbiy   va   ijtimoiy   malakalarni   egallashda   jinoyatlarni   ochish   va
zaruriy metodlarini qo’llash bo’yicha amaliy tavsiyalarni ishlab chiqish.
Bitiruv   malakaviy   ishining   vazifasi   Sud-psixologik   ekspertizaning   oldiga
qo’yilgan vazifalar shundan iboratki  Muammoga taalluqli psixologik va pedagogik
manbalarni qiyosiy tahlil qilish va umumlashtirish;
Sud- psixologik ekspertizaning  ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini o’rganish;
Sud- psixologik   ekspertizani   o’tkazishda   ilmiy   tadqiq   etish,   Tadqiqot
natijalarini  insonning ruhiy holatidan kelib chiqib  tahlil qilish;
Pedagogik psixologik tavsiyalar ishlab chiqish.  
Bitiruv   malakaviy   ishining   maqsadi   Sud-psixologik   ekspertizani
o’tkazishda  ta’sir etuvchi obyektiv omillardan bo’lgan determinantlarni o’rganish.
Bitiruv malakaviy ishda qo’llanilgan metodikalar.
4 1.   Sudga   oid   psixologik   ekspertizani   o’tkazishda   tadqiq   qilish   bo’yicha
ma’lumot to’plash.
2.“Jinoyatga   moyillikni   aniqlash”   testi   yordamida   tajriba   guruhidagilarning
refleksiv xususiyatlarini aniqlash
3.   A.Bass   va   I.Darkning   “Agressiya   shakllari   va   uning   ko’rsatkichlari”ni
diagnostika   qilish   metodikasi   orqali   sinaluvchi   insonlarning   jinoyatchilikka
moyillik darajasini aniqlash
  4.   Sudga   oid   psixologik   ekspertizani   o’tkazishda   jinoyatchilikning   oldini
olish dasturi yordamida psixologik trening tashkil etish va natijalarni tahlil qilish
Bitiruv malakaviy ishining yangiligi. 
Inson   xulqida   tashqi   omillar   tizimi   ichki   shart-sharoitlar   tizimi   bilan
belgilanadi.   Shu   bois   har   bir   jinoyatda   obyektiv   va   subyektiv   omillarning   birligi
ko’rinadi,   jinoyatchi   shaxsini   aniqlash   barobarida   jinoyatning   oldini   olish   tizimi
yaratiladi. 
Bitiruv malakaviy ishining nazariy ahamiyati. 
Tadqiqot   ishida   sudga   oid  psixologik   ekspertizani   o’tkazishning   psixologik
xususiyatlari muammosining nazariy tahlilida keltirilgan ijtimoiy-psixologik fikrlar
yuzasidan to’plangan materiallar yuridik psixologiya, umumiy psixologiya, itimoiy
psixologiya,   psixodiagnostik,   psixokorreksiya,   sotsial   trening   va   amaliyot
sohalarini nazariy jihatdan boyitishga xizmat qiladi.
Bitiruv malakaviy ishining amaliy ahamiyati.   Ishda   sudga oid psixologik
ekspertizani   o’tkazishda   jinoyatchi   shaxs   tipologiyasi,   belgilari   bo’yicha
metodikalar va yaratilgan usullar tizimi amaliy psixologlarning jinoyatga moyilligi
mavjud   shaxsda   zarur   ijtimoiy   fazilatlarni   zudlik   bilan   shakllantirish   bo’yicha
faoliyatlariga tatbiq etilishi mumkin. 
Bitiruv malakaviy ishining tuzilishi. 
Ushbu   bitiruv   malakaviy   ishi   kirish,   ikki   bob   olti   bo’lim,   xulosa   va
tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati hamda ilova qismlardan tuzilgan.
5 Ishning   kirish   qismida   mavzuning   dolzarbligi,   ishning   maqsadi,   ilgari
surilgan   ilmiy   faraz,   vazifalari,   tadqiqotda   qo’llanilgan   metodikalar,   yangiligi,
ishning nazariy va amaliy ahamiyati haqida qisqachi ma’lumotlar berilgan.
I- BOB.SUD - PSIXOLOGI K  EKSPERTIZASISINING
 MUHIM JIHATLARI
I.1. Sud-psixologik ekspertizasi predmeti va vazifalari
Huquqni   muhofaza   qilish   faoliyatida   psixologik   bilimlar   quydagi
jarayonlarda qo’llaniladi: 
- shaxsni to’g’ri diagnostika qilish;
- insonga nisbatan individual yond a shish;
- taktik usul va qarorlarni tanlash va ishlatish;
Murakkab   savollarning   ko’pligi   tufayli   ushbu   bilimlarni   tergovchi
tomonidan   har   vaqt   ham   to’g’ri   qo’llash   imkoniyati   y o’ q   albatta.   Shuning   uchun
s ud-psixologik ekspertizasi  belgilanadi va muta x assis   kerakli   bilimlarini ishlatgan
holda jinoiy ishga tegishli yangi dalillarni qo’lga kiritadi. Psixolog-ekspert so’roq
qilinuvchi   shaxslarning   ko’rsatmalarini   to’g’ri   yoki   noto’g’riligiga   oid   savollarni
hal   qilmaydi.   Sud-psixologik   ekspertizasi   predmeti   shundan   iboratki,   bu   yerda
ayblanuvchi,   sudlanuvchi,   guvoh   va   jabrlanuvchi   ko’rsatmalarining   to’g’ri   yoki
noto’g’riligini   aniqlash   emas.   Bu   tergov   va   sudning   vakolatlariga   kiradi.   Sud   –
psixologik   ekspertizasining   asosiy   vazifasi   psixik   jarayonlarning   kechishi
natijasida,   so’roq   qilinuvchi   shaxsning   individual   xususiyatlariga   ko’ra,   isbot
uchun tegishli bo’lgan faktlarni u tomonidan adekvat qabul qilinishi, eslab qolishi
va so’zlab berish imkoniyatlarini aniqlashdan iborat.
Sud-psixologik   ekspertizasi   sud-ekspertizalarining   bir   turi   bo’lib   u   sud
ishlarini yuritilishida adolatni o’rnatish vositasi bo’lib hisoblanadi.
Q onunda   belgilanishicha,   ekspertizani   o’tkazish   majburiy dir.   Bu   jarayon
davomida :
6 -  o’limning sabablari va tan jarohatlarining xarakterini aniqlash ;
-   ayblanuvchi   yoki   gumon   qilinuvchi   shaxslarning   psixik   holatlarini
aniqlash; 
- o’z harakatlariga javob bera olishiga yoki tartibga solishga qodirligi, guvoh
va   jabrlanuvchi   shaxslarning   ruhiy   va   jismoniy   holatlarini   aniqlash   (bu   jarayon
jinoiy   ishning   holatlarini   to’g’ri   qabul   qilish   va   ular   asosida   to’g’ri   ko’rsatmalar
berishda amalga oshiriladi);
-   ayblanuvchi,   gumon   qilinuvchi,   guvoh   va   jabrlanuvchi   shaxslarning
yoshini aniqlash kabi savollar belgilanadi. 
Tergov ishi bo’yicha quyidagi ekspertiza turlari belgilanadi:
- sud-medi t sina ;
- sud-psix i atriya ; 
- sud-psixologik ; 
- har   tomonlama,   ya’ni,   sud   medi t sina,   sud   psixiatriya,   psixologik
ekspertizalar. 
Ekspertizalarning har bir turlari bilan tergovchi yaxshi tanish bo’lishi lozim,
chunki   bu   bilimlar   ekspertiza   masalalariga   oid   savollarni   hal   etishga   imkoniyat
beradi.
Sud-psixologik   ekspertizasi-yuridik   doirasiga   oid   savollarni   hal   etmaydi
(ya’ni: ko’rsatmalarning to’g’ri yoki noto’g’riligini aniqlash; jinoyatning motivlari
va maqsadi;   ayb i ning turlarini belgilashi) .  
S ud-psixologik   ekspertizasi   –   psixik   jarayonlarning   kechish   holatlarini
ani q laydi   (ya’ni:   qabul   qila   olish,   xotira,   tafakkur ,   tasavvur   qilish,   sezish
jarayonnlari ning jihatlari   va h.k.) [ III. 36]
Tergovchi   o’zining   nuqtai   nazari   va   ish   holatiga   ko’ra   ekspertizani
tayinlaydi ,   chunki   har   vaqt   ham   ekspertning   yordamiga   muxtoj   bo’lavermaydi .
Le kin undan bosh tortish ham tergov ishiga ta al luqli dalillarni yo’q o tish bilan teng.
Ekspertizani kerakli vaqtda va kerakli yerda o’tkazish lozim.
S ud-psixologik   ekspertizasini   o’tkazish   uchun   tergovchi   quydagi   tashkiliy
ishlarni olib boradi:
7 - o’rganish   uchun kerakli bo’lgan obyektni ;
- to’g’ri keluvchi muassasalarni tanlaydi.
Ekspert tergovchi sud oldida javob beradi va   o’z   ishiga baho   oladi . Agarda
sud-psixologik   ekspertizasi   natijalari   qoniqar li   va   tushunarli   bo’l ma sa   tergov
jarayoni ishtirokchilari ga  qayta ekspertiza tayinla nishi belgilanadi.
Tergovchi   va   ekspert   o’rtasida   psixologik   munosabat larning   o’rnatilishi
muhimdir (bir birini hurmat qilish, ishonish, ishdagi hamkorlik  ... ). 
Tergovchi   tomonidan   ekspertga   ta’sir   o’tkazish   ta q i q lanadi.   Tergovchi
tomonidan quydagi  ta’ziq  o’tkazish shakillari man etiladi:
1. ekspe r t ga  shaxsiy fikrini singdirish;
2. shaxsiy manfaatidan foydalangan holda unga psixologik bosim o’tkazish;
3. ekspertiza   muddatini   qisqartirish   maqsadida   o’ta   sodda   usullar ni
qo’llashni talab qilish.[ II .12]
Ayblanuvchining   prosessual   huquqlarini   ta’minlash   va   psixologik   muhitni
qo’llash   maqsadida   tergovchi   ayiblanuvchiga   sud-psixologik   ekspertizasining
o’tkazilish sabablari, uning mazmuni va natijalari   to’g’risida tushuntirish ishlarini
rolib boradi.
Ekspert-psixolog   x ulosalarining   to’g’riligi   haqida   gap   yuri-tish   uchun
tergovchi o’zi har tomonlama   bilimlarga ega bo’lishi lozim.
Tergov   amaliyoti   shuni   ta ’ kidlaydiki,   insonlarning   hayoti,   sog’-lig’i,
ozodligi   va   shaxsiyati,   mulki,   jamiyat   x av f sizligi,   jamiyatdagi   tartiblarga   qarshi
jinoiy   ishlar ,   balog’at   yoshidagi   jinoiy   ishlari,   yo’l-transport   hodisalariga   tegishli
vaziyatlar   sodir   bo’lganda   sud-psixologik   ekspertizasining   kerakligi   ma’lum
bo’ladi.
Ko’p hollarda ekspertiza obyektlari   bo’lib   balog’at  yoshdagi  qonunbuzarlar
bo’lishi   mumkin.   Odatda,   ularning   ko’rsatmalariga   bu   yoshdagi   hayolparast lik,
boshqa odamlar ning  ta’sir i katta ahamiyatga ega bo’lishi  mumkin. 
Ekspert-psixolog   zimmasiga   quyidagi   obyektiv   holatlarni   aniqlash
yukla niladi :
- charchagan hollar;
8 - qattiq qo’rquv;
- katta musibat;
- depressiya va h.k .lar.
Bu   holatlar   jabrlanuvchining   harakatlaridan   kelib   chiqqan   bo’lsa,   uning
jazosi   yengil   bo’lishi   mumkin.   Boshqa   tomondan   bular   orqali   jinoyatning   tarkibi
aniqlanadi.
S ud-psixologik   ekspertizasini   o’tkazish   uchun   ma x sus   muta x as-sislar ning
ishtiroki   kerak bo’ladi (ya’ni ilmiy tadqiqot laboroto-riyalar da ishlaydigan kishilar
va   h.k.).   Chunki   zamonaviy   tadqiqot   usullar   orqali   sifatli   ekspertiza   o’tkazi lishi
lozim.[ II .21]
S ud-psixologik ekspertizasi   natijalari yozma ravishda rasmiylashtiriladi.
O x irgi   vaqtlar   ichida   majmuali   ekspertizalar   qo’llaniladi   ( s ud-psixologik–
psixiatrik ).   Bu   yerda   bir   necha   muta x assislar ning   tizimli   yondoshuvi   orqali
ma’lumotlar yig’iladi .
   Sud-psixologik ekspertizasini o’tkazish uslubiyoti
Ekspert-psixologning   diqqat   markazida   jinoyatchi   shaxs   gavdalanadi.
Demak ,   bu   yerda ekspert-psixolog   shaxsning ongi , uning   chuqurligi va qilmishiga
munosabati ,   oila   va   jamiyatdagi   o’rni,   jinoiy   guruhdagi   o’rni   kabi   savollar   bilan
qiziqadi. 
Amaliyotda  jamiyatga qarshi  x ulqning uchta shakl i  belgilanadi:
1. shaxsning jamiyatga qarshi yo’nalganli gi ;
2. shaxsning jamiyatga qarshi harakat qilish id a aniq qaror lar ga kelish i ;
3. bu   qaror lar ni   amalga   oshirish i,   ya’ni:   jinoiy   ish   sodir   etish i   va   salbiy
o qibatlarning  kelib chiqishlari.
Ekspert-psixologning   ushbu   bosqich lar da   amalga   oshirilishi   kerak   bo’lgan
vazifalari quydagilardan iborat:
1 - bosqichda:   huquqiy   ongi,   o’zini   o’zi   baholashini   shakllantirish;   real
hayotiy   qadriyatlarini   va   ahloqiy   normalarini   rivojlantirish   xususiyatlari;
individual-tipologik xususiyatlarini tahlil qilish;
9 2-bosqichda:   shaxsiy   xususiyatlarini   o’rganish   (ya’ni:   norma
qadriyatlarining   yo’nalganligi,   xulqiy   motivasiyalari);   shaxsning   individual
jihatlarini obyektiv vaziyatlardagi obrazlar bilan taqqoslash va tahlil qilish (ya’ni:
hayotiy   sharoitlardaga   to’siqlarni   yengib   o’tish);   frustrasiyaga   bo’lgan
munosabatlarini   tahlil   qilish   (ya’ni:   motivlarning   qoniqtirilishi   yoki
qoniqtirilmasligi). 
Shaxsning   frustirasiyaga   bo’lgan   munosabatini   ekspert   psixolog   biografik
metod yoki kuzatish metodlari orqali analiz qiladi.
3 - bosqichda: subyektning qonunni buzishga bo’lgan munosabati,
qilmishini anglash darajasi, stresslar  darajasi, shaxsning psixologik jihatdan
himoyalanish xususiyatlarini o’rganish.
Psixologik  muhofaza   –  shaxsda  nizoli  holatlarda  namoyon  bo’lgan  xavotir,
qo’rquv xissiyotlarini bartaraf qilinishiga qaratilgan jarayondir.
Psixologik   muhofazaning   vazifasi   –   shaxs   ongini   salbiy   zarar   yetkazuvchi
hissiyotlardan xalos qilishdir.
Bunday   muhofaza   shaxsning   individual   -   psixologik   xususiyatlarini
belgilaydi.
Shaxs   to’g’risida   yanada   aniq   ma’lumotlarga   ega   bo’lish   uchun
uyg’unlashgan usullardan foydalanish lozim (eksperimental va noeksperimental).
Eksperime n tal usullarni nihoyatda ehtiyotkorlik bilan ishlatish kerak, chunki
bu yerda shaxsning psixikasiga e’tibor beriladi.
Jinoyatning ichki ko’rinish elementlari quyidagilardir:
1. jinoiy faoliyatning obyektiv ko’rinishi ; 
2. shaxsning qilmishiga bo’lgan emotsional munosabati ; 
3. shaxsning   intellektual   rivojlanganlik   darajasi,   uning   hayotiy   va   kasbiy
tajribasi.
Ekspert-psixolog shaxsning jinoyatga bo’lgan emosional munosabati  "affekt
holatlari"ni   tahlil   qilib   chiqishi   lozim   (kuchli   ruhiy   hayajonlar ni   aniqlash ).   Bu
hol a tlar asosida ichki nizolar yoritiladi (shaxs va jinoyat o’rtasidagi  nizolar ).
10 Anketa   savollar i  orqali  o’ zini-o’zi baholash  qay darajada ekanligiga ta al luqli
ma’lumotlar ni   yig’ish   imkoniyati   beriladi   ( ayrim   odamlarning   o’zini-o’zi
baholashi past, ayrimlariniki baland ).  [III. 43]
Bundan   tashqari   ekspert   psixolog   boshqa   usullarni   qo’llashi   mumkin:
masalan,   shaxsning   individual   xususiyatlari   va   aniq   vaziyatlarga   bo’lgan   o’zaro
aloqalarini  o’rganish,  biografik  usuli   orqali   shaxsning  aniq  vaziyatlarda  namoyon
bo’lgan   xatti-harakatlarini   o’rganish.   Ekspert   –   psixolog   bunday   usullar   orqali
jinoiy   ishga   taalluqli   muhim   ma’lumotlarni   olishga   muyassar   bo’ladi   va   tegishli
xulosalar chiqaradi. 
11 1.2.  Individual psixologik o’ziga xos xususiyatlarning sud-psixologik
ekspertizasi.
Sud-psixologik ekspertizaning bunday turi kuyidagicha hollarda o’tkaziladi: 
a)   ishda   mavjud   bo’lgan   ayblanuvchi   yoki   sudlanuvchi   shaxsi   haqidagi
ma’lumotlar shubha uyg’otganida; 
b)   individual   o’ziga   xos   xususiyatlarni n g   bir-biriga   zid   baholari   mavjud
bo’lganida; 
v)   shaxsni   tavsiflaydigan   muhim   jihatlar   sifatidagi   fe’l-atvorning   yetakchi
sabablari  va aniq xatti-harakatlar dalillarining o’ziga xos xususiyatlarini  belgilash
talab etilganida; 
g)   ayblanuvchi   yoki   sudlanuvchi   shaxsining   subyekt   fe’l-atvoriga,   shu
jumladan   unda   jinoyatni   sodir   qilish   niyatining   shakllanishiga   jiddiy   ta’sir
ko’rsatishi   mumkin   bo’lgan   ayrim   psixologik   o’ziga   xos   xususiyatlarni   (masalan,
haddan   ortiq   ishonuvchanlik,   ta’sirchanlik,   qat’iyatlik,   ustun   kayfiyat,   fikriy
yechimlarni hal etish sur’ati va shu kabilar) tadqiq etish zarur bo’lganida; 
d) subyektning indivi dual psixologik o’ziga xos xususiyatlarni hisobga olgan
holda   uning   ayrim   xatti-harakatlarini   psixologik   jihatdan   talqin   qilish   kerak
bo’lganida.   Ko’rsatilgan   shubhalarni   vujudga   keltiradigan   ayblanuvchi   va
sudlanuvchilar   sud-psixologik   eks pertizaning   bunday   turining   obyektlari   bo’lishi
mumkin.[III.41]
Amaliyot   shuni   ko’rsatadiki,   agar   sud-psixologik   ekspertiza ning   oldingi
turlari   asosan   dastlabki   tergab-tekshirish   jarayonida   o’tkazilsa,   individual
psixologik   o’ziga   xos   xususiyatlarning   sud-psixologik   ekspertizasi   asosan   sud
tergovi   ja rayonida   o’tkaziladi.   Bu   tushunarli,   chunki   sudya   sudlanuvchining
malakali tarzda tuzilgan «psixologik portreti»ni olishdan g’oyat manfaatdor bo’lib,
uning   vositasida   jinoyat   sodir   qilinishining   psixologik   mexanizmini   chuqurroq
tushunish   imkoniyati   paydo   bo’ladi.   Binobarin   ish   yuzasidan   ancha   puxta   va
to’g’ri qaror qabul qilish mumkin.
12 Sud-psixologik   ekspertizaning   bunday   turini   o’tkazishda   ekspert-
psixologlarga savollar har xil bo’lishi mumkin. 
Quyida   ana   shunday   sud-psixologik   ekspertiza   turini   tayinlashda   eng
ko’p uchraydigan savollar keltirilayapti.
    Ekspertizadan   o’tkazilayotgan   kishi   shaxsining   asosiy   individual
psixologik o’ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat (mijozi, xarakteri, intellekta,
emosional irodaviy va sababli sohalari)?
•   Ekspertizadan   o’tkazilayotgan   kishi   dalillashining   asosiy   o’ziga   xos
xususiyatlari nimalardan iborat?
•   Ekspertizadan   o’tkazilayotgan   kishi   haddan   ortiq   ishonuvchanmi   (yoki
shaxsning   sudni   kiziktiradigan   qandaydir   boshqa   xususiyatlariga,   masalan,
qat’iyatlilik,   ta’sirchanlik,   emosional   beqarorlik   va   shu   kabi   xususiyatlarga
egami)?
•   Ekspertizadan   o’tkazilayotgan   kishi   unda   bunday   jinoyatni   sodir   qilishga
asos   shakllantirishi   mumkin   bo’lgan   individual   psixologik   o’ziga   xos
xususiyatlarga egami?
Bu   turdagi   sud-psixologik   ekspertizasi   quyidagi   holatlarda   o’tkazilishi
mumkin:
a)   ayblanuvchi   yoki   sudlanuvchining  shaxsi  haqidagi   malumotlarda  shubha
uyg’otganda;
b) shaxsiy xususiyatga berilgan qarama-qarshi bahoni aniqlashda;
v)   shaxsning   o’zini   o’zi   tutishida,   xulqida   va   muhim   vaziyatlarda   aniq
harakatlar   bajarishini   ko’rsatuvchi   shaxsiy  xarakter   xususiyatlarini   aniqlash  kerak
bo’lganda;
g)   ayblanuvchi   yoki   sudlanuvchi   shaxsning   shaxsiy   psixologik
xususiyatlarini   aniqlash   kerak   bo’lganda,   ya’ni   shaxs   jinoyat   sodir   etishga   qadar
bo’lgan   va   uning   xulqiga   ta’sir   etuvchi,   shakllantiruvchi,   niyatini   amalga
oshirishga  turtki   bo’lgan  motiv,  shu   shaxsning   o’zigagina   xos  bo’lgan  psixologik
xususiyatlari   tekshirilishi   kperak   bo’lganda   (yuqori   darajadagi   ta’sirchanlik;
ta’sirga   darrov   berilib,   xatti-harakatga   kirishuvchanlik;   qaysarlik,   o’z   fikridan
13 qaytmaslik;   kayfiyatini   ustunlik   qilishi,   yoki   kayfiyatiga   bo’ysunuvchanlik;
masalani o’zgacha xal etish; fikr yuritish tezligi kabi xarakter xususiyatlari jinoyat
sodir   etilishida   ahamiyatli   ta’sir   etganda   bu   holatlar   o’rganilib   chiqilishi   kerak
bo’ladi).
d)   shaxsning   individual   psixologik   xususiyatlariga   asoslangan   holda   uning
ba’zi   bir   xarakatlarini   psixologik   jihatdan   izohlab   berish   kerak   bo’lganda
ekepertizaning bu turiga murojaat etiladi.
Bu   turdagi   ekspertiza   asosan   ayblanuvchi,   yoki   sudlanuvchi   shaxslarga
nisbatan     shubhalanish     paydo     bo’lganida   shaxsdagi   individual   psixologik
xususiyatlarni tekshirish lozim bo’lganda o’tkaziladi.
Amaliyotni   ko’rsatishicha   hozirgi   vaqtda   sud-psixologik   eksperitzasining
avvalgi   turlari   asosan   dastlabki   tergov   faoliyati   jarayonida   o’tkazilgan   bo’lsa,
shaxsning individual psixologik xususiyatlarini tekshirish uchun o’tkaziladigan bu
sud-psixologik ekspertizasi ishning sudda ko’rilishi jarayonida olib borilishga talab
etadi. Bundan ko’rinib turibdiki, jinoyat sodir etgan shaxsning psixologik portretini
va   psixologik   mexanizmlarining   nozik   jihatlarini   chuqur   analiz   qilib,   to’g’ri   va
to’liq xulosa chiqarish uchun faqatgina sudyaga kerakli hisoblansa va sud hukmiga
ahamiyatli   bo’lsa,   hamda   sudya   bunta   ahamiyat   bersagina,   bu   turdagi   ekspertiza
o’tkazilishi mumkin.[III.40]
Bu turdagi sud-psixologik ekspertizasining o’tkazilishida ekspert-psixologga
har turli savollar berilishi mumkin. Quyida keltirilgan savollar ko’proq uchraydi:
- tekshirilayotgan shaxsning asosiy shaxsiy psixologik xu susiyatlari qanday?
(temperamenta,   xarakteri,   intellekta,   iroda   va   hissiyoti,   xatti-harakatga   undovchi
psixologik muhit).
-   tekshirilayotgan   shaxsni   harakatga   undovchi   xulqi,   uning   asosiy
xususiyatlari nima hisoblanadi?
- tekshirilayotgan shaxsni  yuqori darajadagi  ta’sirchanlik xususiyati  bormi?
Yoki   shunga   o’xshash   boshqa   shaxsiy   xususiyatlari   bormi?   rigidlik,   impulsivlik,
ta’sirga darrov berilib, xatti-harakatga kirishish, beixtiyor harakat kilish, hissiyotga
berilib, o’z-o’zini boshqara olmaslik holatlariga tushish xususiyatlari bormi?
14 -   tekshirilayotgan   shaxsning   individual   psixologik   xususiyatlari   jinoyatni   sodir
etishida turtki bo’lib ta’sir ko’rsatishi mumkinmi?
O’limdan keyingi sud-psixologik ekspertiza
O’limdan   keyingi   sud-psixologik   ekspertizani   o’tkazish   zaruriyati   turli
toifadagi   jinoiy   ishlarni   tergab-tekshirishda   paydo   bo’lishi   mumkin.   Avvalo   u
O’zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 173-moddasini suisid holatida o’zini
o’zi o’ldirishga olib borish) qo’llanish masalasi  ko’ndalang bo’lganida o’zini o’zi
o’ldirgan shaxslarga nisbatan o’tkaziladi.
Amaliyotda   bunday   toifadagi   ishlarni   tergab   tekshirish,   ko’pincha   harbiy
prokuraturalar   tergovchilari   bilan   harbiy   xizmatchilar   o’rtasidagi   o’zini   o’zi
o’ldirish faktlari bo’yicha shug’ullanadilar. O’limdan keyingi psixologik ekspertiza
tergovchi   tomonidan   o’zini   o’zi   o’ldirish   deb   niqoblanadigan   ehtimol   tutilgan
qotillik   yoki   qotillik   sifatida   niqoblanadigan   o’zini   o’zi   o’ldirish   haqidagi
taxminlarni   ishlab   chiqayotganida   zo’ravonlik   bilan   odam   o’ldirish   faktlarini
tekshirishda   tayinlanishi   mumkin.   Bunday   ekspertiza   xulosasi,   shuningdek,   zarur
hollarda   o’zini   o’zi   o’ldirish   bilan   baxtsiz   hodisa   ro’y   bergan   holatlaridagi
shaxslarga nisbatan o’gkazilgan ekspertiza natijasidagi o’limni farqlashga yordam
berishi   mumkin.   O’limdan   keyingi   psixologik   ekspertizani   o’tkazishni   zarur
qiladigan   shart-sharoitlar   rang-barangligiga   qaramay   hamisha   xam   halok   bo’lgan
odam   uning   obyekt   hisoblanadi   va   ekspertlar   quyidagicha   bir   turlarni   vazifalarni
hal qiladilar:
•   halok   bo’lgan   shaxsning   individual   psixologik   o’ziga   xos   xususiyatlarini
tadqiq etish;
•   halok   bo’lgan   kishining   o’limidan   oldingi   davrdagi   psixik   holatini   tadqiq
etish; uning o’zini o’zi o’ldirishga maylli bo’lganligi yoki bo’lmaganligi hakidagi
masalani hal qilish;
•   halok   bo’lgan   kishida   uning   o’zini   o’zi   o’ldirishiga   olib   kelgan   psixik
holatining sabablarini va rivojlanish shart-sharoitlarini o’rganish.
Ekspert-psixologlarga   savollar   quyidagi   tarzda   havola   qilinishi
mumki n:
15 1.Halok   bo’lgan   kishining   individual   psixologik   o’ziga   xos   xususiyatlari
qanday va ular uning o’limi holatida kay tarzda yuzaga kelgan?
2.Halok bo’lgan kishi o’limidan oldingi vaziyatda o’zini o’zi o’ldirishga olib
keladigan   psixik   holat   yuz   berganmi   va   agar   shunday   bo’lsa,   bunday   holatning
sababi nimada e kan ?
Mutaxassislar   ekspertizaning   bunday   turini   eng   murakkab   va   masuliyatli
turlar   qatoriga   kiritadi,   chunki   ekspertlar   yuzma-yuz   eksperimental   psixologik
tekshirish imko n iyatiga ega bo’lmaydilar. Odam  o’lib ketgan, lekin uning obrazi,
shaxsi,   psixo logik   maqomini   qayta   yaratish,   uning   ichki   dunyosi   fikrlash   tarzi,
dunyoni sezishini  qayta tiklash va tadqiq etish lozim, chunki uning olamdan ko’z
yumishining  sabablarini   aniqlash   yoki   bunday   sabablarning  bo’lmaganligini   qayd
qilish   kerak.   Ekspertlar   vazifalarining   hal   etilishi   butunlay   tergov   jarayonida
to’plagan   jinoiy   ish   materiallariga   asoslanadi   va   ekspertlar   xulosalarining
asosliligi,   ishonchliligi   va   samaradorligi   ularning   sifatiga,   to’liqligi   va
obyektivligiga   bog’liq   bo’ladi.   Bunday   ishlarni   tergab-tekshirishda   ekspert
guvohlarni   so’roq   qilishda   bevosita   ishtirok   etishi,   ekspertga   ekspertiza   doirasida
halok   bo’lgan   kishining   qarindoshlari,   do’stlari   va   yaqinlarini   so’rab-surishtirish
imkoniyatining berilishi ancha foydalidir.[III.34]
Bunday   ekspertizani   o’tkazish   uchun   tayyorlangan   jinoiy   ish   materiallari
nafaqat   halok   bo’lgan   kishini   bilgan   shaxslarning   ko’rsatmalari,   uning   xatlari,
yozuv   daftarlari,   shaxsiy   kundaliklari,   yozishmalari,   shuningdek,   agar   mavjud
bo’lsa o’lgan kishining ijodiy namunalari sur’atlari, she’rlari, nasriy asarlari va shu
kabilar   ham   o’z   ichiga   olinishi   kerak.   Magnitli   manbalar   —   audiozapis   va
videokasseta   hamda   videoroliklardagi   malumotlar   yana   kompyuter   va   disketalar
xotirasida   muhim   axborotlar   qolishi   mumkin.   Ekspertlar   savollarga   asosli   javob
berishi   uchun   halok   bo’lgan   kishining   shaxsi,   xarakteri,   hissiy   ta’sirlanishining
o’ziga   xos   xususiyatlari,   nizoli   vaziyatlardagi   o’zini   o’zi   tutishi,   shuningdek,
tergalayotgan   hodisa,   voqea   arafasida   o’lgan   kishining   tevarak-atrofidagi   vaziyat,
psixologik   muhit   uning   bu   holatga   munosabati   haqida   imkoni   boricha   to’liq   va
aniq malumotlar to’planishi muhim ahamiyat kasb etadi.
16 Tadqiqotchilarning   fikricha,   o’zini-o’zi   o’ldirish   shaxsning   ijtimoiy-
psixologik jihatdan ko’nika olmasligi oqibati hisoblanadi, bunday vaziyatda odam
vujudga   kelgan   shart-sharoitlarda   bundan   keyin   yashash   uchun   imkon   qolmadi,
deb   hisoblaydi.   Bunday   vaziyatning   vujudga   kelishining   ko’plab   sabablari
mavjuddir.   Masalan,   shaxsning   ko’nika   olmay   qolish   holati   jamiyatdagi   ijtimoiy-
iqtisodiy beqarorlik davrlarida obyektiv ko’payadi, bu o’zini  o’zi o’ldirish hollari
statistikasida   o’z   aksini   toptan.   Ayniqsa,   «orzu-umidlardan   xalos   bo’lish   davri
og’ir   davr   hisoblanib,   bunda   ijtimoiy-psixologik   yuksalishning   o’rnini   inqiroz
egallaydi,   bu   ijtimoiy-psixologik   ong   tang-ligini   chuqurlashtiradi,   jamiyat
a’zolariga   og’ir   ta’sir   qiladi   va   uning   birmuncha   zaif   a’zolarining   hayotdan
ixtiyoriy ko’z yumishiga ko’maklashadi. Inqirozni o’z boshidan kechirayotgan va
taraqqiyot   istiqbollariga   ega   bo’lmagan   jamiyatda   bunday   hol   ko’p   uchraydi.
Rossiyadagi   manzara   bunga   misol   bo’lishi   mumkin:   2004   yilda   81417   nafar
kishining suisid (o’zini o’zi o’ldirish) holati qayd qilingan (100 ming nafar aholiga
taxminan   32   tadan)   —   bu   Yevropa,   AQSh   va   Kanadani   ham   qo’shib
hisoblagandagi butun g’arb dunyosidagi bunday hollardan ko’p deganidir.
Qayta   qurishning   dastlabki   yillarida   yaxshi   o’zgarishlar   bo’layotgan   bir
davrida   o’zini   o’zi   o’ldirish   hollari   kamaya   boshladi,   lekin   1989-1990   yillarda,
kartochkali tizim amal qilgan vaqtda bunday hollar yana ko’paydi. Hozirgi vaqtda
100   ming   aholiga   38   ta   holat   to’g’ri   keladi.   Bunday   vaziyatda   ijtimoiy
himoyalanmagan shaxslar va boshqalarga nisbatan ko’proq depressiyaga, tushkun-
likka   tushadiganlar,   ishonchsizlik   hissi   ko’proq   rivojlanadi-ganlar,   boshqalardan
ko’ra   zaifroq,   ko’p   ta’sirlanadigan,   o’ziga   ishonmaydigan,   shubhalanadigan,
atrofdagilarga qaram kishilar vaziyatga moslasha olmaydilar. Yetarlicha qayishqoq
bo’lmagan,   murosasiz,   o’z-o’ziga   nisbatan   haddan   ortiq   talabchan   kishilar   ham
bunday vaziyatda zaiflasha boradi. Og’ir kasallik, hayotdagi mag’lubiyatlar, yaqin
kishisini   yo’qotish   oqibatida   ham   qatiy   ko’nika   olmaslik   holati   paydo   bo’lishi
mumkin.   Har   qanday   holatda   ham   shaxsning   ijtimoiy-psixologik   ko’nika
olmasligining   og’irligi   va   chuqurligini   baholashda   uchta   tarkibiy   qism   ko’rib
chiqiladi:
17 •  odatiy hayotiy sharoitlarning jiddiy tuzilishi;
•   odamning   ularni   talqin   qilishi   (hayotiy   halokat,   chiqib   bo’lmaydigan
vaziyat, shaxsning falokati yoki og’ir, lekin o’tib ketadigan epizod);
•   moslashish   uchun   kuch-g’ayratlarni   namoyon   qilish   hoxishi   yoki   bunga
tayyorlik (hayotdan charchaganlik, «hayotni yana qaytadan boshlash»ni istamaslik,
bu   to’g’rida   o’ylashdayoq   noxushlik   sezish   yoki   hayotiy   yo’nalishlarni   qayta
ko’rib   chiqib,   o’zini   o’zi   qo’lga   olishga   tayyorlik,   vaziyatni   o’z   nazorati   ostida
olish).
O’zini o’zi o’ldirishlar o’z ahamiyatiga va psixologik sabablariga ko’ra bir-
biridan   farqlanadi.   Ularning   negizida   ko’pincha   ongli   yoki   ongsiz   tarzda   yaqin
kishilarning his-tuyg’ulari yoki jamoatchilik fikridan hamdardlikka ehtiyoj sezish,
atrofidagi kishilardan yordam olishga intilish yotgan bo’ladi. Bunday holda o’zini
o’zi   o’ldirish   harakatlari   namoyishkorona   tuya   olib,   haqiqiy   yoki   shantajli
harakatdan   iborat   ekanligi   kuzatiladi.   Ular   ko’pincha   odamlarning   ko’zi   oldida
yoki   kimdir   kelishiga   bir   necha   daqiqa   qolganida   sodir   qilinadi,   ularning   usullari
ko’pincha jiddiy xavf tug’dirmaydi — bir necha tabletka dori ichilishi, teri hamda
vena qon tomirlarining biroz kesilishi, yupqa yoki zeki arqon ishlatilishi, eshiklar
ochiq holida qoldirilishi mumkin.[II.21]
Suitsid   xatti-harakat,   ziddiyat   vaziyatdan   chiqishning   (bahsdagi   oxirgi,
tortishilmaydigan   dalil   sifatida)   mantiqqa   zid   tus   olishi   mumkin,   u   bunda
yolg’izlik,   og’ir   yo’qotish   va   shu   kabilar   oqibatida   o’zini   o’zi   o’ldirishni   amalga
oshirayotgan   odamning   hayotdan   butunlay   yiroqlashishidan   farqli   ravishda   o’zini
o’zi   o’ldiruvchining   hayot   bilan   uyg’unligini   bilvosita   anglatadi.   Oxirgi   holatda
omon qolishga imkon qoldirmaydigan qo’pol va ishonchli usullar tanlanadi.
  Tadqiqotchilarning   fikricha,   muddatli   xizmatdagi   harbiy   xizmatchilar
o’rtasidagi   o’zini   o’zi   o’ldirishlar   asosida   harbiy   jamoadagi   o’ziga   xos   turmush
sharoitlariga   moslashishning   nomuvofiq   taktikasi   yotadi.   Bu   o’rindagi   o’zini   o’zi
o’ldirishlarning   76%   xizmatning   dastlabki   yarim   yilligiga,   faol   ko’nikish   davriga
to’g’ri   keladi.   Yosh   askarlar   qat’iy   armiya   tartibiga,   jismoniy   yuklamalarga,
shaxsiy   erkinlikning   cheklanishiga,   «qariyachilik»   kabi   salbiy   hodisalar   mavjud
18 bo’ladigan,   ayrim   harbiy   xizmatchilarning   o’zini   o’zi   qaror   toptirishi   qo’pol
jismoniy   kuch   ishlatilishi,   axloqiy-psixologik   tazyiq   o’tkazilishi   ehtimoli   mavjud
yopiq harbiy jamoaga moslashishga majbur bo’ladilar. 
Nizoli   vaziyatlar   vujudga   kelganida   yosh   askarlar   ko’pincha   raqobatchilik
taktikasini   tanlashsa   ancha   noqobil   va   shu   sababli   oqibatda   o’z   joniga   o’zi   qasd
qilishga   olib   boradigan   usullarni   ko’zlashadi.   Xarakterida   senzitiv-shizoid
xususiyatlar:   mahdudlik,   indamaslik,   norasmiy   munosabatlarni   o’rnatishga
qiynalish,   guruhli   faoliyatga   emas,   balki   ko’proq  individual   faoliyatga   moyillilik,
kamtarlik, osoyishtalik, shiddat va tajovuzkorlik darajasining pastligi, hissiyotning
kuchliligi,   jizzakilik   ustunlik   qiladigan   shaxslarning   armiyada   ko’nikishi   goyat
murakkab   kechadi.   Ular   o’zlarining   intizomliligi,   ijrochililigiga   qaramasdan
jamoada   past   maqomga   ega   bo’ladilar,   xizmatdoshlari   o’rtasida   ommaviylasha
olmaydi,   kichik   uyushgan   guruhlarga   kirmaydi,   faqat   bir-ikkita   xizmatdoshlari
bilan birmuncha yaqinlashadi, hatto ular do’st-o’rtoq orttira olishmaydi, sardorlari
e’tiborini o’zlariga jalb qila bilmaydi. 
Pirovard   natijada   bunday   holat   emosional   izolyasiyaga,   jamoa   va   ayrim
harbiy   xizmatchilarning   ularni   qabul   qilmasligi,   ajralib   qolish   va   tajovuzga
uchrashiga   olib   keladi.   Bo’linmada   samarali   tarbiyaviy   ma’naviy-ma’rifiy
ishlarning kam olib borilishi bunday askarlarda depressiv (tushkunlik), frustrasiya
(g’amginlik) hamda shok (ilojsizlik) holati kuchaya boradi, o’zini o’zi baholash va
o’zini   o’zi   hurmat   qilish   susayadi   va   bu   o’zini   o’zi   o’ldirish   uchun   qaror   qabul
qilinishiga   bosh   sabab   hisoblanadi.   Halok   bo’lgan   shaxs,   haqida   axborot
to’plaganda uning bolaligidagi psixik rivojlanishi, maktabdagi o’zlashtirshmi, ota-
onasining   uydagi   o’zaro   munosabatlari   tusiga   doir   ma’lumotlarga   alohida   diqqat,
e’tibor   qilish   kerak,   ayniqsa,   o’smirni   o’zini   o’zi   o’ldirshpni   tergab-tekshirish
jarayonida   buni   unutmaslik   lozim.   Harbiy   xizmatchining   suitsidal   (o’zini   o’zi
o’ldirish) holatida halok bo’lgan shaxsni armiyaga chaqirilishdan avvalgi hayotini
tavsiflaydigan materiallar zarur. 
Ekspertizadan   o’tkazilayotgan   shaxsning   bolalikdagi   psixik   rivojlanishi
yuzasidan exspert-psixologlar quyidagilarni bilishi mu h imdir:
19  ekspertizadan  o’tkazilayotgan shaxsning tug’ilgan vaqtida uning onasining
yoshi;
• homiladorlik xohlab, rejalashtirib amalga oshirilganmi;
• homiladorlikning kechishi, tug’ish asoratlari;
•dastlabki   o’sishida,   yura   boshlashda,   so’zlashida   qiyinchiliklarga
uchraganmi;
•   fe’l-atvorning   o’ziga   xos   xususiyatlari,   hayajonlanish,   yig’loqiliq,
passivlik,   tez-tez   jazavaga   tushish,   tungi   qo’rqishlar,   somnambulizm   (tushida
yurish), tungi enurez (siydikning tutilmasligi), duduqlik va h.;
•   bolaligida   kim   tomonidan   tarbiyalanganligi,   tarbiyaning   o’ziga   xos
xususiyatlari;
• onasi bilan uzoqlashishlar bo’lmaganmi;
• ota-onasining xarakter xususiyatlari, ularning tarbiyaviy uslubi;
• ota-onadan ajralganmi, necha yoshida, qanday sababga ko’ra;
•   maktabgacha   bolalar   tarbiya   muassasalariga   borganmi,   bu   to’g’rida
tarbiyachilarning fikrlari;
• maktabda o’qishni boshlagan vaqti (yakuni);
• o’zlashtirish va uning dinamikasi,  pe dagoglarning fikrlari;
• qaysi fanlarni oson o’zlashtirga n , qaysilari qiyinroq kechgan;
• maktabdan tashqari vaqtdagi mashg’ulotlari;
•   pubertat   («qiyin»)   yoshdagi   o’ z iga   xos   xususiyatlari,   xarakteridagi
o’zgarishlar,   uyidan   qochib   ketishlar,   mashg’ulotlarga   bormasliklar   uchraydimi,
chekish,   ichimlik   ichish,   giyohvand   moddalar   iste’mol   qilish,   er t a   jinsiy   aloqada
bo’lishlar va shu kabilar mavjudmi;
•   do’stlari,   oshna-og’aynilari   doirasida,   psixik   muloqotda   bo’lish   shakllari,
o’smirning yaxshi kurgan odamlari va ideallari;
•   kelgusiga   munosabat,   kasbiy   yo’nalish,   reja,   niyatlarni ng   tu ri ,   ularning
mustaqilligi, realligi, barqarorligi;
•   harbiy   xizmatga   munosabat:   xizmat   qilishga   xohishi   mavjudmi,   qaysi
qo’shin turida xizmat qilishi xohlagan va h.x.[III.44]
20 Halok   bo’lgan   kishining   fe’l-atvori,   xarakteri,   emosion al   holati   o’ziga   xos
xususiyatlari  haqidagi  ma’lumotlarni uni  bilgan shaxslarning  kuzatuvlaridan olish
mumkin.  Bunda  biz  uning  quyidagi  jihatlari   qanday  bo’lganligiga   e’tibor   qilishni
tavsiya qilamiz:
• tashki ko’rinishi: saranjom-sarishta, pala-partish, ko’zga tashlanmaydigan,
qaltis, o’z yoshiga mo s , yoshidan kichikroq, kattaroq ko’rinishi mumkin;
•   uning   yuziga   xos   ifodasi:   osoyishta,   so’ppaygan,   bo’shashgan,   qayg’uli,
g’ayratli, jizzaki;
•   o’zini   tutish:   bemalol,   erkin,   befarq,   namoyishkaroia,   artistona,
surbetlarcha,   o’rtadagi   farqni   mensimaslik,   siqiluvchan,   asabiy,   tortinchoq,
senzitiv;
•   nazari:   yorqin,   so’niq,   sovuq,   o’tkir,   ochiq,   zimdan,   keskin,   qamrovli,
ehtiyotkorona, boshqa tomonga, past, qochirib;
• yig’isi va ko’z yoshlari: tez-tez yiglaydi, qandaydir hodisalarni eslatganda
ko’zlari yoshga to’lib ketardi, o’zini tuta bilishligi bilan ajralib turardi;
• kulishi: tortinchoq, ochiqchasiga, kinoyali, ahmoqona, sirli, bir xil emas;
•   harakatlari   va   imo-ishoralari:   o’ziga   xos   xususiyatlarsiz,   g’ayritabiiy,
ohista, beso’naqay, hovliqma, imo-ishoralarsiz, harakatlar tez-tez qaytariladi;
• tovushi: sekin, baland, yuqori, past;
• nutq ohanglari: o’ziga xos xususiyatlarsiz, g’azabli, jahldor, jizzaki, qat’iy,
talabchan, yumshoq, shikoyatli, alamli, iltimosli, quvnoq;
• nutqning mahsuldorligi: qisqa-lo’nda, kamgap, ko’p gapiradigan, oddiy;
• nutq sur’ati: sustlashgan, tanaffuslar bilan, jadal, normal;
•   nutqning   o’ziga   xos   xususiyatlari:   ayrim   iboralarni   tez-tez   takrorlash,
erkalatish va qisqartirilgan qo’shimchalarni ishlatish, jargon, «begona so’zlar»;
•   aloqaga   kirishuvi:   aloqaga   birinchi   bo’lib,   oson,   tez,   xohish   bilan,   qiyin,
o’zini   tutib,   ehtiyotkorona,   kirgan,   biroz   kuttirib,   ko’pincha   o’rinsiz   yoki
mohiyatiga qaramay javob bergan;
21 •   emosional-irodaviy   holati:   qo’rqoq,   qayguli,   g’amgin,   zerikarli,   erinchoq,
o’zgaruvchan,   jizzaki,   jahldor,   uyatchan,   agressiv,   serzarda,   passiv,   tushkun,
optimist, quvnoq, sho’x, yuqori kayfiyatli, jo’shqin, tashabbuskor, tirishqoq;
•   diqqat-e’tibor:   kuzatuvchan,   parishonxotir,   tez   chalg’iydigan,   o’ziga   xos
xususiyatlarsiz;
• xotirasi: o’tkir, yaxshi, yomon, o’ziga xos xususiyatlarsiz;
• fikrlashi: izch i l, yuzaki, fikrini yo’qotib qo’yadi, ziyrak, ixtiroli, kaltafahm,
ezma, tez-tez aniqlashtiruvchi, ortiqcha detallashtirish.
Shuningdek, halok bo’lgan kishining salomatligi qanday bo’lganligi, qanday
kasalliklarni   boshdan   kechirganligini   ham   aniqlash   zarur.   Ayniqsa,   ushbu
hodisadan   oldin   u   nimadan   shikoyat   qilgani,   uyqusizlikni   boshdan   kechirgan-
kechirmagani, qanday holatda uyg’onganligini bilish muhim.
•   Shubhasiz,   halok   bo’lgan   kishining   dindorlik   darajasi,   uning   kasbiy
dinamikasi, har xil muammolarning borligi: ichimlikka oid, moliyaviy, xizmatdagi,
kriminal, shaxsiy muammolar va uning ularga munosabati ham qiziqish uyg’otadi.
Agar   halok   bo’lgan   kishining   psixik   jihatdan   to’liq   normal,   sog’lom   odam
bo’lmaganligi — bosh miyasi lat yegan, fe’l-atvorida g’alati qiliqlar bo’lgan bo’lsa
— taxmin qilinsa, unda kompleks psixolog-psixiatrik ekspertizani tayinlash kerak
bo’ladi.   Suitsid   genezisida   oila-odamning   eng   yaqin   ijtimoiy   tevaragining   rolini
h isobga   olmay   bo’lmaydi.   Er-xotin   o’rtasidagi,   ota-ona   bilan   bolalar   o’rtasidagi
oilaviy   o’zaro   munosabatlar,   xarakteri   shaxsning   ijtimoiy-psixologik   ko’nika
olmasligining   rivojlanishida   katta   rol   o’ynaydi.   Oila   ichidagi   psixologik   muhit
shaxsning o’zini o’zi o’ldirishga olib keladigan vajlarini bosib, susaytirib qo’yishi
va   ularni   kuchaytirishi,   hatto   shunga   olib   kelishi   ham   mumkin.   Suitsidologlar
o’zini   o’zi   o’ldirishga   olib  kelishi   mumkin   bo’lgan   quyidagicha   oilaviy   omillarni
ko’rsatishadi:
• ilk bolalikda otasizligi;
• oilada onaning bolaga mehribonligining kamligi;
• ota-ona obro’-e’tiborining yo’qligi;
• oiladagi munosabatlarning matriarhal uslubi;
22 • katta yoshdagi zaif oila a’zosining haddan ortiq qattiq qo’lligi, uning bolani
qattiq urushib-koyib va tan jazolari orqali o’ziga bo’ysundirishga urinishi;
• ajrashgan oilalar;
• ota-ona yoki yaqin qarindoshlar suisidni yoki suisidial holat va urinishlarni
amalga oshirgan oilalar.[.III.38]
Shu   bilan   bir   qatorda,   oilalarning   muayyan   ijtimoiy-psixo logik   tiplari   ham
ajralib turadiki, ulardagi o’zaro munosabatlar uslubi o’zini o’zi o’ldirish yuzasidan
potensial xavf tug’diradi. Ularga quyidagilar kiradi:
1.Dezintegrasiyalashgan   oila   t ipi ,   ular   a’zolarining   ajralganligi,
munosabatalarning   rasmiyligi,   shaxslararo   emosional   aloqalarning   yo’qligi
ularning   xarakterli   o’ziga   xos   xususiyatlari   hisoblanadi;   qisman
dezintegrasiyalashgan,   kimdir   unga   qarshi   birlashgan   qarindoshlari   qarshisida
yolg’iz bo’lib ajralib qolgan oilada g’oyat xavfli vaziyat vujudga keladi.
2.Dezintegrasiyalashgan   oilaning   qarama-qarshisi   bo’lgan
superintegrasiyalashgan   oila   tipi,   unda   oila   a’zolarining   shaxsiy   avtonoml i gi
(mustaqillik) hislari buziladi, ular bir-biri bilan shunchalik «Kirishib» ketishganki,
ayrim,   aloxida   holda   yashashni   tasavvur   ham   kila   olishmaydi;   bunday   oilada   bir
a’zoning o’limi boshqa a’zoning mutlaqo nochorligini ochib qo’yadi.
3.Disgarmonik   oila   tipi,   u   uning   a’zolari   maqsadlari,   ehtiyojlarining   bir-
biriga bog’liq emasligi, hammaning ham birlik va totuvlikni so’zlab yashamasligi,
o’zlarining   manfaat-lari   va   urf-odatlaridan   voz   kechishni   xohlamasligi   bilan
tavsiflanadi.   Bu   yerda   qabul   qilingan   me’yorlarga   rioya   qilinishi   majburiy   tusga
ega,   kimdir   uchun   frustrasiya   bilan   bog’liq.   Bir   a’zoning   boshqa   a’zoga   o’z
odatlarini doimo majburlayverishi, fe’l-atvorni o’zgartirishni talab qilish, uni uning
uchun   maqbul   kelmaydigan   hayotiy   yo’nalishlarga   muvaffaq   yashashga
majburlash bunday oilada xavfli vaziyatni keltirib chiqarishi mumkin.
4.Yopiq   o’ziga   to’q   oila   tipi,   uning   a’zolari   uchun   oila   asosiy   kuch-
g’ayratlarni   sarflaydigan   soha,   yagona   hayotiy   mazmun   hisob lanadi,   boshqa
hamma   narsa   —   ish,   oiladan   tashqari   muno sabatlar   va   hkz.   Faqat   oiladagi
farovonlikni ta’minlash va tutib turish vositalari bo’lib hisoblanadi. 
23 Hayotiy faoliyatning asosiy sohasi oiladagi qandaydir tanglik uning a’zolari
uchun suisid xavfi soladigan vaziyatni keltirib chiqarishi mumkin.
24 II- BOB.  SUD -PSIXOLOGI K  EKSPERTIZASIZASIDA AFFEKT
HOLATINI TADQIQ QILISH .
II.1. A ffekt holatining sud-psixologik ekspertizasi.
Sud-psixologik ekspertizasini  o’tkazishning markaziy masalalaridan  biri  — bu
jinoyat   sodir   qilish   jarayonidagi   affekt   holat ni   diagnostika   qilish.   Diagnostika
qilishning sababi shu holat bilan belgilanadiki, jinoyat qonunchiligi bo’yicha affekt
holati (fiziologik) aybni yengillashtiruvchi holat hisoblanadi.[II.24]
Ko’p   hollarda   sud-psixologik   ekspertizasini   o’tkazish,   misol   uchun   odam
o’ldirish jinoyatini sodir qilgan shaxs  yoki  og’ir  tan jarohati yetkazgan shaxs  shu
jinoyatning   affekt   holatida   sodir   qilganligi   yoki   qilmaganligini   aniqlashda
namoyon   bo’ladi,   ya’ni   bu   xildagi   ekspertizaning   subyekti   ayblanuvchi   yoki
sudlanuvchidir.   Bunda   shaxs   g’azabining   affekt,   yani   jazavalanish   psixik   holati
nazarda   tutiladiki,   bunday   holat   shaxsni   agressiv   faol   xatti-harakatlarni   amalga
oshirishga majbur qiladi.
Affekt holatining shaxs xulqiga tasir kilishi nomusga tegish tergov ishlarini
ko’rishda namoyon bo’ladi. Bunda jabr lanuvchining faol qarshilik ko’rsatmaganlik
holati   ko’zda   tutilgan.   Bu   holda   jabrlanuvchining   qo’rkuv   holati   affektning
mavjudligini   yoki   mavjud   emas   ekanligini   va   bunday   holat   jinoyat   sodir   qilish
jarayonida   uning   xulqiga   qanday   tasir   ko’rsatishini   aniqlashda   katta   amaliy
ahamiyatga ega.
Shunindek,   ehtiyotsizlikdan   sodir   etilgan   jinoyatlarni   tergov   qilish
jarayonida  ham  affekt  holatini  aniqlashga  katta etibor  berish  zarur. Chunki  affekt
holatining   shaxs   ongiga   tasir   qilishi   shu   xildagi   jinoyatlarni   sodir   qilishga   olib
keladi. 
Masalan,   odam   o’ldirish   yoki   zaruriy   mudofaa   chegarasidan   chetga
chiqish jinoyatlari shular jumlasidandir.
Yuqoridagi   mulohazalarga   asoslangan   holda   affekt   holati ning   sud-
psixologik   ekspertizasida   keng   qo’llanish   maqsadiga   muvofiq   degan   xulosaga
kelishimiz mumkin. 
25 Chunki   S.L.Rubinshteynning   fikricha,   «Affekt   bu   —   tez   va   birdaniga
o’tadigan, portlovchi xususiyatli emosional jarayon bo’lib, bu holat shaxsning
o’z   harakatiga   nisbatan   ongli   irodaviy   nazorat   qilishni   buzadigan   holatdir» .
Mazmunan   affektning   xursandchilik,   qo’rquv,   g’azab   va   hokazo   turlarni   ajratib
ko’rsatish maqsadga muvofiq.
Affekt   psixologik   kategoriya   bo’lib,   bu   holatni   maxsus   bilimlarga,   yani
affektiv   reaksiyalarning   paydo   bo’lishi,   kechishi,   rivojlanishi   to’g’risidagi
bilimlar   bilan   qurollangan   mutaxassis   diagnostika   qilishi   kerak.   Ekspert
jinoyatni affekt holatida sodir qilinganligi yoki qilmaganligini aniqlasa,  u taqdirda
sud   va   tergovga   kuchli   psixik   hayajonlanish   holatiga   baho   berish   va   aybni
yengillashtiruvchi holat deb topish huquqi beriladi .
Affektning   sud-psixlolgik  ekspertizasini   o’tkazish   sudlanuvchi   yoki   jinoyat
qilishda   gumonlanuvchining   harakatini   to’g’ri   tasnif   qilish   (baholash)   uchun
zarurdir. Bu haqida quyidagi misolni keltirish mumkin. 
«Bundan bir necha yil muqaddam qotillik bilan ayblangan ayblanuvchi
Ya.ning   ishi   ko’rilgan.   U   otasiga   27   marta   jarohat   yetkazib,   uni,
o’ldirganlikda ayblangan. Jabrlanuvchi  uyida uzluksiz ravishda ichib, janjal
ko’targan,   xotinini   qattiq   haqoratlagan,   uni   va   o’g’lini   xo’rlagan,   ularni
o’ldirish bilan qo’rqitgan. Sud majlisida ayblanuvchi quyidagicha ko’rsatma
beradi: 
«...2   sentyabr   kuni   otam   men   bilan   akamning   orqasidan   yana   janjal
ko’tardi,   har   galgidek   men   ularning   yonini   oldim,   otam   akamni   va   meni   yana
haqoratladi.   Mana   shu   vaqtda   onam   telefon   qilib,   kecha   ularni   otam   uydan
haydaganini va o’ldirish bilan qo’rqitganini aytdi. Men hayajonlanganimdan va
otamning   janjalidan   qochmoqchi   bo’lib   tezda   uydan   chiqib   ketdim,   albatta
bunday voqyealar har doim ham onamning orqasidan bo’lib turardi.[III.45]
Men   uyga   qaytib   kelganimda   otam   onam   va   meni   yana   haqoratlay
boshladi, zo’rg’a o’zimni tutib turdim. Keyin otam menga onang qachon qaytsa
to’g’ridan-to’g’ri uni o’ldirishini aytdi.  Bu holat yuzasidan nimaki degan bo’lsa,
shuni   bajarishni   uning   emosional   holatidan   sezib   turdim.   Ishdan   qaytganimda
26 o’ldirilgan   onamni   ko’rishni   o’zimcha   ko’z   oldimga   keltirdim.   Keyin   otamning
yuzini   va   qonni   ko’rganimni   eslayman.   Undan   keyin   nima   bo’lganini   eslay
olmayman.   Men   uni   nima   qilganimni   kech   sezdim   va   milisiyaga   ketdim.   Men
uni qa s ddan o’ldirmadim».
Sud-psixiatriya ekspertizasi Ya. o’z qilmishiga o’zi javob bera oladiganligini
takidlaydi, lekin ozgina hayajonlanish holatiga nevrologik reaksiyaga kirib turadi.
U   tug’ma   jarohatni   boshidan   kechirgan,   aqliy   (intellektual)   rivojlanish   qobiliyati
jihatidan biroz orqada qolgan va duduqlanish xususiyatiga ega.
Sud-tibbiyot   ekspertizasining   xulosasiga   asosan   jabrlanuvchiga   yetkazilgan
jarohatlarning ko’pchiligi o’rinli urilgan, bular haqida aniq avtomatlashgan harakat
jarayonida ekanligi bayon qilingan.
Bir   necha   marta   sud   psixiatrik   ekspertizasining   sud   jarayonida   ko’rsatma
berishicha,   sudlanuvchining   kuchli   psixik   hayajonlanish   holatida   ekanligini
aniqlash masalasi sud-psixologik ekspertizasiga, yuklatilgan, bunda himoyachi Ya.
ga   nisbatan   sud-psixologik   ekspertizani   tayinlash   haqidagi   talabnoma   kiritilib
ushbu savolga javob berishni so’raydi:
1. Ya. ning oliy nerv faoliyatining xususiyatlari va tiplari;
2.   Uning   psixikasiga   tu g’ ma   jarohatlarning   tasiri   bormi   va   ularning
oqibatlari mavjudmi;
3.   Tug’ma   duduqlanish   va   janjal   boshlanish   bilan   tezda   uning   ogzaki
fikrining susayishi o’rtasidagi munozaralarning o’zaro tasiri.
4.   Uzoq   davomli   jarohatlovchi   psixologik   muhitlar   va   jinoyat   sodir
qilishdagi yaqqol holatlar, hodisalar.
Himoyachining   talabnomasi   quyidagi   asos   bo’yicha   rad   etildi,   yani   sud-
psixologik   ekspertizasi   sudda   o’tkazilmaydi.   Hukmda   sudlanuvchining   birdaniga
kuchli psixik hayajonlanish natijasida harakat qilmaganligi ko’rsatilgan. 
Bu xulosa quyidagicha asoslangan, yani otasining onasini o’ldirish haqidagi
qo’rqitish, haqoratlash va janjallar oldindan va uzluksiz ravishda bo’lib turgan va
bular sudlanuvchi uchun hech qanday yangilik emas.
27 Shunday   qilib,   bu   muhim   jabhalar   sudlanuchi   harakatini   klassifikatsiya
qilish   uchun   hamda   psixik   holatlarni   tiklashda   obyektivlikka   erishish   maqsadida
ularning qarorida ekspert psixologik ekspertizaga qatnashtirish masalasini qo’yish
zarur.   Sudlanuvchining   kuchli   psixik   hayajonlanish   holatini   birdaniga   kelib
chiqqanligini sud-psixologik ekspertizasi jarayonida ekspert psixologlar tomonidan
tasdiqlanishi,   sudning   o’z   xulosasini   o’zgartirishga   olib   kelishi   lozim   va
sudlanuvchi harakatining yuridik tasnifini o’zgartirishga olib keladi.]III.43]
Fiziologik affektning informativ belgilari
Uzoq   yillar   davomida   «Ayblanuvchi   jinoyat   sodir   qilayotgan   vaqtida
affekt   holatida   bo’lganmi?»   degan   savol   yuristlar   tomonidan   mustaqil,
mutaxassislar yordamisiz hal qilinar edi. Bu borada sud-psixiatrik ekspertizasining
imkoniyatlari cheklanganligi hisobga olinmasdi.
Fiziologik   affekt   psixik   holatdan   chiqmagan   holda,   kutilmagan   tarzda
qisqa   vaqt   oralig’ida   katta   kuch   bilan   sodir   bo’lib,   psixologiya   doirasida
o’rganiladi.   Normal   affekt   bilan   patologik   effekta   oralig’idagi   farqni   ko’rsatish
uchun sog’lom odamdagi neyrodinamik jarayonni asos qilib olish tabiiy holdir.
Birlamchi   affektning   sabablarini   kuzatish   orqali   fizio logik   holdagi
psixologik tabiiylikni ko’rish mumkin, shuning uchun ham tahlil qilinayotgan
psixik holatni psixologik affekt deb atash maqsadga muvofiq.
Hozirgi   zamon   psixologiya   adabiyotlarida   «affekt»   tushunchasi   hyech   bir
to’ddirishsiz aniq ifodalanishiga ega.
Keltirilayotgan   mulohazalar   shuni   ko’rsatadiki,   fiziologik   affekt   sud-
psixologik   ekspertizasiga   taalluqli   bo’lib,   buning   dalili   sifatida   patologik   va
fiziologik affekt oralig’idagi farqni yotig’i bilan ko’rib chiqishi masalasi yotadi.
Psixiatriyada patologik affekt shunday xarakterlanadiki, u o’tkir qisqa
muddatli psixik buzilish jarayoni bo’lib, alohida favqulodda to’satdan paydo
bo’luvchi va mujassamlashtiruvchi holatdir, yani:
1. Ong doirasini chuqur chalkashtiruvchi, qaysiki qorong’ulashtiruvchi
holat tug’ilishiga yo’naltiradi;
2. Avtomatik harakat bilan tezkor dvigatelli hayajonlanish;
28 3. To’la va qayta sodir etilgan amneziyaning harakatlari va hokazo. 
Patologik   affekt   holati   bezovtalanish   kechinmalarning   intensivligi   bilan
ajralib   turadi,   lekin   shu   holatda   sodir   qilinayotgan   harakat   katga   tasir   qiluvchi
kuchga   ega   bo’ladi.   Ko’p   hollarda   patologik   affektning   qiziqqonligi   ko’p   yoki
kam, uzoq muddatli chuqur uyqu bilan tugallanadi.   [III.45]
Shunday hollarda  patologik affekt  mazkur  jarayondagi  psixikaning kasallik
holati   bo’lib   hisoblanadi,   shuning   uchun   ham   bu   holat   psixiatr   bilan   vrach
tomonidan   to’g’ri   baholanishi   va   tekshirilishi   lozim.   Patologik   affekt   holatida
noqonuniy   xatti-harakat   sodir   etgan   shaxs,   psixik   kasal   ekanligini   sud   psixiatrik
ekspertizasi to’g’ri tan oladi. 
Psixologiyada affekt deb  «kuchli va shunchaki qisqa muddatli emosional
hayajonlanish paydo bo’lishi tushuniladi».  Bunday vaziyatlarda psixik holatlar
almashinuvi deb baholanadi, lekin ularda  h asatlik belgilari bo’lmaydi.
Affekt holatini yuzaga kelishining ikki xil sababi bo’lishi mumkun. 
Birinchidan,   bu   holat   odamning   hayotiga   xavf   tug’diruvchi   biologik
instinktiga va ehtiyojiga bog’liq ravishda, masalan, bevosita yoki bilvosita hayotga
tatbiq qilish. 
Ikkinchidan,   affekt uni o’rab turganlarning harakati ularning mulohazalari,
ijtimoiy   baholari,   uning   shaxsiga   qattiq   shikast   yetkazuvchi   insonning   o’zini-o’zi
baholashiga   tasir   ko’rsatuvchi   omillar   bilan   yuzaga   keltirish   mumkin.   Ma’lumki,
affektni,   majburlash   yoki   shaxsni   qattiq   haqorat   qilish   yo’li   bilan   yuzaga
keltirish aksariyat hollarda uchraydi.
Yuqoridagi   mulohazalardan   ko’rinib   turibdiki,   affekt   faqat   (spepesifik)
o’ziga xos xususiyatlari bor bo’lgan vaziyatlardagina yuzaga keladi, xolos. Ushbu
omilni tasdiqlovchi bir talay materiallar mavjud.
Yuridik   adabiyotlarda   haqqoniy   ravishda   ko’rsatiladiki,   mana   shu   vaziyat
subyektning hayolida emas, balki uning o’ngida paydo bo’lishi shart.
Affekt   har   doim   bir   zumda   paydo   bo’lish   xususiyati   bilan   tavsiflanadi,
chunki   u   birinchi   bor   insonga   tasir   qilgani   uchun   unda   ko’zg’atuvchilar   affektli
munosabatni yuzaga keltiradi.
29 Bazida   affektli   portlash   tayyorlovining   shartlaridan   biri   -   affektli
munosabatni keltiruvchi takroriy vaziyat bo’lib hisoblanadi.
Aynan takroriy vaziyat kechinmalarning rivojlanishiga, keyinchalik esa
affektiv portlash sodir bo’lishiga olib keladi.
Buning   asosiy   manosi   shundan   iboratki,   oxirgi   vaziyatlarda   g’ayriqonuniy
harakatlarni   sodir   qilgan   shaxs   favqulodda   affekt   holatida   bo’ladi.   Sud,   tergov
amaliyotida   shunday   holatlar   malumki,   jinoiy   xatti-harakatlar,   qachonki
jabrlanuvchi   tomonidan   ko’p   marta   va   takror   sodir   etilgan   haqoratlardan
so’ng sodir etilishi kuzatiladi.
Bundan ko’rinib turibdiki, jabrlanuvchi o’zining harakatini oxirida qo’pol va
haqoratli   harakatlar   sodir   qilishi   mumkin,   lekin   bu   harakatlarning   o’zi   affektning
«oxirgi   tomchisi»   sifatida   kelib   chiqishiga   sabab   bo’lshpi   aksariyat   hollarda
uchraydi.[III.46] 
Shunday   qilib,   fiziologik   affekt,   yani   jismoniy   affekt   birlamchi   yoki   bir
marotabalik «affektogen» holatlarining paydo bo’lishi natijasida asta sekinlik bilan
affekt kechinmalarining to’planishida vujudga keladi.
Affekt   ongn i ng   funksiyasini   yo’qolishini   keltirib   chiqarmaydi.   Shuning
uchun inson o’z xatti-harakatini eslaydi, bazida bu harakat yoki harakatning ba’zi
bir elementlari esdan chiqib qolishi mumkin.
Fiziologik affektning informatik belgilari quyidagichadir:
1.   Ongning   torayishi   affektning   chuqurlashuviga   olib   keladi.   Bunday
holatlarning   vujudga   kelishi   ong   doirasining   chegaralanishi   jarayonlarida
aniqlanadi. Bundan tashqari, vaziyatni nazorat qilish tartibining buzilishi bilan ham
yuzaga kelishi kuzatiladi.
Asosiy   etibor   zo’ri q ish   manbaiga   va   u   bilan   bog’liq   bo’lgan   elementlariga
qaratish maqsadga muvofiq.
Ongning   emosional   harakatidan,   insonni   haqoratlash,   o’ta
qanoatsizlanishdan   tashqari   ba’zi   bir   harakatlar   bilan   to’ldiriladi,   konflikt,   nizoli
vaziyatlarning   qabul   qilinishi   biroz   o’zgaradi.   Mazkur   holat   saylanma   fragment
bo’lib qoladi, ochiq bog’lanmaganlik bir vaqtdalik holatini yo’qotadi. 
30 Dastlabki   tergov   hamda   ekspertizada   ayblanuvchining   «hisoboti»   dan
malumki,   uning   xatti-harakatlari   ongidagi   fikrini   aniq   belgilaydi,   u   ish   uchun
ahamiyatli elementlarni qabul kilmaydi va anglamaydi. 
Fiziologik   affekt   o’zini   o’zi   anglashni   o’ta   buzilishining   ko’rsatkichlari
bo’lib,   affektni   o’rab   turgan   derealizasiya   (qayta   amalga   oshirishning)   belgilari
xisoblanadi, ularning mavjudligi affektni differensiallashtiradi (tabaqalashtiradi).
Ongning   torayishini   tashqi   belgilaridan   biri   —   oriyentirov ka   qilishning
(bilish jarayonlarining) pasayishi, atrof-muhitga ko’r-ko’rona jahl va sezgirlikning
kamayishi   hisoblanadi.   Ayblanuvchilar   ko’pincha   o’z   jarohatlariga   etibor
qilmaydilar,   xavfli   to’sqinliklarga   e’tiborini   qaratmaydilar,   atrofdagilarni   tan
olmaydilar, maqsadga erishish uchun hech narsalarga etibor bermasdan to’g’ridan-
to’g’ri harakat qiladilar.
2.Xulq-atvor   va   faoliyatning   buzilishi.   Buzilish   jarayoni   ong
funksiyalarining   chetga   og’ishida,   o’ta   qaysarlik   va   harakatning   stereotipligida
(uning   g’ayriixtiyoriy   takrorlanishida)   o’z   aksini   topadi.   Bunda   faoliyatning
tuzilishi   buziladi,   murakkab   intellektual   (aqliy   va   motor   harakat)   malakalari
buziladi,   bu   degani   ongni   nazorat   qiluvchi   oddiy   elementlar   harakat   avtomatizm,
maqsadga yo’naltiruvchi usul va vositalar yo’qo lishini anglatadi.
Yuqorida   ko’rsatilgan   o’ziga   xos   xususiyatlar   quyidagi   tipik   kriminologik
affekt   holatida   amalga   oshirilgan   jinoyatlarni   aniqlaydi.   Ular   uchun   ko’p   marta
kaltaklanish   va   jarohatlar   olish,   haqoratlanish   xususiyatlari   xos   bo’lib,   ko’pincha
to’la qarshilikka qaramay, uni o’limga olib keladi.
Harakatning   pasayishi   uning   energiyasini   kuchaytirishga   sabab   bo’ladi.   Bu
holatda   shaxs   juda   katta   qarishlikni   yengishga   qodir   bo’lib,   murakkab   kuchga
egadir (oddiy holatdan tashqari).
Ongni n g   torayishi   harakat   buzilishini   mezoni   bo’lib,   affekt   holatidagi   fe’l-
atvorning   buzilish   darajasining   normal   holati   «subyekt»   harakatining   buzilishi
darajasidagi farqi tushiniladi.
3.Asabiylashgan   emosional   holatning   tipik   dinamikasiga   ko’ra:
tavakkalchini   subyektov   tusmol   qilish   va   rivojlanishning   impulsivlanishi   (ichki
31 turtkisi yordamida), portlovchi «lavaga o’xshab borish va sekinlashuvi, yani ba’zi
mualliflarning fikricha», to’g’ri burchakli affekt holatining kechishiga kiradi.
4.Affektning   xarakterli   «fiziologik»   belgilaridan   biri   uzluksiz
pantomimik   va   vegetativ   ko’rinish   nutqning   ekspressiv   va   kommunikativ
funksiyalarining buzilishida ifodalanadi.
Nerv   sistemasining   kuchsizlanishi   va   ishdan   chiqish   bosqichida   energiyani
juda intensiv ravishda sarflashi — bu affektiv portlash jarayonida har qanday shaxs
uchun simptomdir (alomatdir). 
Bularga   psixik   va   jismoniy   zaifliklar   —   kuchli   psixik   ezilish,   depressiya,
bo’shashish,   o’ta   charchash,   o’zini   yo’qotib   ko’yish,   jahli   chiqish   va
jabrlanuvchiga achinish hislari kiradi.[III.38]
Qoida bo’yicha bunday shaxslar   (jinoyat sodir kilgan insonlar)  voqea sodir
bo’lgan   joyda   qoladilar,   odatda   ushbu   voqea   haqida   o’zlari   milisiyaga   xabar
beradilar, jabrlanuvchiga yordamga shoshiladilar.
Ko’pincha esa ba’zi bir jinoyatchilar voqea sodir bo’lgan joydan qochishga
intiladilar,   lekin   o’z   izlarini   yo’qotishga   intilmaydilar,   tashqi   ko’rinish   haqida
qayg’urmaydilar, aniq maqsad va yo’nalishlarga ega bo’lishga harakat qilmaydilar.
Affektning   xulosa   bosqichida   u   amneziya   shakliga   o’tishi   mum kin.   Ular
affektning xavfli ko’rsatkichi bo’lib, uning obyektdagi mezonlarning (belgilarning)
ortda   qolganligini   ifodalaydi.   Barcha   detallar   va   harakat   haqidagi   materiallarning
to’la saqlash nafaqat o’zini, balki atrofdagilarni ham qiziqtirmaydi, bu esa bevosita
tarzda   jinoyatning   amalda   oshirilishida   ongning   ekspert   xulosasiga   hech   qanday
dahli yo’qligini tasdiqlaydi.
Xotiraning affektdan keyingi buzilish natijasi to’la amneziya darajasiga yeta
olmaydi,   bazida   vaziyat   elementlarining   uqtirilishida   va   shu   borada   psixolog-
ekspertning   xulosasini   olishda   o’z   aksini   topadi.   Hamma   hollarda   ham   ekspert
xulosasining   zid   (teskari)   tomonlari   haqiqatga,   maqsadga   erishishga   to’sqinlik
qilgan, jinoyatni yashirishga sharoit yaratib kelgan.
Doimo   shuni   hisobga   olish   kerakki,   shunga   o’xshash   ekspertiza   xulosalari
xotiraning buzilishida himoya rolini o’ynagan. 
32 Shuning   uchun   ham   sud-psixologik   ekspertizasini   o’tkazishda   affektning
xarakteristika-si, subyektivga o’xshash, ikkinchi darajali rol o’ynaydi va affektning
obyektiv   belgilarini   hisobga   olgan   holda   jinoyat   sodir   qilgan   jarayondagi   holat
ekspert xulosasiga to’g’ri kelishi lozim.[III.38]
Affektsiz   sodir   bo’ladigan   «portlovchi»   emosional   holatlarga
kuyidagilar tegishlidir:
1.Ongning   torayishini   affektov   shakllanmaganligi   intros-peksiyada   (o’z-
o’zini   kuzatishda)   ekspertlanuvchi   qobiliyatining   saqlanganligi,   holatni   qabul
qilshning yetarli, to’la va aniq darajada shayligi, maqsadga muvofiq yo’nalishning
borligi harakatni realizasiya qilishning muhim vositasidir va bular tergovdan oldin
va mazkur jarayonda ijobiy natijalar berishi mumkin.
  2.Axloq saqlashning muvofiqligi.
Buning uchun faol rol o’ynovchini ko’rsatib berish shart, chunki munozarali
vaziyatda   ekspertlanuvchi   tashabbus   ko’rsatishi   mum kin.   Maqsadga   erishuvda
to’g’ri   vositalaridan   foydalanish,   ekspressiv   affektning   xarakterli   belgisi   bo’lib,
affektning   ratsional   (oqilona)   boshqarish   yo’li   hisoblanadi.   Murakkab   faoliyatni
boshqarish ehtiyoji sifatida akt tuziladi.
3.G’ayriqonuniy   xarakatning   impulsivligi   qaysiki   tashqi   ko’rinishi
yumshoqroq sifati, farqi va o’zaro ajralib turuvchi bosqichning emosional jarayoni
asosida namoyon bo’ladi.
4.Emosional   holatni   kechirishning   xususiyatlari   va   kechinmalarni
mazmunining   mas’ulligi   va   bundan   keyingi   sharoitlarda   emosional   holatning
moslashuvi albatta psixologik qonuniyatlariga mos keladi.
5. Emosional,  intel l ektual   va fizik belgilarning yo’qligi   oddiy  emosional
holatlarda kuchsiz intensiv energetik  q uvvatlar bilan bog’langanlikni bildiradi.
Gohida   emosiyaning   kuchayishi   bilan   aniqlanadigan   shartli   reaksiyaning
ta’sir etishi, ko’pincha shubhalarni bartaraf qilishga, jinoyat sodir qilingan joydan
yashirinishga   olib   keladi,   buni   biz   ikkinchi   darajadagi   affekt   emas ,   deb
hisoblaymiz.
33 Patologik   affekt   va   boshqa   klinik   holatlarga   tegishli   bo’lgan   hodisalar
haqida  mualliflar  bir  ovozdan  tasdiqlaydilarki,  ong darajasini   torayishi  affektning
portlash   jarayonida   insonni   butunlay   yo’ldan   adashtiradi,   psixik   kechinmalarning
buzilishiga   olib   keladi,   buning   oqibatida   fikrlar   aloqadorligi   buziladi,   barcha
bog’lanishlar fiziologik affektdan ajralib turadi. 
Bu   esa   patolagik   affektni   fiziologik   affektdan   ajratib   turuvchi
xususiyatlaridan   biridir.   U   chuqur   psixik   va   jismoniy   toliqish   hollari   bilan
tavsiflanadi.   Qoida   bo’yicha   bular   cheksiz   chukur   uyqu   bilan   yoki   eshitish
sezgilarining   yo’qolishi,   kuchsizlanishi,   atrofdagilarga   befarqlik   bilan   qarshi
qarash   holatlari   bilan   yakunlanadi.   Mazkur   holat   shuningdek,   ongning   chuqur
buzilishiga ham olib kelishi kuzatiladi.
Affektning sud-psixologik ekspertizasi mazmunidagi masalalari
Yuqorida   aytib   o’tilgan   barcha   fikr   va   mulohazalar   qaysi   vaziyatlarda
ekspert-psixolog tergov jaray o nida ishtirok etishi to’grisida boradi.
Shunday qilib, I.A. Kudryavsevning  ta’kidlashicha,  ayni  vazi yatda ekspert-
psixologlarning majburiyati va huquq doirasiga kuyidagilar kiradi:
-affekt i v portlashning vaziyat, shaxsiyati va fenomenologiyasini baholash;
-affektning   tashqi   namoyon   bo’lishida   o’ziga   xosligi   va   rivojlani-shidagi
xususiyatlar asosida yotuvchi psixologik mexanizimlarni o’rnatish;
-affektiv   sezgining   tipik   qonuniyatadagi   ularning   og’ish   konstatasiyasi,
fiziologik emosional holatlari reaksiyalari bilan chegaralovchi affektning tubi;
-affekt i v   chuqurlikka   erisha   olmagan,   emosional   reaksiyalar   va   emosional
holati bilan fiziologik affektaning ajralishi.[III.44]
M.M.Kochenovning fikricha, sud-psixologik ekspertazasining affekti bo’lib
quyidagi predmetlar xizmat kiladi:
1.   Qonunga   qarshi   harakatlar   qilishga   olib   keladigan   vaziyatning   ham
obyektiv, ham subyektiv tahlili.
2.Ayblanuvchi   sh   axs   maxsus   belgilarining   analizi.   Buning   uchun
guvohlarning ko’rsatmalari, ish yoki o’qish joyida n  tavsifnoma, tekshiruvchi bilan
34 bo’lgan   suhbatning   malumotlari,   psixologik   tekshiruv   natijalarining   materiallari
alohida ahamiyat kasb etadi.
3.Jinoyat   sodir   etish   jarayondagi   subyektning   psixofiziologik   holatining
analizi (uyqusizlik, charchash...).
4. Jinoyat sodir etish vaqtidagi subyekt xulqining analizi.
5.  Jinoyat sodir etilganidan keyingi kishi xulqining talkini.
6.O’zining   qonunga   qarshi   xatti-harakatlariga   nisbatan   shaxsnnng   keyingi
munosabatiga qiyosiy tavsifi.
7.Vaziyatni   baholashga   to’xtalar   ekanmiz,   shuni   aytib   o’tish   kerakki,
emosiyaning eng asosiy sifatlaridan biri-bu uning vaziyat bobligidir.
Bu   tobelik   P.V.Simonov   tomonidan   emosiyaning   strukturasi   formulasida
puxta   izohlab   beriladi.   Shundan   kelib   chiqadiki,   affektogenli   vaziyatni
rivojlantirish   uchun   zaruriy   va   yetarli   sabab,   yuqori   shaxsiyatli   psixik
shikastlantirish   bilan   xavf   solish   faktori   va   shartlari   mavjudligi,   subyektni
to’lkinlantiruvchi,   narsa,   yo’l-yo’riq   xaqidagi   malumotlarning   kamligi,   narsaning
va vaqtning neytralligida paydo bo’lgan xavf va qoniqish hissi orqali uning istagi
va xavfsizligi faollashgan hisoblanadi.
Talablarning   iyerarxiyasi   individual   xususiyatga   ega   bo’lib,   u   hamma
odamda shunday nomlanuvchi asosiy talablarni o’zining tartibiga kiritadi. Bularga
biologik,   instinktli   talablar   va   ayrim   yuqori   sosial   talablar   kiritiladi,   dastavval
hamma talablar sosial iqror bo’lishda, hurmatda, o’zligining qimmatli “men”ligini
ko’tarishdan va uni saqlashdan iborat.
  Asosiy   talablar   bir-biridan   chiqarilmaydigan   va   o’zaro   bir-birining   o’rnini
bosa   olmaydigan   ehtiyojlar   bo’lib,   hisoblanadi.   Shuning   uchungina   bular   yuqori
affektli potensialga egadirlar.
Shaxsni ijtimoiy shaklda qoniktirish mumkin bo’lmagan vaziyatlarda shaxs
mavjud holatni affektning «halokatli» yo’li bilan hal qilishga o’tadi.
Psixik   holatga   ta’sir   qilishning   informatik   xarakteristikasi,   obyektiv
shartlarining   o’ziga   xosligi   va   sababiy   bog’lanishlarni   faqat   obyekt   holatining
35 shartlaridagina   emas,balki   subyektning   shaxsi,   uning   dinamik   holatlarida   ham
ko’rish mumkin.[III.46]
Shu   bilan   affekt   holatning   ta ’ sirini   aniqlasada,   lekin   jabhaviy   obyektlarini
o’rganish bilan chegaralanib qolmaydi.
Bu   holat   ekspertni   adekvat,   yani   to’g’ri   baholashda   subyektning   shaxsini
aniqlash muhim ahamiyatga egadir.
Nizoli   vaziyatlarning   mavjudligi   affektning   vujudga   kelishiga   yetarli   asos
bo’lib hisoblanmaydi.
Keyingi   muhit   —   bu   shaxsning   individual   psixologik   xususiyatining
kompleksi va subyekt-konflikt jarayonidagi muvaqqat holatidir.
Bir shaxsda mavjud bo’lgan, yani affektni keltirib chiqara-digan psixologik
muhit   boshqa   bir   shaxsning   xatti-harakatidagi   uzluksiz   holatlarning   buzulishiga
olib kelmaydi.Verbal
 	va  	noverbal  	belgilarga  	ko’ra	 yolg’onni  	aniqlash
Dastlabki tergov  jarayonida  profayl  metodidan  shaxslarning 
muayyan axborotni	
jinoiy	  maqsadda  	atayin	  buzishi,   ya’ni   verbal	  (so’zdagi),  	ham	 noverbal	(tana   xatti-	
harakatlaridagi)   xabarlarning  
vaziyat   va   holatga   qanchalik   muvofiqligini   aniqlash
maqsadida foyda laniladi.  
Ushbu   malaka (mahorat) nafaqat kuzatuvchanlik   va   diqqatni   mashq   qildirishni
balki ruhiy  kuzatish  borasida barqaror ko’nikma	
larni	 hosil	 qilishni,	 balki	 kinestetika	
(tana	  tili	 haqidagi	 fan)ning  	asosiy	 qonunlarini	  tushunishni,  	suhbat	 olib	  borish	
san’atini	  egal
lashni, belgilangan obyekt   hududida   dastlabki  ko’rik yoki hujjat larni
tekshirish  davomida  shaxslarning xulqini samarali  baholashga imkon   beradigan   bir
qator   usullarni   egallashni   nazarda   tutadi. 
Ruhiy   axborot   olish   usullaridan   biri  	
ruhiy  	tashxis   (diagnostika)   –   bu   shaxs
holatini   o’rganish   bo’lib,   uni  	
vizuallashtirish   – ko’rish   orqali   muayyan   obrazni
shakllantirishdir.
Vizual   psixodiagnostika   –   insonni   kuzatish,   ko’rib   idrok   etish   asosida   uning
ruhiy   holatini   aniqlash.   Boshqacha   aytganda,   ruhiy   axborotni   qandaydir   test   yoki
instrumental usullardan foydalanmay turib o’rganish. 
36 Kuzatuv   usuli   yordamida   ruhiy   axborotni   idrok   etish,   to’plash,   uning
xususiyatlarini   bilish   va   anglash  mumkin. 
Kuzatuv   –   avvalo   muayyan   tarzda   tashkil   qilingan   idrok   jarayoni   bo’lib,     u
kuzatuvchi     oldida    turgan   vazifa    hamda     o’rganila  yotgan hodisaning  mohiyati
bilan  bog’liq.  Ya’ni   kuzatuv   maqsadga  qaratilgan faoliyat   hisoblanadi.]III.46]
Inson   idroki   juda   muhim   bir   xususiyatga   ega,   ya’ni   inson   tez   almashuvchi
ta’sirlarni   hissiy   tuyg’ularning   ketma-ketligi   sifatida   emas,   balki   umumlashma
obraz sifatida  qabul  qiladi  va  bu  	unda inson  	haqida  	tasavvur  	hosil  	qiladi . Tasavvur
«bitta»   bo’lishiga   qaramay,   amalda   bir-biriga   qo’shilgan   va   bir   butun   birlashgan
son-sanoqsiz   juz’iy   tasavvurlardan   tashkil   topgan   bo’ladi.   Shunday   qilib,   shaxs
kuzatilganda   ketma-ketlikda   uning   gavda   tuzilishi,   holati,   mimikasi,   ishoralari   va
xatti-harakatlaridagi   ma’nolar   seziladi,   ushbu   jarayon   «bir   muddatlik»   idrokdir,
chunki  u juda  tez o’tib   ketadi. Biror  inson   gapira   boshlaganida,  u  haqidagi obrazga,
ya’ni o’zganing  «bitta»  tasavvuriga yana ovoz ohangi,  nutq  maromi,  tovush   kuchi,
ehtimoliy dialekt tusi  va  ko’plab  boshqa  jihatlari   qo’shilib   boradi.
Yuqorida  aytib  o’tilganidek, muomala jarayonida axborot uzati lishi:
–   verbal   vositalar   (faqat   so’zlar)   evaziga –   7   %   anglaniladi;
–   tovush   vositalari  (ovoz ohangi, tembri  va  barcha nutqsiz  tovushlar)   evaziga   –
38  %  tushuniladi;
–   noverbal   vositalar   (mimika,   imo-ishoralar,   pantomimika)   evaziga   –   55   %
qabul   qilinadi. 
Ushbu   asosda   insonlar   o’rtasidagi   muloqotning   bir   vaqtda   amalga   oshadigan
ikki   darajasi   farqlanadi:
–  	
mazmun  	darajasi	,   u   so’zlarda   ifodalangan   (verbal)   axborotni,   ya’ni
gapiruvchi   aytishni   istagan   ma’lumotlarni   uzatadi;
–  	
munosabatlar  	darajasi	,   u   axborotni (noverbal)   o’xshatish   orqali, ya’ni bunda
so’zlovchining   o’zi   aytayotgan   so’zlarga   yoki   eshituvchiga   munosabati   sifatida
ifodalanadi.   Albatta,   bunday   nutqsiz   xabarlarni   tushunishga   har   kim   ham   qodir
emas,   chunki   bunda   ichki   yo’nalganlik   xususiyatdan   kelib   chiqib,   e’tibor
aytilayotgan so’zlarga qaratiladi. 
37 Bunday   usuldan   barcha   «mohir»   yolg’onchilar   samarali   foydalanadilar,   bu
borada   ular   nafa qat   o’z   xatti-harakatlari   yo’nalishini,   balki   boshqa   maqsaddagi
nutq larini   ham   puxta   shakllantiradilar.   Ko’pchilik   munosabatlar   darajasidagi
axborotlarni   aynan   o’sha   darajada   idrok   etish,   tana   harakat larining   ma’nolarini
tushunish,  o’rganish imkoniyatidan foydalanmaydilar. 
Shunday   qilib,   eng   ko’p   ma’lumot   bera   oladigan   aksariyat   axborotlar   odatda
e’tibordan   chetda   qoladi.   Ba’zan   esa   ayrim   no verbal   signallar   ongsiz,   ichki   sezgi
(intuisiya)   yordamida   seziladi.   Intuitiv   idrok   qimmatli,   lekin   har   doim   ham
ishonchli   bo’lmaydi   va   asosiysi,   uning   natijalaridan   biror   ongli   harakatni   amalga
oshirishda   foydalanish   qiyin.   Ong   so’zda   tasvirlashni   (verballash	
tirishni)   talab	
etadi.  	Binobarin,	  kuzatuvchi   avvalo   ongli   idrokni   –
noverbal   signallarni   so’zda
ifodalashni   (ya’ni   hissiyo  tlarni   so’zda ifodalashni)   mashq   qilishi   zarur.
Bundan   tashqari,   kuzatuvchanlik, diqqat   va   xotirani   mashq   qildi rish   natijasida
tana harakatlarini   tushunish   ongsiz darajaga (ammo   endi   butunlay   boshqa   sifatda)
o’tadi. Bunda  har  qanday  insonni  bilishning   to’rt   darajasi   namoyo  n   bo’ladi:
-anglamay bilmaslik  (inson   nimanidir   bilmasligini  anglamaydi);
-anglab bilmaslik  (inson  qaysidir  sohada   bilim  olishi zarur ligini   tushunadi);
-anglab   bilish   (inson   kerakli   sohasida   bilimlarni   egallagan);
-anglamay   bilish   (bilimlar   qo’llanilgan   va   muayyan   bir   sohada   ishlash   uchun
barqaror   ko’nikmaga   aylangan).	
Ko’z
 	harakatlari  	va  	yuz  	mimikasiga  	qarab,  	yolg’on  	alomatlarini 	aniqlash.
Inson   o’z   yuzini   ovoziga   qaraganda   yaxshiroq   nazorat   qila   oladi.   Faqat
yuzga   qarab   xulosa   chiqarish   qiyin,   chunki  yuzda   yolg’onni   aniqlash   uchun   tahlil
qilishni talab etuvchi ko’rsatkichlar haddan  tashqari  ko’p. 
Xilma-xil   mimika,   ko’z   harakatlari,   nigoh   yo’nalishi,   odam   yuzining
muloqot   davomida   surilishi,   asosiysi   –   inson   turli     olatlarining   «tashqaridan»
turlicha   ko’rinishi   ko’pincha   uning   haq qoniylik   darajasi   haqidagi   noto’g’ri
xulosalarga   olib   keladi.   Boshqa  	
tomondan,	  aynan	  yuz   ifodasini	 tahlil	 qilish	
natijasida ko’pincha 
yolg’onni   sezish   mumkin   bo’ladi.
38 Ma’lumki,  ko’zlar   nafaqat   «dunyoga   qaragan   deraza»,   balki   «qalb   oynasi»
hamdir,   ya’ni   ularda   insonda   kechayotgan   ruhiy   jarayo   nlarni   ko’rish   mumkin.
Ruhiy   jarayonlar   tafakkur   va   inson   qalbida   yuz   berayotgan   barcha   o’zgarishlar
bilan   bog’liq.   Hayotda   hamma   narsa   tebranib   turganidek,   ko’z   qorachig’i   ham
doimo   harakatda   bo’ladi.   Neyroling vistik   dasturlashtirish   (NLD)   sohasidagi
tadqiqotlarga ko’ra,  aynan   qorachiqlar  harakatiga  qarab  nafaqat  fikriy  jarayo  nning
borishini,   balki   muloqotda   samimiylik   yoki   nosamimiylik   borligini   ham   aniqlash
mumkin.[III.43.]
Bu  yerda gap o’ziga  xos  	
ko’z  	harakatlari   haqida  boradi.  	Ko’z  	qora	chig’i dagi
axborotlarni     shakllantirish     vaqtida    beixtiyor   tushib   qoladigan  muayyan   zonalar
(to’qqiztadan ikkitasi) mavjud bo’lib,   ular  	
ba’zi vaziyatlarda  	nosamimiylikning	  turi	
hisoblanadi.	
Ko’pincha	 ko’z  
harakatlarini   kuzatish   emas,   balki   ko’z   qorachiqlarining
axborot mazmuniga ega jihatlarini (birgalikda kuzatiladigan hissiyotlar, 	
tana	 va	 yuz	
mimikasidagi   harakatlarning)   mos   kelish-kelmasligi   tah	lil	 	qilish	 	samarali	
hisoblanadi.	 Masalan,	 qandaydir	 obrazlar	 haqida  
gap   ketganida,   ko’z   qorachig’i
vizual   emas,   balki   audial   zonada   bo’ladi.
Yuqorida   ko’z   harakatlari   suhbatdosh   tafakkur   yo’lining   ko’rsatkichi
ekanligi   aytilgan   edi.   Ko’zlar   nafaqat   ichki   ruhiy   jarayonlarni   aks   ettiradi,   balki
teskari   aloqani   ham   vujudga   keltiradi:   ong  	
ostidan   qandaydir   xotiralarni   chiqarib	
olish yoki 	atayin	 istalayotgan 
ichki  hissiyotni  yaratish   uchun    ko’pincha   ko’zlarni
muayyan   holga  keltirishning   o’zi   yetarli   bo’ladi.
So’zlashayotgan yoki  xayol  surayotgan odamlarni kuzatganda, ularning 	
ko’z	
soqqalari
  doimo   oldinga-orqaga,   yuqoriga   va   pastga   harakatla nayotganini,
tasodifan narsa   va   odamlarga tikilayotgani,  shuningdek,   ko’pincha  ichki  tajribaga
«qaratilayotganligini»   sezish   mumkin.
Boshqacha   aytganda,   yolg’on   belgilarni   namoyon   qilish   jarayonida   odatda
tashqi  vizual ta’sirlar e’tibordan qolib ketadi.  	
Ko’zlarning
 	yuqo	riga  	va  	o’ngga  	qaratilishi   –   ko’z   bilan   yaratish   –   individ
tomonidan hosil   qilinadigan vizual   obraz yoki manzara xolos. 
39 Ya’ni,   avvalgi   vizual   qo’shimchaga   yangi   qism   yoki   shakl   ketma-ketlikda
qayta  guruh lashtiriladi   yoki undan   ajratib   olinishi   talab  etiladi.Yuqoriga
 	va  	chapga  	qarash   –   ko’z   bilan   eslash.   Bu   o’tmish   hodisalar,
shuningdek,   ilgari   his   qilingan   boshqa   vizual   ta’sirlarning   saqlanayotgan   vizual
obrazlari   yoki  manzaralarini   ifodalashdir.	
To’g’riga
 	va  	o’ngga  	qarash  – nutqiy faktlarni xotirada tasavvur qilish,  inson
ilgari  hyech  qachon eshitmagan tovushlarini tasavvur qilishi.  Bu   suhbat   jarayo  nini
shakllantirish   bilan   bog’liq  bo’lishi  mumkin,  bunday  holatda  odam  bundan  keyin
aytmoqchi bo’lgan gaplari ni  «so’zlarga   ko’chiradi».	
To’g’riga
 	va  	chapga  	qarash   –   nutqiy   faktlarni   eslash.   Bunda   «alifbo
harflari»,   reklama   harflari,   tovushlar,   telefon   raqamlari,   shuningdek,   sheva   va
so’kinish   so’zlarini   ma’nodoshlari   bilan   solishtirish   tushuniladi.   Ko’pincha   qisqa,
ohangdor yoki bir maromdagi so’zlar ko’p takrorlanishi tufayli ilgari idrok etilgan
nutqiy   obraz larni   eslashda   ko’z   soqqalari   ko’p   harakatlantirishi   kuzatiladi.
Axborotdan   foydalanishdan   avval,   shaxs   ushbu   harakatdan   qanday   vaziyatda
«foydalanganligini»   bilib   olish   muhim.	
Pastga
 	va  	o’ngga  	qarash  – bunda  inson  hosil qilinishi   kerak  bo’lgan hissiyo
tlardan hamda mavjud hissiy xotiralardan foydalanishi mumkin.  Tushkun  holatdagi
insonda  ko’p kuzatiladigan holatni  bunga  misol  qilish   mumkin:   boshi  egik, qo’llari
shalviragan,   gavdasi   butunlay   bukilgan,   bunday   shaxs   tom   ma’noda   o’z   hissiyo
tlariga   sho’ng’ib   ketgan.   Ayrim   individlar   uchun   pastga   va   chapga   qarash   aynan
shu ma’noni   anglatishi   mumkin.	
Pastga
 	va  	chapga  	qarash   –   ichki   nutq,   odatda   «chuqur   fikrlash»   bilan
bog’liq   jarayon   bo’lib,   ichki   so’z   va   nutqiy   jarayon   bilan   birga   kechadi   (o’zimiz
bilmagan holda ba’zan turli  tovush   va  xitoblarimiz ning   tashqariga  «chiqib  ketishi»,
ko’pincha   bunga   javoban:   «Iltimos,   o’zingizcha   g’o’ng’illashni   bas   qiling»,   –
degan   javobni   eshitamiz.   Shaxs o’zini   xotirjam  sezayotgan  paytlarda   u   kompleks,
rasional   va   manti qiy   tafakkurning   tahliliy   quroli   hisoblanadi.   Ushbu   holat
ayrim larda   pastga   va   o’ngga   qarashda  ifodalanishi   mumkin.
40 Bir 	nuqtaga  	qaramaydigan  	nigoh   –   vaziyatni   ko’z   oldida   gavdalantirish
(vizuallashtirish)dir.	
Yumuq
 	ko’zlar     –   ta’m   va   hidni   ilg’ashga   bo’lgan   urinishni   anglatadi.
Garchi   odamlar   muayyan   ta’m   yoki   hidni   eslab   qolish   maqsadida   ko’pincha
ko’zlarini   yumsalar   ham,   qovoqlari   ostida   ko’z   soqqa larining   harakati   kuzatiladi.
Bu   harakat   yuqorida   tasvirlangan   holatlarning   biriga   mos   kelib,   ko’zlar   ochiq
holatdagidek talqin etilishi   mumkin.
Xodim   shaxsning   ko’zlariga   qarab   uning   ichki   kechinmalarini   aniqlashi
mumkin.   Ayni   vaqtda   inson   so’zlashayotganida   suhbatdoshining   ko’ziga   qarashi
yoki qaramasligi  muhim  emas, balki qachon  	
qarab , qachon  	nigohini  	olib  	qochgani
muhim.
Shaxslarning   nigohlarini   o’rganish   texnikasiga   kelsak,   muhim   bir   qoidani
nazarda   tutish   zarur,   ya’ni   shaxslarda   namoyo     n   bo’ladigan   xatti-harakatlarni
bilish   yetarli   emas,  ular  bilan   ishlay   olishni  o’rganish   kerak.	
Inson
 	nigohini  	deyarli  	mashq  	qildirib  	bo’lmaydi,  	shu  	bois  	u  	shaxsning	
hissiy-ruhiy
 	holatini  	aniq  	aks  	ettiradi.   Odam   so’zlayotganda   ko’p   holatlar
(xafagarchilik,   iztirob,   g’azab   yoki   shodlik)ni   yashirishi   mumkin,   ammo
qarashlarida   buni   yashirish   uchun   juda   katta   irodaga   ega   yoxud   maxsus   tayyo
rgarlikdan   o’tgan   bo’lishi   kerak.
Umuman   olganda,   suhbatdoshining   yuziga   qarab   yolg’onni   aniqlash   uchun
ko’pincha   quyidagi   jihatlarga   e’tibor   qaratiladi:	
Nigohlar
 	to’qnashuvining  	davomiyligi .   Ma’lumki,   me’yordagi
munosabatlarda,   ya’ni   odamlar   bir-birlariga   rost   gapirayotganlarida,   odatda
muloqot   vaqtining   2/3   qismi   davomida   ko’zlar   to’qnashib   turadi.   Agar   inson
samimiy   bo’lmasa   yoki   nimanidir   yashirayotgan   bo’lsa,   uning   ko’zlari
suhbatdoshiniki   bilan   muloqot   davrining   1/3   qismidan   kam   vaqtda   to’qnashadi.
Ta’kidlash   muhimki,   o’ziga   ishonmaydigan   odamlar   ko’zga   tik   qarashdan
qochadilar.	
Nigohlarning
 	qochishi.   Bunda   asosiy   belgi   shuki,   yolg’on   so’zlash ga
o’rganmagan   yoki   boshqa   sabablarga   ko’ra   xavotirda   bo’lgan   odam   yolg’on
41 gapirayotganida, suhbatdoshining nigohlariga qiyinchilik bilan   dosh   beradi   hamda
nigohini   (ko’zlarini)   olib qochishga   harakat   qiladi.Suhbatdosh
 	ko’zlarining  	biroz  	qisilishi  	(torayishi)   –   ushb u   holat   shaxsning
ishonarli   munosabatlar   o’rnatishni,   «qalbini   ochishni»   istamayotganidan,
bezovtaligidan   dalolat beradi.	
Yengil
 	tabassum   (bunda   ko’zning   pastki   qovoqlari   ko’tarilmaydi)   –
ko’pincha   yolg’on   gapirish   jarayonida   ko’rinadi,   ammo   muloqotning   o’ziga   xos
uslubi   bo’lishi   ham   mumkin. Soxta tabassum  ichki  zo’riqish ni   yashirish   imkonini
beradi, shuning  uchun   ham  doim deyarli  tabiiy ko’rinmaydi.	
Davomiy
 	tabassum  (lablar yuqori  va  pastki tishlardan biroz  orqaga  tortilgan,
bunda  uzun  chiziq hosil bo’ladi, tabassumning o’zi esa  «chuqur»  tuyulmaydi) –  bu
shaxs   tashqi   ko’rinishidagi yoqimtoylik yoki   rasmiy   xushmuomalalikni   ko’rsatadi,
ammo   muloqot   jarayo     nidagi   samimiylik   va   yordam   berishga   tayyorlikni
anglatmaydi.	
Yuz
 	mushaklarining  	mikro  	zo’riqishi . Yolg’on   xabar   berilayotganida,   inson
yuzida   go’yoki   «soya   yuguradi».   Videosuratga   olish   bunda   yuz   ifodasida
soniyaning   ulushi   mobaynida   davom   etadigan   qisqa   muddatli   zo’riqishni   qayd
etish   imkonini   beradi. Amerikalik tadqiqot chi   R. Bennetning   fikricha,   bu   ixtiyorsiz
reaksiya – yolg’onning  juda   ishonchli   ko’rsatkichi   hisoblanadi.	
Sinovchan
 	qarash.   Odam   yolg’on   gapirayo     tganida   diqqatini   sherigi ning
yuziga   qaratadi,   bu   bilan   uni   aldashga   urinish   qanchalik   muvaf faqiyatli
chiqqanligini   baholashga   urinadi.   Nosamimiylik   belgilari   haqida   so’z   yuritganda,
yolg’on   gapirish   paytida  suhbatdoshni nazorat   qilish   kerakligini   unutmaslik   zarur.
Inson   nazoratda   ushlanadigan  	
qo’rquv,  	jumladan  	fosh  	bo’lish	dan  	qo’rqish
paytida,   qoshlari  biroz ko’tarilgan-go’yoki to’g’ri chiziq qa  tortilgan bo’ladi.[II.24] 
Agar  	
qo’rquv  	kuchliroq   bo’lsa,   bu   belgiga   qo’shimcha   boshqa   alomatlar
ko’rinadi:   peshonada   yo     tiq   ajinlar   paydo   bo’ladi;   ko’zlar   kengaygan,   buning
ustiga   yuqori   qovoq   biroz   ko’tarilgan,   pastkisi   esa   taranglashgan   bo’ladi;   og’iz
biroz   ochilgan,   burchaklari   esa   orqaga   surilgan,   buning   natijasida   lablar
taranglashgan  va   to’g’rilangan bo’ladi. 
42 Ushbu   taranglik   va   lablardagi   to’g’rilanganlik   qanchalik   kuchli   bo’lsa,
qo’rquv   shunchalik   kuchli  bo’ladi. 
Biroq  peshona  	tirishmagan   holda   bir   yoki   ikkala   qosh   sal-pal   seziladigan
darajada   ko’tarilishi   ham   mumkin.   Peshonadagi  	
gorizontal  	ajinlar   odatda   kuchli
e’tiborni   bildiradi.  Buning   turli   sabablari   bo’lishi   mumkin:   dahshat,   qo’rquv   yoki
oddiygina   tushunmaslik,   hayrat,   sarosima   va   kutmaganlik.   Bu   albatta,   vaziyatga
bog’liq. Peshonadagi  	
tik  	chiziqlar  odatda kimdir yoki  nimadir  tufayli kelib chiqqan
umumiy diqqat eng yuqori   nuqtasiga   yetganligini   ko’rsatadi.	
Diqqatning
 	bir  	nuqtaga  	qaratilganligi   muqaddam   bandlik,  biror   holat   yoki
vaziyatga   berilganlik   (jalb   etilish)ni   anglatadi.   Xo’sh,   inson   o’zining   til   bilan
bog’liq   bo’lmagan   signallarini   qay   darajada   manipulyasiya   qilishi   (o’zgartirishi),
his-tuyg’ularini   qanday   qilib   sezdirmay   yashirishi   mumkin?   Bu   savollarga
taxminan   quyidagicha   javob   berish   mumkin.   Albatta,   har   kim   o’z   tana
harakatlariga   kuchli   ta’sir   ko’rsatishni   o’rganib   olishi   mumkin.   Biroq   yuz
mushaklarini   va   ko’zlar   ifodasini   deyarli   boshqarib   bo’lmaydi.   Kim dir   o’z
qo’llarini   nazorat   qilishni   o’rganib   olib,   chetdan   qaraganda   mutlaqo   xotirjam
ko’rinishi   mumkin   (masalan,   u   qo’l   barmoqlarini   qovushtirib,   bu   bilan   ulardagi
asabiy   titroqni   bostirishi   mumkin).   Shunga   qaramay,   ichki   bezovtalik   mavjud
bo’lsa,   u   baribir   uning   yuzida   ko’rinadi.   Xo’sh,   nima   uchun  	
yuz  	mushaklari ni
boshqarish   bunchalik   qiyin?   Chunki   yuz   mushaklari   miyaning   hissiyo     tlarni
nazorat   qiluvchi   soha lari   bilan   bevosita   bog’liq.   Shuningdek,   yuz   mushaklarini
ishonch  bilan   boshqarish   uchun   yetarli   darajada   tajriba   to’plash   zarur.
43 II.2. Gumon 	qilinuvchi  	va  	ayblanuvchi  	shaxsining  	psixologik tavsifi
              Ichki   ishlar   organlari   xodimlari   faoliyatining   samaradorli gini   belgilovchi
omillar,   ushbu   faoliyatning   psixologik   jihatlari ni   tahlil   qilish,   o’ziga   xos
xususiyatlarini   o’rganish,   shular   asosida   bu   faoliyatni   takomillashtirishning
psixologik   mexanizmlarini   ishlab   chiqish   va   yo’lga   qo’yish   davr   talabidir.   Ichki
ishlar  organlari tizimida tergov faoliyati o’ziga xosligi   bilan ajralib turadi. 
          Chunki dastlabki tergov harakatlarini olib   borish, voqyea sodir bo’lgan joyni
ko’zdan   kechirish,   tintuv   va   boshqa   tergov   harakatlari   doimiy   ravishda
jabrlanuvchi,   gumon   qilinuvchi,   aybdor   va   boshqa   turli   toifadagi   shaxslar   bilan
uchrashish,   ular   bilan   muloqotga   kirishish   zaruratini   keltirib   chiqaradi   va   ter
gov chidan   chuqur   psixologik   bilimlarni   talab   qiladi.   Bu   esa   xodimlardan   kasbiy
psixologiya   fanini,   shuningdek,   ichki   ishlar   or   ganlari   xodimlari   faoliyatida   yuz
beradigan psixik hodisalar (ruhiy   holatlar va jarayo  nlar, psixologik xususiyatlar)ni
yaxshi bilish,   ularga   qarshi  doimo tayyor turishni talab etadi.  
          Mamlakatimizda  amalga  oshirilayo tgan  sud-huquq  islohotlari   tufayli  jinoyat
prosessi   ishtirokchilari,   ularning   huquq   va   erkinliklari   doimiy   ravishda
takomillashib   bormoqda.   Masalan,   dastlabki   tergovda   sud   nazoratining   joriy
qilinishi, apellyasiya,   kas sa siya   instansiyasi   tartibida   shikoyat   qilish   huquqiga   ega
ishtirok chilarning   huquqlari   kengaytirilishi,   yarashuv   instituti   ta’si s   etilishi   va
xususiy  ayblovning kengaytirilishi bilan jabrlanuv chining   huquqlari  kengaytirilishi,
gumon  qilinuvchi, ayblanuvchiga   imtiyozlar yaratilganligi buning dalilidir.
                Dastlabki tergovni sifatli   amalga   oshirishda  tergovchining   jinoyat prosessi
ishtirokchilari,   ayniqsa,   gumon   qilinuvchi,   ayblanuvchi   bilan   bo’ladigan   o’zaro
munosabatlari alohida   ahamiyatga   ega.   Jinoyat ishi bo’yicha   gumon   qilinuvchi   va
ayblanuvchining   shaxsi   bevosita   inson   omili   bilan   bog’liqligi   sababli,   jinoyat
ishlarini   tergov   qilishda   ular   bilan   ham   huquqiy,   ham   ijtimoiy-psixologik
munosabatlarga   kirishish   zaruriyati   yuzaga   keladi.   Agarda,   o’zaro   munosabatlar
faqat   jinoyat-prosessual   qonunda   nazarda   tutilgan   rasmiy   huquqiy   mazmunda,
ishtirokchining   huquqiy   maqomidan   kelib   chiqib   tashkil   etilsa,   u   holda   jinoyat-
44 prosessual   qonunning   maqsad   va   vazifalariga   erishish   samaradorligini   ta’minlash
uchun  yetarli   bo’lmasligi  mumkin.  
                  Vaholanki,  jinoyat hodisasining   nafaqat   ijtimoiy xavfli   qilmishligini,   balki
uning  shaxs   ruhiyatidagi   o’zgarishlar  bilan bog’liqligini yodda  tutish   zarur.   O’zaro
munosabat larni  zo’rlik ishlatib, qo’rqitib yoki  boshqa  g’ayrioddiy  usul   va   vositalar
yordamida   o’rnatish,   birinchidan,   jinoyat-prosessual   qonun   talablariga   zid   bo’lsa,
ikkinchidan,   o’zaro   munosabatlarning   yanada   murakkablashishiga,   pirovardida
tergov   sifatining     pasayishiga   olib   kelishi   mumkin.   Shu   sababli   tergov   idoralari
xodimlari   tomo nidan   jinoyatchi   shaxs   psixologiyasi   va   uning   tasniflanishiga   oid
bilimlarni   egallash   va   dastlabki  tergovni  olib   borishda   ulardan   foydalanish   o’zaro
munosabatlarda  ijobiy   muloqot  muhitini  shakl lantirishda  muhim   ahamiyatga  ega.
               Gumon  qilinuvchi,   ayblanuvchi   shaxsining   psixologik   xususiyatlari.  
           Gumon  qilinuvchi yoki ayblanuvchi  hali  jinoyatchi emas.  Shu  bois   jinoyatni
ushbu   shaxs   sodir   etganmi,   degan   savolga   javob   izlayo   tganda   uning
psixologiyasini   aniq   tushunish   zarur.   Aybdor   javobgarlikdan   bo’yin   tovlab,
jinoyatda   ishtirokini   yashirishga   intilib,   atrofdagilardan   jinoyat   bilan   bog’liq
kechinmalarini   yashirishga   harakat   qiladi.   U   o’z   xotiralarini   tashqi   ko’rinishlardan
asraydi   va   bu   bilan   ularga   doimo   jonli   tus   beradi,   kechinmalarini   yashirar   ekan,
ularni   yanada   keskinlashtiradi.   Oxir-oqibatda   o’z   hissiyo   tlari   va   fikrlarini
yashirishga   urinishlar   uning   ruhiyatida   kuchli   buzilishlarni   hosil   qiladi.   Gumon
qilinuvchi   va   ayblanuvchining   prosessual   holatlari   huquqiy   jihatdan   jiddiy
farqlarga   ega   bo’lsa-da,   psixologik   jihatdan   bu   farqlar   unchalik   muhim
hisoblanmaydi. Jumladan,   gumon qilinuvchining holati tez-tez o’zgarib turadi, goh
o’ziga   nisba tan   ishonch   paydo   bo’lishi,   faol   qarshilik   ko’rsatishga   intilish,
ter govchining   imkoniyatlarini   yetarli   baholamaslik,   o’ziga   ortiqcha   isho nish,
gohida aksincha, g’amginlik, depressiv holat, parishonlik, iro dasizlik kuzatiladi.
               Ayblanuvchi  gumon  qilinuvchidan  farqli  ravishda ko’pincha  ish ning holati,
tergovda   mavjud   dalillarning   mazmuni   haqida   ko’proq   ma’lumotga   ega   bo’ladi.
Biroq   dastlabki   tergovda   gumon   qilinuvchida   ham,   ayblanuvchida   ham   ko’pgina
45 o’xshash   psixologik   holatlar,   maqsadlar   va   motivasiyalar   kuzatiladi,   binobarin,
bular ularning xatti- harakatlarida ko’rinadi.   [III.45]
                      Umuman,   dastlabki   tergov   davomida   jinoyatchi   shaxs   psixologiya sini
o’rganish  yana quyidagilar bilan  ahamiyatlidir:  
– jinoiy-huquqiy  va  jinoyat-prosessual jihatdan to’g’ri qarorlar   qabul   qilishda
( jinoiy  qilmishni   malakalash  va  ehtiyo  t  chorasi ni   tanlash );
–   gumon   qilinuvchi   va   ayblanuvchi   bilan   bog’liq   muammoli   tergov
vaziyatlarini  hal   etish   uchun   taktik  jihatdan eng  maqbul  qaror larni   tanlash   va   taktik
kombinasiyalarni  ishlab   chiqishda;
–   jinoyat   ishi   bo’yicha   ahamiyatli   ayrim   holatlar,   ya’ni   isbotlash   jarayo     ni
sifatini   ta’minlash,   jinoiy   qilmishning   motivi,   shuningdek,   gumon   qilinuvchi   va
ayblanuvchi, jabrlanuvchining  shaxsini  tav siflashda;
–   jinoyat   sodir   etish   sabablarini   o’rganish   va   uning   oldini   olish   choralarini
ko’rishda   (jinoiy   tajovuzning   yuzaga   kelish   sabablari,   ularni   sodir   etgan
ishtirokchilar, ularning jinoyat sodir  etishdagi   o’rni   va   boshq.)
–   jinoyat   sodir   etgan   va   qayta   tarbiyalashga   muhtoj   bo’lgan   shaxs larga
nisbatan qo’llaniladigan tarbiyaviy ta’sir choralari  yo’nali shini  tanlashda.
«Jinoyatchi   shaxs»   tushunchasi   mazmuni   kengligi   sababli,   uni  o’rganishga	
kriminologik,	 jinoiy-huquqiy  	va	  psixologik jihatlardan
  yondashuv   talab   etiladi.   Shu
jumladan,   psixologik   nuqtai   nazardan  	
jinoyatchi	 shaxsi	  o’zida  	jinoyatchining	 asosiy	
intellektual-ma’naviy
  xislatlari,   ruhiy   va   jismoniy   holatlarini   mujassamlashtiradi.
Jinoyatchi   shaxsining   tuzilishi   aniq   mezonlar   asosida   shakllan gan,   muayyan
belgilariga  ko’ra   farqlanib  turadigan  ikki   qismga   bo’lib o’rganiladi:  ular  jinoyatchi
shaxsining  	
ijtimoiy-demogra	fik   va  	ijtimoiy-psixologik  tuzilishi.  	
          Jinoyatchi
 	shaxsining  	ijtimoiy-demografik  	tuzilishi  quyi	dagilar:	 shaxsning	 jinsi,	
yo    shi,	  oilaviy	 ahvoli,	 ma’lumoti,	 kasbiy
 	qobiliyati,  	mashg’ulot	  turi,  	ijtimoiy	  kelib	
chiqishi,  	moddiy	  ahvoli,
  sudlanganlik   holati   (jinoyatchilik   bilan   boshqa
munosabatlari)   hamda  	
jinoyatchi	 shaxsini	 tavsiflovchi	 asosiy	 belgilardan	 biri	 bo’lgan	
uning
  dunyo   qarashi, muayyan   vazifaviy   majburiyatlarga egaligi kabi belgi lardan
iborat.   Jinoyatchi shaxsining ijtimoiy-demografik   tuzilishiga   oid   belgilar muayyan
46 shaxsda   ijtimoiy   xavfli   xulq-atvorning   yuzaga   kelishi   va   rivojlanishiga   sababchi
bo’lgan omillar, psixologik   jihatlarni  o’rganish   imkonini  beradi.  Jinoyatchi
 	shaxsining  	ijtimoiy-psixologik  	tuzilishi   to’rtta   asosiy   tarkibiy
elementdan  iborat:
1)   yo’nalganligi   bo’yicha   tuzilishi   –   shaxsning   sabr-bardoshi,   huquqiy   ong
darajasini   ifodalaydigan   ijtimoiy   bilimlari   (dunyo qarashi,   ijtimoiy   qadriyatlarga
munosabati,   ijtimoiy   moslashuv chanligi  va  jinoyatga undovchi  motivi   va   boshq.);
2)   jinoiy   mahorati   (tajribasi)   bo’yicha   tuzilish,   –   muayyan   harakatlarni
amalga   oshirishda   namoyon  bo’ladigan  bilim   va   ko’nikmalari,  odatlari   va   boshqa
sifatlari;
3)   psixologik   sifatlarini   namoyo     n   etadigan   tuzilishi   –   shaxsni   bilish,   his
etish  jarayo  ni,  ruhiyati,  irodaviy-hissiy holatlari;
4)   temperamenti   va   boshqa   biologik   jihatlari,   irsiy   mansub ligi   –   shaxsning
xarakteri   va   boshqa   qobiliyatlarining   shakllanishi da   ahamiyatli   bo’lgan   ijtimoiy
omillar.
Yuqoridagilarga asoslanib  hamda  jinoyatchi  va   qonunga  itoatkor   ijobiy  xulq-
atvorli   shaxslarni   ijtimoiy-psixologik   jihatdan   taqqoslab,   jinoyatchi   shaxsiga
quyidagicha   ta’rif   berish   mumkin:  	
jinoyatchi   –   bu   ijtimoiy   jihatdan   xavfli,   kuchli
qo’zg’aluvchan   fe’l- atvorli, ruhiyatini  tajovuzkorlik   va  ishonchsizlik  qamrab  olgan,
umuminsoniy   qadriyatlar   hamda   ijtimoiy   foydali   munosabatlardan   uzoqlashgan
shaxs.   Shu   bilan   birga   ijtimoiy   munosabatlarda   o’ta   ta’sirchanligi   sababli,   o’zaro
munosabatlarni zo’ravonlik va turli   mojarolarni keltirib  chiqarish  orqali o’rnatishga
intilish   ham   jinoyatchi   shaxsiga   xos   belgi   hisoblanadi.   Boisi,   u   huquq   va   axloq
normalarini   yetarlicha   o’zlashtirmaganligi,   jamiyat   va   uning   qadriyatlari,   kichik
ijtimoiy   guruhlar   (oila,   mahalla,   mehnat   jamoalari   va   boshq.)dan   uzoqlashganligi
sababli,   ijtimoiy   munosabatlarga   kiri shish   va   moslashishda   muammolarga   duch
keladi.
Bunday   vaziyatda   g’ayriqonuniy,   ibtidoiy   xulq-atvorga   tayanib
harakatlanishi   oqibatida,   jinoyat   qonuni   bilan   muhofaza   qilinadigan   ijtimoiy
munosabatlarga zarar yetkazadi  hamda  jinoyat hodisasi sodir etadi.  
47 Ijtimoiy   moslashuv   jarayoni   nafaqat   ijobiy-ijtimoiy   munosabatlar,   balki
jinoyatchilik olami  va  uning o’ziga  xos  qonuniyatlari   uchun   ham  xosdir.
 Chunonchi, psixologik   o’rganish  natijalariga   ko’ra,   jinoyatchi   shaxsi  o’ziga
xos   integrativ   ( o’zlashtirish,   umumlashtirish )   sifatlari   yoxud   ijtimoiy
moslashuvchanlik darajasiga   ko’ra,   shartli   ravishda   ikki   katta   guruhga,   ikki   asosiy
turga   bo’linadi:   ular  ijtimoiy-moslashuvchan   va  	ijtimoiy  	moslashuvchanligi  	sust
jinoyatchilar   shaxsi.   Shaxsning  	
ijtimoiy-moslashuvchan ligiga   quyidagi   omillar
ta’sir  etadi:
– irodaviy-hissiy, ruhiy-asabiy bardoshliligi;
– aqliy-ma’naviy shakllanganligi darajasi;
– muvaffaqiyatlarga   erishishga  yo’naltirilgan, ko’ngilsizliklardan   uzoqlashish
istagi,   bilim   saviyasi,   umuminsoniy   qadriyatlarga   munosabati   va   dunyo     qarashi
asoslarini   o’zida   mujassamlashtirgan   maqsadlari   doirasi.   Ijtimoiy-moslashuvchan
guruhga   mansub   jinoyatchi   shaxslarda   yuqoridagi   ijtimoiy-psixologik   sifatlar
yuqori darajada bo’ladi.
           Shu   bilan birga,   ulardagi   ushbu   sifatlar,   jinoiy   maqsadlarga   qaratilgan   chuqur
tafakkur   va   jinoiy   malaka   bilan   yanada   boyib,   shaxsning   butun   diqqat-e’tiborini
aniq maqsadlar sari yo’naltiradi.   Jinoyat sodir   etish   va  uning   izlarini  yashirishning
yangi usullarini   o’zlashtirib,  jinoiy  tajribasining yanada  oshishiga  yo  rdam beradi.
                    Tajribasi   asosida   shakllangan,   voqyealar   rivojini   oldindan   ko’ra   olish
qobiliyatiga   tayanib,   jinoyat   ishini   yuritishga   mas’ul   bo’lgan   davlat   organlari
mansabdor   shaxslarining   muayyan   vaziyatlarga   nis batan   kelgusidagi   harakatlarini
avvaldan anglagan  holda,   shunga   monand tarzda  harakatlana  oladi. 
             Bunday  toifadagi   shaxslarning   xotirasi   kuchli,  tasavvuri  va  e’tibori  yaxshi
rivojlangan,   zehni   o’tkirligi   sababli,   ularning   dunyoqarashi   faqat   jinoyatchilik
olami   bilan   cheklanmasdan,   aksincha,   keng   qamrovli   bo’ladi.   Jamoat   joy larida
atrofidagilarning   e’tiborini   o’ziga   qaratishni   istamaydi,   ko’pchilik   orasida   o’zini
munosib tarzda  tutishga  urinadi.  Bu  esa   ularning  fosh  etilishini qiyinlashtiradi. 
48                       Ular   orasidan   jinoyatchilik   olamining   «yuksak   martabali   vakillari»,
ashaddiy  va  o’ta   xavfli  jinoyatchilar, professionallar, liderlar,  jinoiy   uyushmalar   va
bosqinchi to’dalarning rahbarlari yetishib  chiqishi   mumkin.  
            Ijtimoiy  	moslashuvchanligi  	sust  bo’lgan jinoyatchi  shaxslarda   esa,  irodaviy-
hissiy   bardoshliligi,   ruhiy   zarbalarga   qarshiligi   sust   bo’lishi   bilan   birga,
shaxsiyatida   irodasizlik,   asabiylik,   ruhiy   g’ayritabiiylik   va   beqarorlik   yaqqol
ko’zga   tashlanib   turadi.   Buning   oqibatida,   bu   toifadagi   shaxslarda   asab-ruhiy
tizimining   barqarorligi   buzilgan,   chuqur   idrok   qilish   qobiliyati   yaxshi
shakllanma gan,   voqyealar   rivojini   oldindan   ko’ra   olish   qobiliyati   ham   yetarlicha
rivojlanmagan   bo’ladi.   Xulq-atvorida   ham   shartli   ravishda   bir   qator   yo’qotishlar
mavjudligi   sababli,   o’z   vaqtini   o’tkinchi   narsalarga   sarflaydi,   asosiy   vaqtini
ko’ngilochar   maskanlarda,   spirtli   ichimliklar   yoki   giyo     hvandlik   vositalarini
iste’mol   qilish   bilan   o’tkazishga  urinadi. 
            Ushbu  qiziqishlari  va  qadriyatlarga munosabati   uning ma’naviyati  va   dunyo
qarashi   yaxshi   shakllanmaganligini   ko’rsatadi.   O’z   xulq-atvori   va   harakatlarini
jilovlay   olmaganligi,   ular ni   aniq   maqsadlar   sari   yo’naltira   olmaganligi   bois,
tajovuzkorlik   va   vahshiylikka   moyilligi   ortadi.   Shu   sababli   bu   toifa   jinoyatchi
shaxslar   doimiy   qat’iy   nazorat   ostida   boshqarilishga   ehtiyoj   sezadilar.   Jinoyat
olamining   professionallari   va   liderlari   esa   mazkur   toifa   jinoyatchilarning   ushbu
xususiyatlari   evaziga   ulardan   bajaruvchi   sifatida   foydalanadilar.   Jinoyat   ishlarini
tergov   qilish   davomida,   muayyan   tergov   vaziyatlari   uchun   eng   samarali   taktik-
psixologik   kombinasiyalarni   ishlab   chiqish   hamda   jinoyat   sabablarini   aniqlashda
jinoyatchi  shaxslar   toifalari  va  turlarini  o’rganish   muhim  hisoblanadi. Jinoyatchi
shaxslar   sodir   etgan   jinoyatlarining   o’ziga   xos   belgilari,   huquqiy   ongi,   jinoiy
harakatga   undovchi   motivasiyasi   va   shaxsiyatiga   oid   psixologik   xususiyatlariga
ko’ra   turlicha   bo’lishi   mumkin.   Ushbu   mezonlarga   ko’ra   jinoyatchi   shaxsining
quyidagi   tiplarini   ajratish   mumkin:
         –  	
tasodifiy  	jinoyatchilar  	turi  –   ijtimoiy  jihatdan  ijobiy   xulq-atvorga  ega, biroq
kutilmagan  hayotiy vaziyatlar,  ijtimoiy shart-sharoitlarning  qurboni  bo’lgan   holda
birinchi   marotaba   jinoyat sodir etgan  shaxs   tipi.  
49                         Bunda   jinoyatchi   yo’l   qo’ygan   xatti- harakati   yoki   harakatsizligi   uchun
o’zini   o’zi   qoralashi,   ichki   ziddiyat   holatida   ham   bo’lishi   mumkin   (O’zbekiston
Respublikasi   JKning   98,   102,   111,   266-moddalarida   nazarda   tutilgan   va   boshqa
shu   kabi   ehtiyotsizlik   oqibatida   sodir   etiladigan   jinoyatlarni   sodir   etgan   shaxs lar
bunga  misol bo’lishi  mumkin);[I.2.]
                        –  muayyan  	vaziyatlarga  	ko’ra  	shakllangan  	jinoyatchi  	shaxs  	turi   – ularda
ijobiy   sifatlar   salbiysiga   nisbatan   ko’proq   bo’lsa-da,   jinoiy   harakatlarni   noqulay
sharoitda   yuzaga   kelgan   vasvasa   yo     xud   muayyan   kriminogen   vaziyat   ta’sirida,
o’zi   uchun   ahamiyatli   bo’lgan   natijaga   hyech   qanday   salbiy   oqibatlarsiz   erishish
mumkin,   deb   hisoblagan   holatda   sodir   etishi   mumkin   (O’zbekiston   Respublikasi
JKning   99,   100,   101,   108,   266-moddalarida   nazarda   tutilgan   va   boshqa   shu   kabi
jinoyatlarni   sodir   etgan  shaxslar   bunga   misol   bo’lishi   mumkin);
                      –  	
ikkilanuvchan  	(beqaror)  	jinoyatchi  	shaxs  	turi   –   unga   avval   ham   turli
huquqbuzarliklar   va   axloqsiz   xatti-harakatlarni   sodir   etib,   uning   ijtimoiy   xavflilik
xususiyatlarini   anglagan   bo’lsa-da,   xulq-atvorida   buzg’unchi   jinoiy   ong   bilan
qonunga   itoatkor   ong   o’rtasida   kurash   davom   etayo     tgan   vaziyatda   jinoyat   sodir
etgan  shaxslar   kiradi   (Bunda   subyektiv   tomondan   asosan   egri   qasd   orqali   sodir
etiladigan,   O’zbekiston   Respublikasi   JKning   103,   110,   116,   117-   moddalarida
nazarda tutilgan  va   boshqa   shu  kabi jinoyatlarni sodir   etgan  shaxslar  misol   bo’lishi
mumkin);   –  	
yovuz,  	ashaddiy  	va  	o’ta  	xavfli  	jinoyatchi  	shaxs  	turi   –   hayoti   va
faoliyatining   mazmuni   barqaror   jinoiy   maqsadga   yo’naltirilgan   jinoyatchi   shaxs
tipi  (O’zbekiston Respublikasi JKning 34-moddasi).  Jinoiy  qilmishlarni sodir  etish
o’z-o’zidan uning  uchun  ehtiyoj ga  aylanadi.  Bu  – professional jinoyatchi  tipi.
             Bunday  jinoiy   shaxs   doimo  jinoiy  tajovuz obyektini  izlash  holatida bo’ladi.
Ushbu   tur   vakillari   jinoiy   xatti-harakat   usullari   puxta   ishlab   chiqilganligi,   sovuq
qurol   va   boshqa   zarur   vositalar   bilan   qurollanganligi   bois,   ijtimoiy   jihatdan   eng
xavfli   hisoblanadilar. –  	
impulsiv  	(g’ayriixtiyoriy)  	jinoyatchilar  	tipi   –   ayrim   hayotiy
vaziyatlar   ular   uchun   noqonuniy   xatti-harakatga   undovchi   hisoblanadi.   Bunday
tipdagilar   asabiy-ruhiy   zo’riqish   kuchaygan   sharoitda   tezda   «o’zidan   ketadi»,
darhol  tajovuz,  g’azab,   rashk,  vaziyat   bilan  bog’liq   nafrat   holatiga  kiradilar.
50                         Bunday   jinoiy   tiplar,   ayniqsa,   alkogol   va   narkotik   vositalardan   mast
hollarda  o’zlarini   namoyo  n etadilar. 
                          Ularning   ijtimoiy   xavfli   xulqiga   xos   jihat   ularda   g’ayriijtimoiy   xatti-
harakatlarning   shakllanganligi,   ya’ni   o’zini   o’zi   nazorat   qilish   darajasining
pastligidir.   Jinoiy  tajovuz  obyektiga   ko’ra,   ijtimoiy   xavfli  harakatlarni sodir etuvchi
shaxslar   uch   asosiy   guruh:  g’arazli  	niyatlarda ,  	zo’ravon	lik	 bilan	, g’arazli	 va	
zo’ravonlik	 bilan	 jinoyat	 sodir	 etuvchilar
  sifatida tasniflanadi:
                     1)   g’arazli   niyatlarda   jinoyat   sodir   etishga   moyil   shaxslar.   Ushbu   toifaga
g’arazgo’ylik   va   boshqa   past   niyatlarda   o’zgalar   mulkini   talon-toroj   qilish   bilan
bog’liq   barcha   jinoyatlarni   sodir   etuv chi larni   kiritish   mumkin.   Ushbu   turdagi
jinoyatlarni   sodir   etuvchi   shaxslarning   psixologiyasiga   xos   bo’lgan   umumiy
xususiyat   –   bu   g’araz li   mayllarning   barqaror   shakllanganligidir.   Umuman   g’araz
jilov lanishi   qiyin   bo’lgan   insoniy   nuqsonlardan   biri   sifatida   shaxsning   barqaror
salbiy   yo’nalganligini   hosil   qiluvchi   omil.   Shu   sababli,   g’arazli   jinoyatlarning
sabablarini   shaxsning   g’arazli   maq sadlarini   shakllantirgan   omillardan   qidirish
tavsiya etiladi.   Tergov  amaliyo  tida  ushbu   guruhning  eng ko’p uchraydigan vakil-
lari   –   o’g’rilardir.   O’g’rilar   psixologiyasidagi   ijtimoiy   moslashuv chanlikning
sustligi   (dezadaptasiyasi)   odatda   oilasi,   mutaxassis ligi,   doimiy   ishi   va   turar
joyining  yo’qligi, turli   xil   ruhiy  anomaliyalari bilan  chuqurlashadi.  Ularning  jinoiy
xulqi   ko’proq   g’ay- riijtimoiy   turmush   tarzi   bilan   bog’liqdir.   O’g’ri   –   qonundan
vaqtincha   chekingan   inson   emas,   balki   insofsiz,   odatda   g’ayriijtimoiy   kichik
guruhlarda   huquqiy   va  axloqiy me’yorlarga zid tarzda,  ijtimoiy  nazoratdan  tashqari
sharoitda   shakllan gan  barqaror  salbiy xislatlar tizimiga ega, irodasi  bo’sh   shaxs.   U
psixologik  xususiyatlariga   ko’ra  zo’ravon jinoyatchilarga yaqin  turadi;
                      2)   zo’ravonlik   bilan   jinoyat   sodir   etishga   moyil   shaxslar.   Zo’ravonlik
jinoyatlarini ko’pchilik hollarda madaniy bilim darajasi   past   shaxslar   sodir   etadilar.
Zo’ravon   jinoyatchi   shaxs   (jinoyatni   jismoniy   kuch   ishlatish   yo’li   bilan   sodir
etishga  moyil) odatda tarbiyaning asosiy sohalari – oila, ta’lim muassasalari,  ishlab
chiqa rish   jamoasidagi   kamchilik   va   nuqsonlarni   aks   ettiruvchi   salbiy ijtimoiy
xususiyatlari  bilan ajralib turadi. 
51                             Ushbu   shaxs   psi xologiyasida   egosentrizm   (xudbinlik),   ijtimoiy
munosabatlarga   kiri shishda   barqaror   nizolashuv   va   muammoli   vaziyatlarda   o’zini
oqlashga   bo’lgan   intilish   kuchli   bo’ladi.   Umuman,   ashaddiy   zo’ravonlik
jinoyatlarini  sodir etuvchi   shaxs lar   quyidagi   ijtimoiy  psixologik  xususiyatlarga   ega
bo’ladilar:
–  atrofdagi   shaxslarni  doimo o’ziga  dushman  sifatida  qabul   qilish;
– eng kichik   shaxsiy   muvaffaqiyatsizliklardan   haddan   tashqari   ta’sirlanish,
ularni  ijtimoiy  jihatdan mos  (adekvat)   baholashga   qobiliyatsizlik;
–   jamiyat   va   uning   umuminsoniy   qadriyatlaridan   begonalashganlik
(autiklik);
–   hissiy   jihatdan   nihoyatda   beqarorlik,   yuqori   darajadagi   jizza kilik,
qasoskorlik,   ruhiy   g’ayritabiiylik,   kayfiyatning   tez   o’zgarishi;
– xudbinlik darajasining nihoyatda yuqoriligi va o’zini ko’rsa tishga  bo’lgan
moyillik;
–  shaxsiga   xos  hissiy nuqsonlarni doimo  yashirishga  intilish va   hokazo;
3)  g’arazli va  zo’ravonlik   bilan   jinoyat   sodir   etishga   moyil   shaxslar   har  ikki
guruhga   xos  ijtimoiy-psixologik  xususiyatlarni   o’zida  mujassamlashtirgan  bo’ladi.
52                                                              XULOSA
Ma’lumki,   amalga   oshirilayotgan   barcha   islohotlar   mamlakatni   chinakam
rivoji,   aholining   turmush   darajasining   yuksalib   bori shi,   aholining   yalpi
daromadlarining   o’sishi,   aholining   mulkchilik   shakllariga   ega   bo’lishi,   davlat
boshqaruvida fuqarolar   faolligi, aholining   huquqiy   ongi   va   huquqiy   madaniyatining
yuksalishi,   davlat   organlarining   samarali   faoliyati   hamda   bevosita   ularning
faoliyatida   jamoatchilik   nazorati   kabi   ko’plab   ijobiy   ko’rinishlarda   namoyon
bo’lmoqda.
                      Yuqoridagi   maqsadlarga   erishishning   asosiy   omillaridan   biri   jamiyatda
qonuniylikni   ta’minlashdir.   Qayd   qilingan   ustuvor   vazifani   bajarish   huquqni
muhofaza   qiluvchi   organlar   va   sudning   asosiy   funksiyasini   tashkil   qiladi.   Zero,
fan-texnika   taraqqiyoti   yutuqlarini   huquqni   muhofaza   qilish   organlari   va   sud
faoliyatida   keng   tatbiq etish ishlarning yuritish sifatini oshiradi, jinoyat   ishiga   oid
dalillarni   o’z   vaqtida   qo’lga   kiritish,   jinoyat   sodir  etgan  shaxslarni  tezda   aniqlash
va   fosh   etish   orqali   jinoyat-prosessi   vazifalarining   samarali   bajarilishini
ta’minlaydi.
Q onunda   belgilanishicha,   ekspertizani   o’tkazish   majburiy dir.   Bu   jarayon
davomida :
-  o’limning sabablari va tan jarohatlarining xarakterini aniqlash ;
-   ayblanuvchi   yoki   gumon   qilinuvchi   shaxslarning   psixik   holatlarini
aniqlash; 
- o’z harakatlariga javob bera olishiga yoki tartibga solishga qodirligi, guvoh
va   jabrlanuvchi   shaxslarning   ruhiy   va   jismoniy   holatlarini   aniqlash   (bu   jarayon
jinoiy   ishning   holatlarini   to’g’ri   qabul   qilish   va   ular   asosida   to’g’ri   ko’rsatmalar
berishda amalga oshiriladi);
-   ayblanuvchi,   gumon   qilinuvchi,   guvoh   va   jabrlanuvchi   shaxslarning
yoshini aniqlash kabi savollar belgilanadi. 
Ekspert-psixologning   diqqat   markazida   jinoyatchi   shaxs   gavdalanadi.
Demak ,   bu   yerda ekspert-psixolog   shaxsning ongi , uning   chuqurligi va qilmishiga
53 munosabati ,   oila   va   jamiyatdagi   o’rni,   jinoiy   guruhdagi   o’rni   kabi   savollar   bilan
qiziqadi. 
Amaliyotda  jamiyatga qarshi  x ulqning uchta shakl i  belgilanadi:
4. shaxsning jamiyatga qarshi yo’nalganli gi ;
5. shaxsning jamiyatga qarshi harakat qilish id a aniq qaror lar ga kelish i ;
6. bu   qaror lar ni   amalga   oshirish i,   ya’ni:   jinoiy   ish   sodir   etish i   va   salbiy
o qibatlarning  kelib chiqishlari.
Amaliyot   shuni   ko’rsatadiki,   agar   sud-psixologik   ekspertiza ning   oldingi
turlari   asosan   dastlabki   tergab-tekshirish   jarayonida   o’tkazilsa,   individual
psixologik   o’ziga   xos   xususiyatlarning   sud-psixologik   ekspertizasi   asosan   sud
tergovi   ja rayonida   o’tkaziladi.   Bu   tushunarli,   chunki   sudya   sudlanuvchining
malakali tarzda tuzilgan «psixologik portreti»ni olishdan g’oyat manfaatdor bo’lib,
uning   vositasida   jinoyat   sodir   qilinishining   psixologik   mexanizmini   chuqurroq
tushunish   imkoniyati   paydo   bo’ladi.   Binobarin   ish   yuzasidan   ancha   puxta   va
to’g’ri qaror qabul qilish mumkin.
Xulosa   qilib   aytganda,   sudga   oidekspertiza   huquqni   himoya   qilish   organi
xodimlari va boshqa tegishli xodimlar uchun yordam sifatida xizmat qiladi.
54 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
I .  Siyosiy  a dabiyotlar , davlat farmonlari va qonunlari.
1. Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси. – Т.,   2009.
2. Ўзбекистон Республикасининг Жиноят кодекси. – Т.,   2008.15- м
3.Каримов   И.А.   Ўзбекистон   XXI   аср   бўсағасида:   хавфсизликка
таҳдид,   барқарорлик   шартлари   ва   тараққиёт   кафолатлари.   –   Т.,   1997.   –   87–
88-6.
4.Мирзиёев   Ш.   “Нияти   улуғ   халқнинг   иши   ҳам   улуғ,   ҳаёти   ёруғ   ва
келажаги фаровон бўлади” Т.2021
5. Мирзиёев   Ш.   “Қонун   устуворлиги   ва   инсон   манфаатларини
таъминлаш – юрт тараққиёти ва халқ фаровонлигининг гарови”   Т.2020
  6.Шавкат   Мирзиёев   раислигида   2021   йил   27   июль   куни
жиноятчиликнинг   олдини   олиш,   давлат   идоралари   ва   жамиятнинг   бу
борадаги   масъулиятини   ошириш   масалаларига   бағишланган   видеоселектор
йиғилишидаги нутқи.
II. Asosiy adabiyotlar
7. Аванесов   Г.А.   Криминология   и   социальная   профилактика.   –М.,
2011 . 126-130-с
8 .Алимов   С.,   Антонов-Романовский   Г.В.   Криминологическое
значение   изучения   конфликтов   в   основн ы х   сферах   жизнедеятелности   //
Актуалн ы е проблем ы  уголовного права и криминологии. – М.,  2008 . – С. 61–
67.
  9.   Антонян Ю.М. Преступност и психические аномалии. – М.,   2009 . –
С. 67.
10 .Антонян Ю.М. Криминальная патопсихология. –  М.,   1991.
1 1. Антонян   Ю.М.,   Еникеев   М.И.,   Эминов   В.Е.   Психология
преступника в расследовании преступлении. – М.,   2000.
1 2. Арифходжаева   И.Х.   Ички   ишлар   идоралари   ходимлари
психологияси. – Т.,   2008.
1 3 .Асямов С.В. Психология современого терроризма // Щит. –   2005.
– № 11. – С. 34–36
55 14.Barotov Sh.Tarbiyasi qiyin bolalar psixologiyasi.Toshkent.2013y
15.Бурлачук Л.Ф., Психология личности,-К Здоровя,2006.
16. Василев В.Л. Юридическая психология. – М.,  2011 .– С. 222–224.
17. Гуров   А.И.,   Прфессиональная   преступность.   Прошлое   и
современость. – М.,   1990.
18.Dushanov R.X., Farfiyev Y.A. Kasbiy psixologiya Toshkent.2012 y.
19.   Душаов Р.Жиноятчи шахс психологияси Тошкент.2014 й.
20.Душанов   Р.Ҳуқуқбузурликларнинг   олдини   олиш   фаолияти
психологияси. Тошкент.2016 й.
21. Дашдамиров А.Ф. Нация и личност. Баку, 2003г.
22.Исмиолов   И.   Аҳолидан   қишлоқ   хўжалик   маҳсулотларини   сотиб
олишдаги талон-торожликларнинг тавсифи. – Т., 2013. – 21–22-б.
23.Исмоилов И., Бухаров Д. Уюшган жиноий тузилмалар шаклланиши
ва фаолиятининг олдини олишда ҳамкорликни ташкил этиш. – Т., 2007. – 3-б.
24. Еникополов.С.   Психология   террористов   и   серийных   убийц.–
М.,2005.
25. Еникеев М.И. Юридическая психология. – СПб., 20 1 5. – С. 80.
26. Nishanova Z.T. Alimboyeva Sh. Sulaymonov M. Psixologik xizmat .T.
Ta`lim texnologiyalari. 2014
27. Henry   Kellerman,   PH.D.   Anthony   Burry,   PH.D.   Handbook   of
Psychodiagnostic Testing.- Springer Science_Business Media, LLC.2007.
28. Криминология   /   Профессор   З .   С .   Зариповнинг   умумий   таҳрири
остида .–  Т., 2007
30. Криминология: Дарслик / Проф. З.С.Зариповнинг умумий таҳрири
остида. – Т., 2007. – 91-б.`
31. Ратинов А.Р. Судебная психология для следователей. – М.,   1990.
32. Разинкин В.С. Воры в законе и преступные кланы. – М., 1995. – С.
30–31.
33.Penitentsiar psixologiya: Ma’ruzalar kursi / B.N.Sirliev, R.X.Dushanov,
E.N.Sirliev,   I.X.Kalonov,   D.A.Tadjibaeva   va   boshq.;   –   T.:   O‘zbekiston
Respublikasi IIV Akademiyasi, 2016.
56 III. Qo’shimcha adabiyotlar
34. Муҳаммадиев Н.Э. Ички ишлар идоралари ходимларининг касб 
этикаси ва эстетик маданияти. – Т.,   1998
35. Самовичев Е.Г. Убийство:  психологические аспекты преступления
и наказания. – М., 2011.
36. Сулаймонов   М.   Мирзаев   Р.   Юридик   психология.   Ўқув   қўлланма.
Самарқанд. 2020.
37. Сулаймонов   М.   Суд-психологик   экспертиза.   Ўқув   қўлланма.
Самарқанд. 2020.
38.Sulaymonov M. Dastlabki tergov psixologiyasi. Monografiya. 
Samarqand-2022.
39.Ғозиев Э. Ғ. Умумий психология, 1- китоб. – Т.,   2002.
40. Каримова В. М. Психология. – Т.,   2002.
41. Зарипов З. С., Исмаилов И. Криминология. – Т., 2016 . 130-б
42. Zaripov Z.S., Ismailov I .  Kriminologiya. – T., 1996. – 155–156-b.
43. Чуфаровский   Ю.В.   Психология   оперативно-розыскной   и
следственой деятельности. – М.,   2004.
44. Чуфаровский Ю. В. Юридическая психология. – М., 2003. – С. 120.
45. Ольшанский Д. В. Психология терроризма. – СПб.,   2002
46. Еникеев М. И. Юридическая психология. – М.,   2005.
47. Еникополов   С.   Психология   террористов   и   серийных   убий ц .   –   М.,
2005. – С.100.
48. Ратинов А.Р.  Судебная   психология  для  следователей.  –   М., 2008 .–
С. 59.
49. Рубиsтейн С. Л. Основы общей психологии. – СПб.,   2006.
50. Разинкин В. С. Воры в законе и преступные кланы. – М.,   1995.
52. Рощин. С. Психология террориста. – СПб.,   2004.
53. Қодиров   А.,   Исмоилов   М.   «Қурбонлик»   ёки   «шаҳидлик»
кўринишидаги террорчилик // Ҳуқуқ– Право–Law. –   2004.
57 54. Стефаненко Т.Г. Этнопсихология. М. 2010 г.
55. Душанов Р. Х., Фарфиев Ё. А. Касбий психология. – Т.,   2010.
56. Юридик   э н ц иклопедия   //   Проф.   У.Таджиханов   таҳрири   остида.   –
Т., 2001. – 434-б.
57. Yuridik ensiklopediya / Prof. U.Tadjixanovning umumiy tahriri ostida. –
T., 2001. –   156-b.
58. Yuridik  ensiklopediya  /  Prof.  U.Tadjixanovning umumiy tahriri   ostida.
– T., 2001. –   652-b.
59.Қодиров.А.   Исмоилов.М.   «Қурбонлик»   ёки   «шаҳидлик»
кўринишидаги терроризм //Ҳуқуқ – Право – Лаw. – 2014. – № 2. –   16–17-б.
60.   Империя страха . –  M ., 1992. –  S .146–148.
IV . Internet manba lari
61. www.bilimdon.uz  
62. www.uz  
63. www.ziyouz.uz  
64. www.ziyonet.uz  
65. www.pedagog.uz  
66. www.psixology.ru  
67. www.lib.psixology.msu.ru
ILOVALAR
58 1. LYUSHER TESTI
Mazkur   test   proyektiv   metodikalar   sarasiga   kirib,   insonning   hayot   faoliyati
sharoitlariga nisbatan   «shaxsiy reaksiya» sini aniqlashga xizmat qiladi. Insonning
emotsional   holatining   o’zgarishi   va   uning   ranglarga   munosabatining   turlicha
bo’lishiga olib keladi. Bir xil ranglar juda yoqimli,ayrimlari yoqimsizroq, ba’zilari
esa mutlaqo yoqimsiz his-tuyg’ular uyg’otadi.
Lyusher   testi ning   bosh   g’oyasi   ranglarning   yoqimliligiga   qarab,   ularni
muayyan,   ichki   istak-xohish   asosida   qatorga   joylashtirishdan   iboratdir.   Ularning
orasidan   to’rttasi   asosiy   hisoblanib,   subyektning   psixik   holatidagi   quyidagi   jihat
hamda jabhalarni o’zida aks ettiradi.
1. To’q   ko’k   munosabatlar   chuqurligi,   ishonch,   qo’llab-quvvatlash,   manzur
ko’rinishni taminlovchi tinchlik, xotirjamlik.
2. Ko’kimtir   yashil   “men”   himoyasi:   Unda   o’z   mavqyeini   egallash   uchun
intilish.
3. To’q   qizil -irodaviy   zo’r   berishni   namoyish   etuvchi   tajavvuzkorlik,
ustuvorlik tendensiyasi, qo’zg’aluvchanlik.
4. Och   sariq -faollik,   muomalaga   intiluvchanlik,   ekspansivlik,   shodonlik.
Nizoli vaziyatsiz optimal holatda asosiy ranglar oldingi besh pozisiyani egallagan
bo’lishi lozim. Testdagi qo’shimcha ranglar:
5.Safsar, 
6.Jigarrang, 
7 Qora, 
8 Nolli  (0). 
Ular   negativ   tendensiyalarni   o’zida   aks   ettiradi:   xavotirlanish,   stress,
qo’rqinch kechinmasi, dil og’rig’i.
Testning   yo’riqnomasi:   Rangli   kartochkalarni   aralashtirib   tashlang   va
ularning rangli tomonini ustiga qilib qo’ying. Sinaluvchilardan sakkiz xil rangdan
unga eng yoqadiganini tanlab olishni iltimos qiling.
  Sinaluvchidan   shu   narsani   talab   qilish   kerakki,   kiyimidagi   sevimli   rang
hamda   ko’z   rangini   tanlagan   rangi   bilan   qiyoslamagan   holda   izohlab   berishga
harakat   qilsin.   Sinaluvchi   sakkiz   xildagi   rangdan   o’zi   uchun   eng   xush   ko’rganini
ajratib   ko’rsatsin.   Rangga   asoslanib   tanlab   olingan   kartochkani   rangli   tomonini
pastga   qaratgan   holda   chetga   olib   qo’yish   undan   talab   qilinadi.     Undan   so’ng
qolgan yetti xil rangdan diliga yaqinrog’ini tanlab olish so’raladi. Tanlangan rangli
kartochkaning   rangli   tomonini   pastga   qaratib   birinchisining   o’ng   tarafiga
joylashtirish iltimos qilinadi. 
Xuddi   shu   ko’rinishda   kartochkalarni   oxirigacha   tanlash   jarayoni   davom
ettiriladi.   Keyinchalik   joylashtirilganiga   qarab   kartochkalarning   tartib   nomerini
o’zingizga yozib qo’ying. 
59 Oradan   23   minut   o’tgandan   so’ng   kartochkalarning   rangli   tomonini   tepaga
qilib, oldingi talablarni  (vazifalarni)  davom ettirishni sinaluvchidan so’rang. Shuni
ogohlantiringki,   sinaluvchi   oldingi   tartib   nomerini   esga   tushirishga   harakat
qilmasin   va   ongli   ravishda   avvalgi   tartibni   o’zgartirmasin.   U   rangni   tanlash
davomida birinchi marta bunday topshiriq bajarayotganday tasavvurga ega bo’lsin.
Birinchi   tanlov   jarayoni   xohish   kechinmalarini   tavsiflansa,   ikkinchisi   haqiqiy
voqyelikni   o’zida   aks   ettiradi.   Tadqiqotning   maqsadiga   bog’liq   ravishda   test
o’tkazishning mazkur natijalarini quyidagicha talqin qilish mumkin.
Ushbu test o’tkazilishi natijasida sakkiz xil pozisiyaga ega bo’lamiz;
- birinchi   va   ikkinchi   o’ta   xush   ko’rishlikni   anglatadi   va   QQ   bilan
belgilanadi;
- uchinchi va to’rtinchi abzal ko’rishlikni bildiradi va XX alomati bilan aks
ettiriladi;
- beshinchi   va  oltinchirangga  nisbatan  befarqlikni   anglatadi   va QQ  alomati
bilan ifodalanadi;
 - yettinchi va sakkizinchi rangni yoqtirmaslikning alomati bo’lib;
simvoli munosabatni izohlaydi.
Sinaluvchi   tomonidan   tanlangan   pozisiyalar   quyidagicha   tavsiflanishi
mumkin:
birinchi   pozisiya   maqsadga   erishish   vositasini   aks   ettiradi   (masalan,   to’q
ko’k   rangli   tanlash   osoyishta   harakat   qilish   niyatini   anglatadi   va   bunda   hech
qanday zo’riqishga yo’l qo’yilmaydi);
ikkinchi pozisiya sinaluvchining maqsadga intilishidan dalolat beradi;
birinchi   va   to’rtinchi   pozisiyalar   rangga   ixlosni   tavsiflaydi   va   sinaluvchi
tomonidan   haqiqiy   vaziyatni   aks   ettirishni   (his   qilishni)   bildiradi,   shuningdek,   u
vaziyat taqozo etgan harakat obrazida mujassamlashadi;
beshinchi   va   oltinchi   pozisiyalar   rangiga   nisbatan   befarqlikni,   unga   neytral
munosabatni   tavsiflaydi.   Ushbu   hodisalar   sinaluvchi   o’z   holatini,   kayfiyatini,
motivini   ranglar   bilan   bog’lamaydi.   Ba’zan   ma’lum   vaziyat   vujudga   kelganda   u
yoki bu pozisiya rang talqinining zahirasi ma’nosini aks ettirishi mumkin;
yettinchi   va   sakkizinchi   pozisiyalar   sinaluvchining   rangga   nisbatan   salbiy
munosabatni   bildirib,   ushbu   rangda   aks   etuvchi   ehtiyoj,   motiv,   kayfiyatni
pasaytirishga intilishni anglatadi.
2.Stressbardoshlilik va ijtimoiy moslashishni aniqlash 
(Xolms va Rage metodikasi)
60 Yo’riqnoma:   oxirgi   yil   davomida   Sizda   bo’lib   o’tgan   sarguzashtlarni   esga
tushirishga harakat qiling va o ’zingizni to’plagan ochkolaringizni hisoblab chiqing.
№ Hayotiy sarguzashtlar Ballar
1 Rafiqangiz (rafiqingiz) o’limi. 100
2 Ajralish (  Quydi-chiqdi) 73
3 Er-xotinning (ajralmasdan turib) har tomonga ketishi 65
4 Qamoqqa tushish 63
5 Yaqin oila a’zosining vafoti 63
6 Kasallik yoki jarohatlanish 53
7 Uylanish, tuy marosimi 50
8 Ishdan bo’shatilishi 47
9 Er-xotinning yarashuvi 45
10 Nafaqaga chiqish 45
11 Oila a’zolarining salomatligi o’zgarishi 44
12 Sherik ayolning homiladorligi 40
13 Jinsiy muammolar 39
14 Bola tug’ilishi (yangi mehmon paydo bo’lishi) 39
15 Ish joyini qayta tashkillashtirish 39
16 Moliyaviy sharoitning o’zgarishi 38
17 Yaqin do’stining vafoti 37
18 Kasbiy yo’nalishining o’zgarishi (ish joyini o’zgartish) 36
19 Er-xotin o’rtasidagi munosabatda nizoli holatlarning kuchayishi 35
20 Ssuda (qarz) olish yoki katta miqdorda zayom xarid qilish 31
21 Zayom va ssuda to’lovi muddatining tugashi 30
22 Lavozimning o’zgarishi va xizmat mas’ulnyati oshishi 29
23 Uyni qiz yoki o’g’il tark etishi 29
24 Xotin (er) qarindosh urug’lari muammolari 29
25 Ajoyib shaxsiy muvaffaqiyat 28
26 Rafiq (er) ishini tashlaydi (yoki ishga joylashadi) 26
27 O’quv yurtida o’qishning boshlanishi yoki tugallanishi 26
28 Turmush sharoitning o’zgarishi 25
29 Qaysidir shaxsiy odatidan voz kechish yoki xulq 
stereotiplarining o’zgarishi 24
30 Rahbar bilan munosabat buzilishi yoki nizoning vujudga kelishi 23
31 Ishlash vaqtining yoki sharoitning o’zgarishi 20
32 Turar joyini almashtirish 20
33 O’qish joyini almashtirish 20
34 Ta’til yoki hordiqni o’tkazish bilan bog’liq odatlarning  19
61 o’zgarishi
35 Ibodat qilishi bilan bog’liq odatlarning o’zgartirishi 19
36 Ijtimoiy faollikning o’zgarishi 18
37 Uncha katta bo’lmagan ashyo sotib olish uchun ssuda va zayom 17
38 Tush ko’rish, tush buzilishi bilan bog’liq shaxsiy odatlarning 
o’zgarishi 16
39 Oilada birga yashovchi a’zolar miqdorining o’zgarishi, oilaning 
boshqa a’zolari bilan uchrashib turish maromi va xususiyatining 
o’zgarishi 15
40 Tasavvur qilishga aloqador odatlarning o’zgarishi 15
41 Ta’til 13
42 Yangi yil, tavallud kuni 12
43 Tartibodning bir muncha buzilishi 11
3. TAJOVVUZKORLIK SHAKLI VA KO’RSATKIChLARI
DIAGNOSTIKASI
(A.Bass va A.Darki metodikasi)
Yo’riqnoma:   Tanishayotgan   tasdiq   ma’nosidagi   vaziyatni   baholashda
“Ha”,   “Ha   desa   ham   bo’ladi”,   “yo’q   desa   ham   bo’ladi”,   “Yo’q”   javoblardan
bittasini   tanlang   va   Sizni   xulq   uslubingizga   nechog’lik   mos   tushishini   hisobga
oling.
1.Kimgadir   zarur-zahmat   keltirish   xohishimni   o’htin-o’htin   uddalashga
qurbim yetmaydi.
2.Yoqtirmagan odamlarim ustidan goho g’iybat qilaman.
3.Yengil g’azabim qo’zg’aydi, lekin oson tinchlanaman ham.
4.Agarda   yaxshilikcha   mendan   o’tinib   so’rashmasa,   unda   iltimosni   sira
bajarmayman.
5.Menga joiz narsani hamisha ham ololmayman.
6.Meni orqamdan odamlar nima deyishlarini bilaman.
7.Mabodo boshqa odamlar hatti - harakatini qo’llab quvvatlamasam, u holda
o’zlari his etishlari uchun imkon beraman.
8. Agarda   birovni   aldashayotgan   bo’lishsa,   vijdonim   azoblanayotganligini
sezaman.
9. Meningcha, boshqa odamni urishga uquvim yetishmaydi.
10.Narsalarni sochgandan ortiq g’azabimni qo’zg’aydigan omil yo’q.
11. Begonalar nuqsonlariga hamisha beshafqatman.
12.Mabodo   o’rnatilgan   qonun-qoida   menga   yoqmasa,   uni   yakson   qilishga
tayyorman.
13.Boshqalar qulay vaziyatdan qariyb to’liq foydalana oladilar.
62 14.Men kutganidan ortiqcha iltifot qiladigan odamlardan hadiksirayman.
15. Odamlar bilan ko’pincha kelisha olmayman.
16.Miyamga shunday fikrlar keladiki, goho undan uyalib ketaman.
17.Kimdir   menga   musht   tushirsa,   men   unga   shunday   tarzda   javob
qaytarmayman.
          18.G’azabim qo’zg’alganda eshikni qattiq yopaman.
19.Tashqaridan qaragandan ham jahldorman.
20. Kimdir o’zini amaldorday his etsa, men unga ko’ndalang turaman.
21. Mening taqdirim biroz dilim og’ritadi.
22. O’ylashimcha, ko’pchilik kishilar meni yoqtirmaydilar.
23. Odamlar   men   bilan   bir   qarorga   kelishmasa,   bahsdan   o’zimni   tuta
olmayman.
24.Ishdan chetga qochadiganlar o’zlarini aybdorday his qilishi lozim.
25.Kimdir   meni   yoki   oila   a’zolarimni   haqorat   qilsa,   demakki   u
mushtlashishimni istaydi.
26Men qo’pol hazillarga qodir emasman.
27Meni ustimdan kulishsa, rangi-qutim o’chadi.
28O’zlaridan katta amaldor deb baholanganlarga imkon darajasida 
kibrlanishga to’siq uyushtiraman.
29.Men yoqtirmaydiganlarimdan har haftada u yoki bunisini ko’raman.
30.Ko’pgina kishilar menga havas qilishadi.
31.Odamlar mening huquqlarimni hurmat qilishni talab qilaman.
32.Otaonalarimga kam yordam berayotganligim dilimni og’ritadi.
33.Sizning   g’ashingizga   tegadigan   odamlar   ularning   burniga   chertib
qo’yishingizni xohlashadi.
34.Ba’zan jahldan rangi-qutim o’chadi.
35.Qadr-qimmatimdan   pastroq   munosabatda   bo’lishsa,   unchalik   dilim
og’rimaydi.
36.Kimdir   g’azabimni   qo’zg’atishga   harakat   qilsa,   men   unga   e’tibor   ham
bermayman.
37.Ba’zan   g’ayrlik   dilimni   kemirsa   ham,   lekin   men   uni   sirtdan
bilintirmayman.
38. Goho meni mazax qilishayotganday tuyuladi.
39. Jahlim qo’zg’alganda ham sirtdan uni sezdirmaslikka intilaman.
40. Mening gunohlarimni kechirilishni xohlayman.
41. Menga musht tushirishsa ham, lekin unga shunday tarzda javob 
qaytarmayman.
42.Ba’zan men aytganimday bo’lmasa, ko’nglim og’riydi, xafa bo’laman.
43.Ortiqcha kishilarning ishtiroki ba’zan jahlimni chiqaradi.
63 44.Men uchun mutlaq yoqmaydigan kishilarning o’zi yo’q.
45.Mening prinsipim: “Begonaga aslo ishonma.”
46.Agarda kimdir jahlimni qo’zg’atsa, unga uning to’g’risida qanday fikrda
bo’lsam shuni ro’y-rost aytaman.
47.Nimalarnidir sodir qilaman, so’ng oqibatdan afsuslanaman.
48.Jahlim chiqsa, kimnidir urishim mumkin.
49.O’n yoshimdan e’tiboran menda g’azab uchquni chaqnagani yo’q.
50Ko’pincha o’zimni portlovchi aslaha singari xadikda sezaman.
51.Agarda bilishni istasangiz, hozirgi his-tuyg’uyimga asoslanib, men bilan
kelishish qiyin inson deb hisoblashingiz mumkin.
52Doimo   qaysi   maxfiy   omillar   (sabablar)   odamlarni   menga   ro’shnolik
qilishga majburlashi mumkinligi to’g’risida o’ylayman.
53.Agarda menga qichqirishsa, men ham unga javob beraman.
54.Muvaffaqiyatsizliklar mening dilimni og’ritadi.
55.Unchalik   kam   mushtlashmayman,   lekin   boshqalarga   nisbatan   ko’proq
emas.
56.Shunday   hodisalarni   eslay   olamanki,   qo’lga   tushgan   jamiki   narsani
(ashyoni) sindirib, kulini ko’kka sovurganman.
57Mushtlashishni   birinchi   bo’lib   boshlashga   tayyor   holatlarim   ham
uchraydi.
58.Turmush menga adolatsizlik qilayotganday his qilaman.
59. Oldin   ko’pchilik   odamlar   haqiqatni   gapiradi   deb   o’ylardim,   lekin   hozir
unga ishonmayman.
60.Jahllilikdan janjallashaman, xolos.
61.Noto’g’ri hatti-harakatim uchun vijdonim qiynaladi.
62.Agarda o’z haq-huquqini  himoya qilish uchun jismoniy kuch ishlatishni
taqozo etsa, unda qo’llaganim bo’lsin.
63.Ba’zan stolga chertish orqali o’z qaxr-g’azabimni ifodalayman.
64.Men yoqtirmaydigan kishilarimga nisbatan qo’polroq bo’lib turaman.
65. Menga ziyon-zaxmat keltiradigan dushmanlarim yo’q.
66. Inson qadr-qimmatini joyiga qo’yishlikka uquvim nochor, hatto u bunga
loyiq bo’lsam ham.
67. Noto’g’ri yashayotganday tuyg’u meni tark etmaydi.
68. Shunday   odamlarni   bilamanki,   ular   meni   mushtlashtirishgacha
qodirdirlar.
69. Mayda-chuyda narsalar uchun xafa bo’lmayman.
70.Ayrim   hollarda   miyamga   shunday   fikr   keladiki,   go’yoki   odamlar   meni
g’azablantirishga yoki haqorat qilishga intiladilar.
64 71.Goho odamlarga po’pisa qilaman, lekin tahdidni ijro etishga harakat ham
qilmayman.
72.Keyingi davrlarda men mijg’ov bo’lib qoldim.
73.Bahsda ko’pincha o’shqiraman.
74.Odamlar bilan yomon munosabatni berkitishga harakat qilaman.
75Bahslashishdan ko’ra, u yoki bu narsa uchun murosaga kelaman.
Test   savollari   yordamida   to’plangan   natijalarni   hisoblashda:   birinchidan,
“Ha”,   “Ha   desa   ham   bo’ladi”   javoblari   birbiriga   qo’shiladi.   (“Ha”   degan
tarzida);   ikkinchidan,   “Io’q”,   “Yo’q   desa   ham   bo’ladi”   javoblari   ham   (“Yo’q”
degan tarzida)  yig’indi shakliga keltiriladi.
4.YOMG’IR OSTIDAGI ODAM
Bu metodika kam tarqalgan, ammo qiziqarli va informativ bo’lib, Odamning
Ego(meni)   qay   darajadaligini,   noxush   vaziyatlarni   yengib   o’tish   va   qarshi   tura
olish qobiliyatini diagnostika qilishga mo’ljallangan.
Umumiy holatlar
Ko’rsatma:  Sinaluvchiga A4 format vertikal oq qog’ozda  "Odam chizing"
deyiladi   va   ishni   bajargandan   keyin   shunday   boshqa   qog’oz   berib,   "Yomg’ir
ostidagi odam" ni chizish taklif qilinadi. Bu nima uchun kerak? Birinchi topshiriq
odamni odatdagi vaziyatda o’zi haqidagi tasavvurini aks ettirsa, ikkinchisi noqulay
vaziyatda   qanday   tutishini   aks   ettiradi.   Sinaluvchi   ayol   birinchi   topshiriqda   o’z
jinsidagini   chizsa,   ikkinchisida   erkakni   chizishi   mumkin.   Bu   degani,   murakkab
vaziyatlarda   erkaklarga   xos   himoya   mexanizmini   ishga   soladigan   ayol   ekanini
bildiradi.
Ikki   rasmni   solishtirish   odamni   stress,   noxush   vaziyatlarga   javoban   o’zini
qanday   tutishi,   qiyinchiliklarda   nima   his   qilishini   aniqlash   imkonini   beradi.   Test
o’tkazish   jarayonida   sinaluvchining   rasm   chizishini   kuzatish   va   uning   barcha
mulohazalariga   e’tibor   berish   muhim.   Juda   ishonchli   ma’lumot   olish   uchun
sinaluvchi bilan qo’shimcha suhbat o’tkazish kerak.
Rasmni   sharhlashda   quyidagilarga   asoslanish   tavsiya   etiladi.   Rasm   tayyor
bo’lganda uni butunicha qabul qilish, ko’rish muhimdir. Rasmga "kirib" his qilmoq
zarur,   personaj   qanday   kayfiyatda   (xursand,   shod   xurram,   hafa   bo’lganmi   va
hokazo),   o’zini   kuchsiz   his   qiladimi   yoki   aksincha   qiyinchiliklar   bilan   kurash
uchun   ichki   resurslarini   his   qiladimi,   balkim,   qiyinchiliklarni   odatdagi   hayotiy
voqyea   hodisa   hisoblab,   ularni   xotirjam   va   to’g’ri   qabul   qilar.   Shunday   qilib,
rasmdan   olingan   global   taassurotni   kuzatish   muhim.   Shundan   so’nggina,   mantiq
nuqtai nazaridan barcha o’ziga xos detallarni tahlil qilishga o’tish mumkin.
Rasmni varaqda joylashishi
Yuqori yoki past:  Agar rasm varaqning ko’proq yuqori qismida joylashgan
bo’lsa,   bu   odamdagi   yuqori   o’z   o’zini   baholashni,   jamiyatdagi   o’z   o’rnidan
65 xursand emasligini, uni tan olishlarini yetishmayotganini bildiradi. Agar varaqning
yuqori   qismida   joylashgan   odam   figurasi   juda   kichik   bo’lsa,   u   holda   bu   odam
o’zini tan olinmagan daho (geniy)dek biladi. Agar rasm ko’proq varaqning pastki
qismida   bo’lsa,   rasm   avtori   o’zini   past   baholaydigan,   o’ziga   ishonmaydigan,
tushkun,   jur’atsiz   (qatiyatsiz),   o’zini   ko’rsatish   bilan   bog’liq   qo’rquvlar,   o’zining
jamiyatdagi o’rni bilan qiziqmaslik bo’lishi mumkin.
Rasmni   gorizontal   o’q   bo’yicha   (chap,   o’ng)   joylashishi:   agar   rasm
ko’proq   chap   tomonda   joylashgan   bo’lsa,   odam   ko’proq   o’tmish   tajribasiga
tayanadi,   o’z   o’zini   tahlil   qilishga   moyil,   xatti   harakatlarida   qat’iyyatsiz,   passiv;
agar   rasmni   ko’proq   qismi   o’ng   tomonda   joylashgan   bo’lsa,   u   holda   bu   odam
o’ylaganini darhol amalga oshiruvchi harakatchan, aktiv va serg’ayrat.
Chiziqlarning   xarakterini   baholash:   yengil   chiziqlar   -   kuch   quvvatning
yetishmasligini,   erkin   emaslik;   bosim   bilan   chizilgan   chiziqlar   -   agressivlik,
shaddodlik,   so’zini   o’tkazish,   qat’iyyat,   tirishqoqlik,   xavotirlilik;   tekis   bo’lmagan
bosib chizish - impulsivlik, o’zgaruvchanlik, beqarorlik, xavotir (tashvish).
Figura  konturi:   uzilmay  chizilgan  chiziqlar   -   izolyatsiya;  kontur   uzilishi   -
nizo sferasi;  ko’p uchli burchaklar - agressivlik, yomon moslashuv   (adaptatsiya);
qo’sh   chiziqlar   -   xavotir,   qo’rquv,   shubha   gumon;   shtrixlar   (chiziq)   chizish   -
xavotirlik zonasi.
"Yomg’ir   ostidagi   odam"   proyektiv   metodikasida   odam   figurasi   qanday
tasvirlangani   ahamiyatli:   chapga   qaragan   -   diqqati   o’ziga,   o’z   fikrlari,
o’tmishdagi   kechinmalariga   qaratilgan;   o’ngga   karagan   -   rasm   avtori   kelajakka
intilgan,   aktiv;   odam   orqasi   bilan   tasvirlangan,   ensasi   (gardan)   ko’rinib   turgan
bo’lsa - yopiqlik, nizolarni bartaraf qilishdan qochish.
Agar   odam   chopayotgan   qilib   tasvirlangan   bo’lsa,   rasm   avtori
muammolardan qochishni xohlaydi. Yurib ketayotgan odam yaxshi moslashganlik
(adaptatsiya)ni   bildiradi.   Agar   odam   rasmda   omonat   (qalqib   turgandek)   turgan
bo’lsa,   taranglik,   ushlab   turadigan   asosi   yo’qligini,   muvozanatni   bildiradi.
Tayoqchalardan   iborat   figura   negativizm,   metodikaga   qarshilikni   bildiradi.   O’ta
bolalarcha,   o’yinli   rasmlar   qo’llab   quvvatlashni,   ma’qullashga   ehtiyojni   bildiradi.
Hazil   rasmlar   o’z   adresiga   nisbatan   baholovchi   muhokamalardan   qochish,   biror
xislati   yetishmaslik   (nepolnosennost)   kechinmalari,   dushmanlik,   adovatni
bildiradi.
Tana
Bosh  - intellekt  va   nazorat sferasi. Nopraporsional katta bosh sinaluvchining
ishonchli   fikrlashini   bildiradi.   Kichkina   bosh   -   intellektual   noadekvatlik,   ijobiy
xislatlari yetarli emaslik kechinmalarini bildiradi.
Bo’yin   -   aqlning   hissiyotlar   bilan   aloqasi.   Haddan   tashqari   katta   bo’yin,
rasm   chizuvchi   o’zining   tana   impulslarini   sezib,   nazorat   qilishga   urinishini
66 bildiradi.   Uzun,   nozik   bo’yin   o’z   tana   impulslarini   anglashda   tormozlanishni
bildiradi.   Qisqa   semiz   bo’yin   -   rasm   chizuvchi   o’zining   zaif   tomonlariga,
xohishlariga   yon   bosishini   bildiradi.   Bo’yin   ro’molcha   bilan   bog’langan   bo’lsa   -
aql bilan hissiyotlar o’rtasida bog’liqlikning uzilishini bildiradi.
Yelkalar   -   jismoniy   kuchni   belgisi.   Yelka   qancha   katta   bo’lsa
hukmronlikka, tan olishlikka ehtiyoj shunchalik ko’pligini bildiradi. Kichik yelka -
o’zining   arzimasligini,   notovon,   obro’si   yo’dek   his   qilishini   bildiradi.   Suyri
(pokatыye)  yelkalar - umidsizlik, chorasizlik, aybdorlik hissidir.
Haddan   tashqari   katta   tana   -   qondirilmagan   ehtiyojlar,   xohishlar
mavjudligidir.   Kvadrat   tana   jasurlik   belgisi.   Juda   kichik   tana   -   kamsitilish,
arzimaslik hissi.
Yuz   -   dunyoga   munosabatni   bildiradi.   Yuz   bo’rttirilgan   bo’lsa   -   boshqalar
bilan   munosabat,   o’z   tashqi   ko’rinishi   haqida   kuchli   o’ylashni   bildiradi.   Yuz
shlyapa   bilan   berkitilgan   bo’lsa   yoki   zont   yopib   turgan   bo’lsa   yoki   chizilmagan
bo’lsa - yoqimsiz ta’sirlardan qochishga intilishdir.
Katta,   shtrixlangan   ko’zlar   -   qo’rquv,   tashqi   muhitni   nazorat   qilishni
bildiradi.
Kichik   ko’zlar-nuqtalar   (tayoqchalar)   -   o’z   olamiga   g’arq   bo’lish,   vizual
stimullardan   qochishni   bildiradi.   Kipriklar   -   noz   karashma,   namoyishkoronalikni
bildiradi.
Katta   quloqlar   -   Tanqidga   sezgirlik,   atrofdagilarni   yaxshi   fikrlashiga
manfaatdorlik.   Kichik   kuloqlar,   quloqlarning   yo’qligi   -   tanqiddan   qochish,   o’zi
haqida yomon so’z eshitishdan qochishni bildiradi.
Qo’l   oyoqlar   -   shaxslararo   munosabatlar   o’zaro   ta’sirini   simvoli.   Katta
ochilgan qo’llar, kaftlar oldinga bo’lsa ochiqlik, harakatga intilishni bildiradi. Agar
qo’llar   bilak   atrofida   yelkaga   nisbatan   kengroq   bo’lsa   bu   haraktlardagi
impulsivlikni   bildiradi.   Agar   qo’llar   tanadan   alohida   tasvirlangan   bo’lsa   -   rasm
chizuvchi   uchun   tana   impulslarini   nazorat   qilolmaydi.   Qo’llar   orqasiga   qilingan
bo’lsa   yon   berishni   xohlamaslik,   ammo   agressiya   nazorat   ostidaligini   bildiradi.
Juda   uzun   qo’llar   -   katta   izzat   nafs.   Qo’llar   tarang   zo’riqib   va   tanaga   yopishgan
bo’lsa - rigidlikni, imillaganlik, taranglikni ko’rsatadi. Qo’llarni yo’qligi - muloqot
qilishni   xohlamaslik,   o’zining   noadekvatlik   hissini   bildiradi.   Barmoqlar
hissiyotlarni,   ko’pincha   aressiyani   ifodalaydi.   Alohida   chizilgan   katta   barmoqlar
siqilgan agressivlikni ko’rsatadi.
            Ekspozisiyani o’zgartirish
"Yomg’ir   ostidagi   odam"   rasmida   "Odam"   rasmiga   nisbatan   odatda,
muhim   farq   aniqlanadi.   Ekspozisiya   qanday   o’zgarganligini   ko’rish   muhim.
Masalan ,   agar   odam   ketayotgan   holda   tasvirlangan   bo’lsa,   qiyin   hayotiy
vaziyatlardan   ketish,   yoqimsiz   vaziyatlardan   qochish   tendensiyasi   borligi   bilan
67 bog’liq   bo’lishi   mumkin   (ayniqsa,   agar   odam   qush   uchadigan   balandlikdan
kuzatilayotgandek qilib tasvirlangan bo’lsa).
"Yomg’ir ostidagi odam"   figurasi qog’ozning yuqori qismida tasvirlanishi
sinaluvchini   haqiqatdan   qochishga   moyilligini,   oyoq   ostidagi   asosni   (tayanch) ni
yo’qotish,   himoya   qilish   mexanizmining   fantaziya   qilish   tipi,   ko’pincha
oqlanmagan haddan tashqari optimizmga moyilligini tahmin qilish mumkin.
Figurani   profilda   (yonidan)   yoki   orqasi   bilan   turgan   holati   dunyodan
kechish, o’z o’zini himoya qilishga intilishni ko’rsatadi.
Qog’ozni pastidagi tasvir depressiv tendensiyalarning, himoya qilinmaganlik
hissining mavjudligini bildirish mumkin. 
Boshqa hollarda sharhlashni " Odam"   metodikasiga asosan sharhlash kerak.
Masalan,   chapga   surilgan   tasvir,   gohida,   xatti-harakatdagi   impulsivlik   bilan
bog’liq,   o’tmishga   oriyentatsiya   bilan   bog’liq,   ba’zi   hollarda   onaga   bog’liqlikni
bildiradi.
O’ngga surilgan tasvir, atrofdagilarga mo’ljallanganlik mavjudligiga, otasiga
bog’liqlik ham bo’lishi mumkinligini ko’rsatadi.
Figurani transformatsiyasi
Figura   o’lchamini   kattalashtirish   noxushliklar   ta’sirida   o’ziga   ishonchi
ortgan va kuchliroq his qilayotgan o’smirlarda gohida ko’rinadi.
Figurani   kichiklashtirish   sinaluvchi   himoya   va   homiyga   ehtiyoj
sezayotganda,   o’z   shaxsiy   hayoti   uchun   javobgarlikni   boshqalarga   o’tkazmoqchi
bo’lishga intilish hollarida yuzaga keladi. Kichkina figurkalar chizayotgan bolalar
odatda,   o’z   hislarini   namoyon   qilishga   odatda   uyalishadi   va   o’zini   tutib   turish
tendensiyasi   va   odamlar   bilan   munosabatlarda   qandaydir   o’zini   to’xtatib   turish
(zatormojennost)   tendensiyasi   borligi   kuzatiladi.   Ular   stress   natijasida   depressiv
holatlarga tushishi mumkin.
Qarama   qarshi   jinsdagi   odamni   chizish   qiyin   vaziyatlarda   o’z
munosabatlarini bildirishda aniq yaqinlari   (onasi, buvisi)   ichidan aniq bir odamni
xulq-atvor programmasini tipini ishlatish mavjudligini ko’rsatadi.
Yoshni   o’zgartirganligi   hayotiy   kelishmovchiliklarda   odamni   o’z-o’zini   his
qilishini ko’rsatadi.
Agar   tananing   biror   qismi   (oyoqlar,   qo’llar,   quloqlar,   ko’zlar)   tushirib
qoldirilgan bo’lsa, bu himoya mexanizmlarining o’ziga xosligini va ego reaksiyani
o’ziga xos ko’rinishini ko’rsatadi.
Kiyim funksiyasi  "Balolardan himoyalanishni shakllanishi".  Kiyimni ko’p
bo’lishi   qo’shimcha   himoyaga   ehtiyojni   ko’rsatadi.   Kiyimni   yo’qligi   xulq-
atvorning ma’lum stereotiplarini rad qilish, impulsivlik bilan bog’liq.
          Yomg’ir atributi
68 Yomg’ir   xalaqit   qiluvchi,   odamni   yopilib   olishiga,   bekinishga   uyg’otuvchi
istalmagan   ta’sir.   Uning   tasvirlanish   xarakteri   odamni   qiyin   vaziyatlarni   qanday
qabul   qilishi   bilan   bog’liq:   kam   tomchilar   vaqtinchalik,   yengsa   bo’ladigan
qiyinchilik, og’ir. Bo’yalgan tomchilar  va chiziqlar  og’ir va doimiy qiyinchiliklar
qabul qilishni bildiradi.
Orqa   varaq.   Yomg’ir   qay   tomondan,   odamni   chap   yo   o’ng   tomonidan
"kelayotganini"   bilish muhim va odam figurasini qanday qismi ko’proq darajada
ta’sirga   uchrayotganini   aniqlash   muhim.   Yomg’irni   sharhlash   qog’ozni   yoki
"Odam"   figurasini o’ng yoki chap tomonidaligini sharhlash bilan birga mos olib
boriladi.
Qora   bulut   kutilayotgan   noxushliklar   simvolidir.   Bulutlar,   qora   bulutlar
soni,   ularning   zichligiga,   o’lchami,   joylashuviga   ahamiyat   berish   muhim.
Depressiv   holatlarda,   butun   osmonni   qoplab   olgan   og’ir   momaqaldiroqli   qora
bulutlar tasvirlanadi.
Ko’lmak suvlar  iflos   "yomg’irdan"   keyin qoladigan kechinmalar, xavotirli
vaziyatlar   asoratini   simvolik   bildiradi.   Ko’lmak   hal   qilinmagan   muammolar
simvolidir.   Ko’lmakning   tasvirlanish   manerasi,   shakli,   chuqurligi,   qatra
tomchilariga e’tibor bering.  "Odam"  figurasiga nisbatan ko’lmak suvning qanday
joylashganiga  (figurani oldidami yo orqasidami, odamni hamma tomondan o’rab
olganmi yoki o’zi ko’lmakda turibdimi)  e’tibor bermoq kerak: agar chapda bo’lsa,
odam   o’tmishda   muammolarini   ko’rayapti,   o’ng   tomonda   bo’lsa   odam
muammolarni   kelajakda   ko’rmoqda.   Agar   odam   ko’lmakda   turgan   bo’lsa   -   odam
qoniqmaslik, oriyentirni yo’qotganlikni his qilayotganini bildiradi.
Qo’shimcha   detallar.   Barcha   qo’shimcha   detallar   (uy,   daraxt,   skameyka,
mashina....)   yoki   odam   ushlab   turgan   predmetlar   (sumka,   gullar,   kitoblar...)
qo’shimcha   tashqi   tayanch,   qo’llab   quvvatlashga   ehtiyojni,   muammoni   hal
qilishdan qochishga va o’rniga boshqa faoliyat bilan shug’ullanishga intilishni aks
ettiradi,   deb   qaraladi.   Qo’shimcha   detallar   (fonar,   quyosh..)   rasm   avtori   uchun
ahamiyatli odamlarni simvolini bildiradi.
Detallarning bundan ham kengroq tavsifi tasvirlangan obrazlarning simvolik
mazmuniga asoslanadi.  Masalan,  chaqmoq odam hayotidagi rivojlanishning yangi
sikli   boshlanishi   va   dramatik   o’zgarishni   ifodalashi   mumkin.   Momaqaldiroqdan
keyingi kamalak amalga oshmaydigan mukammallikka intilish orzusini ifodalaydi.
Zont, bosh kiyim, plash va shu kabilar ko’ngilsizliklarni yengish usullarini,
psixik   himoya   mexanizimining   simvollaridir.   Obrazlarni   sharhlash   nuqtai
nazaridan zont  ona yo ota bilan zont obrazida aloqalarni aksi, zont soyaboni  ona,
zont dastagi ota bilan bog’liqlikni bildiradi. 
Zont   yomon   havodan   himoya   qilishi   yo   qilmasligi   mumkin.   Personajni
ko’rish maydonini cheklashi yoki zont bo’lmasligi ham mumkin.
69 Masalan,  katta zont   (qo’ziqorin)  odam uchun barcha murakkab vaziyatlarni
hal qiluvchi ota-onasi  bilan bog’liqlik haqida, qiyin vaziyatlarda ishonchli obro’li
odamlarning   qo’llab   quvvatlashini   istashni   bildirishi   mumkin.   Odam   figurasiga
nisbatan   zontni   o’lchami   va   joylashuvi   psixik   himoya   mexanizmlari   ta’sirini
intensivligini ko’rsatadi.
Shlyapa,   zont   va   boshqa   himoya   vositalarining   yo’qligi   yomon
moslashganlikni   (adaptirovannost)   va   himoyaga   ehtiyojni   ko’rsatadi.   Zontni
yo’qligi   qiyin   vaziyatlarda   ota-ona   tomonidan   yordamni   rad   qilishni   bildiradi.
Boshdagi shlyapa bu yuqoridagilardan himoyaga ehtiyoj.
Fon, atrof
Yomg’ir   ifodalangan   chiziqlar   bo’yicha   rasm   avtorini   atrof   muhitga
munosabatini   bilish   mumkin.   Og’ir,   bosiq,   bir   xildagi   bir   tomonga   chizilgan
chiziqlar   (shtrix)   atrof-muhitning   bir   marom(balans)daligini   bildiradi.   Tartibsiz
shtrixlar   -   atrof-muhitni   havotirli,   nostabilligini   bildiradi.   Vertikal   shtrixlar
qaysarlik,   qatiyatni   bildiradi.   Butun   varaq   bo’yicha   qisqa,   bir   tekis   bo’lmagan
shtrixlar va barcha himoyaning (zont, shlyapa va sh.k.) yo’qligi havotirlik va atrof-
muhitni dushmanlarcha qabul qilishni bildiradi.
Rasmlardagi   ranglar .   Rasmlarni   rangli   qalamda   ham   chizish   mumkin.
Yaxshi adapsiyali va emotsional bola 2 ta, 5 ta rang ishlatadi, 7 va 8 ta rang yuqori
o’zgaruvchanlik, beqarorlik (labillik)ni bildiradi.
Muloqotchilikning umumiy darajasini aniqlash so’rovnomasi
Mazkur   so’rovnoma   V.F.Ryaxovskiy   tomonidan   ishlab   chiqilgan   bo’lib,
muloqatchanlikning umumiy darajasini aniqlash maqsadida qo’llanadi.
Sinaluvchiga   ko’rsatma:   «Sizning   e’tiboringizga   bir   qator   oddiy   savollar
xavola   etiladi.   Siz   ularga   «ha»,   «yo’q»   «ba’zida»   deb   javob   qaytarishingiz
mumkin. Savollarga tez, ko’p o’ylamay javob berishingiz talab etiladi».
Savollar 
1.   Sizni   oddiy   yoki   ish   bilan   bog’liq   uchrashuv   kutib   turibdi.   Uchrashuv
vaqtini kutish sizni asabiylashtiradimi?
2. Sizga biror majlis, anjuman yoki shu kabi boshqa tadbirda nutq so’zlash,
ma’ro’za   o’qish,   axborot   yetkazish   topshirilsa,   bunda   xalovatingizni   yo’qotib,
bevosita bo’lib ko’rasizmi?
3.Shifokor   qabuliga   borishni   kasal   zo’rayib   ketguncha   cho’zib   yuradigan
odatingiz bormi?
4.Sizni boshqa shaharga mehnat safariga jo’natishmoqda.   Siz avvallari hech
qachon   bu   shaharda   bo’lmagansiz.   Siz   bor   imkoniyatingizni   ishga   solib,   ushbu
mehnat safaridan qutilib qolishga urinasizmi?
5.O’z   kechinmaliringizni   birovga   u   kim   bo’lishidan   qat’iy   nazar   gapirib
berishni yoqtirasizmi?
70 6.Ko’chada   notanish   odam   sizga   iltimos   bilan   (yo’lni   ko’rsatib   yuborish,
vaqtni aytib yuborish va boshqa iltimoslar)  murojaat qilishi joningizga tegadimi?
7.Har xil  avlod vakillari, haqiqatdan ham, bir  – birini  tushunishi  qiyin, deb
o’ylaysizmi?
8.Tanishingiz   bir   necha   oy   avval   sizdan   qarz   olgan   bo’lsa,   unga   pulni
qaytarish  iltimosi bilan murojaat qilishga uyalasizmi? 
9. Restoran yoki kafeda sizga sifatsiz taom keltirildi. Siz indamay likopchani
jahl bilan bir chetga surib qo’yasizmi?
10.Notanish   odam   bilan   yolg’iz   qolganda,   siz   suhbatga   kirishmaysiz,
o’zingiz gap boshlamaysiz.  Shundaymi?
11.Siz   borgan   joyda   odamlar   uzun   navbat   hosil   qilib   turishgan   bo’lsa
(masalan, do’konda, kutubxonada, kassada)   niyatingizdan qaytmay qator oxiriga
kelib turarmidingiz?
12.Nizoli vaziyatlarni hal etish bilan shug’ullanuvchi biror komissiya ishida
qatnashish sizni cho’chitadimi? 
13.Siz san’at asarlariga, badiiy asarlarga baho berishda boshqalarning fikr –
mulohazalarini e’tiborga olmaysiz. Shundaymi?
14.Siz   yaxshi   bilgan   biror   masala   bo’yicha   birov   aniq   xato   gapirayotgan
bo’lsa, bu odam bilan baxslashmasdan indamay qo’ya qolasizmi?      
15.Ish yoki o’qish yuzasidan birov muayyan muammoni hal etishda yordam
berishingizni iltimos qilganda, ensangiz qotadimi?
16Fikringizni   og’zaki   aytgandan   ko’ra   yozma   tarzda   bildirishni   ma’qul
ko’rasizmi?
Natijalarni baholash
Har bir «ha» degan javob uchun 2 ball qo’yiladi.
Har bir «ba’zida» degan javob uchun 1 ball qo’yiladi.
Har bir «yo’q» degan javob uchun 0 ball qo’yiladi.
Natijalar talqini.
30–32 ball.  Muloqotchanlik darajasi ancha past. Bu sizdagi jiddiy muammo.
Chunki   bundan   avvalo   o’zingiz   aziyat   chekasiz.   Biroq   yaqinlaringizga   ham   oson
tutib   bo’lmaydi.   Hamkorlikdagi   faoliyatni   talab   qiluvchi   ishni   sizga   ishonib
topshirib   bo’lmaydi.   Muloqotchanroq   bo’lishga,   o’zingizni   boshqarishga   harakat
qiling.
25–29 ball.   Siz yolg’izlanishni yaxshi ko’rasiz, shuning uchun do’stlaringiz
kam.   Notanish   odamlar   bilan   tanishish,   notanish   joylarga   borish   zarurati
halovatingizni   buzadi.   Siz   o’zingizning   bu   xususiyatlaringizni   bilasiz   va
o’zingizdan norozi ham bo’lasiz. 
71 Lekin   faqat   norozilik   bilan   cheklanmang   –   xarakterni   o’zgartirish   o’z
qo’lingizda.   Eslab   ko’ring:   birorta   ishga   qiziqib   ketganingizda   ancha
muloqotchang bo’lib qolasiz-ku!
19–24   ball.   Siz   ma’lum   darajada   muloqotchansiz   va   notanish   vaziyatda
o’zingizni   yo’qotib   qo’ymaysiz.   Yangi   muammolar   sizni   qo’rqitmaydi,   ammo
notanish   odamlar   bilan   muloqot   qilishda   ancha   ehtiyotkorsiz,   baxs   –
munozaralarga bajonidil qo’shilmaysiz. Ba’zida gaplaringizda zaruratsiz kinoya –
kesatiq ko’payib ketadi. Biroq bu kamchilikni tuzatsa bo’ladi.
14–18 ball.  Siz yetarlicha muloqotchansiz, qiziquvchansiz, suhbatdosh qiziq
narsalar haqida gapirganda, uni diqqat bilan tinglaysiz. Muloqotda ancha sabrlisiz,
o’z nuqtai nazaringizni hissiyotga berilmay himoya qilasiz. Notanish odamlar bilan
suhbatlashishga  to’g’ri  kelganda, bezovta bo’lmaysiz,  ayni  paytda shovqin so’ron
davralarni   yoqtirmaysiz,   birovning   bachkana   qiliqlari   va   ko’p   gapirishi
g’ashingizga tegadi.
9–13   ball.   Siz   juda   muloqotchansiz   (ba’zida   me’yoridan   ortiq),
qiziquvchan,   gapdonsiz,   har   xil   masalalar   bo’yicha   o’z   fikringizni   bildirishni
yaxshi   ko’rasiz,   bu   esa   ba’zida   atrofdagilarni   g’ashiga   tegadi.   Notanish   odamlar
bilan   bajonidil   tanishasiz,   odamlarning   diqqat   markazida   bo’lishni   yoqtirasiz.
Hyech   kimning   iltimosini   yerda   qoldirmaysiz,   lekin   berilgan   hamma   va’dalarni
bajara   olmasligingiz   mumkin.   Ba’zida   jahl   ustida   qattiq   gapirib   yuborasiz,   biroq
tezda   jahlingizdan   tushasiz.   Jiddiy   muammolar   bilan   to’qnashganda   sizga   sabr   –
toqat   yetishmaydi.   Ammo   hoxlasangiz   hech   qanday   muammo   oldida   taslim
bo’lmasligingiz mumkin. 
4–8   ball.   Siz   juda   muloqotchansiz,   gapingiz   ichingizga   sig’maydi.   Doim
hamma   voqyealardan   xabardorsiz,   har   xil   baxs   munozara,   tortishuvlarda
qatnashishni   xush   ko’rasiz,   lekin   jiddiy   mavzular   sizni   zeriktirib   yuborishi
mumkin.   Biror   masala   bo’yicha   to’liq   tasavvurga   ega   bo’lmasanigz   ham,   bu
masala yuzasidan so’zga chiqishga doim tayyorsiz. Hamma joyda o’zingizni erkin
his   etasiz,   har   qanday   ishga   kirishib   ketaverasiz,   ammo   har   doim   ham   uni
oxirigacha   yetkazmaysiz.   Shuning   uchun   rahbariyat   va   hamkasblar   sizga   biroz
xavotir   va   shubha   bilan   qaraydilar.   Bu   xususiyatlaringiz   haqida   bosh   qotirib
ko’ring.
3 va undan kam ball.   Sizning muloqotchanlik   darajangiz me’yordan ortiq
darajada yuqori. Juda sergapsiz, sizga aloqasi  bo’lmagan ishlarga aralashaverasiz,
hal   etishga   qurbingiz   yetmaydigan   muammolarni   bartaraf   etishga   kirishaverasiz,
ixtiyoriy   yoki   ixtiyorsiz   ravishda   har   xil   nizolarning   kelib   chiqishiga   sababchi
bo’lib   qolasiz.   Ancha   xafalanuvchan,   jazavaga   moyilsiz,   jiddiy   ishni   sizga
topshirmagan   ma’qul.   O’zingizning   ustingizda,   xarakteringiz   ustida   ishlang.
Avvalo o’zingizda sabr – toqatni, vazminlik va bosiqlikni tarbiyalang, boshqalarga
72 hurmat   ko’zi   bilan   qarashni   o’rganing.   Eng   muhimi,   o’z   sog’ligingiz   haqida
qayg’uring. Ishoning bunday hayot tarzining oqibatlari jiddiy bo’lishi mumkin. 4
 
5.NIZOLASHUVCHANLIK DARAJASINI ANIQLASH SO’ROVNOMASI 
Mazkur   so’rovnoma   shaxsga   nizolashuvchanlik   xususiyati   qanchalik   xos
ekanini aniqlashga xizmat qiladi.
1.   Jamoat   transportida   boshlanib   ketgan   tortishuvga   sizning   munosabatingiz
qanday bo’ladi?
A) ishtirok etaman; 
B) qaysi tomonni haq deb bilsam, uning oldini olib, biror narsa deyman, 
V) faol aralashib, butun zarbani o’zimga olaman.
2. Majlislarda rahbariyatni tanqid qilib chiqasizmi?
A) yo’q; 
B) yetarli asosga ega bo’lsam, tanqid qilaman; 
V) har qanday sabab bilan nafaqat rahbariyatni, balki uning oldini olganlarni
ham tanqid qilaman.
3. D o’stlaringiz bilan tez- tez tortishib turasizmi?  
A) xafa bo’lmaydiganlari bilan tortishaman; 
B) faqat ayrim jiddiy masalalarda tortishaman; 
V) tortishuv menga suv va havodek zarur.
4.Yaqinda   kelib,   navbat   boshiga   suqilib   kirayotgan   kishiga   munosabatingiz
qanday bo’ladi?
A) Ichimdan norozi bo’laman-u, indamayman; 
B) e’tiroz    bildiraman; 
V) o’zim navbat boshiga turib, odamlarni tartibga chaqiraman.
5. Uyd a dasturxonga tuzi past taom tortilganda , reaksiyangiz qanday bo’ladi?
A)  arzimagan narsani deb dod-voy solmayman; 
B)  indamay tuzdonni olaman; 
V) piching qilaman , o vqatlanishdan namoyishkorona bosh tortaman .
6.   Ko’chada   yoki     transportda   oyog’ingizni   bosib   olishsa,   reaksiyangiz
qanday bo’ladi?
A) aybdor odamga kinoyali qarab qo’yaman; 
B) ikki og’iz e’tiroz bildiraman; 
V) bisotimdagi hamma “chiroyli” so’zlarni to’kib sochaman.
7. Yaqinlaringizdan biri sizga yoqmaydigan narsa xarid qilganda reaksiyangiz
qanday bo’ladi?
A) indamay qo’ya qolaman; 
4
 Методика манбаси: Рогов Е.И. Настольная книга практического психолога: Учеб.пособие: В 2 кн. – з – е 
изд. – М.: Гуманит.изд.центр ВЛАДОС, 2000. – Кн.2: Работа психолога со взрослыми. Коррекционные 
приёмы и упражнение. 52 – 55 бетлар.
73 B) qisqacha fikr bildirib qo’yaman; 
V) tanqid qilib tashlayman.
8. Lotoreyada omadingiz chopmasa, bunga qanday munosabatda bo’lasiz?
A)   o’zimni   hech   narsa   bo’lmaganday   ko’rsataman,   ammo   ichimda   boshqa
o’ynamaslikka o’zimga va’da beraman; 
B)   xafaligimni   berkitmayman   va   bir   kunmas   alamimni   olmasam   bo’lmaydi
deb o’ylab qo’yaman; 
V) anchagacha kayfiyatim buzuq bo’lib yuraman.
  Natijalarni hisoblash. 
Har bir “a” variant – 4  ball  
Har bir “ b ” variant – 2  ball  
Har bir “ v ” variant – 0  ball
Natijalarni talqin etish
22–32 ball.  Siz tinchliksevar, nizolardan osonlik bilan chiqib ketadigan, uyda
ham, ishda ham tortishuvli vaziyatlardan o’zini olib qochadigan odamsiz. Shuning
uchun odamlar sizni moslashuvchan  inson, deb biladi. Unutmang, vaziyat     taqazo
qilganda prinsipiallikni namoyon etish ham hurmatga loyiq xususiyat.
12–20   ball.   Siz   nizolashuvchanroq   odamsiz,   biroq   ilojsiz   holatlardagina
nizoga   kirishasiz.   Siz   vaqti   kelganda   amalingiz   va   do’stlaringizni   yo’qotib
qo’yishdan   qo’rqmay   o’z   fikringizni   qattiq   turib   h imoya   ilasiz.   Bunda   obod   –
ahloq me’yorlaridan chetga chiqmaysiz, odamni haqorat qilmaysiz. Shuning uchun
odamlar sizni hurmat qilishadi.
0–11 ball.   Bahs, munozara, tortishuv – siz nafas oladigan havo. Boshqalarni
tanqid   qilishni   yaxshi   ko’rasiz,   ammo   sizni   tanqid   qilganlarni   tiriklay   “yeb
yuborishga”   tayyorsiz.   Vazminlikning   yetishmasligi   va   qo’rslik   odamlarni   sizdan
bezdiradi.   Do’stlaringiz   ko’pmi?   Ko’p   bo’lishini   istasangiz,   xarakteringiz   ustida
ishlang. 5
6 . O’QUVCHI LAR  NE Y R OTIZM  XUSUSIYATLARINI
O’RGANISH METODIKASI
Mazkur   metodika   o’quvchilarning   asab   tizimiga   xos   xususiyatlarni
o’rganishga   mo’ljallangan   bo’lib,   oliy   asab   faoliyati   tiplari   haqidagi   nazariy
qarashlarga   asoslangan   (metodika   A.A.Polejayevning   takliflari   asosida   ishlab
chiqilgan).   Metodikaning   stimul   materiali   har   xil   temperament   tiplariga   ega
5
  Методика манбаси: Рат и нов Т.А. , Шляхов Н. Ф.  Психодиагностическ и методы изучения личности: Учебное
пособие   –   Переработанное   и   дополненное     издание   пособия:   Т.А.Рат и нов,   Л.И.Золотарева,   Н.Ф.Шлях ов
«Методы   изучения   и   психодиагностики   личности»   -   М.:   Московский   психолого   –   социальный   институт   :
Флинта, 1998.  С. 259 – 260 .
74 bo’lgan   odamlarning   hulq - atvoriga   oid   sifatlarni   ifodalovchi   hukmlardan   tashkil
topgan.   Sinaluvchi   bu   hukmlar   bilan   tanishib   chiqqach,   ular   orasidan   o’z   odatiy
hulq  -  atvorini aks ettiruvchi hukmlarni tanlashi kerak.
Sinaluvchiga ko’rsatma: «Sizga ma’lumki, turli hayotiy vaziyatlarda odam
o’zini   har   xil   tutadi.   Quyida   inson   hulq - atvorining   har   xil   shakllarini   tasvirlovchi
hukmlar keltirilgan. Barcha hukmlar to’rtta – to’rttadan o’n ikki bandga ajratilgan.
Siz   bu   hukmlar   bilan   tanishib   chiqib,   har   bir   band   o’z   ichiga   olgan   to’rt   hukm
orasidan   o’zingizning   odatdagi   hulq -   atvoringizga   ko’proq   mos   keladigan   bitta
hukmni tanlang va javob varaqasida uning tartib raqamini belgilab qo’ying».
Metodika matni.
1.1.   Kayfiyati   bar q aror   emas,   tez -   tez   o’zgarib,   shodlik   o’rnini   g’am
egallashi hech gap emas.
1.2. Kayfiyati doimo barqaror, bir tekis
1.3. Kayfiyati odatda ko’tarinki, quvnoq
1.4. Kayfiyati odatda mayus, g’amgin
2.1. Xatti  - harakatlari faol, harakatchanligi yuqori
2.2. Xatti  -  harakatlari vazmin, imo -  ishoralari sekinlashgan
2.3. Xatti -  harakatlari ishonchsiz, ovozi past va kuchsiz
2.4. Xatti -  harakatlari shoshqaloq, keskin.
3.1.   Muvaffaqiyatsizlikka   uchraganda   ham,   maqsadga   intilaveradi,   yengil
yo’lni qidirmaydi.
3.2.   Muvaffaqiyatsizlikka   uchraganda   qattiq     siqiladi,   ishga   qaytadan
kirishishni xohlaydi.
3.3.     Muvaffaqiyatsizlikka   uchraganda   maqsadga   erishishning   osonroq
yo’llarini qidirishga kirishadi.
3.4. Muvaffaqiyatsizlikka uchraganda uni tez orada unutadi va har qanday
yangi ishga kirishadi.
4.1. Tez toliqadi, xayol surishni yaxshi ko’radi.
4.2.   Berilib   ishlaydi,   lekin   shijoati   uzoqqa   cho’zilmay   ishni   yarmidan
tashlab yuborishi mumkin.
4.3. Ishga astoydil kirishadi va nima bo’lsa ham uni oxirigacha yetkazishga
intiladi.
4.4.   Har   qanday   ishga,   bir   vaqtning   o’zida   bir   necha   ishga   qo’l   urishi
mumkin.
5.1.   Muloqotda   o’zini   emotsional   tutadi,   baland   ovoz   bilan   kulishi,
pantomimikadan faol foydalanishi mumkin.
5.2.   Doim   atrofdagilar   bilan   muloqotda   bo’lishga,   boshqalar   kayfiyatini
ko’tarishga harakat qiladi.
5.3. Muloqotda o’zini kamtarona va mulohazali tutadi.
75 5.4.   Muloqotda   bo’lishga   intilmaydi,   quvnoq   davralarni   yoqtirmaydi,
ammo yaqin do’stlar bilan tez -  tez muloqot qilib turishni xush ko’radi.
6.1. Tashvishida ham, shodligida ham boshqalar bilan dardlashadi.
6.2. Notanish odamlar bilan hasratlashib o’tirmaydi
6.3. O’zining barcha hissiyotlarini yolg’izlikda kechirishga odatlangan.
6.4. Hissiyotlarni jo’shqin kechiradi, hatto, umuman notanish odamga o’z
kechinmalari haqida gapirib berishi mumkin.
7.1. Tanbehni xotirjamlik bilan qabul qiladi, tor t ishmaydi, lekin aynan bir
xatoni takrorlashi mumkin.
7.2.   Tanbehga   norozi   bo’ladi,   tortishadi,   o’zini   oqlash   uchun   bahona
qidiradi.
7.3. Tanbehni diqqat bilan tinglaydi, xatolarini tezda to’g’rilashga har a kat
qiladi.
7.4. Har qanday tanbehdan qattiq xafa bo’ladi, qattiq ta’sirlanadi.
8.1.   Biror   ishdan   so’ng   boshqasiga   tezda   kirisha   olmaydi,   o’zini   h or g’ in
sezadi.
8.2. Salga cha r chamaydi - yu, lekin uni tez unutadi.
8.3.   Avvalgi   ishni   yakunlamagan   holda   tashlab,   yangi   ishga   kirishishi
mumkin.
8.4.   Murakkab   vazifani   bajarib   bo’lgach,   tezda   boshqa   ishga   kirishib
ketishi mumkin.
9.1. Dard  -  alamni jo’shqin kechiradi, lekin uni tez unutadi.
9.2. Dard -  alamni oson kechiradi va tezda uni unutadi.
9.3. Dard -  alamni og’ir kechiradi, uni uzoq vaqt yodidan chiqarmaydi.
9.4. Dard -  alamni atrofdagilarga ko’rinmasa ham ancha og’ir kechiradi.
10.1 . Hazil -mutoyibal ikni   yoqtiradi,   birov   uning   ustidan   h azillashsa   xafa
bo’lmaydi.
10.2. Kam hazillashadi, hazildan tez -  tez xafa bo’lib turadi.
10.3.   Yaxshi   h azilni   sevadi   va   qadrlaydi,   lekin   birovning   ustidan
uyushtirilayotgan hazilda qatnashmaslikni ma’qul ko’radi.
10.4.   Odamlarga   yoqishi   yoki   yoqmasligini   o’ylamay   ular   ustidan
hazillashib turadi.
11.1 .   Ishga   kirishishdan   oldin   hammasini   puxta   o’ylab   chi q ib,
rejalashtiradi, bordi-yu rejalar buzilsa, yangi sharoitga ko’nika olmaydi.
11.2.   Har   qanday   ishga   oqibatini   o’ylamay   kirishadi,   sharoit   o’zgarsa,
yangi sharoitga oson moslashib ketadi.
11.3.   Ish   rejasini   tez,   hatto,   ish   davomida   ham   tuzishi,   shuningdek,   ish
sharoiti o’zgarishi bilan yangi sharoitga qiynalmay ko’cha olishi mumkin.
76 11.4. Qat’iyyatsizligi tufayli ish rejasini qiyinchilik bilan tuzadi, ko’pincha
tayyor rejadan foydalanadi, sharoit o’zgarib qolsa, nima qilishini bilmay qoladi.
12.1.Nozik   hissiyotlar,   ayniqsa,   estetik   taassurotlar   sohasida   juda
ta’sirchan.
12.2.Taassurotlarni   o’zgartirishga   intilmaydi,   o’zini   odatdagi   sharoitda
yaxshiroq his etadi.
12.3.Yorqin   taassurotlarni,   ularning   tez - tez   almashinishini   yoqtiradi-yu,
lekin bunga jon -  jahti bilan intilmaydi.
12.4.  Taassurotlarni   o’zgartirishga   faol   harakat   qiladi,   mehmonga  muzey,
ko’rgazma va shu kabi joylarga tez -  tez borib turadi.
Natijalarni hisoblash .
Natijalarni   hisoblash   uchun   javob   varaqasi   (1   -   ilova)   ning   har   bir   ustuni
bo’yicha   nechtadan   hukmning   tartib   raqamiga   belgi   qo’yilgani   aniqlanadi.   Qaysi
ustunda   eng   ko’p   miqdorda   belgi   qo’yilgan   bo’lsa,   sinaluvchida   ushbu   ustunga
mos keluvchi temperament tipi yetakchilik qilishi haqida xulosa chiqariladi.
Temperament tiplarining psixologik tavsifi 6
Sangvinik   –  baland   ovoz   bilan  kulish;   faol   mimika  hamda   pantomimika;
hissiyotlarning   yuzda   yorqin   ifodalanishi;   quyi   darajadagi   senzitivlik,   yuqori
darajadagi   harakatchanlik;   yangi   ishga   tez   kirishish;   topqirlik;   hissiyot   va
qiziqishlarning   tez   o’zgarishi;   notanish   odamlar   bilan   tez   chiqishish;   yangicha
sharoitga tez moslashish; bir ishdan ikkinchisiga tez ko’chish.
Xolerik –   quyi darajadagi senzitivlik; yuqori darajadagi faollik; sabrsizlik
va jizzakilik; tutaquvchanlik; rigidlik, qat’iyyatlik; diqqatni ko’chirishga qiynalish;
qiziqishlar va intilishlarning barqarorligi.
Flegmatik   –   quyi   darajadagi   senzitivlik,   emotsionallikning   sustligi;   xafa
qilish,   kuldirish,   jahlni   chiqarishning   qiyinligi;   bosiqliq   va   vazminlik;   mimika
harakatlarining   sustligi;   harakatlarning   ifodasizligi;   sabr-toqatlik;   diqqatni
ko’chirishga qiynalish; yangi sharoitga qiyinchilik bilan moslashish.
Melanxolik   –   yuqori   darajadagi   senzitivlik;   arzimagan   narsadan
ta’sirlanish;   xafalanuvchanlik;   reaktivlikning   sustligi;   mimika   va   harakatlarning
ifodasizligi;   past   ovozda   gapirish   va   yig’lash;   darsda   kam   qo’l   ko’tarish;   tez
charchash; diqqatning tez ko’chishi va beqarorligi.
Eslatma   №   1.   Mazkur   metodikani   ham   guruhiy,   ham   individual   shaklda
o’tkazish, undan muayyan o’quvchi haqida o’qituvchining ekspert fikrini bilishda
foydalanish mumkin.
Eslatma   №   2.   Mazkur   metodika   orqali   o’quvchining   asab   tizimiga   xos
xususiyatlarning   o’rganishda   shuni   e’tiborga   olish   kerakki,   bir   odamning   xulq -
6
  Коломинский   Я.Л.   Человек:   Психология:   Кн.   Для   учащихся   ст.   классов   –   2   –   е   изд.   Доп.   –   М.:
Просвещение, 1986. – 223 с. 213 – 214 бетлар
77 atvorida   ikki   xil   hatto,   uch   xil   temperamentga   xos   alomatlar   kuzatilishi   ham
mumkin (biroq bitta odamda to’rt xil tip belgilari bo’lish mumkin emas). 7
KALIT
№ Sangvinik Flegmatik Xolerik Melanxolik
1 1.2 1.2 1.1 1.4
2 2.1 2.2 2.4 2.3
3 3.4 3.1 3.3 3.2
4 4.4 4.3 4.2 4.1
5 5.2 5.4 5.1 5.3
6 6.1 6.3 6.4 6.2
7 7.3 7.1 7.2 74
8 8.4 8.2 8.3 8.1
9 9.2 9.4 9.1 93
10 10.1 10.3 10.4 10.2
11 11.3 11.1 11.2 11.4
12 12.4 12.2 12.3 12.1
        
 
7
 Методика манбаси: Рогов Е.И. Настольная книга практического психолога: Учеб. Пособие, В 2кн. – З – е. –
М.: Гуманитар. Изд. Центр ВЛАДОС, 2000. – Кн. 1: Система работы психолога с детьми разного возраста.
346 – 353  с.
78

SUD-PSIXOLOGIK EKSPERTIZANI O‘TKAZISHDA ILMIY MANBALAR VA AMALIYOTDAGI METODIKALARDAN FOYDALANISH USULLARI MUNDARIJA KIRISH ………………………………………………… 3 I -BOB. SUD - PSIXOLOGI K EKSPERTIZASINING MUHIM JIHATLARI I.1. Sud-psixologik ekspertizasi predmeti va vazifalari ……… 7 I .2. Individual psixologik o’ziga xos xususiyatlarning sud- psixologik ekspertizasi… ………………………………….. 13 II-BOB. SUD-PSIXOLOGI K EKSPERTIZASIDA AFFEKT HOLATINI TADQIQ QILISH II.1. A ffekt holatining sud-psixologik ekspertizasi. 26 II.2.Gumon qilinuvchi va ayblanuvchi shaxsining psixologik tavsifi 45 XULOSA ……………………………………………………. 54 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ………………….. 56 ILOVALAR………………………………………………… 60 1

KIRISH Mavzuning dolzarbligi O’zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan va jamiyatning barcha sohalarini to’liq qamrab olgan islohotlarining asosiy maqsadi fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, jamiyatda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash, millatlar va fuqarolar o’rtasida o’zaro totuvlikni saqlashga qaratilgan. Jumladan, sud huquq sohasidagi islohotlarning ro’yobga oshishi borasida mamlakatimizda yetarli darajada qonunchilik bazasi shakllanib ulgurdi va hozirda yanada takomillashtirilmoqda. Shu o’rinda 2010 yil 1-iyunda «Sud ekspertiza to’g’risida»gi, 2012 yil 25 dekabrda «Tezkor-qidiruv faoliyati to’g’risida»gi va shu kabi bir qator qonunlarning qabul qilinishi mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning insonparvarlik g’oyalarini qamrab olganligi va islohotlarning asosiy e’tibori inson huquqlari oliy qadriyat sifatida qaralayotganligi dunyo hamjamiyati tomonidan e’tirof etilmoqda. Ma’lumki, amalga oshirilayotgan barcha islohotlar mamlakatni chinakam rivoji, aholining turmush darajasining yuksalib bori shi, aholining yalpi daromadlarining o’sishi, aholining mulkchilik shakllariga ega bo’lishi, davlat boshqaruvida fuqarolar faolligi, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatining yuksalishi, davlat organlarining samarali faoliyati hamda bevosita ularning faoliyatida jamoatchilik nazorati kabi ko’plab ijobiy ko’rinish-larda namoyon bo’lmoqda. Yuqoridagi maqsadlarga erishishning asosiy omillaridan biri jamiyatda qonuniylikni ta’minlashdir. Qayd qilingan ustuvor vazifani bajarish huquqni muhofaza qiluvchi organlar va sudning asosiy funksiyasini tashkil qiladi. Zero, fan-texnika taraqqiyoti yutuqlarini huquqni muhofaza qilish organlari va sud faoliyatida keng tatbiq etish ishlarning yuritish sifatini oshiradi, jinoyat ishiga oid dalillarni o’z vaqtida qo’lga kiritish, jinoyat sodir etgan shaxslarni tezda aniqlash 2

va fosh etish orqali jinoyat-prosessi vazifalarining samarali bajarilishini ta’minlaydi.[I.3] «Shu ma’noda, ekspertiza bugungi kunda surishtiruv, dastlabki tergov va sud jarayonida yetakchi o’rinlardan birini egallamoqda» 1 . Turli jinoiy, fuqarolik, xo’jalik va ma’muriy ishlarda shaxs–fuqaro–davlat va xo’jalik faoliyatini yurituvchi korxonalarning qonuniy manfaatlarini umume’tirof etilgan normalar asosida himoya qilinishida, inson huquq va erkinliklarini ta’minlashda, zarur bo’lsa, huquqiy demokratik davlat barpo etishda sud eksper t izasi ham munosib o’rin egallab kelmoqda. Mavzuning obyekti O’zbekistonda bugun jinoyatni ochishda sudga oid psixologik ekspertiza o’tkazishning ijtimoiy-huquqiy nazorat shartli ravishda quyidagi yo’nalishlarda amalga oshirilmoqda: – sudga oid psixologik ekspertizani ilmiy asoslangan holda odilona baholab sodir etilgan holatga va shaxsga xulosa berish; – sudga oid psixologik ekspertizani sodir etilgan jinoyatlar uchun jazoning muqarrarligini ta’minlash maqsadida amalga oshirilayotgan operativ-qidiruv, surishtiruv, dastlabki tergov va sud tergovini amalga oshirish bilan bog’liq tadbirlar majmui; – sudga oid psixologik ekspertiza xulosasi sodir etilgan jinoyatlar uchun sud belgilagan jazoning ijrosini ta’minlashga qaratilgan tadbirlar 2 . Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib, jinoiy xatti-harakatlarni kasb qilib olgan shaxslarning ruhiy olamini o’rganish, nafaqat huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarini, balki ko’plab olimlarning ham diqqat-e’tiborini o’ziga qaratmoqda. 3 Mavzuning farazlari. Tadqiqot ishining maqsadiga erishish va ilgari surilgan ilmiy farazni asoslash maqsadida ishni tizimli amalga oshirish uchun quyidagi vazifalar belgilandi: 1 Astanov I.R. Jinoyat ishlari bo’yicha ekspertiza o’tkazish: nazariya va amaliyot. Diss... yurid. fan. nomzod. T., 2010. 2 Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi (O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo’shma majlisidagi ma’ruzasi) // Xalq so’zi. – 2010. – 13 noyab. 3 Qarang: Ismoilov I., Buxarov D. Uyushgan jinoiy tuzilmalar shakllanishi va faoliyatining oldini olishda hamkorlikni tashkil etish. – T., 2007. – 3-b. 3

1.Jinoyatlarni ochishda sudga oid psixologik ekspertizanining zamonaviy usullar tushunchasini, 2.Jinoyatlarni ochishda vujudga kelgan shart-sharoitlarni sudga oid psixologik ekspertizaning ahamiyatini asoslashda, 3.Sudga oid psixologik ekspertizani o’tkazishda jinoyatchi shaxsi psixologiyasini, 4.Sudga oid psixologik ekspertizani o’tkazishda alohida turdagi jinoyatchilar toifasini hisobga olish, 5.Sudga oid psixologik ekspertizani o’tkazishda professional jinoyatchilar va ularning o’ziga xos bo’lgan psixologik xususiyatlari imkon qadar bayon qilish. Malakaviy bitiruv ishining vazifalari. Tadqiqot ishining maqsadiga erishish va ilgari surilgan ilmiy farazni asoslash maqsadida ishni tizimli amalga oshirish uchun quyidagi vazifalar belgilandi: - tadqiqot mavzusiga oid adabiyotlarni tahlilni amalga oshirish; - tadqiqot metodikalarini tanlash va asoslash; - jinoyatni ochishning psixologik usullarini yoritib berish; - jinoyatni ochishning huquqiy asoslarini ishlab chiqish; - zarur kasbiy va ijtimoiy malakalarni egallashda jinoyatlarni ochish va zaruriy metodlarini qo’llash bo’yicha amaliy tavsiyalarni ishlab chiqish. Bitiruv malakaviy ishining vazifasi Sud-psixologik ekspertizaning oldiga qo’yilgan vazifalar shundan iboratki Muammoga taalluqli psixologik va pedagogik manbalarni qiyosiy tahlil qilish va umumlashtirish; Sud- psixologik ekspertizaning ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini o’rganish; Sud- psixologik ekspertizani o’tkazishda ilmiy tadqiq etish, Tadqiqot natijalarini insonning ruhiy holatidan kelib chiqib tahlil qilish; Pedagogik psixologik tavsiyalar ishlab chiqish. Bitiruv malakaviy ishining maqsadi Sud-psixologik ekspertizani o’tkazishda ta’sir etuvchi obyektiv omillardan bo’lgan determinantlarni o’rganish. Bitiruv malakaviy ishda qo’llanilgan metodikalar. 4

1. Sudga oid psixologik ekspertizani o’tkazishda tadqiq qilish bo’yicha ma’lumot to’plash. 2.“Jinoyatga moyillikni aniqlash” testi yordamida tajriba guruhidagilarning refleksiv xususiyatlarini aniqlash 3. A.Bass va I.Darkning “Agressiya shakllari va uning ko’rsatkichlari”ni diagnostika qilish metodikasi orqali sinaluvchi insonlarning jinoyatchilikka moyillik darajasini aniqlash 4. Sudga oid psixologik ekspertizani o’tkazishda jinoyatchilikning oldini olish dasturi yordamida psixologik trening tashkil etish va natijalarni tahlil qilish Bitiruv malakaviy ishining yangiligi. Inson xulqida tashqi omillar tizimi ichki shart-sharoitlar tizimi bilan belgilanadi. Shu bois har bir jinoyatda obyektiv va subyektiv omillarning birligi ko’rinadi, jinoyatchi shaxsini aniqlash barobarida jinoyatning oldini olish tizimi yaratiladi. Bitiruv malakaviy ishining nazariy ahamiyati. Tadqiqot ishida sudga oid psixologik ekspertizani o’tkazishning psixologik xususiyatlari muammosining nazariy tahlilida keltirilgan ijtimoiy-psixologik fikrlar yuzasidan to’plangan materiallar yuridik psixologiya, umumiy psixologiya, itimoiy psixologiya, psixodiagnostik, psixokorreksiya, sotsial trening va amaliyot sohalarini nazariy jihatdan boyitishga xizmat qiladi. Bitiruv malakaviy ishining amaliy ahamiyati. Ishda sudga oid psixologik ekspertizani o’tkazishda jinoyatchi shaxs tipologiyasi, belgilari bo’yicha metodikalar va yaratilgan usullar tizimi amaliy psixologlarning jinoyatga moyilligi mavjud shaxsda zarur ijtimoiy fazilatlarni zudlik bilan shakllantirish bo’yicha faoliyatlariga tatbiq etilishi mumkin. Bitiruv malakaviy ishining tuzilishi. Ushbu bitiruv malakaviy ishi kirish, ikki bob olti bo’lim, xulosa va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati hamda ilova qismlardan tuzilgan. 5