Talabalar turar joyi ma’lumotlar bazasini loyihalashtirish va ishlab chiqish
“Talabalar turar joyi ma’lumotlar bazasini loyihalashtirish va ishlab chiqish” Reja: Kirish Nazariy qism: 1.1. Ma’lumotlar bazasi va uning asosiy tushunchalari 1.2. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari Asosiy qism: 2.1. “ Talabalar turar joyi ” ma’lumotlar bazasining mantiqiy strukturasi va uni shakllantirish 2.2. Ma’lumotlarni manipulyatsiya qilish operatorlarini qo’llash 2.3. Ma’lumotlar bazasida so’rovlar yaratish 2.4. Ma’lumotlar bazasida hisoblash maydonlarini yaratish Xulosa
Kirish Ma'lumotlar bazasini boshqarish - bu butun ma'lumotlarning hayotiy davri davomida zarur shart-sharoitlarni qondirish uchun ma'lumotlarni manipulyatsiya qilish va nazorat qilish uchun biznesning harakatlari. Biznes ma'lumotlari hajmi oshgani sayin ma'lumotlar bazasini boshqarish muhimroq bo'ldi. Ma'lumotlarning tez o'sishi turli xil salbiy sharoitlar, jumladan, dasturning yomon ishlashi va muvofiqlik xavfini keltirib chiqaradi. Ma'lumotlar bazasini boshqarish ma'lumotlar o'sishining zararli ta'sirini oldini olish uchun bir qator proaktiv usullarni o'z ichiga oladi. Kurs ishi ma’lumotlar bazasini tashkil qilishda “Talabalar turar joyi ma’lumotlar bazani tashkil etish” mavzusida tuzildi. Kurs ishi “Kirish”, “Nazriy qism”, “Asosiy qism”, “Xulosa” 6ta paragrafdan iborat. “Kirish qismida Ma’lumotlar bazasi haqida, kurs ishi haqida, sohaning o’rganilib chiqilgan haqida ma’lumot berib o’tilgan. “Nazariy qism” da ma’lumotlar bazasi va uning asosiy tushunchalari, ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari to’g’risida ma’lumot berib o’tilgan. “Asosiy qism” da “Talabalar turar joyi” ma’lumotlar bazasining mantiqiy strukturasi va uni shakllantirish, ma’lumotlarni manipulyatsiya qilish operatorlarini qo’llash, ma’lumotlar bazasida so’rovlar yaratish, ma’lumotlar bazasida hisoblash maydonlarini yaratish mavzu yuzasidan ko’rsatib berilgan. Va nihoyat “Xulosa” qismida ushbu kurs ishini tayyorlashda qaysi dasturlardan va ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlaridan foydalanganligi haqida aytib o’tilgan. 2
NAZARIY QISM 1.1. Ma’lumotlar bazasi va uning asosiy tushunchalari Hozirgi kunda inson faoliyatida ma’lumotlar bazasi (MB) kerakli axborotlarni saqlash va undan oqilona foydalanishda juda muhim rol o‘ynamoqda. Sababi: jamiyat taraqqiyotining qaysi jabhasiga nazar solmaylik o‘zimizga kerakli ma’lumotlarni olish uchun, albatta, MBga murojaat qilishga majbur bo‘lamiz. Demak, MBni tashkil qilish axborot almashuv texnologiyasining eng dolzarb hal qilinadigan muammolaridan biriga aylanib borayotgani davr taqozasidir. Informatsion texnologiyalarning rivojlanishi va axborot oqimlarining tobora ortib borishi, ma’lumotlarning tez o‘zgarishi kabi holatlar insoniyatni bu ma’lumotlarni o‘z vaqtida qayta ishlash choralarining yangi usullarini qidirib topishga undamoqda. Ma’lumotlarni saqlash, uzatish va qayta ishlash uchun MBni yaratish, so‘ngra undan keng foydalanish bugungi kunda dolzarb bo‘lib qolmokda. Moliya, ishlab chiqarish, savdo-sotiq va boshqa korxonalar ishlarini ma’lumotlar bazasisiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Ma’lumki, MB tushunchasi fanga kirib kelgunga qadar, ma’lumotlardan turli ko‘rinishda foydalanish juda qiyin edi. Dastur tuzuvchilar ma’lumotlarini shunday tashkil qilar edilarki, u faqat qaralayotgan masala uchungina o‘rinli bo‘lardi. Har bir yangi masalani hal qilishda ma’lumotlar qaytadan tashkil qilinar va bu hol yaratilgan dasturlardan foydalanishni qiyinlashtirar edi. Har qanday axborot tizimining maqsadi real muhit ob’ektlari haqidagi ma’lumotlarga ishlov berishdan iborat. Keng ma’noda ma’lumotlar bazasi - bu qandaydir bir predmet sohasidagi real muhitning aniq ob’ektlari haqidagi ma’lumotlar to‘plamidir. Predmet sohasi deganda avtomatlashtirilgan boshqarishni tashkil qilish uchun o‘rganilayotgan real muhitning ma’lum bir qismi tushiniladi. Masalan, korxona, zavod, ilmiy tekshirish instituti, oliy o‘quv yurti va boshqalar. Shuni qayd qilish lozimki, MBni yaratishda ikkita muhim shartni hisobga olmoq zarur: Birinchidan, ma’lumotlar turi, ko‘rinishi, ularni qo‘llaydigan programmalarga bog‘liq bo‘lmasligi lozim, ya’ni MBga yangi ma’lumotlarni 3
kiritganda yoki ma’lumotlar turini o‘zgartirganda, programmalarni o‘zgartirish talab etilmasligi lozim. Ikkinchidan, MBdagi kerakli ma’lumotni bilish yoki izlash uchun biror programma tuzishga hojat qolmasin. Shuning uchun ham MBni tashkil etishda ma’lum qonun va qoidalarga amal qilish lozim. Bundan buyon axborot so‘zini ma’lumot so‘zidan farqlaymiz, ya’ni axborot so‘zini umumiy tushuncha sifatida qabul qilib, ma’lumot deganda aniq bir belgilangan narsa yoki hodisa sifatlarini nazarda tutamiz. Ma’lumotlar bazasini yaratishda, foydalanuvchi axborotlarni turli belgilar bo‘yicha tartiblashga va ixtiyoriy belgilar birikmasi bilan tanlanmani tez olishga intiladi. Buni faqat ma’lumotlar tizilmalashtirilgan holda bajarish mumkin. 4
1.2. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari Ko‘pchilik, terminlarni tushunish bo‘yicha biroz qiynalishadi, lekin aynan terminlarni bilish, qo‘yilgan vazifalarni yechishda yoki paydo bo‘lgan xatoliklarni bartaraf etishda juda kerak bo‘ladi. Misol uchun, biror muammo paydo bo‘lsa, biz darhol Google’ni yordamga chaqiramiz, agar Google qidiruv tizimiga terminlar orqali so‘rov bersangiz, muammo yechish qiyinchilik tug‘dirmaydi, agar terminlarsiz oddiy so‘zlar bilan qidirishni amalga oshirsangiz, muammoni yechishga ancha vaqt ketib qoladi. Ma’lumotlar bazasi bu — tartiblangan ma’lumotlarni saqlovchi va qayta ishlovchi axborot modeli hisoblanadi. Soddaroq qilib aytganda, bir hil turdagi axborotlarni o‘zida saqlovchi va berilgan so‘rovlar orqali ularni taqdim etuvchi model. Misol uchun, kitoblar javoni, bu ma’lumotlar bazasi hisoblanadi, ya’ni bir hil turdagi (kitoblarni) ob’yektlarni o‘zida saqlaydi, yoki bo‘lmasa telefon raqamlar yozilgan kitobcha, bu yerda ism, telefon raqam kabi bir hil tipdagi ma’lumotlar saqlanadi, bu ham ma’lumotlar bazasi. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi — bu ma’lumotlar bazasini hosil qiluvchi, ma’lumotlarni qayta ishlovchi va qidiruvchi tizim hisoblanadi. Qisqa qilib aytganda, MBBT barcha jarayonlarni amalga oshiradi. Ma’lumotlar bazasi faqat ma’lumotlarni saqlaydi, qolgan barcha ishlarni MBBT bajaradi. Ma’lumotlar bazasidagi ma’lumotlar, SQL so‘rov tillari orqali boshqariladi, bu tilda MBBT’ga so‘rov beriladi, bu so‘rov u yerda qayta ishlanib, natija olish uchun ma’lumotlar bazasiga murojaat qiladi, u yerdan so‘rovga mos ma’lumotni olib, so‘rovga javob beradi: Quyidagi dasturlar MBBT’ga misol bo‘la oladi: — Oracle; — MySQL; — Microsoft Office Access; — MariaDB; — Microsoft SQL Server. 5