Talabalar turar joyi” ma’lumotlar bazasini yaratish
Mavzu: “Talabalar turar joyi” ma’lumotlar bazasini yaratish. Reja: 1. Kirish. 1.1. MBBT ni hozirgi kundagi ilm-fandagi o’rni. 1.2. MBBT istiqbollari. 2. Nazariy qism. 2.1. Malumotlar bazasi haqida tushuncha 3. Amaliy qism. 3.1. “Bug’alteriya” ma’lumotlar bazasining mantiqiy strukturasi va uni shakllantirish 3.2. Ma’lumotlarni manipulyatsiya qilish operatorlarini qo’llash 3.3. Ma’lumotlar bazasida turli so’rovlar yaratish 4. Xulosa. 5. Foydalanilgan adabiyotlar. 1
Kirish O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoniga asosan, Axborot texnologiyalari va kommunikastiyalarini rivojlantirish vazirligi tashkil etildi. Farmonning O’zAda keltirilgan matniga ko’ra, vazirlik O’zbekiston Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikastiya texnologiyalari davlat qo’mitasi negizida tashkil etilgan.Yangi vazirlikning asosiy vazifalari va faoliyat yo’nalishlari sifatida quyidagilar belgilangan: axborot texnologiyalari va kommunikastiyalar soxasida, “elektron xukumat”ni joriy etishda yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlash;aloqa va telekommunikastiyalar soxasidagi faoliyatni, shuningdek, radiochastotali spektrdan foydalanishni davlat yo’li bilan boshqarish, listenziyalash va nazorat qilish borasidagi funkstiyalarni amalga oshirish;Internet tarmog’ining milliy segmenti yanada shakllantirilishini ta’minlash;raqobatdosh dasturiy maxsulotlarning mamlakatimizda ishlab chiqarilishini va ichki bozorini xamda ularga ko’rsatiladigan xizmatlarni rivojlantirishga ko’maklashish;axborot xavfsizligini ta’minlash;zamonaviy kommunikastiya vositalari soxasida ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarni, kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil qilish;vazirlik faoliyati doirasiga kiruvchi boshqa yo’nalishlar bo’yicha xorijiy investistiyalarni jalb etish va boshqalar. “Gazeta.uz” ning qayd etishicha, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikastiya texnologiyalari davlat qo’mitasi 2012 yil 16 oktyabrida Aloqa va axborotlashtirish agentligi negizida tashkil etilgan edi. O’zAAA esa, o’z navbatida, 2002 yili Pochta va telekommunikastiyalar agentligi negizida, ushbu agentlik esa 1997 yili Aloqa vazirligi negizida tashkil etilgan edi. Aloqa vazirligining o’zi 1992 yilda tashkil etilgan. Biz dasturchilar uchun bu qarorlar juda muhim qarorlardan biri bo’ldi. 2013- yildan 2020-yilgacha Elektron hukumat tizimiga o’tilish talab qilinmoqda. Shuning uchun axborot tizimlariga o’tilishga kata ahamiyat berilmoqda.Yangi o’quv yurtlari va yangi fakultetlar ochilmoqda. Dunyo globallashib borgani sari axborot tehnalogiyalarga bo’lgan talab ortib bormoqda. 2
1.1. MBBT ni hozirgi kundagi ilm-fandagi o’rni. Mamlakatimizda axborotkommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jarayoni izchil davom ettirib kelinmoqda. Eng avvalo, O‘zbekistonda mazkur sohani tartibga soluvchi mukammal qonunchilik bazasi yaratilganini alohida ta'kidlash joiz. Shu bilan birga, bugun dunyoda shiddat bilan kechayotgan globallashuv sharoitida AKT sohasining keskin taraqqiy etib borishi kuzatilayotganligi, ilg‘or davlatlarning ushbu soha rivojiga alohida e'tibor qaratayotgani bejiz emas. Darhaqiqat, hozirgi davrda AKT orqali uzatiladigan axborot jamiyat rivojining eng muhim shartlaridan biri bo‘lib qoldi. U ishlab chiqarish resursi, insonlar orasidagi aloqani ta'minlovchi qudratli vositaga aylandi. Shu bois, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, umuman, jamiyatning axborot uzatish tezligi hamda sifatiga bo‘lgan talablari kun sayin ortib bormoqda. AKT sohasini jadal sur'atlar bilan taraqqiy ettirish O‘zbekiston iqtisodiyotida amalga oshirilayotgan tarkibiy o‘zgarishlar hamda iqtisodiy islohotlarning bosh yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Chunki bu yo‘nalish nafaqat respublikani axborotlashgan jamiyatga aylantirish uchun xizmat qiladi, balki mamlakatimiz iqtisodiyotini jadal sur'atlar bilan rivojlantirishda o‘ziga xos yetakchi tarmoq — «lokomotiv» rolini o‘ynaydi.Dasturiy vazifalardan kelib chiqib, mamlakatimizda komputer va axborot texnologiyalari, telekommunikatsiya va ma'lumot uzatish tarmoqlarini, internet xizmatlarini rivojlantirish va zamonaviylashtirish, ularni dunyo standartlari darajasiga yetkazish maqsadida keng ko‘lamli islohotlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Albatta, ijtimoiy hayotning barcha sohalarida bo‘lgani kabi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish, o‘z navbatida, ushbu sohaning huquqiy asosini shakllantirish va takomillashtirib borishni taqozo etadi. Shuning uchun ham mamlakatimizda mazkur sohada samarali huquqiy mexanizmlarni yanada takomillashtirishga jiddiy e'tibor qaratilmoqda. O‘tgan davr mobaynida sohani yanada rivojlantirishga qaratilgan 11ta qonun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 3ta farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Vazirlar Mahkamasining 40dan ortiq qarorlari va 3
300dan ortiq idoraviy qonunosti hujjatlari qabul qilindi. Mustaqillik yillarida yaratilgan keng huquqiy maydon mamlakatimizda siyosiy modernizatsiya jarayonlarida tobora muhim ahamiyat kasb etib borayotgan axborotkommunikatsiya texnologiyalarining jadal sur'atlarda rivojlanishi yo‘lida qulay imkoniyatlar yaratmoqda.Jamiyatni axborotlashtirish va axborotkommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirish maqsadida 2003- 2004 yillarda «elektron» qonunlar bloki qabul qilindi. Bular «Elektron raqamli imzo to‘g‘risida»gi, «Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida»gi va «Elektron tijorat to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlaridir. Mazkur qonun hujjatlarini ishlab chiqishda ushbu sohadagi xalqaro huquqiy me'yorlar hamda bir qator rivojlangan davlatlarning tajribalari ham atroflicha o‘rganilib, milliy qonunchiligimizga maqbul jihatlari uyg‘unlashtirildi. Ushbu qonunlarning qabul qilinishi va joylarda ularning ijrosi ta'minlanishi, o‘z navbatida, ish yuritish madaniyatining elektron ko‘rinishi shakllanishiga, masofa qisqarishiga, vaqt tejalishiga hamda iqtisodiy samaradorlikning oshishida muhim omil bo‘ldi. Mamlakatimizda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jadal sur'atlarda rivojlanishi elektron hujjat aylanishi, elektron raqamli imzo, elektron tijorat, elektron to‘lovlar kabi yana bir qancha yangi xizmat turlarining shakllanishiga, jumladan, tadbirkorlarimizga masofadan turib dunyoning xohlagan mamlakatidan o‘ziga hamkor topish va tijorat ishlarini yuritishiga keng yo‘l ochdi. Mamlakatimiz milliy iqtisodiyotida yangi yo‘nalish hisoblangan mazkur tizimlarning tez sur'atlarda taraqqiy etishining yana bir omili — bu axborotkommunikatsiya texnologiyalarini raqamlashtirish darajasining ortishi, xususan, xalqaro axborot tarmoqlaridan foydalanishning umumiy tezligi o‘tgan yilga nisbatan 61 foizga oshib, bugungi kunda 7780 Mbit/s.ni tashkil etayotgani va ulardan foydalanish uchun qulay shart-sharoitlar yaratilganligidadir. Shuningdek, joriy yil boshida ma'lumotlar uzatish, jumladan, internetga ulanish bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jalik subyektlarining soni 930 taga yetgan bo‘lsa, jamoaviy foydalanish maskanlari 1063tani tashkil etdi.Xorijiy mamlakatlar tajribasidan ma'lumki, elektron tijoratning shiddat bilan rivojlanishiga internetdan foydalanuvchilar soni 4
aholining 20-25 foizini tashkil etgandagina erishish mumkin. Bugungi kunda mamlakatimizda internetdan foydalanuvchilar soni 10 millionga yetgani elektron tijoratning kelgusidagi yorqin istiqbolidan darak berib turibdi. O‘zbekistonda elektron hujjatlarga huquqiy mavqe beruvchi «Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida»gi qonunning qabul qilinishi, shubhasiz, elektron hujjat aylanishi tizimini rivojlantirishga ko‘maklashib, davlat hokimiyatining turli idoralari o‘rtasidagi hujjat aylanishini avtomatlashtirishga qulay imkoniyat yaratmoqda. Elektron hujjat aylanishi tizimini joriy etish o‘zaro axborot almashinuvi darajasi va sifatini oshirishga, axborot izlash samaradorligi o‘sishiga, katta hajmdagi ma'lumotlar bilan ishlash va ulardan foydalanishga ko‘maklashib, qog‘ozli hujjat aylanishi ulushining kamayishiga yordam bermoqda. Ushbu qonun elektron hujjatning huquqiy maqomini va uning rekvizitlarini aniqlagan bo‘lib, elektron hujjat aylanishi ishtirokchilarini, elektron hujjatni olish, jo‘natish, ularni saqlash va muhofaza etish tartibini belgilab berdi. «Elektron raqamli imzo to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni elektron hujjatdagi elektron raqamli imzo va qog‘ozdagi shaxsiy imzo teng kuchga ega ekanligini ta'minlab berdi. Natijada yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan internet tarmog‘idan foydalangan holda kerak bo‘lgan barcha hisobot formalari va boshqa ma'lumotlarni elektron ravishda interaktiv holda olish hamda soliq va statistika hisobotlarini topshirish imkoniyatini yaratdi. Bu tizim kichik biznes va tadbirkorlik subyektlarining vaqtini tejash, davlat xizmatchilari bilan bevosita muloqot uchun navbat kutish yoki soliq hisobotlarini to‘ldirishdagi xato va kamchiliklarni tuzatishga emas, balki o‘z tadbirkorlik ishlarini rivojlantirishga sarf etishlariga imkon bermoqda. 5