TEXNOLOGIYA DARSLARIDA BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIGA QOG‘OZ VA KARTON BILAN ISHLASH TEXNOLOGIYASINI O‘RGATISH
TEXNOLOGIYA DARSLARIDA BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIGA QOG‘OZ VA KARTON BILAN ISHLASH TEXNOLOGIYASINI O‘RGATISH REJA KIRISH I BOB: BOSHLANG‘ICH SINFLARDAGI TEXNOLOGIYA TA`LIMI TO‘G‘RISIDAGI ASOSIY TUSHUNCHALAR. 1.1 Boshlang‘ich sinflarda texnologiya ta`limining maqsadi, vazifalari, texnologiya ta’limining shakl va metodlari 1.2 Boshlang‘ich sinf texnologiya darslarida qo‘l mehnatining ish turlari va amaliy ishlar 1.3 Boshlang‘ich sinflarda texnologiya darslarining olib borilishi va qog‘oz va karton bilan ishlash darslarini tashkil etish metodikasi II BOB. QOG‘OZ VA KARTON BILAN ISHLASH TEXNOLOGIYASINI O‘RGATISH 2.1 Qog‘oz va kartonga ishlov berish texnologiyasi va qog‘ozni buklash usulida maketlar yasash 2.2 Qog‘oz va kartondan turli ko‘rgazmali materiallarni tayyorlash texnologiyasi 2.3 Qog‘oz va karton bilan ishlashda texnika xavfsizligi III BOB. O‘ZLASHTIRISH BO‘YICHA TAJRIBA VA OLINGAN NATIJALAR 3.1. Tajriba sinov ishlarining mazmuni, metdodikasi va tahlili Umumiy xulosalar Foydalanilgan adabiyotlar Ilovalar 1
KIRISH Mavzuning dolzarbligi . Davrimizning hayotiy ehtiyojlari maktablarda ta‘lim-tarbiya ishlari darajasini yuqori bosqichga ko‘tarishni, har tomonlama puxta bilim olgan, fan va texnika asoslari bilan qurollangan kelajak avlodni tarbiyalab voyaga yetkazishni talab qiladi. O‘quvchi yoshlarga ta’lim-tarbiya berish, ya’ni ularni har tomonlama davlat ta’lim standartlari talablariga javob beradigan yetuk malakali mutaxassis darajasida tayyorlash mamlakatimizning dolzarb vazifalaridan biridir. Ta’lim sohasida o‘tkazib kelinayotgan islohatlarning maqsadi ta’lim berish sifatini oshirishdan iboratdir. Ana shu maqsadda hukumatimiz tomonidan bir qator qonunlar va boshqa hujjatlar ishlab chiqilib, amalda qo‘llanilmoqda. Misol sifatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7- fevraldagi PF-4947-sonli “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘risida’’gi farmoni, 2019-yil 8-oktabrdagi farmoni bilan belgilangan “O‘zbekiston respublikasi oily ta’lim tizimini 2030- yilgacha rivojlantirish konstepsiyasi, 2020-yildagi yangi tahrirdagi ishlab chiqilgan “Ta’lim to‘g’risida’’gi qonunni, 2020-yil 6-noyabrdagi “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirishni chora tadbirlari to‘g’risida’’gi farmonini, Yangi O‘zbekistonni 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasini va shunga o‘xshash hujjatlarni olishimiz mumkin. Shuni alohida ta`kidlash kerakki, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev “Bizning vazifamiz – to‘plangan tajriba va ilg‘or xalqaro amaliyotga suyangan holda, o‘zimizning taraqqiyot va yangilanish modelimizni qat’iy amalga oshirishdan iborat. Shu borada yaqin va o‘rta muddatga belgilangan marralarga 2
erishish uchun qat'iyat bilan harakat qilishimiz zarur” 1 -deb ta‘kidlaganlari bejiz emas. Negaki, taraqqiyotga erishishda mamlakat jtimoiy tizmining barcha sohalari faol bo‘lmoqliklari shart. Innovatsion ta’lim muhitini yaratish, uni xalqaro andozalarga to‘liq mosligini ta’minlash bugun tez o‘zgaruvchan ijtimoiy hayotga yoshlarimizni muvafaqqiyatli ijtimoiylashtirishining muhim omilidir. Mazkur vazifaning samarali hal etilishi o‘z navbatida ta’lim jarayonining yaxlit tizimi sifatida modernizatsiyalashni taqozo etadi. Ta’limning innovatsion yo‘nalganligining eng muhim parametrlaridan biri o‘quvchilarni ta’lim jarayoni subyekti sifatida o‘z faoliyatining ijodkoriga aylanishini ta’minlashdir. Mazkur maqsadga erishish o‘z navbatida o‘quvchilarni guruhlarda, kichik guruhlarda va juftliklarda hamkorlikdagi ishlarini tashkil etishni talab etadi. О ‘quvchilarni mehnatga tarbiyalash va kasbga tayyorlash vazifalari boshlang‘ich sinflarda butun ta’lim va tarbiya tizimida hamda barcha o'quv predmetlari yordamida hal etiladi. Bu o‘rinda mehnat darslari yetakchi rol o‘ynaydi. Boshlang'ich sinflarda mehnat ta’limining ilk tushunchalari, malaka va ko‘nikmalari mehnat darslarida shakllantiriladi. Texnologiya” fani maktab o‘quvchilari uchun umumiy ta’limining kerakli qismidir, ularga qo‘l mehnati va mexanizatsiyalashgan mehnat asoslarini, texnologiyani boshqarish va olingan bilimlarni amaliy faoliyatda qo‘llash imkoniyatini beradi. Boshlang‘ich ta`lim bosqichida umumta’lim muassasalarida yoshlarni texnologik tayyorlashning o‘zgarmas ta’limiy maqsadlari quyidagilardan iborat: -texnologik savodxonlikni oshirish; -texnologik madaniyatni shakllantirish; - ijodiy faoliyatni rivojlantirish; - kasbni o‘zi ongli va mustaqil ravishda belgilashga tayyorlash; - keyinchalik jamiyatda ijtimoiy va mehnatga moslashish. 1 Mirziyoyev Sh. M. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. T.: “O‘zbekiston” NMIU, 2016 3
Tadqiqotning maqsadi. Bitiruv malakaviy ishidan ko‘zlangan maqsad o‘quvchilarga texnologiya darslarida qog‘oz va karton bilan ishlash texnologiyasini o‘rgatish. Tadqiqotning vazifalari. -Texnologiya darslarida qog‘oz va kartondan tayyorlanadigan buyumlar texnologiyasini o‘rgatish; -O‘quvchilarga qog‘oz va karton mahsulotlari bo‘yicha asosiy tushunchalar, ta`riflarni, atamalarni o‘rgatishni ilmiy-nazariy asoslarini yoritish; -Amaliyotda qog‘oz va karton mahsulotlaridan tayyorlanadigan buyumlar texnologiyasiga asos bo‘ladigan xususiyatlarini va parametrlarini ko‘rsatib berish; -Qog‘oz va karton mahsulotlaridan tayyorlanadigan buyumlar texnologiyasi bo‘yicha taklif tavsiyalar berish. Tadqiqot uslublari: Ma`lumki tadqiqotlarda asosan, formalash, aksioma, abstraktlash, o‘lchash, kuzatish, tajriba, tahlil qilish, taqqoslash, hisoblash, umumlashtirish va boshqa uslublari mavjud.Biz shulardan tajriba, tahlil qilish, kuzatish, umumlashtirish uslublaridan foydalandik. Tadqiqotning o‘rganilganlik darajasi . Masalaning ibtidosiga e`tibor qaratilsa, mavjud tadqiqotlarda uning o‘rganilishi umumiy miqyosda ekanligi ma`lum bo‘ladi. Tadqiqotning ob`yekti va predmeti . Boshlang‘ich ta`limda texnologiya darslarida qog‘oz va karton bilan ishlash texnologiyasini o‘rgatishda yangicha yondashuv,usullar masalasi tadqiqot ob`yekti qilib tanlangan. Tadqiqot predmeti texnologiya darsliklarida ifodalangan yangicha g‘oyalarni zamonaviy texnologiyalar vositasida tanishtirish bo‘lgan. Texnologiya fani o‘qituvchisining axborotli-kasbiy tayyorgarligini ta’minlashning texnologik tizimi, shart-sharoitlari, o‘ziga xos xususiyatlari va samaradorligidir. Tadqiqotning ilmiy yangiligi. Boshlang‘ich ta`lim texnologiya darsliklarida qog‘oz va karton bilan ishlash texnologiyasini, o‘quvchilarga yangi pedagogik texnologiyalar asosida o‘rgatish usullarini ishlab chiqish va amaliyotda sinab xulosalar chiqarish muammosi ishning yangiligini belgilaydi. 4
Tadqiqotning nazariy-metodologik asoslari . Tadqiqotda o‘rganilayotgan muammoni hal etishda ilmiylik, xolislik, qiyosiy-tahliliy o‘rganish, tizimlilik tamoyillariga amal qilindi. Tadqiqotning metodologik asosini ishlab chiqishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev ma`ruza va nutqlarida ilgari surilgan ilmiy-nazariy ko‘rsatmalari, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun, xalq ta’limini rivojlantirish bo‘yicha “Milliy dastur” Davlat ta’lim standartlari muhim rol o‘ynadi. Tadqiqot metodlari . Ilmiy tadqiqot ishini yozish jarayonida qiyosiy tahlil nazariyadan amaliyotga emas, balki amaliyotdan nazariy xulosalar chiqarish usuliga tayanildi. Bitiruv malakaviy ishining tuzilishi va hajmi. Bitiruv malakaviy ishi III bob, 7 paragraf, 66 sahifadan iborat. 5