logo

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga 100 ichida sonlarni o‘rgatishda ped-texnologiyalarni qo‘llash

Загружено в:

20.11.2024

Скачано:

0

Размер:

214.8466796875 KB
1Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga 100 ichida sonlarni o‘rgatishda ped-
texnologiyalarni qo‘llash
M U N D A R I J A
KIRISH ...................................................................................................3
I BOB .   BOSHLANG‘ICH SINFLARDA 100 GACHA BO‘LGAN SONLARNI
O‘RGATISHNING NAZARIYASI
1.1 1 dan 100gacha sonlarni o‘rgatishning darsliklar asosida tahlili va 
ahamiyati..........................................................................................11
Boshlang‘ich sinfda matematika darsi va o‘qitishning turli 
shakllari.....................................................................................18
II BOB .  100  GACHA SONLARNI O‘RGATISHDA INNOVATSION 
PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR
2.1 O‘nlik mavzusida sonlar va ular ustida amallarni o‘rgatish ped-
texnologiyasi..........................................................................................34
2.2 11 dan 20 gacha bo‘lgan sonlar va ularning tarkibini o‘rgatish  
texnologiyasi...................................................................................................46
2.3 21 dan 100 gacha sonlarni o‘rgatish texnologiyalari............................52
III BOB . PEDAGOGIK TAJRIBA VA UNING NATIJALARI
3.1 Tajriba-sinov ishlarini tashkillashtirish va o‘tkazish metodikasi..60
3.2 Tajriba-sinov ishlari tahlili va yakuniy natijalari………………..61
XULOSA ...........................................................................................66
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ............................................69 2                                                    KIRISH
O‘zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasi   tomonidan   tasdiqlangan
“Davlat ta’lim standarti to‘g‘risidagi Nizom”ga binoan umumiy o‘rta ta’lim, shu
jumladan, boshlang‘ich ta’lim bosqichi uchun ham alohida-alohida davlat ta’lim
standarti   talablari va   me’yoriy   ko‘rsatkichlari   belgilab qo‘yadi.
  Maktabning   birinchi   sinfiga   bolalar   olti-yetti   yoshdan   qabul   qilinadi.
“Boshlang‘ich   ta’lim   konsepsiyasi”da   e’tirof   etilganidek,   olti   yoshga   to‘lgan   har
qanday   bola   aqliy,   ruhiy   hamda   jismoniy   jihatdan   maktabda   o‘qish   uchun
tayyor   bo‘lganida,   maktabning   moddiy-texnik   bazasi   bunday   bolalarga   ta’lim
berish   uchun   yetarli   deb   hisoblanganda   hamda   o‘qituvchilar   pedagogik   va
psixologik   jihatdan   olti   yoshli   bolalarni   o‘qitishga   qodir   deb   topilganda
maktabga   qabul   qilinadilar.(I.2.27)
“O‘zbekiston   Respublikasida   umumiy   o‘rta   ta’lim   to‘g‘risida”gi   Nizomda
ta’kidlanganidek:   “Boshlang‘ich   ta’lim   o‘qish,   yozish,   sanash,   o‘quv
faoliyatining   asosiy   malaka   va   ko‘nikmalari,   ijodiy   fikrlash,   o‘zini-o‘zi
nazorat   qilish   uquvi,   nutq   va   xulq-atvor   madaniyati,   shaxsiy   gigiyena   va
sog‘lom   turmush   tarzi   asoslarining   egallab   olishini   ta’minlashga da’vat etilgan.
Shunday   ekan,   ushbu   asosda   boshlang‘ich   sinflarda   o‘quvchilarning
umummadaniy   va   axloqiy   ko‘nikmalari,   dastlabki   savodxonlik   malakalari
shakllantirilishi   lozim.
Boshlang‘ich   ta’lim   jarayoni   bolalarning   mantiqiy   tafakkur   qila   olish
salohiyati,   aqliy   rivojlanishi,   duyoqarashi,   kommunikativ   savodxonligi   va   o‘z-
o‘zini   anglash   salohiyatini   shakllantirishga,   jismonan   sog‘lom   bo‘lishga,
moddiy   borliq   go‘zalliklarini   his   eta   olishga,   go‘zallik   va   nafosatdan   zavqlana 3olish,   milliy   urf-odatlarni   o‘ziga   singdirish   va   ardoqlash,   ularga   rioya   qilishga
o‘rgatadi.
Boshlang‘ich   ta’lim   bosqichi   oldiga   qo‘yilgan   vazifalarning   bajarilishini
nazorat   qilish   orqali   amalga   oshiriladi.   Ta’lim   standarti   asosida   boshlang‘ich
sinf   o‘quvchilaridan standartda belgilab qo‘yilgan ko‘rsatkichga erishishni talab
qiladi   va   o‘z   navbatida,   bu   ko‘rsatkichlarga   erishish   uchun   zarur   bo‘lgan
ta’limiy   xizmatlar va vositalar bilan ta’minlaydi. Boshlang‘ich ta’lim bosqichiga
davlat   va   jamiyat   tomonidan   qo‘yilgan   talabda   ta’lim   sohalari   bo‘yicha   o‘zaro
muvofiqlik,   mutanosiblik,   uyg‘unlik   to‘la   ta’minlangan   bo‘lmog‘i   kerak.
O‘zbekiston   Respublikasining   jahon   hamjamiyatiga   integratsiya
ta’lim   sohasida   nafaqat   yangi   imkoniyatlarni   ochdi,balki   o‘quvchi
yoshlarga   ta’lim   va   tarbiya   berishda   yuqori   sifatga   erishishni
ta’minlashni  taqazo etdi.
Bu   natijalarga   erishish   uchun   o‘z   vaqtida   O‘zbekiston
Respublikasining   “Ta’lim   to‘g‘risida”gi   Qonuni   hamda   “Kadrlar
tayyorlash   milliy   dasturi”qabul   qilingandir.”Ta’lim   to‘g‘risidagi
qonunning   7-moddasida   belgilab   berilganidek,   “Davlat   ta’lim
standartlari   umumiy   o‘rta,o‘rta   maxsus,   kasb-hunar   va   oliy   ta’lim
mazmuniga hamda sifatiga qo‘yiladigan talablarni belgilaydi.
Yoshlarda   matematika   faniga   qiziqishni   kuchaytirish,   iqtidorli   bolalarni
seleksiya   qilib,   ixtisoslashtirilgan   maktablar   va   keyinchalik   oliy   ta’lim
muassasalariga qamrab olish ishlarini to‘g‘ri tashkil qilish kerakligi ta’kidlandi.
Bolalar   uchun   mazkur   fandan   oddiy   va   tushunarli   tilda   yozilgan   ommabop
darslik   va   o‘quv   qo‘llanmalari   yaratish,   matematik   ongni,   kerak   bo‘lsa,
bog‘chadan   boshlab   shakllantirish   vazifasi   qo‘yildi.
 “Matematika hamma aniq fanlarga asos. Bu fanni yaxshi bilgan bola aqlli, keng
tafakkurli   bo‘lib   o‘sadi,   istalgan   sohada     muvaffaqiyatli   ishlab   ketadi”,deydi
prezidentimiz   Sh.M.   Mirziyoyev.(I.3)     Matematika   fani   bo‘yicha   o‘quvchi,
talaba   va   o‘qituvchilar   o‘rtasida   turli   tanlovlar   o‘tkazib,   g‘oliblarni   munosib
rag‘batlantirish,   olimpiada   tizimini   takomillashtirgan   holda   sovrindorlarga 4beriladigan   mukofotlarni   ko‘paytirish   muhimligi   qayd   etildi.
O‘qitish   sifatini   yangi   bosqichga   ko‘tarish,   matematika   fanidan   bilimlarni
baholash   bo‘yicha   milliy   sertifikatlash   tizimini   joriy   etish   zarurligi   aytildi.
Bunday   sertifikat   egasiga   oliy   o‘quv   yurtiga   o‘qishga   kirishda   matematika
fanidan   maksimal   ball   beriladi.   Yuqori   malakali   pedagoglar   va   ilmiy   darajali
kadrlar   tayyorlash   tizimi   samarasini   oshirish,   Matematika   institutida   ilmiy
daraja beruvchi kengashga to‘liq mustaqillik berish lozimligi ko‘rsatib o‘tildi.
Barchamizga   ma’lumki   matematika   fani   insonning   aqlini   o‘stiradi,
uning   diqqatini   rivojlantiradi,   ko‘zlangan   maqsadga   erishish   uchun
o‘zida   qat’iyat   va   irodani   tarbiyalaydi,   o‘zidagi   algoritmik   tarzdagi
tartib-intizomlilikni   ta’minlaydi   va   eng   muhimi,   uning   tafakkurini
kengaytiradi.
Boshlang‘ich   sinflarda   matematika   o‘qitish   metodikasini
takomillashtirishga bag‘ishlangan ilmiy adabiyotlar tahlili psixologik-pedagogik
tadqiqotlarda   boshlang‘ich   sinflarda   matematik   o‘qitish   samaradorligini
oshirishning   ilmiy   tahlili   axborotlarni   boyitib   borish   orqali   ta’lim   mazmunini
o‘zgartirish   (B.P.Erdniyev),   har   bir   fanning   asosiy   g‘oyasini   ajratish
(   I.D.Zverev,   V.N/Maksimovna,   R.A.Mavlonova,   A.Abduqodirov,
A.M.Markushevich),   nazariy   bilimlarning   rolini   oshirish   (   V.V.Davidov,
A.K.Markova,   J.Ikromov,   A.M.Pishkalo,   L.SH.   Levenberg,   N.U.Bekbayeva,
E.Yangibayeva, M.Axmedov) yo‘nalishlarida amalga oshirilgan.
Boshlang‘ich   sinf   uchun   darslik   va   o‘quv   qo‘llanmalari   (   K.Qosimova,
R.A.Mavlonova,   L.SH.Levenberg),   o‘qituvchilar   uchun   qo‘llanmalar
(M.I.Mopo,   A.M.Pishkalo,   L.SH.Levenberg,   N.U.Bikbayeva)   va   o‘quvchilar
uchun   tajriba   sinov   materiallari   (M.Ahmedova,   N.Abdurahmonova,
R.Ibragimov,   Y.M.Kolyagin,   P.M.Erdniyev)   orqali   boshlang‘ich   maktab
o‘quvchilarining bilish faoliyatini shakllantirish mumkinligiga to‘xtalib o‘tilgan.
Ta’lim   metodikasiga   bag‘ishlangan   ishlarda   (P.M.Erdniyev,N.U.Bikbayeva,
L.SH.Levenberg,   R.A.Mavlonova,   K.Qosimova   va   boshqalar)   100   gacha
sonlarni   o‘qitish   muammosi   umumiy   holatda   ko‘zda   tutiladi,   biroq   maxsus 5tadqiqot predmeti sifatida ajratib olinmagan.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining matematika fanidan o‘quv materiallarini
o‘zlashtirish   darajasini  TIMSS   (Trends   in   International   Mathematics   and   Science
Study)   xalqaro   baholash   dasturiga   uyg‘unlashtirish   asosida   tayanch   va   fanga   oid
kompetensiyalarini shakllantirish va rivojlantirish hozirgi kunda dolzarb ahamiyat
kasb   etadi.   Bunda   o‘quvchilarning   matn,   tasvir,   raqam   ko‘rinishidagi   o‘quv
materiallarini   tahlil   qilish,   qayta   ishlash,   imitatsiyalarini   yaratish,   interpretatsiya
qila   olish   asosida   o‘quv   topshiriqlari   bilan   ishlash   ko‘nikmalarini
shakllantirishning pedagogik imkoniyatlarini o‘rganish zarur. 
Matematika   fanini   o‘qitishning   didaktik   imkoniyatlarini   o‘quvchilarni
algoritmik axborot almashinish faoliyatiga bosqichma-bosqich yo‘naltirish asosida
oshirish o‘quvchilarning ta’lim jarayonidagi faolligini ta’minlaydi.
Matematika   darsligini   yaratishda   mana   shunday   bir   qancha   muhim   jihatlar
inobatga   olindi.   Xususan,   boshlang‘ich   sinf   o‘quvchilari   hayotiy   faoliyatlari
davomida   o‘quv   materiallarining   ahamiyatini   anglab   yetishlari   uchun   o‘quv
materialini   tanlash   yoki   tayyorlashda   hayotiyligi   va   ko‘rgazmaliligiga   ahamiyat
berildi.
O‘quv   materiali   qanchalik   ahamiyatli   bo‘lmasin,   boshlang‘ich   sinf
o‘quvchilarining   diqqati   barqaror   emasligi   tufayli   qiziqishni   doimiy   saqlab   tura
olmaydi.   Shuningdek,   boshlang‘ich   sinf   o‘quvchilarining   xotirasi   ko‘proq   tasvirli
materiallarni   eslab   qolish   xususiyatiga   ega   bo‘lib,   o‘quv   materiallarining   tasviriy
ifodalanganligi   muhim.   Boshlang‘ich   sinf   o‘quvchilarining   idroki   amaliy   faoliyat
bilan bevosita bog‘liq.
Shuning   uchun   darslikda   mavzularni   yoritishda   hayotiy,   tasviriy,   abstrakt
materiallar   ketma-ketligidan   foydalanilgan.   Bu,   ayniqsa,   murakkab   mavzularni
yoritib berishda katta ahamiyat kasb etadi. 
Bu jarayon aniq hayotiy materiallardan tasviriy materiallarga o‘tishni, tasviriy
materiallardan abstrakt materiallarga o‘tishni o‘z ichiga oladi. 
Bunday materiallar bilan ishlash uch bosqichda amalga oshiriladi.
1-bosqichda O‘quv materiallarida hayotiy namunalar keltiriladi.  62-bosqichda   Hayotiy   obyektlarning   ko‘rgazmali   tasvirlaridan   foydalanish
o‘rgatiladi.   Ya’ni   o‘quvchilar   hayotiy   obyektlarni   rasmlar   yoki   modellarda
ifodalashni   o‘rganadi.   Modelni   qurish   yoki   chizish   bolalarning   murakkab   va
mavhum tushunchalarni tushunishlarini osonlashtiradi. 
Topshiriqlarni tasviriy ifodalash ularni yanada oson bajarishga yordam beradi.
3-bosqichda Matematik tushunchalar va belgilar o‘rgatiladi. Masalan, sonlarni
raqamlar   (simvollar),   qo‘shish,   ayirish,   ko‘paytirish   yoki   bo‘lish   amallarini
matematik   belgilar   (+,   −,   x,   ÷)   yordamida   ifodalash   bilan   tanishtiriladi.
Shuningdek,   o‘qituvchilar   darslikdan   tashqari   qo‘shimcha   topshiriqlar   berishda
nazariy   materiallar   bilan   birga   amaliy   ko‘nikmalarni   shakllantiruvchi   topshiriqlar
ham berishi maqsadga muvofiq.
Darslik   oxirida   “Qo shimcha   topshiriqlar”   keltirilgan.   Ulardan   mavzuniʻ
o‘zlashtirishda   yaxshi   natijalarga   erishayotgan   o‘quvchilar   bilan   ishlashda   yoki
o‘quvchilarni   fanga  bo lgan  qiziqishlarini   oshirishda  foydalanish  mumkin.  Bunda	
ʻ
o‘quvchilarga   asosiy   tushunchani   mustahkamlagandan   so‘ng   bu   topshiriqlar
beriladi.   Bu   topshiriqlarni   o‘quv   yili   yoki   dars   so‘ngida,   dars   jarayonida   barcha
o‘quvchilarga   muammo   sifatida   taqdim   etish   o‘quvchilarda   o‘ziga   bo‘lgan
ishonchni, do‘stona hamkorlikni his qilishiga imkoniyat yaratadi.
Ushbu metodik qo‘llanmada darslikdagi mazmunan takrorlanuvchi darslar va
murakkab   bo‘lmagan   ba’zi   topshiriqlar   uchun   metodik   ko‘rsatmalar   berilmagan.
Ba’zi mavzularni tushuntirish hamda mustahkamlash uchun qo‘shimcha va amaliy
topshiriqlar berilgan. 
Metodik   qo‘llanmada   har   bir   darsning   maqsadi   ko‘rsatib   o‘tilgan.   Bu   1-sinf
o‘quvchilariga qo‘yiladigan talablardan kelib chiqib belgilangan.
Har   bir   matematik   tushuncha   uchun   qanday   topshiriqlardan   foydalanish
kerakligini   aniqlash   yoki   matematik   topshiriqlarni   bajarish   uchun   zarur   tayanch
tushunchalardan   foydalanish   muhim.   Metodik   qo‘llanma   yakunida   o‘quvchilarda
hayotiy   ko‘nikmalarni   rivojlantiruvchi   ta’limda   muhim   bo lgan   metodlardan	
ʻ
namunalar keltirilgan.
Bitiruv   malakaviy   ishining   dolzarbligi   -   kichik   yoshdagi   o‘quvchilarga 7100 gacha sonlarni o‘rgatishda  hayotiy misollar keltiriladi.
1 soni modellarda ko‘rsatiladi.
1   sonini   belgi   yordamida   ifodalash,   belgining   atalishi   va   o‘qilishi
tushuntiriladi.Shu   bilan   bir   qatorda
2,3,4,5,6,7,8,...10;11,12,13,14...20;21,22,23,24,25...100   gacha   sonlar
belgi,simvollar   yordamida   ifodalanadi.Narsalarning   sanog‘i,sonlar   ustida
amallar,qo‘shish,ayirish,taqqoslashlar o‘rgatiladi.
100   gacha   bo‘lgan   sonlarni   o‘rgatishda   har   xil   metodlar   orqali   misol,
masala va topshiriqlarni yechish o‘quvchilarni kasblarga bo‘lgan qiziqishlarini
orttiradi. O‘quvchilar bu misollarning mohiyatini tushunib yetish orqali ularda
ijodkorlik,   tadbirkorlik,   mehnatsevarlik,   tashabbuskorlik   va   tejamkorlik
xislatlari   shakllanadi.   Matematika   darslarida   matematik   metodlardan   o`rinli
foydalanish  o‘quvchilar mantiqiy tafakkuri va hisoblash  madaniyatini  o‘stirish
uchun   keng   imkoniyatlarni   yaratadi.   Bu   shu   bilan   asoslanadiki,   birinchidan,
boshlang‘ich   sinflar   matematika  darslarida  ko‘pgina   asosiy   metodlarni   kiritish
ko‘rgazmali   va   qiziqarli   tarzda   bayon   etilishni   ta`minlaydi,   o‘qitish   mazmuni
va   ketma-ketligi,   ikkinchidan,   tushunchalar,   qoidalar   va   ularni   kuzatishlar,
mashq  va  misollar  asosida   boshlang‘ich   sinf   o‘quvchilarini   100  gacha   bo‘lgan
sonlar   bilan   tanishtirish   bilan   bir   qatorda   ko‘rgazmali   bayon   etishda   ularning
qo‘llanilishi, uchinchidan, mashq va misollar va ularni yechishda o‘quvchilarda
fanga   bo‘lgan   qiziqishlarning   oshirish   zarur   imkoniyat   va   sharoitlar   paydo
bo‘ladi.   Shuning   uchun   boshlang‘ich   sinflar   matematika   darslarida   turli
matematik metodlar asosida qiziqarli misol va masalar yechish, turli o‘yinlarni
tashkil   etish   orqali   fanga   bo‘lgan   qiziqishlarini   rivojlantirish   usullarini   ishlab
chiqish   va   ularni   zamonaviy   pedagogik   texnologiyalar   asosida   qo‘llash
usullarini o‘rganish dolzarb vazifa hisoblanadi.
Bitiruv   malakaviy   ishining   maqsadi   -   boshlang‘ich   sinf   o‘quvchilarini
100   gacha   bo‘lgan   sonlarni   o‘rgatish   bilan   bir   qatorda   ularning   bilimlarini
yanada   boyitish,ularni   yangi   tushunchalar   bilan   tanishtirish   va   sonlarni
o‘rgatishda   didaktik   tamoyillar   va   texnologiyalardan   foydalanishni   amalga 8oshirish   usullari   ishlab    chiqishdir.
Bitiruv malakaviy ishini yoritish jarayonida qo‘yilgan vazifalar:
 Boshlang‘ich   sinf   o‘quvchilarini   100   gacha   sonlar   bilan
tanishtirishning ahamiyatini   nazariy   hamda amaliy   asoslash:
 Boshlang‘ich   sinf   o‘quvchilarini   100   gacha   sonlarga   oid
misollar   yechishga   o‘rgatishda   didaktik   materiallar   va
texnologiyalardan   foydalanish   usullarini   ishlab   chiqish;
                           Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini 100 gacha bo‘lgan sonlar bilan
tanishtirish   bilan   bir   qatorda   ular   ustida   amallar   bajarishda   metod   va
vositalardan   foydalanishning   ahamiyatini yoritib   berish.
Bitiruv   malakaviy   ishining   o b y e kt i   1–2   si nf   m a t e m a t i k a   k ur s i d a
1 0 0   g a c h a   b o ‘ l g a n   s o n l a r n i   o ‘ r g a t i s h d a   p e d - t e x n o l o g i y a l a r n i
q o ‘ l l a s h n i n g     m a z m u n i .
Bitiruv   malakaviy   ishining   p r e d m e t i :   1 - 2 - s i n f   m a t e m a t i k a
d a r s l i g i g a   o i d   o ‘ q u v   m a t e r i a l i n i   o ‘ r g a n i s h d a   t e x n o l o g i k   y o n d a s h u v g a
a s o s l a n g a n   u s u l l a r i n i   t o p i s h .
Bitiruv   malakaviy   ishining   m e t o d o l o g i k   a s o s i :   “T a ’ l i m   t o ‘ g ‘ r i s i d a ” g i
O ‘ z b e k i s t o n   R e s p u b l i k a s i   Q o n u n i ,   O ‘ z b e k i s t o n   R e s p u b l i k a s i
K o n s t i t u t s i y a s i “ K a d r l ar   t a y y or l a s h   m i l l i y   d a s t u r i ” ,   O ‘ z b e k i s t o n
R e s p u b l i k a s i   B i r i n c h i   P r e z i d e n t i   I . A . K a r i m o v n i n g   i n t e l l e k t u a l
s a l o h i y a t n i   y u k s a l t i r i s h g a   d o i r   g ‘ o y a l a r i ,   O ‘ z b e k i s t o n   R e s p u b l i k a s i
Pr e z i d e n t i   S H . M . M i r z i y o y e v   t o m o n i d a n   q a b u l   q i l i n g a n   q ar o r   v a   y o ‘ l -
y o‘ r i q l a r ,   “ O ‘ z b e k i s t o n   R e s p u b l i k a s i n i   y a n a d a   r i v o j l a n t i r i s h   b o ‘ y i c h a
h a r a k a t l a r   s t r a t e g i y a s i   t o ‘ g ‘ r i s i d a g i ”   f a r m o n i ,   M a r k a z i y   O s i y o   q o m u s i y
a l l o m a l a r i n i n g   t a ’ l i m   b e r i s h g a   o i d   f i k r l a r i   v a   m e ’ y o r i y   h u j j a t l a r .
T a d q i q o t n i n g   i l m i y   y a n g i l i g i :
1 - 2 - s i n f   m a t e m a t i k a s i n i   y a n g i   p e d a g o g i k   t e x n o l o g i y a l a r g a
a s o s l a n g a n   t a ’ l i m   j a r a y o n l a r i n i   t a d b i q   q i l i s h .
B i t i r u v   m a l a k a v i y   i s h i n i n g   n a z a r i y   a h a m i y a t i :   B o s h l a n g ‘ i c h
t a ’ l i m   j a r a y o n i d a   o ‘ q u v c h i l a r g a   1 0 0   g a c h a   s o n l a r n i   o ‘ r g a t i s h n i n g 9y o ‘ l l a r i   v a   u s u l l a r i   n a z a r i y   a s o s l a n d i .
Bitiruv   malakaviy   ishining   amaliy   ahamiyati:   Ish   natijalaridan
boshlang`ich sinf o`qituvchisi 1-2-sinf matematika darslarida,100 gacha sonlarni
o‘rgatishda matematika fanini o‘qitish metodikasi bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarda,
o‘z ish va ilmiy faoliyatlarida foydalanishlari mumkin.
Bitiruv   malakaviy   ishi   tuzilishi:   Kirish,   3   ta   bob,   boblarga   tegishli
paragraflardan,   xulosa,   foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan   iborat. 10I BOB  BOSHLANG‘ICH SINFLARDA 100 GACHA BO‘LGAN
SONLARNI O‘RGATISHNING  NAZARIYASI
 1.1   1 dan 100 gacha sonlarni o‘rgatishning ahamiyati va
darsliklar asosida tahlili
Matematikaning   mantiqiy   tafakkur   rivojlanishi   uchun   qanday   ahamiyatga
ega   ekanligi   qadim   zamonlardanoq   ma’lum   edi.   Darhaqiqat,o‘zbek   xalqining
buyuk   mutafakkirlari   uzoq   o‘tmishdayoq   olib   borgan   tadqiqotlari   va   amalga
oshirgan kashfiyotlarida insonning aqliy tafakkurlarini  rivojlantirishga oid turli
g‘oya   va   ta’limotlar   yaratganlar.Al-Xorazmiy(783-850),   Abu   Rayhon
Beruniy(973-1048),   Ibn-Sino(980-1037),Umar   Xayyom(1048-1131),   Mirzo
Ulug‘bek(1394-1449)   va   boshqa   buyuk   allomalarning   bizga   qoldirgan   boy
meroslari   fikrimizga   asos   bo‘ladi.   Abu   Nasr   Farobiy   o‘qituvchi   faoliyatida
o‘quvchilarni   amaliy   ko‘nikma   va   malakalarini   o‘zlashtirishga   yo‘naltirish
asosiy vazifalardan biri ekanligini ta’kidlaydi. Abu Rayhon Beruniy pedagogik
g‘oyalarida ta’limning maqsadi, vazifalari  va ahamiyati, inson, yosh avlodning
rivojlanishi haqidagi fikrlari chin ma’noda mantiqiylik asosiga qurilgan. Uning
pedagogik   g‘oyalaridan   eng   muhimi   bilimni   puxta   va   mustahkam   egallash
zarurligidir.
Boshlang‘ich   sinflarga   100   gacha   sonlarni   o‘rgatish,undan   oldin   esa
raqamlar   bilan   tanishtirish   nazariy   jihatdan   olib   qaralganda   ularni   hisoblashga
doir   obyektlar   bilan   tanishtirish,raqamlar,sonlardan   foydalanish,ularni
o‘rganish,raqamlarning   hayotda   qay   darajada   o‘ringa   ega   ekanligini   yetkazib
berish   zarur.Sonlarning   o‘rganishning   ahamiyati   birinchi   navbatda
savodsizlikdan   qochish,har   bir   hayotimizda   sodir   bo‘layotgan   hodisalar   sonlar
bilan bog‘liqligi haqida tushuncha va tasavvurlarni shakllantirishdan iborat.
Materialni   o‘ganish,ya’ni   100   gacha   sonlarni   o‘rganishning   ahamiyati
sifatida to‘plam nazariyasi bo‘lishi  bilan sonlar nazariyasi nuqtai nazaridan olib
boriladi. Sonlar bilan tanishishdan avval bolalar predmetlar to‘plamini ajratish,
ular   bilan   bog'liq   turli   mashqlarni   bajara   olish,   ikki   guruhdan   to‘plam   tuzish,
to‘plamning   bir   qismini   ajratib   olish,   to‘plamlarni   taqqoslash   kabi   malaka   va 11ko‘nikmalarni   hosil   qilishlari   kerak.   Sonlar   va   arifmetik   amallarni   bajarish
jarayonida predmetli to‘plamlarning asosiy xususiyatlari va ular yordamida olib
borilgan   amallar   bilan   mos   keladigan   sonlar   hamda   arifmetik   amallarning
xususiyatlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik o‘rnatiladi.
Birinchi   o‘nlik   sonlarini   o‘rganish   mobaynida   bolalar   birinchi   o‘nta   son
haqida   ham   tushunchaga   ega   bo‘ladilar.   Ular   har   bir   son   o‘zidan   oldin   kelgan
songa   bir   sonini   qo‘shish   orqali   hosil   bo‘lishini   bilib  oladilar.  Har   qanday   son
natural   sonlar   qatorida   o‘zidan   oldin   kelgan   sondan   katta   va   o‘zidan   keyin
kelgan sondan kichikdir.
Birinchi  o‘nlik sonlarini   o‘rganish  ishlari  turli  amaliy  mashqlarni  bajarish
asosida shakllanadi. O‘quvchilarning sonlar va sanash bilimlarini egallashlarida
amaliy ta'lim darslari katta ahamiyatga ega. 
Bu   darslarda   bolalar   buyumlarni   yasab,   ularni   turli   xususiyatiga   (rangi,
materiali,   tayyorlash   sifati,   shakli,   soniga)   qarab   to‘plamlarga   ajratadilar,
to‘plam elementlari tartibini aniqlaydilar («Men ayiqni birinchi yasadim», «Men
uchinchi gulni qirqyapman» va hokazo). 
Ular   bir   necha   marta   to‘plamni   jamlash   va   uning   qismlarini   ajratish
ishlarini   bajarishlariga   to‘g‘ri   keladi.   Natijada   o‘yinchoq   choynaklami   yasash
darsining yakuniy bosqichida kichkina choynaklar sanab chiqiladi, ularga katta
choynaklar   qo‘shiladi   va  umumiy  yig‘indi  -   javob  aniqlanadi.  Yoki   qog‘ozdan
yasalgan   samolyotlardan   sifatlilari   to‘plam   ichidan   ajratib   olinadi   va   ularning
soni aniqlanadi.
“Birinchi   o‘nlik   sonlarni   raqamlash”   mavzusida   o‘quvchilarda   predmet
to‘plamlarini taqqoslash ko‘nikmalarini shakllantirish jarayoni davom etadi. Bir
elementdan   tashkil   topgan   to‘plam   tavsifi   uchun   “bir”   soni   kiritiladi.   Boshqa
to‘plamdagi elementlar miqdori “kо 'р” so‘zi bilan belgilanadi.
Boshlang‘ich   bosqichda   “ko‘p”,   “bitta”   tushunchalari   predmetli   amaliy
ta’lim darslariga kiritilgan. Olmani plastilindan yasash darsi yakunida o‘qituvchi
bir-ikki   o‘quvchidan   tashqari   hamma   boladan   olmalarni   yig‘ib   chiqadi   va
«qancha?» deb 12savol   beradi.   Bolalar   imo   ishora   bilan   olmalar   ko‘pligini   ko‘rsatadilar
(qo‘llarini keng yozadilar). 
O‘qituvchi javobni tasdiqlab, bu so‘zni og'zaki-daktil ravishda aytadi. 
Shu paytning o‘zida “ko‘p” so‘zi yozilgan kartochka ko‘rsatiladi. 
“Qancha?”   savoli   bilan   o‘qituvchi   bir   o‘quvchi   qo‘lidagi   olmaga   ishora
qiladi. Bolalar   javobiga  qanoat  hosil  qilib (ular  bir  barmoqni  ko‘rsatishganda),
o‘qituvchi “bir” sonini og'zaki-daktil ravishda aytadi va kartochkani ko‘rsatadi.
Keyin   bolalarga   yana   bitta   olmani   olish   taklif   etiladi   («Bitta   olmani   oling»).
O‘qituvchi   qolgan   olmalarni   ko‘rsatib,”Bu   yerda   qancha?”   savolini   beradi,
o‘quvchilar aniqlaydilar.
  Dastlab   uch   dars   bolalarga   predmetli   amaliy   ta'lim   darslaridan   tanish
bo‘lgan   predmetlarni   ko‘rib   chiqishdan   boshlanadi.   O‘qituvchi   plastilindan
vasalgan   bir   nechta   olmani   ko‘rsatib:   “Qancha?”   deb   so‘raydi.   U   xuddi   shu
savolni bir olmaga nisbatan ham qo‘llaydi (ko‘rsatib). Bolalar zarur kartochkani
topib,  o‘qituvchi  yordamida  unda  yozilgan  so‘zni  daktil  suratda   ifoda  qiladilar
va   unga   o‘xshatib   aytishga   harakat   qilishadi.   O‘qituvchi   olmaga   1   sonini
yaqinlashtirib “bir” deb aytadi.
 Mustahkamlash uchun quyidagi mashqlar bajariladi.
1. Bitta koptokni ko‘rsating. Ko‘p koptokni ko‘rsating.
2. Ko‘p olmani chizing. Bitta olmani chizing.
3. Bir marta sakrang (chapak chaling, taqillating, do‘ppillating). 
Ko‘p marta sakrang.
4. Bir sharni bering. Ko‘p sharni bering.
5. Bitta ko‘zingizni (qo‘lingizni) ko‘rsating.
Didaktik   material   sifatida   predmetli   amaliy   ta'lim   o‘quv   darslari
namunalari, shuningdek, geometrik shakl, tayyoqchalar va hokazolar ishlatiladi.
1 sonidan keyingi sonlar ketma-ket o‘rganiladi.
Birinchi   o‘nlik   sonlarini   raqamlashda   quyidagi   tomonlarga   e   ’tibor
qaratiladi:
1. O‘zidan oldin turgan songa birni qo‘shish yordamida sonni hosil qilish. 132. Sonlarni raqamlash.
3.   O‘rganilayotgan   sonlar   ichida   predmetlar   sanog‘ini   to‘g‘ri   va   teskari
yo‘nalishda olib borish.
4. O‘zidan avvalgi sonlar bilan navbatdagi sonni solishtirish.
5. Sonlar tarkibi.
1-sinf matematika darsligining   100 gacha sonlarni o‘rgatishga oid mavzulari
birinchi va ikkinchi,ya’ni birinchi va ikkinchi chorakka tegishli qismlarida batafsil
keltirilgan.Bunda birinchi navbatda mavzular taqsimlangan.1 dan 10 gacha bo‘lgan
sonlar mavzusida 1dan 10 gacha sonlar yozilib har bir songa mos va har xil rangda
doirachalar   chizilgan.Narsalar   sanog‘i   mavzusida   esa   biror     bir   sonni   olib   undan
oldin va keyin keluvchi sonlar haqida tushunchalar berilgan 
Oldingi son                                                                                         Keyingi
son
Har bir sondan keyin keladigan  1 ta katta son mavjud.
Har bir sondan oldin keladigan 1 ta kichik son mavjud.
Oldin   va   keyin   keladigan   sonlar     berilgan   sonning     “qo‘shnilari”   deb
ataladi. (II.9.25)
Bu   mavzuda   bundan   tashqari   ma’lum   guruhda,to‘plamda     mavjud   bo‘lgan
narsalar,obyektlarning   yoki   sinfda   qizlar   yoki   o‘g‘il   bolalarning   sonini   aniqlab
yozish   ko‘nikmalari   shakllantiriladi.Bundan   maqsad   o‘quvchilarga   sonlarni
o‘rgatishda   to‘plamlar   bilan   ishlash   ularni     guruhlarga   ajratish   ko‘zda
tutilgan.O‘quvchilarga   sonlarni   o‘rgatishda   ular   ustida 14amallar,qo‘shish,ayirish,sonlarni   taqqoslash:ko‘p,   kam,teng   tushunchalarini
shakllantirishga qaratilgan.
Endi   esa   1   soni   va   raqami   bilan   tanishamiz. Bir   soni     1   raqami   bilan
yoziladi.Dunyoda   yagona   bo‘lgan   narsalar   haqida   gaplashsak,ularga   misollar
keltiramiz. Dunyoda yagona narsalar: Quyosh, oy, onalarimiz, O‘zbekistonimiz.
Demak,   dunyoda   yagona   narsalarni   biz   1   soniga   misol   sifatida   keltirishimiz
mumkin.Bundan   tashqari   1   sonining   tartibi   va   tarkibi,   1   sonining   o‘qilishi   va
yozilishini   o‘rganadi   va   qo‘llaydi.   Hayotiy   misollar   keltiriladi,   1   soni
modellarda ko‘rsatiladi. 1 sonini  belgi (simvol) yordamida ifodalash, belgining
atalishi va o‘qilishi tushuntiriladi. Makkajo‘xori so‘tasi bitta, doni ko‘p. 
Qo‘shimcha savollar: sinfimizda nimalar bittadan? Tug‘ilib o‘sgan joyimiz
nima deb ataladi? (Vatan) Insonda Vatan nechta bo‘ladi?
Bu   topshiriqda   1   sonining   tarkibi   haqida   ma’lumot   beriladi.   Bu
keyingi   darslarda   o‘tiladigan   sonlarning   tarkibini   o‘rganishga
tayyorgarlik vazifasini bajaradi.
2   soni   va   raqami   ham   xuddi   shu   tarzda   o‘quvchilarga
tushuntiriladi.Ikki soni 2 raqami bilan yoziladi. Tana a’zolarimizdan qaysi
biri bittadan? 
(burun,   og iz,   bosh,   bo yin)   Qaysi   biri   ikkitadan?   (ko z,   qosh,ʻ ʻ ʻ
quloq) Bu topshiriqdan keyinchalik “Juft va toq sonlar” mavzusini o tish	
ʻ
jarayonida foydalanish mumkin.
3   soni   va   raqami.Uch   soni   3   raqami   bilan   yoziladi.   3   sonining   tartibi   va
tarkibi,  3  sonining   o‘qilishi  va   yozilishini   o‘rganadi  va  qo‘llaydi.  Hayotiy
misollar keltiriladi. 3 soni modellarda ko‘rsatiladi. 3 sonini belgi yordamida
ifodalash, belgining atalishi va o‘qilishi tushuntiriladi.
Bu topshiriqda 3 sonining tarkibi haqida ma’lumot beriladi. “ 3 soni 2 va
1 soniga teng yoki 3 soni  uchta 1 sonidan iborat”.Xuddi shunday  1 dan 9
gacha   sonlar   bilan   tanishtirilib,shu   bilan   bir   qatorda   ular   ustida   amallar
bajariladi. 15O‘quvchilar   9   gacha   sonlar   bilan   tanishgandan   so‘ng   0   soni   bilan
alohida   tanishadilar.   0   sonining   tartibi,   0   sonining   o‘qilishi   va   yozilishini
o‘rganadi va qo‘llaydi.Ularga bo‘sh qop ko‘rsatiladi va uning ichida nechta
koptok   borligi   so‘raladi.Bolalar   qopning   bo‘shligini   bilib,unda   hech   narsa
yo‘qligini   aytishadi   bu   esa   0   soniga   ishora   qilganini   tushuntirib
o‘tiladi.Undan   so‘ng   esa   10   soni   o‘rgatiladi.10   soni   ikkita   raqam:   1   va   0
raqamlari bilan yoziladi. 10 soniga oid hayotiy misollar keltiriladi. 10 soni
modellarda   ko‘rsatiladi.   10   sonini   belgi   yordamida   ifodalash,   belgining
atalishi   va   o‘qilishi   tu-shuntiriladi.   Bu   topshiriqda   10   sonining   tarkibi
haqida ma’lumot beriladi:  “10 soni  o‘nta 1 soniga teng” yoki “10 soni  bu
ikkita 5 sonidan iborat” va h. k. 10 sonini yozish texnikasini o rgatishda 1ʻ
va 0 sonlarining yozish texnikalari eslatiladi.
10   sonini   yozish   texnikasini   o rgatishda   1   va   0   sonlarining   yozish	
ʻ
texnikalari eslatiladi.
Hisoblashga va taqqoslashga doir misollar keltiriladi.
9+1                        10-4                  5+5
  10-3                        8+1                  7-2   (II.1-S M)
Endi   esa   11   dan   20   gacha   bo‘lgan   sonlarni   o‘rgatishni   ko‘rib
chiqamiz.Avvalambor   ikki   xonali   sonlarda   ikkita   xona   birligi:o‘nliklar   va
birliklar   haqida   tushuncha   beriladi.Masalan, 11-o‘n   bir,1   ta   o‘nlik   1   ta
birlikdan  iborat.10 ta birlik 1 ta o‘nlikni anglatishi yuqorida aytib o‘tilgan
edi. 11 sonining tarkibini biladi, sonni o‘nlik va birliklarga ajratadi, sanoq
cho‘pida   va   sonlar   nurida   11   sonini   hosil   qiladi,   …   ta   ko‘p,   …   ta   kam
tushunchalarini o‘rganadi va qo‘llaydi. 11 sonini sonlar nurida ko‘rsatamiz.
10   soniga   1   ni   qo‘shsak,   11   soni   hosil   bo‘ladi.   Sonlar   nurida   1   dan   11
gacha, 11 dan 1 gacha sonlarni  o‘qiymiz. O‘nta birlik bitta o‘nlik bo‘lishi
sanoq   cho‘plarda   tushuntiriladi.   Har   bir   o‘quvchi   sanoq   cho‘plari
yordamida   bitta   o‘nlik   va   1   ta   birlikni   ko‘rsatadi.   11   soninig   tarkibini
tushuntirish uchun 11 nafar o‘quvchiga 1 tadan konfet beriladi. 10 ta konfet
yig‘ib   olinib,   1   nafar   o‘quvchiga   beriladi.   Bu   bitta   o‘nlik   ekanligi 16tushuntiriladi.   Qolgan   1   ta   konfet   va   10   ta   konfet   birgalikda   11   ta   konfet
bo‘lishi tushuntiriladi.
12 soni ham xuddi shu tarzda o‘rgatiladi. 11 sonining tarkibi va tartibi
eslanadi.   12   soni   11   sonini   1   ta   orttirib   hosil   qilinishi   tushuntiriladi.   Son
nurida   12   soni   ko rsatiladi.   Chizg‘ichda   12   sonini   ko‘rsatamiz.   U   qaysiʻ
sondan   keyin   kelgan?   (11   sonidan   keyin)   11   soni   qaysi   sondan   keyin
kelgan? (10 sonidan keyin) Sonlar nechtadan ortib boryapti? (bittadan) 12
sonigacha bo‘lgan sonlarni tartib bilan avval 0 dan 12 gacha to‘g‘ri, keyin
12 dan 0 gacha teskari tartibda sanaymiz. 
Savollar: 12 soni tarkibida nechta o‘nlik va birlik bor? ( 1 ta o‘nlik 2
ta birlik) 12 soni  jami  nechta birlikdan iborat? (12 ta birlikdan) 12 sonida
nechta o‘nlik bor? (1 ta o‘nlik).Qolgan 20 gacha bo‘lgan sonlar ham xuddi
shu   tartibda   o‘rgatilib,sonlar   ustida   amallar   ham   ko‘rilib   ketadi.Shu   bilan
birga  0,2,4,6,8 raqamlari bilan tugaydigan sonlar juft sonlar deyiladi.
1,3,5,7,9 raqamlari bilan tugaydigan sonlar toq sonlar deyiladi
Bundan   so‘ng   esa   yaxlit   sonlar   haqida   tushunchalar   beriladi. Yaxlit
sonlar   nol   bilan   tugaydigan   sonlar. Keyin   21   dan   30   gacha,31   dan   40
gacha,41   dan   50   gacha...   va   hokazo   100   gacha   sonlarni   o‘rgatishni   qarab
chiqamiz.   Yangi   mavzuni   tushuntirishdan   oldin   o‘quvchilar   bilan
“O‘rnimizni   topamiz”   o‘yini   o‘tkaziladi.   O‘quvchilarga   20   dan   30   gacha
sonlar   yozilgan   kartochkalar   tarqatiladi.   O‘quvchilar   qo‘llaridagi
sonlarning o‘sishi tartibida o‘rinlarini topib, safga turadilar.
21 dan 100 gacha bo‘lgan sonlarni o‘rgatish jarayonida o‘quvchilarda
quyidagi ko‘nikmalar hosil qilinadi:
         O‘nliklar va birliklar
          Natural sonlar
        G u r u h l a b   s a n a s h
          O‘quvchilarga   ko‘p   miqdordagi   narsalarni   sanash   kerak   bo‘lsa
(masalan,tangalar   yoki   konfetlarni),qulay   bo‘lishi   uchun   ularni   bittalab
emas,balki   ikkitalab,uchtalab,beshtalab   yoki   birdaniga   o‘ntalab   sanash 17kerakligi tushuntirilishi maqsadga muvofiq sanaladi.
1.2  Boshlang‘ich sinfda matematika darsi va o‘qitishning turli shakllari
       Maktabda matematika o‘qitishni uyushtirishning tarixiy, murakkab, ko‘p
yillik   tajribada   tekshirilgan   va   hozirgi   zamonning   asosiy   talablariga   javob
beradigan shakli darsdir.
              O‘quvchilarning  matematik  bilimlarni  o‘zlashtirishi   faqat  o‘quv  ishida
to‘g‘ri   metod   tanlashga   bog‘liq   bo‘lmasdan,   balki   o‘quv   jarayonini   tashkil   qilish
formasiga   ham   bog‘liqdir.   Dars   deb   dastur   bo‘yicha   belgilangan,   aniq   jadval
asosida,   aniq   vaqt   mobaynida   o‘qituvchi   rahbarligida   o‘quvchilarning   o‘zgarmas
soni bilan tashkil etilgan o‘quv ishiga aytiladi.
           Dars vaqtida o‘quvchilar matematikadan nazariy ma’lumotga, hisoblash
malakasiga,   masala   yechish,   har   xil   o‘lchashlarni   bajarishga   o‘rganadilar,   ya’ni
darsda hamma o‘quv ishlari bajariladi.
Matematika   darsining   o‘ziga   xos   tomonlari,   eng   avvalo,   bu   o‘quv
predmetining   xususiyatlaridan   kelib   chiqadi.   Bu   xususiyatdan   biri   shundan
iboratki,   unda   arifmetik   material   bilan   bir   vaqtda   algebra   va   geometriya
elementlari ham o‘rganiladi.
            Matematika   boshlang‘ich   kursining   boshqa   o‘ziga   xos   tomoni   nazariy-
amaliy   masalarning   birgalikda   qaralishidir.   Shuning   uchun   har   bir   darsda   yangi
bilimlar  berilishi  bilan unga doir amaliy   o‘quv va malakalar singdiriladi. Odatda
darsda bir necha didaktik materiallar amalga oshiriladi: 
Yangi materialni o‘tish;
O‘tilgan mavzuni mustahkamlash;
Bilimlarni mustahkamlash; 
Bilimlarni umumlashtirish, tizimlashtirish; 
Mustahkam o‘quv va malakalar hosil qilish va hokazo.
            Matematika darslarining o‘ziga xos yana bir tomoni ko‘rgazmali 
vositalar, o‘qitishning faol metodlarini sinchiklab tanlash, o‘quvchilarning faolligi,
sinf o‘quvchilarining o‘zlashtirish darajasi kabilarga ham bog‘liq. 18Matematika   darsida   turli-tuman   tarbiyaviy   vazifalar   ham   hal   qilinadi.
O‘quvchilarda   kuzatuvchanlikni,   ziyraklikni,   atrofga   tanqidiy   qarashni,   ishda
tashabbuskorlikni,   mas’uliyatni   va   sof   vijdonlilikni,   to‘g‘ri   va   aniq   so‘zlashni,
hisoblash,   o‘lchash  va  yozuvlarda  aniqlikni,  mehnatsevarlik   va  qiyinchiliklarni
yengish xislatlarini tarbiyalaydi.
O‘quv ishini tashkil etishning darsdan tashqari quyidagi shakllari mavjud:
1. Mustaqil uy ishlari.
2. O‘quvchilar bilan yakka va guruh mashg‘ulotlari.
3. Matematikaga qobiliyatli o‘quvchilar bilan o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar.
4. Matematikadan sinfdan tashqari mashg‘ulotlar.
5.   O‘quvchilar   bilan   ishlab   chiqarishga,   tabiatga   ekskursiya.   Bu   yerda
sanab o‘tilgan ish shakllari va dars bir-birini to‘ldiradi.
Asosiy   masala   darsga   taalluqlidir.   Darsda   hamma   ishlarga   bevosita
o‘qituvchi rahbarlik qiladi. Qo‘shimcha mashg‘ulotlarda esa ish o‘qituvchining
o‘zi   tomonidan   yoki   o‘qituvchi   rahbarligida   o‘quvchilar   tomonidan   bajariladi.
O‘quvchilar  bilan har  bir  darsda  bir  necha  tushunchalar  bilan ish  olib boriladi.
Har   birini   shu   darsning   turli   bosqichlarida   o‘zlashtirishi   mumkin.   Har   bir
tushunchani   tushunish   boshqa   bir   tushunchani   takrorlash,   esga   olish   bilan   olib
borilsa,   bu   tushuncha   esa   keyingi   tushunchalarni   tushuntirish   uchun   xizmat
qiladi. 
O‘qitish   jarayonida   har   bir   o‘quv   materiali   rivojlantirilgan   holda   olib
boriladi, bu o‘quv materiali  o‘zidan keyin o‘qitiladigan materiallarni  tushunish
uchun   poydevor   bo‘ladi.   Boshqa   tushunchaning   o‘zlashtirilish   jarayonini
qarasak,   u   bir   necha   darslarrning   o‘zaro   bog‘liqli   o‘qitilishi   natijasida   hosil
bo‘ladi.   Shunday   qilib   matematik   tushunchalarini   hosil   qilish   birgina   darsning
o‘zida   hosil   qil inmasdan,   balki   o‘zaro   aloqada   bo‘lgan   bir   qancha   darslarni
o‘tish  jarayonida  hosil  qilinadi.  Bunday  darslarni   birgalikda darslar   tizimi   deb
ataymiz.
Shuning   uchun   o‘qituvchi   mavzuning   mazmunini   ochadigan   darslarni
mantiqiy    ketma-ketlikda joylashtirishi kerak. 19           Eng katta talab darsning o‘quv-tarbiyaviy maqsadini e’tiborga olish, o‘qitish
tamoyillarining metodik va umumpedagogik tomonlarini hisobga olishdir. Mavzu
bo‘yicha yaxshi o‘ylangan darslar tizimining o‘quv vaqtini mavzuchalarga to‘g‘ri
taqsimlashga bog‘liq.
Unda o‘quvchilarning mustaqilligini hosil qilish, xususiy misollarni qarash,
xususiy   xulosalar   chiqarish,   undan   umumuy   xulosalar   chiqarishga   olib   kelish
diqqat   markazida   turishi   lozim.   Bu   bilimlar   darslar   tizimida   hosil   qilinib,
mustahkamlangandan   keyin   misol   va   masalalar   yechishni   ta’minlashi   kerak.
Undan keyin mashqlar yordamida malakalami qayta ishlashi, shuningdek, hosil
qilingan   bilimlarni   doimo   bir   tizimga   keltirish   va   umumlashtirishni   ham
ta’minlash kerak.
Dasturning   qandaydir   mavzusining   mazmunini   aniqlashda,   mavzu
materialini   dars   vaqtlariga   taqsimlashda,   ya’ni   bilimlarni   o‘zlashtirishga
quyidagi asosiy bosqichlar qaraladi: 
1. Yangi materialni o‘qitishga tayyorlash.
2. Yangi o‘quv materialini idrok qilish va yangi bilimlami hosil qilish.
3. Bilimlami mustahkamlash va turli xil mashqlar orqali malakalami hosil
qilish.
4. Bilimlami takrorlash, umumlashtirish va bir tizimga keltirish.
5. Bilim va malakalami tekshirish.
Misol   sifatida   1-sinfda   “Ikkinchi   o‘nlikda   raqamlash”   mavzusini
o‘qitishdagi darslar tizimini qaraymiz. Bu mavzuni o‘qitishda:
a. Og‘zaki raqamlash.
b. Qo‘shish va ayirishni qarash orqali yozma raqamlash 
d. Bitta sonni har xil ko‘rinishda qanday yozish mumkin.
c. Xona birliklari haqida tushuncha.
e. Kerakli qoidalarni berib ketish.Masalan:
• Ikki   xonali   sonlar   ikkita   raqam   bilan   yoziladi.Birinchi   raqam   sonda
nechta   o‘nlik,ikkinchi   raqam   esa   nechta   birlik   borligini   bildiradi.Har   bir
raqamning sondagi o‘rni xona deb ataladi.  (II.7.47) 20f. Sonlar tarkibi kabi bosqichlariga e’tibor berish kerak.
              Bu mavzuni o‘qitishda quyidagicha reja tuzish mumkin:
1-dars.   2-o‘nlikdagi   sonlarni   raqamlash,   bir   xonali   sonlarni   raqamlash   va
taqqoslash   asosida   tuziladi,   shuning   uchun   darsning   boshqa   bir   sonlarni
raqamlash va uning umumiy savollari takrorlanishi kerak. Shundan keyin bir va
birlik, o‘n va o‘nlik, o‘nta narsani bitta birlikka birlashtirish haqida tushuncha.
2-dars.   2-o‘nlikning   har   bir   sonini   ifodalash,   uning   o‘nlik   tuzilishi,   20
ichida   hisoblash,   sonlaming   natural   ketma-ketligi   o‘qitiladi.   Barcha   ishlar
ko‘rgazma asosida raqamlash qoidalari va tamoyillari asosida bajariladi.
3-dars.   Detsimetr.   «Detsimetr   va   santimetr»   uzunlik   birliklari   va   ular
orasidagi   bog‘lanish   bilan   tanishtirish   raqamlashni   o‘qitishda   yordam   beradi,
aksincha raqamlash bilimlari bu uzunlik birliklarini yaxshi tushunishga yordam
beradi. Shuningdek, sodda va murakkab ismli sonlar haqida tushuncha beriladi.
4-dars.   Og‘zaki   raqamlash   va   dastlabki   uch   darsda   hosil   qilingan   bilim   va
malakalarni mustahkamlash.
5-dars. 2-o‘nlikdagi sonlarni yozma raqamlash: sonlarni raqam bilan ifodalash
usuli  va sonlarni  o‘qish. Bu yerda o‘quvchilar  diqqatini yangi sonlarni  raqamlash
uchun   yangi   raqamlar   kiritish   talab   qilinmasligini,   balki   o‘ngdan   chapga   qarab
o‘qishda birinchi o‘rinda birliklarni, ikkinchi  o‘rinda o‘nliklarni yozishni  kelishib
olishni   uqtirish   kerak.   Bu   bilan   o‘rinlariga   qarab   raqamlarning   qiymatini
o‘zgarishini o‘rgatish mumkin.
6-dars. 2-o‘nlik sonlarini o‘qishi va yozishi uchun mashqlar bajarish. Oldingi
darslardan olingan bilimlar mustahkamlanadi. Bu yerda sonlarni mustahkamlashga
doir mashqlar juda ham foydalidir.
Masalan,   “to‘g'ri   taqqoslash   hosil   qilish   uchun   tanlangan   belgini   qo‘ying:
13...14,   tanlangan   sonlami   qo‘ying:   15>...,11<...,12<...,   (1-   o‘nlik,   6   birlik>...,2
o‘nlik... 1 o‘nlik 2 birlik...)”.
7-dars.   Raqamlash   bilimlariga   asoslangan   holda   qo‘shish   va   ayirishni
bajarish.   Agar   oldingi   darslarda   13+1,   14-1,   10+2,   17-7,   17-10   kabi   ifodalarning
qiymatlarini   og‘zaki   topgan   bo‘lsalar,   endi   bunday   misollarni   yechishni   yozma 21bajarishga erishadilar.
8   va   9-darslar.   2-o‘nlik   sonlarini   og‘zaki   va   yozma   raqamlagan   bilimlarini
mustahkamlash, umumlashtirish va bir tizimga keltirish 10-dars. 2-o‘nlik sonlarini
raqamlash haqida bilim, malaka va ko‘nikmalarni tekshirish. 
Bunday   tizimdagi   darslar   bir-biri   bilan   bog‘langan,   bir   g‘oyaga
birlashtirilgan,   bu   darslarning   har   biri   tushunchalarni   shakllantirish   umumuy
masalalarining bir qismini hal qilgan bo‘ladi.
O‘quvchilarga hosil qilingan bilimlar bu bilimlarni mustahkamlashga taalluqli
turli xil masalalarni bajarishga tatbiq qilinadi. 
Matematika   o‘qitish   jarayonida   o‘quvchilarning   faolligini   oshirish   va
matematikaga bo‘lgan qiziqishini rivojlantirish omillaridan biri – o‘quvchilar bilan
olib boriladigan mustaqil ishlardir.
Matematika   darslarida   mustaqil   ishlar   yangi   materialni   o‘rganishga
tayyorgarlik   ko‘rishda,   yangi   tushunchalar   bilan   tanishishda,   bilim,   uquv   va
malakalarni   mustahkamlashda,   shuningdek,   bilimlarni   nazorat   qilishda   amalga
oshiriladi.
Mustaqil ishlarni shartli ravishda ikki ko‘rinishda tashkil qilish mumkin:
1. Dars jarayonida tashkil qilinadigan mustaqil ishlar. Unga: 
1) Darsda yechilgan misol va masalaga o‘xshash, shartlari ham bir xil, lekin
shartidagi sonlar yoki harflar bilangina farq qiladigan topshiriqlar mustaqil bajarish
uchun beriladi.
 2) Test yoki yozma ishlar o‘tkazish.
  3)   O‘tilgan   mavzular   yuzasidan   kartochkalarga   yozilgan   topshiriqlarni
bajartirish.
 4) Doskada topshiriqlar bajarish va h.k.
2. Darsdan tashqari bajaradigan mustaqil ishlar, ya’ni uy ishlari.
Uy   ishlari   -   o‘quvchilarning   darsdan   tashqari   vaqtlarida   mustaqil,   yakka
ishlarini tashkil qilish shakllaridan iboratdir.
Uy ishlarini berishda quyidagilarni hisobga olish lozim:
1)   uyga   berilgan   vazifalar   o‘quvchilarning   kuchlari   va   bilimlariga   mos 22bo‘lishi   kerak.   U   darsda   bajarilgan   ishlarning   boshqacharoq   turi   bo‘lib,   uni
aksariyat o‘quvchilar bajara oladigan bo‘lsin. Uy ishlari uchun o‘qituvchi doskada
ko‘rsatma berishi lozim;
2) uy vazifalarini tizimli ravishda berish kerak;
3)   uy   vazifalarining   hajmi   matematika   darsida   bajarilgan   ishning   30-40   %
idan oshmasligi lozim;
4) har qanday uy ishi o‘qituvchi tomonidan tekshirilgan bo‘lishi kerak;
5) uy vazifasining ko‘rinishi, bajarilishi, talablari turli-tuman bo‘lishi lozim;
6) uy ishini yakka bajartirishga erishish kerak. (II.11.40)
Bundan   tashqari     raqamlash   metodikasi   bosqichda   o‘qituvchining   vazifasi
bolalarda   sanash   malakalarini   shakllantirish   va   1-10,   100   ichida,   1000   ichida   va
ko‘p   xonali   sonlarni   sanay   olishini,   didaktik   tamoyillar   asosida   natural   qatorning
tuzilishini   ochib   berish   va   bu   asosda   sonni   natural   ketma-ketlikning   hadi   sifatida
ta’riflashdan iborat.
Buning uchun o‘quvchilarning quyidagilarga erishishlarini ta’minlash zarur:
1)   o‘quvchilarning   miqdor   va   raqamlar   tartibi   haqidagi   tushunchalarini
aniqlash;
2) predmetlarni sanashni shakllantirish;
3) 1 dan 10 gacha sonlar ketma-ketligini yaxshi o‘zlashtirib olishlari kerak;
4)   narsalarni   sanashni   va   sanash   tartibi   ko‘rsatilganda   har   bir   narsaning
berilgan guruhdagi tartib raqamini aytib bera olishlari kerak;
5)   sonlarning   1   dan   10   gacha   qatoridagi   har   bir   son   qanday   hosil   bo‘lishini
ongli ravishda o‘zlashtirishlari kerak;
6)  raqamlarni   o‘qib  olishlari  va  har  bir   raqamni  narsalarning  mos   soni  bilan
mos qo‘ya olishlari kerak;
 7) sonlarni taqqoslashni bilishlari kerak;
8) 2,3,4,5 sonlarining ikkita qo‘shiluvchilardan iborat sonlar tarkibini barcha
hollarini mustahkamlab, o‘zlashtirib olishlari kerak;
9)   2+1,   4-1,   1+3,   va   hokazo   ko‘rinishdagi   matematik   yozuvlarni   o‘qiy
olishlari va bunday yozuvlarni aniq rasmlar bilan mos qo‘yishni bilishlari kerak; 2310)   miqdorlar   yordamida   predmetlarni   o‘zaro   taqqoslash,   “kо'р”,   “kam”,
“ortiq”,   “baland”,   “past”   kabi   tushunchalarni   taqqoslay   olishi   hamda   doira,
kvadrat, uchburchakni bir-biridan farq qila bilishlari va nomini ayta olishlari kerak.
1-o‘nlikni   raqamlashda   1-10   sonlarini   sanash,   raqamlarni   aytish,   ketma-
ketligini,   katta-kichikligini   o‘zlashtirish   nazarda   tutiladi.   1-o‘nlik   bilan   nol   soni
ham   birga   o‘rgatiladi.   Uni   bo‘sh   to‘plamning   xarkteristikasi   sifatida   berilgan.
Raqamlash   davomida   11-20,   keyin   21-100   ichida   sonlami   raqamlash   qaraladi.
l-,2-, ....o‘nliklarni hosil qilish, birgalikda o‘nliklarni, ya’ni o‘nli sanoq tizimining
mohiyati   tushuntiriladi.  Keyingi   sinflarda  100   ichida,  1000   ichida   va  ko‘p  xonali
sonlar og‘zaki va yozma raqamlash, arifmetik amallar bajarish, komponentlarning
nomlarini o‘rgatishlar amalga oshiriladi.
1-sinf dasturi bundan keyingi ta’lim asoslanadigan muhim bilimlar, malakalar
va ko‘nikmalarni tarkib toptirishni nazarda tutadi. 1- sinfda son, sanoq, qo‘shish va
ayirish   amallari   haqidagi   tasavvurlar   tarkib   topishi,   sonlar   qatori   ongli
o‘zlashtirilishi   kerak   (bolalar   qatordagi   har   bir   son   qanday   hosil   bo‘lishini
o‘zlashtirishlari,   sonlarni   taqqoslashni   o‘rganib   olishlari   kerak).   Qo‘shish   va
ayirish usullarini o‘zlashtirishga alohida e’tibor berilishi kerak.
Nihoyat,   1-sinfda   o‘qitishning   natijasi   10   ichida   sonlarni   qo‘shish   jadvalini,
shu sonlar tarkibining tegishli  hollarini va ayirishni  ongli  va puxta o‘zlashtirishni
hamda   bu   o‘zlashtirishni   samarali   eng   yuqori   darajasigacha   yetkazishdan   iborat
bo‘lishi kerak. 
Bolalar 3 + 6 = 9 ekanini, 9 bu 4 va 5 ekanini, 9 -6 = 3, chunki 9 bu 3 va 6
ekanini og‘zaki bilishlari kerak.
Bundan   tashqari,   bolalar   20   ichida   predmetlarni   sanay   oladigan,   0   dan   20
gacha   bo‘lgan   sonlarni   o‘qiy   oladigan   va   yoza   oladigan,   ularning   o‘nliklar   va
birliklardan   iborat   tarkiblarini   bilishlari   (12   -   bu   1   o‘nlik   va   2   birlikdan   iborat
ekanini, 1 o‘nlik va 7 birlik bu 17 ekanini) bilishlari kerak, 20 ichida qo‘shish va
ayirishga  doir   misollarni  (10  +  6,  13-3,  16  -10)   yecha  oladigan  bo‘lishlari   kerak.
Bundan   tashqari,   bolalar   berilgan   sonni   bir   necha   birlik   orttirish   yoki
kamaytirishga   doir   masalalarni   yechishni   o‘rganib   olishlari   kerak.   Butun   yil 24davomida   bolalarning   fazoviy   tasavvurlarini   aniq   lash   va   kengaytirishga   doir,
ularning “ortiq”, “kam”, “o‘shancha”   munosabatlarini tushunishlarini aniqlash va
kengaytirishga   doir,   predmetlar   uzunliklarini   (oldin   istalgan   uzunlikdagi   o‘lchov
tasmasi,   so‘ngra   uzunligi   1   santimetr   bo‘lgan   tasma   yordamida)   o‘lchash   bilan
bog‘liq  bo‘lgan,  kesma  uzunligini  (butun santimetrlarda)  chizg‘ich  bilan o‘lchash
va berilgan uzunlikdagi kesmani chizish bilan bog‘liq bo‘lgan amaliy malakalami
shakllantirish bo‘yicha tizimli ish olib boriladi. Bolalarning umumiy rivojlanishiga
erishish   uchun   har   bir   darsda,   imkoniyatga   qarab,   predmetlar   guruhini,   ayrim
predmetlarni kuzatish, ularning klassifikasiyasi, bolalar xotiralarining mashqi bilan
bog‘liq   bo‘lgan   ish   o‘tkazilishi   kerak.   Bunda   bolalarga   eslab   qolishni
osonlashtiruvchi usullarni o‘rgatish muhimdir. 
Masalan, qo‘shish jadvalini o‘rganishda bir xil sonlarni qo‘shish (4 + 4, 5 + 5
va hokazo), natijalarini eslab qolish 4 + 5, 5 + 6 va boshqa qo‘shish hollarini eslab
qolishga yordam beradi. Ko‘pgina kuzatishlar natijasida to‘plangan hisoblashlarni 
osonlashtirishga   yordam   beradigan   materialdan   o‘qituvchi   o‘quvchilarning
kuchlari yetadigan umumlashtirishlar qilishda foydalanishi kerak. Masalan, bolalar
4   +   5,   5   +   4   ko‘rinishdagi   misollar   juftlarini   kuzatib   va   taqqoslab,   yig‘indi
sonlarning   qo‘shilish   tartibiga   bog‘liq   emas,   degan   xulosa   chiqaradilar   va
уig‘indining   bu   xossasidan   kichik   songa   katta   sonni   qo‘shish   hollarida
foydalanadilar (2 + 7, 1+9 va hokazo).
Bolalarning   bilish   qobiliyatlarini   (birinchi   navbatda   ularning   tafakkur   va
nutqini)   rivojlantirish   muhim   masala   bo‘lib,   bolalar   bilan   bajariladigan   o‘quv   va
tarbiya   ishlarining   mazmuni   ham,   metodlari   ham   bu   masalaga   bo‘ysundirilgan
bo‘lsagina   muvaffaqiyatli   hal   qilinadi.   Matematika   mashg‘ulotlari   uchun   bunday
topshiriqlarni tanlash katta ahamiyatga ega. Bu mashg‘ulotlar bolalardan mustaqil
kuzatishlar o‘tkazishni, qaralayotgan hodisalarni, predmetlarni, o‘z harakatlarini va
shu   singarilarni   taqqoslash,   tavsiflashlarni   talab   qiladi.   Bolalaming   nutqi
o‘qituvchining   savollariga   javob   berishdangina   iborat   bo‘lmasdan,   unda   kerakli
so‘z va ifodalarni o‘z ichiga olgan hikoyani ravon tasvirlashi muhimdir (masalan,
predmetlarning   xossalarini   o‘rganishda,   xususan,   ularning   ranglarini   farq   qilishga 25o‘rgatishda,   rangning   nomini,   tcvarak-atrofdagi   predmetlarning   ranglarini
aytishdan   tashqari   o‘quvchilarga   o‘zlari   biladigan   mevalar   va   sabzavotlar   haqida
gapirib   berishni,   bunda   ularning   ranglarini   aytishni   taklif   qilish   mumkin   va
hokazo).
Darsda   matematika   mashg‘ulotlariga   qiziqish   uyg‘otuvchi   musobaqa
elementlarini o‘z ichiga olgan didaktik o‘yinlarga ko‘proq o‘rin berish kerak. Bular
boshlang‘ich   maktabda  matematika   o‘qitish   tajribasidan   ma’lum   bo‘lgan  didaktik
o‘yinlar   («Jim»,   «Zinapoya»,   «Estafeta»)   bo‘lishi   mumkin,   bu   o‘yinlarni
o‘ynashda   sinf     kollektivi   odatda   ikkita   komandaga   bo‘linadi   yoki   ikki   o‘quvchi
tomonidan   o‘ynaladi.   Bunday   o‘yinlarni   shunday   tashkil   qilish   muhimki,   bolalar
ba’zan   “o‘qituvchi”   rolida   bo‘lib   qolishsin,   ya’ni   to‘g‘ri   bajarilganlikni
tekshiradigan   bo‘lishsin   yoki   o‘zlari   topshiriqlar   berishsin   (bolalar   o‘yin   paytida
rollari bilan almashinib tursin).
Bolalar   o‘z   mohiyatiga   ko‘ra   qiziqarli   bo‘lgan   maxsus   tanlangan   mantiqiy
mashqlarni   katta   qiziqish   bilan   tahlil   qila   oladilar.   Mantiqiy   mashqlar,   o‘yinlar,
didaktik material bilan amaliy ishlar, bosma asosli daftar bilan amaliy ishlar darsda
nisbatan katta o‘rin olishi kerak, ammo bular bilan bir qatorda o‘qitishning oddiy
metodlaridan   ham   foydalaniladi,   bu   metodlar   ham   qaralayotgan   holda   ma’lum
xususiyatga   ega.   Masalan,   bog‘cha-maktab   o‘quvchilari   bilan   ishlashda   uzoq
tushuntirishlar   bo‘lmasligi   kerak.   Tushuntirish   ko‘pincha   tayyorlovchi   suhbat
bog‘cha-maktab   shaklida   olib   boriladi.   Kitob   bilan   ishlash,   odatda,   o‘qituvchi
rahbarligida   o‘tadi,   ammo   yil   oxirigacha   bolalarni   kitob   bo‘yicha   ba’zi
topshiriqlarni mustaqil bajarishga o‘rgatish kerak (misollarni yechish, uncha qiyin
bo‘lmagan kichik matnli masalalarni yechish).
Bog‘cha-maktab o‘quvchilari bilan mashg‘ulotlarni tashkil qilishning muhim
talablaridan   biri   shunday   sharoit   yaratishdan   iboratki,   bu   sharoitda   bolalar
faoliyatlarining   turi   o‘z   vaqtida   almashtirilishi   va   bajarilayotgan   topshiriqlarning
xilma-xil   bo‘lishi   ta’minlanishi   kerak   (kuzatishlar,   didaktik   materiallar   bilan
amaliy   ishlar,   rasm   solish,   suhbatda   qatnashish,   daftarda   mustaqil   ish   bajarish,
kitob bilan ishlash. Shundan keyin kitob bilan ishlash sanoq materiallari bilan yana 26amaliy   ishlar   bajarishga   o‘tiladi   (masalan,   masalalar   tuzish   uchun   ko‘rsatmali
rasmlardan   foydalaniladi).   Bundan   keyin   esa   o‘qituvchi   doskada   tushuntirgani
bo‘yicha daftarda mustaqil ish bajariladi.
Darsning   borishida,   o‘qituvchining   xohishiga   qarab,   bolalarda   charchash
alomatlari sezishi bilanoq, jismoniy tarbiya daqiqalari o‘tkazish foydalidir, darsga
bolalarning   kayfiyatini   ko‘taruvchi,   masalan,   hazil   masalalar,   qiziqarli,   yorqin,
g‘alati  rasmlar, jadvallar  va shu singari qiziqarli  elementlarni  kiritish foydalidir.
Shu xildagi ba’zi materiallar darslik sahifalarida berilgan.  
Darslik   bilan   ishlash   darsda   ozgina   vaqtni   olsada,   ammo   aynan   shu   kurs
tizimining   izchilligini   aniqlaydi,   dastur   talablarini   aniqlashtiradi,  kursning   har   bir
masalasi   qaysi   darajada   qaralayotganini   ko‘rsatadi,   ular   qanday   ketma-ketlikda
o‘rganilishini   ko‘rsatadi.  Darslikni   yaxshi   bilish  o‘qituvchiga  kursni  rivojlantirish
mantig‘ini (mazmunni, ishni ba’zan esa uni tashkil qilishni, shu rejalash bosqichda
foydalanilishi   maqsadga   muvofiq   bo‘lgan   ko‘rsatmalilik   turlarini)   tasavvur   qila
olishga yordam beradi.Shu sababli, darslik xususiyatlarini chuqur bilib olish kerak.
1 dan 10 gacha bo‘lgan sonlar.Mavzuning o‘rganishning asosiy vazifalari:
1. 1 dan 10 gacha bo‘lgan sonlar ketma-ketligini erkin egallash.
0 sonining sonlar qatoridagi o‘rnini bilish.
2.   Ko‘rsatilgan   sanoq   tartibida   berilgan   guruhdagi   predmetlarni   sanash   va
uning har bir predmetining tartib raqamini aniqlash malakasini egallash.
3. 1 dan 10 gacha bo‘lgan sonlar qatorida har bir son qanday paydo bo‘lishini
ongli   ravishda   o‘zlashtirish   (sanoqda   oldin   keladigan   songa   1   ni   qo‘shish   yoki
keyin keladigan sondan 1 ni ayirish bilan hosil qilinadi).
4. Raqamlarni o‘qish va har bir raqamni (bosma yoki yozma) predmetlarning
tegishli soniga mos qo‘yish.
5.   Sonlarni   taqqoslash   malakasini   (tegishli   mashqlar   >,   <,   =   belgilaridan
foydalanmay bajariladi) egallash.
6.   2,   3,   4,   5   sonlarining   ikki   qo‘shiluvchidan   iborat   tarkibining   hamma
hollarini puxta o‘zlashtirish.
7. O‘quvchilar   ketma-ket qo‘shish va ayrish. 7+1+1, 7-1-1, 1 + 1,3-2, 2 + 3 27va   hokazo   ko‘rinishidagi   eng   sodda   matematik   yozuvlarni   o‘qish   va   bunday
yozuvlarni   konkret   illyustrasiyalar   bilan   ta’minlash.   To‘la   predmet   ko‘rsatmalilik
asosida tegishli masalalarni yechish va ularning yechimlarini “yozish” (1 + 1=2, 3
- 2=1, 2 + 3 = 5 va hokazo).
8. Doira, uchburchak, kvadratlarni bir-biridan farq qilish va atash.
Bu yo‘nalishlarning har biri bo‘yicha ishlashda quyidagilarni aniqlashtiramiz:
 1. Sonlar ketma-ketligini erkin egallash:
a) bu ketma-ketlikni istalgan sondan boshlab to‘g‘ri va teskari tartibda aytish;
b)   sanoqda   berilgan   sondan   keyingi,   berilgan   ikki   son   orasidagi,   sanoqda
berilgan sondan oldingi sonni ayta olish.
Sonlar qatorini erkin egallash uchun mavzu bo‘yicha har bir darsda mazmuni
bo‘yicha “ham, shakli bo‘yicha ham xilma-xil bo‘lgan mashqlarni bajarish zarur.
2. Predmetlarni sanash malakasini shakllantirish oldingi darslarda boshlanadi.
“1   dan   10   gacha   bo‘lgan   sonlar”   mavzusining   vazifasi   bu   malakani   uzil-kesil
puxtalashdan   iborat.   Bunda   shu   narsa   nazarda   tutiladiki,   bolalar   predmetlar
sanog‘ini   har   xil   sharoitda   bajarishni   o‘rganib   olishlari   kerak,   bunda   sanash
obyektlari   nihoyatda   xilma-xil   (predmetlar,   harakatlar,   so‘zlar,   bo‘g‘inlar,
tovushlar va h.k.) bo‘lishi kerak.
Predmetning   tartib   raqamini   aniqlash   malakasini   egallashda   bir   predmetning
o‘zi   qanday   sanash   tartibida   bajarilganligiga   qarab   (savol   qanday   ifodalanishiga
qarab) har xil tartib raqami oladigan mashqlardan foydalanish muhimdir.
Masalan: “Agar shakllar chapdan o‘ngga qarab sanalsa, katta qora doira sanoq
bo‘yicha   nechanchi   bo‘ladi?   O‘ngdan   chapga   qarab   sanalsachi?   Agar   katta
doiralarning   o‘zlarinigina   chapdan   o‘ngga   qarab   sanalsachi?   O‘ngdan   chapga
qarab sanalsachi?” 
3.   Olingan   bilimlami   umumlashtirish,   so‘ngra   ularni   yangi   sonlarga   tatbiq
qilish   uchun   har   bir   yangi   sonni   qarash   doimo   ilgari   o‘rganilgan   sonlar   qanday
hosil bo‘lganidek savol albatta namoyish etish bilan kuzatilishi kerak.
Yangi   sonlar   bilan   tanishtirilgan   sari   bunday   savollami   qo‘yish   va   ularga
javob   berishda   bolalarning   hissasi   ortib   borishi   kerak.   Bu   xil   mashqlar   natijasida 28(agar   bu   xil   mashqlar   har   bir   sonni   o‘rganishda   tizimli   ravishda   o‘tkazib   turilsa)
bolalar umuman har bir son oldingi songa 1 ni qo‘shish (shunga o‘xshash  har bir
son   o‘zidan   keyingi   sondan   1   ni   ayirish)   bilan   hosil   qilinishi   mumkin,   degan
xulosaga keltirilishi kerak.
Bu xil mashqlarni bajarishda “sonli zina” yaxshi mos keladigan illyustrasiya
hisoblanadi,   “sonli   zina”   lar     darslik   sahifalarida   ham   (topshiriqlarni   har
xillashtirishgina   emas,   balki   ularni   murakkablashtirish   uchun   ham   har   xil
variantlarda), o‘qituvchining jadvallarida ham berilishi mumkin.
4. Har bir  yangi  sonni  o‘rganishda bolalar  tegishli  raqam  -  bosma va yozma
raqam bilan tanishadilar. Ular raqamlarni farq qilishni, tanish raqamlari  boshqalari
ichidan ajratishni o‘rganib olishlari kerak, masalan, 5 sonini o‘rganishda o‘qituvchi
katakli   taxtachaga   1,   3,   5,   6,   7,   2   raqamlarini   va   terib   qo‘yadi   va   bolalarga   5
raqamini va 2 raqamini ko‘rsatishni taklif qiladi (hamma tanish raqamlarni o‘qish
va ko‘rsatishni taklif qiladi va hokazo).
10   ichida   ayirishning   bolalar   uchun   yangi   bo‘lgan   qiyinroq   hollari   bilan
tanishtirishning darslikda berilgan tizimi 6, 7, 8, 9, 10 sonlari tarkibini bilishi uzil-
kesil puxtalash uchun yaxshi shart-sharoit yaratadi. Mavzu bo‘yicha har bir darsda
ish   bu   sonlardan   har   birining   tarkibini   yuqorida   ko‘rsatilgandek,   takrorlashdan
boshlanib, sonlar tarkibini bilganlikni puxtalash bilan tamomlanishi kerak. 
Bunda   o‘qituvchining   vazifasi   har   bir   o‘quvchining   son   tarkibini   qatorasiga
va tanlab-tanlab ayta oladigan bo‘lishiga erishishdan iborat. 
Shu   maqsadda   qaralayotgan   har   bir   sonning   tarkibidan   iborat   yig‘ma
jadvallardan,   topshiriqlardan   foydalaniladi,   oxirgi   xil   mashqlarda   berilgan   son
ajralishi kerak bo‘lgan ikki sondan biri bo‘ladi.
Masalalar   ustida   ishlash   bolalarda   masala   matnida   berilganlarni   mustaqil
tahlil   qilish   va   amal   tanlashni   asoslab   berish   malakalarini   tarkib   toptirishga   katta
e’tibor   beradi.   Bolalarni   har   xil   turdagi   masalalarni,   har   bir   masalaning   uni
yechishda   amal   tanlashda   aks   etadigan   xususiyatlarini   belgilashni   o‘rganib
olishlarini   nazarda   tutib,   qarshi   qo‘yish   va   taqqoslash   bo‘yicha   mashq   qildirish
kerak. 29Santimetr   bilan   ishlash   va   chizg‘ich   yordamida   o‘lchash   davom   ettiriladi.
Tegishli   malaka   va   ko‘nikmalarni   mustahkamlash   maqsadida   santimetrli
bo‘limlarga   ega   chizg‘ich   yordamida   kesmalarni   o‘lchash   va   taqqoslash   bo‘yicha
amaliy ishlar bajariladi.
100   ichida   raqamlashda   mavzuni   o‘rganish   masalalarida     quyidagilarni
keltirib o‘tamiz:
1. O‘quvchilarni yangi sanoq birligi o‘nliklar bilan tanishtirish.
2. Xonalar  bo‘yicha  tushuncha,  ikki  xonali  sonlar  ikkita raqamdan, birlik va
o‘nlikdan iboratligini; bitta o‘nlik esa o‘nta birlikdan iboratligini o‘rgatish.
    3.   Raqamlar   xonasini   bilganlikka   asoslangan   holda   qo‘shish   va   ayirish
ko‘nikmalarini shakllantirish.
4. 46 sonidagi ikkita raqam sonni bildirishini tushuntirish
5.   Ikki   xonali   sonlarni   bilganlikka   asoslanib   yangi   o‘lchov   birliklari   uzunlik
(dm, m) haqida tushuncha berish.
6.   100   ichida   sonlarni   raqamlashni   o‘rgatishda   predmetlarni   bittalab   va
guruhlab sanashga o‘rgatish.
7.   100   ichida   sonlarni   o‘qish   va   yozishga   o‘rgatish   xona   birliklari   bilan
tanishtirish.
Raqamlashni o‘rgatish ikki bosqichga ajratiladi:
11-20 sonlarni raqamlash va 21-100 sonlarni raqamlash.
10 dan katta sonlarni yozma raqamlash sanoqda birliklarni o‘nli guruhlashga
va   raqamlarning   o‘rin   qiymatlari   tamoyilini   qo‘llanishga   asoslangan:   o‘ngdan
chapga   qarab   sanalganda   birliklar   birinchi   o‘ringa,   o‘nliklar   ikkinchi   o‘ringa
yoziladi. 20 ichida sonlarni raqamlashga doir bilim va malakalarni mustahkamlash
bo‘yicha     ish   davomida   o‘quvchilar   bir   xonali   son   va   ikki   xonali   son   atamalari
(«Bir   xonali   son»   va   «Ikki   xonali   son»   atamalarini   o‘quvchilar   o‘zlashtirishlari,
ularni tushunishini va o‘z nutqlarida ulardan foydalana olishni o‘rganishlari kerak)
bilan  tanishadilar.O‘quvchilarga   quyidagi   ko‘rinishdagi   topshiriqlarni   berish   yo‘li
bilan bu atamalardan tez-tez foydalanish kerak:
1) Quyidagi sonlar qatoridan bir xonali va ikki xonali sonlami alohida-alohida 30ajratib yozing: 1, 11, 7,9, 12, 14, 10, 13, 15, 6, 19 
2) 6 ta bir xonali ixtiyoriy son yozing va har birini 10 ta orttiring. 
Ularni o‘qing?.
3)  1 va 2 raqamlari yordamida avval bir xonali, so‘ngra ikki  xonali sonlarni
yozing.
4) Faqat 2 raqamidan foydalanib bir xonali va ikki xonali son yozing.
Bu   topshiriqni   bajarishda   o‘quvchilarning   e’tiborini   22   sonini   yozish   uchun
bitta   2   raqamining   o‘zidan   ikki   marta   foydalanilgan,   bu   son   bir   xil   ikkita   belgi
yordamida yozilganligiga qaratish kerak.
O‘quvchilarni   20   ichida,   so‘ngra   100   ichida   sonlarni   o‘rganishda   avval
tayyorgarlik bosqichi olib borilib, so‘ngra og‘zaki raqamlash va yozma raqamlash
amalga oshiriladi.
  100   ichida   sonlarni   raqamlashni   o‘rganishda   o‘qituvchining   vazifasi
bolalarga quyidagilarni o‘rgatishdan iborat:
1. Predmetlarni bittalab, o‘ntalab, va yuztalab guruhlarga birlashtirib yozish.
2.   100   ichida   sonlarni   o‘qish   va   yozishni   hamda   ularning   natural   qatorida
kelish tartibini bilish.
3.   Sonlarni   yuzliklardan,   o‘nliklardan   va   birliklardan   hosil   qila   olish   (   ya’ni
sonlarning o‘nli tarkibini bilish)
4. O‘ngdan  chapga hisoblaganda  birliklar  (xona birliklari)  o‘nliklar  (2-xona)
yuzliklar (3-xona) qaysi o‘ringa yozilishini aniqlash.
  5.   Sonni   (ikki   va   uch   xonali)   xona   qo‘shiluvchilarining   yig‘indisi   shaklida
ifodalash va berilgan sonda istalgan xona birligining umumiy sonini topish.
Yuz   ichida   raqamlash   jarayonida   uzunlik   o‘lchov   birligi   (dm)ni   kiritish
qanaqa ahamiyatga ega ekanligini tushuntiramiz.
Uzunliklarni   o‘lchashning   yangi   birligi   -   detsimetr   bilan   tanishtirish,
kesmalami   santimetr   va   detsimetr   bilan   o‘lchashga   oid   mashqlar   natijasida
detsimetr   va   santimetrlarda   ifodalangan   sonlar   hosil   bo‘ladi,   ikkinchi   o‘nlik
sonlarini  raqamlashni  o‘zlashtirishga yordam  beradi. Ikki  xil  o‘lchov birligi  bilan
o‘lchash   o‘quvchilarga   sonlarning   o‘nlik   va   birliklarda   hosil   bo‘lishini 31o‘zlashtirishga   yordam   beradi:   agar   kesmaning   uzunligi   1   dm   va   5   sm   bo‘lsa,
demak, unga 1 o‘nlik sm va 5 sm sig‘adi, degan so‘zdir.
O‘quvchilarda bu kabi ko‘nikmalarni hosil qilish 100 ichida sonlarni egallash
texnologiyalarining samarali natijasi sifatida qaraladi.
100   ichida   sonlarni   raqamlash   metodikasini   o‘rganish   natijasida   o‘quvchilar
quyidagi ko‘nikmalar, malakalarni egallab olishlari kerak:
1.   100   ichida   raqamlashda   sonlarning   nomlarini   o‘zlashtirish,   ular
o‘nliklardan va birliklardan qanday hosil bo‘lishini tushuntirish.
2.   Sanoqda   sonlarning   kelish   tartibini   bilish.   Sonlarning   natural   ketma-
ketligidagi   o‘rinlarini   bilganlikka   asoslanib   sonlarni   taqqoslab   olish   (45   katta   35,
chunki to‘rt o‘nlik katta uch o‘nlik........).
3. 100 ichida sonlarni yozish va o‘qiy bilish.
4. Natural  ketma-ketlikka asoslanib sonlami (39+1, 50-1, 27+1, 27-1, 75-1....
ko‘rinishdagi)   qo‘shish   va   ayirishni,   sonlarni   xona   qo‘shiluvchilarining   yig‘indisi
bilan (68=60+8) almashtirish malakasini egallab olish.(II.13.150)  32II bob  100 gacha sonlarni o‘rgatishda innovatsion
pedagogik texnologiyalar
2.1 O‘nlik mavzusida sonlar va ular ustida amallarni o‘rgatish
ped-texnologiyasi
Butun   sonlar   qatori   cheksiz   bo‘lib,   hayotda   va   fanda   ishlatiladigan   butun
sonlar   juda   ko‘p.   Bu   sonlarni   har   biri   alohida   nomlansa   va   alohida   ishora   talab
qilinganda edi. Inson ularni esida saqlab qolishga kuchi yetmas edi. Shuning uchun
nomerlash  deganda   sonlarni   ozgina  so‘z  va  ozgina   ishoralar  bilan  butun  sonlarga
nom berish va qisqa yozuv bilan belgilash usuli tushuniladi.
Odatda   og‘zaki   va   yozma   nomerlashni   bir   -   biridan   ajratish   lozim.   Og‘zaki
nomerlashda   sonlarni   ozgina   so‘zlar   yordamida   nomlanadigan   bilim   tushuniladi;
yozma   nomerlashda   esa   butun   sonlarni   ozgina   ishoralar   yordamida   yozish
to‘g‘risidagi bilim tushuniladi. 
Mavjud   butun   sonlarni   nomerlashda   birinchi   o‘nta   sonning   har   biri   alohida
nom   bilan   ataladi.   O‘ndan   katta   sonlarni   aytish   uchun   birliklarni   o‘ntadan   qilib
birlashtiriladi va o‘nliklar oddiy birliklarni sanaganidek o‘nta o‘nlikgacha sanaladi.
Shunday qilib bir o‘nlik o‘n, ikki o‘nlik yigirma, uch o‘nlik o‘ttiz, to‘rt o‘nlik qirq,
besh   o‘nlik   ellik,   olti   o‘nlik   oltmish   va   hokazo.   Demak   10   ta   o‘nlikdagi   birliklar
to‘plami   alohida   100   nomi   bilaan   ataladi.   100   dan   ortiq   birliklar   yuzlikdan   qilib
birlashtiriladi   va   oddiy   birliklar   kabi   bir   yuzdan   to‘qqiz   yuzlikgacha   sanaladi.
Bundan  keyin  yuzdan   to  to‘qqiz  yuz  to‘qson  to‘qqiztagacha   yuz  so‘zidan  boshqa
yangi nom talab qilinmaydi. 10 ta yuzlikdagi birliklar to‘plami alohida ming ismi
bilan   nomlanadi.   So‘ngra   mingdan   ortiq   sonlarni   nomlash   uchun,   ularning
birliklarini  mingtadan  qilib birlashtiriladi  va oddiy birliklar  kabi, 10 mingtagacha
sanaladi. Bunda ming so‘zidan boshqa yangi so‘zlar talab qilinmaydi va hokazo.
Bolalar bog‘chalarida va maktabga tayyorlov gruppalarida sonlarni o‘rganish
bilan   bog‘liq   bo‘lgan   bir   qator   masalalarni   qarash   nazarda   tutiladi,   masalan,   o‘n
ichida   sanash   ko‘nikmalarini   o‘zlashtirishlari,   tartib   va   sanoq,   sonlarning
birliklardan   iborat   tarkibi.   Qo‘shni   sonlar   orasidagi   munosabatlarni   tushunish   va
hokazo.   Shu   sababli   o‘qituvchining   birinchi   navbatdagi   vazifasi   birinchi   sinfga 33kelgan bolalarning matematik tayyorgarlik darajalarini aniqlashdan iborat. Bu ishni
mashg‘ulotlar   boshlanguncha   qadar   bolalarni   maktabga   qabul   qilish   vaqtida   yoki
birinchi   hafta   darslari   davomida,   sinf   bilan   ishlash   davomida   amalga   oshirish
mumkin. Bu ishlar samimiy va yaxshi  muhitda o‘tkazilishi  kerak. Shuningdek bu
tekshirishni   imtihonga   aylantirib   yubormasligi   kerak.   O‘n   ichida   nomerlash   va
oraliq arifmetik amallar ba’zi bir   o`ziga xos tomonlariga ega. O‘n - o`nlik sanoq
sistemasining asosi, shu sababli 1dan 10 gacha bo‘lgan sonlari oddiy birikmalarni
sanash   natijasidir.   Shu   munosabat   bilan   1dan   10   gacha   bo‘lgan   sonlarining   har
birini belgilash uchun og`zaki ifodalashda alohida so`z, yozuvda esa maxsus belgi
ishlatiladi.   10   ichida   qo`shish   va   ayirish   sanash   bilan   uzviy   bog`langan.
Hisoblashlarda   har   gal   sanashga   hojat   bo`lmasligi   uchun,   amallarning   natijalarini
yod olish kerak.
Uncha   katta   bo‘lmagan   sonlar   o‘quvchilarda   matematik   tushunchalarni
o‘zlashtirish   uchun   yaxshi   sharoitlar   yaratadi.   Bolalardagi   tajribalarga   tayanib,
narsalar   ustida   amallar   bajarishdan   foydalanib,natural   son,   sonlarning   tengligi   va
teng emasligi va hokazo tushunchalar shakllantirish mumkin.
Birinchi   o‘nlik   sonlarni   o‘rganishda   tayyorgarlik   davri   va   raqamlari   haqida
sonlar bilan tanishtirish davri ajratiladi. 
Tayyorgarlik   davri ning   asosiy   vazifasi   o‘nlik   ichida   nomerlashda
zarur bo`ladigan bilimlar, malakalar va ko‘nikmalarni aniqlash, ularni to‘ldirish va
sistemalashtirishdan iborat. 
Tayyorgarlik   davri   mashqlari   quyidagicha   ko‘rinishda   bo‘lishi
mumkin.
1 .  Predmetlar ,  tovush   va   harakatlarni   sanash .
Birinchi   mashqlar   sinfda   mavjud   bo‘lgan   predmetlar ,   eshik ,   deraza ,   parta ,
stol ,  stul ,  bir   hatordagi   bolalar   kabilarni   sanash   doir   bo‘ladi .  Shundan   keyin   qo‘lga
olib ,   k o‘rib   sanash   uchun   mayda   predmetlardan   foydalanish   zarur .   Har   bir
o‘quvchida  20  tadan   sanoq   cho‘pi   bo ` lsa ,  sanashni   tashkil   qilish   oson   bo‘ladi . 
Bundan   tashqari   sanash   uchun   predmet   rasmlardan ,   darslik   boshidagi
sahifalarda   berilgan   rasmlardan   foydalanish   foydali .   Shu   bilan   birga   bolalarni 34tovushlarni   sanash   bo‘yicha   va   harakatlarni   ( qadam )   sanash   bo‘yicha   ham   mashq
qildirish   kerak .
Sanash   jarayonida   bolalarni   “ qancha ”   so‘zi   bilan   savollar   qo‘yishga
mashq     qildirish   muhimdir ,   bunda   sanoqda   oxirgi   aytilgan   son   sanalayotgan
predmetlar   “ qancha”   deb   qo‘yilgan   savolga   javob   bo‘lishini   tushuntirish   kerak .
Shuningdek ,  predmetlarni   o‘ngdan   chapga   yoki   chapdan   o‘ngga ,  pastdan   yuqoriga ,
yuqoridan   pastga   qarab   sanaganda   sanoq   natijasi   o‘zgarmasligi ,   asosan   ulardan
birortasini   ikki   marta   qoldirmasdan   sanamaslik   va   qoldirmasdan   sanash   kerakligini
o‘rgatish   lozim .  Predmetlarni   sanashga   bag ; ishlangan   darslarda   ikkitalab ,  uchtalab ,
beshtalab   sanashga   ham   o‘rgatish   kerak .
2.  Ikkita   to ` plamni   ularni   hosil   qilingan   elementlarining   soni   bo ` yicha
taqqoslash   va   tenglashtirish .
Mashqlar   bajarishda   katta ,   ortiq ,   ko‘p ,   kichik ,   kam ,   oz ,   shunga   teng
munosabatlarining   ma ’ nosi   bo‘lishi   kerak .  Bunda   narsalar   guruhlarini   taqqoslashga
doir   amaliy   mashqlarga   ko‘proq   e ’ tibor   berish   kerak .
Masalan:   a)   Stol   ustiga   bir   nechta   doiracha   qo‘ying.   Doirachalarni
sanamasdan turib, shuncha kvadrat qo‘ying. Buni qanday bajarish mumkin?
b)   Paketda   yong‘oqlar   va   konfetlar   bor.   Undagi   yong‘oq   yoki
konfetlar ko‘pligini qanday bilish mumkin?
Predmetlarning   rasmda   tasvirlangan   ikki
to‘plamini   taqqoslashda   juftlar   hosil   bo‘lishi
imkoniyatini   ko‘rsatish   yaxshi   natija   beradi.   Bunda
ustiga   qo‘yib   juftlar   hosil   qilib   bo`lmaydi.   Shuning
uchun   taqqoslanayotgan   to‘plamlarning   elementlari
orasida   ularni   bog‘lovchi   chiziqlardan   foydalanib,
moslik o‘rnatish usulini o‘rgatish foydali.
Savol: 1) Sanoqdan foydalanmasdan, 1- yoki
2 -rasmda 
                                             predmetlar ko‘pligini qanday bilsa bo‘ladi?
                                             2) Qaysi rasmda uchburchaklar ko‘p? 35Predmetlarning   ikki   to‘plamini   taqqoslash   malakasini   hosil   qilishda
o‘quvchilarni   to‘plamlarning   biridan   predmetlar   ikkinchisiga   qaraganda   qancha
ortiq   yoki   kam   ekanini   aniqlashga   va   shu   asosida   ikki   to‘plamdagi   predmetlar
sonini   tenglab   (kamini   qo‘shish   yoki   ortiqchasini   olish   bilan)   masalani   ikki   usul
bilan yechishga o‘rgatish kerak.
                                                       -Qaysi geometrik figuralar ko‘p va qancha
ko‘p?
   
                                                    -Figuralar teng bo`lishi uchun nima qilish
kerak?
Bunday   mashqlar   qo‘shish   va   ayrish   amallari   mazmunini   yechishga
tayyorgarlik   bo‘lib   xizmat   qiladi,   tenglik,   tengsizlik,   sonlarni   taqqoslash
tushunchalarini   tarkib   toptirish   imkonini   beradi,   o‘quvchilarning   matematik
nutqlarini rivojlantiradi.
3. Tartib munosabatlari va sonlarning tartib qiymatlari.
O`nlik  ichida  sonlarni   o‘rganishda  «oldida»,  «keyin»,   «orasida»   kabi
tartib   munosabatlarini   ham   o‘rganish   zarur.   Masalan:   Sinfda   bolalarni   saf   qilib:
Sodiqdan   oldin,   keyin   kim   turibdi?   Sodiq   bilan   Lola   orasida   kim   turibdi?   kabi
mashqlar bajariladi.
Sonlarning   tartib   qiymatlarini   qarashda,   uning   predmetlarni   nomerlashda,
ya’ni   shu   predmet   qaralayotgan   predmetlar   qatorida   tartib   bo‘yicha   nechanchi
o‘rinni   egalab   turganini   aniqlashga   asosiy   e’tibor   qaratiladi.   Masalan:   qizil   doira
sanoq   bo‘yicha   nechanchi?   yoki   predmetlar   bir,   ikki,   uch   deb   nomerlashni   taklif
qilish mumkin.
4.Qo‘shish va ayrish amallarini o‘rganishga tayyorlash.
Qo‘shish   va   ayrish   amallarini   o‘rganishga   tayyorlash   maqsadida   ikki
to‘plamni birlashtirish va qismini ajratishga doir mashqlar bajarish kerak.
Masalan:  1)  Partaga  3 ta uchburchak  va 2 ta kvadrat  qo‘ying. Ularni
yaqinlashtiring, hammasi qancha bo‘lganini aniqlang.       .                         
      362)   Daftardan   5   ta   katakni   o‘rang,   oxirgi   katakni   bo‘ling.   Nechta
bo‘yalmagan katak qoldi?
5. Raqamlarni yozishga tayyorlash.
O‘rganilayotgan   sonlar   dastlab   bosma   raqamlar   bilan   o‘rgatiladi.
(belgilanadi),   ular   katakni   taxtachada   narsalarning   tegishli   to‘plami   ro‘parasiga
qo‘yiladi.   Dasturda   1   sinf   uchun   matematikadan   dastlabki   mavzu   birinchi   o‘nlik
sonlarni   nomerlashdan   iborat.   Bu   mavzuni   o‘rganishdan   maqsad   bolalarda   sanoq
malakasini hosil qilish, ularda birinchi 10 ta son haqida tasavvur shakllantirish, son
va uning nomi raqamlar    yordamida bosma va yozma belgilanishi  orasida moslik
o‘rnatish   malakasini   tarkib   toptirishdan,   o‘quvchilarni   sonlar   qatorining   ba’zi
xossalari, sonlarning tarkibi bilan tanishtirishdan iborat.(II.7.51)
Masalan:  3 soni:   3   ta   kvadrat,   3   ta   olma,   3   ta   stul   deb   aytish   mumkin.
Buni, 3 sonini raqam bilan 3 deb belgilash mumkin.
Yozma   raqamlarni   tanishtirishda,   raqamlarni   yozish   namunasini   doskada
ko‘rsatish kerak.
O‘quvchilar   raqamlarni   havoda   chizib,   yoki   namuna   bo‘yicha   chizib,   qo‘l
harakati yo‘nalishini o‘zlashtiradilar. So‘ngra sonlarning hosil qilinishi o‘rganiladi.
Birinchi   o‘nlikning   har   bir   soni   o‘zidan   oldingi   songa   birni   qo‘shish   va   o‘zidan
keyingi   sondan   birni   ayrish   bilan   hosil   qilinadi.   Sonlarning   ikki   qo‘shiluvchidan
tashkil topishi o‘rganiladi. (3=1+2, 3=2+1).
Sonlarning   natural   qatordagi   o‘rnini   o‘rganishda   bunda   mashqlar   bajarish
kerak.
- Sanoqda 3 (5) sonidan keyin keladigan sonni ayting. 
- 4 va 6 sonlari orasida keladigan sonni ayting…
Natural   qatorning   ketma-ket   sonlarini   taqqoslash   yoki   qo‘shni   sonlar
orasidagi   munosabatlarni   o‘rganish,   dastlab   to‘plamlarni   taqqoslashga   tayangan
holda   bajariladi.   Predmetlar   soni   raqami   bilan,   sonlar   orasidagi   munosabat   ”>”,
”<”, ”=” bilan belgilanadi.
O‘quvchilar, qaralayotgan son o‘zidan oldin keladigan sonlardan katta, keyin
keladigan sonlardan kichik ekanini o‘zlashtirib olishi kerak. 2>1 –ikki birdan katta. 371<2-bir   ikkidan   kichik.   O‘quvchilar   diqqatini   belgilarning   uchi   kichik   songa
qaratilgan   bo‘lishiga,   va   «>»,   <   belgili   yozuv   chapdan   o‘ngga   qarab   o‘qishiga
qaratish kerak. 
Qarab   chiqilgan   asosiy   masalalar   har   bir   son   bilan   tanishishda   o‘rganiladi.
Ammo,   1-5   sonlarini   o‘rganish   6-10   sonlarni   o‘rganish   metodikasidan   farq
qiladigan xususiyatlari mavjud.
1.   1-5   sonlarini   o‘rganishda   tanish   sonlar   qatorida   har   gal   bittadan   son
qo‘shila   boradi,   ikkinchi   beshlik   sonlarni   o‘rganishda   esa   sonlarning   qatoriga
birdaniga sonlar jufti qo‘shiladi;
(1,2,3,4,5,6,7;   1,2,3,4,5,6,7,8,9;    1,2,3,4,5,6,7,8,9,10;)
2. 1-5 sonlari   narsalar   va tasvirlar  bilan  o‘rganiladi.  Shundan keyin  kattaroq
sonlar   (6-10)   bilan   tanishtirishda   predmet   ko‘rsatmaslikdan   asta-sekin   abstrakt
shaklga   o‘tishni   amalga   oshirish   kerak.   Jumladan   «sonli   zinapoyacha»   dan   va
Santimetrli shkala tushirilgan chizg`ichdan foydalanish mumkin. 
Bunda   sonlar   o‘z   kattaliklari   bo‘yicha   tartiblangan   ekanligicha
o‘quvchilar ishonch hosil qiladilar.
3.   2-5   sonlarining   tarkibini   ikki   qo‘shiluvchidan   iboratligi   eslab   qolish   talab
qilinadi.   6-10   sonlariga   nisbatan   esa   bu   sonlarning   tarkibini   yoddan   bilish   talab
qilinmaydi.   Sababi,   bunga   juda   oz   soat   ajratilgan.   Lekin   “qo‘shish   va   ayirish”   ni
o‘rganishda davom ettiriladi. 1-10 sonlari bilan tanishgandan keyin 0 (nol) raqami
bilan  tanishadilar.   Nol   to‘g‘risidagi   tushunchani   predmetlarni   bittalab   kamaytirib,
bitta   ham   narsa   qolmaguncha   sanashga   doir   mashqlarni   bajarish   orqali   hosil
qiladilar. So‘ngra nol sonini raqam bilan belgilash qaratiladi. Shundan keyin 0 va 1
taqqoslashdan va 0<1 ekani o‘rganiladi. O‘quvchilarni 0 (nol) soni  1 dan oldinda
turadi, degan xulosaga  olib kelinadi. Shu yerda chizg‘ichdagi belgilangan birinchi
raqam Nega 1 emas, balki 0 ekanini tushuntirish maqsadga muvofiq.
Birinchi   o‘nlik   sonlarini   nomerlash   uchun   o‘quvchilar   quyidagilarni
o‘zlashtrishlari kerak
1) 1-10   gacha   bo‘lgan   sanashda   har   qaysi   son   qanday   atalishini   hamda
bosma va yozma raqam orqali qanday belgilanishini; 382) Har   bir   son   bevosita   o‘zidan   oldin   keluvchi   sondan   qancha   katta   va
bevosita o‘zidan keyin keluvchi sondan qancha kichik ekanligini ; 
3) 1   dan   10   gacha   bo‘lgan   sonlar   qatorida   har   bir   son   qanday   o‘rin
egallashini,   sanoqda   har   bir   son   qanday   sondan   keyin   va   qanday   sondan   avval
aytilishini.
4) O‘zidan   oldin   turgan   songa   birni   qo‘shish   yordamida   sonni   hosil
qilish.
5)  Sonlarni raqamlash.
6)   O‘rganilayotgan sonlar ichida predmetlar sanog‘ini to‘g‘ri va teskari
yo‘nalishda olib borish.
7)  O‘zidan avvalgi sonlar bilan navbatdagi sonni solishtirish.
8)  Sonlar tarkibi.
Bu   bilmlarning   o‘zlashtirilishi   o‘quvchilarni   son   tushunchasini
o‘rganishda   son   yakka   o‘zi   bo‘lmasdan,   boshqa   sonlar   bilan   bog‘lanishda
ekanligini   anglaydilar.   Bu   esa   o‘quvchilarda   sonlarning   natural   qatori
to‘g‘risida tushuncha shakllana boshlaydi. 
Natural ketma- ketlikdagi istalgan sonni (bir sonidan tashqari) quyidagicha
hosil   qilish   mumkin.   Birni   sondan   bevosita   oldin   kelgan   songa   qo‘shish   yoki
keyin kelgan sondan birni ayirish bilan hosil qilinadi. Masalan: 
3 uch soni, bu 2 yana bir
3 uch soni, bu bir kam 4
Bundan   tashqari   sonlarning   hosil   bo‘lishi   quyidagi   misollarda   ochib
beriladi.
1. Talab   qo‘yish   va   ayirish.   Bu   narsalar   yordamida   va   cho‘plar
yordamida   namoyish   etish   asosida   o‘quvchilarga   o‘rgatiladi.   Masalan:   1-4
sonlarini o‘rgatishda o‘qituvchi o‘quvchilarga 2 cho‘p qo‘yishni, so‘ngra yana 1 ta
cho‘pni so‘rab qo‘yishni taklif qiladi. Hamma cho‘plar 3 ta bo‘lganini va 3 cho‘p
qanday   hosil   bo‘lganini   aniqlaydilar.   So‘ngra   3   ta   cho‘pning   yoniga   yana   1   ta
cho‘p   surib   qo‘yiladi.   Bunda   cho‘plar   4   ta   bo‘lgani   va   4   ta   cho‘p   qanday   hosil
bo‘lganini   aniqlaydilar.   Keyin   4   ta   cho‘pdan   1   tasi   nariroqqa   surib   qo‘yiladi. 39Nechta cho‘p qolgani va bu gal 3 ta cho‘p qanday hosil bo‘lganligi aniqlashtiriladi.
3   ta   cho‘pdan   yana   1   tasi   olinadi   va   2   ta   cho‘p   qanday   hosil   qilingani
tushuntiriladi. Huddi shunga o‘xshash mashqlar boshqa narsalar bilan, darslikdagi
rasmlar   bilan   daftarlarda   bajariladi.   Bu   o‘quvchilarga   to‘plamlar   ustida   amallarni
umumlashtirishlarga va sonlar ustida amallar hosil bo‘lishini tushuntirishga imkon
beradi.
Narsalar   yordamida   masalalar   yechish   uchun   1-6   sonlarni   o‘rganishda
o‘qituvchi   o‘quvchilarga   quyidagi   masalani   yechishni   taklif   etish   mumkin.
Masala: “Qutichada 5 ta qalam bor; qutiga yana bitta qalam qo‘shildi. Qalamlar
nechta bo‘ldi?”.(II.9.23) Masalani yechish uchun qutichadagi qaalamlarni sanab
chiqishadi.   Shunga   o‘xshash   uzunliklari   butun   bo‘lgan   kesmalarni   chizish   va
santimetrlar bilan o‘lchashga doir mashqlarni ko‘rsatish mumkin. 
Birinchi  o‘nlik sonlarini  nomerlashni  o‘rganish  uchun o‘quvchilar  u yoki  bu
son hosil bo‘lishini o‘zlashtirishlari uchun qancha mashq kerak bo‘lsa, dars paytida
o‘qituvchining   tanlashiga   qarab,   shuncha   mashq   bajariladi.   Shundan   keyin
o‘quvchilarga   bosma   va   yozma   raqamlarning   yozilishi   bilan   tanishtiriladi.
Masalan: 
Ko‘p va bir.  Dastlabki ikki dars mashg‘uloti “ko‘p” va “bir” tushunchalarini
aniqlashtirishga bag‘ishlangan bo‘lishi kerak. Ko‘p o‘quvchilar va bitta o‘qituvchi,
ko‘pgina   jo‘jalar   va   bitta   tovuq.   Ko‘pgina   yashash   xonalari   va   bitta   uy   shunga
o‘xshash   misollar   orqali   bir   tushunchasini   tushinib   oladi.   Shuningdek
o‘qituvchining   ko‘rsatmasi   bilan   o‘quvchilar   bitta   katta   doira   va   ko‘pgina   kichik
doiralar   chizishlari   va   hokazo   tarzda   bir   tushunchasini   o‘zlashtirib   oladilar   va
ullarning bosma va yozma ko‘rinishda qanday belgilanishi o‘rgatiladi. 
Ikki   soni.   O‘quvchilar   ikki   soni   tushunchasini   o‘zlashtirish   uchun   ikki
narsadan iborat tabiiy guruppalarni kuzatadilar. Masalan: ikki ko‘z , ikki qo‘l, ikki
quloq,   ikki   oyoq   ikki   eshik   va   hokazolarni   kuzatishlari   orqali   va   darslarda   ikki
tushunchasini   oydinlashtiradigan   mashqlar   bajarish   orqali   ikki   tushunchasini
tushunib oladilar. 2 raqamini bilib oladilar. Uning qanday bosma va yozma shaklda
belgilanishini o‘rganadilar. So‘ngra ikki sonining tarkibi oydinlashtiriladi. Yana bir 40yana   bir,   bu   ikki,   bitta   kam   ikki   bu   bir.   O‘quvchilar   birinchi   marta   1+1,   2-1
ifodalarning qo‘llanishini o‘rganadilar.
Uch   soni.   Uch   soni   ham   ikki   sonini   o‘rgangandagidek   o‘rganiladi.
O‘qituvchining yo‘naltiruvchi ko‘rsatmalari orqali uchta kvadrat, uchta stul, uchta
odam deb aytishi mumkin. Bundan tashqari 3 sonini raqam bilan belgilanishini va
o‘z   kassalaridan   bu   raqamni   topadilar,   uni   o‘rganadilar   va   tanish   raqamlariga
qo‘shib   qo‘yadilar.   Buni   mustahkamlash   uchun   quyidagi   mashqlarni   ko‘rsatish
mumkin.
Quyidagi   raqam   qanday   sonni   ifodalashini   cho‘plar   yordamida
ko‘rsating?
1. Men   nechta   uchburchakni   ko‘rsatayotgan   bo‘lsam,   shuni
ifodalaydigan raqamni ko‘rsating.
Yozma   raqamlarni   tanishtirar   ekan,   o‘qituvchi   raqamlar   yozish   namunasini
doskada   ko‘rsatadi.   Paqamni   o‘quvchilar   o‘qituvchi   daftarlarida   yozib   bergan
namuna ustidan chizib chiqib,qo‘l harakati yo‘nalishini o‘zlashtiradilar. Uch sonini
o‘rgatishda uchburchakni kiritish o‘rinli uni cho‘plardan yoki gugurt cho‘plaridan
yasash mumkin.
To‘rt   soni.   To‘rt   sonini   tushuntirishda   tabiy   narsalardan   misollar   keltirish
bilan oydinlashtiriladi. Masalan:
Hayvonlarda   to‘rt   oyoq   bor,   stulda,   stolda   to‘rt   oyoq,   avtomobillarda   to‘rtta
g‘ildiragi   va   hokazo   misollar   keltirish   mumkin.   Buni   o‘quvchilar   kuzatadilar   va
to‘rtta   gugurt   cho‘pidan   kvadrat   yasaydilar.   Ikkita   uzun   va   ikkita   qisqa   to‘rtta
cho‘pdan   to‘g‘ri   to‘rtburchak   yasaydilar.shunga   o‘xshash   bir   necha   mashqlar
o‘tkazadilar.   Natijada   o‘quvchilar   sonning   tarkibi   va   4   raqami   bilan   tanishadilar.
Undan   keyin   o‘quvchilar   to‘rt   soni   ichida   og‘zaki   va   kesma   raqamlar   bilan
tanishadilar. Bularga doir turli misollar yechadilar. 
Masalan: 3+1, 4-1, 2+2, 4-2, 1+3, 4-3.
Besh   soni.   Besh   soni   ham   oldingi   sonlarni   o‘rganish   rejasi   asosida
o‘rganiladi. Bunda besh uchli yulduz chizib uni bo‘yab, kesib devorga yopishtirish
mumkin.   So‘ngra   beshta   bayroqcha   yasab   uni   yulduzchaning   tagiga   yoki   ustiga 41osib qo‘yish mumkin.
Besh   sonini   o‘rganishda   sanoq   cho‘plaridan   foydalanib   raqamlarning   tagiga
beshta   cho‘p   qo‘yiladi.   Bundan   tashqari   yaltiroq   qog‘ozdan   har   xil   oynalar   kesib
har   xil   feguralar   son   shaklida   yopishtiriladi.   Har   bir   fegura   yoniga   mos   raqamlar
yopishtiriladi va bu jadvalni sinf devoriga osib qo‘yadi.Shuni aytib o‘tish kerakki,
o‘quvchilarga   bu   sonlarni   o‘rgatishda   yuqorida   aytib   o‘tilgan   texnologiyalarni
qo‘llash ularning sonlarni eslab qolishga,ular ustida amallarni to‘g‘ri bajara olishga
o‘quvchilarda   ko‘nikma   va   malakalarni   shakllantirishda   ijobiy   rol
o‘ynaydi.Bundan   tashqari   sonlarni   o‘rgatishda   pedagogik   texnologiyalardan
foydalanish   o‘tilgan   mavzuni   mustahkamlashga,o‘quvchilarning   mantiqiy
fikrlashini oshirishga va dars jarayonida qo‘llaniladigan metodlar,predmetli amaliy
mashqlar   o‘quvchilarning   matematikaga   bo‘lgan   qiziqishini   oshiradi.Ularda
ta’limiy-tarbiyaviy jihatlarni shakllantirib kasbga bo‘lgan qiziqishlarini o‘stiradi.
  1-5 sonlarini o‘rganish 6-10 sonlarni o‘rganish metodikasidan farq qiladigan
xususiyatlari   mavjud.
1.   1-5   sonlarini     o‘rganishda   tanish   sonlar   qatorida   har   gal   bittadan   son
qo‘shilib   boradi,   ikkinchi   beshlik   sonlarni   o‘rganishda   esa   sonlarning   qatoriga
birdaniga sonlar jufti qo‘shiladi;
(1,2,3,4,5,6,7;   1,2,3,4,5,6,7,8,9;    1,2,3,4,5,6,7,8,9,10;)
2. 1-5 sonlari   narsalar   va tasvirlar  bilan  o‘rganiladi.  Shundan keyin  kattaroq
sonlar                     (6-10)   bilan   tanishtirishda   predmet   ko‘rsatmaslikdan   asta-sekin
abstrakt shaklga o‘tishni amalga oshirish kerak. Jumladan “sonli zinapoyacha” dan
va santimetrli shkala tushirilgan chizg‘ichdan foydalanish mumkin.  
Bunda   sonlar   o`z   kattaliklari   bo‘yicha   tartiblangan   ekanligicha
o‘quvchilar ishonch hosil qiladilar.
2. 2-5 sonlarining tarkibini ikki qo‘shiluvchidan iboratligi eslab 
qolish talab qilinadi.6-10 sonlariga nisbatan esa bu sonlarning tarkibini 
yoddan bilish talab
qilinmaydi. Sababi, bunga juda oz soat ajratilgan. Lekin «qo`shish va 
ayirish» ni o`rganishda davom ettiriladi. 1-10 sonlari bilan tanishgandan  42keyin 0 (nol) raqami bilan tanishadilar. Nol to`g`risidagi tushunchani 
predmetlarni bittalab kamaytirib, bitta ham narsa qolmaguncha sanashga 
doir mashqlarni bajarish orqali hosil qiladilar. So`ngra nol sonini raqam 
bilan belgilash qaratiladi. Shundan keyin 0 va 1 taqqoslashdan va 0<1 ekani 
o`rganiladi. O`quvchilarni 0 (nol) soni 1 dan oldinda turadi, degan xulosaga  
olib kelinadi. Shu yerda chizg`ichdagi belgilangan birinchi raqam Nega 1 
emas, balki 0 nol ekanini tushuntirish maqsadga muvofiq.
Shunday qilib o`n ichida sonlarni nomerlashni o`rganish natijasida 
o`quvchilar quyidagi bilimlar, malakalar va ko`nikmalarni egallab olishlari kerak.
1. 1-10 sonlari va ketma-ketligini puxta o`zlashtirish, ularni o`qish, yozish.
2. Har qaysi sonning sonlar qatoridagi «o`rni» ni bilish.
3.   Sonlarni   taqqoslashni   va   «>,   <,   =»   belgilardan   foydalanib,   tegishli
yozuvlarni ishonch bilan amalga oshirish.
4. Sonlar tarkibini eslab qolish.  (bilish).
Endi o‘quvchilar yangi sonning hosil bo‘lishi avvalgi songa 1 sonini qo‘shish
yo‘li   bilan   amalga   oshirilishi   tushunchasini   egallaydilar   va   bu   narsa   natural
sonlarning ortib borishi tartibidagi ketma-ketligini o‘rganishlari uchun muhim omil
hisoblanadi.   Natural   sonlar   qatorini   o‘rganish   esa   o‘z   navbatida   sonlar   ketma-
ketligini   teskari   tartibda   hosil   qilish   mumkinligini   anglatib   turadi.   Sonlarning
tarkibini   ko‘rib   chiqish   natijasida   bolalar   har   bir   son   alohida   birliklardan   hosil
bo‘lishini  bilib oladilar  (masalan,  3  soni   uchta  birlikdan  iborat), shuningdek,  ikki
yoki   bir   nechta   sonlar   yig'indisidan   hosil   bo‘lishini   anglab   yetadilar   (sonlar
yig'indisi o‘sha songa teng bo‘ladi).
Natural   qatordagi   sonlarning   hosil   bo‘lishini   o‘quvchilar   ongiga   yetkazishda
quyidagi mashqlardan foydalaniladi:
1.   Mavjud   bo‘lgan   guruhdan   predmetlar   bitta   ortiq   yoki   bitta   kam   bo‘lgan
boshqa   guruhni   to‘plash.   Topshiriq   quyidagi   turdagi   ko‘rsatmalar   yordamida
bajariladi:  «Sanjar,   2  ta  olmani   ol.  Rustam,  sen  ham  shuncha   ol. Yana  bitta  olma
oling. Qancha bo‘ldi? Kimda ko‘proq olma bor? Kimda kamroq?» yoki «Zuhra, 3
ta koptok ol.  43Iroda, sen ham shuncha ol. Rustamga 1 ta koptokni ber. Qancha koptok qoldi?
Kimda ko‘proq? Kimda kamroq?» 
Oldingi va keyingi sonlarni atash:
1.   O‘qituvchi   sinf   doskasiga   5   sonini   yozadi.   Bolalarga   murojaat   qilib
so‘raydi: «Bu yerda 5 sonidan oldin qanday son bor?» «Bu yerda 5 sonidan keyin
qaysi son bor?» 
  2. Sonlar quyidagicha ketma-ketlikda yoziladi: 3, 4, 5…, 7…, 9.
O‘qituvchi   bo‘sh   joylarni   ko‘rsatib,   o‘quvchilardan   tushirib   qoldirilgan
sonlarni aytib berishlarini so‘raydi.
3. Misollarni yechish.
3+1    4 + □ =5   5-1    6 - □ =5
4.O‘tgan   va   ertangi   kun   sanasini   aytish.   Vazifa:   “ Bugun   qanday   kun? ”
“ Kecha qanday kun edi? ” ,   “ Ertaga qaysi kun bo‘ladi? ”   Bu kabi mashq o‘nlikning
barcha sonlari o‘rganib bo‘lingach bajariladi.
O‘qituvchi sonlarni o‘rgatish ped-texnologiyasida har xil o‘yinli metodlarni 
qo‘llashi maqsadga muvofiq sanaladi.Chunki boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida 45 
minut davomida diqqatini barqaror ushlab turish qiyin hisoblanadi.Ularda darsga 
nisbatan zerikish,charchash,mavzuga quloq solmay qo‘yish holatlari tez-tez 
kuzatiladi.Shu sabab o‘quvchilarning diqqatini ko‘proq ushlab turish,ularga 
mavzuni qiziqarli tarzda tushuntirib berish hamda o‘tilayotgan darsning bolalar 
ongida yaxshi anglanilishi va xotirasida uzoq muddatga saqlanib qolishi uchun 
o‘yinli metodlar o‘tkazish tavsiya etiladi.Quyida shu metodlarni keltirib o‘taman:
”Koinotga parvoz”,Sinf o‘quvchilari uchta ekipajga bo‘lib chiqiladi.Har bir 
ekipajning raketasi bo‘lib,unga topshiriqlar yozilgan kartochkalar 
qo‘yiladi.Topshiriqlar soni har bir ekipaj a’zolarining soniga bog‘liq bo‘lishi 
kerak.Topshiriqlar o‘quvchilar o‘rgangan mavzu asosida,yani kartochkada biror 
son yozilib undan oldin keluvchi sonni toping,3 sonining tarkibini yozing,sonlar 
ketma ketligini to‘g‘ri joylashtiring,sonlarning juftini ayting,7 sonidan keyin 
keluvchi sonni toping,uchga birni qo‘shing,o‘ndan ikkini ayiring,taqqoslang va shu
kabi mashqlarni bajaradi.Topshiriqni birinchi bo‘lib bajargan ekipajning raketasi  44koinotga1- parvoz qiladi.(II.12.50)
 Shu hamda shu kabi o‘yinlarni olib borish mavzuni tushuntirish 
texnologiyasida                                                                                     o‘quvchilarga 
ta’lim berish,har bir o‘quvchiga o‘zining kuchini sinab ko‘rish imkonini 
beradi.O‘qituvchiga esa bolalarni toliqtirmay,aksincha ularning shaxsiy 
qobiliyatlarini shakllantirgan holda o‘qitish imkoniyatini beradi.
 Bolalarni o‘ylashga,masalaning,voqea-hodisaning mohiyatiga chuqur 
kirib borishga o‘rgatadi.O‘qituvchisining so‘ziga va xatti-harakatlariga diqqat-
e’tiborini oshiradi,o‘quv-tarbiyaviy jarayonining faol ishtirokchisiga  
aylantiradi.Zero bolalarning fikr mustaqilligi nazariy materialni amaliy faoliyat 
bilan bog‘lash mahorati,ularning boshlang‘ich maktabda qanchalik 
ongli,ijodiy,ishtiyoq bilan o‘qishlariga bog‘liqdir.Bu o‘yinlar orqali 
o‘quvchilarning bilimlarini takomillashtirish,fanlararo bog‘lanish tarbiyaviy ishlar 
bilan olib boriladi.
2.2 11 dan 20 gacha bo‘lgan sonlar va ularning tarkibini o‘rgatish
texnologiyasi
10 ichida qo‘shish va ayirish amalini bajarish usullarini bilish, keyinchalik esa
100 ichida ham qo‘shish, ham ayirish amallarini bajarish dastur talabi sanaladi. 
Bolalar sonlarni tarkibiy qismlarga ajrata olish ko‘nikmasini egallab olsalar, 
qo‘shish va ayirish amallarini samarali bajara oladilar. Ko‘pincha o‘quvchilar bir 
sonni ikki qo‘shiluvchi yig'indisi sifatida ko‘z oldiga keltira olmaydilar. Ular 
barmoqlar yoki cho‘plar yordamida sanay boshlaydilar va bu kelgusi o‘quv 
jarayonini tormozlaydi. Boshlang'ich sinf o‘quvchilarining ko‘p xatolari o‘n 
ichidagi sonlar tartibini yaxshi egallab olmaganligidan kelib chiqadi. Buning uchun
aynan shu material ustida ishlashga e'tibor berish darkor.
2, 3, 4, 5 sonlari tarkibi bilan o‘quvchilar ularning har birini o‘rganib 
chiqqanlarida tanishadilar. Qolgan sonJarga nisbatan bu ish boshqacharoq tashkil 
etiladi, ularni o‘rganish jarayonida sonlarning faqat bir necha tarkibi ko‘rsatiladi. 
Qolganlari keyinchalik «qo‘shish» va «ayirish» mavzusida maxsus misollar orqali  45ko‘rsatiladi.
Sonlarning predmetli tarkibi bilan o‘quvchilar amaliy darslarda tanishadilar. 
Birguruhni kichikroq bo‘lgan bir nechta guruhga ajratish, predmet guruhlarini 
birlashtirish (gullardan guldasta hosil qilish asosida o‘quvchilarda bir sonni boshqa
soniar yig'indisi sifatida tasawur qilish ko‘nikmasi shakllanadi.
Amaliy o‘quv darslarida olingan bilimlar matematika darslarida tizim 
shakliga keltiriladi. O‘quvchilar sonni tarkibiy qismlarga ajratish mashqlarini 
bajaradilar.
Sonlarning tarkibini o‘rganishda: 
 1. Guruh-guruh qilib joylangan predmet yoki ularning tasvirlarini sanash. 
Aytaylik, terma taxtachada 4 ta va 2 ta doira bor, pastida 3 va 3, yana pastrog'ida 2,
2 va 2 doira bor. O‘quvchilar har bo‘linmada qancha doira borligini sanab, 
aytadilar:  “ 6 — bu 4 va 2 ” ,  “ 6 — bu 3 va 3 ” ,  “ 6 — bu 2, 2 va 2 dir ” .
2. Berilgan songa mos bo‘lgan predmet guruhlarini to‘plash. 
O‘qituvchi ko‘rsatmasi bilan o‘quvchilar, 4 ta kubchani bir yerga yig'adilar va
uni guruh-guruh qilib joylashtiradilar. Keyin o‘qituvchi yana to‘rtta kubchani olib, 
ularni boshqacha tarzda joylashtirishni taklif qiladi. Ish shu tarzda to variantlarning
barchasi yoki aksariyat qismi bajarilgunga qadar davom ettiriladi. Nihoyasida 
xulosa qilinadi:
“4  - bu 1, 1, 1 va 1; 2 va 2; 3 va 1: 1 va 3; 2, 1 va 1 va hokazo” Bu kabi  
mashqlar bolalarda 100 ichida sonlar bilan arifmetik amallar bajarishida qo‘l 
keladi.
Hozirgi kunda boshlang‘ich sinf matematikasida “yuzlik” sonlarni o‘rgatish 
birinchi sinf matematikasining birinchi va ikkinch qismida,ya’ni ikkinchi chorakda
o‘nlik mavzusining davomi sifatida o‘rgatilmoqda.Bunda yuzlik sonlarni o‘rganish
bilan bir qatorda oddiy masalalarni yechish,bir nechta savolli masalalarni yechish 
ustida ham ish olib boriladi. Yuzlik sonlari quyidagicha o‘rganiladi: birinchi bo‘lib
ikkinchi o‘nlik sonlari (11, ..., ..., 20), keyin esa qolgan sonlar o‘rganiladi. 
Bu jarayonda o‘quvchilarda ikki xonali sonlar,o‘nliklar,birliklar tushunchalari
shakllantiriladi. 46Ikki xonali sonlar ikkita raqam bilan yoziladi.Birinchi raqam sonda 
nechta o‘nlik,ikkinchi raqam esa sonda nechta birlik borligini ko‘rsatadi.Har 
bir raqamning sondagi o‘rni xona deb ataladi.
10+3=13
1-o‘nliklar xonasi,3-birliklar xonasi.
                                O‘nliklar                       Birliklar
11-o‘n bir               ■■■■■■■■■■                □
12-o‘n ikki             ■■■■■■■■■■               □□
13-o‘n uch.            ■■■■■■■■■■               □□□
14-o‘n to‘rt            ■■■■■■■■■■               □□□□
15-o‘n besh            ■■■■■■■■■■               □□□□□
16-o‘n olti              ■■■■■■■■■■               □□□□□□  
17-o‘n yetti            ■■■■■■■■■■               □□□□□□□
18-o‘n sakkiz         ■■■■■■■■■■               □□□□□□□□
19-o‘n to‘qqiz        ■■■■■■■■■■               □□□□□□□□□
20-yigirma             ■■■■■■■■■■               □□□□□□□□□□
O‘quvchilar   o‘nliklar,birliklar,xona   tushunchalari   haqida   tasavvurlarga   ega
bo‘lgandan   so‘ng   sonlarning   hosil   bo‘lishi   haqida   bilimlarga   ega   bo‘lib
boradilar.Ya’ni     11   sonini   hosil   qilish   uchun   o‘ng   qo‘lingizga   10   ta   qizil   qalam
oling,endi esa chap qo‘lingizga 1 ta yashil qalam oling,jami qalamlar soni nechta
bo‘ldi.Bu yerda 11 soni nechta o‘nlikdan va nechta birlikdan tashkil
topgan?O‘quvchilarga shu kabi predmetli savollarni ko‘rsatish bilan murojaat
qilinadi.Buning   natijasi   esa,bolalar   o‘zlari   bajargan   amalish   ishlar   jarayonida
sonlarning hosil bo‘lishi,bu bilan birga ular ustida amallar ham bajaradilar.
Alohida ikki xonali sonlar (11, 12, 13, 14 va hokazo) bilan tanishish predmetli
amaliy   ta’lim   darslarida   boshlanadi,   chunki   buyumlarni   yasash   jarayonida   ularni
kiritish   zaruriyati   seziladi.   Ushbu   narsa   quyidagicha   hosil   bo‘lishi   mumkin.
O‘yinchoq   mebellarni   yasashga   bag'ishlangan   darsda   o‘qituvchi   materialni
tarqatishdan   avval   navbatchidan   ish   uchun   qancha   plastilin   qutisi   olinishi
kerakligini   aniqlab   oladi.   Navbatchi   bolalarni   sanay   boshlaydi,   biroq   10   ga   yetib 47to‘xtab   qoladi.   Shunda   o‘qituvchi   yordam   berib:   “Yana   qancha   bola   qoldi?”   deb
so‘raydi.   “ Ikkita ”   degan   javobni   olgach,   u   davom   ettiradi   va   “ Bolalar   10   ta   va   2
tadir — o‘n ikkitadir ”  deb aytadi. Bu sonni o‘qituvchi raqam va so‘z bilan doskaga
yozadi.   Keyin   navbatchiga   12   ta   plyonkani   olib   tarqatishni   buyuradi.   Keyingi
darslarda ham shunga o‘xshash topshiriqlar beriladi.  Yuqorida aytib o‘tganimizdek
“ o‘nlik ” , xona, xona birligi, 2 xonali sonlarni o`qish va yozish qoidalari, son bilan
raqam   farqi,   sonlarni   biriktirish   orqali   qo`shish   va   ayirish   amallari   o‘quvchilarga
tushuntirilgandan   so‘ng ularda anchagina ko‘nikmalar   paydo bo‘ladi. 100 ichida
sonlarni nomerlashni o`rganishda o`qituvchining vazifasi:
-o`quvchilarga predmetlarni bittalab va guruhlab sanashga o`rgatish;
-100 ichida sonlarni o`qish va yozishga o`rgatish;
-o`ngdan   chapga   hisoblaganda   birliklar   va   o`nliklar   qaysi   o`ringa
yozilishini o`rgatish;
-u    yoki bu xona birliklari yo`qligini qanday belgilashni ko`rsatish;
-birinchi   va   ikkinchi   xona   birliklari,   xona   soni,   xona
qo`shimchalarining   yig`indisi,   bir   xonali   sonlar,   ikki   xonali   sonlar   kabi   yangi
tushuncha va terminlarni o`quvchilar o`zlashtirib olishlariga erishish kerak.
20   gacha   bo`lgan   va   21-100   gacha   ikki   xonali   sonlarni   nomerlash   bir-biriga
printsipial   o`xshash:   bu   sonlarni   og`zaki   va  yozma   nomerlash   sanoqda   birliklarni
o`ntalab   guruhlashga   va   sonlarni   yozishda   raqamlarning   o`rin   qiymatlari
printsipiga   asoslanadi.   Shu   sababli   ikkinchi   o`nlik   sonlarining   o`nli   tarkibini
o`zlashtirish   va   bu   sonlarni   yoza   olish   ishi   100   ichida   sonlarni   o`rganishga
tayyorgarlik bosqichi bo`lib xizmat qiladi. 
11-20   va   21-100   sonlar   bilan   tanishtirish   quyidagicha   reja   asosida
amalga oshiriladi; 
-tayyorgarlik ishi
-og`zaki nomerlash
-yozma nomerlash  o‘rganiladi. (II.7.46)
11-20   sonlarni   nomerlashni   o`rganishdagi   tayyorgarlik   ishi   «O`nlik»
mavzusini   takrorlashda   o`tkaziladi.   Shu   maqsadda   narsalarni   10   dan   oshirib 48sanashga   doir   mashqlar   (11,12…..)     shuningdek   narsalarni   guruhlab   sanash
(juftlab)   kiritiladi.   Bunday   mashqlar   o`quvchilarni   birinchi   o`nlik   sonlaridan
tashqari   ham   sonlar   mavjud   ekanligiga,   ularni   ko`pligiga,   ularni   belgilash,   atash,
hosil   bo`lish,   qatorida   kelish   tarkibida   bolalarga   tanish   bo`lgan   sonlar   orasida
ma'lum o`xshashlik borligiga ishontiradi.
2-o‘nlik   sonlarni   og`zaki   nomerlashni   o`rganishni   10   haqidagi   tushunchani
shakllantirishdan boshlanadi. Bolalar cho`plardan 10 tadan  qilib bog`lab, 10 ta bir
bitta   o‘nlikni   hosil   qilishini   ko`radilar.   So`ngra   ular   o`ntalik   cho`plarni   sanash
mashqlarini,o`nliklarni   qo`shish   va   ayirishni   bajaradilar   (2o`n+3o`n=5o`n,   7o`n-
3o`n, 4o`n-2o`n). Shunday mashqlar asosida o`quvchilar o`nliklarni oddiy birliklar
kabi  sanash, qo`shish va ayirish mumkin ekan, degan xulosa chiqarishadi.  
So`ngra  11-20  sonlarining hosil bo`lishiga doir ishlar bajariladi.
10 ta bog'langan cho‘pga 1 ta cho‘p qo‘shiladi, umumiy soni  aytiladi — 11,
doskaga yoziladi. Yana 1 ta cho‘p qo‘shiladi, umumiy soni topiladi — 12, doskaga
yoziladi va aytiladi. Shunday qilib, 20 sonigacha 1 tadan qo‘shib boriladi. Keyingi
10 ta cho‘p bog'lanib, 2 ta o‘nlik hosil bo‘lgani aytiladi va 20 soni yoziladi.
Sanoq ko‘nikmalarini hosil qilishda o‘quvchilar predmetlarni yoki birliklarni
qo‘shib   sanash   usulini   qo‘llashlari   lozim.   Chunki   o‘quvchilarning   ayrimlari   bu
yerda ham  1 dan yoki  10 dan boshlab  qayta sanash  usulini  ishlatishga  urinadilar.
Topshiriqlar quyidagi so‘zlashuv shaklida beriladi: ... dan sanang, ... gacha sanang;
... 
dan ... gacha sanang; 1 tadan sanang, 9,10, ..., 1 tadan sanang: 
17,16, ...; 2 tadan teskari tartibda sanang: 13,15,...; 2 tadan sanang: 19,17, ....
Mashq:  10 ta cho`pni sanang, sizda qancha cho`p borligini boshqacha
qanday atash mumkin? (1 o`nlik). Cho`plarni bog`lang, ustiga bitta cho`p qo`ying.
Hammasi   qancha   bo`ldi   (11)   11   sonda   nechta   o`nlik   va   nechta   birlik   bor?
Navbatdagi   sonlar   ustida   ishlash   ham   shunga   o`xshash   olib   boriladi,   bunda
o`quvchilar   2-o`nlik   sonlarining   o`nlik   tarkibi   va   sanoqdagi   tartibini
o`zlashtiradilar.
Uzunliklarni   o`lchashning   yangi   birligi   -   dm   bilan   tanishish,   kesmalarni   sm 49va   dm   bilan   o`lchashga   oid   mashqlar   ikkinchi   o`nlik   sonlarni   nomerlashni
o`zlashtirishga yordam beradi. Ikki xil o`lchov birligi bilan o`lchash o`quvchilarga
sonlarning o`nlik va birliklarda hosil bo`lishini o`zlashtirishga yordam beradi: agar
kesmaning   uzunligi   1   dm   3   sm   bo`lsa,   demak   unga   bir   o`nlik   sm   va   yana   3   sm
sig`adi degan so`zdir.
O‘g`zaki nomerlashni o`rganishda, so`ngra yozma nomerlashda sonlarni xona
qo`shiluvchilariga   ajratishga   keltiriladigan   qo`shish   va   ayirish   hollari   qaraladi.
(10+7,    18-10, 15-5). 10 dan katta sonlarni   yozma nomerlash   sanoqda birliklarni
o`nlik   guruhlashga   va   raqamlarning   o`rin   qiymatlari   printsipini     qo`llanishga
asoslangan:   o‘ngdan   chapga   qarab   sanalganda   birliklar   birinchi   o`ringa,   o`nliklar
ikkinchi o`ringa  yoziladi.
Sonlarni   yozish   malakasini   mustahkamlash   uchun   individual
qo`llanmalarning           ustiga   «o`nlik»,   «birlik»     lar   yozilgan   xonalar   jadvaldan,
shuningdek  ikki  qator  so`rilma raqamlari  bo`lgan  jadvaldan foydalanish  mumkin.
Bunda og`zaki nomerlash ham takrorlanadi.
11-20 sonlarni o`rganishda o`quvchilar  bir xonali son, va ikki xonali
son  terminlari bilan tanishtiriladi.   Misol:Sonlar qatoridan oldin bir xonali keyin
ikki xonali sonlarni ajratib yozing(2,13,8,17,5,6,18,14,12,16)
Shu   bilan   bir   qatorda,   sonlarning   tartib   va   miqdor   mazmunidagi   farqni
ajratishga   qaratilgan   quyidagi   mashqlar   ham   olib   boriladi:   “12   ta   kattakni   ajratib
ko‘rsating.   12-kattakni   qizil   rangga   bo‘yang.   11   ta   daftami   oling,   Rustamga   11-
daftarni bering” va hokazo. 
Tartib son bilan bogliq boigan iboralarga alohida e’tibor qaratiladi. 
Chunki uni o‘zlashtirishda bolalar katta qiyinchilikka duch keladilar. 
1-sinf   yakuniga   kelib,   bolalar   “Nechta?”   va   “Sanoq   bo‘yicha   nechanchi?”
kabi savollari farqlay olishlari kerak. Bu savollarga javobni ham to‘liq, ham qisqa
shaklda   bera   olishlari   lozim.   Masalan:   «Hozir   sanoq   bo‘yicha   nechanchi   dars?»
savoliga “Beshinchi” yoki “Hozir beshinchi dars” degan javob beriladi.
Ikkinchi   o‘nlik   sonlarini   o‘rganishda   o‘quvchilar   birinchi   bor   sonlarni   xona
birlik l ari   qo‘shiluvchilariga   ajratish   holati   bilan   yuzlashadilar.   Bu   bilimlar   ikki 50xonali sonlarni yozma raqamlash va hisoblash usullarini egallashda yordam beradi.
Ikki turdagi mashqlar bajariladi: sonni xona birlikiari qo‘shiluvchilariga ajratish va
sonni   ular   yordamida   nomlash.   Ikki   holatda   ham   ish   predmetlar   yoki   ularning
tasvirlari yordamida olib boriladi. O‘qituvchi quyidagi topshiriqlarni beradi: “14 ta
cho‘pni oling. Nechta o‘ntalik cho‘p bor? Nechta alohida cho‘p bor?” yoki “10 ta
cho‘pni oling. Yana 2 ta cho‘pni oling. Hammasi bo‘lib nechta cho‘p bo‘ldi? Sonni
yozing”,   “13   ta   doirani   chizing.   Nechta   o‘nlik   doira   bor?   Nechta   alohida   doira
bor?”,yoki “12 sonida nechta o‘nlik bor? 12 sonida nechta birlik bor.”,”Sonda bitta
o‘nlik va 2 ta birlik bor? Bu qanday son?”
Raqamlashni  ko‘rib chiqish bilan birgalikda avval o‘tilgan materiallar ustida
ish olib boriladi.
1.   10   ichida   o‘zlashtirilgan   bilimlar   rivojlantiriladi   va   mustah   kamlanadi
(raqamlash, tarkib, taqqoslash va hokazo).
2.  10   ichida  sonlarni   qo‘shish   va   ayirish   ko‘nikmalari   mustahkamlanadi.   Bu
maqsadda  turli  xil  mashqlar  kirtiladi, bunda  ayirish  va qo‘shish  amalida  biror  bir
komponent yoki natija 0 ga teng bo‘lishiga katta e’tibor beriladi.
3.   Qo‘shish   va   ayirish   amallarida   komponentlar   va   natijaning   o‘zaro
bog'liqligi   haqidagi   bilimlar   mustahkamlanadi.   Shuningdek,   qo‘shish   va   ayirish
amallari   komponentlarining   o‘zaro   bog'liq   tomonlarini   ochib   beruvchi   mashqlar
beriladi:
a) ikkita qo‘shiluvchining yig'indisi har bir qo‘shiluvchidan kichik emas;
b) kamayuvchi ayriluvchidan kichik emas.
Bundan   tashqari   O   ‘nlikdan   o‘tib   qo‘shish   va   ayirish   amallarini   bajarish
hisoblashning eng murakkab usullaridan sanaladi. Bunda o‘quvchilar o‘zlashtirgan
ko‘niknialardan   farq   qiluvchi   bilimlar   talab   etiladi.   Ular   bir   xonali   sonlarni   ikki
qo‘shiluvchiga   shu   tarzda   ajratishlari   kerakkki,   bunda   qo‘shiluvchilardan   biri
birinchi   sonni   10   gacha   to‘ldirib   turishi   lozim.   Masalan:   13+   2   misolini   ko‘rib
chiqamiz.   Uning   yechimi   bolalarda   13   sonini   xona   birliklari   yig'indisiga   ajratish
ko‘nikmasining mavjudligini talab qiladi. 
Shuningdek, birliklarga birlikni  qo‘shish va hosil  bo‘lgan birliklar miqdorini 51o‘nlikka qo‘shishni bilish kerak.
2.3  21 dan 100 gacha bo‘lgan sonlarni o‘rgatish texnologiyalari
Son   tushunchasini   shakllantirishning   keyingi   bosqichida   21   dan   100   gacha
bo‘lgan sonlari o‘rganiladi. Bu sanoq birligini hisoblash o‘nlikni ko‘rib chiqishdan
boshlanadi.   O‘quvchilarga   10   ta   birlik   1   ta   o‘nlikni   hosil   qilishi   ma'lum   hodisa.
Avval   boshdan   o‘quvchilarning   o‘nlik   haqidagi   tushunchalari   aniqlanadi.   Bu
maqsadda   ularga   quyidagi   mazmunga   ega   bo‘lgan   mashqlar   beriladi:   “10   ta
cho‘pni ko‘rsating. O‘ntalik cho‘pni ko‘rsating ” ;  “ Bitta o‘ntalik cho‘pni ko‘rsating.
Bitta   cho‘pni   ko‘rsating”.   Keyingi   darslarda   o‘nliklarni   to‘g'ri   va   teskari   tartibda
sanash   va   ularni   taqqoslash   eslatiladi.   Shu   o‘rinda   “ Birinchi   o‘nlik   sonlarini
o‘rgatish   texnologiyasi ”   da   ko‘rsatilgan   mashqlar   bajariladi.   Mashqlarning
bajarilishida   bolalar   tomonidan   avvalroq   o‘zlashtirilgan   so‘zlashuv   materiali,
shuningdek,   “O‘nliklar   bilan   sanang”   ko‘rsatmasi   ham   ishlatiladi.   Misollar   oldin
amaliy topshiriqlarni bajarish asosida yechiladi. Masalan, shartda ko‘rsatilgandek,
“ Ikkita   o‘nlik   cho‘pni   oling.   Yana   uchta   o‘nlik   cho‘pni   oling”   kabi   topshiriqlar
bajartiriladi   yoki   “Hammasi   bo‘lib   qancha   cho‘p   bor?”   savoliga   javob   tariqasida
quyidagi   misol   tuzilib   yechiladi:   2   o‘nli.   +   3   o‘nli.   =5   o‘nli.   O‘nliklarga
ajratilmagan   predmetlarni   qayta-qayta   sanash   ham   foydalidir.   Masalan,   1   to‘p
daftarning   sonini   aniqlash   uchun   o‘quvchilar   uni   avval   o‘nliklarga   ajratib
guruhlaydilar. Mazkur mashqlar nafaqat raqamlashni mustahkamlash uchun, balki
bolalarga   yangi   sonlarning   amaliy   mohiyatini   ochib   berish   uchun   ham   juda
foydalidir. O‘qituvchi shu narsaga e'tiborini qaratishi lozimki, bolalarda bir o‘nlik
(cho‘plardan,   doiracha   va   hokazodan)   bilan   bir   o‘rtasida   muayyan   farqlar   borligi
haqida aniq tushuncha hosil bo‘lsin.
O‘nlik   bilan   amallar   bajarishga   bag'ishlangan   mashqlar   bolalarni   yaxlit
sonlarni   raqamlashga   o‘rgatadi.   Ya'ni   ularni   so‘zlashuv   va   raqamli   ifodalar   bilan
tanishtiradi.   Tushuntirishni   cho‘p   bog'lamlari   yordamida   ko‘rsatish   qulay.
O‘qituvchining: «Bitta o‘nlik cho‘pni oling» topshirig'iga binoan o‘quvchilar o‘nta 52cho‘pni  sanab  chiqadilar  va  ularni   bog'lamga  bog'laydilar.  Doskada:  “1  o‘nlik  —
10   (o‘n)   dir”   deb   yoziladi.   Yana   o   ‘nta   cho‘p   sanab   ajratiladi.   “Hammasi   bo‘lib
qancha o‘nlik to‘plami bor? Hammasi bo‘lib qancha cho‘p bor?” savollariga javob
olgach,   o‘qituvchi   yozuvni   davom   ettiradi:   2   o‘nlik   —   20   (yigirma)   deb   yozadi.
Xuddi shu tarzda 30, 40, 50, ..., 100 sonlari hosil qilinadi. Ko‘pchilik o‘quvchilar
40   dan   keyingi   sonlarni   tanimaydilar.   Shunga   qaramay,   o‘qituvchi   har   safar
“Qancha o‘nlik cho‘plari bor?”   savoli  bilan bir qatorda “Hammasi  bo‘lib qancha
cho‘p   bor?”   savolini   berib   boradi.   Bolalarga   yordam   berish   maqsadida   u
o‘quvchilar   diqqatini   son   nomlarining   kelib   chiqish   tamoyiliga   qaratadi:   “2   ta
o‘nlik — yigirma, 3 ta o‘nlik — o‘ttiz, 5 ta o‘nlik — ellik, 6 ta o‘nlik — oltmish
va   hokazo”.   Son   nomlarini   yodlashda   qiyinchilik   sezmasliklari   uchun   bolalarga
ko‘mak sifatida jadval osib qo‘yiladi. Unda har bir son raqam va so‘z ifodasi bilan
birga   aks   ettirilgan   bo‘ladi.   Shuningdek,   cho‘plarga   mos   keladigan   miqdoriy
tasvirlar chizilgan bo‘ladi. Didaktik material (cho‘plar bog'lami. tasmali o‘nliklar,
arifmetik   qutidagi   bo‘laklar,   cho‘tlar)   yordamida   sanash   amali   bajariladi   va
raqamlash mustahkamlanadi. Cho‘t bilan ishlash (20 ichidagidek) didaktik material
yordamida   amalga   oshiriladigan   mashqlardan   unchalik   farq   qilmaydi.   Mashqlar
ko‘rgazmaga tayanmagan holda ham bajariladi. Ularga quyidagilar kiradi:
a) ... dan ... gacha bittalab sanang;
b) ... dan ... gacha o‘ntalab sanang;
d) sonlarni raqamlar bilan yozing;
e) sonlarni so‘z bilan yozing.
Natural   sonlar   qatorida   sonlarning   joylashuvi   haqidagi   bilimni
mustahkamlash uchun mashqlar bajariladi.
1. Kelgusi va oldingi yaxlit sonni nomlash: masalan, 40 soni yoziladi, undan
keyin va oldin turgan barcha yaxlit sonlarni topish topshiriladi.
2. Bo‘shliqlarni to‘ldirish: masalan, 20, ..., 40, ..., 60.
3.   Sonlarni   taqqoslash.   Mashq   o‘qituvchi   ko‘rsatmasiga   binoan   amaliy   ish
yordamida   bajarilishi   mumkin.   Masalan:   “ Anvar,   30   ta   cho‘pni   ol.   Rustam   40   ta
cho‘pni   ol.   Kimning   cho‘plari   ko‘p?   Kimniki   kam? ”   sonlarni   taqqoslash 53predmetlar   tasvirini   ko‘rib   chiqish   yordamida   ham   amalga   oshiriladi.   Nihoyat
sonlarni   ko‘rgazmali   qo‘llanmaga   tayanmagan   holda   ham   taqqoslash   mumkin.
Masalan: 
“ Aytingchi, qaysi son katta: 20 mi yoki 40 mi? ”  yoki  “ Qaysi sonlar teng: 3
o‘nl., 50, 30? ”  Taqqoslash natijasi katta (>), kichik (<) va teng (=) kabi belgilar
yordamida   yoziladi.Ikki   xonali   sonlarni   taqqoslash   ulardagi   o‘nliklar   sonini
taqqoslash bilan boshlanadi.Qaysi sonda o‘nliklar ko‘p bo‘lsa,shu son katta son
hisoblanadi.Agar o‘nliklar soni teng bo‘lsa,unda birliklar soni taqqoslanadi. Bu
mashqlar   qo‘shish   va   ayirish   amallariga   bag'ishlangan   bo‘lib,   oxiri   0   bilan
tugaydi (masalan, 40+20, 80—10). Dastlabki paytlarda ko‘rgazmali materialdan
foydalaniladi. Yaxlit sonlar aksariyat  hollarda 11, ..., 20 sonlari bilan aralashib
ketishi  sababli  ularni  ham  yuzlik sonlarni o‘rganish mashqlariga kiritish kerak.
Misol tariqasida cho‘tda 14 va 40 sonlarini ko‘rsatish topshiriladi.
Yaxlit sonlardan so‘ng qolgan sonlar ham o‘rganiladi. Tushuntirishni cho‘plar
yordamida   olib   borish   qulay.   O‘qituvchi   stolida   va   o‘quvchilar   partalarida   100
tadan ko‘p cho‘p qo‘yiladi; 2 ta o‘nlik bog'lam shaklida bog'lanadi. O‘qituvchining
«2 ta o‘nlik cho‘pni oling» topshirig'iga ko‘ra bolalar 2 ta o‘nlikni olishadi; ularga
bittadan   cho‘p   qo‘shib   natijada   hosil   bo‘lgan   sonlarga   mos   keladigan   nomlarni
aytadilar:   21,   22,   23,   ...,   29.   Ba’zi   sonlar   nomini   bolalar   sanash   jarayonida   bilib
olishadi;   nom   a'lum   sonlarni   o‘qituvchi   aytib   beradi.   Nihoyat,   bolalar   yana   bitta
cho‘pni   qo‘yib,   3-o‘nlikni   hosil   qiladilar,   uni   ham   bog'lamga   bog'laydilar   va   30
soni nomini aytadilar. Ish jarayonida o‘qituvchi doskaga 21, 22, ..., 30 sonlarining
raqam va so‘z shaklini yozib beradi. Shu tariqa sanoq 50 gacha davom etadi. 
31,...,   50   sonlarini   bolalar   uchinchi   o‘nlik   sonlariga   o‘xshash   tarzda
nomlaydilar. Keyingi darsda esa sanoq 100 gacha olib boriladi.
Ikkinchi   o‘nlik   sonlarini   o‘rganishda   bajarilganidek,   bu   sonlarda   ham   sanoq
ko‘nikmalari,   raqamlash,   sonlarni   taqqoslash   va   ularni   xona   qo‘shiluvchilariga
ajratish kabi amaliy mashqlarda mustahkamlanadi.
Alohida   e   ’tibor   o‘nlikdan   o‘tish   holiga   qaratiladi.   Aksariyat   hollarda
bolalarning   quyidagicha   sanashlarini   uchratish   mumkin:   “O‘ttiz   to‘qqiz,   o   'ttiz   o 54'n”.   Ko‘rgazmali   qo‘llanmalar   yordamida   o‘qituvchi   birliklarning   o‘ntalab
guruhlarga   bo‘linishini   ko‘rsatib   beradi,bunda   sonlar   muayyan   nomlarga   ega
bo‘ladi: yigirma,o‘ttiz,qirq... 
Birliklarning   o‘ntalab   guruhlarga   bo‘linishi,   cho‘tlarda   sanagan   vaqtda
yaqqol ko‘zga ko‘rinadi.
Sonlarning   natural   qatordagi   xususiyatlari   ko‘rib   chiqilganda   va   bilim
mustahkamlanganda   qog'ozli   tasma   (uzunligi   lm   )dan   foydalaniladi.   Bu   tasma
sm   va   dm   larga   bo‘linib,   qayerda   qaysi   son   joylashgani,   qaysi   sondan   keyin
qaysi   son   kelishi   va   aksincha,   qaysi   son   qaysi   sonlar   o‘rtasida   joylashganini
yaqqol ko‘rsatib turadi. 
Bu  tasma   son  tarkibini   ko‘rsatish,   qaysi   qo‘shiluvchilardan  tashkil   topganini
aniqlash va sonlarni taqqoslash am allarini bajarishda juda qulay, teskari sanoqda
yuzaga   keladigan   qiyinchiliklarni   ko‘rgazmali   qo‘llanmalar   yordamida   bartaraf
qilish mum kin. 
O'quvchilarning   sonlarning   natural   qatori   haqidagi   bilimlarini
mustahkamlashda   guruh   bo‘lib   sanash   uchun   tangalar   modelidan   foydalaniladi.
Predmetlarga tayanmagan holda mashq zanjir shaklida tashkil etiladi. Misol uchun,
sanoq 32 dan 46 gacha 2 tadan qo‘shib bajariladigan bo‘lsa, birinchi o‘quvchi 34
deydi, boshqasi — 36 va 46 gacha shu tariqa davom etadi.
O‘nlik sonlarni mustahkamlash uchun ikki turdagi mashqlar bajariladi.
1. Sonni xona qo‘shiluvchilari yordamida tuzish. Masalan:   “ 2 o‘nlik cho‘pni
qo‘ying.   3   ta   cho‘pni   qo‘ying.   Hammasi   bo‘lib   qancha   cho‘p   bo‘ldi?”   yoki   “3
o‘nlik va 4 birlikdan tashkil topgan sonni ayting”.
2. Ikki xonali sonni  o‘nliklar va birliklarga ajratish. Masalan:   “ 38 ta cho‘pni
qo‘ying. Qancha o‘nlik? Qancha birlik?” yoki “34 sonida qancha o‘nlik va qancha
birlik   bor?”   Bu   mashq   jarayonida   ikki   xonali   sonning   yaxlit   va   bir   xonali   son
ko‘rinishidagi yozuvi o‘rgatiladi: 38=30+8.
O‘quvchilar   sonlarni   taqqoslashni   quyidagi   mashqlar   yordamida
o‘zlashtiradilar.
1.   Sonlarni   ularga   mos   bo‘lgan   predmetlar   to‘plami   asosida   taqqoslash. 55Aytaylik, 32 va 35 sonlarini taqqoslash kerak. O‘quvchilardan biriga 32 ta cho‘p,
boshqasiga 35 ta cho‘pni olish taklif etiladi. Bir guruh cho‘plarning quyi qismiga
boshqa   guruh   cho‘plari   joylashtiriladi   (o‘nliklar   tagiga   o‘nliklar,   birliklar   tagiga
birliklar).   Ikki   guruhning   cho‘plarini   solishtirib   chiqish   natijasida   xulosa
chiqariladi   va   ular   sonlar   bilan   yoziladi:   35>32.   Bu   tcngsizlikni   boshqachasiga
ham o‘qisa bo‘ladi: 
 32 soni 35 dan kichikdir.
2.   Berilgan   predmetlar   to‘plamidan   katta   yoki   kichik   bo‘lgan   boshqa
predmetlar to‘plami olinadi. Misol uchun: Anvarrning 20 ta cho‘pi bor. Rustamga
ulardan ko‘proq olish taklif etiladi.
3. Oldingi va keyingi sonlarni aytib berish.
4. Berilgan sondan katta va kichik bo‘lgan sonlarni aytish.
5. Bo‘shliqlarni to‘ldirish.
6.   Sonlarni   o‘sib   borish   va   kamayib   borish   tartibida   joylashtirib   chiqish.
Ma’- lumki, natural sonlarning tartibini kar va zaif eshituvchi bolalar qiyinchilik
bilan   o‘zlashtiradilar.   Ular   tartib   teskari   ketma-   ketlikda   berilgan   bo‘lsa,   har
qanday sondan boshlab sonlarning tartibini ayta olmaydilar. Shuningdek, sondan
oldin va keyin turgan boshqa sonlarni aytib berishga ham qiynalishadi.
O‘quvchilarning   ikki   xonali   sonlar   haqidagi   bilimlari   didaktik   o‘yinlar
yordamida   mutahkamlab   boriladi.   Didaktik   o‘yinlar   bolalarda   katta   qiziqish
uyg'otadi.   “Kim   birinchi   sanaydi?”   o‘yini.   Uning   mohiyati   quyidagicha:   Ikki
o‘quvchiga   30   dan   40   gacha   sanab   berish   topshiriladi.   Ikkovlari   sanoqni   bir
paytda   boshlaydilar   va   shu   vaqtning   o‘zida   aytgan   sonlarini   jadval   yoki   sinf
doskasidan topib ko‘rsatadilar. 30 dan 40 gacha bo‘lgan sonlar natural qatordagi
tartibda   emas,   balki   tarqoq   tarzda   joylashtirilgan   bo‘ladi.   Qaysi   ko‘nikmani
shakllantirish   maqsadiga   qarab   sanoq   bittalab   yoki   guruhlab   olib   borilishi
mumkin.
Yuqorida   sanab   o‘tilgan   mashqlarning   ayrimlari   predmetli   amaliy   ta’lim
darslari   tarkibiga   kiritilishi   mumkin.   Ularga   predmetlami   sanash,   predmetlar
guruhlarini   taqqoslash,   predmetlar   guruhlarini   to‘plash   (berilgan   guruhdan   katta 56yoki kichik bo‘lgan guruhlarni) kabi topshiriqlar kiradi.
Misollarni keltirib o‘tamiz: “O‘rik shoxi” mavzusiga oid darsda o‘quvchilar
kim ko‘proq o‘rik yasaganini  va kim  kam o‘rik yasaganini, yana kim teng o‘rik
yasaganini   hisoblab   chiqadilar.   Natija   o‘riklarni   sanab   chiqish   yo‘li   bilan
tekshiriladi.   Mozaikada   gul   shaklini   yasayotgan   bolalar   har   bir   rangdagi
tugmachalardan   qancha   ishlatishgani   va   hammasi   bo‘lib   qancha   tugmacha
ishlatishganini   sanab   chiqadilar.   O‘quvchilarning   raqamlash   va   sonning   xona
birliklari   qo‘shi   luvchilaridan   tarkib   topishiga   doir   ko‘nikmalari   42+1,   43—1,
1+42, 40+6, 6+40, 46— 6, 46— 40 kabi misollarni yechishda asqotadi. 1-guruh
misollarini  yechishda  maxsus  usullarni   bilish  shart   emas,  chunki   ular   raqamlash
bilimlari asosida yechiladi (42+1, 43—1, 1+42). 
Oxirgi   misolda   o‘quvchilar   o‘rin   almashtirish   usulidan   foydalanishadi
(tayyorlov   guruhida   bu   usul   o‘tilgan   edi).   Bir   xonali   son   bilan   yaxlit   sonni
qo‘shish  yoki,  aksincha  holati  (40+6  va  6+40)  oldingi   vaziyatlarda  bo‘lganidek,
birgalikda bajariladi. Ulardan oldin ikki xonali  sonlar tarkibini takrorlash lozim,
chunki   misol   yechimi   deyarli   ikki   xonali   sonni   xona   qo‘shiluvchilariga   ajratib
yozishni taqozo qiladi.
2-guruh   misollari   odatda   bolalarga   qiyinchilik   tug'diradi,   lekin   bu
qiyinchilikni ko‘rgazmali materiallar yordamida bartaraf etish mumkin.
Eng   qiyin   misollar   bu—   oxirgi   ikkita   misoldir.   Ularning   yechimi   sonlar
tarkibini va qo‘shish bilan ayirish o‘rtasidagi bog'lanish haqidagi bilimlarni talab
qiladi. Misolni tushuntirib berishni 46 sonini 40+6 yig'indi bilan almashtirishdan
(didaktik materialda ko‘rsatgan ravishda) boshlash qulayroq. Terma taxtachasiga
4   ta   o   ’nlik   va   6   ta   birlik   cho‘plari   joylashtiriladi.   6   ta   cho‘p   olib   qo‘yiladi   va
amaliy ish-harakat bilan bir vaqtda misol ham yozib boriladi: 46— 6=40. Xuddi
shu   tarzda,   46—   40=6   misoli   ham   tuziladi.   Keyin   esa   35—5   va   35—30   kabi
misollar yoziladi. Ularni yechishdagi izohlar quyidagicha olib boriladi: 
35—5=; 35— bu 30 va 5 (3 ta o ’nlik va 5 ta cho‘p ko‘rsatiladi), 35—5 (5 ta
cho‘p   olib   tashlanadi)   bo‘ladi   30.   O‘quvchilar   bu   kabi   misollarni   yechib,   ikki
xonali   sonlarni   qanday   qilib   xona   qo‘shiluvchilarining   yig'indisi   sifatida 57tasvirlash   mumkinligini   tushunib   oladilar,   agar   qiynalib   qolsalar,   yechimni
ko‘rgazmali materiallardan foydalanib, amaliy harakatlar bilan topadilar.
•20   dan   keyin   keladigan   ikki   xonali   sonlarning   nomi   (yaxlit   sonlardan
tashqari)   ikki   so‘zdan   iboratdir.Masalan:31-o‘ttiz   bir.   Quyidagi   misol   bizga
yordamga keladi:Nomerlarni to‘g‘ri tartibda yozing. 93 87 91 98 89 97 86 94 90
95
  •ikki   xonali   sonlarni   qo‘shish   uchun   birliklarni   birliklarga,o‘nliklarni
o‘nliklarga qo‘shamiz. Misol:
1o‘nl.3birl.+4o‘nl.6birl.
5o‘nl.2birl.+2o‘nl.5birl.
7o‘nl.1birl.+1o‘nl.4birl.
6o‘nl.0birl.+2o‘nl.8birl. (II.9.53)
“  Poyezdcha” metodi
Ushbu metod orqali 1 dan 10 gacha va 11 dan 20 gacha bo‘lgan sonlar ketma-
ketligidagi   sonlarni   to‘g‘ri   tartibda   joylashtirishni     o‘quvchilarga
o‘rgatamiz.Berilgan mashqimiz 2,3,4,5,6 tartibda joylashishi kerak.
333
“Qora quti” metodi
Ta’lim jarayonida mazkur metodni qo llashdan maqsad ― tahsil oluvchilar ʻ
tomonidan mavzuni puxta o zlashtirishga erishish bilan birga ularni faollikka 	
ʻ
undash, ularda hamkorlikda ishlash, ma’lum vaziyatlarni boshqarish hamda 
mantiqiy tafakkur yuritish ko nikmalarini shakllantirishdan iborat. Metoddan 
ʻ
foydalanishda quyidagi harakatlar tashkil etiladi: 
― tahsil oluvchilar juftlikka biriktiriladi; 
― juftliklarga mavzu mohiyatini yorituvchi asosiy tushunchalar (tayanch so zlar, 	
ʻ
sanalar, raqamlar, belgilar va h.k.)ni kartochkalarga qayd etish vazifasi yuklanadi;  3    6   2
   4
5 58― o qituvchi tahsil oluvchilar bilan hamkorlikda guruhlar tomonidan topshiriqningʻ
bajarilishini tekshiradi; 
― topshiriqni to g ri bajargan guruhning bir a’zosi o qituvchi rolini bajaradi va 	
ʻ ʻ ʻ
topshiriqning yechimini yozuv taxtasiga yozadi; 
- sinf tahsil oluvchilari yozuv taxtasida qayd etilgan fikrni sharhlaydi (tayanch 
so zlar, sanalar, raqamlar, belgilar qanday ma’noni anglatishini aytadi); 	
ʻ
―   to g ri   javob   bergan   tahsil   oluvchi   o qituvchi   rolini   bajarib,   juftliklarga	
ʻ ʻ ʻ
mavzu   mohiyatini   yorituvchi   sxema,   jadval   yoki   tasvir   yaratishni   topshiradi   va
o qituvchi yordamida  topshiriqning bajarilishini tekshiradi.	
ʻ 59III BOB    Pedagogik tajriba va uning natijalari
3.1 Tajriba- sinov ishlarini tashkillashtirish va o‘tkazish metodikasi
Biz   malakaviy   ishimizni   yozish   jarayonida   1-sinf   hamda   2-sinf   matematika
darslarida   100   gacha   sonlarni   o‘rgatishdagi   texnologiyalardan   foydalanishga   doir
usullar haqida batafsil to`xtaldik.  Qanday usul va tajribalardan foydalansa samarali
natijalarga erishish mumkin degan masala yuzasidan ilmiy izlanishlar olib bordik.
Ishlab chiqqan usullarimizni Nurobod tumanidagi 35-umumta’lim maktabining   1
“A”-   sinfida   tajribadan   o`tkazdik.   Nazorat   sinfi   etib   mazkur   umumta’lim
maktabining 1 “B”- sinfini tanladik.
Ma’lum   bir   muddat   o`tgach,   har   ikkala   sinf   o`quvchilarining   bilim
saviyasini   solishtirib   ko`rdik.   Bu   boradagi   fikr   –   mulohazalarimizni,
xulosalarimizni, birinchi sinf hamda ikkinchi sinf matematika darslarida 100 gacha
sonlarni   o‘rgatishda   ped-texnologiyalardan   foydalanishning   afzal   tomonlari,
ahamiyati   va   tajriba   davomida   erishgan   yutuqlarimizni   to`la   yoritishga   harakat
qildik. 
Biz   tajriba   –   sinov   jarayonining   boshida,   o‘rtasida   va   oxirida
boshlang`ich sinf o`quvchilarining 1- sinf matematika darslarida 1 dan 10 gacha,11
dan 20 gacha,21 dan 100 gacha sonlar haqida tushunchalarini o`stirish usullaridan
so`ng bilim va ko`nikmalarining shakllanishi hamda o`sib borishini og`zaki savol –
javob,   test   va   yozma   ishlar   tarzida   aniqlash   usullari   orqali   tekshirib,   nazoratdan
o`tkazib bordik.
Tajriba   –   sinov   o`tkazishdan   oldingi   har   ikkala   sinf   o`quvchilarining
ko`rsatkichlari tajriba – sinov o`rtasiga borib tajriba – sinov o`tkazayotgan 1- “A”
sinf   o`quvchilarida   o‘sib   borayotganini,   ularda   ro`y   berayotgan   o`zgarishlarni,
rivojlanib   borayotgan   qobiliyatlarini   va   o`zlashtirish   ko`rsatkichlarini   ko`rib,   bu
borada olib borayotgan ishlarimizni   sidqidildan davom ettira boshladik. Tajriba –
sinov yakuniga borib nazoratga olgan 1 “B” - sinf o`quvchilariga qaraganda tajriba
–   sinov   ishlarini   olib   borayotgan   1   “A”   -sinf   o`quvchilarida     ijobiy   o`zgarishlar
ro`y berganining guvohi bo`ldik. 60                   3.2 Tajriba sinov ishlari tahlili va yakuniy natijalari
  Tajriba – sinov yakunida quyidagi samarali natijaga erishdik:
1. Raqamlar haqida tushunchalar shakllantirildi;
2.   1   dan   10   gacha   bo‘lgan   sonlar   o‘rgatishda   qoniqarli   natijalarga
erishildi;
3. Narsalar   sanog‘i,oldingi   son   keyingi   son   haqida   tushunchalari
rivojlantirildi;
4. Sonlarni   taqqoslash,ko‘p,kam,tengga   oid   bilim   va   ko`nikmalari
shakllantirildi;
5. Matematika fanini boshqa fanlar bilan bog`lab o‘rganish qobiliyatlari
rivojlantirildi;
6. O`quvchilarning fikrlash qobiliyatlari rivojlantirildi;
7. Tafakkur qilish qobiliyatlari rivojlantirildi;
8. Juft son toq son haqida tushunchalari kengaytirildi;
9.  Bilim va ko`nikmalarni egallashga bo`lgan qiziqishlari oshdi;
10. Mashg`ulotlar davomida faol ishtirok etish xususiyatlari rivojlantirildi;
11. O`zlashtarish ko`rsatkichlarining oshirilishiga erishildi;
12. Sonlar   ustida   amallar   bajarish,masalalar   tuzib   yechish   ko‘nikmalari
shakllantirildi;
13. 11   dan   20   gacha   sonlarni   o‘rgatishda   eslab   qolish   ko‘nikmalari
rivojlantirildi;
14. Sonlarning o‘sishi kamayishi haqida tushunchalar kengaytirildi;
15. Bir xonali son,ikki xonali son,natural sonlar haqida bilim ko‘nikmalar
rivojlantirildi;
16. 21   dan   100   gacha   bo‘lgan   sonlar,o‘nliklar,birliklar,guruhlab   sanash
ko‘nikmalari yanada shakllantirildi;
17. Ikki xonali sonlarni taqqoslashda xona birliklariga e’tibor berish,yaxlit
sonlar haqida ko‘nikmalar rivojlantirildi;
Tajriba – sinov sinfi hamda nazorat sinflari o`quvchilarining faoliyatlarini bir
–   biriga   taqqoslab,   tajriba   –   sinov   natijasida   erishilgan   yutuqlarni   quyidagicha 61shkala va diagrammalarda e’tiboringizga havola qilamiz:
1. O`quvchilar davomati.
                               Tajriba
davri
sinflar Tajribadan oldin Tajribadan    so`ng
1 “A” 91% 94%
1 “B” 90% 91%
Ko`rinib   turibdiki,   tajriba   o`tkazayotgan   sinfimizda   tajriba
o`tkazishdan   oldin   o`quvchilar   davomati   91%   ni   tashkil   qilsa,   tajribadan   so`ng
davomat 94% ga ko`tarilgan. 3% ga o`zgargan. 
2. O`quvchilarning   o`zlashtirish   ko`rsatkichlari   quyidagi
ko`rinishga ega bo`ldi:
          Tajribadan oldin:
O`zlashtiris
h
ko`rsatkichlari Jami
o`quvchi a’lo yaxs
hi o`rta qoniq
arsiz
1 “A” 37 7 15 12 3
1 “B” 34 5 13 14 2 62Tajriba sinf Nazorat sinf0246810121416
7
515
13
12 14
3 2
5 ball 4 ball 3 ball 2 ball
Tajriba sinf Nazorat sinf
5 ball –7 ta-  17% 5 ball – 5-ta - 16%
4 ball –15 ta - 43% 4 ball –13- ta- 41%
3 ball –12 ta - 33% 3 ball –14 ta- 37%
2 ball –3 ta - 7% 2 ball –2 ta - 6%
                      Tajribadan so`ng:
O`zlashtir
ish
ko`rsatkichlar
i Jami
o`quvchi         
a’lo Yaxs
hi     o`rt
a qoniq
arsiz
1 “A” 37 11 20 5 1
1 “B” 34 8 18 6 2 63Tajriba sinf Nazorat sinf02468101214
11
820
18
5 6
1 2
5 ball 4 ball 3 ball 2 ball
TAJRIBA SINF NAZORAT SINF
5 ba h o   –  11   ta  -  30  % 5 baho   –  8 ta   -  24  %
4 ba h o   –  20 ta  -   43  % 4 baho   – 18 ta   - 45 %
3 baho   –    5 ta  -   24 % 3 baho   – 6 ta   -   25 %
2 baho   –   1 ta   -  3  % 2 baho   –   2 ta   -    6  %
Matematika   darslarini   yangi   pedagogik   texnalogiyalar,ko‘rgazmali
vositalar   ayniqsa,   o`yin   tarzida   tashkil   etish   orqali   o`quvchilarning   o`zlashtirish
ko`rsatkichlari yuqoridagi shkalada ko`rsatilgan  natijalari  qayd  etildi.
Tajriba sinfda yomon ballga o`qiydigan o`quvchilar tajribadan oldin 3
nafarni   tashkil   etgan   bo`lsa,   tajribadan   so`ng   ushbu   sinfda   yomon   ballga
o`qiydigan   o`quvchilarning   2  nafari   o`rta   ballga  1nafari   yomon   ballga  o`zlashtira
boshladilar.   Nazorat   sinfida   esa   yomon   ballga   o`qiydigan   o`quvchilar   2
nafarligicha   qoldi.   Avval   ular   2     nafarni   tashkil   qilgan   bo`lsa,   tajribadan   so`ng 64yana 2  nafarni tashkil qildi. 
O`rta   ballga   o`qiydigan   o`quvchilar   soni   1   “A”   -   sinfda   12   nafar   edi.
Tajribadan so`ng 7 nafarga kamayib, 5 nafarni tashkil qildi. Ushbu sinfda o`rta va
qoniqarsiz   ballga   o`qiydigan   o`quvchilar   15   nafarni   tashkil   qilgan   bo`lsa,
tajribadan   so`ng   ular   6   nafarni   tashil   qildi.   Bu     19   %     o`quvchilar   yaxshi   ballga
o`zlashtirganliklarini   bildiradi.   1   “B”   -     sinfda   esa   tajribadan   oldin   14   nafar
o`quvchi   o`rta   ballga   o`qishgan   bo`lsa,   tajribadan   so`ng     ular   6     nafarni   tashkil
etadi. 
Yaxshi bahoga o‘qiydigan o‘quvchilar avval 1 “A”- sinfda 15 nafarni tashkil
qilgan edi. Tajribadan so`ng ular 20 nafarni tashkil qildilar. Ushbu sinfda 7 nafar
o‘quvchi o‘rta balldan yaxshi ballga o‘zlashtirganliklarini e’tiborga olsak, jami 11
nafar  o`quvchi a’lo ballga o‘qiy boshlagan bo‘ladilar. O‘z – o‘zidan ushbu sinfda
a’lo   ballga   o`qiydigan   o‘quvchilar   soni   7   nafardan   11   nafarga   oshadi.   Nazorat
sinfida esa tajribada oldin yaxshi ballga o`qiydigan o`quvchilar soni 13 tani tashkil
qilgan   bo`lsa,   tajribadan   so`ng   yaxshi   ballga   18   nafar,   a’lo   ballga   o`qiydigan
o‘quvchilar soni 8 nafarga oshdi. 65 XULOSA
Boshlanģich   sinflarda   100   gacha   sonlarni   o‘rgatishda   pedagogik
texnologiyalardan   foydalanish   muhim   ahamiyat   kasb   etadi.   Chunki   ertangi
kunimizning egalari sifatida qaralayotgan yosh avlodga matematik bilimlarni puxta
egallashdagi   biz   o‘qituvchilarning   bilim,   malakalarimiz   har   bir   boshlang‘ich   sinf
o‘quvchilarida   fundament   bo‘lib   xizmat   qiladi.   Shuningdek   100   gacha   sonlarni
o‘rgatishda har bir o‘quvchida avvalo raqamlar haqida tushunchani shakllantirish,
matematikaning   asosini   tashkil   qiluvchi   raqamlar   sonini   o‘rgatish   keyingi
matematik bilimlarni puxta egallashda asos bo‘lib xizmat qilishini o‘qtirish zarur.
Bundan tashqari o‘quvchilarning 100 gacha sonlarni o‘rganishi faqat matematikada
emas, balki butun bir hayotimizda alohida ahamiyat kasb etishini tushuntirdik.
1-sinfdan   boshlab   1   dan   10   gacha,   11   dan   20   gacha...va   hokazo   sonlarni
o‘rgatish   kiritilgan   bo‘lib,   bunda   avvalo   o‘quvchilarda   raqam,   bir   xonali   sonlar,
ikki xonali sonlar, juft sonlar, toq sonlar, xona birliklari:o‘nliklar, birliklar, sonlar
ustida   amallar,   sonlarni   taqqoslash,   ikki   xonali   sonni   taqqoslaganda   xona
birliklarining ahamiyati kabi mavzular yoritilgan. O‘quvchilar 1-navbatda raqamlar
haqida   tushunchani   egallashdan   oldin   ularda   “o‘xshashlik   va   farq”:   baland-past,
keng-tor,   uzun-qisqa,   katta-kichik   tushunchalari,bunda   balandroq,   pastroq,
kengroq,   uzunroq   so‘zlaridan   foydalanib,   minoralar,   yo‘llarni   taqqoslashi   kerak.
Narsalarning   joylashishi:   tepada,   pastda,   chapda,   o‘ngda   so‘zlaridan   foydalanib
O‘zbekistonning   bayrog‘ini,   gerbini   tasvirlab   berishi;   Narsalar   sanog‘ida   esa
1,2,3,4,5,6,7,8,9  raqamlari tushuntirilib   sinfda kimlar va qancha odam ko‘ryapsiz?,
nechta   qizlar   bo‘lsa   kataklarga   shuncha   tayoqcha   chizing;   bundan   tashqari
musobaqa   jarayonidagi   g‘oliblar   tasvirlanib,   unda   5   ta   ishtirokchining   har   biri
qaysi o‘rinni egallagani  haqida savol  qo‘yilib, bu jarayonda bolalarda oldingi son
keyingi   son   tasavvurlari   shakllantiriladi;   va   shu   kabi   tushuncha   va   topshiriqlar
berish 1 dan 10 gacha sonlarni o‘rgatishda samarali asqotadi.
Shu narsa  aniqki   avvalgi  mavjud  dastur  va  metodikaga  qaraganda  hozirgi
zamon boshlang‘ich maktabi  juda ham  ilgarilab ketgan.   Boshlang‘ich sinflarda
matematikani   o‘rganish   davomida   100   gacha   sonlarni   o‘rganish   talab   va 66imkoniyat   darajasida   arifmetik   material   bilan   bog‘langan.
Sonlarni   o‘rgatishda   to‘plamlardan   foydalanish,charxpalak   usuli,pedagogik
metod-texnologiyalardan foydalanish yuqori saviyaga ega,chunki boshlang‘ich sinf
o‘quvchilarida diqqat yetishmovchiligini hisobga olsak,ularni 45 daqiqa davomida
diqqatini   mavzuga   qaratish   qiyinligi   sabab,o‘yin   metodlardan   foydalanish
o‘quvchilarning mavzuni o‘zlashtirishida a’lo darajada samara beradi. To‘plamlar
deyilganda,   fermadagi   hayvonlarning   rasmi   ko‘rgazma   qurol   sifatida   doskaga
ilinadi   va   hayvonlarning   har   bir   turidan   nechtadan   borligini   sanash   kerakligi
tushuntiriladi.   Ularning   sonini   kataklarga   tayoqchalar   yordamida   belgilang   kabi
topshiriqlar misol bo‘la oladi.
Shuni ta’kidlash lozimki, har bir o‘qituvchida sonlarni o‘rgatishda o‘ziga xos
texnologiyasi,   o‘rgatish   yo‘li,malakasi   muhim   sanaladi.   Bunda   o‘qituvchi
faqatgina   darslik   bilan   chegaralanmasdan,   balki   o‘zi   ham   qo‘shimcha   tarzda
mavzuga   mos   harakatli   o‘yinlar,dam   olish   daqiqalari,mustaqil   ishlar   qo‘shimcha
nazoratlar tashkil qilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.g‘
Boshlang‘ich   sinf   o‘quvchilarida   yaxlit   sonlar,   ularni   sanashda   biroz
tushunmovchiliklar kuzatiladi. Ya’ni ular sanash jarayonida, masalan:yigirma olti,
yigirma yetti, yigirma sakkiz, yigirma to‘qqiz va o‘ttiz emas, balki yigirma o‘n deb
sanab ketadilar. Bu jarayonda o‘qituvchidan alohida e’tibor o‘nlikdan o‘tish holiga
qaratiladi.   Aksariyat   hollarda   bolalarning   quyidagicha   sanashlarini   uchratish
mumkin:   “O‘ttiz   to‘qqiz,   o‘ttiz   o‘n”.   Ko‘rgazmali   qo‘llanmalar   yordamida
o‘qituvchi   birliklarning   o‘ntalab   guruhlarga   bo‘linishini   ko‘rsatib   beradi,   bunda
sonlar muayyan nomlarga ega bo‘ladi: yigirma, o‘ttiz, qirq va hokazo. 
Birliklarning o‘ntalab guruhlarga bo‘linishi, cho‘tlarda sanagan vaqtda yaqqol
ko‘zga   ko‘rinadi.   O‘qituvchi   yaxlit   sonlar   bilan   ishlaganda   o‘quvchilar   bilan
quyidagi   mashqlarni   olib   borishi   kerak.Bundan   maqsad:yaxlit   sonlarni   o‘rgatish
jarayonida   o‘quvchilarda   bilim   va   ko‘nikmalarni   yanada   takomillashtirishdan
iborat.Ya’ni bular:
1. Kelgusi va oldingi yaxlit sonni nomlash: masalan, 40 soni yoziladi, undan
keyin va oldin turgan barcha yaxlit sonlarni topish topshiriladi. 672. Bo‘shliqlarni to‘ldirish: masalan, 20, ..., 40, ..., 60.
3.   Sonlarni   taqqoslash.   Mashq   o‘qituvchi   ko‘rsatmasiga   binoan   amaliy   ish
yordamida   bajarilishi   mumkin.   Masalan:   «Anvar,   30   ta   cho‘pni   ol.   Rustam   40   ta
cho‘pni   ol.   Kimning   cho‘plari   ko‘p?   Kimniki   kam?»   sonlarni   taqqoslash
predmetlar   tasvirini   ko‘rib   chiqish   yordamida   ham   amalga   oshiriladi.   Nihoyat
sonlarni   ko‘rgazmali   qo‘llanmaga   tayanmagan   holda   ham   taqqoslash   mumkin.
Masalan: 
“ Aytingchi,  qaysi   son   katta:   20  mi   yoki   40   mi? ”   yoki   “ Qaysi   sonlar   teng:   3
o‘nl., 50, 30? ”
O‘quvchilarda   100   gacha   sonlarni   o‘rgatishda   bu   kabi   texnologiyalarni
qo‘llash   ularda   bilim   va   ko‘nikmalarni   shakllantirishda   o‘ziga   xos   ahamiyatga
ega.Biz   o‘qituvchilardan   talab   esa   pedagogik   jarayonni   to‘g‘ri   tashkil   qila
olish,o‘quvchilarda  samarali  natijalarni  hosil  qilishda ped-texnologiyalarni  o‘quv-
dars jarayonida har tomonlama mukammal kiritib qo‘llashdan iborat.  68                      FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
I.Normativ huquqiy hujjatlar va metodologik ahamiyatga molik
nashrlar :
1. “O‘zbekiston   Respublikasi   Xalq   ta’limi   tizimini   2030-yilgacha
rivojlantirish   konsepsiyasini   tasdiqlash   to‘g‘risidagi   “O‘zbekiston   Respublikasi
Prezidentining 5712-sonli  Farmoni , 2019-yil     29-aprel.
2. “Ta‘lim   to‘g‘risidagi”   O‘zbekiston   Respublikasi   Qonuni.   23.09.2020-
yildagi O‘RQ-637-son.
3. O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   Sh.M.Mirziyoyevning   O‘qituvchilar
va   murabbiylar   kuniga   bag‘ishlangan   tantanali   marosimdagi   nutqi.
https://www.president.uz/oz/lists/view/3864
4.   Sh.M Mirziyoyev.“O‘qituvchi va murabbiylar-yangi O‘zbekistonni barpo
etishda   katta   kuch,tayanchimiz   va   suyanchimizdi”.   Murojaat.-Toshkent,   “
Boshlang‘ich ta’lim” jurnali , N_10, 4b
II.  Darslik, o‘quv qo‘llanmalar:
5. Nazarov   X.,   Eshqobilova   G.,   “Matematika   o‘qitish   metodikasi”,O‘quv
qo‘llanma-Samarqand, SamDU nashri-2022.
6. Ruzikulova   Nigora.,   Rahmonov   Umid.,   Ismoilova   Nodira.,   Usmanova
Nazimaxanum.,     Matematika,   1-sinf     o‘qituvchilar   uchun   metodik   qo‘llanma-
Toshkent-2021
7. Repyova   I.V.,   Matematika,   1-sinf   uchun   darslik,-T.:   “Novda
Edutainment”,2023
8. Jumayev   M.E.,   Tadjiyeva   Z.G‘   Boshlang‘ich   sinflarda   “Matematika
o‘qitish metodikasi” ,Pedagogika oliy ta’lim muassasalarining boshlang‘ich ta’lim
fakulteti talabalari uchun,-T.: “Bayoz”,2022.
9. Yakubjanova   D.B.,   Hamidova   M.U.,   “Matematika   o‘qitish   maxsus
metodikasi”, o‘quv qo‘llanma,-T.: “ Istiqlol”, 2018
10. Gulxanova   Z.,   “Boshlang‘ich   sinf   o‘quvchilariga   100   ichida   sonlarni
o‘rgatishda   ped-texnologiyalarni   qo‘llash”.   “PEDAGOGS”   ilmiy   jurnali,
N_54(3) ,2024, 49-52b 6911. Jumayev   M.E.,   Tadjiyeva   Z.G‘.,   “Boshlang‘ich   sinflarda   matematika
o‘qitish metodikasi”305 b.T.: “ Fan va texnologiya”, 2005.
12. Jumayev   M.E.,   “Matematika   o‘qitish   metodikasi”.-   (OO‘Y   uchun
darslik)Toshkent, “Turon-Iqbol” 2016 -yil 186b. 
13. Saidova   G.,   Yusufzoda   Sh.,   Yarashov   M.,   “Matematika   o‘qitish
metodikasidan   amaliy   mashg‘ulotlar”.   –   Buxoro,   “Durdona”   nashriyoti,   2021-
yil.39 b. 
14. Hakimova     M.,   ”Matematika   o‘qitish   metodikasi”   Buxoro   “Durdona”
nashriyoti-2021   yil.57   b.   Mardonova   G‘.I.,   „Matematikadan   test,   t opshiriqlari   1-
sinf”- Toshkent.: O‘qituvchi, 2007. 
15. Jumayev   M.,   “Bolalarda   matematik   tushunchalarni   rivojlantirish
nazariyasi va metodakasi. — T.: “Ilm-Ziyo”, 2009. 
16. Bikboyeva.N.U.,   Yangiboeva   E.Y.,   “Uchinchi   sinf   matematika   darsligi”.
Toshkent. — O‘qituvchi 2005 yil. 
17. Jumayev M. E., “Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish metodikasi”
Toshkent. 2005. 
18. Jumayev   M.   E.,   “Boshlang‘ich     sinflarda     matematika     o‘qitish
metodikasidan   laboratoriya     mashg‘ulotlari”-Toshkent,   “Yangi   asr     avlodi”
nashriyoti,2008-yil.
19. Xudoynazarov E. M., “Matematika o‘qitish metodikasi (o‘quv qo‘llanma)
Toshkent, 2020-yil, “Nodirabegim” nashriyoti. 
20. Boboyev   O.,   Shamsiyeva   G.,   “Matematikadan   qo`shimcha   masala   va
misollar” T.: Turon – iqbol, 2017-yil
21. Nazarov X.E., Eshqobilova G.N., Usmonov L., Tanlov fan ( Boshlang`ich
ta`limda masalalarni yechishga o`rgatish usullari) fanidan o`quv metodik majmua.
Samarqand – 2022.
22. Boshlang'ich   sinf   yangi   matematika   darsliklarida   (1-2-3-4-sinflar)   I.V.
Repyova "Novda" 2023.
Internet materiallari:
http://www.google.com.uz/       70http://www.referat.uz/    
http://www.ziyonet.uz/

1Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga 100 ichida sonlarni o‘rgatishda ped- texnologiyalarni qo‘llash M U N D A R I J A KIRISH ...................................................................................................3 I BOB . BOSHLANG‘ICH SINFLARDA 100 GACHA BO‘LGAN SONLARNI O‘RGATISHNING NAZARIYASI 1.1 1 dan 100gacha sonlarni o‘rgatishning darsliklar asosida tahlili va ahamiyati..........................................................................................11 Boshlang‘ich sinfda matematika darsi va o‘qitishning turli shakllari.....................................................................................18 II BOB . 100 GACHA SONLARNI O‘RGATISHDA INNOVATSION PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR 2.1 O‘nlik mavzusida sonlar va ular ustida amallarni o‘rgatish ped- texnologiyasi..........................................................................................34 2.2 11 dan 20 gacha bo‘lgan sonlar va ularning tarkibini o‘rgatish texnologiyasi...................................................................................................46 2.3 21 dan 100 gacha sonlarni o‘rgatish texnologiyalari............................52 III BOB . PEDAGOGIK TAJRIBA VA UNING NATIJALARI 3.1 Tajriba-sinov ishlarini tashkillashtirish va o‘tkazish metodikasi..60 3.2 Tajriba-sinov ishlari tahlili va yakuniy natijalari………………..61 XULOSA ...........................................................................................66 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ............................................69

2 KIRISH O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan “Davlat ta’lim standarti to‘g‘risidagi Nizom”ga binoan umumiy o‘rta ta’lim, shu jumladan, boshlang‘ich ta’lim bosqichi uchun ham alohida-alohida davlat ta’lim standarti talablari va me’yoriy ko‘rsatkichlari belgilab qo‘yadi. Maktabning birinchi sinfiga bolalar olti-yetti yoshdan qabul qilinadi. “Boshlang‘ich ta’lim konsepsiyasi”da e’tirof etilganidek, olti yoshga to‘lgan har qanday bola aqliy, ruhiy hamda jismoniy jihatdan maktabda o‘qish uchun tayyor bo‘lganida, maktabning moddiy-texnik bazasi bunday bolalarga ta’lim berish uchun yetarli deb hisoblanganda hamda o‘qituvchilar pedagogik va psixologik jihatdan olti yoshli bolalarni o‘qitishga qodir deb topilganda maktabga qabul qilinadilar.(I.2.27) “O‘zbekiston Respublikasida umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risida”gi Nizomda ta’kidlanganidek: “Boshlang‘ich ta’lim o‘qish, yozish, sanash, o‘quv faoliyatining asosiy malaka va ko‘nikmalari, ijodiy fikrlash, o‘zini-o‘zi nazorat qilish uquvi, nutq va xulq-atvor madaniyati, shaxsiy gigiyena va sog‘lom turmush tarzi asoslarining egallab olishini ta’minlashga da’vat etilgan. Shunday ekan, ushbu asosda boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilarning umummadaniy va axloqiy ko‘nikmalari, dastlabki savodxonlik malakalari shakllantirilishi lozim. Boshlang‘ich ta’lim jarayoni bolalarning mantiqiy tafakkur qila olish salohiyati, aqliy rivojlanishi, duyoqarashi, kommunikativ savodxonligi va o‘z- o‘zini anglash salohiyatini shakllantirishga, jismonan sog‘lom bo‘lishga, moddiy borliq go‘zalliklarini his eta olishga, go‘zallik va nafosatdan zavqlana

3olish, milliy urf-odatlarni o‘ziga singdirish va ardoqlash, ularga rioya qilishga o‘rgatadi. Boshlang‘ich ta’lim bosqichi oldiga qo‘yilgan vazifalarning bajarilishini nazorat qilish orqali amalga oshiriladi. Ta’lim standarti asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilaridan standartda belgilab qo‘yilgan ko‘rsatkichga erishishni talab qiladi va o‘z navbatida, bu ko‘rsatkichlarga erishish uchun zarur bo‘lgan ta’limiy xizmatlar va vositalar bilan ta’minlaydi. Boshlang‘ich ta’lim bosqichiga davlat va jamiyat tomonidan qo‘yilgan talabda ta’lim sohalari bo‘yicha o‘zaro muvofiqlik, mutanosiblik, uyg‘unlik to‘la ta’minlangan bo‘lmog‘i kerak. O‘zbekiston Respublikasining jahon hamjamiyatiga integratsiya ta’lim sohasida nafaqat yangi imkoniyatlarni ochdi,balki o‘quvchi yoshlarga ta’lim va tarbiya berishda yuqori sifatga erishishni ta’minlashni taqazo etdi. Bu natijalarga erishish uchun o‘z vaqtida O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”qabul qilingandir.”Ta’lim to‘g‘risidagi qonunning 7-moddasida belgilab berilganidek, “Davlat ta’lim standartlari umumiy o‘rta,o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim mazmuniga hamda sifatiga qo‘yiladigan talablarni belgilaydi. Yoshlarda matematika faniga qiziqishni kuchaytirish, iqtidorli bolalarni seleksiya qilib, ixtisoslashtirilgan maktablar va keyinchalik oliy ta’lim muassasalariga qamrab olish ishlarini to‘g‘ri tashkil qilish kerakligi ta’kidlandi. Bolalar uchun mazkur fandan oddiy va tushunarli tilda yozilgan ommabop darslik va o‘quv qo‘llanmalari yaratish, matematik ongni, kerak bo‘lsa, bog‘chadan boshlab shakllantirish vazifasi qo‘yildi. “Matematika hamma aniq fanlarga asos. Bu fanni yaxshi bilgan bola aqlli, keng tafakkurli bo‘lib o‘sadi, istalgan sohada muvaffaqiyatli ishlab ketadi”,deydi prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyev.(I.3) Matematika fani bo‘yicha o‘quvchi, talaba va o‘qituvchilar o‘rtasida turli tanlovlar o‘tkazib, g‘oliblarni munosib rag‘batlantirish, olimpiada tizimini takomillashtirgan holda sovrindorlarga

4beriladigan mukofotlarni ko‘paytirish muhimligi qayd etildi. O‘qitish sifatini yangi bosqichga ko‘tarish, matematika fanidan bilimlarni baholash bo‘yicha milliy sertifikatlash tizimini joriy etish zarurligi aytildi. Bunday sertifikat egasiga oliy o‘quv yurtiga o‘qishga kirishda matematika fanidan maksimal ball beriladi. Yuqori malakali pedagoglar va ilmiy darajali kadrlar tayyorlash tizimi samarasini oshirish, Matematika institutida ilmiy daraja beruvchi kengashga to‘liq mustaqillik berish lozimligi ko‘rsatib o‘tildi. Barchamizga ma’lumki matematika fani insonning aqlini o‘stiradi, uning diqqatini rivojlantiradi, ko‘zlangan maqsadga erishish uchun o‘zida qat’iyat va irodani tarbiyalaydi, o‘zidagi algoritmik tarzdagi tartib-intizomlilikni ta’minlaydi va eng muhimi, uning tafakkurini kengaytiradi. Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish metodikasini takomillashtirishga bag‘ishlangan ilmiy adabiyotlar tahlili psixologik-pedagogik tadqiqotlarda boshlang‘ich sinflarda matematik o‘qitish samaradorligini oshirishning ilmiy tahlili axborotlarni boyitib borish orqali ta’lim mazmunini o‘zgartirish (B.P.Erdniyev), har bir fanning asosiy g‘oyasini ajratish ( I.D.Zverev, V.N/Maksimovna, R.A.Mavlonova, A.Abduqodirov, A.M.Markushevich), nazariy bilimlarning rolini oshirish ( V.V.Davidov, A.K.Markova, J.Ikromov, A.M.Pishkalo, L.SH. Levenberg, N.U.Bekbayeva, E.Yangibayeva, M.Axmedov) yo‘nalishlarida amalga oshirilgan. Boshlang‘ich sinf uchun darslik va o‘quv qo‘llanmalari ( K.Qosimova, R.A.Mavlonova, L.SH.Levenberg), o‘qituvchilar uchun qo‘llanmalar (M.I.Mopo, A.M.Pishkalo, L.SH.Levenberg, N.U.Bikbayeva) va o‘quvchilar uchun tajriba sinov materiallari (M.Ahmedova, N.Abdurahmonova, R.Ibragimov, Y.M.Kolyagin, P.M.Erdniyev) orqali boshlang‘ich maktab o‘quvchilarining bilish faoliyatini shakllantirish mumkinligiga to‘xtalib o‘tilgan. Ta’lim metodikasiga bag‘ishlangan ishlarda (P.M.Erdniyev,N.U.Bikbayeva, L.SH.Levenberg, R.A.Mavlonova, K.Qosimova va boshqalar) 100 gacha sonlarni o‘qitish muammosi umumiy holatda ko‘zda tutiladi, biroq maxsus

5tadqiqot predmeti sifatida ajratib olinmagan. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining matematika fanidan o‘quv materiallarini o‘zlashtirish darajasini TIMSS (Trends in International Mathematics and Science Study) xalqaro baholash dasturiga uyg‘unlashtirish asosida tayanch va fanga oid kompetensiyalarini shakllantirish va rivojlantirish hozirgi kunda dolzarb ahamiyat kasb etadi. Bunda o‘quvchilarning matn, tasvir, raqam ko‘rinishidagi o‘quv materiallarini tahlil qilish, qayta ishlash, imitatsiyalarini yaratish, interpretatsiya qila olish asosida o‘quv topshiriqlari bilan ishlash ko‘nikmalarini shakllantirishning pedagogik imkoniyatlarini o‘rganish zarur. Matematika fanini o‘qitishning didaktik imkoniyatlarini o‘quvchilarni algoritmik axborot almashinish faoliyatiga bosqichma-bosqich yo‘naltirish asosida oshirish o‘quvchilarning ta’lim jarayonidagi faolligini ta’minlaydi. Matematika darsligini yaratishda mana shunday bir qancha muhim jihatlar inobatga olindi. Xususan, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari hayotiy faoliyatlari davomida o‘quv materiallarining ahamiyatini anglab yetishlari uchun o‘quv materialini tanlash yoki tayyorlashda hayotiyligi va ko‘rgazmaliligiga ahamiyat berildi. O‘quv materiali qanchalik ahamiyatli bo‘lmasin, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining diqqati barqaror emasligi tufayli qiziqishni doimiy saqlab tura olmaydi. Shuningdek, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining xotirasi ko‘proq tasvirli materiallarni eslab qolish xususiyatiga ega bo‘lib, o‘quv materiallarining tasviriy ifodalanganligi muhim. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining idroki amaliy faoliyat bilan bevosita bog‘liq. Shuning uchun darslikda mavzularni yoritishda hayotiy, tasviriy, abstrakt materiallar ketma-ketligidan foydalanilgan. Bu, ayniqsa, murakkab mavzularni yoritib berishda katta ahamiyat kasb etadi. Bu jarayon aniq hayotiy materiallardan tasviriy materiallarga o‘tishni, tasviriy materiallardan abstrakt materiallarga o‘tishni o‘z ichiga oladi. Bunday materiallar bilan ishlash uch bosqichda amalga oshiriladi. 1-bosqichda O‘quv materiallarida hayotiy namunalar keltiriladi.