XALQ OG‘ZAKI IJODI NAMUNALARINI MAKTABDA O‘QITISHDA MATN BILAN ISHLASH METODIKASI
XALQ OG‘ZAKI IJODI NAMUNALARINI MAKTABDA O‘QITISHDA MATN BILAN ISHLASH METODIKASI MUNDARIJA Bitiruv malakaviy ishining umumiy tavsifi……………………………………. I BOB. Xalq og‘zaki ijodi namunalarining o‘qitilishini o‘rganish masalalari…………………………………………………………………….. 1.1. Xalq og‘zaki ijodiga doir matnlarning o‘qitilishini o‘rganish masalalari ……... 1.2. Xalq og‘zaki ijodiga doir materiallarning maktab darsliklarida berilishi……………………………………………………………………… II BOB. ADABIYOT DARSLARIDA XALQ OG‘ZAKI IJODIGA DOIR MATNLARNI O‘RGANISHDA SAMARALI METOD VA USULLARDAN FOYDALANISH ………………………………………………….. 2.1. Muammoli ta’lim va uning xalq og‘zaki ijodi materiallarini o‘qitishdagi ahamiyati……………………………………………………………….. 2.2. Tahliliy o‘qish va uning matn tahlilidagi o‘rni……………………………. 2.3. BMIning amaliyotga tadbiqi va tajriba-sinov ishlari natijalari Xulosa…………………………………………………………………………… Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati……………………………………………… 1
Bitiruv malakaviy ishining umumiy tavsifi Mavzuning dolzarbligi. O‘zbek adabiyotining tarixiy tadriji juda qadim tarixiy ildizlarga ega. Uning ilk namunalari xalq og‘zaki ijodi janrlari va shakllari asosida yaratilgani barchaga ma’lum. Qaysi bir xalqni olmang, uning ma’naviy merosi badiiy asarlarsiz, xalq asarlarisiz mavjud bo‘lmaydi. Mumtoz adabiyotning og‘zaki ijodi zaminida yuzaga kelgani ham shubhasiz. Shu bois mumtoz adabiyotning va xalq og‘zaki ijodining uzviy bog‘liqligi, asrlar davomida yonma- yon rivojlanganini tadqiq etish muhim hisoblanadi. Yurtboshimizning mustaqillik yillarida katta e’tibor qaratgan sohalaridan biri adabiyot va madaniyat, tarix va milliy meros bo‘ldi. Chunki hech bir xalq o‘zining milliy madaniy me’rosidan ayri holda mavjud bo‘lmaydi. Bu borada Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning “Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch” asaridagi quyidagi fikrlari alohida ahamiyatga egadir : “Ma’naviyat – insonni ruhan poklanish, qalban ulg‘ayishga chorlaydigan, odamni ichki dunyosi, irodasini baquvvat, iymon-e ’ tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg‘otadigan beqiyos kuch, uning barcha qarashlar i ning mezonidir” 1 . Xalq ijodi, xususan, og‘zaki ijod namunalari yurtboshimiz ta’kidlaganlaridek , ajdodlarimiz tafakkuri va dahosini namoyon etuvchi ma’naviy xazina hisoblanadi. Bu xazina boyliklarini yosh avlodning ma’nan kamolot topishi yo‘lida xizmat qildirish soha xodimlarining asosiy vazifasi hisoblanadi. Shuningdek, Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev Xalqaro Baxshichilik festivali ochilishiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida: “…Tengsiz ma’naviy boyligimiz bo‘lmish mumtoz san’atni, xalq ijodining nodir namunalarini asarab- avaylash va rivojlantirish, uni kelgusi avlodlarga bezavol yetkazish jahondagi ilg‘or fikrli olimlar va san’atkorlarning, davlat va jamiyat arboblari, barcha ma’daniyat ahlining ezgu burchidir ” 2 , – deya ta’kidlagan edi. Umuman, badiiy adabiyotning inson hayotidagi o‘rni beqiyosdir. Ularni o‘qish jarayonida insonda taqqoslash , tanqidiy baholash ko‘nikmasi sha k llanib boradi. Bu xususida 1 Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch. – Toshkent: Ma’naviyat, 2008. – B. 19. 2 O ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning xalqaro baxshichilik san’ati festivali ochilishiga bag‘ishlangan marosimdagi nutqi// Xalq so‘zi gazetasi, 2019-yil, 7-aprel. 68-son (72-98). 2
adabiyotshunos olim Qozoqboy Yo‘ldoshev: “Hayotdagi har bir odam yechimi topilishi mumkin bo‘lmagan muammo. Badiiy adabiyot ana shu adoqsiz muammoning qirralarirni butkul murakkabligi, iztiroblari, kechinma-yu o‘ylari bilan tasvir etish orqali o‘quvchini o‘zgani his qilishga, o‘ziga daxli bo‘lmagan begona odamning dardiga sherik bo‘lishga odatlantiradi. O‘z tabiati yo‘nalishini va maktab qo‘ygan pedagogik vazifaning xususiyatiga qarab har bir o‘quvchi timsol yordamida qilingan tahlil natijasida o‘z ruhiyatida muayyan yangi sifatlar hosil qiladi. Qandaydir shaxslik sifatlariga ega bo‘ladi. O‘quv tahlili uchun muhimi ham shudir 3 ”. Maktablarda xalq og‘zaki ijodi namunalarining o‘qitilishi millat kelajagi bo‘lmish yosh larimizning dunyoqarashi keng, o‘zini, o‘zligini anglay olgan, qalbida mehr-muhabbat, ezgu tuyg‘ular joy olgan haqiqiy o‘zbek bo‘lib kamol topishida muhim ahamiyatga egadir. Shu boisdan ham darslik yaratilish jarayonida xalq og‘zaki ijodi namunalarining har bir sinf doirasida o‘qitilishi hisobga olinadi. Folklor namunalarida ta s virlanadigan afsonaviy, favqulo dd a kuch-qudratga ega qahramonlar, mifologik obrazlar, motivlar insonning ibtidoiy dunyoqarashi mahsulidir. Dastlabki og‘zaki ijod namunalari davrlar o‘tishi bilan o‘zgarishlarga uchrab bordi. Bu o‘zgarishlarga davrning mafkurasi, diniy va dunyoviy bilimlari, tabiat hodisalarining ilmiy jihatdan o‘rganila boshlashi kabilar sabab bo‘ldi. Masalan, odddiy “Kitobi Dadaqo‘rqut” bilan “Alpomish” dostoni o‘rtasidagi o‘xshash jihatlarni olaylik. “Kitobi Dadaqo‘rqut”dagi 4 “Bog‘och xon”, “Bamsi Bayrak” hikoyalari “Alpomish” dostoni bilan hamohangdir. “Alpomish” dostoni o‘tilganida bu asarni mustaqil o‘qishga berilsa, o‘quvchilarda mustaqil vazifalarni bajarish ko‘nikmalari shakllanadi. Xalq og‘zaki ijodi namunalari talqini masalasi tadqiq etilar ekan, tarixiylik tamoyillariga amal qilishni unutmaslik kerak. Chunki, birinchidan, ushbu tamoyil istalgan so‘z san’atkorining ijodidagi folklor an’analarining o‘rni, ularning muayyan adib yoki shoir ijodidagi rivojlantirilganligi aniq tarixiy davr nuqtayi nazaridan, qolaversa, individual ijodkor mahorati nuqta y i nazaridan to‘g‘ri 3 Yo‘ldoshev Q. Adabiyot o‘qitishning ilmiy-nazariy asoslari. – T.: O‘qituvchhi, 1996. – B. 14. 4 Ochilova Z. Dadaqo‘rqut hikoyalari. – T.: Yuris-Media, 2010. – B. 40. 3
obyektiv yoritilishiga imkon bersa, ikkinchidan, folklor adabiyot munosabati niqobi ostida so‘zni quruq olib qochishdan tadqiqotchini saqlaydi, ayni paytda, uni bu murakkab masalada aniq fakt asosida fikrlashga undaydi. Muammoning o‘rganilish darajasi : Adabiyot darsliklarida xalq og‘zaki ijodi namunalarining o‘qitilishi masalasi dastlab soha sifat i da aniq rivojlanmagan bo‘lsa-da, ta’limda yetakchi mavzular qatorida turgan. Navoiy ham xalq og‘zaki ijodidan ilhomlanib o‘z asarlarini yaratdi. Biz “Farhod va Shirin” dostonini o‘tayotganda “Farhod dev” afsonasini o‘quvchilarga aytmasdan o‘tib ketolmaymiz. Folklor uzoq ajdodlarimizning inson, tabiat, hayot haqidagi qarashlar i ning qaymog‘i, ular haqidagi badiiy xotirasidir. Shu bois chin iste’dod egasi bunday badiiy sarchashmani hech qachon chetlab o‘ta olmaydi. Xalqning buyuk iste’dodlari tomonidan qachonlardir yaratilgan xalq eposi va ertaklari, afsona va rivoyatlari, maqol va topishmoqlari, askiya va qiziqchilik san’ati ijodkorlar uchun tayyor mahsulotdir 5 . Bu namunalarni darsliklarga kiritish jadidlarning ham bosh maqsadi bo‘lgan. Xalq ta’limi sohasida jonbozliklar ko‘rsatgan, dars o‘tish usullari bilan alohida ajralib turadigan jadid bobokalonimiz Abdulla Avloniy ham o‘z darsliklarida xalq og‘zaki ijodiga katta urg‘u bergan. Sababi millat bolalariga o‘zligini tanitmay turib ma’nan ozod avlodni yetishtirish mumkin emasligini ular yaxshi bilishar edi. Shu boisdan XX asr boshlarida yozilgan A.Sa’diyning metodik ishlarida ham og‘zaki ijod namunalari, ular haqidagi nazariy ma’lumotlarning darslikka kiritilishiga alohida e’tibor bergan edi. Uning “Amaliy ham nazariy adabiyot darslari” (1925) kitobida doston, ertak, matal, jumboq, topishmoq, qo‘shiq, ashula, lapar kabi turlari, liroepik, dramatik janrlar haqida mulohazalar bildiril gan 6 . Bundan buyog‘iga o‘quvchisi darsda quruq sanalar, “asar haqida”gi qismini, tug‘ilgan yili, qaysi joylarda ishlagan, vafot etgan yillarni yodlashi umuman keraksiz holatga aylanib ulgurdi. Bu ma’lumotlar ham o‘quvchi uchun kerak, chunki adib shaxsiyatini bilmay turib uning asarda qanday g‘oyalarni ilgari surayotganini to‘liq anglash qiyinchiliklar tug‘diradi. Bu ma’lumotlarni 5 Jo‘rayev M. Eshonqulov J. Folklorshunoslikka kirish. – T.: Barkamol avlod media, 2017 . – B. 9. 6 Qodirova B. Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi. – T.: Tamaddun, 2022. – B. 57 . 4
o‘quv chining o‘zi mustaqil o‘zlashtirishi yoki dars jarayonida o‘qituvchi gapirib ketishi kifoya. Hozirgi kunda yangi avlod darsliklarini yaratayotgan metodist olimlar darsliklar yaratilish jarayonida ham aynan shu jihatga katta e’tibor bermoqdalar. Adabiyot darsida o‘qilgan asardagi ismlar, sanalar, joy nomlarini yodlab olish emas, asardan estetik zavq olish, uni tahlil qilishni o‘rganish, bu yo‘lda adabiyotshunoslikka oid nazariy bilimlarga ham ega bo‘lish muhim ahamiyatga ega. Yangi avlod darsliklari bunday nazariy ma’lumotlar bilan yaxshigina boyitilgan. Masalan, 6-sinf adabiyot darsligining 2022-yilgi nashridayoq prototip, peyzaj, konflikt, zidlantirish, badiiy tahlil, badiiy asar tili, yumoristik asar, voqealar bayoni, o‘xshatish, qofiya, radif, asar qahramonlari tavsifi, sifatlash, detektiv asar, ilmiy-fantastik asar, nasr va nazmning farqlari, metafora, jonlantirish, sinkveyn she’r, lirik qahramon, ruboiy, sarguzasht asar kabilar haqida nazariy ma’lumotlar kiritilgan. Yoki badiiy asarni o‘qishga berganda ham asarning o‘zi bilan cheklanmasdan, asar yozilish tarixi, prototip qahramonlar haqida, asar variantlari, audio, video, shu asarga oid turli mavzulardagi ko‘rsatuvlarning, filmlarning havolalari bilan berilmoqda. Bu usullarning barchasi bunday tiz i mdagi darsliklarimizni o‘qigan o‘quvchi larimizning jahonga tenglasha oladigan darajada fikrlovchi insonlar bo‘lib voyaga yetishi shi da katta ahamiyatga ega. Bu yo‘lda izlanishdan to‘xtamaydigan olim va olimalarimizga katta mina t dorchilik bildiramiz. Jahon tajribasini milliy darsliklarda qo‘llashning samarasini ko‘rsata olish biz o‘qituvchilardan ham katta mas’ul i yat talab etadi. Darslik lar bor, metodik qo‘llamalar bor, maktablarda ham dars o‘tish uchun o‘ziga yarasha sharoitlar bor. Endi faqat o‘qiyman deb turgan bolalar kerak va, albatta, u larning qalbig a adabiyot bilan kirib bora oladigan ustozlar kerak. O‘quvchilarni badiiy asarlar o‘qishga qiziqtirish, ularda o‘z ustida mustaqil ishlash ko‘nikmasini shakllantir i sh muhim hisoblanadi. Mutolaa – o‘ziga xos g‘ayrioddiy jarayon. Mutola a ning nazariy asoslari, kitobxonlik masalasi, kitobxon 5