ZAMONAVIZ SHAXS IMIDJINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI
ZAMONAVIZ SHAXS IMIDJINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI MUNDARIJA KIRISh . .. ...................................................................................................................... I BOB. IMIDJ MUAMMOSINING PSIXOLOGIK TADQIQOTLARDA O‘RGANILGANLIK HOLATI .............. 1.1 Psixologik tadqiqotlarda imidj muammosiga oid yondoshuvlar masalasi ............................................................................................. 1.2. Shaxsda o‘z-o‘zini rivojlantirish va boshqarish imidji............. 1.3. Shaxs imidjini belgilovchi psixologik omillarning tahlili .............................................................................................. II BOB. ZAMONAVIY SHAXS IMIDJINING PSIXOLOGIK JIHATLARINI TADQIQ ETISH METODOLOGIYASI ..... 2.1. Shaxs imidjini belgilovchi psixologik profilning tahlili..... 2.2. Zamonaviy shaxs imidjini belgilashning psixodiagnostik imkoniyatlari..................................................................................... 2.3. Zamonaviy shaxs imidjining o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash va tadqiqot natijalari tahlili..................................................... XULOSALAR VA TAVSIYOLAR ................................................... FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI ........... ILOVALAR . xxxxxxx ............................................................................ .
KIRISh Mavzuning dolzarbligi. Mamlakatimizda demokratik qadriyatlar, inson huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini samarali himoya qilinishini ta’minlashda fuqarolik jamiyati institutlari, o‘zini o‘zi boshqarish organlari, davlat va jamoat tashkilotlari muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ular fuqarolik jamiyatining eng muhim instituti sifatida demokratik qadriyatlar, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilishdek vazifani bajarmoqda. Bu esa, bugungi kun zamonaviy shaxsi imidjida (qiyofasida) fuqarolarning qonuniy manfaatlarini ifoda etish, ularning ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va madaniy huquqlari hamda erkinliklarini ro‘yobga chiqarish, davlat va jamoat ishlarini boshqarishdagi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilishi ehtimoldan holi emas. Jahon psixologiyasida shaxsning psixologik imidjining (qiyofasining) muammosi doirasida qator izlanishlar olib borilmoqdaki, ularda shaxsning psixologik moslashuvi, kasbiy xususiyatlari, shaxsning kasbga xos psixologik qiyofasi, xodimning ish unumdorligini ta’minlovchi psixologik komponentlar, yoshlar tasavvuridagi zamonaviy shaxs timsolining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari, shaxsning ijrochilik faoliyatining psixologik xususiyatlari kabi qator yo‘nalishlarda izlanishlar olib borilmoqda. Yuqorida e’tirof etilgan izlanishlar natijasi, mamlakatimizning dunyodagi rivojlangan davlatlar reytingida o‘zining munosib o‘rinni egallashida lozim darajada xizmat qiladi. Davlatimiz rahbari Sh.M.Mirziyoev tomonidan “Yangi O‘zbekiston”ni qurish siyosatining ilk kunlaridayoq “Asosiy vazifa – bu yuqori kasb mahorati va zamonaviy tafakkurga ega, puxta o‘ylangan, har tomonlama to‘g‘ri qaror qabul qila oladigan, belgilangan maqsadlarga erishadigan shaxslarning yangi tarkibini shakllantirishdan iborat” 1 ekanligini ta’kidlab o‘tdi va ushbu yo‘nalishda faoliyat olib boruvchi barcha oliy ta’lim muassasalari va mazkur sohaga mutasaddi rahbarlar oldiga aniq vazifalar belgilab qo‘yildi. Natijada, amalga oshirilayotgan 1 Мирзиёев Ш.М. Эркин ва фаровон, демократик Ўзбекистон давлатини мард ва олижаноб халқимиз билан бирга қурамиз// Шавкат Мирзиёевнинг Ўзбекистон Республикаси Президенти лавозимига киришиш тантанали маросимига бағишланган Олий Мажлис палаталарининг қўшма мажлисидаги нутқи. “Жамият” газетаси, 2016 йил 16 декабрь .
huquqiy-demokratik islohatlar, fuqarolik jamiyati barpo etish borasidagi chora- tadbirlar, jamiyatimiz hayotining barcha jabhalarini yanada erkinlashtirish kabi ustuvor masalalar – fuqarolarimizning kasbiy mahorati va ma’naviy qiyofasidagi ahloqiy-ruhiy jihatlar masalalarining mavqeini oshirdi desak, hech mubolag‘a bo‘lmaydi. Albatta, buning uchun jamoatchilik ongida hozirgi zamon shaxsi namunaga aylanishi zarur. Bugungi kun zamonaviy shaxsi nafaqat aniq bir kasb- hunarning egasi, avvalo, o‘zining faoliyati va shaxslilik fazilatlari bilan atrofdagilarning ishonchiga munosib bo‘lishi, yuksak intellektual tafakkur sohibi, uzoqni ko‘ra oladigan, doimo yangilikka intilib, zamon bilan hamqadam bo‘lib yashaydigan, qat’iyatli shaxs bo‘lishi lozim. Bu esa, bizning “Zamonaviy shaxs imidjining psixologik jihatlari” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishimizning dolzarbligini ta’minlaydi. Muammoning o‘rganilganlik darajasi. Psixologiya fanida imidj va shaxs imidji, tashkilot imidji, rahbar imidji, harbiy faoliyat imidji , harbiy xizmatchi imidji, kasbiy faoliyatning psixologik jihatlari kabi masalalarning ilk tadqiqotlari xorij psixolog va ayrim sotsiolog olimlari izlanishlarida aks etgan bo‘lib, shaxsga xos imidj va imidjning turli tasniflarining o‘rganilishida Dji.Bobbi, P.Berd L.Braun, F.Deyvis, A.Panasyuk, G.Pochepsov, M.Spillein, E.Utlik va boshqa tadqiqotchilarning turli ilmiy ishlarida asosiy o‘rin egallaydi 1 . Mamlakatimiz olimlaridan E.G‘oziev, M.Mamatov, A.Rasulov, L.Tursunov, L.Ravshanov, N.Qosimova, F.Rahimova larning shaxs psixologiyasi, shaxs modeli, amaliy-nazariy psixologiya, kasb psixologiyasi, boshqaruv psixologiyasi, ijtimoiy psixologiya, harbiy xizmatchi imidji, nodavlat notijorat tashkilotlar imidjini shakllantirishga oid tadqiqotlari va ilmiy monografiyalari ham bu borada e’tiborga molikdir 2 . Bitiruv malakaviy ishi ana shu va boshqa shu yo‘nalishdagi tadqiqotlar 1 Бобби Джи. Имидж фирмы. Планирование, формирование, продвижение. - СПб., 2000. - 224 с. ; Берд П. Продай себя. Тактика совершенствования вашего имиджа. – Минск, 1997. -187 с. ; Браун Л. Имидж - путь к успеху. - СПб., 1996. - 98 с. ; Дейвис Ф. Ваш абсолютный имидж. Книга для политиков и бизнесменов, мужчин и женщин. М.,1997.-295 с. ; Панасюк А.Ю. Вам нужен имиджмейкер. Или о том, как создать свой имидж. – М., 1998. – 239 с. ; Почепцов Г.Г. Имиджелогия – М., 2000. –768 с. ; Спиллеин М. Создайте свой имидж. Руководство для женщин. - М., 1996. – 172 с. ; Утлик Э.П. Практическая психология имиджа // Вестник университета. Сер. Социология и психология управления. М.: ГУУ, 1999. С.47. 2 Ғозиев Э.Ғ., Мамедов К.Қ. Касб психологияси.–Тошкент, «Ўқитувчи» нашриёти, 2003.-34 б., Л.С.Турсунов, А.И.Расулов, Ф.А.Чориев, А.Девяткин. П сихологларни тайёрлаш модели.–Т.: ЎзМУ, 2016.- 49 б. ; Л.Равшанов Замонавий ҳарбий хизматчи имижининг психологик жиҳатлари. дисс., Т- 2019. 8-б.;
mazmuniga tayanadi hamda unda asosiy e’tibor zamonaviy shaxs imidjining psixologik jihatlariga qaratiladi. Tadqiqotning maqsadi. Zamonaviy shaxs imidjining psixologik jihatlarini nazariy va amaliy jihatdan tahlil etish dan iborat. Bitiruv malakaviy ishining vazifalari: mavzuga oid adabiyotlarni tahlil etish va nazariy materiallarni umumlashtirish; shaxs imidjining psixologik jihatlarini tadqiq etishda qo‘llaniladigan metodikalarni tanlash va asoslash; zamonaviy shaxs imidjini psixologik nuqtai nazardan tadqiq etish; shaxs imidjining psixologik tabiati va uning shakllanish shart-sharoitlarini aniqlash; imidjning psixologik jihatlari tahlilida “shaxs”, “kasb” va “profil” tushunchalari bilan aloqadorligini aniqlash; zamonaviy shaxs imidjini tadqiq etishda psixologik tarkiblar va umumpsixologik fenomen tushunchalar tabiatini ilmiy asoslash. Bitiruv malakaviy ishining metodlari: 1. Kuzatish; 2. Suhbat; 3. Anketa; 4. R.Kettelning “O‘n olti omilli shaxsni o‘rganish so‘rovnomasi (16 RG‘)” (A variant) ; 5. Matematik statistika. Bitiruv malakaviy ishining ob’ekti. Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetining Psixologiya va ijtimoiy munosabatlar fakulteti Psixologiya nazariyasi va amaliyoti kafedrasi Psixologiya (faoliyat turlari bo‘yicha) yo‘nalishining 42 nafar 3-bosqich talabalari . Қосимова Н, Раҳимова Ф. Нодавлат нотижорат ташкилотлар имижини шакллантириш: назария ва амалиёт. Ўқув-амалий қўлланма. Т: 2015. 14 б.
Bitiruv malakaviy ishining predmeti. Zamonaviy shaxs imidjining psixologik jihatlarni diagnostika qilish va psixologik xususiyatlarini tadqiq etishdan iborat. Bitiruv malakaviy ishining yangiligi: bitiruv malakaviy ishida, zamonaviy shaxs imidjining psixologik jihatlari ilk bor bakalavr darajasini olish uchun o‘rganildi; R.Kettelning “O‘n olti omilli shaxsni o‘rganish so‘rovnomasi (16 RG‘)” (A variant) psixologik metodikasi orqali zamonaviy shaxs imidjini o‘rganishning metodik tizimi ilmiy asoslandi; Zamonaviy shaxs imidjini tavsiflovchi “reguliyativlik qobiliyati”, “ kommunikativlik qobiliyati”, “mas’uliyatlilik”, “ijtimoiy dadillik”, “faollik va analitik tafakkur” singari yetakchi omillar aniqlandi. Bitiruv malakaviy ishining nazariy va amaliy ahamiyati. Bitiruv malakaviy ishining nazariy ahamiyati shaxs imidjining psixologik jihatlarini asoslovchi nazariy ma’lumotlarning to‘plangani, tadqiqot vazifalariga mos keluvchi metodlarning qo‘llanilgani, empirik qiymatlar matematik- statistikaning ishonchli usullari yordamida tahlil qilinganligi, xulosa va tavsiyalar ishlab chiqilganlig bilan izohlanadi. Bitiruv malakaviy ishining amaliy ahamiyati oliy ta’lim muassasalarida o‘tiladigan Psixologiya yo‘nalishi fanlarini amaliy manbalar bilan boyitishda hamda zamonaviy shaxs imidjining psixologik jihatlarini diagnostika qilish bo‘yicha faoliyatlarga tatbiq etiladi. Bitiruv malakaviy ishining tuzilishi: kirish, ikki bob, olti paragraf, xulosa va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati hamda ilovalardan iborat. I BOB. IMIDJ MUAMMOSINING PSIXOLOGIK TADQIQOTLARDA O‘RGANILGANLIK HOLATI