logo

Abu Ali ibn Sino ilmiy merosining o‘rganilishi

Загружено в:

17.12.2024

Скачано:

0

Размер:

30.484375 KB
Abu Ali ibn Sino ilmiy merosining  o‘rganilishi
Reja :
1. Abu Ali ibn Sino hayoti va faoliyati .
2. Abu  Ali ibn Sino ilmiy merosida ilmlar tasnifi.
3.  Abu Ali ibn Sino ilmiy merosining o‘rganilishi ga doir . Abu Ali ibn Sino hayoti va faoliyati
Markaziy   Osiyo   xalqlari   madaniyatini   O‘rta   asr   sharoitida   dunyo
madaniyatining   oldingi   qatoriga   olib   chiqqan   buyuk   mutafakkirlardan   biri   –   Abu
Ali ibn Sino bo‘lib, u Yevropada Avitsenna nomi bilan mashhurdir. Ibn Sino (asl
ismi   Husayn,   otasining   ismi   Abdulloh)   Buxoroning   Afshona   qishlog‘ida,   hijriy
370(980)-yilning   safar   oyida,   amaldor   oilasida   tug‘ildi.   986-yilda   ibn   Sino   oilasi
Buxoroga   ko‘chib   keladi   va   shu   vaqtdan   boshlab   yosh   Husayn   boshlang‘ich
ma’lumot   olishga,   ilm-fanni   o‘rganishga   kirishadi.   Uning   yoshligi,   yigitlik
chog‘lari   Somoniylar   hukmronligining   so‘nggi   yillariga,   xususan,   Nuh   II   ibn
Mansur Somoniy  h ukmronligi davri (976-997) ga to‘g‘ri keladi.
Ibn   Sino   iste’dodli,   xotirasi   kuchli,   zehri   o‘tkir   bo‘lganligidan   o‘z   davrida
ma’lum bo‘lgan ilmlarni tezdan egallay boshladi. 10 yoshidayoq Qur’oni Karimni
boshdan-oyoq   yod   o‘qir   edi.   13   yoshlaridan   boshlang‘ich   matematika,   mantiq,
fiqh, falsafa ilmlari bilan shug‘ullana boshlaydi. Ibn Sino yosh bo‘lishiga qaramay,
Abu   Abdulloh   Notiliy   rahbarligida   falsafani,   Hasan   ibn   Nuh   Qumriydan   tibbiyot
ilmini   har   tomonlama   o‘rganadi,   asta-sekin   tabiblik   bilan   ham   shug‘ullanadi.   U
o‘zidan   avval   o‘tgan   Sharq   mutafakkirlarining   asarlarini   chuqur   o‘rganish   bilan
birga,   qadimgi   yunon   tabiiy-ilmiy,   falsafiy   merosini,   xususan,   Aristotel,   Yevklid,
Ptolemey,   Galen,   Gippokrat,   Pifagor,   Porfiriylarning   asarlarini   ham   qunt   bilan
o‘rgandi.   16-17   yoshidayoq   ibn   Sino   mashhur   tabib   –   hakim   bo‘lib   tanildi.   999-
yilda   Buxoro   Qoraxoniylar   tomonidan   zabt   etilgach,   Somoniylar   hokimiyati
inqirozga   uchradi.   1000-yilda   Ibn   Sino   Buxorodan   chiqib   ketdi   va   madaniyat
markazlaridan   biri   hisoblangan   Xorazmga   bordi,   u  yerda   Xorazm   hokimi   Ali   ibn
Ma’mun saroyidagi olimlarni birlashtirgan o‘z zamonasining akademiyasiga qabul
qilindi. Ibn Sino Beruniy, ibn Miskavayh, Abu Sahl Masihiy, Abulxayr Hammor,
Abu   Nasr   ibn   Iroq   kabi   yetuk   olimlar   bilan   yaqindan   tanishdi.   Lekin   bu   davrda
kuchayib borayotgan Mahmud G‘aznaviyning ta’qibidan qochib, Xorazmni tashlab
ketishga   va   Xuroson,   Eronning   turli   shaharlarida   sarson-sargardonliqda   yurishga
majbur bo‘ldi. Abivard, Tus, Nishopur shaharlari orqali Jurjon shahriga kelgan ibn
Sino hokim qobus ibn Vashmgir saroyida mashhur tabib sifatida yashadi, bo‘lajak shogirdi Juzjoniy bilan tanishdi. 1019-1021-yillarda Hamadonda vazir lavozimida
xizmat   qilarkan,   hokim   bilan   kelisha   olmay,   4   oy   qamoqda   yotib   chiqdi.   1023-
yilda   Isfahonga   qochdi   va   butun   umrini   ilmiy   asarlar   yozishga   bag‘ishladi.   Ibn
Sinoning   “Kitob   al-qonun   fit-tibb”,   “Kitob   un-najot”,   “Kitob   ul-insof”   kabi
mashhur   asarlari,   geometriya,   astronomiya,   o‘simlik,   hayvonot   olami,   mantiqqa
oid   risolalari,   “Hayy   ibn   Yaqzon”   falsafiy   qissasi   alloma   hayotining   so‘nggi
yillarda  yozilgan.  U Isfahonda  rasadxona   qurish  bilan  mashg‘ul  bo‘ldi. Umrining
so‘nggi yillarida feodal urushlar kuchayib ketganligi, ijtimoiy-siyosiy hayotda o‘zi
ham   faol   qatnashganligi   tufayli   u   Isfahon,   Ray,   Hamadon   shaharlari   orasida
sarson-sargardonliqda   yurib,   1037-yil   18-iyunda   Isfahon   shahrida   57   yoshida
qulunj kasalligidan vafot etdi. Ibn Sinoning hayot yo‘li o‘zi yozgan tarjimayi holi
va   shogirdi   Juzjoniy   tomonidan   qoldirilgan   manbalardan   ma’lum.   Ibn   Sinoning
ilmiy   qiziqishlari,   dunyoqarashining   shakllanishida   qadimgi   Sharq   madaniyati,
yunon ilmi, falsafasi, Markaziy Osiyo xalqlarining mustaqillik uchun olib borgan
kurashlari   muhim   rol   o‘ynadi.   Ibn   Sino   tarjimai   holida   Forobiyning   “Metafizika
maqsadlari”,   “Fusus   ul-hikam”   kabi   muhim   risolalarini   qunt   bilan   o‘rganganligi,
ulardan keng foydalanganligini ta’kidlab o‘tadi.
Ibn Sino asarlarining umumiy soni 450 dan oshadi, lekin bizgacha faqat 160
ga yaqin asari yetib kelgan, xolos. Ko‘p risolalari shaharma-shahar ko‘chib yurish,
feodal   urushlari,   saroy   to‘polonlari,   turli   falokatlar   tufayli   yo‘qolib   ketgan.   Ko‘p
manbalarda   Ibn   Sino,   avvalo,   tabib   sifatida   talqin   etiladi,   holbuki   tabobat   uning
ilmiy sohalari orasida eng muhimlaridan biridir. Ibn Sino asarlarining asosiy qismi
Yaqin   va   O‘rta   Sharqning   o‘sha   davr   ilmiy   tili   hisoblangan   arab   tilida,   ba’zilari
fors   tilida   yozilgan.   Uning   bizga   ma’lum   bo‘lgan   katta   asari   “Kitob   ush-shifo”
(“Shifo   kitobi”)   22   jilddan   iborat   bo‘lib,   4   ta   katta   bo‘limini   mantiq,   fizika,
matematika,   metafizikaga   doir   masalalar   egallagan.   Uning   ayrim   qismlari   lotin
tiliga, Yevropadagi boshqa tillarga, sharq tillariga, shuningdek, rus, o‘zbek tillariga
tarjima   qilingan.   20   jilddan   iborat   bo‘lgan   “Kitob   ul-insof ”   (“Insof   kitobi ” )
bizgacha   yetib   kelmagan,   chunki   Isfahondagi   yong‘inda   yo‘qolgan.   “Kitob   un-
najot”   (“Najot   kitobi”)   4   katta   qismdan   –   mantiq,   fizika,   matematika, metafizikadan   iborat,   “Kitob   lison   ul-arab”   (“Arab   tili   kitobi”)   10   jildni   tashil
etadi.   “Donishnoma”   fors   tilida   yozilgan   bo‘lib,   4   qismni   –   mantiq,   fizika,
matematika,   metafizikani   o‘z   ichiga   oladi   (Rus   tiliga   tarjima   etilgan,   bir   qismi
o‘zbek tilida bosilgan).
Abu  Ali ibn Sino ilmiy merosida ilmlar tasnifi
Ibn Sinoning ilmiy merosini shartli ravishda 4 qismga, ya’ni falsafiy, tabiiy,
adabiy   va   tibbiy   sohalarga   bo‘lish   mumkin,   olim   shularning   har   birida   chuqur   iz
qoldirgan.   Lekin   Ibn   Sino   asarlarining   miqdoriy   nisbatiga   nazar   solsak,   olimning
qiziqish   va   e’tibori   ko‘proq   falsafa   va   tibga   qaratilganini   ko‘ramiz.   Garchi,   uni
“Avitsenna”   sifatida   G‘arbda   mashhur   qilgan   uning   tibbiy   merosi,   xususan,   “Tib
qonunlari” bo‘lsada, “Shayx-ur-rais” nomi, eng avval, uning buyuk faylasufligiga
ishoradir.
Olimning falsafaga oid eng yirik va muhim asari “Kitob ash-shifo”dir. U 4
qismdan iborat: 1) mantiq  –  9 bo‘lakka bo‘lingan: al-madhal  –  mantiqqa kirish; al-
maqulot  –  kategoriyalar; al-iborat  –  interpretatsiya; al-qiyos  –  sillogizm; al-burhon
–   isbot,   dalil;   al-jadal   –   tortishuv,   dialektika;   as-safsata   –   sofistika;   al-xitoba   –
ritorika;   ash-she’r   –   poetika   (she’r   san’ati);   2)   tabiiyot   (bu   yerda   minerallar,
o‘simliklar,   hayvonot   olami   va   insonlar   haqida   alohida-alohida   bo‘limlarda
gapiriladi;   3)   riyoziyot   –   4   fanga   bo‘lingan;   hisob   (arifmetika),   handasa
(geometriya),   astronomiya   va   musiqa;   4)   metafizika   yoki   ilohiyot.   Bu   asarning
ayrim  qismlari  lotin, suryoniy, ibroniy, nemis, ingliz, fransuz, rus, fors va o‘zbek
tillarida nashr etilgan.
Ibn Sinoning yana bir falsafiy asari “Kitob an-najot” “Kitob ash-shifo”ning
qisqartirilgan   shakli   bo‘lib,   u   ham   qisman   jahonning   bir   necha   tillariga   tarjima
qilingan. Olimning falsafiy qarashlari yana “Al-ishorat va-ttanbihot” (“Ishoralar va
tanbihlar”), “Hikmat al-mashriqiyn” (“Sharqchilar falsafasi”), “Kitob al-ishorat fi-
lmantiq   va   lhikmat”   (“Mantiq   va   falsafaning   ishoralari”),   fors   tilida   yozilgan
“Donishnoma”   (“Bilim   kitobi”)   va   boshqa   turli   hajmdagi   falsafiy   risolalarda
hamda   “Tayr   qissasi”,   “Salomon   va   Ibsol”,   “Hayy   ibn   Yaqzon”,   “Yusuf   haqida
qissa” kabi falsafiy mazmunli badiiy qissalarda o‘z aksini topgan. Ibn   Sinoning   dunyoqarashi   Ar astu   ta’limoti   va   Forobiy   asarlari   ta’sirida
shakllandi.   Uning   fikricha,   falsafaning   vazifasi   mavjudotni,   ya’ni   barcha   mavjud
narsalarni,   ularning   kelib   chiqishi,   tartibi,   o‘zaro   munosabati,   bir-biriga   o‘tishini
zaruriyat,   imkoniyat,   voqelik,   sababiyat   omillari   asosida   har   tomonlama
o‘rganishdan   iborat.   Olamda   mavjud   barcha   narsalar   ikkiga   bo‘linadi:   zaruriy
vujud (vujudi vojib) va imkoniy vujud (vujudi mumkin). Zaruriy vujud eng irodali,
qudratli,   dono   Tangridir.   Qolgan   narsalar   imkoniyat   tarzida   mavjud   bo‘lib,
Tangridan kelib chiqadi. Zaruriy vujud bilan imkoniy vujud munosabati sabab va
oqibat munosabatidir. Bu jarayonda olamdagi hamma narsalar emanatsiya tarzida,
ya’ni  quyoshdan  chiqayotgan nur  shaklida asta-sekin amalga oshadi. Shu tartibda
imkoniyat   shaklida   mavjud   bo‘lgan   aql,   jon,   jism,   ular   bilan   bog‘liq   osmon
sferalari   kelib   chikadi.   Bular   hammasi   substansiya   (javhar)   bo‘lib,   yana   borliqda
aksidensiya   –   narsalarning   belgilari,   rangi,   hajmi,   xillari   mavjud.   Jism   shakl   va
moddadan   tashkil   topadi.   Xudo   abadiy,   uning   oqibati   bo‘lmish   materiya   ham
abadiydir. Uning o‘zi boshqa tayin jismlarning asosidir. Narsalarning moddiy asosi
hech qachon yo‘qolmaydi. Materiyaning eng sodda bo‘linmas shakli 4 unsur: havo,
olov, suv, tuproqdan iborat. Ularning turlicha o‘zaro birikuvi natijasida murakkab
moddiy   narsalar   tashkil   topadi.   Murakkab   narsalar   shaklan   o‘zgarishi   mumkin,
lekin ularning moddiy asosi bo‘lgan 4 unsur yo‘qolmaydi, abadiy saqlanadi.
Ibn   Sino   fikricha,   avval   tog‘-toshlar,   so‘ng   o‘simlik,   hayvonot   va
taraqqiyotning   yakuni   sifatida   boshqa   jonzotlardan   aqli,   tafakkur   qilish   qobiliyati
va   tili   bilan   farq   qiluvchi   inson   vujudga   kelgan.   Hodisalarni   chuqur   bilish,   fan
bilan shug‘ullanish insongagina xosdir. Inson bilimlari narsalarni bilish yordamida
vujudga keladi. Bilish hissiy bilish va tushunchalar yordamida fikrlashdan tashkil
topadi. Sezgida narsa-hodisalarning ayrim, tashqi belgilari, tayin tomonlari bilinsa,
aql ularning mohiyatini, ichki tomonlarini abstraksiyalashtirish va umumlashtirish
yordamida   bila   oladi.   Inson   aqli   turli   fanlarni   o‘rganish   yordamida  boyiydi,   rivoj
topadi.   Ibn   Sino   tushunchasida   bilimlarni   chuqur   o‘rganish   orqali   xudoni   bilish
mumkin   degan   fikr   yotadi.   U   mavjud   bilimlarni   egallagan   insongina   haqiqiy
musulmon   bo‘la   oladi,   deb   tushunadi.   Ibn   Sino   mantiqni   ilmiy   bilishning, mavjudotni   o‘rganishning   ilmiy   usuli   deb   biladi.   U   mantiqiy   usullar,   ta’riflash,
hukm,   xulosa   chiqarish,   isbotlash   masalalarini   chuqur   o‘rgandi,   mantiq   fanini
Forobiydan so‘ng bilishning to‘g‘ri metodi sifatida rivojlantirdi.
Ibn  Sino o‘z davridagi   tabiiy fanlarning  rivojiga  ham  ulkan  hissa   qo‘shgan
olimdir.   Uning   tabiiy-ilmiy   qarashlari   “Kitob   ash-shifo”ning   tabiiy   fanlarga   oid
qismida   bayon   qilingan.   Olimning   ba’zi   geologik   jarayonlarga   oid   mulohazalari
hozirgi   ilmiy   nazariyalarga   juda   yaqindir.   Uningcha,   vulqonlar   aslida   tog‘   paydo
bo‘lishi   va   zilzilalar   bilan   bog‘liq.   Tog‘   paydo   bo‘lishining   o‘zi   esa   2   yo‘l   bilan
bo‘ladi: 1) kuchli yer qimirlashi vaqtida yer qobig‘ining ko‘tarilishi; 2) suv orqali
va   havoning   asta-sekin   ta’siri   natijasida   chuqur   jarliklar   paydo   bo‘lib,   natijada
ularning yonida balandlik hosil bo‘lib qolishi. Zilzilaning paydo bo‘lishiga ham bir
necha sabablar bor. Ularning biri gazsimon yo olovsimon bug‘ bo‘ladi. Mana shu
bug‘ harakatga kelib, yerni qimirlatadi. Suvlarning yer ostiga sizib kirishi, tekis yer
chetining o‘pirilishi, ba’zida tog‘ cho‘qqilarining kuch bilan qulashi ham zilzilaga
sabab bo‘ladi. Olim fikricha, yer yuzasining ma’lum qismi bir mahallar dengiz tubi
bo‘lgan,   zamon   o‘tishi   bilan   geologik   jarayon   oqibatida   suv   havzalari   o‘rni
o‘zgargan.   Bir   vaqtlar   dengiz   bo‘lib,   hozir   quruklikka   aylangan   yerlarda   dengiz
hayvonlarining   toshqotgan   qoldiqlari   saqlanib   qolgan.   U   bunday   yerlarga   Kufa,
Misr va Xorazm yerlarini kiritadi.
Ibn   Sino   mineralogiya   (ma’danshunoslik)   sohasida   ham   salmoqli   ishlar
qilgan. U minerallarning original tasnifini taklif etdi. Unga ko‘ra, barcha ma’danlar
4 guruhga: toshlar, eriydigan jismlar (metallar), oltin-gugurtli yonuvchi birikmalar
va tuzlarga bo‘linadi. Bu tasnif to XIX asrgacha deyarli o‘zgarishsiz saqlanib keldi.
Ibn   Sinoning   geologiya   va   mineralogiyaga   oid   fikrlari   uning   “al-Af’ol   va-l-
infiolot” (“Ta’sir va ta’sirlanish”) asarida ham uchraydi.
Ibn Sino boshqa tabiiy fanlar qatori kimyo bilan ham shug‘ullangan va unga
oid asarlar ham yozgan. Bu asarlarini u turli davrda yozgan bo‘lgani uchun ularda
Ibn Sinoning kimyoga bo‘lgan munosabatining evolyutsion o‘zgarib borishi yaqqol
aks   etgan.   Uning   kimyo   sohasida   aytgan   fikrlari   o‘sha   davrdagi   alkimyo   uchun
nihoyatda   ilg‘or   edi.   Ibn   Sino   21   yoshida,   ya’ni   ilmiy   faoliyatining   bo‘sag‘asida metallar   transmutatsiyasiga,   ya’ni   oddiy   metallarni   oltin   va   kumushga   kimyoviy
yo‘l   bilan   aylantirish   mumkinligiga   ishongan   va   mutaqaddim   kimyogarlarning
kitoblari   ta’siri   ostida   “Risola   as-san’a   ila-lbaraqiy”   (“Baraqiyga   atab   san’at   (al-
kimyo)ga doir risola”)  nomli kichik asar  yozgan. Lekin 30 yoshlarga borib, ilmiy
tajribasi ortgan yosh olim bu sohadagi urinishlarning zoe ketishiga amalda ishonch
hosil qiladi va “Risola al-iksir” (“Iksir haqida risola”) asarida kimyoviy yo‘l bilan
sof   oltin   va   kumush   olish   mumkinligiga   shubha   bildiradi.   40   yoshlarda   yozishga
kirishgan   “Kitob   ash-shifo”da   esa   kimyogarlarning   transmutatsiya   sohasidagi
barcha   harakatlari   behuda   ekanligini   nazariy   jihatdan   isbotlashga   urindi.   Uning
fikricha,   o‘sha   vaqtda   ma’lum   bo‘lgan   har   bir   metall   o‘zicha   alohida   bir   modda
bo‘lib,   kimyogarlar   o‘ylagandek   bir   yagona   metallning   turi   emas.   U   oltinning
alohida   bir   elementligini   bilmasada,   uni   narsalardan   yasab   bo‘lmasligini   ham
anglagan   edi.   Olimning   bu   nazariy   mulohazalari   o‘rta   asr   kimyosining   ilmiy
kimyoga o‘sib o‘tishida muhim rol o‘ynadi.
Ibn   Sino   botanika   masalalari   bilan   ham   juda   ko‘p   shug‘ullandi,   chunki
tabobatda ishlatiladigan dorivor moddalarning aksariyati o‘simliklardan olinadi. U
“Kitob ash-shifo” ning “an-nabot” (“O‘simliklar”) qismida o‘simliklarning turlari,
paydo   bo‘lishi,   oziqlanishi,   o‘simlik   a’zolari   va   ularning   vazifalari,   ko‘payishi
hamda o‘sish sharoitlari haqida yozadi, ilmiy terminologiya yaratish sohasida ham
ish olib boradi.
Ibn   Sino   yoshligidan   astronomiyaga   qiziqqan   va   bu   qiziqish   umrining
oxirigacha   saklangan.   U   8   ta   mustaqil   risola   hamda   “Kitob   ash-shifo”   va
“Donishnoma”ning   riyoziyot   qismlarida   astronomiyaga   alohida   boblarni
bag‘ishlagan.   Ptolemeyning   “Almagest”ini   qayta   ishlab,   shuning   asosida   amaliy
astronomiya   bo‘yicha   qo‘llanma   yaratgan.   Ibn   Sino   Jurjon   shahrining   geografik
uzunligini   o‘z   davri   uchun   butunlay   yangi   bo‘lgan   usul   –   Oyning   eng   baland
nuqtasini kuzatish opqali aniqlab bergan. Beruniy “Geodeziya” asarida bu usulning
to‘g‘riligi   haqida   gapirib,   uni   faqat   Ibn   Sino   nomi   bilan   bog‘laydi.   Bu   usul
Yevropada   500   yil   dan   keyin   (1514-yil)   astronom   Verner   tomonidan   yangidan
kashf qilindi.  Matematika sohasida Ibn Sino Yevklidning “Negizlar” kitobini qayta ishlab,   unga   sharh   va   to‘ldirishlar   kiritdi,   geometrik   o‘lchamlarga   arifmetik
terminologiya   qo‘lladi,   “son”   tushunchasi   doirasini   “natural   son”dan   ancha
kengaytirdi.
She’riyat sohasida ham Ibn Sino sezilarli iz qoldirdi. U o‘zining ayrim tibbiy
asarlari   (“Urjuza”)ni   rajaz   vaznli   she’rda   yozgan.   Bundan   tashqari,   uning   bir
nechta falsafiy qissalari ham borki, ular keyinchalik fors-tojik adabiyotiga chuqur
ta’sir   ko‘rsatdi.   Olimning   fors   tilida   yozgan   bir   necha   g‘azal   va   qit’alari,   40   dan
ortiq ruboiylari mavjud. Uning she’riy merosi qisman rus va o‘zbek tillarida nashr
etilgan.
Ibn Sino musiqa bobida Forobiyning ilmiy yo‘nalishini davom ettirgan yirik
nazariyotchidir.   Musiqa   haqidagi   “Javome’   ilm   ul-musiqiy”   (“Musiqa   ilmiga   oid
to‘plam”) asari “Kitob ash-shifo” ning bir qismi  bo‘lib, har biri bir necha bobli 6
bo‘limdan iborat. “An-najot”, “Donishnoma”larda musiqa haqida kichik bo‘limlar
mavjud,   “Tib   qonunlari”,   “Risolai   ishq”   va   boshqalarda   musiqaning   ayrim
masalalari   haqida   fikr   yuritgan.   O‘z   davri   musiqasining   barcha   muammolarini
bayon   etgan:   nag‘ma,   bo‘d   (interval),   lad   tizimlari,   iyqo,   kuy   yaratish,   musiqa
asboblari   va   h.k.   Yevropada   keyinchalik   “sof   tizma   (tovushqator)”   atalgan
musiqaviy  tuzilmani  birinchi   bo‘lib  asoslagan.  Ibn  Sino  musiqiy  go‘zallik  haqida
mukammal ta’limotni ilgari surib, musiqani hamohanglikning eng kamolga yetgan
turi   deb   biladi.   Ritm   masalalariga   Sharqning   boshqa   musiqa   nazariyotchilari
singari   aruz   badiiy   tizim   bilan   bog‘liq   holda   qaraydi.   Tabib   sifatida   u   musiqani
muhim   tibbiy   vositalar   jumlasiga   kiritgan.   Inson   nutqiy   ohanglari   rivojlanishi
natijasida musiqa paydo bo‘lganligi haqidagi nazariyasi hozirgi zamonaviy musiqa
nazariyalariga   mos   keladi.   O‘zining   barkamol   shaxsni   tarbiyalash   g‘oyasida
musiqani asosiy vositalar sirasiga kiritgan.
Ibn   Sinoning   tabobatda   qilgan   ishlari   uning   nomini   bir   necha   asrlarga   shu
fan   sohasi   bilan   chambarchas   bog‘ladi.   Olimning   tabobat   taraqqiyotidagi   buyuk
xizmati   shundaki,   u   o‘zigacha   o‘tgan   turli   xalq   namoyandalari   tomonidan   asrlar
davomida tib ilmi sohasida to‘plangan ma’lumotlarni saralab, muayyan bir tartibga
soldi va ularni o‘z tajribalari bilan boyitgan holda ma’lum nazariya va qonun-qoida asosida umumlashtirdi. Bunga uning “Tib qonunlari” va bu asarning jahon tib ilmi
tarixida tutgan mavqei va qozongan shuhrati yorqin dalildir.
Ibn Sinoning tabobat sohasida qilgan ishlari o‘sha davr tabobatini bir necha
asrlarga   ilgarilatdi   va   ayrim   sohalarda   hatto   hozirgi   zamon   tibbiyotiga
yaqinlashtirdi   ham.   Olim   yashagan   davrda   bu   sohada   antik   olimlarning,   xususan
Gippokrat, Galen, Dioskorid va boshqaning ta’limoti ustuvor edi. Ibn Sino ham o‘z
tibbiy   faoliyatida   ularning   nazariy   qarashlari   va   amaliy   ko‘rsatmalariga   tayandi,
lekin   ularni   Hindiston,   Xitoy,   O‘rta   Osiyo,   Sharq   olimlarining   hamda   o‘z
tajribalari   va   bilimlari   asosida   rivojlantirdi   va   boyitdi.   Ibn   Sinoning   daho   tabib
sifatida   shuhrat   qozonishining   asosiy   omillaridan   biri   –   uning   tib   nazariyasini,
xususan,   anatomiya   –   inson   gavdasi   tuzilishini   mukammal   bilishligidir.   Bosh
suyagining   tuzilishi,   tishlarning   tuzilishi   to‘g‘risida   u   Galenga   ergashgan   holda
to‘g‘ri   fikrlagan.   Uning   ko‘zning   anatomiyasi,   ko‘rish   jarayonining   qanday   sodir
bo‘lishi va unda ko‘z qorachig‘ining roli, ko‘z muskullarining joylashishi xususida
yozganlari   zamonaviy   oftalmologiyaga   yaqindir.   Asablar,   qon   tomirlar,
mushaklarning   tuzilishi   va   funksiyalari   to‘g‘risida   yozganlari   anatomiyaning
amaliyot bilan bog‘liqligini ko‘rsatadi. Bu esa amaliy anatomiyaning asoschisi deb
tan olingan rus olimi N.Pirogovni Ibn Sinoning izdoshi deyishga asos beradi.
Ibn   Sino   o‘tkir   diagnost   edi.   Uning   ba’zi   tashxis   usullari   hozir   ham   o‘z
ahamiyatini   yo‘qotmagan.   Perkussiya   (a’zoga   urish   orqali   diagnoz   qo‘yish)ni,
xususan, assit va meteorizmni farqlashda, istisqoni aniqlashda (qoringa sekin urish
orqali)   qo‘llagan.   Bu   usul   600   yildan   keyin   venalik   tabib   Leopold   Auenbrugger
(1722 – 1809)   tomonidan   qayta   kashf   qilinib,   yana   50   yildan   so‘ng   amaliyotga
kirgan. Olim qon tuflash holatlari va nafas olish turlarini chuqur o‘rganib, ulardan
tashhisda   foydalangan.   Ibn   Sino   turli   kasalliklarning   differensial   diagnostikasida
va   gavdaning   umumiy   holatini   aniqlashda   tomir   urishi,   siydik   va   najasga   qarab
olinadigan   belgilarga   katta   e’tibor   beradi.   Masalan,   diabet   (qand)   kasalligini   u
siydikning   holati,   shu   jumladan,   undagi   shirinlik   moddasiga   qarab   tashhis   qiladi.
Diabet   kasalligida   siydikda   qand   moddasi   bo‘lishini   1775-yilda   ingliz   olimi
Dobson   aniqlagan.   Tabobat   tarixida   birinchi   bo‘lib   Ibn   Sino   vabo   bilan   o‘latni farqlagan,   yuqumli   kasalliklar   bilan   og‘rigan   bemorlarni   boshqalardan   ajratgan
holda   saqlash   kerakligini   ta’kidlagan,   meningit,   oshqozon   yarasi,   sariq   kasalligi,
plevrit moxov, zaxm, qizamiq, suvchechak, kuydirgi kabi kasalliklarning belgilari
va kechish jarayonini to‘g‘ri tasvirlab bergan. Quturish kasalligining ko‘rinishlari,
uning   yuqumli   xarakteri,   bemorning   bu   kasallikdagi   holatlarini   juda   to‘g‘ri
aniqlagan.   1804-yilda   yevropalik   olim   Sinke   quturgan   hayvonlarning   so‘lagi
yuqumliligini tasdiqlagan.
Psixik   va   asab   kasalliklarini   tavsiflash   va   davolashga   ham   olim   ko‘p
yangiliklarni   kiritgan.   Bu   kasalliklarni   davolashda   u   atrof   muhitning,   iqlimning,
parhez  va  jismoniy  mashqlarning  ta’siriga  hamda  bemor  kayfiyatini   yaxshilashga
qaratilgan tadbirlarga katta ahamiyat beradi.  Bemorlarni davolashda olim 3 narsaga
–   tartib   (parhez),   dorilar   bilan   davolash   va   turli   tibbiy   tadbirlarni   qo‘llashga
ahamiyat   berish   kerakligini   aytadi.   Kasallikni   davolashda   ovqatlanish,   ya’ni
parhezni   muhim   omillardan   deb   hisoblaydi   va   har   bir   kasallik   uchun   o‘z
ovqatlanish   tartibini   beradi.   Chunonchi,   jigar   kasalliklarida   ko‘proq   mayiz,   anjir,
anor suvi iste’mol qilishni buyuradi.  Bu esa bunday kasalliklarni hozirgi glyukoza
va insulin bilan davolash usullarining qadimiy ko‘rinishidir.
Ibn Sinoning jarrohlik sohasini rivojlantirishdagi xizmatlari ham ulkandir. U
o‘z   tibbiy   asarlarida   zamonaviy   jarrohlikda   qo‘llanib   kelayotgan   ayrim   usullarni
bayon   qiladi.   Yiringli   shishlarni   kuydirish   yoki   pichoq   bilan   yorish,   bavosir
shishlarini   tikish,   tampon,   o‘tkir   modda   yoki   tikish   bilan   qon   to‘xtatish,   tomoqni
kesib,   nay   qo‘yish   (traxeotomiya)   shular   jumlasidandir.   Yelka   suyagining
chiqishini   oddiy   bosish   bilan   davolash   usuli   hozirgacha   “Avitsenna   usuli”   deb
ataladi.   Umurtqaning   qiyshayishini   Ibn   Sino   o‘zi   ixtiro   qilgan   yog‘och   moslama
yordamida   tuzatgan.   Bu   usulni   XV   asrda   fransuz   tabibi   Kalo   qayta   kashf   etgan.
Suyaklarni   gipslash   usuli   ham   Ibn   Sino  tomonidan   keng  qo‘llangan,  lekin   u  ham
keyinchalik   unutilib,   yevropalik   tabiblar   tomonidan   1852-yilda   amaliyotga   yangi
ixtiro sifatida qaytarilgan.
Hozir   ko‘z   jarrohligida   qo‘llanayotgan   usullarning   qariyb   barchasi   Ibn
Sinoga   ma’lum   bo‘lgan.   Yomon   sifatli   saraton   (rak)   shishlari,   qovuq   toshlarini olish, istisqo, bavosirning operatsiyalari, bosh suyagining operatsiyasi va boshqalar
Ibn   Sino   qo‘llagan   muolaja   usullaridandir.   Jarrohlikda   anesteziya   (og‘riqni
sezdirmaslik)   masalasiga   ham   Ibn   Sino   katta   e’tibor   bergan.   Buning   uchun   u
afyun,   mingdevona,   nasha   va   h.   k.   narkotik   ta’sirga   ega   bo‘lgan   dorilardan
foydalangan.   Kasallikni   davolashda   Ibn   Sino   shaxsiy   gigiena,   uyqu   va   jismoniy
mashqlarning   ahamiyati   kattaligini   uqtirgan.   Uning   bir   kasallikni   boshqa   bir
kasallikni   chaqirish   yo‘li   bilan   davolash   usuli   diqqatga   sazovordir.   Masalan,   u
tutqanoqni   davolashda   to‘rt   kunlik   isitma   bilan   og‘rishni   foydali   deb   biladi.
Avstriyalik psixiatr Yu. Vagner-Yaureg (1857 – 1940) shunday usulni qo‘llab, zaxm
kasalligini   bezgakni   yuqtirish   orqali   davolagani   uchun   1927-yilda   Nobel
mukofotiga sazovor bo‘lgan.
Ibn   Sino   dorishunoslik   sohasida   chuqur   tadqiqotlar   olib   borgan.   U   antik
olimlarning   farmatsiyasi   asosida   musulmon   Sharqida   paydo   bo‘lgan   yangi
farmatsiyaning   shakllanishiga   yakun   yasadi.   Tabobatda   sano,   kofur   (kamfara),
rovoch, tamr-hindiy (hind hurmosi) kabi dorilarning ishlatilishi, asal  o‘rnida ko‘p
dorilarning   qand   (shakar)   asosida   tayyorlanishi   ham   Ibn   Sinoning   xizmatidir.
Uning   dorivor   o‘simliklarni   yig‘ish,   saqlash,   qayta   ishlash   usullari   hozirgi
dorishunoslikdagi usullarga juda yaqindir. Tabiiy dorilar bilan bir katorda Ibn Sino
birinchilardan   bo‘lib   kimyoviy   usulda   tayyorlangan   dorilarni   ham   ishlatgan.
Kasallikning   turiga   qarab   avval   sodda,   so‘ng   murakkab   tarkibli   dori   bilan
davolagan.   Eng   muhimi,   u   oziq-ovqatlarning   shifo-baxsh   ta’siriga   katta   ahamiyat
berib,   davolashni   shunday   mahsulotlardan   (meva,   sabzavot,   sut,   go‘sht   va   h.   k.)
boshlagan.   Dori   tayinlashda   bemorning   mijozi   (issiq,   sovuq,   ho‘l,   quruq),   yoshi,
iqlim   sharoitini   hisobga   olish   zarurligini   ta’kidlaydi.   Ibn   Sino   farmatsiyasi   juda
puxta   o‘ylangan   farmakologik   tadqiqot   usuliga   asoslanganligi   bois   o‘rta   asr
Yevropa   farmatsiyasidan   ancha   o‘zib   ketdi   va   zamonaviy   dorishunoslikka
yaqinlashdi.   Olim   ishlatgan   dorilarning   bir   qanchasi   hozirgi   farmakopeyalardan
mustahkam o‘rin olgan.
Ibn   Sinoning   tibga   oid   yozgan   asarlarining   30   dan   ortig‘i   bizgacha   yetib
kelgan,   ularning   orasida   “Qonun”   kabi   tibbiy   ensiklopediya   bilan   bir   qatorda tibning ayrim nazariy va amaliy masalalariga bag‘ishlangan turli hajmdagi “Urjuza
fi-ttibb”   (“Tibbiy   urjuza”),   “al-Adviyat   al-qalbiya”   (“Yurak   dorilari”),   “Daf’
almadorr   al-kulliya   an-al-abdon   al-insoniya”   (“Inson   badaniga   yetishgan   barcha
zararlarni   yo‘qotish”),   “Kitob   al-qulanj”   (“Qulanj   haqidagi   kitob”),   “Maqola   fi-
nnabz”   (“Tomir   urishi   haqida   maqola”),   “Risola   fi-l-boh”   (“Shahvoniy   quvvat
haqida   risola”),   “Risola   fi   tadbiri   al-musofirin”   (“Safardagilarning   tadbiri   haqida
risola”), “Risola fi xifz as-sihha” (“Sog‘liqni saqlash haqida risola”), “Risola fi-s-
sikanjubin”   (“Sikanjubin   haqida   risola”),   “Risola   fi-lfasd”   (“Qon   olish   haqida
risola”), “Risola fi-lhindabo” (“Sachratqi haqida risola”) kabi risolalar ham bor.
Ibn   Sino   o‘z   davridagi   ilmlar   tasnifi   masalasiga   ham   jiddiy   e’tibor   bilan
qaradi va bu sohada “Aqsom al-ulum al-aqliya” (“Aqliy ilmlar tasnifi”) nomli asar
yozdi. Unda olim aqliy ilmlarni hikmat  –  falsafa ilmlari deb olib, ularni nazariy va
amaliy   qismlarga   bo‘ldi.   Nazariy   ilmlar   haqiqatni   bilishga,   amaliy   ilmlar   yaxshi
ishlarni   bajarishga   qaratilgan.   Nazariy   falsafa   3   ga   bo‘linadi:   1)   quyi   darajadagi
ilm, ya’ni  tabiatshunoslik   (tib,  kimyo,  astrologiya  va boshqa);   2)   o‘rta  darajadagi
ilm   –   matematika   (geometriya,   arifmetika,   astronomiya,   musiqa);   3)   oliy
darajadagi ilm  –  metafizika (ilohiyot). Amaliy falsafa ham uch qism (axloq, iqtisod
va   siyosat)   ga   bo‘linib,   birinchisida   bitta   shaxs,   uning   fe’l-atvori   qanday   bo‘lishi
haqida;   ikkinchisida   insonlarning   oilada,   xo‘jalik   ishlarida   bir-biri   bilan
munosabatlari   qanday   bo‘lishi   va   uchinchisida   shahar   yoki   o‘lka   miqyosida
kishilarning bir-biri bilan munosabati qanday bo‘lishi, davlatni idora qilish haqida
gap boradi. Bu turkumlar  ham  mayda tarmoqlarga bo‘linib ketadi. Asarda 29 ilm
tarmog‘i tilga olinadi. Ibn Sino haqiqiy axloqiy fazilatlarga va ideal  jamoaga shu
mavjud   dunyoda   erishuv   mumkin,   jamiyatda   insonlar   o‘zaro   yordam   asosida
yashashlari kerak deb ta’kidlaydi. 
Jamiyat   kishilarning   o‘zaro   kelishuvi   asosida   qabul   qilinadigan   adolatli
qonunlar yordamida boshqarilishi lozimligini aytadi. Jamiyat a’zolarining hammasi
bu konunga itoat etishlari, qonunni buzish va adolatsizlik jazolanishi  lozim. Agar
hokim   podshoning   o‘zi   adolatsizlikka   yo‘l   qo‘ysa,   xalqning   unga   qarshi
qo‘zg‘oloni   to‘g‘ri   va   jamiyat   tomonidan   qo‘llab-quvvatlanmog‘i   kerak,   deb hisoblaydi. O‘zining axloq to‘g‘risidagi fikrlarida insonlarning kundalik ishlaridagi
eng   zarur   axloqiy   munosabatlarga,   kamtarlik,   izzat-hurmat,   jasurlik,   to‘g‘rilik,
sofdillik kabi xulqiy qoidalarga alohida e’tibor beradi.
Ibn Sino o‘zining boy va serqirra ilmiy merosi bilan keyingi davr Sharq va
G‘arb   madaniyatining   rivojiga   katta   ta’sir   ko‘rsatdi.   Sharqning   Umar   Xayyom,
Abu   Ubayd   Juzjoniy,   Nasriddin   Tusiy,   Fariduddin   Attor,   Ibn   Rushd,   Nizomiy
Ganjaviy,   Faxriddin   Roziy,   Taftazoniy,   Nosir   Xisrav,   Jaloliddin   Rumiy,   Alisher
Navoiy,   Abdurahmon   Jomiy,   Ulug‘bek,   Bedil,   Bahmanyor   ibn   Marzbon   kabi
mutafakkir va olimlari o‘z asarlarida Ibn Sino ta’limoti va ilmiy g‘oyalarini davom
ettirdilar.   Yevropada   allomaning   asarlari   XII   asrdan   boshlab   lotin   tiliga   tarjima
qilinib,   universitetlarda   o‘qitila   boshlandi.   Yevropaning   mashhur   faylasuf   va
tabiatshunos   olimlaridan   Jordano   Bruno,   Gundisvalvo,   Vilgelm   Overnskiy,
Aleksandr Gelskiy, Albert fon Bolshtedt, Foma Akvinskiy, Rojer Bekon, Dante va
boshqalar   Ibn   Sinoning   ilg‘or   fikrlaridan   o‘z   ijodlarida   foydalandilar   va   uning
nomini zo‘r hurmat bilan tilga oldilar.
Ibn Sino ilmiy merosini o‘rganish ishlari yangi davrga kelib jadal tus oldi va
natijada   chet   el   hamda   O‘zbekistonda   maxsus   ilmiy   yo‘nalish   –   sinoshunoslik
vujudga keldi. “Tib qonunlari”ning lotincha tarjimasi  to‘liq holda  40 marta nashr
etildi.   Uning   ayrim   qismlari   nemis,   ingliz   va   fransuz   tillariga   tarjima   qilindi,
olimning   falsafiy   va   boshqa   sohalarga   oid   asarlari   ham   jahonning   bir   necha
tillarida nashr etildi, uning ijodiga oid qator yirik tadqiqotlar yaratildi.
Abu Ali ibn Sino ilmiy merosining o‘rganilishi ga doir
Jahonning   turli   kutubxonalarida   Ibn   Sino   asarlarining   qo‘lyozmalari
saqlanadi,   shu   jumladan,   O‘zbekiston   Fanlar   akademiyasi   Abu   Rayxon   Beruniy
nomidagi Sharqshunoslik universitetida ham alloma qalamiga mansub 50 asarning
60   ta   qo‘lyozmasi   mavjud.   Yevropa   olimlari   Y.Bishmann,   Y.Ruska,   X.Korbin,
Kruz   Xernandez,   L.Garde,   A.Guashon,   X.Ley,   P.Morividj,   J.Saliba   hamda   arab,
turk   va   eron   olimlari   M.Najotiy,   A.Nodir,   J.Qanavotiy,   Said   Nafisiy,   Yahyo
Maxdaviy,   Umar   Farrux,   E.Ihsono‘g‘lu,   F.Rahmon,   M.Muso,   H.G‘araba,
M.Shohvardiy va boshqalar Ibn Sino ijodini o‘rganishga ma’lum hissa qo‘shdilar. Rossiyalik   olimlardan   Y.Bertels,   A.Borisov,   I.Braginskiy,   S.Grigoryan,   B.Petrov,
B.Rozenfeld,   V.Ternovskiy,   A.Sagadeyev,   M.Rojanskaya,   Tojikiston   olimlaridan
S.Ayniy,   M.Dinorshoyev,   T.Mardonov,   N.Rahmatullayev,   A.Bahovuddinov ,
Y.Nuraliyev bu yo‘nalishning rivojlanishiga xizmat qildilar.
Rus   antropologi   M.Gerasimov,   bir   necha   tarixiy   shaxslar   qatori,   Ibn
Sinoning   ham   kalla   suyagi   asosida   haykal-portretini   yaratgan.   Andijon   tibbiyot
instituti   xodimlari   (Y.Otabekov,   Sh.Hamidullin,   Y.Sokolova)   Ibn   Sinoning   ilmiy
asoslangan   timsolini   haykal-byustda   tasvirladilar   (1965).   O‘zbekistonlik   rassom
S.Marfin Ibn Sino badiiy portretini ishlagan (1968). Ibn Sino haqida “O‘zbekfilm”
studiyasi   ijodkorlari   (rej.E.Eshmuxamedov;   O.Agishev,   E.Eshmuhamedov
ssenariysi) “Dahoning yoshligi” tarixiy-biografik badiiy filmini (1984) yaratdilar.
O‘zbekistonda   Ibn   Sino   asarlarini   tarjima   va   tadqiq   etishda   sharqshunos
olimlar   S.Mirzayev,   A.Murodov,   A.Rasulov,   U.Karimov,   Y.Zavadovskiy,
A.Semyonov,   M.Sale,   P.Bulgakov,   Sh.Shoislomov,   E.Talabov,
H.Hikmatullayevlar ulkan ishlarni amalga oshirdilar. T.Qori-Niyoziy, I.Mo‘minov,
M.Xayrullayev,   M.Boltayev,   A.Axmedov,   G.Matvievskaya,   V.Jumayev,
N.Majidov, O.Fayzullayev, M.Baratovning monografiya va maqolalarida Ibn Sino
ijodining turli qirralari tadqiq etilgan.
G‘arbda   Avitsenna nomi  bilan mashhur  ulug‘  mutafakkir  Abu Ali  ibn Sino
o‘rta   asrlardayoq   islom   olamining   nufuzli   olim-faylasufi   deya   nom   qozongan   va
jahon   ilm-fani,   madaniyatiga   bebaho   ulush   qo‘shgan.   G‘arbda   Uyg‘onish   davri
antik davr merosini, asosan qadimgi yunon faylasuflari – Suqrot, Platon, Aristotel
va ularning izdoshlari merosini chuqur o‘rganishga sharoit yaratib berdi. Bu davrda
Abu   Ali   ibn   Sinoning   tabobat   va   falsafa   sohasidagi   asarlari   lotin   tiliga   o‘girilib,
asosan,   Rim   va   Venetsiyada   nashr   qilindi.   Allomaning   sharqu-g‘arbda   birdek
shuhrat topgan “Tib qonunlari” asari XII asrdayoq lotin tiliga tarjima qilinib, 1500-
yildan   1674-yilgacha   60   marta   ketma-ket   nashr   qilingan   va   bir   necha   asrlar
davomida   shifokorlarning   dasturilamal   qo‘llanmasi   bo‘lib   kelgan.   1608-yili
Venetsiyada kitobning bezaklangan nodir nashri chop qilingan.  Kiyev   Rusining   Markaziy   Osiyo   bilan   savdo   aloqalari   orqali   Ibn   Sino
asarlari rus xalqiga ham yetib borgan. Ulug‘ allomaning turli sohalardagi merosini
o‘rganish   barobarida   musiqa   nazariyasi   xususidagi   nuqtai   nazarlari   barcha
davrlarda   rus   tadqiqotchilari   diqqat   markazida   turdi.   XIX   asrga   kelib   –   Tib
qonunlarining ayrim qismlari nemis, fransuz, ingliz tillariga ham tarjima qilinadi. 
Ibn  Sinoning G‘arbda  tarjima qilingan  dastlabki   asarlari   –   ash-Shifo,  – Kitob  an-
najot va asosan –   Tib qonunlaridir. Ushbu asarlar fransuz mutafakkirlari Dominik
Gundisalvo,   Giyom   d’Overenskiy,   Aleksandr   Gelskiy,   Jan   de   lya   Roshel,   Stefan
Brabantskiy   va   boshqalar   ijodiga   kuchli   ta’sir   o‘tkazgan.   Buyuk   mutafakkirning
falsafiy   asarlari   G‘arbda,   xususan,   Fransiyada   XIII   asrda   yuksak   shuhrat
cho‘qqisiga   erishdi   va   lotin   sxolastikasining   rivojlanishi   bilan   bog‘liqdir.   Shu
yo‘sinda   Ibn   Sino   falsafasi   ham   xuddi   tabobati   singari   e’tibor   qozonib,   yangi
platonizm g‘oyalari bilan G‘arbga kirib bordi. Shuni qayd qilish kerakki, Abu Ali
ibn   Sino   ta’limotining   g‘arb   filosof   va   teologlari   tomonidan   yuksak   e’tirofga
sazovor   bo‘lish   sabablaridan   biri   uning   g‘oyalarini   Avgustin   Blajen   g‘oyalariga
yaqin turishi, o‘xshashligi edi. Avgustin Blajen ilgari surgan g‘oyalar xristian dini
ta’siri   ostida   shakllangan   edi.   Cherkovning   diniy   aqidalarini   nazariy   asoslashga
intilgan o‘rta asr mutafakkirlari (sxolastlar) orasida ko‘plab olimlar bo‘lib, ulardan
Giyom   d’Overenskiy,   Jan   de   lya   Roshellar   avliyo   Avgustinning   shogirdlari   va
izdoshlari   edilar.   Chuqur   tahlilli   mutafakkirlar   Ibn   Sinoning   ruh   muammosi
haqidagi fikrlari badantarbiyadan keyin ham sovuq suvda cho‘milishdan saqlanish
kerakligini uqtiradi. Bundan juda kuchli odamlargina mustasnoligini ham ta’kidlab
o‘tadi.   Shuningdek,   cho‘milish   miqdorining   ahamiyati   inson   salomatligi   uchun
muhimligini ham esdan chiqarmaslikni o‘z asarlarida sifatida yozib qoldirgan. 
Ochiq   suv   havzalari,   ariq   va   ko‘llarda   suvga   cho‘milish   maqsadida   borib
sovuq   suvga   cho‘milish   qoidalariga   amal   qilmasdan   suvga   cho‘kkan,   ammo   turli
sabablar   bilan   ha ѐK tga   boshqadan   qaytgan   11   ta   insonlar   bilan   o‘tkazilgan
so‘rovnomalarda va tez tibbiy yordam xodimlarining aniqlashicha, insonlar sovuq
suvga   cho‘milgan   paytida   organizmda   modda   almashinuvining   susayishi,   asab-
nerv   tizimining   tortishishi   va   qon   bosimi-ning   pasayishi   aniqlangan.   Bularning natijasida   odamlar   es-hushini   yo‘qotishi,   oshqozon   va   nafas   tizimiga   suv   yutish
(asfeksiya) natijasida komaga tushishi hollari aniqlangan. 
Ibn   Sino   tomonidan   bundan   ming   yillar   oldin   aytib   o‘tilgan   sovuq   suvga
cho‘milish   qoidalari   hozirgi   kunda   ham   tashviqot   –   targ‘ibot   mavzularida   o‘z
o‘rnini yo‘qotgan emas. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
Asosiy adabiyotlar
1.   Абдуҳалимов   Б.А.     “Байт   ал-ҳикма»   ва   Ўрта   Осиё   олимларининг
Бағдоддаги илмий фаолияти. -Т.: Тошкѐнт ислом унив	ѐрсит	ѐти, 2004. -236 б.
2.   Абу   Бакр   Шоший   //   Ислом   энциклоп	
ѐдияси   (А–Ҳ).   –   Т.:   Ўзб	ѐкистон
Миллий энциклоп	
ѐдияси, 2004. -Б. 10.
3.  Абу Наср Форобий. Фозил одамлар ша ҳ ри. Т.:  Ў зМУ   нашриёти,  –  2004.
4.  Азамат Зиё. Ўзб
ѐк давлатчилиги тарихи. -Т.: Шарқ, 2001.-368 6.
5.  Аль-Хор	
ѐзми. Астрономич	ѐски	ѐ трактаты. / П	ѐр. и прим	ѐч. А. Ахм	ѐдова. –
Ташк	
ѐнт: Фан, 1983. – 140 с.
6.   Аҳм
ѐдов   А.   Аҳмад   ал-Фарғоний.   –   Тошк	ѐнт:   Ўзб	ѐкистон   миллий
энциклоп	
ѐдияси, 1998. – 160 б.
7. Баҳодиров Р.М. Абу Абдуллоҳал-Хоразмий ва илмлар таснифи тарихидан.
-Т.: Ўзб	
ѐкистон, 1995. -143 б.
8. Бобо
ѐв С. Аҳмад ал-Фарғоний. – Тошк	ѐнт: Тафаккур, 2010.
9. Бозоров О.Б. Шоди	
ѐв Р.Т. Ўрта Осиё тасаввуфи ва ахлоқий қадриятлар. —
Самарканд, 1992.
10.   Бойматов   С.   Маматкулов   Ф.,   “Буюк   аждодларимиз   м	
ѐроси   бутун
инсониятнинг бойлигидир”. Илмий-услубий кулланма.   Жиззах-2015 .
11. Буюк аждодларимиз. – Тошк	
ѐнт: Тошк	ѐнт ислом унив	ѐрсит	ѐти. 2002. 
12.  Жузжоний А.Ш. Тасаввуф ва инсон. – Тошк	
ѐнт: Адолат, 2001. 
13.   Ирисов А. Абу Али ибн Сино ҳаёти ва ижодий м	
ѐроси. – Тошк	ѐнт: Фан,
1980. – 207 б.
14.  Комилов Н. Нажмиддин Кубро. – Тошк	
ѐнт: Халқ м	ѐроси, 1995.
15.  Комилов Н. Тасаввуф. Т.: Мовароуннахр — Ўзб	
ѐкистон, 2009.
16.  Комилов Н. Тафаккур карвонлари, – Тошк	
ѐнт: Маънавият, 1999. – 279 б.
17.  Конрад Н.Н. Запад и Восток. М.: Т.1 р	
ѐдак. Вост. лит	ѐратурм. 1972.
18.  Қори	
ѐв  О.  Фарғона   фиқҳ  мактаби   ва  Бурҳонуддин   ал-Марғиноний.   –  Т.:
Фан, 2009.

Abu Ali ibn Sino ilmiy merosining o‘rganilishi Reja : 1. Abu Ali ibn Sino hayoti va faoliyati . 2. Abu Ali ibn Sino ilmiy merosida ilmlar tasnifi. 3. Abu Ali ibn Sino ilmiy merosining o‘rganilishi ga doir .

Abu Ali ibn Sino hayoti va faoliyati Markaziy Osiyo xalqlari madaniyatini O‘rta asr sharoitida dunyo madaniyatining oldingi qatoriga olib chiqqan buyuk mutafakkirlardan biri – Abu Ali ibn Sino bo‘lib, u Yevropada Avitsenna nomi bilan mashhurdir. Ibn Sino (asl ismi Husayn, otasining ismi Abdulloh) Buxoroning Afshona qishlog‘ida, hijriy 370(980)-yilning safar oyida, amaldor oilasida tug‘ildi. 986-yilda ibn Sino oilasi Buxoroga ko‘chib keladi va shu vaqtdan boshlab yosh Husayn boshlang‘ich ma’lumot olishga, ilm-fanni o‘rganishga kirishadi. Uning yoshligi, yigitlik chog‘lari Somoniylar hukmronligining so‘nggi yillariga, xususan, Nuh II ibn Mansur Somoniy h ukmronligi davri (976-997) ga to‘g‘ri keladi. Ibn Sino iste’dodli, xotirasi kuchli, zehri o‘tkir bo‘lganligidan o‘z davrida ma’lum bo‘lgan ilmlarni tezdan egallay boshladi. 10 yoshidayoq Qur’oni Karimni boshdan-oyoq yod o‘qir edi. 13 yoshlaridan boshlang‘ich matematika, mantiq, fiqh, falsafa ilmlari bilan shug‘ullana boshlaydi. Ibn Sino yosh bo‘lishiga qaramay, Abu Abdulloh Notiliy rahbarligida falsafani, Hasan ibn Nuh Qumriydan tibbiyot ilmini har tomonlama o‘rganadi, asta-sekin tabiblik bilan ham shug‘ullanadi. U o‘zidan avval o‘tgan Sharq mutafakkirlarining asarlarini chuqur o‘rganish bilan birga, qadimgi yunon tabiiy-ilmiy, falsafiy merosini, xususan, Aristotel, Yevklid, Ptolemey, Galen, Gippokrat, Pifagor, Porfiriylarning asarlarini ham qunt bilan o‘rgandi. 16-17 yoshidayoq ibn Sino mashhur tabib – hakim bo‘lib tanildi. 999- yilda Buxoro Qoraxoniylar tomonidan zabt etilgach, Somoniylar hokimiyati inqirozga uchradi. 1000-yilda Ibn Sino Buxorodan chiqib ketdi va madaniyat markazlaridan biri hisoblangan Xorazmga bordi, u yerda Xorazm hokimi Ali ibn Ma’mun saroyidagi olimlarni birlashtirgan o‘z zamonasining akademiyasiga qabul qilindi. Ibn Sino Beruniy, ibn Miskavayh, Abu Sahl Masihiy, Abulxayr Hammor, Abu Nasr ibn Iroq kabi yetuk olimlar bilan yaqindan tanishdi. Lekin bu davrda kuchayib borayotgan Mahmud G‘aznaviyning ta’qibidan qochib, Xorazmni tashlab ketishga va Xuroson, Eronning turli shaharlarida sarson-sargardonliqda yurishga majbur bo‘ldi. Abivard, Tus, Nishopur shaharlari orqali Jurjon shahriga kelgan ibn Sino hokim qobus ibn Vashmgir saroyida mashhur tabib sifatida yashadi, bo‘lajak

shogirdi Juzjoniy bilan tanishdi. 1019-1021-yillarda Hamadonda vazir lavozimida xizmat qilarkan, hokim bilan kelisha olmay, 4 oy qamoqda yotib chiqdi. 1023- yilda Isfahonga qochdi va butun umrini ilmiy asarlar yozishga bag‘ishladi. Ibn Sinoning “Kitob al-qonun fit-tibb”, “Kitob un-najot”, “Kitob ul-insof” kabi mashhur asarlari, geometriya, astronomiya, o‘simlik, hayvonot olami, mantiqqa oid risolalari, “Hayy ibn Yaqzon” falsafiy qissasi alloma hayotining so‘nggi yillarda yozilgan. U Isfahonda rasadxona qurish bilan mashg‘ul bo‘ldi. Umrining so‘nggi yillarida feodal urushlar kuchayib ketganligi, ijtimoiy-siyosiy hayotda o‘zi ham faol qatnashganligi tufayli u Isfahon, Ray, Hamadon shaharlari orasida sarson-sargardonliqda yurib, 1037-yil 18-iyunda Isfahon shahrida 57 yoshida qulunj kasalligidan vafot etdi. Ibn Sinoning hayot yo‘li o‘zi yozgan tarjimayi holi va shogirdi Juzjoniy tomonidan qoldirilgan manbalardan ma’lum. Ibn Sinoning ilmiy qiziqishlari, dunyoqarashining shakllanishida qadimgi Sharq madaniyati, yunon ilmi, falsafasi, Markaziy Osiyo xalqlarining mustaqillik uchun olib borgan kurashlari muhim rol o‘ynadi. Ibn Sino tarjimai holida Forobiyning “Metafizika maqsadlari”, “Fusus ul-hikam” kabi muhim risolalarini qunt bilan o‘rganganligi, ulardan keng foydalanganligini ta’kidlab o‘tadi. Ibn Sino asarlarining umumiy soni 450 dan oshadi, lekin bizgacha faqat 160 ga yaqin asari yetib kelgan, xolos. Ko‘p risolalari shaharma-shahar ko‘chib yurish, feodal urushlari, saroy to‘polonlari, turli falokatlar tufayli yo‘qolib ketgan. Ko‘p manbalarda Ibn Sino, avvalo, tabib sifatida talqin etiladi, holbuki tabobat uning ilmiy sohalari orasida eng muhimlaridan biridir. Ibn Sino asarlarining asosiy qismi Yaqin va O‘rta Sharqning o‘sha davr ilmiy tili hisoblangan arab tilida, ba’zilari fors tilida yozilgan. Uning bizga ma’lum bo‘lgan katta asari “Kitob ush-shifo” (“Shifo kitobi”) 22 jilddan iborat bo‘lib, 4 ta katta bo‘limini mantiq, fizika, matematika, metafizikaga doir masalalar egallagan. Uning ayrim qismlari lotin tiliga, Yevropadagi boshqa tillarga, sharq tillariga, shuningdek, rus, o‘zbek tillariga tarjima qilingan. 20 jilddan iborat bo‘lgan “Kitob ul-insof ” (“Insof kitobi ” ) bizgacha yetib kelmagan, chunki Isfahondagi yong‘inda yo‘qolgan. “Kitob un- najot” (“Najot kitobi”) 4 katta qismdan – mantiq, fizika, matematika,

metafizikadan iborat, “Kitob lison ul-arab” (“Arab tili kitobi”) 10 jildni tashil etadi. “Donishnoma” fors tilida yozilgan bo‘lib, 4 qismni – mantiq, fizika, matematika, metafizikani o‘z ichiga oladi (Rus tiliga tarjima etilgan, bir qismi o‘zbek tilida bosilgan). Abu Ali ibn Sino ilmiy merosida ilmlar tasnifi Ibn Sinoning ilmiy merosini shartli ravishda 4 qismga, ya’ni falsafiy, tabiiy, adabiy va tibbiy sohalarga bo‘lish mumkin, olim shularning har birida chuqur iz qoldirgan. Lekin Ibn Sino asarlarining miqdoriy nisbatiga nazar solsak, olimning qiziqish va e’tibori ko‘proq falsafa va tibga qaratilganini ko‘ramiz. Garchi, uni “Avitsenna” sifatida G‘arbda mashhur qilgan uning tibbiy merosi, xususan, “Tib qonunlari” bo‘lsada, “Shayx-ur-rais” nomi, eng avval, uning buyuk faylasufligiga ishoradir. Olimning falsafaga oid eng yirik va muhim asari “Kitob ash-shifo”dir. U 4 qismdan iborat: 1) mantiq – 9 bo‘lakka bo‘lingan: al-madhal – mantiqqa kirish; al- maqulot – kategoriyalar; al-iborat – interpretatsiya; al-qiyos – sillogizm; al-burhon – isbot, dalil; al-jadal – tortishuv, dialektika; as-safsata – sofistika; al-xitoba – ritorika; ash-she’r – poetika (she’r san’ati); 2) tabiiyot (bu yerda minerallar, o‘simliklar, hayvonot olami va insonlar haqida alohida-alohida bo‘limlarda gapiriladi; 3) riyoziyot – 4 fanga bo‘lingan; hisob (arifmetika), handasa (geometriya), astronomiya va musiqa; 4) metafizika yoki ilohiyot. Bu asarning ayrim qismlari lotin, suryoniy, ibroniy, nemis, ingliz, fransuz, rus, fors va o‘zbek tillarida nashr etilgan. Ibn Sinoning yana bir falsafiy asari “Kitob an-najot” “Kitob ash-shifo”ning qisqartirilgan shakli bo‘lib, u ham qisman jahonning bir necha tillariga tarjima qilingan. Olimning falsafiy qarashlari yana “Al-ishorat va-ttanbihot” (“Ishoralar va tanbihlar”), “Hikmat al-mashriqiyn” (“Sharqchilar falsafasi”), “Kitob al-ishorat fi- lmantiq va lhikmat” (“Mantiq va falsafaning ishoralari”), fors tilida yozilgan “Donishnoma” (“Bilim kitobi”) va boshqa turli hajmdagi falsafiy risolalarda hamda “Tayr qissasi”, “Salomon va Ibsol”, “Hayy ibn Yaqzon”, “Yusuf haqida qissa” kabi falsafiy mazmunli badiiy qissalarda o‘z aksini topgan.

Ibn Sinoning dunyoqarashi Ar astu ta’limoti va Forobiy asarlari ta’sirida shakllandi. Uning fikricha, falsafaning vazifasi mavjudotni, ya’ni barcha mavjud narsalarni, ularning kelib chiqishi, tartibi, o‘zaro munosabati, bir-biriga o‘tishini zaruriyat, imkoniyat, voqelik, sababiyat omillari asosida har tomonlama o‘rganishdan iborat. Olamda mavjud barcha narsalar ikkiga bo‘linadi: zaruriy vujud (vujudi vojib) va imkoniy vujud (vujudi mumkin). Zaruriy vujud eng irodali, qudratli, dono Tangridir. Qolgan narsalar imkoniyat tarzida mavjud bo‘lib, Tangridan kelib chiqadi. Zaruriy vujud bilan imkoniy vujud munosabati sabab va oqibat munosabatidir. Bu jarayonda olamdagi hamma narsalar emanatsiya tarzida, ya’ni quyoshdan chiqayotgan nur shaklida asta-sekin amalga oshadi. Shu tartibda imkoniyat shaklida mavjud bo‘lgan aql, jon, jism, ular bilan bog‘liq osmon sferalari kelib chikadi. Bular hammasi substansiya (javhar) bo‘lib, yana borliqda aksidensiya – narsalarning belgilari, rangi, hajmi, xillari mavjud. Jism shakl va moddadan tashkil topadi. Xudo abadiy, uning oqibati bo‘lmish materiya ham abadiydir. Uning o‘zi boshqa tayin jismlarning asosidir. Narsalarning moddiy asosi hech qachon yo‘qolmaydi. Materiyaning eng sodda bo‘linmas shakli 4 unsur: havo, olov, suv, tuproqdan iborat. Ularning turlicha o‘zaro birikuvi natijasida murakkab moddiy narsalar tashkil topadi. Murakkab narsalar shaklan o‘zgarishi mumkin, lekin ularning moddiy asosi bo‘lgan 4 unsur yo‘qolmaydi, abadiy saqlanadi. Ibn Sino fikricha, avval tog‘-toshlar, so‘ng o‘simlik, hayvonot va taraqqiyotning yakuni sifatida boshqa jonzotlardan aqli, tafakkur qilish qobiliyati va tili bilan farq qiluvchi inson vujudga kelgan. Hodisalarni chuqur bilish, fan bilan shug‘ullanish insongagina xosdir. Inson bilimlari narsalarni bilish yordamida vujudga keladi. Bilish hissiy bilish va tushunchalar yordamida fikrlashdan tashkil topadi. Sezgida narsa-hodisalarning ayrim, tashqi belgilari, tayin tomonlari bilinsa, aql ularning mohiyatini, ichki tomonlarini abstraksiyalashtirish va umumlashtirish yordamida bila oladi. Inson aqli turli fanlarni o‘rganish yordamida boyiydi, rivoj topadi. Ibn Sino tushunchasida bilimlarni chuqur o‘rganish orqali xudoni bilish mumkin degan fikr yotadi. U mavjud bilimlarni egallagan insongina haqiqiy musulmon bo‘la oladi, deb tushunadi. Ibn Sino mantiqni ilmiy bilishning,