ABU RAYHON BERUNIY VA GEOLOGIYA

Загружено в:

23.11.2024

Скачано:

0

Размер:

142.2 KB
ABU RAYHON BERUNIY VA GEOLOGIYA
                                 REJA:
1.KIRISH
2.GEOLOGIYA FANI HAQIDA UMUMIY 
TUSHUNCHALAR
3.ABU RAYHON BERUNIYNING GEOLOGIYAGA 
QO’SHGAN XISSASI 
4.GEOLOGIYA SOHASIGA XISSA QO’SHGAN 
OLIMLAR
5.XULOSA Fanning   dolzarbligi:   Fanni   o’rganishimizdan   maqsad
yerni   tuzilishini   yerda   kechayotgan   ichki
jarayonlar,nafaqat   ichki   balki   yer   yuza   qismida   xam
kechayotgan   jarayonlarni   tushuntirib   turuvchi   fan
xisoblanadi.Fanni   o’rgangan   inson   yerda   kechunchi
ekzogen   va   endogen   jarayonlar   haqida   xam
tushunchalarga ega bo’ladi.
        Kurs   ishini   yozishdan   maqsad:Kurs   ishini   yozish
talabaning   o’sha   mavzu   bo’yicha   takrorlash   va   yangi
ma’lumotlarga ega  bo’lish,talabalar bilan mavzu dorasida
muhokama   qilish   va   mavzu     yuzasidan   savol   –   javob
qilish xisoblanadi.
        Geologiya  iqtisodiyotga  suv va  havodek zarur. Oxirgi
yillarda   ilmiy   maktablarni   tiklab,   kadrlar   tayyorlashga
e'tibor   qaratyapmiz,   eng   ilg‘or   ilmiy   metodikalarni   joriy
etib,   laboratoriya   uskunalarini   o‘rnatib,   zamonaviy
sharoitlar   yaratyapmiz.   Endi   natijaga   ishlash   kerak,   -
deydi prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev. Geologiya — Yer haqidagi fan bo'lib, yunoncha geo
—   yer,   logos   —   fan   demakdir.   Geologiya   tabiiy   fanlar
tizimiga   kiradi'va   u   Yerning   tuzilishi,   paydo   bo'lishi   va
rivojlanishi   qonuniyatlarini   o'rganadi.   «Geologiya»'
atamasini   birinchi   bo'lib   norvegiyalik   olim   M.P.Esholt
1657   yilda   fanga   kiritgan.   Yer   nima   degan   savolga
olimlar   turlicha   javob   beradilar.   Astronomlar   Yerni   shar
shaklidagi fizik jism deb, Quyosh sistemasida  juda  katta
tezlikda (bir sekundda 30 km) aylanuvchi planeta sifatida
tekshiradilar.   Geograflar,   geodezistlar,   geomorfologlar
Yer   ustki   qismining   tabiati,   tabiiy   muhiti,   releí   shakli
hamda   elementlarini   o'rganadilar.   Geologiya   fani   esa,
yerning   ustki   qismini   o'rganish   bilan   bir   qatorda,   uning
ichki   tuzilishini,   tarkibini   va   undagi   kechayotgan
hodisalarning   rivojlanish   qonuniyatlarini   ham   o'rganadi.
Geologlar   Yerni   turli   mineral   va   tog'   jinslaridan   tarkib
topgan,   ichki   va   tashqi   kuchlar   ta'sirida   doim   o'zgarib
turadigan   sharsimon   fizik   (qattiq)   jism   deb   tushunadilar. Yer   po'sti   neorganik   qismining   paydo   bo'lishi   va
rivojlanishi   o'simlik   va   hayvonot   dunyosinining   hayoti
bilan   bevosita   bog'liq   bo'lib,   ularni   o'rganishda   yer
qatlamlari   orasida   saqlanib   qolgan   toshqotgan   organik
qoldiqlar   va   ularning   tam   g'alarigina   yordam   beradi.
Shunday   qilib,   geologiya   fani   Yer   haqidagi   maxsus   fan
bo'lib, u Yer qatlamlari tarkibini, tuzilishini va rivojlanish
tarixini,   unda   kechayotgan   ichki   va   tashqi   jarayonlam   i
o'rganadi.   Bu   masalalar   keng   ko'lamli   bo'lganligi   tufayli
geologiya   fani   bir   necha   maxsus   sohalarga   bo'lingan   va
ularning   har   biri   muayyan   vazifalarga   ega.   Yerning
moddiy   tarkibini   mineraloqiya   (minerallar   haqidagi   fan)
va   kristallografiya   (kristallar   haqidagi   fan),   vetroarafiva
(tog   jinslari   haqidagi   fan),   geokimyo   (Er   kimvosini—
o^rganuvcbi   fan),   paleontologiya   (qadimgi
organizmlarning   toshqotgan   qoldiqlari   haqidagi   fan),
tuproqshunoslik (tuproq haqidagi fan), foydali qazilmalar
geologiyasi   (mineral   xomashyolami   o'rganuvchi   fan),
gidrogeologiya (erosti suvlari haqidagi fan) va boshqalar o'rganadi.   Yer   yuzasining   shakllari,   ularning   paydo
bo'lishi, rivojlanishi va taraqqiyotini geomorfoloqiya fani
o'rganadi.   Yer   shari   yuzasining/   relbef   shakllarini
geodeziya   tekshirsa,   uning   fizrk   xossalari   hamda
xususiyatlarini   geofizika,   yerning   yoshi   va   qatlamlar   m
unosabatini stratigrafiya, yerning ichki tog’ xosil qiluvchi
harakatlarini   qeotektonika   va   st.ruktu.rali   geologiya
o'rganadi.   Umumiy   geologiya   kursida   Yerning   m   oddiy
tarkibi   va   tuzilishi   haqidagi   yuqorida   ko'rsatilgan   fanlar
odatda   fizik   geologiya   degan   sohaga   birlashtirilgan.
Dinamik   geologiya   yer   po'stini   o'zgartiruvchi   va   tog'
jinslarini   hosil   qiluvchi   (litogenez)   jarayon   bilan
shug'ullanadi.   Nazariy   geologiya,   geologik   razvedka
ishlari   va   yer   po'stini   geofizik   usullar   yordamida
tekshirish,   neft   gidirish   geologiyasi,   muxandislik
geologiyasi   (geologiyaning   qurilishda   qo'llanilishi),
harbiy   geologiya   va   boshqa   amaliy   geologiya   fanlari
bilan   bog'liqdir.   Geologik   bilim   lam   ing   shakllanishi   va
taraqqiyoti  uzoq o'tmishga  borib taqaladi. Geologiya  fan tariqasida   ikki   asrdan   ko'proq   vaqt   muqaddam   paydo
bo'ldi. O'tmishda uni huddi geografiya singari falsafaning
bir   qismi   deb   kelishgan   Faqat   XVTII   —   asrda   N.Steno
(Italiya),   M.B.   Lomonosov   (Rossiya),   A.Verner
(Germaniya),   J.Byuffon,   J.Kyuvte,   A.Bronsyar
(Franciya), D.Getton (Shotlandiya), U.Smit (Angliya) va
boshqalarning   umumlashtirilgan   va   fundam   ental   ishlari
tufayli   geologiya   mustaqil   fan   tarm   og'i   sifatida
shakllandi.   Qazilma   boyliklarni   qazib   olish   haqidagi
birinchi   geologik   va   geografik   tushunchalar   qadim
zamonlardan   beri   mavjud.   Arxeologiya   fani   ishlab
chiqarish   kuchlarining   rivojlanishini,   madaniyatning
qanday   darajada   yuksalganligini   tekshiradi.   Jumladan,
odamlar   eng   oldin   tosh   qurollardan   foydalanganligini
qadimgi   topilmalarga   asoslanib,   bu   o'sha   davrlarda
(neolit)   yasalgan   buynmlar   ekanligi   isbot   qilindi.
Odamlar keyinroq mis, qo'rg'oshin, qalay, kumush, oltin,
undan   keyin   esa   temir   m   a'dani   bilan   tanishganlar.   Ular
asta   —   sekin   qimmatbaho   mineral   va   tog'   jinslari   — ohanrabo,   lazurit,   feruza   va   boshqalardan   ziynat
buyumlari   yasay   boshlaganlar.   Qadimda   geologik
bilimlar, jumladan, bu davr kishilarining tabiat hodisalari,
yer   tuzilishi   va   qazilma   boyliklar   to'g'risidagi
tushunchalari   juda   ham   sodda   bo'lib,   ularda   din   ta'siri
kuchli   bo'lgan.   Yer   haqidagi   yozma   ma'lumotlar   dastlab
Vaviloniya   davlatida   boshlangan.   Dunyoning   paydo
bo'lishi to'g'risidagi dastlabki rivoyatlar Mesopotamiyada
(ikki   daryo   oralig'i),   miloddan   aw   algi   4   —   3   ming
yillikda   ilk   sinfiy   davlatlar—   —   Ur,   Uruk   Lagash   va
boshqalarda   vujudga   kelgan.   Bular   eram   izdan   awalgi
626   —   538   y.   bunday   ma'lumotlar   Janubiy
Mesopotamiyada   hukmronlik   qilgan   Xaldeya
dinastiyasining   yangi   Vaviloniya   podsholigiga   qarashli
shaharlarda   topilgan   gildan   yasalgan   doskaga   yozib
qoldirilgan.   Dunyoning   paydo   bo'lishi   haqidagi
VavilonliklaTning   rivoyatlari   qadimgi   yahudiylar   «Injil»
iga,   xristian   va   musulmon   dinining   «muqaddas»
kitoblariga   ham   kirib   qolgan,   Ishlab   chiqarish kuchlarining   taraqqiyoti   tabiiy   fanlai   bilimining
rivojlanishi   uchun   moddiy   asos   yaratdi.   Tabiiy   fanlar
bilimlari   Xitoy,   Yunoniston,   Rim,   Eron,   O'rte   Osiyo
davlatlarida (Xorazmda, Sug'diyonada) nisbatar yuksaldi.
Taxminan   eramizdan   aw   algi   XX   —   XIX   —   asrlardc
Xitoyda   mualliflar   jamoasi   tomonidan   yozilgan   «San
Xe>   Din   —   tog'   va   dengizlar   haqidagi   qadimgi
rivoyatlar>:   degan   to'plam   tuzila   boshlangan.   Oldinroq
uning   ayrirr   qismlari   suyak,   yog'och,   nefritdan   yasalgan
taxtalarge yozilgan. Keyingi asrlarda unga qo'shimchalar
kiritilit   tuzilgan   «San   Xey   Dimming   so'nggi   nusxasi
yaratilish:   eramizdan   aw   algi   400   yillarga   to'g'ri   keladi.
Bu qo'lyozmada 17 ta mineral: oltin, kumush, qalay mis,
temir,   magnetit,   kuprit,   aragonit,   realgar,   yashma   nefrit
va boshqalar haqidagi ma'lumotlar berilgan. Yaponiya va
Sharqiy   Xitoy   dengizlaridagi   orollardc   tez   —   tez   sodir
bo'lib turadigan zilzilalar yerli aholin juda qiziqtirgan va
bu   hodisani   o'rganish   uchun   132inchi   yilda   Chjan   Xen
birinchi   bo'lib   eng   oddiy   seysmograf   ixtiro   qilgan. Qadimgi   yunonlar   Yerni   atrofi   suv   bilan   o'ralgan   tekis
doira   shaklidagi   jism   deb   tushunganlar.   Yunonistonda
ilmiy   asoslangan   tushunchalarga   ega   bo'lgan   olimlar
yetilib   chiqdilar.   Ular   Dunyoning   tuzilishi   va   tabiat
hodisalari haqidagi turli fikrlarni qo'rqmay aytishgan. Bu
olimlar   Fales   (eramizdan   aw   algi   VII—   VI   —   asrlar),
Geraklit   (eramizdan   aw   algi   VI   —   asr),   Demokrit
(eramizdan   aw   algi   V   —   IV—   asrlar),   Empedokl
(eramizdan   aw   algi   V   —   asr)   va   boshqalardir.   Ular
tabiatdagi   hamma   hodisa   va   voqealam   ing   sabablarini
xudoga emas, balki tabiatdagi m uayyan kuchlarga, uning
o'ziga   xos   qonuniyatlariga   bog'lab   tushuntirdilar.   Bu
fikrlar   diniy   qarashlarga   butunlay   zid   bo'lgan.   Bu   o'sha
vaqtda   qurila   boshlagan   ilm   —   fanning   ulug'   binosiga
qo'yilgan   birinchi   g'ishtlar   edi.   Bu   davr   vakillaridan   biri
Anaksimandir   (er.   av.   611—547   y)   birinchi   bo'lib
Yerning   rivojlanish   tarixida   hamma   organizmlar   suvda
paydo   bo'lganligi   va   Dunyoning   abadiy   ekanligi   haqida
o'z  fikrini bayon etgan. Gerodot (eramizdan aw algi 484 —   466   yillar)   Misr   yerining   paydo   bo'lishi   tarixini
yozgan.   U   Misr   o'tmishda   O'rta   yer   dengizining
Efiopiyagacha   cho'zilgan   akvatoriyasining   keyingi
vaqtlarda   quruqlikka   aylangan   qo'ltig'i   ekanligini   shu
yerdagi tog'larda topilgan dengiz  chig'anoqlari qoldiklari
hamda   boshqa   daliliy   ashyolar   bilan   isbotlab   bergan.
Yunon olimi Arastu  ham (eramizdan awalgi 384 — 322
yy.)   geologiya   fanining   rivojlanishiga   o'z   hissasini
qo'shgan.   Mashhur   geograf   Strabon   quruqlikda   dengiz
chig'anoqlarining topilish sabablarini tushuntirib, yerning
dengiz   tagidagi   qismi   harakat   qilib   turgani   —   uning
ko'tarilishi   va   cho'kishi   natijasida   orollar,   hatto
materiklarning   hosil   bo'lishini   ko'rsatib   o'tgan.   Siciliya
bir   zamonlar   Apennin   yarimoroli   bilan   qo'shilganligi
to’g'risida fikr bildirgan. U bu yerdagi vulkan harakatlari
yer   po'stining   tik   harakat   qilishining   natijasi   deb
tushuntirgan.   Aleksandriya   olimlari   astronomiyani   —
osmon   jinslari   haqidagi   fanni   ancha   taraqqiy   ettirdilar.
Aristarx Samosskiy (eramizdan aw algi 320 - 250 yy.) va uning   zamondoshlari   Quyosh   va   Oyning   kattaligini
o'lchashga uringanlar. 
Abu   Rayhon   Beruniyning   Geologiyaga   qo’shgan
xissalari.
Abu   Rayhon   Beruniy   (979—1048   yillar)   o'zining
arab   tilida   yozgan   bir   qator   asarlarida   Yer,   minerallar,
ma'danlar,   geologik   jarayonlar   to'g'risida   juda   ajoyib
fikrlarni   yozib   qoldirgan.   U   yerning   dumaloqligiga
ishonish   bilan   birga   uning   kattaligini   ham   birinchilar qatorida   aniqlagan.   Beruniyning   astranomik   traktatidagi
sxematik   xaritasi   uning   Eski   Dunyoni   yaxshi
bilganligidan   dalolat   beradi.   Beruniyning   bu   sohadagi
ishlari   G'arb   geografiyasidan   oldinda   turgan.   Beruniy
o'sha   vaqtdagi   o'zining   xaritasiga   afsonaviy   davlatlar   va
Kaspiy mamlakatlarini joylashtirmaydi, balki Xorazm va
Hindistonning geologiyasini tiklashga urinib, oqar suvlar
faoliyati   haqidagi   ilmiy   fikrlarini   aniq   ifodalab   beradi.
Beruniy   ayrim   olimlarning   xudoning   hoxishi   bilan
ariqdagi suv orqaga qarab oqishi mumkin, degan noto'g'ri
fikrlarni   fosh   etib,   suv   oqimining   asl   mohiyatini   talqin
etadi   va   u   tabiat   qonunlariga   mos   jarayon   ekanligini
isbotlab   beradi.   Uning   fikricha,   suv   markazga   intilish
kuchiga ega, binobarin u pasdan yuqoriga qarab oqmaydi.
Suvlarning tog' bag'ridan buloq shaklida, yoki yer tagidan
yuqoriga   fantan   bo'lib   otilib   chiqishini   Beruniy   yer
ostidagi   bosim   kuchiga   bog'lab   tushuntirgan.   Daryo
yotqiziqlari   haqida   1   n   esa   Beruniy   o'zining   «Aholi
yashaydigan   joylar   orasidagi   masofalarning   oxirgi chegarasini   aniqlash»   degan   asarida   bunday   deydi;
«Kimki   bu   haqda   fikr   yuritar   ekan,   u   shunday   xulosaga
keladi:   tosh   va   shag'aliar,   mayda   zarrachalar   turli   kuch
ta'sirlda   tog'dan   ajraladi;   keyin   uzoq   vaqt   davomida   suv
va   shamol   kuchi   tufayli   ularning   qirralari   tekislanib,
silliqlanadl   hamda   dumaloq   shaklga   kiradi.   Ulardan   o'z
navbatida   mayda   donachalar   —   qum   va   changlar   paydo
bo'ladi.   Agar   bu   shag'aliar   daryo   o’zanida   to'plansa,
orasiga   gil   va   qum   kirib,   bir   butun   «xamirga»   aylanadi.
Vaqtning   o'tishi   bilan   aralashgan   narsalar   suv   tagida
ko'milib   ketadi.   Agar   biz   ana   shunday   dumaloq
toshlardan   tashkil   topgan   yotqiziqlarni   uchratsak,   ular
albatta   yuqorida   yozganimizdek   paydo   bo’lgan   desak
bo'ladi,   Ular   yer   ustida   yoki   qatlamlar   orasida   uchrashi
mumkin.   Bunday   jarayon   uzoq   vaqtni   talab   etadi   va
bizning   tasawurimizdan   tashqaridagi   doimiy   o'zgarishlar
bilan   bevosita   bog'langan   holatda   yuz   beradi»
(A.M.Belenickiy   —   Abu   Rayhon   Beruniy,   Leningrad
universiteti   nashri,   1949,   207).   Beruniy   bu mulohazalarida XVIII — asrda M.V.Lomonosov, XIX —
asrda   Ch.Layel   tom   onidan   bir   —   biriga   bog'liq
bo'lmagan   holda   kashf   etilgan   aktualizm   g'oyalarini
birinchilar   qatorida   bayon   etgan.   Shu   asarda   Beruniy
yana   bunday   deydi:   «Dengiz   o'm   i   quruqlik   bilan,
quruqlik   o'rni   esa   dengiz   bilan   almashadi».   Bemniyning
XI   —   asr   boshlarida   birinchi   bo'lib   daryo   o'zanlarida
cho'kindi   jinslar   donalari   o'lchamining   suv   oqimi
tezligiga   qarab   o'zgarishi   qonuniyatini   yaratganligi
(keyinchalik   Beruniy   qonuni   deb   atalgan)   katta
ahamiyatga   ega   bo'ldi.   Bu   qonuniyat   so'nggi   yillarda
V.I.Popov   tomonidan   ishlab   chiqilgan   chukindi   hosil
bo'lishining   uch   bosqichli   facial   paragenetik
mintaqalariga   mos   keladi.     Beruniy   o'zining
«Mineralogik   traktat»   degan   asarida   (X   —   asrning
birinchi   yarimi)   minerallar   haqida   chuqur   va   aniq   .ilmiy
ma'lumotlar bergan. Minerallarni aniqlash va tasniflashda
Beruniy   faqat   ularning   rangi   va   tiniqligidan   emas,   balki
qattiqligi   va   solishtirma.»   og'irligidan   ham   foydalangan. Beruniyning   zamondoshi   buyuk   olim,   tabiatshunos   /   va
faylasuf   Abu   Ali   ibn   Sino   (980-   1037}   ham   geologiya
fanining rivojlanishiga o'z hissasini qo'shdi. 
           Geologiya xissa qo’shgan olimlar
Mashhur   Ozarboyjon   matematik   —   astronomi
Muhammad     Nasriddin   tabiatshunoslik   sohasidagi   juda
ko'p ishlari bilan birga minerallar haqida «Javohirnoma»
degan asarni yaratdi. Bu asarda 34 mineral: zumrad, l'al,
*   shpinel,   feruza,   lazurit,   agat,   yashma   va   boshqalar
ta'riflangan. Ularning fizik xossalari: rangi, yaltiroqligi, ,
qattiqligi,   solishtirma   og'irligi,   tiniqligi,   va   mo'rtligi
batafsil   bayon   etilgan.   Ibn   Sino   va   Beruniyning
mineralogiya   traktatlaridan   keyin   Muhammad   Nasriddin
asari o'z zamondoshlarining fikrlarini umumlashtirgan va
ular   qimmatli   ilmiy   ma'lumotlar   bilan   to'ldirilgan   birdan
— bir asar bo'lgan. 1445 yilda polyak olimi N.Kopernik
«Osmon   jinslarining   aylanishi   to'g'risida»   nomli   asarida Yer o'z o'qi atrofida va boshqa planetalar bilan birgalikda
Quyosh   atrofida   aylanishini   isbot   etdi.   12   Mirzo
Ulug'bekning   matematika   va   astronomiya   fanlarining
taraqqiyotiga   qo'shgan   hissasi   bekiyosdir.   U   osmon
jismlarining   tarqalish   konuniyatini,   harakatini   va   sonini
aniqlash   masalalarini   to'g'ri   talqin   qilib   bergan   buyuk
olimdir.   Rus   olimi   M.V.Lomonosov   geologiya   faniga
ulkan hissa qo'shgan. Uning «Er qatlamlari haqida» asari
juda   katta   ahamiyatga   ega.   Uni   Rossiya   geologiyasining
asoschisi   deb   bejiz   aytishmagan.   V.M.Severgin   esa
«Mineralogiya   lug'ati»   ni   yaratgan.   XVIII   —asr
oxirlarida   ingliz   geologi   V   iltyam   Smit   stratigrafiya   va
paleontologiya   fanlariga   asos   solgan.   Ingliz   olimi
Ch.Layel «Geologiya asoslari» nomli kapital asarini XIX
—   asrning   30   inchi   yillarida   yozgan.   Unda   aktualizm
usuli yordam ida o'tmishdagi geologik jarayonlarni qayta
tiklash   mumkinligini   isbotlab   bergan.   Shuningdek,   u
francuz   olimi   J.Kyuvbe   fikriga   (katastrofik   ta'limot
tashviqotchisi) qo'shilmasdan, geologik o'zgarishlar sekin kechadigan   uzoq   davom   etuvchi   evolyucion
jarayonlardan   iborat   deb   hisoblagan.   Jumladan,   organik
dunyoning   taraqqiyoti   shunday   kechgan.   Francuz   olimi
Eli   —de   —   Bomon   kontrakciya   g'oyasini   yaratgan.
Avstriya   geologi   E.Zyuss   «Lik   Zemli»   degan   mashhur
asarini yozib, ilmiy geologiyaga munosib hissa qo'shgan.
Turkiston   o'lkasida   geologik   qidiruv   ishlari   asosan   XIX
—   asrning   oxirlaridan   boshla   —nadi.   Rus   olimlaridan
I.V.Mushketovning   2   —   tomlik   «Turkiston»   nomli
kapital asari, uning G.D.Romanovskiy bilan ham korlikda
Turkistonning birinchi geologik xaritasini tuzishi muhim
ahamiyatga   ega   bo'lgan.   O'zbekiston   hududining
geologiyasini   rejali   o'rganish   XX   —   asrning   50   —
yillaridan   boshangan.   Bunda   geologlarimizning   olib
borgan tadqiqot ishlari har 13 qanday maqtovga sazovor.
Jumladan,   mashhur   geolog   X.M.Abdullaevning   «M
a'danlam   ing   intruziyalar   bilan   genetik   bog'liqligi»,
«Daykalar va ma'danlanish», «O'rta Osiyoda magmatizm
va   ma'danlanish»   kabi   asarlari   foydali   qazilmalarni qidirishda   doimo   dastumlamal   vazifasini   bajarib
kelmoqda.   Gidrogeologiya   va   muxandislik   geologiyasi
sohasida   G..A.Mavlonov,   N.K.Kenesarin,   litologiya
soxasida   O.M.Akramxo'jaev,   V.P.Popov,   petrografiya
sohasida   I.X.Hamraboev,   T.N.Dolimov,   tektonika
sohasida   O.M.   Borisov,   M.O.Axmadjonov   kabi   yirik
olimlar   O'zbekiston   geologiyasining   turli   tarmoqlari
bo'yicha samarali ishlar qilishgan.
Xulosa
Ko’rib turganimizdek geologiya chuqur sohaga ega 
bo’lgan fan xisoblanadi.Geologiyaga juda ko’plab olimlar 
o’z xissalarini qo’shishgan,ko’p mo’lumotlar 
to’plashgan.Lekin bu degani shu bilan geologiya sohasi 
tugadi degani emas xali xam inson qo’li yetmagan 
o’rganilmagan joylar bor.Yerning chuqur qismlariga inson
qo’li yetmagan, u yerda kechayotgan jarayonlarni o’z 
ko’zi bilan ko’rmagan.Okean tublari xam insoniyat  tomonida o’rganilmaga u yerda kechayotgan geologik 
jarayonlar deyarli chuqur o’rganilmagan.
         Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati:
X.Chiniqulov,A.Jo’liyev Umumiy geologiya Toshkent 2011

ABU RAYHON BERUNIY VA GEOLOGIYA REJA: 1.KIRISH 2.GEOLOGIYA FANI HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHALAR 3.ABU RAYHON BERUNIYNING GEOLOGIYAGA QO’SHGAN XISSASI 4.GEOLOGIYA SOHASIGA XISSA QO’SHGAN OLIMLAR 5.XULOSA

Fanning dolzarbligi: Fanni o’rganishimizdan maqsad yerni tuzilishini yerda kechayotgan ichki jarayonlar,nafaqat ichki balki yer yuza qismida xam kechayotgan jarayonlarni tushuntirib turuvchi fan xisoblanadi.Fanni o’rgangan inson yerda kechunchi ekzogen va endogen jarayonlar haqida xam tushunchalarga ega bo’ladi. Kurs ishini yozishdan maqsad:Kurs ishini yozish talabaning o’sha mavzu bo’yicha takrorlash va yangi ma’lumotlarga ega bo’lish,talabalar bilan mavzu dorasida muhokama qilish va mavzu yuzasidan savol – javob qilish xisoblanadi. Geologiya iqtisodiyotga suv va havodek zarur. Oxirgi yillarda ilmiy maktablarni tiklab, kadrlar tayyorlashga e'tibor qaratyapmiz, eng ilg‘or ilmiy metodikalarni joriy etib, laboratoriya uskunalarini o‘rnatib, zamonaviy sharoitlar yaratyapmiz. Endi natijaga ishlash kerak, - deydi prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev.

Geologiya — Yer haqidagi fan bo'lib, yunoncha geo — yer, logos — fan demakdir. Geologiya tabiiy fanlar tizimiga kiradi'va u Yerning tuzilishi, paydo bo'lishi va rivojlanishi qonuniyatlarini o'rganadi. «Geologiya»' atamasini birinchi bo'lib norvegiyalik olim M.P.Esholt 1657 yilda fanga kiritgan. Yer nima degan savolga olimlar turlicha javob beradilar. Astronomlar Yerni shar shaklidagi fizik jism deb, Quyosh sistemasida juda katta tezlikda (bir sekundda 30 km) aylanuvchi planeta sifatida tekshiradilar. Geograflar, geodezistlar, geomorfologlar Yer ustki qismining tabiati, tabiiy muhiti, releí shakli hamda elementlarini o'rganadilar. Geologiya fani esa, yerning ustki qismini o'rganish bilan bir qatorda, uning ichki tuzilishini, tarkibini va undagi kechayotgan hodisalarning rivojlanish qonuniyatlarini ham o'rganadi. Geologlar Yerni turli mineral va tog' jinslaridan tarkib topgan, ichki va tashqi kuchlar ta'sirida doim o'zgarib turadigan sharsimon fizik (qattiq) jism deb tushunadilar.

Yer po'sti neorganik qismining paydo bo'lishi va rivojlanishi o'simlik va hayvonot dunyosinining hayoti bilan bevosita bog'liq bo'lib, ularni o'rganishda yer qatlamlari orasida saqlanib qolgan toshqotgan organik qoldiqlar va ularning tam g'alarigina yordam beradi. Shunday qilib, geologiya fani Yer haqidagi maxsus fan bo'lib, u Yer qatlamlari tarkibini, tuzilishini va rivojlanish tarixini, unda kechayotgan ichki va tashqi jarayonlam i o'rganadi. Bu masalalar keng ko'lamli bo'lganligi tufayli geologiya fani bir necha maxsus sohalarga bo'lingan va ularning har biri muayyan vazifalarga ega. Yerning moddiy tarkibini mineraloqiya (minerallar haqidagi fan) va kristallografiya (kristallar haqidagi fan), vetroarafiva (tog jinslari haqidagi fan), geokimyo (Er kimvosini— o^rganuvcbi fan), paleontologiya (qadimgi organizmlarning toshqotgan qoldiqlari haqidagi fan), tuproqshunoslik (tuproq haqidagi fan), foydali qazilmalar geologiyasi (mineral xomashyolami o'rganuvchi fan), gidrogeologiya (erosti suvlari haqidagi fan) va boshqalar

Загрузите документ, чтобы увидеть его полностью.