ADABIYOTNING UMUMIY XUSUSIYATLARI
ADABIYOTNING UMUMIY XUSUSIYATLARI R E J A : 1.KIRISH. II.ASOSIY QISM: 1.Adabiyotning ommaviyligi, xalqchilligi. 2.Adabiyotning iste’dodli shaxslar tomonidan yaratilishi. 3.Badiiylik. Milliylik va umuminsoniylik. III.XULOSA. IV.Adabiyotlar ro’yxati. 2
Adabiyotning uchta xususiyatini V.G.Bilinskiy ,,Adabiyot so’zinig umumiy ma’nosi ‘’ maqolasida ta’riflaydi ; ularni nazariyotchi Olim Izzat Sulton ,,Adabiyot Nazariyasi ‘’ darsligida asosli tahlil qiladi. “Adabiyot butun xalqdan eng kamida xalqning ma’rifatli sinflarining e’tiboridan madad oladi. Adabiyot butun jamiyatning mulkidir” (V.G.Belinskiy) “Adabiyot jamiyatning hamma tabaqalariga mo’ljallangan bo’ladi va odamlarning yoshi, jinsi, kasbi, ijtimoiy pog’onada tutgan o’rniga qaramasdan, hamma tomonidan o’qiladi. Jahondagi odamlarning irqi, milllati, diniy iqlimiy farqlaridan qat’iy nazar qiziqish tug’dira oladi. Ularga foyda yetkazadi, butun insoniyatning mulki bo’lib qoladi” Shunga ko’ra hindlarning “ Ramayana ”si, o’zbeklarning “ Alpomish ”i arablarning “ Ming bir kecha ”si ham, qirg’izlarning “ Manas ”i ham ruslarning “Igor jangnomasi ” ham butun jahondagi hazrati insonlarning mulki bo’lib, ularning kamoliga xizmat qilaveradi. Bu- adabiyotning birinchi-ommaviylik xususiyatidir. Adabiyotning ommaviyligi uning xalqchilligi xislatini yuzaga chiqaradi. Chunki “ Xalqchillik adabiyotning fazilati emas , balki zarur shartidir” (V.G.Belinskiy ) Xalqchillik bor joyda badiiylik ham borligi aniq. “Agar xalqchillik deganda biror xalq biror mamlakat odamlarining xulq- atvorini, urf-odatlarini va xarakterli xususiyatlarini haqqoniy tasvirlashni tushunadigan bo’lsak, xalqchillik chinakam badiiy asarlarning zarur shartidir. Har qanday xalqning hayoti faqat uning o’ziga xos shakllarida namoyon bo’lsa, u xalqchil hamdir 1 . Asarlardan kop’rinadiki haqiqiy badiiy asar doimo xalqchil bo’ladi . Chunki unda birinchidan xalq ruhiyati, umid-armonlari, orzu-istaklari badiiy ifodasini topadi. Ikkinchidan xalqning ruhiyati, haqiqiyligi, tiniqligiu bilan asarlardagi har bir “qahramon” xarakterida o’z aksini topadi. Uchinchidan badiiy asar keng xalq ommasi uchun tushunarli til va uslubda, soddalik, nozik tablik bilan yoziladi va ayni paytda xalqning tuyg’ularini ma’nan biriktirishga, bashariy e’tiqodni mustahkamlashga xuzmat qiladi. Badiiy asar ommaviylik xususiyatiga ega bo’lishi uchun unda xalqning, ommaning barcha- barcha aholisi uchun tushunarli va qiziqarli bo’lgan mavzu yoritilishi kerak. Asardagi voqe’alar hayotga yaqin, qahramonlar hayotimizdagi insonlarga o’xshash bo’lsa, mavzuda insonlarni befarq qoldirmaydigan dardlar ko’tarib chiqilsagina asar xalqchil va ommaviy bo’ladi. San’at asarida hayot badiiy aks ettiriladi. Ammo yozuvchi hayotda duch kelgan har bir narsa- hodisani, kishini asarga aynan olib kiravermaydi. Hayotdagi qonuniy, muqarrar, muhim, tabiiy narsa- hodisalar, ijtimoiy ahamiyatga molik bo’lgan hodisalar adabiy asardan o’rin olishga haqli. Tasodifiy, o’tkinchi narsalar esa adabiy asarga kirib 1 Т. Бобоев. Адабиё ш унослик асослари. – Т., “ Ў збекистон”, 2002, 92-бет 3
qolmasligi zarur. Adabiyotshunoslikda san’at asarida tasvirlanishi mumkin bo’lgan hayotdagi muhim narsalar “tipik narsalar “ va tasvirlanmasligi kerak bo’lgan narsalar “notipik narsalar “ deb yuritiladi. Hayot benihoya murakkab: unda qonuniy narsalar bilan o’tkinchi narsalar aralash –quralash holda mavjud bo’ladi. Ijodkor yaratilajak asari uchun zarur bo’lgan narsa-hodisalarni hayotdan tanlab-saralab ola bilish zarur. Buning uchun esa yozuvchi hayotni qalb ko’zi bilan ko’rishi lozim. Yozuvchining hayotda nimalarnidir tipik deb bilishi, o’z asarlarida qanday xususiyatlarni tipik xususiyat sifatida tasvirlashi uning dunyoqarashiga, xalq hayoti bilan nechog’liq yaqinligiga bog’liq. Umuman ijodkor voqelikning muhim jihatlarini ham, muhim bo’lmagan tomonlarini ham tasvirlashi mumkin. Bu o’rinda hamma gap ijodkor shaxsiyatiga, uning e’tiqodi va madaniy saviyasiga, yozuvchilik madaniyatiga bog’liq. Agar yozuvchi o’z davrining ko’zi-qulog’I, aks- sadosi, o’z xalqining ilg’or farzandi bo’lsa, u, albatta, hayotdagi yetakchi tendensiyalarni topa oladi, muhim hayotiy hodisalarni tipik deb biladi va shularni aks ettiradi. Xalqchillik - san’at va adabiyotning badiiyligini belgilovchi muhim fazilatlardan biri. Adabiyotning xalqchillik xarakteri mehnatkash xalq ommasining orzu-umidlarini, hayoti va kurashini, yuksak ideallarini badiiy obrazlar orqali aks ettirishni taqazo qiladi. Adabiyot va san’atning xalqchilligi, birinchidan, xalq uchun ahamiyatli bo’lgan hayotiy masalalarni o’rtaga qo’yish, xalq hayotining eng muhim tomonlarini aks ettirish, mehnatkashlarning porloq orzu-umidlarini va ideallarini ifodalash; orzu-umidlari va ideallari nuqtai nazaridan yondashib, ilg’or dunyoqarash va yuksak g’oyaviylik asosida aks ettirish, til va uslubdan, rang-barang shakl va janrlardan foydalanish kabi muhim tamoyillar bilan belgilanadi. Shunday qilib, xalqchillik tushunchasining doirasi kengayib bordi. Rus revolutsion demokratlari xalqchillik me’yorlarini voqelikning muhim hodisalarini tasvirlash va ularga xalq nuqtai nazaridan baho berish masalasi bilan chambarchas bog’ladilar. O’zbek adabiyoti – yuksak xalqchil adabiyot. Adabiyotshunosligimizda 30- yillardan boshlab “ xalqchillik ” atamasi qo’llanila boshlangan. Ulug’ o’zbek shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiy o’zining bir she’rida: Odami ersang demagil odami, Oni-ki yo’q xalq g’amidan g’ami. Deb yozganki, bu bayt quruq shior emas, balki shoirning qalb so’zi, ijodiy kredosi. Bu fikr ijodkorga, badiiy adabiyotga to’la taalluqli. Agar biz shoir yaratgan qahramonlar siymosida mujassamlashgan xalqchillik xislatlariga shunchaki bir nazar tashlasak, yuqoridagi fikrning to’la tasdig’ini ko’ra olamiz. Chunonchi, “ Farhod va Shirin “ dostonidagi Farhod siymosida aks ettirilgan insoniy fazilatlarni eslab ko’ring-a: 4
Farhod – Xitoy xoqoni farzandi, yolg’iz shahzoda. U har qancha taltayib yursa qurbi yetadi. Ammo u shu zamondagi shahzodalardek aysh-ishrat qilib yurmaydi. Farhod bolalik chog’laridanoq ilm-fanni zo’r ishtiyoq bilan o’rganadi: shoir mubolag’asi bilan aytganda, jahonda u bilmagan ilm qolmadi, tosh yo’nish, rqsm solish hunarlarini puxta o’zlashtiradi, harb ilmida mahorat kasb etadi, u mislsiz kuch –quvvatga ega bo’ladi … Bilimdonlik, misilsiz kuch-quvvat, hunar qahramon faoliyatida juda-juda asqotadi- Yunoniston safarida qattol dev ustidan g’alaba qozonadi, Suqrotdan saboq oladi, dengiz jangida qaroqchi –bosqinchilarga zarba berib, savdogarlarning joniga aro kiradi, Armaniya diyorida kanal qazuvchilarga madad beradi. Hunarni asarabon netgumdir oxir, Olib tufroqqamu ketgumdir oxir?! Farhodning shiori mana shu! U o’z hunarini, bilimini, kuch-quvvatini xalq ishiga sarf qiladi –Farhodning mislsiz jasorati ila Armaniya cho’llari bog’ –rog’larga aylanadi.U o’z mehnati jasorati va mahorati ila Shirinning muhabatiga sazovor bo’ladi –Shirin o’lkasini ham o’zo’lkasidek sevadi- uni qattol yov – Xusravning bosqinchilik yurishlaridan qattiq turib himoya qiladi. Xullas, Farhod siymosida mujassamlashgan barcha fazilatlar xalq ommasining qanoatlangan orzusi –komil inson haqidagi shoir ideali. Qisqasi, Farhod -to’laqonli xalqchil obraz. E’tibor qiling-a: “Sabbai sayyor” dostoni qahramoni Bahrom ma’rifatparvar shoh sifatida davlat ishlarini adolat bilan boshqarganda mamlakat ham, el-yurtni ham unutganida uni hamrohlari bilan birga yer yutadi. Mana xalq istagi! Bu xalqchillikning yuksak namunasi! Qisqasi, “Xamsa- buyuk xalqchil asar. Xalqchillik – adabiyotning doimiy yo’ldoshi, bosh fazilati! Adabiyotning xalqchilligi uning insonshunoslik xislatidan kelib chiqadi. Adabiyot xalq ruhiyatidan o’sib chiqadi va uning o’zini tarbiiiyalash bilan shug’ullanadi. Ha, xalqning orzu – umidlarini, dard-hasratini, o’y-fikrlarini, tashvishi-yu quvonchlarini ifodalamaydigan adabiy asarni tasavvur qilib bo’laydi. Adabiyot –xalq ma’naviyati, ruhiyati ko’zgusi. Adabiyot- xalq tarixining badiiy ifodasi! Zero, dunyoni tebratadigan eng qudratli kuch- xalq, dunyodagi eng birinchi faylasuf ham, eng birinchi shoir ham – xalq. Shoir Cho’lpon haq gapni aytgan: Xalq dengizdir, xalq to’lqindir, xalq kuchdir, Xalq isyondir, xalq olovdir, xalq o’chdir… Butun kuchni xalq ichidan olaylik, Quchoq ochib xalq ichida qolaylik! Darhaqiqat, xalqchillik, haqqoniylik, hayotni to’g’ri aks ettirish bilan musthkam bog’liqdir. Belinskiy aytganidek, “hodisalarning o’zi u haqdagi so’zlardan balandroq 5
jaranglaydi. Axloqiy xunuklikni to’g’ri, haqqoniy tasvirlash unga qarshi barcha noroziliklardan ko’ra qudratliroqdir. Demak, adabiyot va san’atning xalqchilligi deganda, xalq ruhini, psixologiyasini, uning dilidagi orzu – armonlarini, umid istaklarini yuksak saviyada aks ettirishni tushunamiz. Shuningdek xalqchillik deganda, badiiy asardagi har bir qahramon xarakterida butun bir xalqqa xos xususiyatlarning aks etishini ham anglaymiz. Bugina emas, jimjimadorlikdan xoli, xalq uchun sevimli bo’lib qolgan formalarda yozish, xalqqa tushunarli tildan, undagi rang-barang ibora va obrazlardan keng foydalanish anglashiladi. Chinakam xalqchil asarda xalqning “xususiy maishiy ehtiyojlarigina “emas, balki xalqning umumiy manfaatlari aks etishi kerak. Oybek “Navoiy“ romanida xalq orasidan chiqqan oddiy mehnatkashning shaxsiy intilishlari bilan bir vaqtda, davlat arbobi Navoiyning umumxalq manfaatlari yo’lidagi kurashini ham yorqin tasvirlaydi. Shuning uchun bu asar chin ma’noda xalqchildir. Xalq uchun sevimli bo’lgan an’anaviy janr va formalarda asar yozish xalqchillikning muhim mezoni hisoblansa-da, bu mezon jahon adabiyotining ilg’or an’analaridan, undagi xilma-xil janr formalaridan foydalanishni inkor etmaydi. Yozuvchil ilg’or jahon adabiyotining, birinchi navbatda rus adabiyotining an’analariga dadil murojat qilganliklari uchun roman, drama, ijtimoiy-publisistik, erkin she’r kabi juda ko’p janr formalarini o’zbrk adabiyotiga olib kirdilar, ular xalqchil janrlar va formalarga aylandi. Demak, adabiyotning xalqchilligi ham tarixiy shartli tushuncha bo’lib, u ijtimoiy hayot taqazosiga ko’ra yangi mazmun, yangi belgi va mezon kashf etib borishi mumkin. Adabiyotning xalqchillik xususiyati qadim zamonlardayoq talantli ijodkorlarning asarlarida har xil ko’rinishda zohir bo’lib keldi va asta-sekin ilg’or adabiyotning eng muhim fazilatiga aylana bordi. Ana shu o’ziga xosliklar talantli yozuvchilarning asarlarida tabiiy ravishda syujet va kompozitsiya, obraz va xarakter, til va uslub tarkibiga singib ketadi. Adabiyot realistik tasvir yo’lida rivojlanib brogan sari unig milliyligi ham tobora yorqinroq namoyon bo’la boradi. Milliylik o’zbek adabiyotining eng talantli namoyondalari Abdulla Qodiriy, Oybek, G’afur G’ulom, Abdulla Qahhor asarlarinig muhim fazilatini tashkil etadi. Chinakam istedodli shoirda har bir shaxs- tip, har bir tip esa o’quvchi uchun notanish tanishdir. Mana bu odam bag’ri daryo, qaynoq ehtiroslarga, teran aqlga boy, ammo mulohazasi cheklangan, xotinini shu qadar ashaddiy sevadiki: vafodorligiga 6