Amir Temurning siyosiy xokimyatni qulga olishi va markazlashgan davlat boshqaruvi tizimi asoslarining yaratilishi
Mavzu:Amir Temurning siyosiy xokimyatni qulga olishi va markazlashgan davlat boshqaruvi tizimi asoslarining yaratilishi. REJ А : 1. А mir Temurning siyosiy kurash maydoniga kirib kelishi. 2. А mir Temur - markazlashgan davlat asoschisi. 3.Saltanatning mavmuriy tuzilishi. 4."Temur tuzuklari"
O’zbekiston davlatchiligi tarixining o’rta asrlar davridagi yangi bosqichi buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur ibn Tarag’ay Bahodir nomi bilan bog’liqdir. Amir Temur 1336 yil 8 aprelda (hijriy 376yil, shahbon oyining 25 kunida) Kesh tumaniga qarashli Xo’ja Ilg’or (hoz. Qashqadaryo viloyati, Yakkabog’ tumani) qishlog’ida barlos beklaridan biri Amir Tarag’ay Bahodir ibn Barqal oilasida dunyoga keldi. Temurning bolaligi va o’spirinlik yillari Kesh va uning atroflarida o’tib, mahalliy amirlar, no’yonlar va beklarning o’zaro urushlari, nizolariga to’g’ri keldi. Mahlumki, XIV asrning 40-yillariga kelib CHig’atoy davlati parchalanib, davlatning sharqiy qismi-SHarqiy Turkiston va Yettisuvni o’z ichiga olgan Mug’uliston davlati tashkil topadi. CHig’atoy ulusida nisbatan barqarorlikni saqlay olgan Qozonxon (1336-1347yy.) o’limidan keyin davlat hududlari parchalinish, iqtisodiy vayronlik sari yuz tutib, Amir Qozog’on (1347-1357yy.) davrida bu jarayon yanada avj oladi. 1348 yilda CHig’atoy avlodlaridan bo’lgan Tug’luq Temur Mug’uliston taxtiga o’tiradi. U CHig’atoy ulusidagi siyosiy parokandalikka barham berish va Movarounnahrni bosib olish maqsadida bu hududlarga bir necha bor talonchilik urushlari olib boradi. Xususan Tug’luq Temur 1360 yilda Kesh viloyatini bosib oladi. bu viloyatning hokimi bo’lgan Temurning amakisi Hoji Barlos Xurosonga qochadi. Manbalarning mahlumot berishicha, Amir Temur Amudaryo bo’yida amakisini kuzatar ekan amakisiga shunday murojaat qiladi: “Agar ikkovimiz ham vatanni tark etsak, merosiy yurtimiz shubhasiz begonalar qo’liga o’tib ketadi. Lozim topsangiz men podshoh (Tug’luq Temurxon) xizmatiga borsam.” Amir Temur merosiy yurtni qo’ldan bermaslik maqsadida Tug’luq Temur ishonchini qozonib (Amir Hoji Sayfiddin yordamida) uning xizmatiga o’tadi va Kesh viloyatining hokimi etib tayinlanadi. Ammo, Tug’luq Temur o’g’li Ilyosxo’jani Movarounnahrning hokimi etib tayinlangach Amir Temur unga xizmat qilishdan bosh tortib, Balx hokimi, Amir Qozog’onning nabirasi Amir Husayn bilan ittifoq tuzadi. O’sha davrdagi vaziyat taqozosi bilan Temur Movarounnahrni tark etishga majbur bo’lib, Husayn bilan ittifoq tuzgan edi. 1361-1370 yillar davomida Amir Temur va Amir Husayn dastlab do’stona, keyin esa dushmanchilik munosabatda bo’ldilar. 1363 yilda Mug’uliston hokimi Tug’luq Temur vafot etgach Ilyosxo’ja Movarounnahrdan haydaladi. Ammo, ko’p o’tmasdan Movarounnahr ustiga yangidan yurishga tayyorgarlik ko’ra boshlaydi va 1365 yilda katta qo’shin bilan Sirdaryo tomonga yo’lga chiqadi. Bundan xabar topgan Husayn va Temur harbiy kuchlarini jangga tayyorlaydilar. Birlashgan kuchlar va Tug’luq Temur qo’shinlari o’rtasidagi jang 1365 yil 22 mayda CHinoz va Toshkent oralig’ida qattiq yog’ingarchilik paytida bo’ladi va tarixda “Loy jangi” (“Jangi loy”) nomini oladi. Bu jangda Temur va Husayn kelishib harakat qilmaganliklari oqibatida ularning birlashgan qo’shini mag’lubiyatga uchraydi. Ayrim manbalar bu mag’lubiyatning sababini Amir Husaynning sust va mayoqsizlik bilan harakat qilishi deb izohlaydi. Temurning o’zi esa bu kabi holatlarni Husaynning hasadgo’yligida deb biladi. Xususan “Temur
tuzuklari”da Amir Temur va Amir Husaynning do’stona munosabatlarini buzilishiga Husaynning molparastligi va hasadchiligi sabab bo’lganligi tahkidlanadi. “Amir Husayn bilan murosayu-madora qilishga shunchalik intildimki, hatto uning amirlariga ham bu tahsir etib, menga bo’ysundilar.” “Loy jangi” mag’lubiyatidan so’ng Husayn va Temur Balxga chekinadilar. O’z holicha tashlab qo’yilgan Movarounnahr aholisi yana Ilyosxo’ja boshli q mug’ullar zarbasiga uchrash xavfi ostida qoladi. Bunday sharoitda Samarqanddagi sarbadorlar “Ozodlik yo’lida d o r g a osilishga tayyormiz” shiori ostida (sarbador-forscha, boshi dorda) mug’ullarga qarshi kurash uchun butun xalqni dahvat etdilar. Sarbadarlar hara ka ti XIV asrning 30-yillarida Xurosonda (Afg’onistonning shimoli-g’arbi, M a rv vohasi va Eronning shimoli-sharqiy qismi) paydo bo’lib, bu hududlardagi mug’ullar hukmronligi barham beradilar va markazi Sabzavor shahri bo’lgan Sarbadorlar davlatiga (1337-1381 yy.) asos soladilar Sarbadorlar hara ka ti XIV asrning 50-60-yillarida ijtimoiy-siyosiy harakat sifatida Movarounnahrga ham yoyiladi va uning markazi Samarqand edi. Sarbadorlarning harakatlantiruvchi kuchlari madrasa toliblari, shayxlar, umuman, oddiy aholidan iborat edi. Harakat qatnashchilarining asosiy maqsadi mug’ul istilochilari va zulm o’tqazuvchi mahalliy qatlamlarga qarshi kurash edi. Xurosonda bo’lgani kabi Samarqandda ham bu kurash harakatlantiruvchi kuchlari tarkibi bir xil edi. Ilyosxo’ja qo’shinlari Samarqandga yo’l olib uni qamal qilganlarida sarbadorlar mudofaani tashkil qildilar. Mudofaaga madrasa mudarrisi Mavlonzoda, hunarmand Abu Bakr Kalaviy, mergan Xurdaki Buxoriylar boshchilik qiladilar. SHaharni osonlikcha egallashni rejalashtirgan mug’ullarning bir nech a hujumlari muvafaqqiyatsiz chiqqach, ular shahar atrofini o’rab olib, u zoq vaqt qamal qilish re j asini ishlab chiqadilar. Ammo, Ilyosxo’ja lashkari safida yuqumli kasallik (ot vabosi) tarqalishi natijasida u dastlab Samarqandni, keyin esa Movarounnahrni tashlab ketishga majbur bo’ladi. Bu paytda Keshda bo’lgan Amir Temur Ilyosxo’janing mag’lubiyati haqidagi xabarni Amir Husaynga yetkazadi va ular 1366 yilning bahorida Samarqandga yetib keladilar. Samarqand atrofidagi Konigil mavzeida qo’zg’olon rahbarlari bilan uchrashuv bo’lib o’tadi. Amir Husaynning buyrug’i bilan bu yerda sarbadorlarning boshliqlari va aftidan, faol ishtirokchilari qatl etiladi. T em urning aralashuvi bilan faqat Mavlanzoda omon qoldirilib, Xurosonga jo’natiladi. Muhiniddin Natanziy mahlumotlariga asoslangan A. Ziyoning fikricha, sarbadorlar g’alabasidan so’ng samarqandliklar Mavlonzoda itoatiga o’ tib “uni imom va amir (sifatida) qabul qilganlar”. Yahni, Samarqandda ham diniy, ham siysiy hokimiyat Mavlonzoda qo’liga o’tgan. Uning bu “imomligi va amirligi” Samarqandning o’zida deyarli bir yil davom etgan. SHu bois ham Amir Husayn sarbadorlar harakatining boshliqlari va faollarini omon qoldirmasligi aniq edi. Amir Husayn uch u n o’z si yo siy raqiblarini zaiflashtirish
va mavridi kelsa ulardan qutulish siyosati nechog’lik muhim bo’lganini Konigil voqeasidan so’ng yuz bergan jarayon orqali ham bilib olish mumkin. 1366-1370 yillar Amir Temur va Amir Husayn o’rtasidagi ziddiyatlar kuchayib, bu kurash Husayinning o’ldirilishi bilan yakun topdi. 1370 yil 9 aprel chorshanba kuni o’z davrining nuf u zli amirlaridan bo’lgan SHayx Muxammad suldo’z, Kayxisrav Xuttaloniy, O’ljoytu apardi, Dovud dug’lot, Sarbug’o jaloyir, Joku barlos, Muayyad dug’lot, Badaxshon hokimi SHayx Muxammad, Husayn bahodir, Sayyid Baraka, termezlik aka-uka sayyidlar Abu Maoliy va Ali Akbar kabilar h u zurida Amir Tumr hokimiyati tan olindi. Movarounnahrning amaldagi xonligi CHingizxon avlodiga mansub bo’lgan Suyurg’atmish qo’liga o’tdi. Dav l at boshqaruv tizimi esa Movarounnahr amiri nomini olgan Amir T e m u r qo’lida qoldi. Temur Kesh shahridan Samarqandga ko’chib, uni o’z davlatining poytaxtiga aylantirdi. Zero, “Boburnoma” da mahlumot berilishicha, “Mug’ul va turk ulusi uni Semizkand derlar. Temurbek poytaxt qilur edi. Temurbekdin burun Temur b ekdek ulug’ podshoh Samarqandni poytaxt qilgan emastur”. Temur davlatining barpo etilishi . Amir Tumur hokimiyat tepasiga kelgach, deyarli bir asrlik bosh boshdoqlik hukm surgan mamlakatga qonunlar joriy etib, tartib o’rnatish oson emas edi. Uni faqatgina kuchli siyosat yurgizib, mamlakat qudratini mustahkamlab amalga oshirish mumkin edi. Temur o’ziga mustahkam tayan ch barpo etish maqsadida dastlab barlos qabilasidan maxsus gvardiya tashkil qiladi. CHunki bunday ishonchli gvardiya ayniqsa uning siyosiy va harbiy k u rashlari uchun zarur edi. SHuningdek, Am i r Temur davlat boshqaruvini o’z qo’liga olgan bo’lsa-da, ammo mavjud shart-sharoitda amaliy qadamlar qo’yib borish nihoyatda og’ir edi. Zero, mamlakat yo biron-bir viloyat, yoki ijtimoiy tabaqa doirasida kattagina mavqega ega bo’lgan amirlar avval boshda uning hukmronligini tan olgan bo’lsalar-da, ular bilan Amir T emur o’rtasidagi munosabat bundan buyon ularga va ularning namoyondasi bo’lmish ijtimoiy muhitga nisbatan yurgiziladigan siyosat bilan ko’p jihatdan bog’liq edi. Aynan shuning uchun ham 1370 yilning o’rtalarida Samarqandda o’tkazilgan qurultoyda Amir Temur barcha viloyatlardan nufuzli amirlar, lashkarboshilarni yig’ib, ularga har birining mavqei va martabasiga qarab biron-bir mansab va mulk (viloyat, tuman, shahar) taqsimlab beradi, katta-katta sovg’alar ulashadi. Bu haqda Sohibqironning “Tuzuklarida” shunday deyiladi: “Bulardan mol-dunyoga hirs qo’ygan ochqo’z va tahmagirlariga mol-ashyo vahda qildim, mansab-martabaga va mamlakatlarni boshqarishga ko’z tikkan amalparastlarga qo’lim ostidagi mamlakat va viloyatlardan birining hokimligini berdim”. Amir Temur Movarounnahrning qonuniy hukmdori sifatida mamlakat hududlarini birlashtirishga kirishar ekan, hududlar ustiga dabdurustdan harbiy yurishlar qilmasdan, kelishuvchilik siyosatini tutdi. SHu bois ham u Amudaryo va Sirdaryo oralig’idagi yerlarni, Fa r g’o n a , SHosh viloyatlarini o’z tasarrufiga kiritishda unchalik qiynalmadi. Ammo, Xorazmda ahvol boshqacha edi. Xorazmning o’sha davrdagi
hukmdorlari (Husayn S o’ fi, Yusuf So’fi) Oltin O’rda tahsirida bo’lib, elchilar jo’natilganligiga qaram a y bir necha yil Am i r Temur hokimiyatnini tan olmadilar. SHuning uchun ham Amir Temur Xorazm ustiga besh marotaba (1371, 1373, 1375, 1379, 1388 yillar) qo’shin tortishga majbur bo’ladi. 1388 yildan so’ng Xorazm Amir Temur davlati tarkibiga kirgan. Amir Temurning harbiy yurishlari 1386 yildan boshlab “uch yillik”, 1392 yildan “besh yillik”, 1399 yildan “etti yillik” urushlar nomini olagn. XIV asrning 80-yillari o’rtalariga kelib butun Xuroson Soh i bqiron i x tiyoriga o’tadi. “Uch yillik” urush davrida Amir Temur Ozarbayjon, Tabriz, Mozandaron, G’ilonni bo’ysundiradi. SHundan keiyn u Kavkazga yurish boshlab Tiflis, Arzirum va Van qalhasini egalladi. 1387-1388 yillarda Xorazmga davogar bo’lgan Oltin O’rda xoni To’xtamish Amir Temurning yo’qligidan foydalanib Movarounnahrga harbiy yurishlar uyushtiradi. 1388 yilning yanvarida Amir Temurning q aytishidan xabardor bo’lgan dushmanlar chekina boshlaydilar. Amir Temurdan topshiriq olgan amirlar, Husayn, SHayx Ali Bahodir va boshqalar dushmanni Sirdaryo bo’yidagi Sarisuv degan joyda quvib yetib, unga katta talofat yetkazdilar. 1388 yilning oxiridagi yana bir to’qnashuv (Sagaron, Kattaqo’rg’on atro f larida) To’xtamishning mag’lubiyati va qochib ketishi bilan yakunlandi. 1395 yilning bahorida Kavkazdagi Terek daryosi bo’yida To’xtamish va Amir Temur qo’shinlari yana to’qnashdilar. Bu jangda To’xtamish qattiq mag’lubiyatga uchradi, poytaxt Saroy Berka ishg’ol etildi va Oltin O’rdaning qudratiga qattiq zarba berildi. Tahkidlash lozimki, Sohibqironning bir mamlakatga qilgan yurishlari uning boshqa mamlakatlarga qilgan yurishlari bilan ketma-ket borgan. Xorazm, Xuroson, Eron, Hindiston yurishlari bunga misol bo’la oladi. Mahlumki, Sohibqiron hokimiyat tepasiga kelgan davrda Eron va Xurosonda ham bir nechta kichik davlatlar mavjud bo’lib, oddiy xalq va savdogarlar ulardan ko’p jabr ko’rar edilar. Amir Temur 1380 yildan boshlab Xuroson yurishlarini boshlaydi. Tus, Nishopur, Sabzavor shaharlari unga jangsiz taslim bo’ladilar. Sohibqiron Ozaybarjonga bir necha bor hujum qilib 1387 yilda uni egallashga muvaffaq bo’ladi. 1392 yilda Armaniston va Gr u ziya Amir Temur izmiga o’tadi. SHimoliy Hindiston va Kashmir musulmonlari qaroqchilardan aziyat chekayotganligi bois Temur Hindistonga ham yurish qilib, 1399 yil martida bu hududlarni ham egallaydi. 1400 yilda Amir Temur qo’shinlari turk sultoni Boyazid I va Misr sultoni bilan kurash olib borib, o’sha yili Misr sultoni Farajni tor-mor etdi. 1402 yilda Amir Temur Anqara yonida Boyazid bilan ikkinchi marta to’qnashdi va uni tor-mor etdi. Temurning bu g’alabasi ayniqsa yevropaliklarda katta taasurot qoldirgan edi. Misol uchun, Boyazid ustidan qozonilgan buyuk g’alaba munosabati bilan Frantsiya qiroli Karl VI, Angliya qiroli Genrix IV va Vizantiya imperatori Temurga o’z tabriknomalarini yuborganliklari manbalarda mahlum. CHunki, tadqiqotchilar tili bilan aytganda, Yevropaga ulkan xavf solib turgan Boyazid boshchiligidagi