logo

O’rta Osiyoda Ahamoniylar davri davlat boshqaruvi 14v

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

151 KB
Mavzu: O’rta Osiyoda Ahamoniylar davri davlat boshqaruvi.
Reja:
Ahamoniylar   davlatining vujudga kelishi , bosqinchilik yurishlari.
Ahamoniylar hukmronligi davrida davlat boshqaruv aparati.
Ahamoniylar davlatining qo’shin turlari va O’rta Osiyoni satrapliklarga bo’linishi.
Ahamoniylar davrida qo’shin turlari , madaniyat va din. O’tmishga qadimgi dunyo tarixiga nazar tashlaydigan bo’lsak, qadimgi sharq imperiya va boshqa 
podsholik-u saltanatlari o’zining katta masofalarga cho’zilganligi va ko’p sonli aholiga ega ekanligi bilan 
xarakterlanadi. Shu bilan birga ular tabiiy geografik sharoiti, til tarkibi, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish 
darajasi va madaniyati jihatdan bir xil bo’lmagan xalqlarni o’z qo’l ostida birlashtirib, ular ustidan 
hukmronlik qilishgan. Yuqorida aytib o’tilgan davlatlarning tayanchi biror ma’lum bir vaqt barqaror 
boshqaruvining sababi sifatida ba’zilar qudratli qo’shinni ko’rsatsa, boshqalar bu davlat tarkibidagi 
xalqlar bir-biriga yaqin va doimiy aloqada ekanligi hamda ular rivojlanish darajasi deyarli bir xil 
ekanligini ta’kidlashadi. Sharqda qadimgi davlatlar chegaralari atrofida yashovchi aholining kamchiligi 
bir tilda gaplashgan. Qadimda faqatgina bir nechta davlatlarda butun aholi bir tilda so’zlashgan. Yoki 
teskarisi, masalan Ahamoniylar imperiyasi juda ulkan hududni egallagan bo’lib, undagi xalq, elat,   qabila-
yu , qavmlar ko’p sonli va turli tilda so’zlashar edilar.
Qadim zamonlardan boshlab Urmiya ko’lining janubiy tomonlarida parsua qabilalari yashar edilar 
mil.avv. VIII-VII asrlarda ular Elamga ko’chib ahamun urug’idan chiqqan sardor atrofida birlashganlar, 
ular dastlab podsholari Kayxusraf I ( Kir I) davrida osuriyaga, Kambiz I davrida (mil. avv. 600-559) 
Middiyaga itoat etganlar. Kambiz I bilan Midiya shohi Asteagning qizi o’rtasidagi nigohdan Kir II 
(Kayxusraf II ) dunyoga keladi. Kambiz II vafot etgach Parsua taxtiga Kir II o’tirib, mil.avv. 559-yilda 
Pasargada shahrini qurdirib, uni davlat poytaxtiga aylantiradi. Mil. avv. 553-549-yillar mobaynida olib 
borilgan urushlarda Kir II bobosi Asteag qo’shinlarini yengib, Midiya va Elamni parsuaga qo’shib oladi. 
Shu tariqa Ahamoniylar sulolasi asos solgan Ahamoniylar ya’ni Eron davlati tashkil topadi. Bu davlat 
qariyb ikki yuz yil mobaynida yashagan. Uning hududlari Misrdan to shimoli-g’arbiy Hindistonga qadar 
cho`zilgan edi. Ahamoniylar davlati poytaxti Pasargad, Persopol, Suza shaharlari bo`lgan. Forslarga 
qadar Suzada elamitlar yashaganlar. Forslar dastlab faqat Janubiy Eron hududlarida yashaganlar. So`ngra 
ular butun Eron hududini egallaganlar. Ariylar qabilalari joylashgan yurt keyinchalik Eron deb atalgan20.
Kir II g’arbda Lidiya shohi Krass qo’shinlarini,   shimolda armanlarni yengib , butun kichik Osiyoni bosib 
oladi. Lidiya poytaxti Sard talanib, shoh Krass asir olinadi va o’ldiriladi, shundan so’ng Geradodning 
xabar berishicha “… Kir II yo’lida Bobil, Baqtriya xalqi, sak va misrliklar turar edi”. Mil. avv. 545-530-
yillar oralig’ida Eron shohi Bobilni ham bosib olib Hind daryosigacha bo’lgan yerlarni istelo qiladi. Mil. 
avv. 530-yilda Kir II O’rta Osiyo ko’chmanchilari massagetlar bilan bo’lgan jangda o’ldiriladi. Kir II 
o’ldirilgach, Eron taxtiga uning o’g’li Kambiz II o’tiradi. “… shundan so’ng Kambiz II bor e’tiborini 
g’arbga tomon qaratadi va natijada milloddan avvalgi 525-yilda Misr bosib olinadi”. Uning Efiopiyaga 
uyushtirgan harbiy urushi muvafaqiyatsiz tugaydi. U Misrda ekanida Gaumatta boshliq eroniylar isyon 
ko’taradi. Isyonni bostirish uchun Erondan qaytayotganda Kambiz II o’ldiriladi (522-yil) shundan so’ng 
Eron taxtiga Gaumatta o’tirib, 7 oy podsholik qiladi. Behistun yozuvlarida (1, 50 51) “Xalq qo’rqardi” 
Gaumatadan. Hattoki, ko’pchilik Fors xalqi birlashib Doro huzuriga kelishadi va uni taxtga o’tkazish 
kerakligini aytishadi. Shunday qilib Midiyada o’ldirilgani qayt etilgan bu voqealardan ko’p o’tmay mil. 
avv. 522-yil 29-sentabrda fitnachilar tomonidan o’ldiriladi, undan so’ng Eron taxtiga Ahamoniylar 
urug’idan bo’lgan Doro I o’tiradi. ( Mil. avv. 522-486-yillar ) Doro I podsholigini dastlabki yillarida 
Bobil, Misr, Elam, O’rta Osiya va boshqa hududlarda boshlangan qo’zg’alonlarni shavqatsizlik bilan 
bostiradi. Manbalarda, Doro I hukmronligining dastlabki yillarida bu haqda Doro shunday deydi. “… 
Qachonki men buyuk shahanshoh Gaumatani o’ldirganimda, faqat bitta Asina ismli kishi Upadarmining 
o’g’li menga qarshi chiqib Elamda o’z hukumdorligini boshladi. U xalqqa shunday dedi …men elam 
hukmdoriman. Shundan so’ng isyonchi elamliklar Asinani hukmdor deb tan olishdi. …men u yerga 
“gonsa”21   yubordim. Asina tutub keltirildi va men uning boshini oldim. Ahamoniylar davri aynan Doro I
davrida o’z qudratining cho’qqisiga erishdi desak xato bo’lmas. U mamlakatda osoyishtalik o’rnatgandan 
so’ng qator sohalarda islohotlar o’tkazdi. Biz hozir Doro I umuman Ahamoniy hukmdorlar boshqaruvi 
davrida O’rta Osiyo va O’rta Osiyodagi ijtimoiy-iqtisodiy, diniy, harbiy va ma’muriy masalalarga 
to’xtalib o’tamiz, bularning barchasi Eron shohlarining ayniqsa Doro I ning islohotlariga bog’liqdir. Eron shahanshohlari ulkan hududlarga cho’zilgan mamlakatni boshqarishda etnik va geografik xilma-
xilligini hisobga olib, ularni o’zaro aloqalarini yuqori darajadagi ma’muriy tuzulishni ishlab chiqishgan. 
Bu ma’muriy birliklarda byurokratik tamoyillarga asoslangan   apparat ildiz ottirildi , sababi hayotning har 
tomonlarini qamrab olgan bu tizim orqali ma’muriy birliklarni so’zsiz itoatda tutib turish imkonini berar 
edi. Bularning barchasi uchun asosiy narsa poytaxt hisoblanar edi. Poytaxt har qanday buyuk 
imperiyalarda ham ma’muriy, ma’daniy va tranzit aloqalar markazi hisoblanadi. Poytaxt mamlakatning 
barcha shahar-u qishloqlarini o’ziga birlashtirgan bo’lsada, unda o’ziga xos boshqa joylarga o’xshamagan
madaniy yo’nalish me’moriy uslubi bo’ladi. Eronliklar shunday moliya va ma’muriy aparat yaratgan 
edilarki bu orqali imperiyaning barcha hududlariga bir xil boshqaruv tizimi oqali boshqarishar edi.
Shoh Doro I mamlakatni satrapliklarga o’lpon to’lovchi okruglarga bo’ladi. Satrapliklar hozigi 
viloyatlarga o’xshaydi. Ahamoniylar davlatida ular bosib olingan davlat hududiga to’g’ri keladi. Masalan 
Misr bunga misol bo’la oladi.
O’rta Osiyo hududi ahamoniylar tomonidan 3 ta satraplikka bo’linib idora etilgan. Baqtriya Marg’iyona 
bilan birgalikda12-satraplikni tashkil etgan. U podsho xazinasiga yiliga 360 talan jarima to’lagan. Parfiya,
Xorazm, So’g’d va Areya birgalikda 16-satraplikni tashkil etgan va yiliga 300 talan jarima to’lagan. 
Saklar va kaspiylar esa 15-satraplik bo’lib, ular Doro I xazinasiga yiliga 250 talan jarima to’lagan22.
O’rta Osiyodagi umumiy barcha satraplar o’z hududlaridagi eng qiyin va qattiq hujjat va sud ishlarini 
ham olib borishgan. Satrap (O’rta Osiyadagi) mahalliy zodagon rasmiylarga soliqlar yig’ilishini, xazina 
hisob kitobini ishongan. Bundan tashqari ular jarchilik, tergovchilik va kotiblik ishlarini ham yuritganlar.
O’sha paytda ish yuritishda Bobil usuli tanlangan edi hujjatlarda esa oromiy yozuvida Ahamoniylar 
davrida oromiy yozuvi qadimiy Akkadning mixxat yozuvi siqib chiqardi. Va natijada oromiy yozuvi 
Osiyoda xalqaro savdo va diplomatik tilga aylandi. Ko’p sonli aholi ahvoli va byurokratiyani 
(qonuniylikni) nazorat qilish maqsadida saroyda maxsus tekshiruv guruhi “shohning ko’zi va qulog’i” bir 
vaqtning o’zida qadimiy va yashirin politsiya tuzildi. Bu maxsus gurux mamlakatning barcha 
mamlakatlarida faoliyat olib borgan. Ular hatto satrap va harbiy qo’mondonlarni ham nazorat qilib 
turishgan. O’rta Osiyadagi satrapliklar aniqrog’i XVI satraplik tarkibiga kiruvchi Pafiya janubiy 
Turkmaniston va shimoliy-sharqiy Eronning ma’lum hududlarida joylashgan edi. Miloddan avvalgi VI-
IV asrlarda Parfiya yirik shaharlarni o’zida birlashtirgan harbiy-ma’muriy markaz sifatida muhim rol 
o’ynagan. Midiya manbalarida Parfiya o’ziga qo’shni bo’lgan ko’chmanchi oaziv qabilalari bilan yaxshi 
aloqada bo’lganligi va ular bilan to’g’ridan to’gri savdo ayirboshlash ishlarini olib borganligi qayt etilgan.
Milloddan avvalgi 549-yil Elam bosib olingandan keyin ikki yil mobaynida Ahamoniylar qo’shini oldingi
Midiya davlati tarkibiga kiruvchi Parfiya, Girkaniya, Arman xududlarini bo’ysuntirishga kirishganligi 
manbalarda ham qayd etilgan.
Miloddan avvalgi VII asrning 40-30-yillarida Ossuriya podshosi Ashshurbanipal Elam davlatini tor-mor 
qilgach, forslar Elam hukmronligidan ozod bo`lib Midiyaga qaram bo`ladilar. Mil. avv. VI asrda forslar 
Midiya Hukmronligini ag`darib tashladilar va uni davlatlari tarkibiga qo`shib oldilar. Mil. avv. 599-yilda 
Fors podshosi bo`lgan Kayxusrav I keyingi ikki yil davomida Parfiya va Girkaniyani bosib oladi. Mil. 
avv. 545-539-yillarda Kayvusrav hozirgi Afg`oniston, O`rta Osiyo yerlarini bosib oladi. Fors davlati 
hududi Hindistonning shimoliy-g`arbiy chegaralarigacha, Hindikushning janubiy yon bag`irlari va 
Sirdaryo havzalarigacha yetdi. Kayxusrav shimoliy-sharqiy yo`nalishlarda o`z ta`sirini mustahkamlagach,
Bobilga yurish qiladi. 539-yilda 2 oy davomida avgust-sentabr oylari Bobil yerlari bosib olinadi. Bobil 
podsholigi   rasman saqlab qolinadi , uning ijtimoiy tuzilmasi o`zgartirilmaydi. Bobil shahri Fors podsholari
turadigan qarorgohlardan biriga aylanadi. Bobil davlat apparatida bobilliklar yetakchi o`rinda qolaveradi, 
bobilliklarning qadimgi diniy e`tiqodlariga fors podsholari homiylik qiladilar.
Parfiya deyarli barcha satrapliklarda “shohning qulog’i va ko’zi” (militsiya)ning ishi yaxshi va samarali 
bo’lishi uchun ”shoh yo’li”ni tamirlash ishlari olib borilgan. Ularga qum sepilib, ustidan tosh yotqizilgan. Savdo yo’li bo’lmish ,”shoh yo’li”ning bir qismi aslida asosiy qismi O’rta yer dengizidan Eron 
poytaxtigacha, “miloddan avvalgi VI-IV asrlarda sharqning buyuk davlati Eron Ahomoniylar davlati 
hududida savdo yo’li “shox yo’li” nazarda tutilmoqda. O’rta yer dengizi bo’ylaridagi Efes, Sard 
shaharlarini Eron poytaxti Suza oldinroq Persopol tutashtirgan” Parfiya orqali ham o’tardi.   Shu savdo 
yo’lida Parfiya yo’lida ko’plab karvon saroy ko’prik va hammasidan ham qizig’i qurilgan inshootlarni 
doimo habiylar qo’riqlab turganlar bular asosan tovarlar saqlanadigan omborlar bo’lgan.
Asli Parfiya qay tarzda ahamoniylar davlati tarkibiga kirganligi haqida gapiradigan bo’lsak, Midiya 
hukmdori Astiag (miloddan avvagi 625-584) davrida mustaqillikka erishadi va yunon tarixchisi tili bilan 
aytganda “o’z yurtlarini saklarga topshiradi”23   Xorazm bilan ittifoq tuzib Midiyaga qarshi kurashga 
shaylanayotganda Midiya davlati qulaydi. (Miloddan avvalgi 550-yil) Miloddan avvalgi VI asrning 
ikkinchi yarmida Parfiya ahamoniylar qo’l ostiga tushadi va saltanatning XVI okrugi tarkibiga kiradi24.
Ahamoniylar davlati tarkibidagi deyarli bir xil boshqaruv tizimi joriy etilgan edi. Parfiyadan shimolroqda 
Murg’ob vohasida Marg’iyona joylashgan edi. Marg’iyona suvga boy hudud hisoblanadi. O’sha davrlarda
miloddan avvalgi VI-IV asrlar Marg’iyonada juda mukammal rejalashtirilgan irrigatsion sistema asosida 
sug’orish inshootlari qurilgan bo’lgan. Marg’iyonada tokzorlar juda ko’p bo’lganligi hamda 
bog’dorchilikdan tashqari dehqonchilining taraqqiy etishiga ham manashu sug’orish tizimi asos vazifasini
bajargan.
O’rta Osiyodagi muhim viloyatlardan biri shubhasiz, Baqtriya bo’lib, uning muhimigini shunda ko’rish 
mumkun-ki, uni yo taxt vorisi yo shoh qarindoshi boshqargan. Ahamoniylarning Baqtriya bilan ilk 
munosabatlari to’g’risida ma’lumotlar yetarli deb bo’lmaydi. Doro davriga kelib esa Baqtriya qat’iy 
ravishda Ahamoniylar qo’l ostidagi mulklar qatoriga sanab o’tiladi25.
Doro Baqtriyaga o’z noibi qilib fors Dodarshishni tayinlagan. Geradod qiziq bir ma’lumot qoldirgan. Kir 
va uning o’g’li Kambiz hukmdorligi davrida qaram mamlakatlardan muayyam bir soliq olinmagan. Biroq 
bir tobe mulklardan ularga sovg’a-salomlar yuborib turilgan. “Doroni forslar   savdogar deyishlariga sabab ,
deb yozadi Geradod: - u birinchi bo’lib soliq tizimini joriy etganligidir”26. Baqtriya mustahkam qo’rg’oni
eslatgan. Ahamoniylar undan shimoli-sharqiy hududlarni boshqarishda tayanch sifatida foydalanishgan. 
Doro I soliq siyosatini o`zgartiradi. Yangi umumdavlat soliq tizimi shakllantiradi. Har bir viloyat yer 
hajmi va hosildorlik darajasiga ko’ra qat’iy belgilangan soliq to’lovini amalga oshirishi shart bo`lgan. Ilk 
bor ayrim ibodatxonalar o’zlariga qarashli yerlardan soliq to’lashga majbur qilindi. Soliq to’lovi sifatida 
yig’ilgan pullar bir necha o’n yillar podsho xazinasida saqlangan. Faqat ularning bir qismi xarajatlar 
uchun ishlatilgan. Shu boisdan savdo uchun tanga pul doimo taqchil bo`lgan. Bu hol tovar-pul 
munosabatlarining rivojlanishiga to`sqinlik qiladi va natural xo`jalikni saqlanishiga olib keladi.
Forslarning o`zlari pul to`lovidan ozod bo`lib, natural to`lovga tortilganlar. Qolgan qaram xalqlar har yili 
7740 Bobil kumush talanti (232200 kg) miqdorda soliq to`laganlar. Pul-tovar munosabatlarini rivojlanishi
pul islohotiga sabab bo`lgan. Miloddan avvalgi 517-yildan so`ng Doro I butun mamlakat miqyosida 
yagona pul birligi fors pul tizimining asosi 8,4 gr og`irlikdagi tilla tanga "darik" ni joriy qiladi27.
Bizga ma’lumki Doro I islohotlaridan so’ng mamlakat satrapliklarga bo’lindi. Va shu Satrapliklarni 
ma’muriy va harbiy vakolatga ega bo’lgan satrap boshqarardi. Lekin keyinchalik harbiy vakolat undan 
olib tashlandi ( o’zi boshidan deyarli bunday vakolat kam berilgan). Harbiy boshliq lavozimi joriy 
qilinadi. Bu ikki mansab ustida maxfiy politsiya nazorat olib borgan. Ahamoniylar davlatida eng yuqori 
darajadagi ishlar bilan xususan barcha davlatlardagi shohning yaqinlari hamda davlat lavozimida 
ishlaydigan shaxslarning (xatto forslarning) ustidan ishonchli bo’lgan Hazarapatu (ming boshi), bir 
paytning o’zida shohning shaxsiy gvardiyasining bosh qomondoni bo’lgan lavozim nazorat olib borgan. 
Shunday bo’lsada, aynan Baqtriyaga kelganda, bu masalaga shubha qilish mumkin. Manbalarda 
keltirilishigcha, Baqtriyaliklar boshqa xalq vakillari bilan tezda til topishib, ittifoq tuzishga usta bo’lgan 
ekanlar shuning uchun ham bu yerda boshqaruvchi sifatida faqat forslar (asosan taxt vorisi yoki  shaxzodalar) tayinlangan. Baqtriya haqida gap ketar ekan shuni ta’kidlab o’tish lozimki miloddan avvali 
V asrda Baqtriyada tanga, pullar chiqarila boshlangan. Bu esa asta-sekin shimoliy hududlarda hukmron 
tabaqa mavqei tushib borganini ko’satadi. Baqtriyadan shimolda So’g’diyona joylashgan edi. So’g’diyona
Zarafshon va Qashqadaryo vohalarini o’z ichiga olib poytaxti Maroqanda28   bo’lgan.
Ahamoniylarga tobe bo’lgan yana bir hudud Xorazm hisoblanadi. Ahamoniylar tobeligiga tushib 
qolganligi to’g’risida aniq bir ma’lumot berilmaydi ammo Doroning buyrig’i bilan zagros qoyasiga 
( Erondagi Kirmonshoh shahridan 30 km masofada joylashgan) o’yib bitilgan yozuvga ko’ra Xorazm, 
So’g’diyona, Ariya, Parfiya Ahamoniylarga qaram 23 viloyat (Satrapiya) qatorida sanab o’tiladi ayni 
guvohliklarni Pernopoldagi (Erondagi Sheroz shahridan shimolda taxminan 50   km masofada joylashgan , 
520-450-yillar orasida qurilgan) yozuvlardan ham topish mumkin29. Lekin Doro I ning qabir toshi 
bitiklarida Ahamoniylar saltanatida tobe mamlakatlar ro’yxatida So’g’diyona, Ariya va Parfiya kiritilgan 
xolos. Xorazm esa bu qatorda yo’q. Geradod qoldirgan ma’lumotlarda aytilishicha Parfiya, Xorazm, 
So’g’diyona, Ariya ahamoniylarga qaram XVI okrugni tashkil etib, yiliga 300 talant soliq to’lab 
turganlar30.
Miloddan avvalgi 520-yil Elamliklar 3 marta Forslarga qarshi chiqdilar va bu haqda Behistun yozuvlarida
shunday xabar qilinadi. Elam deb nomlanmish davlatda isyon bo’ldi Elamliklar Atamanta ismli shaxsni 
o’zlarining hukmdori deb elon qilishibdi shundan so’ng men qo’shin yubordim. Meni xizmatimdagi 
Gaubaruva ismli forsni ularga boshliq qildim. U Elamliklar bilan uzoq urushdi. Keyin Gaubaruva 
Elamliklarni tor-mor qildi va yanchib tashladi, ularni boshlig’ini ushlab meni oldimga olib keldi va men 
uni “o’ldirtirdim shundan so’ng mamlakat meniki bo’ldi” . Shu tariqa butun O’rta Osiyo ahamoniylar qo’l
ostida o’tdi ajdodlarimiz o‘z erki uchun doimo kurashib kelgan. Shu misolda Fradani olishimiz mumkin. 
Tarixchilarning xabar berishicha eng ko’p odam o’ldirilgan joy Marg’iyona bo’lgan ekan (qo’zg’olonni 
bostirish paytida 55 ming kishi o’ldirilgan 6972 asir qilingan).
Ahamoniylar davlat boshqaruvi shakliga ko’ra zo’rlikka asoslangan, tuzilishi markazlashgan initar 
(oddiy) shaklda edi. Butun hokimiyat podshoh qo’lida edi u davlatni kuchli markaziy davlat apparatiga 
tayangan holda boshqargan. Davlat apparatida podshohdan keyin ikkinchi o’rinda hazorapat (ming 
boshliq) turgan. U barcha davlat organlariga va mansabdor shaxslar faoliyatining nazorati hamda 
markaziy devon boshqaruvini yuritgan. Podshohning shaxsiy qo’riqchilariga boshliq bo’lgan hamda 
podshohga kelgan shikoyat va arizalar haqida ma’lumot berib borgan. Markaziy devonga kotiblar 
taftishchilar podshohga ma’lumot yig’ib keluvchilar apoqa xizmati xodimlari va boshqalar bo’ysungan.
Ahamoniylardan Doro I mamlakatni mustahkamlash uchun qator islohotlar o’tkazadi. U bosib olingan 
hudud ustidan nazorat o`rnatadi, soliqlar yig`imini tartibga soladi. U davlat hududini satrapiya deb 
atalgan ma`muriy soliq okruglariga bo`ladi.   Bunda asosan miqdori talan 31   bilan belgilanganligini 
ko’rishimiz mumkin. Satrapliklar o’z hajmi jihatdan ilgarigi katta davlatlar, provinsiyalardan ham katta 
bo`lgan. Satrapliklar ichida avtonom o’z-o’zini boshqaradigan qabila va shaharlar Finikiya, Kichik 
Osiyodagi yunon shaharlari ham mavjud bo`lgan. Forslar Finikiya shaharlarining ichki ishlariga 
aralashmaganlar va buning evaziga ular ahamoniylarni oxirigacha qo`llab-quvvatlaganlar. Satraplik 
lavozimiga forslar tayinlanadigan bo`ladi. Kayxusrav va Kambiz davrida satrap qo`l ostida fuqarolik va 
harbiy hokimiyat to`plangan edi. Bu haqida satrap Gobriyning Bobil, Suriya va yuqori Mesopotamiyadagi
bir vaqtning o`zida fuqarolik va harbiy noib vazifasini bajargani to`g`risida aniq ma`lumotlar bor. Satrap 
va harbiy boshliqlar markaziy hokimiyatni podshoning va ayniqsa uning maxfiy xizmatining doimiy 
nazorati ostida bo`lganlar. Chunki viloyat satraplari doimo mustaqillikga erishishga harakat qilib, ajralib 
chiqish xavfini tug`dirganlar. Davlat boshqaruvi va barcha amaldorlar ustida oliy nazorat “xazorapat” deb
atalgan mansabdor qo`lida bo`lgan. U bir vaqtning o`zida “o`n ming o’lmas” podsho shaxsiy 
gvardiyasining boshlig`i bo`lgan. Islohotlar natijasida markaziy podsho konselariyasi bilan katta 
byukrokratik apparat vujudga kelgan. Davlat boshqaruvi poytaxt Suzada bo`lib, podshoning bosh 
qarorgohi Persopol bo`lgan. Miloddan avvalgi 522-521-yillarda anchagina hududlarni bosib olib yoki ko’tarilgan qo’zg’alonlarni 
bostirib bo’lgan Doro I islohotlar qila boshlaydi. Yuqorida ma’muriy jihatdan satrapiyalarga 
bo’linganligini gapirib bo’lgan edik. Endi uni barcha sohalardagi islohotlarni gapirib o’tsak. Boshqaruv 
tizimida qonunlarni joriy etish maqsadida bir guruh qonunshunoslarni yig’ib qadim Misr hududidagi 
qonunlarni barchasini yetarlicha yaxshi o’rganib hamda o’zining yangi qonunlari uchun asos bo’lgan 
Hamurapi qonunlari bilan birga butun imperiya hududida bo’ysunishi shart bo’lgan barcha qonunlarni 
ishlab chiqdi. Doro I soliq tizimini joriy etib, o’z boyligini ko’paytiradi. Satrapliklardan qancha miqdorda
soliq olishini Doro I o’zi belgilagan edi. Bu belgilagan miqdor to ahamoniylar davlati qulaguncha qadar 
o’zgarmadi. Soliq yig’ib olish anchagina shavqatsiz kechgan.
Forslarning qudratini dunyoga ularning armiyasi orqali bilishadi. Ahamoniylar armiyasi asosini forslar va
middiyaliklar tashkil etgan, ular armiya safida 20 yil mobaynida xizmat ilganlar. Forslarning harbiy 
qudratini sharqiy eronliklar va shimoli-sharqiy hududdagi jangchilar saqlab turishgan. Forslarning otliq 
qo’shini asosini O’rta Osiyolik saklar tashkil etgan. Harbiy hayotda saklar butun Ahamoniylar davlati 
faoliyati davomida otliq qo’shindagi ustunlikni hechkimga bermaganlar. Forslar armiyasida 10 ming 
kishidan tashkil topgan “Bessmertnix” o’lmaydiganlar guruhi bo’lgan. Jangladagi forslarning g’alabasini 
aynan ular taminlashgan. Hokimiyatdagi boshqaruv haqida gapiradigan bo’lsak barcha sud 
ishlarini   satraplar nazorat qilgan , tergov va tekshiruv ishlari esa ishonchli mahalliy zodagonga yuklangan.
Yo’llarning tamirlanganligi karvon saroylarning qurganligi aloqa tizimini yaxshi ishlashiga zamin 
yaratgan.
Qo’shin otliq va piyoda harbiy qismlardan tashkil topgan. Otliq qismlar-zodagonlardan; piyodalar-
dehqonlardan olingan. Bu ikkala qismlarning uyg`un harakati urushlarda g`alabani qo`lga kiritishga sabab
bo`lar edi. Piyoda qo`shinning asosiy quroli kamon, suvoriyning qurol-aslahasi temir sovut, jez qalqon va
ikki temir nayza ham bo`lgan.
Qo’shinning eng ilg’or qismi o`n ming “o`lmas” askarlarining birinchi mingtasi faqat fors aslzodalari 
vakillaridan iborat bo`lib, podshohning shaxsiy qo`riqchilari hisoblanganlar. Qolgan qismlari turli fors, 
elam qabilalaridan to`ldirilgan.
Bosib olingan mamlakatlarda qaram aholining qo’zg’olonlarini bostirish maqsadida qo’shinlar 
joylashtirilgan. Misr va Bobilda 10-12 ming kishilik qo’shin turgan. Davlat chegaralarida harbiylarga yer 
berilib harbiy gornizonlar joylashtirilgan. Bevosita xizmatda bo`lgan harbiylar har oyda mahsulot bilan 
ish haqi olganlar. Iste’foga chiqgan askar oilasi bilan asosan kichik yer ulushidan kun ko’rgan, savdo va 
turli hunarlar bilan shug’ullangan.
Eng muhim urush harakatlari davrida har bir qaram xalq ma`lum miqdorda askar yetkazib berish 
majburiyatini olgan. Doro I davrida forslar dengizda ham yetakchi rol o`ynay boshlaydilar. Dengiz 
janglari Finikiya, Kipr, Egey orollari va Misr floti yordamida olib borilgan. Matros sifatida saklar, forslar 
xizmat qilganlar. Ko’pincha flotda rahbarlik vazifalarida misrliklar bo`lgan. Miloddan avvalgi V asrdan 
boshlab Fors o’lkasida dehqonlarning iqtisodiy ahvoli yomonlashadi. Dehqonlar harbiy xizmatdan bosh 
torta boshlaydilar. Bu o’z navbatda fors piyoda qo’shinlarini jangovar qobilyatini yo’qotishga olib keladi.
Endilikda ular yaxshi qurollangan yunon yollanma askarlari bilan almashtira boshlanadi.
Qadimgi Eron dini va madaniyati. Qadimgi Eron mafkurasida miloddan avvalgi I mingyillikda 
shakllangan diniy ta`limot zardushtiylik muhim o`rin egalladi. Zardushtiylik Midiya podshosi Astiag 
davridayoq rasmiy dinga aylangan edi. Zardushtiylik dinining kohinlari diniy an’ana, urf-odat va rasm-
rusumlarni saqlovchi maglar bo`lgan. Zardushtiylik odamlarni qurbonlik qilishni ta’qiqladi, odamlarni 
bir-biriga mehribon bo’lishini targ’ib qildi. Doro I mil.avv. 520-yil atroflarida zardushtiylikni rasmiy 
davlat dini deb e`lon qildi. Forsda qadimgi zardushtiylik tabiat xudolari Mitra (quyosh xudosi), Anaxita (suv va hosildorlik xudosi) 
va yorug`lik, oy, shamol kabilarni o’zida ifodalagan xudolarga sig’inilgan. Fors podsholari 
zardushtiylikning   afzalligini tan olib , rasmiy din sifatida qabul qilgan bo’lsalarda, eng qadimgi 
xudolardan voz kechmaganlar.
Diniy e’tiqodni mazkazlashtirish maqsadida Kserks (mil.avv. IV asrda) Eronda diniy islohot o’tkazadi. U 
Mitra, Anaxita, Zardusht inkor qilgan boshqa qadimgi ibodatxonalarni yo’q qilmoqchi bo’ladi. Bu islohot
o’z maqsadiga erishmaydi, yarim asrdan so’ng, qadimgi xudolarga sig’inish yanada keng avj oladi. 
Ahamoniylar ibodatxonalarni iqtisodiy qudrati haddan tashqari kuchayib ketmasligiga yo’l qo`ymaslik 
uchun Misr, Bobil va Kichik Osiyodagi ibodatxonalarni davlat soliq majburiyatlarini o’tashga majbur 
qiladilar32.
Ahamoniylar boshqa dinlarga ham homiylik qilganlar. Doro I Bobil, Elam va Yaxudiyadagi buzib 
tashlangan ibodatxonalarni qayta tiklashga buyruq beradi. Misr ishg’ol qilingach, Kambiz Misr urf-
odatlari bo’yicha toj kiydi. U Sais shahridagi ma’buda Neyt ibodatxonasida diniy marosimlarga 
qatnashadi. Doro I o’zini ma’buda Neytning o’g’li deb e’lon qiladi, xudo Amon va boshqa Misr 
xudolariga bag’ishlab ibodatxonalar quradi.
Eronning tabiati va qadimgi aholisi. Eron janubi-g`arbiy Osiyodagi qadimgi davlatlardan biridir. Eron 
qudratli davlatga aylangan davrda uning g`arbiy chegarasi O`rtayer dengizi sohillariga borib yetgan. 
Shimolda esa uni Pont, Elbrus, Turkman-Xuroson va Hindikush tog`lari o`rab turar edi. Sharqda esa 
Sulaymon tog`i va Hind daryosi uni Hindistondan ajratib turardi. Janub va janubi-g`arbda esa mamlakat 
Eritrey dengizi va Fors qo`ltig`ining suvlari bilan o`ralgan edi. Eronning markaziy qismi yassitog`lik, 
sho`rxok yerlar, janubi esa Gardesiya sahrosiga tutashib ketadi. Eronda Karun, Kerxa, Xilmand kabi 
kichik daryo va suvi yozda qurib qoladigan soylar ko`p. Tog`larida temir, kumush, mis, oltin kabi 
ma`danlar serob. Mamlakat iqlimi har xil – shimolda kuz sovuq, yoz esa issiq, janubda esa qish iliqroq, 
yozi ancha issiq bo`ladi.
Eronda ibtidoiy jamoa tuzumining mustye davridan – 70–50 ming yillardan beri aholi yashab keladi. 
Qadimda bu mamlakatda elamliklar, lulubeylar, amoriy, kassitlar, guteylar, habash, fors, midiya, aramey 
kabi qabilalar yashaganlar.
Eronda eng dastlabki davlat birlashmalarini mamlakatning janubi-g`arbida joylashgan elamliklar 
tuzganlar.
2. Qadimgi Elam. Miloddan avvalgi VI mingyillikda Eronning janubi-g`arbiy burchagida xo`jalik 
rivojlanib, xususiy mulk, mulkiy tengsizlik va tabaqalanish jarayoni sodir bo`ldi. Miloddan avvalgi III 
mingyillik boshlarida esa u yerda poytaxti Suza bo`lgan Elam davlati tashkil topadi. Miloddan avvalgi 
XXI asrgacha u Shumer va Akkad davlatlariga qaram bo`lib qoladi.
Miloddan avvalgi 2230-yilda Elam hukmdori Xita Akkad podshosi Naram-Suen bilan shartnoma tuzadi. 
Xita «Naram-Suenning dushmani mening dushmanim, Naram-Suenning do`sti esa mening do`stim» deb 
e`lon qiladi.
Miloddan avvalgi XXII asr boshlarida Kutik – Inshushinak Elamni birlashtirib, uni yagona davlatga 
aylantiradi. Shu vaqtda Elamga shimoldan guteylar bostirib kirib, uni o`zlariga tobe qilib oladilar. Ur III 
sulolasi davrida Elam Mesopotamiya hukmdorlariga tobe etiladi. Miloddan avvalgi XXI asr oxirida Elam 
kuchayib, mustaqillikka erishib, Urni o`ziga qaratadi va Janubiy Shumerni bosib oladi. Bobil podshosi 
Hammurapi esa elamliklarni Shumerdan haydab chiqaradi.
Miloddan avvalgi 1730–1700-yillarda Elam qo`shinlari Me-sopotamiyaga bostirib kirib, Akkadgacha 
bo`lgan yerlarni bosib oladilar. Miloddan avvalgi XIV asr o`rtalarigacha Elam o`z mustaqilligini saqlab 
qoladi. Keyinchalik Elam bobilliklarga tobe bo`lib qoladi. Miloddan avvalgi 1180-yilda Elam shohi Shutruk – Naxunta I Bobil qo`shinlarini mamlakatdan quvib 
chiqaradi. U Bobilga bostirib kirib bir qancha shaharlarni bosib oladi. U katta o`ljalar qatori Hammurapi 
qonunlari yozilgan toshni ham Suzaga olib keladi. Miloddan avvalgi 1155–1115-yillar Elam 
podsholigining gullagan davri hisoblanadi. Miloddan avvalgi 1115-yili elamliklar bobillik-lardan 
yengilib, miloddan avvalgi VIII asrgacha o`z mustaqilligini yo`qotadilar.
Miloddan avvalgi VIII asrda Elam mustaqilligini tiklaydi va Bobil bilan ittifoq tuzib ossurlarga qarshi 
kurash boshlaydi. Miloddan avvalgi 720-yili elam qo`shinlari Der yaqinidagi dahshatli jangda ossurlarni 
tor-mor etadilar. Elamliklar bobilliklar bilan ittifoq tuzib ossurlarga qarshi uzoq kurashadilar. Miloddan 
avvalgi 639-yili Elam ossurlar, 596-yili bobilliklar va 549-yili eroniylar tomonidan bosib olinadi. Shu 
bilan mustaqil Elam davlati barham topadi.
3. Midiya podsholigi. Midiya Eronning shimoli-g`arbida joylashgan qadimiy o`lkalardan biridir. Bu 
o`lkada qadim zamonlardan boshlab midiya qabilalari yashaganlar. Miloddan avvalgi IX asrda Midiya 
hududida mayda davlatchalar mavjud bo`lib, ossurlar bu yerga tez-tez hujumlar uyushtirib turganlar. 
Ossurlar midiyaliklarni talab, ulardan xiroj undirganlar.
Miloddan avvalgi VIII asr oxirida Midiyaga kimmeriylar, VII asr boshlarida esa skif qabilalari bostirib 
kirganlar. Ular Urmiya ko`li atrofidagi Sakasana viloyatiga kelib o`rnashadilar. Skiflar shu yerdan turib 
Ossuriya va Urartu ustiga bosqinlar uyushtirib turganlar. Skiflar va kimmeriylar mohir chavandoz, usta 
merganlar bo`lib, otlari katta tezlikda ketayotgan vaqtda ham dushmanlari ustiga o`q yog`dirib borar 
edilar.
Miloddan avvalgi 672-yili midiyaliklar Kashtariti rahbarligida ossurlarga qarshi kurash boshlab, ularni 
Midiyadan haydab chiqaradilar. Kashtariti Midiyadagi mayda davlatchalarni birlashtirib yagona davlat 
tuzishga bel bog`laydi.
Miloddan avvalgi VII asr o`rtalariga kelib Midiya Qadimgi Sharqdagi qudratli davlatga aylanadi. 
Miloddan avvalgi 753-yili Midiya shohi Kashtariti ossurlar ustiga qo`shin tortadi. Ossurlar skiflarni 
midiyaliklarga qarshi kurashga ko`ndiradilar. Midiya qo`shinlari ossur va skiflarning ikki tomondan 
bergan zarbalariga bardosh bera olmay yengiladi. Bu jangda Kashtariti halok bo`lib, Midiya miloddan 
avvalgi 653–625-yillar orasida skiflar ta`sirida qoladi.
4. Kiaksar va Astiag davrida Midiya. Miloddan avvalgi 625-yili Kashtaritining o`g`li Kiaksar Midiya 
podshosi bo`lgach, skiflarni mamlakatdan quvib chiqaradi. Kiaksar Midiyadagi mayda davlatlarni 
birlashtirib, uni kuchli saltanatga aylantiradi.
Miloddan avvalgi 614-yili Kiaksar qo`shinlari Ossuriyaga bostirib kirib uning poytaxti Ashshurni vayron 
qiladilar va talaydilar. Midiyaliklar Ossuriyadan behisob boylik va asirlar olib qaytadilar. Kiaksar Bobil 
podshosi Nabopalasar bilan harbiy ittifoq tuzib ossurlarga qarshi jang boshlaydi. Miloddan avvalgi 612, 
609-yillarda Bobil va Midiya qo`shinlari ossur qo`shinlarini yengib Ossuriyaning Nineviya va Ashshur 
shaharlarini yana vayron qiladilar. Bu mag`lu-biyatdan so`ng ossur qo`shinlari g`arbga chekinadilar.
Miloddan avvalgi 605-yilda Misr-Ossur qo`shinlari bilan Midiya-Bobil qo`shinlari o`rtasida Karxemish 
yonida jang boladi. Jangda ossur-misr qo`shinlari tor-mor etilib, shu bilan Ossuriya davlati ham barham 
topadi.
Bu janglardan so`ng shimoliy Mesopotamiyada Ossuriya yerlari Midiya ixtiyoriga o`tadi. Kiaksar Bobil 
bilan do`stlikni mustahkamlash uchun qizini Bobil podshosi Nabopalasarning o`g`li Navuxodonosor II ga
nikohlab beradi. Ikki davlat o`rtasida yaqin do`stlik hukm suradi.
Kiaksar janubda Persuani, sharqda Parfiyani, g`arbda esa Kichik Osiyoning Galis daryosigacha bo`lgan 
yerlarni Midiyaga qo`shib oladi. Miloddan avvalgi 590–585-yillar orasida Lidiya – Midiya urushi sodir  bo`ladi. Rivoyatga ko`ra miloddan avvalgi 585-yil 28 may kuni quyosh tutiladi. Bu hodisadan ikki tomon 
lashkarlari vahimaga tushib qurollarini tashlab jang maydonidan qochadilar. Shundan keyin urush 
to`xtab, tinchlikka asoslangan sulh shartnomasi tuziladi. o`rtadagi gina-kuduratga chek qo`yish 
maqsadida Midiya shahzodasi Astiag Lidiya shohi Alittaning qiziga uylanadi.
Miloddan avvalgi 585-yili Kiaksar vafot etib, Midiya taxtini uning o`g`li Astiag egallaydi. Astiag davrida 
Bobil bilan Midiya o`rtasidagi munosabat buzilib, qonli janglar boshlanadi. Bu urushlar har ikki tomonni 
zaiflashtiradi. Forslar Kayxusrav boshchiligida qo`zg`olon ko`tarib, miloddan avvalgi 550-yili Astiag 
qo`shinlarini tor-mor etadilar. Midiya davlati Eronga qo`shib olinadi va barham topadi.
Ahamoniylar davlati
1. Ahamoniylar davlatining tashkil topishi. Qadim zamondan boshlab Urmiya ko`lining janubiy 
tomonlarida parsua qabilalari yashar edilar. Miloddan avvalgi VIII–VII asrlarda ular Elamga ko`chib 
ahamon urug`idan chiqqan sardor atrofida birlashganlar. Ular dastlabki podsholari Kayxusrav I davrida 
Ossuriyaga, Kambiz davrida (600–559) Midiyaga itoat etganlar. Kambiz bilan Midiya shohi Astiagning 
qizi o`rtasidagi nikohdan Kayxusrav II dunyoga keladi. Kambiz vafot etgach, Parsua taxtiga Kayxusrav II
o`tirib, miloddan avvalgi 559-yilda Pasargada shahrini qurib, uni davlat poytaxtiga aylantiradi. Miloddan 
avvalgi 553–549-yillar mobaynida olib borilgan urushlarda Kayxusrav bobosi Astiag qo`shiniarini 
yengib, Midiya va Elamni Parsuaga qo`shib oladi. Shu tariqa ahamoniylar urug`i asos solgan Parsua – 
ya`ni Eron davlati tashkil topadi. Kayxusrav II g`arbda Lidiya shohi Kraz qo`shinlarini, shimolda 
armanlarni yengib, butun Kichik Osiyoni bosib oladi. Lidiya poytaxti Sardi talanib, shoh Kraz asir olinadi
va o`ldiriladi.
Miloddan avvalgi 545–530-yillar orasida Eron shohi Bobilni ham bosib olib, Hind daryosigacha bo`lgan 
yerlarni istilo qiladi. Kayxusrav II ning miloddan avvalgi 530–529-yilda Turonga qilgan yurishi 
eroniylarning massagetlardan yengilishi va «Kayxusrav»ning o`ldirilishi bilan tugaydi.
Kayxusrav II o`ldirilgach, Eron taxtiga uning o`g`li Kambiz II o`tiradi. Kambiz II miloddan avvalgi 529–
522-yillardagi faoliyati davrida itoat ettirilgan mamlakatlar va Erondagi isyonlarni shaf-qatsizlik bilan 
bostiradi. Miloddan avvalgi 522-yili u Misrni bosib oladi. Uning Efiopiyaga uyushtirgan harbiy yurishi 
muvaffaqiyatsizlik bilan tugaydi. U Misrda ekanida Gaumata boshliq eroniylar isyon ko`taradilar. Isyonni
bostirish uchun Eronga qaytayotgan Kambiz II miloddan avvalgi 522-yili yo`lda o`ldiriladi.
2. Doro I davrida Eron. Kambiz II o`ldirilgach, Gaumata Eron taxtiga o`tirib, yetti oy podsholik qiladi. 
Lekin ko`p o`tmay miloddan avvalgi 522-yil 29-sentabrda fitnachilar tomonidan o`ldiriladi. Gaumata 
o`ldirilgach, Eron taxtiga ahamoniylar urug`idan bo`lgan Doro I o`tiradi (miloddan avvalgi 522–486-
yillar).
Doro I podsholigining dastlabki yillarida Bobil, Misr, Elam, Turon va boshqa mamlakatlarda boshlangan 
qo`zg`olonlarni shaf-qatsizlik bilan bostiradi. Doro I itoat ettirilgan mamlakatlarda biroz osoyishtalik 
o`rnatgach, bir qator islohotlar o`tkazishga kirishadi. U mamlakatni 20 ta satraplikka – viloyatga bo`lib, 
ularning har biriga alohida noib tayinlaydi. Viloyatlardagi qo`shinga harbiy sarkardalar boshchilik qilib, 
davlat amaldorlari ular ustidan kuchli nazorat o`rnatganlar. Butun mamlakat satrapliklarida «podshoning 
ko`zi va qulog`i» deb nom olgan nazoratchilar faoliyat ko`rsatganlar. Har bir shubhali kishi qattiq nazorat
qilinib, jinoyatiga yarasha jazolangan, hatto o`ldirilgan ham.
Mamlakat viloyatlari o`rtasidagi aloqalarni yaxshilash uchun tosh yotqizilgan «shoh yo`llari» qurilgan. 
Bu yo`llar Pasargadadan mamlakatning turli burchaklariga tarmoqlanib ketgan edi, yo`llarda, bekatlar, 
karvonsaroylar, korizlar qurilib, ularni otliq soqchilar qo`riqlab turgan. Erondan tashqaridagi tobe 
mamlakatlardan xiroj solig`i undirilgan. Doro T Misr, Milet, Bobil, Elam, Turon va boshqa joylarda 
ko`tarilgan isyonlarni shafqatsizlik bilan bostirgan va isyonchilarni jazolagan. Doro I podsholigining so`nggi yillarida eroniylar Frakiya va Makedoniyani bosib olganlar, 
Yunonistondagi Afina va Sparta eroniylarga qattiq qarshilik ko`rsatgan. Sharqda eroniylar Hind 
daryosining o`rta va quyi oqimidagi yerlarni bosib olganlar.
Doro I ntng Turon va Qora dengiz shimolidagi skiflar yurtiga, Yunonistonga uyushtirgan istilochilik 
yurishlari eroniylarning mag`lubiyati bilan tugagan.
Miloddan avvalgi 486-yili Misrda eroniylarga qarshi qo`zg`olon boshlanadi. Doro I qo`zg`olonni 
bostirishga ulgurmay miloddan avvalgi 486-yili 64 yoshida vafot etadi.
3. So`nggi ahamoniylar davrida Eron. Doro I vafot etgach, taxtga uning o`g`li Kserks o`tiradi. U Eronda 
miloddan avvalgi 486-yildan miloddan avvalgi 465-yilgacha podsholik qilgan. Miloddan avvalgi 484–
481-yillarda Misr va Mesopotamiyada juda katta isyonlar ko`tarilib, Kserks ularni juda qiyinchilik bilan 
bostiradi.
Miloddan avvalgi 480-yilda Kserks juda katta qo`shin bilan Yunonistonga bostirib kiradi. Eron 
qo`shinlari yana Frakiya bilan Makedoniyani jangsiz bosib oladilar. Shimoliy Yunonistonni ishg`ol qilgan
eroniylar Fermopil shahri ostonasiga kirib keladilar. Fermopil mudofaasiga Sparta podshosi Leonid 
boshchilik qilib, uning qo`shinlari dushmanni o`rta Yunonistonga o`tadigan yo`lni to`sib turar edi.
Leonid o`z qo`shinlari bilan ikki kun davomida eronliklarning hujumini qaytarib turadi. Ammo 
fessaliyalik bir xoin katta boylik evaziga eron qo`shinlarini tog` so`qmoqlari orqali yunon qo`shinining 
orqa tomoniga olib o`tadi. Leonid 3100 kishidan iborat sparta jangchilari bilan jangga kiradi. Jang ikki 
kecha-yu ikki kunduz davom etadi. Ayovsiz jangda Leonid va uning jangchilari qahramonlarcha halok 
bo`ladilar. Eroniylar o`rta Yunonistonga bostirib kiradilar va Afinaga yaqinlashadilar. Afina aholisi 
Salamin oroli va Peloponnesga ko`chiriladi. Afina eroniylar tomonidan ishg`ol qilinib, yondiriladi.
Ammo jang Salamin bo`g`ozida davom etib, eroniylarning mag`lubiyati, yunonlarning g`alabasi bilan 
tugaydi. Bu mag`lu-biyatdan so`ng eroniylar Yunonistondan ketishga majbur bo`ladilar. Yunon-Eron 
urushi to`xtab-to`xtab miloddan avvalgi 449-yilgacha davom etib, eroniylarning mag`lubiyati bilan 
yakunlanadi. Miloddan avvalgi 449-yil Suzada bo`lgan «Kalliy sulhi» ga binoan Eron Kichik Osiyodagi 
ko`p joylaridan ajralib, uning harbiy-dengiz floti Egey dengizida suzishdan mahrum etiladi.
Miloddan avvalgi 465-yili Kserks o`ldirilgach, Eron taxtiga birin-ketin Artakserks I (460–424), Doro II 
(423–404), Artakserks II (404-358), Artakserks III (358-336) va Doro III (336-330) kelib ketadilar.
Bu davrda Eron kuchsizlanib ko`p o`lkalarda qo`zg`olonlar ayj olib ketadi. Bu qo`zg`olonlarning ba`zilari
shafqatsizlik bilan bostiriladi. Ayni paytda Kariya, Lidiya, Kilikiya, Hindiston, Xorazm va boshqa 
mamlakatlar Eron tobeligidan chiqib ketadilar.
4. Yunon-makedonlarning sharqqa yurishi va Eron saltanatining qulashi. Miloddan avvalgi 336-yili Filipp
II o`ldirilgach, Makedoniya taxtiga uning o`g`li Iskandar o`tiradi. Miloddan avvalgi 334-yili Iskandar 30 
000 piyoda, 5000 otliq askar va 160 harbiy kemadan iborat kuch bilan Kichik Osiyoga o`tib, Eronga 
urush e `lon qiladi.
Miloddan avvalgi 334–332-yillardagi dahshatli janglar natijasida Iskandar Kichik Osiyo, Kilikiya, Suriya,
Finikiya va Palastin kabi davlatlarni bosib oladi. Iss yonidagi jangdan so`ng Eron shohi xotin, bola-
chaqasini tashlab, Markaziy Eronga qochib ketadi. Uning butun oilasi Iskandarga asir tushadi. Misr 
Iskandarga urushsiz taslim bo`ladi.
Miloddan avvalgi 331-yil 1-oktabrda Gavgamel yonidagi dahshatli jangda Eron qo`shinlari yana tor-mor 
etiladi. Shundan so`ng ikki daryo oralig`i va unga tutash bo`lgan Bobil, Suza, Persepol, Eron poytaxti 
Pasargad yunon-makedon qo`shinlari tomonidan bosib olinadi. Doro III qolgan qo`shinlari bilan  Ekbatanga chekinadi. Iskandar esa eroniylarni ta`qib qilib boraveradi. Ekbatanga Iskandarni 
kelayotganini eshitgan Doro III Baqtriyaga qochib ketadi. Baqtriya satrapi Bess o`z qarindoshi Doro III ni
o`ldirib, o`zini Artakserks IV nomi bilan Eron shohi deb e`lon qiladi. Ko`p o`tmay Bess Iskandar 
tomonidan ushlanib qattiq qiynoqqa solib o`ldiriladi.
Miloddan avvalgi 329–327-yillarda Iskandar Turonning bir qismini, 327–325-yillarda esa Hindistonning 
g`arbiy viloyatlarini bosib oladi. U 325-yili Ikki daryo oralig`iga qaytib, Bobilni buyuk saltanatining 
markaziga aylantiradi. Iskandar buyuk saltanatni ikki yildan oshiqroq boshqaradi. Qadimgi dunyoning 
buyuk sarkardasi va shohi tez orada betob bo`lib, ehtimol zaharlanib miloddan avvalgi 323-yilda vafot 
etadi. Iskandar tuzgan bu ulkan davlat mustahkam emas edi. Ayni paytda bu davlatni boshqara oladigan 
Iskandarzodalar ham yo`q edi. Shu tufayli bu ulkan davlat parchalanib, uning o`rnida bir qancha mayda 
davlatchalar tashkil topdi. Ularni Iskandarning lashkarboshilari bo`lib oladilar. Eronda esa Salavkalar 
davlati tashkil topadi.
  Qadimgi Eronning xo`jaligi va madaniyati
1. Dehqonchilik va chorvachilik. Miloddan avvalgi VIII–VI mingyilliklar orasida Eronning ibtidoiy 
qabilalari termachilikdan dehqonchilikka, ovchilikdan esa chorvachilikka o`ta boshlaganlar. Miloddan 
avvalgi IV mingyillikdan boshlab esa Kamn, Kerxa va boshqa daryo vodiylarida yashovchi aholi 
sug`orma dehqonchilik bilan shug`ullana boshlaganlar. Dehqonlar omoch bilan yer haydab, motiga – 
ketmonchalar bilan ekinlarga ishlov berganlar. Dehqon va bog`bonlar arpa, bug`doy, tariq, sabzavot, 
olma, nok, olxo`ri, uzum kabi mevalar ekib, ulardan mo`1 hosil olganlar.
Miloddan avvalgi III–II mingyilliklarda Eron, xususan Elam va Midiyada dehqonchilik va chorvachilik 
yanada rivoj topgan. Dehqonlar tog` va soy daralariga to`g`on, suv omborlari, korizlar qurib, kanallar 
qazib, ularning suvidan tejab-tergab foydalanganlar.
Qadimgi Eronda chorvachilik ham yaxshi rivoj topgan edi. Chorvadorlar ot va tuya sutidan shifobaxsh 
ichimlik qimiz va qimron tayyorlaganlar. Eron qo`shinlarining asosiy qismini ot va tuya mingan 
suvoriylar tashkil etgan. Eron qo`shinlari tarkibida ot qo`shilgan jang aravalari alohida ahamiyatga ega 
bo`lgan.
Shuni ta`kidlamoq kerakki eron qo`shinlari qismlarida o`rgatilgan jangovar fil minib urushga kiradigan 
jangchilar ham bo`lgan. Shunday qilib, dehqonchilik va chorvachilik Qadimgi Eron xalqlari xo`jalik 
hayotida alohida ahamiyatga ega edi.
2. Hunarmandchilik va savdo-sotiq. Qadimgi Eronda deh-qonchilik va chorvachilik bilan bir qatorda 
hunarmandchilik va savdo-sotiq rivoj topgan edi. Chunki dehqonchilik va chorvachilik, hunarmandchilik 
va savdo-sotiq bilan chambarchas bog`liq bo`lgan.
Eron hunarmandchiligining eng qadimgi tarmoqlaridan biri kulolchilikdir. Qadimgi kulollar loyni pishitib
undan har xil sopol buyumlar – ko`za, xum, xumcha, qozon, tovoq, xurmacha, piyola va tog`ora 
yasaganlar. Ulami ustini jimjimador naqshlar bilan bezaganlar. Ichi va sirtini har turli bo`yoqlarga 
bo`yaganlar. Idish-larning sirtiga odam, hayvon, parranda va barglaming tasvirlarini ishlaganlar. 
To`qimachilik ham Qadimgi Eron hunarmand-chiligining muhim tarmoqlaridan biri bo`lgan. 
To`quvchilar zig`ir poyasi, jun va ipakqurti pillasidan ip yigirib maxsus dastgohlarda har xil matolar 
to`qiganlar. Bu matolardan esa yengil-bosh, uy jihozlari va ro`zg`or buyumlari tikkanlar.
Eron togiaridan mis, qalay, qo`rg`oshin, temir va oltin qazib olish ham uzoq o`tmishga borib taqaladi. 
Temirchi ustalar temirdan omoch tishi, o`roq, pichoq, xanjar, ketmon, qalqon, nayza, nayza uchlari, 
kamon o`qi paykonlari, qalqon kabi urush qurollari yasashgan. Qadimgi Eronda dehqonchilik, chorvachilik va hunarmand-chilikning rivojlana borishi natijasida ortiqcha
mahsulotlar ishlab chiqarilgan. Bu ortiqcha mahsulotlar mamlakatning ichki bozorida sotilgan yoki 
buyumlarga almashtirilgan.
Miloddan avvalgi VII–IV asrlarda Eronda tashqi savdo ham rivoj topib savdogarlar Ikki daryo oralig`i, 
Kichik Osiyo, Misr, O`rta Osiyo, Arabiston, Kavkaz, Hindiston, O`rtayer dengizi atrofidagi davlatlar 
bilan qizg`in savdo ishlarini olib borganlar.
Tashqi savdo ham suv, ham quruqlik yo`li orqali olib borilgan. Eronning Suza shahridan Lidiyaning Sardi
shahrigacha «Shoh yo`li» o`tkazilgan edi. Undan Eron shaharlaridan atrof mamlakatlarga savdo-karvon 
yo`llari taralgan edi. Karvon yo`lining har yer, har yerida bekatlar, mehmonxonalar, sardoba – suv 
saqlagichlar, korizlar, karvonsaroylar va rabotlar bunyod etilgan edi. Yo`llar serqatnov bo`lib, uni 
shohning otliq navkarlari – posbonlari doimo nazorat qilib yurardilar.
Hunarmandchilik va savdo-sotiq davlatga juda katta boylik olib kelar edi.
3. Qadimgi Eron madaniyati. Yozuv. Qadimgi Eronda xilma-xil qabilalar yashaganlar. Shu tufayli Eron 
madaniyati xilma-xil va ko`p qirrali bo`lgan. Miloddan avvalgi III mingyilliklardayoq elamliklar 150 
belgi-rasmdan iborat mustaqil yozuvga ega bo`lganlar. Keyinchalik esa 80 belgidan iborat yozuv kashf 
etilgan. Lekin miloddan avvalgi XXIII–XXII asrlar davomida elamliklar shumer-akkadning mixsimon 
yozuvidan foydalanganlar.
Ular miloddan avvalgi VI asrda shumer-akkad mixxatini o`zlashtirib va takomillashtirib 42 belgidan 
iborat o`z alifbolarini yaratganlar. Ayni paytda ular aramey yozuvlaridan ham foydalanganlar.
Doro I va uning o`g`li Kserks va boshqalar Eron mixsimon xatidan keng foydalanganlar. Bu jihatdan 
Doro I ning Bexistun va Naqshi – Rustam qoyalariga mixsimon alifboda o`yib yozilgan katta xatlari 
muhim ahamiyatga egadir.
Adabiyot. Qadimgi eronliklar o`zlarining boy xalq og`zaki ijodiyoti va yozma adabiyotiga ega bo`lganlar.
Ular ko`plab xalq maqollari, ertaklari, hikoyalari, qo`shiqlari va yozma adabiyotning ajoyib namunalarini 
yaratganlar. Bu jihatdan xalq og`zaki ijodiyoti bilan sug`orilgan «Avesto» va Firdavsiyning «Shohnoma» 
dostoni alohida ahamiyatga egadir. «Avesto» va «Shohnoma»da Eron va Turon xalqianning qadimgi 
tarixi, xo`jaligi, diniy e`tiqodi va madaniyatimng ko`p tomonlari bayon etilgan. «Shohnoma»ning ko`p 
dostonlari shoshlik dehqon hikoyalari asosida yaratilgan. Eroniylar mavsumiy, xususan Navro`z 
bayramiga alohida e`tibor berganlar. Ahamoniy shohlari davrida Navro`z umumdavlat, umumxalq bay-
ramiga aylangan.
Tasviriy san`at. Tasviriy san`at qadimgi Eron madaniyatining ajralmas qismi hisoblanadi. Elam, Midiya 
va Ahamoniy eroniylari davrida haykaltaroshlik, rassomlik, toshga qabartma rasmlar ishlash va 
naqqoshlik ham ancha taraqqiy etgan edi. Haykaltaroshlar tosh, oltin va kumushdan xudolar, ma`budalar, 
shohlar, sarkardalar, ruhoniylar va ba`zan hayvonlarning haykallarini ishlaganlar.
Me`morchilik ham Eronda erta shakllanib ahamoniylar davrida rivoj topdi. Me`mor ustalar, shoh 
saroylari, maktablar, ibo-datxonalar, harbiy qal`alar qurib, ularning ichi va sirtini xilma-xil naqshlar bilan 
bezaganlar. Bu jihatdan Elamning Dur-Untash shahrida qurilgan 4 qavatli bino – zikkurat, Midiyadagi 
Xarxar qal`asi, Pasargadda qurilgan Kayxusrav II maqbarasi, Persepoldagi shoh Doro I saroyi, 
Persepoldagi Kserks saroyi qadimgi Eron me`morchiligining ajoyib namunalaridir.
Suzaning Dur-Untash shahridagi miloddan avvalgi XIII asrga oid zikkuratga kiraverishda sher, buqa, 
grifon, xudo va podshohlarning oltin va kumushdan ishlangan haykallari ham kishini hayratga soladi. Bu jihatdan Persepoldagi qabartma suratlar diqqatga sazovordir. Saroy darvozasiga shoh saroyini 
qo`riqlovchi qanotli, muqaddas buqalarning haykallari ishlangan. Saroy devorlari shohga turli xil 
sovg`alar olib kelayotgan xiroj to`lovchi qabilalarning qabartma suratlari bilan bezatilgan.
Erondagi Bexistun qoyasidan Shoh Doro I va turli o`lkalardan bog`lab olib kelinayotgan qabila 
sardorlarining qabartma tasvirlari zamonimizgacha saqlanib keladi. Bularning barchasi Eronda tasviriy 
san`atning yuksak darajada rivojlanganligidan darak beradi.
Qadimgi Eronda matematika, astronomiya, tarix, geografiya, tabobat, veterinariya va boshqa bilimlar 
rivoj topgan ekan. Ammo Eron shohlari misrlik va yunon tabiblarini saroylaiga tez-tez chorlab turganlar. 
Tabiblar bemorlarni davolashda shifobaxsh o`simlik va mevalardan keng foydalanganlar.
Diniy e`tiqod. Eronliklarning qadimgi ajdodlari dastlab tog`-u tosh, suv, daraxt va har xil hayvonlarni 
ulug`laganlar. Tabaqaviy jamiyat davlatlar tashkil topishi munosabati, xo`jalikning rivojlana borishi 
natijasida e`tiqodda ham o`zgarishlar sodir bo`la boshlagan. Xususan elamliklar Pinker degan xudolar 
onasini ulug`lab, unga e`tiqod qilganlar. Ularda Inshushinak Suza shahri homiysi yer osti xudosi bo`lgan. 
Naxunt esa quyosh va adolat xudosi hisoblangan. Eronning ko`p joylarida totemizm, fetishizm kabi 
ibtidoiy din shakllari uzoq vaqtgacha saqlanib qolgan edi. Midiya podshosi Astiag davrida zardushtiylik 
keng tarqala boshlaydi.
Bu dinning asoschisi Zardusht bo`lib, din shu kishining nomi bilan zardushtiylik deb atalgan. 
Zardushtiylik dini kitobi «Avesto» bo`lib, unda Eron va Turonda yashagan xalqlarning tarixi, xo`jaligi, 
diniy e`tiqodi va madaniyati haqida ko`p ma`lumotlar bor.
Eron xalqlari Misr, Bobil, Elam xalqlari madaniyatidan bahramand bo`lib, o`zlariga xos madaniyat 
yaratganlar. Bu dinda Axuramazda yaxshilik, haqiqat va odillik xudosi hisoblangan. Axra-Manyu esa 
zulmat, o`lim va yomonlik keltiruvchi xudo bo`lgan ekan. Eroniylar e`tiqodiga ko`ra bu ikki xudo 
o`rtasida kurash davom etgan.
Eroniylar Mitra degan quyosh, Anaxita degan suv va hosildorlik shuningdek, yorug`lik, oy va shamol 
xudolariga e`tiqod qilganlar. Eron shohi Kserks diniy islohot o`tkazib mayda xudolar, ma`budalar va dev-
parilarga e`tiqod qilishni taqiqlagan. Axuramazda eronliklarning birdan-bir samoviy tangrisi deb e`lon 
qilingan. Foydalanilgan adabiyotlar.
1. Arxeologlar hikoya qiladi. To’plam. Toshkent, 1974.
2. Arsixovskiy A. Arxeologiya asoslari. Toshkent, 1970.
3. Askarov A, Alьbaum L.Poseleniye Kuchuktepa. Tashkent, 1970.
4. Borisovskiy A.I. Drevneysheye proshloye chelovechestva. Moskva. Nauka, 1980.
5. Kabirov J, Sagdullayev A.O’rta Osiyo arxeologiyasi. Toshkent, 1990.
6. Muhammadjonov A. Qadimgi Buxoro. Toshkent, 1991.
7. Okladnikov A.P. Paleolit i mezolit Sredney Azii. Vkn. Srednyaya Aziya v epoxu kamnya i bronzi. M. -
L., 1966.
8. Tolstov S.P. Qadimgi Xorazm madaniyatini izlab. Toshkent, 1964.
9. Taylor E.B. Pervobыtnaya kul’tura. Per. s angl. D. A. Koropchevskogo.M., 1989.
10. Cheboksarov N.N., Cheboksarova I.A. Narodы, rasы, kulьturiы. M.: Nauka, 1985.
11.O’zbekiston tarixi. Sagdullayev A., Eshov B. tahriri ostida. Toshkent.Universitet, 1997, 2-nashri, 
1999.

Mavzu: O’rta Osiyoda Ahamoniylar davri davlat boshqaruvi. Reja: Ahamoniylar davlatining vujudga kelishi , bosqinchilik yurishlari. Ahamoniylar hukmronligi davrida davlat boshqaruv aparati. Ahamoniylar davlatining qo’shin turlari va O’rta Osiyoni satrapliklarga bo’linishi. Ahamoniylar davrida qo’shin turlari , madaniyat va din.

O’tmishga qadimgi dunyo tarixiga nazar tashlaydigan bo’lsak, qadimgi sharq imperiya va boshqa podsholik-u saltanatlari o’zining katta masofalarga cho’zilganligi va ko’p sonli aholiga ega ekanligi bilan xarakterlanadi. Shu bilan birga ular tabiiy geografik sharoiti, til tarkibi, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi va madaniyati jihatdan bir xil bo’lmagan xalqlarni o’z qo’l ostida birlashtirib, ular ustidan hukmronlik qilishgan. Yuqorida aytib o’tilgan davlatlarning tayanchi biror ma’lum bir vaqt barqaror boshqaruvining sababi sifatida ba’zilar qudratli qo’shinni ko’rsatsa, boshqalar bu davlat tarkibidagi xalqlar bir-biriga yaqin va doimiy aloqada ekanligi hamda ular rivojlanish darajasi deyarli bir xil ekanligini ta’kidlashadi. Sharqda qadimgi davlatlar chegaralari atrofida yashovchi aholining kamchiligi bir tilda gaplashgan. Qadimda faqatgina bir nechta davlatlarda butun aholi bir tilda so’zlashgan. Yoki teskarisi, masalan Ahamoniylar imperiyasi juda ulkan hududni egallagan bo’lib, undagi xalq, elat, qabila- yu , qavmlar ko’p sonli va turli tilda so’zlashar edilar. Qadim zamonlardan boshlab Urmiya ko’lining janubiy tomonlarida parsua qabilalari yashar edilar mil.avv. VIII-VII asrlarda ular Elamga ko’chib ahamun urug’idan chiqqan sardor atrofida birlashganlar, ular dastlab podsholari Kayxusraf I ( Kir I) davrida osuriyaga, Kambiz I davrida (mil. avv. 600-559) Middiyaga itoat etganlar. Kambiz I bilan Midiya shohi Asteagning qizi o’rtasidagi nigohdan Kir II (Kayxusraf II ) dunyoga keladi. Kambiz II vafot etgach Parsua taxtiga Kir II o’tirib, mil.avv. 559-yilda Pasargada shahrini qurdirib, uni davlat poytaxtiga aylantiradi. Mil. avv. 553-549-yillar mobaynida olib borilgan urushlarda Kir II bobosi Asteag qo’shinlarini yengib, Midiya va Elamni parsuaga qo’shib oladi. Shu tariqa Ahamoniylar sulolasi asos solgan Ahamoniylar ya’ni Eron davlati tashkil topadi. Bu davlat qariyb ikki yuz yil mobaynida yashagan. Uning hududlari Misrdan to shimoli-g’arbiy Hindistonga qadar cho`zilgan edi. Ahamoniylar davlati poytaxti Pasargad, Persopol, Suza shaharlari bo`lgan. Forslarga qadar Suzada elamitlar yashaganlar. Forslar dastlab faqat Janubiy Eron hududlarida yashaganlar. So`ngra ular butun Eron hududini egallaganlar. Ariylar qabilalari joylashgan yurt keyinchalik Eron deb atalgan20. Kir II g’arbda Lidiya shohi Krass qo’shinlarini, shimolda armanlarni yengib , butun kichik Osiyoni bosib oladi. Lidiya poytaxti Sard talanib, shoh Krass asir olinadi va o’ldiriladi, shundan so’ng Geradodning xabar berishicha “… Kir II yo’lida Bobil, Baqtriya xalqi, sak va misrliklar turar edi”. Mil. avv. 545-530- yillar oralig’ida Eron shohi Bobilni ham bosib olib Hind daryosigacha bo’lgan yerlarni istelo qiladi. Mil. avv. 530-yilda Kir II O’rta Osiyo ko’chmanchilari massagetlar bilan bo’lgan jangda o’ldiriladi. Kir II o’ldirilgach, Eron taxtiga uning o’g’li Kambiz II o’tiradi. “… shundan so’ng Kambiz II bor e’tiborini g’arbga tomon qaratadi va natijada milloddan avvalgi 525-yilda Misr bosib olinadi”. Uning Efiopiyaga uyushtirgan harbiy urushi muvafaqiyatsiz tugaydi. U Misrda ekanida Gaumatta boshliq eroniylar isyon ko’taradi. Isyonni bostirish uchun Erondan qaytayotganda Kambiz II o’ldiriladi (522-yil) shundan so’ng Eron taxtiga Gaumatta o’tirib, 7 oy podsholik qiladi. Behistun yozuvlarida (1, 50 51) “Xalq qo’rqardi” Gaumatadan. Hattoki, ko’pchilik Fors xalqi birlashib Doro huzuriga kelishadi va uni taxtga o’tkazish kerakligini aytishadi. Shunday qilib Midiyada o’ldirilgani qayt etilgan bu voqealardan ko’p o’tmay mil. avv. 522-yil 29-sentabrda fitnachilar tomonidan o’ldiriladi, undan so’ng Eron taxtiga Ahamoniylar urug’idan bo’lgan Doro I o’tiradi. ( Mil. avv. 522-486-yillar ) Doro I podsholigini dastlabki yillarida Bobil, Misr, Elam, O’rta Osiya va boshqa hududlarda boshlangan qo’zg’alonlarni shavqatsizlik bilan bostiradi. Manbalarda, Doro I hukmronligining dastlabki yillarida bu haqda Doro shunday deydi. “… Qachonki men buyuk shahanshoh Gaumatani o’ldirganimda, faqat bitta Asina ismli kishi Upadarmining o’g’li menga qarshi chiqib Elamda o’z hukumdorligini boshladi. U xalqqa shunday dedi …men elam hukmdoriman. Shundan so’ng isyonchi elamliklar Asinani hukmdor deb tan olishdi. …men u yerga “gonsa”21 yubordim. Asina tutub keltirildi va men uning boshini oldim. Ahamoniylar davri aynan Doro I davrida o’z qudratining cho’qqisiga erishdi desak xato bo’lmas. U mamlakatda osoyishtalik o’rnatgandan so’ng qator sohalarda islohotlar o’tkazdi. Biz hozir Doro I umuman Ahamoniy hukmdorlar boshqaruvi davrida O’rta Osiyo va O’rta Osiyodagi ijtimoiy-iqtisodiy, diniy, harbiy va ma’muriy masalalarga to’xtalib o’tamiz, bularning barchasi Eron shohlarining ayniqsa Doro I ning islohotlariga bog’liqdir.

Eron shahanshohlari ulkan hududlarga cho’zilgan mamlakatni boshqarishda etnik va geografik xilma- xilligini hisobga olib, ularni o’zaro aloqalarini yuqori darajadagi ma’muriy tuzulishni ishlab chiqishgan. Bu ma’muriy birliklarda byurokratik tamoyillarga asoslangan apparat ildiz ottirildi , sababi hayotning har tomonlarini qamrab olgan bu tizim orqali ma’muriy birliklarni so’zsiz itoatda tutib turish imkonini berar edi. Bularning barchasi uchun asosiy narsa poytaxt hisoblanar edi. Poytaxt har qanday buyuk imperiyalarda ham ma’muriy, ma’daniy va tranzit aloqalar markazi hisoblanadi. Poytaxt mamlakatning barcha shahar-u qishloqlarini o’ziga birlashtirgan bo’lsada, unda o’ziga xos boshqa joylarga o’xshamagan madaniy yo’nalish me’moriy uslubi bo’ladi. Eronliklar shunday moliya va ma’muriy aparat yaratgan edilarki bu orqali imperiyaning barcha hududlariga bir xil boshqaruv tizimi oqali boshqarishar edi. Shoh Doro I mamlakatni satrapliklarga o’lpon to’lovchi okruglarga bo’ladi. Satrapliklar hozigi viloyatlarga o’xshaydi. Ahamoniylar davlatida ular bosib olingan davlat hududiga to’g’ri keladi. Masalan Misr bunga misol bo’la oladi. O’rta Osiyo hududi ahamoniylar tomonidan 3 ta satraplikka bo’linib idora etilgan. Baqtriya Marg’iyona bilan birgalikda12-satraplikni tashkil etgan. U podsho xazinasiga yiliga 360 talan jarima to’lagan. Parfiya, Xorazm, So’g’d va Areya birgalikda 16-satraplikni tashkil etgan va yiliga 300 talan jarima to’lagan. Saklar va kaspiylar esa 15-satraplik bo’lib, ular Doro I xazinasiga yiliga 250 talan jarima to’lagan22. O’rta Osiyodagi umumiy barcha satraplar o’z hududlaridagi eng qiyin va qattiq hujjat va sud ishlarini ham olib borishgan. Satrap (O’rta Osiyadagi) mahalliy zodagon rasmiylarga soliqlar yig’ilishini, xazina hisob kitobini ishongan. Bundan tashqari ular jarchilik, tergovchilik va kotiblik ishlarini ham yuritganlar. O’sha paytda ish yuritishda Bobil usuli tanlangan edi hujjatlarda esa oromiy yozuvida Ahamoniylar davrida oromiy yozuvi qadimiy Akkadning mixxat yozuvi siqib chiqardi. Va natijada oromiy yozuvi Osiyoda xalqaro savdo va diplomatik tilga aylandi. Ko’p sonli aholi ahvoli va byurokratiyani (qonuniylikni) nazorat qilish maqsadida saroyda maxsus tekshiruv guruhi “shohning ko’zi va qulog’i” bir vaqtning o’zida qadimiy va yashirin politsiya tuzildi. Bu maxsus gurux mamlakatning barcha mamlakatlarida faoliyat olib borgan. Ular hatto satrap va harbiy qo’mondonlarni ham nazorat qilib turishgan. O’rta Osiyadagi satrapliklar aniqrog’i XVI satraplik tarkibiga kiruvchi Pafiya janubiy Turkmaniston va shimoliy-sharqiy Eronning ma’lum hududlarida joylashgan edi. Miloddan avvalgi VI- IV asrlarda Parfiya yirik shaharlarni o’zida birlashtirgan harbiy-ma’muriy markaz sifatida muhim rol o’ynagan. Midiya manbalarida Parfiya o’ziga qo’shni bo’lgan ko’chmanchi oaziv qabilalari bilan yaxshi aloqada bo’lganligi va ular bilan to’g’ridan to’gri savdo ayirboshlash ishlarini olib borganligi qayt etilgan. Milloddan avvalgi 549-yil Elam bosib olingandan keyin ikki yil mobaynida Ahamoniylar qo’shini oldingi Midiya davlati tarkibiga kiruvchi Parfiya, Girkaniya, Arman xududlarini bo’ysuntirishga kirishganligi manbalarda ham qayd etilgan. Miloddan avvalgi VII asrning 40-30-yillarida Ossuriya podshosi Ashshurbanipal Elam davlatini tor-mor qilgach, forslar Elam hukmronligidan ozod bo`lib Midiyaga qaram bo`ladilar. Mil. avv. VI asrda forslar Midiya Hukmronligini ag`darib tashladilar va uni davlatlari tarkibiga qo`shib oldilar. Mil. avv. 599-yilda Fors podshosi bo`lgan Kayxusrav I keyingi ikki yil davomida Parfiya va Girkaniyani bosib oladi. Mil. avv. 545-539-yillarda Kayvusrav hozirgi Afg`oniston, O`rta Osiyo yerlarini bosib oladi. Fors davlati hududi Hindistonning shimoliy-g`arbiy chegaralarigacha, Hindikushning janubiy yon bag`irlari va Sirdaryo havzalarigacha yetdi. Kayxusrav shimoliy-sharqiy yo`nalishlarda o`z ta`sirini mustahkamlagach, Bobilga yurish qiladi. 539-yilda 2 oy davomida avgust-sentabr oylari Bobil yerlari bosib olinadi. Bobil podsholigi rasman saqlab qolinadi , uning ijtimoiy tuzilmasi o`zgartirilmaydi. Bobil shahri Fors podsholari turadigan qarorgohlardan biriga aylanadi. Bobil davlat apparatida bobilliklar yetakchi o`rinda qolaveradi, bobilliklarning qadimgi diniy e`tiqodlariga fors podsholari homiylik qiladilar. Parfiya deyarli barcha satrapliklarda “shohning qulog’i va ko’zi” (militsiya)ning ishi yaxshi va samarali bo’lishi uchun ”shoh yo’li”ni tamirlash ishlari olib borilgan. Ularga qum sepilib, ustidan tosh yotqizilgan.

Savdo yo’li bo’lmish ,”shoh yo’li”ning bir qismi aslida asosiy qismi O’rta yer dengizidan Eron poytaxtigacha, “miloddan avvalgi VI-IV asrlarda sharqning buyuk davlati Eron Ahomoniylar davlati hududida savdo yo’li “shox yo’li” nazarda tutilmoqda. O’rta yer dengizi bo’ylaridagi Efes, Sard shaharlarini Eron poytaxti Suza oldinroq Persopol tutashtirgan” Parfiya orqali ham o’tardi. Shu savdo yo’lida Parfiya yo’lida ko’plab karvon saroy ko’prik va hammasidan ham qizig’i qurilgan inshootlarni doimo habiylar qo’riqlab turganlar bular asosan tovarlar saqlanadigan omborlar bo’lgan. Asli Parfiya qay tarzda ahamoniylar davlati tarkibiga kirganligi haqida gapiradigan bo’lsak, Midiya hukmdori Astiag (miloddan avvagi 625-584) davrida mustaqillikka erishadi va yunon tarixchisi tili bilan aytganda “o’z yurtlarini saklarga topshiradi”23 Xorazm bilan ittifoq tuzib Midiyaga qarshi kurashga shaylanayotganda Midiya davlati qulaydi. (Miloddan avvalgi 550-yil) Miloddan avvalgi VI asrning ikkinchi yarmida Parfiya ahamoniylar qo’l ostiga tushadi va saltanatning XVI okrugi tarkibiga kiradi24. Ahamoniylar davlati tarkibidagi deyarli bir xil boshqaruv tizimi joriy etilgan edi. Parfiyadan shimolroqda Murg’ob vohasida Marg’iyona joylashgan edi. Marg’iyona suvga boy hudud hisoblanadi. O’sha davrlarda miloddan avvalgi VI-IV asrlar Marg’iyonada juda mukammal rejalashtirilgan irrigatsion sistema asosida sug’orish inshootlari qurilgan bo’lgan. Marg’iyonada tokzorlar juda ko’p bo’lganligi hamda bog’dorchilikdan tashqari dehqonchilining taraqqiy etishiga ham manashu sug’orish tizimi asos vazifasini bajargan. O’rta Osiyodagi muhim viloyatlardan biri shubhasiz, Baqtriya bo’lib, uning muhimigini shunda ko’rish mumkun-ki, uni yo taxt vorisi yo shoh qarindoshi boshqargan. Ahamoniylarning Baqtriya bilan ilk munosabatlari to’g’risida ma’lumotlar yetarli deb bo’lmaydi. Doro davriga kelib esa Baqtriya qat’iy ravishda Ahamoniylar qo’l ostidagi mulklar qatoriga sanab o’tiladi25. Doro Baqtriyaga o’z noibi qilib fors Dodarshishni tayinlagan. Geradod qiziq bir ma’lumot qoldirgan. Kir va uning o’g’li Kambiz hukmdorligi davrida qaram mamlakatlardan muayyam bir soliq olinmagan. Biroq bir tobe mulklardan ularga sovg’a-salomlar yuborib turilgan. “Doroni forslar savdogar deyishlariga sabab , deb yozadi Geradod: - u birinchi bo’lib soliq tizimini joriy etganligidir”26. Baqtriya mustahkam qo’rg’oni eslatgan. Ahamoniylar undan shimoli-sharqiy hududlarni boshqarishda tayanch sifatida foydalanishgan. Doro I soliq siyosatini o`zgartiradi. Yangi umumdavlat soliq tizimi shakllantiradi. Har bir viloyat yer hajmi va hosildorlik darajasiga ko’ra qat’iy belgilangan soliq to’lovini amalga oshirishi shart bo`lgan. Ilk bor ayrim ibodatxonalar o’zlariga qarashli yerlardan soliq to’lashga majbur qilindi. Soliq to’lovi sifatida yig’ilgan pullar bir necha o’n yillar podsho xazinasida saqlangan. Faqat ularning bir qismi xarajatlar uchun ishlatilgan. Shu boisdan savdo uchun tanga pul doimo taqchil bo`lgan. Bu hol tovar-pul munosabatlarining rivojlanishiga to`sqinlik qiladi va natural xo`jalikni saqlanishiga olib keladi. Forslarning o`zlari pul to`lovidan ozod bo`lib, natural to`lovga tortilganlar. Qolgan qaram xalqlar har yili 7740 Bobil kumush talanti (232200 kg) miqdorda soliq to`laganlar. Pul-tovar munosabatlarini rivojlanishi pul islohotiga sabab bo`lgan. Miloddan avvalgi 517-yildan so`ng Doro I butun mamlakat miqyosida yagona pul birligi fors pul tizimining asosi 8,4 gr og`irlikdagi tilla tanga "darik" ni joriy qiladi27. Bizga ma’lumki Doro I islohotlaridan so’ng mamlakat satrapliklarga bo’lindi. Va shu Satrapliklarni ma’muriy va harbiy vakolatga ega bo’lgan satrap boshqarardi. Lekin keyinchalik harbiy vakolat undan olib tashlandi ( o’zi boshidan deyarli bunday vakolat kam berilgan). Harbiy boshliq lavozimi joriy qilinadi. Bu ikki mansab ustida maxfiy politsiya nazorat olib borgan. Ahamoniylar davlatida eng yuqori darajadagi ishlar bilan xususan barcha davlatlardagi shohning yaqinlari hamda davlat lavozimida ishlaydigan shaxslarning (xatto forslarning) ustidan ishonchli bo’lgan Hazarapatu (ming boshi), bir paytning o’zida shohning shaxsiy gvardiyasining bosh qomondoni bo’lgan lavozim nazorat olib borgan. Shunday bo’lsada, aynan Baqtriyaga kelganda, bu masalaga shubha qilish mumkin. Manbalarda keltirilishigcha, Baqtriyaliklar boshqa xalq vakillari bilan tezda til topishib, ittifoq tuzishga usta bo’lgan ekanlar shuning uchun ham bu yerda boshqaruvchi sifatida faqat forslar (asosan taxt vorisi yoki

shaxzodalar) tayinlangan. Baqtriya haqida gap ketar ekan shuni ta’kidlab o’tish lozimki miloddan avvali V asrda Baqtriyada tanga, pullar chiqarila boshlangan. Bu esa asta-sekin shimoliy hududlarda hukmron tabaqa mavqei tushib borganini ko’satadi. Baqtriyadan shimolda So’g’diyona joylashgan edi. So’g’diyona Zarafshon va Qashqadaryo vohalarini o’z ichiga olib poytaxti Maroqanda28 bo’lgan. Ahamoniylarga tobe bo’lgan yana bir hudud Xorazm hisoblanadi. Ahamoniylar tobeligiga tushib qolganligi to’g’risida aniq bir ma’lumot berilmaydi ammo Doroning buyrig’i bilan zagros qoyasiga ( Erondagi Kirmonshoh shahridan 30 km masofada joylashgan) o’yib bitilgan yozuvga ko’ra Xorazm, So’g’diyona, Ariya, Parfiya Ahamoniylarga qaram 23 viloyat (Satrapiya) qatorida sanab o’tiladi ayni guvohliklarni Pernopoldagi (Erondagi Sheroz shahridan shimolda taxminan 50 km masofada joylashgan , 520-450-yillar orasida qurilgan) yozuvlardan ham topish mumkin29. Lekin Doro I ning qabir toshi bitiklarida Ahamoniylar saltanatida tobe mamlakatlar ro’yxatida So’g’diyona, Ariya va Parfiya kiritilgan xolos. Xorazm esa bu qatorda yo’q. Geradod qoldirgan ma’lumotlarda aytilishicha Parfiya, Xorazm, So’g’diyona, Ariya ahamoniylarga qaram XVI okrugni tashkil etib, yiliga 300 talant soliq to’lab turganlar30. Miloddan avvalgi 520-yil Elamliklar 3 marta Forslarga qarshi chiqdilar va bu haqda Behistun yozuvlarida shunday xabar qilinadi. Elam deb nomlanmish davlatda isyon bo’ldi Elamliklar Atamanta ismli shaxsni o’zlarining hukmdori deb elon qilishibdi shundan so’ng men qo’shin yubordim. Meni xizmatimdagi Gaubaruva ismli forsni ularga boshliq qildim. U Elamliklar bilan uzoq urushdi. Keyin Gaubaruva Elamliklarni tor-mor qildi va yanchib tashladi, ularni boshlig’ini ushlab meni oldimga olib keldi va men uni “o’ldirtirdim shundan so’ng mamlakat meniki bo’ldi” . Shu tariqa butun O’rta Osiyo ahamoniylar qo’l ostida o’tdi ajdodlarimiz o‘z erki uchun doimo kurashib kelgan. Shu misolda Fradani olishimiz mumkin. Tarixchilarning xabar berishicha eng ko’p odam o’ldirilgan joy Marg’iyona bo’lgan ekan (qo’zg’olonni bostirish paytida 55 ming kishi o’ldirilgan 6972 asir qilingan). Ahamoniylar davlat boshqaruvi shakliga ko’ra zo’rlikka asoslangan, tuzilishi markazlashgan initar (oddiy) shaklda edi. Butun hokimiyat podshoh qo’lida edi u davlatni kuchli markaziy davlat apparatiga tayangan holda boshqargan. Davlat apparatida podshohdan keyin ikkinchi o’rinda hazorapat (ming boshliq) turgan. U barcha davlat organlariga va mansabdor shaxslar faoliyatining nazorati hamda markaziy devon boshqaruvini yuritgan. Podshohning shaxsiy qo’riqchilariga boshliq bo’lgan hamda podshohga kelgan shikoyat va arizalar haqida ma’lumot berib borgan. Markaziy devonga kotiblar taftishchilar podshohga ma’lumot yig’ib keluvchilar apoqa xizmati xodimlari va boshqalar bo’ysungan. Ahamoniylardan Doro I mamlakatni mustahkamlash uchun qator islohotlar o’tkazadi. U bosib olingan hudud ustidan nazorat o`rnatadi, soliqlar yig`imini tartibga soladi. U davlat hududini satrapiya deb atalgan ma`muriy soliq okruglariga bo`ladi. Bunda asosan miqdori talan 31 bilan belgilanganligini ko’rishimiz mumkin. Satrapliklar o’z hajmi jihatdan ilgarigi katta davlatlar, provinsiyalardan ham katta bo`lgan. Satrapliklar ichida avtonom o’z-o’zini boshqaradigan qabila va shaharlar Finikiya, Kichik Osiyodagi yunon shaharlari ham mavjud bo`lgan. Forslar Finikiya shaharlarining ichki ishlariga aralashmaganlar va buning evaziga ular ahamoniylarni oxirigacha qo`llab-quvvatlaganlar. Satraplik lavozimiga forslar tayinlanadigan bo`ladi. Kayxusrav va Kambiz davrida satrap qo`l ostida fuqarolik va harbiy hokimiyat to`plangan edi. Bu haqida satrap Gobriyning Bobil, Suriya va yuqori Mesopotamiyadagi bir vaqtning o`zida fuqarolik va harbiy noib vazifasini bajargani to`g`risida aniq ma`lumotlar bor. Satrap va harbiy boshliqlar markaziy hokimiyatni podshoning va ayniqsa uning maxfiy xizmatining doimiy nazorati ostida bo`lganlar. Chunki viloyat satraplari doimo mustaqillikga erishishga harakat qilib, ajralib chiqish xavfini tug`dirganlar. Davlat boshqaruvi va barcha amaldorlar ustida oliy nazorat “xazorapat” deb atalgan mansabdor qo`lida bo`lgan. U bir vaqtning o`zida “o`n ming o’lmas” podsho shaxsiy gvardiyasining boshlig`i bo`lgan. Islohotlar natijasida markaziy podsho konselariyasi bilan katta byukrokratik apparat vujudga kelgan. Davlat boshqaruvi poytaxt Suzada bo`lib, podshoning bosh qarorgohi Persopol bo`lgan.