logo

O’rta Osiyo xalqlari ahamoniylar davlati tarkibida(mil.avv VI-IV asrlar)

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

32.8115234375 KB
O’rta Osiyo xalqlari ahamoniylar davlati tarkibida(mil.avv VI-IV asrlar)
Reja:
1. O’rta Osiyo Eron Axamoniylari imperiyasi tarkibida.
2. Marg’iyonada ko’tarilgan xalq kurashlari.
3. Axamoniylarga qarshi sak va massagetlarning kurashlari.
 
            O‘zbekistonning   qadimgi   davr   tarixini   o‘rganishda   keyingi   yillarda   katta
yutuqlar   qo‘lga   kiritilayapti.   Bunda   asosan     O‘zbekiston   hududida   olib
borilayotgan arxeologik tadqiqot ishlarining ahamiyati katta hisoblanadi.
O‘zbekiston   tarixida   Axamoniylar   hukmronligi   davri   yoritilgan   bo‘lsa-da,
ularning O‘rta   Osiyoga bostirib kirish jarayonlari ko‘pincha, To‘maris va   Shiroq
afsonalari   asosida   yoritilib   o‘tiladi.   Bunda   ham   asosan,   Geradot   ma’lumotlariga
asoslanib fikrlar beriladi. 
Axamoniylarning   O‘rta   Osiyoga   hujumi     mil.avv.540   yillarda   Kir   II   (558-
530)   tomonidan     boshlangan   bo‘lib,   519   yilda   Doro   I   (522-486)     davrida
tugatilgan.   Bu   jarayonlarning   izlari         arxeologik   manbalarda   ham   o‘z   aksini
topgan.
O‘rta   Osiyoning   janubiy   viloyatlari   Kir   II   tomonidan   bosib   olinganligini
arxeologik tadqiqotlar jarayonida tasdiqlangan.  Shimoliy Baqtriyadagi Bandixon 2
qal’asi  mil.avv. 6 asrda buzilganligi va yong‘in izlari aniqlangan. Yongan don va
yog‘ochlar ham topilgan. Bandixon 2 ning minorasi   10-20 kgli palaxmon toshlar
bilan to‘lgan. Bu esa, devor teshar qurollardan foydalanganliklaridan guvoh beradi.
Bandixondan   40km   shimoli   sharqda   joylashgan   Qiziltepaning   arki   va   qo‘rg‘oni
ham   katta   yong‘in   natijasida   v   ayron   qilingan.   Qizilcha   6     yodgorlikda   yong‘in
qatlami   25-30   smni   tashkil   qiladi.   Shundan   keyin   Bandixon   2   yodgorligi   tashlab
ketilgan   bo‘lsa,   Qiziltepaning   minorasi   va   ximoya   devori   loy   bilan   to‘ldirilib,
mustaxkam bir butun 10 m qalinlikdagi   devor hosil qilingan. Surxon vodiysidagi
Tallashkan tepa  yodgorligida ham shunday holat kuzatiladi.  
        Qashqadaryo   xududidigi   Uzunqir   va   Daratepadagi   ham   yong‘in   izlari   bor.
Marg‘iyona   xududdidagi   Yaztepa   ham   qattiq   jangdan   keyin   vayron   holga   kelgan
va   undan   keyin   u   еrda   aholi   qayta   yashamagan.   Bundan   shunday   xulosa   qilish
mumkinki, Baktriya, Marg‘iyona, Sug‘diyona va Xorazm Axamoniylar bilan uzoq
olib   borilgan   janglardan   keyin   bosib   olingan.   Ktesiy   bu   haqda   ma’lumot   yozib
qoldirgan.  
Geradot   ham   bu   haqda   quyidagicha   ma’lumot   qoldirgan:”Quyi   Osiyoni
Garpag odamsiz qoldirdi, yuqorini Kirning o‘zi. U halqlarni birma-bir bo‘ysundirib bordi, lekin biriga ham shavqat qilmadi.”
  Kir   II   eng   chekka   xudud   bo‘lgan   sharqiy   va   shimoliy   viloyatlarni   545   va
539   yillar   oralig‘ida   bosib   olgan:   Darangiana,   Marg‘iyona,   Xorasmiya,
Sug‘diyona, Baqtriya, Ariya, Sak qabilalari, Sattagidiya, Araxosiya, Ganxara 1
.    
Kir II Baqtriyaliklar bilan uzoq vaqt kurash olib borgan. Bu xududlarni egallagach,
Kir II massagetlar  qarshi  kurashib haloq bo‘ladi. Bu haqda Geradot asarida to‘liq
ma’lumot   saqlanib   qolgan.   To‘marisga   Kir   II   yuborgan   shartnomasi   va   Kir   II
To‘marisning   daryoni   kesib   o‘tishga   imkon   berishi,   Kir   Lidiya   shohi   Krezning
daryoni kechib o‘tish, dushman chekingan joyga qadar olg‘a harakat qilish, lagerda
qo‘shinning eng no‘noq kismini, turli noz-ne’matlar va toza vino qoldirish, qolgan
qo‘shinlarga   daryoga   tomon   kaytish   to‘g‘risidagi   taklifini   kabul   kilgan.     natijada
o‘g‘li   Sargapisning   asr   tushgani,   To‘marisning   g‘azabda   Kirni   tuzoqga   tushurib
200 ming fors jangchisini mag‘lib etganligi haqida ma’lumotlar bor. Kir II haqida
axamoniy   yozma   ma’lumotlarida   esa,   uning   kasal   bo‘lib   vafot   etganligi   va
o‘limidan   oldin   o‘g‘illariga   davlatini   bo‘lib   berganligi   haqidagi   ma’lumotni
uchratamiz.   Kir   II   ning   vafoti   haqidagi   ma’lumotni   tarixda   eng   aniq   ma’lumot
hisoblanadi.   Bu   Bobil   hujjatlarini   o‘rganish   natijasida   aniqlangan.   Bobilga   Kir   II
nomidan   yuborilgan   hujjat   530   yilning   12   avgusti   bilan   imzolangan.   Kambiz
nomidan   birinchi   noma   esa,   530   yilning   31   avgusti   bilan   imzolangan.       Uning
vorisi   Kambiz   Misrga   qarshi   kurash   olib   borib,   uni   bo‘ysudiradi.   Doro   I   yana
massagetlar ustiga yurish boshlaydi. 
Kambiz davrida axamoniylar saroydagi qarama-qarshiliklar natijasida O‘rta Osiyo
halqlar   ham   axamoniylar   hukmronligiga   qarshi   kurash   boshlaganlar.   Bu   haqda
Doro   I   Bexistunda   yozib   qoldirgan.   Parfiya,   Marg‘iyona,   saklar   g‘alayon
ko‘targanlar. 
    Marg‘iyonada  Frada   ismli   odam   qo‘zg‘olonga   boshchilik   qilingan.   Unga   qarshi
Doro   Dadarshish   ismli   lashkarboshini   qarshi   yuborgan.   Ularni   522   yilning   10
dekabrida   tor   mor   keltirgan.   (assiyadiya   oyining   23   kuni   deb   Bexistunda
1
  History of civilizations of Central Asia: The development of sedentary and nomadic civilizations: 700 B.C. to A.D.
250
Volume II. UNESCO 1994.p.45. yozilgan. ) Bunda 55 ming odam o‘ldirilgan, 7 mingga yaqin odam asirga olingan.
Parfiya va saklarning qo‘zg‘olonlari ham shu tariqa bostirilgan. 
  Doro  I  o‘zining  hukmronligining  3  yilida,  519/518  yillarga  to‘g‘ri   keladi.    Doro
ularni bo‘ysundirib, Skuxna ismli ularning yo‘lboshchisini  asir oladi. Bu saklarga
esa,   boshqa   yo‘lboshchini   tayinlaganligi   haqida   yozib   qoldirilgan.   Antik   avtor
Polien asarida Shiroq haqida afsona saqlangan. 
  Persopol yozuvlarida Axamoniylar davlati chegarasi haqida ma’lumot bor. Sug‘d
orqasidagi   saklardan,   Kushagacha,   ya’ni   Efiopiyagacha   borganligi   yozilgan.   Bu
Sirdaryoning   narigi   tomonidagi   saklar   deb   izohlanadi.   Bu   O‘ra   tepaning   shimoli-
g‘arbi xududlari hisoblanadi.  Bu еrda mil.avv. 6-4 asrlarga oid Nurtepa yodgorligi
topilgan.   Tadqiqotchilar   buni   Kirushkat   deb   taxmin   qiladilar.   Baqtriya
Axamoniylar   davlati   tarkibida   bo‘lib,   U   Sharqiy   davlatlar   orasida   еtakchi   o‘rinni
egallashi bilan birga taxt uchun bo‘lgan kurashda o‘z o‘rniga ega bo‘lgan. 
  Axamoniylar   davlati   harbiy-ma’muriy   xudud-   satrapliklarga   bo‘lingan.   Geradot
ma’lumoticha,   Doro   I   davrida   20   ta   satraplikga   bo‘lingan.     Shundan   4   satraplik
O‘rta   Osiyo   xududida   bo‘lgan.   Satrap   faqat   podshoga   bo‘ysunib,   ular   faqat
forslardan   tayinlangan   va   meros   bo‘lib   o‘tgan.   Satrap   asosan,   soliq   yig‘ish   va
jangchilarni   saqlash   bilan   shug‘ullangan.         Shuningdek,   podsho   bilan   kelishgan
holda boshqa joylarga hujum uyushtirishi mumkin bo‘lgan 
Axamoniylar   davlatining   asosiy   funksiyasi   soliqlarni   yig‘ish   bo‘lgan.     Maxalliy
halqlarning  turmush tarzi va ichki qonuniyatlar o‘zgartirilmagan. Sotsial-iqtisodiy
munosabatlar   ular   mustaqil   faoliyat   yuritganlar.   Ko‘chmanchi   axolining   fors
satrapi tomonidan emas, o‘z yo‘lboshchilari tomonidan boshqarilgan.  
  Miloddan oldingi 518 yilga yakin podsho Doro I (522-486 yy.) davlatning
ma’muriy tizimi va soliq xizmatlarini qayta tashkil etish islohotlarini boshlaydi. 
Baktriya,   Sak,   Xorazm,   Parfiya,   So‘g‘d   va   Xarayva   O‘rta   Osiyo   hududida
joylashgan edi.
Ularning   har   biri   podsho   g‘aznasiga   muayyan   mikdorda   soliq   to‘lashi   kerak
bo‘lgan.   Ushbu   soliq   og‘irlik  o‘lchovi   -   talantda   ifodalangan   va  u   25,92   talan  34
grammga   kilogrammga   teng   bo‘lgan.   Jumladan,   Baktriyadan   kumush   bilan   360 talant   undirilgan   (8972   kg);   saklardan   -   250   talant   (6230   kg);   Xorazm,   Parfiya,
So‘g‘d va Xarayvadan jami bo‘lib 360 talant (7476 kg) undirilgan (Her. Sh).
Shunday   kilib,   Ahamoniylar   hukmronligi   ostida   bo‘lgan   O‘rta   Osiyoning   butun
hududidan   har   yili   970   talant   yoki   kariyb   23000   kg   kumush   undirilgan.   Aftidan,
yig‘ilgan soliqning umumiy miqdori bo‘yicha O‘rta Osiyo viloyatlari Ahamoniylar
podsholigida   е takchi   o‘rinlardan   birida   turgan.   Mesopotamiya   satraplari   1000
talant va Kichik Osiyo satraplari - 1000 talantdan ko‘proq to‘lashgan. Gerodotning
Tejen daryosiga  Akes daryosi
to‘g‘risidagi   mashhur   hikoyasi     suvdan   foydalanganlik   uchun   Ahamoniylar
g‘aznasiga   to‘lanadigan   soliqlar   ham   pul   shaklida   undirilganligini   ko‘rsatadi.
«Men,-deb   yozadi   Gerodot,-   podsho   to‘g‘onlarning   suv   darvozasi   ochilganligi
uchun odatdagi o‘lpondan tashqari katta miqdorda pul undirishini bilaman» (Yer.,
Sh,   117)   Ahamoniylar   poshologi   satraplari,   shu   jumladan   O‘rta   Osiyo   satraplari
pul   soliklaridan   tashkari   natura   shaklida   ham   o‘lpon   to‘lashlari   kerak   bo‘lgan.
Jumladan,   Doro   I   ning   Suzdagi   saroyi   kurilishi   uchun   Baktriyadan   oltin,
So‘g‘diyonadan   lojuvard   kumush   n itrat,   Xorazmdan   yarqirama   rangdor   toshlar
keltirilgan.   Persepol   saroyidagi   mashhur   bo‘rtma   rasmlarda   Ahamoniylar
podshosiga   o‘lpon   olib   kelayotgan   turli   satrapliklarning   vakillari   tasvirlangan.
Jumladan, baktriyaliklar idishlar va ikki o‘rkachli tuyalar bilan tasvirlangan,   saklar
otlar   va   qandaydir   buyumlar   olib   kelishmokda,   so‘g‘diyonaliklar   ikkita   ikki
o‘rkachli tuya   е tak lab ko‘llarida jom ko‘tarib olishgan, xorazmliklar esa   qilichlar,
bilaguzuklar   va   otlar   bilan   kelishmokda.Persepol   saroyi   devorida   tasvirlangan
ushbu  buyumlar   va  hayvonlar   Ahamoniylar  imperiyasiga  o‘lpon  to‘lovchi   har  bir
viloyatning   o‘ziga   xosligini   aks   ettaradi.   Soliq   yig‘ilishi   uchun   javobgarlik
satraplar, nomarxaxlar, shahar boshliqlari, kishloq oqsoqrllari va kabila boshliklari
zimmasiga   tushgan.   Podsholarning   maxsus   solik   yig‘uvchilari   va   soliq
yo‘rikchilari   ham   bo‘lgan.   Bir   kancha   olimlarning   fikriga   ko‘ra,   Ahamoniylar
imperiyasining   ayrim   satrapliklarida aholidan  soliq  bevosiga  uning o‘zidan  emas,
balki ijaradorlar  yordamida olingan. Kimdir   podsho g‘aznasiga  o‘lponni  oldindan
to‘lagan va bu bilan   otkupni monopoliya qilish hukukini davlatdan olgan, so‘ngra esa   o‘lponni   aholidan   yig‘ib   olgan.   Bunda,   albatta,   yig‘iladigan   soliq   miklori
oshirilgan.   O‘rta   Osiyo   hududida   soliq   to‘lovchilardan   soliq   yitish   texnikasi
to‘g‘risidagi   bevosita   ma’lumotlar   mavjud   emas,   biroq,   bu   е rda   Ahamoniylar
imperiyasining   boshka   kismlarida   ko‘llanilgan   fiksal   tizimlardan   biridan
foydalanilganga o‘xshaydi.66
Geradotning   yozishicha,   Kurush   massagetlar   ustiga   yurish   boshlaganida
massagetlar   malikasi   To‘maris   uni   bu   niyatdan   qaytishga,   bexuda   qon
to‘kmaslikka   chaqirgan.   Ammo   o‘ziga   bino   qo‘ygan   Kurush   o‘z   niyatidan
qaytmasligini   bildiradi.   Shunda   To‘maris   Kurushga   noma   yuborib,   jang   ochiq
maydonda bo‘lsin, buning uchun yo sen, yo men o‘z askarlarimizni daryodan uch
kunlik   yo‘l   narida   to‘plab   olish   uchun   bir-birlarimizga   imkon   beraylik,   deb
maslahat   bergan.   Ayyor   Kurush   o‘z   qarorgohida   katta   mikdorda   vino   va   kishini
badmast   qiluvchi   giyovanlar   qoldirib   chekingan.   Bundan   xabarsiz   massagetlar
Kurushning qarorgohida rosa maishat qilganlar. Massaget navkarlariga malikaning
o‘g‘li,   tajribasiz,   lekin   jasur   Sparganis   bosh   edi.   Maishat   qilish   avjiga   chiqqan
paytda Kurush o‘z qo‘shini bilan u  е rga bostirib kirib, massagetlarning bir qismini
qirib tashlaydi, boshqa bir qismini Spargapis bilan birgalikda asir oladi. Kayfidan
tushgan   shahzoda   qilmishiga   chiday   olmay   o‘zini   o‘zi   o‘ldiradi.   Bundan   xabar
topgan To‘maris tezda yangi  kuchlar to‘plab dushman qarorgohida bostirib kiradi
va   qonxur   Kurush   II   ning   kallasini   tanasidan   judo   qilib,   qon   to‘ldirilgan   meshga
tashlaydi.   Ammo   Kurushning   o‘limi   O‘rta   Osiyo   xalqlarini   Eron   ahamoniylariga
tobelikdan   ozod   eta   olmadi.   Kurushning   o‘g‘li   Kambis   mamlakatda   ko‘tarilgan
qo‘zg‘olonlarni   bostirishga   ulgurdi,   hatto   u   o‘z   otasining   jasadini   qo‘lga   kiritib
maxsus daxmaga dafn etadi.
Kambisning   Bardiya   ismli   inisi   bor   edi.   Saroy   fitnasi   tufayli   Kambis   o‘z
ukasini   o‘ldiradi,   lekin   u   bu   voqeani   xalqdan   yashirgan.   Miloddan   avvalgi   526
yilda Kambis Misrni istilo etish uchun ketgan vaqtda Bardiya o‘limidan xalq xabar
topadi va uning o‘limi bilan bogliq har xil rivoyatlar to‘qiladi. Miloddan avvvalgi
522   yilda   Gaumata   ismli   zardushtiylar   kohini   bosh   ko‘tarib,   "men   Kurushning
o‘g‘li   Bardiya   bo‘laman",   -   deb   xalqqa   murojaat   bilan   chiqadi.   Avom   xalq Kambisdan aynib Gaumataga qo‘shiladi  va u Persidada hokimiyatni  qo‘lga oladi.
Bundan   xabar   topgan   Kambis   tezda   Misrdan   Eronga   qaytadi.   Ammo   yo‘lda
noma’lum   sababalarga   ko‘ra   u   xalok   bo‘ladi.   Shundan   keyin   Gaumata   Bardiya
ismi   bilan   o‘zini   shoh   deb   e’lon   qiladi.   Bardiya   hokimiyatni   qo‘lga   kiritish
jarayonida   keng   xalq   ommasiga   suyanib,   aristokratiyaga   qarshi   chiqqan   edi.   U
aholini uch yilgacha davlat soliqlaridan va harbiy xizmatdan ozod etadi. Bu xabar
O‘rta   Osiyoga   ham   etib   keladi.   Bundan   norozi   saroy   aristokratiyasi   miloddan
avvalgi   522   yil   29   sentyabrda   Gaumatani   o‘ldirib,   ahamoniy   Dorush   I   ni   taxtga
qo‘yadi.   Bu   xabar   butun   mamlakatda   keng   xalq   ommasini   qo‘zg‘olonlar   qilishga
otlantirdi. 30 sentyabrda Marg‘iyonada Frada boshchiligida qo‘zg‘olon ko‘tariladi.
Biroq,   u   10   dekabr   kuni   Dorush   I   tomonidan   shafqatsiz   ravishda   bostiriladi.
Dorush   I   ning   Behustun   qoyalariga   bittirgan   kitobasida   Marg‘iyona   qo‘zg‘oloni
haqida   quyidagilar   yozilgan:   "Shoh   Dorush   aytdi:   Margush   (Marg‘iyona)   ismli
mamlakat mendan ajralib ketdi. qo‘zg‘olonchilar Frada ismli Marg‘iyonalik kishini
o‘zlariga bosh qilib oldilar. Keyin men Baqtriya satrapi xizmatkorim Dadarshishga
odam   yubordim.   Unga   shunday   dedim:   Bor,   meni   tan   olmayotgan   uning
lashkarlarini   yanchib   tashla.   Keyin   Dadarshish   qo‘shin   bilan   uning   ustiga   yurish
qilib,   Marg‘iyonaliklar   bilan   jang   qildi.   Axuramazda   menga   yordam   qildi.
Axuramazdaning   irodasi   bilan   mening   qo‘shinlarim   dushman   kuchlarini   yanchib
tashladi. Keyin mamlakat yana meniki bo‘ldi".
Dadarshish jangda uz qo‘shinlariga asir olmaslikni buyurgan. Dorush I ga
qarshi ko‘tarilgan Marg‘iyona qo‘zg‘oloni O‘rta Osiyo viloyatlarida yagona emas
edi.   Marg‘iyonaliklar   bilan   bir   vaqtda   Parfiyada   ham   keng   xalq   ommasining
qo‘zg‘oloni   bo‘lib   o‘tdi.   Bu   qo‘zg‘olon   miloddan   avvalgi   521   yilning   yozigacha
davom etdi. Dorush I davrida unga qarshi saklar ham bosh ko‘targanlar. Bixustun
yozuvlarida   Dorush   I   ning   saklar   yurtiga   uyushtirgan   yurishi   haqida   yozuvlar
saklangan. Ularda aytilishicha, Dorush I saklarni quvib Orol dengizi sohillarigacha
borgan.   Saklar   hukmdorini   asir   olgan,   boshqa   bir   Skunxa   ismli   lashkarboshini
saklarning   o‘zi   Dorush   I   ga   topshirgan.   Shundan   so‘ng   saklar   yurti   Dorush   I
davlatining   tarkibiga   kirgan   viloyatlardan   biriga   aylandi.   Bu   voqealar   miloddan avvalgi 520-528 yillarda sodir bo‘lgan edi.
Miloddan   avvalgi   522-521   yillarda   bo‘lib   o‘tgan   xalq   qo‘zg‘olonlari
Dorush   I   ni   qattiq   ichki   siyosat   olib   borishga   majbur   etdi.   U   hatto   saroy
aristokratiyasi huquqlarini ham cheklab, mamlakatda mutloq hokimiyat tartiblarini
o‘rnatdi.
Gerodotning xabar berishiga qaraganda, Dorush I o‘z imperiyasini alohida
viloyatlarga   -   satrapliklarga   bo‘lib   idora   qilgan.   har   bir   satraplik   har   yili   davlat
xazinasiga   ma’lum   miqdorda   soliq   to‘lashga   majbur   edi.   Soliq   miqdori   odatda,
kumush talanda belgilangan. Bir talan 34 grammga teng edi. Satrapliklardan soliq
olishning   yagona   tizimi   ishlab   chiqildi.   Unga   ko‘ra   Dorush   I   oltin   darik   tanga
birligini ishlab chikdi. Bir darik 8,4 gr. oltinga, 20 kumush tangaga, bir tanga 5,6
gr. kumushga teng edi. Oltin darikni faqat shahonshoh, kumush tangasi esa viloyat
hokimlari ham zarb etishi mumkin edi.
Satraplik   tepasida   hokim-satrap   turgan.   U   chegarasiz   hokimlik   huquqiga
ega   bo‘lib,   uning   qo‘lida   harbiy   va   fuqarolik   hokimiyati   jamlangan.   Satrap   o‘z
viloyati doirasida sud’yalik va xalqdan har xil soliqlarni undirib olish, o‘z nomidan
kumush   va   mis   tangalar   zarb   etish   huquqiga   ega   edi.   Odatda,   satraplik   tepasida
faqat   ahamoniylar   oilasiga   mansub   forslar   turgan.   Satraplar   faoliyatini   doimo
nazorat   etib   turish   uchun   maxsus   amaldor-ayg‘oqchilar   tayinlangan.   Ular
shahonshohning joylardagi                     "ko‘z-quloqlari" bo‘lgan.
O‘rta Osiyo hududi ahamoniylar tomonidan 3 ta satraplikka bo‘linib idora
etilgan.   Baqtriya   Marg‘iyona   bilan   birgalikda   12-satraplikni   tashkil   etgan.   U
podsho   xazinasiga   yiliga   360   talant   o‘lpon   to‘lagan.   Parfiya,   Xorazm,   So‘g‘d   va
Areya birgalikda 16-satraplikni  tashkil  etgan va yiliga 300 talant o‘lpon to‘lagan.
Saklar   va   kaspiylar   esa   15-satraplik   bo‘lib,   ular   Dorush   I   xazinasiga   yiliga   250
talant jarima to‘lagan.
Urta   Osiyo   aholisi   shahonshoh   xazinasiga   har   yili   to‘lab   turgan   aniq
mikdordagi   soliqlardan   tashqari   yirik   davlat   qurilishlarida   ishlab   berishga   majbur
edi. Masalan, Persepoldagi shoh saroyining qurilishida, Suza va Ekbatanadagi yirik
inshootlarda o‘rta osiyoliklar ishlashga majbur bo‘lishgan. Dorush I ning Suzadagi shoh saroyi qurilishida Baqtriya, So‘g‘diyona va Xorazmdan keltirilgan ustalardan
va   ishchi   kuchidan   qul   sifatida   foydalanilgan.   Bu   qurilishlarda   O‘rta   Osiyodan
keltirilgan  materiallar   ham   ishlatilgan.  Suzadagi  shoh   saroyi,  Bihustun   kitobasiga
ko‘ra,   Lidiya   va   Baqtriya   oltinlari   bilan   bezalgan.   Ko‘k   tosh   (lazurit   va   serdalik)
So‘g‘diyonadan keltirilgan, feruza esa Xorazmdan olib kelingan.
Shunday qilib, O‘rta Osiyoning katta qismi (Farg‘ona vodiysi va Toshkent
vohasidan   tashqari)   miloddan   avvalgi   VI-IV   asrlarda   Eron   ahamoniylarining   qo‘l
ostida bo‘ldi. Faqat milodsan avvalgi VI asrga kelib, markaziy hokimiyat o‘zining
avvalgi  mavqeini  yo‘qota boshlagach,   uning chekka  o‘lkalaridan  ayrim  viloyatlar
ahamoniylar   ta’siridan   chiqib,   mustaqil   holda   ichki   va   tashqi   siyosat   olib   bora
boshlaganlar. Ana shunday viloyatlardan biri sifatida Xorazm miloddan avvalgi VI
asrda tarix maydoniga chiqdi.
Axamoniylar   hukumronligi   davrida   O‘rta   Osiyo   xududida   katta   ijtimoiy-
iqtisodiy   o‘zgarishlar   sodir   bo‘lgan.   Yagona   davlat   tarkibida   yagona   pul,   soliq
sistemasi shakllangan. Oromiy tili davlat tili bo‘lgan.   Yagona davlat aloqa tuzimi
shakllangan.   Karvon   yo‘llariga   e’tibor   kuchaygan.   Umumiy   davlat   qonunchiligi
joriy   etilgan.   Lekin   har   bir   halqning   o‘z   qonunlari   amalda   bo‘lgan.   Axamoniylar
boshqa   oldingi   davlatlarga   nisbatan     bo‘ysungan   еrlarda   qurilish   ishlarini   olib
borganlar.   Ibodatxonalar   qurganlar.   Bobil   va   Iudeyada.   Kirni   barcha   halq
ulug‘lagan:   Forslar   o‘z   otamiz   deb,   bobilliklar   Bobil   xudosi   Mardukning   elchisi
deb,   greklar   buyuk   davlat   arbobi   deb,   еvreylar   yaxva   xudosining   messisi   deb
ulug‘laganlar.
    Bu   davrda   halqaro   savdo   uchun   yaxshi   shariot   yaratilgan.   Sayoxatchi   va
olimlar   uchun   imkoniyatlar   yaratilgan.   Ayni   shu   davrda   Gekatey,   Geradot   va
Demokrit sayoxat qilishgan.
  Axamoniylar   davlati   tarkibiga   kirgan   turli   halqlar   madaniy   va   iqtisodiy
jihatdan   birlashib   ketgan.   Turli   xalqlar   birgalikda   ish   olib   borganlar.   Yozma
manabalarda   Marafon   jangida   Saklarning   otliqlari   alohida   o‘rin   egallaganliklari,
ular   Platey   va   Fermopil   janglarida   ham   tilga   olinadi.   Baqtriyaliklar   ham   ishtirok
etganlar.   O‘rta   Osiyoliklar   Axamoniylarning   saroyida   ishlaganlar.   Elefantinada xorazmlik   Dargman   yashaganligi   yozib   qoldirilgan.   Doro   I   davrida   baktriyalik
ayollarning   qul   sifatida   sotilganliklari   ham   yozib   qoldirilgan.   Shuningdek,   O‘rta
Osiyo   xududiga   Miletdan   greklarning   ko‘chirib   keltirilganligi   va   Barka   shaxri
axolisi (Shimoliy Afrika) Baktriyaga ko‘chirib keltirilganligi yozilgan. Mil.avv. 4
asrda parfiyalik Ammnasp Misrga hukmron etib tayinlangan. 
  Xorazmliklar   axamoniylar   hukmronligidan   mil.avv.   5   asrning   oxirlarida   ozod
bo‘lganlar.     Bobildagi   oxirgi   hujjat   mil.avv.505   yil   bilan   berilgan.   Qal’alikir
yodgorligining qurilishi
  AHAMONIY   PODSHOHLARINING   TEZ   VA   MUVAFFAQIYATLI
HARAKATLARI   QUYIDAGI   TARIXIY   SHAROITLAR   BILAN
BOG’LANADI:
-   Forslarning   eng   kuchli   siyosiy   raqobatchilaridan   biri   bo’lgan   Vaviloniyada
siyosiy vaziyatning yomonlashishi, yahni podshohlik bilan diniy hukumat(Marduk)
o’rtasida ziddiyatning kuchayishi;
- Vaviloniya hududida majburan ushlab turilgan har xil xalqlarga mansub tutqun
aholining ahamoniylarga nisbatan hayrixohligining oshishi;
- Kichik Osiyo, Vaviloniya, Finikiya kabi savdo-sotiq rivojlangan mamlakatlarda
savdogarlarning   manfaatiga   ahamoniylar   hukmronligining   mos   kelishi.   Keng
hududda   savdoni   yuritish,   savdo   yo’llarida   xavfsizlikning   o’rnatilishi,   yagona
to’lov   vositalarining,   yozuv   masalalarining   umumlashuv   jarayonlari   ularning
ahamoniylar imperiyasini qo’llab - quvvatlashlariga asos bo’lgan;
- SHohlar shohi Kirning oqilona tashqi  va ichki siyosati. Ossuriya  va Vaviloniya
shohlari   o’zlari   bosib   olgan   yerlarda   talon   -   tarojlik,   yoppasiga   qirg’in,   boshqa
joylarga majburan ko’chirish bilan shug’ullangan bo’lsa, Kir Vaviloniyada akkad
tilida chop etilgan «Xartiya»sida xalqqa osoyishta hayot ato qilishni vahda qiladi. - Ahamoniylarning mustahkam armiyasi ularning g’alabasi garovlaridan biri edi.
Ahamoniylar   hududida   yashaydigan   erkak   aholining   ko’pchiligi   harbiylarga
aylantirilishi, qo’lga kiritilgan hududlarda ham shu siyosatning olib borilishi, o’n
ming   sonli   yaxshi   qurollangan   «engilmas»   armiyaning   tashkil   etilishi,   ijtimoiy
jihatdan   armiya   tarkibining   keskin   farq   qilmasligi   harbiy   muvaffaqiyatning
asoslaridan biri hisoblanadi;
-   Diniy   erkinlikning   yaratilishi,   buzilgan   ibodatxonalarni   tiklash,   yangilarini
qurish   kabi   ishlarning   olib   borilishi   Kirning   obro’sini   xalq   orasida   oshirib
yubordi   va   forslar   uni   «otamiz»,   vaviloniyaliklar   «Marduk   xudosining   yerdagi
vakili»,   greklar   «buyuk   davlat   arbobi,   imperiya   asoschisi»,   yahudiylar   «Yahve
xudosining yerdagi vakili» deb atay boshladilar.
-   Ibodatxonalarning   iqtisodiy   rivojlanishiga   davlat   tomonidan   yo’l   bermaslik   va
faqat diniy ideologiyani rivojlantirishga shart-sharoitlar yaratish.
2-ILOVA
AHAMONIYLARNING IMPERIYANI BOSHQARUV TIZIMI
Xalq   yig’ini   «KARA»   –   Qadimgi   eronliklarda,   umuman   sharq   xalqlarida   shoh
ma’lum   urug’lar,   ya’ni   hukmronlikka   da’vogar,   hukmronlikka   taalluqli   urug’lar
orasidan, xalq yig’inida saylangan («Kara» - xalq-qo’shin). Ahamoniy urf-odatiga
ko’ra,   bu   yig’inda   shohlar   shohi   saylangan.   Shohning   nomi   nafaqat   ulug’lanib,
balki   ilohiylashti-rilib   xudolarga   tenglashtirilgan,   ilohlarga   «aylanti-rilgan».   U
davlat bilan bir vaqtda diniy ishlarni va marosimlarni ham boshqargan. Toj kiyish
marosimidan so’ng u «qayta tug’ildi», deb hisoblangan. Shoh o’lganda esa  uning
sharafiga   doimiy   yonib   turgan   altarlar   ham   o’chirilgan.   Shohni   ko’mish marosimida uning yaqin oila a’zolari yoki xizmatkorlari ham o’zini o’zi o’ldirishi
lozim   bo’lgan.     (Widengren   G.   The   Sacral   Kingship   of   Iran.   «Numen»,
Supplement, - Leiden, 1959. - P. 242-257)
MASLAHATCHILAR KENGASHI, SAROY OG’ALARI
• Forslar   Osiyoga   o’zlarining   mulki   sifatida   qaragan   va   Osiyoni   hukmdor   fors
shohining   yerlari   sifatida   bilganlar.   SHohni   «...yuqoridan   berilgan,
Axuramazdaning   yerdagi   soyasi   va   butun   yerning   egasi»   sifatida   bilganlar.
Ahamoniylarning   davlatni   idora   qilish   usuli   haqiqiy   harbiy   despotizmdir.
Negaki,   ahamoniylarga   davlatni   idora   qilishning   qonun   chiqaruvchi,   ijro   yoki
sud   organlari   kabi   boshqaruv   usullari   umuman   begona   bo’lgan.   SHoh   yoki
shohlar shohi butun hokimiyat egasi hisoblangan.
• Esfir   ma’lumotlariga   qaraganda,   shohning   atrofida   doimiy   maslahatchilar
kengashi   bo’lgan.   Maslahat   kengashi   a’zolari   davlatni   boshqarishda   vazirlik
vazifasini   bajargan.   Ular   davlat   ishlarini   bajarishda   shohdan   keyingi   bosh
vazifani   bajargan.   Butun   jamoatchilik   ishlari   ularning   bevosita   rahbarligida
amalga oshirilgan.
• Maslahat   kengashidan   so’ng   yettita   saroy   og’alari   yoki   saroy   a’yonlari
boshliqlari, ya’ni  shohning  shaxsiy   hizmatkorlari   turgan.  Ular  asosan   shohning
istagini   bajarishgan.   Saroydagi   ichki   xizmatlardan   tortib,   satrapliklar
hududlarida komissarlik vazifalarini ham amalga oshirgan.
• Ahamoniylar   imperiyasida   davlat   miqyosidagi   yirik   masalalar,   jumladan   urush
masalalari   «kengash»da   muhokama   qilingan.   Bu   kengashga   pasargad   urug’i
oqsoqollari, satraplar, davlatning yirik harbiy amaldorlari va harbiy aristokratlari
taklif   etilgan.   Kengashda   muhokama   qilinayotgan   masala   bo’yicha   kimning
taklifi qabul qilinsa, o’sha kishi shu ishga mutasaddi, boshliq qilib tayinlangan.
U shu ishning bajarilishiga boshi bilan javob bergan.
(Lenormant   Сh.   Manuel   d’histoire   ancienne   de   L’   Orient   jusqu’aux   guerres
Mediques. 1836. - P. 255)
SAROY • Kir   va   Kambiz   zamonida   Ahamoniylar   imperiyasining   tayinli   siyosiy   markazi,
saroyi   ham   yo’q   edi.   Harbiy   faoliyatga   qarab,   shoh   hamda   uning   majlislar
o’tkazadigan «saroy»i ham ko’chib yurgan. Kir rezidentsiyasi Ekbatanda, Deyok
qurdirgan saroyda joylashgan bo’lsa, Kambiz Misrni deyarli tark etmagan. Doro
I Suz shahrini imperiyaning poytaxti sifatida tanladi va saroy qurdirishga fatvo
berdi.   Persepolni   esa   o’z   dinastiyasi   a’zolarining   xilxonasiga   aylantirdi   va   u
yerda ham saroy qurdirishga erishdi.
• Saroy   forslar   tilida   «duvara»   deb   atalib,   shohning   oldiga   kirishning   ma’lum
tartib   qoidalari   ishlab   chiqilgan.   Vazirlarga   tenglashtirilgan   maslahat   kengashi
a’zolari,   saroy   og’alari   va   boshqa   saroy   hizmatkorlari   saroy   darvozasi   oldida,
egallagan   mansabi   bo’yicha   qator   turishgan.   Ishlab   chiqilgan   qoidaga   rioya
qilmay, shoh qabuliga kirishga uringanlar o’lim jazosiga hukm etilgan.
• SHohlar   shohi   Doro   I   ahamoniylar   davlatchiligida   yangi   reformalarni   amalga
oshirdi.   U   boshqaruv   va   moliya   ishlarini   yangi   pog’onaga   ko’tardi,   butun
imperiya   hududini   satrapliklarga   bo’lib   boshqarish   usulini   joriy   etdi.   Satraplik
hududlari   sobiq   mahalliy   davlatlar   va   aholining   etnik   guruhlar   yashaydigan
chegaralari asosida bo’lib chiqildi. Kir yoki Kambiz davrida bosib olingan yerlar
mahalliy   hukmdorlar   tomonidan   boshqarilgan   bo’lsa,   yangi   reformaga   binoan,
satraplik boshliqlari forsiylardan tayinlanadigan bo’lgan.
(Richard Fray. Nasledie Irana, M.: 1972. – S. 271)
XAZARAPAD, SATRAPLIK TIZIMI, KONTSELYARIYA
• Satraplar   va   undagi   harbiy   boshliqlar   shohlar   shohi   va   markaziy   davlat
boshqaruvining   doimiy   nazoratida   bo’lgan.   Davlat   boshqaruvi   va   tekshiruvlar
Xazarapad   tomonidan   amalga   oshirilgan.   U   bir   vaqtning   o’zida   shohlar
shohining shaxsiy gvardiyasini ham boshqargan.
• Joylardagi satrapliklarni boshqarish usuli va kantselyariya tarkibi Suzdagi bosh
kantselyariya   tuzilishini   aynan   takrorlagan,   ya’ni   kantselyariya   boshlig’i,
xazinabon,   tashabbusni   bo’g’uvchilar,   hisobchilar,   sud’yalar,   husnixatchilar   va
boshqalar. • Oromiy   tili   imperiyaning   yagona   davlat   tili   va   yozuviga   aylantirilgan,   degan
g’oya   Sovet   sharqshunosligi   adabiyotlarida   o’rnashib   qolgan   edi.   Yangi
ma’lumotlarga   ko’ra,   Doro   I   bir   necha   tilni   imperiyaning   davlat   tili   sifatida
qabul qilishga majbur bo’lgan. Kichik Osiyoda kantselyariya ishlari grek tilida,
Kappadokiya, Kilikiya, Suriya va Falastinda oromiy tilida olib borilgan, Misrda
esa Fir’avnlar zamonidan qo’llanib kelinayotgan ieroglifika davom etgan bo’lsa,
forslarda   va   O’rta   Osiyoda   mixxatsimon   va   oromiy   yozuvlari   qo’llanilgan.   Bu
ma’lumotdan   shunday   xulosa   qilish   mumkinki,   imperiya   hududida   yagona
oromiy   tili   kantselyariya   tili   vazifasini   bajarmagan   va   bajarishi   ham   mumkin
bo’lmagan.   Negaki,   oromiy   tili   va   yozuvi   bunchalik   nufuzga   erishmagan   va
boshqa   rivojlangan   xalqlar   bu   yozuvni   qabul   qilishi   ham   mumkin   emas   edi.
«Oromiy   tili   ahamoniylar   imperiyasining   yagona   kantselyariya   tili,   yozuviga
aylantirildi», degan fikrni rus adabiyotlaridan boshqa adabiyotlarda uchratmadik
va   o’ylaymizki,   bu   rus   sovet   tarixshunosligining   uydirmasidan   boshqa   narsa
emas.
• Doro I imperiyaning hamma hududida amal qiladigan yagona qonun sistemasini
ishlab   chiqdi.   Bu   qonunni   faqat   shohlar   shohi   xudo   Axuramazda   nomi   bilan
o’zgartirishi mumkin bo’lgan.
• Ahamoniylar   imperiyasi   jamoalari   asosan   uchta   ijtimoiy   guruhdan   iborat
bo’lgan: 1. Erkin fuqarolar; 2. Qaram kishilar va 3. Qullar. Qullarga hayvonlar
va   boshqa   mulk   shakllari   singari   shaxsiy   mulk   sifatida   qaralgan,   ularni   sotish
yoki birovga berib yuborish mumkin bo’lgan
(Dandamaev   M.A.   Bexistunskaya   nadpisь   kak   istochnik   po   istorii   nachala
tsarstvovaniya Dariya I. Avtoref. diss. ... kand. ist. nauk. - L., 1958. – S. 21)
SATRAPLAR
• Ahamoniylar   imperiyasi   davrida   yagona   pul   birligini   joriy   etishga   erishilgan.
SHohlar shohi tomonidan zarb qilingan oltin «darik»ning og’irligi 8,4 grammni
tashkil   etgan.   Satrapliklar   ham   o’zining   kumush   va   mis   tangalarini   zarb   qilish
huquqlariga ega bo’lgan. • Ahamoniylar   imperiyasi   tarkibiga   kirgan   satraplar   to’g’risidagi   manbalar
Gerodot,   Behustun   qoya   tosh   yozuvlarida,   Doro   I   ning   Naqshi   Rustam
yozuvlarida saqlanib qolgan.
• «Tarix otasi» qoldirgan Ahamoniylar imperiyasi satraplari ro’yxatida eng yaqin
qo’shni   mamlakatlar   bo’lgan   Baqtriya   va   So’g’diyona   alohida   satrapliklar
sifatida   tilga   olinadi,   ya’ni   Baqtriya   XII,   So’g’diyona   esa   Xorazm   bilan   birga
XVI   satraplik   sifatida   talqin   qilinadi.   Bu   haqda   tadqiqotchilarning   turli   xil
fikrlari   mavjud.   V.V.   Bartolьd   va   V.M.   Masson   bu   Gerodotning   xatosi   degan
fikrda   bo’lsalar,   boshqa   tadqiqotchilar   esa   Doro   I   ning   Marg’iyona,   Baqtriya,
So’g’diyonaning iqtisodiy va harbiy mavqeini bo’lib qo’yish siyosati natijasida
So’g’diyona XVI satraplik tarkibiga kiritilgan degan fikrda.
(Gerodot, III. 89-97)
SOLIQ TIZIMI
• Ahamoniylar   imperiyasi   tarkibiga   kirgan   21   ta   satraplikdan   uchtasi   bevosita
O’rta Osiyo hududlariga to’g’ri keladi. Har bir satraplik ma’lum talant (og’irlik
o’lchov   birligi)   miqdorida   to’lov   to’lagan.   1   talant   25,   92   kg.ga   to’g’ri   keladi.
SHundan Baqtriya 360 talant kumush (8972 kg), Xarayva (Parfiya, So’g’d) 300
talant (7776 kg), saklar 250 talant (6230 kg) kumush soliq to’lagan. Bu hammasi
bo’lib   910   talant,   ya’ni   23   tonna   kumush   miqdoridagi   boylikka   to’g’ri   keladi.
Doroning qurdirgan saroyini bezashda Baqtriyadan oltin, So’g’diyonadan lapis,
serdolik, Xorazmdan gavhar olib ketilganligi to’g’risida ma’lumotlar bor.
• Ahamoniylar   imperiyasi   davrida   suv   ham   pullik   va   hisob-kitobli   bo’lgan.
Gerodotning   xabar   berishicha   Ak(es)   daryosiga   qurilgan   dambani   ochishda
shohning belgilangan soliqdan ortiq pul olganligi to’g’risida ma’lumotlar bor.
  Adabiyotlar 
1. Сагдуллаев А.С.Қадимги Ўзбекистон илк ёзма манбаларда. ––Т., 1996 
24-30-betlar
2. Дандамаев М.А. Политическая история Ахеминидского держав ы . 
Москва, Наука  1985.   38-52-стр.
3. Балахванцев   А.С.   К   вопросу   от   отпадении   Хорезма   от   державы
Ахеменидов. –СПб.2006 . 8-30-стр.
4. History   of   civilizations   of   Central   Asia: The   development   of   sedentary   and
nomadic   civilizations:   700   B.C.   to   A.D.   250,   Volume   II.   UNESCO   1994.
40-53- pages

O’rta Osiyo xalqlari ahamoniylar davlati tarkibida(mil.avv VI-IV asrlar) Reja: 1. O’rta Osiyo Eron Axamoniylari imperiyasi tarkibida. 2. Marg’iyonada ko’tarilgan xalq kurashlari. 3. Axamoniylarga qarshi sak va massagetlarning kurashlari.

O‘zbekistonning qadimgi davr tarixini o‘rganishda keyingi yillarda katta yutuqlar qo‘lga kiritilayapti. Bunda asosan O‘zbekiston hududida olib borilayotgan arxeologik tadqiqot ishlarining ahamiyati katta hisoblanadi. O‘zbekiston tarixida Axamoniylar hukmronligi davri yoritilgan bo‘lsa-da, ularning O‘rta Osiyoga bostirib kirish jarayonlari ko‘pincha, To‘maris va Shiroq afsonalari asosida yoritilib o‘tiladi. Bunda ham asosan, Geradot ma’lumotlariga asoslanib fikrlar beriladi. Axamoniylarning O‘rta Osiyoga hujumi mil.avv.540 yillarda Kir II (558- 530) tomonidan boshlangan bo‘lib, 519 yilda Doro I (522-486) davrida tugatilgan. Bu jarayonlarning izlari arxeologik manbalarda ham o‘z aksini topgan. O‘rta Osiyoning janubiy viloyatlari Kir II tomonidan bosib olinganligini arxeologik tadqiqotlar jarayonida tasdiqlangan. Shimoliy Baqtriyadagi Bandixon 2 qal’asi mil.avv. 6 asrda buzilganligi va yong‘in izlari aniqlangan. Yongan don va yog‘ochlar ham topilgan. Bandixon 2 ning minorasi 10-20 kgli palaxmon toshlar bilan to‘lgan. Bu esa, devor teshar qurollardan foydalanganliklaridan guvoh beradi. Bandixondan 40km shimoli sharqda joylashgan Qiziltepaning arki va qo‘rg‘oni ham katta yong‘in natijasida v ayron qilingan. Qizilcha 6 yodgorlikda yong‘in qatlami 25-30 smni tashkil qiladi. Shundan keyin Bandixon 2 yodgorligi tashlab ketilgan bo‘lsa, Qiziltepaning minorasi va ximoya devori loy bilan to‘ldirilib, mustaxkam bir butun 10 m qalinlikdagi devor hosil qilingan. Surxon vodiysidagi Tallashkan tepa yodgorligida ham shunday holat kuzatiladi. Qashqadaryo xududidigi Uzunqir va Daratepadagi ham yong‘in izlari bor. Marg‘iyona xududdidagi Yaztepa ham qattiq jangdan keyin vayron holga kelgan va undan keyin u еrda aholi qayta yashamagan. Bundan shunday xulosa qilish mumkinki, Baktriya, Marg‘iyona, Sug‘diyona va Xorazm Axamoniylar bilan uzoq olib borilgan janglardan keyin bosib olingan. Ktesiy bu haqda ma’lumot yozib qoldirgan. Geradot ham bu haqda quyidagicha ma’lumot qoldirgan:”Quyi Osiyoni Garpag odamsiz qoldirdi, yuqorini Kirning o‘zi. U halqlarni birma-bir bo‘ysundirib

bordi, lekin biriga ham shavqat qilmadi.” Kir II eng chekka xudud bo‘lgan sharqiy va shimoliy viloyatlarni 545 va 539 yillar oralig‘ida bosib olgan: Darangiana, Marg‘iyona, Xorasmiya, Sug‘diyona, Baqtriya, Ariya, Sak qabilalari, Sattagidiya, Araxosiya, Ganxara 1 . Kir II Baqtriyaliklar bilan uzoq vaqt kurash olib borgan. Bu xududlarni egallagach, Kir II massagetlar qarshi kurashib haloq bo‘ladi. Bu haqda Geradot asarida to‘liq ma’lumot saqlanib qolgan. To‘marisga Kir II yuborgan shartnomasi va Kir II To‘marisning daryoni kesib o‘tishga imkon berishi, Kir Lidiya shohi Krezning daryoni kechib o‘tish, dushman chekingan joyga qadar olg‘a harakat qilish, lagerda qo‘shinning eng no‘noq kismini, turli noz-ne’matlar va toza vino qoldirish, qolgan qo‘shinlarga daryoga tomon kaytish to‘g‘risidagi taklifini kabul kilgan. natijada o‘g‘li Sargapisning asr tushgani, To‘marisning g‘azabda Kirni tuzoqga tushurib 200 ming fors jangchisini mag‘lib etganligi haqida ma’lumotlar bor. Kir II haqida axamoniy yozma ma’lumotlarida esa, uning kasal bo‘lib vafot etganligi va o‘limidan oldin o‘g‘illariga davlatini bo‘lib berganligi haqidagi ma’lumotni uchratamiz. Kir II ning vafoti haqidagi ma’lumotni tarixda eng aniq ma’lumot hisoblanadi. Bu Bobil hujjatlarini o‘rganish natijasida aniqlangan. Bobilga Kir II nomidan yuborilgan hujjat 530 yilning 12 avgusti bilan imzolangan. Kambiz nomidan birinchi noma esa, 530 yilning 31 avgusti bilan imzolangan. Uning vorisi Kambiz Misrga qarshi kurash olib borib, uni bo‘ysudiradi. Doro I yana massagetlar ustiga yurish boshlaydi. Kambiz davrida axamoniylar saroydagi qarama-qarshiliklar natijasida O‘rta Osiyo halqlar ham axamoniylar hukmronligiga qarshi kurash boshlaganlar. Bu haqda Doro I Bexistunda yozib qoldirgan. Parfiya, Marg‘iyona, saklar g‘alayon ko‘targanlar. Marg‘iyonada Frada ismli odam qo‘zg‘olonga boshchilik qilingan. Unga qarshi Doro Dadarshish ismli lashkarboshini qarshi yuborgan. Ularni 522 yilning 10 dekabrida tor mor keltirgan. (assiyadiya oyining 23 kuni deb Bexistunda 1 History of civilizations of Central Asia: The development of sedentary and nomadic civilizations: 700 B.C. to A.D. 250 Volume II. UNESCO 1994.p.45.

yozilgan. ) Bunda 55 ming odam o‘ldirilgan, 7 mingga yaqin odam asirga olingan. Parfiya va saklarning qo‘zg‘olonlari ham shu tariqa bostirilgan. Doro I o‘zining hukmronligining 3 yilida, 519/518 yillarga to‘g‘ri keladi. Doro ularni bo‘ysundirib, Skuxna ismli ularning yo‘lboshchisini asir oladi. Bu saklarga esa, boshqa yo‘lboshchini tayinlaganligi haqida yozib qoldirilgan. Antik avtor Polien asarida Shiroq haqida afsona saqlangan. Persopol yozuvlarida Axamoniylar davlati chegarasi haqida ma’lumot bor. Sug‘d orqasidagi saklardan, Kushagacha, ya’ni Efiopiyagacha borganligi yozilgan. Bu Sirdaryoning narigi tomonidagi saklar deb izohlanadi. Bu O‘ra tepaning shimoli- g‘arbi xududlari hisoblanadi. Bu еrda mil.avv. 6-4 asrlarga oid Nurtepa yodgorligi topilgan. Tadqiqotchilar buni Kirushkat deb taxmin qiladilar. Baqtriya Axamoniylar davlati tarkibida bo‘lib, U Sharqiy davlatlar orasida еtakchi o‘rinni egallashi bilan birga taxt uchun bo‘lgan kurashda o‘z o‘rniga ega bo‘lgan. Axamoniylar davlati harbiy-ma’muriy xudud- satrapliklarga bo‘lingan. Geradot ma’lumoticha, Doro I davrida 20 ta satraplikga bo‘lingan. Shundan 4 satraplik O‘rta Osiyo xududida bo‘lgan. Satrap faqat podshoga bo‘ysunib, ular faqat forslardan tayinlangan va meros bo‘lib o‘tgan. Satrap asosan, soliq yig‘ish va jangchilarni saqlash bilan shug‘ullangan. Shuningdek, podsho bilan kelishgan holda boshqa joylarga hujum uyushtirishi mumkin bo‘lgan Axamoniylar davlatining asosiy funksiyasi soliqlarni yig‘ish bo‘lgan. Maxalliy halqlarning turmush tarzi va ichki qonuniyatlar o‘zgartirilmagan. Sotsial-iqtisodiy munosabatlar ular mustaqil faoliyat yuritganlar. Ko‘chmanchi axolining fors satrapi tomonidan emas, o‘z yo‘lboshchilari tomonidan boshqarilgan. Miloddan oldingi 518 yilga yakin podsho Doro I (522-486 yy.) davlatning ma’muriy tizimi va soliq xizmatlarini qayta tashkil etish islohotlarini boshlaydi. Baktriya, Sak, Xorazm, Parfiya, So‘g‘d va Xarayva O‘rta Osiyo hududida joylashgan edi. Ularning har biri podsho g‘aznasiga muayyan mikdorda soliq to‘lashi kerak bo‘lgan. Ushbu soliq og‘irlik o‘lchovi - talantda ifodalangan va u 25,92 talan 34 grammga kilogrammga teng bo‘lgan. Jumladan, Baktriyadan kumush bilan 360

talant undirilgan (8972 kg); saklardan - 250 talant (6230 kg); Xorazm, Parfiya, So‘g‘d va Xarayvadan jami bo‘lib 360 talant (7476 kg) undirilgan (Her. Sh). Shunday kilib, Ahamoniylar hukmronligi ostida bo‘lgan O‘rta Osiyoning butun hududidan har yili 970 talant yoki kariyb 23000 kg kumush undirilgan. Aftidan, yig‘ilgan soliqning umumiy miqdori bo‘yicha O‘rta Osiyo viloyatlari Ahamoniylar podsholigida е takchi o‘rinlardan birida turgan. Mesopotamiya satraplari 1000 talant va Kichik Osiyo satraplari - 1000 talantdan ko‘proq to‘lashgan. Gerodotning Tejen daryosiga Akes daryosi to‘g‘risidagi mashhur hikoyasi suvdan foydalanganlik uchun Ahamoniylar g‘aznasiga to‘lanadigan soliqlar ham pul shaklida undirilganligini ko‘rsatadi. «Men,-deb yozadi Gerodot,- podsho to‘g‘onlarning suv darvozasi ochilganligi uchun odatdagi o‘lpondan tashqari katta miqdorda pul undirishini bilaman» (Yer., Sh, 117) Ahamoniylar poshologi satraplari, shu jumladan O‘rta Osiyo satraplari pul soliklaridan tashkari natura shaklida ham o‘lpon to‘lashlari kerak bo‘lgan. Jumladan, Doro I ning Suzdagi saroyi kurilishi uchun Baktriyadan oltin, So‘g‘diyonadan lojuvard kumush n itrat, Xorazmdan yarqirama rangdor toshlar keltirilgan. Persepol saroyidagi mashhur bo‘rtma rasmlarda Ahamoniylar podshosiga o‘lpon olib kelayotgan turli satrapliklarning vakillari tasvirlangan. Jumladan, baktriyaliklar idishlar va ikki o‘rkachli tuyalar bilan tasvirlangan, saklar otlar va qandaydir buyumlar olib kelishmokda, so‘g‘diyonaliklar ikkita ikki o‘rkachli tuya е tak lab ko‘llarida jom ko‘tarib olishgan, xorazmliklar esa qilichlar, bilaguzuklar va otlar bilan kelishmokda.Persepol saroyi devorida tasvirlangan ushbu buyumlar va hayvonlar Ahamoniylar imperiyasiga o‘lpon to‘lovchi har bir viloyatning o‘ziga xosligini aks ettaradi. Soliq yig‘ilishi uchun javobgarlik satraplar, nomarxaxlar, shahar boshliqlari, kishloq oqsoqrllari va kabila boshliklari zimmasiga tushgan. Podsholarning maxsus solik yig‘uvchilari va soliq yo‘rikchilari ham bo‘lgan. Bir kancha olimlarning fikriga ko‘ra, Ahamoniylar imperiyasining ayrim satrapliklarida aholidan soliq bevosiga uning o‘zidan emas, balki ijaradorlar yordamida olingan. Kimdir podsho g‘aznasiga o‘lponni oldindan to‘lagan va bu bilan otkupni monopoliya qilish hukukini davlatdan olgan, so‘ngra