Qadimgi va ilk o’rta asrda Eron.
Qadimgi va ilk o’rta asrda Eron . 1. Mil.avv. III ming yillikda Eron. Elam – Midiya davlatlari va madaniyati. 2. Ahamoniylar davrida Eron. Ijtimoiy-iqtisodiy institutlar, mazdakiylik, Ahmoniylar davrida Eron madaniyati. 3. Parfiya va Sosoniylar davrida Eronning iqtisodiy- ijtimoiy ahvoli. Adabiyot va san’at.
Eron hududlarida, ayniqsa, uning g’arbida mil.avv. VIII-VI ming yilliklarda dehqonchilik madaniyatlari (Tepa-Go’ron, Sarob) shakllandi. VI- V ming yilliklarda esa ishlab chiqaruvchi xo’jalik tarmoqlari Eron platosi, Dashti-Lut va Dashti Kabir cho’llarining shimoli va janubida shakllandi. Mil.avv. VI ming yillikda mis qurollardan keng foydalanildi. Suza hududlaridan topilgan pichoqlarda (mil.avv.3000 y.) omochning tavsiri tushirilganligi, bu hududlarda mil.avv. IV ming yillik oxiridan boshlab sun’iy sug’orishga o’tilganidan dalolat beradi. Janubiy-G’arbiy Eronning bu o’lkasini shumerlar Nim, vavilonliklar va ossurlar Elamtu, ya’ni tog’li mamlakat deb ataganlar. Elamliklarning o’zlari esa Xatamtu deb nomlaganlar. Mil.avv. III ming yillikda Avon, Anshon, Simash, Kimash davlatlari tashkil topadi. Ular keyinchalik Suza davlati qo’l ostida birlashtiriladi. Elam Mesopotamiyaning sharqdagi yirik savdo-sotiq markazlaridan biri edi. Elam yozuvi namunalari Yahyotepa yodgorligidan topilgan. Yozuv piktograflardan iborat bo’lgan. Elamning mil.avv. III-II ming yillikdagi tarixi Mesopotamiya bilan bog’liq bo’lgan. XXIV-XXIII asrlarda Elam Akkad davlatiga qaram bo’lib qoladi. XXII asrda Kutik-inshushinak Elamni birlashtiradi. Lekin tez orada gutiylar ta’siriga tushib qoladi. Podsho Kutir-Naxxunte I (1730-1700 yy.) davrida Elam yana bir bor Mesopotamiyaga bostirib kiradi. Elamni Shumercha Sukkalmax (buyuk xudo tomonidan yuborilgan) boshqargan va Suzada yashagan. Podshoning ukasi Sukkalom (yuborilgan) deb atalib, ikkinchi poytaxt Simashda yashagan. Podsho o’lgach, u taxtga o’tirish huquqiga ega bo’lgan. Uchinchi pog’onada Suza shahri hokimi turgan bo’lib, u oddiy hokim unvonida yurgan. Kichikroq viloyatlarni Adda (otalar) boshqarganlar. Albatta, ular podsho oilasi va unga yaqin kishilardan tayinlangan. Elam podsholari o’z opa-singillariga uylanganlar. Taxminan mil.avv.1180 yilda Elam podshosi Shutruk-naxunta I Vavilionni bosib olib, o’ljalar bilan birga Xamurappi qonunlarini ham Suzaga olib ketadi. Mil.avv.1115 yilda Vavilion podshosi Navoxudonosor I Elamga o’nglanmas zarba beradi. Elam Bobilga 300 yil davomida qaram bo’lib qoladi. VIII asrda Elam Ossuriyaga qarshi
kurashga qo’shiladi, biroq mil.avv. 720 yilda qaqshatqich mag’luibiyatga uchraydi. Mil.avv. 692 yilda Vavilion bilan birgalikda Ossuriyaga qarshi kurashib Xalum degan joyda Ossur qo’shinlarini yenggan elamliklar ham kuchsizlanib qoladilar. Ossur-Elam urushi mil.avv. 639 yilda Elamning mag’lubiyati bilan tugaydi. Mil.avv. III ming yillikda Elamda jamoa tartiblari ustunlik qilgan bo’lsa, mil.avv. II ming yillikda qulchilik institutlari rivojlanadi. Xususiy ibodatxona yer egaligi ko’payadi. Elam jamiyatida boshqa sharq jamiyatlaridan farqli ayol kishi sud guvohligiga o’ta olar, hatto davlat mansablarini egallashi mumkin bo’lgan. Taxminan mil.avv. 1200 yilda podsho Sirtux onasini Suza shahri hokimi etib tayinlangan. Elam jamiyatida qizlar o’g’illar bilan birga merosxo’r hisoblangan. Taxminan mil.avv. 3000 yillar atrofida Elam yozuvi shakllangan bo’lib, piktografik yozuvda asosan 150 dan ortiq belgilar bo’lgan. Bu yozuvlarni hali o’qib bo’linmagan. III ming yillik o’rtalarida 80 belgidan iborat chiziqli bo’g’inli yozuv shakllangan. Bu yozuv mil.avv.XXIII asrda keng tarqalgan. Mil.avv. II ming yillik birinchi yarmida Vavilion yozuvi kirib keladi va mil.avv. V asrgacha elamliklar undan foydalanadilar. Elamning diniy markazi Suza shahri bo’lib, oliy xudo Pinikir (buyuk ma’buda) bo’lgan. U yer homiysi xudolar onasi bo’lgan. Inshushinak esa, Suza homiysi bo’lgan. Quyosh xudosi Naxxunte kun yaratuvchisi bo’lib hisoblangan. Bundan tashqari napira-oy, shozi-suv, nusku-olov, narunde- g’alaba xudosi hisoblangan. Naram-suen (akkad podshosi) bilan podsho Xita shartnomasida (mil.avv. 2230 y.) 37 ta Elam xudolari sanalgan. Xudolar sharafiga o’tkazilgan tantanalarda ko’plab musiqachilar qatnashgan. Bunday tartibdagi musiqachilar ham ibodatxona ruhoniylari bo’lgan. Elam sopollarida mil.avv. IV ming yilliklardayoq geometrik chiziqlar, qushlar, hayvonlar, insonlar tasvirlangan. III ming yillikda esa grifonlar, qanotli sherlar, shaytonlar tasvirlari paydo bo’ladi. III-II ming yillikdagi Elam madaniyatidagi Mesopotamiya madaniyatining kuchli ta’siri sezlib turadi. Elam haykaltaroshligining oliy namunasi 1800 kg og’irlikni tashkil qiluvchi malika Napirosu haykali hisoblanadi. Elam arxitekturasida mil.avv. XIII asrga oid Dur-
untash shahrida qurilgan zikkurat noyob yodgorlik bo’lib, to’rt qavatli zikkurat kirish eshigida xudolar, podsholar, sherlar haykali bilan bezatilgan. 42 metr balandlikni tashkil etgan zikkuratning pastki qavati 105 metr uzunlikka ega. Midiya Eronning g’arbiy qismida joylashgan tarixiy viloyatdir. Mil.avv. III-II ming yilliklarda o’troq hayotga o’tish jarayoni bo’lib, dastlabki aholi elam, Kassiy, gutey, xurrit tillarida gaplashgan. Ayrim olimlar sharqiy Yevropa chorvador aholisi Kavkaz orqali Eronga kirib kelgan eroniy qabilalar mil.avv.XII-XI asrlarda butun Eron hududlariga tarqalgan deb hisoblaydilar. Lidiya hududlariga mil.avv. IX asrdan Ossur qo’shinlari o’lja olish maqsadida bosqinchilik yurishlari qilganlar. Urartu davlati kuchaygach, Rusa I 22 manney (Midiya) knyazlarini mil.avv. 716 yil mag’lub etadi. Dayakku ismli manney podshosini urartuga o’lpon to’lashga majbur qiladi. Mil.avv. 715 yilda esa Sargon II Dayakkuni asir olib hokimiyatdan chetlatadi. Mil.avv. VIII asrda kimmeriylarning va mil.avv. VII asr boshlarida skiflar hujumi urartu va Ossuriyaning kuchsizlanishiga sabab bo’ladi. Mil.avv. 673 yilda lidiyaliklar Ossurlarga qarshi qo’zg’olon ko’taradi. Qo’zg’olonga Kashtariti boshchilik qilib, mustaqil Midiya davlati tuziladi. Mil.avv. 653 yilda Midiya Ossuriya ustiga qo’shin tortadi. Lekin skiflar hujumi natijasida Kashtariti vafot etadi. Midiyada mil.avv. 653-625 yillarda skiflar hukmronlik qiladi. 625 yilda Kashtaritining o’g’li Kiaksor skiflarni quvib chiqaradi. Midiya davlatini birlashtirib Ekbatanni poytaxt qilib oladi. Mil.avv. 612 yil Kiaksar Vavilion podshosi Nabopalasar bilan birga Ossuriya poytaxti Nineviyani ishg’ol qiladi. Mil.avv. 605 yilda esa, Xarron shahri yaqinida Bobil, Midiya qo’shini, Ossur, Misr qo’shinini mag’lub etadi. Midiya mil.avv. 593 yil Urartuni, 590 yilda esa, Kichik Osiyoning katta qismini (Lidiyadan tashqari) bosib oladi. Shuningdek, Parfiya, Girkaniya, Seyistonni ishg’ol qiladi. Mil.avv. 584 yil Kiaksar vafot etadi. Uning o’g’li Astiag (584-550 yy.) Elamni istilo qildi. Lekin 550 yil yangi sulola Ahmoniylar Midiyani istilo qiladilar. Midiya madaniyatiga Ossuriya ta’siri ko’proq seziladi. Arxitekturada (no’shijon) olov ibodatxonasi (mil.avv. VIII asrga oid) topilgan bo’lib, balandligi 185 metrni
tashkil etadi. Podshoning Ekbatandagi saroyi noyob arxitektura namunasi bo’lib, yetti devor bilan o’ralgan. Lidiya mil.avv. VII- VI asrlarda Eron madaniyatining markazi bo’lgan. Parsua qabilalari haqida mil.avv. IX asrda ilk bor Ossur manbalarida uchradi. Afsonalarga ko’ra, Parslarni mil.avv. VIII asrda ilk bora Ahamon birlashtirgan. Mil.avv. 642 yili Ossurlar Elamni bosib olgan paytda Pars podshosi Kir I Ossuriyaga bo’ysunadi. Mil.avv. 600-559 yillarda Kambiz I Midiyaga itoat etib, Astiagning qizi Mandanaga uylanadi. Rivoyatlarga ko’ra Astiag tush ko’rib, uni tadbirini so’raganda, saroy ruhoniylari singlisining o’g’li undan taxtni tortib olishini aytishadi. Astiag singlisi Mandananing o’g’lini o’ldirishga buyursada bir cho’pon uni o’z tarbiyasiga oladi. Natijada Kir II mil.avv. 558 yil bobosiga qarshi kurashib, 553 yilda uni yengadi va Midiyani bosib oladi. Fors davlati tashkil topib, tez orada Elam, Parfiya, Girkaniya, Armanistonni ishg’ol qiladi. Mil.avv. 547 yili qudratli Lidiyani bosib oladi. Kichik Osiyodagi yunon shaharlari ham fors davlatiga qaram bo’lib qoladi. Mil.avv. 539 yil Bobil ham ishg’ol etiladi. Mil.avv. 550 yil O’rta Osiyoga yurish davrida Kir II vafot etadi. Kir II vorisi Kambiz II mil.avv. 525 yilda Misrni istilo qilib, fir’avn nomini oladi. Mil.avv. 522 yilda Eronda zardusht ruhoniysi Gaumata shahzoda Bardiya nomi ostida qo’zg’olon ko’taradi. Kambiz qo’zg’olonni bostirish uchun qaytayotganda yo’lda sirli ravishda o’ldiriladi. Gaumata yetti oydan so’ng o’ldirilib, taxtga Doro I chiqadi. Ana shu qo’zg’olon davrida Erondagi ijtimoiy-iqtisodiy institutlar kurashi bo’ldi, desak xato bo’lmaydi. Patriarxal-urug’ jamoachiligidan chetga chiqib ketmagan, istilochilik yurishlaridan urug’ boshliqlari katta boylik ortirar edi. Shuning uchun ular shohlarni qo’llab-quvvatlar va uning kuchayib borayotgan despotik hokimiyatidan go’yoki tashvishga tushmas edi. Buning oqibatida oddiy jamoachilarning harbiy majburiyatlari va bo’ysundirilgan xalqlarning o’lpon to’lash majburiyati oshib borar edi. Gaumata hokimiyat tepasiga kelgach, uch yil o’lpon olishni va harbiy majburiyatni bekor qiladi. Shuning uchun uni tezda butun Eron podsho sifatida tan oladi. 11 mart 522 yil (mil.av.) va 29 sentyabrgacha, Gaumata podsholigining yetti oyida biror marta qo’zg’olon ko’tarilmaydi.