logo

Qadimgi Kavkazorti va Eron sivilizatsiyalari.

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

29.4541015625 KB
Qadimgi Kavkazorti va Eron sivilizatsiyalari.
Reja:
1. Qadimgi  Kavkazorti o‘lkalari madaniyati.
2. Mil.avv. III   ming   yillikda   Eron.   Elam   –   Midiya   davlatlari   va
madaniyati.
3. Ahamoniylar   davrida   Eron.   Ijtimoiy-iqtisodiy   institutlar,
mazdakiylik, Ahmoniylar davrida Eron madaniyati.
4. Parfiya   va   Sosoniylar   davrida   Eronning   iqtisodiy-ijtimoiy   ahvoli.
Adabiyot va san’at.
               Kavkazorti   o‘lkalari   ham   qadimgi   sivilizatsiya   o‘choqlaridan   biri   bo‘lib
hisoblanadi.   Arxeologik   izlanishlar   bu   o‘lkada   mil.avv.   V-IV   ming
yilliklardayoq   dehqonchilik   madaniyati   yuzaga   kelganligini   ko‘rsatadi.   Ilk
dehqonchilik   madaniyatlari   Shomtepa   (Ozarbayjon),   Shulaveri   (Gruziya),
Texut   (Armaniston),   shuningdek,   Kura   va   Araks   daryolari   havzalari   bo‘lib
hisoblanadi.   Dastlab   yerga   tosh   qurollar,   keyinchalik   metall   qurollar   bilan
ishlov   berila   boshlangan.   Bug‘doy,   arpa,   tariq,   no‘xat   asosiy   o‘simliklar
bo‘lib,  yerga   jamoa   bo‘lib  ishlanganini  arxeologik   ashyolar   isbotlab   turibdi.
Mil.avv.   III   ming   yilliklarda   Kura   va   Araks   daryolari   nomi   bilan   ataluvchi
dehqonchilik madaniyatlarida bronza mehnat qurollari ishlatila boshlanganini
ko‘rish   mumkin.   Xo‘jalik   taraqqiyoti   bilan   bir   qatorda   dehqonchilik
manzillari,   qishloqlar   devor   bilan   o‘rab   olina   boshlandi.   Qishloqlar   savdo,
hunarmandchilik   markazlariga   aylana   bordi.   Tabiiy   sharoit   tog‘liklardan
iborat   bo‘lgani   uchun   dehqonchilikda   terassali   usul   ko‘proq   qo‘llanilgan.
Bog‘dorchilik   ham   qadimdan   taraqqiy   qilgan   bo‘lib,   asosan   uzumchilikka
katta   e’tibor   qaratilgan.   Yerlarni   sug‘orishda   koriz   usulidan   keng
foydalanilgan. Er.avv. II ming yillikdan boshlab Kavkazorti o‘lkalarida yerga
ishlov   berishda   temir   qurollardan   foydalanish   boshlandi.   Dehqonchilik
qo‘rg‘onlari   kengayib   borib,   ularning   diametri   80-100   metrni   tashkil   eta
boshladi.
Mil.avv.   II   ming   yillik   oxirida   Arman   tog‘lari,   Van   ko‘li   atroflarida
Urartu   davlatining   vujudga   kelishi   kuzatiladi.   Dastlab,   bu   hududlarga
Ossuriya   podsholari   o‘lja   olish   maqsadida   bosqinchilik   yurishlari   qilib
turganlar.   Qadimgi   manbalarda   bu   hududlarni   Uruatru,   Biaynili,   Ararat   deb
ataganlar. Mil.avv. XIII asrda bu hududlarga yurishlar qilgan Ossur podshosi
Salmanasar I urartu qabilalarida 8 ta davlat mavjud, deb yozib qoldirgan. XIII
asr   oxirida   yurish   qilgan   Ossur   podshosi   Tiglatpalasar   I   23   ta   podshoni
yenggani   haqida   yozib   qoldirgan.   Demak,   Urartu   davlati   konfederatsiya, ya’ni   qabilalar   birlashuvidan   tashkil   topgan.   Poytaxti   Van   ko‘li   yaqinidagi
Teshabayni   shahri   bo‘lsa,   diniy-madaniy   markaz   Mussasir   shahri
hisoblangan. Urartu podsholari tashqi dushman (Ossuriya)larga qarshi qariyb
3-5   asr   kurashib,   mil.ava.   IX   asrda   podsho   Aramu   (mil.avv.864-845   yy.)
davrida yagona davlat bo‘lib birlashdilar. Aramu Ossur podshosi Salmonasor
III ga qarshi muvaffaqiyatli kurashlar olib boradi. Podsho Sarduri I (835-825
yy.)   davrida   Urartuda   podsho   hokimiyati   mustahkamlandi.   Urartu   davlati
poytaxti   Teshabaini   (Tushpa)ga   asos   solindi.   Shoh   Impulning   (mil.avv.825-
810 yy.) markaziy hokimiyati kuchaydi. Davlat hujjatlarini yuritishda Ossur
tilidan voz kechib, Urartu tilida yuritila boshlandi.
Urartuliklarning   qadimgi   diniy   tasavvurlari   tabiat   hodisalariga
asoslangan. Asosiy xudolar Xoldi-osmon, Teysheba-yomg‘ir, Shivini-quyosh
xudolari uchun Musassir shahrida ibodatxonalar qurilgan. Impulnining o‘g‘li
Menua   (mil.avv.810-   ???   yy.)   davrida   shimolga   Kavkazortiga   va   janubiy
g‘arbga   Suriyaga   harbiy   yurishlar   qilingan.   Bu   davrda   Urartu   qadimgi
dunyoning   eng   qudratli   davlati   bo‘lib   qoladi.   Menua   poytaxt   Tushpani   suv
bilan   ta’minlash   maqsadida   70   km   uzunlikda   kanal   qazdirgan.   Kanal   uning
nomi   bilan   atalgan.   Shuningdek,   ko‘plab   chegara   istehkomlari,   qal’alar
qurdirgan.
Urartu   davlati   qulagach,   mil.avv.   VI   asr   boshlarida   uning   hududlarida
Arman   davlati   vujudga   keldi.   Aslida   Arman   davlati   Urartu   madaniyati
davomchisi bo‘lib, uning tashkil topishida qadimgi urartuning Armeshupriya
viloyati   (Urartu   konfederatsiyasiga   kiruvchi   bir   knyazlik)   katta   rol   o‘ynadi.
Arman   podsholigi,   Ossuriya   va   Bobil   ahamoniylar   tomonidan   tor-mor
keltirilgach,   Eronga   qaram   bo‘lib   qoladi.   Eron   ahamoniylari   arman
podsholiklarini   mahalliy   Yevronidlar   sulolasi   vakillari   orqali   boshqarganlar.
Armaniston   satraplari   faqat   Yevronidlardan   tayinlangan.   Yevronidlar hokimiyatni     o‘z   qo‘llarida   tutib   turish   uchun   hatto   ahamoniylar   bilan
qarindoshchilik   aloqalarini   ham   yo‘lga   qo‘yganlar.   Arman   podshosi   Yervan
IIAhamoniylar   podshosi   Artakserks   II   singlisiga   uylanadi.   Fors   madaniyati
asta-sekinlik   bilan   Bobil,   Ossur   madaniyatini   Armanistondan   siqib   chiqara
boshlaydi.   Eron   ahamoniylari   davlati   qulagach,   Armaniston   qisqa   vaqt
“Mustaqil”   bo‘ladi.   Lekin   A.Makedonskiy   davlati   tarkibiga   kiradi.   Ellinizm
davrida   Armanistonda   yunon   madaniyati   gullab   yashnaydi.   Yunon-
makedonlar   asos   solgan   Fasis,   Dioskuriada   shaharlari   mamlakat   iqtisodiy-
madaniy hayotiga katta ta’sir ko‘rsatadi.
Mil.avv.   VI   asrdagi   Yunon   koloniyachiligi   boshlanishi   bilan   yunon
dunyosida   Kolxida   va   uning   afsonaviy   boyliklari   haqidagi   afsonalar   paydo
bo‘ladi.   Mil.avv.   V   asrga   oid   ayol   qabridan   1600   ta   oltinga   ishlov   berilib,
tayyorlangan   buqa,   sher,   shaklidagi   haykalchalar   va   taqinchoqlar,
shuningdek,   temir   buyumlar   topilishi   Kolxida   Kavkazortidagi   muhim
metalga ishlov beruvchi hudud bo‘lganini tasdiqlaydi. O.D. Lorkiponidze va
G.A. Lorkipanidzelar hozirgi kunda Kolxida madaniyatini arxeologik asosda
o‘rganishda   ko‘plab   tadqiqotlar   olib   bormoqdalar.   Qadimgi   Yunon
afsonalarida   argonavtlarning   oltin   mo‘yna   izlab   Kolxidaga   kelishi,   Kolxida
haqida   yunonlarning   mil.avv.   I   ming   yillik   boshlaridayoq   bilganliklarini
ko‘rsatadi.   Strabon   asarlarida   yozilishicha,   Kolxidada   kemasozlik
rivojlangan,   savdo   kemalari   xalqaro   ahamiyatga   ega   bo‘lgan,   mil.avv.V-IV
asrlarda   Kolxidaning   o‘z   tanga   pullari   bo‘lib,   uni   “Kolxitka”   deb   ataganlar.
Tangalar   bir   tomoniga   hukmdor   surati,   orqa   tomoniga   hukmdorlik   ramzi
buqa tasviri tushirilgan. Mil.avv. III asrdan boshlab temir kolxitkalar o‘rniga
podsho Aka oltin tangalar zarb qildira boshlaydi. 
Kolxida madaniyatini o‘rganishda Van qal’asini arxeologik tadqiq etish
muhim   xulosalar   chiqarishga   asos   bo‘ladi.   Qal’a   Sulari   va   Rioni   daryolari tutashgan   joyda   bo‘lib,   ikki   qismlidir.   Birinchisi,   uchburchak   shaklidagi
Akropol, ikkinchi qismi oddiy aholi yashaydigan shahar qismidan iborat, bu
yerda   antik   madaniyatga   xos   sopolchilik,   rassomchilik,   marmarni   qayta
ishlash   san’ati   mahalliy   va   yunon   madaniyatlarining   uyg‘unlashuvi   asosida
o‘ziga   xos   madaniyat   yaratilganligini   ko‘rsatadi.   Kolxidadagi   Sinop   va
Gerokleya   shaharlari   sof   yunon   madanitiga   xos   bo‘lib,   ular   yunon
koloniyalaridan shahar darajasiga o‘sib chiqqan.
Mil.avv.   III   asrda   tashkil   topib,   milodiy   III-IV   asrlargacha   yashagan
Iberiya   podsholigi   sharqiy   Gruziyada   tashkil   topgan.   Uning   tarixini   antik
davr   tarixchilari   asarlari   orqali,   ya’ni   Iberiyaning   ilk   tarixi   haqida   muhim
ma’lumotlarni bilish mumkin. Arxeologik tadqiqotlar natijasida mil.avv. III-I
asrlarga   oid   Dedoplis   Mendori   yodgorligidan   yunon   Makedoniya
yodgorliklari   ko‘plab   topilgan.   Qal’a   shimoldan   janubga   tomon   cho‘zilib,   6
ga maydonni tashkil qiladi. Qal’a baland tosh devor bilan o‘ralgan. Qal’aning
janubida   46   ga   30   metrli   4   ta   zaldan   iborat   ibodatxona   joylashgan.   90   metr
shimolda,   ya’ni   qal’aning   shimoliy   qismida   yana   bir   kichik   ibodatxona
bo‘lib,   har   ikki   ibodatxonadan   qal’aning   sharqi   va   g‘arbidagi   darvozalarga
boradigan   yo‘l   bo‘lgan.   Arxeolog   Yu.M.   Gagonidze   boshchiligida
arxeologlar   bu   kompleks   ibodatxonani   o‘rganib,   uni   mazdakiylar
ibodatxonasi   bo‘lgan,   deydi.   Ibodatxona   devorlaridagi   yozuvlarda   mahalliy
diniy   e’tiqod   mabudlari   bilan   birga   Avestodagi   Anahita   ilohasining   nomi
ham   saqlanib   qolingan.   Antik   mualliflar   Strabon   va   Pliniy   kichik   asarlarida
Iberiyaning   birinchi   podshosi   Parnavoz   Armozi   tog‘ida   Bogineti   shahrini
qurganini yozib qoldirganlar. Arxeologik tadqiqotlarda, mustahkam mudofaa
devorlari,   saroylar,   ibodatxona,   hunarmandchilik   ustaxonalari   topilgan.
Qurilishlar   mahalliy   an’analar   asosida   olib   borilgan.   Mantiya   Mroveli
qal’asining qurilishida ham Bogineti an’analari saqlangan. Tabiiy sharoitdan
kelib chiqib uy, saroy va boshqa inshootlar toshdan qurilgan. Hattoki, щsha vaыtlarda   Uplissix-G‘or   ichida   qurilgan   shahar   ham   mashhur   edi.   Milod
boshlarida   Iberiya   arxitekturasida   Rim   uslubi   yetakchilik   qiladi.   Iberiyada
tasviriy   san’at,   arxitektura,   metalga   ishlov   berish,   zargarlik   san’atlari
rivojlangan.
  Kavkazortidagi   yana   bir   davlat   Albaniya   deb   nomlangan.   Bu   davlat
tarixini   o‘rganishda   arxeologik   va   epigrafik   manbalar   muhim   ahamiyatga
ega.   Antik   davr   mualliflari   asarlarida   ham   umumiy   fikrlar   mavjud   xolos.
Albaniyaga   rimliklar   mil.avv.   I   asrda   kirib   kelganlar.   Gobustun   tog‘idagi
toshga   o‘yib   yozilgan   yozuvda   Rim   armiyasining   XII   legioni   bu   hududda
turganligi   qayd   etilpdi.   Boku   shahri   yaqinidagi   bu   yodgorlik   Rim   Parfiya
urushlari   va   ularning   natijalari   haqida   ham   muhim   ma’lumotlarni   beradi.
Albaniyada   shaharsozlik   an’analari   mil.avv.I   ming   yillik   o‘rtalarida   mavjud
bo‘lsada,   ularda   dastlab   Eron,   keyin   Ellin   madaniyatlari   ustunlik   qiladi.
Parfiya   davlatiga   qaram   bo‘lgan   Albaniya   mil.avv.I   asrda   Rim   madaniyati
ta’siriga beriladi.
Albaniyaning   yirik   va   markaziy   shahri   Kabala   edi,   arxeologik
tadqiqotlar   uning   maydoni   50   gektar   ekanligini   ko‘rsatmoqda.   Bundan
tashqari Nimaxa, Mingechaure, Tozakent kabi ko‘plab shahar xarobalari ham
topib o‘rganilgan. Asosiy qurilish materiallari yog‘och, tosh va g‘isht bo‘lib,
boy   xonadonlarning   uy   tomlari   cherepitsa   bilan   yopilgan.   Yunon
draxmalariga   o‘xshash   tanga   pullar   zarb   etilgan.   Haykaltaroshlikda   tosh,
sopol   va   bronza   ashyo   bo‘lib   xizmat   qilgan.   Turli   hayvonlar,   insonlar,
xudolar haykallari topilgan. Kabaladagi qazishlarda haykaltaroshlikda yunon
uslubi   keng   tarqalganligini   ko‘rish   mumkin.   Yunon   madaniyatidan   Gerlos,
Selena,   Zevs   xudolarini   o‘zlashtirganlar.   Mahalliy   e’tiqodlar   ham   saqlab
qolingan. Bosh kohin podshodan keyin ikkinchi o‘rinda turgan. E ron   hududlarida,   ayniqsa,   uning   g‘arbida   mil.avv.   VIII-VI   ming
yilliklarda   dehqonchilik  madaniyatlari  (Tepa-Go‘ron,  Sarob)   shakllandi.  VI-
V   ming   yilliklarda   esa   ishlab   chiqaruvchi   xo‘jalik   tarmoqlari   Eron   platosi,
Dashti-Lut   va   Dashti   Kabir   cho‘llarining   shimoli   va   janubida   shakllandi.
Mil.avv.   VI   ming   yillikda   mis   qurollardan   keng   foydalanildi.   Suza
hududlaridan   topilgan   pichoqlarda   (mil.avv.3000   y.)   omochning   tavsiri
tushirilganligi, bu hududlarda mil.avv. IV ming yillik oxiridan boshlab sun’iy
sug‘orishga   o‘tilganidan   dalolat   beradi.   Janubiy-G‘arbiy   Eronning   bu
o‘lkasini   shumerlar   Nim,   vavilonliklar   va   ossurlar   Elamtu,   ya’ni   tog‘li
mamlakat   deb   ataganlar.   Elamliklarning   o‘zlari   esa   Xatamtu   deb
nomlaganlar.   Mil.avv.   III   ming   yillikda   Avon,   Anshon,   Simash,   Kimash
davlatlari   tashkil   topadi.   Ular   keyinchalik   Suza   davlati   qo‘l   ostida
birlashtiriladi.   Elam   Mesopotamiyaning   sharqdagi   yirik   savdo-sotiq
markazlaridan biri edi. 
Elam   yozuvi   namunalari   Yahyotepa   yodgorligidan   topilgan.   Yozuv
piktograflardan iborat bo‘lgan. Elamning mil.avv. III-II ming yillikdagi tarixi
Mesopotamiya   bilan   bog‘liq   bo‘lgan.   XXIV-XXIII   asrlarda   Elam   Akkad
davlatiga   qaram   bo‘lib   qoladi.   XXII   asrda   Kutik-inshushinak   Elamni
birlashtiradi.   Lekin   tez   orada   gutiylar   ta’siriga   tushib   qoladi.   Podsho   Kutir-
Naxxunte   I   (1730-1700   yy.)   davrida   Elam   yana   bir   bor   Mesopotamiyaga
bostirib   kiradi.   Elamni   Shumercha   Sukkalmax   (buyuk   xudo   tomonidan
yuborilgan)   boshqargan   va   Suzada   yashagan.   Podshoning   ukasi   Sukkalom
(yuborilgan)   deb   atalib,   ikkinchi   poytaxt   Simashda   yashagan.   Podsho
o‘lgach,   u   taxtga   o‘tirish   huquqiga   ega   bo‘lgan.   Uchinchi   pog‘onada   Suza
shahri   hokimi   turgan   bo‘lib,   u   oddiy   hokim   unvonida   yurgan.   Kichikroq
viloyatlarni Adda (otalar) boshqarganlar. Albatta, ular podsho oilasi va unga
yaqin   kishilardan   tayinlangan.   Elam   podsholari   o‘z   opa-singillariga
uylanganlar. Taxminan mil.avv.1180 yilda Elam podshosi Shutruk-naxunta I Vavilionni bosib olib, o‘ljalar bilan birga Xamurappi qonunlarini ham Suzaga
olib ketadi. Mil.avv.1115 yilda Vavilion podshosi Navoxudonosor I Elamga
o‘nglanmas   zarba   beradi.   Elam   Bobilga   300   yil   davomida   qaram   bo‘lib
qoladi. VIII asrda Elam Ossuriyaga qarshi kurashga qo‘shiladi, biroq mil.avv.
720 yilda qaqshatqich mag‘luibiyatga uchraydi. Mil.avv. 692 yilda Vavilion
bilan   birgalikda   Ossuriyaga   qarshi   kurashib   Xalum   degan   joyda   Ossur
qo‘shinlarini   yenggan   elamliklar   ham   kuchsizlanib   qoladilar.   Ossur-Elam
urushi mil.avv. 639 yilda Elamning mag‘lubiyati bilan tugaydi. 
Mil.avv.   III   ming   yillikda   Elamda   jamoa   tartiblari   ustunlik   qilgan
bo‘lsa,   mil.avv.   II   ming   yillikda   qulchilik   institutlari   rivojlanadi.   Xususiy
ibodatxona   yer   egaligi   ko‘payadi.   Elam   jamiyatida   boshqa   sharq
jamiyatlaridan   farqli   ayol   kishi   sud   guvohligiga   o‘ta   olar,   hatto   davlat
mansablarini   egallashi   mumkin   bo‘lgan.   Taxminan   mil.avv.   1200   yilda
podsho Sirtux onasini Suza shahri hokimi etib tayinlangan. Elam jamiyatida
qizlar o‘g‘illar bilan birga merosxo‘r hisoblangan.
Taxminan mil.avv. 3000 yillar atrofida Elam yozuvi shakllangan bo‘lib,
piktografik yozuvda asosan 150 dan ortiq belgilar bo‘lgan. Bu yozuvlarni hali
o‘qib   bo‘linmagan.   III   ming   yillik   o‘rtalarida   80   belgidan   iborat   chiziqli
bo‘g‘inli  yozuv  shakllangan.   Bu  yozuv  mil.avv.XXIII   asrda   keng   tarqalgan.
Mil.avv.   II   ming   yillik   birinchi   yarmida   Vavilion   yozuvi   kirib   keladi   va
mil.avv. V asrgacha elamliklar undan foydalanadilar. Elamning diniy markazi
Suza   shahri   bo‘lib,   oliy   xudo   Pinikir   (buyuk   ma’buda)   bo‘lgan.   U   yer
homiysi   xudolar   onasi   bo‘lgan.   Inshushinak   esa,   Suza   homiysi   bo‘lgan.
Quyosh   xudosi   Naxxunte   kun   yaratuvchisi   bo‘lib   hisoblangan.   Bundan
tashqari   napira-oy,   shozi-suv,   nusku-olov,   narunde-g‘alaba   xudosi
hisoblangan. Naram-suen (akkad podshosi) bilan podsho Xita shartnomasida
(mil.avv.   2230   y.)   37   ta   Elam   xudolari   sanalgan.   Xudolar   sharafiga o‘tkazilgan tantanalarda ko‘plab musiqachilar qatnashgan. Bunday tartibdagi
musiqachilar ham ibodatxona ruhoniylari bo‘lgan.
Elam  sopollarida  mil.avv.  IV  ming  yilliklardayoq  geometrik  chiziqlar,
qushlar,   hayvonlar,   insonlar   tasvirlangan.   III   ming   yillikda   esa   grifonlar,
qanotli   sherlar,   shaytonlar   tasvirlari   paydo   bo‘ladi.   III-II   ming   yillikdagi
Elam   madaniyatidagi   Mesopotamiya   madaniyatining   kuchli   ta’siri   sezlib
turadi.   Elam   haykaltaroshligining   oliy   namunasi   1800   kg   og‘irlikni   tashkil
qiluvchi malika Napirosu haykali hisoblanadi. Elam arxitekturasida mil.avv.
XIII asrga oid Dur-untash shahrida qurilgan zikkurat noyob yodgorlik bo‘lib,
to‘rt qavatli zikkurat kirish eshigida xudolar, podsholar, sherlar haykali bilan
bezatilgan. 42 metr balandlikni tashkil etgan zikkuratning pastki qavati   105
metr uzunlikka ega. 
Midiya   Eronning   g‘arbiy   qismida   joylashgan   tarixiy   viloyatdir.
Mil.avv.   III-II   ming   yilliklarda   o‘troq   hayotga   o‘tish   jarayoni   bo‘lib,
dastlabki aholi elam, Kassiy, gutey, xurrit tillarida gaplashgan. Ayrim olimlar
sharqiy Yevropa chorvador aholisi Kavkaz orqali Eronga kirib kelgan eroniy
qabilalar   mil.avv.XII-XI   asrlarda   butun   Eron   hududlariga   tarqalgan   deb
hisoblaydilar.   Lidiya   hududlariga   mil.avv.   IX  asrdan   Ossur   qo‘shinlari   o‘lja
olish maqsadida bosqinchilik yurishlari qilganlar. Urartu davlati kuchaygach,
Rusa   I   22   manney   (Midiya)   knyazlarini   mil.avv.   716   yil   mag‘lub   etadi.
Dayakku   ismli   manney   podshosini   urartuga   o‘lpon   to‘lashga   majbur   qiladi.
Mil.avv.   715   yilda   esa   Sargon   II   Dayakkuni   asir   olib   hokimiyatdan
chetlatadi.   Mil.avv.   VIII   asrda   kimmeriylarning   va   mil.avv.   VII   asr
boshlarida   skiflar   hujumi   urartu   va   Ossuriyaning   kuchsizlanishiga   sabab
bo‘ladi.
Mil.avv.   673   yilda   lidiyaliklar   Ossurlarga   qarshi   qo‘zg‘olon   ko‘taradi.
Qo‘zg‘olonga   Kashtariti   boshchilik   qilib,   mustaqil   Midiya   davlati   tuziladi. Mil.avv.   653   yilda   Midiya   Ossuriya   ustiga   qo‘shin   tortadi.   Lekin   skiflar
hujumi  natijasida  Kashtariti  vafot  etadi.  Midiyada  mil.avv.  653-625  yillarda
skiflar   hukmronlik   qiladi.   625   yilda   Kashtaritining   o‘g‘li   Kiaksor   skiflarni
quvib   chiqaradi.   Midiya   davlatini   birlashtirib   Ekbatanni   poytaxt   qilib   oladi.
Mil.avv. 612 yil Kiaksar Vavilion podshosi Nabopalasar bilan birga Ossuriya
poytaxti   Nineviyani   ishg‘ol   qiladi.   Mil.avv.   605   yilda   esa,   Xarron   shahri
yaqinida   Bobil,   Midiya   qo‘shini,   Ossur,   Misr   qo‘shinini   mag‘lub   etadi.
Midiya   mil.avv.   593   yil   Urartuni,   590   yilda   esa,   Kichik   Osiyoning   katta
qismini   (Lidiyadan   tashqari)   bosib   oladi.   Shuningdek,   Parfiya,   Girkaniya,
Seyistonni   ishg‘ol   qiladi.   Mil.avv.   584   yil   Kiaksar   vafot   etadi.   Uning   o‘g‘li
Astiag   (584-550   yy.)   Elamni   istilo   qildi.   Lekin   550   yil   yangi   sulola
Ahmoniylar Midiyani istilo qiladilar.
Midiya   madaniyatiga   Ossuriya   ta’siri   ko‘proq   seziladi.   Arxitekturada
(no‘shijon)   olov   ibodatxonasi   (mil.avv.   VIII   asrga   oid)   topilgan   bo‘lib,
balandligi   185   metrni   tashkil   etadi.   Podshoning   Ekbatandagi   saroyi   noyob
arxitektura namunasi bo‘lib, yetti devor bilan o‘ralgan. Lidiya mil.avv. VII -
VI asrlarda Eron madaniyatining markazi bo‘lgan.
Parsua   qabilalari   haqida   mil.avv.   IX   asrda   ilk   bor   Ossur   manbalarida
uchradi.   Afsonalarga   ko‘ra,   Parslarni   mil.avv.   VIII   asrda   ilk   bora   Ahamon
birlashtirgan.   Mil.avv.   642   yili   Ossurlar   Elamni   bosib   olgan   paytda   Pars
podshosi   Kir   I   Ossuriyaga   bo‘ysunadi.   Mil.avv.   600-559   yillarda   Kambiz   I
Midiyaga itoat etib, Astiagning qizi Mandanaga uylanadi. Rivoyatlarga ko‘ra
Astiag   tush   ko‘rib,   uni   tadbirini   so‘raganda,   saroy   ruhoniylari   singlisining
o‘g‘li   undan   taxtni   tortib   olishini   aytishadi.   Astiag   singlisi   Mandananing
o‘g‘lini o‘ldirishga buyursada bir cho‘pon uni o‘z tarbiyasiga oladi. Natijada
Kir   II   mil.avv.   558   yil   bobosiga   qarshi   kurashib,   553   yilda   uni   yengadi   va
Midiyani   bosib   oladi.   Fors   davlati   tashkil   topib,   tez   orada   Elam,   Parfiya, Girkaniya,   Armanistonni   ishg‘ol   qiladi.   Mil.avv.   547   yili   qudratli   Lidiyani
bosib   oladi.   Kichik   Osiyodagi   yunon   shaharlari   ham   fors   davlatiga   qaram
bo‘lib   qoladi.   Mil.avv.   539   yil   Bobil   ham   ishg‘ol   etiladi.   Mil.avv.   550   yil
O‘rta   Osiyoga   yurish   davrida   Kir   II   vafot   etadi.   Kir   II   vorisi   Kambiz   II
mil.avv. 525 yilda Misrni istilo qilib, fir’avn nomini oladi. Mil.avv. 522 yilda
Eronda   zardusht   ruhoniysi   Gaumata   shahzoda   Bardiya   nomi   ostida
qo‘zg‘olon   ko‘taradi.   Kambiz   qo‘zg‘olonni   bostirish   uchun   qaytayotganda
yo‘lda sirli ravishda o‘ldiriladi. Gaumata yetti oydan so‘ng o‘ldirilib, taxtga
Doro   I   chiqadi.   Ana   shu   qo‘zg‘olon   davrida   Erondagi   ijtimoiy-iqtisodiy
institutlar   kurashi   bo‘ldi,   desak   xato   bo‘lmaydi.   Patriarxal-urug‘
jamoachiligidan   chetga   chiqib   ketmagan,   istilochilik   yurishlaridan   urug‘
boshliqlari   katta   boylik   ortirar   edi.   Shuning   uchun   ular   shohlarni   qo‘llab-
quvvatlar   va   uning   kuchayib   borayotgan   despotik   hokimiyatidan   go‘yoki
tashvishga   tushmas   edi.   Buning   oqibatida   oddiy   jamoachilarning   harbiy
majburiyatlari   va   bo‘ysundirilgan   xalqlarning   o‘lpon   to‘lash   majburiyati
oshib borar edi. Gaumata hokimiyat tepasiga kelgach, uch yil o‘lpon olishni
va   harbiy   majburiyatni   bekor   qiladi.   Shuning   uchun   uni   tezda   butun   Eron
podsho   sifatida   tan   oladi.   11   mart   522   yil   (mil.av.)   va   29   sentyabrgacha,
Gaumata   podsholigining   yetti   oyida   biror   marta   qo‘zg‘olon   ko‘tarilmaydi.
Gaumata   Eron   va   bo‘ysundirilgan   xalqlarning   turli   tabqalari   orasida   katta
obro‘   qozonish   uchun   harakat   qilib,   podsho   hokimiyatini   cheklanmagan
huquqqa   ega   deb   hisoblab,   Erondagi   taniqli   urug‘larga   qarshi   kurashdi.
Shuningdek,   katta   qudratga   erishgan   ibodatxonalarga   ham   qarshi   kurashdi.
Natijada,   yettita   Erondagi   eng   aslzoda   urug‘lar   fitna   uyushtirib,   Gaumatani
o‘ldiradilar.   Taxtga   Doro   I   o‘tiradi,   eski   tartiblarni   tiklash   tarafdori
bo‘lganligi uchun Doro I ga qarshi Vavilion, Fors, Lidiya, Elam, Marg‘iyona,
Parfiya,   Sattagidiya,   O‘rta   Osiyo,   Misrda   qo‘zg‘olonlar   ko‘tariladi.
Qo‘zg‘olonlar   mil.avv.   522-521   yillar   davomida   katta   qiyinchiliklar   bilan bostirildi.   Doro   I   mamlakatda   siyosiy-ijtimoiy   ahamiyatga   ega   islohotlar
o‘tkazdi.   Mil.avv.   548   yil   mamlakat   satrapliklarga   bo‘lindi.   Satrap   tepasida
xshatra-podsholik qo‘riqchisi unvonidagi shaxs turib, u satraplikdan ma’lum
miqdordagi   soliqlarni   podsho   xazinasiga   yetkazishi   lozim   edi.   Satraplar
ko‘proq fuqaroviy boshqaruvga ega bo‘lib, ular kumush va mis tangalar zarb
qilish   huquqiga   ham   ega   edilar.   Satraplardan   tashqari   harbiy   boshliqlar
mustaqil   bo‘lib,   to‘g‘ridan-to‘g‘ri   podshoga   bo‘ysunar   edi.   Mamlakatning
poytaxtlari   Suza,   Ekbaton,   Pasargardda   podsho   kanselyariyasi   tashkil   etib,
aloqa xizmatlarini yuzaga keltirdi. Podshoning ko‘z quloqlari nomli yashirin
politsiya  xizmati joylardagi  satraplar, aholi kayfiyatidan  shohni ogoh  qiladi.
Huquqiy   sohada   taniqli   urug‘   boshliqlari   katta   mavqega   ega   bo‘lgan.
shuningdek,   turli   urug‘-qabila,   xalqlardan   tashkil   topgan   davlatda   odat
huquqi, Bobil (Xamurappi), Misr qonunlari ham amalda qo‘llanilgan.
Mil.avv.   517   yil   pul   islohoti   o‘tkazilib,   8,4   gr   li   oltin   tangalar   zarb
qilina   boshlandi.   Fors   armiyasi   otlik   va   piyodalardan   tashkil   topgan   bo‘lib,
otliq askarlar sharqiy Erondagi saklardan ko‘proq olingan. Qo‘shin asosini 10
ming   kishini   tashkil   etuvchi   “o‘lim   bilmas”   askarlar   tashkil   etib,   uning
dastlabki 1000 kishilik tarkibi podshoning shaxsiy gvardiyasi taniqli urug‘lar
orasidan tanlab olingan. Doro I davrida tashqi siyosatda yunon-fors urushlari
(mil.avv. 490-449 yy.) Eronni iqtisodiy va siyosiy jihatdan kuchsizlanishiga
olib keldi. Mil.avv. 330 yilda A.Makedonskiy qo‘shinlari zarbasi ostida Eron
davlati   qulaydi.   Mil.avv.   VI-IV   asrlarda   Eron   iqtisodiyotida   dehqonchilik,
chorvachilik,   hunarmandchilik   ustun   mavqega   ega   bo‘lgan.   Misr,   Suriya,
O‘rta   Osiyo   hududlaridagi   Yerlar   rasman   podshoga   tegishli   bo‘lib,   podsho
yerni ijaraga berar, ijarachilar esa, yana mayda ishlab chiqaruvchilarga berar
edi. Bobilda murashu, Misrda Arshama va boshqalar shoh ijarachilari bo‘lib,
katta boylik to‘plar edilar. Bundan tashqari podshodan yer olib harbiy xizmat
o‘tab berish shakli ham vujudga kelgan edi. Suvda va quruqlikda savdo-sotiq rivojlanib,   Hindistondan   uzoq   Ispaniyagacha   erkin   savdo   qilish   mumkin
bo‘lgan shoh yo‘lining va mil.avv. 518 yilda Skilokning hind daryosidan qizil
dengizgacha  suzib  borgani  suv  yo‘lining  ahamiyatini  ortishiga  sabab  bo‘ldi.
Qulchilik   Eron   davlatining   o‘sib   borishi   bilan   rivojlandi.   Dastlab   qullar
urug‘chilik   an’analari   asosini   unchalik   yemirmagan   bo‘lsada,   keyinchalik
qullar (kurtash, bantak) jamiyatda katta rol o‘ynay boshladilar.
Eronning qadimiy va ilk o‘rta asrlar tarixida zardushtiylik dini katta rol
o‘ynagan.   Midiyaning   so‘nggi   podshosi   Astiag   davridayoq   zardushtiylik
davlat dini darajasiga ko‘tarilgan. Shu bilan bir qatorda o‘zga yurt xudolariga
ham e’tiqod davom etgan. Eron davlati kuchaygan davrda ham Misr, Bobil,
Finikiya,   Yunon   xudolariga   podsho   nomidan   qurbonliklar   qilingan,   albatta,
ular   Axuramazdaga   qilingan   qurbonliklardan   uch   barobar   kam   bo‘lgan.
Qadimiy   fors   yozuvi   Akkad   yozuviga   o‘xshasada,   ammo,   u   ko‘proq   alfavit
yozuv   bo‘lib,   40   ta   belgidan   iborat   bo‘lgan.   Qadimgi   Eron   arxitekturasi
yorqin   namunalari   Pasargad,   Persipol,   Suza   va   boshqa   shaharlarda   ko‘plab
topilgan.   Kir   II   daxmasi,   Doro   I   saroyi,   Eron   shohlari   maqbarasi   bo‘lgan
naqshi rustam, Behistun yozuvlar va boshqa ko‘plab arxitektura yodgorliklari
topilgan.   Ahamoniylar   davrida   Eron   san’atiga   Misr,   Bobil   san’atining
ta’siriga qaramay, Eron san’ati o‘ziga xos yo‘ldan rivojlandi. Asosan realistik
tasvirlarni   tasviriy   san’at   va   haykaltaroshlikda   tasvirlash   Eron   san’atining
asosiy yutug‘i edi.
Mil.avv.   334-323   yillarda   Eron   hududini   yunon-makedon   qo‘shinlari
bosib oladi. Keyinchalik  mil.avv.  250 yilgacha, salavkiylar  davlati  tarkibida
bo‘ladi.   247   yil   Parfiyada   dah-parx   qabilalari   yetakchisi   Arshak   salavkiylar
satrapi   Andragorni   mag‘lub   etib,   Parfiya   davlatiga   asos   soladi.   Parfiya
davlati   Mitridat   I   (mil.avv.171-138   yy.)   davrida   kuchayib,   Midiya,
Mesopotamiya   hududlarini   bosib   oladi.   Demetriy   II   salavkiylar   qudratini qayta tiklash uchun qilgan harakati (mil.avv. 141y.) muvaffaqiyatsiz tugaydi.
Mitridat   II   (mil.avv.123-87   yy.)   davrida   Parfiya   qudratli   davlatga   aylanadi.
Shu   vaqtdan   boshlab   Parfiya   Rimning   Sharqdagi   eng   katta   raqibi   bo‘lib
qoladi.   Mil.avv.   II-I   asrlardan   Parfiya   davlati   kuchsizlana   boshlaydi.   Rim
imperatorlari   Troyan,   Adrianning   qo‘shinlari   poytaxt   Ktesifongacha   yetib
keladi.   148-192   yillarda   Vologez   III   davrida   Parfiya   Rimga   qarshi   javob
zarbalari beradi.
Parfiya   shohlari   quruqlikdagi   savdo   yo‘llari   ustida   hukmronlikni   o‘z
qo‘llarida   saqlab   qolib,   qaroqchilarga   qarshi   kurash   olib   borish   maqsadida
maxsus   qo‘riqchi   bo‘linmalar   tuzadilar.   Davlat   tuzilishiga   ko‘ra   Parfiya
kichik-kichik   qaram   podsholiklardan   iborat   bo‘lib,   knyazlar   Markaziy
hiokimiyatga qarshi doim kurash olib borganlar. Parfiya madaniyatida yunon
elementlari   kuchli   ta’sir   etadi.   Orod   II   (mil.avv.   55-38   yy.)   Krassning
mag‘lubyati (mil.avv. 53 y.) haqidagi xabarni teatr ko‘rib turganda eshitadi.
Mahalliy   e’tiqodlar   bilan   bir   vaqtda   yunon   etiqodi,   yozuvi   saqlab   qolingan.
Ishlab   chiqarishda   asosan   qullardan   foydalanilgan.   Ijtimoiy   jihatdan   podsho
va   yirik   yer   egalari,   erkin   jamoachilar   yuqori   qatlamni   tashkil   etgan.
Podshoni   ikki   kengash   qabila   oqsoqollari   va   ruhoniylar   tan   olsagina   uning
hukmronligi   qonuniy   asosga   ega   bo‘lgan.   Turfa   xalqlar   va   madaniyatlarni
birlashtirgan Parfiya davlati mil.avv. III-I asrlarda yunon madaniyati ustunlik
qilar   edi.   Aristokratlar   orasida   yunon   tartib-qoidalari   asosida   yashash   va
o‘zini   tutishi   lozimligi   yoshligidan   singdirilardi.   Niso   shahri   (Ashxobod
yaqinida)ni   qazish   vaqtida   zardushtiylik   davri   va   elinistik   davr
ibodatxonalari,   arxitektura   yodgorliklari,   12   olimp   xudolari   e’tiqod   kultida
saqlanib   qolinganligi   aniqlangan.   Milodiy   II   asrdan   madaniyatda   Parfiya
motivlari kuchayib, arxitektura va tasviriy san’atda, shuningdek tangalar zarb
qilishda yaqqol ko‘zga tashlanadi. Eronning   Fors   viloyatidan   bo‘lgan   urug‘i   yetakchisi   Ardasher   dastlab
Parfiya   davlatining   udel   knyazi   edi.   224   yilda   esa,   Artaban   V   qo‘shinlarini
mag‘lub   etadi.   Tez   orada   Midiya,   Ozarbayjon,   Seyiston,   Xuroson,   Marv
vohasi,   Kaspiy   atroflari   bo‘ysundiriladi.   Armaniston   va   Gruziyaning   istilo
qilinishi   bilan   Zakavkazedagi   muhim   savdo   yo‘llari   ham   sosoniylar   qo‘liga
o‘tdi. Ardasher I vorisi Shopur I (241-272 yy.) davrida Rim imperiyasi bilan
uzoqqa cho‘zilgan urush boshlandi. Sosoniylar davlati Shopur II (309-379yy)
davrida   katta   qudratga   erishib,   Baxraynni   bosib   oldi.   Rim   bilan
muvaffaqiyatli   urushlar   olib   bordi.   Armaniston   va   Gruziya   ikki   davlat
o‘rtasida 387 yilgi sulhga ko‘ra taqsimlandi. Yazdigard I davrida xristian dini
Eron   hududlariga   tarqala   boshladi.   Bahrom   G‘o‘r   (421-438   yy)   davrida
xristianlar   ta’qib   ostiga   olinadi.   Yazdigard   II   (438-457   yy.)   Armanistonda
ham   zardushtiylikni   davlat   dini   darajasiga   ko‘tarishga   urinishi   katta
qo‘zg‘olonga   sabab   bo‘ladi.   Pero‘z   (459-484   yy.)   davridagina   qo‘zg‘olon
bostiriladi. Eronning bu davrdagi ijtimoiy tuzilishida uchta ozod, erkin tabaqa
mavjud bo‘lib, ular ruhoniylar, harbiylar, erkin dehqon yer egalari bo‘lib, IV
asrdan tabaqalarda o‘zgarish yuz beradi, ya’ni ruhoniylar, harbiylar, kotiblar
va   soliq   to‘lovchi   tabaqalar   shakllanadi.   Ruhoniylar   boshlig‘i-Mobedan-
mobed,   harbiy   qo‘mondon-Eron-Spohbed,   bosh   kotib-Dabirbed,   soliq
to‘lovchi tabaqa boshlig‘i-Vastriashon-salor deb atalgan. Ruhoniylarning oliy
tabaqasi   mobed   zardusht   kohinlari   maglarni   nazorat   qilib   turgan.   Mobedan-
mobed   shohdan   so‘ng   ikkinchi   o‘rinni   egallagan.   Eron   sipohdordan   so‘ng
yarim   mustaqil   viloyat   hokimlari   shahrdorlar   turgan.   Undan   so‘ng   vispuxr-
qadimgi Eron aslzoda urug‘lari turib, ular muhim davlat ishlarini bajarganlar.
Keyingi   tabaqa   vazirlar   bo‘lib,   hududiy   bo‘linish   va   armiyada   muhim
mansablarda   bo‘lganlar.   Qo‘shin   asosini   azatlar   (erkin   jamochilar)   tashkil
etgan.   Kotiblar   tabaqasiga   xat   yozuvchilar,   astrologlar,   tarjimonlar   kirgan.
To‘rtinchi tabaqaga dehqon, hunarmandlar, savdogarlar kirgan. Sosoniylar davrida zardushtiylik davlat dini darajasiga ko‘tarilgan edi.
Zardushtiylik   ta’limoti   ezgulikka   xizmat   qilishdan   iborat   edi.   Ijtimoiy-
siyosiy,   iqtisodiy   jarayonlarning   rivojlanishi   natijasida   jamiyatdagi   ba’zi
savollarga   javob   bera   olmay   qolayotgan   bir   vaqtda   yangi   diniy   ta’limotlar
vujudga kela boshlaydi.
Shopur   I   hukmronligi   davrida   taxminan   241-242   yillarda   gnostik
(diniy-falsafiy   oqim   bo‘lib,   xristianlik   va   ellinizm   ta’limotini   mifologik
tarzda   yaqinlashtirishga   uringan)lik   maktabi   a’zosi   Moniy   Eronda   moniylik
ta’limotini   targ‘ib   eta   boshlaydi.   Bu   din   ezgulik   va   qorong‘ulik   kurashiga
asoslangan   g‘oyalarni   targ‘ib   etadi.   Inson   ezgulikka   yordam   berishi   uchun
qon to‘kish, zo‘ravonliklardan voz kechishi, musiqa, raqs, tavsiriy san’at kabi
sohalar   bilan   shug‘ullanishi   lozim   bo‘lib   hisoblangan.   Sudxo‘rlik   orqali
to‘kin,   tinch   farovon   yashash   lozim   deb,   tarkidunyochilikni   targ‘ib   qilgan.
Zardusht   kohinlari   tomonidan   Moniy   276   yili   qatl   etiladi.   Ammo,   uning
ta’limoti butun Eronga tarqalib bo‘lgandi.
484   yilda   Vizantiyada   nestorian   mazhabi   yeretik   deb   tan   olingach,   bu
mazhab   vakillari   Vizantiyaning   raqibi   Eronga   qochadi   va   xristianlik   dini
targ‘ib   qilina   boshlanadi.   Shu   bilan   bir   qatorda   Mesopotamiya   va   Eronning
Markaziy   viloyatlarida   yahudiylik   dini   ham   targ‘ib   qilingan.   Mazdak
g‘oyalari ham ko‘pdan ko‘p diniy qarashlar asosida shakllanib V asr oxiri-VI
asrlarda katta ta’sirga ega bo‘ldi. Chunki zardushtiylik, ellinistik, xristian va
yahudiylik diniy g‘oyalari asosida shakllanadi. Bir necha yil qurg‘oqchilik va
chigirtka   urushi   natijasida   hosilsizlik   natijasida   xalq   noroziligi   kuchayib
boradi. Shu vaqtda (491y.) mazdakiylik g‘oyasi asosida ilk qo‘zg‘olon bo‘lib
o‘tadi.   496   yilgi   mazdakiylar   chiqishi   podsho   Kavodni   eftalitlar   hukmdori
Vaxshunvar   huzuriga   qochishi   va   499   yil   eftalit   qo‘shini   yordamida   taxtga qaytishiga sabab bo‘ldi. Kuchayib ketgan mazdakchilarni 529 yilda shohning
o‘g‘li Xusrav I quvg‘in qilishga erishadi. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Boynazarov   F.A.   Qadimgi   dunyo   tarixi.   O‘quv   qo‘llanma.   T.:“A.Qodiriy
nomidagi xalq merosi nashriyoti”, 2004 y.
2.   Mualliflar   guruhi.     Jahon   tarixi.   Qadimgi   va   o‘rta   asrlar   davri.   Darslik.   T.:
TDPU., 2013.
3.   Rajabov   R.   Qadimgi   dunyo   tarixi.   O‘quv   qo‘llanma.   T.:“Fan   va   texnika
nashriyoti”, 2009 .
4.   Nuriddinov   E.,   Lafasov   M.,   Kichilov   X.   Eng   yangi   tarix   (1918-1945).
Darslik.  T., Nasaf, 2010
5.   Mirziyoyev  SH.M.   Buyuk  kelajagimizni  mard   va   olijanob   xalqimiz  bilan
birga quramiz. - Toshkent, О‘zbekiston, 2017.  - 488 b.
6.   Mirziyoyev   SH.M.   Erkin   va   farovon,   demokratik   О‘zbekiston   davlatini
birgalikda barpo etamiz. - Toshkent, О‘zbekiston, 2016.  - 56 b.
7.   Mirziyoyev   SH.M.   Qonun   ustuvorligi   va   inson   manfaatlarini   ta’minlash-
yurt   taraqqiyoti   va   xalq   faravonligining   garovi.   -Toshkent,   О‘zbekiston,
2017.- 48 b.
8.   Mirziyoyev   SH.M.   Tanqidiy   taxlil,   qat’iy   tartib   intizom   va   shaxsiy
javobgarlik   -   har   bir   rahbar   faoliyatining   kundalik   qoidasi   bо‘lishi   kerak.   -
Toshkent, О‘zbekiston, 2017. - 104 b.
9.   2017-2021   yillarda   О‘zbekiston   Respublikasini   rivojlantirishning   beshta
ustuvor yо‘nalishi bо‘yicha Harakatlar strategiyasi. О‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947 sonli Farmoni.
10.  Gulyamov X.G., Tatiboеv A.S. «O‘rta Osiyo va jahon tarixi» 
      T., 1993. 
11. Jo‘raеv U., Saidjonov Y. Dunyo dinlari tarixi. T., “Sharq”, 1998.
12. Малявин В. «Конфуции» М., 1994.

Qadimgi Kavkazorti va Eron sivilizatsiyalari. Reja: 1. Qadimgi Kavkazorti o‘lkalari madaniyati. 2. Mil.avv. III ming yillikda Eron. Elam – Midiya davlatlari va madaniyati. 3. Ahamoniylar davrida Eron. Ijtimoiy-iqtisodiy institutlar, mazdakiylik, Ahmoniylar davrida Eron madaniyati. 4. Parfiya va Sosoniylar davrida Eronning iqtisodiy-ijtimoiy ahvoli. Adabiyot va san’at.

Kavkazorti o‘lkalari ham qadimgi sivilizatsiya o‘choqlaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Arxeologik izlanishlar bu o‘lkada mil.avv. V-IV ming yilliklardayoq dehqonchilik madaniyati yuzaga kelganligini ko‘rsatadi. Ilk dehqonchilik madaniyatlari Shomtepa (Ozarbayjon), Shulaveri (Gruziya), Texut (Armaniston), shuningdek, Kura va Araks daryolari havzalari bo‘lib hisoblanadi. Dastlab yerga tosh qurollar, keyinchalik metall qurollar bilan ishlov berila boshlangan. Bug‘doy, arpa, tariq, no‘xat asosiy o‘simliklar bo‘lib, yerga jamoa bo‘lib ishlanganini arxeologik ashyolar isbotlab turibdi. Mil.avv. III ming yilliklarda Kura va Araks daryolari nomi bilan ataluvchi dehqonchilik madaniyatlarida bronza mehnat qurollari ishlatila boshlanganini ko‘rish mumkin. Xo‘jalik taraqqiyoti bilan bir qatorda dehqonchilik manzillari, qishloqlar devor bilan o‘rab olina boshlandi. Qishloqlar savdo, hunarmandchilik markazlariga aylana bordi. Tabiiy sharoit tog‘liklardan iborat bo‘lgani uchun dehqonchilikda terassali usul ko‘proq qo‘llanilgan. Bog‘dorchilik ham qadimdan taraqqiy qilgan bo‘lib, asosan uzumchilikka katta e’tibor qaratilgan. Yerlarni sug‘orishda koriz usulidan keng foydalanilgan. Er.avv. II ming yillikdan boshlab Kavkazorti o‘lkalarida yerga ishlov berishda temir qurollardan foydalanish boshlandi. Dehqonchilik qo‘rg‘onlari kengayib borib, ularning diametri 80-100 metrni tashkil eta boshladi. Mil.avv. II ming yillik oxirida Arman tog‘lari, Van ko‘li atroflarida Urartu davlatining vujudga kelishi kuzatiladi. Dastlab, bu hududlarga Ossuriya podsholari o‘lja olish maqsadida bosqinchilik yurishlari qilib turganlar. Qadimgi manbalarda bu hududlarni Uruatru, Biaynili, Ararat deb ataganlar. Mil.avv. XIII asrda bu hududlarga yurishlar qilgan Ossur podshosi Salmanasar I urartu qabilalarida 8 ta davlat mavjud, deb yozib qoldirgan. XIII asr oxirida yurish qilgan Ossur podshosi Tiglatpalasar I 23 ta podshoni yenggani haqida yozib qoldirgan. Demak, Urartu davlati konfederatsiya,

ya’ni qabilalar birlashuvidan tashkil topgan. Poytaxti Van ko‘li yaqinidagi Teshabayni shahri bo‘lsa, diniy-madaniy markaz Mussasir shahri hisoblangan. Urartu podsholari tashqi dushman (Ossuriya)larga qarshi qariyb 3-5 asr kurashib, mil.ava. IX asrda podsho Aramu (mil.avv.864-845 yy.) davrida yagona davlat bo‘lib birlashdilar. Aramu Ossur podshosi Salmonasor III ga qarshi muvaffaqiyatli kurashlar olib boradi. Podsho Sarduri I (835-825 yy.) davrida Urartuda podsho hokimiyati mustahkamlandi. Urartu davlati poytaxti Teshabaini (Tushpa)ga asos solindi. Shoh Impulning (mil.avv.825- 810 yy.) markaziy hokimiyati kuchaydi. Davlat hujjatlarini yuritishda Ossur tilidan voz kechib, Urartu tilida yuritila boshlandi. Urartuliklarning qadimgi diniy tasavvurlari tabiat hodisalariga asoslangan. Asosiy xudolar Xoldi-osmon, Teysheba-yomg‘ir, Shivini-quyosh xudolari uchun Musassir shahrida ibodatxonalar qurilgan. Impulnining o‘g‘li Menua (mil.avv.810- ??? yy.) davrida shimolga Kavkazortiga va janubiy g‘arbga Suriyaga harbiy yurishlar qilingan. Bu davrda Urartu qadimgi dunyoning eng qudratli davlati bo‘lib qoladi. Menua poytaxt Tushpani suv bilan ta’minlash maqsadida 70 km uzunlikda kanal qazdirgan. Kanal uning nomi bilan atalgan. Shuningdek, ko‘plab chegara istehkomlari, qal’alar qurdirgan. Urartu davlati qulagach, mil.avv. VI asr boshlarida uning hududlarida Arman davlati vujudga keldi. Aslida Arman davlati Urartu madaniyati davomchisi bo‘lib, uning tashkil topishida qadimgi urartuning Armeshupriya viloyati (Urartu konfederatsiyasiga kiruvchi bir knyazlik) katta rol o‘ynadi. Arman podsholigi, Ossuriya va Bobil ahamoniylar tomonidan tor-mor keltirilgach, Eronga qaram bo‘lib qoladi. Eron ahamoniylari arman podsholiklarini mahalliy Yevronidlar sulolasi vakillari orqali boshqarganlar. Armaniston satraplari faqat Yevronidlardan tayinlangan. Yevronidlar

hokimiyatni o‘z qo‘llarida tutib turish uchun hatto ahamoniylar bilan qarindoshchilik aloqalarini ham yo‘lga qo‘yganlar. Arman podshosi Yervan IIAhamoniylar podshosi Artakserks II singlisiga uylanadi. Fors madaniyati asta-sekinlik bilan Bobil, Ossur madaniyatini Armanistondan siqib chiqara boshlaydi. Eron ahamoniylari davlati qulagach, Armaniston qisqa vaqt “Mustaqil” bo‘ladi. Lekin A.Makedonskiy davlati tarkibiga kiradi. Ellinizm davrida Armanistonda yunon madaniyati gullab yashnaydi. Yunon- makedonlar asos solgan Fasis, Dioskuriada shaharlari mamlakat iqtisodiy- madaniy hayotiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Mil.avv. VI asrdagi Yunon koloniyachiligi boshlanishi bilan yunon dunyosida Kolxida va uning afsonaviy boyliklari haqidagi afsonalar paydo bo‘ladi. Mil.avv. V asrga oid ayol qabridan 1600 ta oltinga ishlov berilib, tayyorlangan buqa, sher, shaklidagi haykalchalar va taqinchoqlar, shuningdek, temir buyumlar topilishi Kolxida Kavkazortidagi muhim metalga ishlov beruvchi hudud bo‘lganini tasdiqlaydi. O.D. Lorkiponidze va G.A. Lorkipanidzelar hozirgi kunda Kolxida madaniyatini arxeologik asosda o‘rganishda ko‘plab tadqiqotlar olib bormoqdalar. Qadimgi Yunon afsonalarida argonavtlarning oltin mo‘yna izlab Kolxidaga kelishi, Kolxida haqida yunonlarning mil.avv. I ming yillik boshlaridayoq bilganliklarini ko‘rsatadi. Strabon asarlarida yozilishicha, Kolxidada kemasozlik rivojlangan, savdo kemalari xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan, mil.avv.V-IV asrlarda Kolxidaning o‘z tanga pullari bo‘lib, uni “Kolxitka” deb ataganlar. Tangalar bir tomoniga hukmdor surati, orqa tomoniga hukmdorlik ramzi buqa tasviri tushirilgan. Mil.avv. III asrdan boshlab temir kolxitkalar o‘rniga podsho Aka oltin tangalar zarb qildira boshlaydi. Kolxida madaniyatini o‘rganishda Van qal’asini arxeologik tadqiq etish muhim xulosalar chiqarishga asos bo‘ladi. Qal’a Sulari va Rioni daryolari

tutashgan joyda bo‘lib, ikki qismlidir. Birinchisi, uchburchak shaklidagi Akropol, ikkinchi qismi oddiy aholi yashaydigan shahar qismidan iborat, bu yerda antik madaniyatga xos sopolchilik, rassomchilik, marmarni qayta ishlash san’ati mahalliy va yunon madaniyatlarining uyg‘unlashuvi asosida o‘ziga xos madaniyat yaratilganligini ko‘rsatadi. Kolxidadagi Sinop va Gerokleya shaharlari sof yunon madanitiga xos bo‘lib, ular yunon koloniyalaridan shahar darajasiga o‘sib chiqqan. Mil.avv. III asrda tashkil topib, milodiy III-IV asrlargacha yashagan Iberiya podsholigi sharqiy Gruziyada tashkil topgan. Uning tarixini antik davr tarixchilari asarlari orqali, ya’ni Iberiyaning ilk tarixi haqida muhim ma’lumotlarni bilish mumkin. Arxeologik tadqiqotlar natijasida mil.avv. III-I asrlarga oid Dedoplis Mendori yodgorligidan yunon Makedoniya yodgorliklari ko‘plab topilgan. Qal’a shimoldan janubga tomon cho‘zilib, 6 ga maydonni tashkil qiladi. Qal’a baland tosh devor bilan o‘ralgan. Qal’aning janubida 46 ga 30 metrli 4 ta zaldan iborat ibodatxona joylashgan. 90 metr shimolda, ya’ni qal’aning shimoliy qismida yana bir kichik ibodatxona bo‘lib, har ikki ibodatxonadan qal’aning sharqi va g‘arbidagi darvozalarga boradigan yo‘l bo‘lgan. Arxeolog Yu.M. Gagonidze boshchiligida arxeologlar bu kompleks ibodatxonani o‘rganib, uni mazdakiylar ibodatxonasi bo‘lgan, deydi. Ibodatxona devorlaridagi yozuvlarda mahalliy diniy e’tiqod mabudlari bilan birga Avestodagi Anahita ilohasining nomi ham saqlanib qolingan. Antik mualliflar Strabon va Pliniy kichik asarlarida Iberiyaning birinchi podshosi Parnavoz Armozi tog‘ida Bogineti shahrini qurganini yozib qoldirganlar. Arxeologik tadqiqotlarda, mustahkam mudofaa devorlari, saroylar, ibodatxona, hunarmandchilik ustaxonalari topilgan. Qurilishlar mahalliy an’analar asosida olib borilgan. Mantiya Mroveli qal’asining qurilishida ham Bogineti an’analari saqlangan. Tabiiy sharoitdan kelib chiqib uy, saroy va boshqa inshootlar toshdan qurilgan. Hattoki, щsha