logo

Eng qadimgi va qadimgi odamlarning vujudga kelishi va mehnat faoliyati

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

37.3681640625 KB
Eng qadimgi va qadimgi odamlarning vujudga kelishi va mehnat faoliyati
Reja:
1. Eng qadimgi odamlarning vujudga kelishi. 
2. Sharqiy Afrikadan topilgan paleantropologik topilmalar tavsifi 
3. Homo Habilisning turmush tarzi va mehnat faoliyati
4. Olduvay madaniyati
5. Ye vropa hududiga eng qadimgi odamlarning tarqalishi. 
6. Ye vropadan topilgan paleantropologik topilmalar tavsifi 
7. Homo Ergaster va Homo Erektuslarning turmush tarzi va mehnat faoliyati
8. Geydelberg odami va Homo antecessor
9. Osiyo hududiga eng qadimgi va qadimgi odamlarning tarqalishi.  1890-91 yillarda Yava orolidan topilgan topilmalarni (ya’ni pitekantroplarni
koldiklarini) analizi shuni kursatdiki, bu suyaklar boshni tepa kismi bulib, ular shu
jonzotni ikki oyoklab yuriganidan dalolat beradi. 
Shuning   uchun   bu   topilmani   xam   Pitecanthropus   deb   ataydilar.   Bu
pitekantroplarni suyak koldiklari juda katta munozaralarga sabab buldi. Chunki bu
gurux   olimlar   bu   suyaklar   “Mikrotsefalga”   ya’ni   xozirgi   amon   kichik   odamning
uzgargan shakli. (kasallik natijasida) degan fikrga xam keldi. Lekin keyingi yillada
pitekantroplarga   tegishli   yigirmadan   ortik   suyak   koldiklarini   topilishi   va   ularni
obdon   urganilishi   yukoridagi   fikrni   notugri   ekanligini   isbotlabgina   kolmay,   balki
bu   pitekantroplar   inson   evolyusiyasini   kursatuvchi   va   xozirgi   zamon   odamlarini
shakllanish   jarayonini   ma’lum   bir   boskichini   kursatuvchi   daliliy   ashyo   ekanligini
namoyon kldi.
Lekin shuni aytish kerakki bu pitekantroplar xozirgi zamon odamlaridan uz
miya   xajmlari   bilan   kuprok   ajralib   tursalar   xam   tugri   yurishlari,   kul   xarakatlari
bilan   xam   fark   kilar   edilar.   Demak,   tugri   yurish   va   kul   xarakatlari   pitekantroplar
davrida   kamolotga   yetgan   bulsada,   miyaning   usishi   orkada   kolgan.   Ba’zi   olimlar
bunga sabab  qilib  mexnat kurollarini juda oddiy bulganligi ni ta’kidlashadi .
Pitekantroplarni   miya   xajmi   900   sm   3  
  bulib,   cherepi   (bosh   kismi)   kup
xollarda maymunlarnikiga uxshashdir. Koshi burtib chikkan.
Agar   avstrolopitekni   bosh   suyagi   bilan   pitekantropni   solishtirsak,
pitekantroplarniki   ancha   tarakkiy   etganini   kuramiz.   Anikrogi,   pitekantroplarning
boshini xajmi avstrolopiteknikiga nisbatan 1,5 barobar katta. (avstrolopiteklarning
miya   xajmi   550-600   sm.   3  
)   shuni   aloxida   ta’kidlash   keraki,   pitekantroplarning
suyak  koldiklarini   xammasi  pereanlotennыe   xolatida  topilgan.  Buning  ustiga   ular
tosh   kurolari   bilan   birga   topilmagan.   Chunki   madaniy   katlam   joyidan   tabiat
kuchlari   ta’sirida   siljigan.   Shuning   uchun   xam   olimlar   urtasida   pitekantroplar
kurollar yasashni bilganlarmi? Yoki blimaganlarmi? Deb munozara bulgan. Lekin
shu pitekantroplarning suyak koldiklari topilgan joylardan uzok bulmagan joylarda
tosh kurollar topilgan. Ularni shu pitekantroplarga tegishli. Ular tabiat kuchlarining
ta’sirida xar xil joylarga joylashgan deb fikr yurituvchilar xam bor. 1954   yillarda   yana   bir   ilk   pleystotsen   davriga   oid   suyak   topilma   topilgan.
Ammo   juda   oz   mikdorda.   Lekin   buni   kimmati   shundaki,   madaniy   katlam   Yava
orolidan fark kilib shikastlanmagan (nepotrevotennыm). Yana muxim tosh kurollar
bilan birga topilgan bu odam koldiklari pitekantroplarni tosh kurollari deb topilgan
taxminlarni   tugri   deb   topilganligiga   guvox   bula   oladi.   Chunki   ular   bir   birlariga
uxshash   bulib,   davrlari   xam   deyarli   bir   xil.   Demak,   morfologik   atlantroplar
pitekantroplar   bilan   tarakkiy   etish   jixatidan   bir   tekislik   (uroven)   dabulganlar.
Kadimgi   odamlarning   morfologik   turlarini   evolyusiyasini   tushunishda   muxim
axamiyatga   ega   bulgan   topilma   1927   yilda   Xitoyning   shimolida   Pekindan   uncha
uzok   bulmagan   Chjou-   Kou   goridan   topilgan.   Bu   gor   eng   kadimgi   ov   gorlaridan
bulib, bu yerlardan arxeologik materiallardan tashkari 40 ta erkagu ayol va bolalar
suyak koldiklari topilgan. Bu suyak koldiklarining ilmiy analizi shuni kursatadiki,
ularning   tashki   morfologik   kurinishlari   pitekantropga   nisbatan   ancha   tarakkiy
etgan   bulib,   xozirgi   odamlar   kiyofasiga   ancha   yakinlashgan.   Demak,   bular
pitekantroplarga   nisbatan   ancha   keyingi   davrga   oid   bulib,   ularni   Sinentropus
Pekinenis   deb ataganlar. Bu turdagi  odam suyaklarining topilishi, ya’ni  tula tukis
topilishi   sinantroplarni   skeletlarini   tula   tiklashga   imkon   berib,   pitekantroplarni
chala skeletlarini tiklashga va ular xakida tula tasavvur xosil kilishimizga yordam
berdi.   Sinantroplar   xam   pitekantroplar   kabi   urta   buyli   bulib,   mukammal   tana
tuzilishiga ega bulganlar. Ularning miya xajmlari 900 sm  3
 ga tugri kelgan.
Lekin   shunga   karamay,   chereplarida   xali   primitiv   belgilar   mavjud   edi.
Mexnat   kurollarini   takomillashganligi,   ya’ni   ikki   tomonlama   ishlov
(dvuxstoronnaya   obrabotka)  berishni  vujudga  kelishi   ularni  nutklari   xam   vujudga
kelishidan dalolat beradi. Chunki mexnat kurollarini takomillashuvi shu kurollarni
kupchilik tomonidan, ya’ni bir biridan urganib, kilishligidan kelib chikadi. Demak,
uzaro   munosabatlar   vujudga   kelgan.   bu   munosabatlar   esa   uz   navbatida   tubiiy
ravishda nutkni keltirib chikargan. 
Sinantroplar yirik xayvonlarga- bugu, oxu, yovvoyi otlar xatto nasoroglarni
xam   ov   kilgan.   Ularning   joylari   doimiy   tarzda   gorlarda   bulgan.   Olovdan
foydalanishni   bilganlar.   Chjou-Koudagi   kulning   kalinligi   bir   necha   metr   bulgan. Olovdan   foydalanishni   axamiyati   shundaki   odamlarni   imkoniyatlari   kengaydi.
Olov   odamlarga   issiklik   berdi.   Gushtni   pishirib   yeyishlari   natijasda   ovkat   yaxshi
xazm   bula   boshladi.   Xayvonlarni   kurkitib   uzlari   xoxlagan   joylarga   kuvlab   olib
borishlari   mumkin   buldi.   Eng   muximi   yogoch   kurollarni   uchlarini   kuydirib,
utkirladilar.
Sun’iy olov paydo kilish garchi sinantroplarga ayon bulmagan bulsa xam uni
paydo   bulishida   ikkita   narsa   muxim   rolg‘   uynagan.   Birinchisi,   toshni   toshga
urishda   paydo   bulgan   bulsa,   ikkinchisi   yogochni   yogochga   ishkashga   vujudga
kelgan kuyish jarayoni bulgan. 
(Ulug vatan urishi davrida odamlar shu usuldan foydalan-ganlar).
1965   yilda   Yevropaning   Vengriya   xududida   Verteshselleshida   kadimgi
gominidlar   suyagi   topilib,   ularning   bosh   xajmi   1400   sm.   3  
  edi.   Bu   topilmani
olimlar eng kadimgi neandertales  ki   pitekantrop   va   sinantroplarni   utish
davridagi   odamni   suyagi   degan   fikrga   keldilar.   Nixoyat   odam   ajdodlarining
koldiklari   tashki   kurinishlari   jixatidan   pitekantroplar   va   sinantroplarga   uxshagan
ilk   plestotsen   va   urta   plestotsen   katlamlaidan   Afrikada   juda   kuplab   topildi.
Bularning   (bosh   miya   xajmi   jixatidan)   xammasi   Yava   maymun   odamidan   fark
kiladi.   Maymunlarga   uxshagan   ,   ya’ni   miya   xajmi   xam   uncha   tarakkiy   etmagan
pitekantrop, sinantrop, atlantrp, geydelberg ordami va boshkalar nisbatan ilik joyda
Afrikada, Yevropada va Osiyoning janubiy xududlarida yashagan.
Pitekantroplar geografik jixatdan juda katta to t Katta Zond arxipelagigacha
bulgan   xududlarda   joylshib   usha   ibtidoiy   sharoitda   bir   birlari   bilan   alokada
bulmaganlar.   Bundan   xulos   shuki,   ayrim   olimlarnin   fikricha   ular   uzaro
munosabatda bulmaganlar.
Pitekantrop uruglari bir necha turlardan iborat bulib, ular bir birlaridan xulki,
tashki   kurinishi,   madaniyati   jbilan   fark   kilgan.   Bu   fikrni   pitekantroplar   davriga
mansub   yodgorliklardan   topilgan   arxeologik   materiallarni   xar   xilligi,   xatto   bitta
materikdagi   yodgorliklarning   topilmalarini   xar   xilligi   tasdiklaydi.   Pitekantroplar
uchun kuyi va urta plitotsen tugri keladi.  Ye r   yuzidagi   eng   qadimiy   odam   yava   pintekantropi   emas,   balki,   sharqiy
Afrikada 3-2,5 mln yil ilgari yashagan «Gomo xabilis»-«ishbilarmon odam» ekan.
Sharqiy   Afrikadagi   Tanzaniyaning   Olduvay   darasidantopilgan   arxeologik   va
antropologik materiallar bu fikrni aytishga imkon berdi. Keniya va Efiopiyada olib
borilgan   qazish   ishlari   olduvaydan   topilgan   materiallarga   juda   muhim   aniqlik
kiritdi.
Olduvay   darasi   tanzaniyaning   shimolida   bo‘lib,   Eyasi   ko‘lidan   36   km.
shimoliy-sharqdadir.   Daraning   uzunligi   40   km,   chuqurligi   esa   100-130   mertdan
iborat.   Olduvay   darasidan   qazilma   hayvonlarning   qoldiqlari   1911   yildan   boshlab
topila boshlagan.
1931   yili   keniyalik   ingliz   olimi   Luis   Liki   darada   qizg‘in   arxeologik   va
poleontologik   qazish   ishlari   olib   borar   ekan,   har   xil   davrga   mansub   tosh   asri
madaniy   qatlamlarini   topishga   muyassar   bo‘ladi.   Bu   borada   Luis   Lekining
xizmatlari   juda   kattadir.   L.   Liki   vafot   etgach   (1972)   uning   ishlarini   rafiqasi   Meri
Liki va o‘g‘li Richard Liki davom ettiradilar.
Keyingi   15-20   yil   ichida   Olduvay   darasidan   olib   borilgan   arxeologik
qazishlar   natijasida   odamsimon   maymunlar,   eng   qadimgi   maymunsimon
odamlarning   kalla   va   boshqa   suyaklari,   shuningdek   eng   qadimgi   odamlarning
mehnat faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan buyumlar topilgan.
1959   yili   Luis   va   Meri   Likilar   Olduvay   darasidan   avstralopiteklardan   farq
qilmaydigan   maymunsimon   mavjudodning   kalla   suyagini   topishga   muvaffaq
bo‘ldilar.   Mazkur   mavjudod   miya   qutisining   hajmi   530   sm 3
  bo‘lib,
avstrolopiteklarnikidan   katta   bo‘lmagan.   Ammo   kalla   suyak   yotgan   qatlamda
oddiy   tosh   qurollarning   mavjudligi   uni   avstorlopitek   maymuni   emas,   balki   Yava
pitekantropiga   nisbatan   ilgariroq   yashagan   maymunsimon   odam   deb   aytishga
imkon   berdi.   Tadqiqotchilar   bu   odamga   «zinjantrop»,-   deb   nom   ham     berishdi.
Ba’zi   olimlar   uni   odam   jesa,   ayrimlari   avstrolopitek   maymuni   deb   xisoblaydilar.
Lekin   bir   yil   o‘tgach   ya’ni   1960   yil   «zinjantantrop»   topilgan   joydan,   faqatgina
biroz   chuqurroqda   «zintrantrop»ga   nisbatan   ham   tarqqiy   etgan   mavjudodning
suyak   qoldiqlari   topilgan.   Olimlar   unga   «prezinjantrop»   deb   nom   berishdi Xozirgacha mazkur joy va qatlamdan prezinjantropning 5 dan ortiq suyak qoldig‘i
va   tosh   qurollari   va   bir   qator   hayvonlarning   maydalangan   suyaklari   topilgan.   Bu
mavjudod   qurol   yasay   olgan   ekan,   unga   «Gomo   xabilis»-«ish   bilarmon   odam»
degan   nom   berildi.   U   Yava   pitekantropigacha   yashagan   eng   qadimgi
maymunsimon   odam,   deb   xisoblanadi.   Zinjantrop   esa   avstrolopitek   maymuni
bo‘lib, boshqa havonlar qatori u «Gomo xabilis»ning ov o‘ljasi bo‘lgan.
Kaliy-orgon usuli bo‘yicha va boshqa dalillarga asoslanib ishbilarmon kishi,
1,75-185 mln yil ilgari yashagan.
Gomo   xabillis   topilgan   joyning   yuqoriroq   qatlamidan   olduvay
pitekantropining   qodig‘i   va   tosh   qurollari   hali   topilgan.   Prezinjantrop   topilgan
joyning   o‘zidan   avstrolopiteklarning   suyaklari   ko‘plab   chiqdiki,.   Bu   xol   mazkur
mavjudodlar   ish   bilarmon   kishilarning   asosiy   ov   manbalaridan   biri   ekanligini
bildiradi.
Gomo   xabillisning   bo‘yi   122-140   sm   bo‘lib,   ikki   oyoqda   yurgan,
Tobayesning   fikricha   miya   qutisining   hajmi   675-680   sm 3
  ni   tashkil   etib,
avstrolopiteknikidan kattaroq, pitekantroplarnikiga nisbatan kichkroq bo‘lgan.
Yuqori   va   quyi   jag‘lari   avstrolopitekoarnikidan   kichikroq,   pitekantrop   va
hozirgi   zamon   odamnikiga,   ancha   yaqin   bo‘lgan.   Uning   barmoq   va   bo‘g‘inlari
odamnikiga   juda   o‘xshab   ketgan   va   tosh   qurollar   yasash   qobiliyatiga   ega
bo‘lganki, buni Olduvayning qatlamlaridan topilgan tosh qurollar tasdiqlaydi. 
Shunday   qilib,   gomo   xabillis   avtsrolopitek   maymunlari   bilan   pitekantrop
oralig‘idagi mavjudod bo‘lib, eng qadimgi odam edi.
Gomo   xabillis   faqatgina   Olduvay   darajsidagina   bo‘lib   qolmay,   ancha   keng
tarqalgan edi. 
1961 yili Chad Respublikasining Ndjamen degan joyidan 600 km shimoliy-
sharqiy yerdan chadantrop kalla suyagining  parchasi  topilgan bo‘lib 1 million yil
qadimiylikka   ega.   Chadantropning   jismoniy   tuzilishida   avstrolopitekning     ham
olduvay   pitekantropining   hali   belgilari   mavjud.   Bu   xol   uni   Gomo   xabillisga
qo‘shish   imkoniyatini   beradi.   Chadantrop   suyagi   bilan   birga   hech   qanday   tosh
qurol   topilgan     bo‘lmasa   ham,   mazkur   joydan   qadimgi   olduvay   davriga   oid   tosh qurollar uchraydi. Olduvay darajasida ajoyib kashfiyotlar 60 yillarining oxiri va 70
yillarda   Keniyada   va   Efiopiyada   Turkona   ko‘li   qirg‘oqlarida   ham   arxeologik
qidiruv va qazish ishlarini keng ko‘lamda olib borish uchun turtki bo‘ldi.
U yerga xalqaro ekspozitsiya tashkil etilib, qazish ishlariga fransuz, amerika
va keniya arxeologlari, antropologlari va poleantropologlari rahbarlik qilishdi. 
Xalg‘aro   ekspeditsiya   tomonidanto‘plangan   boy   materiallar   odamning
tarqalishi,   ularning   sanasi   va   madaniyati   masalalarini   xal   etishda   juda   katta
ahamiyatga ega bo‘ldi.
1970   yili   Keniyadagi     Koobi-For   degan   joydan   shunday   madaniy   qatlam
topildaiki,   undagi   olduvay   davriga   mansub   tosh     qurollar   kaliy-orgon   usuli   bilan
hisoblangan. 3-3,5 million yil ilgari yasalganligi ma’lum bo‘ldi. Bu inson yaratgan
eng qadimgi va dastlabki tosh quroli edi.
Koobi-Fordaga   mazkur   topilmalar   insoniyatning   bundan   2,6   million   yillar
ilgari   hayvonot   olamidan   ajralib   chiqqanligi   ko‘rsatadi.   Shuni   ham   aytib   o‘tish
kerakki,   Koobi-Forda   avstrolopitek   maymunlarining   qoldiqlari   va   boshqa   ko‘p
suyaklar   topilgankim,   ehtimol   ularni   bir   qismi   Gomo   xabillisga   mansub   bo‘lishi
ham mumkin.
Efiopiyaning   Omo   daryosi   darasidan   qadimgi   olduvay   davriga   mansub
qurollar topilib, sanasi 1,9-2,2 million yilga borib taqaladi.
Mazkur   joydan   har   xil   avstrolopitek   maymunlarning   suyaklari   topilib,
ularning   sanasi   2-4   million   yilni   o‘z   ichiga   oladi.   Ularning   ba’zilari   «ishilarmon
odam»ga mansub bo‘lishi ham mumkin degan fikr olimlar orasida keng yoyilgan.
Demak   sharqiy   va   markaziy   Afrikadantopilgan   odam   suyaklari,   mehnat
qurollari   insoniyat   tarixining  ilk   bosqichini   o‘rganish   uchun  juda   katta   imkoniyat
yaratadi. 
Shunday qilib Sharqiy Afrikadagi so‘ngi kashfiyotlar yerda odamning paydo
bo‘lish davrini qarib 3-3,5 million yilga cho‘zib yubordi.
Afrikadan   topilgan   eng   dastlabki   ilk   qazilma   odamlar   odam
evolyusiyasining birinchi bosqichini tashkil etadi. Inson   evolyusiyasining   ikkinchi   bosqichi   arxantroplar   bilan   bog‘liq   bo‘lib,
ular eng dastlabki ilk odamlarga nisbatan yer yuzida ancha keng tarqalgan.
Pitekantrop   (grekcha   pithecos -«maymun»   «odam»   ya’ni   maymun   odam),
sinatrop  (lotincha   sina -«Xitoy»,  ya’ni   xitoy  odam),  atlantrop  rabot   odami,  geydel
berg,. Odamlarini arxantroplarga kiritish mumkin.
1937   yilda   nemis   poleontologi   Ralffon   Kyonigsvald   Yavadan
pitekantropning   bosh   miya   qopqog‘i   suyagini   topgan.   Keyingi   vaqtlargacha
Yavadagi   Mojokertidan   to‘rta   katta   yoshdagi   va   bitta   yoshgina   pitekantropning
bosh miya qopqog‘i, oltita son suyagi, uchta jag‘ suyagi topildai. 
1961-1972   yillarda   esa   Indoneziya   mutahassislari   Yavadan   yana
pitekantropning   to‘rta   bosh   suyagi   va   ikkita   pastki   jag‘   suyagini   topiganlar.
Yavadan   topilgan   pitekantrop   suyaklari   oraisda   Mojolertodan   topilgan   bola
suyagining  sanasi   eng qadimiy  bo‘lib,  uni   kaliy-argon  usuli   bilan  aniqlanishiga  1
million   500   ming-1   million   900   ming   yil   deb   hisoblanadi.   Qolganlarining   sanasi
esa   0,5-1   mln   yilga   borib   taqaladi.   Har   holda   ular   Olduvay   darasidagi   homo
habilis-«ishbilarmon   odam»dan   ancha   keyin   yashagan.   Lekmn   olduvay
pitekantroplari  bilan zamondosh bo‘lishlari ham  mumkin. Buni  ularning jismoniy
tuzilishi,  «homo habilis» ga nisbatan rivojlanganligi ham tasdiqlaydi.
Shuni   ham   aytib   o‘tish   kerakki,   pitekantroplar   topilgan   joylarning
birontasidan   tosh   qurollar,   ko‘mir,   gulxan   o‘rni,   hayvonlarning   sindirilgan
suyaklari topilgan emas.
Pitekantroplarning   jismoniy   tuzilishiga   qarab   ular   muntazam   ravishda
qurollar yasay olganlar, deb faraz qilish mumkin. Shuni aytish kerakki, Kenigsvald
Janubiy   Yavaning   Patjitan   qishlog‘i   atrofida   qazish   ishlari   olib   borib,   to‘rtlamchi
geologik   qatlamdan   juda   qo‘pol   ishlangan   oddiy   tosh   qurollar   topilgan.   Bu
qurollarni   pitekantroplar   yoki   ularning   uncha   uzoq   bo‘lmagan   avlodlari
tayyorlagan bo‘lishi mumkin.
Pitekantroplar   va   ularning   uncha   uzoq   bo‘lmagan   ajdod   va   avlodlari
faqatgina   Yava   orolida   yashabgina   qolmay   Janubiy,   Sharqiy   Osiyo,   Yevropaning
janubiy va Afrika qit’asida keng tarqalganlar. Shunday qilib, mitekantrop qazilma odamning eng qadimgi vakillaridan biri
hisoblangan afrikalik ishilarmon odamlardan biroz keyinroq yashagan.
Sinantrop-Xitoy   odami   ham   eng   qadimgi   qazilma   odamlar   vakili
hisoblanadi.
1918-1923 yillarda Shved geologi G. Anderson Pekindan 45-50 km janubiy-
g‘arbdagi   Chmoukautyan   degan   joyida   kuzatish   ishlari   olib   borayotib,   avval   tosh
qurol, so‘ngra hayvonlar suyagi bilan birga odam tishini topadi. Qazilma ishlariga
kanada   olimi   D.   Blek   ham   jalb   qilinadi.   1927   yili   Blekning   assistenti   Pen   Ven-
chjun   mazkur   joydagi   Kotsetong   g‘oridan   eng   qadimgi   xitoy   odamining   kalla
suyagini topishga muyassar bo‘lidi. Qazish ishlari xitoy olimlari tomonidan davom
ettirilib,   natijada   mazkur   joydan   yana   60   yaqin   odam   suyagi   topilib,   shundan   15
tasi yosh bolalarniki ekanligi aniqlandi.
Shu   narsa   muhimki   g‘ordan   sinantrop   qoldiqlari   bilan   bir   qatlamda   tosh
qurollar,   gulxan   qolddiqlari   yirik   va   mayda   hayvonlarning   sindirilgan   hamda
kuygan   suyaklari   topilgan.   Bu   hol   sinatroplarning   pitekantrop   va   olduvaydagi
«ishbilarmon odamga» nisbatan ancha taraqqiy etganligini ko‘rsaiadi. 
Sinatroplarning   bo‘yi   144-156   sm   bo‘lib,   peshonasi   past   qiya   bo‘lgan.
Pitekantrop   miya   qutisining   hajmi   850-950   sm 3
  bo‘lsa,   sinatropning   esa   1050-
1200sm 3
  ga   teng.   Demak   sinantrop   miyasining     hajmi   pitekantrop   miyasining
hajmidan   katta,   lekin   hozirga   zamon   odami   miya   qutisini   hajmidan   esa
kichikroqdir. 
Shunday   qilib   sipontronlar   bundan   400-500   ming   yil   ilgari   yashab   o‘tgan
bo‘lib, mindel muzligi davrining ikkinchi yarmiga to‘g‘ri keladi va u eng qadimgi
qazilma   odam   vakili   hisoblanadi.   1963-1964   yillarda   xitoy  arxeologlari   Pekindan
900   km   janubi-g‘arbiydagi   Lantyan   degan   joydan   lantyan   sinantropi,   deb   atalgan
qazilma odam qoldig‘ini topganlar. 
Lantyan   sinantropi   ko‘p   jihatdan   chjoukautyandan   topilgan   sinantroplarga
yaqin   bo‘lib,   xitoy   odamlarining     faraziga   ko‘ra   ular   bundan   500-600   ming   yil
ilgari   yashagan   ekanlar.   Xitoyning   janubiy   va   Markaziy   Vetnamning   shimoliy qismida   sinantrop   singari   ibtidoiy   odamning   suyaklari   topilgan.   Shunday   qilib
Xitoy Osiyodagi eng qadimgi odamlar paydo bo‘lgan mamlakatlardan biri ekan. 
Ye vropa   arxantroplari.   Qazilma   odamlar   va   ularning   ajdodlarining
faqatgina Osiyo va Afrikada yashabgina qolmay Yevrorpaning ba’zi joylarida ham
tarqalganligi aniqlangan.
Yevropa turli tabiiy sharoitga ega bo‘lgan Yevrosiyo quruqligining g‘arbiy qismini
tashkil etadi.
Janubiy   va   Markaziy   Yevropa   har   turli   hayvonat   olami   va   odamzodning
yashashi   uchun   ancha   qulayliklarga   egadir.   Lekin   shunga   qaramay   Yevropa   ilk
odamlar paydo joy emas ekan. Ko‘pchilik olimlarning fikrlariga ko‘ra qit’aga eng
qadimgi  odamlar  ilk  tosh  asrida  -  bundan 1800  ming yillar  ilgari  Afrikadan  kirib
kelgan ekan.
Yevropada   qadimgi   odamlar   yashayboshlaganiga   2   million   yil   bo‘lgan
bo‘lsa,   shuning   3   ming   yili   yozma   manbalar   asosida   yoritilgan   xolos   Yozma
tarixgacha   bo‘lgan   uzoq   va   murakkab   tarixiy   davrni   g‘arb   olimlari   tarixgacha
bo‘lgan   deb   ataydilar.   Bu   davr   yozma   manbalr   tarixigacha   nisbatan   600   marta
uzoqlikka   qadimiylikka   ega   ekan.   Yevropa   insoniyat   paydo   bo‘lgan   beshlikka
kirmas   ekan.   Olimlardan   ba’zilarining   fikricha   ilk   odamlar   paydo   bo‘lgan
markazlardan   biri   Hindiston   bo‘lib,   ilk   odamzod   Yevropagacha   Hindiston
tomondan kirib kelgan ekan. Ammo olimlarning katta bir guruhi insoniyatning ilk
vatani   Afrika   deb   hisoblaydilar.   Ularning   ta’kidlashicha   ilk   odamlar-arxantroplar
Yevropaga   Hindistondan   emas   Afrikadan   kirib   kelganlar,-   degan   fikrni   ilgari
suradilar.
Keyingi   vaqtda   Fransiyadagi   San   Vals   degan   joydan   qadimiyligi   2,3-2,5
million yilliklarga mansub makon va tosh qurollari topilgan.
Fransiyaning   Li   Rosh   Lamber   degan   joyidan   esa   1,5   million   yil   qadimilik
maydalangan hayvon suyaklari, kvars va chaqmoq tosh parchalari topilgan. Yana
Fransiyaning   Shiyyak1   degan   joyidan   daryoning   qarog‘   toshlaridan   yasalgan
g‘urol va hayvon suyaklari topilgan. Shiyyak 1 ning sanasi  bundan 1 million 800
ming yil qadimiylikka ega ekan.  Yugoslaviyaning Shandalya 1degan g‘or makonidan 1 million 600 ming yil
qadimiylikka   mansub   qayroq   toshdan   yasalgan   ikkita   oddiy   qurol,   eng   qadimgi
odamning   tishi,   sut   emizuvchi   hayvonlarning,   ko‘proq   miqdorda   yovvoyi   ot-
Stenon,   karkidon,   to‘ng‘iz   va   boshqa   hayvonlarning   suyaklari   topilgan   bo‘lib,
suyaklar o‘tda kuygan. 
G‘ ordan yog‘och ko‘mirlari ham topilgan. Olimlarning fikricha g‘orda olov
bilan   tanish   va   undan   foydalangan   eng   qadimgi   odamlar-arxentroplar   istiqomot
qilganlar.   Hayvon   suyaklaresa   g‘orda   yashagan   eng   qadimgi   odam   o‘ljasi   ov
mahsulotlarining chiqindisi bo‘lsa kerak.
Yevropada   quyi   pleystonsentning   ikkinchi   yarmida   1,5   million   bilan   700
ming   yil   ilgari   yashagan   eng   qadimgi   odam   yashaganligi   haqida   ma’lumot
beruvchi ashyolar topilgan. Xususan Fransiyaning Sindel degan joyidan villafrank
darvriga mansub hayvon suyaklari topilgan. Sinzeldan topilgan buyumlar 1 million
yillik   qadimiylikka   ega   ekan.   Fransiyaning   Le   Vallon   g‘oridan   ham   700   ming
yillik qadimiylikka ega bo‘lgan tosh qurollar va so‘ngi villafrank davriga mansub
hayvon   qolidiqlari   topilgan.   Xuddi   shu   yoki   undan   ham   qadimiyroq   davrga
mansub   buyumlar   ChexoslavakiyaningPrjezletitsa   degan   joyidan   ham   topilgan.
Pallomagnit   usuli   bilan   aniqlanishiga   uning   sanasi   890-750-   ming   yilliklar
roasidagi   davrga   mansub   ekan.   Prjezletitsa   tosh   asri   yodgorligi   qadimgi   ko‘l
qatlami   bo‘lib,   qatlamlardan   eng   qadimgi   odam   makoni   bo‘lgan   ekan.   Undan
mehnat   qurollari,   tosh,   qadimgi   o‘choqdan   ega   ko‘mir   va   hayvonlarning   kuygan
suyaklari   topilgan.     Hayvon   suyaklari   orasida   mamont,   ot,   eshak,   bizon   va   asl
bug‘ularni ko‘pchiligi tashkil etadi.
Madaniy   qatlamlardan   chopper,   sindirilgan   suyakdan   qiligan   pichoq   va   boshqa
mehnat   qurollari   topilgan.   Keyingi   tadqiqotlar   shuni   ko‘rsatadiki,   arxantroplarga
mansub   eng   qadimgi   odamlarning   makonlari   Italiya,   Ispaniya,   Germaniya,
Vengriya   va   boshqa   mamlakatlardan   ham   topilgan   bo‘lib,   ular   600-150   minglar
bilan belgilanadi. Yevropada   pitekantrop   sinantrop   va   lentyan   sinantropiga   yaqin   bo‘lgan
arxantroplar   eng   qadimgi   odamlar   qoldig‘i   1907   yilda   GFR   ning   uchta   doyidan
Geydelberg shahri va Mouer qishog‘idan topilgan.
Bular   orasida   geydelberglik   odam   jag‘   suyaklari   alohida   qimmaga   egadir.
Bu suyak 24 metr chuqurlikdan topilgan. 
Geydelberg   odami   ko‘p   jahatdan   pitekantrop   va   sinantropga   yaqin   turadi.
Ba’zi olimlar uni gyuns-mindel davrida ya’ni 600-900 ming yil ilgari yashagan deb
faraz qilmoqdalar. Lekin Geydelberg odami topilgan joydan hech qanday madaniy
qatlam boriligi aniqlagan emas. Garchi geydelberg odamining jag‘ suyagi chiqqan
joydan   sun’iy   tarzda   tayyorlangan   mehnat   qurollari   topilmagan   bo‘lsa   ham,   u
shubhasiz   eng   qadimgi     odamning   tipik   vakili   edi,   chunki   geydelberg   odamida
odamga xos xususiyatlar ko‘p bo‘lib,. U qurol yasash qobiliyatiga ega bo‘lgan.
1958   yili   Fransiyaning   janubiy-sharqiy   Vallon   g‘oridan   1   million   yillik
qadimiylikka     mansub   bo‘lgan   ko‘pgina   hayvon   qolidiqlari   tosh   buyumlar,
odamning   mehnat   faoliyati   natijasida   vujudga   kelgan   uchirindi   (otidek)lar   topib
o‘rganilgan.
Bu   jihatdan   Vengriyaning   poytaxti   Budapesht   shahridan   50   km   g‘arbda
joylashgan   Verteshsyollesh   manzilgohidan   L.   Vertesh   tomonidan   1963-1965
yillarda   arxantrop   bosh   miyasining   bo‘lakchasi   qadimgi   odamlar   tomonidan
yoyilgan   hayvon   suyaklari,   hilma-xil   tosh   qurollari   va   gulxan   qoldiqlarining
topilishi diqqatga sazovardir.
Verteshsellosh   manzilgoxidan   topilgan   odam   bosh   miya   qopqog‘ining
bo‘lakchasi  ko‘p jixatdan sinantropga yaqin turadi, uning sanasi  esa 500 ming yil
bilan belgilangan.
Geydelberg   va   Verteshselleshberg   bilan   zamondosh   bo‘lgan   arxantropning
tishi   qazilma   hayvonlar   qolidig‘i   va   oddiy   tosh   qurollar   Chexoslavakiyaning
poytaxti Praga shahri yaqinidagi Prjezlyatitsadan ham topilgan.
Shuni ham qayd qilib o‘tish kerakki, qadimgi odamlarning suyak qoldiqlari
Shimoliy Sharqiy Afrika territoriyalaridan ham ko‘plab topilgan. Jazoirdagi Ternifin, Marakash yaqinidagi Kasablankadagi  topilgan ashyolar
shular jumlasidandir. Asosiy adabiyotlar:
1. Roger   Lewin   and   Robert   A.   Evolution   the   human   story,   Principles   of   Human
Evolution. Great Britain, 2011, oley, 2nd ed., Blackwell, 2004.  r  10-46
2. Roger  Lewin .   Human evolution:  an illustrated introduction /  5th ed. Blackwell ,
200 5. R 14-102
3. Vishnyaskiy L.B. Vvedenie v preistoriyu. Problem ы  antropogeneza i 
stanovleniya kultur ы : - Kishinev: V ы sshaya Antropologicheskaya Shkola, 2005. 
10-55 s
Qo‘shimcha adabiyotlar
1. Drob ы shevskiy S.V. Predshestvenniki. Predki? Chast I. Avstralopiteki. Chast II. 
"Rannie  Homo ".  Moskva-Chita: 2002
2. Drob ы shevskiy S.V. Predshestvenniki. Predki? Chast III. Arxantrop ы . Chast  IV . 
Gominid ы , perexodn ы e ot arxantropov k paleoantropam. M. 2004
3. Drob ы shevskiy, S. V. - Predshestvenniki. Predki.  Chast   V . Paleoantrop ы . M., 
2006
4. Djoxanson D., Idi M. Lyusi: Istoki roda chelovecheskogo. M., 1984. 
Internet ma’lumotlari.
http://bookz.com.ua 
http://lib.com.ua 
http://www.computerbooks.ru
http://zipsites.ru 
http://hronos.km.ru/proekty/mgu/index.html 
http:// antropogenez.ru

Eng qadimgi va qadimgi odamlarning vujudga kelishi va mehnat faoliyati Reja: 1. Eng qadimgi odamlarning vujudga kelishi. 2. Sharqiy Afrikadan topilgan paleantropologik topilmalar tavsifi 3. Homo Habilisning turmush tarzi va mehnat faoliyati 4. Olduvay madaniyati 5. Ye vropa hududiga eng qadimgi odamlarning tarqalishi. 6. Ye vropadan topilgan paleantropologik topilmalar tavsifi 7. Homo Ergaster va Homo Erektuslarning turmush tarzi va mehnat faoliyati 8. Geydelberg odami va Homo antecessor 9. Osiyo hududiga eng qadimgi va qadimgi odamlarning tarqalishi.

1890-91 yillarda Yava orolidan topilgan topilmalarni (ya’ni pitekantroplarni koldiklarini) analizi shuni kursatdiki, bu suyaklar boshni tepa kismi bulib, ular shu jonzotni ikki oyoklab yuriganidan dalolat beradi. Shuning uchun bu topilmani xam Pitecanthropus deb ataydilar. Bu pitekantroplarni suyak koldiklari juda katta munozaralarga sabab buldi. Chunki bu gurux olimlar bu suyaklar “Mikrotsefalga” ya’ni xozirgi amon kichik odamning uzgargan shakli. (kasallik natijasida) degan fikrga xam keldi. Lekin keyingi yillada pitekantroplarga tegishli yigirmadan ortik suyak koldiklarini topilishi va ularni obdon urganilishi yukoridagi fikrni notugri ekanligini isbotlabgina kolmay, balki bu pitekantroplar inson evolyusiyasini kursatuvchi va xozirgi zamon odamlarini shakllanish jarayonini ma’lum bir boskichini kursatuvchi daliliy ashyo ekanligini namoyon kldi. Lekin shuni aytish kerakki bu pitekantroplar xozirgi zamon odamlaridan uz miya xajmlari bilan kuprok ajralib tursalar xam tugri yurishlari, kul xarakatlari bilan xam fark kilar edilar. Demak, tugri yurish va kul xarakatlari pitekantroplar davrida kamolotga yetgan bulsada, miyaning usishi orkada kolgan. Ba’zi olimlar bunga sabab qilib mexnat kurollarini juda oddiy bulganligi ni ta’kidlashadi . Pitekantroplarni miya xajmi 900 sm 3 bulib, cherepi (bosh kismi) kup xollarda maymunlarnikiga uxshashdir. Koshi burtib chikkan. Agar avstrolopitekni bosh suyagi bilan pitekantropni solishtirsak, pitekantroplarniki ancha tarakkiy etganini kuramiz. Anikrogi, pitekantroplarning boshini xajmi avstrolopiteknikiga nisbatan 1,5 barobar katta. (avstrolopiteklarning miya xajmi 550-600 sm. 3 ) shuni aloxida ta’kidlash keraki, pitekantroplarning suyak koldiklarini xammasi pereanlotennыe xolatida topilgan. Buning ustiga ular tosh kurolari bilan birga topilmagan. Chunki madaniy katlam joyidan tabiat kuchlari ta’sirida siljigan. Shuning uchun xam olimlar urtasida pitekantroplar kurollar yasashni bilganlarmi? Yoki blimaganlarmi? Deb munozara bulgan. Lekin shu pitekantroplarning suyak koldiklari topilgan joylardan uzok bulmagan joylarda tosh kurollar topilgan. Ularni shu pitekantroplarga tegishli. Ular tabiat kuchlarining ta’sirida xar xil joylarga joylashgan deb fikr yurituvchilar xam bor.

1954 yillarda yana bir ilk pleystotsen davriga oid suyak topilma topilgan. Ammo juda oz mikdorda. Lekin buni kimmati shundaki, madaniy katlam Yava orolidan fark kilib shikastlanmagan (nepotrevotennыm). Yana muxim tosh kurollar bilan birga topilgan bu odam koldiklari pitekantroplarni tosh kurollari deb topilgan taxminlarni tugri deb topilganligiga guvox bula oladi. Chunki ular bir birlariga uxshash bulib, davrlari xam deyarli bir xil. Demak, morfologik atlantroplar pitekantroplar bilan tarakkiy etish jixatidan bir tekislik (uroven) dabulganlar. Kadimgi odamlarning morfologik turlarini evolyusiyasini tushunishda muxim axamiyatga ega bulgan topilma 1927 yilda Xitoyning shimolida Pekindan uncha uzok bulmagan Chjou- Kou goridan topilgan. Bu gor eng kadimgi ov gorlaridan bulib, bu yerlardan arxeologik materiallardan tashkari 40 ta erkagu ayol va bolalar suyak koldiklari topilgan. Bu suyak koldiklarining ilmiy analizi shuni kursatadiki, ularning tashki morfologik kurinishlari pitekantropga nisbatan ancha tarakkiy etgan bulib, xozirgi odamlar kiyofasiga ancha yakinlashgan. Demak, bular pitekantroplarga nisbatan ancha keyingi davrga oid bulib, ularni Sinentropus Pekinenis deb ataganlar. Bu turdagi odam suyaklarining topilishi, ya’ni tula tukis topilishi sinantroplarni skeletlarini tula tiklashga imkon berib, pitekantroplarni chala skeletlarini tiklashga va ular xakida tula tasavvur xosil kilishimizga yordam berdi. Sinantroplar xam pitekantroplar kabi urta buyli bulib, mukammal tana tuzilishiga ega bulganlar. Ularning miya xajmlari 900 sm 3 ga tugri kelgan. Lekin shunga karamay, chereplarida xali primitiv belgilar mavjud edi. Mexnat kurollarini takomillashganligi, ya’ni ikki tomonlama ishlov (dvuxstoronnaya obrabotka) berishni vujudga kelishi ularni nutklari xam vujudga kelishidan dalolat beradi. Chunki mexnat kurollarini takomillashuvi shu kurollarni kupchilik tomonidan, ya’ni bir biridan urganib, kilishligidan kelib chikadi. Demak, uzaro munosabatlar vujudga kelgan. bu munosabatlar esa uz navbatida tubiiy ravishda nutkni keltirib chikargan. Sinantroplar yirik xayvonlarga- bugu, oxu, yovvoyi otlar xatto nasoroglarni xam ov kilgan. Ularning joylari doimiy tarzda gorlarda bulgan. Olovdan foydalanishni bilganlar. Chjou-Koudagi kulning kalinligi bir necha metr bulgan.

Olovdan foydalanishni axamiyati shundaki odamlarni imkoniyatlari kengaydi. Olov odamlarga issiklik berdi. Gushtni pishirib yeyishlari natijasda ovkat yaxshi xazm bula boshladi. Xayvonlarni kurkitib uzlari xoxlagan joylarga kuvlab olib borishlari mumkin buldi. Eng muximi yogoch kurollarni uchlarini kuydirib, utkirladilar. Sun’iy olov paydo kilish garchi sinantroplarga ayon bulmagan bulsa xam uni paydo bulishida ikkita narsa muxim rolg‘ uynagan. Birinchisi, toshni toshga urishda paydo bulgan bulsa, ikkinchisi yogochni yogochga ishkashga vujudga kelgan kuyish jarayoni bulgan. (Ulug vatan urishi davrida odamlar shu usuldan foydalan-ganlar). 1965 yilda Yevropaning Vengriya xududida Verteshselleshida kadimgi gominidlar suyagi topilib, ularning bosh xajmi 1400 sm. 3 edi. Bu topilmani olimlar eng kadimgi neandertales ki pitekantrop va sinantroplarni utish davridagi odamni suyagi degan fikrga keldilar. Nixoyat odam ajdodlarining koldiklari tashki kurinishlari jixatidan pitekantroplar va sinantroplarga uxshagan ilk plestotsen va urta plestotsen katlamlaidan Afrikada juda kuplab topildi. Bularning (bosh miya xajmi jixatidan) xammasi Yava maymun odamidan fark kiladi. Maymunlarga uxshagan , ya’ni miya xajmi xam uncha tarakkiy etmagan pitekantrop, sinantrop, atlantrp, geydelberg ordami va boshkalar nisbatan ilik joyda Afrikada, Yevropada va Osiyoning janubiy xududlarida yashagan. Pitekantroplar geografik jixatdan juda katta to t Katta Zond arxipelagigacha bulgan xududlarda joylshib usha ibtidoiy sharoitda bir birlari bilan alokada bulmaganlar. Bundan xulos shuki, ayrim olimlarnin fikricha ular uzaro munosabatda bulmaganlar. Pitekantrop uruglari bir necha turlardan iborat bulib, ular bir birlaridan xulki, tashki kurinishi, madaniyati jbilan fark kilgan. Bu fikrni pitekantroplar davriga mansub yodgorliklardan topilgan arxeologik materiallarni xar xilligi, xatto bitta materikdagi yodgorliklarning topilmalarini xar xilligi tasdiklaydi. Pitekantroplar uchun kuyi va urta plitotsen tugri keladi.

Ye r yuzidagi eng qadimiy odam yava pintekantropi emas, balki, sharqiy Afrikada 3-2,5 mln yil ilgari yashagan «Gomo xabilis»-«ishbilarmon odam» ekan. Sharqiy Afrikadagi Tanzaniyaning Olduvay darasidantopilgan arxeologik va antropologik materiallar bu fikrni aytishga imkon berdi. Keniya va Efiopiyada olib borilgan qazish ishlari olduvaydan topilgan materiallarga juda muhim aniqlik kiritdi. Olduvay darasi tanzaniyaning shimolida bo‘lib, Eyasi ko‘lidan 36 km. shimoliy-sharqdadir. Daraning uzunligi 40 km, chuqurligi esa 100-130 mertdan iborat. Olduvay darasidan qazilma hayvonlarning qoldiqlari 1911 yildan boshlab topila boshlagan. 1931 yili keniyalik ingliz olimi Luis Liki darada qizg‘in arxeologik va poleontologik qazish ishlari olib borar ekan, har xil davrga mansub tosh asri madaniy qatlamlarini topishga muyassar bo‘ladi. Bu borada Luis Lekining xizmatlari juda kattadir. L. Liki vafot etgach (1972) uning ishlarini rafiqasi Meri Liki va o‘g‘li Richard Liki davom ettiradilar. Keyingi 15-20 yil ichida Olduvay darasidan olib borilgan arxeologik qazishlar natijasida odamsimon maymunlar, eng qadimgi maymunsimon odamlarning kalla va boshqa suyaklari, shuningdek eng qadimgi odamlarning mehnat faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan buyumlar topilgan. 1959 yili Luis va Meri Likilar Olduvay darasidan avstralopiteklardan farq qilmaydigan maymunsimon mavjudodning kalla suyagini topishga muvaffaq bo‘ldilar. Mazkur mavjudod miya qutisining hajmi 530 sm 3 bo‘lib, avstrolopiteklarnikidan katta bo‘lmagan. Ammo kalla suyak yotgan qatlamda oddiy tosh qurollarning mavjudligi uni avstorlopitek maymuni emas, balki Yava pitekantropiga nisbatan ilgariroq yashagan maymunsimon odam deb aytishga imkon berdi. Tadqiqotchilar bu odamga «zinjantrop»,- deb nom ham berishdi. Ba’zi olimlar uni odam jesa, ayrimlari avstrolopitek maymuni deb xisoblaydilar. Lekin bir yil o‘tgach ya’ni 1960 yil «zinjantantrop» topilgan joydan, faqatgina biroz chuqurroqda «zintrantrop»ga nisbatan ham tarqqiy etgan mavjudodning suyak qoldiqlari topilgan. Olimlar unga «prezinjantrop» deb nom berishdi