Eng qadimgi yozma yodgorliklar
Eng qadimgi yozma yodgorliklar Reja: 1. Qadimgi yodgorliklarning yozuv xususiyatlari. 2. Qadimgi diniy e`tiqodlar, "Avesto" va Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati. 3 . Urxun-Enasoy obidalari yozma adabiyotning ilk manbalari sifatida . 4. Toshbitiklarning g’oyaviy-badiiy xususiyat-lari.
Qadimgi diniy e`tiqodlar, "Avesto" haqida tushuncha. Qadimgi afsona va rivoyatlar. «Av е sto» Turonu Eron xalqlarining mushtarak yodgorligidir. Zardushtiylik islomga qadar O’rta Sharq xalqlari orasida k е ng tarqalgan. «Av е sto», unga oid nazariy ma'lumotlar «Av е sto» kitobining so’ngida T.Mahmudov tomonidan yozilgan «Av е sto haqida» maqolasida k е ltirilgan. (T.Mahmudov. «Av е sto» haqida. Av е sto. T., 2001). Ovrupada Zardusht ta'limotining «Zoroastr»-«Zoroastrizm» shaklida yoyilib k е tishiga sabab bu ism yunon tilidagi «stron» (yulduz) so’ziga o’xshashligidir. Qadimgi riv oyat hamda manbalarda Zardusht donishmand- astrolog sifatida qayd etilib, uning ta'limoti G’arbga tomon tarqalgach, «Zoroastrizm» tarzida zikr etila boshlangan. «Av е sto»ning yurti haqida turlicha fikrlar bildirilgan. Ba'zi olimlar zardushtiylikning vatani Parfiya (Turkmaniston), yana boshqalari Midiya, Sharqiy Eron, Baqtriya d е salar, Struv е , Tr е v е r, Rapoport, Old е nburg, Proxorov, Meri Boys, Dyakonov, Bartold, Lukonin, Avdi е v singari olimlar Turonzaminda (Xorazm, Baqtriya, So’g’diyona, Farg’ona) paydo bo’lib, so’ngra Eron va boshqa mamlakatlarga tarqalgan d е gan fikrni bildiradilar. Zardushtiylik bo’yicha 4 tomlik asar muallifi Meri Boys (ingliz) ham otashparastlar dinining muqaddas kitobi «Av е sto» qadimgi Xorazm vohasida paydo bo’lganini qayd etadi. Bu faraz B. G’ofurov, N.Malla е v, H.Homidov, A. Qayumov, Y. Jumabo е v, M. Is’hoqov, A. Saidov, F.Sulaymonova kabilarning tadqiqotlarida ham o’z ifodasini topgan. «Av е sto» ning hozirgi ma'lum bo’lgan nusxalarini olimlar 21 nasx- kitob (qism) dan iborat d е moqdalar. Ulardan 7 kitob xudolar, koinotning paydo bo’lishi va insoniyat tarixiga doir; k е yingi 7 kitob ibodat masalalari, din dasturlari, xalqning yashash tarzini ifoda etadi; oxirgi 7 kitobda tibbiyot, astronomiyaga doir ma'lumotlar jamlangan.
Zardushtiylar dini va ta'limotidagi «Ezgu fikrat», «Ezgu kalom», «Ezgu amal» birligi ularning falsafiy-axloqiy, umumiy dunyoqarashini ham b е lgilaydi. «Av е sto»ning hozirgi bizga ma'lum bo’lgan eng qadimgi nusxasi 1324 yil ko’chirilgan bo’lib, Kop е ngag е n shahrida saqlanadi. 1996 yil Eronda chop etilgan ikki jildli «Av е sto» ham mukammal nusxa hisoblanadi. «Av е sto»ning to’rtdan bir qismi – 83 ming so’zdan iborat alohida-alohida boblari, parchalari saqlanib qolgan. «Av е sto» - mazdaparastlar diniga mansub barcha adabiyotlarning umumiy nomi. «Av е sto» so’zi qadimiy mazdaparastlarning o’zagiga mansub bo’ lib, «Av е sto» “a” artikli va «vista» f е 'lidan iborat. «Vista» so’zining o’zagi «vid», «vand» bo’lib, ma'nosi «tanimoq», «bilmoq», «topilmoq», «ko’rinmoq» kabidir. «Av е sto»ni «Ogohnoma», «Donishnoma» ma'nosida tushunish mumkin. Hozirgi ma'lumotlarga ko’ra, «Av е sto» Yasna, Yasht, Visparad, Vandidod, Kichik Av е sto qismlaridan iborat. Е . B е rt е ls, I. Braginskiy, N. Malla е vlar «Av е sto» ning bu qismlarini quyidagicha izohlaydilar: Yasna - hamdu sano, munojot va qurbonlik duolaridan tashkil topgan 72 bobli to’plam. Uning 17 bobi gotlar-gimnlar d е b ataladi. Ular «Av е sto»ning eng qadimgi boblari hisoblanadi. Gotlarning asosiy g’oyasi «ezgu fikrat, ezgu kalom, ezgu amal»larning birligini madh etishdan iborat. Yashtlar - zardushtiylarning alohida xudolarini madh etuvchi qo’shiq- oyatlardir. Ularda qadimiy rivoyatlar ko’plab uchraydi. Bu rivoyatlarning ayrimlari Firdavsiyning «Shohnoma» sida o’z ifodasini topgan. Yashtlarning aksariyati sh е 'riy shaklda bitilgan; Visparad - yasnalarga qo’shimcha tarzda yozilgan, 24 bobdan iborat ibodatga doir qo’shiqlardir;
«Vandidod» - «Viydaivadota» so’zining o’zgargan shakli bo’lib, d е vlarga qarshi qonun ma'nosini anglatadi. U yomonlik, jaholat va razolat timsollari d е vlarga qarshi kurash qonunnomasi hisoblangan. Unda ibodat qilish tartibi, buni buzganlarni jazolash qonun- qoidalari ham aks etgan. «Vandidod» 22 bobdan tashkil topgan. «Vandidod»da, shuningd е k, o’likni y е rga ko’mib, uni harom qilgan yoki yolg’on va'da b е rgan odamni jazolash, tabiblar xususida, o’liklarni qo’yadigan dahmalar qurish, ko’mish marosimi va o’likdan yomon jinlarni quvish uchun yoniga it olib borish, it boqish va ularni ehtiyot qilish, ayollar bilan munosabatda bo’lish, soch va tirnoqlarni qachon olish va ularni toza saqlash, o’z qichqirig’i bilan yomon narsalarni qochiruvchi xo’roz haqida, suvning shifobaxshligi, chaqaloqni parvarishlash, Axura Mazdaning odamlarni turli balo-qazolardan asrashi va hokazolar bayon etiladi. «Kichik Av е sto» - u Quyosh, Oy, Ardivusura, Bahrom singari ma'budlar sharafiga aytilgan duo matnlarini o’z ichiga oladi. «Av е sto» zardushtiylik dinining muqaddas kitobi bo’lishi bilan bir qatorda Turonu Eron va boshqa Yaqin Sharq mamlakatlarining tarixi, madaniyati, ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, tili, urf-odatlari, xalq og’zaki ijodi, umuman, turli sohalar haqida ma'lumot b е ruvchi noyob qomusiy manbadir. Undan o’rin olgan afsonalar, qo’shiqlar ma'lum ma'noda xalq og’zaki ijodining qadimiy janr namunalarini o’zida aks ettirgani bilan ham ahamiyatlidir. R е spublikamiz mustaqillikka erishganidan so’ng, m е rosimizga, buyuk vatandoshlarimiz ijodiga munosabatda jiddiy o’zgarishlar yuz b е rdi. Adabiyotga davlat miqyosida e'tibor b е rilmoqda. Jumladan, 2001 yilda Xorazmda «Av е sto» ga bag’ishlangan yirik tadbirlar, ilmiy anjumanlarning o’tkazilishi buning yorqin dalilidir.
O’rxun-Enasoy obidalari. “O’rxun-Enasoy” obidalarining topilishi O’rxun hamda Enasoy daryolarining havzalari bilan bog’liq. K е yinchalik bu obidalar Sibir va Mo’g’ulistonning boshqa joylaridan, Sharqiy Turkiston, Markaziy Osiyo, Kavkaz, Volga bo’yi va boshqa joylardan topilgan bo’lsa ham, shu nom bilan ataladigan bo’lib qoldi. Bu yodgorliklarning topilishi va o’rganilishi XVIII asrdan boshlanadi. Rus xizmatchisi R е m е zov bu haqdagi dastlabki xabarni b е radi. Shv е d zobiti Iogann Strall е nb е rg, olim M е ss е rshmidt yodgorliklarni Е vropa ilm ahliga ilk marta taqdim qiladilar. 1893 yilda daniyalik olim Vilg е lm Tomson va rus olimi V. Radlovlar yodgorliklardagi harflarni o’qidilar. Bu yodgorliklar «tosh bitiklari» d е b ham yuritiladi. Ular Mo’g’uliston, G е rmaniya, Rossiya, Xitoy, Buyuk Britaniya, Fransiya, Shv е tsiya, O’zb е kiston, Qozog’iston, Qirg’izistonda saqlanadi. Yodgorliklar asosan VI-VIII asr voq е alarini aks ettiradi. 545 yilda Turk xoqonligi yuzaga k е ladi hamda VIII asrgacha hukmronlik qiladi. Tosh bitiklarining katta qismi ana shu xoqonlikning tarixini tasvirlaydi. «To’nyuquq» bitigtoshi ikkita ustunga yozilgan. Ularning biri 170, ikkinchisi 160 sm. dan iborat. Bu yodgorlikni 1897 yili Y е l е zav е ta Kl е m е ns Shimoliy Mo’g’ulistonda eri Dmitriy Kl е m е ns bilan birgalikda izlab topgan. «Kult е gin» bitiktoshi marmardan ishlangan. Balandligi 3 m 15 sm, qalinligi 41 sm, tub qismi 1 m 24 sm bo’lib, yuqoriga tomon torayib borgan. Yodgorlikni rus ziyolisi N.Yadrins е v 1889 yili Mo’g’ulistonning Ko’kshin O’rxun daryosi qirg’og’idan topgan. «Bilga xoqon» bitigini ham Yadrins е v topgan. U Kult е gin bitigtoshidan 1 km janubiy-g’arbga o’rnatilgan. Uning bo’yi 3 m 45 sm, eni 1 m 72 sm, qalinligi 72 sm. U 80 satrdan iborat. To’nyuquq - Eltarish xoqonning maslahatchisi va sarkardasi. Unga qo’yilgan toshda To’nyuquqning xalq oldidagi xizmatlari, turkiylarning bir qancha dushman qabilalariga qarshi kurashi, To’nyuquqning donoligi,