logo

Psixikaning evolyusiyasi va vujudga kelishi

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

40.2001953125 KB
Ma’ruza.  Psixikaning evolyusiyasi va vujudga kelishi
Reja:
1. Inson psixikasini umumiy qonuniyatlari va funksiyalari. 
2. Inson psixikasini tizimi. 
3. Evolyusiyada tabiiy tanlanishning o’rni . 
4. Uilyam Djeyms va instinktlar psixologiyasi    . Inson psixikasini umumiy qonuniyatlari, tizimi va funksiyalari.
Psixikani   o’rganish   qator   boshlang’ich   boshqaruv   nizomlariga   asoslangan
tamoyillarga tayanadi, bu tamoyillar tadqiq etilayotgan obyektni mazmunli bayon
etish,   tajriba   ma’lumotlariga   ega   bo’lish   muolajalarini   rejalashtirish,   ularni
umumlashtirib, izohlash, shuningdek, ilmiy farazlarni ilgari surib, ularni tekshirish
imkonini beradi. 
Psixologiyaning asosiy metodli tamoyillari sifatida quyidagilar ko’rsatilgan: 
1.  Determinizm tamoyili.  Bu tamoyilga asosan, barcha mavjudliklar ma’lum
sabab,   qonuniyatga   ko’ra   paydo   bo’ladi,   o’zgaradi   va   nobud   bo’ladi.   Psixologik
tadqiqotda   psixika   hayot   tarzidan   kelib   chiqib,   mavjudlikning   turli   tashqi
sharoitlari ta’sirida o’zgarishini bildiradi. 
Hayvonlar   psixikasi   haqida   so’z   yuritilganda,   uning   rivojlanishi   biologik
qonun   sifatidagi   tabiiy   tanlanish   bilan   belgilanishini   ta’kidlash   lozim.   Odam
psixikasini oladigan bo’lsak, inson ongi kelib chiqishining shakllari va rivojlanishi
oxir-oqibat   hayot   uchun   zarur   moddiy   vositalarni   ishlab   chiqish   usulining
rivojlanish   qonunlari   bilan   belgilanadi.   Determinizm   tamoyilidan   kelib   chiquvchi
xulosa sifatida inson ongining ijtimoiy-tarixiy xususiyatini tushunish xizmat qiladi.
2.  Ong va faoliyatning birligi tamoyili.  Ong va faoliyat uzviy birlikni tashkil
etadi,   lekin   ular   bir-biriga   aynan   o’xshash   emas.   Ong   faoliyat   jarayonida   uning
ichki rejasini, dasturini hosil qilgan holda shakllanadi. Aynan, ongda voqyelikning
harakatchan   ko’rinishlari   yuzaga   keladi,   ular   yordamida   inson   atrof   muhitda   o’z
yo’nalishini aniqlay oladi. 
Ong   va   faoliyatning   birligi   tamoyili   ruhshunoslarga   hulq-atvor,   faoliyatni
o’rgangan   holda,   samarali   maqsadga   muvofiq   harakatlarning   ichki   psixologik
mexanizmlarini aniqlash, ya’ni, psixikaning obyektiv qonuniyatlarini ochib berish
imkonini beradi. 
3.   Psixika   va   ongning   faoliyatda   rivojlanish   tamoyili.   Ushbu   tamoyil
psixika   haqida   uning   faoliyat   jarayoni   va   natijasi   sifatida   uzluksiz   rivojlanishda
ko’rib chiqilgandagina to’g’ri tushuncha hosil bo’lishini bildiradi.  Har bir psixik hodisaning tadqiq etilishi shu hodisaning aynan hozirgi vaqtga
tegishli   bo’lgan   xususiyatlarining   ta’rifini,   yuzaga   kelish   va   shakllanish   tarixini,
shuningdek, rivojlanish istiqbollarini o’z ichiga olgan bo’lishi kerak. 
Inson psixikasini tizimi
Olimlar   inson   psixologiyasi   va   hulq-atvorini   o’rganishda   ularni   bir
tomondan,  organizmning  biologik  tuzilishi  va   faoliyati  nuqtai  nazaridan,  ikkinchi
tomondan,   ijtimoiy   rivojlanish   qonunlari   yordamida   tushuntirib   berishga   harakat
qiladilar. Birinchi vaziyatda psixika va hulq-atvorning irsiyat bilan belgilanadigan
tug’ma,   anatomiya   va   fiziologiya   bilan   bog’liq   bo’lgan   genotipga   tegishli
xususiyatlar  namoyon qilinadi  va tadqiq etiladi. Bunda ruhshunoslarning tadqiqot
predmeti   bo’lib   inson   organizmi   faoliyatining   tabiiy   qonunlari   bilan   bog’liq
ravishda psixikaning rivojlanish jarayoni xizmat qiladi. Ikkinchi vaziyatda psixika
va   odam   hulq-atvorining   uning   jamiyatda   tutgan   o’rni,   bajaradigan   ijtimoiy
vazifasi,   atrofdagi   odamlar   bilan   turlicha   munosabatlari   bilan   bog’liqligi   tadqiq
etiladi. Shunday qilib, individual hulq-atvordan tashqari ruhshunoslar, shuningdek,
odamlarning   shaxslararo   munosabatlarini   ham   o’rganadilar.   Psixikaning
rivojlanishi  deb tirik mavjudotlar psixikasining ketma-ketlik bilan taraqqiy etuvchi
(garchi tanazzulning ayrim holatlarini namoyon qilsada) qaytmas miqdoriy va sifat
o’zgarishlariga aytiladi. 
Psixikani aks ettiruvchi-boshqaruvchi noyob hodisa sifatida tushunish uchun
aks ettirish – jismning umumiy xossasi ekanligini e’tiborda tutish lozim. 
Yer yuzida hayotning birlamchi belgilari 2-3 milliard yil avval, dastlab asta-
sekin murakkablashib borgan kimyoviy, organik birikmalar, so’ngra esa sodda tirik
hujayralar   ko’rinishida   paydo   bo’lgan.   Ular   tiriklikka   xos   bo’lgan   rivojlanish,
yaratish   va   orttirilgan,   irsiyat   tomonidan   belgilangan   xossalarni   keyingi   avlodga
o’tkazish xususiyati bilan bog’liq bo’lgan biologik evolyusiyani boshlab berganlar.
Ma’lum psixik xususiyatlarga ega bo’lgan tirik jismlarning ko’plab shakllari
mavjud. 
Tashqi   muhit   ta’siriga   javoban   oddiy   tanlab   ta’sirlanish   xususiyati   tirik
jismning sodda shakllarida ham  kuzatiladi. Xuddi shu tarzda, bir hujayrali ameba ba’zi   ta’sirlovchilardan   uzoqlashib,   boshqalariga   yaqinlashadi.   Amebaning
harakatlari   o’z   mohiyatiga   ko’ra,   sodda   organizmlarning   tashqi   muhitga
moslashishining dastlabki shakllari bo’lib hisoblanadi. 
Tiriklikning   yuzaga   kelishi   aks   ettirishning   alohida   turi   –
seskanuvchanlik ning   paydo   bo’lishi   bilan   bog’liq.   Seskanuvchanlik   –   bu   tirik
organizmlar   (o’simlik   va   hayvonlar)ning   biologik   foydali   yoki   zararli   ta’sirlarga
nisbatan o’z holatlarini o’zgartirish bilan javob qaytarish xossasi. Seskanuvchanlik
tashqi  tomondan tirik organizmning majburiy faolligining namoyon bo’lishi  bilan
ifodalanadi. Organizm rivojlanish darajasi qanchalik yuqori bo’lsa, yashash muhiti
sharoitlarining   o’zgarishi   holatida   organizm   faolligining   ifodalanishi   shunchalik
murakkab shaklga ega bo’ladi. 
Tirik mavjudotlarda ta’sirlanishning keyingi rivojlanishi murakkab anatomik
tuzilishga   ega   bo’lgan   rivojlangan   organizmlar   yashash   sharoitlarining
murakkablashuvi bilan yuqori darajada bog’liqdir. 
Tirik   mavjudotlarning   evolyusiya   natijasida   o’zini   takomillashtirib   borishi
bilan   ularning   organizmlarida   o’z   zimmasiga   rivojlanish,   hulq-atvor   va   yaratish
kabilarning   boshqaruvi   vazifasini   olgan   maxsus   organ   ajralib   chiqdi.   Bu   –   nerv
tizimi .   Uning   murakkablashishi   va   takomillashib   borishi   (boshqa   to’qima   va
organlardan alohida ravishda gangliy tuzilmalarning ajralishi va bo’linishi, bosh va
orqa   miyaning   tarkib   topishi,   avval   qadimiy,   so’ngra   eski   va   yangi   bosh   miya
po’stlog’ining   paydo   bo’lishi   va   rivojlanishi,   MNT   va   tananing   boshqa   organlari
o’rtasidagi   aloqalarning   murakkablashishi)   jarayonida   hulq-atvor   shakllarining
rivojlanishi   sodir   bo’ldi   va   hayotiy   faoliyatning   psixik   boshqarish   darajalarining
qatlamlari:   sezgilar,   qabul   qilish,   xotira,   tasavvurlar,   tafakkur,   ong,   reflekslar
yuzaga keldi. 
Nerv   tizimi   tuzilishi   va   vazifalarining   takomillashishi   psixikaning
rivojlanishi uchun asosiy manba bo’lib xizmat qildi. 
Shu   asnoda,   evolyusiya   rivojlanishi   natijasida   hayvonlar   organizmlari
faqatgina biologik muhim seskantiruvchilardan ta’sirlanmasdan, balki, o’z-o’zidan
indifferent bo’lgan, biologik jihatdan muhim bo’lmasada, xabar berish ahamiyatiga ega bo’lgan seskantiruvchilardan ta’sirlana boshladilar. Voqyelikda muhim hayotiy
hodisalar   haqida   xabar   beruvchi   biologik   indifferent   seskantiruvchilar   aks   esalar,
voqyelikni   aks   ettirishning   bunday   shakli   sezgirlik   deb   ataladi.   Xuddi   mana   shu
psixikaning   o’zi   bo’ladi.   Sezgirlik   sezgilarga   nisbatan   umumiy   qobiliyatni
ifodalaydi.   A.N.   Leontyevning   tasdiqlashiga   ko’ra,   hayvonlarda   sezgirlikning
yuzaga kelishi  psixika paydo bo’lishining obyektiv biologik belgisi  bo’lib xizmat
qilishi mumkin. 
Keyinchalik   tirik   mavjudotlarda   organik   jismning   rivojlanish   jarayonida
asta-sekin psixikaning asosiy xossalaridan biri – olamdagi voqyelikni yaxlitligicha
va   ilgarilab   ketib   aks   ettirish   shakllanadi.   Bu   evolyusiya   jarayonida   yuqori
rivojlangan   psixikaga   ega   bo’lgan   hayvonlarda   atrof-olam   haqida   axborot   qabul
qilish, uni tahlil qilib, biologik jihatdan muhim va neytral xususiyatli barcha o’rab
turgan   obyektlar   tomonidan   bo’lishi   mumkin   bo’lgan   ta’sirlarga   javoban   harakat
namoyon qilish layoqati mavjudligini bildiradi. 
Ma’lum   sinfga   tegishli   hayvonlarda   sezgilarning   paydo   bo’lishi   faqat
psixikaning bunyodga kelishi  sifatida emas, balki, tashqi  muhitga moslashishning
umuman   yangi   ko’rinishi   sifatida   ham   o’rganilishi   mumkin.   Moslashish   ushbu
ko’rinishining   asosiy   farqi   hayvonlarni   muhit   bilan   bog’lovchi   –   hulq-atvor
jarayonlari kabi alohida hodisalarning yuzaga kelishidan iborat. 
Hulq-atvor – bu tirik organizmning tashqi muhit ta’sirlariga javoban yuzaga
keladigan murakkab reaksiyalar majmuasi hisoblanadi. Tirik mavjudotlar psixikasi
rivojlanganligining   darajasiga   ko’ra,   murakkabligi   turlicha   bo’lgan   hulq-atvorga
ega ekanliklarini alohida ta’kidlab o’tish zarur. Hulq-atvorning sodda reksiyalarini,
masalan,   chuvalchangning   to’siqqa   duch   kelganida,   o’z   harakat   yo’nalishini
o’zgartirishini   kuzatganimizda   ko’rishimiz   mumkin.   Bunda   tirik   mavjudotning
rivojlanish   darajasi   qanchalik   yuqori   darajada   bo’lsa,   hulq-atvori   ham   shunchalik
murakkablashadi.   Xuddi   shunday   holatni   itlarda   ilgarilangan   aks   ettirishning
namoyon   bo’lishini   kuzatamiz.   Masalan,   it   ma’lum   tahdidga   ega   bo’lgan   obyekt
bilan   to’qnashishdan   o’zini   olib   qochadi.   Lekin,   odamda   tashqi   muhit
sharoitlarining   to’satdan   o’zgarib   qolishiga   javoban   ta’sirlanish   bilan   birga, hayvonlardan   farqli   o’laroq,   motivasiyalangan   (anglangan)   va   maqsadli   hulq-
atvorni shakllantirish qobiliyatiga ega bo’lgan eng murakkab hulq-atvor kuzatiladi.
Bunday   murakkab   xulq-atvorning   amalga   oshirilish   imkoniyati   odamda   ongning
mavjudligi bilan belgilanadi. 
Shunday   qilib,   yuqoridagi   fikrlar   asosida,   tirik   organizmlar   psixikasi
rivojlanganligining   to’rt   asosiy   darajasini   ajratish   mumkin,   bular:   ta’sirchanlik,
sezgilar   (his-tuyg’ular),   yuqori   tuzilgan   hayvonlarning   hulq-atvori   (tashqi
belgilangan   hulq-atvor),   inson   ongi   (sababiy   hulq-atvor)dir.   Ushbu   darajalarning
har   biri   o’z   rivojlanish   bosqichlariga   ega   ekanliklarini   ta’kidlab   o’tish   zarur.
Psixika rivojlanishining yuqori darajasi faqat insonga xosdir. 
Evolyusiyada tabiiy tanlanishning o’rni   Hayvonlar psixikasi taraqqiyotini
o’rganuvchi   ushbu   yondoshuvdan   tashqari   boshqa   yondoshuvlar   ham   mavjud.
Masalan,   fransiyalik   biolog-olim,   birinchilar   qatorida   sinantrop   odamning
qoldiqlarini aniqlagan tadqiqotchi-antropolog va taraqqiyparvar arbob Pyer Teyyar
de Sharden ushbu muammoni o’rganishga idealizm nuqtai nazaridan yondoshadi. 
Bunda   Teyyar   de   Sharden   olamda   ideal   asosning   abadiy   mavjudligi,   uning
moddiy asos bilan uyg’un ravishda taraqqiy etishi qoidalariga tayanib ish ko’radi. 
U psixik manbalarni «ruhiy quvvat» tushunchasini jismning «ichki tomoni»
bilan tenglashtirgan holda ko’ra oladi, va uning boshlanish tarixini «boshlang’ich
hayot» deb nomlanuvchi qadim zamonlarga taqaydi. Ruhiy quvvat jismoniy quvvat
bilan   uyg’unlashgan   holda   unga   qarshilik   ko’rsatadi.   U   rivojlanishda   moddiy
dunyoning xilma-xilligini yaratuvchi jismoniy quvvatdan farq qilib, o’z taraqqiyot
yo’lida   sodda   hayvonlardan   tortib,   odamgacha   bo’lgan   tirik   mavjudotlarga   xos
psixologik hodisalarning turli-tumanligini yuzaga keltiradi. Teyyar de Shardenning
yozishicha: «Ikkala – jismoniy va ruhiy quvvatlar mos ravishda dunyoning tashqi
va   ichki   tomonlarida   …   o’zaro   muntazam   birlashgan   holatda   bo’ladi   va   ba’zi
hollarda bir-biriga o’tib turadi» 
Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, birinchidan, moslashish vositalari va
darajalari   hayvonlar   psixikasining   rivojlanish   darajasi   bilan   belgilanadi.
Ikkinchidan, hayvonlar psixikasi rivojlanishining jismlarni idrok qilish bosqichida turgan   eng   yuqori   darajasi   hayvonlarning   boshlang’ich   idrokli   hulq-atvori   haqida
fikr   yuritish   imkonini   beradi.   Lekin   hayvonlar   hulq-atvorining   o’ziga   xos
xususiyati, asosan, o’zining biologik ehtiyojlarini qondirishdan iborat. 
Hayvonot   dunyosida   psixika   rivojlanishi   insondagi   kabi   ong   darajasiga
o’tmasdan, idrokli hulq-atvor darajasida tugaydi. 
Psixikaning inson darajasidagi  keyingi rivojlanishi  xotira, nutq, tafakkur va
ong hisobidan faoliyatning murakkablashishi  va atrof-olamni tadqiq etish vositasi
sifatidagi   mehnat   qurollarining   takomillashishi,   shuningdek,   belgili   tizimlarning
kashf etilishi va keng qo’llanilishi evaziga amalga oshdi. Odamda tabiat tomonidan
berilgan   psixik   jarayonlarning   tuban   tashkiliy   darajalari   bilan   bir   qatorda   yuqori
darajalari ham yuzaga keladi. 
Insonlarning psixik tarraqqiyotining jadallashishiga insoniyat erishgan uchta
asosiy   yutuq   ko’mak   berdi,  bular:   mehnat   qurollarining  kashf   etilishi,   moddiy  va
ma’naviy   madaniyat   buyumlarini   ishlab   chiqarilishi   va   til   va   nutqning   paydo
bo’lishi.   Inson   mehnat   qurollari   yordamida   tabiatga   ta’sir   ko’rsatish   va   uni
chuqurroq bilish imkoniyatiga ega bo’ldi. 
O’z   navbatida,   qurollarni   va   ular   yordamida   bajariladigan   mehnat
vazifalarini   takomillashtirish   qo’l   yordamida   bajariladigan   vazifalarning
o’zgarishiga   va   yaxshilanishiga   olib   keldi,   buning   evaziga   qo’l   vaqt   o’tishi   bilan
ish qurollari orasida eng nozik va aniq qurolga aylandi. Qo’l misolida inson ko’zi
voqyelikni   bilishni   o’rgangan,   uning   yordamida   tafakkur   taraqqiy   etib,   inson
ruhining   asosiy   ijod   namunalari   yaratilgan.   Olam   haqidagi   bilimlarning   kengayib
borishi   bilan   inson   imkoniyatlari   ham   oshdi,   u   tabiatdan   mustaqil   bo’lish   va   o’z
tabiatini (psixika va hulq-atvorni) idrokli o’zgartirish layoqatini egallab bordi. 
Insonlarning   ko’plab   avlodlari   tomonidan   yaratilgan   moddiy   va   ma’naviy
madaniyat   buyumlari   beiz   ketmadi,   ular   avloddan-avlodga   o’tib,   qayta   ishlanib,
takomillashib bordi. Insonlarning yangi avlodi uchun ularni yangitdan kashf  etish
zaruriyati   tug’ilmadi,   ulardan   foydalanishni   bunday   mahoratga   ega   odamlar
yordamida o’rganib olishning o’zi kifoya edi.  Layoqatlar,   bilimlar,   malaka   va   ko’nikmalarni   irsiyat   orqali   o’tkazilish
mexanizmi   o’zgardi.   Endilikda   psixologik   va   xulq-atvor   shakllanishida   yangi
pog’onaga   ko’tarilish   uchun   organizm   ichki   tuzilishi   va   unda   kechadigan
jarayonlarni, irsiy axborotni o’zgartirish
Psixikani rivojlanish bosqichlari. Xatti –harakat shakllari.
Uzoq   v aqt lar   dav omida   psixologiy a   t abiiy ,   ijt imoiy   fanlardan
ajrat ilib o’rganiladigan  ilm  sohasi  sifat ida  qaralgan. Buning asosiy
sababi  shundak i,  o’sha  pay t larda  psixologiy a,  inson  ruhi  idealist ik
nuqt ai   nazaridan   t alqin   et ilgan.   Psixologiy a   oldida   t urgan   asosiy
v azifa  asosan  inson  ichk i  olamini  o’rganish  bo’lib,  bu  ichk i  olamga
t ashqi   duny oga   aloqasiz   rav ishda   organizm   ichida   pay do
bo’ladigan   ichk arida   k echadigan   jaray onlar,   holat lar   sifat ida
t alqin   et ilgan.   Masaslan   R.Dek art ning   t a’k idlashicha,   insonning
o’zini   o’zi   anglashi   uning   ruhiy   hay ot iga   xos   bo’lgan   narsa   bo’lib
barcha   psixik   k echinmalarning   murak k abligi   faqat   ana   shu   ichk i
jaray onlargagina bog’liqdir.
O’tgan asrda ana shu ichki olamni tashqi olamga qarshi qo’yib, uni ajratgan
holda talqin etish g’oyalariga qarshi kurash avj olib ketgan edi bundan 100 yilcha
muqaddam   I.M.Sechenov   tomonidan   his   etiladigan   va   amalga   oshiriladigan
psixologik faoliyatlarning o’rganishi kerak deb aytadi.
I.M.Sechenov   tomonidan   taklif   qilingan   reflektor   nazariya   konsepsiyasi
dualizm   qarashlarini   psixik   hayotga   tadbiq   etish   bo’yicha   birinchi   ilmiy   qarash
bo’lmagan.
Psixologiyan tabiat va jamiyat haqidagi fan sifatida joriy qilish sobiq sovet
psixologlarining asosiy maqsadlaridan biri bo’lgan.
Chet   el   psixologlarining   ishida   psixologiya   ichki   dunyo   haqidagi   fan
sifatida emas balki, tashqi ko’rinishlar haqidagi fan deb hisoblangan. Psixologiyani
ruhiy hayotning o’ziga xosligi haqida emas, balki hayot faoliyatining uzoq muddat rivojlanishi   natijasi   sifatida,   unda   organizmning   atrof   muhit   bilan   faol   o’zaro
aloqaga   kirishadi,   unda   u   o’z   o’rnini   topishga   intiladi.   Bunday   aks   ettirish
jarayonida, atrof muhitning ta’siri ostida miyada psixik jarayonlar vujudga keladi.
Bu   holat   esa   psixikaning   ichki   dunyo   haqidagi   fan   tushunchasini   yo’qotgan   va
buning   natijasida   evolyusion   rivojlanish   vujudga   keladi.   Psixik   jarayonlar   shu
tariqa o’rganish obyekti bo’lib qolgan.  
Chet   el   psixologlarining   fikriga   ko’ra   psixika   hayot   faoliyatida   vujudga
kelmay,   balki   organizmning   hayot   faoliyatini   ma’lum   shart   sharoitlarda   vujudga
keltiradi.   Masalan:   notirik   tabiatda   alohida   buyumlarning   o’zaro   aloqasi   mavjud.
Biroq bunday aloqalar ularning yashashi uchun sharoit hisoblanmaydi qoya suvdan
mustaqil   ravishda   bo’lishi   mumkin,   suv   qirg’oqdan   mustaqil   ravishda   mavjud
bo’lishi   mumkin.   Masalan:   kerosinda   mavjud   bo’lgan   kakliy   ochiq   havoga
qo’yilganda uchib ketishi mumkin. Yerning rivojlanishi jarayonida juda murakkab
qo’shilishlar   vujudga   kelgan.   Bu   katta   molekulalar   konservatlar   deb   atalgan.
Ularning asosiy xususiyatlari ularning qismlarga tez ajrala oladilar, chunki modda
almashinuvi   ko’proq   bo’lar   ekan.   Bu   molekulalar   yangi   moddalarni   qabul   qilib,
o’zlashtirishi   tashqi   olam   maxsulotlarini   sochishi   kerak.   Shu   tariqa   o’sha   katta
molekulalar   atrof   muhitda   moddalar   almashinuvi   uchun   kerak.   Moddalar
almashinuvi   pavssiv   jarayon   hisoblanmaydi.   U   oqsil   molekulalarning   hayotiy
faoliyat   jarayonini   amalga   oshiradi.   Shu   tariqa   tirik   hayot   vujudga   keladi.   Bu
hayotda   mayda   organizmlar   vujudga   keladi.   Bu   to’qimalarning   mavjudligining
o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, ular moddlarga qo’zg’ovchilarni har doim
topa oladilar. Shu darajada ham tirik moddalarda ehtiyojlar paydo bo’la boshlagan.
Hamma tashqi  olam  ko’rinishidan hayotni  qo’llash uchun biotik ta’sir  va mavjud
bo’lmagan   abiotik   ta’sir   mavjud   edi.   Agar   biz   hayot   evolyusiyasini   diqqat   bilan
kuzatsak, ularni ma’lum bir bosqichlarga ajratishimiz mumkin. Birinchi bosqich bu
o’simliklar olami. Bu forma evolyusiyaning hamma bosqichlarida uchraydi. Sodda
bir to’qimali suv o’tlaridan tortib, to zamonaviy o’simliklarga qadar.
Ko’pgina   tadqiqotchilarning     fikriga   ko’ra   o’simliklar   olamining   o’ziga
xosligi shundan iboratki, ular ma’lum bir joyga bog’langanlar, harakat qilmaydilar. O’simliklar  olami ma’lum bir moddalar almashinuvida  to’xtaydi. O’simliklarning
xayot   faoliyati     biotik   omillarga   bog’liq   holda   amalga   oshiriladi.   O’simliklar
ma’lum   bir   sharoitlarga   nisbatan   sezuvchan   bo’lib   qoladilar.   Demak   o’simliklar
ham o’z ehtiyojlariga egadirlar. O’simliklar ularga ta’sir qilagan omillarga nisbatan
ta’sirlarga javob berish xususiyatlariga egadirlar. O’simliklar ma’lum bir xududga
bog’langandirlar,   undan   ortiqcha   harakat   qilmaydilar.   O’simliklar   yorug’likka,
haroratga,   kimyoviy   ta’sirlarga   nisbatan   ta’sir   berish   xususiyatlariga   egadirlar.
Bunday harakatlar tropizmlar deb ataladi. 
Tropizmlar   fototropizm   (yorug’likka   javob),   termotropizm   (haroratga),
geotropizm   (yer   markaziga   intilishi),   xemotropizm   (kimyoviy   ta’sirlarga)   larga
bo’linadilar. O’tkazilgan tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, tropizmlar ijobiy (taassurot
kelgan   yo’nalishga   qarab   intilish)   yoki   salbiy   (zararli   taassurotlarga   intilish)
xarakterga ega bo’lishi mumkin. 
O’simliklar   dunyosidan   farq   qiluvchi   bosqich   bu   hayvonot   olami
hisoblanadi.   Hayvonot   olamining   o’simliklar   dunyosidan   farqlanuvchi
xususiyatlari   bu   hayvonlarda   harakatning   mavjudligidir.   Bu   ba’zida   yetarli
xisoblanmaydi, chunki ba’zi bir o’simliklar harakatlanish xususiyatlariga egadirlar.
Masalan kungaboqar yoki pashsha yutuvchi o’simlik, kungaboqar quyoshga qarab
harakatlansa,   pashsha   yutuvchi   pashshalarga   qarab   harakatlanadi.   Lekin   bundaay
harakatlar   hayvonlarning   xatti   harakatlaridan   farqlanadi.   Hayvonlarning   xarakati
faol   xarakterga   ega.   O’simliklar   dunyosidan   hayvonot   dunyosiga   o’tishdagi
yangilik   bu   hayvonlarda   yangi   qo’zg’atuvchining   ko’rinishi   vujudga   kelishidir.
Hattoki   eng   sodda   tuzilgan   hayvonlar   ham   biotik   qo’zg’atuvchilarni   paydo
bo’lishini   namoyon   qilishlari   mumkin.   Bu   A.N.Leontyev   talqiniga   ko’ra
sezuvchanlik deb nomlangan. Hayvonlarda sezuvchanlikning paydo bo’lishi yangi
xususiyatlardan   biri   hisoblanadi   va   bu   esa   yangi   organizmlarni   vujudga   keltiradi,
bu holat esa psixikaning vujudga kelishining asosiy omili hisoblanadi.    
Tug’ma   va   individual   xatti-harakat.   U.   Djeymsning      instinkt    lar   
nazariyasi    .      Ko’pgina   olimlarning   fikriga   ko’ra   instinktlar   bu   ongdagi
maqsadlarning   yo’qligida   hayvonlarning   maqsadli   xatti-harakatidir.   Demak instinkt   bu   nasldan   naslga   hyech   qanday   o’zgarishsiz   o’tadigan   tug’ma   xatti-
harakat   formasidir.   Bu   xatti-harakat   shakli   umurtqasizlarning   hayotida   yetakchi
ahamiyat   kasb   etadi,   masalan   qumursqalarda   bu   xatti-harakat   formasi   asosiydir,
quyi   darajada   rivojlangan   umurtqalilarda   ham   instinktlar   yetakchi   o’rin   egallaydi
faqat asta sekinlik bilan individual o’zgaruvchan xatti-harakatlarga o’rnini bo’shata
boshlaydi.   Agar   yomg’ir   chuvalchangini   bosh   gangliyasini   olib   tashlaganda   u
harakat qilishi ma’lum. Yomg’ir chuvalchangi  uyini qishda issiq  tutishi  uchun va
oziqlanishi   uchun   uyiga   daraxt   bargini   olib   kirar   ekan.   Tadqiqotchilar   shuni
kuzatishdiki yomg’ir chuvalchangi bargni oxiridan tortib uyiga olib kirar ekan. Bu
xatti-harakatni   ko’rganlar   u   aqlli   xatti   harakat   qilayapti   degan   fikrga   borishlari
mumkin.   Shuning   uchun   ham   olimlar   uni   ustidan   tadqiqot   o’tkazib
chuvalchanglarni   harakatini   kuzatganlar.   Ular   chuvalchangda   shaklni   idrok   qilish
formasi  bormi   yoki   yo’qligini  kuzatganlar.  Ular   bargni   shakliga  o’xshash   shaklni
bargdan   kesib   olganlar,   bargni   asosi   hisoblangan   barg   shakli   hozirda   oxiri
hisoblana boshlagan, shunda chuvalchang oxiri hisoblangan tomonidan uyiga torta
boshlagan,   demak   chuvalchang   boshqa   omillar   orqali   xatti-harakatini   boshqarishi
ma’lum bo’lgan. Demak chuvalchanglar ma’lum bir tug’ma xatti-harakatni amalga
oshirishini   kuzatishimiz   mumkin.   Bu   xatti-harakat   formalarining   murakkabligi
nimadan   iboratligini   kuzatganimizda,   shunday   xulosaga   kelishimiz   mumkinki
evolyusiya   jarayonida   qandaydir   noma’lum   yo’llar   bilan   hayvonlarning   yashashi
uchun   shart   sharoit   yaratiladi,   bunda   ularning   tana   shakllari,   yashash   sharoitlari
hisobga olinadi. Kapalak yoki pashshaning qanoti uchish uchun eng maqbul asbob
hisoblanadi. asalarining tumshug’i esa asal yig’ish uchun eng maqbulidir. Har bir
qumursqalarning   xatti-harakati   yashash   uchun   eng   maqbul   holatdardan   biri
hisoblanadi. Darvinning fikriga ko’ra bu evolyusiyaning natijasida, tabiiy tanlanish
vaqtida   vujudga   kelgan   hisoblanadi.   Ularning   nasl   qoldirishga   bo’lgan   xatti-
harakatida   ham   instinkt   formalarini   kuzatishimiz   mumkin,   masalan   chivinlar   o’z
tuxumlarini   suvga   qo’yadilar,   agar   ular   quruq   joyga   tuxumlarini   qo’ysalar
tuxumlar   nobud   bo’lishlari   mumkindir.   Ipak   qurti   o’z   ipagini   katta   qilib   o’raydi,
chunki   bunda   uning   kapalagi   o’sha   joyda   harakatlana   olishi   kerakdir.   Oddiy   ari tuxumini   chuvalchangga   qo’yadi   bunda   u   chuvalchangni   yetakchi   gangliyasini
zararlab, tuximini qo’yada bu holatda chuvalchang halok bo’lmaydi, balki arining
bolasiga   yem   bo’ladi.   Bunday   murakkab   xatti-harakatlar   o’zining   maqsadliligi
jihatidan hayron qoldiradi. Asalarining in qurishi ham juda murakkab hisoblanadi,
u   xuddi   arxitektor   kabi   hamma   qismlarni   hisobga   olgan   holda   in   qurgandek
ko’rinadi. Masalan baliqlar, qushlar ma’lum bir xududda yashab ikkinchi xududga
qishlash   uchun   keladilar.   Bu   xolatda   murakkab   xatti-harakat   formalari
programmalashtirilgan hisoblanadi. Instinktni to’rt asosiy xususiyatini ajratishimiz
mumkin,   bular   quyidagilardir:   nasliylik,   o’qitishdan   mustaqillik,   birxillik,   bir
tomonlamalikdir 1
.
Masalan   asalarilar   140   ga   yaqin   xidlarni   ajratish   xususiyatiga   egadirlar.
Asallarilar   to’lqinlarni   ham   tez   va   oson   ajrata   oladilar.   Inson   tebranishlar
chastotasini   sekundiga   20   dan   20mingga   yaqinini   ajratadi,   qumursqalar   esa   faqat
ultrazvuk   tebranishlariga   javob   beradi.   qumursqalarda   yana   ko’rishi   yaxshi
rivojlangan.   Ularning   ko’zlari   umurtqalilardan   farqli   ravishda   bir   necha   ming
aloxida   bo’limchalardan   iboratdir.   Demak   qumursqalarda   yuqori   darajada
rivojlangan umurtqalilar kabi hamma sezgi organlari mavjuddir. Ularda qo’zg’alish
aynan   shu   organlarda   paydo   bo’ladi   va   so’ngra   oldingi   gangliyaga   yetkaziladi.
Oldingi   gangliyada   uchta   turli   xil   qismlar   mavjuddir:   oldingi   qism   ko’rish
reseptorining tolalari boradi, o’rta qism xid bilish reseptorlari boradi va orqa qism
og’iz   qismining   reseptorlari   boradi.   Shu   tariqa   asalarilarda   oldingi   gangliyasi
tasniflangan   hisoblanadi,   ularni   esa   umurtqalilar   miyasi   bilan   ham   solishtirish
mumkindir.   Asalarilarning   gangliyasi   chuvalchanglarnikiga   o’xshamagan   tarzda
tuzilgan,   ularning   gangliyalari   tartiblangan   tarzda   tuzilgandir.   Bu   xatti-harakatlar
yorug’lik   signallariga   javob   berishga   mo’ljallangandir.   Asalarining   oldingi
gangliyasi   kelgan   ma’lumotlarni   tahlil   qilish   qobiliyatiga   egadir,   bular   murakkab
xatti-harakatlarni   amalga   oshirishga   yordam   beradi.   Har   bir   hatti   harakatlar
instinktiv   darajada   tuzilganligi   sababli   ulardagi   ma’lum   o’zgarishlarga   hayvonlar
javob   berishmasligi   mumkin.   Instinktiv   xatti–harakatning   besh   xil   turi   mavjud.
1
Evolutionary Psychology David M. Buss, third edition , The University of Texas at Austin, 2008. (p)    27    1)oziqlanish,   2)nasl   qoldirish,   3)   naslga   g’amxo’rlik,   4)ximoyalanish,   5)in   qurish
va   gala   bo’lib   yashash.   Har   bir   xatti   harakatlar   shu   instinktlar   asosida   amalga
oshiriladi. Ular murakkab holatlarga duch kelsalar  instinktlar chegarasidan chiqib
keta   olmaydilar.   Masalan   o’rgimchak   to’riga   pashsha   tushganini   vibrasiya   orqali
sezadi   va   ozuqaga   intiladi.   Agar   iniga   boshqa   narsa   tushsa   ham   unga   intiladi,
chivin suvga tuxum qo’yadi, lekin oynani ko’rsa ham tuxum qo’yishi mumkindir.  Adabiyotlar :
1. Evolutionary   Psychology   David   M.   Buss,   third   edition   ,   The   University   of   
Texas at Austin, 2008.
2. Psychology David G. Myers Hope College Holland, Michigan    
3. V ы gotskiy L. S. Sobr. soch. v 6 t. M., 1982-1984.
4. Galperin   P.   Ya.   Vvedeniye   v   psixologiyu.   M.,   1976.   Galperin   P.   Ya.   K
ucheniyu ob interiorizasii // Vopr. psixologii.  1966. № 6.
5. Gippenreyter Yu.B. Vvedeniye v ob щ uyu psixologiyu.  M., 1996.
6. Obщaya psixologiya. Tekstы. Tom 1 «Vvedeniye».  M., 2001. S. 14 
(Godfrua), 15-16, 35- 39 (Petuxov, Stolin), 27-34 (Olport) (1) 
 
7. Ananyev B. G. O problemax sovremennogochelovekoznaniya M., 1977
8. Aristotel. Soch. v 4 t. T. 1.  M., 1975
9. Bodrov V.A. Psixologiya professionalnoy deyatelnosti. Teoreticheskiye i 
prikladn ы ye problem ы . M.: Izd-vo «Institut psixologii RAN», 2006.
10. Fonarev A. R. Psixologiya stanovleniya lichnosti professionala: Uchebnoye 
posobiye.  M.: Izd-vo Moskovskogo psixologo-sosialnogo instituta, 2005.

Ma’ruza. Psixikaning evolyusiyasi va vujudga kelishi Reja: 1. Inson psixikasini umumiy qonuniyatlari va funksiyalari. 2. Inson psixikasini tizimi. 3. Evolyusiyada tabiiy tanlanishning o’rni . 4. Uilyam Djeyms va instinktlar psixologiyasi .

Inson psixikasini umumiy qonuniyatlari, tizimi va funksiyalari. Psixikani o’rganish qator boshlang’ich boshqaruv nizomlariga asoslangan tamoyillarga tayanadi, bu tamoyillar tadqiq etilayotgan obyektni mazmunli bayon etish, tajriba ma’lumotlariga ega bo’lish muolajalarini rejalashtirish, ularni umumlashtirib, izohlash, shuningdek, ilmiy farazlarni ilgari surib, ularni tekshirish imkonini beradi. Psixologiyaning asosiy metodli tamoyillari sifatida quyidagilar ko’rsatilgan: 1. Determinizm tamoyili. Bu tamoyilga asosan, barcha mavjudliklar ma’lum sabab, qonuniyatga ko’ra paydo bo’ladi, o’zgaradi va nobud bo’ladi. Psixologik tadqiqotda psixika hayot tarzidan kelib chiqib, mavjudlikning turli tashqi sharoitlari ta’sirida o’zgarishini bildiradi. Hayvonlar psixikasi haqida so’z yuritilganda, uning rivojlanishi biologik qonun sifatidagi tabiiy tanlanish bilan belgilanishini ta’kidlash lozim. Odam psixikasini oladigan bo’lsak, inson ongi kelib chiqishining shakllari va rivojlanishi oxir-oqibat hayot uchun zarur moddiy vositalarni ishlab chiqish usulining rivojlanish qonunlari bilan belgilanadi. Determinizm tamoyilidan kelib chiquvchi xulosa sifatida inson ongining ijtimoiy-tarixiy xususiyatini tushunish xizmat qiladi. 2. Ong va faoliyatning birligi tamoyili. Ong va faoliyat uzviy birlikni tashkil etadi, lekin ular bir-biriga aynan o’xshash emas. Ong faoliyat jarayonida uning ichki rejasini, dasturini hosil qilgan holda shakllanadi. Aynan, ongda voqyelikning harakatchan ko’rinishlari yuzaga keladi, ular yordamida inson atrof muhitda o’z yo’nalishini aniqlay oladi. Ong va faoliyatning birligi tamoyili ruhshunoslarga hulq-atvor, faoliyatni o’rgangan holda, samarali maqsadga muvofiq harakatlarning ichki psixologik mexanizmlarini aniqlash, ya’ni, psixikaning obyektiv qonuniyatlarini ochib berish imkonini beradi. 3. Psixika va ongning faoliyatda rivojlanish tamoyili. Ushbu tamoyil psixika haqida uning faoliyat jarayoni va natijasi sifatida uzluksiz rivojlanishda ko’rib chiqilgandagina to’g’ri tushuncha hosil bo’lishini bildiradi.

Har bir psixik hodisaning tadqiq etilishi shu hodisaning aynan hozirgi vaqtga tegishli bo’lgan xususiyatlarining ta’rifini, yuzaga kelish va shakllanish tarixini, shuningdek, rivojlanish istiqbollarini o’z ichiga olgan bo’lishi kerak. Inson psixikasini tizimi Olimlar inson psixologiyasi va hulq-atvorini o’rganishda ularni bir tomondan, organizmning biologik tuzilishi va faoliyati nuqtai nazaridan, ikkinchi tomondan, ijtimoiy rivojlanish qonunlari yordamida tushuntirib berishga harakat qiladilar. Birinchi vaziyatda psixika va hulq-atvorning irsiyat bilan belgilanadigan tug’ma, anatomiya va fiziologiya bilan bog’liq bo’lgan genotipga tegishli xususiyatlar namoyon qilinadi va tadqiq etiladi. Bunda ruhshunoslarning tadqiqot predmeti bo’lib inson organizmi faoliyatining tabiiy qonunlari bilan bog’liq ravishda psixikaning rivojlanish jarayoni xizmat qiladi. Ikkinchi vaziyatda psixika va odam hulq-atvorining uning jamiyatda tutgan o’rni, bajaradigan ijtimoiy vazifasi, atrofdagi odamlar bilan turlicha munosabatlari bilan bog’liqligi tadqiq etiladi. Shunday qilib, individual hulq-atvordan tashqari ruhshunoslar, shuningdek, odamlarning shaxslararo munosabatlarini ham o’rganadilar. Psixikaning rivojlanishi deb tirik mavjudotlar psixikasining ketma-ketlik bilan taraqqiy etuvchi (garchi tanazzulning ayrim holatlarini namoyon qilsada) qaytmas miqdoriy va sifat o’zgarishlariga aytiladi. Psixikani aks ettiruvchi-boshqaruvchi noyob hodisa sifatida tushunish uchun aks ettirish – jismning umumiy xossasi ekanligini e’tiborda tutish lozim. Yer yuzida hayotning birlamchi belgilari 2-3 milliard yil avval, dastlab asta- sekin murakkablashib borgan kimyoviy, organik birikmalar, so’ngra esa sodda tirik hujayralar ko’rinishida paydo bo’lgan. Ular tiriklikka xos bo’lgan rivojlanish, yaratish va orttirilgan, irsiyat tomonidan belgilangan xossalarni keyingi avlodga o’tkazish xususiyati bilan bog’liq bo’lgan biologik evolyusiyani boshlab berganlar. Ma’lum psixik xususiyatlarga ega bo’lgan tirik jismlarning ko’plab shakllari mavjud. Tashqi muhit ta’siriga javoban oddiy tanlab ta’sirlanish xususiyati tirik jismning sodda shakllarida ham kuzatiladi. Xuddi shu tarzda, bir hujayrali ameba

ba’zi ta’sirlovchilardan uzoqlashib, boshqalariga yaqinlashadi. Amebaning harakatlari o’z mohiyatiga ko’ra, sodda organizmlarning tashqi muhitga moslashishining dastlabki shakllari bo’lib hisoblanadi. Tiriklikning yuzaga kelishi aks ettirishning alohida turi – seskanuvchanlik ning paydo bo’lishi bilan bog’liq. Seskanuvchanlik – bu tirik organizmlar (o’simlik va hayvonlar)ning biologik foydali yoki zararli ta’sirlarga nisbatan o’z holatlarini o’zgartirish bilan javob qaytarish xossasi. Seskanuvchanlik tashqi tomondan tirik organizmning majburiy faolligining namoyon bo’lishi bilan ifodalanadi. Organizm rivojlanish darajasi qanchalik yuqori bo’lsa, yashash muhiti sharoitlarining o’zgarishi holatida organizm faolligining ifodalanishi shunchalik murakkab shaklga ega bo’ladi. Tirik mavjudotlarda ta’sirlanishning keyingi rivojlanishi murakkab anatomik tuzilishga ega bo’lgan rivojlangan organizmlar yashash sharoitlarining murakkablashuvi bilan yuqori darajada bog’liqdir. Tirik mavjudotlarning evolyusiya natijasida o’zini takomillashtirib borishi bilan ularning organizmlarida o’z zimmasiga rivojlanish, hulq-atvor va yaratish kabilarning boshqaruvi vazifasini olgan maxsus organ ajralib chiqdi. Bu – nerv tizimi . Uning murakkablashishi va takomillashib borishi (boshqa to’qima va organlardan alohida ravishda gangliy tuzilmalarning ajralishi va bo’linishi, bosh va orqa miyaning tarkib topishi, avval qadimiy, so’ngra eski va yangi bosh miya po’stlog’ining paydo bo’lishi va rivojlanishi, MNT va tananing boshqa organlari o’rtasidagi aloqalarning murakkablashishi) jarayonida hulq-atvor shakllarining rivojlanishi sodir bo’ldi va hayotiy faoliyatning psixik boshqarish darajalarining qatlamlari: sezgilar, qabul qilish, xotira, tasavvurlar, tafakkur, ong, reflekslar yuzaga keldi. Nerv tizimi tuzilishi va vazifalarining takomillashishi psixikaning rivojlanishi uchun asosiy manba bo’lib xizmat qildi. Shu asnoda, evolyusiya rivojlanishi natijasida hayvonlar organizmlari faqatgina biologik muhim seskantiruvchilardan ta’sirlanmasdan, balki, o’z-o’zidan indifferent bo’lgan, biologik jihatdan muhim bo’lmasada, xabar berish ahamiyatiga

ega bo’lgan seskantiruvchilardan ta’sirlana boshladilar. Voqyelikda muhim hayotiy hodisalar haqida xabar beruvchi biologik indifferent seskantiruvchilar aks esalar, voqyelikni aks ettirishning bunday shakli sezgirlik deb ataladi. Xuddi mana shu psixikaning o’zi bo’ladi. Sezgirlik sezgilarga nisbatan umumiy qobiliyatni ifodalaydi. A.N. Leontyevning tasdiqlashiga ko’ra, hayvonlarda sezgirlikning yuzaga kelishi psixika paydo bo’lishining obyektiv biologik belgisi bo’lib xizmat qilishi mumkin. Keyinchalik tirik mavjudotlarda organik jismning rivojlanish jarayonida asta-sekin psixikaning asosiy xossalaridan biri – olamdagi voqyelikni yaxlitligicha va ilgarilab ketib aks ettirish shakllanadi. Bu evolyusiya jarayonida yuqori rivojlangan psixikaga ega bo’lgan hayvonlarda atrof-olam haqida axborot qabul qilish, uni tahlil qilib, biologik jihatdan muhim va neytral xususiyatli barcha o’rab turgan obyektlar tomonidan bo’lishi mumkin bo’lgan ta’sirlarga javoban harakat namoyon qilish layoqati mavjudligini bildiradi. Ma’lum sinfga tegishli hayvonlarda sezgilarning paydo bo’lishi faqat psixikaning bunyodga kelishi sifatida emas, balki, tashqi muhitga moslashishning umuman yangi ko’rinishi sifatida ham o’rganilishi mumkin. Moslashish ushbu ko’rinishining asosiy farqi hayvonlarni muhit bilan bog’lovchi – hulq-atvor jarayonlari kabi alohida hodisalarning yuzaga kelishidan iborat. Hulq-atvor – bu tirik organizmning tashqi muhit ta’sirlariga javoban yuzaga keladigan murakkab reaksiyalar majmuasi hisoblanadi. Tirik mavjudotlar psixikasi rivojlanganligining darajasiga ko’ra, murakkabligi turlicha bo’lgan hulq-atvorga ega ekanliklarini alohida ta’kidlab o’tish zarur. Hulq-atvorning sodda reksiyalarini, masalan, chuvalchangning to’siqqa duch kelganida, o’z harakat yo’nalishini o’zgartirishini kuzatganimizda ko’rishimiz mumkin. Bunda tirik mavjudotning rivojlanish darajasi qanchalik yuqori darajada bo’lsa, hulq-atvori ham shunchalik murakkablashadi. Xuddi shunday holatni itlarda ilgarilangan aks ettirishning namoyon bo’lishini kuzatamiz. Masalan, it ma’lum tahdidga ega bo’lgan obyekt bilan to’qnashishdan o’zini olib qochadi. Lekin, odamda tashqi muhit sharoitlarining to’satdan o’zgarib qolishiga javoban ta’sirlanish bilan birga,