logo

Rossiya,Yaponiya va Amerika sivilizatsiyalari.

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

27.54296875 KB
Rossiya ,Yaponiya va Amerika  sivilizatsiyalari.
Reja: 
1. Rossiya sivilizatsiyasi.
2. Ilk o‘rta asrdagi yapon sivilizatsiyasi.
3. 2.   Yaponiyada   budda   ta’limoti   X-XVI   asrlarda   Samuraylik
iqtisodiy-siyosiy rivojlanish belgilari.
4. 3. Izolyatsiya davrida Yaponiya, madaniyati, meydzi davri. 8-9   asr   bo‘sag‘asida   feodal   munosabatlarning   rivojlanishi   natijasida
markazi Kiev bo‘lgan ilk feodal davlati – Qadimgi Rus davlati paydo bo‘ldi.
988-989   yillarda   xristian   dini   qabul   qilindi.   11   asrda   Sharqiy   Slavyanlarda
feodal tuzum qaror topdi.
Pecheneg   (bijinak)   va   qipchoqlar   hujumini   qaytargan   Kiev   Rusi
Sharqiy   Yevropadagi   yirik   davlatga   aylandi.   Kiev   Rusi   davlatining   ravnaqi
Vladimir   Svyatoslavich   (taxm.   980-1015   yillarda   idora   qilgan)   va   Yaroslav
Mudriy   (1019-54   yillarda   idora   qilgan)   faoliyati   bilan   bog‘liq.   Feodal
munosabatlarning   yoyilishi   hamda   sinfiy   kurashning   keskinlashuvi   yangi
feodal   markazlarning   yuksalishi   va   mahalliy   feodallar   hokimiyatining
kuchayishiga   olib   keldi.   Vladimir   Vsevolodovich   Monomax   (1113-25
yillarda   idora   qilgan)   Kiev   Rusi   davlatini   o‘z   qo‘lida   saqlab     qolishga
muvaffaq   bo‘ldi.   Ammo   ulug‘   knyaz   Mstislav   Vladimirovich   vafoti
(1132)dan so‘ng qadimgi rus davlati parchalanib ketdi. Kie rusidan Vladimir
Suedal knyazligi, Galich – Volin knyazligi, Novgorod feodal respublikasi va
boshqa   davlatlar   ajralib   chiqdi.   1223   yili   janubiy   rus   knyazliklari   mo‘g‘ul-
tatarlar   bilan   Kalka   daryosi   bo‘yidagi   jangda   mag‘lubiyatga   uchradi.   1236
yili   mo‘g‘ul-tatarlarning   Sharqiy   Yevropaga   yurishi   boshlandi.   Ular   Volga-
Kama Bulg‘oriyasini, 1237 yili Ryazan va boshqa shaharlarni vayron qildilar.
Ayni   vaqtda   rus   davlatiga   g‘arb   tomondan   hujum   boshlandi.   1240   yili
shvedlar   bostirib   kirdi.   Rus   qo‘shinlari   Neva   jangi   (1240)da   Aleksandr
Nevskiy   rahbarligida   shvedlarni,   1242   yilgi   Muz   ustidagi   jangda   nemislarni
tor-mor   keltirdi.   Feodal   tarqoqlikning   kuchayishi   va   mo‘g‘ul-tatarlar   xavfi
natijasida   janubiy   va   g‘arbiy   rus   yerlari   kuchayib   kelayotgan   Buyuk   Litva
knyazligiga,   Zakarpate,   Vengriya,   Galitsiya   va   Polsha   qo‘l   ostiga   o‘tib
ketadi. Feodal tarqoqlik mo‘g‘ul-tatarlarga qarshi kurash bilan bir jarayonga
to‘g‘ri keldi. 15-16 asrlarda Moskva knyazligi atrofida birlashtirildi. Ivan IV
Grozniy   (1533-84)   davrida   Qozon,   Astraxan   xonliklari   Sibir   g‘arbiy   qismi zabt etildi. 15  asrning  oxiri  16 asrning boshlarida rus xalqining shakllanishi
jarayoni bo‘lib, Rossiya degan nom shu davrdan boshlab ishlatila boshlandi.
Rossiyada   1604   yil   shvet   feodallari   1611-12   yillarda   Polsha   qo‘shinlari
bostirib   kirdi.   Pyotr   I   (1700-1721   yy.)   davrida   muntazam   armiya   harbiy
dengiz   floti   tuzildi.   Boyarlar   dumasi   tugatilib,   senat   va   kollegiyalar   tuzildi.
1700   yilda   yangi   kalendarga   o‘tildi.   Rossiya   O‘rta   Osiyoga   va   Uzoq   Sharq
mintaqasiga mustamlakachi sifatida kirib kela boshladi. 1812 yil Napaleonga
qarshi   og‘ir   urush   bo‘lib,   Rossiya   g‘alaba   qozondi.   Aleksandr   II   davrida
(1861) Rossiyadagi 22,5 mln Krepostnoy dehqonlar chiqarildi.
Rus adabiyoti uning boy og‘zaki ijodiyoti 11 asrdan boshlab shakllana
boshladi.   Mehnatkashlarning   ahvoli,   tashqi   dushmanlarga   qarshi   kurash   Il
Muromes,   Dobriniya,   Vasiliy   Balislav   kabi   qahramonlar   obrazi   sifatida
gavdalandi. Yozma adabiyot 11 asrda shakllana boshladi. 14-15 asrlarga oid
Novgorodlilar   va   sudaliklar   jangi   haqidagi   afsona   Ioan   Novgorodskiy
haqidagi   afsonalar   sikli   yetakchilik   qildi.   15-16   asrlarda   ekspressiv
emotsional   uslub   (afsona   va   publitsistika)   uslubi   ustunlik   qildi.   17   asrdan
boshlab rus adabiyoti tematik va uslub jihatidan boyidi. A.S.Pushkin realistik
poeziya janrini yaratdi. M.Yu.Lermantov bu an’anani davom ettirdi.
9010 asrlarda rus shahar madaniyati shakllandi. 10-13 asrlarda frezka-
mozaska   san’ati,   kitob   minatyurasi   rivojlandi.   16   asrda   Moskvada   tosh
ibodatxonalarning  chodirsimon  tomli  minoralari  vujudga  keldi.  17  asrda  rus
tasviriy   san’atida   dunyoviy   mazmun   kengaydi.   Asrning   o‘rtalarida   qurol
palatasi   badiiy   markazga   aylandi.   1757   yilda   Peterburgda   badiiy
akademiyaga asos solindi. Rus musiqasi slavyan qabilalari musiqasiga yaqin
bo‘lib,   mehnat,   marosim,   liriy   qahramonlik,   raqs   qo‘shiqlari,   xor,   musiqa
shakli   rivojlangan.   Asosan   musiqa   asboblari   gusli,   doira,   balalayka,   gitara,
garmon   va   boshqalar   bo‘lgan.   998   yil   xristian   dini   qabul   qilingach   chervok xonandaligi qabul qildi. 1859 yil A.Rubinshteyn tashabbusi bilan rus musiqa
jamiyati   tuzildi.  1862   yil  Peterburgda,  1866   yilda   Moskvada  konservatoriya
ochildi.
Yaponiyaning   eng   qadimgi   aholisi   hisoblangan   ayni   (ebisu)   xalqi
hisoblanadi.  II - III  asrlarda ular Xonsyu orolining sharqi va shimoliy sharqida
yashaganlar. Aynularning til xususiyatiga ko‘ra olimlar Indoneziya, Malaya,
Hindixitoy   yarim   orolidan   kelgan   deb   hisobladilar.   Yapon   oroliga   Koreya,
Kyu   syu   orqali   tunguz-manjur   xalqlari   milodimiz   boshlarida   kirib   kela
boshlaydilar.   Ular   Aynularni   qarib   yuborib,   yoki   ular   bilan   qo‘shilib   ketish
natijasida   hozirgi   Yapon   xalqi   vujudga   kelgan.   Aynular   o‘z   etnik
xususiyatlarini   saqlab   qolganlari   hozirgi   yapon   aholisining   1   %   ni   tashkil
etadi. 
III-IV   asrlarda   Xon   syu   orolida   atrofdagi   qabilalarni   birlashtirgan
Yamoto   qabilasi   ilk   davlat   birlashmasiga   asos   soladi.   Bu   davrda   asosiy
dehqonchilik   yo‘nalishi   sholichilik   bo‘lib   hisoblangan.   Hunarmandchilikda
to‘qimachilik,   kulolchilik,   temirchilik   asosiy   tarmoq   bo‘ladi.   V   asrdan
boshlab   esa,   ipakchilik   bilan   ham   shug‘ullana   boshlanadi.   Yaponiyada
qulchilik   an’analari   yarim   qaram   holatda   bo‘lib,   ular   Be   deb   atalgan.   Uy
ishlarini   esa   Yasuko   deb   ataluvchi   qullar   bajargan.   Be   (qul)ni   sotish   va
o‘ldirish mumkin emasdi. Lekin Yasukoni xo‘jayin o‘ldirishi, sotishi mumkin
bo‘lgan. Yaponiyada podshoning atrofida taniqli urug‘lar to‘plangan edi. Bir
urug‘   podshoning   saroy   qo‘riqchilarini,   yana   bir   diniy   ishlarni   yana   biri
podsho   yerlarini   boshqarishni   qo‘lga   kiritib   olgan   edi.   582   yili   Soga   urug‘i
davlat   to‘ntarishi   o‘tkazadi.   O‘z   hokimiyatini     mustahkamlash   uchun   Soga
urug‘i   sintoizmga   qarshi   buddizmni   qo‘llab   quvvatlaydilar.   Sintoizm
yaponlarning   qadimiy   dini   bo‘lib,   xudolar   yo‘li   ma’nosini   beradi.   IV-VII
asrlar   Yaponiya   tarixida   qo‘rg‘onlar   davri   bo‘lib,   har   bir   qo‘rg‘on   o‘z knyazlik   sulolasiga   ega   edi.   Xitoy   manbalarida   bu   davrlarda   55,   66,   95
tagacha knyazliklar sanab o‘tiladi. Ularning birlashuvi uzoq davom etadi. VII
asrda   urug‘   qabilalarning   eng   kuchlisi   imperator   deb   atala   boshlanib   uning
ajdodlarini   quyosh   ma’budasi   Amiterasu-Omikadaga   borib   taqaladi   deb
tushunilgan.   VI   asrda   kasuri,   xeguri,   otomo,   mononobe   va   soga   urug‘lari
o‘rtasida   yetakchilik   uchun   kurash   boshlanadi.   Soga   urug‘idan   styoku-taysi
(572-621   yy.)   biz   yuqorida   eslatgan   davlat   to‘ntarishini   o‘tkazadi.   U   “12
tabel   qonunlari”,   “17   modda   qonunlari”,   budda   diniga   sig‘inish   kabi
islohotlar   qiladi.   Tarixda   bu   “Tayka”   o‘zgarishlari   (buyuk   o‘zgarishlar)   deb
nom  oladi.  645  yil  Yaponiyada  rasmiy  kalendar  (Xitoy  kalendari)  orqali  yil
hisobi olib borila boshlaydi. Yaponiyaning qadmiy poytaxti dastlab Yasuka,
710   yildan   esa,   Xeydze   (dunyoning   poytaxt   shahri)   hozirgi   Nara   shahri
bo‘ladi. VIII   asr boshida shahar aholisi 200 ming kishiga yetadi (bu davrda
Yaponiya   aholisi   6   mln   kishi   edi).   784-794   yillarda   Nagaoka,   undan   so‘ng
1192   yilda   Xeyan   (Kiato)   poytaxt   bo‘ladi.   Ilk   o‘rta   asrlarda   erkin   jamoachi
dehqonlar mamlakat aholisining 80-90 % ni tashkil etgan.
VII-VIII   asrlarda   jamoa   yer   egaligi   o‘rniga   foedallashish   jarayonlari
kuchayib   bordi.   Xususiy   yer   (syoen)   va   monastir   yerlari   ko‘payib   bordi.   V
asrda   Yaponiyaga   Xitoy   ieroglif   yozuvlari   kirib   kela   boshlaydi.   404   yilda
Pekche   davlatidan   kelgan   Atiki   ismli   elchi   shahzodalarga   Xitoy   yozuvidan
saboq   bera   boshlaydi.   VI-VII   asrlarda   Koreya   davlatlari   (Koguryo,   Sila,
Pekche)   va   Xitoy   bilan   aloqalar   natijasida   hunarmandlar,   olimlar,   budda
rohiblarining kirib kelishi bilan xarakterlanadi. Xitoy yozuvi asosida Kodziki
(712   yil   yozilgan   bo‘lib,   qadimgi   ishlar   haqida   degan   ma’noni   beradi)   va
Manyonso   (yilnomalar   yig‘idisi)   yozilgan.   I X   asrda   Yapon   alifbosi
“Katakono” shakllanadi. Katakan   alifbosini   buddistlar   sanskrit   alifbosi   devonagari   asosida
shakllantiradilar.   Xiragani   yozuvi   ham   keng   tarqalgan   bo‘lib,   u   ko‘proq
Xitoy   ieroglifidan   ajralib   chiqadi.   Katakan     yozuvini   Kibi-no   mabi   nomli
Xitoyda 20 yil yashagan budda rohibi ixtiro qilgan bo‘lsa, xiragani yozuvini
kaligrafiya   bilan   shug‘ullanuvchi   monax   Kukay   (kobo-daysi)   ixtiro   qiladi.
Kitob nashr qilish rasman 770 yildan boshlansada, uning rivojlanish bosqichi
XI   asrlarga   to‘g‘ri   keladi.   Kadzikidan   so‘ng   nixangi,   nixonsyoki   (yapon
anallari) 712-720 yillarda, yerlar va odatlar haqida (fudoki) 713-740 yillarda
kabi   asarlar   yaratildi.   905   yilda   esa,   “Qadimiy   va   yangi   qo‘shiqlar”   nomli
(Kokinsyu)   asar   yaratiladi.   IX-XI   asrlarga   oid   “Taketoro   haqida”   (Toketoro
monogatari),   “Ise   haqida”   (Ise   monogatori),   “Gendzi   haqida”   (Gendzi
monogatori)   qahramonlik   eposlari,   “Makura-no   sosi”   (yostiqosti
yozishmalari)   kabi   sevgi   romantik   asarlar   yaratiladi.   927   yilda   ko‘p   tomli
“Yangi   yillari   odatlari”   nomli   sintoizm   va   uning   ibodatxonalari,   ma’muriy
boshliqlar   burchlari   va   aholining   odatlari   haqida   ma’lumot   beruvchi   asar
yaratiladi.
X I -X II   asrlarda   tarixiy   asarlar   ham   yaratila   boshlanadi.   Bu   davrda
yaratilgan   Eyga   monogatori   (kuch   va   shuhrat   haqida)   asarida   fudzivora,
tayra,   minomoto   urug‘lari   o‘rtasidagi   kurash   haqida   tarixiy   ma’lumotlar
beriladi.   Urushlar   janri   (gunki)   deb   atalib,   bu   davrda   “Gempey   seysuyki”
(tayraning inqirozi, minomotoning gullab yashnashi) deb ataladi va XII asrga
oid   “Mudzu   kagomi”   (suvli   oyna)   660   yildan   850   yilgacha   bo‘lgan   o‘zaro
kurashlarni yoritib beruvchi asar shular jumlasidan.
VIII   asrdan   boshlab   boshlang‘ich   va   o‘rta   maktablar   ochiladi.
Maktablarda   400   tadan   20-50   tagacha   o‘quvchilar   bo‘lib,   ularda   boy   oila
farzandlari   o‘qiy   boshlaganlar.   X   asrda   Yaponiyada   birinchi   tabiiy   fanlar
ensiklopediyasi   yaratildi.   Dehqonchilik   ishlarining   rivojlanishi   bilan astronomik,   meteriologik   bilimlar   ham   rivojlanishni   talab   qiladi.   670-649
yillarda   yashagan   rohib   Gyogi   Bosasu   Yaponiyaning   birinchi   kartasini
chizadi.   Yaponlarning   qadimiy   dini   Sintoizm   (xudolar   yo‘li)   bo‘lib,   oliy
ma’buda   Amaterosu   omikada   edi.   Shuningdek,   bu   dinga   ibtidoiy   diniy
e’tiqodlar   ham   singgan   edi.   Quyosh,   shamol,   suv,   daryo,   o‘rmon   ruhlari,
homiylari   bo‘lib   ular   urug‘   qabilalar   e’tiqodidan   bu   dinga   singgan   edi.
Yaponlarda Udzigami (urug‘ homiysi) xudosi katta ahamiyatga ega edi.
552   yil   Koreyadagi   Pekche   davlatidan   kelgan   elchi   Kimme   urug‘iga
budda   dinini   targ‘ib   etish   uchun   ruxsat   berishni   so‘rab   yozilgan   maktubni
keltiradi. birinchi budda yodgorligi Xoryudzi (qonun tantanasi ibodatxonasi)
Narada   608   yil   quriladi.   624   yilga   kelib   46   ta   ibodatxona   mavjud   edi.
Imperator   Syomu   741   yil   har   bir   viloyatda   budda   ibodatxonasini   qurish
haqida   farmon   chiqaradi.   749   yilda   qurilgan   Todaydzi   va   788   yila   qurilgan
Enryakudzilar shu davr arxitekturasining yorqin namunalari bo‘lib qoladilar.
Imperator   buyrug‘i   bilan   qurilgan   Todaydzi   ibodatxonasida   16   metrli
Daybusu   (katta   Budda)   haykali   qurilgan   bo‘lib,   u   15   tonnali   Bronza   va   7,5
tonna   oltindan   ishlangan.   I X - X II   asrlarda   Kudara,   Kavanari,   Kose-no
Kanaoka kabi rassomlar yetishib chiqqan. Ularning suratlari ibodatxonalar va
boy   feodallarning   qasrlarini   bezagan.   Kudara   va   Kavanari   peyzaj   uslubida
shuhrat topgan bo‘lsalar, Koseno Kanaoka Yapon tasviriy san’atining o‘ziga
xos   uslubiga   asos   soladi.   U   odatda   gullar,   qushlar   va   hayvonlarni   chizgan.
Qadimiy   Yapon   musiqasi   ma’buda   Amiterasuni   olqishlash,   dehqonchilik
ishlari,   yaponlar   mashg‘ulotlarini   ifodalagan.   VI   asrda   Koreyada   nayning
yangi   budda   marosimlarida   chalinadigan   turi   kirib   keladi.   VII   asrda   yapon
musiqasi “Vagaku”ga asos solinadi. 
X-XII asrlar Yaponiya tarixida separatik harakatlarning avj olishi bilan
xarakterlanadi.   Viloyatlarda   feodallarning   kuchayib   oliy   hokimiyatga intiishini   ko‘rish     mumkin   edi.   Hukmron   urug‘   Fudzivaraga   qarshi   937   yili
Masakado   (tayra   urug‘idan)   qo‘zg‘olon   ko‘taradi.   1056-1064   yillarda   tayra
urug‘i ikkinchi bora qo‘zg‘olon ko‘taradi. XII asrning 50-60 yillarida Tayra
urug‘idan tashqari Musu va Deva viloyatlarida feodallar Abe va Kiyovaralar
ham qo‘zg‘olon qiladi.
1180-1185   yillarda   Yaponiyada   hukmronlik   qilish   uchun   Tayra   va
Minomota   urug‘lari   kurash   boshlaydilar.   Itinotoni   va   Yasima   yonidagi
janglar va Dannoura yonidagi dengiz jangida Minomoto urug‘i g‘alaba qiladi.
Bu   ikki   urug‘ning   o‘zaro   urushi   davrida   dehqonchilikning   professional
jangchilar  ajralib  chiqdilar.  Ular  Samuray  (samarau-so‘zidan  olingan  bo‘lib,
xizmat   qilmoq   ma’nosini   beradi)   deb   atala   boshlandi.   Ularning   busido
(samuray   yo‘li   yoki   jangchi   yo‘li)   deb   nomlanuvchi   kitobi   ham   vujudga
kelib,   u   Samuray   axloqi,   hayot   tarzini   belgilab   berar   edi.   Unga   ko‘ra,   chek
yer egasiga sadoqat bilan xizmat qilish, unvoni kattalarga hurmatda bo‘lish,
otasi hukmdorga sadoqatli bo‘lish ta’kidlanadi. Qo‘rqoqlik qilgan va busido
qoidalarini   buzgan   Samuray   xarakiri   (o‘z   qornini   yorishi)   odatini   bajarishi
lozim edi. Minomota urug‘i ana shu samuraylarga tayanib g‘alaba qilgan edi.
1192   yil   Minomoto   Yoritama   Yaponiyada   birinchi   syogunatga   (syogun-
buyuk   qo‘mondon)   asos   soladi.   Syogunning   qarorgohi   (Bakufu)   Kamakura
shahrida joylashgan edi. Viloyatlar Minomota urug‘idan bo‘lgan protektorlar
(syugo)ga   taqsimlandi.   Minomota   vafotidan   so‘ng   uning   beva   xotini   Voy,
qaynotasi Xodze (1199 y) mamlakatni boshqaradi. 1219 yilda esa, Minomoto
Sanetomoni o‘ldirib, Xodze despotlarcha hukmronlik qila boshlaydi. Shu yili
fursatdan   foydalanib   sobiq   imperator   Gotoba   qo‘zg‘olon   ko‘taradi   va   1221
yilda   mag‘lub   bo‘ldi.   Jamiyatning   yuqori   tabaqasi   samuraylar   bo‘lib,   ular
Gokenin   imperatorga,   aslida   Syogunga   va   Xitokenin-feodallar   va
ibodatxonalarga   xizmat   qiluvchilarga   bo‘lingan.   Ruhoniylar   tabaqasi   ham
yuqori   tabaqa   bo‘lib,   oddiy   xalq   Bonge   yoki   Tige   deb   ataluvchi   tabaqaga kirgan.   Eta   deb   ataluvchi   kastaga   eng   qora   ishlarni   qiluvchilar   kiritilgan.
Xodze  Takimune  (1251-1284  yy.)  syogunlik  qilgan  davrda  Hubilayxon  ikki
marta Yaponiyani bo‘ysundirishga harakat qiladi. 1274 yilda 15 ming Yuan
sulolasi   askarlari   8   ming   koreyslar   7   ming   dengizchi   Yaponiyaga   bostirib
kiradi. Ammo mag‘lubiyatga uchraydi.
1281   yilda   100   ming   kishilik   Hubilay   qo‘shini   ham   mag‘lub   etiladi.
XIV   asrning   birinchi   choragida   Xodze   xonadoniga   qarshi   Kusunoki,
Masasigenitta   Yositada   xonadonlari   qo‘zg‘olon   ko‘taradi.   Qo‘zg‘olon
qiyinchilik bilan bostiriladi. Fursatdan foydalangan imperator Godaygo yana
hukmronlik   uchun   kurash   boshlaydi,   uni   bir   qancha   feodallar   qo‘llab-
quvvatlagani   bois   1333-1336   yillarda   qisqa   muddat   imperator   hokimiyati
tiklanadi.   Xodze   xonadoni   Revansh   olishga   harakat   qiladi.   Lekin   Asikaga
Tokaudzi Xodzeni tor-mor etib Kamakurani egallaydi va o‘zini Sgyoun deb
e’lon   qiladi.   Lekin   Nitta   Yosinada   xonadoni   ham   imperator   Godaygoni
himoya   qilish   bahonasida   yana   56   yil   kurash   olib   boradi.   1392   yil   Asinaga
syogunati   butun   Yaponiyaga   o‘rnatiladi.   Shunday   bo‘lsada,   Dayme   (katta
nom,   uy,   xonadon)   feodallarning   o‘zaro   urushlari   to‘xtamadi.   Urushlar
natijasida   ishlov   beriladigan   yerlar   XII   asrda   946   ming   Tyo   (0,992   ga)dan
855   ming   Tyoga   qisqardi.   Soliqlar   oshib   bordi.   XV-XVI   asrlarda   ko‘plab
qo‘zg‘olonlar   ko‘tarilib,   ularning   ko‘pchiligiga   “ikko”   sektasi   rahnamolik
qildi.   XVI   asrda   Yaponiya   amalda   parchalangan   va   o‘zaro   kurash   olib
borayotgan   knyazliklardan   iborat   edi.     Mamlakatni   birlashtirishni   Oda
Nabunaga (1534-1582 yy.) boshladi. U Takugava va Takeda xonadoni bilan
ittifoq   tuzib,   1573   yil   Asikaga   Yosiakini   syogunlikdan   ag‘daradi.   1542   yil
Yaponiyaga portugallar keladi. Ular o‘q otar qurollar sotish va xristian dinini
targ‘ib   qila   boshlaydilar.   Oda   Nabunaga   vafot   etgach,   uning   yaqin   hamrohi
qishloq   oqsoqolining   o‘g‘li   Toyotomi   Xideyosi   mamlakatni   birlashtirish
ishini   yakunlaydi.   Xideyosi   (1536-1598   yy.)   235   ming   kishilik   qo‘shinni 1592   yil   Koreyani   istilo   qilishga   yuboradi.   Ammo,   1594   yilda   bu   qo‘shin
mag‘lubiyatga   uchraydi.   1597   yilda   yuborilgan   100   ming   kishilik   qo‘shin
ham   Xideyosi   o‘limi   (1598   y)   dan   so‘ng   Yaponiyaga   qaytadi.   Tokugava
Ieyasu   va   Isidya   Minusari   o‘rtasidagi   kurash   1603   yil   Sekigaxara   yonidagi
jangda Tokugava xonadoni g‘alabasi bilan tugaydi.  Uchinchi syogunat davri
boshlanadi.
XVI-XII   asrlarda   yevropalik   savdogarlar   va   missionerlarning
Yaponiyaga ko‘plab kirib kelishi va yaponlarni xristianlik diniga kiritilishini
kuzatish   mumkin   edi.   X II   asr   boshlarida   yaponlarning   ham   Yevropa
davlatlariga diplomatik missiyasi tashkil etila boshlandi. 1600 yilda Golland
Uilyam   Adams   hamrohlari   bilan   adashib   Yaponiyaning   Funai   portiga   kelib
qoladi.   U.   Adams   Tokuvaga   Ieyasuning   yaqin   maslahatchisiga   aylanadi.
Uning   rahbarligida   20   yil   ichida   179   kema   (80-120   tonna   suv   sig‘imiga
ega)lar quriladi. Chet el bilan savdoning rivojlanib borishi 1604 yil ipak bilan
savdo   qilishni   davlat   monopoliyasiga   aylantirilishiga   olib   keladi.   1609   yil
Niderlandiya   Ost-Indiya   kompaniyasi   kemalari   Kyusyu   oroliga   keladi   va
yapon-golland   savdo   shartnomasi   imzolanadi.   Gollandlarning   Tayang   savdo
faktoriyasi   xirado   orolida   joylashadi.   1613   yilda   savdo   shartnomasi   ingliz
Ost-Indiya kompaniyasi bilan ham imzolanadi. 1610-1611 yillarda Yaponiya
elchilari   Gollandiya,   Ispaniya   va   Portugaliyada   bo‘ladi.   1613-1620   yillarda
Xasekura Rakuemon boshchiligidagi elchilar missiyasi Ispaniya va Italiyada
bo‘lib qaytadi.
XVI asr oxiri-XII asr boshlarida yapon kemalari janubiy sharqiy Osiyo
mamlakatlari   bilan   qizg‘in   aloqalarini   o‘rnatadi.   1604-1635   yillarda
V’etnamga-134,   Siamga-55,   Kambodjaga-44   ta   savdo   reyslari   uyushtiriladi.
1614   yil   Syogunat   yaponlarnt   yevropaliklarning   diniga   o‘tishni   ta’qiqlab,
xristianlikni   “buzg‘unchi   va   shaytoniy   dini”   deb   e’lon   qiladi.   Buddizmga e’tiqod qilmaganlarga Yaponiyani tark etishni buyuradi. 1617 yil Nagasakida
ikki   missioner   qatl   etiladi.   1623-1624   yil   inglizlar   va   ispanlarga   yapon
qirg‘oqlariga   kelish   ta’qiqlanadi.     1633-1639   yillarda   portugallarni
Yaponiyadan   quvib   chiqarish   haqida   farmon   beriladi.   Yaponlarga   xristian
diniga o‘tish va Yaponiyani tark etish ta’qiqlandi. Shuningdek, suv sig‘imi 80
tonnadan   ortiq   kemalarni   qurish   qat’iy   ta’qiqlandi.   Barcha   shaharlarda,
qishloqlarda   dinni   tekshirish   o‘tkazilib,   u   efumi   rasmlarni   toptash   nomini
oldi,   har   bir   yapon   budda,   sinto   diniga   sodiqligini   ko‘rsatish   uchun,   Iso   va
Bibi   maryam   rasmlarini   oyog‘i   bilan   toptashi   lozim   edi.   Syogunatning
bunday   yo‘l   tutishiga   xristian   davlatlarning   yapon   feodallariga   o‘qotar
qurollar   berishi   va   separatik   harakatlarning   avj   oldirishi   sabab   bo‘ldi.   1637
yilgi   Simabara   va   Amakusa   feodallari   va   xristianlar   qo‘zg‘oloni   bostirish
uchun   50   ming   qo‘shin   bir   necha   oy   Golland   artileriyasi   madadi   bilan   bu
qo‘zg‘olonni   zo‘rg‘a   bostirdi.   Shundan   so‘ng   barcha   yevropaliklarning
(Gollandlardan tashqari Gollandlar uchun Nagasaki yaqinidagi Desima porti
ochib qo‘yiladi) Yaponiyaga kelishi ta’qiqlanadi.
Yapon jamiyatini bu davrda feodal-Samuraylar, ruhoniylar, dehqonlar,
hunarmandlar   va   savdogarlar   tashkil   etar   edi.   Mamlakatda   asosiy   ekin
sholichilik   bo‘lib,   ipakchilik,   keyinroq   paxta   ekish   ham   tarqaladi.   Feodal
zulmning   kuchayishi   125   yil   ichida   842   ming   kishiga   o‘sishi   (har   yili   6736
kishi)   aholining   bunday   past   darajada   o‘sishi   urushlar   epidemiyalar,
qurg‘oqchilik, chigirtka urushi bilan bog‘liq. Dehqonlar qo‘zg‘olon ko‘tarish
bilan   o‘z   ahvollarini   yengillatishga   harakat   qildilar.   Izolyatsiya   davrida
sogoro,   sasako,   modzaemon   kabi   xalq   qahramonlari   zulm   va   adolatsizlikka
qarshi   qo‘zg‘olon   ko‘taradilar.   Birgina   1669-1749   yillarda   11   marta
ocharchilik bo‘lib, aholining katta qismini nobud bo‘lishiga olib keladi. XII-
XIII asrlarda shahar aholisining salmog‘i ortib boradi. Mamlakatning savdo-
siyosiy   markazlarida   (Edo,   Kioto,   Osaka)   360-500   minggacha   aholi   yashar edi. Osaka shahri butun Yaponiya savdosida muhim rol o‘ynar edi. Osikaga
“Davlat   oshxonasi”   degan   nom   beriladi.   Kapitalistik   elementlar   Yapon
jamiyatiga ham kirib kela boshladi. Ekin turlari (sabzi, qovun, ismaloq, shirin
va   oq   kartoshka,   tamaki,   shakarqamish   va   paxta)   kuchayib   bordi.   XVI-XII
asrlardan   boshlab   manufakturalar   paydo   bo‘la   boshlaydi.   Sakkizinchi
Siyogun   Yosimune   (1716-1745   yy.)   davrida   yerlarni   erkin   olib   sotish   man
qilinib, kanallar qazildi, yangi yerlar o‘zlashtirildi. Natijada, Yosimune “sholi
syogun” nomini oladi. Lekin feodal zulm yanada kuchayib bordi. Dehqonlar
chiqishi  ham  o‘sadi.  1721  yili  mamlakatda  26  mln  odam  bo‘lsa,  1750  yilda
aholi  o‘sish   o‘rniga   kamayib   25,9   mln  kishini  tashkil   etdi.   1703-1752   yillar
orasida 199 ta dehqon qo‘zg‘olonlari bo‘lib o‘tdi. XIX asrning boshlarida esa
mamlakatdagi   og‘ir   iqtisodiy   ahvol   va   feodallarning   chiqishlari,   janubiy-
g‘arbiy   viloyatlarning   yashirin   savdosi   natijasida   syogun   hokimiyatidan
norozi kuchlar ko‘paydi. 1863 yil AQShning harbiy tazyiqi tufayli Yaponiya
izolyatsion   siyosatni   bekor   qiladi.   Lekin   Yaponiyaga   mustamlaka   bo‘lib
qolish   xavf   solmoqda   edi.   Izolyatsiya   davrida   Yapon   tarixshunosligining
nodir   asari   1657   yil   Mito   Misukuni   rahbarligida   boshlangan   va   1715   yil
uning   vafotidan   keyin   tugatilgan   Daynixonsi   (Yaponiyaning   katta   tarixi)
asaridir.   Bu   asarda   Syogun   hukmronligi   qoralanib,   imperator   davlatni
boshqarishi lozimligi ta’kidlangan. Unda besh insoniy aloqalar: ota va o‘g‘il,
er   va   xotin,   xo‘jayin   va   xizmatkor,   aka   va   uka,   do‘st   va   do‘st   aloqalarini
uzmaslikni,   samuray   esa   e’tiqodda   soddalikni   va   harbiy   san’at   malakasini
oshirib   borishi   lozim   edi.   Shu   davrda   yashagan   Kada   Adzumamaro   (1669-
1736 yy.) va uning shogirdi Kamo Mabuti (1697-1769 yy.) Vagakusya (vatan
olimlari)   tarix   maktabiga   asos   soladilar.   Ular   milliylik   g‘oyalari   asosida
tarixiy jarayonlarga yondashish lozim deb hisobladilar.
XVIII asrda Rangakusya (Gollandparast) tarix maktabi ham shakllanib,
ular Golland (Evropa) ilm fanini Yaponiyaga qo‘llash tarafdorlari bo‘lganlar. Kogakuxya   (klassik   konfutsiy   maktabi)   yo‘nalishi   (rahbari   Nakae   Todzyu
1608-48   yy.)   hukmron   doiralar   orasida   katta   ta’sir   kuchiga   ega   edi.
Kapitalistik   elementlarning   shakllana   borishi   bilan   uning   ideologiyasi
bo‘lgan   “Ruh   haqida   ta’limot”   maktabi   ham   shakllangan.   Uning   ko‘zga
ko‘ringan   a’zosi   Isida   Baygan   (1685-1744   yy.)   to‘rt   tabaqa   (dvoryanlar,
dehqonlar, hunarmandlar va savdogarlar)ning tengligini targ‘ib qildi.
Kitob bosish ham Yaponiyada keng rivojlanib XVIIasrda 757 nomdagi
kitoblar chop etildi. 1615 yili Edo va boshqa yirik shaharlarda shahar hayoti
haqidagi xabarlar ham bosilib chiqa boshladi. Gollandlardan olingan xabarlar
asosida   “mish-mishlar   kitobi”   (Yomiuri)   bosilib   chiqa   boshladi.   Bular   ilk
gazetalarga asos bo‘ldi.
XVII-XIX   asr   birinchi   yarmida   aniq   va   tabiiy   fanlar   ham   rivojlanib
bordi.     Seki Takakadzu (1623-1708 yy.) “Aylana qonuni” asarida elementar
algebra,   differensial   va   integral   masalalar   yechimlari   haqida   fikr   yuritadi.
Astronom Yasui Syunkay (XVII asr oxiri)yangi kalendar tuzadi va Xitoydan
o‘zlashtirilgan   kalendardan   aniqligi   bilan   ajralib   turadi.   1714   yil   Edoda
observatoriya quriladi. Syogun bilan Yosimune Yevropadan olib kelinadigan
kitoblarga   bo‘lgan   ta’qiqni   bekor   qiladi.   Lekin   injilga   bo‘lgan   ta’qiq   saqlab
qolinadi.   Botanik   Ino   Dzyakusuy   (1655-1715   yy.)   yapon   flora,   fauna   va
minerologiyasiga   oid   ko‘p   tomli   asar   yozadi.   1715   yil   ensiklopedist   olim
Aram   Xakueki   (1657-1725   yy.)   “G‘arb   davlatlari   haqida   chizgilar”   asarini
yozadi.   Uning   turli   masalalarga   bag‘ishlangan   160   ta   asari   mavjud.
Geografiya   sohasida   XVII   asrda   “Barcha   mamlakatlar   tasviri”   nomli   asar
yaratilgan. Unda 40 dan ortiq mamlakat xaritasi tasvirlangan Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Boynazarov   F.A.   Qadimgi   dunyo   tarixi.   O‘quv   qo‘llanma.   T.:“A.Qodiriy
nomidagi xalq merosi nashriyoti”, 2004 y.
2.   Mualliflar   guruhi.     Jahon   tarixi.   Qadimgi   va   o‘rta   asrlar   davri.   Darslik.   T.:
TDPU., 2013.
3.   Rajabov   R.   Qadimgi   dunyo   tarixi.   O‘quv   qo‘llanma.   T.:“Fan   va   texnika
nashriyoti”, 2009 .
4.   Nuriddinov   E.,   Lafasov   M.,   Kichilov   X.   Eng   yangi   tarix   (1918-1945).
Darslik.  T., Nasaf, 2010
5.   Mirziyoyev  SH.M.   Buyuk  kelajagimizni  mard   va   olijanob   xalqimiz  bilan
birga quramiz. - Toshkent, О‘zbekiston, 2017.  - 488 b.
6.   Mirziyoyev   SH.M.   Erkin   va   farovon,   demokratik   О‘zbekiston   davlatini
birgalikda barpo etamiz. - Toshkent, О‘zbekiston, 2016.  - 56 b.
7.   Mirziyoyev   SH.M.   Qonun   ustuvorligi   va   inson   manfaatlarini   ta’minlash-
yurt   taraqqiyoti   va   xalq   faravonligining   garovi.   -Toshkent,   О‘zbekiston,
2017.- 48 b.
8.   Mirziyoyev   SH.M.   Tanqidiy   taxlil,   qat’iy   tartib   intizom   va   shaxsiy
javobgarlik   -   har   bir   rahbar   faoliyatining   kundalik   qoidasi   bо‘lishi   kerak.   -
Toshkent, О‘zbekiston, 2017. - 104 b.
9.   2017-2021   yillarda   О‘zbekiston   Respublikasini   rivojlantirishning   beshta
ustuvor yо‘nalishi bо‘yicha Harakatlar strategiyasi. О‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947 sonli Farmoni.
10.  Gulyamov X.G., Tatiboеv A.S. «O‘rta Osiyo va jahon tarixi» 
      T., 1993. 
11. Jo‘raеv U., Saidjonov Y. Dunyo dinlari tarixi. T., “Sharq”, 1998.
12. Малявин В. «Конфуции» М., 1994.

Rossiya ,Yaponiya va Amerika sivilizatsiyalari. Reja: 1. Rossiya sivilizatsiyasi. 2. Ilk o‘rta asrdagi yapon sivilizatsiyasi. 3. 2. Yaponiyada budda ta’limoti X-XVI asrlarda Samuraylik iqtisodiy-siyosiy rivojlanish belgilari. 4. 3. Izolyatsiya davrida Yaponiya, madaniyati, meydzi davri.

8-9 asr bo‘sag‘asida feodal munosabatlarning rivojlanishi natijasida markazi Kiev bo‘lgan ilk feodal davlati – Qadimgi Rus davlati paydo bo‘ldi. 988-989 yillarda xristian dini qabul qilindi. 11 asrda Sharqiy Slavyanlarda feodal tuzum qaror topdi. Pecheneg (bijinak) va qipchoqlar hujumini qaytargan Kiev Rusi Sharqiy Yevropadagi yirik davlatga aylandi. Kiev Rusi davlatining ravnaqi Vladimir Svyatoslavich (taxm. 980-1015 yillarda idora qilgan) va Yaroslav Mudriy (1019-54 yillarda idora qilgan) faoliyati bilan bog‘liq. Feodal munosabatlarning yoyilishi hamda sinfiy kurashning keskinlashuvi yangi feodal markazlarning yuksalishi va mahalliy feodallar hokimiyatining kuchayishiga olib keldi. Vladimir Vsevolodovich Monomax (1113-25 yillarda idora qilgan) Kiev Rusi davlatini o‘z qo‘lida saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldi. Ammo ulug‘ knyaz Mstislav Vladimirovich vafoti (1132)dan so‘ng qadimgi rus davlati parchalanib ketdi. Kie rusidan Vladimir Suedal knyazligi, Galich – Volin knyazligi, Novgorod feodal respublikasi va boshqa davlatlar ajralib chiqdi. 1223 yili janubiy rus knyazliklari mo‘g‘ul- tatarlar bilan Kalka daryosi bo‘yidagi jangda mag‘lubiyatga uchradi. 1236 yili mo‘g‘ul-tatarlarning Sharqiy Yevropaga yurishi boshlandi. Ular Volga- Kama Bulg‘oriyasini, 1237 yili Ryazan va boshqa shaharlarni vayron qildilar. Ayni vaqtda rus davlatiga g‘arb tomondan hujum boshlandi. 1240 yili shvedlar bostirib kirdi. Rus qo‘shinlari Neva jangi (1240)da Aleksandr Nevskiy rahbarligida shvedlarni, 1242 yilgi Muz ustidagi jangda nemislarni tor-mor keltirdi. Feodal tarqoqlikning kuchayishi va mo‘g‘ul-tatarlar xavfi natijasida janubiy va g‘arbiy rus yerlari kuchayib kelayotgan Buyuk Litva knyazligiga, Zakarpate, Vengriya, Galitsiya va Polsha qo‘l ostiga o‘tib ketadi. Feodal tarqoqlik mo‘g‘ul-tatarlarga qarshi kurash bilan bir jarayonga to‘g‘ri keldi. 15-16 asrlarda Moskva knyazligi atrofida birlashtirildi. Ivan IV Grozniy (1533-84) davrida Qozon, Astraxan xonliklari Sibir g‘arbiy qismi

zabt etildi. 15 asrning oxiri 16 asrning boshlarida rus xalqining shakllanishi jarayoni bo‘lib, Rossiya degan nom shu davrdan boshlab ishlatila boshlandi. Rossiyada 1604 yil shvet feodallari 1611-12 yillarda Polsha qo‘shinlari bostirib kirdi. Pyotr I (1700-1721 yy.) davrida muntazam armiya harbiy dengiz floti tuzildi. Boyarlar dumasi tugatilib, senat va kollegiyalar tuzildi. 1700 yilda yangi kalendarga o‘tildi. Rossiya O‘rta Osiyoga va Uzoq Sharq mintaqasiga mustamlakachi sifatida kirib kela boshladi. 1812 yil Napaleonga qarshi og‘ir urush bo‘lib, Rossiya g‘alaba qozondi. Aleksandr II davrida (1861) Rossiyadagi 22,5 mln Krepostnoy dehqonlar chiqarildi. Rus adabiyoti uning boy og‘zaki ijodiyoti 11 asrdan boshlab shakllana boshladi. Mehnatkashlarning ahvoli, tashqi dushmanlarga qarshi kurash Il Muromes, Dobriniya, Vasiliy Balislav kabi qahramonlar obrazi sifatida gavdalandi. Yozma adabiyot 11 asrda shakllana boshladi. 14-15 asrlarga oid Novgorodlilar va sudaliklar jangi haqidagi afsona Ioan Novgorodskiy haqidagi afsonalar sikli yetakchilik qildi. 15-16 asrlarda ekspressiv emotsional uslub (afsona va publitsistika) uslubi ustunlik qildi. 17 asrdan boshlab rus adabiyoti tematik va uslub jihatidan boyidi. A.S.Pushkin realistik poeziya janrini yaratdi. M.Yu.Lermantov bu an’anani davom ettirdi. 9010 asrlarda rus shahar madaniyati shakllandi. 10-13 asrlarda frezka- mozaska san’ati, kitob minatyurasi rivojlandi. 16 asrda Moskvada tosh ibodatxonalarning chodirsimon tomli minoralari vujudga keldi. 17 asrda rus tasviriy san’atida dunyoviy mazmun kengaydi. Asrning o‘rtalarida qurol palatasi badiiy markazga aylandi. 1757 yilda Peterburgda badiiy akademiyaga asos solindi. Rus musiqasi slavyan qabilalari musiqasiga yaqin bo‘lib, mehnat, marosim, liriy qahramonlik, raqs qo‘shiqlari, xor, musiqa shakli rivojlangan. Asosan musiqa asboblari gusli, doira, balalayka, gitara, garmon va boshqalar bo‘lgan. 998 yil xristian dini qabul qilingach chervok

xonandaligi qabul qildi. 1859 yil A.Rubinshteyn tashabbusi bilan rus musiqa jamiyati tuzildi. 1862 yil Peterburgda, 1866 yilda Moskvada konservatoriya ochildi. Yaponiyaning eng qadimgi aholisi hisoblangan ayni (ebisu) xalqi hisoblanadi. II - III asrlarda ular Xonsyu orolining sharqi va shimoliy sharqida yashaganlar. Aynularning til xususiyatiga ko‘ra olimlar Indoneziya, Malaya, Hindixitoy yarim orolidan kelgan deb hisobladilar. Yapon oroliga Koreya, Kyu syu orqali tunguz-manjur xalqlari milodimiz boshlarida kirib kela boshlaydilar. Ular Aynularni qarib yuborib, yoki ular bilan qo‘shilib ketish natijasida hozirgi Yapon xalqi vujudga kelgan. Aynular o‘z etnik xususiyatlarini saqlab qolganlari hozirgi yapon aholisining 1 % ni tashkil etadi. III-IV asrlarda Xon syu orolida atrofdagi qabilalarni birlashtirgan Yamoto qabilasi ilk davlat birlashmasiga asos soladi. Bu davrda asosiy dehqonchilik yo‘nalishi sholichilik bo‘lib hisoblangan. Hunarmandchilikda to‘qimachilik, kulolchilik, temirchilik asosiy tarmoq bo‘ladi. V asrdan boshlab esa, ipakchilik bilan ham shug‘ullana boshlanadi. Yaponiyada qulchilik an’analari yarim qaram holatda bo‘lib, ular Be deb atalgan. Uy ishlarini esa Yasuko deb ataluvchi qullar bajargan. Be (qul)ni sotish va o‘ldirish mumkin emasdi. Lekin Yasukoni xo‘jayin o‘ldirishi, sotishi mumkin bo‘lgan. Yaponiyada podshoning atrofida taniqli urug‘lar to‘plangan edi. Bir urug‘ podshoning saroy qo‘riqchilarini, yana bir diniy ishlarni yana biri podsho yerlarini boshqarishni qo‘lga kiritib olgan edi. 582 yili Soga urug‘i davlat to‘ntarishi o‘tkazadi. O‘z hokimiyatini mustahkamlash uchun Soga urug‘i sintoizmga qarshi buddizmni qo‘llab quvvatlaydilar. Sintoizm yaponlarning qadimiy dini bo‘lib, xudolar yo‘li ma’nosini beradi. IV-VII asrlar Yaponiya tarixida qo‘rg‘onlar davri bo‘lib, har bir qo‘rg‘on o‘z

knyazlik sulolasiga ega edi. Xitoy manbalarida bu davrlarda 55, 66, 95 tagacha knyazliklar sanab o‘tiladi. Ularning birlashuvi uzoq davom etadi. VII asrda urug‘ qabilalarning eng kuchlisi imperator deb atala boshlanib uning ajdodlarini quyosh ma’budasi Amiterasu-Omikadaga borib taqaladi deb tushunilgan. VI asrda kasuri, xeguri, otomo, mononobe va soga urug‘lari o‘rtasida yetakchilik uchun kurash boshlanadi. Soga urug‘idan styoku-taysi (572-621 yy.) biz yuqorida eslatgan davlat to‘ntarishini o‘tkazadi. U “12 tabel qonunlari”, “17 modda qonunlari”, budda diniga sig‘inish kabi islohotlar qiladi. Tarixda bu “Tayka” o‘zgarishlari (buyuk o‘zgarishlar) deb nom oladi. 645 yil Yaponiyada rasmiy kalendar (Xitoy kalendari) orqali yil hisobi olib borila boshlaydi. Yaponiyaning qadmiy poytaxti dastlab Yasuka, 710 yildan esa, Xeydze (dunyoning poytaxt shahri) hozirgi Nara shahri bo‘ladi. VIII asr boshida shahar aholisi 200 ming kishiga yetadi (bu davrda Yaponiya aholisi 6 mln kishi edi). 784-794 yillarda Nagaoka, undan so‘ng 1192 yilda Xeyan (Kiato) poytaxt bo‘ladi. Ilk o‘rta asrlarda erkin jamoachi dehqonlar mamlakat aholisining 80-90 % ni tashkil etgan. VII-VIII asrlarda jamoa yer egaligi o‘rniga foedallashish jarayonlari kuchayib bordi. Xususiy yer (syoen) va monastir yerlari ko‘payib bordi. V asrda Yaponiyaga Xitoy ieroglif yozuvlari kirib kela boshlaydi. 404 yilda Pekche davlatidan kelgan Atiki ismli elchi shahzodalarga Xitoy yozuvidan saboq bera boshlaydi. VI-VII asrlarda Koreya davlatlari (Koguryo, Sila, Pekche) va Xitoy bilan aloqalar natijasida hunarmandlar, olimlar, budda rohiblarining kirib kelishi bilan xarakterlanadi. Xitoy yozuvi asosida Kodziki (712 yil yozilgan bo‘lib, qadimgi ishlar haqida degan ma’noni beradi) va Manyonso (yilnomalar yig‘idisi) yozilgan. I X asrda Yapon alifbosi “Katakono” shakllanadi.