XVI–XVIII asrlarda Yaponiya
XVI–XVIII asrlarda Yaponiya Reja: Kirish 1) XVI -XVII asrlarda Yaponiyaning ijtimoiy-iqtisodiy tizimi 2) Yaponiyani birlashtirish uchun kurash 3) Yaponiya tokugava syogunati davrida 4) XVI–XVIII asrlarda Yaponiya mavzusini o qitishda pedagogik ʻ texnologiyalardan foydalanish Foydalanilgan adabiyotlar ro yxati ʻ Xulosa
Kirish Tarixga markscha qarash inqirozga uchragandan so’ng o’tgan vaqt Ichida tarix va falsafadan paydo bo’lgan adabiyotlarning aksariyatida insoniyat tarixini siklik dinamika va sosiogеnеtika nazariyasi asosida, nisbatan qisqa sikllardan to ko’p asrlik sivilizasion sikllar va ming yillik katta sikllar asosida qurishga Harakat qilinadi. Bu esa insoniyatning o’tmishi, buguni va kеlajagini ibtidoiy jamoa tuzumi dеb ataluvchi uzoq mavhumlikdan boshlangan va «kommunizm» dеb ataluvchi boshqa bir adadsiz mavhumlik Bilan yakunlangan bеshta ijtimoiy- iqtisodiy formasiyalarga an’anaviy ajratishdan voz kеchish, yangi, muqobil usullarni joriy Qilish imkonini bеrdi Yangi zamonni Yaponiya ‘’jangari viloyatlar davri’’ nomini olgan tarqoqlik va fuqaro urushlari davridagi Asikaga syogunatidan (1467-1568) meros qilib oldi. Bu davr vassallarning syogunga qarshi kurashlari bilan ajralib turadi. Asikaga xonadonidan bo’lgan syogunlar poytaxt Kioto ustidan nazoratni qo’ldan berdilar, u yerda shaharni mustaqil boshqarishning kuchli tizimi shakllandi. Yetakchilik endi viloyatlardagi hukmdorlarga – knyaz-daimolarga o’tdi. Bu davrda knyazlar daromadlarining tarkibi sezilarli o’zgardi. 1543-yili yaponiya qirg’oqlarida portugallarning, olti yildan so’ng esa ispanlarning ham paydo bo’lishi mamlakatdagi keying siyosiy va iqtisodiy muhitga sezilarli ta’sir ko’rsatdi. Ular mamlakatga o’qotar qurollarni olib kirdilar. Yevropaliklarning paydo bo’lishi savdo va kapitalning kuchayishiga, harbiy ishning mukammallashishiga ko’maklashdi. Bu esa o’z navbatida o’zaro urushlarni keskinlashtirdi va faqat Yaponiyaning bo’linib ketish xavfini emas balki uning yevropaliklarga tobe bo’lib qolish xavfini ham keltirib chiqardi. O’zaro urushlar va dehqonlarning qo’zg’alonlari feodallarning o’ziga ham real xavf tug’dirdi. Shu vaqtda esa Yaponiyaning chet elliklar tomonida bosib olinish xavfi yitilib kelayotgan edi. 1) XVI -XVII asrlarda Yaponiyaning ijtimoiy-iqtisodiy tizimi. XVI asrda mamlakat iqtisodiyoti jadal rivojlangan. Biroq bu bir tomonlama bo’lgan, ya’ni qishloq xo’jaligi sanoatdan ortda qolgan. Ip yigirish, to’quvchilik va kulolchilik tog’-kon va qurol ishlab chiqarishga qaraganda sekin rivojlangan. Qishloq xo’jaligida bir qator yangi jihozlaming paydo bo’lishi yerga ishlov berishni kuchaytirgan. Ilgari noma’ lum bo’lgan tut, qog’ oz va lak daraxtlari hamda choy va sitrus mevalarni yetishtirish kengaygan. Xorijdan shirin kartoshka, tarvuz, tamaki va paxta ekinlari keltirilgan. Bularning
barchasi aholi sonining o’sishiga ijobiy ta’sir ko’rsatgan. Yaponiya aholisi XVI asr oxirida 16—17 million bo’lsa XVII asr oxiriga kelib 25 millionga yetgan. Ayrim ishlab chiqarish tarmoqlari feodallar tomonidan monopollashlirilgan. Asosan tog’-kon ishlari, kemasozlik, qurolsozlik kabi ishlab chiqarish turlari ularning qo’lida bo’lgan. Xonsyu orolidagi Sakay kabi eski shaharlar o’sgan, ayniqsa, Kyusyu orolidagi Xirado va Nagasaki singari yangi shaharlar paydo bo’lgan. Yapon savdogarlari o ‘z mollari bilan Tayvan, Filippin va Indoneziya sohillarigacha sayohat qilishgan. X V I asrning oxirlariga kelib bu yerlarda yaponlarning ko’plab savdo manzilgohlari paydo bo’lgan. Ushbu davrda yaponlarning geografik tasavvurlari kengayib, kemasozlik san’ati, kemasozlik, ayniqsa konlarni qidirib topish va eksport uchun oltin kumush va mis qazib olish rivojlangan. Ushbu sohalaming rivojlanishi tashqi savdoning holati (xitoy va yevropaliklar bilan) va mamlakatdagi siyosiy vaziyat bilan chambarchas bog’liq edi. Yirik feodallar ko’p miqdordagi qurollarga ehtivoj sezganlar. Urushlar va feodallarning dabdabaga intilishi oltin va kumushga bo’lgan talabni ko’payishiga olib kelgan. Yapon bozorlaridagi yagona pul birligi bo’lgan Xitoy mis tangasi evaziga qo shni davlatlarga mis eksport qilingan. ʻ XVI asrning oxirlariga kelib esa yapoiilar o’zlarining oltin tangalarini zarb qildirishgan. Mis, qilich, yelpig’ichlar Xitoyga eksport qilingan. Yevropaliklar yaponlarning oltin va kumushlariga qiziqqanlar. Tashqi savdoning rivojlanishi kemasozlikning o’sishiga sabab bo’lgan. Tashqi savdo katta foyda keltirgan. Masalan, XVI asming ikkinchi yarmida savdogar Kamigaya Sodzin Koreya, Xitoy, Siam va Luson oroli (Filippin) bilan yirik savdo aloqalarini yo'lga qo'ygan. U o'z vatani Kyusyu orolida bo'yoq xomashyo qazib oiish, mashhur «Hakata matolari»ni ishlab chiqarish, Xonsyu orolining janubida kumush qazib olish hamda qurilish ishlari bilan shug'ullangan. O'sha davrda eng yirik feodallardan biri uchun qal’a va Nagoyada esa Xideyosi uchun lager qurib bergan. Xideyosi haqiqiy homiy sifatida o'sha davr siyosiy jarayonlarida ishtirok etgan. Koreya, Siam, Lusonda o ‘zining qator savdo agentliklariga ega bo'lgan savdogar Simay Sositsu o'zining ulkan boyligi tufayli Kyusyu orolining daymesini o 'z qo'lida ushlab turgan. 1592-yilda Xideyosining Koreya va Xitoyga qarshi harakatlarini tayyorlashda kam faol ishtirok etgan. XVI asr o'rtalaridan boshlab yevropaliklar bilan savdo aloqalari yo'lga qo'yilgan. Yaponiya qirg'oqlarida 1542-yiIda portugallar, 1580-yilda esa ispanlar paydo bo'lgan. Yevropalik savdogarlar,dengizlardagi qaroqchilar va
missionerlar Xitoydan Yaponiyaga turli mahsulotlar, ayniqsa ipak matolar olib kelishni boshlaganlar. Ular Yaponiyaga o'q otar qurollarni ham olib kirganlar. Yevropaliklar Yaponiyadan oltin, kumush va qullarni olib ketishgan. Feodallar ichki urushlarda asir olingan dehqon va samuraylar o'zlari yoki qaroqchilar orqali sotib yuborgan. Talab katta bo'lgan o'tochar qurollarni asosan portugaliyaliklar olib kelishgan. Tez orada, bu kabi qurollarni Yaponiyaning o'zida ishlab chiqarila boshlangan. O'qotar qurollarning keng tarqalishi harbiy sohadagi islohotlarga sabab bo'lgan. Avvalo, jang taktikasi o'zgarib, suvoriy samuraylar o'rniga piyoda askarlar birinchi o'ringa chiqishgan. Ushbu piyoda askarlar, ya' ni «asigaru»lar, ilgari feodal xo'jayinlariga hamroh yoki otliq samuraylarning yordamchilari bo'lgan dehqonlardan iborat edi. Endilikda ular jangda asosiy kuchga aylangan. O'tochar qurollar ushbu qurollardan foydalanishni yaxshi o'zlashtirishgan professional askarlarni xizmatga qaytarilishiga sabab bo'lgan. Ko'plab qal’alar siyosiy va ma’muriy markazlar vazifasini bajarib, ularning atrofida shaharlar vujudga kela boshlagan. Daymelar o'zlarining qasrlarida yer-mulksiz samuraylarning katta qismi to'plangan bo'lib, ularga dehqonlardan mahsulot ko'rinishida olingan soliqlar evaziga bir kunlik miqdorda guruch berilgan. Portugaliyaliklar va ispan savdogarlari bilan birga kelgan iyezutlar Yaponiyada xristianlikni targ‘ ib qila boshlaganlar. Bu din dastlab muvallaqiyatga erishgan. Kyusyu oroli daymesi iezuitlarni qabul qilib, ularga xristianlikni targ‘ ib qilishga, xristianlik maktablari hanula ibodatxonalarni ochishga ruxsat bergan. Shuningdek, xorijlik savdogarlardan o ‘q otar qurollar xarid qilish va ichki nizolarda Yevropaliklardan ko’makolishga harakat qilgan daymelar xristianlikni qabul qilganlar va o z vassallarini ham bunga ʻ majburlaganlar. Yaponiya orollarida yevropaliklarning paydo bo’lishi savdo-sotiq va harbiy sohaga ijobiy ta’sir ko’rsatgan. Ikkinchi tomondan bu o zaro urushlarni ʻ keskinlashtirib, Yaponiyaning bo’linib ketish va yevropaliklarga tobe bo’lib qolish xavfini ham keltirib chiqargan. Shuining uchun yevropaliklarning Yaponiyaga kirishi taqiqlangan. XVII asrning 30-yillarida mamlakat yopilib, savdogarlar o‘ zining asosiy daromad manbalari tashqi savdodan mahrum qilgandan so’ng, Yaponiya qishloqlariga tovar-pul munosabatlarining kirib kelishi kuchaygan. Bu esa iqtisodiyotining tez parchalanishiga sabab bo’lgan. Kapitalistik sanoatning dastlabki shakllari vujudga kelgan.
Ip yigirish va to‘quvchilik taraqqiy etgan, mamlakatning ayrim hududlari turli xil ipak va qog’oz matolarini ishlab chiqarishga ixtisoslasha boshlagan. Ushbu mahsulotlar Edo, Osaka, Kito kabi shaharlarning savdogarlari tomonidan sotib olingan. Ulgurji oluvchilar dehqonlarga mahsulotlari uchun oldindan to’lov qilganlar va asta-sekin ularni o’zlarining buyurtmalariga binoan ishlashga majbur qilib, bo’ysundirganlar. 2) Yaponiyani birlashtirish uchun kurash. Oda Nabunaga Ovari hududidan (hozirgi Ayti prеfеkturasidan) edi. U mayda fеodalning ikkinchi o'g'li bo'lib, otasi uncha katta bo'lmagan Nagoya Qal'asini qurgan va uni o'sha qo'rg'onda, oilasidan alohida tarbiyalagan. 1551 yili otasi vafot etganidan so'ng o'n еtti yoshli Nabunaga Boshqalarning еrlarini egallab olishda ko'pgina hiyla-nayranglar Ishlatdi, qarindoshlarini ham, o'zinikilarni ham, qo'shnilarini Ham ayab o'tirmadi. Odaning o'z qo'shinini o'qotar qurollar bilan Ta'minlaganligi harbiy yutuqlariga sabab bo'ldi. 1573 yili u Asikaga xonadonidan bo'lgan, bu paytga kеlib siyosiy ta'sirini butunlay yo'qotgan, oxirgi syogunni taxtdan qulatdi. O'z еrlarini to'g'ri va noto'g'ri yo'llar bilan kеngaytirib, Dеhqonlar qo'zg'olonlarini ayovsiz tarzda bostirib, Oda Nabunaga «syogun-knyazlik» (bakuxan) davlatiga asos soldi. Ammo uning Bunday yuksalishi, avvallari bir- birlari bilan kеlishmay yurgan ko'plab fеodallarni unga qarshi kurashda birlashishga majbur Qildi, buning ustiga, Odaning o'z qarorgohida ham kеlishmovchiliklar boshlanib kеtdi. 1582 yili Kiotodagi ibodatxonalardan Birida raqiblarining qo'shinlari tomonidan qurshab olingan Oda O'zini o'ldirish bilan hayotini yakunladi. Mamlakatni birlashtirish ishini, dеhqonlardan chiqqan va Odaning xizmatida o'zini ko'rsatgan Toyotami Xideyosi davom ettirdi. O'zi dеhqonlardan chiqqan Xideyosi dеhqonlar qo'zg'olonlarini Ayovsiz bostirardi. Dеhqonlarni еrga biriktirish jarayonida ulardan qurollar olib qo'yilardi. 1588 yildagi «qilichlarni izlash» Dеb atalgan farmonga binoan dеhqonlarning qilichlar, xanjarlar, miltiqlar va boshqa qurollarga ega bo'lishi taqiqlanardi. Uch Yildan kеyin chiqqan yangi farmon ijtimoiy tabaqalanishni rasmiy tarzda mustahkamladi. Jamiyatni samuraylar (si), dеhqonlar (no) va shaharliklar (simin)dan iborat uch toifaga ajratish O'rnatildi. Shaharliklar hali tabaqalashtirilmagan savdogarlar Va hunarmandlardan iborat edi.