logo

O’zbekiston hududida ilk davlat birlashmalarining vujudga kelishi.

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

58.068359375 KB
O’zbekiston hududida ilk davlat birlashmalarining vujudga kelishi.
Reja :
1. O’zbekiston hududidagi qadimgi davlatlar rivojlaniishini davrlarga bo’lish
va qadimgi davlatlar tipologiyasi.
2. Qadimgi Baqtriya, Xorazm va So’g’diyona davlatlari
3. Ahamoniylar,   Aleksandr   Makedonskiy   va   yunon-baqtriya   davlatlari   va
ularning boshqaruv asoslari O’rta   Osiyodagi   ikki   daryo   oralig’ida   qadimgi   davrda   davlatchilik
evolyusiyasining   miloddan   avvalgi   II   ming   yillikning   ikkinchi   yarmi,miloddan
avvvalgi III asrgachadan – yangi eraning IVasri oralig’idagi vaqtni qamrab olgan
bir   necha   davrlarni   ajratib   ko’rsatish   mumkin.Davlatchilikning   ilk   shakli   qaror
topishi   O’zbekiston   janubida   tarqalgan   so’nggi   bronza   davrining   o’troq-
dehqonchilik   madaniyatida   yuz   berdi.Uning   yakunlanishi   O’rta   Osiyo   hududida
yangi   eraning   III   asri   birinchi   yarmida   mavjud   bo’lgan   Kushon   va   Parfiya
imperiyalari halokati bilan deyarli bir vaqtga to’g’ri keladi.Qang’ davlati taxminan
o’sha paytda inqirozga uchraydi.
Birinchi   davr- miloddan   avvalgi   II   ming   yillikning   ikkinchi   yarmi   –
O’zbekiston   janubida   embrional   shaklda   davlatga   o’xshash   davlatga   o’xshash
tuzilasining   qaror   topishi.Davlatning   bunday   namunasi   Jarqo’tonda   o’z   kasini
topgan deyish mumkin.
Ikkinchi davr  – miloddan avvalgi I ming yillikning boshi – miloddan avvalgi
539   yil   –   Baqtriya,So’g’d,Xorazm   tarixiy-madaniy   viloyatlarining
shakllanishi.Ularda siyosiy hokimyat tizimining shoxobchali  tizimiga ega bo’lgan
davlatning   ilk   shakllarini   ko’rish   mumkin.Jumladan,”Avesto”dan   o’rin   olgan
ma’lumotlar   ham   bundan   dalolat   beradi.   ”Avesto”da:   nyman   (uy-oila),   vis
(urug’,urug’   manzilgohi),zantu   (qabila),daxyu   (viloyat,mamlakat),shuningdek   har
xil   oliy   hukmron   shaxslar,mamlakat,   viloyat   egalari   (daxyupatlar),   hukmdorlar
(sastrlar) va boshqalar eslatiladi.
Uchinchi davr –  milodddan avvalgi   539 yil – mil.avv.330 yil – Ahamoniylar
bosqini   va   O’rta   Osiyoning   Ahamoniylar   davlati   tarkibiga   kirishi   tufayli   kelib
chiqqan mahalliy davlatchilikning rivojlanishidagi tanaffus. Ikki yuz yil davomida
O’rta   Osiyo   janubi   Ahamoniylar   saltanati   tarkibiga   kirgan.Uning   butun   xududi
satraplarga   bo’lingan.   Satraplar   Ahamoniylar   podsholari   g’aznasiga   kumush
hisobidan   talant   to’lab   turishgan.O’rta   Osiyodagi   satraplikdan   uchtasi   –
Baqtriya,So’g’d,   Xorazm   to’liq   yoki   qisman   g’ozirgi   O’zbekiston   hududida
joylashgan   edi.   Saltanatning     halokatga   uchrashi   Aleksandr   Makedonskiy   kelishi
bilan   yuz   berdi.   Aleksandr   Makedonskiy   mil.avv.   330   yilda   Ahamoniylarning asosiy   kuchlarini   tor-mor   etib,   O’rta   Osiyo   hududiga   Ahamoniylar   taxtiga   oxirgi
talabgor   –   Baqtriya   satrapi   Bessning   izidan   quvib   kirdi.   Aleksandr   Makedonskiy
O’rta Osiyoni bosib olishga uch yil (mil.avv. 330-327 yillar) sarflagan.
To’rtinchi   davr   –   mil.avv   IV   asr   oxiri   mil.avv   II   asrning   ikkinchi   yarmi
boshi   –   Aleksandr   Makedonskiy   bosib   olgandan   boshlab   ellinlar   siyosiy
xukmronligi   oxirigacha   (Yunon-Baqtriya   podsholigining   qulashi).   Bir   vaqtning
o’zida mahalliy davlatchilikning tiklanishi jarayoni yuz bergan:mil.avv IV asrning
oxirgi   choragida   Xorazmda   podsholik   paydo   bo’ladi.Mil.avv.   329   yilda
Maroqandda   Aleksandr   Makedonskiy   ittifoqchilik   munosabatlari   o’rnatish   uchun
kelgan Xorazm shohi Farasmanni qabul qiladi.Mil.avv III asr oxirida – mil.avv II
asrda   Buxoroda,Dovon(Farg’ona)da,So’g’dda   alohida   mulklar   shakllanadi.
Aleksandr vafotidan keyin diadoxlarning shiddatli urushlaridan so’ng O’rta Osiyo
janubi Salavkiylar saltanati (mil.avv.310-250 yillar) tarkibiga kirgan.Biroq mil.avv
III   asrning   o’rtalaridayoq   Salavkiylarning   Baqtriyadagi   satrapi   Diodot   Yunon-
Baqtriya   deb   nom   olgan   davlatga   asos   solgan.   Miloddan   avvalgi   II   asrda   O’rta
Osiyodagi ikki daryo oralig’ida xuddi shunga o’xshash Qang’ davlati shakllanadi.
Beshinchi davr –  miloddan avvalgi II asrning ikkinchi yarmi – yangi eraning
I  asri   boshi   mahalliy  davlatlar:   Qang’,  Xorazm  podsholigi,Buxoro,   So’g’d,Davon
mustahkamlanishi   va   yanada   rivojlanishi,   Yuyechji   davlatining   qaror   topishi   va
uning   hokimyatining   Gandxariga   qadar   yoyilishi.   Ushbu   mulklarning   deyarli   har
birida kumush yoki misdan yasalgan tanga zarb qilish bilan birgalikda rivojlangan
davlatchilikning asosiy belgisi xisoblanar edi.
Oltinchi   davr   –   yangi   eraning   I   asri   boshi   –yangi   eraning   III   asri   birinchi
yarmi   –   antik   davrda   mahalliy   davlatchilikning   ravnaq   topishi.   O’zbekiston
janubining   konfederativ   Yuyechji   davlati   asosida   paydo   bo’lgan   qudratli   Kushon
imperiyasi  tarkibiga kirishi. Xorazmda Afrig’iylar sulolasining  hokimyat  tepasiga
kelishi, bu yerda sulolaviy boshqaruvning an’anaviyligi.Bu, jumladan,davlat ramzi
bo’lgan tanganing orqa tomonida otliq suvoriy tasviri berilishida ifodalangan.O’rta
Osiyo   davlatlarida   zarb   qilingan   davlat   ramzi   bo’lgan   tamg’a   va   sulola
belgilarining   keng   yoyilishi   G’arbiy   o’lka,Sharqiy   O’rta   yer   mamlakatlari   va Parfiya   bilan   diplomatik   aloqalarining   keng   avj   olishi   bilan   birgalikda   davlat
hokimyatining   barqaror   va   an’analarga   ega   bo’lgan   xususiyatidan   dalolat   beradi.
Mil.avv.   II   asrning   ikkinchi   yarmida   Xan   Xitoyi   Chjan-Szyanning   tashrifi   tufayli
o’zi uchun G’arbiy o’lkani,ya’ni O’rta Osiyoni kashf etadi.
1.Davlat   tipi   –   podsholik.   Boshqaruv   shakli   –   mutloq
monarxiya. O’zbekistonning   qadimgi   tarixida   u   bunday   tipdagi   va   boshqaruv
shaklidagi   davlat   tarkibiga   kirgan   bir   necha   davrlar   bo’lgan.Mil.avv   539   yildan
boshlab   mil.avv.   330   yilgacha   Ikki   daryo   oralig’idagi   deyarli   butun
xudud,Farg’ona   va   Chochdan   tashqari,Ahamoniylar   sulolasidan   bo’lgan   Eron
shohlari   hukmronligiga   bo’ysungan   Xorazm,So’g’d,Baqtriya,   shuningdek   saklar
muayyan   ma’muriy   birliklar-satrapliklarni   tashkil   etgan.Ularga   Ahamoniylar
podsholari   tomonidan   tayinlanadigan   satraplar   boshchilik   qilgan   va   ular
davlatg’aznasiga   ma’lum   miqdorda   o’lpon   to’lagan.Yunon-Baqtriya   podsholigi
muayyan   mustaqillikdan   foydalanuvchi   tizimli   mutloq   monarxiya   edi.Shimoliy
Baqtriya   va   So’g’d   ham   mil.avv.   mil.avv   IV   asr   oxiridan   mil.avv   III   asr
o’rtalarigacha   boshqa   yunon   ellinistik   podsholigi   –Salavkiylar   tarkibiga
kirgan.Ushbu   sulolaning   ikkinchi   xukmdori   Antiox   I   (mil.avv.   280-261   yy)
Salavka   bilan   so’g’dlar   yo’lboshchisining   qizi   Apama   o’rtasidagi   nikohdan
tug’ilgan yarim so’g’diy edi.Mil. I asrdan boshlab mil III asr o’rtasigacha Kushon
podsholigi mutlaq,teokratik monarxiya edi.
2.Davlat   tipi   –   konfederativ   podsholik.Boshqaruv   shakli   –cheklangan
monarxiya.   Davlatlarning ushbu tipiga Qang’ va Yuyechji davlatlarini yoki Katta
yuyechji   davlatining   kushonlargacha   mavjud   bo’lgan   birinchi   davrini   kiritish
mumkin.Ular  qabila  boshliqlari  yoki  o’z  tangasini   zarb  qiluvchi  urug’   boshliqlari
tomonidan   boshqariladigan   bir   nechta   mustaqil   o’lkalardan   iborat   bo’lgan.Qang’
davlati   hududida   kamida   beshta   mana   shunday   o’lka   bo’lgan.Bular:   Buxoro   va
uning   atrofi.Uning   xkmdorlari   Yevtidem   tangalariga   taqlid   qilib   o’z   nomlari   va
unvonlari   bitilgan   tangalar   chiqargan,Buxoroning   janubi-sharqi   va   Samarqand
So’g’dining   shimoli-g’arbi.Bu   yerda   Girkod   sulolasidan   chiqqan   dohiylar hukmdorlik   qilgan,o’z   tangalarini   chiqargan   Samarqand   So’g’di   hamda   o’zi
mustaqil tanga zarb etgan Janubiy So’g’d o’lkalaridir.
3.Davlat tipi – egalik qilish.Boshqaruv shakli qabila dohiylari yoki urug’
boshliqlaring   meros   qilib   qoldiriladigan   hokimyati.   Davlat   birlashmasining
ushbu tipi kichikroq o’lka bo’lgan.Yunon-Baqtriya podsholigi qulagach Baqtriyaga
kelgan   Chjan-Szyan   tomonidan   mil.avv.   128   yilda   yoki   mil.avv.126   yilda   qayd
etilgan.Unga   muvofiq   Baqtriya   ko’plab   mayda   mustaqil   o’lkalardan   iborat
bo’lgan.”Bu   yerda   deyarli   har   bir   shahar   o’z   hukmdorini   yetishtirgan”.Xitoy
manbalarida   O’rta   Osiyo   ikki   daryo   oralig’i   xududida   55   ta   o’lka   mavjudligi
ko’rsatiladi.Ular   muayyan   mustaqillikdan   foydalangan   va   o’z   tashqi   siyosatini
yuritishgan,jumladan Xitoy bilan diplomatik munosabatlar o’rnatgan.
2.Qadimgi Baqtriya, Xorazm va So’g’diyona davlatlari
Afg’onistonning   shimoli-sharqi,O’zbekistonning   janubi   va   Tojikisttonning
janubi-g’arbida   joylashgan   hududlar   turli   yozma   manbalarda
Bahdi,Baqtrish,Baqtriyona,Baqtriya,Baxli,Baxlika,Tuxolo   kabi   nomlar   bilan
eslatib   o’tiladi.Zamonaviy   adabiyotlarda   uni   Baqtriya   deb   atash   e’tirof
etilgan(“Shoxnoma”da   Baxtar   zamin,   qadimgi   turkiylarda   Baxodirlar
yurti).Arxeologik   ma’lumotlarning   guvoxlik   berishicha,mil.avv.   II   ming   yillik
o’rtalariga   kelib   Surxon   vohasida   qadimgi   dehqonchilik   madaniyatining   jadallik
bilan   rivojlanishi   asosida   ilk   davlatchilikka   o’tish   jarayoni   boshlanadi.Agar
davlatchilik asosini  shahar madaniyati tashkil  etilishi  hisobga oladigan bo’lsak,bu
jarayon   O’zbekistonning   janubida,   Baqtriya   hududida   miloddan   avvalgi   II   ming
yillik birinchi yarmidayoq shaharmonand qishloq Sopollitepa misolida boshlangan
edi.A.Asqarovning   fikricha,agar   Sopollitepa   o’zining   qadimgi   shaharsozlik
madaniyatiga xos barcha alomatlari bilan protoshahar,ya’ni,Avestoda tilga olingan
“vara”inshootini   eslatsa,Jarqo’ton   yodgorligi   O’zbekiston   hududida   birinchi   bor
shakllangan   tom   ma’nodagi   shahar   edi.Jarqo’ton   qadimgi   Sharq   shaharlaridan
tarkibiy jixatidan farq qilmaydi. Miloddan   avvalgi   I   ming   yillikning   birinchi   yarmi   Baqtriya   xududlarida
ko’pgina   tarixiy-madaniy   o’zgarishlar   bo’lib   o’tadi.Bu   o’zgarishlar   quyidagi
jarayonlar bilan bog’liq edi:
1.Temir buyumlarning paydo bo’lishi va keng tarqalishi
2.Qa’lalari   bo’lgan   qishloqlarning   paydo   bo’lishi   va   keyin   ularning
shaharlarga aylanishi
3.Moddiy madaniyatning sezilarli darajada o’zgarishi
4.Sharqiy Eron qabilalarining migrasiyasi
Arxeologik   nuqtai   nazardan,yuqoridagi   davr   Marg’iyona   tipidagi   Yoz   I
madaniyati mavjud bo’lgan davrga to’g’ri keladi.Tadqiqotchilar Yoz I madaniyati
davrini   miloddan   avvalgi   II-Iming   yillik   bo’sag’asi   –   VIII-VII   asrlar   bilan
belgilaydilar.Surxon   vohasidan   aynan   mana   shu   madaniyatga   o’xshash
yodgorliklar   ko’plab   ochib   o’rganilgan.Bu   davrda   Baqtriyaning   to’rtta   –
Ulonbuloqsoy,   Bo’stonsoy,   Urgul   va   Halqajar   vohalari   o’zlashtirilgan   bo’lib,
arxeologik   tadqiqotlar   natijalariga   ko’ra,   Kuchuktepa,   Jarqo’ton,   Bandixon   va
Qiziltepa   ularning   markazlari   edi.Yuqoridagi   vohalar   o’troq   ziroatkorlar   va
chorvador-sastarlar   harbiy   boshliqlarining   mulklari,markazlar   esa   ularning
qarorgohlari bo’lgan bo’lishi mumkin.
Miloddan avvalgi I ming yillikning birinchi yarmida Qadimgi Baqtriya dalati
tarkibiga Marg’iyona va So’g’diyona ham kirganligi taxmin qilinadi.Bu haqda turli
xil ma’lumotlar mavjud bo’lib, qadimgi fors podshosi Doro I Marg’iyonada bo’lib
o’tgan   Frada   boshchiligidagi   qo’zg’oloni   (miloddan   avvalgi   521   yil)   bostirgani
haqidagi   Behistun   yozuvlarini   “mana   men   nimalarni   qildim   Baqtriyada   ”deb,
hisoblaydi.Doro   III   davrida   Baqtriya   va   So’g’diyona   birlashtirilgan   o’lka
bo’lib,unda Bess nomli satrap hokimlik qilgan davrda Baqtriya,Marg’iyona hamda
So’g’diyona   aholisining   urf-odatlari   va   madaniyati   bir-biriga   ancha   o’xshash
bo’lgan.Tadqiqotchilarning   ta’kidlashicha,   miloddan   avvalgi   VIII-VI   asrning
o’rtalari   qadimgi   Baqtriya   davlatining   (aynan   Baqtriya,Marg’iyona   hamda
So’g’diyona  viloyatlarining  ma’lum   qismlari   sifatida  taxmin   qilinadi)   rivojlangan
davri   bo’lib,   bu   yirik   davlatning   chegaralari:   Murg’ob   vog’asi,Hindiqush tizmasi,Badaxshon,Nurota   tizmasi   va   Buxoro   hududlariga   tarqalgan   bo’lishi
mumkin.Bu   davrda   Baqtriya   viloyatlariga   qadimgi   Xorazm   davlati   va   sak-
masagetlarning harbiy-siyosiy uyushmasiga tegishli o’lkalar chegaradosh bo’lgan.
E.V.Rtveladze   Baqtriyadagi   aholi   joylashuvini   quyidagi   o’nta   vohaga
ajratadi:
1.Ulanbuloqsoy-Amudaryoning   irmog’i   bo’lgan   Ulonbuloqsoy   vohasida
Kuchuktepa va Dabilqo’rg’on.
2.Sherobod-Amudaryoning irmog’i bo’lgan Sheroboddaryoning o’rta oqimida
joylashgan.Bronza davrida vohaning chegarasi Angorgacha cho’ziladi.
3.Urgul   (Banixon)   Bandixonsoyning   o’rta   oqimida   joylashgan.
G’ozimullatepa I.
4.Halqajar-Surxondaryoning o’ng Halqajar vohasida Qiziltepa shahri.
5.   Yuqori   Surxon   –   Surxondaryoning   o’rta   oqimi.Vohada   biri
Sheroboddaryoning   o’ng   qirg’og’ida,ikkinchisi   Dashnobodsoyning   o’rtasida
joylashgan.
6.O’rta   Surxon-Surxondaryoning   o’rta   oqimi   havzasida   joylashgan.Bu
vohadan ham ikkita manzilgoh Hayitobodtepa va Bandixonsoyning Surxondaryoga
quyilish joyida joylashgan.Nomsiztepa aniqlangan.
7.Amudaryo   –Temizdan   Boldirgacha   bo’lgan   Amudaryoning   o’rta   oqimi
havzasida joylashgan.
8.Vaxsh-Yavan-Vaxsh   va   Yavansuv   daryolarining   o’rta   oqimida
joylashgan.Bu   vohadan   uchta   manzilgoh   –Tomoshatepa,Boldaytepa   va   Sho’rchi
yaqinidan Nomsiztepa aniqlangan.
9.Quyi   Kofirnixon   –   Kofirnixon   daryosining   quyi   oqimlarini   egallaydi.Bu
vohadan uchta Qalaimir,Munchoqtepa va Xirmontepa manzilgohlari aniqlangan.
10.   Boytudasht-Panj   vohasining   yuqori   qismidagi   Boytudasht   mavzesida
joylashgan.Bu vohadan unchalik katta bo’lmagan sakkizta manzilgoh aniqlangan.
O’rta   Osiyodagi   yana   bir   yirik  davlat   uyushmasi   –  Qadimgi   Xorazm   davlati
hisoblanadi.”Katta   Xorazm”   va   “Qadimgi   Xorazm”   masalasi   bo’yicha
o’zbekistonlik   va   xorijlik   ko’plab   olimlar   turli-tuman   tadqiqotlar   olib   borgan bo’lsalarda   bu   masalalar   hamon   tadqiqotchilarning   bahs   munozaralariga   sabab
bo’lib   kelmoqda.Avesto   va   yunon-rim   tarixchilari   ma’lumotlari   bu
munozaralarning   asosini   tashkil   etadi.Undan   tashqari,   o’tgan   asrning   50-60-
yillaridan   boshlab   bugunga   qadar   olib   borilgan   arxeologik   tadqiqotlar   natijalari
ham   Xorazm   davlatchiligi   tarixi   bo’yicha   boy   materiallar   berdi.Avvalo   so’nggi
yillardagi ibtidoiy davr yodgorliklarining qiyosiy tadqiqotlaridan (X.Matyakubov)
xulosa   chiqaradigan   bo’lsak,Xorazm   mil.avv   IV-III   ming   yillikdayoq   O’rta
Sharqning   qadimgi   sivilizasiyalar   olami   bilan   uzoq   shimolni   bevosita   bog’lovchi
xalqa   rolini   o’tay   boshlagan.Bronza   davri   Suvyorgan   va   Tozabog’yob
madaniyatlari qadimgi Xorazm yerlarini o’zlashtirib bir-biri bilan qizg’in aloqada
bo’lgan,   Shimol   va   Janubdan   ta’sir   qabul   qilib,   yangi   taraqqiyot   bosqichiga
ko’tarilgan qabilalar madaniyati edi.
Fanda   ma’lum   bo’lgan   “Katta   Xorazm”   masalasi   bugungi   kunda   o’z
yechimini topgan deb bo’lmaydi.Avvalo,o’tgan asrning boshlarida mavjud yozma
manbalarning qisqa ma’lumotlariga tayangan I.Markvart tomonidan ushbu masala
ko’tarilgan   edi.   U   Avestodagi   “Aryanam   Vayjo”ni   Xorazm   deb
hisoblab,Ahamoniylarga   qadar   Shimoliy-Sharqiy   Eron   qabilalarining   xorasmiylar
boshchiligidagi   katta   davlat   birlashmasi   “Katta   Xorazm”,   degan   taxminni   ilgari
surgan edi.Mazkur g’oya V.Bartold,V,Tarnlar tomonidan qabul qilinib,S.tolstov, v.
Xenning,F.Altxaym   va   I.Gershevichlar   tomonidan   rivojlantirildi.S.Tolstov
Amudaryoning   quyi   havzalari   “Katta   Xorazm”   tarkibiga   kirganligi   haqidagi
konsepsiyani   ilgari   surib,Xorazmda   mil.avv.   VIII-   VII   asrlarda   dastlab
qabilalarning   harbiy   konfederasiyasi   paydo   bo’lib,   undan   davlat   uyushmasi   o’sib
chiqdi   degan   fikrga   kelgan   bo’lsa,v.Masson   bu   fikrga   qarshi   chiqib,   arxeologik
materiallar   tahlili   Xorazmda   Ahamoniylarga   qadar   markazlashgan   davlat   tashkil
topganligini tasdiqlamaydi,degan fikrga keldi.
  Arxeologik   tadqiqotlar   natijalariga   tayangan   V.T.Vorobyeva   o’tgan   asrning
70 – yillarida “Katta Xorazm”ning janubiy chegarasi Amudaryoning o’rta havzasi
(Qo’shqal’a,Odoytepa   atroflari)dan   o’tgan   va   uning   shimoliy   chegaralari
Amudaryoning quyi havzalarini qamrab olganligi g’amda  qadimgi Xorazm davlati “Katta   Xorazm”davlat   konfederasiyasining   tarkibiga   kirganligi   haqidagi   g’oyani
ilgari surdi.B.Vaynberg va S.Baratovlar ham V.T.Vorobyeva g’oyalariga yaqin fikr
bildirganlar.R.Fray   “Katta   Xorazm   ”davlatining   xududi   Marv-Hirot   atroflarini
qamrab olib,Ahamoniylar bosqinidan so’ng bu hudud aholisi Oks(Amudaryo)ning
shimoliga   ko’chganligi   haqida   fikr   bildirgan   bo’lsa,I.Xlopin   va   I.Pyankovlar
Xorazmdagi   ahamoniylargacha   bo’lgan   davlatchilikni   inkor   etadilar.   A.Asqarov
esa,xorasmiylarning   Tajan   (gerirud)   va   Xilmend   daryolari   havzalaridan
shimolga,quyi   Amudaryo   havzalariga   ko’chishi   mil.avv.   VI   asrda   ro’y   bergan
bo’lib,”Katta   Xorazm”   davlati   konfederasiyasining   shimoliy   chegarasi
Amudaryoning   o’rta   chegarasigacha   bo’lgan   hududlarni   o’z   ichiga   olganligi
haqidagi fikrlarni ilgari suradi.
Olimlarning   ta’kidlashicha,Avestoda   tilga   olingan   Aryoshayona   yoki
Aryanam   Vaychax   shu   manbada   eslatilgan   Kavi   Vishtaspning   podsholigi   bo’lib,
miloddan avvalgi IX- VIII asrlarda Drangiyona, Satagadiya, Ariya, Marg’yona va
Amudaryoning   o’rta   oqimidagi   viloyatlarni   birlashtirgan.G’arb   tadqiqotchilari
V.Xenning   va   I.Gershevichlar   Avestodagi   Kavi-Vishtaspning   davlati   Marv   va
Hirot   atrofida   joylashgan   “Katta   Xorazm”deb   hisoblaydilar.”Katta   Xorazm”
muammosi   Gerodot   ma’lumotlaridan   boshlangan.U   “Tarix”   asarining   uchinchi
kitobida quyidagi ma’lumot beradi: “Osiyoda bir vodiy bor.Uning   barcha tomoni
tog’   bilan   o’ralgan,tog’ni   esa   beshta   dara   kesib   turadi.Bir   vaqtlar   bu   vodiy
xorasmiylarga   tegishli   bo’lib,xorasmiylar,parfiyaliklar,saranglar   va   tamaneylarga
chegaradosh   yerlarda   joylashgan.Vodiyni   o’rab   turgan   tog’dan   Akes   nomli   yirik
daryo   boshlanadi”.Gerodotdan   sal   oldinroq   yashab   o’tgan   Gekatey
parfiyaliklarning   sharqiy   tomonida   joylashgan   “Xorasmiya”ni,”bir   qismi
tekisliklarda,bir   qismi   tog’larda   yashovchi   xorazmliklarni”   eslatib
o’tadi.Tadqiqotchi   V.A.Livshis   ham   bu   “Katta   Xorazm”ni   Marv   va   Hirotning
to’rtta   rayoniga   joylashtiradi.     Agar   “Katta   Xorazm”davlati   Marv   va   Hirot
atroflarida   joylashgan   taxmin   rost   bo’lsa,A.S.Sagdullayevning   fikricha,bu   davlat
forslar   podshosi   Kir   II   tomonidan   bo’ysundirilganidan   so’ng   xorasmiylar   Quyi
Amudaryoning   Xorazm   hududlariga   ko’chib   borganlar   deb   faraz   qilinadi.   Ushbu nazariyaga ko’ra, miloddan avvalgi VI asr qadimgi forslar xorasmiylarni janubdan
quyi Amudaryo yerlariga siqib chiqargan.
  Amirobod   madaniyati   (mil.avv.   IX-   VIII   asrlar)   davrida   Amudaryo   quyi
havzasida yashovchi aholi hali davlatchilikdan bexabar bo’lib,irrigasiya xususiyati
ibtidoiy   urug’-qabilachilik   an’analarini   saqlab   qolgan   aholi   jamiyatiga   xos
edi.O’rta Osiyoning janubiy mintaqalariga qaraganda Xorazm vohasi aholisi uzoq
vaqt   beqaror   suv   oqimi   sharoitida,noqulay   tabiat   injiqliklari   girdobida   qolib
kelgan.Qadimgi   yozma   manbalar   ma’lumotlari   va   mavjud   arxeologik
yodgorliklarning qiyosiy tahliliga ko’ra,Xorazmda davlatchilik ildizlarining paydo
bo’lishiga asos bo’lgan ilk shaharsozlik madaniyati sohiblari –Xorazmiylar ko’chib
kelgach   tarkib   topdi   va   rivojlandi.”Xorazm”atamasining   kelib   chiqishi   haqida
ko’plab fikrlar mavjud. Olimlarning katta guruxi “Xorazm ”atamasining   ikkinchi
komponenti   –   zmi,-   zamni   hind-yevropa   tillariga   mansub   –   zemo-
yer,o’lka,mamlakat   ma’nosini   beradi   degan   xulosaga   kelganlar.So’zning   birinchi
komponentiga   kelganda   olimlar   fikrlaridagi   yakdillik   yo’qoladi   va   u   turlicha   –
“Ozuqaga   boy   mamlakat”,   “Unumdor   yer”   (Ye.Byurnuf,   E.Zaxau,   U.Geyler,   U.
Tomashek),   “Go’zal   mamlakat”   (F.Yusti),   ”Unumsiz,   yomon   yer”
(F.Shpigel),”Pastlik   yer”   (P.Lerx,   N.Veselovskiy,   X.Klipert),   “Quyoshli   yoki
Sharqiy   o’lka”(S.Tolstov,   P.Savelyev,   F.Sulaymonova),   ”Sharqiy   zamin”,
”Kunchiqar mamlakat”(I.Mo’minov) tarzida talqin etiladi.
  Hozirgi Qashqadaryo va Zarafshon vohalarini (Buxoro, Navoiy, Samarqand,
Qashqadaryo   viloyatlari,   Tojikistonning   Panjakent   atroflari)   o’z   ichiga   oluvchi
Qadimgi   So’g’diyona   va   so’g’diylar   haqida   ilk   yozma   manbalarda   ma’lumotlar
deyarli   kam.Avestoda   viloyatlarning   nomi   ikki   xilda   ko’rsatilgan   –   Gava   Sug’da
va   alohida   Sug’da.Gerodot   esa   Sug’diylarni   ikki   marotaba   –   Ahamoniylar
davlatining   XVI   satrap   o’lkasidagi   xalqlarni   sanab   o’tganda   va   forslarning
qo’shinlari   safida   jangchi-   sug’diylarning   o’rnini   ko’rsatib   berganda   tilga
olgan.Ammo   tarixchi   Sug’d   shaharlari,daryolari,tog’lari,hududiy   chegaralari
haqida   bizga   hyech   qanday   ma’lumotlar   qoldirmagan.Ahamoniylar   mixxatlari
Sug’diyona   haqida   asosan   rasmiy   darajada   e’lon   qiladilar   va   turli   xil   tarixiy muammolarni   o’rganishda   ulardan   foydalanish   og’ir   kechadi.Gekatey,Ktesiy   va
Ksenofont asarlarida Sug’diylar haqida ma’lumotlar yo’q.
Ilk temir davri O’rta Osiyo ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayotida muhim o’rin
egallagan   Sug’diyona   o’lkasi   turli   qadimgi   manbalarda
Sug’da,Sug’uda,Sug’diyona   nomlari   ostida   eslatib   o’tiladi.Bu   nomlarning   kelib
chiqishi  va  ularning  ma’nosi  haqida  hozircha  aniq  fikr  yo’q.Ayrim   tadqiqotchilar
(V.Tomashek)bu   nomni   eroncha     “SUS””yonmoq,yaltiramoq,nur   taratmoq”
so’zidan   olingan   desa,ayrimlari   (O.Smirnova)   bu   “Gava   sug’uda”   atamasi     ”
hosildor vohalar o’lkasi”degan ma’noni beradi deb hisoblaydilar.Avestoning Yasht
kitobida tilga olingan “Sug’d makoni Gava”- Sug’diyonaning eng qadimgi viloyati
bo’lgan   bo’lishi   mumkin.Ba’zi   ma’lumotlarga   ko’ra   (A.Sagdullayev),Gava(Gau)-
“buqa”,”poda”,Qashqadaryo vohasi bilan bog’lanadi.Bu so’z viloyatning juda ko’p
geografik   nomlarida   takrorlanib   saqlangan   (Gavdara,Gauxona,Gaumurda,   tog’lar
Gau,cho’qqi Gau va boshqalar).
Ilk   temir   davri   Sug’diyonada,aloxida   hududiy   tartib   guruhida   bo’lib   markaz
vazifasini   bajargan   bir   necha   manzilgohlar   turlari   mavjud   edi.Bular   maydoni   5
gektardan   15   gektargacha   bo’lib,tuman   –voha   markazi   vazifasini   bajaruvchi
markazlar   –   Daratepa,Konimex,Chordara;   maydoni   20   gektardan   80   gektargacha
bo’lgan   viloyat   markazlari   vazifasini   bajarishi   mumkin   bo’lgan   shaharlar   –
Uzunqir,Yerqo’rg’on,Xo’ja   Bo’ston;   bir   necha   viloyatlar   markazi   vazifasini
bajaruvchi   shaharlar   –   Afrosiyob   va   Buxoro   kabilardir.Hunarmandchilik
muassasalari   yirik   manzilgohlar   ichida   markazlashib   boradi.Bu   manzarani
Afrosiyob   topilmalari   tasdiqlaydi.Bunday   manzilgohlar   asta-sekinlik   bilan
hunarmandchilik,savdo   va   madaniy   markazlarga   aylanib   boradi.Bu   jarayonda
qadimgi  yo’llar  nihoyatda katta ahamiyatga  ega bo’lganligini  ta’kidlab o’tishimiz
joizdir.Afrosiyob,Uzunqir,Yerqo’rg’on kabi ko’hna shaharlar O’rta Osiyo shimoliy
dasht hududlardan keluvchi yo’llar ustida joylashgan.
Turli   qadimgi   manbalarda   Sug’diyona   nomi   tilga   olinsa   ham,alohida   davlat
sifatida   eslatilmaydi.Bu   hol   tadqiqotchilarning   ma’lumotlarni   umumlashtirib
shunday xulosa chiqaradi:  -Mil.avv.   I   ming   yillikning   boshlariga   oid   tarixiy   –   madaniy   yodgorliklar
Sug’diyona   hududlarida   davlatchilik   tarixi   aynan   ana   shu   davrdan
boshlanganligidan dalolat beradi;
- Sug’diyona davlatchiligi tarixida nafaqat chetdan bo’lgan tashqi ta’sir,balki,
ichki omillar imkoniyatlarining ahamiyati katta bo’ldi;
-   Mil.avv.   I   ming   yillikning   birinchi   yarmida   Sug’diyona   Baqtriya   davlati
doirasida   nafaqat   siyosiy,balki   etnik-madaniy   birlikni   tashkil   etardi.Qurilish
usullari,   me’morchilik   san’ati   va   moddiy   madaniyatdagi   o’xshashlik   fikrimiz
dalilidir.Zero,bunday   o’xshashlik   iqtisodiy,madaniy   munosabatlar   hamda   siyosiy
birlik asosida paydo bo’lishi mumkin edi;
-   Makedoniyalik   Aleksandr   yurishlaridan   keyingi   davrlarda   Sug’diyona
mustaqil   davlat   sifatida   mavjud   bo’lib,qo’shni   davlatlar   bilan   o’zaro   aloqalarni
yanada rivojlantiradi.
3 .  Ahamoniylar,Aleksandr Makedonskiy va yunon-baqtriya davlatlari va
ularning boshqaruv asoslari
     Mil.avv. VI asrning o’rtalariga kelib shafqatsiz kurashlar natijasida Midiya
podsholigi   o’rnida   Ahamoniylar   davlati   tashkil   topadi.   Ko’pchilik   ilmiy   –   tarixiy
adabiyotlarda   Kir   II   Ahamoniylar   davlatining   asoschisi     sifatida   e’tirof   etiladi.
Ahamoniylarning   Kir   II,   Kambiz,   Doro   I,   Kserks   kabi   hukmdorlari   qadimgi
Sharqdagi   juda   ko’plab   mamlakatlar   ustidan   o’z   hokimiyatini   o’rnatishni
rejalashtirilganlar   va   shunday   siyosat   olib   borganlar.   Qadimgi   dunyo   mualliflari
Gerodot,   Ksenofont,   Yustin   kabilarning   ma’lumotlaridan   xulosa   chiqaradigan
bo’lsak, Kir II mil.avv. 545-539 yillarda Sharqiy Eron va O’rta Osiyo viloyatlarini
bosib   oladi.   Doro   I   davrida   (mil.avv.   522-486   yy.   )   Ahamoniylar   sulolasi   Hind
vodiysidan   O’rta   Yer   dengiziga   qadar   bo’lgan   keng   hududga   o’z   hukmronligini
o’rnatgan. Juda ko’p sonli davlatlar, viloyatlar, shaharlar va xalqlarni birlashtirgan
Ahamoniylar   saltanati   tarixda   birinchi   yirik   dunyo   davlati   hisoblanadi.
Ahamoniylar   hukmdorlarining   O’rta   Osiy   viloyatlarini   bosib   olishi   ilmiy-tarixiy
adabiyotlarda  keng  yoritilgan  va   alohida  mavzu  hisoblanadi.   Shuning  uchun  ham
ushbu   mavzuda   davlatchilik   tarixi   bilan   bevosita   bog’liq   bo’lgan   Ahamoniylar davlatining tuzilishi, boshqaruv tartibi, ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga oid masalalariga
batafsilroq to’xtalib o’tamiz.
Markaziy   boshqaruv   organlari.   Ahamoniylar   davlatining   oliy   hokimiyati
tepasida   shohlar   shohi-shahanshoh   turgan.   Hokimiyat   iyerarxiyasida   fors
zodagonlarining   oila   boshliqlari,   asosiy   o’rin   egallaganlar.   Shahanshoh   saroyida
Kengash mavjud bo’lib, bu kengashga fors zodagonlarining oila boshliqlari, yuqori
martabali   amaldorlar,   noiblar,   saroy   amaldorlari   kirganlar.   Davlat   ahamiyatiga
molik   bo’lgan   barcha   masalalar   ushbu   kengashda   ko’rib   chiqilsada,   hal   qiluvchi
qarorni   shahanshoh   qabul   qilgan.   Shohlar   shohidan   keyingi   o’rindagi   ikkinchi
shaxs   xazarpat   (mingboshi)   deb   atalgan.   U   podsho   gvardiyasi   va   davlat
boshqaruvida   shahanshohning   asosiy   yordamchisi   hisoblangan.   Ahamoniylar
davlatining bosh ma’muriy markazi So’za shahri edi. Bu yerda shoh devonxonasi
mavjud   bo’lib,   unda   barcha   davlat   hujjatlari-shahanshoh   farmonlari,   nomalar,
farmoyishlar,   ijtimoiy-iqtisodiy   hayotga   doir   hujjatlar   saqlangan.   Shoh
devonxonasi   boshlig’i   dapirpant   (mirzo   boshi)   deb   atalagan.   Uning   qo’l   ostidagi
devonxonada   bosh   xazinachilar,   hisobchilar,   huquqshunoslar,   mirzalar   kabilar
xizmat qilganlar.
Hududiy   bo’linish.   Mil.avv   VI   asrlarning   o’rtalarida   tashkil   topgan   ulkan
ahamoniylar   davlati   tarkibiga   hozirgi   Eron,   Afg’oniston,   O’rta   Osiyoning   katta
qismi, Shimoliy Hindiston, Yaqin Sharq, Kichik Osiyo, Misr kabi hududlar kirgan
edi. Bu ulkan davlat ma’muriy-qaram o’lkalar-satrapiyalarga bo’lingan edi. Ayrim
tadqiqotchilarning   fikricha,   bu   an’ana   Midiya   davlatidan   qabul   qilingan   bo’lib,
Doro   I   davrida   ma’mariy   boshqaruvda   islohatlar   o’tkazilib,   butun   davlat   20   ta
ma’muriy-qaram   satrapiyalarga   bo’linadi.   Ularni   satraplar   (shahanshoh   noiblari)
boshqargan. Satrapiyalar ancha yirik bo’lib, ayrim hollardi bir necha o’lka va
viloyatlarni   birlashtirgan.   Misol   uchun,   Parfiya,   Girkaniya,Oriylar   o’lkasi,
Xorazm   va   Sug’diyona   bitta   satrapiya   hisoblangan.   Satrapiyalarning   chegaralari
doimiy o’zgarib turgan. Ta’kidlash lozimki, satrapiyalar hududlardagi xalqlarning
etnik kelib chiqishiga qarab emas, balki hududlarning iqtisodiy salohiyatiga qarab
tashkil   etilgan.   Satraplar   asosan   forslardan   shahanshoh   tomonidan   tayinlangan. Satrapning   saroyi   va   boshqaruv   apparati   qisqartirilgan   ko’rinishda   shahanshoh
saroyi   va   markaziy   boshqaruv   apparatini   takrorlagan.   Satrapning   ikkita
yordamchisi,   devonxonasi   va   mirzalari   bo’lgan.   Satrap   o’ziga   berilgan
hududlarning bosh qozisi ham hisoblangan. Satraplarning faoliyati doimiy ravishda
markazdan nazorat qilib turilgan. 
Ahamoniylarda   asosini   10   ming   qo’shindan   iborat   polk   tashkil   etuvchi
muntazam   “o’lmas”   armiya   mavjud   bo’lgan.   Armiyaning   oliy   bosh   qo’mondoni
shahanshoh   hisoblangan.   Undan   kiyingi   o’rinda   xazarpat-mingboshi   turgan,
Qo’shinlar   quyidagi   qismlardan   iborat   bo’lgan:   1-“o’lmas”polk;   2-   piyoda
qo’shinlar;   3-otliq   suvoriylar;   4-satrapiyalar   qo’shinlari;   5-yunon   yollanma
qo’shinlari;   6-ko’ngillilar   qo’shinlari.   Qo’shinlar   10,100,   1000   va   10000   kishilik
qismlarga   bo’lingan   bo’lib,   har   bir   qismning   o’z   boshlig’i   bo’lgan.
Shahanshohning   shaxsan   o’zi   har   yili   bir   marta   qo’shinlarni   ko’rikdan   o’tkazib
turgan.   Butun   davlat   hududi   4   ta   harbiy   okrugga   bo’lingan.   Har   bir   okrugning
harbiy   boshlig’i   bo’lib,   u   bevosita   shahanshohga   bo’ysungan.   Bo’ysundirilgan
o’lkalar   va   chegara   tumanlarida   harbiy   garnizonlar   joylashtirilgan.   Harbiy
boshliqlarning deyarli barchasi forslardan tayinlangan.
Soliqlar va majburiyatlar. Gerodot ma’lumotlariga ko’ra, ulkan Ahamoniylar
saltanati   alohida   viloyatlar   (o’lkalar)   –   satrapiyalarga   bo’lingan   bo’lib,   ularning
soni 20 ta edi. Har bir satrapiya har yili ma’lum miqdorda soliq to’lab turishi shart
edi.   Soliqlarning   miqdori   ko’p   hollarda   kumush   talant   (talant   –   pul   birligi,   bir
talant   30   kg   kumushga   teng   bo’lgan)   bilan   belgilangan.   Soliqlar   kelib   tushishini
tizimga solish uchun Doro I yagona tanga tartibini joriy etadi. Bu tartibning asosini
og’irligi   8,4   g   keladigan   oltin   darik   tashkil   etardi.   Oltin   darikni   bir   donasini
og’irligi 5,6 g bo’lgan 20 ta kumush tangaga almashtirish mumkin bo’lgan. Oltin
darik faqat  podsho  tomonidan, kumush tangalar  esa  ayrim  viloyatlar  hukmdorlari
tomonidan zarb etilgan. Qaram o’lkalar pul solig’idan tashqari mahsulot bilan ham
soliqlar   to’laganlar.   Ushbu   soliqlar   hisobidan   Persepolda,   So’zada   va   Ekbatanda
fors   podsholarining   hashamatli   saroylari   qad   ko’targan.   Misol   uchun,   So’zadagi
saroyni   qurish   haqida   Doro   I   yozuvlarida   shunday   xabar   beriladi:   «Bu   yerda ishlatilgan oltin Lidiya va Baqtridan keltirilgan. Ko’k tosh «kapa-utaka» (lojuvard)
va   «sinkabrush»   (yarim   qimmatbaho   tosh-serdolik)   Sug’ddan   keltirilgan.
«Axshayna»   toshi   (fero’za)   Xorazmdan   keltirilgan».   Shuningdek,   Gerodot
Ahamoniylar   davridagi   yana   bir   soliq   turi   –   sun’iy   ko’llardan   dalalar   uchun
olinadigan   suv   puli   haqida   ham   ma’lumot   beradi.   Tarixchining   ta’kidlashicha,
ko’llarning   to’g’onini   ochgani   uchun   fors   podshosi   «odatdagi   soliqdan   tashqari
katta   pul   oladi».   Ahamoniylar   davlatida   majburiy   harbiy   xizmat   ham   muhim
ahamiyatga   ega   edi.   Elefantin   orolidagi   (Misrning   janubiy   chegaralari   yaqinida)
garnizon   arxividan   ma’lumki,   bu   yerda   mil.avv.   V   asr   oxirida   xorazmlik   jangchi
Dargamon   xizmat   qilgan.   Sak   jangchilari   haykalchalarining   topilishi   Misrdagi
yirik   harbiy   bazalardan   biri   bo’lgan   forslarning   Memfis   garnizoni   tarkibida   sak
otliqlari   ham   bo’lganligidan   guvohlik   beradi.   larga   qarshi   chiqqan   Kserks
qo’shinlari   tarkibini   sanab   o’tar   ekan   Gerodot,   baqtriylar,   sak-amorglar,
parfiyonlar, xorazmiylar, Sug’diylar va saklarni ham tilga oladi.
Dehqonchilik.   Sun’iy   sug’orish.   Juda   ko’pchilik   tadqiqotchilar   O’rta
Osiyoning o’troq vohalaridagi sug’orish tartibida mil.avv. VI-IV asrlarda sezilarli
o’zgarishlar   bo’lib   o’tganligini   e’tirof   etadilar..   O’rta   Osiyoning   deyarli   barcha
tarixiy-madaniy viloyatlarida olib borilgan arxeologik tadqiqotlar natijasida o’troq
aholi tomonidan yangi yerlarning o’zlashtirilganligi ko’zatiladi. Shimoliy Baqtriya
hududlarida   bu   davrda   Surxon   va   Kobadiyon   vohalari   keng   miqyosda
o’zlashtirilib, o’ng qirg’oq Amudaryo irmoqlaridan magistral kanallar o’tkaziladi.
Vaxsh vohasida Bolday kanali qazilib, uning atroflarida mil.avv. V-IV asrlarga oid
manzilgoh   aniqlangan.   Xorazm   hududlarida,   chap   qirg’oq   Amudaryodagi
Sariqamish   havzasida   joylashgan   Ko’zaliqir   yaqinida   Ahamoniylar   davriga   oid
yirik   dehqonchilik   vohasi   aniqlangan.   Bu   yerdan   o’sha   davrga   oid   bir   nechta
kanallar aniqlangan.
Ta’kidlash   joizki,   Ahamoniy   podsholari   va   satraplari   qishloq   xo’jaligining
rivojlanishiga,  avvalo, dehqonchilikka katta e’tibor  beribturganlar. Ksenofontning
xabar   berishicha,   «podsho   o’z   mamlakatining   ayrim   qismlarini   o’zi   aylanib
chiqadi,   ayrim   qismlariga   o’z   ishonchli   odamini   yuboradi.   Agar   hokimlar o’zlashtirilib   obod   etilgan,   bog’-rog’lar   barpo   etilib   ekinlar   ekilgan   yerlarni
ko’rsatsalar   ularga   yana   yangi   yerlar   qo’shib   berilib,   turli   mukofotlar   in’om
etiladi».   O’rta   Osiyodagi   dastlabki   korizlar   yer   osti   sug’orish   kanallari   ham
Ahamoniylar davrida paydo bo’ladi. Polibiy salavkiylar hukmdori Antiox III ning
Parfiya dashtlari orqali yurishini ta’riflar ekan, bu yerda sug’orish ishlari quduqlari
bo’lgan   bir   nechta   yer   osti   kanallari   orqali   amalga   oshirilib   ular   «forslar
davrida»bunyod   etilgani   haqida   ma’lumot   beradi.Mil.avv.   VI-IV   asrlar   sug’orish
inshootlari takomillashuvi bilan birga O’rta Osiyo qishloq xo’jaligida dehqonchilik
taraqqiyotiga   sezilarli   turtki   bergan   temir   buyumlardan   foydalanish   ham   keng
tarqaladi.  Shimoliy Baqtriyadagi   Qizilcha  6, Xorazmdagi   Ding’ilja  va Ko’zaliqir,
Sug’diyonadagi   Afrosiyob   va   Daratepa   hamda   boshqalardan   topilgan   temir
buyumlar shu jarayondan dalolat beradi.
2.Aleksandr  Makedonskiy davrida davlat boshqaruvi
Ulkan   Ahamoniylar   saltanati   o’zining   g’arbga   qilgan   ekspansiyasi   natijasida
yunon davlatlari bilan to’qnashadi va buning natijasida mil.avv. V asrning birinchi
choragida   yunon-fors   urushlari   boshlanadi.   Mil.avv.   V   asr   davomida   betinim
urushlar,   saroydagi   fitnalar,   bosib   olingan   xalqlarning   ozodlik   uchun   kurashlari
Ahamoniylar   davlatini   ancha   zaiflashtirib   qo’ygan   edi.   Mil.avv.   IV   asrining
o’rtalaridan   boshlab   esa,   Bolqon   yarim   orolidagi   shahar-davlatlar   kuchaya
boshlaydi.   Bu   davrda   Makedoniya   podshosi   Filipp   II   Bolqon   yarim   orolida   o’z
mavqyeini   mustahkamlab   olib   Ahamoniylarga  qarshi   kurashga   tayyorgarlik   ko’ra
boshlaydi.   Filipp   II   o’z   davriga   mos   harbiy   islohotlar   o’tkazib   tartibli   va   yaxshi
qurollangan   qo’shin   tuzishga   muvaffaq   bo’ldi.   Mil.avv.   336   yilda   Ahamoniylar
davlatiga   qarshi   kurash   boshlandi.   Ammo,   Filipp   II   ning   o’ldirilishi   tufayli   bu
kurash   to’xtab   qoldi.   O’sha   yili   taxtga   Filipp   II   ning   o’g’li   20   yoshli   Aleksandr
o’tirdi.   U   Ahamoniylarga   qarshi   urushga   jiddiy   kirishib   Kichik   Osiyodan
Parmenion   boshliq   qo’shinlarni   chaqirtirdi.   Harbiy   kengash   to’zib   quruqlikda   va
suvda harakat qilayotgan qo’shinlar oldiga aniq vazifalar qo’ydi. Mil.avv. 334 yil
mayida (Graniq daryosi yonida), 333 yil oktyabrida (Gavgamela, Shimoli-sharqiy
Mesopotamiyada)   bo’lgan   janglarda   fors   qo’shinlari   to’la   mag’lubiyatga   uchradi. Shundan   so’ng   Aleksandr   uchun   Ahamoniylar   davlatining   markazlariga   yo’l
ochilgan   edi.   Aleksandr   dastavval   Bobilni,   so’ngra   So’za,   Persepol,   Pasargada
shaharlarini   egallab   fors   podsholarining   xazinalarini   qo’lga   kiritdi.   So’nggi
Ahamoniy hukmdori Doro III avval Midiyaga, keyin esa Baqtriyada qochib ketdi.
Kursiy   Rufning   ma’lumotlariga   ko’ra   Baqtriyaga   Doro   III   ga   qarshi   fitna
uyushtirilib   u   o’ldiriladi   va   fitnaga   boshchilik   qilgan   Bess   o’zini   Ahamoniylar
podshosi   deb   e’lon   qiladi.   Ammo,   Bess   Aleksandrga   harbiy   qo’shinlarni   qarshi
qo’ya olmadi. Mil.avv. 329 yilning bahoriga qadar Aleksandr Ariya, Drang’iyona,
Araxosiya   kabi   viloyatlarni   egallab   Oks-Amudaryo   bo’ylariga   chiqib   keladi.
Arrian va Kursiy ma’lumotlariga ko’ra bu paytda daryo juda sersuv  bo’lib, to’lib
oqardi. Amudaryodan kechuv joyini tadqiqotchilar Kelif atroflari,   Chushqago’zar,
Termez   atroflari   va   Sho’rob   deb   hisoblaydilar.   Nima   bo’lganda   ham,   Aleksandr
qo’shinlari   qoplarga   somon-xashak   to’ldirib,   ular   orqali   besh   kun   davomida
Amudaryodan kechib o’tganligi haqida yozma manbalarda ma’lumotlar saqlangan.
Yunon-makedon  bosqinchilariga qarshi  uch yil  davomida kurash  olib borar  ekan,
O’rta   Osiyo   xalqlari   mislsiz   jasorat   namunalarini   ko’rsatdilar.   Ular   yunonlar
o’ylaganidek,   «varvarlar»   va   madaniyatdan   orqaga   qolgan   emas,   balki   o’z
davrining   yuksak   harbiy   san’ati   va   madaniyatiga   ega   ekanliklarini   namoyish
etdilar.   Aleksandr   qo’shinlari   butun   Sharq   davlatlarini   o’zlariga
bo’ysundirganlarida   Sug’diyona   va   Baqtriyadagi   kabi   qattiq   qarshilikka
uchramagan   edilar.   Bu   holni   Aleksandr   tarixini   yozgan   ko’pgina   qadimgi   davr
tarixchilari ham e’tirof etadilar.   Shunday qilib Xorazm, Choch (Toshkent vohasi),
Farg’ona   va   saklar   yurti   Aleksandrdan   mustaqil   bo’lib   qoladi.   Sug’diyona,
Baqtriya,   Marg’iyona   va   Parfiya   Aleksandrning   davlatiga   qo’shilib,   keyinchalik
ularning hududida ayrim yunon-makedon davlatlari vujudga keladi.
Aleksandr   bosib   olgan   hududlarda   uning   boshqaruv   faoliyati   dastlab
Gresiyaning   ayrim   demokratik   an’analariga   (harbiy   yo’dboshchilar   kengashi,
qo’shinlar yig’ini) asoslangan edi. Qo’shinlar yig’inida sud ishlari ko’rib chiqilib,
jinoyat   va   jazo   masalalari   qat’iy   muhokama   qilingan.   Jinoyat   turlari   ichida   eng
og’irlari-podshoga   qarshi   fitna,   xiyonat,   isyonga   da’vat   etish   hisoblanib,   ushbu harkatlar  uchun yagona jazo – o’lim  jazosi  belgilangan. Qatl  etish haqidagi  qaror
qo’shinlar   yig’inida   qabul   qilingan.   Sharqqa   qilgan   yurishlari   tugaganidan   so’ng
Aleksandr bu hududlarda barpo
etgan   o’z   saltanatida   Ahamoniylar   davlat   boshqaruvidagi   idora-tartib
usullarini   o’zgartirmagan.   Ya’ni,   satraplik   boshqaruvi   va   soliqlar   yig’ib   olish
tizimi   o’zining   ilgarigi   ahamiyatini   saqlab   qolgan.   O’rta   Osiyoda   istilo   etilgan
viloyatlar va shaharlarni boshqarish uchun yunon-makedon sarkardalari bilan birga
mahalliy   hokimlar   ham   jalb   etilgan.   Yozma   manbalarning   ma’lumot   berishicha,
Aleksandr   davrida   mahalliy   aholi   vakillaridan   Fratafarn-Girkaniyada,   Artaboz-
Baqtriyada,   Oksiart   va   Xoriyen-Sug’diyona   viloyatlariga   hokimlik   qilganlar.
Mil.avv.   325   yilda   Oksiart   qo’l   ostiga   Paropamis-Hindiqush   viloyati   topshiriladi.
Mil.avv. 325-324 yillarda makedonlar yaroq-aslahalari bilan qurollangan mahalliy
aholi   qo’shinlari   yunon-makedon   armiyasi   safiga   jalb   etiladi.  Aleksandr   mahalliy
hokimiyat   vakillariga   nisbatan   maqsadli   siyosat   olib   borgan.   Mil.   avv   324   yilda
So’za   shahrida   o’n   mingta   yunon-makedon   askarlari   mahalliy   ayollarga
uylanadilar.   Aleksandrning   o’zi   va   sarkarda   Gefestion   Doro   III   ning   qizlarini
hamda sarkarda Salavka Spitamanning qizi Apamani xotinlikka oladilar.
A. Sagdullayevning fikricha, bunday yondoshuv aniq siyosiy maqsad – yangi
davlatchilik   barpo   etish   g’oyasi   bilan   bog’langan   edi.   Bu   davlat   nafaqat   turli
halqlarning   siyosiy   birlashmasi   bo’libgina   qolmay,   balki   uning   kelajakda
makedonlar va Sharq zodagonlari qon-qarindoshligi vorisligiga tayangan davlatga
aylanishi rejalashtirilgan edi. Ko’plab xalqlar va mamlakatlarni birlashtirib yagona
davlat   barpo   etish   g’oyasi,   insonlarni   umumiy   ong   va   yagona   tafakkurga
bo’ysundirish g’oyasi yangilik emas edi. Bunday g’oyani qadimgi fors podsholari
ham o’z oldilariga maqsad qilib qo’yganlar va oqibatda mil.avv. 490 yilda yunon-
fors   urushlari   boshlangan.   Aleksandrning   harbiy   yurishlari   Sharq   va   G’arb
o’rtasidagi   keng   savdo-sotiq   va   madaniy   aloqalarning   rivojlanishiga   olib   keldi.
Siyosiy   va   ijtimoiy-iqtisodiy   vaziyatning   o’zgarishi   natijasida   mahalliy   va   yunon
madaniyatining   qo’shilish   jarayoni   boshlanadi.   Bu   jarayonning   ta’sirini   moddiy
madaniyatning   rivojlanishida,   qurilish   va   me’morchilik,   kulolchilik   va   tasviriy san’at,   yangi   yozuvlarning   tarqalishi,   tangashunoslik   hamda   diniy   e’tiqodlarda
ko’rish mumkin. Yunonlar o’z navbatida qadimgi Sharqning juda ko’plab madaniy
yutuqlarini   qabul   qiladilar   hamda   mahalliy   aholi   madaniyatiga   ham   ta’sir
o’tkazadilar.   Aleksandr   davridan   boshlab,   bir   necha   asrlar   davomida,   Sharqning
siyosiy   tarixi   (davlat   tizimi,   boshqaruv   usullari,   qonunlar   va   huquq)   da   turli
an’analarning qo’shilib rivojlanganligini kuzatishimiz mumkin
3.   Salavkiylar   va   Yunon-Baqtriya   davrida   davlat   boshqaruvi     Mil.avv.
323   yilda   Aleksandr   Bobilda   to’satdan   vafot   etdi.   Uning   vafot   etishi   bilanoq
davlatdagi   markazdan   qochuvchi   kuchlarning   harakatlari   faollashuvi   natijasida
Aleksandr   to’zgan   davlat   parchalanib   uning   o’rniga   nisbatan   barqarorroq   bo’lgan
davlat   uyushmalari   paydo   bo’ladi.   Ta’kidlash   lozimki,   Aleksandr   davlatining
parchalanishi   va   uning   xarobalarida   yangi   davlatlar   tizimining   paydo   bo’lishi
tinchlik yo’li bilan emas balki, Aleksandrning Makedonskiyning yaqin sarkardalari
– diadoxlar o’rtasidagi tinimsiz urushlar tufayli bo’lib o’tdi. Diadoxlar o’rtasida 40
yildan   ziyodroq   davom   etgan   jangu-jadallar   natijasida   Aleksandr   mulklari   bo’lib
olinadi.   Aleksandr   Makedonskiy   mulklariga   egalik   qilish   shu   bilan   yakunlandiki,
mil.avv.   306   yilda   nisbatan   kuchli   bo’lgan   diadoxlar   –   Antigon   Birko’zli
(Odnoglazыy), Demetriy Poliorket, Ptolomey Lag, Lazimax, Salavka, Kassandrlar
o’zlarini podsho deb e’lon qildilar hamda bu bilan Aleksandr davlati xarobalarida
o’z davlatlarini barpo etishni ma’lum qildilar. Shu tariqa tarix sahnasida G’arb va
Sharq an’analarini uyg’unlashtirgan ellinistik davlatlar paydo bo’ldi. Ana shunday
yirik davlatlardan biri-Salavkiylar davlati edi.
O’zining   eng   gullab   –   yashnagan   davrida   bu   davlat   ilgari   Aleksandr
saltanatiga kirgan katta hududlarni egallab, g’arbda Egey dengizidan Sharqda Hind
subkontinentigacha cho’zilgan hamda Kichik Osiyoning janubiy
qismini,   Suriya,   Shimoliy   Mesopotamiya,   Bobil,   Eron,   O’rta   Osiyoning
janubiy viloyatlari va Afg’onistonning katta qismini o’z ichiga olgan edi. Bu ulkan
davlatning   asoschisi   –   dastavval   Aleksandrning   tansoqchisi,   keyinroq   yirik
sarkardasi   bo’lgan   Salavka   edi.   Yunon   tarixchisi   Pompey   Trogning   yozishicha,
«Salavka   ba’zi   bir   o’lkalarni   mo’zokaralar   yo’li   bilan   egalladi,   ammo   Baqtriya, Parfiya, Sug’d yerlarida u qattiq qarshilikka uchradi va og’ir janglar olib borishiga
to’g’ri   keldi».   Bu   ma’lumotni   qadimgi   tarixchi   Arrian   ham   tasdiqlaydi.   Ya’ni   u
shunday   xabar   beradi:   «Salavka   I   baqtriyaliklar,   Sug’diylar,   parfiyaliklar   va
girkaniyaliklar   bilan   ko’p   urushlar   olib   borgach,   ular   yerlariga   hukmronlik   qila
boshladi». Tadqiqotchilarning fikricha, O’rta Osiyo yerlarining Salavka tomonidan
bosib olinishi mil.avv. 306-301 yillarga to’g’ri keladi.
Mil.avv. 293 yilda Salavka o’g’li Antiox I ni Sharqiy satraplarga ya’ni, O’rta
Osiyo viloyatlariga o’zining noibi etib tayinlaydi. Salavka I va Antiox I (mil.avv.
281-261   yillar   mustaqil)   hukmronligi   davrida   Salavkiylar   davlati   siyosatining
asosiy   yo’nalishlari   shakllanadi.   Salavkiylar   uchta   mintaqada   –   Janubiy   Suriya,
Kichik Osiyo va Sharqda faol
tashqi siyosat  olib borishga majbur bo’lgan edilar. Janubiy Suriya va Kichik
Osiyo   uchun   Ptolemeylar   (Ptolomey   Lag   asos   solgan   O’rta   yer   dengizining
sharqidagi   davlat   sulolasi)   bilan   tinimsiz   urushlar   bo’lib   turgan.   Chunki   bu
hududlarda   muhim   savdo   yo’llari   tugab,   gullab-yashnagan   port-shaharlar   mavjud
edi. Kichik Osiyoning yunon shaharlari  ham muhim  ahamiyatga ega edi. Sharqiy
viloyatlarda   xususan,   O’rta   Osiyodagi   ahvol   birmuncha   murakkabroq   vaziyatda
edi.   Birinchidan,   bu   hudud   boshqaruv   markazlaridan   ancha   uzoqda   joylashgan
bo’lib,   bu   viloyatlar   bilan   aloqa   qilishda   qiyinchiliklar   mavjud   edi.   Ikkinchidan,
Salavkiylar davlatining chegaralarida joylashgan ko’chmanchilarning doimiy xavfi
mavjud   edi.   Mil.avv.   III   asrdan   boshlab   ko’chmanchilarning   ko’chishlari
boshlanishi natijasida chegaralardagi bu xavf yanada kuchayadi.
Salavkiylar davlatida ichki siyosiy boshqaruv masalalari ham ancha murakkab
edi.   Katta   hududlarni   qamrab   olgan   bu   davlatda   ijtimoiy-iqtisodiy   rivojlanish
darajasi   va   jamiyat   siyosiy   tashkiloti   turlicha   bo’lgan   ko’plab   viloyatlar   mavjud
bo’lib,   bu   holat   ushbu   kuchlarni   yagona   davlatga   birlashtirib   turishni   ancha
qiyinlashtirar   edi.   Bu   davlatning   o’ziga   xos   xususiyatlaridan   biri   u   faqat   harbiy
yurishlar   natijasida,   kuch   ishlatish   yo’li   bilan   paydo   bo’lgan   edi.   Shuning   uchun
ham davlatning asosiy vazifalaridan biri qaram etilgan xalqlarni zo’ravonlik bilan
ushlab   turish   yoki   birlashtirib   turish   edi.   Sharq   xalqlari   mahalliy   zodagonlaridan bir   qismi   yoki   ayrimlari   boshqaruv   tizimiga   jalb   etilgan   bo’lsa-da,   asosiy
boshqaruvchilar makedonlar va yunonlardan iborat bo’lgan. Salavkiylar sulolasida
davlat boshlig’i  podsho bo’lib, uning hokimiyati mutlaq edi. Podsho bir vaqtning
o’zida fuqarolar ma’muriyati oliy boshlig’i, qo’shinlarning bosh qo’mondoni, oliy
sudya   va   hatto,   bosh   qonun   chiqaruvchi   vazifalarini   bajargan.   Manbalarning
ma’lumot   berishicha,   sulola   asoschisi   Salavka   I,   «Podsho   tomonidan   buyurilgan
barcha   narsalar   doimo   adolatlidir»,   degan   tamoyilga   qat’iy   amal   qilgan.
Salavkiylar   sulolasi   podsholari   qo’yidagi   ikkita   huquqiy   asosga   ega   edilar:   1.
Bosib   olish   huquqi.   2.   Hokimiyatni   otadan   bolaga   meros   qoldirish   huquqi.   Ko’p
hollarda   salavkiylar   podsholari   ilohiylashtirilgan.   Masalan,   tangashunoslik
ma’lumotlari   Soter-Qutqaruvchi,   Dikayos-Adolatparvar,   Everget-Ezgulik   kabi
podsholar bo’lganligini tasdiqlaydi. Davlatning nihoyatda katta hududlarni qamrab
olganligi   ayrim   hollarda   ma’muriy   nazoratning   susayib   ketishiga   olib
kelganManbalarning  guvohlik  berishicha,   bir  nechta   mahalliy  siyosiy  uyushmalar
(alohida qabilalar, yunon polislari, ibodatxona jamoalari, mahalliy sulolalar) ichki
ishlarda mustaqil  siyosat  olib borishga harakat qilganlar. Manbalarning ma’lumot
berishicha,   Salavka   I   Ptolomeylar   bilan   hokimiyat   talashib   Sharqiy   hududlar   va
Kichik Osiyo uchun kurash olib borish jarayonidayoq o’z hokimiyatida boshqaruv
tartibini   joriy   eta   boshlagan   edi.   U   Aleksandr   an’analariga   sodiq   qolganligini
ko’rsatish maqsadida satrapiyalarni yirik viloyat uyushmalari sifatida saqlab qoldi.
Tangashunoslik   ma’lumotlariga   qaraganda,   Salavka   I   davlati   Ahamoniylar   va
Aleksandr  davlatiga nisbatan  ancha  kichik bo’lib, hokimiyat  27-28 ta  satrapiyaga
bo’lingan.  
Salavkiylar   davlat   boshqaruvi.   Har   qaysi   satrapiyani   podsho   tomonidan
tayinlanib   qo’yilgan   satrap   yoki   strateg   mansabidagi   shaxs   boshqargan.   Fors
satraplaridan farq qilgan holda ular ham ma’muriy, ham harbiy boshqaruvni qo’lga
olganlar.   Satrap-strateg   ma’muriy   boshqaruvda   eng   yaqin   odamlaridan   o’ziga
yordamchi   tanlagan.Bu   yordamchi   soliq   yig’uvchilar   faoliyati,   ichki   va   tashqi
savdo,   xo’jalik   hayotini   nazorat   qilib   borgan.   Tarixiy   manbalarda   salavkiylar satrap-strateglari   yunoncha   nomda   (Stratonik,   Aleksandr,   Giyeraks,   Antiox   va
boshqalar) tilga olinadi. Demak,
salavkiylar   hukmdorlari   asosan   yunonlardan   va   ayrim   hollarda   ellinlashgan
mahalliy   zodagonlardan   tayinlangan.   Tadqiqotchilarning   fikricha,   O’rta   Osiyoda
yunon   hokimlari   va   ular   atrofida   to’plangan   yunon   zodagonlari   bilan   birga
mahalliy   zodagonlar   ham   hokimlik   qilar   edilar.   Salavkiylar   hokimiyati   O’rta
Osiyodagi harbiy punktlarda (katoykiyalar) joylashgan harbiy kuchlarga tayangan
edi.
Salavkiylar   davlati   ma’lum   bir   xalq   yoki   elatlardan   iborat   bo’lmay,ko’pdan
ko’p etnik guruhlarni harbiy yo’l bilan birlashtirishdan tashkil topgan uyushma edi.
Davlat   boshqaruvining   barcha   siyosiy,   huquqiy   va   ijtimoiy   yo’nalishlari   podsho
saroyi   bilan   bog’liq   bo’lib,   bu   holat   davlat   boshqaruvida   katta   ahamiyatga   ega
bo’lgan. Ahamoniylar davlatida bo’lgani  kabi  salavkiylar davlatida ham  ko’pgina
davlat   ishlarini   olib   boruvchi   devonxona   mavjud   bo’lgan.   Ayrim   manbalar
salavkiylar saroyidagi xat-hujjat ishlarining boshlig’i lavozimi haqida ma’lumotlar
beradi.
Ko’pchilik tadqiqotchilarning e’tirof etishlaricha, Yunon-Baqtriya davlatining
salavkiylardan ajralib chiqishi yunon zodagonlarining qo’zg’oloni xususiyatiga ega
bo’lib,   unga   Baqtriya   aholisi   tomonidan   qo’llab-quvvatlangan   Diodot   boshchilik
qiladi.   Tadqiqotchilar   Yunon-Baqtriya   davlati   paydo   bo’lgan   turli   sanalarni
belgilaydilar (mil.avv. 256, 250, 248
va   246-145   yy).   Bu   davlatning   asosi   Baqtriya   bo’lib,   ba’zi   hukmdorlar
davrida (Yevtidem, Demetriy, Yevkratid) Hindistonning shimoli-g’arbiy
qismi, Amudaryo va Sirdaryo o’rtasidagi katta yerlar qo’shib olinadi.   Yunon-
Baqtriyada   davlat   podsho   tomonidan   boshqarilgan   bo’lib,   tangashunoslik
ma’lumotlari   Diodot   I,II,III,   Yevtidem   I,II,   Demetriy,   Geliokl,   Platon   kabi
podsholari  haqida  xabar   beradi.  Salavkiylar  kabi   Yunon-Baqtriya  podsholari   ham
davlatni satrapliklarga bo’lib idora etganlar.   Ko’pchilik tadqiqotchilarning fikricha,
Yunon-Baqtriya   mulklarining   chegaralar   doimiy   mustahkam   bo’lmasdan,   harbiy-
siyosiy vaziyatdan kelib chiqib o’zgarib turgan. Mil.avv. III asrning oxirlari O’rta Osiyo janubidagi harbiy-siyosiy vaziyat haqida Polibiy ma’lumotlar beradi. Uning
yozishicha,   salavkiylar   tomonidan   Baqtrada   qamal   qilingan   Yevtidem   ularning
hukmdori   Antiox   III   ga   «chegarada   ko’chmanchi   qabilalar   turganligi   va   ular
chegaradan   o’tadigan   bo’lsa   har   ikkala   tomonning   ham   ahvoli   og’ir   bo’lishi
mumkinligini» bildiradi. Polibiy ma’lumot bergan ushbu ko’chmanchilar mil.avv.
III   asrning   oxirlarida   Zarafshon   daryosiga   qadar   deyarli   butun   Sug’dni   egallagan
bo’lib,   bu   hududlar   Yunon-Baqtriya   davlatining   vaqtinchalik   shimoliy   chegarasi
bo’lib qoladi. Shuningdek, g’arbiy Hisor tog’lari ham shimoliy chegaralar bo’lgan
bo’lishi mumkin.
Yunon-Baqtriya davlatining gullab yashnagan davri III asrning ikkinchi yarmi
va   mil.avv.   II   asrning   birinchi   yarmiga   to’g’ri   keladi.   Janubiy   hududlardan   bu
davrga   oid   Jondavlattepa,   Dalvarzin   (pastki   qatlamlar),   Oyxonim,   Qorabog’tepa
kabi   yodgorliklardan   hokimlar   saroylari,   ibodatxonalar,   turar-joylar,   mehnat   va
jangovar   qurollar,   turli   hunarmandchilik   buyumlari   hamda   ko’plab   tanga
pullarning   topilishi   bu   hududlardagi   ijtimoiy-iqtisodiy   va   madaniy   hayotdagi
rivojlanish jarayonlaridan dalolat beradi.
Yunon-Baqtriya   markazlashgan  davlat   bo’lib,  hokimiyatni   podsho  boshqarar
edi.   Davlat   bir   nechta   viloyat   (satrapiya)   larga   bo’lingan   bo’lib,   bu   viloyatlar
boshqaruvchilari   yoki   hokimlari   podshoga   bo’ysunar   edilar.   Ammo,   bu   davrda
davlat nechta satrapiyalar bo’lganligi va ular qanday nomlanganligi ma’lum emas.
Strabon   ma’lumotlariga   ko’ra,   satrapiyalarga   noib   satraplarni   tayinlashda
qarindoshchilik   an’analariga   amal   qilingan   bo’lishi   mumkin.   Yunon-Baqtriya
podsholigi   davlat   tuzilishining   muhim   tomoni   –   qo’shin   va   uni   tashkil   etish   edi.
Avvalo,   ta’kidlash   lozimki,   yunon-baqtriya   qo’shinlarining   katta   qismini
baqtriyaliklar   va   boshqa   mahalliy   aholi   tashkil   etgan.   Qo’shinning   asosiy
harakatlantiruvchi kuchlari otliq-suvoriylardan iborat bo’lgan. Qo’shinlar tarkibida
harbiy fillar ham bo’lgan.
O’z   vaqtida   V.   V.   Grigoryev   Baqtriyadagi   yunon   hokimiyati   yagona
monarxiya tomonidan amalga oshirilmay davlatlar uyushmasi (ittifoqi) tomonidan
amalga   oshirilgani   dastavval,   nisbatan   kuchlilar,   ular   orasidan   «baqtriyaliklar», keyin esa «ularga tobe bo’lganlar» haqidagi konsepsiyani ilgari surgan edi. Hozirgi
vaqtda   ko’pchilik   tadqiqotchilar   Yunon-Baqtriya   podsholarining   boshqargan
hududlari Shimoliy Afg’oniston, Janubiy O’zbekiston va Hindiqushdan janubdagi
ayrim   viloyatlar   bo’lganligini   e’tirof   etadilar.   Bu   hududlardagi   markazlashagn
davlatda Diodot I, keyin esa Yevtidem I (ya’ni, mil.avv. III asrning ikkinchi yarmi)
davrlarida   kuchli   podsho   hokimiyati   mavjud   edi.   Mil.avv.   II   asrning   ikkinchi
choragidan   boshlab   Yunon-Baqtriya   podsholigining   inqiroziga   qadar   davlatda
mutlaq birlik va barqarorlik bo’lmagan.
So’nggi   yillarda   olib   borilgan   qazishmalar   natijasida   topilgan   juda   ko’plab
arxeologik   topilmalar   Amudaryo   o’rta   oqimining   o’ng   va   chap   qirg’og’i
aholisining   mil.avv.   III-II   asrlardagi   o’zaro   aloqalaridan   darak   beribgina   qolmay,
bu yerlarni Yunon-Baqtriya davlati tarkibiga kirganligidan dalolat
beradi.   E.V.Rtveladzening   fikricha,   mil.avv.   250-140/130   yillar   davomida
Yunon-Baqtriya davlati mustaqil davlat sifatida mavjud bo’lib, bu davrda Diodot,
Yevtidem, Yevkratid, Geliokl kabi podsholar hokimiyatni boshqarganlar. Mil.avv.
II   asrning   ikkinchi   yarmiga   kelib   ko’chmanchilar   zarbalari   va   o’zaro   taxt   uchun
kurashlar natijasida Yunon-Baqtriya davlati inqirozga uchradi.
Manbalar va adabiyotlar 
1. Nizomulmulk. Siyosatnoma. – T.: Yangi asr avlodi, 2008.
2. Azamat   Ziyo.   O‘zbek   davlatchiligi   tarixi.   Eng   qadimgi   davrdan   Rossiya
bosqiniga qadar. – T.: Sharq, 2000.
3. Sagdullaev   A.,   Aminov   B.B.,   Mavlonov   O‘.M.,   Norqulov   N.   O‘zbekiston
tarixi: davlat va jamiyat taraqqiyoti. – T.: Akademiya, 2000.
4. O‘ zbekiston davlatchiligi tarixi ocherklari / Mas’ul mu h arrirlar: D.A. Alimova,
E.V.Rtveladze. – T.: Shar q , 2001.
5. Rtveladze E. Sivilizvsii, gosudarstvo, kulturы Sentralnoy Azii.   Tashkent, 2005.
6. Sagdullaev   A.,   Mavlonov   O‘.   O‘zbekistonda   davlat   boshqaruvi   tarixi.–
Toshkent: Akademiya, 2006.
7. Eshov B.J.  O‘zbekistonda  davlat  va  mahalliy boshqaruv tarixi.-  T.;  Yangi  asr
avlodi, 2012. 8.  Eshov B.J. : O‘zbekistonda davlat va mahalliy boshqaruv tarixi. Birinchi va 
ikkinchi kitob – T.: Yangi asr avlodi, 2019.
9. Abdullaev   O‘.   O‘rta   Osiyoda   qadimgi   boshqaruv   va   ilk
davlatchiliktarixshunosligi. – Toshkent: Akademiya, 2009.
10. Shaydullaev   Sh.B.   O‘zbekiston   hududida   davlatchilikning   paydo   bo‘lishi   va
rivojlanish bosqichlari (Baqtrya misolida). Dokt. Diss.Avtoref. Samarqand.2009.
11. Matyoqubov X.H. O‘zbek davlatchiligining ilk bosqichida qadimgi
12. Xorazm. Nom.diss. avtoref.Toshkent. 2012

O’zbekiston hududida ilk davlat birlashmalarining vujudga kelishi. Reja : 1. O’zbekiston hududidagi qadimgi davlatlar rivojlaniishini davrlarga bo’lish va qadimgi davlatlar tipologiyasi. 2. Qadimgi Baqtriya, Xorazm va So’g’diyona davlatlari 3. Ahamoniylar, Aleksandr Makedonskiy va yunon-baqtriya davlatlari va ularning boshqaruv asoslari

O’rta Osiyodagi ikki daryo oralig’ida qadimgi davrda davlatchilik evolyusiyasining miloddan avvalgi II ming yillikning ikkinchi yarmi,miloddan avvvalgi III asrgachadan – yangi eraning IVasri oralig’idagi vaqtni qamrab olgan bir necha davrlarni ajratib ko’rsatish mumkin.Davlatchilikning ilk shakli qaror topishi O’zbekiston janubida tarqalgan so’nggi bronza davrining o’troq- dehqonchilik madaniyatida yuz berdi.Uning yakunlanishi O’rta Osiyo hududida yangi eraning III asri birinchi yarmida mavjud bo’lgan Kushon va Parfiya imperiyalari halokati bilan deyarli bir vaqtga to’g’ri keladi.Qang’ davlati taxminan o’sha paytda inqirozga uchraydi. Birinchi davr- miloddan avvalgi II ming yillikning ikkinchi yarmi – O’zbekiston janubida embrional shaklda davlatga o’xshash davlatga o’xshash tuzilasining qaror topishi.Davlatning bunday namunasi Jarqo’tonda o’z kasini topgan deyish mumkin. Ikkinchi davr – miloddan avvalgi I ming yillikning boshi – miloddan avvalgi 539 yil – Baqtriya,So’g’d,Xorazm tarixiy-madaniy viloyatlarining shakllanishi.Ularda siyosiy hokimyat tizimining shoxobchali tizimiga ega bo’lgan davlatning ilk shakllarini ko’rish mumkin.Jumladan,”Avesto”dan o’rin olgan ma’lumotlar ham bundan dalolat beradi. ”Avesto”da: nyman (uy-oila), vis (urug’,urug’ manzilgohi),zantu (qabila),daxyu (viloyat,mamlakat),shuningdek har xil oliy hukmron shaxslar,mamlakat, viloyat egalari (daxyupatlar), hukmdorlar (sastrlar) va boshqalar eslatiladi. Uchinchi davr – milodddan avvalgi 539 yil – mil.avv.330 yil – Ahamoniylar bosqini va O’rta Osiyoning Ahamoniylar davlati tarkibiga kirishi tufayli kelib chiqqan mahalliy davlatchilikning rivojlanishidagi tanaffus. Ikki yuz yil davomida O’rta Osiyo janubi Ahamoniylar saltanati tarkibiga kirgan.Uning butun xududi satraplarga bo’lingan. Satraplar Ahamoniylar podsholari g’aznasiga kumush hisobidan talant to’lab turishgan.O’rta Osiyodagi satraplikdan uchtasi – Baqtriya,So’g’d, Xorazm to’liq yoki qisman g’ozirgi O’zbekiston hududida joylashgan edi. Saltanatning halokatga uchrashi Aleksandr Makedonskiy kelishi bilan yuz berdi. Aleksandr Makedonskiy mil.avv. 330 yilda Ahamoniylarning

asosiy kuchlarini tor-mor etib, O’rta Osiyo hududiga Ahamoniylar taxtiga oxirgi talabgor – Baqtriya satrapi Bessning izidan quvib kirdi. Aleksandr Makedonskiy O’rta Osiyoni bosib olishga uch yil (mil.avv. 330-327 yillar) sarflagan. To’rtinchi davr – mil.avv IV asr oxiri mil.avv II asrning ikkinchi yarmi boshi – Aleksandr Makedonskiy bosib olgandan boshlab ellinlar siyosiy xukmronligi oxirigacha (Yunon-Baqtriya podsholigining qulashi). Bir vaqtning o’zida mahalliy davlatchilikning tiklanishi jarayoni yuz bergan:mil.avv IV asrning oxirgi choragida Xorazmda podsholik paydo bo’ladi.Mil.avv. 329 yilda Maroqandda Aleksandr Makedonskiy ittifoqchilik munosabatlari o’rnatish uchun kelgan Xorazm shohi Farasmanni qabul qiladi.Mil.avv III asr oxirida – mil.avv II asrda Buxoroda,Dovon(Farg’ona)da,So’g’dda alohida mulklar shakllanadi. Aleksandr vafotidan keyin diadoxlarning shiddatli urushlaridan so’ng O’rta Osiyo janubi Salavkiylar saltanati (mil.avv.310-250 yillar) tarkibiga kirgan.Biroq mil.avv III asrning o’rtalaridayoq Salavkiylarning Baqtriyadagi satrapi Diodot Yunon- Baqtriya deb nom olgan davlatga asos solgan. Miloddan avvalgi II asrda O’rta Osiyodagi ikki daryo oralig’ida xuddi shunga o’xshash Qang’ davlati shakllanadi. Beshinchi davr – miloddan avvalgi II asrning ikkinchi yarmi – yangi eraning I asri boshi mahalliy davlatlar: Qang’, Xorazm podsholigi,Buxoro, So’g’d,Davon mustahkamlanishi va yanada rivojlanishi, Yuyechji davlatining qaror topishi va uning hokimyatining Gandxariga qadar yoyilishi. Ushbu mulklarning deyarli har birida kumush yoki misdan yasalgan tanga zarb qilish bilan birgalikda rivojlangan davlatchilikning asosiy belgisi xisoblanar edi. Oltinchi davr – yangi eraning I asri boshi –yangi eraning III asri birinchi yarmi – antik davrda mahalliy davlatchilikning ravnaq topishi. O’zbekiston janubining konfederativ Yuyechji davlati asosida paydo bo’lgan qudratli Kushon imperiyasi tarkibiga kirishi. Xorazmda Afrig’iylar sulolasining hokimyat tepasiga kelishi, bu yerda sulolaviy boshqaruvning an’anaviyligi.Bu, jumladan,davlat ramzi bo’lgan tanganing orqa tomonida otliq suvoriy tasviri berilishida ifodalangan.O’rta Osiyo davlatlarida zarb qilingan davlat ramzi bo’lgan tamg’a va sulola belgilarining keng yoyilishi G’arbiy o’lka,Sharqiy O’rta yer mamlakatlari va

Parfiya bilan diplomatik aloqalarining keng avj olishi bilan birgalikda davlat hokimyatining barqaror va an’analarga ega bo’lgan xususiyatidan dalolat beradi. Mil.avv. II asrning ikkinchi yarmida Xan Xitoyi Chjan-Szyanning tashrifi tufayli o’zi uchun G’arbiy o’lkani,ya’ni O’rta Osiyoni kashf etadi. 1.Davlat tipi – podsholik. Boshqaruv shakli – mutloq monarxiya. O’zbekistonning qadimgi tarixida u bunday tipdagi va boshqaruv shaklidagi davlat tarkibiga kirgan bir necha davrlar bo’lgan.Mil.avv 539 yildan boshlab mil.avv. 330 yilgacha Ikki daryo oralig’idagi deyarli butun xudud,Farg’ona va Chochdan tashqari,Ahamoniylar sulolasidan bo’lgan Eron shohlari hukmronligiga bo’ysungan Xorazm,So’g’d,Baqtriya, shuningdek saklar muayyan ma’muriy birliklar-satrapliklarni tashkil etgan.Ularga Ahamoniylar podsholari tomonidan tayinlanadigan satraplar boshchilik qilgan va ular davlatg’aznasiga ma’lum miqdorda o’lpon to’lagan.Yunon-Baqtriya podsholigi muayyan mustaqillikdan foydalanuvchi tizimli mutloq monarxiya edi.Shimoliy Baqtriya va So’g’d ham mil.avv. mil.avv IV asr oxiridan mil.avv III asr o’rtalarigacha boshqa yunon ellinistik podsholigi –Salavkiylar tarkibiga kirgan.Ushbu sulolaning ikkinchi xukmdori Antiox I (mil.avv. 280-261 yy) Salavka bilan so’g’dlar yo’lboshchisining qizi Apama o’rtasidagi nikohdan tug’ilgan yarim so’g’diy edi.Mil. I asrdan boshlab mil III asr o’rtasigacha Kushon podsholigi mutlaq,teokratik monarxiya edi. 2.Davlat tipi – konfederativ podsholik.Boshqaruv shakli –cheklangan monarxiya. Davlatlarning ushbu tipiga Qang’ va Yuyechji davlatlarini yoki Katta yuyechji davlatining kushonlargacha mavjud bo’lgan birinchi davrini kiritish mumkin.Ular qabila boshliqlari yoki o’z tangasini zarb qiluvchi urug’ boshliqlari tomonidan boshqariladigan bir nechta mustaqil o’lkalardan iborat bo’lgan.Qang’ davlati hududida kamida beshta mana shunday o’lka bo’lgan.Bular: Buxoro va uning atrofi.Uning xkmdorlari Yevtidem tangalariga taqlid qilib o’z nomlari va unvonlari bitilgan tangalar chiqargan,Buxoroning janubi-sharqi va Samarqand So’g’dining shimoli-g’arbi.Bu yerda Girkod sulolasidan chiqqan dohiylar

hukmdorlik qilgan,o’z tangalarini chiqargan Samarqand So’g’di hamda o’zi mustaqil tanga zarb etgan Janubiy So’g’d o’lkalaridir. 3.Davlat tipi – egalik qilish.Boshqaruv shakli qabila dohiylari yoki urug’ boshliqlaring meros qilib qoldiriladigan hokimyati. Davlat birlashmasining ushbu tipi kichikroq o’lka bo’lgan.Yunon-Baqtriya podsholigi qulagach Baqtriyaga kelgan Chjan-Szyan tomonidan mil.avv. 128 yilda yoki mil.avv.126 yilda qayd etilgan.Unga muvofiq Baqtriya ko’plab mayda mustaqil o’lkalardan iborat bo’lgan.”Bu yerda deyarli har bir shahar o’z hukmdorini yetishtirgan”.Xitoy manbalarida O’rta Osiyo ikki daryo oralig’i xududida 55 ta o’lka mavjudligi ko’rsatiladi.Ular muayyan mustaqillikdan foydalangan va o’z tashqi siyosatini yuritishgan,jumladan Xitoy bilan diplomatik munosabatlar o’rnatgan. 2.Qadimgi Baqtriya, Xorazm va So’g’diyona davlatlari Afg’onistonning shimoli-sharqi,O’zbekistonning janubi va Tojikisttonning janubi-g’arbida joylashgan hududlar turli yozma manbalarda Bahdi,Baqtrish,Baqtriyona,Baqtriya,Baxli,Baxlika,Tuxolo kabi nomlar bilan eslatib o’tiladi.Zamonaviy adabiyotlarda uni Baqtriya deb atash e’tirof etilgan(“Shoxnoma”da Baxtar zamin, qadimgi turkiylarda Baxodirlar yurti).Arxeologik ma’lumotlarning guvoxlik berishicha,mil.avv. II ming yillik o’rtalariga kelib Surxon vohasida qadimgi dehqonchilik madaniyatining jadallik bilan rivojlanishi asosida ilk davlatchilikka o’tish jarayoni boshlanadi.Agar davlatchilik asosini shahar madaniyati tashkil etilishi hisobga oladigan bo’lsak,bu jarayon O’zbekistonning janubida, Baqtriya hududida miloddan avvalgi II ming yillik birinchi yarmidayoq shaharmonand qishloq Sopollitepa misolida boshlangan edi.A.Asqarovning fikricha,agar Sopollitepa o’zining qadimgi shaharsozlik madaniyatiga xos barcha alomatlari bilan protoshahar,ya’ni,Avestoda tilga olingan “vara”inshootini eslatsa,Jarqo’ton yodgorligi O’zbekiston hududida birinchi bor shakllangan tom ma’nodagi shahar edi.Jarqo’ton qadimgi Sharq shaharlaridan tarkibiy jixatidan farq qilmaydi.