Fan falsafasining vujudga kelishi. Fan falsafasining predmeti
Fan falsafasining vujudga kelishi. Fan falsafasining predmeti REJA: 1. Falsafa va fan: umumiylik va farq 2. Fan va falsafa: ularni o‘zaro munosabati: tarix va zamon 3. " Fan falsaf asi " kursining predmeti va vazifalari
1. Falsafa va fan: umumiylik va farq Inson hayotini muhim jihatini bilish faoliyati tashkil qiladi. Inson hayot kechirish uchun tabiatni o‘zlashtiradi, voqelikni o‘rganadi. U yashab turgan muhitini bunyod etadi, moddiy va ma’naviy qadriyatlarni yaratadi, ijtimoiy tuzilmalar va texnika olamini quradi. Bularni amalga oshirish uchun esa bilim kerak, shu bois kishilar bilish faoliyati bilan shug‘ullanadilar. Predmeti, mazmuni va sohasiga qarab, bilimlar turlarga bo‘linadi. Bilimlar kundalik hayot bilimlari va ixtisoslashgan bilimlarga bo‘linishi mumkin. O‘z navbatida ixtisoslashgan bilimlar ham turlicha bo‘ladi: diniy, badiiy, ilmiy, falsafiy, huquqiy va boshqalar. Miloddan oldin VII-VI asrlarda aqliy bilim va mantiqqa asoslangan falsafa va fan vujudga keldi, rivojlandi. Falsafani vujudga kelishi o‘ziga xos intellekiual, ya’ni insonlar tafakkurida sodir bo‘lgan inqilobiy o‘zgarish ifodasi bo‘ldi. Bunday inqilobni xususiyati - falsafiy aql bir xil andazada fikrlash, aqidaviy ishonchga asoslangan tushuntirishni emas, balki erkin fikrlashga, akl tamoyillariga tayangan tanqidiy mulohaza yuritishni uslubiy qurol qilib oldi. Bu esa falsafiy bilimni nazariy bilimga aylantiradi. Nazariy tafakkur faqat falsafa uchun emas, balki fan uchun ham xosdir. Olam, tabiatdagi narsa va hodisalarni, ularni boshqaradigan qonuniyatlarni chuqur bilib olishga qaratilgan faoliyat ilmiy bilimlarni hosil bo‘lishiga olib keladi. Bu bilimlar aniqligi, mantiqiyligi, tajribaga tayanchanligi bilan ajralib turadi. SHunday qilib, falsafa va fan uchun umumiy bo‘lgan xislat -bu mantiqqa asoslangan nazariy tafakkurdir. Falsafa olam, inson, borliq, insonni tabiatga bo‘lgan munosabatini asosi va eng umumiy jihatlari haqida bilim berar ekan, o‘zi olg‘a surgan mulohazalarni shunchaki da’vat qilmaydi,balki aklni kuchi bilan asoslaydi,
fan va amaliyotdan olingan ma’lumotlarga tayanadi, mantiq qonunlariga rioya qilib fikrlaydi, dunyoqarashni shakllantirishga qaratilgan tasavvurlar, goyalar va ta’limotlrni ishlab chiqadi. Bundan tashqari falsafiy bilim tarkibiga fan, Tabiatshunoslik ilmida ishlab chiqilgan nazariy tushunchalar, tamoyillar ("atom", "modda", "harakat", "tizim", "evolyusiya", "struktura" va hokazolar) kiradi. Bu falsafa va fanni yaqinlashtiradigan jihatdir. Falsafa va fan (nofalsafiy ilmiy bilim) o‘rtasida o‘xshashlik, umumiylikni namoyish etadigan muhim belgi -ilmiylik mezonidir. Ilmiylik mezoniga quyidagilar kiradi: 1) Obektivlik, yoki obektivlik tamoyili. Bu tamoyilga ko‘ra tabiat, olamdagi narsalar, tizimlar qanday bo‘lsa, xuddi shu holicha, ular insonga bog‘liq bo‘lmagan mavjudligicha o‘rganiladi. Agar bilish jarayonida hosil bo‘lgan tasavvurlar, tushunchalar va g‘oyalar insonni, subektni hohishi, holat, maqsadlariga oid tasavvurlar bilan buzilgan shaklda ko‘rinadi, ular noto‘g‘ri (yanglish) hisoblanadi. 2) Ratsionallik, oqilonalik, asoslanganlik. Ilmiylik mezoniga, talabiga ko‘ra har bir fikr, mulohaza fan yoki amaliyotdan olingan faktlar bilan asoslangan bo‘lishi kerak. 3) Bilish narsa va hodisalarni mohiyati, qonuniyatlarini ochishga, tushuntirishga qaratilgan bo‘lishi lozim. 4) Bilim tartiblan, tizimli ko‘rinishga ega bo‘lishi darkor. Bilimni tizimli bo‘lishi mantiq qoidalariga rioya qilishdan hosil bo‘ladi. 5) Tekshirish, anikdash talabi. Ilmiy bilish xulosalari kuzatish, amaliyot, takqoslash, faktlarga murojat qilish orqali tasdiqlanadi. Qayd etilgan ilmiylik mezonlari falsafiy bilimga ham, ayniqsa, ontologiya (tabiat, borliq haqidagi ta’limot), gnoseologiya va epistemologiya,
ilmiy bilish metodologiyasi kabi qismlariga nisbatan tatbiq qilinadi, falsafiy mulohazalar va muloqotlarda ular (mezonlar) hisobga olinadi. Bundan kelib chiqadigan xulosa shuki, falsafa (yoki uning ayrim sohalari, qismlari) ilmiy bilish tarkibiga kiradi, shu jihatdan u nazariy tafakkur, ilmiy bilish turini hosil qiladi. To‘g‘ri, falsafa tarixi shundan dalolat beradiki, falsafa, undagi ta’limot noilmiy, badiiy - simvolik, diniy - ilohiyotli mazmun va shaklda ishlab chiqilgan bo‘lishi mumkin. Aytaylik, Ibn Arabiy, Abdurahmon Jomiy, Kerkegor, Nitsshe kabi mutafakkirlar ilmiylik mezoniga tayanmagan holda falsafiy g‘oyalarni ishlab chiqishgan. Agar faylasuf o‘z oldiga qo‘ygan muammolarni ilmiy bilish usullari va mezonlari, mantiqiy asoslash qoidalari yordamida tadqiq esa, unda izlanish ilmiy xarakterga ega bo‘ladi. aristotel, Ibn Sino, Leybnits, Kant, Gegel, V.Rassel, K.Popper kabi mutafakkirlar ishlab chikqan falsafiy ta’limotlar shaklan va mazmunan ilmiy - nazariy ko‘rinishga egadir. Farq. Falsafa va fan o‘rtasidagi muhim farkdar ham bor. Barcha fanlarni bevosita funksiyasi (vazifasi) olam, tabiat va jamiyatdagi predmetlarning konkret xossalarini obekt sifatida o‘rganish, olingan xulosalarni amaliyotga, ishlab chiqarishga loyiha tuzish orqali bevosita tatbiq qilishdir. Fanda ishlab chiqilgan tushuncha yoki nazariya tabiat, jamiyat yoki insonni biron - bir tomonini aks ettiradi, konkret, isbotlasa bo‘ladigan mazmuncha, soxaviy (konkret predmetga yo‘naltirilgan) xarakterga ega. Falsafiy bilimda bunday xislat yo‘q, u biron - bir narsa yoki predmetni tadqiqot obekti sifatida olib qaramaydi, o‘lchamaydi, mikroskop yoki teleskop orqali kuzatmaydi, eksperiment, dala tajribasini o‘tkazmaydi va hokazo. Falsafa o‘zini g‘oyasini ilmiylik mezoni asosida ishlab chiqadi, lekin uning mulohazalari boshqa narsaga qaratilgan. Falsafani mulohaza predmeti -
insonni borlikqa, olamga munosabati, bu munosabatda nima asos bo‘lib xizmat qiladi, nima o‘tkinchi, nima mangu, inson borliqni qanaqa jabhasini tashkil qiladi, borliqda ma’no va harakat yo‘nalishi bormi, hayotni ma’nosi nima, insonni ezgu - niyati, maqsadi nimaga borib taqaladi, fan - texnikani yutuqlari nimadan dalolat beradi kabi masalalardir. Bu masalalar bilan bironta fan bevosita shug‘ullanmaydi. Falsafani asosiy vazifasi dunyoqarashni shakllantirish, inson hayoti va bilimi ufqlarini ko‘rsatish, tafakkur madaniyatini, ma’naviy madaniyatni yuksaltirish, insonlarga borliq, olam, tabiat, jamiyat va inson haqida bir - butun, yaxlit tasavvurni berishdir. Falsafada muloqot, tanqidiy va erkin fikrlash, hurfikrlilik belgilovchi rolni o‘ynaydi. SHu xislatlari bilan falsafa odamlarni, fan bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislarni ongi, dunyoqarashi va ma’naviyatiga katta ta’sir ko‘rsatad. Dunyoqarashni shakllantirish borasida falsafa fanlarning yutukdarini umumlashtiradi, ularga tayanadi, ulardan falsafiy xulosalar chiqaradi. Bu esa falsafa va fan o‘rtasida munosabat, o‘zaro aloqadorlik borligidan dalolat beradi. 2. Fan va falsafa: ularning o‘zaro munosabati: tarix va zamon Falsafa va fan o‘ratsidagi munosabat tarix va zamon nuqtai nazarda olib qaralishi mumkin. Darhaqiqat, fan tabiat, jamiyat va inson haqidagi nazariy bilimlar tizimi sifatida yunon sivilizatsiyasida vujudga kelgan, rivojlangan. O‘sha davrdayoq fan va falsafa o‘rtasidagi munosabat turli shakl va mazmunda namoyon bo‘lgan. Pifagorning ijodida matematika va falsafani sintezi amalga oshgan. Mutafakkir son va mikdoriy nisbatni olamni asosi, narsalarni mohiyatini tashkil