logo

Huquq falsafasining umumiy muammolari.

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

46.1240234375 KB
Huquq falsafasining umumiy muammolari.
Reja:
1.1. Zamonaviy huquq falsafasining ob'ekti, predmeti va asosiy funktsiyalari.  
1.2. Huquq falsafasining asosiy paradigmalari va uning rivojlanishi.
1.3. Huquq falsafasi - falsafiy va huquqiy ilmiy bilimlar tizimida.
Amaliy topshiriqlar. Tarixiy   manbalarda   yozilishicha,   falsafiy-huquqiy   tadqiqotlar   uzoq   va   boy
an’analarga ega bo’lsada, “ huquq falsafasi”  tushunchasi  esa biroz keyinroq, ya’ni
X VIII  asrning oxirlarida paydo bo’ldi. 
Falsafiy-huquqiy   yo’nalishlardagi   muammolar   qadimgi   davrlarda,   avval
umumiy   mavzularning   alohida   bir   lavhasi   va   jihati   sifatida   o’rganilgan   bo’lsa,
keyinchalik   esa   fanning   alohida,   mustaqil   predmeti   sifatida–asosan   tabiiy   huquq
ta’limoti   sifatida   falsafa,   fikh,   teologiya,   siyosiy   fanlar   doirasida   tadqiq   etilgan .
Bugungi kunda   huquq falsafasi mustaqil ilmiy va o’quv fani sifatida yoritiladi.
Biz   kundalik   hayotda   turli   iboralarni   uchratamiz,   jumladan,   “hayot
falsafasi”,   “yashash   falsafasi”,   “tarix   falsafasi”,   “Islom   falsafasi”,   “qadriyatlar
falsafasi” va boshqalar. 
Bu   iboralarni   qo’llash   bevosita   ijtimoiy-siyosiy   o’zgarishlar   mustaqillik
tufayli,   mafkuraning   milliy   istiqlol   g’oyasining   nazariy   asosi   bo’lgan   ilmiy
pragmatik falsafaning shakllanishidan dalolat beradi. Hozirgi paytda falsafiy fanlar
alohida   olingan   hukmron   mafkuraning   izmidan   holi   bo’lgan   sharoitda   mazkur
fanning   inson   hayoti   bilan,   respublikamizda   olib   borilayotgan   siyosiy,   huquqiy,
iqtisodiy islohotlar bilan uzviy bog’liq holda rivojlanmoqda. 
Tariximizni,   uning   falsafasini   chuqur   o’rganmasdan,   tarix   va   falsafaning,
huquq   falsafasini   uzviy   bog’liq   holda   tahlil   etmasdan   turib,   huquq   falsafasining
mohiyatini   tushunib   yetish   qiyin.   Prezident   I.Karimov   ta’kidlaganidek   “ tarix   va
falsafa   mantiqiy   ravishda   bir-birini   taqozo   etadigan,   kerak   bo’lsa,   to’ldiradigan,
taraqqiyot jarayonlari haqida yaxlit tasavvur beradigan, oq–qorani farqlashda asos
bo’ladigan   fanlardir”.   Binobarin   “ jahon   falsafasi ” ni,   dunyo   tan   olgan   ulu g’
faylasuflarning   ta’limotlarini   bilish   ham   huquq   falsafasining   muhim   jihatlaridan
biridir.
Huquq   falsafasi   –   huquqni   o’rganishning   boshqa   turlari   va   usullari   bilan
birgalikda   –   huquqni   bilishning,   uning   ma’no-mohiyatini,   odamlar   hayotidagi
qimmati   va   ahamiyatini   anglash   hamda   qaror   toptirishning   oliy   ma’naviy   shakli
hisoblanadi. Huquq   falsafasi   –   huquqshunoslik   va   davlatshunoslikning   eng   umumiy
nazariy-dunyoqarash   muammolari   haqidagi   fan.   Uzoq   vaqt   davomida   falsafiy
tizimlarning tarkibiy qismi bo’lib kelgan. Qadimgi davr (Suqrot, Aflotun, Arastu)
falsafasida huquq va adolat, huquq va qonun, huquq va kuch, ijtimoiy qadriyatlar
iyerarxiyasida   huquqning   o’rni   haqidagi   muammolar   muhokama   qilingan.   Huquq
falsafasi  Ma’rifatparvarlik falsafasida  (masalan  tabiiy huquq doktrinasi)  va nemis
klassik   falsafasida   (masalan   Gegelning   «Huquq   falsafasi»)   huquq   falsafasi   ancha
katta   o’rin   egallagan.   Hozirgi   jamiyatda   huquq   falsafasi   –   keng   taraqqiy   etgan
yuridik   fanning   tarkibiy   qismi;   ko’pincha   «huquq   falsafasi»   termini   huquq
to’g’risidagi umumiy nazariya (umumiy ta’limot)ning sinonimi sifatida ishlatiladi.
Lekin   XIX   asr   oxiridan   boshlab   huquq   falsafasi   ko’pincha   torroq   ma’noda,
amaldagi   huquqni   emas,   balki   huquq   asosidagi   ideal,   ma’naviy   asoslarni
o’rganadigan   huquqning   umumiy   nazariyasi   va   sosiologiyasidan   farq   qiluvchi
mustaqil   fan   deb   tushuniladi.   Bunday   tushuniladigan   huquq   falsafasining   asosiy
tushunchasini  neokantchilar  (R.Shtammler, G.Radbrux,  B.A Kistyakovskiy  va b.)
yoki   neogegelchilar   (Yu.Binder,   K.Lorens   va   boshqalar)   talqinidagi   «huquq
g’oyasi»   tashkil   etadi.   XX   asr   o’rtalarida   G’arbdagi   liberal   huquq   falsafasida
Gusserl   ta’limotiga,   neorealizmga,   ekszistensializmga   hamda   neotomizmga
asoslangan oqimlar yetakchilik qiladi.
Huquq   falsafasi   –   huquqning   mohiyati,   vujudga   kelishi,   huquqiy
qoidalarning   axloqiy   normalar   bilan   mutanosibligi   va   shu   kabi   boshqa
muammolarning falsafiy talqini bilan shug’ullanadi.
Huquq   falsafasi   –   huquqiy   ongni,   huquqiy   madaniyatni,   ijtimoiy
nazoratning   boshqa   huquqiy   usul   va   vositalarini   nazariy-amaliy   jihatdan   ishlab
chiqadi. 
Taraqqiyot   jarayonida   falsafadan   tabiatshunoslik   fanlari   bilan   birga
psixologiya,   etika,   estetika   kabi   ijtimoiy   fanlar   ham   ajralib   chiqdi.   Keyinchalik
madaniyat,  qadriyatlar  va  huquq  kabi  sohalarni   o’rganadigan  alohida  yo’nalishlar
ham   paydo   bo’ldi.   Ular   olamni   predmeti   doirasida   yaxlit   bilish,   uning   xususiy
qonuniyatlarini o’rganishga yordam beradi. Huquq   falsafasining   predmeti   masalasi   munozarali   muammolardan   biri
bo’lib,   faylasuflar,   huquqshunoslar,   siyosatshunoslar   tomonidan   turlicha
ta’riflanadi. Muammoning murakkabligi shundaki, huquq falsafasining predmetini
aniqlash,   barobarida   huquqiy   va   falsafiy   nazariyalarning   bir   butun   uyg’unligi,
tushunchaviy apparatining mantiqiy birligini e’tirof etmoq lozim bo’ladi. Shuning
uchun ham huquq falsafasi  - bu shunchaki  huquqni falsafiylashtirish va aksincha,
falsafani   huquqiylashtirish   emas.   Huquq   falsafasi   ilmiy   bilimlarning,   avvalo
huquqiy   va   falsafiy   bilimlarning   alohida   tizimi   sifatida   o’zining   maxsus   tadqiqot
predmetiga ega.
HUQUQ FALSAFASINING PREDMETI
Huquq   falsafasi   huquq   to’g’risidagi   haqiqatni,   odamlar   ijtimoiy
borlig’ining maxsus shakli va ijtimoiy tartibga solishning alohida turi bo’lgan
huquq haqidagi haqiqiy bilimlarni izlash va aniqlash bilan shug’ullanadi
Huquq obyekt sifatida turli fanlar tomonidan tadqiq etiladi. Ularning har biri
huquqni   o’ziga   xos   tushunishi   va   mazkur   obyektni   o’rganishning   o’z   usullari,
o’zining   maxsus   predmeti   va   metodi   nuqtai   nazaridan   qarab   chiqadi.   Bunda   fan
(ilmiy   fan)   obyekti   deganda   hali   o’rganilishi   va   tushunib   olinishi   kerak   bo’lgan
narsa,   uning   predmeti   deganda   esa   -   obyektning   muayyan   tarzda   nazariy   (ilmiy)
anglangan   holati,   uning   ma’noviy   ifodalash   shakli   (obraz,   model,   tuzilishi),   uni
tushunishning va tushunchasining muayyan konsepsiyasi nazarda tutiladi.
Huquq   falsafasida   umuman   huquq   muayyan   universal   yaxlitlik   sifatidagi
huquq,   butun   huquqiy   universum,   huquqning   butun   olami,   huquqning   qamrab
oluvchi   va   uning   mohiyatini   ham,   ushbu   mohiyatini   zohiran   namoyon   bo’lishi
shakllari   (huquqiy   hodisalar)ni   ham   o’z   ichiga   oluvchi   barcha   huquqiy   jihatlar
tadqiq   etiladi.   Huquqni   huquqiy   mohiyatdan   va   uning   namoyon   bo’lish
shakllaridan   (huquqiy   hodisalardan)   iborat   bo’lgan   muayyan   yaxlit   narsa   sifatida
tushunish   huquqdagi   mohiyat   va   hodisalarni,   huquq   va   huquqiy   hodisalar
mohiyatini, botiniy mohiyat sifatidagi huquqni va zohiriy hodisa sifatidagi huquqni
bir-biridan   farqlash,   shu   bilan   birga   ularni   uyg’unlashtirishning   muayyan
konsepsiyasini nazarda tutadi va o’z ichiga oladi. Shu sababli eng umumiy tarzda fan (alohida mustaqil ilmiy fan) sifatidagi huquq falsafasining predmet sohasi - bu
ularning farqlanishi va nisbatidagi (mos kelishi va mos kelmasligi) va izlanayotgan
birligidagi   mohiyat   sifatidagi   huquq   hamda   hodisa   sifatidagi   huquqdir,   deyish
mumkin. 
Huquq   sohasida   mohiyat   va   hodisaning   bunday   farqlanishi   va   nisbatning
jiddiy   o’ziga   xosligi   huquqning   ilmiy   jihatdan   anglanadigan   mohiyati   (mohiyat
sifatidagi   huquq)   obyektiv   tusga   egaligi,   hodisa   sifatidagi   (subyektiv)   huquq   esa
rasman  hukm  tusiga   egaligi,  rasman   hokimiyat   subyektlarining  irodasi,   xohishiga
va,   ehtimol   tutilgan   o’zboshimchaligiga   bog’liqligi   haqidagi   prinsipial   vaziyat
tufayli   kelib   chiqadi.   Shu   sababli   qonun   (pozitiv   huquq),   ya’ni   rasman   hukmron
(davlat)   tartibida   belgilangan   va   bajarilishi   shart   bo’lgan   majburiy   huquq   deb
hisoblanuvchi   huquq   huquqning   mohiyatiga   mos   kelishi   (ya’ni   huquqiy   hodisa,
huquqiy qonun, huquqiy mohiyatni ifodalovchi bo’lishi) ham ushbu mohiyatga zid
bo’lishi   (ya’ni   nohuquqiy   hodisa,   g’ayri-huquqiy,   soxta   huquqiy,   huquqni
buzuvchi, qonunga zid huquq bo’lishi) ham mumkin.
Ushbu   holatni   hisobga   olgan   holda,   huquq   falsafasi   predmetini
quyidagacha   aniq   shaklda   ta’riflash   mumkin:   huquq   falsafasining   predmeti
o’zaro   farqlanadigan, o’zaro nisbatda bo’lgan va izlanayotgan birlik bo’lgan
huquq va qonun .
Bunda   huquq   deganda   mohiyat   sifatidagi   huquq,   ya’ni   qonun
chiqaruvchining   (davlatning)   irodasiga   yoki   o’zboshimchaligiga   bog’liq
bo’lmagan,   alohida   ijtimoiy   hodisa   va   o’z   tabiatiga   ko’ra   obyektiv   o’ziga   xos
regulyator sifatidagi huquqqagina xos bo’lgan  huquqiy mohiyat ,  rasman-hukmron
hodisa sifatidagi  qonun   deganda esa butun  pozitiv huquq  (uning barcha manbalari,
uni   ifodalashning   barcha   shakllari),   ya’ni     qonun   chiqaruvchining   (davlatning)
irodasiga va ehtimol o’zboshimchaligiga bog’liq bo’lgan va, binobarin, huquqning
mohiyatiga   (mohiyat   sifatidagi   huquqqa)   mos   kelishi   ham,   mos   kelmasligi   ham
mumkin   bo’lgan   shart   bo’lgan   majburiy   ko’rsatmalar   (qoidalar,   xulq-atvor
normalari)   nazarda   tutiladi.   Boshqacha   aytganda,   qonun   deganda,   huquq   va qonunni   bir-biridan   farqlash   ma’nosida,   yig’ma   ma’nodagi   qonun,   ya’ni   qonuniy
kuchga ega bo’lgan va rasman majburiy barcha narsa nazarda tutiladi.
Huquqiy mohiyat (mohiyat sifatidagi huquq) va hodisa sifatidagi huquqning
(majburiy   shart   bo’lgan   qonun,   pozitiv   huquq   sifatidagi   rasman-hukm   bilan
belgilangan huquqiy hodisa) ning huquq falsafasi tomonidan istaladigan birligi - bu
huquqiy   qonun,   huquqiy   pozitiv   huquqdir,   ya’ni   davlat   tomonidan   belgilangan,
majburiy   shart   bo’lgan   (yuridik)   kuchga   ega   rasman   amal   qiluvchi   huquqdir
(pozitiv huquq). U huquqiy mohiyatga (mohiyat sifatida huquqqa) mos keladi va,
demak,   o’zida   shunchaki   va   faqat   rasman-hukmron   hodisanigina   emas,   balki
rasman-hukmron   huquqiy   hodisani,   huquqiy   hodisadagi   huquqiy   mohiyatning
zarur   darajada   ifodalanishi   (zohiriy   namoyon   bo’lishi)   ning   davlat   shaklini   ham
ifodalaydi.
Huquq   falsafasi   predmetining   keltirilgan   ta’rifini   yanada   aniqlashtirish
huquq falsafasining u yoki bu aniq konsepsiyasi asosida yotgan huquq mohiyatini
tushunishga (va bu mohiyat tushunchasiga) bog’liqdir.
Huquq   falsafasining   V.S.Nersesyans   tomondan   ishlab   chiqilgan   va   uning
“Huquq   falsafasi”   darsligida   yoritilayotgan   libertar-yuridik   konsepsiyasiga
muvofiq   huquq mohiyati  - bu rasman tenglik bo’lib, u mazkur konsepsiyada
odamlarning   ijtimoiy   turmushidagi   erkinlik   va   adolatning   yalpi   va   teng
o’lchovi sifatida talqin etiladi  va ochib beriladi.
Huquq mohiyatini bunday tushunish huquq falsafasi predmetining yuqorida
keltirilgan ta’rifini quyidagicha aniqlashtirish uchun asos bo’ladi:   huquq falsafasi
predmeti   -   bu   rasman   tenglik   va   uning   namoyon   bo’lish   shaklidir .   Ijtimoiy
(shu   jumladan   huquqiy)   sohadagi   har   qanday   tenglik   -   aynan   rasman   tenglik
bo’lgani  uchun,   keltirilgan  ta’rifni   qisqaroq  shaklda:   huquq  falsafasi   predmeti  -
bu tenglik va uning  namoyon  bo’lishi prinsipidir ,  deb ifodalash mumkin.
Empirik voqyeliqda rasman tenglikning zohiriy namoyon bo’lishi va amalda
ro’yobga chiqarish - o’zida zohiriy ifodalash va farqlanuvchi ayni bir xil huquqiy
asosning,   rasman   tenglikning   umumhuquqiy   prinsipining   yagona   huquqiy
mohiyatini   aniqlashtirishning   har   xil   shakllaridan   iborat   bo’lgan   normativ- regulyativ,   institusional-hukmron   va   xulq-atvor   tusidagi   barcha   real   huquqiy
hodisalardir.
Shunday   qilib,   huquqiy   hodisalarga   rasman   tenglik   prinsipiga   muvofiq
keluvchi,   mazkur   prinsip   talablarining   zohiriy   ifodasi   va   amalga   oshirilishi
shakllaridan   iborat   bo’lgan   barcha   real   hodisalar   (rasman   o’rnatilgan   qonun,
amalda mavjud bo’lgan davlat, ijtimoiy turmushning turli subyektlari xulq-atvori,
ularning   o’zaro   munosabati   va   hokazolar)   tegishlidir.   Bu   hodisalarning   barchasi
huquq   falsafasi   predmetiga   empirik   obyektlar   ko’rinishida   emas,   balki   huquqiy
hodisalar,   rasman   tenglikni   ifodalashning   aniqlashtirilgan   shakllari   sifatidagina,
ya’ni ularning huquqiy o’lchovlari va xossalariga ko’ra, qonun, davlat, xulq-atvor,
munosabatlar   va   hokazolarning   (mohiyati   va   xususiyatiga   ko’ra)   huquqiy
shakllarida kiradi.
Binobarin,   huquq falsafasi  predmetiga, boshqa huquqiy hodisalar bilan
birga, davlat ham alohida huquqiy hodisa sifatida, aynan esa yalpi va yagona
huquqiy   mohiyatning   (rasman   tenglik   prinsipi,   uning   xossalari   va
talablarining) namoyon bo’lishi, ifodalanishi va amal qilishining institusional-
hukmron shakli sifatida kiradi.
Huquq   falsafasi   predmetini   (huquqiy   mohiyat   va   huquqiy   hodisalarni,
ularning   farqlanishi   va   nisbatini,   ularning   birligi   shakllarini   va   boshqalarni)
yoritish   jarayonida   huquqning   tegishli   zidlari,   huquqning   ham   mohiyat,   ham
hodisa   sifatidagi   mazmuni,   o’ziga   xosligi   va   qadriyatlarini   inkor   qilish,   rad   etish
yoki   buzishning   o’tmishdagi   va   hozirgi   har   xil   nazariy   va   amaliy   shakllari,
huquqning   o’zboshimchalik,   huquqiy   normalar   va   ommaviy-hokimiyat
institutlarining   rasman   hokimiyatni   tashkil   etishning   aksilhuquqiy   shakllari   va
uning ixtiyoriy buyruqbozlik qoidalari bilan, hayotning huquqiy shakllari va erkin
individlarning   o’zaro   munosabatlari   odamlarga   yuqoridan   zo’rlab,   majbur   qilib
singdirilgan   xulq-atvor   andozalari   bilan   almashtirilishi   predmetli-huquqiy   nuqtai
nazardan tanqidiy tahlil etiladi.
Shu ma’noda har qanday  huquq falsafasi - bu huquqni falsafiy anglash va
asoslashgina emas, balki ayni vaqtda aksilhuquqni (o’zboshimchalikni) uning barcha nazariy va amaliy ko’rinishlarida - aksilhuquqiy qonun, aksilhuquqiy
hokimiyat,   munosabatlarning   aksilhuquqiy   shakllari   va   hokazolar   sifatidagi
ko’rinishlarini   falsafiy   fosh   etish,   tanqid   qilish   va   inkor   qilishdir .   Huquq
falsafasi  qanchalik teran, aniq va monand aniqlab olinsa hamda belgilansa, uning
nazariy va amaliy ahamiyati  shunchalik yuqori, boy, katta bo’ladi. Bu huquqning
qaror   topishi   va   hukmronlik   qilishiga,   aksilhuquqning   (o’zboshimchalikning)
barcha  shakllari   va   ko’rinishlari   fosh   etilishi,   inkor   qilinishi   va   bartaraf   etilishiga
ham tegishlidir.
Biz   tomondan   rivojlantirilayotgan   huquq   falsafasi   konsepsiyasi
predmetining   mazkur   qisqacha   ta’riflari   (definisiyasi)da   ushbu   predmetning   eng
muhim va ahamiyatli tavsiflari berilgan, xolos. Bu masala ushbu predmetni tizimli
ko’rib chiqish va ochib berish shakli bo’lgan butun konsepsiyada to’liq yoritiladi.
V.S.Nersesyansning   “Huquq   falsafasi”   darsligida   huquq   falsafasining   mazkur
libertar-yuridik   konsepsiyasining   asosiy   qoidalari   jahon   va   milliy   huquq
falsafasining   umumiy   mazmunida,   o’tmishdagi   va   bugungi   kunning   boshqa
falsafiy-huquqiy konsepsiyalari bilan qiyoslab yoritiladi.
Huquq   falsafasi   predmetini   biz   libertar-yuridik   nuqtai   nazardan   ta’riflagan
tarzda   tushunish   huquq   to’g’risidagi   har   xil   ta’limotlar   uchun   umumiy   jihatlarni
aniqlash, oydinlashtirish, tushunish va belgilashda umumiy ahamiyatga ega bo’lib,
bu ta’limotlar huquq falsafasi kabi bitta umumiy va yagona fanning (fan va o’quv
fanining)   har   xil   konsepsiyalari   sifatida   ularning   predmet   bo’yicha   birligini
ifodalaydi.   Huquqni   umuman   ham   mohiyat,   ham   hodisa   sifatida   tushunish,   ya’ni
huquqda obyektiv tusdagi alohida huquqiy mohiyatni (ya’ni mohiyat e’tibori bilan
qonun   chiqaruvchining   va   umuman   subyektiv   omilning   irodasidan   mustaqil
bo’lgan   huquqni)   hamda   subyektiv   omilga   (qonun   chiqaruvchining   irodasi   va
fikriga,   rasman   hokimiyatning   xohishi   yoki   o’zboshimchaligiga   va   boshqalarga)
bog’liq   bo’lgan   huquqiy   hodisani   nazariy   farqlash   butun   huquq   falsafasi   uchun
(uning   barcha   konsepsiyalari,   yo’nalishlari,   taxminlari   va   variantlari   uchun)
predmet  hosil qilish ahamiyatiga ega bo’lgan umumiy jihat h isoblanadi. Obyektiv   huquqiy   mohiyatni   (mohiyat   sifatidagi   huquqni)   va   subyektiv
huquqiy   hodisani   ( h odisa   sifatidagi   huquqni)   bunday   nazariy   farqlash   h uquq
falsafasi   barcha   konsepsiyalariga   biron-bir   tarzda   xosdir.   Bu   farqlashni   biz
umumiy   shaklda   huquqni   (alohida   mohiyat   sifatidagi   huquqni)   hamda   qonunni
(alohida   hodisa   sifatidagi,   rasman-hukm   tarzida   belgilash   sifatidagi   huquqni)   va
ularning   nisbati   (mos   kelish   yoki   mos   kelmaslik)ni   farqlash   tarzida   ifodalaymiz.
Huquq   va   qonunning   bunday   farqlanishi   va   nisbatining   yanada   aniqroq   ma’nosi
huquq   falsafasining   tegishli   konsepsiyasi   asosida   yotadigan   va   uning   o’ziga
xosligini   belgilaydigan   huquqning   aniq   tushunchasiga   (huquqiy   mohiyatni   va
huquqiy   hodisani,   ularning   aloqasi   xususiyatini   va   boshqalarni   tushunishga)
bog’liqdir.
Chunonchi,   huquq falsafasining tabiiy huquqiy konsepsiyalarida huquq
falsafasining   predmet   sohasi   tabiiy   huquq   va   pozitiv   huquqning   farqlanishi
hamda nisbati bilan belgilanadi  - «pozitiv huquq» atamasining o’zi qadimgi Rim
huquqshunosligida   vujudga   kelib,   o’rta   asrlar   huquqshunosligida   qaror   topdi).
Yusnaturalizm   tabiiy   huquq   tarafdorlari   uchun   «tabiiy   huquq»   -   bu   yagona
chinakam huquq, asl ma’nodagi huquq bo’lib, davlat tomonidan belgilanadigan va
rasman   amal   qiluvchi   huquq  (ya’ni   pozitiv  huquq)   esa   soxta,   haqiqiy  bo’lmagan,
yasama, sun’iy, notabiiy huquqdir.
Shu   sababli   huquq   falsafasi   yusnaturalistlar   talqinida  mohiyat   e’tibori
bilan tabiiy huquq falsafasidir . 
Legizm  (lex - qonun) vakillari butunlay qarama-qarshi nuqtai nazardadirlar.
Ular   o’zlarining   huquq   to’g’risidagi   pozitiv   va   neopozitiv   ta’limotlarida   nafaqat
tabiiy   huquqni,   balki   qonun   chiqaruvchining   irodasiga,   rasman   hokimiyatga
bog’liq   bo’lmagan   huquqning   umuman   obyektiv   mohiyatini   inkor   qiladilar.
Legistlar   uchun   huquq   -   aynan   rasman-hokimiyat,   majburiy-shartlik   tusiga   ega
bo’lganligi uchun haqiqiy huquq hisoblanadigan qonun (pozitiv huquq)dir.
Shu sababli legizm uchun huquq falsafasi va umuman huquqning qonundan
farqlanishi va u bilan nisbatidagi mohiyati to’g’risidagi har qanday nazariy ta’limot
-   bu   noreal   (nopozitiv)   obyektlar   to’g’risidagi   metafizik   ta’limotdir.   Legizm (pozitivizm   va   neopozitivizm)ning   ayrim   vakillari   juda   deganda   pozitiv   huquq
falsafasiga,  legizm va pozitiv qonunshunoslikning o’ziga xos falsafiy dalil-isbotiga
yo’l qo’yishlari mumkin.
Legizm va yusnaturalizm huquqni tushunishda va huquq falsafasiga nisbatan
bir-birini   inkor   qiluvchi,   qarama-qarshi   nuqtai   nazarlarni   ifodalaydi.   Huquqdagi
mohiyat   va   hodisa   o’rtasidagi   zarur   aloqalarni   har   biri   o’zicha   parchalaydigan
antagonistik   yondashuvlarning   bir   tomonlamaligi   huquqni   va   huquq   falsafasi
predmetini   tushunishning,   biz   rivojlantirayotgan   konsepsiyasida   yengib   o’tiladi.
Huquq va qonunning farqlanishi hamda nisbati ma’nosidagi huquqiy mohiyat bilan
huquqiy   hodisa   o’rtasidagi   o’zaro   aloqa   shu   jihatdan   zarur   xususiyat   kasb   etadi
hamda   huquq   va   qonun   nisbatining   barcha   yuridik-mantiqiy   variantlarini   qamrab
oladi. 
Shu   sababli   huquq   falsafasi   predmetining   libertar-yuridik   talqini   mazkur
falsafiy-huquqiy   konsepsiya   uchungina   emas,   balki   umuman   huquq   falsafasi
predmetining yaxlit ta’rifi sifatida ham ahamiyatlidir.
Gap shundaki, huquqni va huquq falsafasi predmetini tushunishning nisbatan
rivojlangan   konsepsiyasi   doirasida   avvalgi   nazariy   jihatdan   kamroq   rivojlangan
konsepsiyalari   yutuqlari   (dalillar)   ham   hisobga   olingan   va   o’zgartirilgan
ko’rinishda  mavjuddir,  binobarin, ularni  zarur  darajada  tushunish  va  bayon qilish
mumkin.   Vaholanki,   kamroq   rivojlangan   konsepsiyaning   cheklangan   doirasida
konsepsiyani   muqobil   tushunish   va   bayon   qilish   uchun   bundan   rivojlanganroq
bo’lak   gnoseologik   imkoniyat   va   bunday   ma’noviy   makon   yo’q.   Bilishning   va
uning   rivojlanishining   bunday   mantig’i   falsafiy-huquqiy   tafakkur   sohasida   ham
amal qiladi.
HUQUQ  FALSAFASI METODI
O’tmish va hozirgi zamon huquq falsafasining birmuncha rivojlangan har bir
konsepsiyasi   -   bu   (mohiyat   va   hodisa   sifatidagi)   huquq   to’g’risidagi   nazariy
bilimlarning muayyan jamuljami bo’lib, tegishli falsafiy-huquqiy ta’limot predmeti
va metodining o’zaro aloqasi hamda birligidan iborat bo’ladi. Biron-bir   falsafiy-huquqiy   konsepsiya   (nazariya)ning   ham   predmetini,   ham
metodini   tavsiflashda   uning   asosida   yotuvchi,   unda   aniqlanadigan,   asoslanadigan
va   ochib   beriladigan   huquq   tushunchasi   belgilovchi   (birlamchi   va   yakunlovchi)
ahamiyatga egadir.
Bunday   huquq   tushunchasining   ma’nosi   muxtasar   va   jamlangan   tarzdagi
huquq falsafasi tegishli konsepsiyasi predmetining qisqa ta’riflarida, kengaytirilgan
va   aniqlashtirilgan   ko’rinishda   esa   ushbu   konsepsiyaning,   ya’ni   falsafiy-huquqiy
bilishning muayyan nazariy tizimining o’z shaklida ifodalanadi.
Predmet   va   metod   -   yagona   nazariyani,   aynan   bitta   nazariy   tuzilmani,
huquq   falsafasining   muayyan   konsepsiyasida   ifodalangan   bilimlarning   aynan   bir
xil   tizimini   ifodalash   va   tavsiflashning   har   xil   (nazariy   abstraksiyada   fikran
farqlangan) shaklidir.
Har qanday nazariyada bo’lgani singari, falsafiy-huquqiy nazariya predmeti
va   metodinnng   o’zaro   bog’liqligi   va   birligi   ham   umumiy   ko’rinishda   shundan
iboratki,   metod   -   bu   uning   amal   qilib   turgan   (uning   shakllanayotgan,   tashkil
etilayottan   va   bilish   ta’siridagi)   predmeti,   predmet   esa   metodning   bilish   bilan
bog’liq ma’no-mazmunining tizimli-tashkiliy ifodasidir.
Falsafiy-huquqiy   tadqiqotning   bilishga   doir   vositalari   va   usullarining
jamuljami sifatidagi, obyektdan predmetga tomon boradigan bilish yo’li sifatidagi
huquq   falsafasi,   bilmaslikni   bilishga,   oddiy   tasavvur   va   fikrni   -   ilmiy   (nazariy,
falsafiy)   bilimga   sehrli   tarzda   aylantiradigan   qandaydir   nazariya   (falsafadan
tashqari   vosita)   yoki   hodisa   emas,   balki   nazariy   shakl   o’zini   o’zi   biladigan,
rivojlanadigan, chuqurlashadigan va yangilanadigan nazariyaning o’zidir.
Yagona   falsafiy-huquqiy   nazariyada   uning   predmeti   va   metodining   ajratib
ko’rsatilishi ushbu nazariyaning bilishga doir xossalarini, tavsiflarini, ma’nosini va
ahamiyatini   chuqurroq   va   aynan   anglab   yetish   uchun   zarur   bo’lgan   fikriy
abstraksiyadir. 
Bunda   falsafiy-huquqiy   nazariyaning   tarkibiy   qismi   bo’lgan   predmet
metodning   obyekt   to’g’risida   olingan   bilimlarning   muayyan   tizimi   ko’rinishida
amal   qilishning   bilishga   doir   yakunlarini   ifodalaydi,   metod   esa   nazariyaning boshqa   tarkibiy   qismi   sifatida   ushbu   bilimning   bilish   bilan   bog’liq   (izohlovchi,
isbotlovchi, istiqbolni belgilovchi va hokazo) maqomini, ma’nosini va ahamiyatini
uning  oldingi   bilimlar   bilan   va  avvalgi   obyektni   tushunish   bilan  nisbati   (vorislik,
yangilik   va   boshqalar)ning   yangi   bilimlarga   ega   bo’lish,   ularni   asoslash,   tashkil
etish   va   ularning   amal   qilishi   usullari,   vositalari   va   shakllarini,   uning   mazkur
nazariya  tuzilmasidagi  turli   jihatlarining  va  o’zaro  aloqasining  ma’noviy  o’rinlari
va   ahamiyatining   hamda   ularning,   huquqni   davom   etayotgan   ilmiy   bilish
jarayonida shu falsafiy-huquqiy nazariyaning metodologik ahamiyatini ifodalaydi.
Har   qanday   izchil   falsafiy-huquqiy   nazariyada   uning   predmeti   (obyekt
to’g’risidagi muayyan bilim) metodologik jihatdan anglangan, metod esa (obyektni
bilish,   tushunish,   izohlash   shakli)   predmetli   ifodalangandir.   Aynan   shu   boisdan
bunday nazariya metodologik ahamiyatga ega, bilish metodi vazifasiga ega va bu
rolni (keyingi falsafiy-huquqiy nazariyaning tarkibiy qismi sifatida) bevosita yoki
bilvosita bajaradi.
Ayrim   teran   va   o’ziga   xos   falsafiy-huquqiy   nazariyalar   metodlari
(metodologik komponentlari) bilish bilan bog’liq katta qimmatiga va ulkan evristik
salohiyatiga   ko’ra   keyinchalik   go’yoki   mustaqil   (tegishli   nazariyalar   predmetiga
bog’liq   bo’lmagan)   ravishda   mavjud   bo’ladi   va   universal   (umumfalsafiy,
umumilmiy, umumnazariy)  metodologik ahamiyat  kasb etadi.  Masalan,  mantiqiy,
dialektik,   ontologik,   fenomenologik,   ekzistensialistik,   tizimli,   qiyosiy   tadqiqot
metodlari   va   hokazolar)   mana   shunday   umumfalsafiy,   umumilmiy   metodlar
sifatida (shuningdek zamonaviy falsafiy-huquqiy ta’limotlarda ham) foydalaniladi.
Har qanday yangi falsafiy-huquqiy nazariya oldingi nazariyalar asosidagina
paydo bo’ladi va ular bilan zarur uzviy aloqadorlikda bo’ladi albatta. Bu muayyan
obyektni   tadqiq   etishning   o’z   bilish   qimmatini   isbot   qilgan,   metodologik
ahamiyatga ega har xil vositalari va usullaridan, obyekt to’g’risidagi yangi falsafiy-
huquqiy   bilimni   tashkil   etish   va   tizimlashtirish   shakllaridan,   oldingi
konsepsiyalarni   va   yangi   nazariyani   jahon   huquq   falsafasining   umumiy   doirasida
talqin   qilish   va   baholash   prinsiplaridan,   falsafiy-huquqiy   tafakkur   hamda   tadqiq
etilayotgan   obyektiv   borliqning   nisbati   usullaridan   foydalanishda   va   boshqalarda namoyon   bo’ladi.   Biroq   bunda   (o’tmish   va   hozirgi)   falsafiy-huquqiy
nazariyalarning   tegishli   metodlari,   shu   jumladan   umumfalsafiy,   umumilmiy
ahamiyati e’tirof etiladigan metodlar ham o’z nazariyalari predmetlari bilan bilish
jihatidan bog’liqdir va boshqa nazariyalarda o’z predmetining bilish bilan bog’liq
ma’no   birligidan   tashqarida   boshqacha   bilish   ahamiyatiga   va   bo’lakcha   predmet
ifodasiga ega bo’lishini hisobga olish kerak. Chunonchi, dialektik metodning turli
tarafdorlari   (Geraklit,   Gegel,   Marks,   Markuze   va   boshqalar)da   mutlaqo   har   xil
falsafiy-huquqiy   ta’limot   mavjuddir.   Boshqa   umumfalsafiy   va   umumilmiy
metodlar tarafdorlarining falsafiy-huquqiy konsepsiyalari  to’g’risida ham shunday
deyish mumkin.
Gap   shundaki,   har   qandan   yangi   falsafiy-huquqiy   ta’limot   -   (bilish
borasidagi yangiligi darajasiga ko’ra) o’zining yangi predmetiga va yangi metodiga
ega   bo’lgan   yangi   nazariyadir.   Shu   sababli   bilish   bilan   bog’liq   yangi   mazmunda
oldingi   (predmet   va   metodologik   xususiyatga   ega)   nazariyalar   qoidalari   yangi
nazariya   (uning   predmeti   va   metodi)ning   qoidalari   tegishli   tarzda   (bilish
taraqqiyoti   mantiqiga   ko’ra)   nazariy   anglangan,   qayta   o’zgartirilgan,
o’zlashtirilgan   va   bo’ysundirilgan   jihatlar   sifatida   bilish   ahamiyatiga   ega   bo’ladi.
Boshqa (o’tmishdagi va zamonaviy) nazariyalardan bilishga doir nimadir saqlanib
qolishi - bu uning takrorlanishi emas, balki uning yangi bilish vaziyatining aynan
shakllarida, yangi nazariyaning ma’no jihatidan rivojlantirilishi va yangilanishidir.
Huquq falsafasining  ayrim  o’tmish  va zamonaviy  konsepsiyalari   metodi   va
predmetining   aniqroq   tavsifi   V.S.Nersesyans   “Huquq   falsafasi”   darsligining
tegishli muammolar yoritiladigan keyingi bo’limlarida beriladi.
Ushbu o’rinda esa o’zimiz rivojlantirayotgan huquq falsafasi libertar-yuridik
konsepsiyasining asosiy xususiyatlarini qayd etish zarur.
Libertar   (yoki   libertar-yuridik,   yuridik-formologik,   rasman-yuridik)
metod   - bu   o’rganilayotgan voqyelikni huquqiy voqyelik sifatida falsafiy-huquqni
bilishning tushunchali-huquqiy metodi, rasman tenglik va uning zuhur topishining
tashqi   shakllari   sifatidagi   huquq   to’g’risidagi   bilimlarni   ishlab   chiqish   va   tashkil
etishdir. Libertar   metod   asosida   rasman   tenglik   prinsipi   yotadi .   Metodologik
jihatdan rasman tenglik prinsipi - bu huquqni rasman-mantiqiy tushunish metodi va
huquqiy tartibga solishning predmet sohasini  va huquqning amal qilishini tegishli
ravishda   yuridik   rasmanlashtirishdir.   Libertar   metod   -   bu   bilinadigan   voqyelikni
rasman   tenglik   prinsipi   bo’yicha   huquqiy   modellashtirishning   umumiy   usuli,
voqyelikni   huquqning  mazkur  tushunchasi   nuqtai   nazaridan  va  chegarasida   bilish
usuli,   o’rganilayotgan   voqyelikni   huquqiy   (rasman-teng)   tushunish,   ifodalash,
o’lchash,   tasniflash  va baholash   usulidir. Ushbu  metodga  dunyoga huquqiy  nazar
tashlash, voqyelikni huquqiy ko’rish xosdir. Falsafiy bilib olingan bunday voqyelik
huquqiy   voqyelik   sifatida,   ya’ni   bilib   olinadigan   voqyeliknnng   huquqiy   xossalari
va   aloqalarn   tizimi   sifatida   namoyon   bo’ladi.   Ushbu   huquqiy   voqyelik   falsafiy-
huquqiy   bilish   olamining   izlanayotgan   haqiqatini   va   aniqlangan   mohiyatini   aks
ettiradi   va   ifodalaydi.   Agar   pifagorchilar   matematika   nuqtai   nazaridan   olamning
mohiyati   -   son,   deyishgan   bo’lsa,   libertar   huquq   falsafasi   nuqtai   nazaridan
olamning   mohiyati   -   rasman   tenglik,   deyish   mumkin.   Bunda   har   kim   o’zi
bilayotgan   va   bilgan   olamni:   matematik   -   sonlar   olamini,   huquqshunos   -huquq
olamini nazarda tutadi.
Xuddi   shunga   o’xshash,   fiziklar,   kimyogarlar,   biologlar   o’zlari   bilib
oladigan   fizik,   kimyoviy   yoki   biologik   olam   uchun   tegishli   ravishda   o’zlarining
fizik, kimyoviy yoki biologik formulasini izlaydilar. Inson tafakkuri va bilishining
tanlanadigan, predmet nuqtai nazaridan soxtalashtirilgan tabiati mana shunday.
O’zbekiston Respublikasi o’z oldiga demokratik huquqiy davlat va fuqarolik
jamiyati qurishdek buyuk maqsad qo’yar ekan, davlat va huquqqa, uni o’rganishga,
tadqiq   etishga   ehtiyoj   sezila   boshladi.   Huquqiy   davlatda   qonun   ustuvorligi   eng
asosiy   tamoyil   sifatida   e’tirof   etilsa,   fuqarolik   jamiyatining   zaruriy   sharti,   unda
yashayotgan   fuqarolarning   yuksak   huquqiy   ongi   va   madaniyati,   huquqlardan
habardorlik   darajasi   hamda   huquqqa   nisbatan   chuqur   hurmatda   ifodalanadi.
Hozirgi   davr   huquq   falsafasining   asosiy   jihatlarini   jamiyatimizda   amalga
oshirilayotgan   islohotlar,   huquqiy   va   demokratik   davlat   barpo   etish   jarayonlari,
bozor munosabatlariga o’tishning o’ziga xos murakkab qonuniyatlari bilan bog’liq holda   tahlil   etmoq   kerak   bo’ladi.   O’tish   davrida   huquqning   falsafiy   muammolari
o’zida   bir-birlari   bilan   uzviy   bog’liq   ikki   holatni   o’z   ichiga   oladi.   Birinchidan,
ijtimoiy-siyosiy,   tarixiy   mavzudagi   tadqiqotlarning   huquqshunoslik   fanlari   bilan
yanada   yaqinlashib   borishi   va   ular   o’rtasidagi   aloqalarning   o’zaro   kuchayishi,
ikkinchidan   esa,   ilmiy-tadqiqot   ishlarining   barcha   bosqichlarida   huquqiy
hodisalarga   sosiologik   yondashish,   ya’ni   faktlarni   kuzatish   metodidan   toki
murakkab   umulashtirishlargacha   bo’lgan   jarayonda   huquqiy   hodisalarni   falsafiy-
gnoselogik   metodlar   asosida   tahlil   etishni   taqozo   etadi.   Demak   inson   bilish
faoliyatini   natijalarigina   emas,   balki   unga   olib   boradigan   usul   ham   haqqoniy
bo’lishi   kerak.   Zero,   inson   amaliy   faoliyati   natijasining   ijobiyligi,   haqiqatga
erishishi   ko’p   jihatdan,   bilish   jarayonida   qo’llaniladigan   metodlarga   ham
bog’liqdir.   Huquq   falsafasida   metodlar   va   metodologiya   muammosi   muhim
nazariy   va   amaliy   ahamiyatga   molik   muammolardandir.   Sobiq   Ittifoq   tizimi
davrida   metod   va   metodologiya   muammosi   barcha   fanlar   uchun,   jumladan
huquqshunoslik   fanlari   uchun   ham   o’z-o’zidan   ma’lum   va   yuqori   mafkuraviy
tashkilotlar   tomonidan   belgilab   berilgan   markscha-lenincha   falsafaning   «mutlaq
haqiqatlari»dan tashkil topgan nazariyalari deb tan olingan edi.
Mafkuraviy   yakkahokimlikdan   xolos   bo’lganimizdan   keyingi   yillarda,
mustaqillik   yillarida   bu   muammoga   munosabat   ham   keskin   o’zgarib   bormoqda.
Metodologik ahamiyatga molik nazariyalarning asosiy manbalari: 
a) jahon falsafiy, huquqiy fanlarning yutuqlari, 
b) o’tmishda yashab ijod etgan buyuk allomalarimizning bebaho g’oyalari, 
v)   mustaqil   O’zbekiston   davlatchiligining   asosiy   qonuni   bo’lgan,   uning
Konstitusiyasi va nihoyat 
g)   Prezident   I.A.Karimovning   kitoblarida   va   nutqlarida   olg’a   surilgan
muhim ilmiy-nazariy g’oyalar, 
d)   O’zbekiston   faylasuf,   huquqshunos,   siyosatshunos   olimlarning   ilmiy
tadqiqotlarida qo’lga kiritilgan nazariy xulosalardir.
Tabiiyki,   metodologiya   haqida   gap   ketar   ekan,   metodlar   haqida   alohida
to’xtalish   zarur.   Metod   insonning   amaliy   va   nazariy   faoliyatida   regulyativ tamoyillarning tizimidir.  Kishilar faoliyatining samaradorligi, uning natijasi ko’p
jihatdan turli xil metodlardan oqilona foydalanishga bog’liq bo’ladi. Taniqli nemis
olimi  G.Lixtenbergning ta’kidlashicha,  umuman kishilarga nima haqida  o’ylashni
emas,   balki   qanday   o’ylashni   o’rgatilsa,   maqsadga   muvofiq   bo’lur   edi.   Ingliz
faylasufi lord F.Bekon metodlarning ilmiy bilishdagi ahamiyatini alohida ta’kidlab,
uni tunda yo’lovchining qo’lidagi mash’alaga qiyoslaydi.
Huquq   falsafasi   -   nazariy   g’oyalar,   tushuncha,   kategoriyalar   va
metodlarning   muayyan   tizimidir.   Huquq   falsafasining   metodologik   asosi
bo’lib,   falsafa   va   huquqning   umumiy   nazariyasi   hisoblanadi .   Hozirgi   davr
ilmiy   bilishning   konkret   sohalarning,   jumladan   huquqshunoslik   fanlarining
metodologiyasi,   shu   sohalarda   qo’llaniladigan   metodlarning   yi g’ indisidan   iborat
bo’lmaydi.   Metodologiyani   metodlar   tizimi   bilan   bir   xil   deb   hisoblash   mazkur
tushunchaga   sof   pragmatizm   ta’limoti   nu q tai   nazaridan   yondashishdan   boshqa
narsa   emas.   Huquq   falsafasi   konkret   huquqiy   fanlar   uchun   umumiy,   ilmiy
metodologiya vazifasini  o’taydi. Ilmiy metodologiya esa bilish nazariyasi  sifatida
faqatgina   tadqiqot,   izlanishning   usullaridangina   iborat   bo’lmay,   balki   g’oyalar
tizimi, ya’ni inson bilimlarining nazariy tizimi hamdir. Boshqacha qilib aytganda,
fan   metodologiyasi   avvalo   gnoseologik   muammodir.   Huquq   falsafasi   huquqning
umumiy   nazariyasi   emas,   balki   falsafiy   fanlarning   ham,   ayni q sa   ijtimoiy
falsafaning   umumiy   nazariyalarini   o’zida   mujassam   etadi.   Ammo   bu   degan   so’z,
metodlarning   metodologiyaga   hyech   qanday   aloqasi   y o’q   degani   emas.
Metodologiyaning tarkibiy qismlaridan biri bu metoddir. Zero, har qanday nazariya
ma’lum ma’noda, ilmiy bilishning metodi hisoblanadi.   Chunki ilmiy nazariyaning
muhim   vazifalaridan   biri   bilish   jarayonning   maqsadi   va   yo’nalishini   ko’rsatuvchi
metod ekanligidadir.
Konkret   huquqiy   fanlarning   metodologiyasi   faqatgina   falsafa   fani   deb
tushunish, ba’zi bir aniqliklar kiritishni taqozo etadi. Binobarin, konkret sohaga oid
huquqiy fanlarning metodologiyasi   huquq falsafasidir.  Huquq  falsafasi   esa  huquq
va   davlat   umumiy   nazariyasi   va   umumfalsafiy   nazariyalar   asosida   shakllangan umumiy   metodologik   nazariyadir.   Huquq   falsafasining   metodologik   ahamiyati
quyidagi jihatlariga ega: 
Birinchidan,   huquqshunoslik   fanlarining   umumfalsafiy   asoslarini,   ya’ni
mazkur   fanlarning   jamiyat   rivojlanishi   haqidagi   fanlar   tizimida   tutgan   o’rni   va
mustaqil   davlatimizni   yanada   mustahkamlash   amaliyotidagi   ahamiyatini   tadqiq
etish huquq falsafasining asosiy vazifalaridan biri ekanligi. 
Ikkinchidan , ilmiy bilishning falsafiy metodlarini huquqiy fanlar predmetiga
tadbiq etish va shu asosda huquqiy fanlarning metodologiyasini ishlab chiqish. Bu
vazifaning   amalga   oshirilishi   ko’proq   davlat   va   huquq   nazariyasi   ta’limotining
zimmasiga   tushadi.   Konkret   huquqiy   fanlar   faqatgina   «mutlaq   haqiqat»   bo’lgan
qandaydir   g’oyalar   tizimining   metodologiyasiga   «muhtoj»   bo’lmay,   balki   o’zinig
ichki   mazmuni   va  tadqiqot   obyektining  xususiyatlaridan   kelib  chiqqan  holda,  o’z
metodologiyasini   yaratish   zaruriyati   tug’iladi.   Ilmiy   bilish   o’zining   umumiylik
darajasiga   ko’ra   va   bu   jarayonda   qo’llaniladigan   vositalarning   mazmuniga   ko’ra
uch   turga   bo’linadi:   1).   bilishning   eng   umumiy   (universal)   metodi;   2).   bilishning
umumiy metodi; 3). bilishning juz’iy metodlari.
Hozirgi   sharoitda   huquqiy   fanlar   tizimi   differensiasiya   va   integrasiya
munosabatlarida bo’lgan quyidagi asosiy guruhlarni o’z ichiga oladi.  Birinchidan,
nazariy-tarixiy   huquqiy   fanlar   (davlat   va   huquq   umumiy   nazariyasi,   davlat   va
huquq   tarixi,   siyosiy   va   huquqiy   ta’limotlar   tarixi,   musulmon   huquqi).
Ikkinchidan,   huquqiy   fanlar   sohalari   (konstitusiyaviy   huquq,   ma’muriy   huquq,
jinoyat huquqi, fuqarolik huquqi, jinoyat prosessi va boshqalar);  uchinchidan,  chet
el davlati va huquqini, xalqaro huquq,  to’rtinchidan,  amaliyotdagi huquqiy fanlar
(kriminalistika,   sud   statistikasi,   huquqiy   psixologiya,   huquqiy   sosiologiya   va
boshqalar).
Har qanday huquqiy fan o’zining predmetiga monand bo’lgan metodiga ega
bo’ladi. Davlat va huquq nazariyasi metodi, mazkur fanning predmetini o’ziga xos
jihatlaridan kelib chiqib, boshqa har qanday huquqiy fanlar metodlari bilan aynan
bir   xil   bo’la   olmaydi.   Ular   o’rtasidagi   umumiy,   o’xshash   tomonlar   quyidagilar.
Birinchidan , barcha huquqshunoslik fanlari metodlari bilishning yagona umumiy dialektik   metodiga   asoslanadi.   Ikkinchidan ,   huquqiy   fanlar   ijtimoiy   borliqning
nisbatan   mustaqil   komponenti   bo’lgan   ijtimoiy-huquqiy   ustqurmaning   rivojlanish
qonuniyatlariga ega.
Huquqiy   fanlar   metodi   alohida   olingan   huquqiy   fanlar   metodining   nazariy
modeli   bo’lib,   ularning   umumiy,   barqaror   belgilari,   xossalari   va   strukturasini
umumlashgan   holda   tahlil   etadi.   Huquq   falsafasi   va   huquqiy   fanlar   metodlari
quyidagi   vazifalarni   bajarishi   mumkin:   a)   huquq   falsafasi   dialektik   metodning
huquqiy   fanlarda   konkretlashtirish   yo’llari   va   usullarini   aniqlaydi;   b)   konkret
huquq   fanlarda   qo’llaniladigan   umumiy,   maxsus   va   alohida   metodlarning   o’zaro
munosabatlarini va ularning strukturasini o’rganadi; v) umumiy, maxsus va alohida
metodlarni   qo’llash   orqali   qo’lga   kiritilgan   bilimlarni   turlari   va   mohiyatini   tahlil
etish.  Yuqorida  qayd  etilganlardan  kelib  chiqib, huquq  falsafasida   huquqiy fanlar
metodiga   ta’rif   berish   mumkin   bo’ladi.   Huquqiy   fanlar   metodi   konkret   huquqiy
fanlar metodlarining mexanistik majmui bo’lmay, balki umumiy tushuncha bo’lib,
falsafiy metodlarga asoslangan huquqiy hodisalarni bilish metodlaridir.
Modomiki, huquq falsafasida metodlar haqida gap ketar ekan, avvalo ularni
tasniflashga alohida e’tiborni qaratish lozim.
Umumiy   metodlar   deb   barcha   fanlarda   qo’llaniladigan   metodlarga   aytiladi.
Ilmiy   bilishning   analiz   va   sintez,   induksiya   va   deduksiya,   analogiya,   ta qq oslash,
eksperiment   kabi   metodlari   umumiy   metodlar   jumlasiga   kiradi.   Masalan,   sintez,
huquqiy   hodisalarni   bilishda   qo’llanilib,   uning   mazmunini   alohida   olingan
belgilarni bir butunga aylantirish, umumlashtirish tashkil etadi. Analiz metodi esa,
butunni bo’laklarga bo’lishga qaratilgan bo’ladi va x.k.
Huquqning   mohiyatini   har   tomonlama   bilish   falsafa   fanining   talablaridan
kelib   chiqqan   holda   amalga   oshirish   mumkin.   Falsafiy   adabiyotlarda   ilmiy
bilishning   metodlari   aksariyat   hollarda   empirik   va   nazariy   tadqiqot   metodlariga
bo’lib   karaladi.   Fikrimizcha,   ilmiy   bilish   metodlariga   bunday   yondashish,   ular
o’rtasidagi   dialektik   birlikni   inkor   etishga   olib   keladi.   Chunki,   empirik   metodlar
alohida,   nazariy   metodlar   va   ilmiy   bilish   shakllariga   bo’lib   o’rganiladi.   Bilish
subyekti   o’zining   amaliy   faoliyatida   alohida   olingan   bilish   bosqichlari   bilan   ish ko’rar   ekan,   inson   bilimlari   boshlangich   bosqichida   ilmiy   bilishning   boshqa
metodlari va shakllari mavjud ekanligidan ma’lum ma’noda begonalashadi. Xulosa
qilib   aytganda,   huquqiy   jarayonlarni   bilishda   umuman   tabiat   va   jamiyat
hodisalarining   bilishi   kabi,   bilish   nazariyasining   metodlari   va   kategoriyalarining
dialektik birligidan kelib chiqishi maqsadga muvofiqdir.
Modomiki   metodlarning   huquq   falsafasida   tasnifi   mavjud   ekan,
metodologiyaning   ham   tasnifi   mavjud   bo’lishi   mumkinmi   degan   o’rinli   savol
tug’iladi.   Umuman   metodologiya   metanazariya   va   monometodologiya   bo’lishi
mumkin  emas.  Shuning  uchun  ham,  fikrimizcha   metodlar  kabi  metodologiyaning
ham   tasnifi   mavjud   bo’ladi   deyishga   yetarlicha   asos   bor.   Xulosa   qilib   aytganda
metodologiya   qandaydir   «fanlarning   fani»   ma q omida   bo’lmay,   balki   o’zining
nazariy   g’oyalarining   obyektiv   olam   predmet   va   hodisalarining   qamroviga   qarab
shartli ravishda quyidagi turlariga b o’ linishi mumkin :
1.   Eng   umumiy   metodologiya,   bunga   b i rinchi   navbatda   falsafa   fanining
dialektika va bilish nazariyasi kiradi. 
2.   Umumiy   metodologiya,   metodologiyaning   bu   turiga   avvalo   huquq
falsafasi kiradi. 
3. Juz’iy metodologiya, metodologiyaning bu turiga esa, huquqiy fanlarning
alohida sohalarida qo’llaniladigan nazariy umumlashmalar kiradi.
Shunday   qilib,   huquq   falsafasi   metodlari   va   metodologiyasi   huquqiy
fanlarda qo’llanishiga qarab bir necha turlarga bo’linar ekan.
Ular   huquqiy   hodisalarni   bilish   jarayonida   muhim   nazariy   va   amaliy
ahamiyatga   ega   bo’lib,   ular   o’rtasida   muayyan   bog’liqlikni   e’tirof   etish   bilan   bir
qatorda, ular o’rtasidagi tafovutni ham xisobga olish zarurdir.
Shunday   qilib,   huquq   falsafasida   metod–bu   huquqiy   hodisalarni   bilishning
usuli   va   vositalari   bo’lib,   huquqiy   gnoseologiyaning   asosini   tashkil   etadi.
Metodologiyani   esa,   faqatgina   metodlar   haqidagi   ta’limot   ma’nosida   tushunish,
uning   mazmunini   to’la-to’kis   ochib   beraolmaydi.   Metodologiya   –   voqyelikni
in’ikos   etish   jarayonida   ilmiy   bilimlarga   ega   bo’lish   va   uni   takomil   etish
usulidir . Demak, metodologiya huquq falsafasida huquqiy hodisalar qamrovidagi bilimlarning shakllanishida  va ularni tahlil etishda asosiy  gnoseologik konsepsiya
vazifalarini bajaruvchi falsafiy-huquqiy xulosalarning majmuidir.
HUQUQ   FALSAFASI   FANINING   FANLAR   TIZIMIDA   TUTGAN
O’RNI
Huquq   falsafasi   qadimiy   va   boy   tarixga   egadir.   Falsafiy-huquqiy
muammolar qadimgi davrda va o’rta asrlarda umumiyroq mavzuning bo’lagi va bir
jihati sifatida, XVIII asrdan boshlab esa alohida ilmiy fan sifatida ishlab chiqildi.
«Huquq   falsafasi»   atamasi   dastlab   yuridik   fanda   paydo   bo’ldi.
Jumladan,   taniqli   nemis   huquqshunosi,   huquqning   tarixiy   maktabi   «otasi»
G.Gugo   o’zi   «huquq   to’g’risidagi   ta’limotning   falsafiy   qismi»   sifatida   ishlab
chiqishga   intilgan   «pozitiv   huquq   falsafasi»ni   lo’nda   tushuntirish   uchun
ushbu   atamadan   foydalangan .   Gugoning   fikricha,   huquqshunoslik
(yurisprudensiya)   uch   qismdan:   yuridik   dogmatika,   huquq   falsafasi   (pozitiv
huquq   falsafasi)   va   huquq   tarixidan   iborat .   Uning   fikricha,   amalda   bo’lgan
(pozitiv)   huquq   bilan   shug’ullanuvchi   va   o’zida   «yuridik   hunar»ni   ifodalovchi
yuridik dogmatika uchun empirik bilim yetarlidir. Huquq falsafasi va huquq tarixi
tegishli   ravishda   «huquqni   ilmiy   bilishning   oqilona   asosini»   tashkil   etadi   va
«ilmiy, liberal yurisprudensiyani («bashang» yurisprudensiyani)» hosil qiladi.
Pozitiv   huquq   falsafasi,   Gugoga   muvofiq,   «yalang’och   imkoniyat
metafizikasining   bir   qismi   (senzura   va   sof   aql   prinsiplari   bo’yicha   pozitiv   huquq
apologetikasi), u yoki bu huquqiy qoidaning maqsadga muvofiqligi siyosatining bir
qismi   (yuridik   antropologiyaning   empirik   ma’lumotlari   bo’yicha   texnik   va
pragmatik maqsadga muvofiqlikni baholash)» dir.
Garchi Gugo Kant g’oyalarining muayyan ta’siri ostida bo’lgan esada, uning
talqinidagi   pozitiv   huquq   falsafasi   va   huquqning   tarixiyligi   aksilrasional,
pozitivistik   tusda   edi   va   oqilona   huquqning   tabiiy   huquqiy   g’oyalariga   qarshi
qaratilgandi.
«Huquq   falsafasi»   atamasining   keng   yoyilishi   Gegelning   «Huquq
falsafasi»   asari   (1820   y.)   bilan   bog’liqdir .   Gegelning   fikricha,   huquq   falsafasi
tabiiy   huquq   (yoki   «falsafiy   huquq»)   to’g’risidagi   chinakam   falsafiy ta’limotdir . Shu munosabat bilan Gegelning qisqacha «Huquq falsafasi» deb atash
qabul   qilingan   asari   aslida   «Tabiiy   huquq   va   davlat   to’g’risidagi   fan   ocherklari.
Huquq falsafasi asoslari» degan ikkita nom bilan dunyo yuzini ko’rganligini eslash
o’rinlidir.
Gegelning   fikricha,   huquq   falsafasi,   Gugoda   bo’lgani   singari,   yuridik
fan emas, balki falsafiy fandir . «Huquq to’g’risidagi fan, - deydi u, -  falsafaning
bir   qismidir .   Shu   sababli   u   tushunchadan   predmetning   mag’zini   ifodalovchi
g’oyani   keltirib   chiqarishi   yoki   predmetning   o’zining   immanent   rivojlanishini
kuzatishi   kerak».   Shunga   muvofiq   Gegel   falsafa   huquqi   predmetini   quyidagicha
ifodalaydi:   « Huquq   to’g’risidagi falsafiy fan   predmeti huquq   g’oyasi  -   huquq
tushunchasi va uning amalga oshirilishidir ».
Gegelga   ko’ra,   huquq   falsafasining   vazifasi   huquq   asosida   yotuvchi
fikrni   anglab   yetishdan   iborat .   Bunga   esa   faqat   to’g’ri   fikr   yuritish,   huquqni
falsafiy bilib olish yordamida erishish mumkin. «Huquqda, - deb qayd etadi Gegel,
- inson o’z aqlini topishi, binobarin, huquqning oqilona ekanligini ko’rib chiqishi
kerak   va   bu   bilan   faqat   ziddiyatlar   ila   ish   ko’radigan   pozitiv   yurisprudensiyadan
ko’ra ko’proq bizning fanimiz shug’ullanadi».
Yuridik   yoki   falsafiy   fan   bo’lmish   huquq   falsafasining   fan   sifatidagi
xususiyatini   ta’riflash   masalasiga   tegishli   ravishda   Gugo   va   Gegelga   borib
taqaladigan   ikki   xil   yondashuv   XIX-XX   asrlar   falsafiy-huquqiy   tadqiqotlarida
yanada rivojlantirildi.
Falsafiy   tafakkur   asosiy   oqimlarining   deyarli   barchasi   (qadimgi   davrdan
bizning   kunlarimizgacha)   huquqni   falsafiy   izohlashda   o’z   talqinlarini   ilgari
surishdi.   XIX-XX   asrlarga   tatbiqan   kantchilik   va   neokantchilikning,   gegelchilik,
yosh   gegelchilik   va   neogegelchilikning,   xristian   falsafiy   tafakkurining   har   xil
yo’nalishlari   (neotomizm,   neoprotestantizm   va   boshqalar)ning,   falsafiy
antropologiya,   intuitivizm,   ekzistensializm   va   boshqalarning   falsafiy-huquqiy
konsepsiyalari haqida so’z yuritish mumkin.
Biroq,   umuman   olganda,   XIX   asrning   ikkinchi   yarmidan   boshlab   va   XX
asrda   huquq   falsafasi   yuridik   fan   sifatida   ustun   darajada   ishlab   chiqila   boshlandi va,   garchi   uning   rivojlanishi   hamma   vaqt   falsafiy   tafakkur   bilan   mustahkam
bog’liq bo’lgan bo’lsa ham, asosan yuridik fakultetlarda o’qitib kelinmoqda.
Huquq   falsafasining   ilmiy   ixtisosi   va   qaysi   fanga   mansub   ekanligi
haqidagi   masalaning   bir   necha   jihati   mavjud .   So’z   umuman   huquq   falsafasi
to’g’risida   borsa,   shubhasiz,   biz   kamida   ikkita   fan   -   yuridik   fan   va   falsafaning   u
yoki   bu   asoslarini   birlashtiruvchi   «fanlararo   fan»   haqida   gapirayotgan   bo’lamiz.
Huquq falsafasi biron-bir aniq variantining huquqshunoslikka (yurisprudensiyaga)
yoki falsafaga mansubligi to’g’risidagi masala ko’ndalang bo’lar ekan, u holda gap
aslida   huquqni   tushunish   va   talqin   qilishga   yuridik   va   falsafiy   yondashuvlardagi
konseptual farq haqida boradi.
Maxsus   falsafiy   fan   sifatidagi   huquq   falsafasida   (tabiat   falsafasi,   din
falsafasi, axloq falsafasi va shu kabi maxsus falsafiy fanlar bilan birgalikda) bilish
bilan   bog’liq   qiziqish   va   tadqiqot   e’tibori   asosan   ishning   falsafiy   jihatiga,
huquqning   alohida   sohasida   falsafa   konsepsiyasini   aniqlashda   bilish
imkoniyatlarini   va   evristik   salohiyatni   namoyish   qilishga   qaratilgan.   Bunda
mazkur   obyekt   (huquq)   ning   xususiyatlariga   tatbiqan   tegishli   konsepsiyani
mazmunli   aniqlashtirishga,   uni   anglab   olishga,   ushbu   konsepsiyani   uning
metodologiyasi,   gnoseologiyasi   va   aksiologiyasi   oqimida   tushunarli   izohlash   va
o’zlashtirishga jiddiy ahamiyat beriladi.
Huquqshunoslik   (yurisprudensiya)   nuqtai   nazaridan   ishlab   chiqilgan
huquq   falsafasi   konsepsiyalarida   esa ,   ular   qanchalik   farq   qilishiga   qaramay,
odatda, tadqiqotning huquqiy motivlari, yo’nalishlari va mo’ljallari ustunlik qiladi.
Uning   falsafiy   ixtisosi   falsafiy   asosga   ega   emas,   balki   falsafiy   anglashda   uni
huquqiy soha ehtiyoji taqozo qiladigan olam, inson to’g’risidagi, ijtimoiy turmush
shakllari   va   normalari,   bilishning   yo’llari   va   metodlari,   qadriyatlar   tizimi
to’g’risidagi   falsafiy   ta’limot   tizimida   huquq   va   huquqiy   tafakkurning   mazmuni,
o’rni   va   ahamiyati   kabi   falsafiy   dunyoqarash   nuqtai   nazaridan,   muammolarga
ustun darajadagi qiziqish shu tufaylidir. Bizning falsafiy adabiyotimizda falsafiy-huquqiy tusdagi muammolar asosan
tarixiy-falsafiy   yo’nalishda   yoritiladi   (kamdan-kam   hollarda   istisno   bo’lishi
mumkin).
Yuridik   fanda   falsafiy-huquqiy   muammolarga,   garchi   yetarli   ravishda
bo’lmasa ham, an’anaviy ravishda katta e’tibor beriladi.
Gap   shundaki,   ilgari   huquqning   umumiy   nazariyasining   tarkibiy   qismi
sifatida   uning   doirasida   ishlab   chiqilgan   huquq   falsafasi   asta-sekin   umumilmiy
maqom va ahamiyatga ega bo’lgan mustaqil yuridik fan sifatida (huquq va davlat
nazariyasi,   huquq   sosiologiyasi,   huquqiy   va   siyosiy   ta’limotlar   tarixi,   xorijiy   va
milliy huquq va davlat tarixi bilan birgalikda) shakllanmoqda.
Huquq falsafasi huquqshunoslikning falsafa va boshqa bir qancha gumanitar
fanlar   bilan   fanlararo   aloqalari   jihatidan   ham,   yuridik   fanlar   tizimining   o’zidagi
aloqalar jihatidan qam bir qancha muhim metodologik, gnoseologik va aksiologik
tusdagi umumilmiy funksiyalarni bajarishga da’vat etilgan.
Huquq   falsafasining   asosiy   mohiyatini   huquq   va   falsafaning   ijtimoiy
ongning alohida shakli sifatida uning boshqa shakllari bilan uzviy bog’liqligi
tashkil   etadi.   “Huquq   falsafasi”,   avvalo,   huquqshunoslik   fanida   paydo
bo’lgan .   Biroq,   bunday   fikr   falsafada   huquq   falsafasi   yetarlicha   o’z   ifodasini
topmagan   degan   so’z   emas.   Falsafiy   ta’limotlarda,   jumladan   qadimgi   Sharq
falsafiy   ta’limotlarida,   yaxshilik   va   yomonlik,   adolat   va   adolatsizlik   masalalari,
boshqacha   so’z   bilan   aytganda   inson   hatti-harakatlarini   tartibga   solish,   ularni
boshqarish,   jinoyat   va   jazo   masalalariga   keng   o’rin   berilgan.   “Huquq
falsafasi”ning asoschilaridan biri O’rta asr fani va madaniyatiga ulkan hissa
qo’shgan olim, mutafakkir Abu Nasr Forobiydir .
Ta’kidlash   joizki   Abu   Nasr   Forobiy   ilmlarning   tuzilishini   keltirib   siyosat
ilmi, ya’ni, “ilm al-ma’daniy”, shahar haqidagi ilm, shaharni boshqarish ilmi, fikx
va musulmon teologiyasini alohida bir tarkibi ekanligini ta’kidlaydi  
. 
Tabiiyki   bu   tarixiy   davrda   “huquq   falsafasi”   alohida   siyosiy-huquqiy
ta’limot   sifatida   tahlil   etilmagan   bo’lsada ,   lekin,   jamiyat,   shaharni,   davlatni
boshqarishda kishilar o’rtasidagi munosabatlarni tartibga solishda huquqiy-falsafiy bilimlarni   yaxshi   biladigan   mutafakkir   bo’lmog’i   lozimligi   g’oyasi   Forobiy   va
boshqa   mutafakkirlar   ijtimoiy-falsafiy   qarashlarida   yetakchi   o’rinni   egallaydi.
Demak,   huquq   falsafasiga   oid   muhim,   jiddiy   ahamiyatga   molik   fikrlar   qadimgi
Sharq   va   xususan   Markaziy   Osiyo   mutafakkirlari   ta’limotlarida   mavjud   bo’lgan.
Taniqli   tarixchi   olima   D.Alimovaning   ta’kidlashicha,   “Islomiy   falsafa   zamirida
erkinlik,   rozi-rizolik,   ya’ni   demokratiya   g’oyalari   ifodalanib   kelgani,   hamda
Sharqda Ovrupadagidan ancha ilgari huquq falsafasi, mustaqil davlatchilik g’oyasi
shakllanganidandir”.
Huquq   falsafasi   huquq   haqidagi   umumnazariy,   umumfalsafiy
ta’limotdir.   Huquq   falsafasini   huquqiy   ta’limotmi   yoki   falsafiy   ta’limotmi   deb
yondashish   bir   yoqlamalikka   olib   kelishi   mumkin.   Jumladan   nemis   falsafasida
huquq  falsafasi   falsafiy  tizimning  ajralmas   qismi   bo’lgan  bo’lsa,   keyinchalik
esa huquqshunoslik fanining turli xil sohalarini rivojlanishi natijasida huquq
falsafasi   huquqning   umumnazariy   qismi   sifatida   tahlil   etiladi .   Huquq
falsafasida avvalo huquqiy pozitivizm ko’proq o’rin egallagan edi. Huquq falsafasi
o’z   rivojlanishining   keyingi   bosqichlarida   falsafa   va   huquqshunoslikning   birligi
asosida yuzaga kelgan alohida bir yo’nalish sifatida paydo bo’ldi.
  Gegel   huquq   falsafasining   nazariy   asosini   uning   falsafiy   ta’limoti   tashkil
etadi.   Shuningdek,   huquq   falsafasining   predmeti   masalasida   ham   Gegel   o’zining
tafakkur   va   borliqning   ayniyligi   falsafiy   g’oyasidan   kelib   chiqadi.   Uning
rasionalizmi   esa   huquq   falsafasiga   oid   ta’limotda   ham   o’z   ifodasini   topadi.
Binobarin   ana   shulardan   kelib   chiqqan   holda   Gegel   falsafa   fanining,   jumladan,
huquq   falsafasining   vazifalarini   “ mavjud   narsa   va   hodisalarni   anglashdan
iborat chunki ular aqldir ” - deb hisoblaydi. 
Huquq falsafasi predmeti va vazifalarining bunday talqini mavjud huquq va
qonunning   tabiiy   huquqiy   konsepsiyalariga   hamda   tabiiy   huquqning
antirasionalistik tanqidiga zid bo’lgan ta’limot edi.
Gegelning   huquqqa   oid   g’oyalari,   mohiyat   e’tibori   bilan   uning   huquq
falsafasining   predmeti   hamdir .   Lekin,   modomiki,   gap   Gegel   huquq   falsafasi
haqida borar ekan, konkret-tarixiylik prinsipini ham unutmasligimiz kerak. Uning huquq   falsafasida   muayyan   ijtimoiy-siyosiy   munosabatlar   ham   o’z   ifodasini
topgan.   Gegelning   huquq   falsafasiga   oid   nazariyasi   “hodisani   qanday   bo’lsa
shundayligicha   emas”,   balki   “hodisaning   qanday   bo’lishi   kerakligi”   muammosini
ifodalaydi.
Falsafiy   ta’limotlar,   shuningdek   huquqning   falsafiy   tahlili   yuridik   fanlarga,
falsafiy-huquqiy kategoriyalarga va ayni paytda huquqiy fanlar nazariyasi, huquqiy
problematikalarni   falsafiy   tahliliga   ijobiy   ta’sir   etib   kelmoqda.   Huquq   falsafasi
mazkur tarixiy davrda asosan yuridik fan sifatida e’tirof etilgan va ko’plab nufuzli
universitetlarda   yuridik   fakultetlarda   o’qitilib   kelingan.   Sharqda   esa   huquq
falsafasi   islom   falsafasi,   fikx   bilan   uzviy   bog’liq   bo’lgan   va   barcha   dunyoviy   va
diniy bilim maskanlarida o’qitilgan.
Huquq   falsafasi   umumdialektik   qonuniyatlarning   huquqiy   munosabatlar
jarayonida namoyon bo’lishini  va huquqiy hayotni (borliqni) jamiyatning tarkibiy
qismi bir butun yaxlitlikda, bo’lgan obyekt sifatida o’rganadi.  
Huquq  falsafasining  fan  sifatida  asosiy  xususiyatlaridan  biri   shundaki,
u   umumilmiy   fanlar   jabhasiga   mansubdir .   Chunki,   unda   kamida   ikki   fan   –
yuridik   fan   va   falsafa   mujassamdir.   Huquq   falsafasini   faqatgina  huquq   va  falsafa
fanlarining   yig’indisidangina   iborat   bo’lgan   deb   yondashish   hozirgi   davrda
shakllanib   va   rivojlanayotgan   huquq   falsafasining   mazmun   va   mohiyatini   to’la
ifoda eta olmaydi. Mazkur fanning tarkibida boshqa bir qator fanlar tahlil etadigan
va ularni   huquq falsafasida  o’ziga  xos  yechimlari   mavjud ekanligi,  o’z  navbatida
huquq   falsafasi   fani   huquq   va   falsafadan   tashqari   huquq   sosiologiyasi,   siyosiy
sosiologiya,   politologiya,   psixologiya,   mantiq,   axloqshunoslik   fanlarini   o’zida
mujassam   etadi   deyishga   asos   bo’ladi.   Demak,   huquq   falsafasining   fanlararo,
integrativ   xarakteri   mazkur   fanning   umumiy   xossasi   hisoblanadi .   Chunki,
huquq falsafasi  yuristlar yoki faylasuflar tomonidan yaratilishidan qat’iy nazar bu
umumiylik   saqlanib   qoladi.   Huquq   falsafasining   qaysi   bilim   sohasiga   mansubligi
masalasi mazkur masalaga konseptual yondashishni taqozo etadi.
Huquq   falsafasining   asosiy   masalalardan   biri   bu   -   “Huquq   nima?”   degan
masaladir.   Ammo   mazkur   masala   boshqa   bir   qator   huquqiy   fanlarning   va   avvalo davlat va huquq nazariyasining ham o’rganish obyekti hisoblanadi. Gap shundaki
huquq   falsafasi   huquqning   maxsus   yuridik   jihatlarini   emas,   balki   uning   eng
umumiy   sifati   belgilarini   ijtimoiy   hayotning   muhim   atributlaridan   biri   sifatida
o’rganadi. Jamiyat hayotida huquqiy jarayonlarning rivojlanish qonuniyatlari ham
huquq falsafasining predmeti hisoblanadi.   Huquq – ijtimoiy hodisa bo’lib inson
hatti–harakatlarini   tartibga   soluvchi   va   davlat   tomonidan   qabul   qilingan
normalar majmuidir . Mazkur normalarga rioya qilish jarayonini davlat apparati,
huquqni   muhofaza   qilish   organlari   amalga   oshiradi.   Bozor   munosabatlari
shakllanayotgan   bir   davrda,   demokratik   huquqiy   davlat   qurilishida   huquqning
ta’sir   doirasida   avvalo   moddiy   ne’matlar   ishlab   chiqarish,   taqsimot   va   tovar
almashuv,   mulkning   turli   xilligi   va   ular   o’rtasidagi   o’zaro   munosabatni
shakllantirishda,  huquq  muhim  vazifani  bajaradi.  Huquqning  jamiyat  hayotida  bu
kabi namoyon bo’lishini,   uning regulyativ funksiyasi   deb ataladi. Gap shundaki,
umuman   huquqni   falsafiy   kategoriyalar   orqali   tahlil   etadigan   bo’lsak,   unda
alohidalik   va   umumiylik   dialektikasi   namoyon   bo’ladi.   Huquq,   falsafa
umumiylikni tashkil etsa, huquqning turli sohalari esa ayrimlikni ifodalaydi. 
Demak huquq ijtimoiy hayot bilan uzviy bog’liq bo’ladi. Ayni paytda huquq
nisbiy   mustaqillikka   ham   egadir.   Huquqni   falsafiy   tahlil   etar   ekanmiz,   uni
iqtisodiyotning   shunchaki   ifodasi   deb   tushunmaslik   kerak.   Chunki,   huquqda
ijtimoiy-siyosiy,   tarixiy   faktorlarni   din,   axloq   va   ijtimoiy   ongning   boshqa
shakllarini ta’sir etishi va huquqda ularni o’ziga xos namoyon bo’lishini inobatga
olish   kerak   bo’ladi.   “Ubi   societas   ubi   jus”   ya’ni   “huquqsiz   jamiyat   bo’lmaydi”
tezisi hozirda falsafa va huquq fanlarida keng tarqalgan.
Darhaqiqat   huquq,   falsafa,   din   kabi   qadim-qadimlardan   mavjud   bo’lgan.
Shuning   uchun   huquqni   paydo   bo’lishi   va   rivojlanishini   falsafada   faqat   sinflarni
paydo bo’lishi bilan bog’lab qo’ymaslik kerak. Ilk huquqiy normalar sinflar paydo
bo’lishidan ilgari paydo bo’lgan. Masalan, qadimgi Hind falsafasida “yaxshilik va
yomonlik”,   ”nima   mumkinu   nima   mumkin   emas”,   “aybdor   va   ayblovchi”   va
hokazolar ibtidoiy davrning ilk bosqichlarida ham mavjud bo’lgan. Din, mifologiya, falsafa bilan bir qatorda huquq ham ijtimoiy tarixiy hodisa
bo’lib, dunyoqarashning turlaridan desak yanglishmagan bo’lamiz.
Huquq   falsafasi   yuqorida   qayd   etilgandek   huquqning   konseptual
masalalarini tadqiq qiladi. Huquqning mazmuni, mohiyati, uning nazariy asoslari,
jamiyat   hayotidagi   o’rni   va   ahamiyati   masalalari   huquq   falsafasining   obyekti
hisoblanadi. Huquq falsafasida jamiyat va davlat masalasi  ham asosiy o’rinlardan
birini egallaydi.
Ma’lumki, huquq tushunchasi falsafa tushunchasi kabi kompleks xarakterga
ega bo’lib, barcha huquqshunoslik fanlarining asosiy tushunchalaridan hisoblanadi.
“ Falsafiy   bilim,   kompleks,   integral   bilimning   alohida   bir   turidir ”,   -   deb
ta’kidlaydilar prof. P.V.Alekseyev va A.V.Paninlar. Mazkur muammoning yanada
chuqurroq   tahlil   etib,   boshqa   bir   faylasuf   akad.   A.G.Spirkin   “ Falsafaning
predmeti   –  borliqni   alohida   bir  tomoni   bo’lmay,  balki   borliqning   bir  butun,
yaxlit   mazmunining   majmuidir ”   –   deydi.   Bu   ma’noda   huquqning   umumiy
tushunchasi ya’ni davlat va huquq nazariyalaridan tortib toki huquqning muayyan
sohalari   uchun   mazkur   tushuncha   metodologik   ahamiyatga   molik   tushunchadir.
Huquq tushunchasisiz   huquqiy fanlar   mavjud bo’la  olmaydi.  Huquq  falsafasining
yana bir xususiyati shundaki, u huquqiy makon va huquqiy zamon tushunchalarini
o’rganadi. Chunki, huquq muayyan makonda va vaqtda mavjud bo’ladi. Umuman
abstrakt,   mavhum   huquq   bo’lishi   mumkin   emas.   Huquq   falsafasi   huquqni
abstraktlik va konkretlikni dialektik birligi sifatida o’rganadi .
Huquq   falsafasining   predmeti   masalasi   MDH   davlatlarining   yetakchi
mutaxassislarining   diqqat   markazida   bo’lgan.   Masalan   D.A.Kerimov   fikricha,
“ Huquq   falsafasining   predmeti   huquqiy   borliqning   mantiq,   dialektika   va
bilish   nazariyasi   yaratish   sifatida   tavsiflash   mumkin ”.   Mazkur   fikr   uning
boshqa   tadqiqotlarida   ham   o’z   ifodasini   topgan.   Yu.Ya.Baskin   huquq
falsafasining   predmetini   ijtimoiy   munosabatlarni   ifodalovchi
tushunchalarning   shakllanishi   va   rivojlanishi   tarixi ”   sifatida   talqin   etadi.
V.S.Nersesyans   esa   o’zining   “Huquq   falsafasi”   darsligida   huquq   falsafasining
predmetini   “ Huquq   va   qonun   munosabati   hamda   tafovuti ”   muammosi ekanligiga   e’tiborini   qaratadi.   S.S.Alekseyev   esa   huquq   falsafasi   bu   “ kishilar
hayotida   inson   borlig’ida   huquqning   ahamiyati   haqidagi   fan ”   -   deb   e’tirof
etadi.   Yu.G.Yershov   esa   huquq   falsafasini   “ huquqni   bilishni,   aksiologik   va
ijtimoiy   asoslari   haqidagi   fan ”   -   deb   hisoblaydi.   Huquq   falsafasining   predmeti
haqida   boshqa   nuqtai   nazarlar   ham   mavjud.   Keltirilgan   ta’riflarning   barchasida
huquq   falsafasining   predmeti   bo’lib   avvalo   ijtimoiy   hayotda   huquqning   o’rni   va
ahamiyati   ekanligi   ta’kidlanadi.   Yuqorida   keltirilgan   ta’riflardan   kelib   chiqib
huquq falsafasining  predmeti  - bu jamiyat  va  inson hayotida huquqning mohiyati
mazmuni   o’rni   deb   hisoblash   mumkin.   Zero   huquq   falsafasi   inson   borlig’ining
huquqiy asoslarini o’rganadigan fandir.
Huquq   falsafasi   –   huquqni   o’rganishning   boshqa   sohalari   bilan   bir
qatorda   siyosiy-huquqiy   jarayonlarni   bilishni   yuqori   bosqichlaridan   biri
hisoblanadi.   Huquq   falsafasi   –   siyosiy-huquqiy   jarayonlarni   mazmunini
dialektikasini   hamda   ularning   inson   hayotidagi   o’rni   va   ahamiyatini
o’rganadi . Huquq falsafasi nuqtai nazaridan qaralganda, huquq, huquqiy amaliyot,
kishilarning   real   huquqiy   faoliyati   va   mavjud   qonunlar   tizimi   o’rtasida
ziddiyatlarni   o’zida   ifoda   etadi.   Bunday   ziddiyatlarni   bilish   va   ilmiy   jihatdan
baholash   pirovard   natijada   huquqiy   nazariyaning,   shuningdek   mavjud   qonunlar
tizimini ham real hayotga muvofiq tarzda takomillashtirish imkoniyatini tug’diradi.
Prof.   A.Qodirov   siyosat   falsafasi   va   huquq   falsafasi   munosabati   muammosiga
alohida   e’tiborini   qaratadi.   Qonun   chikaruvchi,   ijro   etuvchi   va   sud   hokimiyatlari
faqat mavjud qonunlarga tayanib qolsa, ularni takomillashtirishga, hayot ehtiyojlari
bilan   mos   keltirishga   urinmasa,   hayot   o’zi   ularni   inkor   etadi.   Shuning   uchun
qonunlar   hayotiy   bo’lishi   kerak.   Ammo   hayotiy   bo’lishi   ularni   doimo   o’zgartirib
turishni  anglatmaydi. Aks holda jamiyatda beqarorlik yuzaga keladi. Bu holatdan
chiqish   uchun   huquqning   metodologiyasi   bo’lgan   –   huquq   falsafasiga   murojaat
etishga to’g’ri keladi. Huquq falsafasi huquqiy norma va kategoriyalarnigina emas,
balki   qonunlar   sistemasini   ham   mantiqan   tahlil   etish,   umumlashtirish,   qiyoslash,
aniqlash,   tavsiflash,   tasniflash   va   asoslash   imkoniyatini   beradi.   Eng   asosiysi   –
qonunga metodologik jihatdan to’g’ri ta’rif beriladi. Shuningdek, huquqiy jabhalar o’rtasidagi   o’zaro   munosabatlar   tahlil   etiladi,   huquqiy   nigilizmga,   eklektika   va
dogmatizmga yo’l qo’yilmaydi. Yuqorida qayd etilganlardan, nazarimizda muhim
bir   muammo   kelib   chiqadi,   u   ham   bo’lsa,   huquq   nazariyasi,   huquq   falsafasi   va
huquq   sosiologiyasi   o’rtasida   birlik   munosabatlari   mavjud   bo’ladimi   yoki
aynanlikmi?
Darhaqiqat   huquq   falsafasining   predmeti   hamda   uning   jamiyat   hayotidagi
o’rni muammosini  to’laroq tushunmoq uchun huquq nazariyasini, huquq falsafasi
va huquq sosiologiyasi bilan munosabatlariga aniqlik kiritish kerak bo’ladi. Huquq
nazariyasi, huquq falsafasi va huquq sosiologiyasi murakkab tarkibiy va funksional
tafovutni   ifodalovchi   tushunchalardir.   Mazkur   muammoning   muhim   nazariy   va
amaliy   ahamiyati   shundaki,   bu   ijtimoiy–siyosiy   jarayonlarning   boshqarishning
ilmiy asosini tashkil etadi. Avvalo shuni ta’kidlash kerakki, biror-bir predmet yoki
hodisaning   birligi   muqarrar   ravishda,   har   doim   ham   ularning   aynanligini
ifodalamaydi. Bu holni fan taraqqiyotida ham kuzatish mumkin, masalan davlat va
huquq   nazariyasining   ichki   mantiqiy   birligi,   huquq   falsafasi   va   huquq
sosiologiyasining ayniyligini ifodalamaydi.  Aksincha, ular mustaqil ilmiy va o’quv
predmetlari   sifatida   takomillashmoqda,   rivojlanmoqda.   Yoki   boshqa   bir   misolni
olib   ko’radigan   bo’lsak,   davlat   va   huquq   nazariyasining   birligi,   davlat   nazariyasi
va huquq nazariyasini aynanligini anglatmaydi va ularning alohida mustaqil ilmiy
yo’nalish   sifatida   o’rganishga   to’siqlik   qilmaydi.   Falsafa   fani   huquqiy   fanlar
rivojlanishi   jarayonida   paydo   bo’lgan   murakkab   nazariy   muammolarni   hal
etishning   metodologik   asosidir.   Bu   vazifani   falsafa   turli   usullar   bilan   amalga
oshiradi,   chunonchi,   kishilar   ilmiy   bilish   faoliyatining   umumnazariy   shart–
sharoitlar i ni   shakllantirish ,   subyekt   faoliyatining   asosiy   tamoyillarini   aniqlash,
dunyoqarash   muammolarini   ishlab   chiqish   va   boshqalar   ana   shunday
vazifalardandir.   Mazkur   jarayonning   asosini   esa,   ijtimoiy   ehtiyojlar   va   obyektiv
jarayonlar tashkil etadi.
Shunday   qilib,   huquq   rivojlanishining   umumiy,   ilmiy   qonun   va
qonuniyatlari, uning ijtimoiy hayotdagi o’rni huquq falsafasining predmetini
tashkil etadi . Huquqning   umumiy   nazariyasi   huquqiy   hodisalarni   umumiylashtirib
o’rganadi.  Huquq falsafasi esa ularning mohiyati va mazmunini aniqlash bilan
shug’ullanadi .   Binobarin   huquq   nazariyasi   yuridik   hodisalarni   tahlil   etsa,   huquq
falsafasi   esa   yuridik   hodisalarni   ijtimoiy   hayotdagi   o’rnini   o’rganadi   va   ularga
baho   beradi.   Huquq   nazariyasi   huquqiy   hayotni,   tarixiy   taraqqiyotning   bir
bosqichida   qanday   bo’lsa,   shundayligicha   o’rgansa,   huquq   falsafasi   esa   huquqni
qanday bo’lishi lozimligini o’rganadi. Huquq nazariyasi bilan huquq falsafasi bir-
birini to’ldiradi, boyitadi. Ularni qarama-qarshi qo’yish yoki huquq nazariyasidan
gnoseologik,   aksiologik   masalalarni   olib   tashlash,   har   ikkala   fan   uchun   ham
zararlidir.
Huquqiy   hodisalarni   huquq   sosiologiyasi   ham   o’rganadi.   Huquqni   falsafiy
tahlilidan   farqli   ravishda,   huquq   sosiologiyasi   jamiyatda   huquqni   rivojlanishining
ijtimoiy   jihatlarini   tahlil   etadi.   Huquqni   ijtimoiy   funksiyalari   huquqni   ijtimoiy
tabiati,   uning   ijtimoiy   hayotga   ta’sir   etish   shart-sharoitlarini   va   huquqni   ijtimoiy
hodisalarga   bog’liq   ekanligi   haqida   ta’limot   huquq   sosiologiyasining   asosiy
mazmunini tashkil etadi. O’tmishda huquq falsafasi, huquq sosiologiyasi, huquqiy
mantiq, huquqiy psixologiya fanlarini o’z ichiga olgan ta’limot bo’lgan, hozir esa
mazkur  huquqiy fanlar  huquq falsafasidan  ajralib chiqib, mustaqil  huquqiy fanlar
maqomiga   ega   bo’lgan   fanlar   hisoblanadi.   Huquq   falsafasining   boshqa   fanlar
bilan, ayniqsa huquqni o’rganuvchi fanlar bilan munosabati masalasi muhim
nazariy   ahamiyatga   ega .   Ayniqsa   huquq   falsafasining   tabiiy   va   pozitiv   huquq
bilan munosabati ana shunday masalalardandir
Xo’sh,   tabiiy   huquq   nima ?   Ba’zi   hollarda   tabiiy   huquq   degan   iborada
tabiat istilosining mazmuniga e’tibor etilib, mazkur huquq sohasini tushuntirishda
noizchillikka   yo’l   qo’yiladi.   Tabiiy   huquq   kelib   chiqishi   qadimgi   Sharq   falsafiy–
huquqiy   ta’limotiga,   antik   davr   ijtimoiy   falsafasiga   borib   taqaladi.   Tabiiy   huquq
ta’limoti, keyinchalik Farobiiy, Marg’inoniy, Beruniy, Ibn Sino, Navoiy, Avloniy
falsafiy   qarashlarida,   Yevropada   esa   XVII-XVIII   asrlarda   Dj.Lokk,   J.J.Russo,
Sh.Monteskye va boshqalarning qarashlarida o’z ifodasini topgan. Hozirgi davrga
kelib tabiiy huquq siyosiy, huquqiy tushuncha bo’lib, ijtimoiy taraqqiyotga bog’liq bo’lmagan holda insonning tabiiy holatidan kelib chiqadigan uning haqqi-huquqini
va huquqiy tamoyillarning majmui deb ta’riflash mumkin.
Huquq   falsafasi   axloqni   ayniqsa,   metafizik   tafakkurni   huquqqa   bog’lash,
ya’ni   shaxs   huquqi   va   majburiyati   haqida   mavhum   konsepsiyalar,   adolatning
mohiyati,   tabiiy   huquq   va   h okazo larni   o’rganmog’i   lozim   bo’lgan   edi.   Huquq
falsafasi   huquqning   ichki   mohiyati   va   ahamiyatini,   mazmunini   o’rganadi .
Yuqorida qayd etilgan fikrlardan kelib chiqib, huquq falsafasi davlat va huquqning
u   yoki,   bu   jihati   bo’lmay,   balki   ularning   birligi   va   jamiyat   taraqqiyoti   bilan
bog’liqligidir. 
Shunday qilib huquq falsafasi, huquq nazariyasiga nisbatan bir muncha keng
qamrovli   muammolarni   o’z   ichiga   oladi   va   u   huquqiy   tamoyillarni   ya’ni   huquq
yaratuvchilik   va   huquqni   amaliyotga   qo’llashning   asosi   bo’lgan   axloqiy-huquqiy
tamoyillarni o’rganadi. 
Mustaqil O’zbekiston Respublikasida huquq falsafasi milliy istiqlol g’oyasi,
milliy   mafkuraning   ajralmas   qismi   sifatida   qadriyatlarimizning   maxsus   yuridik
falsafasidir. Huquq falsafasida asosiy e’tibor faqat huquqiy me’yorlargagina emas,
balki ijtimoiy me’yorlarga asoslanishi nazarda tutiladi”. 
Huquqiy   va   siyosiy   onglilik   esa   mana   shu   jarayonning   har   bir   bosqichida
namoyon   bo’ladi.   Demak,   huquq   falsafasida   obyektivlik   va   subyektivlik
kategoriyalari   ayni   bir   xil   tushunchalar   hisoblanmasada,   falsafadagi   kabi   ular
o’rtasidagi   keskin   ziddiyat   mavjud   bo’lmaydi.   Huquq   falsafasida   obyektivlik   va
subyektivlik o’rtasidagi munosabatlar nisbiy xarakterga ega bo’ladi. Demak, huquq
ijtimoiy   ong   omillaridan   biri   sifatida,   obyektiv   va   subyektivlikning   birligidan
iboratdir.
Huquqning obyektivligi, uning muayyan ijtimoiy munosabatlarining mahsuli
ekanligi   bo’lsa,   uning   subyektivligi   esa,   kishilarning   ongli   ijodiy   faoliyatlarining
natijasi   o’laroq,   davlatning   irodasini   ifodalaydi   va   kishilarning   ongli   faoliyatida
qo’llaniladi.
Shunday   qilib,   huquq   falsafasining   mazmuni   va   tarkibini   chuqur   bilish
uchun   huquqni   faqat   yuridik   tushuncha   sifatida   emas,   balki   uni   ijtimoiy   ongning alohida   bir   shakli   va   ijtimoiy   ongning   boshqa   shakllari   bilan   uzviy   bog’liqligini
e’tirof   etish   zarur   bo’ladi.   Huquqning   falsafiy   mohiyati   uning   ijtimoiy-tarixiy
xarakterga   ega   ekanligi   bilan   ham   belgilanadi.   Mazkur   ma’noda   huquq   falsafasi
inson   borlig’i   va   uning   yashashi   falsafasidir   va   uning   asosida   tabiiy   va   pozitiv
huquq ta’limoti yotadi.
“Mustaqillikning   birinchi   kunlaridan   boshlab   o’z   oldimizga   qo’ygan   ezgu
maqsadga   erishish,   ya’ni   yurtimizda   ijtimoiy   yo’naltirilgan   bozor   iqtisodiyotiga
asoslangan huquqiy demokratik davlat qurish, inson, uning manfaatlari, huquq va
erkinliklari   eng   oliy   qadriyat   hisoblanadigan   fuqarolik   jamiyatini   shakllantirishda
Konstitusiyamizning mustahkam poydevor bo’lib kelayotganini mamnuniyat bilan
e’tirof etamiz”.
O’zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   I.A.Karimovning   ta’kidlashicha,
«O’tmish davri  sharoitida fuqarolik jamiyati asoslarini  shakllantirish jarayoni  yuz
berayotgan bir  paytda O’zbekiston aholisi  turli qatlamlarining manfaatlarini ifoda
etishi lozim bo’lgan keng tarmoqli, ko’ppartiyaviy tizim kabi demokratik institutlar
hamda   boshqa   jamoat   tashkilotlarining   qaror   topishi   ham   muhim   ahamiyat   kasb
etmoqda.
Siyosiy nuqtai nazardan baholaganda fuqarolik jamiyatidagi siyosiy tizim va
siyosiy   boshqaruvning   mazmun-mohiyatini   huquqiy   davlatchilik   ifoda   etadi.
Boshqacha   aytganda,   huquqiy   davlat   fuqarolik   jamiyatining   siyosiy   mohiyatini,
siyosiy   shaklini   tashkil   etadi.   Bu   ikki   hodisaning   o’zaro   munosabati   shakl   bilan
mazmunning   o’zaro   aloqadorligini   aks   ettiradi.   Bundan   kelib   chiqadigan   xulosa
shuki, fuqarolik jamiyati to’la ma’noda mavjud bo’lishining shak-shubhasiz sharti
huquqiy   davlatning   mavjudligidir.   Va,   aksincha,   huquqiy   davlat   faqat   fuqarolik
jamiyatidek ijtimoiy makonda qaror topishi va faoliyat yuritishi mumkin.
Fuqarolik   jamiyati   bilan   huquqiy   davlatning   o’zaro   nisbatini   iqtisod   bilan
siyosatning nisbati tarzida izohlash o’rinli bo’ladi. Buni O’zbekiston misolida ham
yaqqol   ko’rish   mumkin.   Zero,   iqtisodiy   islohatlar   tegishli   demokratik   siyosiy
tuzilmalar, institutlar mavjud bo’lishini taqozo etadi. 
  “Amalga   oshirilayotgan   islohotlarimizning   mamlakatimizda   kuchli fuqarolik   jamiyatiga   asoslangan   huquqiy   demokratik   davlat   qurish   bo’yicha   biz
tanlab olgan yo’lning mantiqiy va qonuniy davomi bo’lishini nazarda tutgan holda,
ularning   uzviyligi,   bosqichma-bosqichligi   va   izchilligini,   boshqacha   aytganda,
tadrijiyligini saqlash shart” 
Huquq   va   davlat   tushunchalarini   o’rganishda   O’zbekiston   Respublikasi
Prezidenti I.A.Karimovning asarlari muhim metodologik asos bo’lib xizmat qiladi.
Bu   asarlarda   o’z   aksini   topgan   nazariy   g’oyalar   sun’iy   ravishda   inkor   qilingan
ta’limotlarni o’rganish va fan doirasiga kiritish imkonini beradi. Xalqimiz o’zining
buyuk   allomalariga   nazar   solmoqda,   ularning   ibratli   ishlar i dan   saboq   olishga
intil moqda .   «Mustaqilligimizni   dastlabki   kunlar i danoq   ajdodlarimiz   tomonidan
ko’p   asrlar     mobaynida   yaratib   kelingan   g’oyat   ulkan,   bebaxo   ma’naviy   va
madaniy merosni tiklash davlat siyosati darajasiga ko’tarilgan g’oyat muhim vazifa
bo’lib qoldi» 
Ajdodlarimizning   davlatchilik   g’oyalarini   o’rganish,   ijtimoiy-siyosiy   fikrga
xos   xususiyatlarini   bilish   zaruriyati   tobora   oshib   bormoqda.   O’tmish
mutafakkirlarini   adolatli   jamiyat   va   davlat   qurilishi   va   boshqarish   ta’moyillari
haqidagi   ta’limotlari   bizni   hayajonlantirgan   savollarga   javob   topishda,   ibratli
ishlardan   saboq   olishga   ko’maklashadi.   Ularning   barchasi   odamlar   o’rtasidagi
munosabatlarni   yaxshilashga   va   takomillashtirishga   qaratilgan   ijtimoiy   idealni
izlash,   adolat   va   tenglik   prinsiplariga   asoslangan   jamiyatni   qurish   g’oyalarini
targ’ib qildilar.
O’zbekiston   ijtimoiy-siyosiy   fikriga   xos   xususiyatlardan   biri   shundan
iboratki, uning namoyondalari davlat, xokimiyat, adolat masalalarini islom siyosiy
madaniyatga tayangan holda hal qilishga harakat qildilar.
«Vatanimiz  azaldan  bashariyat   tafakkuri  xazinasiga   unitilmas   h issa  qo’shib
kelgan.   Asrlar   mobaynida   xalqimizning   yuksak   madaniyat,   adolatparvarlik,
ma’rifatparvarlik kabi ezgu fazilatlari Sharq falsafasi va islom dini ta’limoti bilan
uzviy   ravishda   rivojlandi.   Va   o’z   navbatida   bu   falsafiy   ahloqiy   ta’limotlar   ham
xalqimiz dahosidan ba h ra ol i b boyib bordi. Bizning kelajagi buyuk davlatimiz   ana
shu   falsafaga   uyg’un   h olda   Xo’ja   Axmad   Yassaviy,   Xo’ja   Bahovuddin N aqshbandiy,   Imom   al-Buxoriy,   Abu   Iso   Muhammad   at-Termiziy ,   Amir   Temur,
Mirzo   Ulug’bek,   Alisher   Navoiy,   Bobur   Mirzo   singari   mutafakkir
ajdodlarimizning dono fikrlariga uyg’un holda shakllanishi lozim».
O’zbekiston ning  ijtimoiy va siyosiy fikriga xos  x ususiyatlardan yana biri shundaki,
unda   ahloq   masalalari   yetakchi   o’rin   egallaydi.   Uning   namoyondalari   ezgulik,
yaxshilikni bilishga intildilar, axloqiy qonun va tamoyillarga amal qilish insonning
oliy ma’naviy burchi deb bildilar.
  Foydalanilgan adabiyotlar:
1.   Алексеев   С . С .   Право   –   азбука ,   теория ,   философия :   опыт   комплексного
исследования .  М., 1999. 
2.   Гегель   Г.В.Ф.   Философия   права:   Пер.   с   нем.   /   Ред   и   сост.   Д.А.   Керимов,
В.С. Нерсесянц; Авт. вступ. ст. и примеч. – В.С. Нерсесянц. М., 1990. 
3.   Зорькин   В.Д.   Философия   права:   прошлое,   настоящее   и   будущее   //
Философия права в начале  XXI  столетия через призму конституционализма и
конституционной экономики /   Под ред.  В.В.   Миронова,  Ю.Н. Солонина  М.,
2010. 
4. Кальной И.И. Философия права: СПб., 2006.
5.   Керимов   Д.А.   Методология   права:   Предмет,   функции,   проблемы
философии права. 4-е изд. М., 2008. 
6.   Миронов   В.В.   Еще   раз   о   специфике   философии   //   Вестник   Российской
академии наук. 2011. Т. 81. № 3. 
7. Михайловский И.В. Очерки философии права. Томск, 1914. Т. 1. 
8. Нерсесянц В.С. Философия права: Учебник. 2-ое изд., перераб. и доп. М.,
2008. 
9. Философия  права:  Курс  лекций:  Учебное   пособие.  В  2 т.  Т.  1. /   Отв.  ред.
М.Н. Марченко. М., 2011. 
10. Хабриева Т.Я. Конституционные реформы в современном мире // Вестник
Российской академии наук. 2016. Т. 86. № 7. С. 579–586. 
11.   Чернавин   Ю.А.   Проблема   предмета   философии   права   //   Вестник
московского государственного областного университета. Сер. «Философские
науки». 2013. № 3. С. 70–76. 
12. Чичерин Б.Н. Философия права. М., 1990. 13. Шершеневич Г.Ф. История
философии права.  2-е изд. СПб., 1907

Huquq falsafasining umumiy muammolari. Reja: 1.1. Zamonaviy huquq falsafasining ob'ekti, predmeti va asosiy funktsiyalari. 1.2. Huquq falsafasining asosiy paradigmalari va uning rivojlanishi. 1.3. Huquq falsafasi - falsafiy va huquqiy ilmiy bilimlar tizimida. Amaliy topshiriqlar.

Tarixiy manbalarda yozilishicha, falsafiy-huquqiy tadqiqotlar uzoq va boy an’analarga ega bo’lsada, “ huquq falsafasi” tushunchasi esa biroz keyinroq, ya’ni X VIII asrning oxirlarida paydo bo’ldi. Falsafiy-huquqiy yo’nalishlardagi muammolar qadimgi davrlarda, avval umumiy mavzularning alohida bir lavhasi va jihati sifatida o’rganilgan bo’lsa, keyinchalik esa fanning alohida, mustaqil predmeti sifatida–asosan tabiiy huquq ta’limoti sifatida falsafa, fikh, teologiya, siyosiy fanlar doirasida tadqiq etilgan . Bugungi kunda huquq falsafasi mustaqil ilmiy va o’quv fani sifatida yoritiladi. Biz kundalik hayotda turli iboralarni uchratamiz, jumladan, “hayot falsafasi”, “yashash falsafasi”, “tarix falsafasi”, “Islom falsafasi”, “qadriyatlar falsafasi” va boshqalar. Bu iboralarni qo’llash bevosita ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlar mustaqillik tufayli, mafkuraning milliy istiqlol g’oyasining nazariy asosi bo’lgan ilmiy pragmatik falsafaning shakllanishidan dalolat beradi. Hozirgi paytda falsafiy fanlar alohida olingan hukmron mafkuraning izmidan holi bo’lgan sharoitda mazkur fanning inson hayoti bilan, respublikamizda olib borilayotgan siyosiy, huquqiy, iqtisodiy islohotlar bilan uzviy bog’liq holda rivojlanmoqda. Tariximizni, uning falsafasini chuqur o’rganmasdan, tarix va falsafaning, huquq falsafasini uzviy bog’liq holda tahlil etmasdan turib, huquq falsafasining mohiyatini tushunib yetish qiyin. Prezident I.Karimov ta’kidlaganidek “ tarix va falsafa mantiqiy ravishda bir-birini taqozo etadigan, kerak bo’lsa, to’ldiradigan, taraqqiyot jarayonlari haqida yaxlit tasavvur beradigan, oq–qorani farqlashda asos bo’ladigan fanlardir”. Binobarin “ jahon falsafasi ” ni, dunyo tan olgan ulu g’ faylasuflarning ta’limotlarini bilish ham huquq falsafasining muhim jihatlaridan biridir. Huquq falsafasi – huquqni o’rganishning boshqa turlari va usullari bilan birgalikda – huquqni bilishning, uning ma’no-mohiyatini, odamlar hayotidagi qimmati va ahamiyatini anglash hamda qaror toptirishning oliy ma’naviy shakli hisoblanadi.

Huquq falsafasi – huquqshunoslik va davlatshunoslikning eng umumiy nazariy-dunyoqarash muammolari haqidagi fan. Uzoq vaqt davomida falsafiy tizimlarning tarkibiy qismi bo’lib kelgan. Qadimgi davr (Suqrot, Aflotun, Arastu) falsafasida huquq va adolat, huquq va qonun, huquq va kuch, ijtimoiy qadriyatlar iyerarxiyasida huquqning o’rni haqidagi muammolar muhokama qilingan. Huquq falsafasi Ma’rifatparvarlik falsafasida (masalan tabiiy huquq doktrinasi) va nemis klassik falsafasida (masalan Gegelning «Huquq falsafasi») huquq falsafasi ancha katta o’rin egallagan. Hozirgi jamiyatda huquq falsafasi – keng taraqqiy etgan yuridik fanning tarkibiy qismi; ko’pincha «huquq falsafasi» termini huquq to’g’risidagi umumiy nazariya (umumiy ta’limot)ning sinonimi sifatida ishlatiladi. Lekin XIX asr oxiridan boshlab huquq falsafasi ko’pincha torroq ma’noda, amaldagi huquqni emas, balki huquq asosidagi ideal, ma’naviy asoslarni o’rganadigan huquqning umumiy nazariyasi va sosiologiyasidan farq qiluvchi mustaqil fan deb tushuniladi. Bunday tushuniladigan huquq falsafasining asosiy tushunchasini neokantchilar (R.Shtammler, G.Radbrux, B.A Kistyakovskiy va b.) yoki neogegelchilar (Yu.Binder, K.Lorens va boshqalar) talqinidagi «huquq g’oyasi» tashkil etadi. XX asr o’rtalarida G’arbdagi liberal huquq falsafasida Gusserl ta’limotiga, neorealizmga, ekszistensializmga hamda neotomizmga asoslangan oqimlar yetakchilik qiladi. Huquq falsafasi – huquqning mohiyati, vujudga kelishi, huquqiy qoidalarning axloqiy normalar bilan mutanosibligi va shu kabi boshqa muammolarning falsafiy talqini bilan shug’ullanadi. Huquq falsafasi – huquqiy ongni, huquqiy madaniyatni, ijtimoiy nazoratning boshqa huquqiy usul va vositalarini nazariy-amaliy jihatdan ishlab chiqadi. Taraqqiyot jarayonida falsafadan tabiatshunoslik fanlari bilan birga psixologiya, etika, estetika kabi ijtimoiy fanlar ham ajralib chiqdi. Keyinchalik madaniyat, qadriyatlar va huquq kabi sohalarni o’rganadigan alohida yo’nalishlar ham paydo bo’ldi. Ular olamni predmeti doirasida yaxlit bilish, uning xususiy qonuniyatlarini o’rganishga yordam beradi.

Huquq falsafasining predmeti masalasi munozarali muammolardan biri bo’lib, faylasuflar, huquqshunoslar, siyosatshunoslar tomonidan turlicha ta’riflanadi. Muammoning murakkabligi shundaki, huquq falsafasining predmetini aniqlash, barobarida huquqiy va falsafiy nazariyalarning bir butun uyg’unligi, tushunchaviy apparatining mantiqiy birligini e’tirof etmoq lozim bo’ladi. Shuning uchun ham huquq falsafasi - bu shunchaki huquqni falsafiylashtirish va aksincha, falsafani huquqiylashtirish emas. Huquq falsafasi ilmiy bilimlarning, avvalo huquqiy va falsafiy bilimlarning alohida tizimi sifatida o’zining maxsus tadqiqot predmetiga ega. HUQUQ FALSAFASINING PREDMETI Huquq falsafasi huquq to’g’risidagi haqiqatni, odamlar ijtimoiy borlig’ining maxsus shakli va ijtimoiy tartibga solishning alohida turi bo’lgan huquq haqidagi haqiqiy bilimlarni izlash va aniqlash bilan shug’ullanadi Huquq obyekt sifatida turli fanlar tomonidan tadqiq etiladi. Ularning har biri huquqni o’ziga xos tushunishi va mazkur obyektni o’rganishning o’z usullari, o’zining maxsus predmeti va metodi nuqtai nazaridan qarab chiqadi. Bunda fan (ilmiy fan) obyekti deganda hali o’rganilishi va tushunib olinishi kerak bo’lgan narsa, uning predmeti deganda esa - obyektning muayyan tarzda nazariy (ilmiy) anglangan holati, uning ma’noviy ifodalash shakli (obraz, model, tuzilishi), uni tushunishning va tushunchasining muayyan konsepsiyasi nazarda tutiladi. Huquq falsafasida umuman huquq muayyan universal yaxlitlik sifatidagi huquq, butun huquqiy universum, huquqning butun olami, huquqning qamrab oluvchi va uning mohiyatini ham, ushbu mohiyatini zohiran namoyon bo’lishi shakllari (huquqiy hodisalar)ni ham o’z ichiga oluvchi barcha huquqiy jihatlar tadqiq etiladi. Huquqni huquqiy mohiyatdan va uning namoyon bo’lish shakllaridan (huquqiy hodisalardan) iborat bo’lgan muayyan yaxlit narsa sifatida tushunish huquqdagi mohiyat va hodisalarni, huquq va huquqiy hodisalar mohiyatini, botiniy mohiyat sifatidagi huquqni va zohiriy hodisa sifatidagi huquqni bir-biridan farqlash, shu bilan birga ularni uyg’unlashtirishning muayyan konsepsiyasini nazarda tutadi va o’z ichiga oladi. Shu sababli eng umumiy tarzda

fan (alohida mustaqil ilmiy fan) sifatidagi huquq falsafasining predmet sohasi - bu ularning farqlanishi va nisbatidagi (mos kelishi va mos kelmasligi) va izlanayotgan birligidagi mohiyat sifatidagi huquq hamda hodisa sifatidagi huquqdir, deyish mumkin. Huquq sohasida mohiyat va hodisaning bunday farqlanishi va nisbatning jiddiy o’ziga xosligi huquqning ilmiy jihatdan anglanadigan mohiyati (mohiyat sifatidagi huquq) obyektiv tusga egaligi, hodisa sifatidagi (subyektiv) huquq esa rasman hukm tusiga egaligi, rasman hokimiyat subyektlarining irodasi, xohishiga va, ehtimol tutilgan o’zboshimchaligiga bog’liqligi haqidagi prinsipial vaziyat tufayli kelib chiqadi. Shu sababli qonun (pozitiv huquq), ya’ni rasman hukmron (davlat) tartibida belgilangan va bajarilishi shart bo’lgan majburiy huquq deb hisoblanuvchi huquq huquqning mohiyatiga mos kelishi (ya’ni huquqiy hodisa, huquqiy qonun, huquqiy mohiyatni ifodalovchi bo’lishi) ham ushbu mohiyatga zid bo’lishi (ya’ni nohuquqiy hodisa, g’ayri-huquqiy, soxta huquqiy, huquqni buzuvchi, qonunga zid huquq bo’lishi) ham mumkin. Ushbu holatni hisobga olgan holda, huquq falsafasi predmetini quyidagacha aniq shaklda ta’riflash mumkin: huquq falsafasining predmeti o’zaro farqlanadigan, o’zaro nisbatda bo’lgan va izlanayotgan birlik bo’lgan huquq va qonun . Bunda huquq deganda mohiyat sifatidagi huquq, ya’ni qonun chiqaruvchining (davlatning) irodasiga yoki o’zboshimchaligiga bog’liq bo’lmagan, alohida ijtimoiy hodisa va o’z tabiatiga ko’ra obyektiv o’ziga xos regulyator sifatidagi huquqqagina xos bo’lgan huquqiy mohiyat , rasman-hukmron hodisa sifatidagi qonun deganda esa butun pozitiv huquq (uning barcha manbalari, uni ifodalashning barcha shakllari), ya’ni qonun chiqaruvchining (davlatning) irodasiga va ehtimol o’zboshimchaligiga bog’liq bo’lgan va, binobarin, huquqning mohiyatiga (mohiyat sifatidagi huquqqa) mos kelishi ham, mos kelmasligi ham mumkin bo’lgan shart bo’lgan majburiy ko’rsatmalar (qoidalar, xulq-atvor normalari) nazarda tutiladi. Boshqacha aytganda, qonun deganda, huquq va