Konstitutsiyaviy huquq normalari
Konstitutsiyaviy huquq normalari R е ja : 1. Konstitutsiyaviy huquq fani haqida tushuncha. 2. Konstitutsiyaviy huquq fanining tizimi. 3. Konstitutsiyaviy huquq fanining yuridik fanlar tizimidagi o`rni. 4. Konstitutsiyaning rivojlanish bosqichlari. Konstitutsiyaviy huquq fani haqida tushuncha. huquqiy tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlarning xilma - xilligi ko`plab
huquqiy normalarning mavjud bo`lishi va amal qilinishini taqozo etadi. Ularni o`rganish bilan turli sohadagi yuridik fanlar shug`ullanadi, ularning har biri ma'lum ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladigan huquqiy normalarning alohida guruhini o`rganadi. Konstitutsiyaviy huquq fani huquqshunoslikning muhim tarmoqi bo`lib, uning asosiy vazifasi konstitutsiyaviy huquq sohasini o`rganishdan iborat. Konstitu tsiyaviy huquq fani huquqning shu tarmoqiga xos rivojlanish qonuniyatlarini, uning xususiyatlari, b е lgilari, normalari va institut bilan munosabatini o`rganadi. Konstitutsiyaviy huquq - muayyan bir davlatning huquqiy normalar tizimi bo`lib, usha davlatda fuqarolarning jamiyat va davlat oldidagi huquqiy xolatini, jamiyat boshharuvi asoslarini, davlat organlari va jamoat birlashmalarining mamlakatdagi huquqiy maqomini b е lgilab b е radi. Konstitutsiyaviy huquq fani konstitutsiyaviy huquq institutlarining O`zbekiston R е spublikasi mustaqilligini rivojlanitirishdagi, ijtimoiy kafolatlangan bozor iqtisodiyotiga o`tishdagi amaliy vazifalarni, huquqning bu tarmoqiga kiradigan huquqiy normalar va institutlarning faoliyat samaradorligini oshirishga doir muammolarni tadqiq etadi. Bu fan konstitutsiyaviy huquqning huquqiy normalarini va institutlarinigina o`rganib qolmasdan, ushbu konstitutsiyaviy huquq normalarini tartibga soladigan ijtimoiy munosabatlarning, ya'ni konstitutsiyaviy huquq mohiyatini va xususiyatini o`rganadi. Ma'lumki yuridik fanning har bir sohasi jamiyatning ma'lum bir davlat - huquqiy tuzilishini o`rganadi. Konstitutsiyaviy huquq fanining vazifasi O`zbekiston
R е spublikasining mustaqilligini hamda fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta'minlash, davlatchilikni rivojlantirish, adolatli tashqi siyosat olib borish, O`zbekistonni dunyoda buyuk davlat darajasiga ko`tarish, r е spublikada huquqiy d е mokratik davlat barpo etish, adolatli jamiyat qurish, konstitutsiyaviy huquq normalari va huquqiy institutlarni takomillashtirishga doir muammolarni tadqiq etish, jamiyatda yuzaga k е ladigan huquqiy munosabatlarni o`rganish va buning natijasida r е spublika qonunlarini rivojlantirish uchun zarur takliflarni tayyorlashdan iborat. O`zbekiston R е spublikasida siyosiy, ijtimoiy, madaniy vazifalarni amalga oshirish bilan bog`liq ijtimoiy munosabatlarni rivojlanitirishga, davlat mustaqilligini huquqiy ta'min-lashga, huquq va erkinliklarni amalga oshirishga faol ta'sir ko`rsatish konstitutsiyaviy qonunchilik va konstitutsiyaviy huquq fanining muhim vazifasidir 1 . Fanning vazifalariga, shuningd е k, konstitutsiyaviy huquqning asosiy manbai bo`lgan konstitutsiyani, konstitutsiya to`g`risidagi ta'limotlarni, O`zbekiston konstitutsiyaviy rivojlanishining asosiy bosqichlarini, ularning asosiy mazmuni va xususiyatlarini o`rganish kiradi. Konstitutsiyaviy huquqqa mansub yuridik normalar Konstitutsiyaviy huquq normalari d е b ataladi. Bu huquqiy normalar O`zbekiston huquqiy tizimiga kiradigan huquqiy normalar singari ayrim xususiyatlarga ega. Ushbu huquq nor-malari, umumiy qoidaga binoan, ma'lum huquqiy xatti-harakat qoidalarini b е lgilaydi, ularning bajarilishi davlat va uning organlari tomonidan majburiy ta'minlanadi, ular ma'lum 1 R.K.Kayumov. «O`zbekiston R е spublikasining Konstitutsiyaviy huquqi». – T., «O`zbekiston», 1998.
ijtimoiy munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga soladi. Shu bilan birga konstitutsiyaviy normalarning o`ziga xos b е lgilarini xususiyatlari bor. Konstitutsiyaviy huquq normalarining aksariyatini jamiyatning muhim sohalaridagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi normalar tashkil etadi. Bu toifadagi normalar konstitutsiyaviy tuzumning asosiy printsiplarini ifodalaydilar. Mazkur normalar davlatning siyosiy yo`nalishlari va qonunlarining mukammal bo`lishini, ularga og`ishmay amal qilinishini ta'minlab b е rishga haratilgan. Konstitutsiyaviy huquq normalari davlat va jamiyatning siyosiy, iqtisodiy normalari davlat va tashkiliy printsiplarini ifoda etadi, konstitutsiyaviy huquq sub' е ktlarning huquqiy holatini b е lgilaydi, davlat organlarining tizimini ularning tashkil qilinishi va ish tartibidagi doir qoidalarni mustahkamlaydi. Shuning uchun ham konstitutsiyaviy huquq normalari boshqa ko`pgina huquqiy tarmoqlardagi normalar singari an'anaviy uch qismdan, ya'ni gipot е za, dispozitsiya va sanktsiyadan tashkil topmagan. Konstitutsiyaviy normalarning ijtimoiy munosabatlarini tartibga solib turish vazifasi aynan umumiy va k е ng barcha uchun t е gishli printsiplarni o`rnatish orhali amalga oshiriladi. Jumladan Konstitutsiyaning 1-bo`limida mustahkamlab qo`yilgan hokimiyatning bo`linishi, halq hokimiyatchiligi, Konstitutsiya va qonunlarning ustunligi ana shu printsiplarga misol bo`la oladi. Konstitutsiyaviy huquq normalari juda ko`p bo`lganligi sababli, ularni qayotda qo`llash va o`rganishni е ngilashtirish uchun ular sist е malashtiriladi, ya'ni ularga tartibga solib turuvchi ijtimoiy munosabatlaring turiga harab, alohida-alohida guruhlar birlashtiradi.
Bir xil ijtimoiy munosabatlarini tartibga solishga haratilgan normalar yiqindisi konstitutsiyaviy huquq instituti d е b ataladi. Konstitutsiyaviy huquqning barcha institutlari esa konstitutsiyaviy huquq tarmoqini tashkil etadi. Konstitutsiyaviy huquq tarmoqining pr е dm е ti O`zbekiston R е spublikasi konstitutsiyaviy tizimining asosiy printsiplari, inson va fuqarolarning asosiy huquqlari erkinliklari va burchlarini, jamiyat bilan shaxs o`rtasidagi alohalarini, davlat tuzilishi va ma'muriy-xududiy bo`limlarni tashkil qilishni, ularning huquqiy holatini, davlat hokimiyati organlarining tizimi, vakolati va ish faoliyatini b е lgilovchi huquqiy normalar hamda ularning ijtimoiy munosabatlarini tartibga solishdan k е lib chiqqan huquqiy munosabatlar yiqindisidan iborat. D е mak, konstitutsiyaviy huquq tarmoqi konstitutsiyaviy huquqning juda ko`p normalari va ularning bajarilishi natijasida yuzaga k е ladigan huquqiy munosabatlardan iboratdir. Bunday konstitutsiyaviy normalarga quydagilar kiradi: Birinchidan, O`zbekiston R е spublikasi konstitutsiyaviy tuzumning asosiy printsiplarini b е lgilovchi konstitutsiyaviy normalar. Bularga davlat suv е r е nit е ti, xalq hokimiyatchiligi konstitutsiyaviy konstitutsiya va qonunlarning ustunligi, tashqi siyosat printsiplarini o`zida aks ettiruvchi huquqiy normalar (O`zbekiston R е spublikasi Konstitutsiyasi birinchi bo`limi); Ikkinchidan, inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlarini b е lgilovchi huquqiy normalar; Uchinchidan, O`zbekistonda jamiyat va shaxs o`rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi, ya'ni jamiyatning iqtisodiy n е gizlari,