logo

Huquq ontologiyasi “huquq”ning tabiati va tuzilishi.

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

34.986328125 KB
Mavzu:   Huquq ontologiyasi: “huquq”ning tabiati va tuzilishi.
Reja:
1. Huquqning ontologik mohiyati. Huquqiy haqiqat.
2. Tabiiy va pozitiv huquq huquqiy voqelikning asosiy tarkibiy elementlari 
sifatida, ularning ma’nosi va o’zaro bog’liqligi.
3. Huquq borlig’i shakllari: huquqiy g’oya, qonun, huquqiy hayot. «Ontologiya»   atamasi   yunoncha   ikki   so’zdan   «borliq»   hamda   «fan»,
yoki   «ta’limot»   so’zlaridan   tashkil   topgan   bo’lib,   borliq   haqidagi   ta’limot
ma’nosini   anglatadi .   Umuman,   «ontologiya»   tushunchasi   falsafiy   atama   sifatida
XVII   asrda   Goklenius   va   keyinchalik,   X.Volf   tomonidan   ilk   bor   qo’llanilgan.
Garchand   borliq   haqidagi   falsafiy   ta’limotga   esa   qadimgi   Sharq,   qadimgi   Yunon
falsafiy   manbalarida   keng   o’rin   berilgan   bo’lsada,   alohida   ta’limot,   falsafiy
yo’nalish   sifatida   ontologiya   yuqorida   qayd   etilgan   davrga   kelib   rivojlandi.
Falsafada   ontologiya   ta’limotiga   buyuk   hissa   qo’shgan   Markaziy   Osiyo
mutafakkirlarining   asarlari   jahon   faniga   ma’lum   va   mashhur.   Al-Xorazmiy,
Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Ulugbek, Navoiy va boshqalarning falsafiy, ijtimoiy-
siyosiy   ta’limotlarida   borliq   haqidagi   ilmiy-falsafiy   g’oyalar   ilgari   surilgan.
Mazkur muammo, alohida ilmiy tadqiqot mavzusi hisoblanadi, shuning uchun ham
biz quyida huquqiy ontologiyaga oid ba’zi fikrlarni keltirishni lozim deb topdik.
Ontologiya   falsafiy   fanning   ajralmas   qismi   hisoblanadi.   Ontologiya
ta’limotining   quyidagi   yo’nalishlarini   alohida   qayd   etish   mumkin .   Birinchidan ,
abstrakt umumiylik asosida borliqning «sof» shakllari haqidagi ontologik ta’limot.
Ikkinchidan   esa,   obyektiv   olamni   bir   butun   moddiy   asosi   haqidagi   ta’limot.
Uchinchidan,   ontognoseologik   ta’limot,   ya’ni   borliq   va   uni   bilish   jarayonini   bir
butun,   yaxlit   hodisa   deb   tushunishdan   iborat   bo’lgan   yo’nalishlar.   Ontologiya
ta’limotini   bu   yo’nalishlarini   tahlil   etish   falsafa   fanining   asosiy   vazifalaridandir.
Huquqiy   ontologiya,   ontologiyani   falsafiy   tushunishga   asoslansada,   lekin
mohiyatiga ko’ra, undan farq qiladi.
Falsafiy   ta’limotning   asosini   ontologiya   (borliq   haqidagi   ta’limot),
gnoseologiya (bilish haqidagi ta’limot), aksiologiya ( q adriyatlar haqidagi ta’limot)
va   sosiologiya   (jamiyat   haqidagi   ta’limotni)   tashkil   etadi.   Fan   tarixidan   bizga
ma’lumki,   faylasuflarni   ontologlarga   va   gnoseologlarga   ajratish,   va   ularni   bir-
birlariga   qarama-qarshi   qo’ yish   hollari   ko’p   uchraydi.   Bu   hol   ayni q sa   marksistik
falsafada   q iz g’ in   tortishuvlarga   sabab   bo’lgan.   Amerikalik   tadqiqotchi
L.Grexemning   ta’kidlashicha,   ontologiya   va   epistemologiya   ta’limotlari   ilmiy,
akademik ta’limotlar hisoblansada, 70-80 yillar sovet falsafiy fanida ular o’rtasida tafovut   asosan   siyosiy   sabablar   bilan   izohlanishi   mumkin.   Ontologlarning   tabiiy-
ilmiy   fanlar   yutu q laridan   foydalangan   holda   dialektik   materializm   g’oyalarining
naqadar to’g’ri va hayotiy ekanligini isbotlashi–bu o’sha davrda siyosiy zaruriyat
edi. Ontologiya borliq haqidagi ta’limot sifatida tabiat falsafasidir.
Falsafaning   yuqorida   qayd   etilgan   mumtoz   tarkibiy   qismlari,   ya’ni
ontologiya,   gnoseologiya   va   aksiologiya   huquq   falsafasida   ham   o’z   ifodasini
topadi. Zero, ilmiy falsafa mazkur asoslarning dialektik birligidan kelib chikadi va
ularni qarama-qarshi kuymaydi. Bu esa o’z navbatida huquq falsafasi uchun o’ziga
xos   metodologik   asos   bo’lib   xizmat   qiladi.   Demak,   falsafiy   ontologiya   mavjud
ekan,   huquq   falsafasida   huquqiy   ontologiya   ham   mavjud   bo’ladi.   Huquqiy
ontologiya  deb, huquq va uning qonunchilik amaliyoti bilan bog’liqligi va tafovuti
haqidagi ta’limotga aytiladi. Huquqning mohiyat e’tibori bilan obyektiv xarakteri,
uning   borligi   ijtimoiy   hayotda   insonlarning   teng   huquqliligi,   erkinligi,   ularga
nisbatan   adolatlilik   tamoyili   jamiyat   hayotining   umumiy   va   zaruriy   ehtiyoji
hisoblanadi.
«Huquqiy   ontologiya»   va   «huquq   ontologiyasi»   birikmalari   mazmun
jihatidan   bir-birlari   bilan   juda   ya q in   bo’lganligi   tufayli   ularni   sinonim   iboralar
sifatida   qo’llashni   maqsadga   muvofiq   deb   hisobladik.   Ammo,   ular   o’rtasidagi
muayyan tafovutning mavjudligini ham e’tirof etish lozim.
Huquq ijtimoiy ongning alohida shakli sifatida falsafa, din, axloq, san’at va
madaniyat   kabi   tarixiydir.   Huquqning   tarixiyligi   esa   bevosita   huquq   borligiga,
huquqiy ontologiyaga daxldordir. Huquqiy ontologiya huquq falsafasining umumiy
tushunchasi   bo’lib,   uning   namoyon   bo’lish   shakllari   turlicha   bo’ladi.   Yuqorida
qayd etilgan tarixiylik tamoyili esa, huquqiy borliq namoyon bo’lishining alohida
olingan   xususiy   hollariga   ham   tegishli   bo’ladi.   Dialektikaning   asosiy
kategoriyalaridan  biri   alohidalik,  xususiylik   va  umumiylik  kategoriyalari   huquqiy
ontologiyaning nazariy va falsafiy mazmunini tashkil etadi. 
Huquq,   umuman,   ijtimoiy-tarixiy   tajriba   bilan   uzviy   bog’liq   bo’lib,
qandaydir   ijtimoiy-siyosiy   amaliyotdan   tashqarida,   ya’ni   apriori   undan   oldin
mavjud   bo’lmaydi.   Shuning   uchun   ham,   huquqning   tabiati   huquq   borligining ijtimoiy-tarixiy   mohiyati,   tabiiy   huquq   hamda,   falsafiy,   huquqiy   bilimlar   rivoji
bilan   bog’liq   bo’ladi.   Huquqiy   ontologiya   va   ijtimoiy-tarixiy   amaliyot
tushunchalari   bir-birlari   bilan   uzviy   bog’liq   bo’ladi.   Huquqiy   ontologiyada
huquqning   kelib   chiqishi   va   uning   tarixiy   rivojlanishida   insonning   tabiat   bilan
munosabati alohida ahamiyatga egadir. 
Ijtimoiy-siyosiy   munosabatlarning   elementlaridan   biri   bu   jamiyatdagi
siyosiy   va   huquqiy   munosabalar   hisoblanadi.   Demak,   inson   o’z   mohiyati   va
e’tiboriga ko’ra faqatgina siyosiy mavjudot bo’lmay, balki u ayni paytda huquqiy
mavjudotdir.   Bu   degan   so’z   inson   borlig’i   bilan   mavjud   muhim   jihatlar,   ya’ni
uning  siyosiy   va  huquqiy   mohiyati,   yuqorida   qayd   etganimizdek,   azaldan   tug’ma
sifatlar bo’lmay, balki muayyan tarixiy, ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda shakllanadi
va rivojlanadi.  Insonning  huquqiy qarashlari, uning erki, tengligi  adolatlilik bular
inson   bilan   birga   tugilmaydi.   Tabiiy   huquq   asoschilari   inson   tug’ilishidan   erkin
tug’iladi deb hisoblagan. Agar inson haqiqatan ham teng, ozod bo’lib tug’ilganda
edi,   xalqlarning   ozodlik,   mustaqillik   uchun   kurashiga   hojat   qolmagan   bo’lar   edi.
Inson   va   insoniyat   har   doim   ozodlikka,   mustaqillikka,   tenglikka,   adolatga,   haq-
huquqiga intilib yashaydi. Har bir xalq, millat o’z salohiyatiga ko’ra takomillashish
jihatidan,   rivojlanish   jarayonida   ijtimoiy   hayotning   siyosiy   va   huquqiy   shakllarni
takomillashtirish imkoniyatiga ega bo’ladi.
Huquqning   borligi   va   uning   rivojlanishini   ijtimoiy-tarixiy   jarayon   sifatida
o’zining   obyektiv   qonuniyatlariga   ega.   Shuning   uchun   ham   huquqiy   ontologiya
ta’limotiga   ko’ra,   ularni   tabiatdan   tashqarida   mavjud   bo’lgan   kuchlar   tomonidan
huquqning   tayyor   tamoyillari   bilan   birgalikda   g’oyibona   paydo   bo’lish   g’oyasi
noilmiy   g’oyalar   sirasiga   kiradi.   Chunki,   huquq   borligini   mazkur   konsepsiyasi
huquqshunoslar,   faylasuflar,   siyosatshunoslar   orasida   keng   tarqalganligi   tarixdan
bizga   ma’lum.   «Tug’ma   g’oyalar»   konsepsiyasi   falsafa   fanida   tanqid   ostiga
olingan   nazariyalardan   hisoblanadi.   Bu   ta’limotning   noizchilligi   huquqiy   borliq
masalasining   taxlilida   yanada   yaqqolroq   ko’zga   tashlanadi.   Boshqacha   so’zlar
bilan   aytganda,   huquq   borligining   umumiy   mohiyatidan   huquqiy   hodisalarning
epirik turlarini keltirib chiqarishga intiluvchilar ham bo’lgan. Ana shunday usullar yordamida   o’z   vaqtida   legistlar   qonun   va   hayotning   o’zaro   bog’liqligi
muammosini hal etishga uringan edilar.
Huquqiy   ontologiya   huquq   borligi   va   huquqning   mazmuni,   mohiyatini
huquqning o’zidan ajratib o’rganmaydi. Aksincha huquqiy g’oyalar va huquqning
mohiyati bir-birlari bilan uzviy bog’liq bo’ladi.
Huquq   faqatgina   ijtimoiy-siyosiy   hodisa   bo’libgina   kolmay,   balki   madaniy
hodisa,   madaniyatning   muhim   belgilaridan   hisoblanadi.   Shuningdek,   huquq
borlig’ining asosiy xususiyatlaridan biri, uning umumbashariy madaniyatining bir
qismi ekanligidadir.
Shunday   qilib,   huquqiy   ontologiya   va   huquqiy   madaniyat   tushunchalar
mazmunan   yaqin   tushunchalar   hisoblanadi.   Chunki   huquq   borligini   asosini
huquqiy madaniyat tashkil etadi. Huquqiy madaniyat darajasi faqatgina qonunlarni
bilish,   huquqiy   ma’lumotlardan   xabardor   bo’lishdangina   iborat   emas,   balki
qonunlarga   amal   qilish   va   ularga   buysunish   madaniyati   demakdir.   «Huquqiy
madaniyatning,   -   deb   ta’kidlaydi   I.Karimov,   -   yuqori   darajada   bo’lishi   huquqiy
davlatning   o’ziga   xos   xususiyatidir.   Shu   bilan   birga   huquqiy   madaniyat   saviyasi
qabul   qilingan   qonunlar   soni   bilan   emas,   balki   ushbu   qonunlarning   barcha
darajalarda ijro etilishi bilan belgilanadi».
Huquqiy   madaniyat   siyosiy   madaniyatning   ajralmas   qismi   bo’lib,   mustaqil
davlatchilikni   mustaxkamlash   jarayonida   muhim   ahamiyatga   molik   bo’lgan
muammolardandir. Huquqiy madaniyat tushunchasi huquqiy ontologiyaning, ya’ni
huquq borligining ifodalovchi tushunchalardan biridir. Mazkur muammoni alohida
tadqiq   etib,   U.Tadjixonov   va   A.Saidovlar   shunday   deydi:   “Jamiyat   huquqiy
madaniyatining   mohiyatini   huquqiy   qadriyatlarni   o’zlashtirish   va   ulardan
foydalanish   darajasi   deb   tushunish   uni   huquqiy   ong   va   xulq-atvorining   muayan
darajada   rivojlanishi   bilan   bog’laydi.   Huquqiy   madaniyatni   oshirish   shunchaki
qonuniy   xulq-atvornigina   emas,   balki   bu   sohada   ijtimoiy   faol   xulq-atvorni   ham
ta’minlashni   taqozo   etadi.   Qonunga   xilof   xulq-atvorni,   qonunga   xilof   faoliyatni
jamiyat huquqiy madaniyati tushunchasiga kiritish asossizdir”. Huquq   ontologiyasi   -   huquq   falsafasining   asosiy   yo’nalishlaridan   biri
sifatida   fuqarolar   tengligi   va   jamiyatda   qaror   topishi   bilan   bog’liq   bo’lgan
jarayonlarni   tahlil   etadi.   Borliq   kategoriyasi   hozirgi   zamon   falsafasida   universal
kategoriya   hisoblanadi.   Borliq   o’zining   bir   nechta   turlari   va   shakllariga   ega
bo’ladi. Shu o’rinda ta’kidlash  kerakki, borliqni  umumfalsafiy kategoriya sifatida
tahlili   muhim   metodologik   dunyoqarash   ahamiyatiga   molik   bo’lgan
muammolardan hisoblanadi. Borliq – bu har qanday mavjud narsalar va hodisalar,
jarayonlar   va   xossalar,   aloqalar   va   munosabatlar   majmuidir.   Borliqni   asosiy
turlaridan   moddiy   va   ma’naviy   borliqni   alohida   turi   ekanligini   qayd   etmoq   joiz.
Borliq kategoriyasi haqida gap ketar ean, uning falsafiy tasnifiga e’tiborni qaratish
kerak   bo’ladi.   Bu   esa   huquqiy   borliqni   to’g’ri   tushunishning   nazariy   asosi
hisoblanadi.   Hozirgi   zamon   faniga   ma’lum   bo’lgan   borliq   turlari   va   ularning
tasnifini   umumiy   tarzda   quyidagicha   izohlash   mumkin.   Borliq   fizik,   ximiyaviy,
geologik,   biologik,   psixik,   ijtimoiy,   ma’naviy   va   boshqa   voqyelik   shakllariga
bo’linadi.   Falsafada   borliq   kategoriyasini   asoschisi   deb,   Gegel   falsafiy   ta’limoti
qayd etiladi.
Holbuki,   borliq   kategoriyasi   qadimgi   Sharq   mutafakkirlari   asarlarida,
shuningdek,   qadimgi   Yunon,   Rim   manbalarida   ham   keng   qo’llaniladi.   Gegel   esa
borliq   kategoriyasini   dialektikasini   yanada   rivojlantirdi   va   mazmunan   boyitdi.
Gegel   borliq   haqidagi   ta’limotida   «sof   borliq»   g’oyasini   ilgari   suradi.   Uning
ta’limotida «sof borliq» tushunchasi shu qadar  q ashsho q  va mav h umki, o q ibatda, u
«hyech nima» kategoriyasidan far q   q ilmaydi.
Shunday   qilib,   borliq   kategoriyasi   ijtimoiy   hayotga   tadbiq   etilib,   ijtimoiy
borliq,   huquqiy   borliq   kabi   mustaqil   kategorial   statusga   (ma q omiga)   ega   bo’lgan
tushunchalarga aylanadi.
Huquq   o’z-o’zidan   amaliyotda,   «hayotda   muayyan   ish   bajarmaydi»,   balki
insonlar   faoliyatida,   ularning   o’zaro   munosabatlarida   huquqiy   munosabatlar
shakllanadi.   Demak,   huquqiy   borliq,   ta’bir   joiz   bo’lsa,   o’zining   zamoni   va
makoniga   ega   bo’ladi.   Kishilar   esa,   huquqiy   borliqning   subyekti   sifatida   faoliyat
k o’ rsatadilar. Huquqiy borliq abstraktlik va konkretlik, obyektivlik va subyektivlik kategoriyalarining   dialektik   birligidan   iborat.   Huquqiy   vaziyat   huquq   subyektisiz
va obyektisiz mavjud b o’ lolmaydi. Xulosa qilib aytganda, muhim huquqiy-falsafiy
tushunchalarning  ta’rifini   aniqlamasdan   turib,  huquq  falsafasining  nazariy  asosini
yaratish   mumkin   emas.   Ana   shunday   tushunchalar   jumlasiga   huquq   subyekti,
huquqiy   munosabatlar,   huquqiy   normalar,   huquqiy   ong,   huquqiy   madaniyat   va
boshqalar kiradi. 
Abstraktlik   va   konkretlik   tushunchalari   siyosiy-huquqiy   hodisalarga   olib
q araganda,   abstraktlik   tushunchasining   turlicha   mazmunga   ega   ekanligini
unutmasligimiz   kerak   bo’ladi.   Abstraktlik   huquqiy   borliqda   muhim   ahamiyatga
ega,   chunki   gap   bu   yerda   qandaydir   mazmunsiz,   sxolastik   abstraksiya   haqida
ketmaydi.   Balki   huquqiy   jarayonlarni   to’g’ri   tushunishda,   uni   nazariy   bilishda
muhim asos ekanligini va abstraktlik va konkretlikning o’zaro munosabatini bilish
jarayoni   huquq   falsafasi   metodologik   rol   o’ ynashini   alohida   ta’kidla sh   zarur .
Shuning   uchun   ham   «k u rashchan   empirizm»   g’oyasi,   umuman   fan   uchun   zararli
konsepsiyadir.   Huquqiy   jarayonlarni   tahlil   etishda   nazariy   va   falsafiy
umumlashmalarga   va   umuman   huquqiy   borliq q a   nigilistik   munosabatlar,   huquq
falsafasini   yaratishda   asosiy   t o’ si q lardan   biri   hisoblanadi.   Huquqiy   hodisalarning
mohiyatini   bilish,   avvalo,   tafakkurning   abstraktlikdan   konkretlikka   va
konkretlikdan  abstraktlikka  qarab  rivojlanishini  taqozo  etadi.  Huquq borligini  har
ikki holatida ham abstraktlik konkret voqyelikka qaytadi va u bilan bog’liq bo’ladi.
Aks holda abstraktlik ijtimoiy hayot bilan bog’liqligini, mazmuniy imkoniyatlarini
yukotadi.   Huquqiy   borliq   bilan   huquqiy   gnoseologiya   bir-birlari   bilan   uzviy
bog’liq   bo’ladi.   Chunki   huquqiy   gnoseologiya,   huquqiy   borliqning   in’ikosi   va
obrazidir. 
Huquqiy   ontologiya   o’zining   bir   qator   huquqiy   shakllariga   ega   bo’ladi.   Bu
huquqiy   fenomenlarining   mavjudlik   shakllari   turlicha   bo’lishi   mumkin.   Ayni
paytda   ular   o’rtasida   ichki   bog’liqlik,   umumiylik   va   barqarorlik   mavjud   bo’ladi.
Turli   huquqiy   shakllar,   huquqiy   hodisalar,   jumladan   huquqiy   normalar,   huquqiy
ong,   huquqiy   munosabatlar   huquq   mohiyatining   mavjudlik   usullari   hisoblanadi.
Huquq falsafasining asosiy prinsiplaridan biri huquqning qonun, qonun normalari sifatida   muayyan   siyosiy-huquqiy   vazifani   bajarishidir.   Yuqorida   qayd   etilgan
huquq mavjudligining shakllari,  huquqiy fanlar  muammolari  bo’lishidan tashqari,
ijtimoiy-siyosiy fanlar, falsafa fanining muammolaridan biri hisoblanadi. Shuning
uchun   ham   huquq   falsafasining   huquq   borlig’i   ta’limotida   mazkur   masalaga
alohida   e’tibor   berish   maqsadga   muvofiqdir.   Umuman,   huquqiy   hodisalar,
deganda,   faqat   yuqorida   qayd   etilganlar   bilan   cheklanib   q olmaslik   kerak.
Modomiki   huquq   borligi,   uning   mohiyati   haqida   gap   ketar   ekan,   uning
obyektivligini e’tirof etmoq joizdir.  Huquq borlig’ining obyektivligiga zid bo’lgan
nohuquqiy   qonunlar   ham   jamiyat   tarixiy   taraqqiyotida   uchrab   turadi.   Xususan
totalitar  tizimlar   sharoitida  nohuquqiy  qonunlar   rasman   jamiyatda  adolat,  tenglik,
insonlarni   himoyalashga   qaratilgan   bo’lsada,   o’z   mohiyat   e’tibori   bilan   esa
hukmron ijtimoiy guruhlar, yagona partiyaning siyosiy tizim manfaatlarini himoya
etishga   qaratilgan   bo’ladi.   Qadimgi   Rim   huquqshunosi   Pavelning   ta’kidlashicha,
«huquq   qoidadan   emas,   balki   mavjud   huquqiy   normalardan   qoidalar
shakllantirmog’i   lozim».   Qoidalar,   urf-odatlar,   an’analar   milliy   ma’naviy
qadriyatlarning   ajralmas   bir   qismi   sifatida   mavjud   pozitiv   huquqning   mavjudlik
shakli bilan bog’liq bo’ladi.
Darhaqiqat,   huquqiy   ontologiyaning   muhim   jihatlaridan   biri   shundaki,
huquqiy   normalar   mavjud   davlat   tomonidan   qabul   qilingan   qonun   va   qoidalar
asosida   shakllandimi   yoki   mazkur   qonun   va   qoidalar   huquqiy   normalarni
shakllantiradimi degan masaladir. Bu masala Sobiq Ittifoq davridagi falsafada juda
ham bo’rttirib va uni olamshumul masala sifatida, har qanday falsafiy ta’limotning
ilmiyligini   belgilab   beruvchi   mezon   deb   tan   olinar   edi.   Holbuki,   masalaning
«materiya» birlamchimi, «ong» birlamchimi qabilida masalani qo’yilishi aksariyat
hollarda   ilmiy  bilim   rivojlanishiga   yordam   bermaydi,  aksincha  salbiy   ta’sir  etishi
mumkin.
Huquqiy   legizm   ta’limotiga   ko’ra,   mavjud   qonun-qoidalardan   huquqiy
normalar   yuzaga   keladi.   Faqatgina   hokimiyat   tomonidan   o’rnatilgan   normalar
(qoidalar,   tartiblar)   va   qonunlar   huquqni   keltirib   chiqaradi   va   uning   borlig’ini
ta’minlovchi   asosiy   omil   hisoblanadi.   Huquqning   mohiyatini   bunday   etatistik- legistiklarcha   tushunish   huquqni   hokimiyat   tomonidan   qabul   qilingan   normalar
majmuidan   iborat   qilib   qo’yadi.   Boshqacha   qilib   aytganda,   huquqiy   borliq   bu
rasman   iste’molda   bo’lgan   pozitiv   huquq   bo’lib,   mavjud   qoidalar,   talablar
yig’indisidan   iborat.   Bunday   konsepsiya   mohiyatiga   ko’ra   tavtologik   xarakterga
ega   bo’lib,   legistlar   tomonidan   huquq   borligining   normativligi   deb   e’tirof   etiladi.
Legistlar  nuqtai  nazaridan  huquq–bu huquq va «normativ hujjatlar» yig’indisidan
iboratdir.   Holbuki,   huquq   va   normativ   hujjatlar»   ayniy   tushunchalardir.   Chunki
huquq   muayyan   normativ   hujjatlarsiz   mavjud   bo’la   olmaydi.   O’z   navbatida
huquqning mazmuni, qonunlar va normativ hujjatlardir. Huquqni bunday ta’riflash
fikrimizcha,   falsafa   va   mantiq   qonunlariga   zid   hisoblanadi.   Va   huquqni   bunday
ta’riflash,   ta’rifning   doirasimon   xatosini   yaqqol   ko’rinishidir   yoki   «odam   –   bu
odasimon mavjudotdir» kabilidagi ta’riflardandir.
Xulosa   qilib   aytganda,   huquqni   legistik   normatizasiyalash   va   uni
etatizasiyalash   huquqning   obyektiv   mohiyatini   inkor   etish   tufayli   sodir   bo’ladi.
Qonun,   huquq   normalari   mavjud   pozitiv   huquqning   muhim   hujjatlaridan   biri
bo’lib, huquqni borligini belgilovchi asosiy mezonlardan biri hisoblanadi.
Huquqiy   normalar   talabiga   ko’ra   asosiy   masala   bu–qonun   normalarini
denormatizasiyalash   emas,   balki   ularni   yuridizasiyalashdir.   Huquqiy   va
demokratik davlat shakllanayotgan bir davrda, I. Karimov ta’kidlaganidek huquqiy
normalar   va   qonunlarning   obyektiv   mohiyati   va   mazmuni,   ularning   falsafiy
borlig’ini   tushunish   muhim   ahamiyat   kasb   etadi.   «O’zbekistonda   qonunchilik
asoslarining   barqarorligi   prinsipiga   qat’iy   amal   kilinmoqda.   Qonunchilik
faoliyatining   butun   tizimi,   ya’ni   qonunlarni   tayyorlashga,   hamda   amaldagi
qonunlarni   islohotlar   yo’lidan   jushkin   ilgarilab   borilayotganligini   va   o’zgarib
turgan sharoiti hisobga olgan holda, takomillashtirishga qaratilgan».
HUQUQIY ONG
«Jamiyat   va   davlat   taraqqiyotining   hozirgi   holati   huquqiy   munosabatlar
barcha   ishtirokchilarining   huquqiy   madaniyatini,   huquqiy   savodxonligini   har
tomonlama oshirishni talab qilmoqda. Huquqiy madaniyat huquqiy bilim, huquqiy
e’tiqod   va   izchil   amaliy   faoliyat   majmui   sifatida   jamiyat   va   davlat   oldida   turgan vazifalarning   muvaffaqiyatli   hal   etilishini   ta’minlaydi»,   -   deyiladi   Jamiyatda
huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturida.
1997   yilning   20   mayida   O’zbekiston   Respublikasi   Prezidenti
I.A.Karimovning   huquqshunos   olimlar,   huquqni   muhofaza   qilish   organlari
rahbarlari   va   ommaviy   axborot   vositalari   vakillari   bilan   shu   kunning   dolzarb
huquqiy   muammolari   xususida   o’tkazgan   uchrashuvi   mazkur   yo’nalishdagi
ishlarning   jonlanishiga   turtki   bo’lib   xizmat   qildi.   Bu   uchrashuvning   asosiy
g’oyasini   "Demokratik   jamiyatga   -   yuksak   huquqiy   madaniyat"   shiori   bilan
ifodalash mumkin.
Qonunlar,   farmonlar   va   hukumat   qarorlarining   mohiyatini   chuqur   anglab
yetish,   barcha   harakatni   xalqning   yangi   huquqiy   ongini   shakllantirishga   qaratish
shu   jihatdan   ahamiyatliki,   uning   vositasida   jamiyatning   huquqiy   madaniyatini
ko’tarishga   erishiladi .   Adolatli   demokratik   jamiyat   faqatgina   inson,   jamiyat   va
davlat   manfaatlarining   birligi   va   mutanosibligi   negizida   barpo   etilishi   mumkin.
Ular o’rtasidagi munosabatlarning asosini qonuniylik tashkil etmog’i lozim.  
HUQUQIY ONG TUShUNChASI
Huquqshunoslik   fanida   hozirga   kelib   huquqiy   ong   va   huquqiy   tarbiya
nazariyasining   ilmiy   asoslari   yaratildi.   Mazkur   muammolar   bo’yicha   sosiologik
tadqiqotlar o’tkazildi, huquqiy ong ijtimoiy ong turlaridan biri ekanligi, u haqdagi
tushuncha,   uning   tuzilishi,   vazifalari   va   shu   kabi   masalalar   umumiy   tarzda
yetarlicha o’rganildi.
Huquqiy   ong   ijtimoiy   ong   shakllaridan   biri   bo’lib,   ayni   paytda   nisbatan
mustaqildir. U ijtimoiy turmushda mavjud bo’lgan, jamiyatimizga xos turli-tuman
holatlar yig’indisini o’zida mujassamlashtiradi.
Huquqiy   ong   –   huquqiy   hissiyotlar,   tuyg’ular,   g’oyalar,   qarashlar,
baholar,   yo’l-yo’riqlar,   tasavvurlar   va   fuqarolarning   O’zbekiston
Respublikasiga   munosabatini   ko’rsatuvchi,   bu   munosabat   esa   harakatdagi
huquqqa,   huquqiy   amaliyotga,   fuqarolar   huquqlari   va   burchlariga   nisbatan,
shuningdek,   boshqa   orzu   qilingan   huquqlarga   nisbatan   bo’lishi,   xolatlar
tizimidir. Huquqiy   ong   tarkibini   o’rganishning   asosiy   jihatlari,   ijtimoiy   ong   tarkibini
o’rganishda   bo’lganidek,   gnoseologik   va   sosiologik   tomonlaridir,   chunki,   ular
o’zaro   farqlansalar-da,   har   holda   bir-birlarini   inkor   etmaydi,   aksincha   to’ldiradi.
Gnoseologik   yondashilganda   huquqiy   ong,   in’ikos,   jamiyatni   bilish   shakllaridan
biri  sifatida,  sosiologik  yondashilganda   esa   ijtimoiy  hodisalar   orasida   uning  o’rni
va umuman, ijtimoiy taraqqiyot nuqtai nazardan o’rganiladi.
HUQUQIY ONGNING TARKIBI
Gnoseologik tomondan qaralgan huquqiy ong tarkibi, mavjud huquqiy holat
in’ikosining   ikki   darajasidan   tashkil   topadi:   huquqiy   mafkura   va   huquqiy
psixologiya.   Huquqiy   psixologiya   atrofimizdagi   mavjud   huquqiy   holatning
bevosita   ta’sirida   shakllanadi   va   huquqiy   ongning   dastlabki   empirik   bosqichi
hisoblanadi. Huquqiy ongning xuddi shu bosqichidan huquqiy borliqni idrok etish,
uning bilan birlamchi tanishish boshlanadi. 
Huquqiy   psixologiyadan   farkli,   huquqiy   mafkura ,   huquqiy   ongning   ancha
yuqori, ilmiy-nazariy konsepsiyalashgan va odamlar tomonidan ijtimoiy hayotning
huquqiy hodisalarni ancha chuqur idrok etish bosqichini tashkil qiladi.
Huquqiy  ongning  g’oyaviy  tashkillanish  jarayoni  to’plangan,   muayyan  xis-
tuyg’ular bilan yo’g’rilgan material asosida g’oyaning uzil-kesil namoyon bo’lishi,
huquqiy borliq haqidagi tasavvurning sayqallanish holatlari kechadi va bu odamlar
irodasining shakllanishida katta o’rin tutadi.
Huquqiy mafkura va huquqiy psixologiya, huquqiy ongning turli elementlari
sifatida o’zaro bog’liq va bir-biridan kelib chiquvchi hodisalardir. Shu bilan birga,
ular   ancha   farqlanadilar.   Ular   orasidagi   asosiy   farq   ijtimoiy   borliq   va   obyektiv
huquqiy   muhitni   turlicha   ijtimoiy   vositalar:   birinchisi   –   g’oyalar,   nazariyalar
yordamida,   ikkinchisi   –   ruhiy   his   tuyg’ular   yordamida   aks   ettirishidagina   emas,
mazkur   aks   etishning   turlicha   darajasi   va   usulidadir.   Agar,   ijtimoiy   borliqning
huquqiy mafkurada aks etishi ilmiy-nazariy idrok, nazariy bilimlar va qonunchilik,
huquq-tartibot,   qonuniylik   va   boshqa   huquqiy   holatlarni   baholash   darajasida
kechsa, u holda bunday in’ikos huquqiy psixologiyada, dastavval  oddiy, kundalik turmush idroki  darajasida kechadi. Shuning uchun ham  huquqiy ong tuzilishidagi
boshqaruvchi element huquqiy g’oyalar majmuasi hisoblanadi.
Biz   ko’rayotgan   yo’nalishda,   huquqiy   mafkura   huquqiy   tizim   rivojini
tavsiflovchi,   ichki   birlikka   ega   bo’lgan   ilmiy   qarashlar,   g’oyalar,   nazariya   va
ta’limotlar sifatida qaraladi.
Huquqiy psixologiya esa his, tuyg’u, kayfiyat va boshqa huquq psixologiyasi
tarkibiy   qismining   yig’indisi   sifatida   namoyon   bo’ladi.   Ular   ijtimoiy   hayotning
turli huquqiy jihatlarini aks ettiradi. Huquqiy ongning bu ikki tarkibiy qismi o’zaro
bog’liq va bir-birini doimo to’ldiradi. 
Huquqiy ong tuzilmasini sosiologik taxlil qilish undagi uch tarkibiy qismni
ajratib ko’rsatish imkoniyatini beradi –  bilish, baholash va amaliy huquqiy ong .
Huquqiy ongning vazifalari , funksiyalari, turlari va tuzilishi
Huquqshunos-olimlar   huquqiy   ong   funksiyalari   masalasini   ham   qarab
chiqadilar va huquqiy ongning quyidagi funksiyalarini ko’rsatadilar:  gnoseologik,
boshqaruv va huquqiy shakllantirish funksiyalari. 
Gnoseologik   funksiya   obyektiv   borliqdagi   mavjud   huquqiy   holatlarni
bilishni  tavsif  etadi. Boshqaruv  – o’z  fe’l-atvorini  huquq talablari  bilan qiyoslash
vositasida   o’z   xatti-harakatlarini   o’zgartirishdir.   Shakllantirish   funksiyasi   –   o’z
xulqini,   hatti-harakatlarini   shakllantirishdan   iborat   bo’lib,   u   juda   zarur.   Ayrim
mualliflar   huquqiy   harakatlar   orasidan   huquqiy   ongning   bilish,   baholash   va
boshqaruv funksiyalarini ajratib ko’rsatadilar.
Huquqiy   ongning   bilish   vazifasi   ketma-ket   paydo   bo’luvchi   ruhiy
hodisalardan   tuzilgan:   birinchidan,   u   asosan   sezish,   eshitish   va   ko’rishdan
tug’iladi;   ikkinchidan,   qabul   qilish,   xotira,   esda   saqlash,   xotiradagilarni   qayta
tiklash, tanish jarayonlari vositasida huquqqa oid bilimlarni to’playdi va ularni har
hil   huquqiy   tasavvurlar   ko’rinishida   ifoda   etadi;   uchinchidan,   tafakkur,   oliy
darajadagi   bilish   jarayoni   hisoblanib,   huquqiy   g’oyalar,   tushuncha   va   e’tiqodlar
shuning mahsulidir. 
Huquqiy   ongning   o’zini   boshqarish   funksiyasi   inson   mo’ljallarini   oqilona
ro’yobga   chiqarish   huquqiy   ongning   amaliy   tomoni   hisoblanib,   u   iroda   orqali amalga   oshiriladi.   U   huquqiy   bilimlarni   aniqlash,   ichki   tuyg’ular   bilan   mavjud
huquqiy e’tiqodlar, mavjud obyektiv borliq, jamiyatda amal qilinayotgan huquqiy
normalarni muvofiqlashtirish, maqsadni aniqlash, qaror qabul qilish va qarorni ijro
etish kabilarni o’z ichiga oladi.
Huquqiy   ongga   tushayotgan   huquqiy   axborotlarni   "qayta   ishlash"   va
o’zlashtirishda   inson   fe’l-atvorini   boshqaruvchi   murakkab   mexanizmlar   muhim
o’rinni egallaydi, u o’ziga manfaatni anglash, maqsadni aniqlash, asoslar tizimi va
xohishni namoyon etish kabi holatlarni oladi.
HUQUQIY ONGNING TURLARI
Huquqiy   ong   o’rab   turgan   huquqiy   muhitni   oynadagidek,   to’g’ridan-to’g’ri
aks   ettirmaydi,   uni   o’ziga   xos   "ijtimoiy-biologik   filtr"   -   inson   shaxsiyatining
murakkabliklari vositasida namoyon etadi. U uch tarkibiy qismdan tashkil topgan:
birinchisi,   shaxsning   butun   ruhiy   katlamlarining   o’ziga   xosligi;   ikkinchisi,
insonning hayotiy tajribalari; uchinchisi, odamning bevosita aloqa muhiti.
Xuquqiy   ong   -   murakkab   ijtimoiy   hodisadir.   Subyektlar   nazarda   tutilganda
(ya’ni,   uning   ifodachilari)   huquqiy   ong   ijtimoiy   (ommaviy,   umumijtimoiy),
guruhiy   va   shaxsiy   turlarga   bo’linadi.   Ijtimoiy   darajasi   tomonidan   qaralganda,
huquqiy ong, odatda  kundalik oddiy ,  ilmiy  va  kasbiy  turlarga bo’linadi.
Kundalik   oddiy   huquqiy   ong,   asosan   odamlarning   bevosita   hayotiy
sharoitlari,   ularning   shaxsiy   tajribalari   ta’sirida   shakllanadi.   Bunda   ruhiy
elementlar   (his-tuyg’ular)   asosiy   o’rinni   egallaydi.   Ilmiy   huquqiy   ong   keng   va
chuqur   huquqiy   umumlashmalar   asosida   shakllanadi.   Kasbiy   huquqiy   ong   -   bu
yuristlar   huquqiy   ongidir,   ya’ni   maxsus   umumta’lim   yoki   amaliy   tayyorgarlikka
ega   bo’lgan   odamlar   uyushmasiga   oid.   Huquqiy   ongning   bunday   xilma-xilliklari
shu   bilan   farqlanadiki,   uning   ichki   ruhiy   elementlari   huquqiy   normalarni   amalda
bilish va uni qo’llay olish qobiliyati, malakasi bilan chambarchas bog’likdir.
Yuridik   soha   xodimlari   huquqiy   ongning   xilma-xilliklaridan   biri   sifatida,
ichki   ishlar   organlari   xodimlarining   kasbiy   huquqiy   ongini   ko’rsatadilar.   Bu
huquqiy   bilimlar,   qarashlar,   tasavvur,   ko’rsatmalar,   hissiyotlar   va   boshqa   ichki
kechinmalar   tizimi   bo’lib,   ular   jamoat   tartibini   saqlash,   jinoyat   va   boshqa huquqbuzarliklarning   oldini   olish,   ochish,   fuqarolar,   korxonalar   va   tashkilotlar
mulkini,   huquq,   erkinliklari   va   boshqa   qonuniy   manfaatlarini,   yo’l   harakati
xavfsizligini ta’minlash, yong’in xavfidan saqlash, hukm qilinganlarni tuzatish va
qayta   tarbiyalash   orqali   himoya   qilish   vazifasi   bilan   shug’ullanadigan   kasb
egalariga xosdir.
Huquqiy   ongning   tuzilishi.   Ma’lumki,   huquqiy   ong   ikki   tarkibiy   qismdan,
ya’ni   huquqiy   mafkura   va   huquqiy   psixologiyadan   iborat.   Huquqiy   mafkura
huquqning mohiyati, ahamiyati va talablari to’g’risidagi  g’oyalar, qadriyatlarni o’z
ichiga olsa, huquqiy ruhiyat hissiyotlar, kayfiyatlar, kechinmalar, ya’ni huquqning
emosional qabul qilinishi bilan bog’liq. 
Ijtimoiy huquqiy ongdagi ushbu ikki tarkibiy qismning holatini tahlil qilsak,
ularning rivojlanganlik darajasi bir xil emasligini ko’ramiz. Agar huquqiy mafkura
jamiyatda   demokratik   davlatga   xos   bo’lgan   g’oyalar   va   qadriyatlar   muayyan
darajada   shakllanganligi   bilan   belgilansa,   huquqiy   ruhiyat   infantillikka   mubtalo
bo’lib, unda huquqqa nisbatan befarqlik va mensimaslik saqlanib qolgan. 
Kriminologiya sohasidagi tadqiqotlar jamiyatning huquqiy ruhiyatida jiddiy
kamchiliklar   borligidan   dalolat   bermoqda.   Masalan,   jinoyatlarning   ayrim   turlari
bo’yicha   yuqori   darajadagi   latentlik   (yashirinlik)   saqlanib   qolmoqda.
Mutaxassislarning   ma’lumotlariga   qaraganda,   sodir   etilgan   har   bir   jinoyatdan
o’rtacha   5   -   7   kishi   xabardor   bo’ladi.   Agar   ushbu   raqamni   jinoyatlar   miqdoriga
ko’paytirsak,   kishini   quvontirmaydigan   manzaraga   duch   kelamiz:   minglab
kishilar jinoyatga tayyorgarlik ko’rilayotganligini va ular sodir etilayotganligini
bilganlari holda ularni befarq tomosha qilganlar . 
Jamiyat   rivojidagi   yangi   ijtimoiy-iqtisodiy   voqyealar   kundalik   huquqiy
ongning   buzilishi   sabablari   va   shart-sharoitlarini   (huquqqa   nisbatan   salbiy   va
iste’molchilik munosabatlari, shaxsning huquqqa xilof yo’nalishlarining motivlari,
jamiyatga   qarshi   xatti-harakat   stereotiplarining   shakllanishini)   aniqlashning
zarurligini   taqozo   etadi.   Mazkur   vazifani   bajarish   fanning,   birinchi   navbatda,
huquqshunoslikning   eng   muhim   maqsadidir.   Bizningcha,   ushbu   hodisalarning hammasini   totalitar   tuzum   merosiga   taalluqli   deb   hisoblash   mumkin   emas,
buzilgan huquqiy ong manbalarini obyektiv voqyelikdan qidirish zarur. 
Bayon   etilganlarga     qisqacha   xulosa   qilib   aytish   mumkinki,   aholining
huquqiy   ongi   huquqiy   psixologiyaning   davlat   tashviq   qilayotgan   huquqiy
mafkuradan   keskin   orqada  qolayotganligi,   huquqiy  davlatga   xos   bo’lgan  huquqiy
g’oyalar   va   prinsiplarning   kundalik   ong   huquqiy   nigilizmidan   keskin   farq   qilishi
bilan   ajralib   turadi.   Huquqiy   ongdagi   bunday   ahvolning   sabablari   huquqiy   tizim
doirasi bilan cheklanib qolmaydi, balki iqtisodiy, ijtimoiy hamda boshqa obyektiv
va subyektiv omillar bilan belgilanadi. Biroq huquqiy ong o’zgarmay qolmaydi, u
huquq va davlatning o’zgarishi bilan takomillashib boradi. 
Huquqiy   davlatdagi   jamiyat   va   shaxs   huquqiy   ongining   muhim   jihati,
bizningcha,   qonunga   hurmat,   uning   qadrini   shaxs   qadriyatlarining   eng   yuqori
darajasiga   ko’tarishdan   iborat.   Huquqqa,   qonunga   hurmatni   oddiy   qonunga
itoatkorlik deb tasavvur etib bo’lmaydi, u yuqori darajadagi huquqiy faollikni talab
etadi.
Aynan   huquqiy   faollik,   ya’ni   shaxsning   ijtimoiy   faol   ijobiy   xatti-harakati
uning   huquqiy   ongining,   qonunga   hurmatining   darajasini   bildiruvchi   muhim
ko’rsatkichdir.
Qonunga hurmat qonundan, uning odilligidan qoniqish hissiga, shuningdek,
o’z   xatti-harakatlarini   huquq   prinsiplari   va   normalariga   ixtiyoriy   ravishda
bo’ysundirishga   asoslangan   axloqiy-huquqiy   kategoriyadir.   Boshqacha   aytganda,
shaxs   huquqiy   majburiyatlarni   anglangan   burch   sifatida,   huquq   va   majburiyatlari
birligi prinsipining timsoli sifatida qabul qiladi.
Kriminologiyadagi   tadqiqotlar   huquqbuzarlik   sodir   etilishi   uchun   muayyan
huquqiy   normalarini   bilish   yoki   bilmaslikning   hal   qiluvchi   ahamiyati   yo’qligidan
dalolat bermoqda. 
Jamiyat   huquqiy   ongini   baholashda   jamoatchilik   fikrini   o’rganish   katta
yordam   beradi.  Afsuski,   respublikamizda   huquq   masalalari   bo’yicha   jamoatchilik
fikrining   monitoringi   amalda   o’tkazilmaydi,   holbuki   sosiologik   tadqiqotlarning
ma’lumotlari   butun   jamiyatdagi   hamda   ayrim   ijtimoiy   guruhlardagi   huquqiy ongning   manzarasini   aniqlashtirishga   yordam   bergan   bo’lardi.   Shaxs   huquqiy
ongidagi   ijobiy   motivlar   va   manfaatlarga   alohida   e’tibor   berish   kerak.   Huquq
ontologiyasi   (huquq   borlig’i   haqidagi   ta’limot),   huquq   gnoseologiyasi   (huquqni
bilish to’g’risidagi ta’limot) va huquqiy aksiologiya (huquq qadriyati to’g’risidagi
ta’limot)   muammolari   huquqni   tushunishning   har   xil   tiplari   vakillari   tomonidan
turlicha talqin etiladi. Bunda huquqni tushunishning har bir tipi doirasida ontologik
tusdagi   masalalarni   ko’rib   chiqish   (huquq   nima?)   huquqiy   gaoseologiya   (huquq
qanday   bilib   olinadi?)   va   huquqiy   aksiologiya   (huquqning   qimmati   nimada?)
muammolari bilan chambarchas, ba’zan esa uzviy bog’liqdir.
LEGISTIK ONTOLOGIYa
Qonun   chiqaruvchining   subyektiv   irodasi   va   o’zboshimchaligiga   bog’liq
mustaqil   bo’lmagan   obyektiv   huquqiy   mohiyatni   legistik   inkor   etish   va   huquqni
qonundan   iborat   qilib   qo’yish   (pozitiv   huquq)   ontologik   jihatdan   legistlar
(pozitivistlar va neopozitivistlar) uchun huquqning borlig’i - bu empirik real  (shu
ma’noda   pozitiv)   hodisaning,   ya’ni   rasman   -   hukmron   xarakterdagi   muayyan
fenomenning mavjudligini anglatadi. Mazkur fenomenning realligi (va pozitivligi)
normatav-huquqiy   hujjag   va   huquqning   manbai   sifatida   talqin   etiladigan
(tushuniladigan) tegishli rasman hujjataing matni sifatida taqdim etilgan.
Legistlarning   (pozitivistlar   va   neopozivistlarning,   ayniqsa   tahliliy
yurisprudensiya   vakillarining)   hujjat   matnining   yuridik-dogmatik   tahliliga,   uni
legistik   lingvistika   va   germenevtika   (matnlarni   talqin   qilish   nazariyasi)   nuqtai
nazaridan   talqin   qilishiga   qattiq   qiziqishi   shu   bilan   izohlanadi.   Shunda   hujjat
matnini   bu   tariqa   tahlil   etish   doirasidan   tashqariga   chiqadigan   hamma   narsa
legistlar uchun qandaydir metafizik, noreal, nopozitiv hisoblanadi. Bunga o’xshash
nopozitiv   g’oyalar,   tushunchalar,   prinsiplar   (huquqning   mohiyati,   huquq   g’oyasi,
tabiiy   huquq,   insonning   begonalashtirilmaydigan   huquqlari   va   hokazolar   kabi),
legazmga   ko’ra,   yolgon   so’zlar,   zaboniy   xomxayollar   va   safsatadir.   Bu   bilan
ontologik hamda gnoseologik xarakterdagi (huquqdagi mohiyat va hodisa, maxsus
regulyator   sifatida   huquq   borlig’i   to’g’risidagi   va   hokazo)   tushuncha-ma’no
muammolari   so’zni   to’g’ri   qo’llash   haqidagi   legistik   tasavvurlar   bilan almashtiriladi. Bunday yondashuvni tahliliy yurisprudensiya vakillari   (D.Ostin   va
boshqalar)ning   qarashlari   qaror   topishiga   sezilarli   ta’sir   ko’rsatgan   ashaddiy
pozitivist   I.Bentam   rivojlantirgan.   Tabiiy   huquq   -   I.Bentamning   bahosiga   ko’ra,
zaboniy   uydirma,   majoz,   insonning   ajralmas   huquqlari   esa   bir   ro’yodir.   Huquq
fanlari  tilini bunday «yolg’on» so’zlardan «tozalash»  bo’yicha Bentam  boshlagan
ish   keyingi   pozitivistlar,   ayniqsa,   huquq   to’g’risidagi   kelzencha   «sof»   ta’limot
tomonidan izchil davom etgarildi.
Inqilobgacha   bo’lgan   davrda   rus   huquqshunosi   V.D.Katkov   ushbu
yo’nalishda   hammadan   ilgarilab   ketgan.   U   yurisprudensiyani   «umumiy
tilshunoslik» yordamida isloh qilib, hatto «huquq» so’zidan umuman voz kechishni
va   uning   o’rniga   «qonun»   so’zidan   foydalanishni   taklif   etgan,   chunki   real
voqyelikda «alohida huquq hodisasi yo’q» deb ta’kidlagandi u.
Huquqning   legistik   ontologiyasi,   shunday   qilib,   fenomenalistik   xarakterga
ega,   boz   ustiga   huquq   fenomen   (hodisa)   sifatida   huquqiy   mohiyatdai   mahrum
etilgan.   Bunda   huquq   borlig’i   biron-bir   obyektiv   asosga   bog’liq   emas,   balki
umuman   va   to’la   ravishda   hokimiyatning   nufuzi,   uning   o’z   subyektiv   ixtiyori   va
qarori bilan belgilanadi.
TABIIY-HUQUQIY ONTOLOGIYa
Huquq   borlig’i,   yusnaturalizm   ontologiyasiga   muvofiq,   ikki   qarama-qarshi
shaklda: huquqning haqiqiy borlig’i shaklida (bu tabiiy huquq borlig’i) va haqiqiy
bo’lmagan borliq shaklida (bu pozitiv huquq borlig’i) ifodalanadi
Bunda tabiiy huquqning ham, uning borlig’ining haqiqiyligi deganda huquq
deb   atalmish   narsaning   haqiqiy   mazmunini   ifodalovchi   muayyan   mohiyat
sifatidagi huquqning obyektiv mavjudligi (xudo, tabiat, aql tomonidan berilganligi
va   hokazo)   nazarda   tutiladi.   Ushbu   obyektiv   mohiyat   huquqning   haqiqiy,
chinakam borlig’idir. Obyektiv mohiyatning haqiqiyligi, shunday qshgab, bevosita
mavjudlik xossasini ham o’z ichiga oladi.
Tabiiy   huquq   borlig’i   huquqning   chinakam   borlig’i   sifatida   o’z-o’ziga
yetarlidir,   chunki   bunday   borliq   -   bu   ayni   vaqtda   mohiyat   borlig’i   va   mazkur
mohiyatning hodisa sifatida bevosita mavjud bo’lishi (va amal qilishi)dir. Tabiiy- huquqiy   mohiyat   chinakam   borliq   shaklida   va   doirasida   mavjud   bo’ladi   hamda
o’zining   zuhur   topishi   va   amal   qshshshi   uchun   g’ayriborliqqa   (haqiqiy   borliqdan
bo’lakcha   shakllarda   namoyon   bo’lish,   mavjud   bo’lish   va   amal   qilishga)   ehtiyoj
sezmaydi.
Huquqning   g’ayriborlig’i   (ya’ni   huquqning   haqiqiy   borliqdan   tashqari,
haqiqiy mohiyat bilan o’xshash bo’lmagan tashqi hodisa shaklida mavjud bo’lishi)
esa, ushbu ontologiyaga muvofiq, haqiqiy bo’lmagan (sun’iy, ixtiyoriy) huquqning
haqiqiy   bo’lmagan   borlig’ida   -   pozitiv   huquqning   mavjud   bo’lishi   va   amal
qilishida zohir bo’lgan.
Ikki   huquq   (huquq   borlig’ining   ikki   shakli)   -   haqiqiy   (tabiiy)   huquq   va
haqiqiy   bo’lmagan   (pozitiv)   huquqning   bir   vaqtda,   bab-baravar,   bir-biridan
mustaqil   ravishda   mavjud   bo’lishi   va   amal   qilishi   to’g’risidagi   tasavvur   mana
shunday yondashuv bilan bog’liqdir.
Huquq   borlig’i   ikki   shaklining   ajralishidan   kelib   chiquvchi   tabiiy   huquqiy
ontologiya   legistik   yondashuvni   (huquqning   obyektiv   mohiyatini   inkor   qilish   va
boshqalar)   to’g’ri   tanqid   qilishi   bilan   birgaliqda   ikkinchi   tomomga   -huquqning
g’ayri borlig’i, zarurligini, ya’ni huquq mohiyatining davlat tomonidan o’rnatilgan
umumiy   majburiy   huquqiy   hodisa   -   huquqiy   qonun   (huquq   mohiyatiga   muvofiq
pozitiv huquq) shaklida ifodalanishini inkor qilishga tomon og’ib ketadi.
Biroq,   huquqning   haqiqiyligi   -   uning   mohiyat   sifatidagi   haqiqiyligigina
emas, balki  uning  umumiy majburiy huquqiy hodisa  sifatidagi  realligi hamdir.
3. LIBERTAR-YuRIDIK ONTOLOGIYa
Libertar-yuridik ontologiyaga muvofiq, huquqning mavjudligi - bu huquqiy
qonunning,   ya’ni   huquqning   obyektiv   mohiyatini   (rasman   tenglik   prinsipining
xossalari   va   talablarini)   ifodalovchi   pozitiv-huquqiy   hodisaning   real,   naqd
borlig’idir.
Huquq   borlig’i,   uning   mavjudligi   va   amal   qilishi   huquqiy   mohiyat   bilan
huquqiy   hodisa   o’rtasidagi   zarur   aloqani   taqozo   etadi.   Ularning   o’zaro   bog’liq
bo’lgan   birligi   ijtimoiy   munosabatlarning   alohida   shakli   va   o’ziga   xos
boshqaruvchisi sifatidagi huquqdir. Libertar-yuridik   ontologiya,   go’yo   huquq   -   bu,   yusnaturalistlar   aytganidek,
umumiy   majburiy   hodisa   sifatida   zohiran   ifodalanmay,   o’z-o’zicha   mavjud
bo’luvchi   qandaydir   ideal   mohiyat,   yoxud,   legistlar   hisoblaganidek,   obyektiv
huquqiy   mohiyatdan   mahrum   bo’lgan   qandaydir   umumiy   majburiy   hodisadir,
degan bir tomonlama tasavvurlarga qarshi qaratilgan.
Huquq borlig’i shakli sifatidagi (rasman tenglik) huquqiy qonunda huquqiy
mohiyat   muqobil   umumiy   majburiy   hodisa   sifatida   (ya’ni   qonunning   mohiyati,
pozitiv   huquq   sifatida)   ifodalangan   (va   mavjuddir),   umumiy   majburiy   hodisa
(qonun) esa o’zida mazkur huhuqiy mohiyatni ifodalash shaklidan iborat bo’ladi va
faqat shu sababdan huquqiy hodisa sifatida (huquqiy qonun sifatida) harakat qiladi,
mavjud bo’ladi va amal qiladi.
Huquqiy   qonun   -   bu huquq borlig’ining lozim bo’lgan (muqobil, to’liq,
tugallangan va shu ma’noda - chinakam) shaklidir, chunki mohiyat va hodisa
faqat   ushbu   shaklda   o’zaro   aloqadorlikdagi   va   zarur   birlikdagi   huquqiy
mohiyat   va   huquqiy   hodisani   ifodalaydi .   Huquq   borlig’ining   bunday   zaruriy
shakli   umumiy   majburiy   hodisaning   muqobil   shaklidan   mahrum   etilgan   tabiiy-
huquqiy   mohiyatning   mavhum   tushunchasiga   pozitiv   huquqdan   tashqaridagi
mustaqil   borliq   ma’nosini   beradigan   yusnaturalizmning   ontologik   tasavvurlarida
ham,   tegishli   huquqiy   mohiyatga   ega   bo’lmagan   umumiy   majburiy   hodisaga
huquqiy   hodisa   ma’nosini   beradigan   legizmda   ham   mavjud   emas.   Huquqiy
qonunning yusnaturalizm va legizm nuqtai nazaridan huquq borlig’i shakli sifatida
bo’lishi   mumkin   emasligi   ushbu   yo’nalishlar   vakillarida   unga   tatbiqan   huquqiy
mohiyat va huquqiy hodisaning farqi, ularning o’zaro aloqasi  va birligining zarur
xarakteri   haqida   nazariy   jihatdan   so’z   yuritish   mumkin   bo’lgan   huquqning   (va
uning   mavjudligining)   tegishli   konsepsiyasi   yo’qligidan   dalolat   beradi.   Shu
sababli,   qat’iy   qilib   aytganda,   yusnaturalistlarda   mohiyat   va   legistlarda   hodisa
aynan   huquqiy   mohiyatni   va   aynan   huquqiy   hodisani   ifodalaydi,   chunki
yusnaturalistik   mohiyat   umumiy   majburiy   hodisaning   mohiyati   emas,   legistik
hodisa esa - obyektiv huquqiy hodisaning mohiyati emas. Libertar-yuridik ontologiyaga ko’ra, rasman tenglik (ya’ni huquqiy mohiyat)
-   bu   umumiy   majburiy   pozitiv-huquqiy   hodisa   (qonun)ning   mohiyati,   umumiy
majburiy pozitiv-huquqiy hodisa (qonun) esa - bu ushbu obyektiv huquqiy mohiyat
(rasman   tenglik)   namoyon   bo’lishi,   ifodalanishi   va   aniqlashtirilishining   davlat
shaklidir.
Huquq   borlig’i   huquqiy   mohiyat   va   huquqiy   hodisaning   zarur   birligi
sifatidagi   huquqning,   odamlarning   ijtimoiy   turmushida   tenglik,   erkinlik   va
adolatning umumiy majburiy shakli sifatidagi huquqning botinan o’zaro bog’liq va
bir-birini taqozo etuvchi xossalari hamda tavsiflari majmuini o’z ichiga oladi.
Huquq tarixiydir va uning mavjudligi ijtimoiy-tarixiy tajriba orqali namoyon
bo’ladi.   Shu   ma’noda   huquq   aprior   (tarjibaga,   faktlarga   asoslanmagan,   tajribada
ko’rilmagan,   tekshirilmagan,   tajribadan   qat’i   nazar)   emas,   balki   aposteriordir
(tajriba   va   faktlarga   asoslangan,   tajriba   va   faktlardan   kelib   chiqadigan).   Shu
sababli   huquq   tabiatini   (huquq   borlig’ining   ijtimoiy-tarixiy   ma’nosi   va   mazmuni,
uning   mohiyati   va   mavjud   bo’lishi),   garchi   aql   ham,   tabiat   ham   huquqning
genezisi,   rivojlanishi   va   amal   qilishi   bilan   bog’liq   tarixiy   jarayonda   muhim   rol
o’ynasa   ham,   na   tabiat   huquqi   (huquqning   tabiiy   mavjudligi),   na   aqlning   tabiati
(huquqning sof aqldan aprior mavjudligi) bilan aralashtirib yubormaslik kerak.
Aristotelning   “inson,   o’z   tabiatiga   ko’ra,   -   siyosiy   mavjudot”,   (Aristotel,
Politika,   1.1,9,1253a,   16)   degan   qoidasiga   o’xshatib,   inson,   o’z   tabiatiga   ko’ra,   -
huquqiy   mavjudot,   deb   aytish   mumkin.   Biroq   bunday   mulohazalar   aslo   kishilar
ijtimoiy   turmushining   siyosiy   va   huquqiy   mohiyati,   siyosiy   va   huquqiy   shakllari
apriorligini, insonga tabiat tomonidan berilganligani, tug’maligini anglatmaydi.
Agar inson, Russo hisoblaganidek, erkin tug’ilganida edi 1
  (odamlar tabiatan
erkin   va   teng   bo’lishlari   kerak   edi),   hyech   qayerda   asoratga   solinmagan   bo’lardi,
erkinlik,   tenglik,   huquq,   adolat   masalasida   insoniyatning   hyech   bir   muammosi
bo’lmas edi.
Gap   harakat   yo’nalishi   butunlay   qarama-qarshi   ekanligidadir:   inson   va
insoniyat   erkinlik,   huquq,   tenglik,   adolat   mavjud   emasligi   vaziyati   tufayli   ular
tomon rivojlanadi. So’z faqat inson (va butun-butun xalqklar) o’z (intellektual va irodaviy)   tabiatiga   ko’ra   boshqa   jonli   mavjudotlardan   farq   qilgan   holda,   o’zining
ma’naviy, madaniy, ijtimoiy rivojlanishi va takomillashuvi yo’lida ijtimoiy hayotni
tashkil   etishning   siyosiy   va   huquqiy   shakllariga   kelishga   qodirligi   haqida   borishi
mumkin.
Umumiy   majburiy   davlat   qonuni   (ya’ni   huquqiy   qonun)   shaklidagi
tenglik  va  erkinlikning  tarixan  erishilgan  darajasi   va  o’lchovlari  real-amaliy
qaror   topishi   libertar-yuridik   ontologiya   nuqtai   nazaridan   prinsipial   ahamiyatga
egadir. Busiz na huquq borlig’i, na biz tushungan ma’nodagi huquqiy hodisa zohir
bo’ladi.
Huquqiy   qonun   borlig’i   doirasida   barcha   huquqiy   fenomenlar   (huquqiy
norma,   huquqiy   munosabat,   huquqiy   onggina   emas,   balki,   aytaylik,   huquqiy
layoqatlilik va huquqiy subyektlik, huquqiy maqom hamda huquqiy rejim, huquqiy
shartnoma,   da’vo   va   ayblov,   hatto   presedentlik   huquqi   mavjud   bo’lmagan
sharoitda ham sud qarori hamda ma’muriy qaror, huquqiy tartibotlar va prosessual
shakllar   va   boshqalar)   mazkur   ijtimoiy   vaqt   va   makon   uchun   sifat   jihatidan
belgilangan huquq mohiyatining, rasman tenglik prinsipining ifodalanishi, amalga
oshirilishi va mavjud bo’lishi  shakllari  hisoblanadi.   Huquq mavjud bo’lishining
bu barcha shakllari - hayot o’z-o’zicha faktlardan iboratligi, bevosita ijtimoiy
faktlar   emas,   aslo,   balki   rasman   tenglik   prinsipining   mazmuni   va   ahamiyati
aniqlashtirilishi davomidagi sifat jihatdan teng rasmiyatchilikdir,
Binobarin,   huquq   borlig’i   ushbu   shakllarining   farqi   mohiyat   xarakteriga
emas,   balki   funksional   xarakterga   egadir.   Rasmiy   tenglik   umumiy   prinsipining
mazmuni,   masalan,   huquqiy   normada   huquq   subyektlari   xulq-atvori   qoidalari
ko’rinishida   (huquq   subyektlari   xulq-atvori   muayyan   modelining   muqarrarligi
shaklida),   huquqiy   jihatdan   -   huquq   subyektlarining   rasman   teng,   erkin   va   bir-
biriga   bog’liq   bo’lmagan   o’zaro   munosabatlari   ko’rinishida,   huquqiy   ongda   -
huquq   prinsiplari   ma’nosi   va   talablarining   mazkur   huquqiy   hamjamiyat   a’zolari
tomonidan   anglab   olinishi   shaklida,   huquqiy   subyektlikda   -   individlarni
muomalaning   rasman   teng,   erkin   va   bir-biridan   mustaqil   bo’lgan   huquqiy   tipi
subyektlari,   deb   e’tirof   etish   shaklida,   huquqiy   tartibotlarda   -   huquq   borasidagi nizoni   hal   qilishnig   barcha   subyektlari   tomonidan   huquq   va   majburiyatlarning
olinishi   va   amalga   oshirilishining   teng   hamda   adolatli   tartibi   shaklida   va
hokazolarda ifodalanadi (va mavjud bo’ladi).
Shunday   qilib,   huquq   faqat   bitta   shaklda   (huquqiy   normada)   yoki   uch
shaklda   (huquqiy   normada,   huquqiy   munosabatda,   huquqiy   ongda)   emas,   balki
ushbu   huquqiy   shakllarning   barchasida   mavjuddir,   biroq   huquq   mavjud   bo’lishi
ushbu   shakllarining   har   biri   o’zining   alohida   funksiyasini   bajaradi   va   huquq
borlig’i umumiy mazmunida o’zining alohida o’rnini egallaydi.
Bunda   barcha   huquqiy   fenomenlar,   huquqning   butun   borlig’i   -   bu   rasman
tenglik   prinsipi   namoyon   bo’lishi   (shakl   hosil   bo’lishi),   ya’ni   huquqiy
rasmiyatchiliklar   borlig’i,   mavjudligi   va   amal   qilishi,   rasmiy   predmetlar   olami
(huquq subyekti, huquq normasi, huquqiy munosabat va boshqalar kabi) ekanligini
unutmaslik   kerak.   Ular   tegishli   huquqiy   shakllarda   zuhur   topadigan
(boshqariladigan,  tasniflanadigan  va  h.k.)   faktik  munosabatlardan  bir   xil  darajada
yuridik-mantiqiy   abstraksiyalangan.   Shunday   ekan,   huquq   borlig’ining   ham,
umuman   huquqning   ham   obyektiv   realligi,   -   bu   empirik,   faktik-mazmunli   reallik
emas, balki huquqiy shakl mavjud bo’lishi va amal qilishining realligidir, rasman-
huquqiy, rasman-mazmunli reallikdir.
Huquq   normasining   huquqiy   fenomen   sifatida   alohida   o’rni   va
ahamiyati   huquqiy   normaning   huquqning   tizimli   elementi   sifatida   yuridik-
doktrinal   talqin   qilinishi   (huquqning   umuman   normalar   tizimi   sifatida   doktrinal
ta’riflanishi   ham   mana   shundan   kelib   chiqadi)   va   bu   bilan   bog’liq   holda   qonun
matnining   (pozitiv   huquqning)   qoidalari   normaning   tegishli   tarkibiy   qismlari
mazmunini   aniqlash   sifatida   talqin   qilinishi   (gipoteza,   dispozisiya   va   sanksiya)
bilan izohlanadi.
Huquqning   libertar-yuridik   doktrinasi   huquqiy   normaga   (huquqiy   qonun
normasiga)   tayanib   va  uning   nohuquqiy  norma  (nohuquqiy  qonun   normasi)   bilan
legistik   almashtirilishini   rad   etib,   huquqning   normativligini   yuridik   tushunishni
inkor   etmaydi   emas,   balki,   aksincha,   yanada   rnvojlantiradi.   Binobarin,   libertar-
yuridik   ontologiya   nuqtai   nazaridan   vazifa   huquqni   normativlashtirishdan chiqarish   emas,   balki   huquqiy   hodisa   sifatida ,   huquqning   mavjud   bo’lishi   va
amal qilishi shakli sifatida qonun normalarini yuridiklashtirishdir. Huquqiy qonun
normasi   rasman   tenglik   ifodalanishi   va   amalga   oshirilishining   shakllaridan   biri
sifatida,   boshqa   zarur   huquqiy   shakllar   bilan   nisbatda,   o’zaro   aloqada   va   o’zaro
munosabatda   bo’lish   orqali   huquq   borlig’ining   umumiy   makonida   o’zining
munosib o’rnini egallashi mumkin.
Bunda   rasman   tenglik   prinsipi   u   yoki   bu   hodisalar   va   shakllarning,   shu
jumladan   normaning   huquqiy   ma’nosi   va   xarakterini   belgilab   beruvchi   dastlabki
huquqiy asos rolini  o’ynaydi. Huquq borlig’i va amal  qilishining barcha shakllari
unga muvofiq bo’lishi kerak. Foydalanilgan adabiyotlar:
1.   Алексеев   С.С.   Право   –   азбука,   теория,   философия:   опыт   комплексного
исследования.  М., 1999. 
2.   Гегель   Г.В.Ф.   Философия   права:   Пер.   с   нем.   /   Ред   и   сост.   Д.А.   Керимов,
В.С. Нерсесянц; Авт. вступ. ст. и примеч. – В.С. Нерсесянц. М., 1990. 
3.   Зорькин   В.Д.   Философия   права:   прошлое,   настоящее   и   будущее   //
Философия права в начале  XXI  столетия через призму конституционализма и
конституционной экономики /   Под ред.  В.В.   Миронова,  Ю.Н. Солонина  М.,
2010. 
4. Кальной И.И. Философия права: СПб., 2006.
5.   Керимов   Д.А.   Методология   права:   Предмет,   функции,   проблемы
философии права. 4-е изд. М., 2008. 
6.   Миронов   В.В.   Еще   раз   о   специфике   философии   //   Вестник   Российской
академии наук. 2011. Т. 81. № 3. 
7. Михайловский И.В. Очерки философии права. Томск, 1914. Т. 1. 
8. Нерсесянц В.С. Философия права: Учебник. 2-ое изд., перераб. и доп. М.,
2008. 
9. Философия  права:  Курс  лекций:  Учебное   пособие.  В  2 т.  Т.  1. /   Отв.  ред.
М.Н. Марченко. М., 2011. 
10. Хабриева Т.Я. Конституционные реформы в современном мире // Вестник
Российской академии наук. 2016. Т. 86. № 7. С. 579–586. 
11.   Чернавин   Ю.А.   Проблема   предмета   философии   права   //   Вестник
московского государственного областного университета. Сер. «Философские
науки». 2013. № 3. С. 70–76. 
12. Чичерин Б.Н. Философия права. М., 1990. 13. Шершеневич Г.Ф. История
философии права.  2-е изд. СПб., 1907

Mavzu: Huquq ontologiyasi: “huquq”ning tabiati va tuzilishi. Reja: 1. Huquqning ontologik mohiyati. Huquqiy haqiqat. 2. Tabiiy va pozitiv huquq huquqiy voqelikning asosiy tarkibiy elementlari sifatida, ularning ma’nosi va o’zaro bog’liqligi. 3. Huquq borlig’i shakllari: huquqiy g’oya, qonun, huquqiy hayot.

«Ontologiya» atamasi yunoncha ikki so’zdan «borliq» hamda «fan», yoki «ta’limot» so’zlaridan tashkil topgan bo’lib, borliq haqidagi ta’limot ma’nosini anglatadi . Umuman, «ontologiya» tushunchasi falsafiy atama sifatida XVII asrda Goklenius va keyinchalik, X.Volf tomonidan ilk bor qo’llanilgan. Garchand borliq haqidagi falsafiy ta’limotga esa qadimgi Sharq, qadimgi Yunon falsafiy manbalarida keng o’rin berilgan bo’lsada, alohida ta’limot, falsafiy yo’nalish sifatida ontologiya yuqorida qayd etilgan davrga kelib rivojlandi. Falsafada ontologiya ta’limotiga buyuk hissa qo’shgan Markaziy Osiyo mutafakkirlarining asarlari jahon faniga ma’lum va mashhur. Al-Xorazmiy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Ulugbek, Navoiy va boshqalarning falsafiy, ijtimoiy- siyosiy ta’limotlarida borliq haqidagi ilmiy-falsafiy g’oyalar ilgari surilgan. Mazkur muammo, alohida ilmiy tadqiqot mavzusi hisoblanadi, shuning uchun ham biz quyida huquqiy ontologiyaga oid ba’zi fikrlarni keltirishni lozim deb topdik. Ontologiya falsafiy fanning ajralmas qismi hisoblanadi. Ontologiya ta’limotining quyidagi yo’nalishlarini alohida qayd etish mumkin . Birinchidan , abstrakt umumiylik asosida borliqning «sof» shakllari haqidagi ontologik ta’limot. Ikkinchidan esa, obyektiv olamni bir butun moddiy asosi haqidagi ta’limot. Uchinchidan, ontognoseologik ta’limot, ya’ni borliq va uni bilish jarayonini bir butun, yaxlit hodisa deb tushunishdan iborat bo’lgan yo’nalishlar. Ontologiya ta’limotini bu yo’nalishlarini tahlil etish falsafa fanining asosiy vazifalaridandir. Huquqiy ontologiya, ontologiyani falsafiy tushunishga asoslansada, lekin mohiyatiga ko’ra, undan farq qiladi. Falsafiy ta’limotning asosini ontologiya (borliq haqidagi ta’limot), gnoseologiya (bilish haqidagi ta’limot), aksiologiya ( q adriyatlar haqidagi ta’limot) va sosiologiya (jamiyat haqidagi ta’limotni) tashkil etadi. Fan tarixidan bizga ma’lumki, faylasuflarni ontologlarga va gnoseologlarga ajratish, va ularni bir- birlariga qarama-qarshi qo’ yish hollari ko’p uchraydi. Bu hol ayni q sa marksistik falsafada q iz g’ in tortishuvlarga sabab bo’lgan. Amerikalik tadqiqotchi L.Grexemning ta’kidlashicha, ontologiya va epistemologiya ta’limotlari ilmiy, akademik ta’limotlar hisoblansada, 70-80 yillar sovet falsafiy fanida ular o’rtasida

tafovut asosan siyosiy sabablar bilan izohlanishi mumkin. Ontologlarning tabiiy- ilmiy fanlar yutu q laridan foydalangan holda dialektik materializm g’oyalarining naqadar to’g’ri va hayotiy ekanligini isbotlashi–bu o’sha davrda siyosiy zaruriyat edi. Ontologiya borliq haqidagi ta’limot sifatida tabiat falsafasidir. Falsafaning yuqorida qayd etilgan mumtoz tarkibiy qismlari, ya’ni ontologiya, gnoseologiya va aksiologiya huquq falsafasida ham o’z ifodasini topadi. Zero, ilmiy falsafa mazkur asoslarning dialektik birligidan kelib chikadi va ularni qarama-qarshi kuymaydi. Bu esa o’z navbatida huquq falsafasi uchun o’ziga xos metodologik asos bo’lib xizmat qiladi. Demak, falsafiy ontologiya mavjud ekan, huquq falsafasida huquqiy ontologiya ham mavjud bo’ladi. Huquqiy ontologiya deb, huquq va uning qonunchilik amaliyoti bilan bog’liqligi va tafovuti haqidagi ta’limotga aytiladi. Huquqning mohiyat e’tibori bilan obyektiv xarakteri, uning borligi ijtimoiy hayotda insonlarning teng huquqliligi, erkinligi, ularga nisbatan adolatlilik tamoyili jamiyat hayotining umumiy va zaruriy ehtiyoji hisoblanadi. «Huquqiy ontologiya» va «huquq ontologiyasi» birikmalari mazmun jihatidan bir-birlari bilan juda ya q in bo’lganligi tufayli ularni sinonim iboralar sifatida qo’llashni maqsadga muvofiq deb hisobladik. Ammo, ular o’rtasidagi muayyan tafovutning mavjudligini ham e’tirof etish lozim. Huquq ijtimoiy ongning alohida shakli sifatida falsafa, din, axloq, san’at va madaniyat kabi tarixiydir. Huquqning tarixiyligi esa bevosita huquq borligiga, huquqiy ontologiyaga daxldordir. Huquqiy ontologiya huquq falsafasining umumiy tushunchasi bo’lib, uning namoyon bo’lish shakllari turlicha bo’ladi. Yuqorida qayd etilgan tarixiylik tamoyili esa, huquqiy borliq namoyon bo’lishining alohida olingan xususiy hollariga ham tegishli bo’ladi. Dialektikaning asosiy kategoriyalaridan biri alohidalik, xususiylik va umumiylik kategoriyalari huquqiy ontologiyaning nazariy va falsafiy mazmunini tashkil etadi. Huquq, umuman, ijtimoiy-tarixiy tajriba bilan uzviy bog’liq bo’lib, qandaydir ijtimoiy-siyosiy amaliyotdan tashqarida, ya’ni apriori undan oldin mavjud bo’lmaydi. Shuning uchun ham, huquqning tabiati huquq borligining

ijtimoiy-tarixiy mohiyati, tabiiy huquq hamda, falsafiy, huquqiy bilimlar rivoji bilan bog’liq bo’ladi. Huquqiy ontologiya va ijtimoiy-tarixiy amaliyot tushunchalari bir-birlari bilan uzviy bog’liq bo’ladi. Huquqiy ontologiyada huquqning kelib chiqishi va uning tarixiy rivojlanishida insonning tabiat bilan munosabati alohida ahamiyatga egadir. Ijtimoiy-siyosiy munosabatlarning elementlaridan biri bu jamiyatdagi siyosiy va huquqiy munosabalar hisoblanadi. Demak, inson o’z mohiyati va e’tiboriga ko’ra faqatgina siyosiy mavjudot bo’lmay, balki u ayni paytda huquqiy mavjudotdir. Bu degan so’z inson borlig’i bilan mavjud muhim jihatlar, ya’ni uning siyosiy va huquqiy mohiyati, yuqorida qayd etganimizdek, azaldan tug’ma sifatlar bo’lmay, balki muayyan tarixiy, ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda shakllanadi va rivojlanadi. Insonning huquqiy qarashlari, uning erki, tengligi adolatlilik bular inson bilan birga tugilmaydi. Tabiiy huquq asoschilari inson tug’ilishidan erkin tug’iladi deb hisoblagan. Agar inson haqiqatan ham teng, ozod bo’lib tug’ilganda edi, xalqlarning ozodlik, mustaqillik uchun kurashiga hojat qolmagan bo’lar edi. Inson va insoniyat har doim ozodlikka, mustaqillikka, tenglikka, adolatga, haq- huquqiga intilib yashaydi. Har bir xalq, millat o’z salohiyatiga ko’ra takomillashish jihatidan, rivojlanish jarayonida ijtimoiy hayotning siyosiy va huquqiy shakllarni takomillashtirish imkoniyatiga ega bo’ladi. Huquqning borligi va uning rivojlanishini ijtimoiy-tarixiy jarayon sifatida o’zining obyektiv qonuniyatlariga ega. Shuning uchun ham huquqiy ontologiya ta’limotiga ko’ra, ularni tabiatdan tashqarida mavjud bo’lgan kuchlar tomonidan huquqning tayyor tamoyillari bilan birgalikda g’oyibona paydo bo’lish g’oyasi noilmiy g’oyalar sirasiga kiradi. Chunki, huquq borligini mazkur konsepsiyasi huquqshunoslar, faylasuflar, siyosatshunoslar orasida keng tarqalganligi tarixdan bizga ma’lum. «Tug’ma g’oyalar» konsepsiyasi falsafa fanida tanqid ostiga olingan nazariyalardan hisoblanadi. Bu ta’limotning noizchilligi huquqiy borliq masalasining taxlilida yanada yaqqolroq ko’zga tashlanadi. Boshqacha so’zlar bilan aytganda, huquq borligining umumiy mohiyatidan huquqiy hodisalarning epirik turlarini keltirib chiqarishga intiluvchilar ham bo’lgan. Ana shunday usullar

yordamida o’z vaqtida legistlar qonun va hayotning o’zaro bog’liqligi muammosini hal etishga uringan edilar. Huquqiy ontologiya huquq borligi va huquqning mazmuni, mohiyatini huquqning o’zidan ajratib o’rganmaydi. Aksincha huquqiy g’oyalar va huquqning mohiyati bir-birlari bilan uzviy bog’liq bo’ladi. Huquq faqatgina ijtimoiy-siyosiy hodisa bo’libgina kolmay, balki madaniy hodisa, madaniyatning muhim belgilaridan hisoblanadi. Shuningdek, huquq borlig’ining asosiy xususiyatlaridan biri, uning umumbashariy madaniyatining bir qismi ekanligidadir. Shunday qilib, huquqiy ontologiya va huquqiy madaniyat tushunchalar mazmunan yaqin tushunchalar hisoblanadi. Chunki huquq borligini asosini huquqiy madaniyat tashkil etadi. Huquqiy madaniyat darajasi faqatgina qonunlarni bilish, huquqiy ma’lumotlardan xabardor bo’lishdangina iborat emas, balki qonunlarga amal qilish va ularga buysunish madaniyati demakdir. «Huquqiy madaniyatning, - deb ta’kidlaydi I.Karimov, - yuqori darajada bo’lishi huquqiy davlatning o’ziga xos xususiyatidir. Shu bilan birga huquqiy madaniyat saviyasi qabul qilingan qonunlar soni bilan emas, balki ushbu qonunlarning barcha darajalarda ijro etilishi bilan belgilanadi». Huquqiy madaniyat siyosiy madaniyatning ajralmas qismi bo’lib, mustaqil davlatchilikni mustaxkamlash jarayonida muhim ahamiyatga molik bo’lgan muammolardandir. Huquqiy madaniyat tushunchasi huquqiy ontologiyaning, ya’ni huquq borligining ifodalovchi tushunchalardan biridir. Mazkur muammoni alohida tadqiq etib, U.Tadjixonov va A.Saidovlar shunday deydi: “Jamiyat huquqiy madaniyatining mohiyatini huquqiy qadriyatlarni o’zlashtirish va ulardan foydalanish darajasi deb tushunish uni huquqiy ong va xulq-atvorining muayan darajada rivojlanishi bilan bog’laydi. Huquqiy madaniyatni oshirish shunchaki qonuniy xulq-atvornigina emas, balki bu sohada ijtimoiy faol xulq-atvorni ham ta’minlashni taqozo etadi. Qonunga xilof xulq-atvorni, qonunga xilof faoliyatni jamiyat huquqiy madaniyati tushunchasiga kiritish asossizdir”.