logo

Shaxsiy huquq va erkinliklari

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

25.2890625 KB
  Shaxsiy huquq va erkinliklari
Reja:
1. Shaxsiy huquq va erkinliklar tushunchasi
2. Yashash huquqi. Erkinlik va shaxsiy   daxlsizlik huquqi
3. Sudda himoya   bilan ta’minlanish huquqi
4. Fikrlash,   so‘z,   e’tiqod   erkinligi.   Axborot   olish,   tarqatish,   hujjatlar   bilan
tanishish huquqi
5. Vijdon erkinligi Shaxsiy huquq va erkinliklar tushunchasi
          Shaxsiy   huquq   va   erkinlik   tushunchasini   aniqlashdan   avval
umuman, huquq nima, erkinlik nima, degan tushunchalarni aniqlash lozim. Huquq
davlat   tomonidan   ta’minlanadigan,   himoya   qilinadigan   nimadir   qilish,   amalga
oshirish,   munosib   yashash   sharoitiga
ega   bo‘lish,   zo‘rliklardan   himoya   qilinishning   tabiiy   imkoniyatidir.
Erkinlik   esa   biron-bir   narsada   (xulq-atvorda,   faoliyatda)   qonun
bilan   taqiqlanmagan   biron-bir   cheklashning   yo‘qligidir.   Ya’ni
huquqda   asosiy   masala   —   imkoniyat   yaratish,   erkinlikda   esa
cheklashning yo‘qligidir. 
          O‘zbekiston   Respublikasi   Konstitutsiyasida   fuqarolarning   asosiy   huquq   va
erkinliklari   uch   guruhga   bo‘lib   mustahkamlangan.   Bular:   «Shaxsiy   huquq   va
erkinliklar»,   «Siyosiy   huquqlar»,   «Iqtisodiy   va   ijtimoiy   huquqlar».   Fuqarolarning
shaxsiy   huquq   va   erkinliklari   ustuvor   huquq   hisoblanadi   va   bu   O‘zbekiston
Konstitutsiyasida   birinchi   o‘rinda
berilganligida   ham   ko‘rinadi.   Shaxsiy   huquq   va   erkinliklar   fuqarolarning   hayoti,
sog‘lig‘i,   e’tiqodi   bilan   bog‘liqdir.   Shaxsiy   huquq   va   erkinliklar   insonni   shaxs
sifatida   namoyon   etuvchi   imkoniyatdir.   Shaxsiy   huquq   va   erkinliklarni,   odatda,
tabiiy   huquqlar   ham   deb   yuritiladi.   Ular   inson   tug‘ilishi   bilan   vujudga   keladi.
Ularni davlat bermaydi. Faqat shu huquqlarni davlat ta’minlaydi va shunga majbur.
Shaxsiy, ya’ni tabiiy huquqlar barcha mamlakatlarda mavjud va davlat tomonidan
ta’minlanadi.   Shaxsiy   huquq   va   erkinliklar   xalqaro   hujjatlar   bilan   ham   himoya
qilinadi.
      O‘zbekiston Konstitutsiyasini ishlab chiqishda va qabul qilishda, fuqarolarning
shaxsiy   huquqlari   belgilangan   xalqaro   hujjatlar,
jumladan,   «Inson   huquqlari   Umumjahon   deklaratsiyasi»   qoidalariga   amal   qilindi.
Natijada, birinchi marta Konstitutsiyada yashash  huquqi qayd qilinib, bu huquqni
ta’minlashni   davlat   o‘z   zimmasiga   oldi.
Shaxsiy   huquq   va   erkinliklar   boshqa   huquqlardan   farq   qilib,   ularni   cheklash
mumkin   emas.   Alohida   hollarda   cheklash   zarurati bo‘lsa,   bu   Konstitutsiya   asosida,   unda   ko‘rsatilgan   tartibda   amalga
oshiriladi.   Ya’ni   ba’zi   hollarda   cheklash   qonunga   asosan   amalga
oshirilishi   belgilangan.   Shaxsiy   huquqlardan   barcha   shaxslar,   fuqaroligidan   qat’i
nazar,   foydalanadi   va   davlat   ham   barchaga   fuqaroligidan   qat’i   nazar,   shaxsiy
huquq   va   erkinliklardan   foydalanishga   imkon   yaratadi.   Konstitutsiyaga   asosan,
shaxsiy huquq va erkinliklar bilan bog‘liq, insonning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-
qimmati   va   boshqa   daxlsiz   huquqlari   oliy   qadriyat   hisoblanishi   ham   bu
huquqlarning   huquq   va   erkinliklar   tizimida   ustuvor   hisoblanishiga   olib
keladi.
                    Yashash   huquqi.   Erkinlik   va   shaxsiy   daxlsizlik   huquqi
«Insonning   hayoti,   shaxsi   va   erkinligi   daxlsizdir»,   deb   qayd
qilingan   Konstitutsiya   qabul   qilinayotgan   Oliy   Kengash   sessiyasida
va  shu  g‘oya  Konstitutsiyada  to‘la  ifodasini   topgan.  Inson   hayoti   Konstitutsiyada
yashash   huquqining   belgilanishi   va   har   tomonlama   ta’minlanishi   bilan
kafolatlanadi. Konstitutsiyaning 24-moddasida «Yashash huquqi har bir insonning
uzviy   huquqidir.   Inson   hayotiga   suiqasd   qilish   eng   og‘ir   jinoyatdir»,   deb
belgilangan. Insonning yashash huquqi qonunlar bilan himoya qilinadi. 
      Yashash huquqi hayot kechirish bilan bog‘liq bo‘lganligi uchun inson hayotiga
har   qanday   tajovuz   qonunga   asosan   jazolanadi.   O‘zbekiston   Respublikasining
Jinoyat   kodeksida   inson   hayotiga
qilingan   tajovuzlar   uchun   jazo   belgilangan.   Kodeksning   97-moddasida   qasddan
odam  o‘ldirish  uchun,  98-moddada  kuchli   ruhiy  hayajonlanish  natijasida  qasddan
odam o‘ldirish uchun, 99-moddada onaning o‘z chaqalog‘i (bolasi)ni o‘ldirganligi
uchun   jinoiy   javobgarlik   belgilangan.   Xuddi   shuningdek,   Jinoyat   kodeksida
ehtiyotsizlik   bilan   odam   o‘ldirish,   zaruriy   mudofaa   chegarasidan   chiqib   odam
o‘ldirish   uchun   ham   jinoiy   jazo   belgilangan.   Og‘ir   jinoyat   sodir   etgan   shaxslarni
o‘lim   jazosi   orqali   hayotdan   mahrum   qilish   masalasi   ham   yashash   huquqi   bilan
bog‘liq
hodisa.   Bu   —   ayrim   davlatlarda   oxirgi   chora   tariqasida   qo‘llaniladigan
jazo.   Mamlakatimizda   demokratlashtirish   jarayoni   chuqurlashib   borishi   bilan   bu masalaga   ham   yondashuv   o‘zgarib   bormoqda.   O‘zbekiston   XXI   asrga   ijtimoiy
hayotning   barcha   sohalarini   erkinlashtirish   vazifasi   bilan   kirib   keldi.   Bu   borada
2001-yil  avgustida   bo‘lib  o‘tgan  ikkinchi   chaqiriq  O‘zbekiston   Respublikasi  Oliy
Majlisining   6-sessiyasida   qabul   qilingan   «Jinoiy   jazolarni   liberallashtirilishi
munosabati   bilan   O‘zbekiston   Respublikasining   Jinoyat,   Jinoyat   protsessual
kodekslari hamda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi  kodeksiga o‘zgartirishlar va
qo‘shimchalar   kiritish   to‘g‘risida»gi   Qonun   muhim   rol   o‘ynaydi.
Umuman,   O‘zbekiston   mustaqillikka   erishgach,   o‘lim   jazosini   qo‘llashni
kamaytirishga   harakat   qilmoqda.   Mustaqillikka   erishgan   vaqtda   Jinoyat
kodeksining 30 dan ortiq moddasida o‘lim jazosi belgilangan bo‘lsa, 1994-yilda 13
moddada,   1998-yilda   8   moddada,   2001-yilda   4   moddada,   keyinchalik
javobgarlikni og‘irlashtiruvchi holatda qasddan odam o‘ldirish va terrorizm uchun
jazo belgilangan kodeks moddalaridagina o‘lim jazosi qoldirildi. Hozirgi kunda esa
birorta   jinoyat   uchun   o‘lim   jazosi   belgilanmagan.   2005-yil   28-yanvarda
O‘zbekistonning   birinchi   Prezidenti   O‘zbekiston   Respublikasi   Oliy   Majlisi
Qonunchilik palatasi  va Senatining qo‘shma  majlisidagi  ma’ruzasida  «Sud-huquq
tizimini
liberallashtirish   borasida   biz   hal   etishimiz   lozim   bo‘lgan   yana
bir masala — bu jazolash tizimidan o‘lim jazosini chiqarib tashlashdir», deb qayd
qildi.   Shuni   hayotga   tatbiq   etish   uchun   O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining
2005-yil   1-avgustdagi   «O‘zbekiston   Respublikasida   o‘lim   jazosini   bekor   qilish
to‘g‘risida»gi   Farmoniga   asosan,   2008-yil   1-yanvardan   jinoiy   jazo   turi   sifatida
o‘lim   jazosi   bekor   qilindi.   Bu   bevosita   insonning   Konstitutsiyada   belgilangan
yashash   huquqini   ta’minlashni   kuchaytirishga   qaratilgandir.   Bizning   bosh
maqsadimiz   —   jamiyatni   demokratlashtirish   va   yangilash,   mamlakatni
modernizatsiya va isloh etishdir. 
            Insonning   yashash   huquqi   to‘la-to‘kis   bo‘lishi   uchun   yashashi
davomida   hayotdan   to‘la   bahramand   bo‘lishi   va   o‘z   imkoniyatlaridan
to‘la   foydalanishi   uchun   unga,   albatta,   erkinlik   va   daxlsizlik   zarur.
Shuning   uchun   Konstitutsiyaning   25-moddasida   «Har   kim   erkinlik va   shaxsiy   daxlsizlik   huquqiga   ega.   Hech   kim   qonunga   asoslanmagan
holda   hibsga   olinishi   yoki   qamoqda   saqlanishi   mumkin   emas»,   deb
belgilangan.   Erkinlik   shaxsning   o‘z   ixtiyori   bo‘yicha   yashash,   hayot   kechirish
imkoniyati   bo‘lib,   faqat   shaxs   qonunlarga   itoat   etishi   zarur.
Mamlakatimizda   har   bir   kishining   erkinligi   uning   shaxsiy   daxlsizligi
bilan   ta’minlanadi.   Daxlsizlik   degani,   shaxsning   erkinligini   cheklovchi   hech
qanday   harakatlarga   yo‘l   qo‘yilmasligidir.   Qonunda   belgilangan   asoslardan
tashqari   hech kimning  erkinligi   cheklanishi,  erkinlikka  zarar  yetkazilishi  mumkin
emas.   Qonun   tegishli   hollarda   kishilarning   erkinligini   cheklashga   yo‘l   qo‘yadi.
Ya’ni   ular   jinoiy   harakat   sodir   etsa   yoki   shunday   harakat   sodir   etishda   gumon
qilinsa,   shaxsni   jamiyatdan   ajratishga   zarurat   bo‘lsa.   Lekin   har   qanday   erkinlikni
cheklash   qonunga   asosan   va   qonun   vakolat   bergan   organlar   tomonidan   amalga
oshiriladi.   Ichki   ishlar   organlari   ma’lum   muddatga   shaxslarni   ushlab   turishi,
prokuratura   organlari   qamoqqa   olish   haqida   sanksiya   (rozilik)   berishi,   sud
organlari esa ozodlikdan mahrum qilish yoki boshqa erkinlikni cheklovchi jazolar
berishi   mumkin.   Mamlakatimizda   har   bir   kishining   erkinligini   yanada   kengroq
ta’minlash   maqsadida   va   jahon   tajribasiga   tayangan   holda   shaxsni   ushlab   turish
(ya’ni   erkinligini   cheklash)   masalasini   adolatli   hal   qilish   uchun   «Boshqa
demokratik davlatlar kabi  O‘zbekistonda ham shaxsni  ushlab turish, hibsga  olish,
shuningdek, boshqa protsessual majburiy choralarni qo‘llash uchun sanksiya berish
huquqlarini   ham   sudlarga   o‘tkazish   kerak,   deb   o‘ylayman»,
deb   Prezident   bu   masalaga   oydinlik   kiritdi   hamda   shu   masalani
hayotga   tatbiq   qilish   uchun   2005-yil   8-avgustda   «Qamoqqa   olishga
sanksiya   berish   huquqini   sudlarga   o‘tkazish   to‘g‘risida»   Farmon
qabul   qildi.   Bu   bilan   shaxs   erkinligi   va   daxlsizligini   ta’minlash
kuchaytirildi.
       Sudda himoya   bilan ta’minlanish huquqi
          Konstitutsiyaning 26-moddasida «Jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan har
bir   shaxsning   ishi   sudda   qonuniy   tartibda,   oshkora   ko‘rib   chiqilib,   uning   aybi
aniqlanmaguncha   u   aybdor   hisoblanmaydi.   Sudda   ayblanayotgan   shaxsga   o‘zini himoya   qilish   uchun   barcha   sharoitlar   ta’minlab   beriladi.   Hech   kim   qiynoqqa
solinishi, zo‘ravonlikka, shafqatsiz yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa
tarzdagi   tazyiqqa   duchor   etilishi   mumkin   emas.   Hech   kimda   uning   roziligisiz
tibbiy yoki ilmiy tajribalar o‘tkazilishi mumkin emas», deb belgilab qo‘yilgan. Har
qanday   kishini   aybli   deb   topishni   faqat   sud   organlari   vakolatiga   berilishi
demokratik   huquqiy   davlatga   xos   xususiyat   bo‘lib,   bu   shaxsni   himoyalashning
muhim   vositasidir.   Jahon   huquqshunoslik   tajribasida   «aybsizlik   prezumpsiyasi»,
degan so‘z ishlatiladi.  Bu degani  — shaxsning  aybi  aniq dalillar  bilan isbotlanib,
aybli ekanligini sud e’tirof etguncha, unga hech qanday ayb qo‘ymaslik va aybdor,
deb   e’lon   qilmaslikdir.   Shaxsning   aybi   qonunlarda   belgilangan   tartibda,   sudda
ko‘rib   chiqilib   isbotlansagina,   u   aybdor   deb   topilishi   mumkin.   Bunda   yana   bir
muhim shart sudda ish oshkora ko‘rilishi hisoblanadi. Sudda ishni oshkora ko‘rish
—   manfaatdor   tomonlarni   oldindan   sudda   ish   ko‘rish   vaqti   va   joyi   to‘g‘risida
ogohlantirish,   sud   majlislarida   ishtirok   etishga   to‘sqinlik   qilmaslik,   sud
majlislarida   jamoatchilik   vakillari,   ommaviy   axborot   vakillarining   ishtirokiga
imkoniyat   yaratish   demakdir.  Sudda   ayblanayotgan  shaxsga  o‘zini  himoya  qilish,
aybsizligini   isbotlash   uchun   barcha   tegishli   imkoniyatlar   yaratiladi.   Ular   dalillar
taqdim   qilishi,   suddan   guvohlarni   chaqirishni   va   boshqa   harakatlar   sodir   etishni
so‘rashi   mumkin.   Sudda   ayblanayotgan   shaxsning   himoyaga   bo‘lgan   huquqini
ta’minlashni   Konstitutsiyaning   116-moddasi   ham   ko‘zda   tutgan,
unga   asosan,   «Ayblanuvchi   himoyalanish   huquqi   bilan   ta’minlanadi.   Tergov   va
sud   ishini   yuritishning   har   qanday   bosqichida   malakali   yuridik   yordam   olish
huquqi kafolatlanadi». «Aybsizlik prezumpsiyasi» yana ayblanayotgan shaxsga o‘z
aybsizligini   isbotlash   majburiyatini   yuklamaydi   (bu   tegishli   organlarning
majburiyati),   shuningdek,   gumonlar   isbotlanmasa,   bunda   gumonlar   ayblanuvchi
foydasiga hal etilishini ko‘zda tutadi. 
              Amalga   oshirilayotgan   sud-huquq   islohotining   eng   muhim   jihatlaridan   biri
advokatlar   rolini   oshirish,   ularning   holatini   davlat   ayblovchilari   bilan
tenglashtirishga   qaratilgan   bo‘lib,   bu   shaxs   manfaatlarini   himoya   qilishni
kuchaytirishga to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir qiladi. Shaxsning aybini isbotlash uchun uni qiynoqqa   solish,   unga   nisbatan   zo‘ravonlik   qilish,   insonning   qadr-qimmatini
kamsituvchi   har  qanday  harakat  sodir   etish,  tazyiq  o‘tkazish  qat’iyan  taqiqlanadi.
Jinoyat   kodeksining   206,   235-moddalarida   shunday   harakatlar   uchun   jinoiy
javobgarlik   belgilangan.   Shunday   harakatlar   sodir   etilgudek   bo‘lsa,   aybdor
shaxslar jazolanadi. Shunday harakatlarni sodir etmaslik jinoyat qonunlarimizning
muhim   prinsiplaridan   qilib   belgilangan.   O‘zbekiston   Xalqaro   huquqning
umume’tirof   etilgan   qoidalariga   sodiqligini   namoyon   etib,   1995-yil   31-avgustda
«Qiynoq hamda muomala va jazolashning qattiq, shafqatsiz, insoniylikka zid yoki
qadr-qimmatni   kamsituvchi   turlariga   qarshi   Konvensiya»ga   qo‘shilgan.   Jahon
tajribasida   shaxsning   roziligisiz   tibbiy   yoki   ilmiy   tajribalar   o‘tkazish   uning   qadr-
qimmatiga   qaratilgan   qonunsiz   harakat,   deb   e’tirof   etilgan.   O‘zbekistonda   ham
bunday tajribalar taqiqlanadi. Shaxsning roziligisiz unda turli tajribalar o‘tkazilishi
natijasida,   insonlar   naqadar   xo‘rlanganligini,   hayotdan,   sog‘liqdan   mahrum
bo‘lganligini   Ikkinchi   jahon   urushida   konslagerlarda   fashistlar   qilgan
yovuzliklardan   bilamiz.   Shunday   holatlar   takrorlanmasligi   uchun
bizning   mamlakatimizda   kuchli   huquqiy   asoslar   mavjud.
           
    Har   kim   sha’ni-obro‘siga   qilingan   tajovuzlardan,   shaxsiy   hayotiga
aralashuvdan   himoyalanish   va   turar   joyi   daxlsizligi   huquqi,   yozishma   va
so‘zlashuvlarning sir saqlanishi
          Konstitutsiyaning   27-moddasida   «Har   kim   o‘z   sha’ni   va   obro‘-
siga qilingan tajovuzlardan, shaxsiy hayotiga aralashishdan himoyalanish va turar
joyi   daxlsizligi   huquqiga   ega.   Hech   kim   qonun   nazarda   tutgan   hollardan   va
tartibdan tashqari, birovning turar joyiga kirishi, tintuv o‘tkazishi yoki uni ko‘zdan
kechirishi,   yozishmalar   va   telefonda   so‘zlashuvlar   sirini   oshkor   qilishi   mumkin
emas»,   deb   mustahkamlangan.   Inson   boshqa   mavjudotlardan   sha’ni,   qadr-
qimmatiga,   obro‘ga   egaligi   bilan   farq   qiladi.   Qadr-qimmat   qadrlangandagina,   u
o‘zining   hayotini   munosib   qura   oladi.   Shuning   uchun   insonning   sha’ni,   obro‘si
himoya qilinadi. Har bir kishi o‘z hayotini o‘zi xohlagancha tashkil qiladi. Bunda u
boshqalarga zarar yetkazmasligi, qonun, qoidalar asosida yashashi, mehnat qilishi zarur.   Insonlarning   sha’ni,   obro‘siga   zarar   keltiruvchi   har   qanday   harakat
taqiqlanadi.   Biron-bir   harakat   natijasida   insonning   sha’ni,   obro‘siga   zarar   yetsa,
unga tegishli choralar ko‘riladi. Demokratik mamlakatimizda har bir kishi o‘zining
sha’ni,   qadr-qimmati,   obro‘sining   poymol   etilishiga   olib   keluvchi
xattiharakatlardan   himoyalanish   huquqiga   ega.   Kishilarning   sha’ni,   obro‘sini
himoya qiluvchi  tegishli  vositalar mavjud bo‘lib, ular  orasida  sud alohida muhim
rol   o‘ynaydi.   Har   bir   kishi   o‘zining   sha’ni   va   obro‘sini   himoya   qilishni   so‘rab
sudga
murojaat   qilish   huquqiga   ega.   Insonning   sha’ni,   obro‘siga   turmush   sharoitida,
xizmat   vazifasini   bajarish   chog‘ida   zarar   yetkazilishi   mumkin.   Shunday   hollarda
ular sudga murojaat qilishlari mumkin. Sud ishni ko‘rib, inson sha’ni, obro‘sining
poymol   etilishi   hollarini   aniqlasa,   tegishli   choralar   ko‘radi.   Bunday   choralar
natijasida aybdorlarga turli  jazolar  berilishi, zarar ma’naviy va moddiy tomondan
qoplanishi   mumkin.   Ko‘pincha   inson   sha’ni,   obro‘siga   tuhmat   natijasida   zarar
keltiriladi.   Ko‘ra   olmaslik,   hasad   kabilar   ham   inson   sha’ni,   obro‘siga
tajovuzni tug‘diradi.
            Jamiyat   bir   jamoa   hisoblanib,   uning   a’zolarining   umumiy
manfaati,   unda   yashash   qoidalariga   amal   qilish   zarurligi   bilan   birga,
har   bir   kishi   o‘z   hayotini   qonun   doirasida   o‘zicha   tashkil   qilishi
mumkin.   Shuning   uchun   har   bir   shaxsning   shaxsiy   hayotiga
aralashish   taqiqlanadi.   Har   bir   kishining   normal   hayot   kechirishida   turar   joyi
muhim rol o‘ynaydi. Turar joy — insonlarning asosiy hayot makoni. Kishilarning
turar   joyi   daxlsizdir.   Bu   degani   —   hech   kimning   turar   joyiga   uning   roziligisiz
kirish, tintuv o‘tkazish, biror narsani olib ketish mumkin emas. Qonun xavfsizlikni
ta’minlash,   jinoyatlarning   oldini   olish   yoki   unga   qarshi   kurashish   uchun   turar
joylarga   kirish,   tintuv   o‘tkazishga   ruxsat   beradi   va   qanday   hollarda,   kimning
ruxsati   bilan   shunday   harakatlarni   sodir   etish   tartibini   belgilab
qo‘yadi.   Qonunga   asosan,   zarurat   bo‘lganda,   prokurorning   sanksiyasi   (roziligi)
bilangina,   kishilarning   turar   joyiga   kirish,   tintuv   o‘tkazish   mumkin.   Xuddi
shuningdek,   hech   kimning   yozishmalari,   telefonda   so‘zlashuvlari   oshkor qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Hech kim yozishma, shoshilinchnomalarni o‘qishga,
telefonda so‘zlashuvlarni eshitishga haqli emas. Chunki bu narsalar har bir alohida
shaxsning shaxsiy hayotiga taalluqlidir. Ayrim hollarda, ya’ni qonunda belgilangan
tartibda   va   tegishli   organlarning   roziligi   bilan   yozishmalar   o‘rganilishi,
so‘zlashuvlar   eshitilishi   mumkin.  Bu   ham   xavfsizlikni   ta’minlash,   jinoyatchilikka
qarshi kurash maqsadida amalga oshiriladi.
Yashash joyini erkin tanlash huquqi
         Demokratik mamlakatda shaxsning erkinligi e’lon qilinib qolinmasdan, u turli
vositalar   orqali   ta’minlanadi.   Har   bir   kishiga   yashash   joyini   erkin   tanlash
huquqining   berilishi   ham   buning   isbotidir.   Konstitutsiyaning   28-moddasida
«O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi respublika hududida bir joydan ikkinchi joyga
ko‘chish,   O‘zbekiston   Respublikasiga   kelish   va   undan   chiqib   ketish
huquqiga   ega.   Qonunda   belgilangan   cheklashlar   bundan   mustasnodir»,   deb
mustahkamlangan norma erkin yashash huquqining Konstitutsiyaviy asosidir. Har
kim   yashash   joyini   ixtiyoriy   tanlaydi.   Respublikaning   xohlagan   yerida   yashash
joyini tanlashi mumkin. Bu huquq fuqarolarga o‘zi uchun yashash sharoiti, mehnat
qilish   imkoniyati   kengroq   joylarda   istiqomat   qilish   uchun   imkoniyat   yaratadi.
Yashash   joyini   tanlashda   kishilarning   sog‘lig‘iga   mos   tabiiy   muhit   bo‘lishi   ham
ta’sir   qiladi.   Ayrim   kishilarning   sog‘lig‘i   shahar   sharoitida   yashashga   to‘g‘ri
kelmasligi,  ayrim   kishilarga issiq   joylarda,  ayrim  kishilarga  namlik ko‘p joylarda
yashash sog‘lig‘iga to‘g‘ri kelmasligi mumkin. Shunday paytlarda yashash joylari
o‘zgartiriladi.   Ayrim   kishilarning   mutaxassisligi,   kasbi,   hunari   tegishli   joylarda
yashash   joyini   tanlashga   ta’sir   qilishi   mumkin.   Xuddi   shuningdek,   chet   ellarda
yashayotgan   O‘zbekiston   fuqarolari   mamlakatimizga   har   qanday   vaqtda   qaytib
kelib,   doimiy   yashash   joyini   erkin   tanlashi   mumkin.   O‘zbekiston   fuqarolarining
o‘z   xohishi   bo‘yicha   chet   ellarda   yashash   uchun   ketishi   ham   taqiqlanmaydi.
Tegishli   huquqiy   hujjatlarda   O‘zbekiston   fuqarolarining   chet   ellarga   shaxsiy,
jamoat   ishlari   bilan   doimiy   yashashga,   sayohatga,   o‘qishga,   ishga,   davolanishga
chiqishi   erkin   huquq   ekanligi   belgilangan.   Faqat   Konstitutsiyaning   yuqoridagi
moddasida ko‘rsatib qo‘yilganidek, yashash joyini tanlashda, chet ellarda yashash, o‘qish,   ishlash   uchun   ketishda,   O‘zbekiston   hududiga   kirishda   qonun   bilan   ba’zi
cheklashlar o‘rnatiladi. Bu cheklashlar  xavfsizlik, ishchi kuchlarining ortiqcha bir
yerda to‘planib qolishining oldini olish, boshqa fuqarolarga yashash uchun normal
sharoit yaratish nuqtayi nazaridan hal qilinadi.
             Fikrlash, so‘z, e’tiqod erkinligi. Axborot olish,   tarqatish, hujjatlar bilan
tanishish huquqi
          Fikrlash   qobiliyati   —   insonni   boshqa   mavjudotlardan   farqlovchi   xususiyat.
Insonning   fikrlashi   natijasida   taraqqiyot   davom   etadi.   Dunyoning   rivojlanish
tajribasi   shuni   ko‘rsatadiki,   inson   faqat   erkin   fikrlaganda,   erkin   fikrlash   uchun
barcha   shartsharoitlar   yaratilgandagina   taraqqiyot   bo‘lishi   mumkin.   Fikrlashning
cheklanishi   taraqqiyotni   cheklashdir.   Erkin   fikrlash   bo‘lsa-yu,   u   ro‘yobga
chiqarilmasa,   fikrlar   bildirilmasa,   undan   hech   qanday   naf   bo‘lmaydi.   Erkin
fikrlashni
amalga   oshirish,   uning   samarasidan   foydalanish   uchun,   albatta,
so‘z   erkinligi   ham   bo‘lishi   kerak.   Bu   degani   —   har   bir   shaxs   o‘z
fikrini   har   qanday   joyda   va   vaqtda   so‘z   orqali   bayon   qila   bilishiga
imkoniyat   yaratilishi   kerak.   Bunday   imkoniyatning   huquqiy   asosi
Konstitutsiyaning   29-moddasi   hisoblanadi.   Unda   «Har   kim   fikrlash,   so‘z   va
e’tiqod erkinligi huquqiga ega. Har kim o‘zi istagan axborotni izlash, olish va uni
tarqatish   huquqiga   ega,   amaldagi   Konstitutsiyaviy   tuzumga   qarshi   qaratilgan
axborot va qonun bilan belgilangan boshqa cheklashlar bundan mustasnodir. 
            Fikr   yuritish   va   uni   ifodalash   erkinligi   faqat   davlat   siri   va   boshqa   sirlarga
taalluqli bo‘lgan taqdirdagina qonun bilan cheklanishi mumkin», deb belgilangan.
Inson   erkin   fikrlash   va   uni   so‘z   orqali   erkin   bayon   qilish   uchun   axborotga   ega
bo‘lishi kerak. Shu sababli fuqarolarning o‘zi uchun zarur axborotlarni izlash, olish
va   tarqatish   huquqi   kafolatlanadi.   O‘quvchilarga   internetdan   foydalanish
imkoniyatining   berilishi   axborot   olish,   izlash,   tarqatish   huquqini   amalda
ta’minlovchi kuchli vositadir. Bu huquq yana Konstitutsiyaning 30-moddasi bilan
ham   kafolatlangan.   Ya’ni   Konstitutsiyaning   mazkur   moddasi   axborot   olish
imkoniyatini   kengaytiradi.   Unga   asosan,   «O‘zbekiston   Respublikasining   barcha davlat organlari, jamoat birlashmalari va mansabdor shaxslari fuqarolarga ularning
huquq   va   manfaatlariga   daxldor   bo‘lgan   hujjatlar,   qarorlar   va   boshqa   materiallar
bilan  tanishib  chiqish   imkoniyatini  yaratib  berishi  lozim».  Bu   bilan   Konstitutsiya
barcha   organ   va   mansabdor   shaxslarga   fuqarolarning   huquqlarini   ro‘yobga
chiqarish   uchun   aniq   majburiyat   yuklaydi.   Konstitutsiya   normalarida,   nafaqat,
fikrlash,   so‘z   erkinligi,   shuningdek,   e’tiqod   erkinligi   ham   belgilangan.   Bu   orqali
fuqarolar   o‘z   dunyoqarashlariga   ega   bo‘ladi,   bo‘layotgan   voqealarga   o‘z
munosabatini   bildiradi.   E’tiqod   erkinligi   dinga,   siyosatga   munosabatda   namoyon
bo‘ladi.
          Konstitutsiya   normalari   fuqarolarga   fikrlash,   so‘z,   e’tiqod
erkinligi   hamda   axborot   olish,   izlash,   tarqatish   huquqini   mustahkamlar   ekan,   bu
erkinlik aslo Konstitutsiyaviy tuzumga qarshi qaratilmasligi, uning buzilishiga olib
kelmasligini   nazarda   tutadi.   Chunki   Konstitutsiyaviy   tuzum   xalq   manfaatiga   mos
keluvchi tartiblarning Konstitutsiya bilan mustahkamlanishi natijasidir. 
       Konstitutsiyaviy tuzumning buzilishi og‘ir oqibatlarga, qon to‘kilishlariga olib
keladi. Shuning uchun ham  faqat xalq manfaati, Konstitutsiyaviy tuzum  manfaati
yo‘lida   ba’zi   cheklashlar,   man   qilishlar   o‘rnatiladi.   Yana   xavfsizlik   nuqtayi
nazaridan  kelib   chiqib,  erkin   fikr   yuritish   va  ifodalash   erkinligi   davlat   va  boshqa
sirlarga taalluqli bo‘lmasligi belgilangan. 
            Fikrlash,   so‘z   va   e’tiqod   erkinligidagi   ba’zi   cheklovlar   boshqa
davlatlar   tajribasida   ham   uchraydi.   Chunki   shunday   bo‘lmasa,   davlat
kuchsizlanib   qoladi,   kuchsiz   davlat   esa   fuqarolarning   huquq   va
erkinliklarini,   manfaatini   himoya   qila   olmaydi.   Sirlari   oshkor   bo‘lib
zaif   bo‘lgan   davlatlarga   boshqa   davlatlar,   qo‘shni   davlatlar   har   xil
tazyiqlar   o‘tkazishga,   o‘z   shartlarini   qo‘yishga   harakat   qiladilar.
Shuning   uchun   Konstitutsiyadagi   erkinliklarni   ayrim   hollarda   qonun
asosida   cheklashlarni   aslo   huquq   va   erkinliklarni   chegaralash   deb
emas,   aksincha,   huquq   va   erkinliklarning   keng   amal   qilishi   uchun
yaratilgan imkoniyat, deb qarash kerak.
              Vijdon erkinligi             Fuqarolarning   vijdon   erkinligi   orqali   dinga   munosabat   aniqlanadi.
Mamlakatimizdagi   barcha   shaxslar   uchun   (millati,   irqidan   qat’i   nazar)   vijdon
erkinligi   kafolatlanadi.   Bu   Konstitutsiyaning   31-moddasida   quyidagicha
ifodalangan: «Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan
dinga  e’tiqod  qilish   yoki   hech  qaysi   dinga   e’tiqod  qilmaslik  huquqiga   ega.  Diniy
qarashlarni   majburan   singdirishga   yo‘l   qo‘yilmaydi».   Demak,   vijdon   erkinligi
quyidagilarda o‘z ifodasini topadi:
har bir fuqaroning xohlagan diniga e’tiqod qilishi; 

yoki hech qanday dinga e’tiqod qilmasligi;

hech qanday diniy qarashlarni majburiy singdirishga yo‘l qo‘yilmasligi. 
          Har   qanday   dinda   insonni   ma’naviy-axloqiy   kamol   topishga,   birodarlik,
bag‘rikenglikka   undovchi   ijobiy   ma’lumotlar   mavjud.   Shuning   uchun   ham   dinga
e’tiqod qilish, uning qoidalariga amal qilish taqiqlanmaydi. Shuningdek, biron-bir
dinga   e’tiqod   qilish   uchun   da’vatlar   qilish,   targ‘ibot   qilishga,   ma’lum   bir
dinningustunligini   ko‘rsatishga   ham   yo‘l   qo‘yilmaydi.   Vijdon   erkinligi   xalqaro
miqyosda   e’tirof   etilgan   erkinlik   bo‘lib,   u   «Inson   huquqlari   Umumjahon
deklaratsiyasi»da   ham   mustahkamlangan.   Vijdon   erkinligi   Konstitutsiyamizdan
tashqari,   boshqa   qonunlarda   ham   belgilangan   bo‘lib,   bu   qonunlar   fuqarolarning
Konstitutsiyaviy   vijdon   erkinligini   ta’minlashni,   kafolatlashni   nazarda   tutadi.
O‘zbekistonda   «Vijdon   erkinligi   va   diniy   tashkilotlar   to‘g‘risida»gi   Qonun   qabul
qilingan   bo‘lib,   bu   qonun   diniy   masalalarni   to‘la   tartibga   soladi.   Ushbu   qonun-
qoidalar   fuqarolarni   xohlagan   dinga   e’tiqod   qilish   yoki   qilmaslik   huquqini
ta’minlashni   nazarda   tutish   bilan   birga,   diniy   rasm-rusumlar,   marosimlarda
qatnashish yoki qatnashmaslikka o‘z ixtiyori bilan yondashishni ko‘zda tutadi.
                Vijdon   erkinligi   fuqarolarga   diniy   ta’lim   olish,   din   namoyandasi   bo‘lish
imkoniyatlarini ham beradi. Faqat hech kim o‘z ixtiyoriga zid tarzda diniy ta’limot
olishga   majbur   qilinmaydi.   Dinni   niqob   qilib   olib,   insoniyatning   hayotiga   xavf
soluvchi, ongini zaharlovchi turli g‘oyalarni kishilar ongiga singdirishga qaratilgan
harakatlar taqiqlangan bo‘lib, bunday taqiqlar also vijdon erkinligiga zid bo‘lmay,
aksincha,   uning   to‘la   namoyon   bo‘lishiga   ijobiy   ta’sir   qiladi.   Mamlakatimizda muqaddas   diniy   bayramlarimizni   nishonlashning   belgilanishi,   kishilarning   ibodat
qilishi   uchun   machit   va   cherkovlarning   faoliyat   ko‘rsatayotgani,   diniy   bilimlar
olish   uchun   turli   bosqichda   diniy   o‘quv   muassasalarining   mavjudligi   vijdon
erkinligining   amal   qilishidir.                     Fuqaro   va   shaxslarning   shaxsiy   huquq   va
erkinliklari   huquq   va   erkinliklar   tizimida   yetakchi   o‘rinda   turadi.   Chunki   bu
huquqlar   tabiiy  huquqlar   bo‘lib,  insonning   tug‘ilishi   bilan   vujudga   keladi.  Davlat
esa   ana   shu   huquqlarni   ta’minlashga   majbur.   Shuning  uchun   bu  vazifani   bajarish
maqsadida,   O‘zbekiston   davlati   barcha   choralarni   ko‘rgan.   Shaxsiy   huquq   va
erkinliklar Konstitutsiyamizda keng va mukammal belgilangan va ularning amalga
oshishini   ta’minlovchi   kuchli   tizim   barpo   etilgan   hamda   bu   tizim   muntazam
ravishda takomillashtirilmoqda.

Shaxsiy huquq va erkinliklari Reja: 1. Shaxsiy huquq va erkinliklar tushunchasi 2. Yashash huquqi. Erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqi 3. Sudda himoya bilan ta’minlanish huquqi 4. Fikrlash, so‘z, e’tiqod erkinligi. Axborot olish, tarqatish, hujjatlar bilan tanishish huquqi 5. Vijdon erkinligi

Shaxsiy huquq va erkinliklar tushunchasi Shaxsiy huquq va erkinlik tushunchasini aniqlashdan avval umuman, huquq nima, erkinlik nima, degan tushunchalarni aniqlash lozim. Huquq davlat tomonidan ta’minlanadigan, himoya qilinadigan nimadir qilish, amalga oshirish, munosib yashash sharoitiga ega bo‘lish, zo‘rliklardan himoya qilinishning tabiiy imkoniyatidir. Erkinlik esa biron-bir narsada (xulq-atvorda, faoliyatda) qonun bilan taqiqlanmagan biron-bir cheklashning yo‘qligidir. Ya’ni huquqda asosiy masala — imkoniyat yaratish, erkinlikda esa cheklashning yo‘qligidir. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida fuqarolarning asosiy huquq va erkinliklari uch guruhga bo‘lib mustahkamlangan. Bular: «Shaxsiy huquq va erkinliklar», «Siyosiy huquqlar», «Iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar». Fuqarolarning shaxsiy huquq va erkinliklari ustuvor huquq hisoblanadi va bu O‘zbekiston Konstitutsiyasida birinchi o‘rinda berilganligida ham ko‘rinadi. Shaxsiy huquq va erkinliklar fuqarolarning hayoti, sog‘lig‘i, e’tiqodi bilan bog‘liqdir. Shaxsiy huquq va erkinliklar insonni shaxs sifatida namoyon etuvchi imkoniyatdir. Shaxsiy huquq va erkinliklarni, odatda, tabiiy huquqlar ham deb yuritiladi. Ular inson tug‘ilishi bilan vujudga keladi. Ularni davlat bermaydi. Faqat shu huquqlarni davlat ta’minlaydi va shunga majbur. Shaxsiy, ya’ni tabiiy huquqlar barcha mamlakatlarda mavjud va davlat tomonidan ta’minlanadi. Shaxsiy huquq va erkinliklar xalqaro hujjatlar bilan ham himoya qilinadi. O‘zbekiston Konstitutsiyasini ishlab chiqishda va qabul qilishda, fuqarolarning shaxsiy huquqlari belgilangan xalqaro hujjatlar, jumladan, «Inson huquqlari Umumjahon deklaratsiyasi» qoidalariga amal qilindi. Natijada, birinchi marta Konstitutsiyada yashash huquqi qayd qilinib, bu huquqni ta’minlashni davlat o‘z zimmasiga oldi. Shaxsiy huquq va erkinliklar boshqa huquqlardan farq qilib, ularni cheklash mumkin emas. Alohida hollarda cheklash zarurati

bo‘lsa, bu Konstitutsiya asosida, unda ko‘rsatilgan tartibda amalga oshiriladi. Ya’ni ba’zi hollarda cheklash qonunga asosan amalga oshirilishi belgilangan. Shaxsiy huquqlardan barcha shaxslar, fuqaroligidan qat’i nazar, foydalanadi va davlat ham barchaga fuqaroligidan qat’i nazar, shaxsiy huquq va erkinliklardan foydalanishga imkon yaratadi. Konstitutsiyaga asosan, shaxsiy huquq va erkinliklar bilan bog‘liq, insonning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr- qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanishi ham bu huquqlarning huquq va erkinliklar tizimida ustuvor hisoblanishiga olib keladi. Yashash huquqi. Erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqi «Insonning hayoti, shaxsi va erkinligi daxlsizdir», deb qayd qilingan Konstitutsiya qabul qilinayotgan Oliy Kengash sessiyasida va shu g‘oya Konstitutsiyada to‘la ifodasini topgan. Inson hayoti Konstitutsiyada yashash huquqining belgilanishi va har tomonlama ta’minlanishi bilan kafolatlanadi. Konstitutsiyaning 24-moddasida «Yashash huquqi har bir insonning uzviy huquqidir. Inson hayotiga suiqasd qilish eng og‘ir jinoyatdir», deb belgilangan. Insonning yashash huquqi qonunlar bilan himoya qilinadi. Yashash huquqi hayot kechirish bilan bog‘liq bo‘lganligi uchun inson hayotiga har qanday tajovuz qonunga asosan jazolanadi. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida inson hayotiga qilingan tajovuzlar uchun jazo belgilangan. Kodeksning 97-moddasida qasddan odam o‘ldirish uchun, 98-moddada kuchli ruhiy hayajonlanish natijasida qasddan odam o‘ldirish uchun, 99-moddada onaning o‘z chaqalog‘i (bolasi)ni o‘ldirganligi uchun jinoiy javobgarlik belgilangan. Xuddi shuningdek, Jinoyat kodeksida ehtiyotsizlik bilan odam o‘ldirish, zaruriy mudofaa chegarasidan chiqib odam o‘ldirish uchun ham jinoiy jazo belgilangan. Og‘ir jinoyat sodir etgan shaxslarni o‘lim jazosi orqali hayotdan mahrum qilish masalasi ham yashash huquqi bilan bog‘liq hodisa. Bu — ayrim davlatlarda oxirgi chora tariqasida qo‘llaniladigan jazo. Mamlakatimizda demokratlashtirish jarayoni chuqurlashib borishi bilan bu

masalaga ham yondashuv o‘zgarib bormoqda. O‘zbekiston XXI asrga ijtimoiy hayotning barcha sohalarini erkinlashtirish vazifasi bilan kirib keldi. Bu borada 2001-yil avgustida bo‘lib o‘tgan ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 6-sessiyasida qabul qilingan «Jinoiy jazolarni liberallashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat protsessual kodekslari hamda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Qonun muhim rol o‘ynaydi. Umuman, O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, o‘lim jazosini qo‘llashni kamaytirishga harakat qilmoqda. Mustaqillikka erishgan vaqtda Jinoyat kodeksining 30 dan ortiq moddasida o‘lim jazosi belgilangan bo‘lsa, 1994-yilda 13 moddada, 1998-yilda 8 moddada, 2001-yilda 4 moddada, keyinchalik javobgarlikni og‘irlashtiruvchi holatda qasddan odam o‘ldirish va terrorizm uchun jazo belgilangan kodeks moddalaridagina o‘lim jazosi qoldirildi. Hozirgi kunda esa birorta jinoyat uchun o‘lim jazosi belgilanmagan. 2005-yil 28-yanvarda O‘zbekistonning birinchi Prezidenti O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi ma’ruzasida «Sud-huquq tizimini liberallashtirish borasida biz hal etishimiz lozim bo‘lgan yana bir masala — bu jazolash tizimidan o‘lim jazosini chiqarib tashlashdir», deb qayd qildi. Shuni hayotga tatbiq etish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 1-avgustdagi «O‘zbekiston Respublikasida o‘lim jazosini bekor qilish to‘g‘risida»gi Farmoniga asosan, 2008-yil 1-yanvardan jinoiy jazo turi sifatida o‘lim jazosi bekor qilindi. Bu bevosita insonning Konstitutsiyada belgilangan yashash huquqini ta’minlashni kuchaytirishga qaratilgandir. Bizning bosh maqsadimiz — jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etishdir. Insonning yashash huquqi to‘la-to‘kis bo‘lishi uchun yashashi davomida hayotdan to‘la bahramand bo‘lishi va o‘z imkoniyatlaridan to‘la foydalanishi uchun unga, albatta, erkinlik va daxlsizlik zarur. Shuning uchun Konstitutsiyaning 25-moddasida «Har kim erkinlik

va shaxsiy daxlsizlik huquqiga ega. Hech kim qonunga asoslanmagan holda hibsga olinishi yoki qamoqda saqlanishi mumkin emas», deb belgilangan. Erkinlik shaxsning o‘z ixtiyori bo‘yicha yashash, hayot kechirish imkoniyati bo‘lib, faqat shaxs qonunlarga itoat etishi zarur. Mamlakatimizda har bir kishining erkinligi uning shaxsiy daxlsizligi bilan ta’minlanadi. Daxlsizlik degani, shaxsning erkinligini cheklovchi hech qanday harakatlarga yo‘l qo‘yilmasligidir. Qonunda belgilangan asoslardan tashqari hech kimning erkinligi cheklanishi, erkinlikka zarar yetkazilishi mumkin emas. Qonun tegishli hollarda kishilarning erkinligini cheklashga yo‘l qo‘yadi. Ya’ni ular jinoiy harakat sodir etsa yoki shunday harakat sodir etishda gumon qilinsa, shaxsni jamiyatdan ajratishga zarurat bo‘lsa. Lekin har qanday erkinlikni cheklash qonunga asosan va qonun vakolat bergan organlar tomonidan amalga oshiriladi. Ichki ishlar organlari ma’lum muddatga shaxslarni ushlab turishi, prokuratura organlari qamoqqa olish haqida sanksiya (rozilik) berishi, sud organlari esa ozodlikdan mahrum qilish yoki boshqa erkinlikni cheklovchi jazolar berishi mumkin. Mamlakatimizda har bir kishining erkinligini yanada kengroq ta’minlash maqsadida va jahon tajribasiga tayangan holda shaxsni ushlab turish (ya’ni erkinligini cheklash) masalasini adolatli hal qilish uchun «Boshqa demokratik davlatlar kabi O‘zbekistonda ham shaxsni ushlab turish, hibsga olish, shuningdek, boshqa protsessual majburiy choralarni qo‘llash uchun sanksiya berish huquqlarini ham sudlarga o‘tkazish kerak, deb o‘ylayman», deb Prezident bu masalaga oydinlik kiritdi hamda shu masalani hayotga tatbiq qilish uchun 2005-yil 8-avgustda «Qamoqqa olishga sanksiya berish huquqini sudlarga o‘tkazish to‘g‘risida» Farmon qabul qildi. Bu bilan shaxs erkinligi va daxlsizligini ta’minlash kuchaytirildi. Sudda himoya bilan ta’minlanish huquqi Konstitutsiyaning 26-moddasida «Jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan har bir shaxsning ishi sudda qonuniy tartibda, oshkora ko‘rib chiqilib, uning aybi aniqlanmaguncha u aybdor hisoblanmaydi. Sudda ayblanayotgan shaxsga o‘zini