logo

Inson va fuqaro huquq va erkinliklari.

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

31.9365234375 KB
Mavzu:   Inson va fuqaro huquq va erkinliklari    .  
Reja:
1. Inson huquqlari va fuqaro huquqlari konsepsiyalari mazmuni.
2. Inson va fuqaro huquqlari, ularning farqlanishi va nisbati.
3. Jamiyat rivoji tarixida tabiiy va pozitiv huquqlar o’zgarishlari.
4.  Inson huquqlari va erkinliklarining tabiiy-huquqiy konsepsiyasi.
 . O’zbekiston   Respublikasining   yangi   Konstitusiyasida   sovetlardan   keyingi
tuzumning   asosiy   qoidalarini   tartibga   solishda   insonning   tug’ilishidan   boshlab
ajralmas   huquq   va   erkinliklari   to’g’risidagi   tabiiy-huquqiy   g’oyalarga   tayaniladi.
Bunday   yondashuvni   tasdiqlash   uchun   Konstitusiyada   (13-modda)   quyidagilar
e’lon   qilinadi:   «O’zbekiston   Respublikasida   demokratiya   umuminsoniy
prinsiplariga   asoslanadi,   ularga   ko’ra   inson,   uning   hayoti,   erkinligi,   sha’ni,   qadr-
qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi». Konstitusiyaning
«Inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari» deb nomlangan
ikkinchi   bo’limi   «Yashash   huquqi   har   bir   insonning   uzviy   huquqidir.   Inson
hayotiga   suiqasd   qilish   eng   og’ir   jinoyatdir»   (24-modda)     degan   qoidadan   kelib
chiqadi. 
Asosiy Qonunimiz loyihasi uch ming yillik milliy davlatchilik hamda xorijiy
konstitusiyaviy   tajriba,   inson   huquqlari   bo’yicha   xalqaro   standartlarni   o’zida
mujassamlashtirdi.   Mazkur   loyiha   1992   yil   26   sentyabrda   matbuotda   e’lon
qilinib,   umumxalq   muhokamasidan   o’tkazildi.   E’tiborlisi   shundaki,   muhokamalar
chog’ida   fuqarolarning   nihoyatda   siyosiy   faolligi   ko’zga   yaqqol   tashlanib   turdi.
Shu ma’noda, ushbu hujjat, haqiqatan ham, xalqchil Konstitusiyaga aylandi.
Xo’sh,   Asosiy   Qonunimiz   qabul   qilingach,   qanday   yutuqlarga   erishdik?
Avvalo,   u   qabul   qilinishi   natijasida   jamiyatda   barqaror   konstitusiyaviy   tartib
o’rnatilib,   davlat   organlari   Konstitusiya   doirasida   shakllangani   va   amal   qilib
kelayotganini   aytib   o’tish   zarur.   Iqtisodiy   sohada   esa   mulkchilikning   barcha
shakllari,   jumladan,   xususiy   mulk   tengligi,   tadbirkorlik   erkinligi   o’rnatilib,
Konstitusiya   ijtimoiy   yo’naltirilgan   bozor   munosabatlarining   rivojlanishi   uchun
zarur   shart-sharoit   va   kafolatlar   yaratib   berdi.   Siyosiy   sohada   Asosiy   Qonunimiz
huquqiy   davlatchilikning   zarur   mezonlariga   muvofiq   tarzda   erkinlik   va
demokratiyaning   huquqiy   kafolatlarini   yaratdi.   Ushbu   sa’y-harakatlar   natijasida
mamlakatda siyosiy va mafkuraviy hurfikrlik, so’z va axborot erkinligi o’rnatildi.
Fuqarolarimiz   jahon   hamjamiyati   tomonidan   e’tirof   etilgan   barcha   siyosiy   huquq
va erkinliklarga ega bo’ldi. Darhaqiqat, Konstitusiyamiz eng demokratik, xalqaro miqyosdagi me’yor va
talablarga   to’liq   javob   beradi.   Xususan,   Fransiya   Davlat   kengashi   a’zosi,
Konstitusiyaviy   huquq   xalqaro   assosiasiyasi   raisi   Didye   Mos   “O’zbekiston
Konstitusiyasi   rivojlangan   demokratik   davlatlarning   Asosiy   qonunlariga   to’liq
muvofiqdir.   Unda   demokratik   davlat   qurishning   barcha   muhim   tamoyillari   —
Prezidentlik   instituti,   hukumat,   parlament,   sud   organlarining   vakolatlari   va
boshqalar   o’z   aksini   topgan.   Demokratiyaning   universal   qadriyatlariga   to’liq
darajada   muvofiq   bo’lgan   insonning   asosiy   huquqlari   aniq   belgilangan”,   deb
alohida qayd etgan edi.
Shu   o’rinda   aytish   joizki,   Inson   huquqlari   umumjahon   deklarasiyasi   va
boshqa   xalqaro   hujjatlarning   asosiy   prinsipial   qoidalarini   o’zida   jamlagan
Konstitusiyamizda   inson   huquq   va   manfaatlari,   erkinliklari   hamma   narsadan
ustunligi   mustahkamlandi,   odamlar   uchun   munosib   hayot   sharoiti   yaratishga
xizmat qiladigan ijtimoiy adolat tamoyillari e’lon qilindi. Jumladan, davlat jamoat
birlashmalarining  huquqlari  va  qonuniy  manfaatlariga  rioya  etilishini   ta’minlashi,
ularga   ijtimoiy   hayotda   ishtirok   etish   uchun   teng   huquqiy   imkoniyatlar   yaratib
berishi  alohida belgilab qo’yildiki, bu tamoyil  sobitqadamlik  bilan  hayotga tatbiq
qilinmoqda.   Buni   istiqlol   yillarida   mamlakatimizni   demokratik   yangilash
jarayonida   nodavlat   notijorat   tashkilotlari   va   fuqarolik   jamiyati   boshqa
institutlarining   chinakam   mustaqilligini   ta’minlash,   huquq   va   qonuniy
manfaatlarini himoya qilish, faoliyatlarini tashkiliy-huquqiy va moddiy-texnikaviy
jihatdan   qo’llab-quvvatlashga   qaratilgan   200   dan   ziyod   qonun   hujjatlari   qabul
qilingani tasdiqlab turibdi. Muhimi, bu boradagi huquqiy asos davr talabidan kelib
chiqqan holda takomillashtirilmoqda.
Ushbu   sa’y-harakatlar   natijasi   o’laroq,   bugungi   kunga   kelib,   yurtimizda
ijtimoiy  hayotning turli  sohalarida  6000  dan ziyod  nodavlat  notijorat  tashkilotlari
va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari samarali faoliyat yuritmoqda. Mazkur
tashkilotlar hozirgi paytda fuqarolarning salohiyatini ro’yobga chiqarish, ularning
ijtimoiy-siyosiy   faolligi   va   huquqiy   madaniyatini   oshirish,   jamiyatda   manfaatlar muvozanatini ta’minlashda nechog’li katta ahamiyat kasb etayotgani hyech kimga
sir emas.
E’tiborlisi, yurtimizda inson huquqlariga rioya etilishi ustidan parlament  va
jamoatchilik nazorati (monitoringi) yo’lga qo’yildi. Bunga davlat tomonidan inson
huquqlari   bo’yicha   milliy   institutlarni   qo’llab-quvvatlash,   jumladan,   Ombudsman
instituti va Inson huquqlari bo’yicha milliy markazning moddiy-moliyaviy, kadrlar
ta’minotini   hamda   resurs   salohiyatini   kuchaytirish   bo’yicha   aniq   choralar
ko’rilayotganini   misol   sifatida   keltirish   mumkin.  Siyosiy   partiyalar   xususida   ham
ana shu fikrni aytish joiz. Ularning jamiyatni demokratlashtirishdagi rolini oshirish
to’g’risidagi  konstitusiyaviy  talablarning hayotga  tatbiq qilinishi  hisobiga xalqaro
saylov   standartlari   milliy   qonunchilikka   va   huquqni   qo’llash   amaliyotiga   joriy
etildi.   Natijada   chinakam   professional,   ikki   palatali   parlament   shakllantirildi.   Bu
ham inson huquq va manfaatlarini ta’minlashda muhim qadam bo’lganligi xalqaro
miqyosda ham e’tirof etilmoqda.
Konstitusiyamizning   24-moddasida   yashash   huquqi   —   har   bir   insonning
uzviy   huquqi   ekani   mustahkamlab   qo’yilgan.   O’tgan   yillar   mobaynida   ushbu
tamoyil   asosida   juda   ko’p   xayrli   ishlar   ro’yobga   chiqarildi.   Jumladan,
O’zbekistonda   demokratik   davlatlar   qatorida   o’lim   jazosi   bekor   qilindi,   “Xabeas
korpus”   instituti   joriy   etildi.   Bularning   barchasi   sud-huquq   tizimini
liberallashtirishga qaratilgan tub islohotlar samarasidir. Shu bilan birga, advokatura
institutining   nufuzi   oshirildi,   sud   qarorlari   ijrosini   ta’minlash   tizimi,   prokuratura
faoliyati bugungi kun talablari darajasida takomillashtirildi. Bu boradagi ishlarning
izchil   davom   ettirilayotgani   esa   sohada   erishilayotgan   yutuqlarimiz   bundan   ham
ulkan bo’lishidan darak beradi.
Umuman   olganda,   mustaqillik   yillarida   O’zbekiston   bosib   o’tgan   yo’l   va
qo’lga   kiritilgan   yuksak   marralar   Konstitusiyamiz   sharofatidandir,   desak,   ayni
haqiqatni   aytgan  bo’lamiz.  Zero,  yangi  milliy  davlatchilik  qurish,   uning  ijtimoiy-
siyosiy tizimini yaratish, demokratik tamoyillarga asoslangan  siyosiy  va iqtisodiy
tizimni shakllantirish, qonun ustuvorligi, uning barcha uchun tengligini ta’minlash
mazkur hujjatda belgilab qo’yilgan. Prezidentimiz   I.Karimov   tomonidan   taqdim   etilgan   “Mamlakatimizda
demokratik   islohotlarni   yanada   chuqurlashtirish   va   fuqarolik   jamiyatini
rivojlantirish   konsepsiyasi”   konstitusiyaviy   taraqqiyot,   davlatni   modernizasiya
qilish   strategik   maqsadlarini   amalga   oshirishda   yangi   bosqichni   boshlab   berdi.
Boshqacha   aytganda,   ushbu   hujjat   davlat   hokimiyati   subyektlari   o’rtasida
vakolatlarni   taqsimlashning   aniq   va   tizimli   huquqiy   mexanizmini   yaratishga
qaratilgan   konstitusiyaviy   islohotlarni   izchil   chuqurlashtirishga   xizmat   qilmoqda.
Ayni   paytda   u   mamlakat   ijtimoiy   taraqqiyoti   hamda   farovonligini   ta’minlashda
harakatga   soluvchi   kuch   sifatida   jamiyatning   butun   siyosiy   tizimini
demokratlashtirishga yangi rag’bat bo’ldi.
Muxtasar   aytganda,   Konstitusiyamiz   tom   ma’noda   mustaqillik   ramzi,
insonparvar   qomus   sifatida   yurtimizda   amalga   oshirilayotgan   keng   ko’lamli
islohotlarning huquqiy kafolati bo’lib xizmat qilmoqda
Konstitusiyaga xos bo’lgan tabiiy-huquqiy yondashuv, aslini olganda, inson
tug’ilishidanoq   yuzaga   keladigan   va   ajralmas   huquq   hamda   erkinliklar   o’zida
birlamchi huquqiy asosni  ifodalashini anglatadi.
Konstitusiyada   foydalanilgan,   biz   uchun   yangi   bo’lgan,   inson
tug’ilishidanoq yuzaga keladigan va ajralmas huquq hamda erkinliklarning tabiiy-
huquqiy   konstruksiyasi,   aslida,   odamlar   huquqlarining   ilgari   sovet   nazariyasi   va
amaliyotida   hukmronlik   qilgan   oktroirlangan   (rasmiy   ma’murlar   tomonidan
yuqoridan   hadya   qilingan)   xarakteri   to’g’risidagi   tasavvurlarga   qarshi   qartilgan.
Mazkur   konstruksiyaning   aksiletatik   mazmuni   shubhasiz:   asosiy   huquq   va
erkinliklar har bir kishiga davlat tomonidan majbur qilinadigan shart-sharoitlarga,
ma’murlarning   hohish-irodasi   va   hal   etishiga   bog’liq   bo’lmagan,   balki   so’zsiz
tabiiy   bo’lgan   asos   bo’yicha   (tug’ilishning   tabiiy   fakti   tufayli)   tegishlidir.
Insonning   tug’ilishidanoq   yuzaga   keladigan   va   ajralmas   huquq   hamda
erkinliklariga havola qilish birlamchi va so’zsiz erkinlikni, har qanday individning
qolgan barcha - davlat, jamiyat, boshqa individlar bilan munosabatlarida huquqiy
layoqatliligi va huquq subyekti ekanligini namoyish etishga qaratilgan. Konstitusiyaning   ikkinchi   bo’limida   inson   va   fuqaroning   umuman   xalqaro
standartlarga   va   zamonaviy   liberal-demokratik   rivojlangan   mamlakatlardagi
konstitusiyaviy talablarning yuksak darajasiga muvofiq bo’lgan fuqarolik, shaxsiy,
siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy huquq hamda erkinliklarining keng doirasi, ularning
kafolatlari   mustahkamlab   qo’yilgan.   Bunda   fuqarolar   o’z   huquq   va   erkinliklarini
amalga oshirishda boshqa shaxslarning, davlat va jamiyatning qonuniy manfaatlari,
huquqlari   va   erkinliklariga   putur   yetkazmasliklari   shartligi   (20-modda)
ta’kidlanadi. 
INSON VA FUQARO HUQUQ VA ERKINLIKLARI
Huquq   va   davlat   tarixiy   rivojlanishining   har   bir   bosqichi   uchun   huquq
subyekti   bo’lmish   inson   konsepsiyasi   va   uning   huquq   hamda   majburiyatlari,
erkinligi   va   erksizligi   haqidagi   tegishli   tasavvurlar   xosdir.   Shu   ma’noda   huquq
tarixi,   ayni   mahalda,   inson   huquqlari   to’g’risidagi   ibtidoiy,   cheklangan   va
rivojlanmagan tasavvurlardan tortib, hozirgi davrdagi tasavvurlarning shakllanishi
va evolyusiyasi tarixi hamdir.
Inson   huquqlari   -   insonning   davlatga   munosabati   bo’yicha   huquqiy
maqomini, uning iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va madaniy sohalardagi imkoniyat va
da’volarini   ifodalovchi   tushuncha.   Inson   huquqlarini   erkin   va   samarali   amalga
oshirilishi   fuqarolik   jamiyati   va   huquqiy   davlatning   asosiy   belgilaridan   biri
hisoblanadi.   Inson   huquqlarini   mutlaq   va   nisbatanga   bo’lish   qabul   qilingan.
Demokratik davlatlarda mutlaq inson huquqini cheklashga yoki vaqtincha to’xtatib
qo’yishga   hyech   qanday   sharoitda   ham   yo’l   qo’yilmaydi.   Yashash   huquqi,
qiynoqqa   solinmaslik,   zo’ravonlikka,   shafqatsiz   yoki   inson   qadr-qimmatini
kamsituvchi   boshqa   tarzdagi   tazyiqqa   yoki   jazoga   duchor   etilmaslik   huquqi,
xususiy   hayot,   shaxsiy   va   oilaviy   sirning   daxlsizligi,   o’z   sha’ni   va   obro’sini
himoyalash,   din   erkinligi,   e’tiqod   erkinligi,   shuningdek   sud   orqali   himoyalanish
huquqi odil sudlov va ularga bog’liq muhim prosessual huquqlari kabi fundamental
inson huquqlari mutlaq huquqlar hisoblanadi. Inson huquqlarining qolgan barchasi
nisbiy   hisoblanadi   va   ular   favqulodda   tartib   yoki   harbiy   holat   joriy   qilinganda
cheklanishi yoki ma’lum muddatga to’xtatib qo’yilishi mumkin. Inson huquqlari umumjahon deklarasiyasi  - inson huquqlari bo’yicha eng
muhim xalqaro huquqiy hujjat. BMT  Bosh  Assambleyasi  sessiyasida  1948 yil  10
dekabrda qabul qilingan. Deklarasiya BMT Ustaviga va uning xalqaro xamkorlikni
rivojlantirish, inson huquqlari hamda erkinliklarini xurmat qilish, turmush axvolini
yaxshilash yuzasidan prinsiplarga tayanadi. Deklarasiyada e’lon qilingan huquqlar
va erkinliklar millati, irqi, mulkiy va ijtimoiy ahvoli, dini, siyosiy qarashlari hamda
boshqa farqlaridan qat’iy nazar barcha insonlarga taalluqlidir. Deklarasiya tarkibiy
tuzilishiga   ko’ra   muqaddima   hamda   o’ttiz   moddani   o’z   ichiga   oladi.   Unda
insonning   barcha   asosiy   siyosiy,   ijtimoiy-iqtisodiy   huquqlari,   erkinliklari   batafsil
bayon   etilgan.   Deklarasiyaning   bir   qator   moddalari   (23-26   moddalari)   mehnat
qilish, dam olish, ijtimoiy ta’minot olish, ta’lim olish, malakali  tibbiy yordamdan
foydalanish   huquqlarini   nazarda   tutadi.   BMTning   “Inson   huquqlari   umumjahon
Deklarasiyasi”   O’zbekiston   Respublikasi   tomonidan   1991   yil   30   sentyabrda   o’z
davlat mustaqilligining dastlabki kunlarida ratifikasiya qilingan.
Insonning  huquqiy maqomi   -  bu  insonni   huquq subyekti  sifatidagi   davlat
tomonidan tan olingan va qonunchilik tartibida kafolatlaydigan huquq, erkinlik va
majburiyatlari,   shuningdek   qonuniy   manfaatlari   tizimi   hisoblanadi.   Huquq   va
erkinliklar   fuqarolarning   davlatga   nisbatan   da’volarini   ifodalaydigan   ijtimoiy
imkoniyatlar,   shuningdek,   davlatning   fuqaroga,   uning   xatti-harakatlariga   nisbatan
da’volarini ifodalaydigan ijtimoiy imkoniyatlardir.
Inson   huquqlari   –   bu   eng   avvalo,   insonning   ijtimoiy   munosabatlarining
muayyan   sohasidagi   huquqiy   layoqatini   va   huquqiy   subyekt   ekanligini   e’tirof
etishdir. Har xil  davrlardagi huquqiy layoqat hajmi va huquq subyektlari doirasiga
ko’ra   huquqning   mazkur   tizimi     odamlardan   kimlarni     va   huquqqa   ega   bo’lgan
inson sifatida qay darajada e’tirof etishiga qarab hukm chiqarish mumkin.
Jumladan Afina va Rimning amaldagi huquqiga ko’ra qul  inson deb e’tirof
etilmas   edi;   ushbu   pozitiv-huquqiy   o’lchamda   qul   (qullik   holatidagi   barcha
odamlar) huquq subyekti emas, balki  obyekti edi.
O’rta asrlarda erkin shaxsning huquq subyektiligi bilan qulning huquqsizligi
o’rtasidagi   ilgarigi   qutblanish   o’rniga   huquq   va   huquqiy   muomalaning   umuman feodal   tuzumning     tabaqali   –   iyerarxik   tuzilishi   va   mavjud   bo’lishiga   muvofiq
tarmoqlangan va detallashtirilgan tuzilmasi shakllanadi.
Inson   huquqlarining   zamonaviy   konsepsiyasiga   tomon   tarixiy   yo’lning   har
xil bosqichlarida biz qisman, cheklangan, imtiyozli insonning u yoki bu variantiga
duch   kelamiz.   Ushbu   tarixiy   safda   fuqaro   (davlatning   a’zosi   sifatidagi   inson)
bunday   imtiyozli   insonning   oxirgi   tipi,   imtiyozli   inson   huquqlarining   so’nggi
shakli esa –(inson huquqlari bilan nisbatidagi) fuqaro huquqlari  hisoblanadi.
Inson   huquqlari   tarixi   –   bu   odamlarning   insonlashishi   tarixi,
munosabatlarning   biron-bir   doirasi   uchun   u   yoki   bu   odamlarni     inson   sifatida
huquqiy e’tirof etishini  avj olib boruvchi kengayishidir.
Odamlarning huquqiy tengligi va inson huquqlari to’g’risidagi qoidalarning
asta-sekin   (dastlab   ichki     davlat,   so’ngra   esa   xalqaro     darajada)
universallashuvining   ushbu   jarayonlarida   insonning   tabiiy   va   ajralmas   huquqlari
haqidagi tasavvurlar muhim rol o’ynadi. Ushbu tasavvurlar davlatchilik sharoitida
ham saqlanib qolib, ommaviy hokimiyat va qonunlar tomonidan e’tirof etilishi va
kafolatlanishi zarur.
1789   yilgi   fransuz   Inson   va   fuqaro   huquqlari   deklarasiyasida   barcha
odamlarning   erkinligi   va   huquqiy   tengligi   e’lon   etilganligi   o’zgarmas   tarixiy
ahamiyatga   egadir.   Deklarasiyada   ijtimoiy   shartnoma   ruhida   har   bir   davlat
ittifoqining maqsadi insonning tabiiy va ajralmas huquqlarini ta’minlashdan iborat
ekanligi   ta’kidlangan.   Deklarasiyada   bunday   huquqlarga   erkinlik,   mulkchilik,
xavfsizlik   va   istibdodga   qarshilik   ko’rsatish   kiritilgan.       Shu   jumladan   diniy
masalalar   bo’yicha   fikr   va   mulohazalarni   erkin   ifodalash   ham   inson   huquqlari
sifatida e’tirof  etilgan. Umumiy hohish-istak ifodasi  sifatida barcha fuqarolarning
qonun   oldida   tengligi   prinsiplari   ham   e’lon   qilindi.   Deklarasiyada   suverenitet
manbai   mohiyatan   millatga   asoslanishi   ta’kidlangan   edi.   Deklarasiyaning   bir
qancha   moddalari     insonning   jinoyat-huquq   sohasidagi   huquq   va   erkinliklarini
himoya qilishga bag’ishlanagan.
1789 yilgi Deklarasiyada ko’rsatilgan inson huquqlari bilan fuqaro huquqlari
o’rtasidagi   farq   mohiyat   e’tibori   bilan   xususiy   shaxs   (fuqarolik   jamiyati   a’zosi) bo’lgan inson bilan davlatning fuqarosi, siyosiy davlat a’zosi bulgan siyosiy inson
o’rtasidagi     farqni   anglatadi.   Binobarin,   bu   o’rinda   inson   huquqlari   bilan   fuqaro
huquqlarining   farqlanishi,   konkret   tarixiy   jihatdan   iqtisodiy   va   siyosiy
munosabatlarning     chegaralanishi     va   nisbatan   mustaqil   turmushi     bilan   bog’liq
burjua   vaziyatini,   fuqarolik   jamiyati   va   davlatning   (siyosiy   hamjamiyat   sifatida)
farqlanishini nazarda tutadi.
Inson   huquqlari   va   erkinliklari   to’g’risida   Fransiya   Deklarasiyasida   (1789)
e’lon qilingan g’oyalar   va qoidalar butun jahonda aks-sado topdi hamda ijtimoiy
va   davlat   huquq   tartiblari   yangilanishi   hamda     insonparvarlashuvi   imperativiga
aylandi.
XX   asrning   yangi   tarixiy   sharoitida   inson   huquqlari   va   erkinliklari
masalasida insonparvarlik muammolari yuzasidan xalqaro hamkorlik rivojlandi va
mustahkamlandi.   Inson   huqulari   umumjahon   deklarasiyasi   (1948),   Inson
huquqlarini va asosiy erkinliklarini himoya qilish to’g’risida Yevropa konvensiyasi
(1950), Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to’g’risidagi xalqaro pakt (1966),
Fuqarolik   va   siyosiy   huquqlar   to’g’risidagi   xalqaro   paktga   fakultativ   protokol
(1966),   Xelsinki   Kengashining   Yakunlovchi   hujjati   (1975),   Yevropada   xavfsizlik
va   hamkorlik     kengashi   qatnashchilari   bo’lgan   davlatlar   Vena   uchrashuvining
Yakunlovchi hujjati (1989) va boshqalar qabul qilindi.
Inson  huquqlari  va  erkinliklarining e’tirof  etilishi  hamda   himoya   qilinishi
hozirgi   davrda   butun   jahon   hamjamiyatining   huquqiy   davlatlar   hamjamiyati
yo’nalishida   progressiv   rivojlanishining   qudratli   omiliga   va   aniq   belgisiga,
hamjamiyat   a’zolarining   ichki   va   tashqi   siyosati   sog’lomlashishi   va
insonparvarlashuvi   mezoniga,   huquqiy   davlat   asoslarining   hayotga   joriy   etilishi
ko’rsatkichiga   aylandi.   Albatta,   huquqiy   davlat   sharoitida   inson   va   fuqaro
huquqlari e’lon qilinishidan to ularning amalga oshirilishigacha masofa katta, biroq
tarix   maqsadga   olib   boruvchi   yo’lni   belgilab   beradigan   bunday   deklarasiyalarsiz
izlangan huquqiy voqyeilikkacha bo’lgan masofa yanada kattaligini ko’rsatmoqda. Hozirgi zamon sharoitida inson huquqlari muammosi global   ahamiyat kasb
etdi va ularga rioya qilish jahonning barcha davlatlari hamda xalqlarining ichki va
tashqi ishlarida adolat sinovi va ramziga aylanadi. 
TABIIY HUQUQ
Huquq   falsafasining   asosiy   vazifalaridan   biri,   bu   huquqning   mohiyati,
mazmuni,   uning   rivojlanishining   umumiy   qonunlari   va   jamiyat   hayotidagi   roli,
ya’ni   huquqning   falsafiy   jihatlarini   bilishdan   iboratdir.   Bu   vazifani   amalga
oshirishda,   tabiiy  huquq   va  pozitiv   huquq  munosabatini,   ularning  huquq   falsafasi
rivojlanishidagi ahamiyatini to’g’ri tushunib yetmoq kerak. Zero, tabiiy va pozitiv
huquqlarning o’zaro munosabati masalasi huquq falsafasining asosiy masalalaridan
biri hisoblanadi.
Tabiiy huquq ijtimoiy muhitga bog’liq bo’lmagan ammo inson borlig’idan,
uning   tabiatidan   kelib   chiqadigan   va   kishilarning   huquqlarini   ifodalaydigan
huquqiy-falsafiy tushunchadir.
Tabiiy   huquq   tushunchasi   qadimgi   Sharq   va   qadimgi   Yunon   huquqiy-
falsafiy   ta’limotlarida   ilk   bor   o’z   ifodasini   topgan   edi.   Keyinchalik,   XIIV-XVIII
asrlarga kelib tabiiy huquq ta’limoti alohida ijtimoiy mazmun kasb etib, jamiyatda
salbiy ijtimoiy hodisalarga qarshi kurashda va fuqarolarning haq-huquqini himoya
qilishda g’oyaviy qurol vazifasini ham o’tagan.
Tabiiy   huquqning   asosiy   mazmunini   huquqning   obyektiv   belgilaridan,
xossalaridan tashqari, fuqarolarning ijtimoiy tizimda teng huquqliligi, ularning erki
va mustaqilligi  va boshqalar, turli xil  axloqiy, diniy, falsafiy va hokazo qarashlar
ham tashkil etadi. Bu esa o’z navbatida, huquq falsafsining mazmunini bir muncha
keng   ekanligidan   dalolat   beradi.   Tabiiy   huquq   tarkibida   bir   qator   ijtimoiy   ong
shakllarini mavjudligi, bir jihatdan uning mazmunini boyitsa, ikkinchidan esa, ular
o’rtasida muayyan tafovut borligidan dalolat beradi. Ayniqsa bunday holni I. Kant,
Gegel,   B.   Chicherin,   P.   Novgorodsev,   V.   Solovev   huquq   falsafasining   tabiiy
huquqqa oid qarashlarida kuzatish mumkin.
Tabiiy huquq avvalo inson tabiatidan kelib chiquvchi qoidalar va insonning
erki, haq-huquqi va qadriyatlari majmuidan iboratdir. Huquqni   axloqiy,   diniy   normalar   bilan   ayniylashtirish   tabiiy   huquq
ta’limotining   asosiy   kamchiliklaridan   biridir.   Jamiyat   hayotida   qonun   va   davlat
tizimida   mavjud   ijtimoiy   normalarni   rolini   yetarlicha   baholamaslik   ham   tabiiy
huquq   falsafasiga   xosdir.   Tabiiy   huquq   konsepsiyasining   asosiy   g’oyalaridan   biri
ijtimoiy   hayotda   mavjud   shaxslarning   tabiiy   tengligi   va   erkinligi   muammosidir.
Tabiiy   tenglik   ba’zi   bir   hollarda,   insonni   o’rab   turgan   tabiiy   hodisalar   va   atrof
muhit ma’nosida tushunmaslik kerak. Gap shundaki, tabiiy huquq konsepsiyasiga
ko’ra,   inson   borlig’i,   uning   ruhiy   va   ma’naviy   jihatlariga   uning   «tug’ma,   tabiiy
tengligi   va   erkinligiga»   e’tibor   bermoq   lozim   bo’ladi.   Tabiiy   huquq
konsepsiyasining   mohiyatini   Nersesyans   V.S.   quyidagicha   baholaydi:   «Tabiiy-
huquqiy   yondashuvning   jiddiy   kamchiligi   huquq   falsafasining   asosiy
muammosini-huquqdagi   mohiyat   va   hodisani   farqlash   va   ular   nisbatini   noto’g’ri
talqin qilishdan iboratdir».
Tabiiy huquq konsepsiyasining tarafdorlari huquqning umumiy nazariyasida
yusnaturalistlar deb ham ataladi. Ular huquq falsafasi shakllanishi va rivojlanishida
salmoqli hissa qo’shgan mutafakkirlardir.
Tabiiy   huquq   ta’limotining   mohiyati   va   uning   pozitiv   huquq   bilan
munosabati haqida V.S. Nersesyansning quyidagi fikri e’tiborga molikdir. «Tabiiy-
huquqiy   yondashuvga   nazariy   va   amaliy   tarzdagi   afzalliklar   ham   huquqning
obyektiv   mohiyatini   izlash,   barcha   odamlarning   tabiiy   erkinligi   va   tengligini,
insonning   ajralmas   huquq   va   erkinliklarini,   huquqiy   davlat   g’oyalarini   va
boshqalarni   e’lon   qilish,   huquqni   nohuquqiy   hodisalar-axloq,   axloqiylik,   din   va
hokazolar bilan rasman-huquqiy hodisani asliy-mazmuniy hodisa bilan aralashtirib
yuborish,   huquqni   barcha   nohuquqiylikdan   farqlashning   puxta   shakllantirilgan
mezoni   yo’qligi,   tabiiy   hamda   pozitiv   huquqlar   o’rtasida   zarur   o’zaro   aloqa
yo’qligi va boshqalar xosdir».
Falsafada   naturfaylasuflar   bo’lgani   kabi   huquq   falsafasida   yusnaturalizm,
ya’ni   tabiiy   huquq   konsepsiyasi   mavjud   bo’lib,   ular   o’rtasida   o’xshashlik   va
tafovut   belgilari   bor.   Yusnaturalizm   ta’limotida   asosiy   masala   bu   tabiiy   huquq
azaldan   mavjud   bo’lganligi,   va   insonga   tabiat   yoki   tabiatdan   tashqarida   mavjud bo’lgan biror bir ilohiy kuch tomonidan berilganligi, tabiiy berilgan huquq va unga
amal qilish huquqi masalasidir.
Naturfalsafa   esa,   inson,   yoki   jamiyat   falsafasi   emas,   balki   tabiat   falsafasi
ya’ni borliq falsafasi - ontologiyadir. Ko’pgina ijtimoiy hodisalar kabi huquq ham
o’zining   ikki   asosiy   yo’nalishiga,   asosiga   ega.   Tabiiy   va   sun’iy,   ya’ni   inson
tomonidan   yaratilgan   huquqiy   normalar   ana   shunday   nazariy   asoslar   turkumiga
kiradi.
“Pozitivizm”   atamasi   falsafa   va   huquq   falsafasida   keng   tarqalgan
tushunchalardan   hisoblanadi.   Mazkur   tushuncha   lotincha   positiv   ijobiy   degan
ma’noni   anglatadi.   “Pozitiv   huquq“   birikmasi   esa   «ijobiy»   so’zining   ma’nosini
tubdan   o’zgartirib   yuboradi.   Pozitiv   huquq   huquqshunoslik   fanlarining   barcha
sohalariga   dahldor   bo’lgan   va   huquqni   muayyan   makonda   va   zamonda   ya’ni
konkret   tarixiy   sharoitdan   kelib   chiqib   o’rganadi.   Shuning   uchun   ham   pozitiv
huquq - davlat va qonunning mohiyatini  o’rganadigan ta’limot, normativ va
qadriyatlar   tizimining   tartibga   soluvchi,   boshqaruvchisidir .   Huquqiy
pozitivizm va falsafiy pozitivizm bir - biridan farq qiladi. Huquqiy pozitivizm keng
ma’noda   huquq   falsafasi   demakdir.   Falsafiy   pozitivizm   esa   shunday   falsafiy
oqimki,   “ijobiy”   ya’ni   pozitiv   bilimlar   faqat   maxsus   fanlar   yoki   ularning
integrasiyasi   natijasida   qo’lga   kiritilishi   mumkin,   falsafa   esa   voqyelikni
o’rganuvchi fan bo’la   olmaydi.
Tabiiy huquq insonlar hatti-harakatini tartibga soluvchi mezonlar, normativ-
qadriyatlar falsafiy-huquqiy asosini tashkil eta   olmaydi. Biroq bu tabiiy huquqning
ijtimoiy   hayotda   muayyan   regulyativ   vazifani   bajarmaydi   degan   ma’noni
anglatmaydi.   Tabiiy   huquq   pozitiv   huquqning   birlamchi   asosini   tashkil   etadi   va
uning   falsafiy   asosi   hisoblanadi.   Tabiiy   huquq,   huquq   falsafasida   huquqiy
hodisalarni bilishda muhim rol o’ynashdan tashqari, ba’zi bir qiyinchiliklarni ham
yuzaga   keltiradi.   Ayn i qsa   bu   hol   uni   pozitiv   huquq   bilan   qiyosiy   tahlil   etganda
yaqqolroq   ko’zga   tashlanadi.   Tabiiy   huquq   yuqorida   qayd   etilganidek,   asosan
axloqiy   diniy   normalarda,   urf-odatlarda   va   boshqa   bir   qancha   ustqurmaviy
shakllarda   namoyon   bo’ladi.   Ammo   bu   shakllar,   bizga   ma’lumki,   huquqiy amaliyot uchun yetarli darajada zarur bo’lgan konkret mazmunga ega emas. Tabiiy
huquqning mazmunini  tashkil  etuvchi  axloqiy, diniy va boshqa  ijtimoiy normalar
kishilar tomonidan turlicha talqin qilinishi va pirovard natijada ijtimoiy amaliyotda
qo’llanishi mumkin. Natijada tabiiy huquq fuqarolar hatti-harakatini tartibga solish
va   ularning   davlat   manfaatlariga   qay   darajada   mos   kelishini   aniqlash   imkonini
beraolmaydi. Holbuki, bu muhim ijtimoiy vazifani jamiyatda mavjud qounlargina
bajaradi.   Shuning   uchun   ham   tabiiy   huquq   konsepsiyasining   ijtimoiy   hayotdagi
ijobiy rolini qayd etish bilan birga, uning boshqa jihatlarini ham huquq falsafasida
hisobga olmoq lozim bo’ladi.
Tabiiy huquq nazariyasi eng qadimgi huquq nazariyalaridan biri hisoblanadi.
Tabiiy   huquq   o’ziga   hos   huquqning   ideal   ko’rinishi   hisoblanib,   uning   asosiy
tushunchalaridan biri adolat va tenglik g’oyasidir. Huquqning paydo bo’lishiga oid
boshqa   nazariyalar   kabi   (huquqning   tarixiy   nazariyasi,   huquqning   psixologik
nazariyasi   va   huquqning   sinfiy   nazariyalari)   tabiiy   huquq   nazariyasi   huquqni
falsafiy   mohiyatini  tushuntirishda   uning  ijtimoiy  hayotdagi  rolini   anglab  yetishda
muhim rol o’ynaydi.
Pozitiv huquq - inson aql-zakovati, uning tarixiy taraqqiyotining mahsulidir.
Pozitiv huquq konsepsiyasi  ham tabiiy huquq kabi o’zida ba’zi bir qarama-qarshi
hususiyatlarni   mujassam   etishi   mumkin.   Masalan   sinfiy,   guruhiy,   etnik,
mulkchilikning   turli   xil   ko’rinishlari   bilan   bog’liq   va   h okazo   manfaatlarini   ham
pozitiv huquq o’z mazmunida mujassam etishi mumkin. Ayniqsa bu jarayon bozor
munosabatlariga o’tish davrida ko’proq ko’zga tashlanadi.
Pozitiv huquq ijtimoiy hayotda muhim rol  o’ ynaydi. Jamiyat osoyishtaligini,
uning   barqarorligini   ta’minlaydi,   buyuk   kelajak   sari   rivojlanishini   fuqarorlarning
erki,   farovonligini   ta’minlaydi,   jinoyatchilikni   oldini   olishda,   turli   xil   bo’hronlar,
zo’ravonliklarni bartaraf qilishda buyuk nazariy va amaliy kuchdir.
Pozitiv huquq - bu kishilar hatti-harakatini tartibga soluvchi, uni baholovchi
me’yoriy normativ hujjatlar, shuningdek amaldagi qonunlar, rasman qabul qilingan
yuridik   normalar   demakdir.   Tabiiy   huquq   va   pozitiv   huquqni   qiyoslaydigan
bo’lsak, nafaqat ularning ijtimoiy hayotdagi ma q omi, balki ularning kelib chiqishi, genezisi   bilan   ham   farq   qiladi.   Tabiiy   huquq   va   uning   elementlari   inson   ongli
mavjudot   sifatida   shakllana   boshlagan   davrlardan   boshlab,   ya’ni   homo   sapiens   -
aql  sohibi  bo’lgan inson shakllanishining  ilk bosqichidan  mavjud bo’lgan. Tabiiy
huquqning   shakllanishi   muammosini   bioetik,   biososial   va   antropologik
konsepsiyalar   bilan   u zviy   bog’liq   holda   o’rganish   zarur   bo’ladi.   Pozitiv   huquq
tabiiy   huquqdan   farqli   ravishda   ijtimoiy   taraqqiyotning   yuqori,   nisbatan,
bosqichida, insonning erki, uning o’z haqqi-huquqini to’la anglab yetishi, o’zligini
anglashi, xususiy mulkchilikni turli shakllarini paydo bo’lish va rivojlanishi  bilan
bog’liq   tarixiy   sharoitda   shakllanadi   va   rivojlanadi.   Pozitiv   huquq   o’zining
quyidagi asosiy xususiyatlariga ega. 
Birinchidan,   pozitiv   huquq   huquqiy   normalarning   qat’iy   huquqiy
hujjatlarda   yozma   ravishda   qayd   etilishidir.   Demak   aytish   mumkinki,   pozitiv
huquq til  va tafakkur rivojlanishi  bilan uzviy bog’liq bo’lgan huquq falsafasining
asosiy   konsepsiyasidir.   Ikkinchidan,   pozitiv   huquq   hokimiyat   bilan   bog’liq
bo’ladi   va   uning   bu   xususiyati,   pozitiv   huquqni   amaldagi   m’yoriy,   qadriyatiy
regulyatorga   aylantiradi.   Uchinchidan,   pozitiv   huquqni   dialektikaning   asosiy
kategoriyalaridan biri bo’lgan umumiylik kategoriyasi bilan bog’li q ligi deyishimiz
mumkin.   Pozitiv   huquq   huquqiy   umumiylik   bo’lib,   u   barcha   fuqarolarning   hatti-
harakatini   tartibga   soladi,   ularni   qonun   yo’li   bilan   himoyalaydi.   Agar   alohida
olingan shaxs yoki kishilar guruhi qonunga xilof hatti-harakat sodir etsa, unda ular
qonun   asosida  jazolanadilar. Huquqiy umumiylik huquqiy ayrimlik bilan bog’liq
bo’ladi   va   huquq   falsafasi   tabiiy   va   pozitiv   huquq   munosabatlarini   mazkur
kategoriyalar dialektikasiga asoslangan holda o’rganadi. Va nihoyat,  to’rtinchidan
pozitiv   huquq   davlat   tomonidan   himoyalanadi   va   qonunlarni   ijtimoiy   hayotgan
joriy etilishini ta’minlaydi. Bu esa o’z navbatida fuqarolarning huquqiy tafakkuri,
madaniyati   va   huquqiy   ongining   takomilini   taq o zo   etadi.   Kelajagi   buyuk
davlatimizning huquqiy tafakkuri ham buyukdir. 
Buning uchun «Biz jamiyatimiz a’zolarining, aholimizning huquqiy ongi, tafakkuri
va madaniyatini tarbiyalashimiz, yuksaltirishimiz kerak» deb ta’kidlagan edilar 
davlatimiz rahbari I.A. Karimov.  Foydalanilgan adabiyotlar:
1.   Алексеев   С . С .   Право   –   азбука ,   теория ,   философия :   опыт   комплексного
исследования .  М., 1999. 
2.   Гегель   Г.В.Ф.   Философия   права:   Пер.   с   нем.   /   Ред   и   сост.   Д.А.   Керимов,
В.С. Нерсесянц; Авт. вступ. ст. и примеч. – В.С. Нерсесянц. М., 1990. 
3.   Зорькин   В.Д.   Философия   права:   прошлое,   настоящее   и   будущее   //
Философия права в начале  XXI  столетия через призму конституционализма и
конституционной экономики /   Под ред.  В.В.   Миронова,  Ю.Н. Солонина  М.,
2010. 
4. Кальной И.И. Философия права: СПб., 2006.
5.   Керимов   Д.А.   Методология   права:   Предмет,   функции,   проблемы
философии права. 4-е изд. М., 2008. 
6.   Миронов   В.В.   Еще   раз   о   специфике   философии   //   Вестник   Российской
академии наук. 2011. Т. 81. № 3. 
7. Михайловский И.В. Очерки философии права. Томск, 1914. Т. 1. 
8. Нерсесянц В.С. Философия права: Учебник. 2-ое изд., перераб. и доп. М.,
2008. 
9. Философия  права:  Курс  лекций:  Учебное   пособие.  В  2 т.  Т.  1. /   Отв.  ред.
М.Н. Марченко. М., 2011. 
10. Хабриева Т.Я. Конституционные реформы в современном мире // Вестник
Российской академии наук. 2016. Т. 86. № 7. С. 579–586. 
11.   Чернавин   Ю.А.   Проблема   предмета   философии   права   //   Вестник
московского государственного областного университета. Сер. «Философские
науки». 2013. № 3. С. 70–76. 
12. Чичерин Б.Н. Философия права. М., 1990. 13. Шершеневич Г.Ф. История
философии права.  2-е изд. СПб., 1907

Mavzu: Inson va fuqaro huquq va erkinliklari . Reja: 1. Inson huquqlari va fuqaro huquqlari konsepsiyalari mazmuni. 2. Inson va fuqaro huquqlari, ularning farqlanishi va nisbati. 3. Jamiyat rivoji tarixida tabiiy va pozitiv huquqlar o’zgarishlari. 4. Inson huquqlari va erkinliklarining tabiiy-huquqiy konsepsiyasi. .

O’zbekiston Respublikasining yangi Konstitusiyasida sovetlardan keyingi tuzumning asosiy qoidalarini tartibga solishda insonning tug’ilishidan boshlab ajralmas huquq va erkinliklari to’g’risidagi tabiiy-huquqiy g’oyalarga tayaniladi. Bunday yondashuvni tasdiqlash uchun Konstitusiyada (13-modda) quyidagilar e’lon qilinadi: «O’zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplariga asoslanadi, ularga ko’ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr- qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi». Konstitusiyaning «Inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari» deb nomlangan ikkinchi bo’limi «Yashash huquqi har bir insonning uzviy huquqidir. Inson hayotiga suiqasd qilish eng og’ir jinoyatdir» (24-modda) degan qoidadan kelib chiqadi. Asosiy Qonunimiz loyihasi uch ming yillik milliy davlatchilik hamda xorijiy konstitusiyaviy tajriba, inson huquqlari bo’yicha xalqaro standartlarni o’zida mujassamlashtirdi. Mazkur loyiha 1992 yil 26 sentyabrda matbuotda e’lon qilinib, umumxalq muhokamasidan o’tkazildi. E’tiborlisi shundaki, muhokamalar chog’ida fuqarolarning nihoyatda siyosiy faolligi ko’zga yaqqol tashlanib turdi. Shu ma’noda, ushbu hujjat, haqiqatan ham, xalqchil Konstitusiyaga aylandi. Xo’sh, Asosiy Qonunimiz qabul qilingach, qanday yutuqlarga erishdik? Avvalo, u qabul qilinishi natijasida jamiyatda barqaror konstitusiyaviy tartib o’rnatilib, davlat organlari Konstitusiya doirasida shakllangani va amal qilib kelayotganini aytib o’tish zarur. Iqtisodiy sohada esa mulkchilikning barcha shakllari, jumladan, xususiy mulk tengligi, tadbirkorlik erkinligi o’rnatilib, Konstitusiya ijtimoiy yo’naltirilgan bozor munosabatlarining rivojlanishi uchun zarur shart-sharoit va kafolatlar yaratib berdi. Siyosiy sohada Asosiy Qonunimiz huquqiy davlatchilikning zarur mezonlariga muvofiq tarzda erkinlik va demokratiyaning huquqiy kafolatlarini yaratdi. Ushbu sa’y-harakatlar natijasida mamlakatda siyosiy va mafkuraviy hurfikrlik, so’z va axborot erkinligi o’rnatildi. Fuqarolarimiz jahon hamjamiyati tomonidan e’tirof etilgan barcha siyosiy huquq va erkinliklarga ega bo’ldi.

Darhaqiqat, Konstitusiyamiz eng demokratik, xalqaro miqyosdagi me’yor va talablarga to’liq javob beradi. Xususan, Fransiya Davlat kengashi a’zosi, Konstitusiyaviy huquq xalqaro assosiasiyasi raisi Didye Mos “O’zbekiston Konstitusiyasi rivojlangan demokratik davlatlarning Asosiy qonunlariga to’liq muvofiqdir. Unda demokratik davlat qurishning barcha muhim tamoyillari — Prezidentlik instituti, hukumat, parlament, sud organlarining vakolatlari va boshqalar o’z aksini topgan. Demokratiyaning universal qadriyatlariga to’liq darajada muvofiq bo’lgan insonning asosiy huquqlari aniq belgilangan”, deb alohida qayd etgan edi. Shu o’rinda aytish joizki, Inson huquqlari umumjahon deklarasiyasi va boshqa xalqaro hujjatlarning asosiy prinsipial qoidalarini o’zida jamlagan Konstitusiyamizda inson huquq va manfaatlari, erkinliklari hamma narsadan ustunligi mustahkamlandi, odamlar uchun munosib hayot sharoiti yaratishga xizmat qiladigan ijtimoiy adolat tamoyillari e’lon qilindi. Jumladan, davlat jamoat birlashmalarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta’minlashi, ularga ijtimoiy hayotda ishtirok etish uchun teng huquqiy imkoniyatlar yaratib berishi alohida belgilab qo’yildiki, bu tamoyil sobitqadamlik bilan hayotga tatbiq qilinmoqda. Buni istiqlol yillarida mamlakatimizni demokratik yangilash jarayonida nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining chinakam mustaqilligini ta’minlash, huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, faoliyatlarini tashkiliy-huquqiy va moddiy-texnikaviy jihatdan qo’llab-quvvatlashga qaratilgan 200 dan ziyod qonun hujjatlari qabul qilingani tasdiqlab turibdi. Muhimi, bu boradagi huquqiy asos davr talabidan kelib chiqqan holda takomillashtirilmoqda. Ushbu sa’y-harakatlar natijasi o’laroq, bugungi kunga kelib, yurtimizda ijtimoiy hayotning turli sohalarida 6000 dan ziyod nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari samarali faoliyat yuritmoqda. Mazkur tashkilotlar hozirgi paytda fuqarolarning salohiyatini ro’yobga chiqarish, ularning ijtimoiy-siyosiy faolligi va huquqiy madaniyatini oshirish, jamiyatda manfaatlar

muvozanatini ta’minlashda nechog’li katta ahamiyat kasb etayotgani hyech kimga sir emas. E’tiborlisi, yurtimizda inson huquqlariga rioya etilishi ustidan parlament va jamoatchilik nazorati (monitoringi) yo’lga qo’yildi. Bunga davlat tomonidan inson huquqlari bo’yicha milliy institutlarni qo’llab-quvvatlash, jumladan, Ombudsman instituti va Inson huquqlari bo’yicha milliy markazning moddiy-moliyaviy, kadrlar ta’minotini hamda resurs salohiyatini kuchaytirish bo’yicha aniq choralar ko’rilayotganini misol sifatida keltirish mumkin. Siyosiy partiyalar xususida ham ana shu fikrni aytish joiz. Ularning jamiyatni demokratlashtirishdagi rolini oshirish to’g’risidagi konstitusiyaviy talablarning hayotga tatbiq qilinishi hisobiga xalqaro saylov standartlari milliy qonunchilikka va huquqni qo’llash amaliyotiga joriy etildi. Natijada chinakam professional, ikki palatali parlament shakllantirildi. Bu ham inson huquq va manfaatlarini ta’minlashda muhim qadam bo’lganligi xalqaro miqyosda ham e’tirof etilmoqda. Konstitusiyamizning 24-moddasida yashash huquqi — har bir insonning uzviy huquqi ekani mustahkamlab qo’yilgan. O’tgan yillar mobaynida ushbu tamoyil asosida juda ko’p xayrli ishlar ro’yobga chiqarildi. Jumladan, O’zbekistonda demokratik davlatlar qatorida o’lim jazosi bekor qilindi, “Xabeas korpus” instituti joriy etildi. Bularning barchasi sud-huquq tizimini liberallashtirishga qaratilgan tub islohotlar samarasidir. Shu bilan birga, advokatura institutining nufuzi oshirildi, sud qarorlari ijrosini ta’minlash tizimi, prokuratura faoliyati bugungi kun talablari darajasida takomillashtirildi. Bu boradagi ishlarning izchil davom ettirilayotgani esa sohada erishilayotgan yutuqlarimiz bundan ham ulkan bo’lishidan darak beradi. Umuman olganda, mustaqillik yillarida O’zbekiston bosib o’tgan yo’l va qo’lga kiritilgan yuksak marralar Konstitusiyamiz sharofatidandir, desak, ayni haqiqatni aytgan bo’lamiz. Zero, yangi milliy davlatchilik qurish, uning ijtimoiy- siyosiy tizimini yaratish, demokratik tamoyillarga asoslangan siyosiy va iqtisodiy tizimni shakllantirish, qonun ustuvorligi, uning barcha uchun tengligini ta’minlash mazkur hujjatda belgilab qo’yilgan.

Prezidentimiz I.Karimov tomonidan taqdim etilgan “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” konstitusiyaviy taraqqiyot, davlatni modernizasiya qilish strategik maqsadlarini amalga oshirishda yangi bosqichni boshlab berdi. Boshqacha aytganda, ushbu hujjat davlat hokimiyati subyektlari o’rtasida vakolatlarni taqsimlashning aniq va tizimli huquqiy mexanizmini yaratishga qaratilgan konstitusiyaviy islohotlarni izchil chuqurlashtirishga xizmat qilmoqda. Ayni paytda u mamlakat ijtimoiy taraqqiyoti hamda farovonligini ta’minlashda harakatga soluvchi kuch sifatida jamiyatning butun siyosiy tizimini demokratlashtirishga yangi rag’bat bo’ldi. Muxtasar aytganda, Konstitusiyamiz tom ma’noda mustaqillik ramzi, insonparvar qomus sifatida yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko’lamli islohotlarning huquqiy kafolati bo’lib xizmat qilmoqda Konstitusiyaga xos bo’lgan tabiiy-huquqiy yondashuv, aslini olganda, inson tug’ilishidanoq yuzaga keladigan va ajralmas huquq hamda erkinliklar o’zida birlamchi huquqiy asosni ifodalashini anglatadi. Konstitusiyada foydalanilgan, biz uchun yangi bo’lgan, inson tug’ilishidanoq yuzaga keladigan va ajralmas huquq hamda erkinliklarning tabiiy- huquqiy konstruksiyasi, aslida, odamlar huquqlarining ilgari sovet nazariyasi va amaliyotida hukmronlik qilgan oktroirlangan (rasmiy ma’murlar tomonidan yuqoridan hadya qilingan) xarakteri to’g’risidagi tasavvurlarga qarshi qartilgan. Mazkur konstruksiyaning aksiletatik mazmuni shubhasiz: asosiy huquq va erkinliklar har bir kishiga davlat tomonidan majbur qilinadigan shart-sharoitlarga, ma’murlarning hohish-irodasi va hal etishiga bog’liq bo’lmagan, balki so’zsiz tabiiy bo’lgan asos bo’yicha (tug’ilishning tabiiy fakti tufayli) tegishlidir. Insonning tug’ilishidanoq yuzaga keladigan va ajralmas huquq hamda erkinliklariga havola qilish birlamchi va so’zsiz erkinlikni, har qanday individning qolgan barcha - davlat, jamiyat, boshqa individlar bilan munosabatlarida huquqiy layoqatliligi va huquq subyekti ekanligini namoyish etishga qaratilgan.