logo

FUQARO, FUQAROVIYLIK VA FAOL FUQAROLIK POZISIYASI

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

41.9833984375 KB
MAVZU.  FUQARO, FUQAROVIYLIK VA FAOL FUQAROLIK
POZISIYASI
1. Fuqaroviylik tushunchasi. Fuqaroviylikning asosiy byelgilari va myezonlari.
2. Fuqaroning   o’z   haq-huquqlarini   tushuniish   va   uni   amaliyotda   qo’llash
ko’nikmasi va boshqa fuqarolarning haq-huquqlarini hurmat qilishi. 
3. Fuqaroning   davlat   va   jamiyat   oldida   o’z   huquqiy   va   ahloqiy   mas’uliyatini
anglashi. Fuqaroviylikni faollik nuqtai nazaridan shartli ravishda darajalarga
bo’lish va unga ta’sir ko’rsatuvchi omillar. 
4. Fuqarolik   ongining   jamiyat   hayotida   turli   shakllarda   namoyon   bo’lishi   va
o’ziga   xos   xususiyatlari.   Fuqaroviy   ong   jamiyatni   birlashtiruvchi   kuch
sifatida. .Fuqaroviylik, mazmun-mohiyati va asosiy xususiyatlari
Mazkur   mavzuning   asosiy   maqsadi   fuqarolik   jamiyati   barpo   etishda
fuqarolarning   faolligi   qanday   ahamiyatga   ega   ekanligini   yoritishdan   iborat.   Zero
fuqarolik jamiyati  fuqaroviy ongi va faolligi  yuksak bo’lgan fuqarolar yordamida
barpo   etilishi   mumkin.   Fuqaroviylik   mamlakatning   rivojlanish   bosqichlarida,
boshqacha  aytganda o’tish davrida yaqqol  namoyon bo’ladi. Bugungi  kunda ham
ijtimoiy-siyosiy   o’zgarishlarni   boshidan   kechirayotgan,   aniqrog’i   fuqarolik
jamiyati   barpo   etayotgan   turli   mamlakatlarda   fuqaroviylik   muhim   ahamiyat   kasb
etmoqda.   Fuqaroviy   faollikning   negizini   anglash   uchun   avvalo   fuqaroviylikning
nazariy mohiyatini tushunish talab etiladi. 
Manbalarda   qayd   etilishicha   o’z   vatani   taraqqiyoti   uchun   har   qanday   yo’l
bilan, jismoniy yoki ma’naviy mehnat bilan xizmat qilgan kishi  haqiqiy fuqaroga
aylanadi.   Bunday   qarash   biroz   falsafiy   ahamiyatga   egadek   tuyulsa-da,   aslida
fuqarolik   jamiyati   barpo   etishda   aynan   fuqaroning   vatan   taraqqiyoti   yo’lidagi
amaliy faoliyati muhim ahamiyat kasb etadi.
Fuqaroviylik dastlabki qarashda huquqshunoslikka oid atama singari tuyuladi.
Aslini   olganda   bu   hodisani   falsafiy,   huquqiy,   sosiologik   va   siyosiy   mohiyati
mavjud. 
Fuqaroviylik   bir   davlatga   mansublikni   anglash,   davlatga   sodiqlik   hamda
vatanparvarlik hissi sifatida talqin etilishi mumkin. Bunda davlatni, konstitusiyani,
davlat   ramzlarini   hurmat   qilish,   davlat   tuzumini   va   qonun   ustuvorligini   himoya
qilishga   tayyorlik   nazarda   tutiladi.   Fuqaroviylikni   insonga   huquqiy,   ijtimoiy,
ma’naviy   va   siyosiy   jihatdan   layoqatli   ekanligini   his   etishni   ta’minlovchi
jamlovchi tushuncha sifatida ham talqin etish mumkin.
V.Dalning   qayd   etishiga   qaraganda,   “fuqaroviylik   fuqarolik   jamiyatini
tuzish uchun jamiyatning ongi va bilimi darajasini ifoda etgan holatdir” 1
.  
Ko’rinib turganidek,  fuqaroviylik nafaqat insonning huquqiy maqomi, balki
uning   bilimi   va   jamiyatning   holatini   anglashi,   ijtimoiy   me’yorlardan
1
 Даль В.И. Толковый словарь живого великорусского языка (современное написание 
слов). Изд. “Цитадель”, г. Москва, 1998 г xabardorligi   va   ularga   rioya   qilishiga   bog’liq.   Bu   yerda   fuqarolar   tomonidan
jamiyat   taraqqiyoti   yo’lida   amalga   oshiriladigan   birdamlik,   o’zaro   hamkorlik
singari   ixtiyoriy   faoliyat   ham   nazarda   tutiladi.   Bunday   holatda   fuqaroviylikda
huquqqa   nisbatan   ma’naviyatning   ustuvorligi   namoyon   bo’lmoqda.   Aslida
ko’pgina   an’anaviy   jamiyatlarda   hamisha   fuqaroviylik   huquqiy   mazmunda   emas,
balki ko’proq ma’naviy axloqiy ko’rinishda namoyon bo’ladi. 
Sho’ro davrida fuqaroviylik albatta vatanga sadoqat va vatanparvarlik sifatida
talqin   etilsa-da,   ko’proq   mafkuralashgan   ko’rinishda   namoyon   bo’lgan.   Ko’pgina
hollarda   fuqaroviylik   vatanparvarlik   bilan   aralash   ifodalangan.   Aslida   esa
vatanparvarlik   fuqaroviylikning   bir   ko’rinishi   xolos.   Fuqarolik   jamiyati
fuqarolarning oddiygina yig’indisi bo’lmagani singari fuqaroviylik ham individual
ahamiyatga   ega   bo’lgan   hodisa   emas.   Fuqaroviylik   bir   mamlakat   hududida
yashovchi fuqarolarning o’z vatanlariga sodiqligi, qonunlarni hurmat qilish, ularga
bo’ysunishi,   shuningdek   vatannni   himoya   qilish   va   umummilliy   ahamiyatga   ega
bo’lgan   masalalarda   faollikni   nazarda   tutadi.   Fuqaroviylikka   nisbatan   berilgan
fikrlarni umumlashtirgan holda un quyidagicha ta’riflash mumkin:
Fuqaroviylik bir tarafdan jamiyatda shaxsning oliy darajada mustaqilligini,
ikkinchi   tarafdan   esa   kishilarning   jamiyat   hayotidagi   ishtirokida   namoyon
bo’ladigan yuqori darajadagi birdamlikni nazarda tutuvchi qarashlar majmuini
ifoda etadi.
Quyidagilar fuqaroviylikni ifoda etuvchi muhim jihatlar qatoriga kiradi: 
- fuqaroning   o’z   haq-huquqlarini   tushunishi   va   uni   amaliyotda   qo’llash
ko’nikmasi; 
- boshqa fuqarolarning haq-huquqlarini hurmat qilish; 
- fuqaroning o’z xatti-harakati uchun shaxsiy javobgarligi; 
- davlat va jamiyat oldida o’zining huquqiy va axloqiy mas’uliyatini anglash; 
- fuqarolarning tengligi; 
- yuksak ma’naviy-axloqiy mezonlarga asoslangan  holda ijtimoiy voqyelikka
nisbatan obyektiv va tanqidiy yondashuv; 
- hokimiyat   bilan,   boshqa   fuqarolar   va   jamoat   birlashmalari   bilan   ijobiy muloqot yuritish qobiliyati; 
- bir   mamlakat,   jamiyat   va   davlatga,   shuningdek   unga   tegishli   huquqiy,
madaniy   va   til   makoniga   mansublikda   ifodalangan   fuqaroviy   o’zlikni   anglash   va
hokazolar. 
Fuqaroviylikni   faollik   nuqtai   nazaridan   shartli   ravishda   darajalarga   ham
ajratish mumkin: 
- fuqaro   mas’uliyatli,   ongli   va   vijdonli   bo’lsa   u   dastlabki   pog’onada,   ya’ni
fuqaroviy xususiyatlarga ega bo’lgan shaxslar qatoriga kiritish mumkin; 
- agar   fuqaroda   atrofda   bo’layotgan   voqyea-hodisalarga   nisbatan   ma’lum   bir
munosabati   shakllangan   bo’lsa   uni   fuqaroviy   pozisiyasiga   ega   bo’lgan   shaxs
sifatida e’tirof etish mumkin; 
- agar   fuqaroda   o’z   haq-huquqlari   hamda   burchi   uchun   amaliy   harakatni
bajarish ko’nikmasi mavjud bo’lsa uni faol fuqaro sirasiga kiritish mumkin. 
Fuqaroviylikning   tugal   yoki   to’kis   ekanligini   quyidagi   mezonlar   vositasida
talqin qilish mumkin: 
1. Agar   fuqaroviy   pozisiya   hali   shakllanmagan,   fuqaroviy   xususiyatlar,
o’z haq-huquqlari uchunkurashish istagi to’liq namoyon bo’lmasa fuqaroviylikning
eng quyi darajasi namoyon bo’ladi.
2. Fuqaro   o’z   haq-huquqlari   uchun   kurashishga   moyil   bo’lsa,   u   haqda
o’z  bilim  va qobiliyatini  namoyon qilishga  tayyor  bo’lsa, bunda  fuqaroviylikning
o’rta darajasi namoyon bo’ladi. 
3. Agar fuqaroda fuqaroviy xususiyatlar hamda faol fuqarolik pozisiyasi
to’liq   shakllangan,   o’z   haq-huquqlari   uchun   amaliy   harakatga   kirish   ishtiyoqi
yaqqol namoyon bo’ladigan bo’lsa uni yuqori darajada fuqaroviylik sifatida talqin
etish mumkin. 
Fuqaroviylik jamiyat a’zolarini safarbar etish va yo’naltirishga xizmat qiladi.
Fuqaroviylik   tevarak   atrofda   bo’layotgan   voqyea-hodisalarga   nisbatan   faol
munosabatni,   fuqarolik   jamiyatini   shakllantirish   va   rivojlantirishga   xizmat   qiladi.
Fuqaroviylik jamiyat oldida ma’lum bir maqsadning shakllanishiga xizmat  qiladi. Albatta   jamiyatda   fuqaroviylikning   rivojlanishi   uchun   tegishli   tarbiyaviy   chora-
tadbirlar, qulay ijtimoiy muhit muhim ahamiyatga ega. 
Fuqaroviylik   shaxsning   siyosiy   jihatdan   komillikka   erishishi   bilan   bog’liq
bo’lib,   bunday   darajaga   yetgan   kishi   siyosiy   jarayonlar   va   hodisalarga   qiziqish
bilan   qaraydi,   ro’y   berayotgan   voqyelikni   tahlil   qilish   qobiliyatiga   ega   bo’ladi.
Aynan ana shunday qobiliyatga ega bo’lgan fuqaro kezi kelganda o’z vatani taqdiri
uchun   amaliy   harakat   qilish   uchun   zarur   bo’lgan   qarorga   kelish   qobiliyatiga   ega
bo’ladi.   Vatanparvarlik   ruhiga,   mas’uliyat,   siyosiy   madaniyat   va   taraqqiy   topgan
siyosiy   ongga   ega   bo’lgan   jamiyat   a’zosini   fuqaroviylikka   ega   bo’lgan   shaxs
sifatida e’tirof etish mumkin.
.Fuqaroviy ong va uning namoyon bo’lish omillari
 
Endi   bevosita   fuqaroviy   ongning   mazmun   mohiyatiga   e’tibor   qaratish
o’rinlidir.   Fuqarolik ongi demokratik qadriyatlar, ideallar, huquq va erkinliklar
nuqtai   nazaridan   shaxs,   jamiyat   va   davlat   o’rtasidagi   munosabatlarni
anglashdan   iborat .   Albatta   har   bir   davlat   va   jamiyatda   demokratik   qadriyatlar
o’ziga  xos  tamoyillir   va  me’yorlar   asosida   qabul  qilinadi.  Fuqarolik  ongi   jamiyat
taraqqiyotining   shunday   bosqichidagi   ruhiy   holatini   anglatadiki,   bu   davrda
demokratik me’yorlar va qadriyatlar hayotning asosiga aylanadi. 
Fuqarolik   ongi   iqtisodiy,   siyosiy,   huquqiy,   ma’naviy   sohalarda   me’yoriy,
shakllantiruvchi,   yo’naltiruvchi,   muloqotga   yetaklovchi   singari   rang   barang
vazifalarni  bajaradi .   Bu vazifalar  ta’sirlashgan  holda o’zaro kesishadilar  va bir-
birini to’ldiradi. Ularning ko’pchiligi davlat va uning institutlariga xosdir. Ammo
davlat organlari qonunlar, me’yoriy hujjatlar, qoida va talablardan iborat huquqiy
doirada   faoliyat   yuritsa,   fuqarolik   ongi   erkin   shakllanadi.   Fuqaroviy   ong
me’yorlari   ijtimoiy-siyosiy   jarayonlar   natijasida   shakllanadi,   uni
muvofiqlashtiradigan yoki  uni  amalga oshiradigan maxsus tuzilmalar bo’lmaydi.
Fuqarolik ongining vazifalari alohida individ emas, balki  butun jamiyat  faoliyati
bilan bog’liq. Fuqarolik ongi jamiyat  hayotida turli shakllarida namoyon bo’ladi. Kishilar
shaxsiy   va  ijtimoiy  qadriyatlar   borasida  o’z  qarashlari,  tasavvurlari,  qadriyatlari,
intilishlari, me’yorlarini turli ko’rinishlarida namoyon etishadi. Jamiyat, guruhlar,
shaxsning   ijtimoiy   manfaatlari   namoyon   bo’ladigan   fuqaroviy   manfaatlar   tizim
holiga keladi. Aynan tizim holida bo’lganligi tufayli fuqaroviy manfaatlar har bir
shaxsning   qadriyatlarini   hayotga   tatbiq   etadi,   uning   jamiyatga,   davlatga,   boshqa
fuqarolarga   nisbatan   munosabatini   shakllantiradi.   Fuqaroning   mas’uliyati,
maqsadlari,   vazifalarini   belgilashga,   ijtimoiy   ahamiyatga   ega   bo’lgan
xususiyatlarini shakllantirishga ko’maklashadi. Aynan ana shu tarzda shakllangan
fuqaroviy   ong   fuqarolik   jamiyatining   shakllanishiga   xizmat   qiluvchi   qadriyatlar,
me’yorlar,   g’oya   hamda   tasavvurlarni   shakllantirish,   jamiyatni   komillik   va
erkinlikka yetaklashga xizmat qiladi. 
Fuqarolik   jamiyati   bir   necha   avlod   almashinuvini   talab   etadigan   jarayon
bo’lgani  singari  fuqaroviy  ong  ham   tarixiy  davr  mobaynida  shakllanadi.   Har   bir
mamlakatdagi   fuqaroviy   ong   shu   mamlakatdagi   ijtimoiy-siyosiy   tizimning
tabiatiga   mos   ravishda   shakllanadi.   Shu   mamlakatga   xos   bo’lgan   ijtimoiy   tizim,
aloqalar va munosabatlarni aks ettiradi.
Fuqarolik   ongi   tabiiy   va   tadrijiy   taraqqiyot   mahsuli   bo’lib,   uni   sun’iy
jihatdan   tezlashtirish   mumkin   emas.   U   ijtimoiy,   iqtisodiy   hamda   siyosiy   omillar
negizida   tadrijiy   tarzda   shakllanadi.   Har   bir   avlod   mavjud   demokratik
qadriyatlarni  o’zlashtiradi  va yangilarini  yaratadi.  Bu jarayonda fuqarolik ongini
belgilab   beruvchi   me’yorlar   va   qadriyatlarni   saqlash   hamda   uzluksiz
takomillashtirish eng muhim faoliyat hisoblanadi. 
Tadrijiy   taraqqiyot   natijasida   demokratik   tasavvurlar   mustahkamlanib,   asta
sekinlik bilan fuqarolik tajribasi to’planib boradi.
Fuqarolik   ongi   bir   qator   o’ziga   xos   xususiyatlarga   ega.   Fuqarolik   ongi
ijtimoiy tizimning o’zgarishi bilan yangilanadigan qadriyatlarga moslashib boradi.
Boshqa   tarafdan   fuqarolik   ongi   ijtimoiy   o’zgarishlarni   keltirib   chiqaruvchi   faol
omil   hisoblanadi.   U   fuqarolarni   faol   harakatga   boshlovchi   tasavvurlar   bilan
bog’liq   bo’lganligi   tufayli,   jamiyat   o’zligining   yangilanishiga,   ijtimoiy taraqqiyotni   tezlashtiruvchi   omilga   aylanishi   mumkin.   Fuqarolik   ongi   ijtimoiy
taraqqiyotning   ruhiy   negizini   yaratgan   holda   jamiyatning   mustahkamlanishiga
xizmat qiladi.
Fuqarolik ongi yangi g’oyalarni qabul qilish darajasida ochiq xarakterga ega.
Yangi   g’oyalar   shu   tizimga   mos   ekanligi   o’z   isbotini   topgan   taqdirda   asta   sekin
jamiyatning mohiyatiga singib boradi.
Madaniy   yangilanishlar   uzluskiz   tarzda   ijtimoiy   ongga   ta’sir   ko’rsatish
darajasida   ko’p   ro’y   bergan   taqdirda   jamiyatda   voqyelikni   his   etish   uchun
yangicha   usullar   vujudga   keladi   va   bu   o’z   navbatida   fuqaroviy   ongning
o’zgarishiga olib keladi.
Mamlakatda   siyosatni   tubdan   o’zgartirish   hatto   mulkka   nisbatan
munosabatni   ham   butunlay   o’zgartirish   mumkin,   ammo   kishilarning   asosiy
qarashlari va qadriyatlarini tezlik bilan o’zgartirib bo’lmaydi. 
Fuqarolik ongi umumiy tamoyillargagina asoslanmasdan, mohiyati jihatidan
o’zgarib   boradi.   Albatta   jamiyatda   barqaror   bo’lgan,   har   qanday   siyosiy   tizimga
xos   bo’lgan   tarixiiy   tajriba,   an’analar   singari   o’zgarmas   xususiyatga   ega
qadriyatlar   mavjud   bo’lib,   ular   fuqaroviy   ongda   ro’y   berishi   mumkin   bo’lgan
tezkor   o’zgarishlarni   tiyib   turadi.   Yangi   tarixiy   tajriba   esa   aynan   ana   shunday
qadriyatlar negizida vujudga keladi va fuqarolar ongiga singib boradi. 
Tushuncha sifatida “fuqarolik ongi” haqida gap ketganda avvalo fuqaroning
davlat   bilan   siyosiy-huquqiy   munosabatlari   nazarda   tutilib,   kishining   biror-bir
davlatga   mansubligi   va   shu   davlatning   qonunlariga   bo’ysunishi   tushuniladi.
Kishining huquqiy maqomida ifodalangan fuqarolik davlat bilan fuqaro o’rtasida
amal qiladigan bir qator huquq va burchlar bilan mustahkamlangan.
Turli   ijtimoiy   subyektlarning   o’zaro   ta’sirlashuvi   ro’y   beradigan   va
manfaatlari amal qiladigan jamiyat munosabatlariga fuqaroviy ong kirib boradi va
ularni   aks   ettiradi.   Shuningdek,   u   kishilararo   munosabatlarga   ta’sir   ko’rsatgan
holda ularga aniqlik, mazmun va shakl  bag’ishlaydi.  Kishilarning ijtimoiy hayot
hamda   davlatga   nisbatan,   shaxs   bilan   davlat   o’rtasida   haqiqiy   va   me’yoriy
munosabatlar to’g’risidagi tasavvurlari fuqaroviy ongda mujassamlashgan. Ijtimoiy-siyosiy,   diniy,   axloqiy,   huquqiy,   iqtisodiy   va   boshqa   me’yorlar,
talablar,   tamoyillir,   qoidalar   umumiy   fuqaroviy   dunyoqarash   shaklida   fuqaroviy
ongning tarkibiy elementlari sifatida namoyon bo’ladi.
Demokratik   jamiyatning   barqarorligi   demokratik   qadriyatlar   bilan   boyishni
taqozo   etadi.   Bu   jarayon   jamiyatdagi   fuqarolarning   ijtimoiy   erkin   sharoitda
yashashga qanchalik tayyor ekanliklari, ya’ni shaxslarning fuqaroviy yetukligi va
faolligiga   bog’liq.   O’z   navbatida   fuqaroviy   yetuklik   va   fuqaroviy   mus’uliyat
jamiyat   a’zolarining   fuqaroviy   ongi   darajasi   bilan   belgilanadi.   Aynan   fuqaroviy
ong   jamiyatning   ma’naviy,   intellektual   hamda   ijtimoiy-iqtisodiy   salohiyatini
shakllantiradi.
Fuqaroviy   ong   jamiyatni   birlashtirishga   xizmat   qiladi,   umumiy   manfaatlar
yo’lida   fuqarolar   o’rtasida   kelishuv   bo’lishiga   xizmat   qiladi.   Jamiyatda   ro’y
beradigan   turli   ijtimoiy-madaniy   omillar   ta’sirida   fuqaroviy   ong   o’zgarib   boradi
va fuqaroviylik to’g’risidagi g’oyalar taraqqiyotida o’z aksini topadi. 
Davlat   va   jamiyat,   davlat   va   shaxs   o’rtasidagi   munosabatlarning   tabiati
haqidagi   bilimlarning   kengayishi   “fuqaroviylik”   tushunchasini   qayta   qayta
tafakkur   qilishni   taqozo   etadi.   Ijtimoiy   jarayonlar   natijasida   sayqallangan
fuqaroviy   madaniyat   va   fuqaroviy   ong   kishilarni   iqtisodiy,   siyosiy,   huquqiy,
axloqiy jihatdan shakllantiradi. 
.Fuqaroviy faollik va uning fuqarolik jamiyatidagi o’rni
Fuqaroviylik   va   fuqaroviy   ongni   o’rganishdan   asosiy   maqsad   fuqarolik
jamiyatini   barpo   etishda   fuqaroviy   faollikni   o’rganishdan   iborat.   Zero   fuqarolik
jamiyati nafaqat fuqaroviylik xususiyatlariga ega ongli fuqarolar vositasida, balki
faol   bo’lgan   fuqarolar   bilan   barpo   etiladi.   Ana   shu   faollikni   keltirib   chiqaruvchi
omillarni   o’rganish   muhim   ahamiyatga   egadir.   Zero   ular   fuqarolik   jamiyatini
barpo etishning umumiy va xususiy qonuniyatlarini anglash imkonini beradi. 
Fuqaroviy faollikni ijtimoiy-siyosiy va mehnat faoliyatiga ijodiy yondashuv
sifatida   baholash   mumkin.   Aynan   insonning   fuqaroviy   faolligi   shaxsning to’laqonli   rivojlanishiga,   undagi   imkoniyatlarning   to’liq   namoyon   bo’lishiga
xizmat qiladi. Fuqarolik pozisiyasi hamda fuqaroviy   faollikka   ega   bo’lish
jamiyatda   ro’y   berayotgan   barcha   voqyea-hodisalarni,   ularning   oqibatlari   va
mavjud muammolarning yechimini chuqur anglashni taqozo etadi. 
Ijtimoiy   faollik   tushunchasi   fuqarolik   jamiyati   tushunchasi   bilan
chambarchas   bog’liqdir.   Bu   yerda   jamiyatning   davlat   faoliyatidan   xoli   holda
jamoaviy   tashabbuslar   bilan   rivojlanishi   nazarda   tutilmoqda.   Bu   partiyalarga
a’zolikni   nazarda   tutuvchi   siyosiy   faollik,   nodavlat   notijorat   tashkilotlar
faoliyatida   ishtirok   etish,   turli   ijtimoiy   tashabbuslar   va   ijtimoiy   harakatlarni
anglatadi.   Shu   ma’noda   jamiyat   uchun   foydali   bo’lgan   turli   dasturlar   va   jamoat
birlashmalarida ishtirok etish ham fuqaroviy faollikka kiradi.
Aslini   olganda   jamiyat   a’zolarining   asosiy   ko’pchiligi   jamiyatda   mavjud
qoidalar asosida faoliyat yuritgan holda ijtimoiy faollik ko’rsatishmaydi. Bunday
passivlikning   jamoat   tartibini   saqlash   nuqtai   nazaridan   qaysidir   darajada   ijobiy
jihatlari   ham   mavjud   bo’lsa-da,   fuqarolik   jamiyatini   qurishda   fuqaroviy   faollik
juda   muhim   ahamiyatga   ega   ekanligini   esda   tutish   lozim.   Zero   passiv   fuqarolar
hyech qachon o’z huquqlari uchun kurashishmaydi. Fuqaroviy faollik o’z kuchiga
ishonish,   mavjud   vaziyatni   o’zgartirishga   qodirlik   hissining   yaqqol   namoyon
bo’lishi   bilan   vujudga   keladi.   Ko’pgina   hollarda   fuqaroviy   faollikning
boshlang’ich   nuqtasi   sosiologlarni   qiziqtirgan   masaladir.   Zero   aksariyat
jamiyatlarda   ijtimoiy   o’zgarishlar   davlat   yetakchiligida   amalga   oshiriladi   va
jamiyat a’zolari keyinchalik bu o’zgarishlarga moslashishadi.
  Ko’pincha   fuqaroviy   faollik   yoshlarda   kuzatiladi.   Albatta   fuqaroviy
faollikka   ta’sir   ko’rsatuvchi   omil   faqat   yosh   bilan   chegaralanmaydi.   Bilim
darajasi,   dunyoqarash,   tarbiya   va   hatto   yashash   manzili   ham   bunga   ta’sir
ko’rsatadi. 
Ko’pincha yoshlar fuqaroviy faollik ko’rsatishni istashsa-da, siyosiy sohada
bunday faoliyat ko’rsata olmaydilar. Boshqacha aytganda, yoshlar davlat siyosati
murakkab   bo’lganligi   tufayli   o’z   istaklarini   siyosatchilar   oldida   to’g’ri
shakllantirishga   qodir   bo’lmaydilar.   Boshqa   tarafdan   siyosiy   soha   yoshlardan ancha   uzoq   bo’lganligi   tufayli   yoshlar   o’z   manfaatlarini   davlat   siyosati   bilan
muvofiqlashtirishda   murakkabliklarga   duch   kelishlari   mumkin.   Shu   tufayli
ularning   ba’zilari   siyosiy   partiyalarga   a’zo   bo’lishadi,   aksariyati   esa   umuman
siyosatga qiziqmay qo’yadilar.
Biror-bir sohadagi muammolarni bartaraf etish imkoniyati nodavlat notijorat
tashkilotlarida   mavjud   bo’lganligi   tufayli   yoshlarning   aksariyati   shunday
tashkilotlarga a’zo bo’lib kirishadi. Davlatning siyosiy tuzilmalarida professional
faoliyatga kirish fuqaro/yoshlardan ma’lum ish tajribasi, bilim va ko’nikma talab
qilsa, jamoat birlashmalariga a’zo bo’lib kirish uchun ish tajriba talab etilmaydi,
balki faqat qiziqishning o’zi yetarli bo’ladi.
O’tish   davrini   boshidan   kechirayotgan   mamlakatlarda   fuqarolar   ijtimoiy
jarayonlarni   boshqarish,   mavjud   vaziyatni   o’zgartirish,   ijtimoiy   muammolarni
bartaraf   etish   bo’yicha   o’z   tashabbuslarini   ilgari   surish   zarurligini   anglab
yetadilar.   Bu   esa   turli   ko’ngillilar   jamiyatlarining   tuzilishiga   sabab   bo’ladi.
Insonda   boshqalarga   yordam   berish,   ayniqsa   muammoli   vaziyatga   tushgan
vatandoshlariga,   qo’shnilariga   ko’maklashish   hissi   mavjud.   Aynan   boshqalarga
yordam qo’lini cho’zgan kishi nafaqat muammoni bartaraf etishga hissa qo’shadi,
balki   u   o’zligini   ham   yanada   chuqurroq   anglay   boradi.   Shuning   uchun   bo’lsa
kerak,   ko’ngillilik   butun   dunyoda   keng   tarqalgan   hodisalardan   biriga   aylangan.
Bu   hodisa   ijtimoiy   ahamiyatga   ega   muammolarni   hal   etishga   o’z   hissasini
qo’shishga   bel   bog’lagan   kishilarni   umumbashariy   miqyosda   birlashtiradigan
jarayonga aylangan. Ko’ngillilik turli shakllarda amalga oshirilishi, jumladan turli
kasalliklarga   qarshi   kurashish   uchun   xayriya   faoliyatidan   boshlab   qashshoqlik
yoki tabiiy ofatlarga qarshi kurashish shaklida bo’lishi mumkin.
Insonni ixtiyoriy faoliyat, ya’ni ko’ngilli ishga chorlovchi istakning negizida
har   bir   kishiga   xos   bo’lgan   shaxsiy   va   ijtimoiy   ehtiyojlar   yotadi.   Jumladan,
boshqalarga   naf   keltirish,   o’zini   namoyon   qilish   va   muloqot   istagi   kishini
faollikka   yetaklaydi.   Kishida   ijtimoiy   jihatdan   e’tirofga   bo’lgan   ehtiyoj   ham
mavjud.   Professional   va   hayotiy   tajribani   qo’llash   istagi   ham   kishini   shunday
faoliyatga   chorlashi   mumkin.   O’z   imkoniyatlarini   ishga   solish,   o’z   g’oyalarini tatbiq   etish   istagi   ham   kishini   harakatlantiruvchi   kuchga   aylanishi   mumkin.
Ijtimoiy   jarayonlarga   ta’sir   ko’rsatish   va   ishtirok   etish   ehtiyoji   ham   kishini
faollikka yetaklaydi.
Ko’ngilli   faoliyat   inson   uchun   o’z   shaxsiy   ehtiyojlari   bilan   jamiyat
ehtiyojlarini   uyg’unlashgan   holda   hayotga   tatbiq   etish   uchun   o’ziga   xos
imkoniyatdir.   Bu   ehtiyoj   kishilarning   o’z   axloqiy   burchlarini   anglash   hamda
insonning   barkamolligidan   dalolat   beradi.   Ko’ngilli   faoliyat   yurita   ekan   inson
axloqiy jihatdan takomillashib boradi, muloqot madaniyatini rivojlantiradi, o’zaro
hamkorlik   va   birodarlik   hissiga,   insonparvarlik   tuyg’usiga   ega   bo’ladi.
Ko’ngillilik   faoliyati   faol   va   ijodiy   xarakterga   ega   bo’lib,   inson   o’z   salohiyatini
namoyon   etish   imkoniyatiga   ega   bo’ladi.   Bu   faoliyat   tevarak   atrofda   ro’y
berayotgan   voqyea-hodisalarga   nisbatan   faol   munosabatning   shakllanishiga,
siyosiy voqyelikka ziyrak nazar bilan qarashga yordam beradi.
Aynan fuqaroviy faollikning o’zi bir necha jihatlar bilan ajralib turadi; 
- faol   fuqaro   guruhiga   mansub   kishilar   asosan   siyosiy   va   iqtisodiy   tizim
to’g’risida bilim olishga tayyor bo’lgan kishilardan iborat;
- faol   fuqarolarda   o’z   haq-huquqlarini   faol   amalga   oshirish   uchun   bilim   va
qobiliyat mavjud; 
- faol   fuqarolarda   ana   shu   bilimlarni   joriy   qilish   uchun   ko’nikmalar   mavjud
bo’ladi 2
. 
Fuqarolik   faolligi   bugungi   kunda   davlat   uchun   misli   ko’rilmagan
ko’makchiga   aylanmoqda.   Turli   ijtimoiy   loyihalarga   birlashgan   fuqarolar   ro’y
berayotgan,   tug’ilayotgan   va   mavjud   muammolarni   muhokama   qilish,   ularning
yechimini   topish   va   hukumatga   taklif   etish   imkoniyatiga   ega.   Turli   nodavlat
tuzilmalaridagi   yetuk   mutaxassislar   bozor   munosabatlari   sharoitida   kutilmaganda
ro’y   beradigan   muammolar,   bozorning   betartartib   jarayonlarida   yuzaga   keladigan
muammolarni bartaraf etishga hukumatga ko’makchilik qilmoqdalar. 
2
 Карпова Н.В. Политическая культура в процессе становления 
гражданского общества// Вестник Московского университета. – Сер. 18 :
Социология и политология. – 2006. – №1. Ma’lumki   bozor   munosabatlari   sharoitida   rang-barang   ijtimoiy   muammolar
yuzaga   kelaveradi,   ammo   ularning   yechimini   hukumat   hamisha   ham   o’z   vaqtida
hal etavermaydi. Boshqacha aytganda bunday muammolarni hukumat o’z vaqtida
payqash imkoniyatiga ega emas. Shunday muammolar mavjudki, ularning oqibati
jamiyat uchun qanchalik mudhish bo’lmasin, ularning mavjudligini tan olish yoki
ularni   bartaraf   etish   uchun   aniq   belgilangan   institutlar   mavjud   bo’lmaydi.   Agar
hukumat fuqaroviy faollikni yuzaga chiqishiga imkoniyat yaratmas ekan, yoki turli
nodavlat va jamoat birlashmalariga ana shunday muammolarni aniqlash va bartaraf
etish   bo’yicha   faol   bo’lishga   shart-sharoitlar   yaratmas   ekan   fuqarolik   jamiyatini
barpo etish muammoligicha qolib ketaveradi.
Fuqarolik   jamiyati   rivoj   topgan   mamlakatlarda   ijtimoiy   hayotning   barcha
sohalarida   faoliyat   yurituvchi   jamoat   birlashmalari   mavjud   bo’lib,   ular   serqirra
faoliyat   yuritadilar.   Masalan,   jamiyatdagi   ma’lumotlilik   darajasini   oshirish   yoki
zamonaviy   ta’lim   texnologiyalarini   joriy   etish   bo’yicha   ma’lum   tadqiqotlar   olib
borishadi   va   natijada   parlamentga   tegishli   qonun   o’zgartirishlari   taklif   etishlari
mumkin.
Tabiatni asrash yoki ekologik muammolarni bartaraf etish bo’yicha, yuqumli
kasalliklarni   oldini   olish,   shahar   havosining   ifloslanishi,   chiqindilardan   tozalash
bo’yicha jamoat birlashmalari hukumatga qimmatli fikrlar bilan bir qatorda amaliy
loyihalarni taklif etadilar. 
Bir so’z bilan aytganda, fuqarolik jamiyati uchun fuqaroviylik, fuqaroviy ong
va   fuqaroviy   faollik   juda   muhim   ahamiyatga   egadir.   Taraqqiyotni   maqsad   qilgan
har   qanday   jamiyat   uchun   inson   salohiyatidan   foydalanish,   insonning   o’zligida,
uning   qalbida   mavjud   bo’lgan   birdamlik,   saxiylik,   bag’rikenglik   kabi   fazilatlarga
murojaat etishning o’zi kifoyadir.
O’zbekiston   Respublikasi   Prezidenti     Sh.M.Mirziyoyevning   2017   yil   27
martda   “Fuqarolik   jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil institutining
faoliyatini   takomillashtirish   bo’yicha   qo’shimcha   chora-tadbirlar   to’g’risida”   PQ-
2851-sonli   qaroriga   asoslanib   xozirgi   kunda   fuqarolik     jamiyati   shakllanishini
monitoring qilish mustaqil institutining faoliyatini takomillashtirish    va tuzilmasini optimallashtirish,   jamoatchilik   bilan   to’g’ridan-to’g’ri   muloqot   ko’lamini   yanada
kengaytirish,   fuqarolik   jamiyati   institutlarining   faolligini   oshirish,   ularning
mamlakatni   demokratik   yangilash   va   modernizasiya   qilish   bo’yicha   amalga
oshirilayotgan   islohotlardagi   roli   va   ahamiyatini   kuchaytirdi.   Fuqarolik   jamiyati
shakllanishini   monitoring   qilish   mustaqil   instituti   (bundan   keyin   —   FJShMQMI)
ta’sischilar   Kengashining   shtat   birliklari   umumiy   soni   115   tadan   iborat   bo’lgan
Fuqarolik jamiyati  shakllanishini  monitoring qilish mustaqil  instituti faoliyatining
asosiy   yo’nalishlari   xalq   bilan   ochiq   muloqot   holatini   va   rivojlanishini   chuqur
o’rganish, davlat organlari faoliyati ochiqligining, jismoniy va yuridik shaxslarning
murojaatlari   ko’rib   chiqilishining   tizimli   monitoringini   yo’lga   qo’yish,   ushbu
sohadagi   ishlar   samaradorligini   oshirish   bo’yicha   takliflarni   ishlab   chiqish ;
demokratik islohotlarni chuqurlashtirish jarayonlarini monitoring qilish, aholining
ijtimoiy kayfiyatiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash, ijtimoiy tadqiqotlarni tashkil
etish   va   o’tkazish;   nodavlat   notijorat   tashkilotlari   va   fuqarolik   jamiyati   boshqa
institutlarining   ijtimoiy-iqtisodiy,   ijtimoiy-siyosiy   va   boshqa   masalalarni
yechishdagi,   jismoniy   va   yuridik   shaxslarning   huquq   va   qonuniy   manfaatlarini
himoya   qilishdagi   ishtiroki   tahlilini   amalga   oshirish;   fuqarolarning   o’zini   o’zi
boshqarish organlari rivojlanishini monitoring qilish, ularning jamiyatdagi o’rni va
rolini   kuchaytirishga,   mahalla   institutini   aholini   manzilli   ijtimoiy   qo’llab-
quvvatlash   markaziga   aylantirishga   qaratilgan   faoliyatini   takomillashtirish
bo’yicha   takliflarni   kiritish;   yoshlarga   oid   davlat   siyosatini   amalga   oshirishda
davlat va jamoat tashkilotlari faoliyatini tanqidiy o’rganish, yoshlarga ta’lim berish
va   ularni   tarbiyalash,   ularning   bandligini   ta’minlash,   dam   olishlarini   tashkil   etish
va   bo’sh   vaqtlarini   mazmunli   o’tkazishga   oid   amalga   oshirilayotgan   ijtimoiy
ahamiyatga   molik   loyihalarni   monitoring   qilish;   raqobatdosh   ko’p   partiyali
tizimning   rivojlanish   darajasini   o’rganish,   siyosiy   partiyalar   tomonidan   o’z
elektorati   manfaatlari   yo’lida   amalga   oshirilayotgan   tadbirlarning   samaradorligini
oshirish bo’yicha takliflar ishlab chiqish;  rivojlangan demokratik mamlakatlarning
davlatning   jamoatchilik   bilan   ochiq   muloqotini   tashkil   etish,   fuqarolik   jamiyati
institutlari,   siyosiy   partiyalarni   rivojlantirish,   yoshlarga   oid   siyosatni   amalga oshirish,   aholi   bilan   muloqot   qilish   mexanizmlarini   yo’lga   qo’yish   va
fuqarolarning dolzarb muammolarini hal etish borasidagi tajribasini o’rganish, uni
O’zbekiston   Respublikasida   tatbiq   etish   bo’yicha   tavsiyalarni   ishlab   chiqishidan
iborat. 
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari o’z faoliyatini FJShMQMI bilan
nodavlat   notijorat   tashkilotlari   faoliyatining   mustaqilligi   va   ularning   ishiga
aralashmaslik   tamoyillariga   rioya   qilgan   holda   yaqin   hamkorlikda   olib   boradi;
davlat   hokimiyati   va   boshqaruvi   organlari   rahbarlari   FJShMQMIga   unga
yuklatilgan   vazifalarni   amalga   oshirishda   zarur   sharoitlarni,   shu   jumladan
so’ralgan   ma’lumotlarni   o’z   vaqtida   taqdim   etish,   FJShMQMI   tomonidan
o’tkazilgan tadbirlar yakuni bo’yicha kiritilgan ma’lumotlar va tavsiyalarni ko’rib
chiqish yo’li bilan yaratib beradi. A dabiyotlar :
1. O’zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi. – T.: O’zbekiston, 2018. 
2. Karimov I.A. Asarlar to’plami, 1-23 jildlar. – T.: O’zbekiston, 1996-2016. 
3. Karimov I.A. Inson manfaati, huquq va erkinliklarini ta’minlash, 
4. Mirziyoyev   Sh.M.   Erkin   va   farovon,   demokratik   O’zbekiston   davlatini
birgalikda   barpo   etamiz.   O’zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   lavozimiga
kirishish   tantanali   marosimiga   bag’ishlangan   Oliy   Majlis   palatalarining
qo’shma   majlisidagi   nutq   /Sh.M.   Mirziyoyev.   -   Toshkent:   ―O’zbekiston ,‖
2016. -56 b. 
5. Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy 
6. Sharifxo’jayev M. O’zbekistonda ochiq fuqarolik jamiyatining shakllanishi.
–T.: Sharq, 203. 
7. Qirg’izboyev M. Fuqarolik jamiyati: genezisi, shakllanishi va rivojlanishi. –
T.: O’zbekiston, 2010. 
8.  Jalilov A boshqalar. Fuqarolik jamiyati asoslari. – T.: Baktria press, 2015. 
9.   Fuqarolik   jamiyati.   Darslik   loyihasi–   T.:   2016.   Ziyonet.uz.   Mualliflar
jamoasi. 
10.   O’tamurodov   A.   va   boshqalar.   Fuqarolik   jamiyati   fanidan   tushuncha   va
atamalar lug’ati.  Lotin yozuvida. T.: Turon-zamin-ziyo. 2017. 23 b.t.

MAVZU. FUQARO, FUQAROVIYLIK VA FAOL FUQAROLIK POZISIYASI 1. Fuqaroviylik tushunchasi. Fuqaroviylikning asosiy byelgilari va myezonlari. 2. Fuqaroning o’z haq-huquqlarini tushuniish va uni amaliyotda qo’llash ko’nikmasi va boshqa fuqarolarning haq-huquqlarini hurmat qilishi. 3. Fuqaroning davlat va jamiyat oldida o’z huquqiy va ahloqiy mas’uliyatini anglashi. Fuqaroviylikni faollik nuqtai nazaridan shartli ravishda darajalarga bo’lish va unga ta’sir ko’rsatuvchi omillar. 4. Fuqarolik ongining jamiyat hayotida turli shakllarda namoyon bo’lishi va o’ziga xos xususiyatlari. Fuqaroviy ong jamiyatni birlashtiruvchi kuch sifatida.

.Fuqaroviylik, mazmun-mohiyati va asosiy xususiyatlari Mazkur mavzuning asosiy maqsadi fuqarolik jamiyati barpo etishda fuqarolarning faolligi qanday ahamiyatga ega ekanligini yoritishdan iborat. Zero fuqarolik jamiyati fuqaroviy ongi va faolligi yuksak bo’lgan fuqarolar yordamida barpo etilishi mumkin. Fuqaroviylik mamlakatning rivojlanish bosqichlarida, boshqacha aytganda o’tish davrida yaqqol namoyon bo’ladi. Bugungi kunda ham ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlarni boshidan kechirayotgan, aniqrog’i fuqarolik jamiyati barpo etayotgan turli mamlakatlarda fuqaroviylik muhim ahamiyat kasb etmoqda. Fuqaroviy faollikning negizini anglash uchun avvalo fuqaroviylikning nazariy mohiyatini tushunish talab etiladi. Manbalarda qayd etilishicha o’z vatani taraqqiyoti uchun har qanday yo’l bilan, jismoniy yoki ma’naviy mehnat bilan xizmat qilgan kishi haqiqiy fuqaroga aylanadi. Bunday qarash biroz falsafiy ahamiyatga egadek tuyulsa-da, aslida fuqarolik jamiyati barpo etishda aynan fuqaroning vatan taraqqiyoti yo’lidagi amaliy faoliyati muhim ahamiyat kasb etadi. Fuqaroviylik dastlabki qarashda huquqshunoslikka oid atama singari tuyuladi. Aslini olganda bu hodisani falsafiy, huquqiy, sosiologik va siyosiy mohiyati mavjud. Fuqaroviylik bir davlatga mansublikni anglash, davlatga sodiqlik hamda vatanparvarlik hissi sifatida talqin etilishi mumkin. Bunda davlatni, konstitusiyani, davlat ramzlarini hurmat qilish, davlat tuzumini va qonun ustuvorligini himoya qilishga tayyorlik nazarda tutiladi. Fuqaroviylikni insonga huquqiy, ijtimoiy, ma’naviy va siyosiy jihatdan layoqatli ekanligini his etishni ta’minlovchi jamlovchi tushuncha sifatida ham talqin etish mumkin. V.Dalning qayd etishiga qaraganda, “fuqaroviylik fuqarolik jamiyatini tuzish uchun jamiyatning ongi va bilimi darajasini ifoda etgan holatdir” 1 . Ko’rinib turganidek, fuqaroviylik nafaqat insonning huquqiy maqomi, balki uning bilimi va jamiyatning holatini anglashi, ijtimoiy me’yorlardan 1 Даль В.И. Толковый словарь живого великорусского языка (современное написание слов). Изд. “Цитадель”, г. Москва, 1998 г

xabardorligi va ularga rioya qilishiga bog’liq. Bu yerda fuqarolar tomonidan jamiyat taraqqiyoti yo’lida amalga oshiriladigan birdamlik, o’zaro hamkorlik singari ixtiyoriy faoliyat ham nazarda tutiladi. Bunday holatda fuqaroviylikda huquqqa nisbatan ma’naviyatning ustuvorligi namoyon bo’lmoqda. Aslida ko’pgina an’anaviy jamiyatlarda hamisha fuqaroviylik huquqiy mazmunda emas, balki ko’proq ma’naviy axloqiy ko’rinishda namoyon bo’ladi. Sho’ro davrida fuqaroviylik albatta vatanga sadoqat va vatanparvarlik sifatida talqin etilsa-da, ko’proq mafkuralashgan ko’rinishda namoyon bo’lgan. Ko’pgina hollarda fuqaroviylik vatanparvarlik bilan aralash ifodalangan. Aslida esa vatanparvarlik fuqaroviylikning bir ko’rinishi xolos. Fuqarolik jamiyati fuqarolarning oddiygina yig’indisi bo’lmagani singari fuqaroviylik ham individual ahamiyatga ega bo’lgan hodisa emas. Fuqaroviylik bir mamlakat hududida yashovchi fuqarolarning o’z vatanlariga sodiqligi, qonunlarni hurmat qilish, ularga bo’ysunishi, shuningdek vatannni himoya qilish va umummilliy ahamiyatga ega bo’lgan masalalarda faollikni nazarda tutadi. Fuqaroviylikka nisbatan berilgan fikrlarni umumlashtirgan holda un quyidagicha ta’riflash mumkin: Fuqaroviylik bir tarafdan jamiyatda shaxsning oliy darajada mustaqilligini, ikkinchi tarafdan esa kishilarning jamiyat hayotidagi ishtirokida namoyon bo’ladigan yuqori darajadagi birdamlikni nazarda tutuvchi qarashlar majmuini ifoda etadi. Quyidagilar fuqaroviylikni ifoda etuvchi muhim jihatlar qatoriga kiradi: - fuqaroning o’z haq-huquqlarini tushunishi va uni amaliyotda qo’llash ko’nikmasi; - boshqa fuqarolarning haq-huquqlarini hurmat qilish; - fuqaroning o’z xatti-harakati uchun shaxsiy javobgarligi; - davlat va jamiyat oldida o’zining huquqiy va axloqiy mas’uliyatini anglash; - fuqarolarning tengligi; - yuksak ma’naviy-axloqiy mezonlarga asoslangan holda ijtimoiy voqyelikka nisbatan obyektiv va tanqidiy yondashuv; - hokimiyat bilan, boshqa fuqarolar va jamoat birlashmalari bilan ijobiy

muloqot yuritish qobiliyati; - bir mamlakat, jamiyat va davlatga, shuningdek unga tegishli huquqiy, madaniy va til makoniga mansublikda ifodalangan fuqaroviy o’zlikni anglash va hokazolar. Fuqaroviylikni faollik nuqtai nazaridan shartli ravishda darajalarga ham ajratish mumkin: - fuqaro mas’uliyatli, ongli va vijdonli bo’lsa u dastlabki pog’onada, ya’ni fuqaroviy xususiyatlarga ega bo’lgan shaxslar qatoriga kiritish mumkin; - agar fuqaroda atrofda bo’layotgan voqyea-hodisalarga nisbatan ma’lum bir munosabati shakllangan bo’lsa uni fuqaroviy pozisiyasiga ega bo’lgan shaxs sifatida e’tirof etish mumkin; - agar fuqaroda o’z haq-huquqlari hamda burchi uchun amaliy harakatni bajarish ko’nikmasi mavjud bo’lsa uni faol fuqaro sirasiga kiritish mumkin. Fuqaroviylikning tugal yoki to’kis ekanligini quyidagi mezonlar vositasida talqin qilish mumkin: 1. Agar fuqaroviy pozisiya hali shakllanmagan, fuqaroviy xususiyatlar, o’z haq-huquqlari uchunkurashish istagi to’liq namoyon bo’lmasa fuqaroviylikning eng quyi darajasi namoyon bo’ladi. 2. Fuqaro o’z haq-huquqlari uchun kurashishga moyil bo’lsa, u haqda o’z bilim va qobiliyatini namoyon qilishga tayyor bo’lsa, bunda fuqaroviylikning o’rta darajasi namoyon bo’ladi. 3. Agar fuqaroda fuqaroviy xususiyatlar hamda faol fuqarolik pozisiyasi to’liq shakllangan, o’z haq-huquqlari uchun amaliy harakatga kirish ishtiyoqi yaqqol namoyon bo’ladigan bo’lsa uni yuqori darajada fuqaroviylik sifatida talqin etish mumkin. Fuqaroviylik jamiyat a’zolarini safarbar etish va yo’naltirishga xizmat qiladi. Fuqaroviylik tevarak atrofda bo’layotgan voqyea-hodisalarga nisbatan faol munosabatni, fuqarolik jamiyatini shakllantirish va rivojlantirishga xizmat qiladi. Fuqaroviylik jamiyat oldida ma’lum bir maqsadning shakllanishiga xizmat qiladi.

Albatta jamiyatda fuqaroviylikning rivojlanishi uchun tegishli tarbiyaviy chora- tadbirlar, qulay ijtimoiy muhit muhim ahamiyatga ega. Fuqaroviylik shaxsning siyosiy jihatdan komillikka erishishi bilan bog’liq bo’lib, bunday darajaga yetgan kishi siyosiy jarayonlar va hodisalarga qiziqish bilan qaraydi, ro’y berayotgan voqyelikni tahlil qilish qobiliyatiga ega bo’ladi. Aynan ana shunday qobiliyatga ega bo’lgan fuqaro kezi kelganda o’z vatani taqdiri uchun amaliy harakat qilish uchun zarur bo’lgan qarorga kelish qobiliyatiga ega bo’ladi. Vatanparvarlik ruhiga, mas’uliyat, siyosiy madaniyat va taraqqiy topgan siyosiy ongga ega bo’lgan jamiyat a’zosini fuqaroviylikka ega bo’lgan shaxs sifatida e’tirof etish mumkin. .Fuqaroviy ong va uning namoyon bo’lish omillari Endi bevosita fuqaroviy ongning mazmun mohiyatiga e’tibor qaratish o’rinlidir. Fuqarolik ongi demokratik qadriyatlar, ideallar, huquq va erkinliklar nuqtai nazaridan shaxs, jamiyat va davlat o’rtasidagi munosabatlarni anglashdan iborat . Albatta har bir davlat va jamiyatda demokratik qadriyatlar o’ziga xos tamoyillir va me’yorlar asosida qabul qilinadi. Fuqarolik ongi jamiyat taraqqiyotining shunday bosqichidagi ruhiy holatini anglatadiki, bu davrda demokratik me’yorlar va qadriyatlar hayotning asosiga aylanadi. Fuqarolik ongi iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, ma’naviy sohalarda me’yoriy, shakllantiruvchi, yo’naltiruvchi, muloqotga yetaklovchi singari rang barang vazifalarni bajaradi . Bu vazifalar ta’sirlashgan holda o’zaro kesishadilar va bir- birini to’ldiradi. Ularning ko’pchiligi davlat va uning institutlariga xosdir. Ammo davlat organlari qonunlar, me’yoriy hujjatlar, qoida va talablardan iborat huquqiy doirada faoliyat yuritsa, fuqarolik ongi erkin shakllanadi. Fuqaroviy ong me’yorlari ijtimoiy-siyosiy jarayonlar natijasida shakllanadi, uni muvofiqlashtiradigan yoki uni amalga oshiradigan maxsus tuzilmalar bo’lmaydi. Fuqarolik ongining vazifalari alohida individ emas, balki butun jamiyat faoliyati bilan bog’liq.