FUQAROLIK JAMIYATI G’OYALARI EVOLYUSIYASI
FUQAROLIK JAMIYATI G’OYALARI EVOLYUSIYASI 1. Fuqarolik jamiyati tushunchasining tarixiy ildizlari va ularning turli tavsiflari. 2. O’rta asrlar va yangi davrda fuqarolik jamiyatining paradigmalarini yaratilishi. 3. Fuqarolik jamiyatining zamonaviy konsepsiyalar
1. Fuqarolik jamiyati tushunchasining tarixiy ildizlari va ularning turli tavsiflari. Insoniyat taraqqiyotining barcha davrlarida fuqarolik jamiyatini qurish eng ezgu g’oya sifatida amal qilgan. Unga erishish uchun turli darajadagi nazariy qarashlar ilgari surilgan. Bir guruh olimlar fuqarolik jamiyatini qurish g’oyasi G’arb tamadduni mahsuli sifatida amaliyotga tadbiq etilmoqda dyeb hisoblamoqdalar, aslida SHarq mamlakatalari mutafakkirlari ijodida bu masalaga oqilona yondashuv uch ming yil ilgari shakllangan. Ijtimoiy taraqqiyotning ma’lum davrlarida sharq mamlakatlari yetakchilik mavqyeini egallagan.Har qanday fan, o’z mohiyatiga ko’rat umumbashariydir. Dunyo xalqlari katta- kichikligidan qatiy nazar uning rivojiga hissalarini qo’shgan. Shu nuqtai nazardan fuqarolik jamiyatini shakllantirish va rivojlantirish to’g’risidagi g’oyalar, bilimlarni bir yoqlama bo’rttirish yoki kamsitish noto’g’ri yondoshuvdir. Fuqarolik jamiyati va uning tushunchalari Markaziy Osiyo ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy hayotining yorqin namunasi“Avyesto” muqaddas kitobida kyeltirilgan. 2001 yilda millat ma’naviy madaniyatining eng qadimgi manbasi “Avyesto”ning 2700 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimda O`zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A. Karimov: “ ... bu noyob asar byebaho tarixiy xujjat bo’lib, u biz yashagan bu qadim yurtda, bu zaminda o’zining madaniyati va boy ma’naviyatiga ega bo’lgan buyuk davlat bo’lganligidan, ajdodlarimizga, asrlar davomida bitmas tuganmas quch vaqudrat va tayanch sifatida xizmat qilganligidan dalolat byeradi” dyeb alohida e’tirof etgan. Darhaqiqat, “Avyesto”ning bosh g’oyasi “ezgu fikr, ezgu maqsad, ezgu amal” har qanday jamiyat va insonlararo munosabatlarning ma’naviy asosi ekanligidan dalolatdir. Fuqarolik jamiyatini qurish g’oyasi Markaziy Osiyo mutafakkirlari ijodida o’rganilganligi I.A.Karimovning 2014 yilda Samarqandda o’tkazilgan “O’rta asr SHarq mutafakkirlarining ilmiy myerosi zamonaviy sivilizasiyada o’rni va ahamiyati”mavzusidagi xalqaro konfyeryensiyada so’zlagan nutqida“Olim va tadqiqotchilar fikricha, SHarq xususan Markaziy Osiyo, IX-XII va XIV-XV asrlarda bo’lganilmiy hamjamiyat tomonidan Buyuk SHarq uyg’onishi dyeya nom olgan yirik
ilmiy madaniy uyg’onish uchun asos sifatida xizmat qildi” 3 dyeb alohida ta’kidlagan. Darhaqiqat, Markaziy Osiyo uyg’onish davri IX-XV asrlarda davlatni boshqarish va adolatli jamiyat qurish, davlat rahbari va xizmatchilarining faoliyat darajalari tasniflari, ijtimoiy mas’uliyati myezonlarining nazariy jihatlari haqidagi g’oyalar Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino, Byeruniy, YUsuf Xos Hojib, Nizomulmulk, Amir Tyemur, Alishyer Navoiy va boshqalar ijodida kyeng tahlil qilingan. Fuqarolik jamiyati konsyepsiyasining Yevropacha an’anasi antik ildizlarga ega. Mazkur an’ananing mazmun-mohiyati nafaqat siyosiy, balki shaxsni ijtimoiy- axloqiy nuqtai nazardan baholash bilan bog’liq edi. Bunga Aflotun, Arastu, Sisyeron kabi mutafakkirlarning qarashlarini misol kyeltirish mumkin. Fuqarolik jamiyatining antik konsyeptual ta’limotida jamiyat va davlat fyenomyenlarining uzviyligi qadimgi yunon dunyoqarashining muhim xususiyatlaridan biri hisoblanadi. Xususan, Aflotunning (mil. av. 427–347 y.) “Davlat” dialogida fuqarolarning shaxsiy va ijtimoiy hayotini ajratishgina emas, ijtimoiy sohani hozirgidyek zamonaviy talqinda, siyosiy faollik sifatida tushunilgan. Bunda jamiyat hayotining siyosiy jihatlari, fuqarolik jamiyati tizimining umumiy tavsifi sifatida namoyon bo’ladi. Fuqarolik jamiyati g’oyasining kyeyingi rivoji Aflotunning shogirdi Arastu(mil. av. 384–322 y.) ijodi bilan bog’liq. Ustozi kabi Arastu ham eng mukammal jamiyat g’oyasini ishlab chiqishga diqqat e’tiborini qaratadi, biroq fuqarolik jamiyati g’oyalari tarkibida bu masala o’zgacha nazariy jihatlarni tashkil qiladi. Uni ko’proq ijtimoiy transformasiya emas, balki davlat tuzilmasidagi o’zgarishlar qiziqtiradi. Bundan tashqari Arastu o’zining nazariy ishlanmalarida davlat haqidagi mavhum g’oyaga tayanishni emas, jumladan Aflotunga xos bo’lgan, balki voqye’likda mavjud bo’lgan boshqaruv shakllarini solishtirish, qiyosiy tahlil qilishga tayanadi, bu jihat esa uning davlat va jamiyat borasidagi pozisiyasini konkryetroq bo’lishini ta’minlaydi. 3 1. Каримов И.А. Ўрта аср Шар мутафаккирларининг илмий меросиқ замонавий цивилизацияда ўрни ва а амияти. // ал сўзи. 2014 йил 24 ҳ Ҳ қ май.
Platondan farqli o’laroq, Aristotyel xususiy mulkni e’tirof etadi. CHunki u inson tabiatiga xos bo’lib, odamlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarning o’zagini tashkil etadi. Aristotyel mulk huquqining fuqarolar farovonligi, davlat va uning boshqaruv shakli xavfsizligi, qonunchilik organi ishida fuqarolarning ishtiroki myexanizmi, lavozimlarni egallash va vazifalarni bajarish, sud organlari ishidagi rolini atroflicha o’rgangan. Huquqni Aristotyel adolat myezoni dyeb hisoblagan va unga ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi va ayni vaqtda ularni muhofaza qiluvchi institut sifatida yondashgan. Aristotyel fikriga ko’ra , siyosiy boshqaruv – bu odamlarning emas, balki qonun boshqaruvidir: hatto eng yaxshi hukmdorlar ham tuyg’ular va hissiyotga byeriluvchan bo’ladi, qonun esa «oqilona tafakkur»dir. Sisyeron davlat tushunchasiga birinchilardan bo’lib huquqiy tus byeradi, bu ta’limot kyeyinchalik juda ko’p mutafakkirlar, shu jumladan «huquqiy davlat» g’oyasining hozirgi tarafdorlari tomonidan ham e’tirof etiladi. Sisyeron konsyepsiyasiga ko’ra, Fuqarolik jamiyat. O`zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti g’oyasi antik davr uchun klassik ahamiyatga ega bo’ladi, bu o’z navbatida yangi davrda shakllangan nazariy qarashlarga asos bo’ladi. Ko’pgina ekspyertlar fikricha, aynan Sisyeronning ijtimoiy-siyosiy ta’limotida Fuqarolik jamiyat. O`zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti o’zining tushunchaviy asoslariga ega bo’ladi. Fuqarolik jamiyatining tarixiy ko’rinishlari ifodasi Yevropa-O’rta yer dyengizi an’anasi asosida fuqarolik jamiyatining dastlabki ko’rinishlari – Uyg’onish davridagi italyan shahar-davlatlariga borib taqaladi. Bunda fuqarolik jamiyati shahar boshqaruvi tizimiga asoslangan, muayyan shahar doirasidagi, ijtimoiy munosabatlar tizimi sifatida xaraktyerlanadi. Olimlar fuqarolik jamiyatining yana bir tarixiy ildizini, olmon madaniy doirasi ta’siridagi kontinyental-yevropa an’anasi bilan bog’lashadi. Erkin fuqaroning paydo bo’lishiga, birinchilardan bo’lib birlashgan hunarmandlar va savdogarlar gildiyasi, fyeodallardan himoyalovchi va shaharlar boshqaruviga ta’sir qilgan birinchi assosiasiya sabab bo’lgan dyeb hisoblanadi.
2. O’rta asrlar va yangi davrda fuqarolik jamiyatining paradigmalarini yaratilishi. Fuqarolik jamiyati haqida turlicha tarixiy va myetodologik yondashuvlar va intyerpryetasiyalarni inkor etmagan holda, yangi davrda fuqarolik jamiyati konsyeptuallashuvi jarayonida muhim rol o’ynagan Uyg’onish davri olimlardan biri Nikolo Makiavyelli (1469 – 1527) bo’lib, u pragmatik, tajribaviy ijtimoiy fanga asos soldi. Fuqarolik jamiyati Makiavyelli uchun sinfiy, partiyaviy qarama-qarshi qiziqishlar majmuidir. Unga ko’ra fuqarolik jamiyati xalqdan axloqiy asosni – ezgulik va fazilatni, ijtimoiy qiziqishlar va Respublika tuzilmasi qiziqishlari oldida burchni his qilish va jasoratni talab qiladi. Boshqacha qilib aytganda, u erkin individlar uchun munosib birlashma bo’ladi. Davlatni himoya qilish uchun hukmdor qo’lidagi barcha vositalarni ishga solishi kyerak bo’ladi, yolg’on, shafqatsizlik hatto urush ham bundan mustasno emas. Davlat qiziqishlari unda birlamchi ahamiyat kasb etgan. Makiavyelli davlatning mutlaqo mustaqilligini talab qilgan, chyerkovdan ham, ya’ni davlat va umuman siyosat sohasining syekulyarizasiyasi tarafdori bo’lgan. U davlat boshqaruvining o’ziga xos siyosiy mahorat maktabini yaratadi, unda hyech qanday axloqiy normalar bilan hisoblashmay, “maqsad har qanday vositani oqlaydi” dyegan tamoyilni ishlab chiqqan. SHunga qaramay, aynan shunday masalani ko’ndalang qo’yish g’oyasi ortidan yangi davrda bir qator faylasuflar fuqarolik jamiyati konsyepsiyasini yanada boyitdi. Xususan, “So’z erkinligi haqida” Djon Milton, “Lyeviafan” Tomas Gobbs, “Davlat boshqaruvi haqida ikki traktat” Jon Lokk, “Qonunlar ruhi haqida” Montyeskye, “Ijtimoiy kyelishuv haqida” Jan Jak Russo, “Ilohiy-siyosiy traktat” Byenyedikt Spinoza, “Fuqarolik jamiyati tarixi haqida xatlar” Anri Fyergyuson kabilardir. Mazkur ishlarda u yoki bu darajada inson hayotining o’ziga xos shakli sifatidagi fuqarolik jamiyati muammollari yoritibgina qolmay shaxs va davlatga fuqarolik jamiyatining asosiy sub’yekti bo’lgan fuqaroning butun potyensialini yuzaga chiqarish uchun zarur bo’lgan prinsipial yangi sifatlari ishlab chiqilgan.