logo

O’ZBEKISTONDA FUQAROLIK JAMIYATI INSTITUTLARINING SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISHI

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

58.8544921875 KB
O’ZBEKISTONDA FUQAROLIK JAMIYATI INSTITUTLARINING
SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISHI
1. O’zbekistonda ko’ppartiyaviylikning rivojlanishi
2. Siyosiy partiyalar huquqiy maqomi va vazifalari
3. Demokratik institutlar tasnifi
4.Nodavlat notijorat tashkilotlar va ularning fuqarolik jamiyatidagi o’rni.
5. .O’zbekistonda NNTning huquqiy asoslarini demokratlashtirish jarayoni.
6.O’zbekistonda NNTning fuqarolik jamiyati instituti sifatida rivojlanishi  O’zbekistonda ko’ppartiyaviylikning rivojlanishi
Ko’ppartiyaviylik   zamonaviy   demokratik   jamiyatlar   siyosiy   hayotini   tashkil
qilishning   asosiy   konstitusiyaviy   tamoyillaridan   biri   hisoblanadi.   Aynan
ko’ppartiyaviylik   tufayli   demokratiyaning   siyosiy   plyuralizm,   qonun   ustuvorligi,
imkoniyatlar   tengligi   kabi   asoskor   tamoyillarini   o’zida   mujassam   etgan   siyosiy
partiyalar va ularning vakillari o’rtasida doimiy muloqot ta’minlanadi. 
Mamlakat   siyosiy  hayotining  barcha  sohalarini,   davlat   va  jamiyat   qurilishini
erkinlashtirishda,   fuqarolarning   siyosiy,   iqtisodiy   faolligini   kuchaytirish   va
insonning   o’z   qobiliyatini   to’la   ro’yobga   chiqarishi   uchun   tegishli   shart-sharoit
yaratishda,   odamlarning   o’z   xohish-irodasini   erkin   ifoda   etish,   o’z   manfaatlarini
ro’yobga   chiqarish   va   himoya   qilish   huquqini   rivojlantirish   va   amalda   namoyon
qilishda,   jamiyatimizda   mavjud   bo’lgan   turli   manfaatlarini   ro’yobga   chiqarish   va
himoya qilish huquqini rivojlantirish va amalda namoyon qilishda, jamiyatimizda
mavjud   bo’lgan   turli   manfaatlar,   qarama-qarshi   kuchlar   va   harakatlar   o’rtasidagi
muvozanatni   ta’minlaydigan   samarali   mexanizmni   shakllantirishda
ko’ppartiyaviylik tizimi muhim rol o’ynaydi.
Ko’ppartiyaviylik   tizimini   yanada   mustahkamlash   va   partiyalararo   raqobatni
rivojlantirish   uchun   partiya   o’z   elektoratiga   ega   bo’lmog’i,   “davlat   va   jamiyat
qurilishining   asosiy   masalalari,   mamlakatda   yuritilayotgan   ichki   va   tashqi
siyosat   bo’yicha   aniq-ravshan   pozisiyasi   bilan,   saylovda   mazkur   partiya
uchun ovoz beradigan odamlar manfaatlarini qat’iy himoya qilishga qodirligi
bilan   saylovchilar   o’rtasida   obro’” 1
qozonmog’i   eng   muhim   shartlardan
hisoblanadi.
Shuningdek,   mamlakatimiz   birinchi   Prezidenti   Islom   Karimovning
O’zbekiston   Respublikasi   Konstitusiyasi   qabul   qilinganining   21   yilligiga
bag’ishlangan   tantanali   marosimdagi   ma’ruzasida   ta’kidlanganidek,   “ijtimoiy-
siyosiy   va   iqtisodiy   taraqqiyotning   aniq   ustuvor   yo’nalishlarini   belgilab
1
И.А.Каримов.   Амалга   ошираётган   ислоҳотларимизни   янада   чуқурлаштириш   ва
фуқаролик   жамияти   қуриш   –  ёруғ  келажагимизнинг  асосий   омилидир.  Президент   Ислом
Каримовнинг   Ўзбекистон   Республикаси   Конституцияси   қабул   қилинганининг   21
йиллигига бағишланган тантанали маросимдаги маърузаси. Т., “Узбекистан”, 2013 olishda   siyosiy   partiyalarning   rolini   keskin   kuchaytirish,   mamlakatimizni
isloh   etish   va   modernizasiya   qilish   bo’yicha   strategik   vazifalarni   hal   etishda
ularning   ishtirokini   kengaytirish” 2
  izchil   amalga   oshirilayotgandemokratik
yangilanishlarning muhim omili hisoblanadi.
“Partiya”   so’zi   lotincha   “part”   so’zidan   kelib   chiqqan   bo’lib,   “ish”,   “qism”
degan ma’nolarni anglatadi. Siyosiy partiya — aholining, sinfning, ijtimoiy qatlam
yoki   qatlamlarning   bir   qismi.   Ilmiy   nuqtai
nazardan   siyosiy   partiyalar   uchun   berilgan
quyidagi   ta’rifni   asos   sifatida   qabul   qilish
mumkin:   siyosiy   partiya –   fuqarolarning   eng
faol, mushtarak mafkura asosida bog’langan,
davlat   hokimiyatini   qo’lga   kiritish,   uni   saqlab   qolish   va   amalga   oshirishga
intiluvchi   qismi,   ixtiyoriy   ittifoqi.   Siyosiy   partiyalar   jamoat   birlashmasi   shaklida
tashkil   etiluvchi   va   faoliyat   yurituvchi   fuqarolik   jamiyatining   o’ziga   xos   instituti
bo’lib, u   muhim ijtimoiy-siyosiy va vakillik vazifalarini amalga oshiradi.
Zamonaviy   siyosatshunoslikda   siyosiy   partiyaning   o’ziga   xosligini
ifodalovchi quyidagi bir qator jihatlari ajratib ko’rsatiladi:
-   har   qanday   partiya   aholi   guruhlari   va   aniq   ijtimoiy   qatlamning   manfaat   va
intilishlarini ifoda etuvchi  mafkura egasi va uning targ’ibotchisi  hisoblanadi;
-   siyosiy   partiya   –   kishilarning   tartibli   va   davomli   birlashuvini   ta’minlovchi
respublika, viloyat, tuman va shahar darajasida faoliyat yurituvchi tashkilotdir;
-   siyosiy partiyaning maqsadi   – o’zining elektorati manfaatlarini ifodalovchi
dasturiy   maqsadlarini   ilgari   surish   imkoniyatiga   ega   bo’lish   uchun   davlat
hokimiyati vakillik organlarida ko’pchilik o’rinni egallash hisoblanadi;
-   har   bir   siyosiy   partiya   o’zining   xayrixohlari   safini   kengaytirishga   harakat
qiladi,   ya’ni   saylovlar   davrida   imkon   qadar   ko’proq   saylovchilarni   o’z   tomoniga
og’dirish   bo’yicha   ish   olib   borsa,   saylovlar   oralig’ida   esa   partiyaga   tarafdorlarni
2
И.А.Каримов.   Амалга   ошираётган   ислоҳотларимизни   янада   чуқурлаштириш   ва
фуқаролик   жамияти   қуриш   –  ёруғ  келажагимизнинг  асосий   омилидир.  Президент   Ислом
Каримовнинг   Ўзбекистон   Республикаси   Конституцияси   қабул   қилинганининг   21
йиллигига бағишланган тантанали маросимдаги маърузаси. Т., “Узбекистан”, 2013 Сиёсий партия   жамоат 
бирлашмаси шаклида ташкил 
этилувчи ва фаолият юритувчи 
фуқаролик жамиятининг ўзига 
хос институти бўлиб, у   муҳим 
ижтимоий-сиёсий ва вакиллик 
вазифаларини амалга оширади. jalb   qilish   hamda   ularning   tarkibidan   partiya   a’zolari   va   faollarini   tanlash   hamda
tayyorlash chora-tadbirlarini amalga oshiradi 3
.
1. Siyosiy partiyalar huquqiy maqomi va vazifalari
O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasida   siyosiy partiyalarning maqomini ,
ularning   fuqarolik   jamiyati   hayotidagi   roli   va   o’rnini   belgilab   beruvchi   quyidagi
eng muhim me’yorlarni ajratib ko’rsatish mumkin:
-   fuqarolarning   jamiyat   va   davlat   ishlarini   boshqarishda   bevosita   hamda   o’z
vakillari orqali ishtirok etish huquqi 4
; 
-   fuqarolarning kasaba uyushmalariga, siyosiy partiyalarga va boshqa jamoat
birlashmalariga uyushish, ommaviy harakatlarda ishtirok etish huquqi 5
;
-   demokratik   prinsiplar   asosida   siyosiy   partiyalarni   tashkil   etish   va   faoliyat
yuritish kafolati 6
;
-   siyosiy   partiyalarning   turli   tabaqa   va   guruhlarning   siyosiy   irodasini
ifodalashi   va   o’zlarining   demokratik   yo’l   bilan   saylab   qo’yilgan   vakillari   orqali
davlat hokimiyatini tuzishda ishtirok etishi 7
;
-   partiya   faoliyatidagi   cheklovlar:   konstitusiyaviy   tuzumni   zo’rlik   bilan
o’zgartirishni   maqsad   qilib   qo’yuvchi,   respublikaning   suvereniteti,   yaxlitligi   va
xavfsizligiga,   fuqarolarning   konstitusiyaviy   huquq   va   erkinliklariga   qarshi
chiquvchi,   urushni,   ijtimoiy,   milliy,   irqiy   va   diniy   adovatni   targ’ib   qiluvchi,
xalqning   sog’lig’i   va   ma’naviyatiga   tajovuz   qiluvchi,   shuningdek
harbiylashtirilgan birlashmalarning, milliy va diniy ruhdagi siyosiy  partiyalarning
hamda jamoat birlashmalarining tuzilishi va faoliyati ta’qiqlanadi 8
;
3
аранг: Lapalombara J., Weiner M. Origin and Development Political PartiesҚ
/   J.Lapolambara,   M.Weiner   (eds.)
PoliticalPartiesandPoliticalDevelopment.Princeton; N.Y., 1966.P. 33-40.
4
Ўзбекистон Республикаси Конституцияси, 32-модда, 1- исм.	
қ
5
Ўзбекистон Республикаси Конституцияси ,  34-модда, 1- исм
қ .
6
Ўзбекистон Республикаси Конституцияси ,  56- ва 58-моддалар .
7
Ўзбекистон Республикаси Конституцияси ,  60-модда .
8
Ўзбекистон Республикаси Конституцияси ,  57-модда . -   siyosiy   partiyalar   saylovlarda   ishtirok   etishi   va   saylovchilarning   xohish-
irodasini shakllantirishda ko’maklashadi.
Ko’pgina boshqa demokratik mamlakatlar singari O’zbekistonda ham siyosiy
partiyalar   deputatlikka   nomzodlarni   ilgari   suruvchi,   saylov   yakunlari   bo’yicha
parlamentda   va   mahalliy   hokimiyat   vakillik   organlarida   o’z   vakillariga   ega
bo’luvchi hamda ularga partiyaning doimiy elektorati manfaatlarini ifoda etish va
dasturiy   ustuvorliklarini   amalga   oshirish   uchun   amaliy   imkoniyatlar   yaratuvchi
asosiy institut hisoblanadi.
Shunday   ekan,   fuqarolik   jamiyati   instituti   hisoblanuvchi   siyosiy   partiya,
birinchi   navbatda,   vakillik   demokratiyasining   muhim   bo’g’ini   bo’lib,   quyidagi
vazifalarni amalga oshiradi:
-   saylovlarda fuqarolarning ongli va faol ishtirokini ta’minlash;
-   turli   ijtimoiy   guruhlar   manfaatlarini   ifoda   etishda   davlat   hokimiyati   va
fuqarolik jamiyati institutlari o’rtasida vositachilik qilish;
-   o’z elektoratining tegishli manfaatlarini himoya qiluvchi konsepsiya, loyiha
va dasturlarni ishlab chiqish va ilguri surish.
Mazkur   vazifalarni   amalga   oshirishlari   uchun   partiyalarga   qonunchilikda
quyidagi huquqlar belgilangan:
-   o’z faoliyati to’g’risidagi axborotni erkin tarqatish, o’z g’oyalari, maqsadlari
va qarorlarini targ’ib qilish;
-   saylab   qo’yiladigan   davlat   organlaridagi   o’z   vakillari   orqali   tegishli
qarorlarni tayyorlashda ishtirok etish;
-   qonunda   belgilab   qo’yilgan   tartibda   O’zbekiston   Respublikasi   Prezidenti,
davlat hokimiyati organlari saylovlarida ishtirok etish;
-   partiya   faoliyati   bilan   bog’liq   yig’ilishlar,   konferensiyalar   va   boshqa
tadbirlarni o’tkazish;
-   qonun   hujjatlarida   nazarda   tutilgan   tartibda   ommaviy   axborot   vositalari
ta’sis etish va boshqa ommaviy axborot vositalaridan foydalanish; -   O’zbekiston  Respublikasining   siyosiy  partiyalari   bilan  ittifoq  (blok)  tuzish,
ular   bilan   va   boshqa   jamoat   birlashmalari   bilan   shartnoma   munosabatlari
o’rnatish 9
.
Partiya   o’z   nizomi   asosidagi   faoliyatida   ushbu   huquqlardan   foydalanish
jarayonida quyidagi ijtimoiy-siyosiy vazifalarni ham bajaradi:
-   fuqarolarning   siyosiy   va   huquqiy   madaniyatini   rivojlantirish,   ularda
mas’uliyatli fuqarolik axloqini shakllantirishga ko’maklashadi; 
-   partiya   o’zining   tadbirlari,   ijtimoiy   loyihalari   orqali   (xususan,   fuqarolik
jamiyatining   boshqa   institutlari   bilan   hamkorlikda),   shuningdek,   yuqori   bilim   va
saviyaga   ega   bo’lgan   fuqarolarni   partiya   ishiga   jalb   qilish   orqali   fuqarolarning
ijtimoiy va siyosiy hayotda faol ishtirok etishiga ko’maklashadi;
-   partiya   doimiy   elektoratini   o’ylantirayotgan   dolzarb   iqtisodiy   va   ijtimoiy
muammolarni   aniqlash,   ularni   samarali   hal   qilishga   yo’naltirilgan   loyiha   va
dasturlarni   ishlab   chiqish   hamda   saylab   qo’yiladigan   hokimiyat   organlarida
o’zining vakilligi orqali ularni ilgari suradi.
Siyosiy   partiyaning   mohiyati   partiyaning   ijtimoiy   tarkibi   va   ijtimoiy   negizi;
partiya   rahbariyatining   tarkibi,   manfaatlari   va   maqsadlari;   tashkilotning   dasturiy
qoidalari;   uning   siyosiy   xatti-harakatlarining   obyektiv   yo’naltirilganligi   kabi
xususiyatlarga   chambarchas   bog’liqdir.   Siyosiy   partiya   mohiyatining   eng   muhim
ko’rsatkichi   uning   oxir-oqibatda   kimning   va   qanday   kuchlarning   manfaatlari
hamda qarashlarini ifoda etishi, himoya qilishi va o’z kundalik faoliyatida amalga
oshirishidir.
Siyosiy   partiyaning   jamiyatdagi   funksiyalari   hayotdagi   masalani   o’rganish
uning siyosiy taraqqiyotdagi o’rni va rolini tushunib yetish, maqsadlarini yaxshiroq
tasavvur   etishga   yordam   beradi.   Jamiyat   siyosiy   tizimida   siyosiy   partiyalar
quyidaga asosiy funksiyalarni bajaradilar:
- siyosiy maqsadni belgilash. Mafkurani va dasturlarni ishlab chiqarar ekan,
partiyalar   strategiyani   belgilashga,   fuqarolarni   muqobil   va   boshqa   xatti-
harakatlarning ham mumkinligiga ishontirishga intiladilar;
9
“Сиёсий партиялар тўғрисида”ги Ўзбекистон Республикаси Қонуни , 12 -модда. - ijtimoiy   manfaatlarni   ifoda   etish   va   saralash.   Manfaatlarni   guruhlar   ham
ifoda   etishlari   mumkin,   lekin   faqat   partiyalargina   ularni
markaziy   davlat   organlarining   qarorlariga   ta’sir   ko’rsatadigan   shaklda   bir   butun
qilib birlashtira oladilar; 
- fuqarolarni safarbar qilish va ijtimoiylashtirish. Partiyalar o’z faoliyatining
uzoq   muddatli   ijtimoiy   va   g’oyaviy-psixologik   asosini   yaratadilar,   ommaviy
axborot vositalaridan foydalangan holda tegishli ijtimoiy fikrni shakllantiradilar;
- hukmron   elitani   shakllantirish.   Hokimiyatning   mahalliyorganlarini,
hukumatning   avval   yashirin,   so’ngra   esa   real   tarkibini   shakllantiradilar;
hokimiyatning   vakolatli   organlari   bilan   jamiyat   o’rtasidaga   aloqalarni
ta’minlaydilar; boshqa siyosiy institutlar bilan birga davlat boshqaruvi va ijtimoiy
boshqaruv   mexanizmini   shakllantiradilar,   hukumat   tuzilmalari   va
mexanizmlarining barqarorligini ta’minlaydilar;
- siyosiy   rivojlanish   strategiyasini   ishlab   chiqish.   Siyosiy   partiyalar
faoliyatining asosiy yo’nalishlari orasida dasturiy qoidalarni, ijtimoiy-iqtisodiy va
siyosiy   strategiyani   ishlab   chiqishni   alohida   ajratib   ko’rsatish   lozim   bo’ladi.
Hozirgi zamon strategiyasini ishlab chiqishga malakali kadrlar jalb etiladi.
Partiyalarning   fuqarolarni   ijtimoiylashtirish   borasidagi   faoliyati   ularning
pirovard   maqsadlari   va   ularga   vakolat   bergan   ijtimoiy   guruhlarning   manfaatlari
bilan   bog’liq.   Hukmron   partiyalar   ular   himoya   qilayotgan   qadriyatlarning   ijobiy
qabul   qilinishini,   ular   tutayotgan   yo’lning   keng   ijtimoiy   qo’llab-quvvatlanishini
ta’minlaydigan ijtimoiylashuvni amalga oshirishga intiladilar.
Har bir partiya uchun tegishli ijtimoiy birlashmalarning manfaatlarini himoya
qilish   vakolati   juda   muhimdir.   Ushbu   funksiyaning   mazmunini   mazkur
manfaatlarni   ifodalashning   siyosiy   vositalarini   ta’minlash,   ularni   maqsadlar   va
ideallar   shaklida   bayon   qilish   hamda   siyosatning   boshqa   subyektlari   bilan   o’zaro
ta’sir   jarayonida   himoya   qilish   tashkil   etadi.   Manfaatlarni   ifoda   etish   vakolati
funksiyasi   turli   qatlamlar   va   guruhlarning   o’ziga   xos   manfaatlarini
muvofiqlashtirish   asosida   ijtimoiy   birliklarning   umumiy   manfaatlarini   jamlash
yo’li bilan hamda davlat organlarini egallash va ular ustidan nazorat o’rnatish yoki siyosiy   qarorlar   qabul   qilish   va   amalda   hukmronlik   qilish   jarayonida   ushbu
organlarga tazyiq o’tkazishning turli shakllari vositasida amalga oshiriladi.
Partiya siyosiy tizimning va umuman, jamiyat rivojlanishining maqsadlari va
siyosiy   mezonlarini   belgilashda   muhim   rol   o’ynaydi.   Bu   funksiyaning   bajarilish
hajmi   va   samaradorligi   partiyaning   siyosiy   tizimdagi   mavqyeiga   bog’liq   bo’ladi.
Bu   borada   eng   katta   imkoniyatlarga   hukmron   partiyalar   egadirlar.   Ular   butun
ijtimoiy   tizimning   harakat   yo’nalishini   belgilovchi   siyosatni   ishlab   chiqadilar   va
shakllantiradilar. Partiyaning siyosiy yo’lni ishlab chiqishda ishtirok etish darajasi,
bu   funksiyaning   amalga   oshirilish   hajmi   va   samaradorligi   partiyaning   mavjud
siyosiy   tizimdagi   mavqyeini   belgilovchi   ko’rsatkichlar   hisoblanadi.   Partiyaning
tashkilotchilik   funksiyasi   muayyan   kadrlar   siyosatida,   ya’ni   partiyaning   o’zida,
boshqa davlat va jamoat tashkilotlarida kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo’yishdan
iborat faoliyatda o’z ifodasini topadi. O’zining siyosiy kadrlari orqali partiya davlat
apparatida   va   boshqa   tashkilotlarda   o’z   siyosatini   o’tkazadi,   siyosiy   tizimning
boshqa institutlariga o’z ta’sirini yoyadi.
Partiya   saflarining   birligi   va   hamjihatligini   ta’minlash,   partiya   a’zolari   va
tarafdorlarini   o’zaro   yaqinlashtiruvchi   qadriyatlar   va   me’yorlarni   ishlab   chiqish,
rahbarlikni   amalga   oshirish   va   partiya   faoliyatini   boshqarishga   qaratilgan   partiya
ichki faoliyati juda muhimdir.
Siyosiy partiyalar faoliyatining muhim yo’nalishlari quyidagilardan iborat:
 tegishli   ijtimoiy   guruhlarning   manfaatlarini   aniqlash,   bayon   qilish   va
asoslash, ularni faollashtirish va integrasiyalash;
 siyosiy doktrinalar va dasturlar yaratish;
 davlatda   hokimiyat   uchun   kurashga   va   davlatning   faoliyat   dasturlarini
yaratishda, davlat hokimiyatini amalga oshirishda ishtirok etish;
 umuman, jamiyatni yoxud uning bir  qismini  siyosiy  jihatdan tarbiyalash,
ijtimoiy fikrni shakllantirish;
 davlat   apparati,   kasaba   uyushmalari,   jamoat   tashkilotlari   uchun   kadrlar
tayyorlash va ularni yuqori mansablarga ko’tarish;
 partiya ichidaga tashkiliy faoliyat. 2. Demokratik institutlar tasnifi
Demokratik   institutlar   –   bu,   davlat   va   jamiyatda   demokratik   tuzumni
shakllantiruvchidemokratik   tamoyillarni   amalga   oshirishning   tashkiliy   shakllari
hisoblanadi.   Umumiy   demokratik   institutlarga   yuqori   davlat   organlarining
saylanishi,   saylovchilar   yoki   deputatlar   oldida   saylab   qo’yiladigan   organlarning
mas’uliyati va hisobdorligi, vakolat muddati tugaganida saylab qo’yiladigan davlat
vakillik organlari tarkibining almashinib turishi kabilarni kiritish mumkin.
Demokratik institutlarning shakllari
Har   bir   mamlakat   demokratik   institutlarni,   xususan   parlamentarizm   va
ko’ppartiyaviylikni   shakllantirishda   o’z   yo’liga   ega.   O’zbekiston   ham   bundan
mustasno   emas.   O’zbekiston   tanlab   olgan   yo’lning   o’ziga   xosligi   sobiq   sovet
totalitar,   yakkapartiyaviylik   tizimining   uzoq   vaqt   hukmronlik   qilganligi   bilan
izohlanadi.   Mustaqillikning   ilk   yillaridayoq   yakkapartiyaviy   diktatga   barham
berildi va ko’ppartiyaviy siyosiy tizimni shakllantirish maqsad qilib olindi. Yakka
partiya   hukmronligi   bartaraf   etilgandan   so’ng   jamiyatimizda   siyosiy
plyuralizmning   vujudga   kelishi,   siyosiy   partiyalarning   shakllanishi   bilan   bog’liqСтруктурали	
Парламент сессиялари
Парламент комиссия ва қўмиталари
Халқ депутатлари кенгашлари ва б.	
Мажбурий	
Конституцион  ва  қонун  бўйича 
референдум
Сайловлар
Сайловчилар накази ва б.	
Функционал	
Депутатлик сўрови
Парламент назорати
Жамоат фикри ва б.	
Консультатив	
Консультатив референдум
Қонун  лойиҳаларининг  жамоат 
муҳокамаси
Фуқаролар мурожаати ва б. jarayonlar   shiddat   bilan   boshlanib   ketdi.   Biroq   bu   yo’l   birdaniga   yoki
dabdurustdan,   biror-bir   xorijiy   mamlakat   andozasini   qabul   qilish   evaziga   emas,
balki asta-sekinlik bilan, bosqichma-bosqich amalga oshirilishi belgilab olindi.
1992   yil   8   dekabrda   Respublika   Konstitusiyasi   qabul   qilingandan   so’ng,
siyosiy partiyalarning shakllanishi uchun muhim huquqiy shart-sharoitlar yaratildi.
Qisqa   fursat   ichida   mamlakatimizda   huquqiy   asosda,   parlamentda   faoliyat
ko’rsatuvchi partiyalarning shakllanish jarayoni sodir bo’ldi.
Mustaqillik   yillarida   respublikada   siyosiy   institutlarning   mafkuralarning,
fikrlarning xilma-xilligiga asoslangan  va fuqarolarning davlat  va jamiyat  ishlarini
boshqarishda   keng   ishtirok   etishini   ta’minlaydigan   yangi   demokratik   siyosiy
tizimning negizlari vujudga keldi. Demokratik jamiyatning muhim omillaridan biri
bo’lgan   ko’ppartiyaviylik   tufayli   mustaqillik   yillarida   O’zbekistonda   siyosiy
partiyalar   va   jamoat   birlashmalari   vujudga   kelib,   ular   ijtimoiy-siyosiy
taraqqiyotning obyektiv jarayoniga aylandilar. 
Respublikamizda   ko’ppartiyaviylikning   shakllanish   jarayonini   har   biri
muayyan   voqyea   bilan   ajralib   turadigan   quyidagi   beshta   bosqichga   bo’lish
mumkin:
1)   1991-1994   yy.:   yakka   partiyaviylikning   tugatilishi   va
ko’ppartiyaviylikning   shakllanishi   uchun   zarur   bo’lgan   shart-sharoitlarining
yaratilishi;
2)   1995-1999   yy.:   ko’ppartiyaviylikning   qonunchilik   asoslari   yaratilishi   va
yangi partiyalarning tashkil  topishi. “Siyosiy partiyalar  to’g’risida”gi  (26.11.1996
y.),   “Nodavlat   notijorat   tashkilotlari   to’g’risida”gi   (14.04.1999   y.)   O’zbekiston
Respublikasi Qonunlarining qabul qilinishi;
3)   2000-2004   yy.:   siyosiy   tajriba   to’plash   va   moliyaviy   mustaqillikni
ta’minlash,   doimiy   elektoratni   belgilab   olish.   “Qonun   loyihalarining   umumxalq
muxokamasi   to’g’risida”gi   (14.12.2000y.),   “O’zbekiston   Respublikasining
referendumi   to’g’risida”gi   (30.08.2001   y.),   “Referendum   yakunlari   hamda   davlat
hokimiyati tashkil etilishining asosiy tamoyillari to’g’risida”gi (04.04.2002), yangi tahrirdagi   “O’zbekiston   Respublikasi   Oliy   Majlisiga   saylov   to’g’risida”gi
(29.08.2003 y.) O’zbekiston Respublikasi Qonunlarining qabul qilinishi, 
4)   2005-2006   yy.:   siyosiy   partiyalar   parlament   nazoratining   kuchayishi,
konstruktiv muxolifatning shakllanishi; 
5)   2007   yilda   to   hozirgi   kunga   qadar:   siyosiy   partiyalar   faoliyati   “Davlat
boshqaruvini   yangilash   va   yanada   demokratlashtirish   hamda   mamlakatni
modernizasiya   qilishda   siyosiy   partiyalarning   rolini   kuchaytirish   to’g’risida”
O’zbekiston   Respublikasining   yangi   Konstitusiyaviy   qonuni   asosida   (11.04.2007
y.) yanada jadallashuvi, siyosiy partiyalarning O’zbekiston Respublikasi Prezidenti
va   O’zbekiston   Respublikasi   Oliy   Majlisi,   xalq   deputatlari   viloyat,   tuman   va
shahar   Kengashlariga   bo’lib   o’tgan   saylovlardagi   ishtiroki,   partiyalararo
raqobatning kuchayishi. 
Siyosiy partiyalar saylovlarda ishtirok etib, tegishli organlarga o’z vakillarini
o’tkazish   orqali   davlat   hokimiyati   organlari   faoliyatida   ishtirok   etadi.   Shu   bilan
birga   siyosiy   partiyalar   zamonaviy   jamiyat   tizimining   muhim   qismi   bo’lib,   ular
davlatning siyosiy yo’nalishini belgilashda ishtirok etadi, hukumatning vakillik va
ijro   etuvchi   muassasalarini   shakllantiradi.   Huquqiy-demokratik   davlat   qurish,
kuchli   fuqarolik   jamiyatini   shakllantirish   jarayonida   ko’ppartiyaviylikning
rivojlanishiga,   mustaqil,   faol   aholining   keng   qatlami   tomonidan   qo’llab-
quvvatlanadigan   siyosiy   partiyalar   va   boshqa   jamoatchilik   tashkilotlarining
shakllanishi uchun shart-sharoitlar yaratilishiga katta ahamiyat berildi.
Alohida   ta’kidlash   kerakki,   “Davlat   boshqaruvini   yangilash   va   yanada
demokratlashtirish   hamda   mamlakatni   modernizasiya   qilishda   siyosiy
partiyalarning   rolini   kuchaytirish   to’g’risida”gi   Konstitusiyaviy   Qonunning   qabul
qilinishi   mamlakatda   fuqarolik   jamiyati   institutlarini   yanada   rivojlantirish   uchun
huquqiy asoslarni mustahkamlab, siyosiy partiyalar demokratik tamoyillar asosida
faoliyat   yuritishlari   uchun   imkoniyatlar   yaratdi.   Darhaqiqat,   2-moddasida   siyosiy
partiyalar   fraksiyasi   siyosiy   partiyadan   ko’rsatilgan   deputatlar   tomonidan   partiya
manfaatlarini   O’zbekiston   Respublikasi   Oliy   Majlisining   Qonunchilik   palatasida
ifodalash   maqsadida   tuziladigan   va   belgilangan   tartibda   ro’yxatdan   o’tkazilgan deputatlar   birlashmasi   ekanligi,   O’zbekiston   Respublikasi   Oliy   Majlisining
Qonunchilik   palatasida   ko’pchilik   o’rinni   egallagan   siyosiy   partiya   fraksiyasi
parlamentdagi   ko’pchilikni   tashkil   etishi,   o’z   dasturiy   maqsadli   vazifalarining
yaqinligidan yoki mosligidan kelib chiqqan holda blok tuzadigan bir nechta siyosiy
partiyalar   fraksiyalari   va   O’zbekiston   ekologik   harakatidan   saylangan   deputatlar
ham parlamentdagi ko’pchilikni tashkil etishi mumkinligi kabi qoidalar o’z aksini
topdi.
Mamlakatimizda siyosiy partiyalar faoliyatini erkinlashtirishga doir islohotlar
natijasida   ularning   jamiyatdagi   o’rni   ancha   yuksalib   bormoqda.   Siyosiy
partiyalarning   demokratik   tamoyillar   asosida   faoliyat   ko’rsatishlarini   ta’minlash
maqsadida   ularning   qonunchilik   asoslari   yanada   rivojlantirildi.   Ikki   palatali
parlamentni shakllantirish islohotlarini amalga oshirish bilan bog’liq holda siyosiy
partiyalar   Oliy   Majlisning   Qonunchilik   palatasi   deputatlari   va   mahalliy   vakillik
organlari   deputatlari   nomzodlarini   tanlash   va   ko’rsatish,   saylov   kampaniyalarini
o’tkazishda asosiy siyosiy institut funksiyasini bajarishga o’tdilar.
Har   qanday   davlatda   vakillik   demokratiyasi   shakllanishini   siyosiy
partiyalarsiz   tasavvur   qilib   bo’lmaydi.   Shuning   uchun   mamlakatimizda   ijtimoiy-
iqtisodiy,   siyosiy-huquqiy   islohotlar   jarayonida   siyosiy   partiyalarning   rolini
oshirishga   katta   ahamiyat   berib   kelinmoqda.   Ular   faoliyatining   qonuniy   asoslari
mustahkamlanib,   vakolatlari   kengaytirilmoqda.   Natijada   siyosiy   partiyalarning
islohotlar   ijtimoiy   samarasini   yanada   oshirishda   mas’uliyati   kuchayib,   hozirda
xorijiy   mamlakatlar   olimlari,   xalqaro   ekspertlar   O’zbekistonda   parlament
faoliyatini   takomillashtirish   o’ziga   xos   yangi   bosqichga   ko’tarilganini   e’tirof
etmoqda.
2002 yil 4 apreldagi “Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil
etilishining   asosiy   tamoyillari   to’g’risida”gi   Konstitusiyaviy   qonun   asosida
professional   tarzda   faoliyat   yurituvchi   Qonunchilik   palatasi   va   hududlar
manfaatlarini   ifodalovchi   Senatdan   tarkib   topgan   ikki   palatali   parlament   tashkil
etildi.   Shu   orqali   demokratik   islohotlarni   izchillik   bilan   amalga   oshirishda   sifatli qonunlar   qabul   qilish   imkoniyati   kengaydi,   qonun   ijodkorligi   va   ularning   ijrosini
nazorat qilish bo’yicha barqaror mexanizm shakllandi.
Parlament   hokimiyatining   amaliy   rolini   kuchaytirishda   ko’ppartiyaviylik
tizimining   rivojlanishiga,   siyosiy   partiyalar   faolligining   keskin   oshishiga,   ular
o’rtasida   raqobat   asosidagi   kurash   kuchayishiga   sharoit   yaratib   berish   muhim
ahamiyatga ega.
O’zbekiston   Respublikasi   Konstitusiyasi   hamda   qonunlarimizda
mamlakatimizda   ijtimoiy   hayot   siyosiy   institutlar,   mafkuralar   va   fikrlar   xilma-
xilligi asosida rivojlanishi belgilab qo’yilgan, siyosiy partiyalarning keng ko’lamda
ijtimoiy-siyosiy   faoliyat   yuritishi   kafolatlangan.   Eng   muhimi,   hokimiyatning
qonun   chiqaruvchi   va   ijro   etuvchi   tarmoqlari   o’rtasidagi   o’zaro   mutanosiblik
hamda   manfaatlar   muvozanatini   ta’minlashda   siyosiy   partiyalar   ishtirokining
qonuniy asoslari mustahkamlandi.
Yurtimizda   siyosiy   partiyalarning   davlat   va   jamiyat   hayotidagi   o’rni   va
ahamiyati   bosqichma-bosqich   kuchaytirilib,   uning   huquqiy   asoslari
mustahkamlanib   borildi.   2004   yildan   amal   qila   boshlagan   “Siyosiy   partiyalarni
moliyalashtirish   to’g’risida”gi   Qonun   bu   borada   nihoyatda   muhim   qadamlardan
biri   bo’ldi.   2007   yilda   qabul   qilingan   “Davlat   boshqaruvini   yangilash   va   yanada
demokratlashtirish   hamda   mamlakatni   modernizasiya   qilishda   siyosiy
partiyalarning rolini kuchaytirish to’g’risida”gi  Konstitusiyaviy qonun esa siyosiy
partiyalar faoliyatini sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqdi.
“O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti
to’g’risida”gi   O’zbekiston   Respublikasi   Qonuniga   o’zgartish   va   qo’shimchalar
kiritish   haqida»gi   Qonun   partiyalararo,   xususan,   fraksiyalararo   raqobatning
huquqiy   mexanizmlarini   yanada   rivojlantirdi.   Unga   ko’ra,   qonun   loyihalarini
Qonunchilik   palatasida   ko’rib   chiqishning   barcha   bosqichlarida   siyosiy   partiyalar
fraksiyalari ishtirokining prosessual mexanizmi mustahkamlandi. Endilikda qonun
loyihasi bo’yicha mas’ul qo’mita fraksiyalarning qonun loyihasiga doir fikrlari va
takliflarisiz qonun loyihasi yuzasidan o’z xulosasini chiqarish huquqiga ega emas.
Siyosiy   partiyalar   fraksiyalarining   qonun   loyihasiga   doir   fikrlari   va   takliflari inobatga  olinadi,   shuningdek,   Qonunchilik  palatasi   majlislarida  loyihalarni   ko’rib
chiqish   jarayonida   ma’ruzachi   barcha   o’qishlarda   fraksiyalarning   fikrlari   va
takliflarini   deputatlarga   yetkazadi.   Mazkur   me’yorlarning   belgilanishi   qonun
ijodkorligi   jarayonida   fraksiyalar   o’rtasida   raqobat   muhitining   amalda
kuchayishiga xizmat qiladi.
Partiyalar   o’rtasidagi   saylovoldi   kurashi   parlamentning   kundalik   faoliyatida
ham   davom   etishi,   g’oya   va   dasturlar   bellashuvining   doimiy   tus   olishi   partiyalar
o’z   oldiga   qo’ygan   maqsad-muddaolariga   erishishini   taminlashga   xizmat   qiladi.
Shuning bilan birga siyosiy partiyalar mamlakatda amalga oshirilayotgan, ijtimoiy-
iqtisodiy, siyosiy islohotlar jarayonining talablari bilan uzviy bog’liq bo’lgan, uzoq
istiqbolga   mo’ljallangan   o’z   dasturiga   ega   bo’lishi,   ayni   paytda,   uni   zamon   bilan
hamnafas takomillashtirib borishi talab etiladi.
Shuningdek,   dasturiy   maqsad   va   vazifalari   doirasida   qonunlar   ijrosi
samaradorligini   kuzatish,   o’z   elektorati   muammolarini,   huquqiy   tartibga   solinishi
lozim bo’lgan ijtimoiy munosabatlarning doirasini o’rganib borish asosida siyosiy
partiyaning   tizimlashgan   g’oyalar   bazasini   to’ldirib   borishi   hayotiy   ahamiyatga
egadir.   Bunda,   albatta,   elektorat   bilan   ish   olib   borishning   zamonaviy   usullari,
umume’tirof   etilgan   siyosiy   texnologiyalardan   keng   foydalanish,   partiyalararo
bahs-munozaralarni ommaviy axborot vositalari orqali ham faol olib borish muhim
o’rin tutadi. A dabiyotlar :
1. O’zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi. – T.: O’zbekiston, 2018. 
2. Karimov I.A. Asarlar to’plami, 1-23 jildlar. – T.: O’zbekiston, 1996-2016. 
3. Karimov I.A. Inson manfaati, huquq va erkinliklarini ta’minlash, 
4. Mirziyoyev   Sh.M.   Erkin   va   farovon,   demokratik   O’zbekiston   davlatini
birgalikda   barpo   etamiz.   O’zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   lavozimiga
kirishish   tantanali   marosimiga   bag’ishlangan   Oliy   Majlis   palatalarining
qo’shma   majlisidagi   nutq   /Sh.M.   Mirziyoyev.   -   Toshkent:   ―O’zbekiston ,‖
2016. -56 b. 
5. Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy 
6. Sharifxo’jayev M. O’zbekistonda ochiq fuqarolik jamiyatining shakllanishi.
–T.: Sharq, 2003. 
7. Qirg’izboyev M. Fuqarolik jamiyati: genezisi, shakllanishi va rivojlanishi. –
T.: O’zbekiston, 2010. 
8.  Jalilov A boshqalar. Fuqarolik jamiyati asoslari. – T.: Baktria press, 2015. 
9.   Fuqarolik   jamiyati.   Darslik   loyihasi–   T.:   2016.   Ziyonet.uz.   Mualliflar
jamoasi. 
10.   O’tamurodov   A.   va   boshqalar.   Fuqarolik   jamiyati   fanidan   tushuncha   va
atamalar lug’ati.  Lotin yozuvida. T.: Turon-zamin-ziyo. 2017. 23 b.t.

O’ZBEKISTONDA FUQAROLIK JAMIYATI INSTITUTLARINING SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISHI 1. O’zbekistonda ko’ppartiyaviylikning rivojlanishi 2. Siyosiy partiyalar huquqiy maqomi va vazifalari 3. Demokratik institutlar tasnifi 4.Nodavlat notijorat tashkilotlar va ularning fuqarolik jamiyatidagi o’rni. 5. .O’zbekistonda NNTning huquqiy asoslarini demokratlashtirish jarayoni. 6.O’zbekistonda NNTning fuqarolik jamiyati instituti sifatida rivojlanishi

O’zbekistonda ko’ppartiyaviylikning rivojlanishi Ko’ppartiyaviylik zamonaviy demokratik jamiyatlar siyosiy hayotini tashkil qilishning asosiy konstitusiyaviy tamoyillaridan biri hisoblanadi. Aynan ko’ppartiyaviylik tufayli demokratiyaning siyosiy plyuralizm, qonun ustuvorligi, imkoniyatlar tengligi kabi asoskor tamoyillarini o’zida mujassam etgan siyosiy partiyalar va ularning vakillari o’rtasida doimiy muloqot ta’minlanadi. Mamlakat siyosiy hayotining barcha sohalarini, davlat va jamiyat qurilishini erkinlashtirishda, fuqarolarning siyosiy, iqtisodiy faolligini kuchaytirish va insonning o’z qobiliyatini to’la ro’yobga chiqarishi uchun tegishli shart-sharoit yaratishda, odamlarning o’z xohish-irodasini erkin ifoda etish, o’z manfaatlarini ro’yobga chiqarish va himoya qilish huquqini rivojlantirish va amalda namoyon qilishda, jamiyatimizda mavjud bo’lgan turli manfaatlarini ro’yobga chiqarish va himoya qilish huquqini rivojlantirish va amalda namoyon qilishda, jamiyatimizda mavjud bo’lgan turli manfaatlar, qarama-qarshi kuchlar va harakatlar o’rtasidagi muvozanatni ta’minlaydigan samarali mexanizmni shakllantirishda ko’ppartiyaviylik tizimi muhim rol o’ynaydi. Ko’ppartiyaviylik tizimini yanada mustahkamlash va partiyalararo raqobatni rivojlantirish uchun partiya o’z elektoratiga ega bo’lmog’i, “davlat va jamiyat qurilishining asosiy masalalari, mamlakatda yuritilayotgan ichki va tashqi siyosat bo’yicha aniq-ravshan pozisiyasi bilan, saylovda mazkur partiya uchun ovoz beradigan odamlar manfaatlarini qat’iy himoya qilishga qodirligi bilan saylovchilar o’rtasida obro’” 1 qozonmog’i eng muhim shartlardan hisoblanadi. Shuningdek, mamlakatimiz birinchi Prezidenti Islom Karimovning O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganining 21 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasida ta’kidlanganidek, “ijtimoiy- siyosiy va iqtisodiy taraqqiyotning aniq ustuvor yo’nalishlarini belgilab 1 И.А.Каримов. Амалга ошираётган ислоҳотларимизни янада чуқурлаштириш ва фуқаролик жамияти қуриш – ёруғ келажагимизнинг асосий омилидир. Президент Ислом Каримовнинг Ўзбекистон Республикаси Конституцияси қабул қилинганининг 21 йиллигига бағишланган тантанали маросимдаги маърузаси. Т., “Узбекистан”, 2013

olishda siyosiy partiyalarning rolini keskin kuchaytirish, mamlakatimizni isloh etish va modernizasiya qilish bo’yicha strategik vazifalarni hal etishda ularning ishtirokini kengaytirish” 2 izchil amalga oshirilayotgandemokratik yangilanishlarning muhim omili hisoblanadi. “Partiya” so’zi lotincha “part” so’zidan kelib chiqqan bo’lib, “ish”, “qism” degan ma’nolarni anglatadi. Siyosiy partiya — aholining, sinfning, ijtimoiy qatlam yoki qatlamlarning bir qismi. Ilmiy nuqtai nazardan siyosiy partiyalar uchun berilgan quyidagi ta’rifni asos sifatida qabul qilish mumkin: siyosiy partiya – fuqarolarning eng faol, mushtarak mafkura asosida bog’langan, davlat hokimiyatini qo’lga kiritish, uni saqlab qolish va amalga oshirishga intiluvchi qismi, ixtiyoriy ittifoqi. Siyosiy partiyalar jamoat birlashmasi shaklida tashkil etiluvchi va faoliyat yurituvchi fuqarolik jamiyatining o’ziga xos instituti bo’lib, u muhim ijtimoiy-siyosiy va vakillik vazifalarini amalga oshiradi. Zamonaviy siyosatshunoslikda siyosiy partiyaning o’ziga xosligini ifodalovchi quyidagi bir qator jihatlari ajratib ko’rsatiladi: - har qanday partiya aholi guruhlari va aniq ijtimoiy qatlamning manfaat va intilishlarini ifoda etuvchi mafkura egasi va uning targ’ibotchisi hisoblanadi; - siyosiy partiya – kishilarning tartibli va davomli birlashuvini ta’minlovchi respublika, viloyat, tuman va shahar darajasida faoliyat yurituvchi tashkilotdir; - siyosiy partiyaning maqsadi – o’zining elektorati manfaatlarini ifodalovchi dasturiy maqsadlarini ilgari surish imkoniyatiga ega bo’lish uchun davlat hokimiyati vakillik organlarida ko’pchilik o’rinni egallash hisoblanadi; - har bir siyosiy partiya o’zining xayrixohlari safini kengaytirishga harakat qiladi, ya’ni saylovlar davrida imkon qadar ko’proq saylovchilarni o’z tomoniga og’dirish bo’yicha ish olib borsa, saylovlar oralig’ida esa partiyaga tarafdorlarni 2 И.А.Каримов. Амалга ошираётган ислоҳотларимизни янада чуқурлаштириш ва фуқаролик жамияти қуриш – ёруғ келажагимизнинг асосий омилидир. Президент Ислом Каримовнинг Ўзбекистон Республикаси Конституцияси қабул қилинганининг 21 йиллигига бағишланган тантанали маросимдаги маърузаси. Т., “Узбекистан”, 2013 Сиёсий партия жамоат бирлашмаси шаклида ташкил этилувчи ва фаолият юритувчи фуқаролик жамиятининг ўзига хос институти бўлиб, у муҳим ижтимоий-сиёсий ва вакиллик вазифаларини амалга оширади.

jalb qilish hamda ularning tarkibidan partiya a’zolari va faollarini tanlash hamda tayyorlash chora-tadbirlarini amalga oshiradi 3 . 1. Siyosiy partiyalar huquqiy maqomi va vazifalari O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasida siyosiy partiyalarning maqomini , ularning fuqarolik jamiyati hayotidagi roli va o’rnini belgilab beruvchi quyidagi eng muhim me’yorlarni ajratib ko’rsatish mumkin: - fuqarolarning jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o’z vakillari orqali ishtirok etish huquqi 4 ; - fuqarolarning kasaba uyushmalariga, siyosiy partiyalarga va boshqa jamoat birlashmalariga uyushish, ommaviy harakatlarda ishtirok etish huquqi 5 ; - demokratik prinsiplar asosida siyosiy partiyalarni tashkil etish va faoliyat yuritish kafolati 6 ; - siyosiy partiyalarning turli tabaqa va guruhlarning siyosiy irodasini ifodalashi va o’zlarining demokratik yo’l bilan saylab qo’yilgan vakillari orqali davlat hokimiyatini tuzishda ishtirok etishi 7 ; - partiya faoliyatidagi cheklovlar: konstitusiyaviy tuzumni zo’rlik bilan o’zgartirishni maqsad qilib qo’yuvchi, respublikaning suvereniteti, yaxlitligi va xavfsizligiga, fuqarolarning konstitusiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi chiquvchi, urushni, ijtimoiy, milliy, irqiy va diniy adovatni targ’ib qiluvchi, xalqning sog’lig’i va ma’naviyatiga tajovuz qiluvchi, shuningdek harbiylashtirilgan birlashmalarning, milliy va diniy ruhdagi siyosiy partiyalarning hamda jamoat birlashmalarining tuzilishi va faoliyati ta’qiqlanadi 8 ; 3 аранг: Lapalombara J., Weiner M. Origin and Development Political PartiesҚ / J.Lapolambara, M.Weiner (eds.) PoliticalPartiesandPoliticalDevelopment.Princeton; N.Y., 1966.P. 33-40. 4 Ўзбекистон Республикаси Конституцияси, 32-модда, 1- исм. қ 5 Ўзбекистон Республикаси Конституцияси , 34-модда, 1- исм қ . 6 Ўзбекистон Республикаси Конституцияси , 56- ва 58-моддалар . 7 Ўзбекистон Республикаси Конституцияси , 60-модда . 8 Ўзбекистон Республикаси Конституцияси , 57-модда .

- siyosiy partiyalar saylovlarda ishtirok etishi va saylovchilarning xohish- irodasini shakllantirishda ko’maklashadi. Ko’pgina boshqa demokratik mamlakatlar singari O’zbekistonda ham siyosiy partiyalar deputatlikka nomzodlarni ilgari suruvchi, saylov yakunlari bo’yicha parlamentda va mahalliy hokimiyat vakillik organlarida o’z vakillariga ega bo’luvchi hamda ularga partiyaning doimiy elektorati manfaatlarini ifoda etish va dasturiy ustuvorliklarini amalga oshirish uchun amaliy imkoniyatlar yaratuvchi asosiy institut hisoblanadi. Shunday ekan, fuqarolik jamiyati instituti hisoblanuvchi siyosiy partiya, birinchi navbatda, vakillik demokratiyasining muhim bo’g’ini bo’lib, quyidagi vazifalarni amalga oshiradi: - saylovlarda fuqarolarning ongli va faol ishtirokini ta’minlash; - turli ijtimoiy guruhlar manfaatlarini ifoda etishda davlat hokimiyati va fuqarolik jamiyati institutlari o’rtasida vositachilik qilish; - o’z elektoratining tegishli manfaatlarini himoya qiluvchi konsepsiya, loyiha va dasturlarni ishlab chiqish va ilguri surish. Mazkur vazifalarni amalga oshirishlari uchun partiyalarga qonunchilikda quyidagi huquqlar belgilangan: - o’z faoliyati to’g’risidagi axborotni erkin tarqatish, o’z g’oyalari, maqsadlari va qarorlarini targ’ib qilish; - saylab qo’yiladigan davlat organlaridagi o’z vakillari orqali tegishli qarorlarni tayyorlashda ishtirok etish; - qonunda belgilab qo’yilgan tartibda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti, davlat hokimiyati organlari saylovlarida ishtirok etish; - partiya faoliyati bilan bog’liq yig’ilishlar, konferensiyalar va boshqa tadbirlarni o’tkazish; - qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda ommaviy axborot vositalari ta’sis etish va boshqa ommaviy axborot vositalaridan foydalanish;