O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati shakllanishi jarayonida ijtimoiy nazoratga ehtiyojning oshishi.
O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati shakllanishi jarayonida ijtimoiy nazoratga ehtiyojning oshishi. Reja 1. Davlat va fuqarolik jamiyatining mazmuni, faoliyatini amalga oshirishning vositalari va asoslari. 2. Fukarolik jamiyatining shakllanish jarayonida ijtimoiy nazorat ning kuchayishi ma’naviyatga bog‘liqligi. 3. Fuqarolik jamiyati shakllanishi jarayonida ijtimoiy nazoratni kuchayib borishida ma’aviyatning o‘rni.
1. Davlat va fuqarolik jamiyatining mazmuni, faoliyatini amalga oshirishning vositalari va asoslari. Fuqarolik jamiyatining shakllanishi uzoq davom etadigan jarayon bo‘lib, bu maqsadga erishish odamlarning ongu tafakkuriga demokratik va liberal qadriyatlarning singdirilishi, eng avvalo, inson ning ma’naviy yuksalishiga bog‘liqdir. Bugungi kunda jamiyatning siyosiy-huquqiy madaniyati, ma’naviy yuksalishi negizida fuqarolik jamiyati shakllanib, rivojlanib, mamlakatimiz dunyo hamjamiyatida o‘zining munosib o‘rniga ega bo‘lib bormoqda. Ammo shu bilan birga, fuqarolik jamiyatining shakllanish sharoitida ma’naviyatning sayozlashuvi o q ibatida insoniyatning keyingi taraqqiyotini gumon ostida qoldiradigan global muammolar yuzaga kelmoqda. Ularga yadro qirg‘in quroli xavfi, terrorizm, ekologik muammo va oilaning global inqirozi singari muammolarni kiritish mumkin. Ularning barchasiga insoniyat jamiyatining rivojlanishi va fuqarolik jamiyati shakllanishi jarayonida axloqiy tarbiyaga yetarli darajada e’tibor qilmaslik oqibatida ma’naviyatning qashshoqlashuvi sabab bo‘lmoqda. Ma’naviy qashshoqlik ijtimoiy tartibsizliklarni keltirib chiqarishini oldini olish uchun va mavjud bo‘lgan muammolarni bartaraf qilish uchun nazorat faoliyati takomillashib borishi kerak bo‘ladi. Nazorat faoliyati ijtimoiy tartibni o‘rnatishga qodir bo‘lishi uchun u davlat va jamiyatning birgalikdagi nazoratidan iborat bo‘lishi kerak. Davlat va jamiyat nazoratidan iborat bo‘lgan ijtimoiy nazorat huquq va axloq me’yorlariga rioya qilinishi orqali ijtimoiy tartibni ta’minlaydi. Fuqarolik jamiyati shakllanib borishi jarayonida ma’naviyatning qashshoqlashuvi oqibatida ijtimoiy regulyator bo‘lgan axloqning ta’siri pasaya bolaydi. Bundan tashqari fuqarolik jamiyati shakllanishi jarayonida odamlarning xulqini huquq vositasida tartibga olish imkoniyati ham pasaya boshlaydi. Shuning uchun fuqarolik jamiyati shakllanishi jarayonida ma’naviy yuksalish asosida ijtimoiy nazoratni takomillashtirish zaruriyati kelib chiqadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov insoniylik jamiyatida ma’naviyat va ijtimoiy axloqning o‘rni tug‘risida gapirib, shunday deydi: “ Hozirgi kunda axloqsizlikni madaniyat deb bilish va aksincha, asl ma’naviy qadriyatlarni
mensimasdan eskilik sarqiti deb qarash bilan bog‘liq holatlar bugungi taraqqiyotga, inson hayoti, oila muqaddasligi va yoshlar tarbiyasiga katta xavf solmoqda va ko‘pchilik butun jahonda bamisoli balo-qazodek tarqalib borayotgan bunday xurujlarga qarshi kurashish naqadar muxim ekanini anglab olmoqda 1 . Muhtaram Prezidentimizning ushbu so‘zlari bizni fuqarolik jamiyatining shakllanish jarayonida ijtimoiy axloqni himoya qilish va ma’naviyatni yuksaltirish muammolarini tahlil qilishga undaydi. Insonda ijtimoiy ong shakllangandan boshlab, u o‘zining xilma-xil ehtiyojlarini qondirishni ta’minlaydigan farovon jamiyatni orzu qilib kelmoqda. Hozirgi kunda ham ozod va obod farovon jamiyatni orzu qilib kelyapmiz va bunday jamiyatni qurish “ Kuchli davlatdan - kuchli fuqarolik jamiyati sari ” tamoyili asosida amalga oshirilmoqda. Ammo fuqarolik jamiyatining shakllanishi jarayonida huquq va erkinliklarning oshishi oqibatida insoniylik jamiyatida to‘g‘ri yo‘ldan ayrim og‘ish holatlari kelib chiqmoqda. Buni biz fuqarolik jamiyati rivojlangan AQSh va G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida yaqqol namoyon bo‘layotgan oilaning global inqirozida ko‘rishimiz mumkin. Ularning axloqi nikohsiz turmushni, oiladagi ajralishlarni, ota-onalarning biridan iborat oilalarni, “ gey ” va “ lesbiyanka ” larning bir jinsli nikohini normal holat deb qabul qilmoqda. G‘arb mamlakatlarida yaqqol namoyon bo‘layotgan oila global inqirozining bizning mamlakatimizga kirib kelish tahdidi mavjud va buni o‘z vaqtida anglab olish o‘ta muhim. Shu o‘rinda I.A.Karimovning quyidagi fikrlarini eslash lozim: “ Bugungi kunda zamonaviy axborot maydonidagi harakatlar shu qadar tig‘iz, shu kadar tezkorki, endi ilgarigidek, ha bu voqea bizdan juda olisda yuz beribdi, uning bizga aloqasi yo‘q, deb beparvo qarab bulmaydi. Ana shunday kayfiyatga berilgan xalq yoki millat taraqqiyotdan yuz yillab orqaga qolib ketishi hech gap emas ” 2 . Hayot mazmuniga zid bo‘lgan bunday holatga e’tibor qilmaslik ertami-kechmi insoniyatni halokat yoqasiga olib keladi. Buning oldini olish esa fuqarolik jamiyatining mazmun- mohiyatini chuqur anglab olishni talab etadi. 1 6. Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. Тошкент «Маънавият» 2008, 117-бет 2 7. Ўша ерда. 112-бет
Fuqarolik jamiyati to‘g‘risida gapirishdan oldin, uning aniq bir ilmiy ta’rifini berish zarur. Aks holda fikrlar tarqoqligi va ayrim tushunmovchiliklar kelib chiqishi mumkin. Fuqarolik jamiyati – insonning hayot faoliyati sharoitini ta’minlaydigan, shaxs va ijtimoiy guruhlarning xilma-xil ehtiyoj hamda manfaatlarini ifodalaydigan, qondiradigan ijtimoiy munosabatlar, rasmiy va norasmiy strukturalar majmuasidir. Oddiyroq qilib aytganda, fuqarolik jamiyati – fuqarolarning birlashmalari majmuidir. Fuqarolik jamiyatining mohiyatini anglab olish uchun uning sotsiologik asoslarini bilish lozim. Buning uchun insonning harakati ostida nima yotganligi, inson nima uchun ijtimoiy-siyosiy hayotda ishtirok etishining sababini aniqlab olish kerak. Odamlar faoliyati asosan umum ahamiyatli ehtiyojlarni qondirish bilan bog‘liq va aynan shuning uchun ular ijtimoiy-siyosiy hayotda ishtirok etadilar deb aytish xato bo‘lar edi. Chunki odamlarning aksariyati xilma-xil manfaat va ehtiyojlarni, jumladan, individual manfaatlarni qondirish bilan band bo‘lishadi. Ular bu ehtiyojlarni kundalik hayot sohasida qondirishga harakat qilishadi. Kundalik hayotda individlarning harakati ularning avtonomlikka intilishini va jamiyat hayotidan mustaqil bo‘lishga urinishini aks ettiradi. Individlarning kundalik hayoti, uning birlamchi shakllari fuqarolik jamiyatini tashkil etadi. Ammo kundalik ehtiyojlar va ularni qondirishning birlamchi shakllarining xilma-xilligi individ va ijtimoiy guruhlar intilishlarining muvofiqligi hamda integratsiyasini ta’minlab, ijtimoiy tartibni o‘rnatishni talab qiladi. Chunki muvofiqlik va integratsiya bo‘lgan taqdirdagina jamiyatning yaxlitligi va taraqqiyotini ta’minlash mumkin. Ijtimoiy, guruhiy va individual manfaatlarning muvozanatini, o‘zaro aloqasining muvofiqligini davlat o‘zining boshqaruvchilik funksiyasi orqali amalga oshiradi. Davlatning ijtimoiy tartibni o‘rnatishga qaratilgan boshqaruvchanlik funksiyasisiz jamiyat nafaqat taraqqiy eta olmaydi va hatto mavjud ham bo‘la olmaydi. Demak, global jamiyat, ya’ni keng qamrovli insoniylik jamiyati fuqarolik jamiyati va davlatdan iborat bo‘ladi. Fuqarolik jamiyati va davlat, jamiyat hayotining turli tomonlari va holatlarini aks ettiradigan ijtimoiy universallik hisoblanadi. Davlat va fuqarolik jamiyatining o‘zaro munosabatini tushuntirish uchun ularning mazmunini,
faoliyatini amalga oshirishning vositalari va asoslarini aniqlab olish maqsadga muvofiqdir. Davlatning mazmuni ijtimoiy guruh, sinf, xalqlarning umumahamiyatli ehtiyojlarini qondirish sohasi bo‘lsa, fuqarolik jamiyati individning kundalik ehtiyojlarini qondirish sohasidir.Davlat faoliyatini amalga oshirishning vositalari konstitutsiya, hokimiyat, huquqiy majburlov bo‘lsa, fuqarolik jamiyati vositalarini ma’naviyat asosida shakllanadigan ishonch, e’tiqod, iymon, axloqiy me’yorlar, an’ana va urf-odatlar tashkil qiladi. Shuning uchun fuqarolik jamiyati shakllanishi jarayonida ijtimoiy axloqning mavqei ortib borishi lozim. Qadimgi Xitoy mutafakkiri Konfutsiy insoniy jamiyatda odamlar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga soladigan tushunchalar, ya’ni huquq va axloq to‘g‘risida gapirib, jamiyatdagi barqarorlikni ta’minlashda axloqning roli yuqori ekanligini quyidagicha ko‘rsatgan edi: “ Agar jamiyat qonunlar yordamida boshqarilsa va tartibot jazolashlar vositasida amalga oshirilsa, odamlar jazolashlardan o‘zlarini olib qochishga intiladilar, lekin ular o‘zlarida or-nomusni his qilmay qo‘yadilar; agar jamiyat axloq vositasida boshqarilsa, tartibot axloqiy qadriyatlar bilan ta’minlansa, odamlar or-nomusni his qiladilar, halol va sofdil bo‘ladilar ” 3 . Konfutsiyning maqsadi odamlar uchun ideal farovon jamiyat yaratish bo‘lganligini hisobga olsak va shunday jamiyatni biz fuqarolik jamiyati deb bilsak, demak, fuqarolik jamiyatini qurish jarayonida ijtimoiy axloqning ahamiyati ortib, ma’naviyat yuksalib borishi kerakligini tushunish qiyin emas. Davlat asosini siyosiy institutlar, qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati, yo‘lboshchilar, elita tashkil qilsa, fuqarolik jamiyatining asosini daxlsiz huquqlarga ega bo‘lgan va shu huquqlarni amalga oshirishga yordam beradigan nosiyosiy tashkilotlari bo‘lgan erkin individ tashkil etadi. Bu esa fuqarolar siyosiy -huquqiy madaniyatining yuqori bo‘lishini taqozo qiladi. Davlatga ham, fuqarolik jamiyatiga ham daxldor bo‘lgan kuchlar-bu siyosiy partiyalar, harakatlar, fuqarolarning manfaatini ifodalaydigan guruhlardir. Alohida shaxslarning bir-biriga nisbatan munosabatda mutlaqo erkin bo‘lgan 3 8. История политических и правовых учений. Древний мир. М.: Наука, 1985. с.170.