logo

Konstitutsiyaviy davlat

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

39.494140625 KB
Konstitutsiyaviy davlat
Reja:
 1.  О `zbekiston Respublikasida sha x sning huquqiy holati va 
tushunchasi.
 2. Fuqarolik tushunchasi va  О `zbekiston Respublikasida fuqarolik.
 3.  О `zbekiston Respublikasida inson va fuqarolarning     
     Konstitutsiyaviy    huquqlari, erkinliklari va burchlari, tizimi.
 4 .   О `zbekistonda inson huquqlari va erkinliklarining Konstitutsiyaviy 
     kafolatlari. О `zbekiston   Respublikasida   sha x sning   huquqiy   holati   va   tushunchasi.
Inson   huquqlari   negizida   inson   shaxsi   qadriyati   turadi.   Odatda,   inson
huquqlarining   uch   b о `g`ini   bir-biridan   farqlanadi:   fuqarolik   va   siyosiy   huquqlari;
yashash huquqi, qiynoqqa solishning ta`qiqlanishi, adolatli sudlov huquqi, shaxsiy
hayotning   dahlsizligi   huquqi,   fikr   va   s о `z   erkinligi   huquqi,   uyushmalarga
birlashish huquqi va boshqalar; iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar; bilim olish huquqi,
mehnat   qilish   huquqi,   ijtimoiy   ta`minot   olish   huquqi,   malakali   tibbiy   hizmatdan
foydalanish   va   uchinchi   b о `g`in   huquqi,   deb   ataluvchilar   (tinchlikka   b о `lgan
huquq, rivojlanishga b о `lgan huquq va h.k.).
Mazkur   qoida   О `zbekiston   qonun   hujjatlarining   butun   bir   tizimida
mustahkamlab q о `yilgan. Unga k о `ra; fuqarolarning faqat ayrim qatlamlari nafaqa
oluvchilar,   nogironlar,   talabalar,   bolalar,   urush   va   mehnat   fahriylariga   qonunga
binoan biror bir imtiyozlar berilishi mumkin. 
Huquqiy   davlat   barpo   etish   k о `p   jihatdan   fuqarolarning   siyosiy   tafakkuri
hamda   madaniyat   darajasiga   bog`liq.   Agar   insonlar   qonunlarni   bilsalar   va   unga
rioya qilsalar, yuksak e`tiqodli b о `lsalar, ular jamiyat a`zolarining huquq, erkinlik
va majburiyatlarini hurmat qilib, ular manfaatlariga, huquq va erkinliklariga putur
y etkazmaydilar,   chunki   jamiyatda   barcha   fuqarolar   bir-biri   bilan   о `zaro   aloqada
b о `ladilar.   Fuqaro   agar   faqat   о `zining   shaxsiy   manfaatlarini   ta`minlash   uchun
harakat   qilsa   yoki   burchlarini   unutib,   shu   bilan   boshqalar   manfaatiga   ziyon
y etkazsa,   uning   oqibati   qonunsizlikka   olib   keladi.   Aynan   shuning   uchun   barcha
fuqarolar   bir-biriga   hurmat   bilan   munosabatda   b о `lsalar   jamiyatda   barqarorlik,
tinchlik va yuksalish b о `ladi.
Insonning   jamiyatdagi   holati   haqida   gap   borganda,   uning   boyliklarini   ishlab
chiqarish   hamda   taqsimlashda,   jamiyat   va   davlat   ishlarini   boshqarishda   qanday
о `rin tutishi, uning hulq-atvori, hatti-harakatlari, qilmishlari, boshqa odamlar bilan
о `zaro munosabatlari nazarda tutiladi. Insonning jamiyatdagi holati tegishli norma
va qoidalar bilan belgilanadi. Sinfsiz jamiyatda odamlarning ahvoli, ularning hulq-
atvori va bir-biri bilan munosabatlari an`analar, urf-odatlar, ahloqiy normalar bilan belgilangan,   ularga   rioya   etish   esa   jamoatchilik   fikri,   oqsoqollar   yoki   ota-
onalarning obr о `-e`tibori bilan ta`minlab turilgan.
Shaxs   huquqiy   holatining     muhim   jihatlaridan   biri     -   shu   huquqiy   holatni
vujudga keltiradigan qoidalardir. Bu jamoatchilik manfaatlarini shaxsiy manfaatlar
bilan   birga   q о `shishdan   hamda   huquq   va   burchlarning     shunga   asoslangan
birligidan   ,   huquq   va   burchlarning     umumiyligidan,   insonparvarlikdan   iborat.
Fuqarolar   huquqiy   holatining   birligi   haqida     gapirganda     shuni   nazarda   tutish
kerakki,   aholining   ayrim     guruhlari   uchun     ba`zi   husussiyatlar     fuqarolarning
huquqlari va burchlarda , ularning kafolatlarida  hamda ana shularning  hammasini
r о `yobga   chiqarish     tizimida     namoyon   b о `ladi.   Masalan,     hotin-   qizlar,   yoshlar
nafaqah о `rlar   ,   h о `jalik   ishlarida     va     madaniyatning   ayrim   tarmoqlarida     band
b о `lgan shaxslar    muayan imtiyozlar va   afzalliklardan   foydalanadilar. Kishining
yoshi va sog`ligi  uning  о `ziga  berilgan  huquqlardan  amalda foydalanishi  va uz
burchlarini  bajarishda  muhim ahamiyatga ega.
Fuqarolik   tushunchasi   va   О `zbekiston   Respublikasida   fuqarolik .
Fuqarolik-   deganda   shaxsning   ma`lum   bir   davlat   bilan   uzviy   siyosiy-huquqiy
munosabati   tushuntirilib,   bunda   shaxsning   (ma`lum)   huquq   va   erkinliklari   davlat
tomonidan q о `riqlanadi, shuning uchun  о `z navbatida shaxs ham jamiyat va davlat
manfaatlaridan kelib chiqib, ma`lum majburiyatlarning bajarilishini  о `z zimmasiga
oladi.
Mazkur   munosabat   insonning   tug`ilganida   yuzaga   kelib,   uning   umri
davomida   saqlanib   turadi.   Ushbu   bog`liqlik   insonning   tug`ilgan   va   yashayotgan
hududi bilan cheklanmay, berilgan davlat hududining tashqarisida ham  о `z kuchini
y о `qotmaydi.   fuqarolarning   asosiy   huquq,   erkinliklari   va   majburiyatlari   davlat
tomonidan   aniq   ifodalab   beriladi.   Turli   mamlakatlar   fuqarolarining   huquq   va
burchlari   bir   hil   emas.   Ular   mamlakatning   siyosiy,   ijtimoiy   iqtisodiy   va   madaniy
darajasining ahvoliga bog`liq b о `ladi.
Fuqarolik   muayyan   davlat   bilan   shaxs   о `rtasidagi   uzviy   siyosiy,   huquqiy
munosabat   ekanligini   ifodalaydi.   Ushbu   munosabat   shaxsga   ham,   davlatga   ham ma`lum   mas`uliyat   yuklaydi.   Har   ikki   tomon   о `zaro   hurmat   asosida   о `z
oldilaridagi vazifalarni bajarishlari lozim.
Shaxs   va   davlat   munosabatlaridagi   mavjud   holat   orqali   davlat   hokimiyati
faoliyatiga   va   jamiyat   a`zolarining   siyosiy,   huquqiy,   madaniy   darajasiga   baho
berish mumkin.
Fuqarolik   ma`lum   shaxsning   huquqiy   holatini   belgilash   mezoni   hisoblanadi.
Fuqarolik asosida davlat va shaxs munosabatlari huquqiy tartibga solinadi
Prezident  Islom  Karimov   О `zbekiston Respublikasi  Konstitutsiyasining  bir  yilligi
munosabati   bilan   qilgan   ma`ruzasida   shunday   degan   edi:   "Shaxs   О `zbekiston
Respublikasi   fuqaroligini   qabul   qilar   ekan,   bu   bilan   u   Konstitutsiyamiz   va
Qonunlarimizda   mustahkamlab   q о `yilgan   huquq   va   erkinliklarga   ega   b о `ladi.
Shuningdek, u ma`lum burchlarni ham bajarishga majburdir. Tabiiyki,  О `zbekiston
davlati ham fuqarolarning manfaatlari va erkinliklarida himoya qilish majburiyatini
о `z zimmasiga oladi."
Konstitutsiya   О `zbekiston   Respublikasining   butun   hududida   yagona
fuqarolikni   joriy   etgan.   Respublikamizning   barcha   fuqarolari   о `zaro
munosabatlarida teng huquqlilik tamoyiliga asoslanadilar.
1. О `zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqish oqibatida;
2. О `zbekiston Respublikasi fuqaroligini y о `qotish oqibatida;
3. О `zbekiston   Respublikasining   xalqaro   shartnomalarida   nazarda   tutilgan
asoslarga binoan;
4. О `zbekiston   Respublikasi   fuqaroligining   t о `htatilishi   Qoraqalpog`iston
Respublikasi fuqaroligining t о `htatilishiga sabab b о `lsa;
5.Ushbu Qonunda k о `zda tutilgan boshqa asoslarga binoan.
            Fuqarolik   t о `g`risidagi   qonunda   О `zbekiston   Respublikasi   fuqaroligini
y о `qotish   asoslari   ham   belgilab   q о `yilgan.   О `zbekiston   fuqaroligini   y о `qotishga
quyidagi   holatlar   sabab   b о `ladi:shaxs   chet   davlatga   harbiy   hizmatga,   havfsizlik
hizmati   va   boshqaruvning   boshqa   idoralarigaishga   kirganligi   aniqlansa;   agar   chet
elda   doimiy   yashovchi   shaxs   besh   yil   davomida   uzurli   sabablarsiz   konsullik
hisobida   turmagan   b о `lsa;   agar   О `zbekiston   Respublikasi   fuqaroligi   yolg`on ma`lumotlar   yoki   sohta     hujjatlarni   taqdim   etish   natijasida   olingan
b о `lsa,sabablarga   binoan,   О `zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   Farmoniga   asosan
О `zbekiston   Respublikasi   fuqaroligi   y о `qotiladi.   Fuqarolik   t о `g`risidagi   qonunda
ota-onalarining fuqaroligi  о `zgarganda bolalarining fuqaroligi masalalari ham keng
yoritilgan.
Xalqaro shartnomalar asosida fuqarolik qabul qilish va  о `zgartirish. K о `pincha
bunday   holatlar   tinchlik   haqidagi   shartnomalar,   hududiy   masalalar   b о `yicha
davlatlar   о `rtasidagi   kelishuvlar   vaqtida   q о `llaniladi   va   bir   necha   davlatlarning
birlashishi  bilan borliq holda yangi davlat tarkib topishi yoki bir davlat b о `linishi
natijasida bir necha davlatlar tuzilishida, bir qism hududning bir davlatdan boshqa
davlat tasarrufiga   о `tishi  (cessiya), shuningdek q о `shni davlatlar   о `rtasida alohida
hududlarning almashuvi natijasida amalga oshiriladi.
Hududiy   о `zgarishlar   vaqtida   k о `ngilli   ravishda   fuqarolik   tanlash   (optaciya),
о `zgartirish   (k о `chirish   vaqtida),   avtomatik   tarzda   fuqarolik   о `zgarishi   (transfert)
b о `lishi   mumkin.   Transfert   vaqtida   bir   davlatdan   boshqa   davlatga   о `tayotgan
hudud aholisi hohishidan qat`i nazar amalga oshiriladi.
О `zbekiston   Respublikasi   Konstitutsiyasi   dunyodagi   boshqa   davlatlarning
Konstitutsiyalari   qatori   inson   va   fuqarolarning   asosiy   huquqlari   va   burchlari
t о `g`risidagi muhim qoidalarni mustahkamlaydi.
Konstitutsiyaviy   huquq,   erkinlik   va   burchlarning   yuridik   hususiyatlari
qatoriga,   Konstitutsiyada   mustahkamlangan   har   qanday   qoida   singari,   ular   oliy
yuridik   kuchga   va   о `zgartirishning   mahsus   tartibiga   ega   ekanligini,   shuningdek
uning asosida ishlab chiqiladigan boshqa qonunchilik uchun asosiy  y о `nalishlarni
belgilashini ta ` kidlash joiz.
Inson   huquq   va   erkinliklari   har   bir   shaxsga   taalluqli   b о `lib,   fuqarolarning
huquq   va   erkinliklari   esa   faqat   о `sha   davlat   fuqaroligiga   ega   b о `lgan
shaxslargagina tegishlidir.
1) shaxsiy yoki inson huquqlari,  ya`ni yashash huquqi, shaxsiy dahlsizlik va turar-
joy dahlsizligi kabi huquq, erkinlik va burchlar; 2)   davlat   va   jamiyatni   boshqarishda   ishtirok   etish,ovoz   berish,     vatanni   himoya
qilish bilan bog`liq qator siyosiy huquq, erkinlik va burchlar;
3)     mehnat   qilish   huquqi,   mehnat   erkinligi,   mulk   huquqi,   soliq   t о `lash   burchi,
ta`lim   olish   huquqi,ijod   erkinligi   va   shu   kabilar   iqtisodiy,   ijtimoiy   va   madaniy
huquq erkinlik va burchlar guruhini tashkil etadi.
Aynan   huddi   shunday   turkumlash   asosida   milliy   qonunchilik   tomonidan
О `zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida huquq, erkinlik va burchlarning tizimi
mustahkamlab q о `yilgan.
О `zbekiston   Respublikasida   inson   va   fuqarolarning   Konstitutsiyaviy
huquqlari, erkinliklari  va burchlari, tizimi .   Fuqarolarning – jamiyat va davlat
oldidagi   vazifalari,   Konstitutsiyada   yozilgan   burchlari   Konstitutsiyaviy   burchlar
deb ataladi. Burch shaxsning   jamiyatga b о `lgan   munosobatida namoyon b о `ladi.
Burch   –   har   bir   shaxsning     о `z   vazifalarini     t о `liq   bajarishi,   boshqalarga     t о `g`ri
munosabatlarda   b о `lishidir, yoki   boshqacha qilib aytganda   burch – ado etilishi,
bajarilishi     majburiy     b о `lgan   vazifasidir.   Burchlarni   bajarish     о `z   –   о `zidan
qonuniylikni   mustahkamlashda   asosiy   omil   b о `lib   hizmat   qiladi.   Jumladan
Konstitutsiyamizning  47 – moddasida “ Barcha fuqarolar Konstitutsiyada belgilab
quyilgan  burchlarni bajaradilar” deb quyilgan.  
Fuqarolarning   davlat   va   jamiyat   ishlarini   boshqarishda   ishtirok   etish   huquqi
huquqiy-demokratik   davlatning   muhim   belgilaridan   biri   b о `lib   hisoblanadi.   Shu
sababli   О `zbekiston   Konstitutsiyasida   fuqarolarning   bunday   siyosiy   ahamiyatga
molik huquqi alohida mustahkamlangan.
  О `zbekiston   Respublikasining   fuqarolari   jamiyat   va   davlat   ishlarini
boshqarishda     bevosita   hamda   о `z   vakillari   orqali     ishtirok   etish   huquqiga
egadirlar (Konstitutsiyaning 32- moddasi) .
Konstitutsiyaga   binoan   О`zbekiston   Respublikasi   fuqarolari   vakillik
organlariga   saylash   va   saylanish   huquqiga   egadirlar.   Teng   huquqlilik   qonun
tomonidan   kafolatlangan.   О`zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   lavozimiga   hamda
davlat   hokimiyatining  vakillik  organlariga  saylovlar  umumiy,  teng,  yashirin  ovoz berish va bevosita saylov huquqi asosida erkin amalga oshiriladi. 18 yoshga etgan
О`zbekiston Respublikasi fuqarolari saylash huquqiga egadirlar.
О`zbekiston  Respublikasi  fuqarolari passiv  saylov huquqiga ham  ega bо`lib,
bu vakillik organlariga saylanish huquqidir. Saylov kuniga qadar 25 yoshga etgan
har   bir   fuqaro   Oliy   vakillik   organi   —   Oliy   Majlisga   deputat   etib   saylanishi
mumkin.
Davlat   fuqarolarning   huquq   va   qonuniy   manfaatlarini   ta`minlaydi   va   ularga
jamiyat   hayotida   ishtirok   etishlari   uchun   teng   sharoitlar   yaratib   beradi.   Davlat
qonun   orqali   siyosiy   partiyalar   va   jamoat   birlashmalarining   faoliyati,   ularni
moliyalashtirish,   rо`yhatdan   о`tkazish,   boshqa   davlat   organlari   bilan   bо`ladigan
munosabatlarini   tartibga   soladi.   Jamoat   birlashmalari   о `z   ichki   tuzilishi   va
faoliyatini shakllantirish masalalarini mustaqil hal qiladilar.
О `zbekiston   Respublikasi   Konstitutsiyasi   fuqarolarga   siyosiy   partiyalar   va
jamoat   birlashmalariga   birlashish   huquqini   Konstitutsiya   va   qonunlarga   zid
kelmagan holatlarda amalga oshirishlari mumkinligini belgilaydi.
Fuqarolarning ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqi siyosiy
ahamiyatga   ega   b о `lib,   ular   shu   y о `l   bilan   ham   davlat   va   jamiyat   ishlarini
boshqarishda   faol   ishtirok   etadilar.   Shu   bois   О `zbekiston   Konstitutsiyasi   bu
huquqni mahsus kafolatlaydi.
Fuqarolar   vakolatli   davlat   organlariga,   ariza,   taklif   va   shikoyat   bilan
murojaat   etishi   —   bu   ularning   davlat   va   jamiyat   boshqaruvida   qatnashishining
amaliy   shaklidir.   Bu   huquqning   mohiyati   shundaki,   fuqarolar   vakolatli   davlat
organlariga,   ariza,   taklif   va   shikoyat   bilan   murojaat   qilganlarida,   ushbu
organlarning rahbarlari fuqarolarning taklif va arizalarini albatta kо`rib chiqishlari
shart.
Ariza,   taklif,  shikoyatlarda   tashkilot,  muassasalar  faoliyatini   yahshilash  bilan
bir   qatorda,   ularning   faoliyatidagi   kamchiliklarni   kо`rsatuvchi   va   davlat   hayotiga
oid   ijtimoiy-siyosiy,   ijtimoiy-madaniy   harakterdagi   kamchiliklarni   bartaraf   etish
yо`llari   ham   taklif   etilishi   mumkin.   Bu   fuqarolarning   jamiyat   ishlarini
boshqarishda   qatnashishining   eng   samarali   usulidir.   Ariza,   taklif   va   shikoyatlar yozma shaklda hamda xalq deputatlari va mansabdor shaxslarning qabulida yuzaki
ham   bо`lishi   mumkin.   Shuningdek   ariza,   taklif   va   shikoyat   gazeta,   radio,
televidenie orqali murojaat etish bilan ham ifodalanishi mumkin.
Bu   huquq   birinchi   о `rinda   boshqaruv   madaniyati   darajasi,   vakolatli   davlat
organlaridagi hodimlarning ongi va mas`uliyatiga bog`liq.
Fuqarolarning   ariza,   taklif   va   shikoyatlari   faktlarni   yashirishni   k о `zlamasligi
hamda   yolg`on   ahborotlardan   iborat   b о `lmasligi   kerak.   Aks   holda   bunday
harakatlar   uchun   О `zbekiston   Respublikasi   qonunchiligida   mahsus   javobgarliklar
k о `zda tutilgan.
Mulk huquqi har kimning  о `ziga tegishli mol-mulkka  о `z hohishiga k о `ra,  о `z
manfaatini k о `zlab egalik qilishi, foydalanishi va tasarruf etishini anglatadi.
Konstitutsiyada   hotin-qielar   va   erkaklar   teng   huquqliligining   alohida   ravishda
mustahkamlanishi   huquq   va   erkinliklarning   Konstitutsiyaviy   kafolatlaridandir.
Konstitutsiyaning     46-modda.   Hotin-qizlar   va   erkaklar   teng     huquqlidirlar.
Demak,   О `zbekiston   fuqarolari   jinsidan   qat`i   nazar   ijtimoiy   va   siyosiy
hayotda teng ishtirok etish huquqiga egadirlar.
          О `zbekistonda   inson   huquqlari   va   erkinliklarining   Konstitutsiyaviy
kafolatlari .   Fuqaroning   jamiyat   va   davlatdagi     holatini   belgilovchi   huquqlar   ,
erkinliklar     va   burchlar   majmui     shunday     bir   tizimni     vujudga   keltiradiki,     bu
tizimga     birlik   hamda     ichki     uyg`unlik     hosdir.   О `zbekiston   Respublikasi
Konstitutsiyasi   nafaqat   fuqarolarning   asosiy   huquqlari   va   erkinliklarini,   balki
ularning burchlarini ham belgilaydi. Bular Konstitutsiyaning 47—52-moddalarida
о `z ifodasini topgan.
  Barcha   fuqarolar   Konstitutsiyada   belgilab   q о `yilgan   burchlarini   bajaradilar.
(Konstitutsiyaning47-moddasi).
О `zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   I.A.Karimov   ta`kidlaganidek   "Insonning   о `z
huquq   va   burchlarini   bilishi   insonning   Konstitutsiyaviy   huquqlarining
ta`minlanishini   kafolatlaydi.   Biz   odamlardagi   eski   tuzum   psihologiyasini
о `zgartirishimiz va yangi huquqiy ongni shakllantirishimiz lozim, inson anglasinki,
erkinlik   -   bu   burch   mas`uliyatidir".   Konstitutsiyaga   binoan   О `zbekiston Respublikasi  fuqarosi va davlat bir-biriga nisbatan b о `lgan huquqlari va burchlari
bilan   о `zaro   bog`liqdir.   Har   bir   fuqaro   qonun   oldida   tengdir   va   boshqa
fuqarolarning millati, tili, dini va e`tiqodini hurmat qilishi shart. Fuqaro  о `z huquq
va   erkinliklaridan   foydalanganida,   uning   harakatlari   boshqa   shaxs,   davlat   va
jamiyat manfaatlariga ziyon  y etkazmasligi lozim. Shu bois shaxs qonun doirasidan
chiqmagan   holda   о `z   huquq   va   erkinliklaridan   foydalanishi   lozim.   Agarda   shaxs
qonundan tashqari hatti-harakat sodir etsa, u holda qonun tomonidan jazolanadi.
Boshqa fuqarolarn i ng huquqlarini hurmat qilish, avvalo, fuqaro  о `ziga tegishli
burchlarini bajarish orqali kirishadigan huquqiy munosabatlarda: fuqarolik, uy-joy,
oila-nikoh   va   boshqa   munosabatlarda   namoyon   b о `ladi.   Fuqarolarning
Konstitutsiyaviy burchlarni bajarmasligi   О `zbekiston Respublikasi  Konstitutsiyasi
va   jinoiy-huquqiy,   fuqaroviy,   ma`muriy-huquqiy   javobgarlikni   keltirib   chiqarishi
mumkin.
О `zbekiston   xalqining   tari x iy,   madaniy   va   ma`naviy   boyliklarini,   madaniy
yodgorliklarni ehtiyot qilish va saqlash har bir fuqaroning burchidir.
Fuqarolar   О `zbekiston   xalqining   tarihiy,   ma`naviy   va   madaniy   merosini
avaylab   asrashga   majburdirlar   Konstitutsiyasining   49-moddasi.1992   yil   3   iyulda
qabul   qilingan   "Mudofaa   t о `g`risidagi"gi   qonunning   ahamiyati   kattadir.   Ushbu
qonunning 11-moddasida belgilanganidek, " О `zbekiston Respublikasining hududiy
yahlitligini,   mustaqilligini   himoya   qilish   respublika   fuqarolarining
Konstitutsiyaviy   burchi   hisoblanadi.   Boshqa   davlatlarning   О `zbekistonda   doimiy
yashab   turgan   yoki   vaqtincha   turgan   fuqarolari   va   fuqaroligi   b о `lmagan   shaxslar
О `zbekiston Respublikasida harbiy hizmatga tayyorgarlik k о `rishga majbur emas.
Fuqarolarning   harbiy   va   muqobil   hizmatini   о `tashlarida   О `zbekiston
Respubliksining   1992   yil   3   iyulda   qabul   qilingan   "Muqobil   hizmat   t о `g`risida"gi
va "Umumiy harbiy majburiyat va harbiy hizmat t о `g`risida"gi qonunlari huquqiy
asos b о `lib hizmat qiladi. Adabiyotlar:
1. О `zbekiston milliy istiqlol, iktisod, siyosat,mafkura. Toshkent.,1996y
2. Karimov I.A. Bizdan ozod  va obod Vatan kolsin. Toshkent.,1996y
3. Karimov I.A. Bunyodkorlik  y o` lidan. Toshkent.,1996y
4. Karimov I.A. Konstitutsiya haqida. Toshkent.,2001y
5. Rahmonqulov H. Fukarolik:  erkinliklar, huquqlar, 
burchlar.Toshkent.,1993y
6. О `zbekistonning Yangi  Qonunlari.Toshkent., 2000y
7. О `zbekiston Respublikasining fukarolik Kodeksi .Toshkent.,1996y
8. О `zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaga sharhlar.Toshkent.,2001y
9. О `zbekiston Respublikasi  Konstitutsiyasini  о `rganish.Toshkent.,2001y
10. О `zbekiston    Respublikasi  Konstitutsiyaviy  huquqi.Toshkent.,2002y
11. О `zbekistonda parlament taraqqiyotining yangi bosqichi.Toshkent.,2004y
12. О `zbekistonning    yangi qonunlari. Toshkent., 2005y

Konstitutsiyaviy davlat Reja: 1. О `zbekiston Respublikasida sha x sning huquqiy holati va tushunchasi. 2. Fuqarolik tushunchasi va О `zbekiston Respublikasida fuqarolik. 3. О `zbekiston Respublikasida inson va fuqarolarning Konstitutsiyaviy huquqlari, erkinliklari va burchlari, tizimi. 4 . О `zbekistonda inson huquqlari va erkinliklarining Konstitutsiyaviy kafolatlari.

О `zbekiston Respublikasida sha x sning huquqiy holati va tushunchasi. Inson huquqlari negizida inson shaxsi qadriyati turadi. Odatda, inson huquqlarining uch b о `g`ini bir-biridan farqlanadi: fuqarolik va siyosiy huquqlari; yashash huquqi, qiynoqqa solishning ta`qiqlanishi, adolatli sudlov huquqi, shaxsiy hayotning dahlsizligi huquqi, fikr va s о `z erkinligi huquqi, uyushmalarga birlashish huquqi va boshqalar; iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar; bilim olish huquqi, mehnat qilish huquqi, ijtimoiy ta`minot olish huquqi, malakali tibbiy hizmatdan foydalanish va uchinchi b о `g`in huquqi, deb ataluvchilar (tinchlikka b о `lgan huquq, rivojlanishga b о `lgan huquq va h.k.). Mazkur qoida О `zbekiston qonun hujjatlarining butun bir tizimida mustahkamlab q о `yilgan. Unga k о `ra; fuqarolarning faqat ayrim qatlamlari nafaqa oluvchilar, nogironlar, talabalar, bolalar, urush va mehnat fahriylariga qonunga binoan biror bir imtiyozlar berilishi mumkin. Huquqiy davlat barpo etish k о `p jihatdan fuqarolarning siyosiy tafakkuri hamda madaniyat darajasiga bog`liq. Agar insonlar qonunlarni bilsalar va unga rioya qilsalar, yuksak e`tiqodli b о `lsalar, ular jamiyat a`zolarining huquq, erkinlik va majburiyatlarini hurmat qilib, ular manfaatlariga, huquq va erkinliklariga putur y etkazmaydilar, chunki jamiyatda barcha fuqarolar bir-biri bilan о `zaro aloqada b о `ladilar. Fuqaro agar faqat о `zining shaxsiy manfaatlarini ta`minlash uchun harakat qilsa yoki burchlarini unutib, shu bilan boshqalar manfaatiga ziyon y etkazsa, uning oqibati qonunsizlikka olib keladi. Aynan shuning uchun barcha fuqarolar bir-biriga hurmat bilan munosabatda b о `lsalar jamiyatda barqarorlik, tinchlik va yuksalish b о `ladi. Insonning jamiyatdagi holati haqida gap borganda, uning boyliklarini ishlab chiqarish hamda taqsimlashda, jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda qanday о `rin tutishi, uning hulq-atvori, hatti-harakatlari, qilmishlari, boshqa odamlar bilan о `zaro munosabatlari nazarda tutiladi. Insonning jamiyatdagi holati tegishli norma va qoidalar bilan belgilanadi. Sinfsiz jamiyatda odamlarning ahvoli, ularning hulq- atvori va bir-biri bilan munosabatlari an`analar, urf-odatlar, ahloqiy normalar bilan

belgilangan, ularga rioya etish esa jamoatchilik fikri, oqsoqollar yoki ota- onalarning obr о `-e`tibori bilan ta`minlab turilgan. Shaxs huquqiy holatining muhim jihatlaridan biri - shu huquqiy holatni vujudga keltiradigan qoidalardir. Bu jamoatchilik manfaatlarini shaxsiy manfaatlar bilan birga q о `shishdan hamda huquq va burchlarning shunga asoslangan birligidan , huquq va burchlarning umumiyligidan, insonparvarlikdan iborat. Fuqarolar huquqiy holatining birligi haqida gapirganda shuni nazarda tutish kerakki, aholining ayrim guruhlari uchun ba`zi husussiyatlar fuqarolarning huquqlari va burchlarda , ularning kafolatlarida hamda ana shularning hammasini r о `yobga chiqarish tizimida namoyon b о `ladi. Masalan, hotin- qizlar, yoshlar nafaqah о `rlar , h о `jalik ishlarida va madaniyatning ayrim tarmoqlarida band b о `lgan shaxslar muayan imtiyozlar va afzalliklardan foydalanadilar. Kishining yoshi va sog`ligi uning о `ziga berilgan huquqlardan amalda foydalanishi va uz burchlarini bajarishda muhim ahamiyatga ega. Fuqarolik tushunchasi va О `zbekiston Respublikasida fuqarolik . Fuqarolik- deganda shaxsning ma`lum bir davlat bilan uzviy siyosiy-huquqiy munosabati tushuntirilib, bunda shaxsning (ma`lum) huquq va erkinliklari davlat tomonidan q о `riqlanadi, shuning uchun о `z navbatida shaxs ham jamiyat va davlat manfaatlaridan kelib chiqib, ma`lum majburiyatlarning bajarilishini о `z zimmasiga oladi. Mazkur munosabat insonning tug`ilganida yuzaga kelib, uning umri davomida saqlanib turadi. Ushbu bog`liqlik insonning tug`ilgan va yashayotgan hududi bilan cheklanmay, berilgan davlat hududining tashqarisida ham о `z kuchini y о `qotmaydi. fuqarolarning asosiy huquq, erkinliklari va majburiyatlari davlat tomonidan aniq ifodalab beriladi. Turli mamlakatlar fuqarolarining huquq va burchlari bir hil emas. Ular mamlakatning siyosiy, ijtimoiy iqtisodiy va madaniy darajasining ahvoliga bog`liq b о `ladi. Fuqarolik muayyan davlat bilan shaxs о `rtasidagi uzviy siyosiy, huquqiy munosabat ekanligini ifodalaydi. Ushbu munosabat shaxsga ham, davlatga ham

ma`lum mas`uliyat yuklaydi. Har ikki tomon о `zaro hurmat asosida о `z oldilaridagi vazifalarni bajarishlari lozim. Shaxs va davlat munosabatlaridagi mavjud holat orqali davlat hokimiyati faoliyatiga va jamiyat a`zolarining siyosiy, huquqiy, madaniy darajasiga baho berish mumkin. Fuqarolik ma`lum shaxsning huquqiy holatini belgilash mezoni hisoblanadi. Fuqarolik asosida davlat va shaxs munosabatlari huquqiy tartibga solinadi Prezident Islom Karimov О `zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining bir yilligi munosabati bilan qilgan ma`ruzasida shunday degan edi: "Shaxs О `zbekiston Respublikasi fuqaroligini qabul qilar ekan, bu bilan u Konstitutsiyamiz va Qonunlarimizda mustahkamlab q о `yilgan huquq va erkinliklarga ega b о `ladi. Shuningdek, u ma`lum burchlarni ham bajarishga majburdir. Tabiiyki, О `zbekiston davlati ham fuqarolarning manfaatlari va erkinliklarida himoya qilish majburiyatini о `z zimmasiga oladi." Konstitutsiya О `zbekiston Respublikasining butun hududida yagona fuqarolikni joriy etgan. Respublikamizning barcha fuqarolari о `zaro munosabatlarida teng huquqlilik tamoyiliga asoslanadilar. 1. О `zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqish oqibatida; 2. О `zbekiston Respublikasi fuqaroligini y о `qotish oqibatida; 3. О `zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan asoslarga binoan; 4. О `zbekiston Respublikasi fuqaroligining t о `htatilishi Qoraqalpog`iston Respublikasi fuqaroligining t о `htatilishiga sabab b о `lsa; 5.Ushbu Qonunda k о `zda tutilgan boshqa asoslarga binoan. Fuqarolik t о `g`risidagi qonunda О `zbekiston Respublikasi fuqaroligini y о `qotish asoslari ham belgilab q о `yilgan. О `zbekiston fuqaroligini y о `qotishga quyidagi holatlar sabab b о `ladi:shaxs chet davlatga harbiy hizmatga, havfsizlik hizmati va boshqaruvning boshqa idoralarigaishga kirganligi aniqlansa; agar chet elda doimiy yashovchi shaxs besh yil davomida uzurli sabablarsiz konsullik hisobida turmagan b о `lsa; agar О `zbekiston Respublikasi fuqaroligi yolg`on

ma`lumotlar yoki sohta hujjatlarni taqdim etish natijasida olingan b о `lsa,sabablarga binoan, О `zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoniga asosan О `zbekiston Respublikasi fuqaroligi y о `qotiladi. Fuqarolik t о `g`risidagi qonunda ota-onalarining fuqaroligi о `zgarganda bolalarining fuqaroligi masalalari ham keng yoritilgan. Xalqaro shartnomalar asosida fuqarolik qabul qilish va о `zgartirish. K о `pincha bunday holatlar tinchlik haqidagi shartnomalar, hududiy masalalar b о `yicha davlatlar о `rtasidagi kelishuvlar vaqtida q о `llaniladi va bir necha davlatlarning birlashishi bilan borliq holda yangi davlat tarkib topishi yoki bir davlat b о `linishi natijasida bir necha davlatlar tuzilishida, bir qism hududning bir davlatdan boshqa davlat tasarrufiga о `tishi (cessiya), shuningdek q о `shni davlatlar о `rtasida alohida hududlarning almashuvi natijasida amalga oshiriladi. Hududiy о `zgarishlar vaqtida k о `ngilli ravishda fuqarolik tanlash (optaciya), о `zgartirish (k о `chirish vaqtida), avtomatik tarzda fuqarolik о `zgarishi (transfert) b о `lishi mumkin. Transfert vaqtida bir davlatdan boshqa davlatga о `tayotgan hudud aholisi hohishidan qat`i nazar amalga oshiriladi. О `zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi dunyodagi boshqa davlatlarning Konstitutsiyalari qatori inson va fuqarolarning asosiy huquqlari va burchlari t о `g`risidagi muhim qoidalarni mustahkamlaydi. Konstitutsiyaviy huquq, erkinlik va burchlarning yuridik hususiyatlari qatoriga, Konstitutsiyada mustahkamlangan har qanday qoida singari, ular oliy yuridik kuchga va о `zgartirishning mahsus tartibiga ega ekanligini, shuningdek uning asosida ishlab chiqiladigan boshqa qonunchilik uchun asosiy y о `nalishlarni belgilashini ta ` kidlash joiz. Inson huquq va erkinliklari har bir shaxsga taalluqli b о `lib, fuqarolarning huquq va erkinliklari esa faqat о `sha davlat fuqaroligiga ega b о `lgan shaxslargagina tegishlidir. 1) shaxsiy yoki inson huquqlari, ya`ni yashash huquqi, shaxsiy dahlsizlik va turar- joy dahlsizligi kabi huquq, erkinlik va burchlar;