logo

Konstitutsiyaviy huquqining manbalari

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

33.1689453125 KB
Konstitutsiyaviy huquqining manbalari
Reja
1. Konstitutsiya, qonunlar (konstitutsiyaviy, organik, oddiy); 
2. Ijroiya hokimiyatining normativ aktlari; parlament reglamentlari; 
3. Konstitutsiyaviy nazorat organlarining normativ aktlari;; 
4. Sud pretsedenti va xokazolar. 
5. Konstitutsiyaviy-huquqiy odatlar (konstitutsiyaviy bitim). 
6. Halqaro davlatlararo shartnomalar. 
7. Konstitutsiyaviy meoyor va qonunlar izohi tartibida berilgan aktlar. 
8. Doktrinal manbalar. 
9. Diniy manbalar. 
10. Tabiiy huquq  konstitutsiyaviy huquq manbai sifatida.
11. Siyosiy deklarsiyalar. Xorijiy   mamlakatlar   konstitutsiyaviy   (davlat)   huquqi   fanining   manbalari
deganda   kostitutsiyaviy   huquq   obyekti   hisoblangan   ijtimoiy   munosabatlarni
tartibga soluvchi normalar yig‘indisi  tushuniladi.
  Xorijiy mamlakatlar  konstitutsiyaviy (davlat)  huquqi  fanining manbalariga
quyidagilar kiradi.
Xorijiy   mamlakatlar   konstitutsiyalari.   Ushbu   fanning   asosiy   manbasi
xisoblanadi.
Qonunlar   -   konistitutsiyaviy   qonunlar   ya’ni   konstitutsiyaga   qo‘shimcha   va
o‘zgartirishlar   kiritadi.   Oddiy   qonunlar   ya’ni   konstitutsiyaviy   huquq   institutlarini
tartibga soladi. Favqulotda qonunlar ya’ni aloxida xolatlarda ma’lum bir muddatga
qabul qilinadi.
Davlat   ichidagi   ommaviy   huquqiy   shartnomalar.   Masalan   1943   yilda
Livanda   qabul   qilingan   milliy   pakt,   1993   yil   1   yanvarda   Chexoslavakiyaning
Chexiya   bilan   Slovakiyaga   bo‘linish   xaqidagi   kelishuv.   1995   yil   Ukraina   Oliy
Radasi  bilan prezident o‘rtasidagi  konstitutsiyaviy kelishuv. Bu kelishuv 1996 yil
Konstitutsiya   qabul   qilingandan   so‘ng   o‘z   kuchini   yo‘qotgan.   1998   yili   Fransiya
bilan   sobiq   koloniyasi   Yangi   Kalidoniya   o‘rtasidagi   shartnoma.Ushbu   shartnoma
20 yil muddatga to‘zilgan.
Parlament va uning palatalarining   reglamentlari. Bular parlament va uning
organlari faoliyatini tartibga soladi.
Ijro etuvchi  hokimiyat  va davlat  boshliqlarining aktlari. Monarx farmonlari
prezident   dekretlari   xukumat   qarorlari.   Xukumat   qarorlari,   ministrlarning   aktlari,
markaziy saylov komissiyasining qarorlari.
Konstitutsiviy   nazorat   organlarining   aktlari.   Konstitutsiyaviy   sud   yoki
konstitutsiyaviy   kengash   tomonidan   konstitutsiyaga   rasman   sharx   beriladi,
mamlakatda   qabul   qilinayotgan   qonunlarni   konstitutsiyaga   mos   ekanligini
tekshirib boradi.
Sud pretsedentlari (asosan anglo-sakson huquqi mamlakatlarida amal qiladi)
-   yuqori   instansiya   sudlari   tomonidan   qabul   qilingan   qarorlari   quyi   instansiya
sudlarida  xuddi shunday ishlarni qo‘rib chiqishda asos bo‘ladi.  Konstitutsiyaviy odatlar - davlat organlari faoliyatida amal qilib kelayotgan
og‘zaki   ko‘rsatmalar.   Odatlar   asosan   Buyuk   Britanich   va   Yangi   Zellandiya
parlamentlarida ko‘proq qo‘llaniladi. 
Diniy   manbalar   -   ayrim   musulmon   davlatlarida   konstitutsiya   o‘rniga
muqaddas kitob  “Qur’oni Karim” asosida qabul qilinadi.
Huquqiy   doktrina   -   ayrim   mamlakatlarda   sud   organlari     konstitutsiyaviy
nizolarni   hal   qilishda   o‘z   qarorlarini   buyuk   huquqshunoslar   va   konstitutsiyaviy
huquq bo‘yicha fikrlariga tayanishadi.
Halqaro   huquqiy   aktlar   -   Yevropa   Ittifoqining   1992   yilgi   shartnomasi.
Ushbu   shartnomada   Yevropa   Ittifoqiga   kirgan   davlatlarda   yagona   fuqarolik
masalasi qo‘yilgan. 1948 yilgi Inson huquqlari umumJahon deklaratsiyasi.  
Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi  1948 yil 10 dekabr
Muqaddima
-   Insoniyat   oilasinining   barcha   azolariga  xos   qadriyatlarni   va   ularning   teng
va   daxlsiz   huquqlarini   tan   olish   ozodlik,   adolat   va   yalpi   tinchlik   asosi   ekanligini
etiborga olib, va 
-   Inson   huquqlarini   mensimaslik   va   undan   nafratlanish   insoniyat   vijdonini
qiynadigan  vahshiyliklarni   sodir   qilishga   olib   kelganligini,  odamlar   so‘z   erkinligi
va   etiqodlariga   ega   bo‘ladigan   hamda   qo‘rquv   va   muhtojlikdan   holi   bo‘lib
yashaydigan   dunyoni   yaratish   insonlarning   intilishidir   deb   elon   qilinganligini
etiborga olib, va 
- bunda insonning huquqlari qonun hukmronligi bilan qo‘riqlanishi zarurki,
pirovardida   inson,   so‘ngi   chora   sifatida   zulm   va   istibdodga   qarshi   isyon
ko‘tarishga majbur bo‘lishini oldini olishni taminlashni etiborga olib, va
- halqlar o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni rivojlantirishga ko‘maklashish
zarurligini etiborga olib, va
- Birlashgan  Millatlarning halqlari  Nizomida insonning asosiy  huquqlariga,
inson   shaxsining   qadr-qimmatiga,   erkak   va   ayolning   tengligiga   ishonchlarini tasdiqlaganliklari hamda yanada kengroq erkinlikda ijtimoiy taraqqiyot va turmush
sharoitlarini yaxshilashga nko‘maklashishga kelishilganini etiborga olib, va 
-     azo   bo‘lgan   davlatlar   Birlashgan   Millatlar   Tashkiloti   bilan   hamkorlik
qilishda inson huquqlari va barcha erkinliklarini to‘liq hurmat qilish va unga rioya
etish majburiyatlarini olganliklarini etiborga olib,
-   mazkur   huquq   va   erkinliklarning   xususiyatlarini   ko‘pchilik   tomonidan
anglanishi mazkur majburiyatlarning to‘liq bajarilishi uchun katta ahamiyatga ega
ekanligini etiborga olib,
-   Bosh   Assambleya   mazkur   inson   huquqlarining   Umumiy   Deklaratsiyasini
barcha halqlar va barcha davlatlar bajarishga intilishi lozim bo‘lgan vazifa sifatida
elon   qilar   ekan,   toki   har   bir   inson   va   jamiyatning   har   bir   tashkiloti   doimo   ushbu
Deklaratsiyani   nazarda   tutib,   marifat   va   talim   yoli   bilan   bu   huquq   va
erkinliklarning   hurmat   qilinishi,   milliy   va   halqaro   taraqqiyparvar   tadbirlar   orqali
ham   uning   bajarilishi   taminlanishiga,   Tashkilotga   azo   bo‘lgan   davlatlar   halqlari
o‘rtasida   va   ushbu   davlatlarning   yurisdiksiyasidagi   hududlarda   yashayotgan
halqlar o‘rtasida yoppasiga va samarali tan olinishiga intilishlari zarur.
1-modda
Hamma   insonlar   o‘z   qadr-qimmati   hamda   huquq   jihatdan   erkin   va   teng
bo‘lib tug‘iladilar. Ularga aql va vijdon ato qilingan va ular bir-birlariga nisbatan
birodarlik ruhida munosabat qilishlari kerak.
2-modda
Har   bir   inson   irqi,   terisining   rangi,   jinsi,   tili,   dini,   siyosiy   yoxud   boshqa
etiqodlaridan,   milliy   yoki   ijtimoiy   kelib   chiqishi,   mulkiy   yoxud   tabaqaviy   yoki
boshqa sharoitidan qatiy nazar ushbu Deklaratsiyada elon qilingan barcha huquqlar
va erkinliklarga ega bo‘lishi shart.
Bundan   tashqari,   inson   mansub   bo‘lgan   mamlakat   yoki   hududning   siyosiy,
huhuqiy   yoki   halqaro   maqomidan,   o‘z   suverenitetida   ushbu   hudud   mustaqilmi,
vasiymi,   o‘zini   boshqarolmaydimi,   yoxud   boshqacha   tarzda   cheklanganligidan
qatiy nazar, biror-bir farqlanish Mbo‘lmasligi lozim. 3-modda
Har bir inson yashash, erkin bo‘lish va shaxsiy daxlsizlik huquqiga egadir.
4-modda
Hech   kim   qullikda   yoki   erksiz   holatda   saqlanishi   mumkin   emas;   qullik   va
qullar bilan savdo qilishning barcha ko‘rinishlari taqiqlanadi.
5-modda
Hech   kim   azob-uqubajlarga,   shafqatsiz,   g‘ayriinsoniy   yoki   qadr-qimmatini
xo‘rlovchi muomala va jazoga duchor etilmasligi kerak.
6-modda
Har   bir   inson,   qayyerda   bo‘lishidan   qatiy   nazar,   o‘zining   huquqiy   layoqati
tan olinishiga haqlidir.
7-modda
Barcha   odamlar   qonun   oldida   tengdir   va   hech   bir   tafovutsiz   qonunning   bir
xil   himoyasiga   haqlidir.   Barcha   odamlar   ushbu   Deklaratsiyani   bo‘zuvchi   har
qanday   kamsitishdan   va   shunday   Mkamsitilishga   undaydigan   har   qanday
g‘alamislikdan himoya qilinish huquqiga egadir.
8-modda
Har   bir   inson   unga   konstitutsiya   yohud   qonun   bilan   berilgan   asosiy
huquqlari   oyoq   osti   kilingan   hollarda   vakolatli   milliy   sudlar   tomonidan   bu
huquqlarning tiklanishiga haqlidir.
9-modda
Hech kim asossiz qamalishi, ushlanishi yoki quvg‘in qilinishi mumkin emas.
10-modda
Har   bir   inson   o‘z   huquq   va   burchlarini   belgilash   hamda   unga   qo‘yilgan
jinoiy   ayblovning   asosli   ekani   aniqlanishi   uchun   to‘laqonli   tenglik   asosida   uning
ishi   oshkora   va   adolat   talablariga   rioya   qilingan   holda,   mustaqil   va   xolis   sud
tomonidan ko‘rib chiqilish huquqiga ega.
11-modda 1. Jinoyat sodir etganlikda ayblangan har bir inson, unga ochiq sud majlisida
himoya uchun barcha imkoniyatlar taminlangan holda, uning aybi qonuniy tartibda
aniqlanmaguncha aybsiz deb hisoblanishga haqlidir.
2.  Milliy  qonunlar   yoki   halqaro  huquqga   ko‘ra  sodir   etilgan  vaqtda  jinoyat
deb   topilmagan   hatti-harakati   yoki   faoliyatsizligi   uchun   hech   kim   jazoga   hukm
qilinishi   mumkin   emas.   Shuningdek,   jinoyat   sodir   etilgan   vaqtda   qo‘llanishi
mumkin bo‘lgan jazoga nisbatan og‘irroq jazo berilishi mumkin emas.
12-modda
Hech kimning shaxsiy va oilaviy hayotiga o‘zboshimchalik bilan aralashish,
uy-joy   daxlsizligiga,   uning   MMyozishmalaridagi   sirlariga   yoki   uning   nomus   va
shaniga   o‘zboshimchalik   bilan   tajovo‘z   qilinishi   mumkin   emas.   Har   bir   inson
xuddi shunday aralashuv yoki tajovo‘zdan qonuniy himoya qilinish huquqiga ega.
13-modda
1. Har bir inson har bir davlat doirasida erkin yurish va o‘ziga yashash joyi
tanlash huquqiga ega.
2. Har bir inson har qanday mamlakatdan, xususan o‘z mamlakatidan chiqib
ketish va o‘z mamlakatiga qaytib kelish huquqiga ega.
14-modda
1.   Har   bir   inson   taqib   tufayli   boshqa   mamlakatlardan   boshpana   izlash   va
o‘sha boshpanadan Mfoydalanish huquqiga ega.
2.   Bu   huquqdan   haqiqatda   nosiyosiy   jinoyat   sodir   etish   uchun   yoki
Birlashgan   Millatlar   Tashkilotining   maqsad   va   prinsiplariga   zid   xatti-harakat
tufayli taqib paytida foydalanish mumkin emas.
15-modda
1. Har bir inson fuqaro huquqiga ega.
2.   Hech   kim   o‘z   fuqaroligidan   yoki   fuqaroligini   o‘zgartirish   huquqidan
o‘zboshimchalik bilan mahrum Mqilinishi mumkin emas.
16-modda
1. Balog‘at yoshiga yyetgan erkaklar va ayollar irqiy tafovuti, millati yoxud
dini   bo‘yicha   hech   qanday   cheklashlarsiz   nikohdan   o‘tishga   va   oila   qurishga haqlidir.   Ular   nikohdan   o‘tishda,   nikohda   turgan   vaqtlarida   va   uni   bekor   qilish
vaqtida bir xil huquqlardan foydalanadilar.
2.   Nikoh   faqat   nikohdan   o‘tayotgan   har   ikki   tomonning   erkin   va   to‘liq
roziligi asosidagina amalga oshirlishi mumkin.
3.   Oila   jamiyatning   tabiiy   va   asosiy   hujayrasi   sanaladi   hamda   jamiyat   va
davlat tomonidan himoya qilinishga haqlidir.
17-modda
1. Har bir inson yakka holda, shuningdek, boshqalar bilan birgalikda mulkka
egalik qilish huquqiga ega.
2. Hech kim zo‘ravonlik bilan o‘z mulkidan mahrum etilishi mumkin emas.
18-modda
Har bir inson fikr, vijdon va din erkinligi  huquqiga ega; bu huquq o‘z dini
yoki   etiqodini   o‘zgartirish   erkinligini   va   talimotda,   toat-ibodat   qilishda   va   diniy
rasm-rusm hamda marosimlarni ommaviy yoki xususiy tartibda ado etish, o‘z dini
yoki etiqodiga yakka o‘zi, shuningdek, boshqalar bilan birga amal qilish erkinligini
o‘z ichiga oladi.
19-modda
Har   bir   inson   etiqod   erkinligi   va   uni   erkin   ifoda   qilish   huquqiga   ega;   bu
huquq   o‘z   etiqodiga   hech   bir   to‘siqsiz   amal   qilish   huquqini   hamda   axborot   va
fikrlarni   davlat   chegaralaridan   qatiy   nazar,   har   qanday   vosita   bilan,   olish   va
tarqatish erkinligini o‘z ichiga oladi.
20-modda
1. Har bir inson tinch yig‘inlar va namoyishlar o‘tkazish huquqiga ega.
2. Hech kim biror-bir uyushmaga kirishga majbur qqilinishi mumkin emas.
21-modda
1. Har bir inson o‘z mamlakatini boshqarishda bevosita yoki erkin saylangan
vakillar orqali qatnashish huquqiga ega.
2.   Har   bir   inson   o‘z   mamlakatida   bemalol   davlat   xizmatiga   kirish   asosiga
ega. 3. Halq irodasi hukumat hokimiyatining asosi bo‘lishi lozim; bu iroda davriy
va   soxtalashtirilmagan,   yalpi   va   teng   saylov   huquqida,   yashirin   ovoz   berish   yoli
bilan   yoki   ovoz   berish   erkinligini   taminlaydigan   boshqa   teng   qiymatli   shakllar
vositasida o‘tkaziladigan saylovlarda o‘z aksini topishi lozim.
22-modda
Har   bir   inson   jamiyat   azosi   sifatida   ijtimoiy   taminotga   va   o‘zining   qadr-
qimmatini   saqlash,   shaxsning   erkin   rivojlanishi   uchun   zarur   bo‘lgan   iqtisodiy,
ijtimoiy   va   madaniy   sohalardagi   huquqini   milliy   say-harakatlar   hamda   halqaro
hamkorlik   orqali   va   har   bir   davlatning   tuzumi,   shuningdek,   resurslariga   muvofiq
amalga oshirishga haqli.
23-modda
1.   Har   bir   inson   mehnat   qilish,   ishni   erkin   tanlash,   adolatli   va   qulay   ish
sharoitiga ega bo‘lish va Mishsizlikdan himoya qilinish huquqiga ega.
2.   Har   bir   inson   hech   bir   kamsitishsiz   mehnati   uchun   teng   haq   olish
huquqiga ega.
3.   Har   bir   ishlovchi   kishi   o‘zi   va   oilasi   uchun   insonga   munosib   yashashni
taminlaydigan adolatli va Mdaromad olishga, zarur bo‘lganda ijtimoiy taminotning
boshqa vositalari bilan to‘ldiriluvchi daromad olish huquqiga ega.
4.   Har   bir   inson   kasaba   uyushmalari   tuzish   va   o‘z   manfaatlarini   himoya
qilish uchun kasaba uyushmalariga kirish huquqiga ega.
24-modda
Har bir inson dam olish va bo‘sh vaqtga ega bo‘lish, shu jumladan ish kunini
oqilona cheklash huquqi va haq to‘lanadigan mehnat tatili olish huquqiga ega.
25-modda
1.   Har   bir   inson   o‘zining   hamda   oilasining   salomatligi   va   farovonligini
taminlash   uchun   zarur   bo‘lgan   turmush   darajasiga   ega   bo‘lish,   jumladan,   kiyim-
kechak, oziq-ovqat, tibbiy xizmat va zurur ijtimoiy xizmatga ega bo‘lishiga hamda
ishsizlik,   kasallik,   nog‘ironlik,   bevalik,   qarilik   yoki   unga   bog‘liq   bo‘lmagan
sharoitlarga   ko‘ra   tirikchilik   uchun   mablag‘   bo‘lmay   qolgan   boshqa   hollarda
taminlanish huquqiga ega. 2.   Onalik   va   bolalik   alohida   g‘amxo‘rlik   va   yordam   olish   imtiyozinini
beradi.   Barcha   bolalar,   nikohda   yoki   nikohsiz   tug‘ilishidan   qatiy   nazar,   bir   xil
ijtimoiy himoyadan foydalanishi kerak.
26-modda
1. Har bir inson talim olish huquqiga ega. Ta’lim olishda loaqal boshlang‘ich
va umumiy talim tekin bo‘lishi lozim. Boshlang‘ich talim majburiy bo‘lishi kerak.
Texnik   va   hunar   talimi   hammaning   qurbi   yyetadigan  darajada,   oliy  talim   esa   har
kimning qobiliyatiga yarasha hamma uchun yyetarli imkoniyat doirasida bo‘lmog‘i
kerak.
2.   Talim   inson   shaxsini   to‘la   barkamol   qilishga   va   inson   huquqlari   hamda
barcha   erkinliklariga   nisbatan   hurmatni   kuchaytirishga   qaratilmog‘i   lozim.   Talim
barcha halqlar, irqiy va diniy guruhlar o‘rtasida bir-birini tushunish, xayrixohlik va
do‘stlikka   xizmat   qilishi   hamda   Birlashgan   Millatlar   Tashkilotining   tinchlikni
saqlash borasidagi faoliyatiga yordam berishi kerak.
3. Kichik yoshdagi bolalari uchun ota-onalar talim turini tanlashda imtiyozli
huquqqa egadirlar. 
27-modda
1.   Har   bir   inson   jamiyatning   madaniy   hayotida   erkin   ishtirok   etishga,
sanatdan   bahramand   bo‘lishga,   Milmiy   taraqqiyotda   qatnashish   va   uning
samaralaridan foydalanish huquqiga ega.
2. Har bir inson o‘zi mualliflik qilgan ilmiy, adabiy yoxud badiiy asarlarning
natijasidan kelib chiqqan manaviy va moddiy manfaatlarni himoya qilish huquqiga
ega.
28-modda
Har   bir   inson   ushbu   Deklaratsiyada   bayon   etilgan   huhuq   va   erkinliklarni
to‘liq   amalga   oshirilishi   mumkin   Mbo‘lgan   ijtimoiy   va   halqaro   tartib   bo‘lishi
huquqiga egadir.
29-modda 1. Har bir inson jamiyat oldida burchlidir, faqat shu holatdagina uning shaxsi
erkin va to‘liq kamol Mtopishi mumkin.
2.   Har   bir   inson   o‘z   huquqi   va   erkinliklaridan   foydalanishda   o‘zgalarning
huquq   va   erkinliklari   demokratik   jamiyatda   yyetarli   darajada   bo‘lishini   hamda
hurmat  qilinishini taminlash, ahloq, jamoat  tartibi, umum  farovonligining odilona
talablarini   qondirish   maqsadidagina   qonunda   belgilangan   cheklanishlarga   rioya
etishi kerak.
3.   Ushbu   huquq   va   erkinliklarni   amalga   oshirish   Birlashgan   Millatlar
Tashkilotining maqsad va prinsiplariga aslo zid bo‘lmasligi kerak.
30-modda
Ushbu Deklaratsiyadagi hech bir narsa biror-bir davlat, kishilar guruhi yoki
alohida   shaxslarga   mazkur   deklaratsiyada   bayon   etilgan   huquq   va   erkinliklarni
himoya     qilishga   yo‘naltirilgan   faoliyat   bilan   shug‘ullanish   yoki   harakat   qilish
mumkin deb talqin etilmasligi kerak.
     Адабиётлар
1.
2. O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentligiga   nomzod   Islok   Abduganiyevich
Karimovning  tarjimai holi va dasturi (o‘zbek va rus tillari). T. O‘zbekiston,
1999 y
3. Saidov   A.X.   Sultonov   S.A.   O‘zbekiston   Respublikasi   Konstitutsiyasi   va   inson
huquqlari. T. «Adolat», 1998
4. Saidov   A.X.   Sultonov   S.A.   O‘zbekiston   Respublikasi   Konstitutsiyasi   va   inson
huquqlari. T. «Adolat», 1998
5. Islom   Karimov   Konstitutsiya   to‘g‘risida   (O‘zbekiston   Respublikasining
Konstitutsiyasini   o‘rganuvchilarga     yordam)   /tuzuvchilar:   yuridik   fanlar
doktorlari,     professorlar   A.Saidov,   U.Tojixonov.   –T.,   «Akademiya»
noshirlik markazi, 2001. –156 b.
6. Axmedov   D.K.   Xorijiy   mamlakatlar   davlat   (konstitutsiyaviy)   huquqi   kursini
o‘rganish yuzasidan o‘quv-uslubiy  tavsiyanoma. T –1999
7. A.A.Azizxo‘jayev  Davlatchilik va mahnaviyat/ Mashul  muxarrir  O.T.Xusanov/.
–T.: Shark, 1997
8. O‘zbekiston   Respublikasi   Konstitutsiyasini   o‘rganish   kursi:   Magistraturaning
noyuridik   ixtisosliklari   uchun   o‘quv   qo‘llanma.   Jamoa     (Kayumov   R.K.,
Mirxamidov   M.M.   To‘laganov   A.,   Xusanov   O.T.,   Xotamov   U.J.   –T.:
«O‘zbekistan», 2001 y – 239 s.
9. www.ziyonet.uz

Konstitutsiyaviy huquqining manbalari Reja 1. Konstitutsiya, qonunlar (konstitutsiyaviy, organik, oddiy); 2. Ijroiya hokimiyatining normativ aktlari; parlament reglamentlari; 3. Konstitutsiyaviy nazorat organlarining normativ aktlari;; 4. Sud pretsedenti va xokazolar. 5. Konstitutsiyaviy-huquqiy odatlar (konstitutsiyaviy bitim). 6. Halqaro davlatlararo shartnomalar. 7. Konstitutsiyaviy meoyor va qonunlar izohi tartibida berilgan aktlar. 8. Doktrinal manbalar. 9. Diniy manbalar. 10. Tabiiy huquq konstitutsiyaviy huquq manbai sifatida. 11. Siyosiy deklarsiyalar.

Xorijiy mamlakatlar konstitutsiyaviy (davlat) huquqi fanining manbalari deganda kostitutsiyaviy huquq obyekti hisoblangan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi normalar yig‘indisi tushuniladi. Xorijiy mamlakatlar konstitutsiyaviy (davlat) huquqi fanining manbalariga quyidagilar kiradi. Xorijiy mamlakatlar konstitutsiyalari. Ushbu fanning asosiy manbasi xisoblanadi. Qonunlar - konistitutsiyaviy qonunlar ya’ni konstitutsiyaga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritadi. Oddiy qonunlar ya’ni konstitutsiyaviy huquq institutlarini tartibga soladi. Favqulotda qonunlar ya’ni aloxida xolatlarda ma’lum bir muddatga qabul qilinadi. Davlat ichidagi ommaviy huquqiy shartnomalar. Masalan 1943 yilda Livanda qabul qilingan milliy pakt, 1993 yil 1 yanvarda Chexoslavakiyaning Chexiya bilan Slovakiyaga bo‘linish xaqidagi kelishuv. 1995 yil Ukraina Oliy Radasi bilan prezident o‘rtasidagi konstitutsiyaviy kelishuv. Bu kelishuv 1996 yil Konstitutsiya qabul qilingandan so‘ng o‘z kuchini yo‘qotgan. 1998 yili Fransiya bilan sobiq koloniyasi Yangi Kalidoniya o‘rtasidagi shartnoma.Ushbu shartnoma 20 yil muddatga to‘zilgan. Parlament va uning palatalarining reglamentlari. Bular parlament va uning organlari faoliyatini tartibga soladi. Ijro etuvchi hokimiyat va davlat boshliqlarining aktlari. Monarx farmonlari prezident dekretlari xukumat qarorlari. Xukumat qarorlari, ministrlarning aktlari, markaziy saylov komissiyasining qarorlari. Konstitutsiviy nazorat organlarining aktlari. Konstitutsiyaviy sud yoki konstitutsiyaviy kengash tomonidan konstitutsiyaga rasman sharx beriladi, mamlakatda qabul qilinayotgan qonunlarni konstitutsiyaga mos ekanligini tekshirib boradi. Sud pretsedentlari (asosan anglo-sakson huquqi mamlakatlarida amal qiladi) - yuqori instansiya sudlari tomonidan qabul qilingan qarorlari quyi instansiya sudlarida xuddi shunday ishlarni qo‘rib chiqishda asos bo‘ladi.

Konstitutsiyaviy odatlar - davlat organlari faoliyatida amal qilib kelayotgan og‘zaki ko‘rsatmalar. Odatlar asosan Buyuk Britanich va Yangi Zellandiya parlamentlarida ko‘proq qo‘llaniladi. Diniy manbalar - ayrim musulmon davlatlarida konstitutsiya o‘rniga muqaddas kitob “Qur’oni Karim” asosida qabul qilinadi. Huquqiy doktrina - ayrim mamlakatlarda sud organlari konstitutsiyaviy nizolarni hal qilishda o‘z qarorlarini buyuk huquqshunoslar va konstitutsiyaviy huquq bo‘yicha fikrlariga tayanishadi. Halqaro huquqiy aktlar - Yevropa Ittifoqining 1992 yilgi shartnomasi. Ushbu shartnomada Yevropa Ittifoqiga kirgan davlatlarda yagona fuqarolik masalasi qo‘yilgan. 1948 yilgi Inson huquqlari umumJahon deklaratsiyasi. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi 1948 yil 10 dekabr Muqaddima - Insoniyat oilasinining barcha azolariga xos qadriyatlarni va ularning teng va daxlsiz huquqlarini tan olish ozodlik, adolat va yalpi tinchlik asosi ekanligini etiborga olib, va - Inson huquqlarini mensimaslik va undan nafratlanish insoniyat vijdonini qiynadigan vahshiyliklarni sodir qilishga olib kelganligini, odamlar so‘z erkinligi va etiqodlariga ega bo‘ladigan hamda qo‘rquv va muhtojlikdan holi bo‘lib yashaydigan dunyoni yaratish insonlarning intilishidir deb elon qilinganligini etiborga olib, va - bunda insonning huquqlari qonun hukmronligi bilan qo‘riqlanishi zarurki, pirovardida inson, so‘ngi chora sifatida zulm va istibdodga qarshi isyon ko‘tarishga majbur bo‘lishini oldini olishni taminlashni etiborga olib, va - halqlar o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni rivojlantirishga ko‘maklashish zarurligini etiborga olib, va - Birlashgan Millatlarning halqlari Nizomida insonning asosiy huquqlariga, inson shaxsining qadr-qimmatiga, erkak va ayolning tengligiga ishonchlarini

tasdiqlaganliklari hamda yanada kengroq erkinlikda ijtimoiy taraqqiyot va turmush sharoitlarini yaxshilashga nko‘maklashishga kelishilganini etiborga olib, va - azo bo‘lgan davlatlar Birlashgan Millatlar Tashkiloti bilan hamkorlik qilishda inson huquqlari va barcha erkinliklarini to‘liq hurmat qilish va unga rioya etish majburiyatlarini olganliklarini etiborga olib, - mazkur huquq va erkinliklarning xususiyatlarini ko‘pchilik tomonidan anglanishi mazkur majburiyatlarning to‘liq bajarilishi uchun katta ahamiyatga ega ekanligini etiborga olib, - Bosh Assambleya mazkur inson huquqlarining Umumiy Deklaratsiyasini barcha halqlar va barcha davlatlar bajarishga intilishi lozim bo‘lgan vazifa sifatida elon qilar ekan, toki har bir inson va jamiyatning har bir tashkiloti doimo ushbu Deklaratsiyani nazarda tutib, marifat va talim yoli bilan bu huquq va erkinliklarning hurmat qilinishi, milliy va halqaro taraqqiyparvar tadbirlar orqali ham uning bajarilishi taminlanishiga, Tashkilotga azo bo‘lgan davlatlar halqlari o‘rtasida va ushbu davlatlarning yurisdiksiyasidagi hududlarda yashayotgan halqlar o‘rtasida yoppasiga va samarali tan olinishiga intilishlari zarur. 1-modda Hamma insonlar o‘z qadr-qimmati hamda huquq jihatdan erkin va teng bo‘lib tug‘iladilar. Ularga aql va vijdon ato qilingan va ular bir-birlariga nisbatan birodarlik ruhida munosabat qilishlari kerak. 2-modda Har bir inson irqi, terisining rangi, jinsi, tili, dini, siyosiy yoxud boshqa etiqodlaridan, milliy yoki ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy yoxud tabaqaviy yoki boshqa sharoitidan qatiy nazar ushbu Deklaratsiyada elon qilingan barcha huquqlar va erkinliklarga ega bo‘lishi shart. Bundan tashqari, inson mansub bo‘lgan mamlakat yoki hududning siyosiy, huhuqiy yoki halqaro maqomidan, o‘z suverenitetida ushbu hudud mustaqilmi, vasiymi, o‘zini boshqarolmaydimi, yoxud boshqacha tarzda cheklanganligidan qatiy nazar, biror-bir farqlanish Mbo‘lmasligi lozim.

3-modda Har bir inson yashash, erkin bo‘lish va shaxsiy daxlsizlik huquqiga egadir. 4-modda Hech kim qullikda yoki erksiz holatda saqlanishi mumkin emas; qullik va qullar bilan savdo qilishning barcha ko‘rinishlari taqiqlanadi. 5-modda Hech kim azob-uqubajlarga, shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatini xo‘rlovchi muomala va jazoga duchor etilmasligi kerak. 6-modda Har bir inson, qayyerda bo‘lishidan qatiy nazar, o‘zining huquqiy layoqati tan olinishiga haqlidir. 7-modda Barcha odamlar qonun oldida tengdir va hech bir tafovutsiz qonunning bir xil himoyasiga haqlidir. Barcha odamlar ushbu Deklaratsiyani bo‘zuvchi har qanday kamsitishdan va shunday Mkamsitilishga undaydigan har qanday g‘alamislikdan himoya qilinish huquqiga egadir. 8-modda Har bir inson unga konstitutsiya yohud qonun bilan berilgan asosiy huquqlari oyoq osti kilingan hollarda vakolatli milliy sudlar tomonidan bu huquqlarning tiklanishiga haqlidir. 9-modda Hech kim asossiz qamalishi, ushlanishi yoki quvg‘in qilinishi mumkin emas. 10-modda Har bir inson o‘z huquq va burchlarini belgilash hamda unga qo‘yilgan jinoiy ayblovning asosli ekani aniqlanishi uchun to‘laqonli tenglik asosida uning ishi oshkora va adolat talablariga rioya qilingan holda, mustaqil va xolis sud tomonidan ko‘rib chiqilish huquqiga ega. 11-modda