logo

MANBALARI. SUVLARNING SIFATI SUG‘ORISH UCHUN YAROQLILIGI

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

398.8076171875 KB
MAVZU: O‘ZBEKISTONNING SUV RESURSLARI VA SUG‘ORISH SUVI
MANBALARI. SUVLARNING SIFATI SUG‘ORISH UCHUN
YAROQLILIGI
Reja:
1. Suv resurslari
2. Suv manbalari
3. Suvlarning sifati va ularning sug‘orish uchun yaroqliligi
4. Suv sifatini yaxshilash
  1. Suv resurslari.
Suv   resurslari   -   bu   doimiy   va   gidrosfyerada   suv   zahiralarini   aylanishi
jarayonida   yangilanib   turuvchi   resurslar   bo‘lib,   ular   okean,   dengiz,   ko‘l,   daryo,
muzliklar, yer osti va atmosfyera suvlaridir.
Barcha   suv   resurslarini   ikki   turga   –   yer   usti   va   yer   osti   suvlariga   bo‘lish
mumkin.   Yer   usti   suvlari   tarkibiga   daryolar,   ko‘llar,   suv   omborlari,   hovuzlar,
kanallardagi  suvlar, muzliklar, quruqlik ichidagi  dengizlar, hududiy suvlar  kiradi.
Yer   osti   suvlari   Yer   po‘stining   yuqori   qismidagi   suv   saqlovchi   tog‘   jinslari
qatlamlarining   g‘ovak   bo‘shliqlaridagi   barcha   holatdagi   suvlardir.   Tabiatdagi   suv
aylanishi   jarayonida   suvlar   bir   turdan   ikkinchi   turga   o‘tib   turadi.   Okean   va
quruqlikdagi   suvlarning   bug‘lanishi   tabiatda   suv   aylanishining   dastlabki   bosqichi
bo‘lib,   keyinchalik   ular   atmosfyera   yog‘inlari   sifatida   daryolar,   ko‘llar   va
muzliklarni suv bilan ta’minlaydi. Har bir tabiiy suv turi doimiy ravishda sarflanib
va   qayta   tiklanib   turadi.   Masalan,   daryo   suvlari   yiliga   20   martagacha   qayta
tiklanadi,   dengiz,   yer   osti   suvlari   va   muzliklar,   aksincha,   juda   uzoq   vaqt
mobaynida qayta tiklanadi.  
Markaziy Osiyodagi daryolarni to‘yinish tavsifiga ko‘ra quyidagi  guruhlarga
ajratish mumkin:
-   muz-qor   yerishi   hisobiga   to‘yinuvchi   –   Amudaryo,   Zarafshon,   So‘x,
Isfayram, Isfara, Qashqadaryoning irmog‘i Oqsuv, Oqbo‘ra, Panj, Vaxsh, Bartang
va boshqalar;
-   qor-muz   yerishi   hisobiga   to‘yinuvchi   –   Norin,   Qoradaryo,   Sirdaryo,
Qurshob, CHirchiq, Surxondaryo va boshqalar;
-   qor   yerishi   hisobiga   to‘yinuvchi     Ohangaron,   Qashqadaryo,   Podshoota,
G‘ovasoy, Kosonsoy va boshqalar;
-   qor   yerishi-yomg‘ir   hisobiga   to‘yinuvchi   –   G‘uzor,   Keles,   Jinnidaryo,
Murg‘ob, Tajang va boshqalar. 1.21-rasm. Orol suv havzasi mamlakatlari.
Markaziy Osiyoda  umumiy suv zahirasi  136,5 km 3
. Asosiy  suv manbai  -  bu
tog‘liklarga   tushadigan   yog‘ingarchilik   hisobiga   shakllanayotgan   yer   sathi
suvlaridir.   Suv   balansi   atmosfyera   yog‘inlari,   qor   va   muzliklarni   yerishi   hisobiga
vujudga   keladi.   Asosiy   suv   manbalari   bo‘lib   Amudaryo   va   Sirdaryo   hamda
ularning   irmoqlari   hisoblanadi.   Markaziy   Osiyoda   yirik   daryolar   sifatida   Vaxsh,
Panj,   Kofirnigon,   Surxondaryo,   Zaraf - shon,   Qoradaryo,   Qashqadaryo,   CHirchiq,
Ohangaron,   So‘x   kabi   daryolarni   ko‘rsatish   mumkin.   Daryolarni   suv   sarfi
yog‘ingarchilik   miqdori   bilan   aniqlanadi.   Ularni   to‘yinishiga   ko‘ra   muz-qor
yerishi,   (Amudaryo,   Oqbo‘ra,   So‘x,   Panj,   Vaxsh,   Bartang)   qor-muz   yerishi
(Sirdaryo,   Norin,   CHirchiq,   Qoradaryo,   Qurshob),   qor   yerishi   (Podshoota,
G‘ovasoy,   Kosonsoy)   va   qor   yerishi-yomg‘ir   hisobiga   (Murg‘ob,   Tajang)
shakllanuvchi   turlarga   bo‘lish   mumkin.   Muz-qor   yerishi   hisobiga   to‘yinuvchi
daryolar   qishloq   xo‘jaligi   uchun   muhim   ahamiyat   kasb   etadi.   Agar   daryolarning
suv   sarfi   1   km 2  
  maydonga   10-20   l/s   dan   to‘g‘ri   kelsa,   bu   daryolar   mavzeni   suv
bilan to‘liq ta’minlay oladi. Markaziy Osiyodagi daryolarni to‘yinish tavsifiga ko‘ra quyidagi  guruhlarga
ajratish mumkin :
-   muz-qor   yerishi   hisobiga   to‘yinuvchi   –   Amudaryo,   Zarafshon,   So‘x,
Isfayram, Isfara, Qashqadaryoning irmog‘i Oqsuv, Oqbo‘ra, Panj, Vaxsh, Bartang
va boshqalar;
-   qor-muz   yerishi   hisobiga   to‘yinuvchi   –   Norin,   Qoradaryo,   Sirdaryo,
Qurshob, CHirchiq, Surxondaryo va boshqalar;
-   qor   yerishi   hisobiga   to‘yinuvchi     Ohangaron,   Qashqadaryo,   Podshoota,
G‘ovasoy, Kosonsoy va boshqalar;
-   qor   yerishi-yomg‘ir   hisobiga   to‘yinuvchi   –   G‘uzor,   Keles,   Jinnidaryo,
Murg‘ob, Tajang va boshqalar.
1.61- jadval
Jahondagi eng yirik daryolar va ularning tavsifi
Daryolar Yillik o‘rtacha suv
sarfi, ming m 3
/sek. Suv yig‘ish
maydoni, ming
km 2 Uzunligi, km
Amazonka  120 7000 5500
Kongo 40 3690 4320
Gang va Braxmaputra 39 2000 2900
YAnsitszyan 31 1808 5800
Enisey 19,9 2580 5950
Missisipi 19 3220 3220
Lena 16,8 2490 4270
Zambezi 16 1330 2660
Paran 14,8 4250 4380
Orinoko 14 1085 2400
Mekenzi 14 1760 1700
Iravadi 13 430 2150
Obь 12,8 2990 5570
Mekong 12 810 4500
Nigyer 12 2090 4160 Volga 8,04 1380 3090
Dunay 6,43 817 2850
2. Suv manbalari
Daryolarni suv sarfi iyulь-avgust oylarida kamayib ketadi. Ularni suv oqimini
rostlash   uchun   suv   omborlaridan   (23   ta)   keng   foydalanilmoqdaki,   ular   daryo
oqimini 20% gacha rostlash imkonini byeradi. 
Irrigatsiya   suvni   daryo,   ko‘l   va   o kean   va   atm o sfyeralardan   ajratib   olinadi.
Tahminan 188Mga yer (sug‘oriladigan maydonlarni 62%) yer sathi suvlaridan va
113   Mga   (38%)   yer   osti   suvlaridan   ta’minlanadi.   Quvurlash   texnologiyasining
kirishi   va   arzon   enyergiya   bilan   ishlashi   tufayli   yer   osti   suvlarining   iste’moli
so‘n g gi   yillarda   juda   o‘sdi,   ayniqsa,   Osiyo,   SHimoliy   Afrika   va   O‘rta   Osiyoda.
Hindistonda   irrigatsiya   datalarini   olishlar   ro‘yxati   shuni   ko‘rsatadiki,   dala
maydonlarini   su g‘o rish   tizimlari
1960-yildagi   10Mga   dan   2010   –   yilda   40Mga   gacha   o‘sdi.   Janubiy   Osiyoda   yer
osti   suv   iste’moli   umumiy   suv   iste’moli - ning   57%   Arabiston   yarim   orolida   esa
88%   ni tashkil etadi.
Ikkilamch i   suv   resurslari   jumladan   qayta   ishlangan   (shahar   suvlari)   va
chuchuklashtirilgan   suvlarning   ulushi   esa   atigi   1   foizdir.   Qayta   ishlangan
sarflangan   suvlar   iste’moli   shahar   zonalarida   o‘sib   bormoqda,   hamda   shahar
bog‘dorchiligida   ul a rning   foydalanishi   juda   keng   qo‘llanilmoqda.
CHuchuklashtirilgan   suvlar   su g‘o rish   uchun   faqat   suvning   boshqa   ko‘rinishi
bo‘lmagan   va   yuqori-qiymatga   ega   o‘simliklarga   ishlatiladi   va   bunday   xollar
istisno bo‘ladi. 1
Noan’anaviy suv manbalari
Bu   turdagi   suv   manbalarining   chuchuk   suvga   muqobil   sifatida   qo‘llanishi,
ularning hozirda uncha katta bo‘lmagan manbaligiga qaramay, aniq bir davlatlar
va   regionlarda   o‘sib   borayotganligi   kuzatilmoqda.   Umumiy   olganda,   sug‘orish
1
  The state of the world’s   land and water resources   for food and agriculture ,  Managing systems at risk .  FAO 2011. p.
39. uchun   mo‘ljanlangan   suvlarni   atiga   1   foyizi   qayta   ishlangan   oqova   suvlari   va
chuchuklantirilgan   suvlardan   iboratdir.   Biroq   Arabiston   yarimoroli   kabi
regionlarda   bu   ko‘rstgich   10%   tashkil   etadi,   va   Quvayt,   Malta   yoki   Qatar
davlatlarida   noa’na - naviy   suv   manbalari   ishlatiladigan   suvning   50%   ortig‘ini
tashkil qiladi. Bundan esa 40%ga yaqini bu chuchuklashtirilgan suv va 10% qayta
ishlangan   chiqindi   suv.   Hisobotlarga   ko‘ra,   aholi   boshiga   eng   baland   qayta
ishlangan suv hajmlarini sug‘orish uchun ishla - tadigan davlatlar  quyidagilar  ekan
(yiliga jon boshiga kub metr): Quvayt   (82.3), Birlashgan Arab Amirliglari   (71.1),
Qatar   (51.7),   Isroil   (46.4)   va   Kipr   (31.9)   (Mateo-Sagasta   va   Burke,   2010).
Tuzsizlashtirilgan   suv   hali-hamon   sug‘orish   maqsadlarida   kamdan-kam
ishlatiladigan   paytda,   asosan   tuzsizlantirishning   baland   narxlari   sababli,   yarim
shahar   maydonlaridagi   qishloq   ho‘jaligi   ko‘pincha   shaharlardan   chiqayotgan
oqova suvlar bilan o‘zining suvga bo‘lgan talabini qondiradi. 2
Yer osti suvlari
Jahonning   qurg‘oqchil   iqlimli   va   yer   usti   suvlari   bilan   kam   ta’minlangan
ko‘pgina   mamlakatlarida   qishloq   xo‘jaligi   ekinlarini   sug‘orishda   yer   osti
suvlaridan   keng   foydalanilmoqda.   AQSH   ning   g‘arbiy   shtatlarida,   Avstraliya,
Hindiston, Xitoy, Isroil kabi davlatlarda yer osti suvlari katta miqdorlarda ishlatilib
kelinmoqda.   Markaziy   Osiyoda,   shuningdek,   O‘zbekistonda   sug‘oriladigan
maydonlarining kengaytirilishi  natijasida suv taqchilligi kuchaydi. Bu taqchillikni
yer osti suvlaridan foydalanish orqali kamaytirish imkoniyati mavjud.
Irrigatsiya tizimi so‘ngi yillardagi suv boshqaruvi va produktivligining yuqori
suratlarda   o‘sishi   bilan   qishloq   xo‘jaligining   foyda   va   tovarlarini   juda   yuqori
darajada kuchaytirdi. Biroq, irrigatsion fyerma tizimlari o‘z darajalaridan ancha
pastroq   darajada   ishlamoqdalar,   hamda   hali   yer   va   suv   produktivligini   kengroq
darajada   kuchaytirish   uchun   yaxshigina   imkoniyatlar   bor.   Yer   osti   suvlari
mavhumligi   sug‘orish   suv   maanbalarini   taminlayolmaganidek   uni   tartibga
solishning ham deyarli imkoni yo‘q. Natijada, qishloq xo‘jaligida yer osti suvlarini
chiqarib   olish   kuchayib   bormoqda   va   ba’zi   asosiy   yer   (namlikni   saqlovchi)
2
  The state of the world’s   land and water resources   for food and agriculture ,  Managing systems at risk .  FAO 2011. p.
56. qatlamlari qurimoqda. Ham yer usti ham suv osti sug‘orish tizimi ta’sirlari tufayli
suvnig sifati yomon-lashib bormoqda va qo‘shimchasiga sug‘oriladigan yerlarnig
sho‘rlani-shi   o‘sib   borayotgan   muommolardan   biridir.   Mahalliy   va   industrial
foydalanuvchilar o‘rtasidagi suv uchun bellashuv ham kengayib bormoqda va ko‘p
mamlakatlar   sug‘orish   uchun   yaroqli   suvlar   taqchilligiga   duchor   bo‘lmoqdalar.
YAngi   hovuz   va   dambalarning   bir   chetiga   yoziladigan   baland   narxlari   atrof   –
muhit   bilan   boricha   qayta   ishlangan   suv   ta’minotini   oshirishi   mumkin,   biroq   bu
chegaralangan   va   qimmat   bo‘lib   juda   e’tiborli   menejmentni   (yo‘lga   qo‘yishni)
talab etadi.   3
1.62-jadval
O‘zbekistondagi ayrim suv omborlarining asosiy ko‘rsatkichlari
Suv
ombori Daryo Suv
ombori
-ning
maqsa
di To‘ld
i-
rilgan
yili Suv
yuzas
i,
km 2 To‘g‘
oni -
ning
balan
d-ligi,
m Hajmi, mln.
m 3 Maksimal
suv
chiqaris
h
imkon -
iyati,
m 3
/sek.umu
miy foy-
dali
Janubiy
Surxon Surxonda
ryo S,   B,
St,   Rk,
Tq 1967 65 30 800 710 150
Uch qizil Surxonda
ryo S,   St,
B 1957 10 11,5 160 80 15
Pachkama
r  G‘uzorda
ryo S, St 1968 12,4 6870 280 250 30
CHimqo‘r
g‘on Qashqada
ryo S,St,B 1963 49,2 33 500 450 350
Quyimozo
r Zarafshon
(to‘ldirila S,St 1960 18 28,1 310 250 46
3
  The state of the world’s   land and water resources   for food and agriculture ,  Managing systems at risk .  FAO 2011. p.
35. di)
Kattaqo‘r
g‘on Zarafshon
(to‘ldirila
di) S 1968 79,5 31,2 900 876 140
Kosonsoy Kosonsoy S 1968 8 64 165 155 50
Karkidon Quvasoy S 1967 9,5 70,0 218 211 50
Tuyabo‘g‘
iz
(Toshkent
dengizi) Ohangaro
n S,St,R
k 1962 20 36,5 250 224 45
Farhod Sirdaryo E,S 1951 48 25,0 350 200 4430
CHorvoq CHirchiq S,E,Rk 1970 40,1 168 2006 1580 1650
Tuyamo‘y
in Amudary
o S,E,Tq
,B 1979 650 28,0 7800 5270 1277
SHo‘rko‘l Zarafshon S 1977 42,3 14,5 394 380 35,0
Hisorak Oqsuv S 1990 4,1 138,5 170 155 260
To‘dako‘l (to‘ldirila
di) S,B 1968  17,5 4,0 800 50,0
Tolimarjo
n Amudary
o S 1988 78,5 35,0 1525 1400 370
Andijon Qoradary
o S,E,Tq 1982 55,2 121,0 1900 1600 250,0
Izoh :  S   -  sug‘orish,  B  — baliqchilik,  St   -  suv ta’minoti,  Tq   -  toshqinga qarshi,
Rk   -  rekreatsiya (aholining dam olishi),  E   -  enyergetik
Yer   osti   suvlari   O‘zbekiston da   13   ta   hisobiy   gidrogeologik   rayonda   mavjud.
Yer   osti   suvlarining   dinamik   va   statistik   zaxiralari   farqlanadi.   Dinamik   zaxirasi
deganda   yer   osti   suvlarining   to‘yinish   hajmi   tushunilsa,   statistik   zaxirasi ga   suv
o‘tkazuvchi jinslardagi gravitatsion suv hajmi kiradi. Yer osti suvlarining suv olish
inshootlari   orqali   texnik-iqtisodiy   jihatdan   olish   mumkin   bo‘lgan   qulay   miqdori
(m 3
/sut.,   m 3
/sek.)   ekpluatatsion   zaxirasi   deb   tushuniladi.   Respublikada   yer   osti suvlarining   dinamik   zaxirasi   1038,2   m 3
/sek.,   ekspluatatsion   zaxirasi   esa   907,7
m 3
/sek. ga teng.
Hozirgi   kunda   uning   39,8   m 3
/sek.   miqdori   ishlatilmoqda.   Kelgusida   yer   osti
suvlaridan foydalanish miqdorini 461,5 m 3
/sek. gacha etkazish mumkin.
1.22-rasm. Yer osti suvi bilan sug‘oriladigan yer maydonlari . 4
Xo‘jalikda  foydalanish  uchun yaroqli  bo‘lgan yer  osti  suvlari  respublikaning
barcha hududlarida mavjud bo‘lib, uning 2/3 qismi tog‘ mintaqasining to‘rtlamchi
yotqiziqlarida, 1/3 qismi esa tekislik hududida tarqalgan.  Amudaryo del ь tasida 265
m 3
/sek.   ekspluatatsion   chuchuk   yer   osti   suvlari   zaxirasi   mavjud.   Yer   osti
suvlarining   umumiy   ekspluatatsion   zaxirasidan   800   m 3
/sek.   chuchuk   bo‘lib,
qolganlari 2 - 3 dan 15 g/l. gacha minyerallashgandir.
Kollektor - zovur suvlari
O‘zbekistonning   sug‘oriladigan   yer   zaxirasining   yarmidan   ko‘prog‘i
(56 foizi) turli darajada sho‘rlangan. Bunday yerlarning meliorativ ahvolini tubdan
yaxshilash maqsadida kollektor-zovur tarmoqlaridan foydalanilmoqda. 
4
  The state of the world’s   land and water resources   for food and agriculture ,  Managing systems at risk .  FAO 2011. p.
41. Respublikamizda   7,8   km 3
  kollektor-zovur   suvlari   zaxirasi   mavjud.   Kollektor-
zovur   suvlaridan   ekinlarni   sug‘orishda   foydalanish     yilning   suv   bilan
ta’minlanganlik   darajasiga   bog‘liq   bo‘lib   qolmoqda.   Masalan,   1982   va   1986
yillarda   ekinlarni   sug‘orish   uchun   respublika   bo‘yicha   2002,1   va
2134,6   mln.   m 3
  ishlatilgan   bo‘lsa,   suv   bilan   qulay   ta’minlangan   yillarda   1369,1
mln. m 3
 miqdorida foydalanilgan.  
O‘rta   Osiyo   irrigatsiya   ilmiy   tadqiqot   instituti   ma’lumotlari   ko‘rsatadiki,
respublikada   tuproqni   qayta   sho‘rlanishini   keltirib   chiqarmaydigan   3,36   km 3
miqdordagi   kollektor-zovur   suvlaridan   qo‘shimcha   meliorativ   tadbirlarsiz
foydalanish   mumkin.   Minyerallashganligi   yuqori   bo‘lgan   va   tuproqlar   meliorativ
holatini   yomonlashuvga   olib   kelishi   mumkin   bo‘lgan   kollektor-zovur   suvlaridan
foydalanishdan oldin suv sifatini yaxshilash bo‘yicha meliorativ tadbirlar qo‘llash
talab etiladi.
CHiqindi suvlar
CHiqindi   suvlar   ishlab   chiqarish   va   maishiy   xo‘jalik   sohalarida   ishlatilgan
hamda   uning   o‘ziga   xos   ingredientlari   bilan   ifloslangan,   ishlab   chiqarish
jarayonida   yoki   maishiy   xo‘jalik   sohasida   qayta   foydalanib   bo‘lmaydigan,   ya’ni
yaroqsiz   holatga   keltirilgan   suvlardir.   CHiqindi   suvlar   sirasiga   aholi   yashash
joylaridan   chiqarib   yuborilayotgan   yog‘in   suvlari   ham   kiradi.   Ochiq   suv
havzalariga   tashlab   yuborilayotgan   chiqindi   suvlar   miqdorlarining   yildan-yilga
ko‘payishi   bilan   birgalikda   uning   sifat   ko‘rsatkichlari   ham   o‘zgarib,   zararlilik
darajasi   ortib   bormoqda.   Tabiiy   suvlarning   sifat   jihatidan   o‘zgarishi   miqdoriy
ifloslanishga qaraganda o‘ta xavfli hisoblanadi. 
CHiqindi   suvlar   zararlilik   darajasi   turlicha   bo‘lgan   organik   va   minyeral
moddalar   bilan   ifloslanadi.   Organik   moddalar   sirasiga   mikroorganizmlar   tirik
mavjudotlarning   fiziologik   ajratmalari,   o‘simlik   va   hayvon   qoldiqlari,   yog‘lar,
kimyoviy   birikmalar   kiradi.   Ifloslantiruvchi   minyeral   moddalar   bo‘lib   ishlab
chiqarish   yoki   maishiy   xo‘jalik   ob’ektlarining   chiqitlari,   har   xil   tuz   yeritmalari,
minyeral qo‘shil - malar qum, loyqa, shlak va boshqalar hisoblanadi.
O‘zbekistonda  har  yili   qariyib  1,5  km 3
  chiqindi   suvlari   shakllanmoqda,   uning 50 foizi maishiy xo‘jalik ob’ektlariga, 14 foizi sanoat korxonalariga to‘g‘ri keladi.
Ushbu chiqindi suvlar 200 ming ga yerni sug‘orish  va  o‘g‘ itlash  imkonini byeradi.
Hozirgi   kunda   ularning   yarmigina   respublika   suv   xo‘jalik   balansida   ishtirok
etmoqda.
YAqin   kelajakda   O‘zbekistonda   chiqindi   suvlar   hajmini   5   km 3
/yil   (shu
jumladan   Sirdaryo   havzasida   3   va   Amudaryo   havzasida   2   km 3
/yil)   ga   etishi
kutilmoqda.   Uning   9   foizi - ni   qishloq   xo‘jaligi,   50   foizini   maishiy-xo‘jalik,   14
foizini   sanoat   va   27   foizini   yer   usti   oqo - valari   tashkil   qiladi.   Bu   miqdordagi
chiqindi   suvlar   qariyib   600   ming   ga   yerni   sug‘orishda   foydalanish   imkonini
byeradi.
YOg‘ingarchi l iklar   barcha   turdagi   suvning   asosiy   manbai   hisoblanadi.   Suv
hosil   bo‘lgan   manbalariga   ko‘ra   uni   yuza   suvlari   va   yer   osti   suvlari   deb
tasniflanishi mumkin.
YUza suvlari
YUza   suvlarigi   (yomg‘ir   va   shudring   bilan)   daryo,   suv   omborlari,   hovuz   va
ko‘llar   kiradi.   Bundan   tashqari   suv   hajmini   hisoblashda   Jammi,   Kashmir,
Himolay   kabi   joylardagi   qalin   qor   qoplamlari   ham   suv   manbalari   qo‘shish
mumkin.  
A. YOmg‘ir suvlari 
(a) Tavsifi
•   miqdori   o‘simlik   ildiz   qoplamiga   tuproqni   namlash   uchun   etarli   bo‘lishi
kyerak.
•   miqdori   (CHastota)   hosilni   boshqa   suvsiz   ham   so‘lib   nobud   bo‘lishidan
saqlab qolishi kyerak.
• jadalligi tuproq singdirish sig‘imiga mos ravishda past bo‘lishi kyerak.
Hindistondagi yog‘inlar hosilini faqat yog‘inlar hisobiga saqlab qolish uchun
yuqoridagi   xususiyatlariga   ega   emas.   Qo‘yida   Hindistondagi   yog‘inlarning   tav -
sifli xususiyatlari byerilgan:
 • o‘rtacha yillik yog‘ingarchilik miqdori  1190 mm bo‘ladi.   •   yog‘inlar   miqdori   turli   joylarda   turlicha   bo‘lib,     joyga   qarab   keskin   farq
qiladi.   Hindiston   yog‘inlari   ko‘pincha   foydasiz,   samarasiz,   mavsumlar   davomida
yog‘ishi   turlicha   bo‘lib,     nam   etishmasligi   yoki   ortiqcha   yog‘ishi   kuzatiladi.
Masalan,   Radjastanda   dyarli   yomg‘ir   umuman   yog‘maydigan   bir   vaqtda,
CHirapunji (Chirapunji)da 3000 mm gacha yog‘inlar yog‘adi.
•   yog‘ingarchilik   yil   bo‘ylab   bir   xil   tarqalgan   emas.     U   mavsumiy   (fasliy)
xaraktyerga   ega,   yoqinlaning   asosiy   qismi     Janubiy   G‘arbiy     Mussonda
(yog‘inlarning 70 %) ya’ni  iyun ь -sentyabr oylarida,  SHimoliy-sharqiy Mussonda
oktyardan   dekabrgacha   yog‘adi.   YOz   va   qishda   yog‘inlar   miqdori   juda   kam
bo‘ladi.
•   bu   mavsum   (fasllar)lar   davomida   ham   bir   xil   tarzda   tarqalmagan.   Quruq
ob-havo davrida kuchli yog‘inlar yog‘ib turishi odatiy hisoblanadi.
• yog‘inlarning kun bo‘yi uzoq vaqt davomida sekin yog‘ishi, qisqa muddatda
kuchli   yog‘ishiga   ko‘ra   birmunsa     yaxshiroq   hisoblanadi,   bu   negativ   holati
Hindistonda ko‘proq  kuzatiladi . 5
3.  Suvlarning sifati va ularni ng  sug‘orish uchun yaroqliligi
Suvning sifati uni aniq bir foydalanish (iste’mol qilish) turiga ko‘ra tarkibi va
xususiyatiga qarab tavsiflanadi. Sanitariya me’yorlari bo‘yicha organoleptik hamda
umumiy   sanitariya   ko‘rsatkichlari   va,   shuningdek,   undagi   zararli   moddalar
miqdorlari belgilanadi. 
Ifloslangan suv deyilganda aniq bir suvdan foydalanish turi uchun antropogen
faoliyat   ta’sirida   tarkibi   o‘zgargan   suvlar   tushuniladi.   Suvni   ifloslanganlik
krityeriysi   bo‘lib   uning   organoleptik   xususiyatlarini   o‘zgarishi   va   unda   o‘simlik,
inson   hamda   hayvonlar   uchun   zararli   bo‘lgan   moddalar   mavjudligi   hisoblanadi:
ular   ta’sirida   suvda   zaharlilik,   allyergiyaga,   inson   va   hayvon   organizmlarida
o‘zgarishlarga sabab bo‘luvchi xususiyatlar paydo bo‘ladi. Bularning barchasi suv
tarkibidagi har bir moddani ruxsat  etiladigan eng kam miqdori (PDK)ni belgilash
zaruriyatini keltirib chiqargan. 
5
 Chandrasekaran B., Annadurai K., Somasundaram E.  A textbook of  Agronomy 2010. р. 344. Sug‘orish suvlarining sifati  birinchi navbatda ularning loyqaligi, tuz miqdori
va baktyeriologik tarkibi bilan belgilanadi. 
Markaziy   Osiyo   daryolarining   loyqaligi   turlicha   bo‘lib,   ko‘pchilik
daryolarning   suv   yig‘ish   havzasi   suv   yeroziyasi   kuchli   kuzatiladigan   rayonlarda
( engil, yuviluvchan tuproqlar) joylashgan: qator rayonlarda 1 km 2
 dan yiliga 10 t,
ayrim rayonlarda (Vaxsh daryosi) 2000 t tuproq yuviladi. Janubdagi  daryolarning
loyqaligi   shimoliy   hududlardagidan   yuqori:   CHirchiq   daryosining   loyqaligi   0,2–
0,3 kg/m 3
 gacha bo‘lsa, Vaxsh daryosiniki 4 kg/m 3
, Amudaryo – 3 kg/m 3
 dan ortiq,
SHyerobod va Sangardak – 3 kg/m 3
, Norin daryosi – 1,09 kg/m 3
, Qoradaryo – 1,62
kg/m 3
, Qashqadaryo – 0,5–3 va Surxondaryoning loyqaligi 0,3–3 kg/m 3
  ni tashkil
etadi. 
Daryo   suvlarining   tuz   tarkibi   va   menyerallashganlik   darajasi   harorat   va
biokimyoviy   omillar,   suv   yig‘ish   havzasining   geologik   tuzilishiga   bog‘liq.   Kam
suv sarfli tog‘ daryolari tarkibida gidrokarbonat va kalьsiy ionlari ko‘p bo‘lsa, tog‘
oldi tekisliklaridagi daryolarda sulьfat ioni ko‘p, quyi oqimida esa natriy, magniy
va xlor ionlari miqdori orta boradi. Daryolarning sarfi ko‘paygan (toshqin) davrda
suvning   minyerallashganlik   darajasi   kamayadi   va,   aksincha,   sentyabrdan
martgacha   ortib   boradi.   CHunki   bu   davrda   daryolar   minyerallashgan   sizot   suvlar
evaziga ham ta’minlanadi. Sug‘oriladigan yerlarning kengaytirilishi va sho‘rlangan
qo‘riq   yerlarning   o‘zlashtirilishi   ko‘p   miqdorda   kollektor-zovur   suvlarini
shakllanuviga   olib   kelmoqda   va   bu   suvlarni   ochiq   suv   havzalariga   tashlanishi
oqibatida   ularning   minyerallashganlik   darajasi   ortib   ketmoqda.   Respublikada
ifloslangan   suvlarning   vujudga   kelishida   sug‘oriladigan   dehqonchilikning   ulushi
78 % ni, sanoat – 18 va maishiy xo‘jalik 4 % ni tashkil etmoqda.
Yer usti va yer osti suvlari qishloq xo‘jaligida keng qo‘llanilayotgan pestitsid
va biogen moddalar bilan ham ifloslanmoqda. Tuproq bu moddalar bilan to‘yinib,
atrof   muhitni   ifloslantiruvchi   manbaga   aylanib   qolmoqda.   Aviatsiya   yordamida
ekinlarni ximikatlar bilan ishlov byerishda qo‘llanilayotgan modalarning 20–40 %
gacha   atmosfyerada   tarqalishi   aniqlangan.   Markaziy   Osiyoda   zovurlashtirilgan
yerlarda   qo‘llanilgan   azotli   o‘g‘itning   20%,   fosforning   1%,   kaliyning   0,5% sug‘orish vaqtida oqova bilan olib chiqib ketiladi va ochiq suv manbalariga tashlab
yuboriladi.
Suv sifatining tuproq va o‘simliklarga ta’siri.
Suv   tarkibidagi   oqiziqlar   tarkibida   ma’lum   miqdorda   oziq   moddalar   ham
bo‘lib,   ular   tuproq   unumdorligini   oshirishda   ma’lum   bir   rolni   o‘ynaydi.
Amudaryodagi  oqiziqlar  Karki   shahri  yonida  yiliga 243  mln. t. ni   tashkil   etadiki,
uning   tarkibida   kalьsiy   karbonat,   kaliy   va   fosfor   tuzlari   kabi   o‘simliklar   uchun
zarur bo‘lgan moddalar mavjud. 
SHolining mavsumiy sug‘orish me’yorini 25–30 ming m 3
/ga va Sirdaryoning
quyi   oqimidagi   suvning   loyqaligini   2,64   g/l   ekanligi   inobatga   olinsa,   aytish
mumkinki,   sug‘orish   suvlari   bilan   har   gektar   yerga   mavsumda   25–30   t   oqiziq
tushadi   va   uning   qalinligi   10   yil   ichida   2,5   sm.   ni   tashkil   etadi.   Ekinlarni
sug‘orishda   minyerallashgan   suvlardan   foydalanish   evaziga   tuproqda   ma’lum
miqdorda tuz to‘planishi ham kuzatiladi. Masalan, suv tarkibida 1,5 g/l tuz bo‘lsa
va   mavsumiy   sug‘orish   me’yori   5000   m 3
/ga.   ni   tashkil   etsa,   sug‘orish   orqali   har
gektar   yerga     7,5   t   tuz   kelib   tushadi.   Suv   tarkibida   natriy   ionining   ko‘p   bo‘lishi
tuproqning sho‘rtoblanishiga sabab bo‘ladi. Tarkibida xloridli tuzlar ko‘p bo‘lgan
suvlar bilan sug‘orish o‘simlikka juda kuchli salbiy ta’sir ko‘rsatadi: xloridli tuzlar
1   g/l.   gacha   bo‘lgan   suvlardan   engil   tuproqlarda   va   0,5   g/l.   gacha   bo‘lgan
suvlardan esa barcha tuproqlarda foydalanish mumkin.
3. Suv sifatini yaxshilash.
Talabga   javob   byermaydigan   sifatga   ega   suvlar   foydalanishdan   oldin   qator
tadbirlar   evaziga   yaxshilanadi.   Suv   sifatini   yaxshilash   deganda   uning   tarkibidagi
moddalar   miqdorini   aniq   bir   iste’mol   turi   uchun   yo‘l   qo‘yi-ladigan   darajaga
etkazish   tushun-iladi.   Sug‘orish   uchun   ishlatiladigan   suvlarning   sifati   uning
tarkibidagi   tuzning   miqdori   va   tarkibi,   loyqaligi,   shuningdek,   unda   patogen
mikroblar   mavjudligi   bilan   belgilanadi.   Sug‘orish   uchun   suvlarning   yaroqliligi
uning   toarkibidagi   moddalar   konsent-ratsiyasi,   tuproq   xossalari,   iqlim   sharoitlari
va   parvarish   qilina-yotgan   ekinlarning   biologik   xususiyatlari   aniqlanadi.
Minyerallashganlik   darajasini   kamaytirish   uchun   bunday   suvlar   daryo   (chuchuk) suvi   bilan   aralashtiriladi.   CHiqindi   suvlar   maxsus   inshootlarda   sun’iy
tozalashlardan o‘tkaziladi. Loyqa oqiziqlardan tozalash maqsadida daryolardan suv
olish qismida maxsus tindirgich-hovuzlardan foydalaniladi.
Suvlarni sug‘orish uchun yaroqliligini aniqlash uslublari.
Suvlarning   sug‘orish   uchun   yaroqliligini   aniqlashda   A.M.Mojeyko   va
T.K.Vorotnik   (1958)   uslubida   (Na+K)∙100:(Ca+Mg+Na+K)   nisbat   olinadiki,   bu
nisbat   65%   dan   kam   bo‘lsa   suv   sug‘orish   uchun   yaroqli,   65–75%   bo‘lsa   xavfli,
75% dan katta bo‘lsa juda xavfli hisoblanadi.
M.F.Budanov   (1970)   bo‘yicha   minyerallashganligi   1   g/l.   dan   kam   bo‘lgan,
Na:Ca   nisbat   1   dan   kichik   bo‘lganda   Na:(Ca+Mg)   nisbatning   0,7   dan   kichik
bo‘lishi suvning sug‘orish uchun yaroqliligini ko‘rsatadi. Minyerallashganligi 1–3
g/l bo‘lgan suvlarda undagi  barcha ingredientlarning (Sa+Mg) ga nisbati  o‘rtacha
va og‘ir qumoq tuproqlarda foydalanish uchun 4 dan, engil qumoq tuproqlar uchun
5 va engil qumloq tuproqlar uchun 6 dan kam bo‘lishi lozim.
Markaziy   Osiyo   sharoiti   uchun   eng   maqbul   uslub   N.Antipov-Karataev   va
G.Kadyer (1959) uslubidir:
K = (rCa + rMg) : [(rNa ∙ 0,23 ∙ C) ∙ 0,23],
bu yerda rCa, rMg, rNa – suvdagi kationlarning miqdori, mg-ekv; S – suvning
minyerallash - ganligi, g/l.
K ≥ 1 bo‘lsa suv sug‘orishga yaroqli, K < 1 bo‘lsa yaroqsiz hisoblanadi.
Steblyer   (Izyumov   V.V.,   1966)   suvning   yaroqliligini   aniqlash   uchun
«ishqoriylik» koeffitsienti (K)   ni tavsiya etadi:
agar rNa – rCl ≤   0 bo‘lsa                      K = 288 : (5 rCl);
agar 0 ≤ rNa – rCl ≤ rSO
4   bo‘lsa        K =288 : (rNa + 4 rCl);
agar  rNa – (rCl + rSO
4 ) >0 bo‘lsa    K =288 : (10 ∙ rNa–5 ∙ rS l –9 ∙ rSO
4 ).
Bunda   K  <   6  bo‘lsa   suv   sug‘orish   uchun  yaroqsiz,   6–18   bo‘lsa   qoniqarli   va
18 dan katta bo‘lsa yaxshi hisoblanadi.
AQSH   qishloq   xo‘jaligi   departamenti   ishlab   chiqqan   natriyli-adsorbsion
nisbat     SAR   <   10   bo‘lsa   yaroqliligi   bo‘yicha   suv   yaxshi,   11–20   bo‘lsa   kam
qoniqarli, 20 dan katta bo‘lsa qoniqarsiz hisoblanadi.  O‘zbekiston   sharoitida   suvlar   sifatini   belgilashda   I.S.Rabochev
(1984) ishlab chiqqan tavsiyalardan  foydalanish mumkin ( 1.63 - jadval).
CHiqindi   suvlarning   sug‘orish   uchun   yaroqliligini   belgilashda   qo‘yidagilar
aniqlanadi: suvning harorati, rN, yerigan va yerimagan minyeral moddalar, quruq
moddalarning umumiy miqdori, yerigan va yerimagan organik moddalar miqdori,
organik   moddalarning   umumiy   miqdori,   kislorodga   bo‘lgan   bioximik   ehtiyoj
(BPK
5 ),   kimyoviy   singdirilgan   kislorod   (XPK),   kaliy,   natriy,   kal ь siy,   magniy,
fosfat (RO
4 ), xlorid va sul ь fatlar, umumiy azot va nitratlar.
1.63 - jadval
Tuz miqdoriga ko‘ra suvlar sifatini ba h olash (Rabochev I.S., 1984)
Suvning
sifati SAR Tuz miq -
dori, g/l SHu
jumladan
zaharli tuzlar Tarkibi
g/l %
1 Juda yaxshi <5 < 1,0 < 0,1 < 10
2 YAxshi 6-10 2,0 0,4 20
3 Qoniqarli 11-15 5,0 1,8 35
4 Kam qoniqarli 16-20 8,0 4,0 50
5 Qoniqarsiz >20 >8,0 >4,0 >50 Foydalanilgan adabiyotlar
1.   Chandrasekaran   B.,   Annadurai   K.,   Somasundaram   E.   A   textbook   of
Agronomy. New Delhi. 2010. New a ge Intyernational (p) Limited, Publi-shyers.
                        2 .   Crop   Rotation   on   Organic   Farms:   A   Planning   Manual,   NRAES   177
Charles L. Mohlyer and Sue Ellen Johnson, editors Published by NRAES, July 2009.
3.   Azimboev   S.A.   Dehqonchilik,   tuproqshunoslik   va   agrokimyo   asoslari.
(Darslik). T. Iqtisodiyot-moliya 2006. – 180 b.
4. Mo‘minov K., Azimboev A., Sanaqulov A., Byerdiboev E., Kenjaev YU
Dehqonchilik ilmiy izlanish asoslari bilan. (O‘quv qo‘llanma) – T.: “Turon-iqbol”,
2014. – 240 b.
5.   Artukmetov   Z.A.,   SHyeraliev   X.SH.   Ekinlarni   sug‘orish   asoslari.
(Darslik). T.: O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati. 2007.-312 b. 
6. Norkulov U., SHyeraliev X. Qishloq xo‘jalik melioratsiyasi. (Darslik). T.:
ToshDAU tahr.-nashr. bo‘limi, 2003. – 214 b.
7. To‘xtashev B., Azimboev S., Qarabaeva T., Byerdiboev E., Nurmatov B.
Qishloq   xo‘jalik   melioratsiyasi   va   yer   tuzish   fanidan   amaliy   va   tajribaviy
mashg‘ulotlar.   (O‘quv   qo‘llanma).   -   T.:   “ToshDAU   nashr-tahririyat   bo‘limi”,
2012. – 187 bet.

MAVZU: O‘ZBEKISTONNING SUV RESURSLARI VA SUG‘ORISH SUVI MANBALARI. SUVLARNING SIFATI SUG‘ORISH UCHUN YAROQLILIGI Reja: 1. Suv resurslari 2. Suv manbalari 3. Suvlarning sifati va ularning sug‘orish uchun yaroqliligi 4. Suv sifatini yaxshilash

1. Suv resurslari. Suv resurslari - bu doimiy va gidrosfyerada suv zahiralarini aylanishi jarayonida yangilanib turuvchi resurslar bo‘lib, ular okean, dengiz, ko‘l, daryo, muzliklar, yer osti va atmosfyera suvlaridir. Barcha suv resurslarini ikki turga – yer usti va yer osti suvlariga bo‘lish mumkin. Yer usti suvlari tarkibiga daryolar, ko‘llar, suv omborlari, hovuzlar, kanallardagi suvlar, muzliklar, quruqlik ichidagi dengizlar, hududiy suvlar kiradi. Yer osti suvlari Yer po‘stining yuqori qismidagi suv saqlovchi tog‘ jinslari qatlamlarining g‘ovak bo‘shliqlaridagi barcha holatdagi suvlardir. Tabiatdagi suv aylanishi jarayonida suvlar bir turdan ikkinchi turga o‘tib turadi. Okean va quruqlikdagi suvlarning bug‘lanishi tabiatda suv aylanishining dastlabki bosqichi bo‘lib, keyinchalik ular atmosfyera yog‘inlari sifatida daryolar, ko‘llar va muzliklarni suv bilan ta’minlaydi. Har bir tabiiy suv turi doimiy ravishda sarflanib va qayta tiklanib turadi. Masalan, daryo suvlari yiliga 20 martagacha qayta tiklanadi, dengiz, yer osti suvlari va muzliklar, aksincha, juda uzoq vaqt mobaynida qayta tiklanadi. Markaziy Osiyodagi daryolarni to‘yinish tavsifiga ko‘ra quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: - muz-qor yerishi hisobiga to‘yinuvchi – Amudaryo, Zarafshon, So‘x, Isfayram, Isfara, Qashqadaryoning irmog‘i Oqsuv, Oqbo‘ra, Panj, Vaxsh, Bartang va boshqalar; - qor-muz yerishi hisobiga to‘yinuvchi – Norin, Qoradaryo, Sirdaryo, Qurshob, CHirchiq, Surxondaryo va boshqalar; - qor yerishi hisobiga to‘yinuvchi Ohangaron, Qashqadaryo, Podshoota, G‘ovasoy, Kosonsoy va boshqalar; - qor yerishi-yomg‘ir hisobiga to‘yinuvchi – G‘uzor, Keles, Jinnidaryo, Murg‘ob, Tajang va boshqalar.

1.21-rasm. Orol suv havzasi mamlakatlari. Markaziy Osiyoda umumiy suv zahirasi 136,5 km 3 . Asosiy suv manbai - bu tog‘liklarga tushadigan yog‘ingarchilik hisobiga shakllanayotgan yer sathi suvlaridir. Suv balansi atmosfyera yog‘inlari, qor va muzliklarni yerishi hisobiga vujudga keladi. Asosiy suv manbalari bo‘lib Amudaryo va Sirdaryo hamda ularning irmoqlari hisoblanadi. Markaziy Osiyoda yirik daryolar sifatida Vaxsh, Panj, Kofirnigon, Surxondaryo, Zaraf - shon, Qoradaryo, Qashqadaryo, CHirchiq, Ohangaron, So‘x kabi daryolarni ko‘rsatish mumkin. Daryolarni suv sarfi yog‘ingarchilik miqdori bilan aniqlanadi. Ularni to‘yinishiga ko‘ra muz-qor yerishi, (Amudaryo, Oqbo‘ra, So‘x, Panj, Vaxsh, Bartang) qor-muz yerishi (Sirdaryo, Norin, CHirchiq, Qoradaryo, Qurshob), qor yerishi (Podshoota, G‘ovasoy, Kosonsoy) va qor yerishi-yomg‘ir hisobiga (Murg‘ob, Tajang) shakllanuvchi turlarga bo‘lish mumkin. Muz-qor yerishi hisobiga to‘yinuvchi daryolar qishloq xo‘jaligi uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Agar daryolarning suv sarfi 1 km 2 maydonga 10-20 l/s dan to‘g‘ri kelsa, bu daryolar mavzeni suv bilan to‘liq ta’minlay oladi.

Markaziy Osiyodagi daryolarni to‘yinish tavsifiga ko‘ra quyidagi guruhlarga ajratish mumkin : - muz-qor yerishi hisobiga to‘yinuvchi – Amudaryo, Zarafshon, So‘x, Isfayram, Isfara, Qashqadaryoning irmog‘i Oqsuv, Oqbo‘ra, Panj, Vaxsh, Bartang va boshqalar; - qor-muz yerishi hisobiga to‘yinuvchi – Norin, Qoradaryo, Sirdaryo, Qurshob, CHirchiq, Surxondaryo va boshqalar; - qor yerishi hisobiga to‘yinuvchi Ohangaron, Qashqadaryo, Podshoota, G‘ovasoy, Kosonsoy va boshqalar; - qor yerishi-yomg‘ir hisobiga to‘yinuvchi – G‘uzor, Keles, Jinnidaryo, Murg‘ob, Tajang va boshqalar. 1.61- jadval Jahondagi eng yirik daryolar va ularning tavsifi Daryolar Yillik o‘rtacha suv sarfi, ming m 3 /sek. Suv yig‘ish maydoni, ming km 2 Uzunligi, km Amazonka 120 7000 5500 Kongo 40 3690 4320 Gang va Braxmaputra 39 2000 2900 YAnsitszyan 31 1808 5800 Enisey 19,9 2580 5950 Missisipi 19 3220 3220 Lena 16,8 2490 4270 Zambezi 16 1330 2660 Paran 14,8 4250 4380 Orinoko 14 1085 2400 Mekenzi 14 1760 1700 Iravadi 13 430 2150 Obь 12,8 2990 5570 Mekong 12 810 4500 Nigyer 12 2090 4160

Volga 8,04 1380 3090 Dunay 6,43 817 2850 2. Suv manbalari Daryolarni suv sarfi iyulь-avgust oylarida kamayib ketadi. Ularni suv oqimini rostlash uchun suv omborlaridan (23 ta) keng foydalanilmoqdaki, ular daryo oqimini 20% gacha rostlash imkonini byeradi. Irrigatsiya suvni daryo, ko‘l va o kean va atm o sfyeralardan ajratib olinadi. Tahminan 188Mga yer (sug‘oriladigan maydonlarni 62%) yer sathi suvlaridan va 113 Mga (38%) yer osti suvlaridan ta’minlanadi. Quvurlash texnologiyasining kirishi va arzon enyergiya bilan ishlashi tufayli yer osti suvlarining iste’moli so‘n g gi yillarda juda o‘sdi, ayniqsa, Osiyo, SHimoliy Afrika va O‘rta Osiyoda. Hindistonda irrigatsiya datalarini olishlar ro‘yxati shuni ko‘rsatadiki, dala maydonlarini su g‘o rish tizimlari 1960-yildagi 10Mga dan 2010 – yilda 40Mga gacha o‘sdi. Janubiy Osiyoda yer osti suv iste’moli umumiy suv iste’moli - ning 57% Arabiston yarim orolida esa 88% ni tashkil etadi. Ikkilamch i suv resurslari jumladan qayta ishlangan (shahar suvlari) va chuchuklashtirilgan suvlarning ulushi esa atigi 1 foizdir. Qayta ishlangan sarflangan suvlar iste’moli shahar zonalarida o‘sib bormoqda, hamda shahar bog‘dorchiligida ul a rning foydalanishi juda keng qo‘llanilmoqda. CHuchuklashtirilgan suvlar su g‘o rish uchun faqat suvning boshqa ko‘rinishi bo‘lmagan va yuqori-qiymatga ega o‘simliklarga ishlatiladi va bunday xollar istisno bo‘ladi. 1 Noan’anaviy suv manbalari Bu turdagi suv manbalarining chuchuk suvga muqobil sifatida qo‘llanishi, ularning hozirda uncha katta bo‘lmagan manbaligiga qaramay, aniq bir davlatlar va regionlarda o‘sib borayotganligi kuzatilmoqda. Umumiy olganda, sug‘orish 1 The state of the world’s land and water resources for food and agriculture , Managing systems at risk . FAO 2011. p. 39.