logo

Ekologiya huquqining tamoyillari, usullari va tizimi.

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

50 KB
Ekologiya huquqining tamoyillari, usullari va tizimi.
Reja
Ekologiya huquqining tamoyillari.
Ekologiya huquqining ahamyati
Har bir fan sohasi, shu jumladan ekologiya huquqi fani ijtimoiy 
munosabatlarni tartibga solish jarayonida o`z yo`nalishlari, ya'ni tamoyillarga ega 
bo`lib, o`z navbatida har bir fan sohasining maqsad va vazifalaridan kelib chiqadi.
Ekologiya huquqining tamoyillari - tabiat-jamiyat tizimidagi o`zaro munosabatlar 
yo`nalishi, chegaralarini belgilab berishda ekologik-huquqiy mexanizmining 
barqarorligini kafolatshda va qonunchilik qoida-talablarning ekologik 
munosabatlarini tartibga solish tartibini belgilashda muhim ahamiyatga egadir.
Bizga ma'lumki, ekologiya huquqi tabiat bilan jamiyat o`rtasidagi o`zaro 
munosabatlarni huquqiy tartibga soladi. Shu jumladan, tabiatning inkor etib 
bo`lmaydigan qonuniyatlari va ijtimoiy xatti-harakatlari tartibga soluvchi jamiyat-
davlat qonunlari mavjud - ekologiya huquqi tamoyillarining asosiy vazifasi 
shundan iboratki, tabiiy qonuniyatlarning ustuvorligini tan olgan holda jamiyat 
a'zolarining tabiatga bo`lgan hatti-harakatlarini ilmiy asoslangan holda 
yo`naltirishdan iboratdir.
Tabiat va jamiyat o`rtasidagi o`zaro munosabatlar juda xilma-xil va murakkab 
bo`lganligi uchun ham ekologiya huquqining tamoyillarini quyidagi tizimga 
bo`lishimiz mumkin.
1.   Davlat va huquqning umumiy tamoyillari;
2.   Atrof tabiiy muxitni muhofaza qilishga oid tamoyillari;
3.   Tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga qaratilgan tamoyillar.
Ekologiya huquqi huquq tizimining sohasi sifatida ekologik munosabatlarni 
tartibga solishda davlat va huquqning quyidagi tamoyillardan foydalanadi:
·   Qonuniylik;
·   Ijtimoiy adolat;
·   Oshkoralik;
·   Ishontirish va majburlov choralarining hamkorligi; ·   Shaxslarning huquq va burchlarining birligi va boshqalar.
Atrof tabiiy muhit barqarorligini ta'minlash va tabiatni muhofaza qilishning asosiy 
tamoyillari quyidagilarni o`z ichiga oladi.
·                  Biosfera va ekologiya tizimlari barqarorligi hozirgi va kelguchi avlodning 
genetik fondini saqlash;
·                  Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilishda tabiat qonuniyatlari ustuvorligini tan 
olish;
·                  Fuqarolarning hayot uchun qulay tabiiy muhitga ega bo`lish huquqini 
ta'minlash;
·                  Jamiyatning ekologik, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy manfaatlarini 
uyg`unlashtirish;
·                  Tabiatni muhofaza qilish sohasida milliy, mintaqaviy va xalqaro 
uyg`unlashtirish;
·                  Tabiatni muhofaza qilish chora-tadbirlarining tabiiy resurslardan foydalanish
tadbirlaridan ustuvorligini tan olish;
·                  Tabiatni muhofaza qilish faoliyatini rag`batlantirish;
·                  Tabiiy resurslar holatini tiklash majburiyligi;
·                  Ekologiya ekspertizasini o`tkazishning majburiyligi;
·                  Ekologik qonunchilik qoidalarni buzganlik uchun javobgarlikning 
qo`llanilishi va boshqalar.
Tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga qaratilgan ijtimoiy munosabatlar 
quyidagi tamoyillar doirasida tartibga solinadi:
·                  Tabiiy resurslardan faqat ilmiy asoslangan holda oqilona foydalanishning 
zarurligi;
·                  Tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish 
faoliyatini rag`batlantirish;
·                  Yer, yer osti boyliklari, o`simlik va hayvonot dunyosidan maxsus 
foydlanganlik uchun haq to`lash va umumiy asosda foydalanganlik uchun haq 
to`lamaslik;
·                  Yerlardan belgilngan toifalar doirasida maqsadli foydalanish; ·                  Qishloq xo`jaligiga mo`ljallangan yerlarning ustivorligi;
·                  Tabiiy resurslar kadastrini yuritish majburiyligi va boshqalar.
Tabiat va jamiyat o`rtasidagi o`zaro munosabatlar, davlat va ekologik funksiyasi 
ushbu tamoyillar asosida va doirasida amalga oshirilib, atrof tabiiy muhit 
barqarorligini ta'minlash, aholining ekologik xavfsizligini ta'minlash va tabiiy 
resurslardan oqilona foydalanishga xizmat qiladi.
Ekologiya huquqi o`z predmeti, yo`nalishlari, maqsad va vazifalariga bo`lgani kabi
o`z usullariga ham ega bo`lib, ushbu usullar tabiat-jamiyat tizimidagi ijtimoiy 
munosabatlar xolatiga ta'sir etish orqali katta ahamiyatga egadir.
Hozirgi paytda ekologik munosabatlar qatnashayotgan jismoniy va yuridik 
shaxslar xatti-harakatlarini to`g`ri yo`nalshtirish uchun turli usullar qo`llanilib, 
ularning ko`lami ortib bormoqda.
Ekologik huquqiy munosabatlar tizimida quyidagi usullardan foydalaniladi:
1.   Ekologizatsiyalashtirish;
2.   ma'muriy-huquqiy;
3.   fuqaroviy-huquqiy;
Ekologizatsiyalashtirish usuli bugungi kunda jamiyat hayotning siyosiy, ijtimoiy-
iqtisodiy, ma'naviy-ma'rifiy jabhalariga tobora kirib borib, tabiat qonuniyatlarining
ustivorligini ta'minlash, tabiatni muhofaza qilish chora-tadbirlarining ishlab 
chiqarish jarayoniga qo`llanilishi sog`lom ekologik muhitga erishish zaruriyatini 
oldimizga qo`ymoqda, ushbu usul orqali shaxs, davlat va jamiyat hayotinging 
barcha jabhalarining ekologik qoida-talablar asosida olib borishini taqozo etadi.
Ma'muriy-huquqiy usul - davlat va huquqning muhim usullaridan biri bo`lib, 
davlatning majburlov chora-tadbirlarining qo`llanilishda namoyon bo`ladi.
Ekologiya huquqida ma'muriy-huquqiy usul keng qo`llanilib, atrof tabiiy muhitni 
muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va aholining ekologik 
xavfsizligini ta'minlovchi qoida-talablarning belgilanishi, barcha yuridik va 
jismoniy shaxslari tomonidan bamil qilinishining majburiyligi, ekologik qoida-
talablarni buzganlik uchun javobgarlik chora-tadbirlarining qo`llanilishida katta 
ahamiyatga egadir. Fuqaroviy-huquqiy usul ekologiya huquqida tobora rivojlanib, borayotgan usul 
sifatida bevosita ekologik-huquqiy munosabatlar ishtirokchilarining tengligi, 
mulkning daxlsizligi, moddiy rag`batlantirish, tabiatni muhofaza qilish va tabiiy 
resurslardan foydalanishda iqtisodiy chora-tadbirlarning qo`llanilishda namoyon 
bo`ladi.
Ekologiya huquqiy – tabiat-jamiyat tizimidagi murakkab munosabatlarni tartibga 
soladi, shuning uchun ham turli tushunchalar, institutlar, toifalar keng qo`llanib, 
ekologik-huquqiy qoida-talablarni qo`llanilishi va mazmunini ochib berishga 
xizmat qiladi.
Ekologik huquqiy munosabatlar tizimini o`rganishni oson bo`lishi uchun o`ziga 
xos institut, toifa va nazariy qoidalar majmuini birlashtirgan holda ekologiya 
huquqi o`z tizimiga ega.
Ekologiya huquqining tizimi - ekologik munosabatlarni tartibga solishdagi 
ahamiyati va mazmuniga ko`ra asosiy institut, toifa va nazariy-huquqiy 
masalalarning ma'lum tartibda joylashishidir.
Biz murakkab ekologik huquqiy munosabatlar yo`nalishlarini tahlil qilish va 
o`rganishni yengillashtirish maqsadida ekologiya huquqi tizimini ikki qismi, ya'ni 
umumiy va maxsus qismga bo`lib o`rganamiz.
Ekologiya huquqining umumiy qismi
·                  tabiat va jamiyat o`rtasidagi o`zaro bog`liqligi;
·                  ekologiya huquqining tushunchasi, predmeti va tizimi;
·                  tabiiy resurslarga nisbatan mulk huquqi;
·                  ekologiya sohasida davlat boshqaruvi;
·                  ekologiya nazorati va ekologiya ekspertizasining huquqiy holati;
·                  ekologiya qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik kabi mavzularni o`z 
ichiga olib, tabiatni muhofaza qilish va ulardan foydalanishning ilmiy-nazariy 
jihatlari, huquqiy asoslari, ekologik-huquqiy mexanizmi va uning elementlarining  umumiy ekologik-huquqiy qoidalarni belgilaydi.
Maxsus qismi esa tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va muhofaza qilish bilan 
bog`liq quyidagi:
·                  yerlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanishning huquqiy holati;
·                  suv resurslarini muhofaza qilish va ulardan foydalanishning huquqiy holati;
·                  yer osti boyliklarining huquqiy holati;
·                  o`simlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilishning huquqiy holati;
·                  hayvonot dunyosini muhofaza qilish va ulardan foydalanishning huquqiy 
holati;
·                  Atmosfera havosini muhofaza qilishning huquqiy holati;
·                  Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning huquqiy holati;
·                Xalq xo`jaligi sohalari va aholi punktlarida atrof tabiiy muxitni huquqiy 
muhofaza qilish;
·                Atrof tabiiy muhitni xalqaro-huquqiy muxofaza qilish kabi har bir tabiat 
obyektining huquqiy holatini qamrab oluvchi maxsus ahamiyatdagi ekologik-
huquqiy qoidalarni o`z ichiga oladi.

Ekologiya huquqining tamoyillari, usullari va tizimi. Reja Ekologiya huquqining tamoyillari. Ekologiya huquqining ahamyati Har bir fan sohasi, shu jumladan ekologiya huquqi fani ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish jarayonida o`z yo`nalishlari, ya'ni tamoyillarga ega bo`lib, o`z navbatida har bir fan sohasining maqsad va vazifalaridan kelib chiqadi. Ekologiya huquqining tamoyillari - tabiat-jamiyat tizimidagi o`zaro munosabatlar yo`nalishi, chegaralarini belgilab berishda ekologik-huquqiy mexanizmining barqarorligini kafolatshda va qonunchilik qoida-talablarning ekologik munosabatlarini tartibga solish tartibini belgilashda muhim ahamiyatga egadir. Bizga ma'lumki, ekologiya huquqi tabiat bilan jamiyat o`rtasidagi o`zaro munosabatlarni huquqiy tartibga soladi. Shu jumladan, tabiatning inkor etib bo`lmaydigan qonuniyatlari va ijtimoiy xatti-harakatlari tartibga soluvchi jamiyat- davlat qonunlari mavjud - ekologiya huquqi tamoyillarining asosiy vazifasi shundan iboratki, tabiiy qonuniyatlarning ustuvorligini tan olgan holda jamiyat a'zolarining tabiatga bo`lgan hatti-harakatlarini ilmiy asoslangan holda yo`naltirishdan iboratdir. Tabiat va jamiyat o`rtasidagi o`zaro munosabatlar juda xilma-xil va murakkab bo`lganligi uchun ham ekologiya huquqining tamoyillarini quyidagi tizimga bo`lishimiz mumkin. 1. Davlat va huquqning umumiy tamoyillari; 2. Atrof tabiiy muxitni muhofaza qilishga oid tamoyillari; 3. Tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga qaratilgan tamoyillar. Ekologiya huquqi huquq tizimining sohasi sifatida ekologik munosabatlarni tartibga solishda davlat va huquqning quyidagi tamoyillardan foydalanadi: · Qonuniylik; · Ijtimoiy adolat; · Oshkoralik; · Ishontirish va majburlov choralarining hamkorligi;

· Shaxslarning huquq va burchlarining birligi va boshqalar. Atrof tabiiy muhit barqarorligini ta'minlash va tabiatni muhofaza qilishning asosiy tamoyillari quyidagilarni o`z ichiga oladi. · Biosfera va ekologiya tizimlari barqarorligi hozirgi va kelguchi avlodning genetik fondini saqlash; · Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilishda tabiat qonuniyatlari ustuvorligini tan olish; · Fuqarolarning hayot uchun qulay tabiiy muhitga ega bo`lish huquqini ta'minlash; · Jamiyatning ekologik, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy manfaatlarini uyg`unlashtirish; · Tabiatni muhofaza qilish sohasida milliy, mintaqaviy va xalqaro uyg`unlashtirish; · Tabiatni muhofaza qilish chora-tadbirlarining tabiiy resurslardan foydalanish tadbirlaridan ustuvorligini tan olish; · Tabiatni muhofaza qilish faoliyatini rag`batlantirish; · Tabiiy resurslar holatini tiklash majburiyligi; · Ekologiya ekspertizasini o`tkazishning majburiyligi; · Ekologik qonunchilik qoidalarni buzganlik uchun javobgarlikning qo`llanilishi va boshqalar. Tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga qaratilgan ijtimoiy munosabatlar quyidagi tamoyillar doirasida tartibga solinadi: · Tabiiy resurslardan faqat ilmiy asoslangan holda oqilona foydalanishning zarurligi; · Tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish faoliyatini rag`batlantirish; · Yer, yer osti boyliklari, o`simlik va hayvonot dunyosidan maxsus foydlanganlik uchun haq to`lash va umumiy asosda foydalanganlik uchun haq to`lamaslik; · Yerlardan belgilngan toifalar doirasida maqsadli foydalanish;

· Qishloq xo`jaligiga mo`ljallangan yerlarning ustivorligi; · Tabiiy resurslar kadastrini yuritish majburiyligi va boshqalar. Tabiat va jamiyat o`rtasidagi o`zaro munosabatlar, davlat va ekologik funksiyasi ushbu tamoyillar asosida va doirasida amalga oshirilib, atrof tabiiy muhit barqarorligini ta'minlash, aholining ekologik xavfsizligini ta'minlash va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga xizmat qiladi. Ekologiya huquqi o`z predmeti, yo`nalishlari, maqsad va vazifalariga bo`lgani kabi o`z usullariga ham ega bo`lib, ushbu usullar tabiat-jamiyat tizimidagi ijtimoiy munosabatlar xolatiga ta'sir etish orqali katta ahamiyatga egadir. Hozirgi paytda ekologik munosabatlar qatnashayotgan jismoniy va yuridik shaxslar xatti-harakatlarini to`g`ri yo`nalshtirish uchun turli usullar qo`llanilib, ularning ko`lami ortib bormoqda. Ekologik huquqiy munosabatlar tizimida quyidagi usullardan foydalaniladi: 1. Ekologizatsiyalashtirish; 2. ma'muriy-huquqiy; 3. fuqaroviy-huquqiy; Ekologizatsiyalashtirish usuli bugungi kunda jamiyat hayotning siyosiy, ijtimoiy- iqtisodiy, ma'naviy-ma'rifiy jabhalariga tobora kirib borib, tabiat qonuniyatlarining ustivorligini ta'minlash, tabiatni muhofaza qilish chora-tadbirlarining ishlab chiqarish jarayoniga qo`llanilishi sog`lom ekologik muhitga erishish zaruriyatini oldimizga qo`ymoqda, ushbu usul orqali shaxs, davlat va jamiyat hayotinging barcha jabhalarining ekologik qoida-talablar asosida olib borishini taqozo etadi. Ma'muriy-huquqiy usul - davlat va huquqning muhim usullaridan biri bo`lib, davlatning majburlov chora-tadbirlarining qo`llanilishda namoyon bo`ladi. Ekologiya huquqida ma'muriy-huquqiy usul keng qo`llanilib, atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va aholining ekologik xavfsizligini ta'minlovchi qoida-talablarning belgilanishi, barcha yuridik va jismoniy shaxslari tomonidan bamil qilinishining majburiyligi, ekologik qoida- talablarni buzganlik uchun javobgarlik chora-tadbirlarining qo`llanilishida katta ahamiyatga egadir.

Fuqaroviy-huquqiy usul ekologiya huquqida tobora rivojlanib, borayotgan usul sifatida bevosita ekologik-huquqiy munosabatlar ishtirokchilarining tengligi, mulkning daxlsizligi, moddiy rag`batlantirish, tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanishda iqtisodiy chora-tadbirlarning qo`llanilishda namoyon bo`ladi. Ekologiya huquqiy – tabiat-jamiyat tizimidagi murakkab munosabatlarni tartibga soladi, shuning uchun ham turli tushunchalar, institutlar, toifalar keng qo`llanib, ekologik-huquqiy qoida-talablarni qo`llanilishi va mazmunini ochib berishga xizmat qiladi. Ekologik huquqiy munosabatlar tizimini o`rganishni oson bo`lishi uchun o`ziga xos institut, toifa va nazariy qoidalar majmuini birlashtirgan holda ekologiya huquqi o`z tizimiga ega. Ekologiya huquqining tizimi - ekologik munosabatlarni tartibga solishdagi ahamiyati va mazmuniga ko`ra asosiy institut, toifa va nazariy-huquqiy masalalarning ma'lum tartibda joylashishidir. Biz murakkab ekologik huquqiy munosabatlar yo`nalishlarini tahlil qilish va o`rganishni yengillashtirish maqsadida ekologiya huquqi tizimini ikki qismi, ya'ni umumiy va maxsus qismga bo`lib o`rganamiz. Ekologiya huquqining umumiy qismi · tabiat va jamiyat o`rtasidagi o`zaro bog`liqligi; · ekologiya huquqining tushunchasi, predmeti va tizimi; · tabiiy resurslarga nisbatan mulk huquqi; · ekologiya sohasida davlat boshqaruvi; · ekologiya nazorati va ekologiya ekspertizasining huquqiy holati; · ekologiya qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik kabi mavzularni o`z ichiga olib, tabiatni muhofaza qilish va ulardan foydalanishning ilmiy-nazariy jihatlari, huquqiy asoslari, ekologik-huquqiy mexanizmi va uning elementlarining

umumiy ekologik-huquqiy qoidalarni belgilaydi. Maxsus qismi esa tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va muhofaza qilish bilan bog`liq quyidagi: · yerlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanishning huquqiy holati; · suv resurslarini muhofaza qilish va ulardan foydalanishning huquqiy holati; · yer osti boyliklarining huquqiy holati; · o`simlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilishning huquqiy holati; · hayvonot dunyosini muhofaza qilish va ulardan foydalanishning huquqiy holati; · Atmosfera havosini muhofaza qilishning huquqiy holati; · Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning huquqiy holati; · Xalq xo`jaligi sohalari va aholi punktlarida atrof tabiiy muxitni huquqiy muhofaza qilish; · Atrof tabiiy muhitni xalqaro-huquqiy muxofaza qilish kabi har bir tabiat obyektining huquqiy holatini qamrab oluvchi maxsus ahamiyatdagi ekologik- huquqiy qoidalarni o`z ichiga oladi.