logo

TA’LIM TAMOYILLARI VA METODLARI.

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

27.759765625 KB
TA’LIM  TAMOYILLARI  VA  METODLARI. 
R E J A :
1) T a’lim qonuniyatlari va tamoyillari.
2) Ta’lim metodlari: tushuncha, funksiya, tasnif. 
3) Ta’lim  metodlarni  klassifikasiyasi.
4) Ta’lim metodlarini tanlash. T    a’lim qonuniyatlari va tamoyillari    .   O’quv jarayonida amal qiluvchi barcha
qonuniyatlar  umumiy  va  xususiy   tarziga   ikki   guruhga  ajratiladi.  Amal  qilinishiga
ko’ra   yaxlit   didaktik   tizimni     qamrab   oladigan   qonuniyatlar   umumiy ,     amal
qilinishiga   ko’ra   faqat   alohida   tarkibiy   qismlariga   taalluqli   bo’lgan   qonuniyatlar
esa  xususiy (aniq)  deb ataladi.
I.P.Podlasy 1
  ta’lim   jarayonining   quyidagi   umumiy   qonuniyatlarini   ajratib
ko’rsatadi:
1. Ta’lim   maqsadi   quyidagilarga   bog’liq:   jamiyatning   rivojlanish   sur’ati   va
darajasi,   jamiyatning   talablari   va   imkoniyatlari   hamda   pedagogika   fani   va
amaliyotining rivojlanganligi va imkoniyatlari darajasi.
2. Ta’lim   mazmuni   quyidagilarga   bog’liq:   ta’limning   ijtimoiy   ehtiyojlari   va
maqsadlari,   ijtimoiy   va   ilmiy-texnik   taraqqiyot   sur’ati,   o’quvchilarning   yoshi
imkoniyatlari, ta’lim nazariyasi va amaliyotining rivojlanish darajasi, shuningdek,
o’quv yurtining moddiy-texnik va iqtisodiy imkoniyatlari.
3.Ta’lim   sifati   (samaradorligi)   quyidagilarga   bog’liq:   avvalgi   bosqich
mahsuldorligi   va   mazkur   bosqichda   erishilgan   natijalar,   o’rganilayotgan   material
xususiyati   va   hajmi,   o’quvchilarga   tashkiliy-pedagogik   ta’sir   ko’rsatish   hamda
o’quvchilarning bilim olishga qobiliyatlari va ta’lim vaqti.
4. Ta’lim   metodlari   samaradorligi   quyidagilarga   bog’liq:   metodlarni
qo’llashda   bilimlari   va   ko’nikmalari,   ta’lim   maqsadi,   ta’lim   mazmuni,
o’quvchilarning   yoshi,   ta’lim   olish   imkoniyatlari,   moddiy-texnik   ta’minot
hamda o’quv jarayonini tashkil etish.
5.   Ta’limni   boshqarish   mahsuldorligi   quyidagilarga   bog’liq:   ta’lim   tizimida
qayta aloqalarning intensivligi va tuzatish, ta’sir ko’rsatishlarning asoslanganliligi.
6.   Ta’limni   rag’batlantirish   samaradorligi   quyidagilarga   bog’liq:   ta’limning
ichki   rag’batlari   (sabablari)   hamda   tashqi   (ijtimoiy,   iqtisodiy,   pedagogik)
rag’batlari.
Zamonaviy   fanga   aniq   qonuniyatlar   ko’plab   soni   ma’lumdir.   Ular   qatoriga
quyidagilar kiradi: 
1 1. Didaktik qonuniyatlar. 
2. Gnoseologik qonuniyatlar. 
3. Psixologik qonuniyatlar. 
4. Kibernetik qonuniyatlar. 
5. Sosiologik qonuniyatlar.  
6. Tashkiliy qonuniyatlar. 
Didaktik   tamoyillar   (didaktika   tamoyillari)   o’quv   jarayonining   umumiy
maqsadlari   va   qonuniyatlariga   binoan   uning   mazmuni,   tashkiliy   shakl   va
metodlarini belgilovchi boshlang’ich qoidalardir.
Tamoyil   (yunoncha   «principium»)   –   biror-bir   nazariyaning   asosi,   negizi,
asosiy   boshlang’ich   qoidasi;   boshqaruvchi   g’oya,   faoliyatning   asosiy   qoidasi;
umumlashtirilgan talab.
Ta’lim   tamoyillari .   Didaktik   tamoyillar   (didaktika   tamoyillari)   o’quv
jarayonining umumiy maqsadlari  va qonuniyatlariga ko’ra tashkil  etiluvchi  ta’lim
jarayonining tashkiliy shakl va metodlari, asosiy qoidalari mohiyatini   belgilovchi
mazmundir.   Ta’lim   tamoyillarida   ta’limning   aniq,   tarixiy   tajribaga   asoslanuvchi
me’yoriy asoslari (qoidalari) o’z ifodasini topgan. Ta’lim tamoyillarini bilish o’quv
jarayonini   uning   qonuniyatlari   asosida   tashkil   etish,   uning   maqsadlarini   asosli
ravishda belgilash va o’quv materialini mazmunini tanlab olish, maqsadga muvofiq
ta’lim shakli va metodlarini tanlash
imkonini   beradi.   Shu   bilan   birga   bu   tamoyillar   o’qituvchilar   va   o’quvchilarga
yaxlit   jarayonning   bosqichlariga   amal   qilish,   o’zaro   aloqalar   va   hamkorlikni
amalga oshirishga imkon beradi.
Ta’lim   tamoyillari   o’zida   tarixiylik   xususiyatini   namoyon   etadi.   Ta’lim
nazariyasi va amaliyoti rivojlanib borgani, ta’lim jarayonining yangi qonuniyatlari
kashf etilishi bilan ta’limning yangi tamoyillari ham shakllanadi, eski ko’rinishlari
o’zgardi.   Bu   ishlar   bugungi   kunda   ham   davom   etadi.   O’qitish   va   tarbiyalash
qonuniyatlarini aks ettiradigan yaxlit pedagogik jarayonning umumiy tamoyillarini
keltirib chiqarishga urinishlar ko’zga tashlanmoqda. Tamoyillar   ta’lim   jarayonining   mohiyati,   qoidalar   esa     uning   alohida
tomonlarini aks ettiradi.
Ta’limni  mazmunli va tashkiliy-metodik tamoyillari dan  tashkil topgan tizim
sifatida e’tirof etish mumkin: 
I.   Ta’limning   mazmunli   tamoyillari .   Ular   ta’lim   mazmunini   tanlash   bilan
bog’liq bo’lgan qonuniyatlarni aks ettiradi va quyidagi g’oyalarni ifodalaydi:
- fuqarolik;
- ilmiyligi;
- tarbiyalovchi ta’lim;
-   fundamentalligi   va   amaliy   yo’nalganligi   (ta’limning   hayot   bilan,
nazariyaning amaliyot bilan bog’liqligi);
- tabiat bilan uyg’unligi;
- madaniyat bilan uyg’unligi;
- insonparvarligi.
Fuqarolik tamoyili.   Unga ko’ra ta’lim mazmunini shaxsning subyektivligini
rivojlantirish,   uning   ma’naviyligi   va   ijtimoiy   yetukligiga   yo’naltirishda   namoyon
bo’lishi   kerak.   U   ta’lim   mazmunini   insonparvarlashtirishni   nazarda   tutadi   va
fuqarolikni   anglash,   O’zbekiston   Respublikasining   ijtimoiy   va   siyosiy   tuzilishi
haqidagi   tasavvurlar   tizimi,   o’zbek   xalqi   madaniyati   psixologik   xususiyatlari,
uning mentalitet xususiyatlari, milliy siyosati va madaniyati kabi dolzarb masalalar
haqidagi tasavvurlarining shakllanishi bilan bog’liq.
Ta’limning   ilmiyligi   tamoyili   ta’lim   mazmunini   zamonaviy   fan   va   texnika
rivojlanish   darajasi,   jahon   sivilizasiyasi   to’plagan   tajribaga   mos   kelishini
ifodalaydi.   Bu   tamoyil   ta’lim   vaqtida   va   o’qishdan   tashqari   vaqtda   amalga
oshiriladigan   ta’lim   mazmuni   o’quvchilarni   obyektiv   ilmiy   dalillar,   hodisalar,
qonunlar,   zamonaviy   yutuqlar   va     rivojlanish   istiqbollarini   ochib   berishga
yaqinlashtirib,   u   yoki   bu   sohaning   asosiy   nazariya   yoki   konsepsiyalari   bilan
tanishtirishga yo’naltirilgan bo’lishini talab etadi.
Ta’limning   tarbiyalovchilik   tamoyili   yaxlit   pedagogik   jarayonda   ta’lim   va
tarbiyaning   birligi   qonuniyatlariga   tayanadi.   Bu   tamoyil   ta’lim   jarayonida barkamol   rivojlangan   shaxsni   shakllantirishni   ko’zda   tutadi.   Ta’lim   jarayonida
tarbiyalashning   samarali   kechishi     shaxsning   intellektual   rivojlanishi,     birinchi
navbatda,   o’quvchilarning   qiziqishlari,   idrok   etish   hamda   individual
qobiliyatlarining hisobga olinishi bilan bog’liq.
  Ta’limning fundamentalligi va amaliy yo’nalganligi tamoyili   umumiy o’rta
ta’lim   maktablaridayoq   o’quvchilar   chuqur   nazariy   va   amaliy   tayyorlikdan
o’tadilar. Mazkur holat an’anaviy didaktikada  ta’limning  hayot bilan, nazariyaning
amaliyot bilan bog’liqligi  kabi ifoda etiladi.
O’qishda   fundamentallik   bilimlarning   ilmiyligi,   to’la   va   chuqur   bo’lishini
ko’zda   tutadi.   U   odamdan   yuksak   intellektual   salohiyat,   fikrlash   layoqatining
tadqiqotchilik   ko’rinishda   bo’lishi,   bilimlarini   doimiy   ravishda   to’ldirib   borish
istagi   va   malakalarini   talab   etuvchi   zamonaviy   ilmiy-texnik   taraqqiyotga
asoslangan.   Fundamental   bilimlar   aniq   bilimlariga   qaraganda   sekin   eskiradi,
shuningdek,   inson   va   xotirasiga   emas,   ko’proq   uning   fikrlash   layoqatiga   bog’liq
bo’ladi.  Ta’limning fundamentalligi  bilimlar  mazmunining  muntazamligi, nazariy
va amaliy jihatdan o’zaro nisbatda bo’lishni talab etadi. 
Ta’limning   tabiat   bilan   uyg’unligi   tamoyili.   Ya.A.Komenskiy   o’zining
tabiatga uyg’un bo’lishi g’oyasini ifoda etib, tabiatda hayot bahordan boshlangani
kabi   ta’lim   olish   jarayoni   uchun   eng   qulay   davr   bolalik   ekanligini   ta’kidlaydi.
Ertalabki   soatlar   mashg’ulotlarni     bajarish   uchun   juda   qulay   hisoblanadi.
O’quvchilarga ularning yosh davrlarini inobatga olgan holda bilimlarning berilishi
ushbu   bilimlarning   ular   uchun   tushunarli   bo’lishini   ta’minlaydi.   Demak,   tabiat
bilan uyg’unlik g’oyasi asta-sekinlik, ketma-ketlik va mustaqil faoliyat kabi ta’lim
tamoyilining asosi hisoblanadi. 
O’zbek   pedagogi   Abdulla   Avloniy   ham   (1878-1934   yillar)   ta’lim   va
tarbiyani   yo’lga   qo’yishda   tabiatga   uyg’un   bo’lishi   g’oyasining   davomchisi
bo’lgan.   O’zining   “Turkiy   guliston   yohud   axloq”   nomli   asarida   bola   shaxsining
tabiiy     mukammalligiga   ishonch   bildiradi.   A.Avloniy   bola   tabiatan   go’zallik   va
mehribonlik bilan uyg’unlikda tug’iladi deb yozadi. Allomaning fikricha, ta’lim va tarbiyaning   vazifasi   bola   shaxsining   rivojlanishi   uchun   yordam   beruvchi
sharoitlarni yaratishdan iborat. 
Abdulla   Avloniy   bolani   milliy   madaniyat,   vatanga   muhabbat   asosida
tarbiyalash   g’oyasining   tarafdori   bo’lgan,   bu   xususida   allomaning   asarlarida
quyidagi   fikrlar   o’z   ifodasini   topgan:   “....   odam   tug’ilgan   va   o’sib   ulg’aygan
shaharni va shu shahar joylashgan mamlakatni bu odamning Vatani deb aytadilar.
Biz turkistonliklar o’zimizning quyoshli  diyorimizni jonimizdan ham ortiq yaxshi
ko’rishimiz kabi  arablar o’z Arabistonini, ... eskimoslar  esa  o’zlarining Shimolini
yaxshi ko’radilar” deb yozadi. A.Avloniyning fikricha, xalqparvarlikka asoslangan
ta’lim   va   tarbiya   yoshlarga   vatanparvarlik   namunalarini   ko’rsatishga   undashi
kerak. 
             Ta’limda insonparvarlik tamoyili ni   bolaning shaxs sifatidagi qadr-qimmati,
uning   erkinligi   hamda   baxtli   hayot   kechirishini   ta’minlash,   uni   rivojlantirishi,
ijodiy   imkoniyatlarini   ro’yobga   chiqarishi,   unga   hayotda   o’z   o’rnini   topishda
yordam ko’rsatishi va hokazolarni nazarda tutadi. 
“Insonparvarlik”   va   “odamiylik”   so’zlari   yunoncha   humanus   “odamiylik”
bir   so’zdan   kelib   chiqqan.   Insonparvarlik,   odamiylik   ma’naviy-axloqiy
tushunchalardir.   Insonparvarlik   g’oyasi   antik   davr   faylasuflari   (Suqrot,   Aflotun,
Arastu   va   boshqalar)   qarashlarida   ilk   bor   ko’zga   tashlanadi.   Markaziy   Osiyoda
insonparvarlik   g’oyalari   Sharq   Uyg’onish   davrida   keng   rivojlandi.   Abu   Nasr
Forobiyning fikricha, bolani eng avval o’qimishli, saxovatli inson qilib tarbiyalash
kerak,   zero,   salbiy   nuqsonlar   bolalikdan   paydo   bo’ladi.   Shu   bois   oilada   tarbiyani
yo’lga qo’yishda xato qilmaslik zarur.
O’zbekiston  Respublikasida  huquqiy, demokratik jamiyat  barpo etilayotgan
mavjud   sharoitda   uzluksiz   ta’lim   tizimi   oldida   barkamol,   har   tomonlama
rivojlangan, erkin, mustaqil fikrlovchi shaxsni tarbiyalash vazifasi turibdi. Mazkur
vazifa ta’lim va tarbiya jarayonida bolalarga nisbatan insonparvarlik munosabatida
bo’lish   orqali   ijobiy   hal   etiladi.   Bolalarga   nisbatan   insonparvarlik   munosabatida
bo’lish   ularning   taqdiri   haqida   qayg’urish,   uning   qobiliyatini   ko’ra   olish,   unga ishonish,   shuningdek,   bolaning   xatoga   yo’l   qo’yish,   shaxsiy   nuqtai   nazarga   ega
bo’lish huquqini qadrlashni nazarda tutadi.
Ta’limning   tashkiliy–metodik   tamoyillari.   Ta’limni   tashkil   etish
metodikasi ta’lim mazmunini shakllantirish kabi erkin tanlanishi mumkin emas. Bu
borada muayyan ijtimoiy, psixologik va pedagogik talablarni inobatga olish zarur.
Bunday   talablar   t a’limning   tashkiliy-metodik   tamoyillari   deb   yuritiluvchi
tamoyillar mazmunida o’z ifodasini topgan:
- ta’limning izchilligi, tizimliligi, ketma-ketligi;
- ta’limda onglilik va ijodiy faollik;
- ta’limda ko’rgazmalilik;
- ta’limning samaradorligi va ishonchliligi (mustahkamligi);
- ta’limning tushunarliligi;
- guruhli va individual ta’lim birligi;
- ta’limning o’quvchilar yoshi va individual xususiyatlariga mos kelishi;
- oqilona talabchanlik bilan bola shaxsini hurmat qilishning muvofiqlikligi;
- pedagogik hamkorlik.
Ta’limning   izchilligi,   tizimliligi,   ketma-ketligi   tamoyili   bilish
bosqichlarining obyektivligini anglatadi.
Izchillik   ta’lim   mazmuni,   uning   shakli   va   usullari,   o’quv   jarayoni
ishtirokchilari  bo’lgan subyektlarning o’zaro munosabatlariga taalluqli. U alohida
parsial   (yunoncha   partialis   -   qisman)   va   xususiy   o’quv   vaziyatlari,   predmet   va
hodisalar o’rtasidagi bog’liqlik, aloqadorlik qonuniyatlarini asta-sekin o’zlashtirish
asosida ularni yagona yaxlit o’quv jarayoniga birlashtirishga imkon beradi.
Izchillik ta’lim jarayonining ma’lum tizim va ketma-ketlik asosida bo’lishini
nazarda tutadi, zero, murakkab masalalarni oddiy masalalarni o’rganmay turib hal
etib bo’lmaydi.
Muntazamlik   va   ketma-ketlik   u   yoki   bu   o’quv   materialini   o’zlashtirish
sur’ati, uning elementlari o’rtasidagi o’zaro mosligini tahlil qilishga imkon beradi.
Ta’limning   muntazamlikligi   va   ketma-ketligi   ma’lum   fanlar   bo’yicha   bilim,
ko’nikma   va   malakalarini     shakllantirish,   borliqni   yaxlit   idrok   etish   o’rtasidagi qarama-qarshilikni   hal   etishga   imkon   beradi.   Ushbu   holatlar   birinchi   navbatda
dastur   va   darsliklarni   muayyan   tizimda   yaratish,   fanlararo   hamda   fanlar   ichidagi
bog’liqlikni ta’minlash evaziga namoyon bo’ladi. 
Onglilik va  ijodiy  faollik  tamoyili .   Uning asosini   fanni   o’rganishda  muhim
ahamiyatga ega bo’luvchi qoidalar majmuini shakllantirish tashkil etadi.  Bilimlarni
ongli   ravishda   o’zlashtirish   quyidagi   omil   va   shartlarga   bog’liq:   ta’lim   motivlari,
o’quvchilarning   faollik   darajasi,   o’quv-tarbiyaviy   jarayonning   samarali   tashkil
etilishi,   o’qituvchi   tomonidan   qo’llanuvchi   ta’lim   metodlari   va   vositalarining
samaradorligi     va   boshqalar.   O’quvchilarning   faolliklari   reproduktiv   va   ijodiy
xarakterga   ega   bo’lishi   mumkin.   Mazkur   tamoyil   o’quvchilarning
tashabbuskorliklari va mustaqil faoliyatlarini nazarda tutadi. 
Ko’rgazmalilik   tamoyili   ta’lim   jarayonini   tashkil   etish   asosida   yotuvchi
muhim   qoidalardan   biri   hisoblanadi.   Ya.A.Komenskiy   uni   didaktikaning   “oltin
qoidasi   deb   atagan.   Unga   binoan   ta’limda   inson   sezgi   organlaridan   foydalanish
kerak. “Agarda biz o’quvchilarda haqiqiy va  aniq bilimlar  paydo qilishni  istasak,
unda biz umuman hamma narsaga shaxsiy kuzatish va sezib ko’rish bilan Ta’limga
intilishimiz kerak – deb ta’kidlaydi u – agarda qandaydir predmetni baravariga bir
necha sezgi  organlari  bilan qabul  qilish mumkin bo’lsa, mayli ular  baravariga bir
necha sezgilari bilan o’rganilsin”. 
Tajribalar   asosida   o’rganilayotgan   narsani   namoyish   etish   va   jarayon
mohiyatini   hikoya   qilib   berish   o’zlashtirish   darajasini   birmuncha   oshiradi.
Xususan, axborotlarni eshitib qabul qilish samarasi 15 foiz, ko’rib qabul qilish esa
–   25   foizni   tashkil   etadi.   Ta’lim   jarayonida   ularni   bir   vaqtda   ishtirok   etishi
natijasida ma’lumotlarni qabul qilish samaradorligi 65 foizgacha ortadi.
Ko’rgazmalilikdan   o’quv   jarayoni   barcha   bosqichlarida   foydalanish
mumkin:   yangi   materialni   o’zlashtirish,   uni   mustahkamlash,   mashqlarni   tashkil
qilish hamda o’quvchilarning dastur materiallarini o’zlashtirishlarini tekshirish va
baholashda.
Ta’limning samaradorligi  va ishonchliligi  tamoyili    .      An’anaviy  didaktikada
u   mustahkamlik   tamoyili   kabi   ifoda   etiladi.   Agarda   o’qitish   jarayoni   ta’lim maqsadlariga   erishishni   ta’minlamasa,   u   holda   ushbu   jarayonni   tashkil   etish
zaruriyati yuzaga kelmaydi. Shu bois ta’lim samarali, shuningdek, rivojlantiruvchi
va tarbiyalovchi xususiyatga ega bo’lishi kerak. 
Ta’limning   ishonchliligi   va   mustahkamlikligini   ta’minlash   uchun
o’quvchilar o’qish jarayonida o’quv-o’rganish harakatlarining quyidagi to’la siklini
o’zlashtira olishlari zarur:   o’rganilayotgan materiallarni dastlabki qabul qilish, uni
chuqurroq anglab yetish, eslab qolish, o’zlashtirilgan bilimlarini qo’llash bo’yicha
ma’lum faoliyatni amalga oshirish, ularni takrorlash va tizimlashtirish. 
Ta’limning   chuqurligi   va   mustahkamligi   talabi   didaktikada   an’anaviy
hisoblanadi   va   u   yuzakilikka   qarama-qarshi   qo’yiladi.   Chuqur,   mustahkam
bilimning   asosiy   belgisi   eng   fundamental   g’oyalar,   qoidalar,   tushuncha,
kategoriyalarni   tushunish,   chuqur   o’zlashtirish,   o’rganilayotgan   materiallar
mazmunini puxta anglashdan iborat. 
Ta’limning   tushunarliligi   tamoyili   o’quvchilarning   mavjud   imkoniyatlarini
hisobga   olish,   jismoniy   va   psixik   sog’lig’iga   yomon   ta’sir   etuvchi   intellektual   va
emosional   qiyinchiliklardan   voz   kechishni   talab   etadi.   Ta’limning   tushunarli
bo’lishi   o’quvchilarning   yoshi,   bilish   imkoniyatlarini   hisobga   olib   o’qishning
mazmunini   to’g’ri   aniqlash   demakdir,   ya’ni,   har   bir   o’quv   fani   bo’yicha
o’quvchilar   egallab   olishi   zarur   bo’lgan   bilim,   amaliy   ko’nikma   va   malakalari
hajmini   to’g’ri   aniqlashdir.   Bu   tamoyil   o’quv   jarayonini   o’quvchilarda
qiyinchiliklarni   yengish   istagini   hosil   qiluvchi   va   shaxsiy   muvaffaqiyatlarining
natijalaridan quvonish tuyg’usini yuzaga keltirishga yo’naltirilganligini ifodalaydi.
Bu   bolalarda   ko’zga   tashlanuvchi   qattiq   hayajonlanish,   shuningdek,   o’quv
masalalarini yechishdagi ishonchsizlikni yo’qotishga yordam  beradi.
Guruhli   va   individual   ta’limning   birligi   tamoyili     shaxsning,   bir   tomondan
atrofdagilar   bilan   munosabatda   bo’lish,   ijtimoiy   aloqalarni   yo’lga   qo’yishga
intilishi, ikkinchi tomondan esa, yakka holda ta’lim olishga bo’lgan xohishini aks
ettirishga xizmat qiladi. Muomala faoliyatning alohida turi bo’lib, uni tashkil etish
jarayonida   boshqalar   haqidagi   tasavvur   va   tushuncha   yuzaga   keladi.   Atrofdagilar
bilan   munosabatni   yo’lga   qo’yish   o’zaro   aloqalarning   hosil   bo’lishi   va rivojlanishini,   alohida   bo’lish   esa   shaxsning   ijtimoiylashuvi   hamda   rivojlanishini
ta’minlaydi.
An’anaviy   ta’lim   o’z   mohiyatiga   ko’ra   guruhli   hisoblanadi,   zero,   u   30-40
nafar   o’quvchilardan   iborat   o’quv   guruh(yoki   sinf)larida   tashkil   etiladi.   100-200
nafar   talabalardan   iborat   kurslarda   esa   ta’limga   sarflanadigan   harakatlarni
kamaytirish maqsadida ma’ruzalar o’qish tashkil etiladi. Guruhli ta’lim munozara,
muzokara   tashkil   etish   uchun   qulay   sharoitga   ega   bo’lib,     o’quv   masalalarini
yechishning eng samarali yo’llarini birgalikda izlashni ta’minlaydi, o’zaro yordam
ko’rsatish   uchun   sharoit   yaratadi,   o’quvchilarning   mas’uliyat   hissini   oshiradi.
O’quv   muassasalarida   guruhli   ta’limni   tashkil   etish   jamoani   shakllantirishning
asosiy shakli sanaladi. 
Ta’limning o’quvchilarning yoshi  va individual  xususiyatlariga mos kelishi
tamoyili   o’quvchilarning   yoshiga   ko’ra   va   individual   yondashuvni
anglatadi.Yoshiga   muvofiq   yondashish   o’quvchilarning   psixik   xususiyatlari,
shaxsiy   rivojlanganlik   darajasi,   ma’naviy-axloqiy   sifatlari,   ijtimoiy   yetukligini
baholay   olishni   nazarda   tutadi.   Agarda   qo’yilayotgan   talablar   yoki   ta’limning
tashkiliy tuzilishi o’quvchilarning yoshi imkoniyatlaridan ortda qolsa yoki ilgarilab
ketsa,   o’quv   faoliyatining   samarasi   pasayadi.   Individual   yondoshish
o’quvchilarning murakkab ichki dunyosini o’rganish, yuzaga kelgan munosabatlar
tizimini tahlil qilish va shaxs shakllanishi sodir bo’ladigan ko’p turdagi sharoitlarni
aniqlashni talab etadi.
Oqilona talabchanlik bilan bola shaxsini hurmat qilishning birgaligi tamoyili
pedagog  tarbiyalanuvchini shaxs sifatida hurmat qilishi zarur. Oqilona talabchanlik
maqsadga   muvofiq   bo’lsa,   ta’lim-tarbiya   jarayoni,   shaxsning   to’liq   va   barkamol
rivojlanishini   ta’minlay     olsa   samarasi   ancha   yuqori   bo’ladi.   O’quvchilarga
nisbatan   talabchanlik   ularni   tartibli,   intizomli   bo’lish,   burchlarni   o’z   vaqtida
bajarish   ko’nikmalariga   ega   bo’lishlarini   ta’minlashi   lozim.   Shaxsga   hurmat
insondagi ijobiy xislatlariga tayanishni ko’zda tutadi.
Hamkorlik   tamoyili   ta’lim   jarayonida   shaxsning   ustuvor   mavqyeini
ta’minlash, uning o’z-o’zini anglashini anglatadi. Bu tamoyil o’zaro munosabatlar jarayonida   subyektlar   o’rtasidagi   aloqalarning   dialog   shakli,   shaxslararo
munosabatlar   mazmunida   esa   empatiya   (yunoncha   «empathlia»   –   birgalikda
tashvishlanish,   ya’ni,   boshqa   odamning   tashvishlarini   tushunish)ning   ustunligiga
erishishni talab etadi. Adabiyotlar:
1. O‘zbekiston   Mustaqillikka   erishish   ostonasida/     Karimov   I.A   2011yil
“O‘zbekiston” nashriyoti. 440b
2. Mavlonova   R.,   To‘raeva   O,   Holiqberdiev   K.   Pedagogika   /   Kasb-hunar
kollejlari uchun darslik. Ikkinchi nashr. – Toshkent: O‘qituvchi, 2001.
3. Pedagogika   nazariyasi   va   tarixi.   Pedagogika   nazariyasi.   1-qism   /   Oliy
o‘quv   yurtlari   uchun   darslik.   M.X.Toxtaxodjaevaning   umumiy   tahriri   ostida.   –
Toshkent:  “ Iqtisod-moliya”, 2007. 
4. Pedagogika   /   O‘quv   qo‘ll.   J.Hasanboev   va   boshq.     –   Toshkent:   “Fan”,
2006.
5. Hasanboeva   O.,   Hasanboev   J.,   Homidov   X.   Pedagogika   tarixi   /   O‘quv
qo‘ll. – Toshkent: “O‘qituvchi”, 1997.
6. Hashimov   K.,   Nishonova   S.   Pedagogika   tarixi   /   Darslik.   –   Toshkent:
“Istiglol” nashriyoti, 2005.
7. Hoshimov K., Nishonova S., Inomova M., Hasanov R.  Pedagogika tarixi /
O‘quv qo‘ll. – Toshkent: “O‘qituvchi”, 1996.
8. Hoshimov   K.,   Nishonova   S.   Pedagogika   tarixi.   II-qism   /   Darslik.   –
Toshkent: A.Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2005.

TA’LIM TAMOYILLARI VA METODLARI. R E J A : 1) T a’lim qonuniyatlari va tamoyillari. 2) Ta’lim metodlari: tushuncha, funksiya, tasnif. 3) Ta’lim metodlarni klassifikasiyasi. 4) Ta’lim metodlarini tanlash.

T a’lim qonuniyatlari va tamoyillari . O’quv jarayonida amal qiluvchi barcha qonuniyatlar umumiy va xususiy tarziga ikki guruhga ajratiladi. Amal qilinishiga ko’ra yaxlit didaktik tizimni qamrab oladigan qonuniyatlar umumiy , amal qilinishiga ko’ra faqat alohida tarkibiy qismlariga taalluqli bo’lgan qonuniyatlar esa xususiy (aniq) deb ataladi. I.P.Podlasy 1 ta’lim jarayonining quyidagi umumiy qonuniyatlarini ajratib ko’rsatadi: 1. Ta’lim maqsadi quyidagilarga bog’liq: jamiyatning rivojlanish sur’ati va darajasi, jamiyatning talablari va imkoniyatlari hamda pedagogika fani va amaliyotining rivojlanganligi va imkoniyatlari darajasi. 2. Ta’lim mazmuni quyidagilarga bog’liq: ta’limning ijtimoiy ehtiyojlari va maqsadlari, ijtimoiy va ilmiy-texnik taraqqiyot sur’ati, o’quvchilarning yoshi imkoniyatlari, ta’lim nazariyasi va amaliyotining rivojlanish darajasi, shuningdek, o’quv yurtining moddiy-texnik va iqtisodiy imkoniyatlari. 3.Ta’lim sifati (samaradorligi) quyidagilarga bog’liq: avvalgi bosqich mahsuldorligi va mazkur bosqichda erishilgan natijalar, o’rganilayotgan material xususiyati va hajmi, o’quvchilarga tashkiliy-pedagogik ta’sir ko’rsatish hamda o’quvchilarning bilim olishga qobiliyatlari va ta’lim vaqti. 4. Ta’lim metodlari samaradorligi quyidagilarga bog’liq: metodlarni qo’llashda bilimlari va ko’nikmalari, ta’lim maqsadi, ta’lim mazmuni, o’quvchilarning yoshi, ta’lim olish imkoniyatlari, moddiy-texnik ta’minot hamda o’quv jarayonini tashkil etish. 5. Ta’limni boshqarish mahsuldorligi quyidagilarga bog’liq: ta’lim tizimida qayta aloqalarning intensivligi va tuzatish, ta’sir ko’rsatishlarning asoslanganliligi. 6. Ta’limni rag’batlantirish samaradorligi quyidagilarga bog’liq: ta’limning ichki rag’batlari (sabablari) hamda tashqi (ijtimoiy, iqtisodiy, pedagogik) rag’batlari. Zamonaviy fanga aniq qonuniyatlar ko’plab soni ma’lumdir. Ular qatoriga quyidagilar kiradi: 1

1. Didaktik qonuniyatlar. 2. Gnoseologik qonuniyatlar. 3. Psixologik qonuniyatlar. 4. Kibernetik qonuniyatlar. 5. Sosiologik qonuniyatlar. 6. Tashkiliy qonuniyatlar. Didaktik tamoyillar (didaktika tamoyillari) o’quv jarayonining umumiy maqsadlari va qonuniyatlariga binoan uning mazmuni, tashkiliy shakl va metodlarini belgilovchi boshlang’ich qoidalardir. Tamoyil (yunoncha «principium») – biror-bir nazariyaning asosi, negizi, asosiy boshlang’ich qoidasi; boshqaruvchi g’oya, faoliyatning asosiy qoidasi; umumlashtirilgan talab. Ta’lim tamoyillari . Didaktik tamoyillar (didaktika tamoyillari) o’quv jarayonining umumiy maqsadlari va qonuniyatlariga ko’ra tashkil etiluvchi ta’lim jarayonining tashkiliy shakl va metodlari, asosiy qoidalari mohiyatini belgilovchi mazmundir. Ta’lim tamoyillarida ta’limning aniq, tarixiy tajribaga asoslanuvchi me’yoriy asoslari (qoidalari) o’z ifodasini topgan. Ta’lim tamoyillarini bilish o’quv jarayonini uning qonuniyatlari asosida tashkil etish, uning maqsadlarini asosli ravishda belgilash va o’quv materialini mazmunini tanlab olish, maqsadga muvofiq ta’lim shakli va metodlarini tanlash imkonini beradi. Shu bilan birga bu tamoyillar o’qituvchilar va o’quvchilarga yaxlit jarayonning bosqichlariga amal qilish, o’zaro aloqalar va hamkorlikni amalga oshirishga imkon beradi. Ta’lim tamoyillari o’zida tarixiylik xususiyatini namoyon etadi. Ta’lim nazariyasi va amaliyoti rivojlanib borgani, ta’lim jarayonining yangi qonuniyatlari kashf etilishi bilan ta’limning yangi tamoyillari ham shakllanadi, eski ko’rinishlari o’zgardi. Bu ishlar bugungi kunda ham davom etadi. O’qitish va tarbiyalash qonuniyatlarini aks ettiradigan yaxlit pedagogik jarayonning umumiy tamoyillarini keltirib chiqarishga urinishlar ko’zga tashlanmoqda.

Tamoyillar ta’lim jarayonining mohiyati, qoidalar esa uning alohida tomonlarini aks ettiradi. Ta’limni mazmunli va tashkiliy-metodik tamoyillari dan tashkil topgan tizim sifatida e’tirof etish mumkin: I. Ta’limning mazmunli tamoyillari . Ular ta’lim mazmunini tanlash bilan bog’liq bo’lgan qonuniyatlarni aks ettiradi va quyidagi g’oyalarni ifodalaydi: - fuqarolik; - ilmiyligi; - tarbiyalovchi ta’lim; - fundamentalligi va amaliy yo’nalganligi (ta’limning hayot bilan, nazariyaning amaliyot bilan bog’liqligi); - tabiat bilan uyg’unligi; - madaniyat bilan uyg’unligi; - insonparvarligi. Fuqarolik tamoyili. Unga ko’ra ta’lim mazmunini shaxsning subyektivligini rivojlantirish, uning ma’naviyligi va ijtimoiy yetukligiga yo’naltirishda namoyon bo’lishi kerak. U ta’lim mazmunini insonparvarlashtirishni nazarda tutadi va fuqarolikni anglash, O’zbekiston Respublikasining ijtimoiy va siyosiy tuzilishi haqidagi tasavvurlar tizimi, o’zbek xalqi madaniyati psixologik xususiyatlari, uning mentalitet xususiyatlari, milliy siyosati va madaniyati kabi dolzarb masalalar haqidagi tasavvurlarining shakllanishi bilan bog’liq. Ta’limning ilmiyligi tamoyili ta’lim mazmunini zamonaviy fan va texnika rivojlanish darajasi, jahon sivilizasiyasi to’plagan tajribaga mos kelishini ifodalaydi. Bu tamoyil ta’lim vaqtida va o’qishdan tashqari vaqtda amalga oshiriladigan ta’lim mazmuni o’quvchilarni obyektiv ilmiy dalillar, hodisalar, qonunlar, zamonaviy yutuqlar va rivojlanish istiqbollarini ochib berishga yaqinlashtirib, u yoki bu sohaning asosiy nazariya yoki konsepsiyalari bilan tanishtirishga yo’naltirilgan bo’lishini talab etadi. Ta’limning tarbiyalovchilik tamoyili yaxlit pedagogik jarayonda ta’lim va tarbiyaning birligi qonuniyatlariga tayanadi. Bu tamoyil ta’lim jarayonida

barkamol rivojlangan shaxsni shakllantirishni ko’zda tutadi. Ta’lim jarayonida tarbiyalashning samarali kechishi shaxsning intellektual rivojlanishi, birinchi navbatda, o’quvchilarning qiziqishlari, idrok etish hamda individual qobiliyatlarining hisobga olinishi bilan bog’liq. Ta’limning fundamentalligi va amaliy yo’nalganligi tamoyili umumiy o’rta ta’lim maktablaridayoq o’quvchilar chuqur nazariy va amaliy tayyorlikdan o’tadilar. Mazkur holat an’anaviy didaktikada ta’limning hayot bilan, nazariyaning amaliyot bilan bog’liqligi kabi ifoda etiladi. O’qishda fundamentallik bilimlarning ilmiyligi, to’la va chuqur bo’lishini ko’zda tutadi. U odamdan yuksak intellektual salohiyat, fikrlash layoqatining tadqiqotchilik ko’rinishda bo’lishi, bilimlarini doimiy ravishda to’ldirib borish istagi va malakalarini talab etuvchi zamonaviy ilmiy-texnik taraqqiyotga asoslangan. Fundamental bilimlar aniq bilimlariga qaraganda sekin eskiradi, shuningdek, inson va xotirasiga emas, ko’proq uning fikrlash layoqatiga bog’liq bo’ladi. Ta’limning fundamentalligi bilimlar mazmunining muntazamligi, nazariy va amaliy jihatdan o’zaro nisbatda bo’lishni talab etadi. Ta’limning tabiat bilan uyg’unligi tamoyili. Ya.A.Komenskiy o’zining tabiatga uyg’un bo’lishi g’oyasini ifoda etib, tabiatda hayot bahordan boshlangani kabi ta’lim olish jarayoni uchun eng qulay davr bolalik ekanligini ta’kidlaydi. Ertalabki soatlar mashg’ulotlarni bajarish uchun juda qulay hisoblanadi. O’quvchilarga ularning yosh davrlarini inobatga olgan holda bilimlarning berilishi ushbu bilimlarning ular uchun tushunarli bo’lishini ta’minlaydi. Demak, tabiat bilan uyg’unlik g’oyasi asta-sekinlik, ketma-ketlik va mustaqil faoliyat kabi ta’lim tamoyilining asosi hisoblanadi. O’zbek pedagogi Abdulla Avloniy ham (1878-1934 yillar) ta’lim va tarbiyani yo’lga qo’yishda tabiatga uyg’un bo’lishi g’oyasining davomchisi bo’lgan. O’zining “Turkiy guliston yohud axloq” nomli asarida bola shaxsining tabiiy mukammalligiga ishonch bildiradi. A.Avloniy bola tabiatan go’zallik va mehribonlik bilan uyg’unlikda tug’iladi deb yozadi. Allomaning fikricha, ta’lim va