Ta’lim metodlari va ta’lim shakllarining tasnifi.


Mavzu: Ta’lim metodlari va ta’lim shakllarining tasnifi. Reja: 1. Ta’lim metodlari tuzilmasi. 2. Ta’lim metodlarining tasnifi.
Kirish Ilmiy-texnik, texnokratik paradigma ning asosiy maqsadi amaliyotni takomillashtirish asosida ta’lim oluvchilarga aniq ilmiy bilimlarni berish va ularning o’zlashtirilishini ta’minlashdir. Bilim kuchdir, shu bois shaxs qimmati uning o’rganish, bilim olish, imkoniyatlari bilan belgilanadi. Shaxs muayyan (o’rtacha, standartlashtirilgan) bilim yoki xulq-atvor egasi bo’lsagina qadriyat sifatida e’tirof etiladi degan g’oya ushbu paradigmaning asosini tashkil etadi. So’nggi yillarda noinstitutsional paradigma rivojlana boshladi. U ta’limni ijtimoiy institutlar, ya’ni, maktab va oliy ta’lim muassasalaridan tashqarida tashkil etish g’oyasini ilgari suradi. Bu ta’lim «tabiatda» — Internet, «ochiq maktablar» — komputerlar vositasida ta’lim dasturlariga (masofadan o’qitish) muvofiq o’qitish samarali deya hisoblaydi. Quyida ta’lim metodlari haqida gapiramiz. Metod - yunon tilidan olingan bo’lib, yo’l, usul, yo’naltiruvchi uslub degan ma’noni beradi, ya’ni maqsadga erishish yo’lidir Vosita - metodlarni muvaffaqiyatli amalga oshirmoq uchun zarur bo’lgan yordamchi o’quv materiallari, asbob-uskuna, qurol, apparat, kompyuterlar va boshq. «Metod» so’zining yunoncha tarjimasi «tadqiqot, usul, maqsadga erishish yo’li» kabi ma’nolarni anglatadi. Filofosiya lug’atida ushbu tushuncha umumiy tarzda «maqsadga erishish usullari» deya sharhlangan. Ayni vaqtda pedagogik manbalarda «ta’lim metodi» tushunchasiga berilgan ta’riflarning xilma-xil ekanligiga guvoh bo’lish mumkin. Mazkur o’rinda ularning ayrimlarini keltiramiz: Ta’lim metodi – zamonaviy darajada o’quv-tarbiyaviy maqsadlarga erishishga yo’naltirilgan pedagog va o’quvchilarning o’zaro bog’liq faoliyat usullaridir (V. I.Zagvyazinskiy) Ta’lim metodlari – o’quv jarayonining murakkab tarkibiy unsuri (komponenti) bo’lib, o’qituvchi va o’quvchi faoliyatining barcha yo’nalishlarini yoritishga xizmat qiladi, ular o’rtasida ko’p sonli aloqa va bo g’lanishlarni yuzaga keltiradi (G.I.Hukina) Ta’lim metodlari deganda o’qituvchining o’rgatuvchanligi va o’quvchilarning o’quv materialini egallashga yo’naltirilgan turli didaktik masalalar echimini topishga oid o’quv-bilish faoliyatlarini tashkil etish usullari tushuniladi (I.F.Xarlamov) Ta’lim metodi – belgilangan maqsadga erishishni ta’minlovchi algoritmlashtirilgan, muayyan mazmunga ega xarakatlar tizimidir (P.I.Podlaso’y) «Ta’lim metodi» tushunchasining mo hi yatini yorituvchi qarashlar
Shuningdek, ta’lim metodlarining o’qituvchi va o’quvchilarning o’zaro hamkorlikdagi tartibli faoliyatlari usullari ekanligi to’g’risidagi fikrlar ham mavjud . «Ta’lim metodlari dastlab pedagog ongida muayyan yo’nalishdagi faoliyatning umumlashma loyihasi tarzida namoyon bo’ladi. Mazkur loyiha amaliyotga o’qituvchi va o’quvchilar faoliyatining o’zaro tutashuvi, o’qitish va o’qishga qaratilgan aniq harakatlar, amallar yoki usullar majmuasi sifatida joriy etiladi. Metod boshqa shakllarda namoyon bo’lmaydi, buning boisi ta’lim metodi o’zida umumiy holda faoliyatning didaktik modelini ifoda etadi» 1 . 1. Qayd etilayotgan tushuncha mohiyatini to’laqonli yorituvchi ta’rifni aniqlashga bo’lgan urinish bugun ham davom etyapti, yangi-yangi ta’riflar ilgari surilmoqda. Biroq, «ta’lim metodi» tushunchasi mohiyatini yoritishga nisbatan turlicha qarashlarning mavjudligiga qaramay, ularni o’zaro yaqinlashtiruvchi umumiylik mavjud. Aksariyat mualliflar «ta’lim metodlari o’quvchilarning o’quv- bilish faoliyatini tashkil etish usullari» degan qarashga yon bosadilar. Demak, ta’lim metodlari ta’lim jarayonida qo’llanilib, uning samarasini ta’minlovchi usullar majmuidir. Ta’lim metodlari ta’lim maqsadini yoritishga xizmat qiladi, u yordamida ta’lim mazmunini o’zlashtirish yo’llari ifoda etiladi, o’qituvchi va o’quvchilarning o’zaro harakati, xususiyati aks ettiriladi. Metod, bir tomondan, ta’lim maqsadiga erishish vositasi sifatida namoyon bo’lsa, boshqa tomondan, boshqariluvchan o’qish faoliyatini amalga oshirish sharti hisoblanadi. Ta’lim metodlari doimo u yoki bu o’qish vositalari yordamida joriy etiladi, shu bois ularning o’zaro shartlanganligini ta’kidlash joiz. Ta’lim metodi tuzilmasi chizmada quyidagicha namoyon bo’ladi (M.N.Skatkin qarashlariga ko’ra): 1 O’quv faoliyati O’quvchi faoliyati Ta’lim ma qsadi Ta’lim metodi Ma qsad sari harakatlanish mexnaizmi Erishilgan ma qsad O’qituvchi faoliyati O’quvchining vositali faoliyati TA’LIM METODI TUZILMASI
Chizmadan anglanib turibdiki, ta’lim metodi tuzilmasida quyidagilar ajralib turadi: maqsadli tarkib; faoliyatli tarkib; ta’lim vositalari. Tabiiyki, umumiy holda erishilgan natija har doim ham o’qituvchining dars boshida belgilagan maqsadiga mos kelavermaydi. Ta’lim maqsadi o’qituvchi va o’quvchilar faoliyati asosida, shuningdek, ta’lim vositalari yordamida natijalanadi, ushbu jarayonda aniq maqsadga yo’naltirilgan mexanizm ishga tushadi. Ta’lim tizimlari maqsadga erishish jarayonida bosh xalqa aynan qanday va qaysi mexanizm asosida hamda mavjud tarkibiy unsurlarni qanday ishga solish mumkinligini ifodalashga xizmat qiladi. Ta’lim metodlari quyidagi asosiy funktsiyalarni bajaradi: Ta’lim metodlarini tanlash muammosi uzoq davrdan buyon tadqiq qilib kelinmoqda. Biroq tadqiqotlar soni ko’p bo’lsada, bu borada yagona to’xtamgan kelinmagan. Ushbu o’rinda ta’lim amaliyotida qo’llanilib kelayotgan metodlar tizimi (tasnifi)ga to’xtalib o’tamiz. Ta’lim metodlari Motivatsiyali Rivojlantiruvchi Tashkiliy Tarbiyaviy Ta’limiy Ta’lim metodlarining tasnifi M.A.Danilov va B.P.Esipovlarning karashlariga k o’ra Bilimlarni egallash metodlari. K o’ nikma va malakalarni shakllantirish metodlari. Bilimlarni qo’llash metodlari. Nazorat (bilim, k o’ nikma va malakalarni musta h kamlash va tekshirish) metodlari