Boshlang‘ich sinflarda husnixatga o‘rgatishning metodlari va tamoyillari.
Mavzu: Boshlang‘ich sinflarda husnixatga o‘rgatishning metodlari va tamoyillari. Reja: 1. Boshlang‘ich sinflarda husnixatga o‘rgatishda qullaniladigan metodlar. 2. Na’munaga qarab yozish usuli. 3. Na’munaga qarab ko‘chirib yozish usuli. 4. Nusxaga ko‘chirish usuli. 5. Tasavvur orqali yozish usuli 6. Harflarni shaklini tahlil qilish usuli. 7. Yozuv malakasini ongli o‘zlashtirish usuli. 8. Sanoq ohang usuli .
H usni x atga o‘rgatish t a m o yill a ri U m umdidaktik va grafik malakalar bilan bog‘liq tamoyillar. Onglilik, soddadan murakkabga tamoyili, takrorlash. ko‘rgazmalilik, bolalarning yosh va individual xususiyatlarini hisobga olish tamoyillari husnixatga o‘rgatish tamoyillari. Onglilik tamoyili. O‘quvchilarning harf shakllarini qanday va qay tartibda yozishi, qiyaligi bo‘yi, enini mo‘ljallashda, harflarni keyingi harflarga ulashda, ruchka ushlashda partada o‘tirish qoidalari, grafik kamchiliklarni aniqlay bilishida namoyon bo‘lishi. Ko‘rgazmalilik tamoyili. ko‘rgazmali vositalar: karton,jadvallarda oldindan yozib namoyish qilish: ko‘rgazmali harakat, xattaxta. daftarda o‘quvchilar qo‘lidan ushlab yozdirishda namoyon bo‘lishi. Takrorlash tamoyili. Yozish jarayonini avtomatlashtirish asosidir. Takrorlash. yozuvni tahlil qilish, taqqoslash. Xatolarni tuzatish tarzida olib borilishi, uning mexanik va samarasiz mashqqa aylanib qolmasligi. Genetik tamoyil. Harf elementlarini, shakli oson harflardan so‘ng shakli murakkab harflar guruhini yozish harf birikmasi, bo‘g‘in, so‘z, gap tartibida yozuvni uyushtirish. O‘quvchining individual xususiyatlarini hisobga olish tamoyili. H ar bir o‘quvchining ruchka ushlashi, daftar tutishi, yozuv tezligi, yutuq va kamchili gi ni hisobga olib borish zarurligi. Yozuvga o‘rgatishni o‘qishga o‘rgatish bilan bir paytda amalga oshirish savod o‘rgatish jarayonidagi asosiy prinsiplardan ekanligi. Chiroyli yozuvning imlo bilan bog‘liqligi. Bolalarni yozuvga o‘rgatishda unga kompleks yondashuv. Yozuvning har : tamonlama talabga javob bcrishi uchun so‘zning grafik va imloviy tomonining to‘g‘ri shakllantirilishi.
Inson nutqining harflar orqali yozma shakllantirilishi, buni to‘g‘ri shakllantirish uchun harflarning shaklini to‘g‘ri yozish, ularni to‘g‘ri ulashning ahamiyati, bunda amalga oshiriladigan bo‘g‘in tovush, tovush-harf va imloviy tahlil ishlari, ya’ni fonetik - grafik tahlil. Savodli yozuvning grafik hilimlar bilan bog‘liqligi Qo‘l uzmay yozishni to‘g‘ri tashkil e tmaslik, harflarning ulanishini to‘g‘ri o‘rgatmaslik, nutq s i fatiga asoslanmagan holda yozish t e zligini oshirishning o‘quvchilar yozuviga salbiy ta ’ siri. Imlo xatolar ustida ishlashning yozuv sifati va husnixatga ta’siri. Husnixat uchun imlosida xatoga yo‘l 1- Na’munaga qarab yozish usuli —chiroyli yozuvga o‘rgatishning eng asosiy usullaridan biri bo‘lib bunda harflaning shakli na’muna qilib ko‘rsatiladi. Xar bir harf na’munasi xattaxtada o‘qituvchi tomonidan na’muna qilib ko‘rsatilib o‘quvchilarning daftarda qizil rangli ruchkada na’munasi beriladi. O‘qituvchining vazifasi eng avvalo daftar bilan ishlash jarayoni o‘quvchilarni na’munaga qarab yozish ko‘nikmalarini shakillashtirishdir hamda xattaxtada yozilgan harf shakillarini eslab qolib, xotirada saqlashni shakillantirishdir. Doskada ko‘rsatilgan xar-bir xarf o‘quvchiga aniq ravon ko‘rinishi shart. Ayniqsa yangi harf va uni bog‘lanishi haqida ko‘proq tushuncha berilishi kerak. Harflarni yozishda o‘qituvchi qayerda harf bog‘lanishi qayerda uzilishi harflarning baland pastligi haqida ko‘rsatmalar beriladi. 2- Na’munaga qarab ko‘chirib yozish usuli – bu usul juda qadimiy usul bo‘lib yaxshi nateja va samaraga erishish uchun eng yaxshi usullardan biri bo‘lib hisoblanadi. Bu usulda o‘qituvchi ko‘proq yozuv daftardan foydalanishi yaxshi nateja beradi. Bunda o‘qituvchi tomonidan o‘quvchilarga qora qalam bilan berilgan harf shakli nuqtalar orqali yozib beriladi. O‘quvchilar nuqtalarni birlashtirish orqali yozuv malakasini hosil qiladilar
shuningdek tayyor holda nuqtalar bilan ifodalangan harflar ustida qo‘lni yurgizib mashq qilish orqali mehanik jarayon hosil bo‘ladi. Bu usulning afzallik tomoni shundaki umuman yoza olmaydigan o‘quvchi ham yozish malakasiga ega bo‘ladi. 3- Nusxa ko‘chirish usuli – bu metodni qullayotganda o‘qituvchi tomondan o‘quvchilar ichida xunik yozayotganlar hisobga olingan holda o‘rgatilishi kerak. Bunda o‘quvchilarnng chiroyli yoza olmasligi harflarni shaklini yoza olmasligi hamda chalkash yozishni oldini olish uchun bu usuldan foydalaniladi. O‘qituvchi tomonidan kalka yupqa qog‘ozdan foydalanish o‘quvchilarning shu harflarning o‘zlashtirishiga yordam beradi. Bu qog‘oz yangi harf shakli ustiga quyib shundan foydalangan holda 2 ta nusxaga tushiriladi. Shuni a’lohida takidlash lozimki 1- sinfda 1-chorakda foydalanish juda yaxshi nateja beradi. 4- Tasavvur orqali yozish usuli —yuqorida ko‘rsatilgan usullardan ushbu usul keskin farq qilinadi. Bunda o‘qituvchi tomonidan o‘quvchilarning tasavvuri va xotirasiga jamlash uchun harf shakli sodda va lo‘nda holda tushuriladi. Harflarning shaklini xotirasida saqlash uchun ta’luqli bo‘lgan ko‘rgazmali qurol va shunga oid bo‘lgan misol va na’munalar ko‘rsatiladi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki ko‘rsatilayotgan tasvirlar kengligi harflarni o‘tilishida takrorlanmaslik kerak. 1.Harflarni shaklini tahlil qilish usuli — Harflarning shaklini tahlil qilish jarayonida 1- o‘rinda xarflrni bosma va yozma shaklini yozish jarayoni bir biridan farq qilingan holda o‘qituvchi tomonidan tushuntiriladi. Harflarning ayrimlari yuqori qismidan ayrimlari o‘rta qismidan va ayrimlari pastki qismidan ulanishi haqida tushuncha beriladi. Bu jarayonni almashtirmasligi uchun o‘qituvchi na’munalarini berib boradi va tahlil qiladi. Eng asosiysi
harf elimentlarini bir biridan almashtirmasdan yozish haqida malaka va ko‘nikma hosil qiladi. 2.Yozuv malakasini anglash usuli — Chiroyli yozuv malakalarini yozuv qoidalarini yaxshi bilish yozuv malakalarini to‘g‘rishakillantirishga yordam beradi. Masalan 1- sinfda harflarni yozish jarayonida katta kichikligi, qiyaligini hamda harflarni to‘g‘ri yoza olmaydigan o‘quvchilarga yozuv malakasini ongli o‘zlashtirish usuli o‘qituvchi tomonidan to‘g‘ri tashkil etishi yozuv sifati va samaradorligini oshiradi. 2- 3- sinflarda esa chiroyli yozuv malakasini o‘rgatishda ta’biy holki yozuv grafikasiga amal qilish tubdan o‘zgarib ketadi. O‘quvchining yozuvi buziladi bunga sabab 2 chiziqli daftardan katta chiziqli daftardan foydalanishidir. Yozuv malakalarini ongli o‘zlashtirishi uchun o‘qituvchi tomonidan 2- sinfdan katta chiziqli daftardan foydalanishi shart. 3.Sanoq ohang usuli —bu usuldan foydalanishda o‘qituvchi harf va uning elimentlarini sanash orqali yozib tushuntiriladi. Bu usulni ayniqsa savod urgatish davrida keng o‘rgatishdir. Sanoq ohang usulida yozish har tomonlama o‘quvchilarga ijobiy ta’sir qiladi.