logo

Islomgacha bo’lgan davr adabiyotini o’rganish manbalari

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

30.0576171875 KB
Islomgacha bo’lgan davr adabiyotini o’rganish manbalari
Reja:
1. "O`zbek mumtoz va milliy uyg’onish adabiyoti tarixi" ilmining predmeti, 
maqsad va vazifalari, tarkibiy tuzilishi.
2 . O`zbek adabiyoti tarixini davrlashtirish muammolari.
3. Islomgacha bo’lgan davr adabiyotini o’rganish manbalari va muammolari.
4. Qadimgi mifologiya va og’zaki ijodning boshqa shakllari. o’zbek adabiyotini davrlashtirish.
"Adabiyot" so`zining etimologiyasi haqida ikki xil fikr mavjud. 
1. Ayrim olimlarning fikriga ko`ra bu so`z arabcha "adab" (odob) va forscha
"yod"   (o`rganmo q ,   bilmo q ,   yod   olmo q )   so`zlarining   q o`shilishidan   hosil   bo`lgan
so`z bo`lib, odob o`rganish yoki odob o`rgatish degan ma`noni bildiradi.
2.   Ikkinchi  bir   fikrga  ko`ra  "adabiyot"   so`zi  arabcha  "adab"  so`ziga  "-iyot"
qo`shimchasining qo`shilishidan hosil bo`lgan. "Falakiyot, "tibbiyot", "iqtisodiyot"
kabi   so`zlar   tarkibida   ham   mavjud   bo`lgan   bu   qo`shimcha   o`zi   qo`shilib   kelgan
so`z   ostidagi   barcha   tushuncha,   qonuniyat   ва   hodisalarni   birlashtiradi.   Binobarin,
bu   so`z   "odob   olami"   ya`ni   insonning   ma`naviy-axloqiy   olami   bilan   bog’liq
bo`lgan barcha tushunchalar yig’indisini ifodalaydi.
Adabiyot so`zi amalda ikki ma`noda - keng va tor ma`noda qo`llanadi. Keng
ma`noda   bu   so`z   yozm а   nutqning   barcha   namunalarini   ifodalaydi.   Ilmiy,   Ilmiy-
ommabop asarlar, gazeta va jurnallardagi maqolalar shular jumlasidan.
Adabiyot   so`zining   tor   ma’nosi   deganda   faqat   badiiy   ijod   namunajari
tushuniladi.   Ushbu   fan   doirasida   adabiyot   so’zininng   asosan   tor   ma’nosi   nazarda
tutiladi. 
Adabiyot   musiqa,   rassomchilik,   haykaltaroshlik,   kino,   teatr   kabi   san’at
turlaridan biridir. "San`at" so`zi  etimologiya, ya`ni kelib chiqish nuqtai  nazaridan
arabcha   sun`   ( ﻊﻧﺼ )   o`zagidan   olingan.   Bu   so`z   ijod,   yaratmoq   degan   ma`nolarni
ifodalaydi.   "Sun`" parvardigorning sifatlaridan biri bo`lib, shu o`zakdan yasalgan
"sone`" so`zi go`zallik yaratuvchi, ijod etuvchi degan ma`nolarni ifodalaydi. 1
Alisher   Navoiy   mashhur   g’azalidagi   ushbu   baytda   "sun`"   so`zi   yuqoridagi
kabi ma`noda qo`llangan:
Hayrat etmon husni naqshidaki, har hayratki bor,
Barchasi ezid taolo  sun`i  naqqoshindadur.
Mazmuni:   Men   uning   go`zal   (yoki   go`zalligi)   naqshlaridan
hayratlanmayman.   Chunki   buning   barchasi   Alloh   (s.t)ning   naqqoshlik   san`ati,
ya`ni go`zal naqshlar ijodkori ekanligidandir.
1
  Фарҳанги забони тожики  II  жилд. – Москва :  Советская Eнциклопедия, 1969. 274-саҳ.  "San`at" so`zi "Alisher Navoiy asarlari tilining izohli lug’atida “hunar, kasb,
ustalik, mohirlik” kabi ma`nolarda sharhlangan:
"San`at"   so`zi   zamonaviy   adabiyotshunoslik   atamasi   sifatida   "...voqelikni
obrazlar   va   yorqin   manzaralar   orqali   badiiy   ifodalashdan   iborat"   hodisani
ifodalaydi. 2
 
Adabiyotni (tor ma’noda) boshqa san’at turlari kabi voqelikni, atrofimizdagi
olam va unda kechayotgan jarayonlar, kishilar tafakkuridagi evrilishlarni obrazlar,
ramzlar,   majoziy   tasvirlar   vositasida   aks   ettiradi.   Bu   hodisalar   adabiyotda   “so’z”
vositasida   amalga   oshadi.   Binobarin,   adabiyot   –   so’z   san’ati dir.   U   inson
ruhiyatidagi   nihoyatda   nozik   tovlanish   va   ohanglarni   ilg’ashga,   ularni   aks
ettirishga   intiladi.   Dunyoda   insonlar   bir-birlariga   o’xshamaganlariday,   ularning
qalb k е chinmalari ham takrorlanmasdir.
Adabiyotni   o’rganuvchi   ilm   adabiytotshunoslik   deb   nomlanadi.
Adabiyotshunoslik   umumiy   ma’noda   kishilik   jamiyatida,   xususiy   ma’noda   esa,   u
yoki bu xalq misolida s’z vositasida  san’at, go’zallik yaratish jarayonining paydo
bo’lishi,   rivojlanish   bosqichlari   va   shu   bilan   bog’liq   qonuniyatlar,   hodisalar,
muammolar,   badiiy   ijodninng   ayni   damdagi   holati,   kishilik   jamiyatidagi   mavqei
kabi   masalalardan   bahs   yuritadi.   O’zbek   adabiyotshunoslikninng   asosiy   tarkibiy
qismlaridan   biri   bo’lgan   “O’zbek   adabiyoti   tarixi”   o’zbek   xalqininng   boy
madaniy merosi, eng qadimgi  zamonlardan hozirgi kunga qadar yaratilgan badiiy
va   badiiy   xususiyatga   ega   asarlar,   ularninng   mualliflari,   yaratilish   jarayonlari,
ularda   aks   etgan   mazmun   va   g’oyalar   rang-barangligi,   eng   muhimi,   mazkur
asarlarninng   inson   kamoloti,   ma’naviy   barkamol   insonni   tarbiyalashdagi   o’rni
haqida   mubohasa   etadi.  Binobarin   o’zbek  adabiyoti   tarixini   o’rganishdan   maqsad
bugungi kun qahramonini shakllantirishdir. 
O’zb е k xalqi   boy adabiy  yodgorliklarga  ega.  O’tmishda  yaratilgan  mo’'tabar
og’zaki   va   yozma   adabiyotimiz   namunalarini   chuqur   o’rganish   va   bilish   har   bir
o’quvchining,   shu   yurtda   yashayotgan   kishilarning   ulug’   burchidir.   Bugungi
2
 Adabiyotshunoslik terminlari lug’ati. - Toshkent: O`qituvchi, 1967. 195-bet. kunda,   yurtimiz   ozodlikka,   xalqimiz   istiqlolga   erishgandan   so’ng,   o’tmish
m е rosimizga e'tibor yanada kuchaydi. Pr е zid е ntimiz I.A.Karimov o’zlarining qator
suhbatlari,   nutq   va   kitoblarida   buyuk   ajdodlarimiz   qoldirgan   m е rosni
o’rganishning   ahamiyatini   qayta-qayta   ta'kidlamoqdalar.   Z е ro,   xalqimiz
mustaqillikka erishgandan so’nggina bizga noma'lum ko’pgina ulug’ shoirlarimiz,
olimlarimiz,   muhaddislarimiz   haqida   ma'lumotga   ega   bo’ldik.   Asarlarini   o’rgana
boshladik.
O’zb е k   adabiyoti   qadimiy   tarixga   ega.   Adabiyot   jamiyat   hayotining   o’ziga
xos   ifodasi.   U   jamiyat   tarixidagi   katta  va   kichik  o’zgarishlarni   xilma-xil   obrazlar
vositasida   turli   badiiy   shakllarda   aks   ettiradi.   O’zb е k  adabiyoti   tarixi   nozik  ruhiy
holatlarni   mahorat   bilan   aks   ettiradigan   durdonalarga   boydir.   Ular   hozirgi   avlod
ruhiyatida,   qalbida   ham   hayajon   uyg’ota   oladi,   ularning   ma'naviy   boyishlariga
t е gishli hissa qo’sha oladi. 
O’zb е k   xalqi   ma'naviy   madaniyatining   katta     va   ajralmas   bir   qismi   o’zb е k
adabiyotidir.
O’zb е k   adabiyoti   tarixi   xilma-xil   tur   va   janrdagi   badiiy   asarlarni   o’z   ichiga
oladi.   Lirika   va   epos   o’tmish     o’zb е k   adabiyotining   asosiy   turlaridir.   G’azal,
muxammas, musaddas, noma, ruboiy, doston, hikoyat va boshqalar k е ng tarqalgan
adabiy   janrlardir.   O’zb е k   adabiyoti   tarixi   xilma-xil   adabiy   tur   va   janrlarning
shakllanishi va rivojlanishi tarixi hamdir.
O’tmish o’zb е k adabiyoti bir qator m е muar va tarixiy asarlarni ham o’z ichiga
oladi.  «Boburnoma»,  «Shajarai   turk»,  «Shajarai   tarokima»,   «Firdavs   ul-iqbol»  va
boshqalar shular jumlasidandir.
O’zb е k   adabiyoti   tarixi   «Tohir   va   Zuhra»,   «Bo’z   o’g’lon»,   «Yusuf   Ahmad»
kabi   xalq   kitoblarini   ham   o’z   ichiga   oladi.   Bular   folkloristikaning   ham,   adabiyot
tarixining ham pr е dm е tidir. 
Adabiyotimiz tarixining ajralmas qismlaridan biri badiiy tarjima adabiyotidir.
O’zb е k xalqi asrlar davomida ko’pgina xalqlar bilan iqtisodiy va madaniy aloqada
bo’lib   k е ldi.   Shu   aloqalarning   m е vasi   sifatida   tarjima   adabiyot   vujudga   k е ldi.
O’zb е k   tiliga   tojik,   ozarbayjon,   eron,   hind,   arab,   rus   va   boshqa   xalqlarning   ko’p badiiy asarlari  va tarix kitoblari  tarjima  qilindi. Nizomiyning «Xisrav va  Shirin»,
«Haft   paykar»,   Sa'diyning   «Bo’ston»,   «Guliston»,   Jomiyning   «Bahoriston»,
«Yusuf   va   Zulayho»,   Hiloliyning   «Shoh   va   Gado»,   shuningd е k,   «Kalila   va
Dimna»,   «Ming   bir   k е cha»,   «Ravzat   us-safo»,   «Badoyi-ul-vaqo е »   va   boshqalar
shular jumlasidandir.
Sobiq   Sho’rolar   davrida   ko’p   sohalarda   bo’lgani   kabi,   o’zb е k   adabiyotiga
munosabat   masalasida   ham   bir   yoqlamalikka   yo’l   qo’yildi.   Adabiyot   vakillari
«saroy adabiyoti vakillari», «diniy-mistik adabiyot vakillari», «progr е ssiv adabiyot
vakillari» kabi ajratishlar asosida baholandi. Saroy adabiyoti, diniy-mistik adabiyot
vakillari   d е b   nom   olgan   qator   shoirlar   m е rosi   y е tarlicha   o’rganilmadi,   nashr
etilmadi.   Yoki   ular   ijodi   kamsitildi.   Ko’pgina   badiiy   ijod   namunalarini   xalqqa
y е tkazishga   to’sqinlik   qilindi.   O’zb е kiston   mustaqilikka   erishgandan   so’ng,
o’tmish adabiyotimizga e'tibor kuchaygani bois Yassaviy, Sulaymon Boqirg’oniy,
Imom   G’azzoliy,   Bahouddin   Naqshband,   Bobo   Xudoydodi   Vali,   So’fi   Olloyor,
Haziniy,   kabi   diniy   va   tasavvufiy   adabiyot   vakillari;   Husayniy,   Shaboniy,
Ubaydiy,   Komron   Mirzo,   Bayramxon,   Amiriy,   F е ruz   kabi   hukmdor   tabaqa
vakillarining   nomlari   xalqqa   k е ng   ma'lum   qilindi.   Asarlari   chop   etildi,   munosib
hurmat va ehtirom ko’rsatildi.
Ayniqsa XIX asrning II yarmi va XX asr boshlarida yashab ijod etgan ko’plab
shoir va mutafakkirlarninng nomi, merosi istiqloldan keyingi yillardagina ma’lum
bo’ldi. Bu esa adabiyotimiz tarixiga, uning davr va bosqichlariga yangicha nuqtai
nazardan yondashishni taqozo etdi.
2.   O`zbek   adabiyoti   tarixini   davrlashtirish   muammolari.   Har   bir   fanda
bo’lgani   kabi   adabiyot   tarixi   ilmida   ham   butun   va   qism   munosabati   mavjud.   Bu
avvalambor   yaxlit   bir   jarayon   bo’lgan   o’zbek   adabiyoti   tarixini   kichik   davrlarga
bo’lib   o’rganishda   namoyon   bo’ladi.   Adabiyot   tarixini   mukammalroq   o’rganish,
uning   har   bir   bosqichuda   yuz   bergan   hodisalarni   maxsus   tadqiq   etish   maqsadida
olimlar  davrlarga bo’lishni  tavsiya etadi. Bu jarayon o’zbek adabiyotshunosligida
Abdurauf   Fitratdan   boshlangan   desak   xato   bo’lmaydi.   U   o’zining   1927-yilda
yaratgan   “O’zbek   adabiyoti   namunalari”   qo’llanmasida   adabiyotimiz   tarixini   ilk bora   davrlarga     bo’lish   tajribasini   qo’llab   ko’rdi.   Fitrat   o’z   davrining   ijtimoiy-
siyosiy   talab   vamafkurasidan   kelib   chiqib   o’zbek   adabiyoti   tarixini   quldorlik,
feodalizm va proletariat davri adabiyoti kabi uchta davrga ajratdi.
O.Sharafiddinovning   1948-yilda   nashr   ettirilgan   “O’zbek   adabiyoti   tarixi”
xrestomatiyasida (majmua) davrlashtirish bo’yicha tajribalar davom ettirildi.
Sobiq sho’rolar davri adabiyotshunosligida o’zb е k adabiyoti tarixini ikki katta
bosqichga ajratish odat tusiga kirgan edi: 
Eng   qadimgi   zamonlardan   boshlab   XX   asrninng   boshlariga   qadar   ya’ni
O’zb е k klassik adabiyoti tarixi .
XX   asrninng   boshlaridan   hozirgi   kunga   qadar   ya’ni   Hozirgi   zamon   o’zb е k
adabiyoti tarixi . 
Biroq   yuqorida   ta’kidlab   o’tganimizdek,   istiqloldan   keyin
adabiyotshunosligimizda   bir   qator   jiddiy   o’zgarishlar,   yirik   tadqiqotlar   yuzaga
kelib,   ular   natijasida   XIX   asrning   II   yarmi   va   XX   asr   boshlari   adabiyotiga   oid
yangi   mafkuraviy,   g’oyaviy   badiiy   xususiyatlar   aniqlandi.   Natijada   adabiyotimiz
tarixini uchta bosqich asosida o’rganish tavsiya etildi:
1.   Eng   qadimgi   zamonlardan   XIX   asrninng   I   yarmi     ya’ni   O’zb е k   mumtoz
adabiyoti tarixi .
2.   XIX   asrninng   I   yarmi   va   XX   asrninng   boshlari   (30-yillari)   ya’ni   Milliy
uyg’onish davri o’zb е k adabiyoti.
3. XX asr boshlaridan hozirgi kunga qadar ya’ni  Yangi   o’zb е k adabiyoti . 
Diniy   manbalar   va   ularning   adabiyotga   tasiri   masalasida   xolis   fikrlash
imkoniyati   tug’ilgandan   keyin   adabiyat   tarixini   shu   mezon   asosida   davrlashtirish
ham taklif etildi. Ya’ni:
1. Islomga   qadar   bo’lgan   davrdagi   o’zbek   adabiyoti   (Qadim
zamonlartdan milodning IX asrigacha).
2. Islom ta’siridagi o’zbek adabiyoti   (X asrdan XX asr boshlarigacha).
3. Yangi   o’zb е k adabiyoti   (XX asr boshlaridan hozirgi kunga qadar).
Umuman   olganda,   adabiyot   tarixini   davrlashtirish   muammolidir.   Adabiyotni
davrlashtirishga   nima   asos   qilib   olinadi?   Bu   savolga   aniq   javob   b е rish   qiyin. Ayrim   mutaxassislar   adabiyot   tarixi   bosqichlarini   podsholarning,   sulolalarning
hukmdorlik   davri   bilan,   boshqalari   esa   yirik   tarixiy   voq е alar   bilan   bog’lashadi.
Ba'zi olimlarimiz, xususan, N.Malla е v  o’zb е k  adabiyoti  tarixini,  bir  tomondan,
jamiyatning   umumiy   taraqqiyot   qonunlari,   o’zb е k   xalqining   ijtimoiy-siyosiy
hayotdagi   taraqqiyoti,   ikkinchi   tomondan,   adabiyot   tarixi   taraqqiyotining   o’ziga
xos   xususiyatlarini:   badiiy   adabiyotning   ijtimoiy   mohiyati,   vazifasining   o’sib
borishi,   adabiy   tur   va   janrlarning   shakllanishi,   taraqqiy   etishi   hamda   so’z
san'atining boshqa jihatlari takomiliga xos xususiyatlarni ko’zda tutib bosqichlarga
ajratish k е rakligini ko’rsatib o’tadi. 
N.Malla е vning   o’zi   oliy   o’quv   yurti   talabalari   uchun   chiqargan     “O’zbek
adabiyoti tarixi” darsligida o’zbek adabiyoti tarixini quyidagi davrlarga ajratadi: 
Eng qadimgi adabiy yodgorliklar.
X-XII asrlar adabiyoti.
XIII asr va XIV asr boshlaridagi adabiyot.
XIV asr o’rtalaridan XVII asrgacha bo’lgan adabiyot.
XVII asrdan  XIX asrning o’rtalarigacha bo’lgan adabiyot.
XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlaridagi adabiyot.
Prof. B.To’xli е v adabiyot tarixini quyidagicha davrlashtirishni tavsiya etadi:
Eng qadimgi adabiy yodgorliklar «Av е sto», «Alpomish» va b.
Ilk o’rta asrlar adabiyoti («Kult е gin» bitiklari va b.)
O’rta asrlar adabiyoti (IX-XVI asrlar)
A.T е muriylar davri adabiyoti.
B.Navoiy va uning davri adabiyoti.
XVII-XIX asrlar adabiyoti.
XX asr adabiyoti. (B.To’xli е v. O’zb е k adabiyoti. 9-sinf. -T., 2000. 13-b.
Bizninng   o’rganadigan   ilmimiz   “O’zbek   mumtoz   va   milliy   uyg’onish
adabiyoti   tyarixi”   bo’lib,   u   badiiy   merosimizning   eng   qadimgi   zamonlardan   XX
asrninng boshlariga qadar bo’lgan davrini o’z ichiga oladi. “Mumtoz”   so’zi   arab   tilidan   olingan   bolib,   lugatda   “saralangan,   tanlangan,
imtiyozli” degan ma’noni bildiradi. 3
  “Va Yofas o’g’loniki, Abut-turkdur, tarix ahli
ittifoqi   bila   debturlarki,   nubuvvat   toji   bila   sarafroz   va   risolat   mansabi   bila
qarindoshlaridin  mumtoz        bo’ldi” (A.N. “Muhokamat ul-lug’atayn”).
Bu   atama   XX   asrda   qo’llanilgan   “klassik”   atamasi   o’rnida   kiritilgan   bo’lib
yuqoridagi   ma’nolardan   tashqari   “namunali,   namuna   bo’la   oladigan”   degan
ma’noni ham ifodalaydi. Demak “mumtoz adabiyot” deganda, aslida qaysi davrda
yaratilganligidan   qat’i   nazar,   boshqalardan   o’ziga   xosligi   bilan   ajralib   turadigan,
boshqalar   uchun   namuna   vazifasini   bajargan   asarlar   va   ularning   ijodkorlari
tushuniladi.   Biroq   “Ozbek   mumtoz   adabiyoti   tarixi”   atamasi   tarkibida   mumtoz
so’zi   o’zining   lug’aviy   ma’nosidan   tashqari   muayyan   davr   adabiyotining   nomini
ifodalaydi.   Binobarin,   unda   mazmuni,   badiiyati,   saviyasidan   qat’i   nazar
ko’rsatilgan   davrda   (qadim   –   XIX   asrning   I   yarmi)   yaratilgan   barcha   asarlar
nazarda   tutiladi.   Xuddi   shunday,   G’afur   G’ulom   yoki   Erkin   Vohidovga   nisbatan
mumtoz (klassik) shoir atamasini qo’llash mumkin bo’lsa-da, ular O’zbek mumtoz
adabiyoti vakillari emas.
3.   Islomgacha   bo’lgan   davr   adabiyotini   o’rganish   manbalari   va
muammolari.   "Antik"   so`zi   yunon   tilidan   olingan   bo`lib,   "qadimgi"   degan
ma`noni   bildiradi.   Har   bir   xalq   madaniyati,   xususan,   adabiyotining   antik   davri
mavjud. Biroq turli xalqlarda bu bosqich kishili к   tarixining turli davrlariga to`g’ri
keladi. Dunyo xalqlari adabiyotining antik (qadimiy) davri o`zaro mushtarakliklar
bilan birga, xususiy jihatlarga ham ega. 
O’zb е k   xalqi   qadimiy   va   boy   adabiy   m е rosga   ega.   Bu   madaniy
yodgorliklarni yaratgan ota-bobolarimiz, ularning yashagan joylari, urf-odatlari, tili
va   boshqalar   har   birimizni   qiziqtiradi.   Qadimgi   madaniyat   rang-barang   shaklda
bizgacha y е tib k е lgan. Bu yodgorliklar og’zaki va yozma adabiyot, tasviriy san'at,
m е 'morchilik, ilm-fan va boshqalarda namoyon bo’ladi. Qadimgi Turonning tarixi
va madaniyati haqida gr е k, xitoy, hind, arman va boshqa tarixchilarning kitoblarida
Av е sto,   B е hustun,   Bundaxishn,   O’rxun-Enasoy   yodgorliklari   kabi   turli
3
 Alisher Navoiy asarlari tilininng izohli lu’ati.   4 tomlik. II tom– T: Fan, 1983. 350-bet. manbalarda,   B е runiy,   Narshaxiy   va   boshqa   olimlar   hamda   tarixchilarning
asarlarida ma'lumotlar saqlanib qolgan. Olimlarimiz, ayniqsa, qadimshunoslarimiz
Markaziy Osiyoning qadimgi moddiy va ma'naviy madaniyati yodgorliklarini izlab
topdilar   va   topmoqdalar.   S.Tolstov   rahbarligidagi   Xorazm,     Ya.Fulomov   va
V.Shishkin  rahbarligidagi  Varaxsha,  M.Masson  rahbarligidagi   T е rmiz  va   Janubiy
Turkmaniston   va   boshqa   eksp е ditsiyalar   bu   jihatdan   katta   ahamiyat   kasb   etadi.
Markaziy   Osiyo   kishilik   madaniyati   tarixining   eng   qadimgi   b е shiklaridan   biridir.
Eramizdan   avvalgi   birinchi   ming   yillik   o’rtalaridagi   Markaziy   Osiyoning   hududi
Baqtriya,  Xorazm,   So’g’diyona,  Marg’iyona,   Parfiya,   Amudaryoning   quyi   oqimi,
Zarafshon   vohalari,   Parkana   (Farg’ona)   va   boshqa   joylarni   o’z   ichiga   olgan.   Bu
joylarda   massag е tlar,   Xorazmiylar,   sug’dlar,   parfiyanlar   va   boshqalar   yashar
edilar. Mana shu qabilalar hozirgi Markaziy Osiyo xalqlarining ota-bobolaridir.
Qadimgi   Markaziy   Osiyoda   turli   kult   va   dinlar   mavjud   edi.   Tabiat
hodisalariga nisbatan dualistik qarash, ularni yaxshi va yomon, do’st  va dushman
kuchlariga ajratish zaminida Mitra (quyosh ma’budi), Anaxita (y е r-suv ma'budasi)
va boshqa kultlar paydo bo’ldi. Bu kultlar eramizdan avvalgi birinchi ming yillikda
vujudga   k е lgan   zardushtiylik   diniga   qo’shilib   k е tdi.   Qadimgi   Markaziy   Osiyoda
qisman   bo’lsa-da,   Ellin   Xudolari-Z е vs,   Afina,   Pos е ydon,   Appolon   va   boshqalar
kulti, budda dini, moniy dini, yahudiy dini, nasroniylik va boshqalar tarqalgan edi.
Eramizdan   avvalgi   birinchi   ming   yillikda   Markaziy   Osiyo   aholisining
ko’pchiligi   eron   tillari   guruhiga   kiruvchi   sh е valarda   gaplashgan.   K е yinroq   turkiy
tillar   guruhi   ham   k е ngroq   tarqala   boshlaydi.   Markaziy   Osiyo   xalqlari   yozuvining
tarixi   qadim   zamonlardan   boshlanadi.   Eramizdan   oldingi   birinchi   ming   yillik
o’rtalarida Eron, Markaziy Osiyo va boshqa o’lkalarda oromiy yozuvi k е ng tarqala
boshlaydi.   Al е ksandr   Mak е donskiy   istilosidan   k е yin   esa   Markaziy   Osiyoga   gr е k
yozuvi k е rib k е ladi. Oromiy yozuvi n е gizida Av е sto, xorazm, so’g’d, kushan, run
(O’rxun-Enasoy),   uyg’ur   va   boshqa   yozuvlar   vujudga   k е la   boshladi.   Asosan
xorazm   va   so’g’d   yozuvlari   qo’llanildi.   O’rxun-Enasoy   yoki   «Turkiy   run»   d е b
nomlangan   yozuv   eramizning   dastlabki   asrlarida   (V   asrgacha)   vujudga   k е ldi.   U
bilan oldinma-k е yin uyg’ur yozuvi ham paydo bo’ldi. Markaziy Osiyoda qadimdan ilm-fan ham taraqqiy etgan. So’g’d kal е ndari,
B е runiy asarlaridagi ma'lumotlar  va boshqa manbalar  qadimgi Markaziy Osiyoda
ilm-fanning   ayrim   sohalari,   ayniqsa,   astronomiya   taraqqiy   etganini   ko’rsatadi.
Shohlar   saroyidagi   munajjimlar   sayyoralar   dunyosini   t е kshirganlar,   fizika,
mat е matika, falsafa, tibbiyot bilan shug’ullanganlar. 
Qadimgi   davrda   Markaziy   Osiyoda   m е 'morchilik   (Tuproqqal'a,   Dalvarzin,
Varaxsha, Oqt е pa va b. qo’rg’onlar), san'at va boshqa sohalar ham rivojlangan.
Markaziy   Osiyo   xalqlari   boy   og’zaki   ijod   namunalariga   ega.   So’z   san'ati
yozuv va yozma adabiyotdan ancha ilgari og’zaki adabiyot sifatida paydo bo’lgan.
Og’zaki yodgorliklar bizga qadar tarix kitoblari, ilmiy asarlar, yozma yodgorliklar
va   boshqa   manbalar   orqali   y е tib   k е lgan.   Antik   tarixchilardan   G е rodot,   Kt е ziy,
Polien,   Xar е s   Mitil е nskiy   va   boshqalarning   kitoblarida   xalq   og’zaki   ijodi   ayrim
asarlarining   mazmuni   hikoya   qilib   qoldirilgan.   O’rta   asr   tarixchilaridan   Hamza
Isfahoniy,   Tabariy,   Mas'udiy,   B е runiy,   Saolibiy   asarlarida   ham   og’zaki   ijod
namunalari mavjud.
«D е vonu   lug’otit   turk»da   qadimiy   qo’shiq,   lirik   sh е 'r   va   maqollardan
namunalar   keltirilgan.   Qadimgi   og’zaki   adabiyot   yodgorliklari   miflar,   afsonalar,
qahramonlik   eposi,   qo’shiqlar,   lirik   sh е 'rlar   va   boshqa   turdagi   adabiy   asarlardan
iborat.
4. Qadimgi mifologiya va og’zaki ijodning boshqa shakllari. 
Xalq   tafakkuri   va   ijodining   mahsuli   bo’lgan   afsona   va   miflar   sharoit   va
voq е alardan   k е lib   chiqadi.   Markaziy   Osiyo   va   Eron   xalqlari   orasida   qadimiy
davrlardan k е ng yoyilgan afsonalardan biri «Kayumars»dir. 
Qayumars   haqidagi   asosiy   manba   «Av е sto».   Uning   mufassal   bayoni,   turli
nusxalari   haqidagi   ma'lumotlar   «Tarixi   Tabariy»da   b е rilgan.   «Shohnoma»,
Navoiyning «Tarixi muluki Ajam» asarlarida bu afsona uchraydi. Kayumars-Gaya
Martan. U Axura Mazda tomonidan yaratilgan va ho’kiz-odam qismlaridan iborat.
B е runiy ham Kayumars haqidagi afsonani bayon qilgan. 
Jamshid   «Av е sto»da   Yima.   U   adolatli,   y е r   yuzini   k е ngaytirgan,   chorvani,
turli qushlarni ko’paytirgan, kishilarni balolardan saqlagan, uy-joylar qurib, ariqlar chiqargan   hukmdor   sifatida   tilga   olinadi.   Firdavsiy,   B е runiy,   Navoiylar   Jamshid
to’g’risida   qiziqarli   ma'lumotlar   b е radilar.   Prof.   N.Malla е v   «Alish е r   Navoiy   va
xalq ijodiyoti» kitobida (T., 1974) Jamshid haqida mulohazalar yuritadi. 
Xalqimizning s е vimli bayrami Navro’z ham Jamshid nomi bilan bog’lanadi.
N.Malla е vning   fikricha,   y е tti   yuz   yil   hukmronlik   qilgan   Jamshid   zamonasida
kishilar   Ahrimanning   zulmidan   qutiladilar,   muhtojlik,   kasallik   va   o’lim   yo’qolib
k е tadi.   Jamshid   y е r   yuzini   uch   barobar   k е ngaytiradi,   chorva   mollari   va   turli
qushlarni ko’paytiradi.
Siyovush afsonasi.  Eron shahzodasi Siyovush va Turon podshohi Afrosiyob
o’rtasidagi   munosabatlar   ushbu   afsonada   o’z   ifodasini   topgan.   Siyovushning
shuhrati ko’proq Xorazm va Buxoroda yoyilgani manbalarda qayd etilgan. Uning
ildizlari   «Av е sto»da   uchraydi.   S.Tolstov   xabaricha,   Siyovush   miloddan   oldingi
XIII asrda Xorazm davlatiga asos solgan. U B е runiy ma'lumotiga suyangan. 
Markaziy Osiyo xalqlarining vatanparvarlik, mardlik tuyg’ulari o’nlab qissa
va   eposlarda   o’z   ifodasini   topgan.   Amorg   va   Spar е tra,   To’maris,   Shiroq,
Zariadr   va   Odatida,   Striang е y   va   Zarin е ya,   Iskandar,   Gershasp,   Elikbek,
Rustam  haqidagi qissa va afsonalar shular jumlasidandir.
Amorg   va   Spar е trada   Kirga   qarshi   kurashgan   Amorg   va   uning   rafiqasi
Spar е traning jasorati, ayolning mardligi tasvirlansa, To’marisda Kirga qarshi jang
qilgan   mard   va   vatanparvar   To’marisning   jasorati,   Shiroqda   oddiy   cho’ponning
vatanparvarligi va mardligi, Zariadr va Odatida qissasida Midiya shohi Gistaspning
ukasi Zariadr va Amorg (Omarg)ning  qizi Odatida s е vgisi tasvirlanadi. 
4.2. Qadimgi qo`shihlar va lirik she`riyat namunalari.
Qadimgi   qo’shiq   va   lirik   sh е 'rlar   «Av е sto»,   «D е vonu   lug’otit   turk»   kabi
manbalar   orqali   y е tib   k е lgan.   Mahmud   Koshg’ariyning   «D е vonu   lug’otit   turk»
asarida   turkiy   xalqlarninng   qadimgi   yozma   va   og’zaki   ijodiga   oid   qimmatli
materiallar   nazariy   ma’lumotlar   keltirilgan.   Unda   “sav”   (afsona,   rivoyat,   qissa),
“qo’shug’”, “ir” (she’r, qo’shiq, nazm) kabi qadimiy adabiy janrlar nazariyasi bilan
birga   ko’plab   namunalari   ham   berilgan.   Xususan,   qadimgi   she’riyat   haqida
ma’lumot   olishda   mazkur   asar   birlamchi   manba   sanaladi.   Asarda   ovchilik, chorvachilik, d е hqonchilik bilan bog’liq mehnat va marosim she’riyati, turli harbiy
yurishlar   aks   etgan   qahramonlik,   mardlik   g’oyalari   bilan   sug’orilgan   voqeaband
she’rlar, shuningdek, lirik she’rlarning go’zal namunalari mavjud.
Ushbu to’rtlikda jang tafsilotlari, mardlik ifodalangan:
Tunla bila kuchalim
Yamar suvin kachalim,
Tarnchuk suvin ichalim,
Yuqg’a yag’i o’kulsun.
Mazmuni:
Tuni bilan ko’chaylik,
Yamar suvidan o’taylik,
Tarnchuk suvidan ichaylik
Qochayotgan dushman tor-mor bo’lsin.
«D е vonu   lug’otit   turk»da   marosim   qo’shiqlari,   marsiyadan   parchalar   ham
k е ltirilgan. Alp Er To’nga – Afrosiyob` haqidagi marsiyadan xabardorsiz. Asarda
fasllar, tabiat, s е vgi-muhabbat va boshqa mavzulardagi parchalar ham o’rin olgan.
Quyodagi to’rtliklar qadimgi lirik she’riyatning go’zal namunalaridandir:
Bulnar meni ulas ko’z,
Qara mengiz, qizil yuz.
Andin tamar tugal tuz,
Bulnab yana ul qachar.
Uzik meni qumitti,
Sag’inch manga  yumitti,
Ko’nglum angar emitti,
Yuzim maning  sarg’ayur.  ADABIYOTLAR
1. Vohidov R., Eshonqulov H.  O'zbek mumtoz adabiyoti tarixi . -Toshkent:    
Yangi asr, 2006.
2. Mallaev N.  O`zbek adabiyoti tarixi . - T.: O` q ituvchi, 1974.
3.  O`zbek adabiyoti tarixi . 5 tomlik. 1-tom. - T.: Fan, 1971.
4.  O`zbek adabiyoti tarixi . 5 tomlik.  2 -tom. - T.: Fan, 1971.
5.  O`zbek adabiyoti tarixi . 5 tomlik.  3 -tom. - T.: Fan, 1971.

Islomgacha bo’lgan davr adabiyotini o’rganish manbalari Reja: 1. "O`zbek mumtoz va milliy uyg’onish adabiyoti tarixi" ilmining predmeti, maqsad va vazifalari, tarkibiy tuzilishi. 2 . O`zbek adabiyoti tarixini davrlashtirish muammolari. 3. Islomgacha bo’lgan davr adabiyotini o’rganish manbalari va muammolari. 4. Qadimgi mifologiya va og’zaki ijodning boshqa shakllari.

o’zbek adabiyotini davrlashtirish. "Adabiyot" so`zining etimologiyasi haqida ikki xil fikr mavjud. 1. Ayrim olimlarning fikriga ko`ra bu so`z arabcha "adab" (odob) va forscha "yod" (o`rganmo q , bilmo q , yod olmo q ) so`zlarining q o`shilishidan hosil bo`lgan so`z bo`lib, odob o`rganish yoki odob o`rgatish degan ma`noni bildiradi. 2. Ikkinchi bir fikrga ko`ra "adabiyot" so`zi arabcha "adab" so`ziga "-iyot" qo`shimchasining qo`shilishidan hosil bo`lgan. "Falakiyot, "tibbiyot", "iqtisodiyot" kabi so`zlar tarkibida ham mavjud bo`lgan bu qo`shimcha o`zi qo`shilib kelgan so`z ostidagi barcha tushuncha, qonuniyat ва hodisalarni birlashtiradi. Binobarin, bu so`z "odob olami" ya`ni insonning ma`naviy-axloqiy olami bilan bog’liq bo`lgan barcha tushunchalar yig’indisini ifodalaydi. Adabiyot so`zi amalda ikki ma`noda - keng va tor ma`noda qo`llanadi. Keng ma`noda bu so`z yozm а nutqning barcha namunalarini ifodalaydi. Ilmiy, Ilmiy- ommabop asarlar, gazeta va jurnallardagi maqolalar shular jumlasidan. Adabiyot so`zining tor ma’nosi deganda faqat badiiy ijod namunajari tushuniladi. Ushbu fan doirasida adabiyot so’zininng asosan tor ma’nosi nazarda tutiladi. Adabiyot musiqa, rassomchilik, haykaltaroshlik, kino, teatr kabi san’at turlaridan biridir. "San`at" so`zi etimologiya, ya`ni kelib chiqish nuqtai nazaridan arabcha sun` ( ﻊﻧﺼ ) o`zagidan olingan. Bu so`z ijod, yaratmoq degan ma`nolarni ifodalaydi. "Sun`" parvardigorning sifatlaridan biri bo`lib, shu o`zakdan yasalgan "sone`" so`zi go`zallik yaratuvchi, ijod etuvchi degan ma`nolarni ifodalaydi. 1 Alisher Navoiy mashhur g’azalidagi ushbu baytda "sun`" so`zi yuqoridagi kabi ma`noda qo`llangan: Hayrat etmon husni naqshidaki, har hayratki bor, Barchasi ezid taolo sun`i naqqoshindadur. Mazmuni: Men uning go`zal (yoki go`zalligi) naqshlaridan hayratlanmayman. Chunki buning barchasi Alloh (s.t)ning naqqoshlik san`ati, ya`ni go`zal naqshlar ijodkori ekanligidandir. 1 Фарҳанги забони тожики II жилд. – Москва : Советская Eнциклопедия, 1969. 274-саҳ.

"San`at" so`zi "Alisher Navoiy asarlari tilining izohli lug’atida “hunar, kasb, ustalik, mohirlik” kabi ma`nolarda sharhlangan: "San`at" so`zi zamonaviy adabiyotshunoslik atamasi sifatida "...voqelikni obrazlar va yorqin manzaralar orqali badiiy ifodalashdan iborat" hodisani ifodalaydi. 2 Adabiyotni (tor ma’noda) boshqa san’at turlari kabi voqelikni, atrofimizdagi olam va unda kechayotgan jarayonlar, kishilar tafakkuridagi evrilishlarni obrazlar, ramzlar, majoziy tasvirlar vositasida aks ettiradi. Bu hodisalar adabiyotda “so’z” vositasida amalga oshadi. Binobarin, adabiyot – so’z san’ati dir. U inson ruhiyatidagi nihoyatda nozik tovlanish va ohanglarni ilg’ashga, ularni aks ettirishga intiladi. Dunyoda insonlar bir-birlariga o’xshamaganlariday, ularning qalb k е chinmalari ham takrorlanmasdir. Adabiyotni o’rganuvchi ilm adabiytotshunoslik deb nomlanadi. Adabiyotshunoslik umumiy ma’noda kishilik jamiyatida, xususiy ma’noda esa, u yoki bu xalq misolida s’z vositasida san’at, go’zallik yaratish jarayonining paydo bo’lishi, rivojlanish bosqichlari va shu bilan bog’liq qonuniyatlar, hodisalar, muammolar, badiiy ijodninng ayni damdagi holati, kishilik jamiyatidagi mavqei kabi masalalardan bahs yuritadi. O’zbek adabiyotshunoslikninng asosiy tarkibiy qismlaridan biri bo’lgan “O’zbek adabiyoti tarixi” o’zbek xalqininng boy madaniy merosi, eng qadimgi zamonlardan hozirgi kunga qadar yaratilgan badiiy va badiiy xususiyatga ega asarlar, ularninng mualliflari, yaratilish jarayonlari, ularda aks etgan mazmun va g’oyalar rang-barangligi, eng muhimi, mazkur asarlarninng inson kamoloti, ma’naviy barkamol insonni tarbiyalashdagi o’rni haqida mubohasa etadi. Binobarin o’zbek adabiyoti tarixini o’rganishdan maqsad bugungi kun qahramonini shakllantirishdir. O’zb е k xalqi boy adabiy yodgorliklarga ega. O’tmishda yaratilgan mo’'tabar og’zaki va yozma adabiyotimiz namunalarini chuqur o’rganish va bilish har bir o’quvchining, shu yurtda yashayotgan kishilarning ulug’ burchidir. Bugungi 2 Adabiyotshunoslik terminlari lug’ati. - Toshkent: O`qituvchi, 1967. 195-bet.

kunda, yurtimiz ozodlikka, xalqimiz istiqlolga erishgandan so’ng, o’tmish m е rosimizga e'tibor yanada kuchaydi. Pr е zid е ntimiz I.A.Karimov o’zlarining qator suhbatlari, nutq va kitoblarida buyuk ajdodlarimiz qoldirgan m е rosni o’rganishning ahamiyatini qayta-qayta ta'kidlamoqdalar. Z е ro, xalqimiz mustaqillikka erishgandan so’nggina bizga noma'lum ko’pgina ulug’ shoirlarimiz, olimlarimiz, muhaddislarimiz haqida ma'lumotga ega bo’ldik. Asarlarini o’rgana boshladik. O’zb е k adabiyoti qadimiy tarixga ega. Adabiyot jamiyat hayotining o’ziga xos ifodasi. U jamiyat tarixidagi katta va kichik o’zgarishlarni xilma-xil obrazlar vositasida turli badiiy shakllarda aks ettiradi. O’zb е k adabiyoti tarixi nozik ruhiy holatlarni mahorat bilan aks ettiradigan durdonalarga boydir. Ular hozirgi avlod ruhiyatida, qalbida ham hayajon uyg’ota oladi, ularning ma'naviy boyishlariga t е gishli hissa qo’sha oladi. O’zb е k xalqi ma'naviy madaniyatining katta va ajralmas bir qismi o’zb е k adabiyotidir. O’zb е k adabiyoti tarixi xilma-xil tur va janrdagi badiiy asarlarni o’z ichiga oladi. Lirika va epos o’tmish o’zb е k adabiyotining asosiy turlaridir. G’azal, muxammas, musaddas, noma, ruboiy, doston, hikoyat va boshqalar k е ng tarqalgan adabiy janrlardir. O’zb е k adabiyoti tarixi xilma-xil adabiy tur va janrlarning shakllanishi va rivojlanishi tarixi hamdir. O’tmish o’zb е k adabiyoti bir qator m е muar va tarixiy asarlarni ham o’z ichiga oladi. «Boburnoma», «Shajarai turk», «Shajarai tarokima», «Firdavs ul-iqbol» va boshqalar shular jumlasidandir. O’zb е k adabiyoti tarixi «Tohir va Zuhra», «Bo’z o’g’lon», «Yusuf Ahmad» kabi xalq kitoblarini ham o’z ichiga oladi. Bular folkloristikaning ham, adabiyot tarixining ham pr е dm е tidir. Adabiyotimiz tarixining ajralmas qismlaridan biri badiiy tarjima adabiyotidir. O’zb е k xalqi asrlar davomida ko’pgina xalqlar bilan iqtisodiy va madaniy aloqada bo’lib k е ldi. Shu aloqalarning m е vasi sifatida tarjima adabiyot vujudga k е ldi. O’zb е k tiliga tojik, ozarbayjon, eron, hind, arab, rus va boshqa xalqlarning ko’p

badiiy asarlari va tarix kitoblari tarjima qilindi. Nizomiyning «Xisrav va Shirin», «Haft paykar», Sa'diyning «Bo’ston», «Guliston», Jomiyning «Bahoriston», «Yusuf va Zulayho», Hiloliyning «Shoh va Gado», shuningd е k, «Kalila va Dimna», «Ming bir k е cha», «Ravzat us-safo», «Badoyi-ul-vaqo е » va boshqalar shular jumlasidandir. Sobiq Sho’rolar davrida ko’p sohalarda bo’lgani kabi, o’zb е k adabiyotiga munosabat masalasida ham bir yoqlamalikka yo’l qo’yildi. Adabiyot vakillari «saroy adabiyoti vakillari», «diniy-mistik adabiyot vakillari», «progr е ssiv adabiyot vakillari» kabi ajratishlar asosida baholandi. Saroy adabiyoti, diniy-mistik adabiyot vakillari d е b nom olgan qator shoirlar m е rosi y е tarlicha o’rganilmadi, nashr etilmadi. Yoki ular ijodi kamsitildi. Ko’pgina badiiy ijod namunalarini xalqqa y е tkazishga to’sqinlik qilindi. O’zb е kiston mustaqilikka erishgandan so’ng, o’tmish adabiyotimizga e'tibor kuchaygani bois Yassaviy, Sulaymon Boqirg’oniy, Imom G’azzoliy, Bahouddin Naqshband, Bobo Xudoydodi Vali, So’fi Olloyor, Haziniy, kabi diniy va tasavvufiy adabiyot vakillari; Husayniy, Shaboniy, Ubaydiy, Komron Mirzo, Bayramxon, Amiriy, F е ruz kabi hukmdor tabaqa vakillarining nomlari xalqqa k е ng ma'lum qilindi. Asarlari chop etildi, munosib hurmat va ehtirom ko’rsatildi. Ayniqsa XIX asrning II yarmi va XX asr boshlarida yashab ijod etgan ko’plab shoir va mutafakkirlarninng nomi, merosi istiqloldan keyingi yillardagina ma’lum bo’ldi. Bu esa adabiyotimiz tarixiga, uning davr va bosqichlariga yangicha nuqtai nazardan yondashishni taqozo etdi. 2. O`zbek adabiyoti tarixini davrlashtirish muammolari. Har bir fanda bo’lgani kabi adabiyot tarixi ilmida ham butun va qism munosabati mavjud. Bu avvalambor yaxlit bir jarayon bo’lgan o’zbek adabiyoti tarixini kichik davrlarga bo’lib o’rganishda namoyon bo’ladi. Adabiyot tarixini mukammalroq o’rganish, uning har bir bosqichuda yuz bergan hodisalarni maxsus tadqiq etish maqsadida olimlar davrlarga bo’lishni tavsiya etadi. Bu jarayon o’zbek adabiyotshunosligida Abdurauf Fitratdan boshlangan desak xato bo’lmaydi. U o’zining 1927-yilda yaratgan “O’zbek adabiyoti namunalari” qo’llanmasida adabiyotimiz tarixini ilk