logo

Jadidchilik va jadid adabiyotini ilmiy o'rganish bosqichlari

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

29.4375 KB
Jadidchilik va jadid adabiyotini ilmiy o'rganish  bosqichlari
 
Reja:
1.Jadidchilik va jaded adabiyotini o`rganish bosqichlari
2.Jadid adabiyoti vakillari Bu   mavzu   doirasida   bir   qator   masalalarda   mutaxassislar   bilan   fikr   almashib
olish   zaruriyati   bor.   Mazkur   davrning   yetakchi   tendentsiyalari   va   unga
qanday   yondashish   masalasi.   Mazkur   davr   adabiyotimiz   tarixining   XIX   asr
ikkinchi   yarmi   XX   asr   boshlaridagi   50-60   yillik   davrni   qamrab   oladi.
Adabiyotimiz   tarixining   bu   davrini   alohida   qilib   ajratish   yangi   gap   emas.
Buning   ham   50-60   yillik   tarixi   bor.   Faqat   biz   bundagi   milliy   uyg’onish
mazmuniga alohida urg’u beryapmiz. Aslida bu ham yangi emas. 20-yillarda
bu   atama   «moda»da   bo’lgan.   Mohiyatan   bu   davr   mumtoz   adabiyot   bilan
hozirgi   adabiyot   o’rtasida   ko’prik   bo’lgan   davr.   Yangi   adabiyotning
shakllanish   davri.   O’z   davrida   u   aniq-tiniq   atalgan,   «jadid   adabiyoti»
deyilgan. Jadid adabiyotining ma’nosi “yangi adabiyot” degani. Lekin taqdir
taqozosi   bilan   u   «Milliy   uyg’onish   davri   o’zbek   adabiyoti»   atalib   ketdi.
Bunday talqin va yo’nalishda adabiyotning estetik jihatlaridan ko’ra g’oyaviy
masalalariga e’tibor ko’proq bo’lyapti. (Masalan, dasturimizda davr voqealari
va   uning   adabiyotdagi   ifodasi,   qiyosiy   tahlil   keng   o’rin   egallaydi.   Davr   esa
alg’ov-dalg’ov). Fikringiz, maslahatingiz kerak.
Biz   bunday   yondashishda   mustaqillik   ehtiyojlaridan   kelib   chiqdik.
Chunonchi:   Istiqlol   tarixga   ham,   adabiyotga   ham   tamomila   boshqacha
yondashishni   shart   qilib   qo’ydi.   Bir   so’z   bilan   aytganda,   u   sinfiy
yondashishni rad etib, milliy yondashishni kun tartibiga qo’ydi.
Boshimizdagi   tegirmon   toshi   tushgach,   atrofga   nazar   solsak,   ko’rdikki,
insoniyat   degani   konkret   odamlardan   iborat   ekan,   odamlar   esa,   faqat   milliy
qiyofadagina   namoyon   bo’lar   ekanlar.   Insoniyat   faqat   millat   tarzidagina
barqaror ekan. Shundan boshlab dunyoning mehvari biz uchun ham o’zgardi.
Har   qanday   ijtimoiy   fikr   millat   manfaati   nuqtai   nazaridan   baholanadigan,
uning   atrofida   aylanadigan   bo’ldi.  Bu   mavsumiy  masala  emas,  metodologik
masaladir.   Va   buni   sal   kam   o’n   yillik   tajribamiz,   milliy   fikrni,   milliy
mafkura,   milliy   istiqlol   g’oyasini   xalqimiz   ongiga   sindirish   borasida   olib borilayotgan   bugungi   ishlar   yaqqol   ko’rsatib   turibdi.   Lekin   masalaning
ikkinchi   tomoni   ham   bor.   Biz   millat,   milliyat   haqida   ko’p   gapirmoqdamiz.
Bu   tushunchalar   bugun   aniq   ta’rifiga   egami?   Biz   markscha-lenincha
qarashlardan qutula oldikmi?
Jadidlarimiz   bu   masalaga   jiddiy   qaragan   edilar.   Gaspralida   «Milliy   g’oya»,
«Milliyat»   nomlari   bilan   maxsus   maqolalar   bor.   O’zimizda   ham
Behbudiydan   Cho’lpongacha   birortasi   uni   chetlab   o’tmagan.   Sovet   davrida
20-yillarning   2-yarmidan   «millatchi»   degan   nom   ustiga   tavqi   la’nat   bosildi.
Oldin u «millat deguvchi» ma’nosida edi.
Bugun   millat,   milliyat   haqida   gapirmoqda   ekanmiz,   bu   tushunchalarning
mohiyati,   tarixi   va   talqinlaridan   har   birimiz   o’z   ixtisosligimiz   doirasida
xabardor bo’lishimiz zarur, deb o’ylayman.
Millat   haqidagi   gap   juda   eski,   albatta.   Yozuvchi   Jalil   Mamadqulizoda   bir
munosabat   bilan   bu   tushunchaning   qadim   yunonlarga   borib   bog’lanishini
yozgan edi. keksa Demokrit uni taqriban (?) shunday tushuntirgan ekan: «Har
bir   mamlakatning   yagona   bir   sohibi   bor,   uning   oti   millatdir».—   Shundan
so’ng   bu   tushuncha   tarix   qatlarida   qolib   ketdi,—   davom   etadi   Jalil
Mamadqulizoda.— Va melodiy tarixning 1793 yilida yer yuzining eng najib
millatlaridan   bo’lmish   frantsuz   jamoati   tomonidan   yana   aks-sado   berdi,   —
deb yakunlaydi so’zini («Turk dunyosi adabiyoti», 2-jild, Anqara, 1996, 96-
bet).
Umuman,   to’g’ri,   albatta.   Millat   o’zligini   XVIII   asrda   namoyish   etdi.   Va
milliyat   shaklida   namoyish   etdi.   XX   asr   siyosatchilaridan   biri   mazkur
jarayonni kuzatar ekan, yozgan edi: «Milliyat fikriga, bu azim quvvatga hech
bir kuch bas kela olmadi, yuz minglarcha haybatli qo’shin bu fikr qarshisida
yengildi.   Milliyat   atalmish   buyuk   qudratga   bugun   to’p   va   miltiq   bas   kela
olmaydi».(Yusuf   Oqchura,   «Uch   tarzi   siyosat»   maqolasidan.   Qarang,
ko’rsatilgan   kitob,   1-jild,   Anqara,   1996,   330-bet).   Darvoqe’,   ingliz   olimi Charl`z   Xostler   1904   yilda   Qohirada   «Turk»   gazetasida   e’lon   qilingan
mazkur   maqolaning   turk   dunyosi   uchun   o’ynagan   rolini   Kommanifestning
marksizmdagi o’rni bilan qiyoslagan edi.
Millatdan  milliyatgacha  bo’lgan  yo’l  uzun  va  murakkab  yo’l,  albatta.  Lekin
shunisi   aniqki,   Demokritdagi   natsio—millatdan   XVIII   asr   Frantsiyasidagi
«nasional» — milliyatgacha bo’lgan davr bo’m-bo’sh bo’lgan emas. Millat-
milliyat   masalalari   Sharqda   ham   ishlangan.   Va   agar   bunga   to’xtash   lozim
bo’lsa,   gapni   «Qur’on»dan   boshlamoq   kerak   bo’ladi.   Masalan   «Qur’oni
karim»da bu so’z 11 surada 14 oyatda uchraydi. Jumladan, 2 (Baqara) -, 12
(Yusuf)-,   7   (A’rof)-   suralarining   har   birida   2   martadan   tilga   olinadi   va
ularning   yettitasida   «millati   Ibrohima»   («Va   man   yarg’abau   an   millati
Ibrohima…», 2-sura, 130-oyat) shaklida keladi va ma’lum bo’lganidek, din,
shariat,   mazhab   ma’nolarini   anglatadi.   Qolgan   yetti   o’rinda   hazrati   Ibrohim
tilga olinmasa-da, ahli tavhid bilan ahli mushrikni ajratish uchun ishlatiladiki,
bu ham uning din-mazhab doirasida qolganini ko’rsatadi.
Alisher   Navoiy   ham   «millat»   atamasini   deyarli   shu   doirada   qo’llaydi.
Chunonchi:   «Iso   alayhissalom   osmondin   ingay,   dag’i   dajjolni   halok   qilib,
soyir milal ahlin xotimai nubuvva millatig’a dalolat qilg’ay». («Tarixi anbiyo
va   hukamo»dan,   15-jild,   236-b.).   Yoki:   Gushtasp   zardo’sht   dinin   ixtiyor
qilib, elni ham ul millatg’a kiyurdi. («Tarixi muluki Ajam»dan. 14-jild,196-
197-bb.).
Shoirning   she’rlarida   esa   bu   so’z   ko’pincha   tasavvufiy   mazmunga   xizmat
qildirildi, tavhidni anglatish uchun ishlatildi. Masalan:
Zihi   tojing,   gavhari   kibriyo,
Bu gavhardin ofoq topib ziyo» —
matlai bilan boshlanadigan va borliqqa ko’chgan Ollohning tazohiri tasviriga
bag’ishlangan g’azalda: Sening   millatingdan   chu   topib   sharaf,
Saodat libosi kiyib ashqiyo —
degan   bayt   borki,   uning   mazmuni   ham   yuqoridagi   fikrga   bo’ysundirilgan.
Lekin   «millat»   so’zining   «xalq»,   «millat»   ma’nolarida   ishlatilgan   o’rinlari
ham yo’q emas. Masalan: «Emdi bilkim, buhurekim ba’zining tarkibi-la hosil
bo’lur, o’n to’qquzdur, ba’zi arabqa maxsus va ba’zi ajamqa maxsus va ba’zi
mushtarak va ba’zi turk shuarosiga millati iste’molidan hech qaysi bu vaqtqa
degincha maxsus emas ermish…» («Mezonul avzon»dan, 14-jild, 142-bet).
Bu yerdagi «millat» etnik mazmunga ega, bunga shubha yo’q. Navoiy goho
«millat»   va   «din»   tushunchalarini   baqamti,   yonma-yon   ishlatadi.   Masalan,
Jomiyga berilgan «nurul-millat va-d-din», ta’rifida yoki «shamsul-millati va-
d-din»   (Pahlavon   Muhammad)   «sayyid-ul-millati   va-d-din»   (Sa’duddin
Koshg’ariy),   «zaynul-millati   va-d-din»   (Al-Havoqiy)   kabi   sifatlarda   buni
kuzatish mumkin.
Demak:   1)   «Millat»   atamasi   Navoiy   ijodiy   merosining   barcha   janrlarida
uchraydi;   2)   shoir   bu   atamaga   aksariyat   an’anaviy   ma’no   yuklaydi.   Undan
din-mazhab tushunchalarini anglatish uchun foydalanadi. Lekin, ayni paytda,
bu   qator   o’rinlarda,   xususan   uning   ilmiy   ishlarida,   zamondoshlari   haqidagi
xotiralarida   ushbu   istiloh   etnik   tushuncha   sifatida   ishlatilgan;   3)   «Millat»
atamasiga  bunday  ma’no  berish,  ya’ni  uning  mazmunini  bugungi  tushuncha
tomonga   boshlash   Navoiygacha   bo’lgan   adabiyotimiz   namunalarida
uchramaydi.
Gap   «millat»   atamasi   ustidagina   ketyapti.   Milliyat,   ya’ni   milliylik   borasida
Navoiyning   tushuncha-tasavvurlarigina   emas,   o’z   dasturi   ham   bo’lganki,   bu
alohida   bir   mavzu.   Lekin,   umuman   olganda,   «Millat»   va   «din»ni   muqobil
tushunish,   aytish   mumkinki,   XX   asr   boshlarigacha   davom   etdi.   «Tavhidi
islom» («panislomizm») shunga suyanar edi. Shunisi qiziqki, islomchilarning
o’zlari  ham din  boshqa, millat  boshqa ekanligini  yaxshi  bilardilar. Masalan, Gasprali   «Tarjimon»ning   1908   yil   58-sonida   e’lon   qilgan   «Milliyat»
maqolasida «din va milliyat birdir» degan gap «eski bir nazariyayi siyosiya»
ekanligini   yozadi   va   uning   hayotga   singmaganligini,   fors,   turk
musulmonlikni qabul qilsa-da, arab bo’lib qolmaganligini yozadi.
G’arbdagi   millat   bilan   bog’liq   nazariyalarni   tahlil   qilar   ekan,   ularning
ikkitasini   mo»tabar   tutadi   va   ularga   to’xtaladi:   1)   Millat   mabnii   lison   ila
mutakallim   kimsalar   majmuidir.   Demak,   bu   yerda   millatning   birinchi   va
asosiy belgisi — til; 2) U millatdan o’lmoq istayan kimsalarning majmuidir.
Ya’ni bu yerda mezon xohish («orzuyi intisob»). Tilning ham, dinning ham,
hatto irqning ham ahamiyati yo’q. Va misol sifatida Shveytsariyani keltiradi.
U yerda 2 mazhabga mansub 3 tilda so’zlashuvchi xalq yashaydi.
Muallif   fikricha,   bu   uch   nazariyadan   (1.   Sharqiy.   2.   G’arbiy)   qaysi   birining
ilmiy   asosli   ekanini   aytish   qiyin.   Chunki   har   uchalasi   ham   siyosatga
bo’ysundirilgan.   Har   uchalasi   ham   amaliy   masalaga   aylangan.   Tarix   va
tajriba   shuni   ko’rsatmoqdaki,   davlat   hududi   bilan   millat   hududining
birlashish   jarayoni   kechmoqda.   Va   bu   katta   saltanatlar   ichida   katta
g’avg’olarga   olib   keladi.   Masalan,   millatga   til   asos   qilib   olinsa,   Rusiya   o’z
tobe’larini   ruslashtirishga,   Usmonli   esa   turklashtirishga   urinadi.   Yoxud   din
asos   qilib   olinsa,   biri   xristianlashtirishga,   ikkinchisi   musulmonlashtirishga
kirishadi.   Lekin,   XX   asrda   bularni   oshkor   amalga   oshirish   qiyin.   Shunda
«majburiy   ixtiyoriy»   printsip   ishga   tushadi   va   «orzui   intisob»   («xohish»)
asosga   olinadi.   Lekin,   bu   jarayon   albatta   amalga   oshadi,   deb   hisoblaydi
Ismoilbek.   U   haq   bo’lib   chiqdi.   Bizning   o’z   ixtiyorimiz   bilan   milliyatini
yo’qota boshlagan «sovet kishisi»ga aylanganimiz buning yorqin misoli edi.
Ikkinchi   maslahatlashib   oladigan   masalamiz   davr   adabiyotining   o’rganilishi
bilan   bog’liq   masala.   Avvalo,   ko’lam   haqida.   Biz   1983   yilda   chop   etgan
«Izlay-izlay   topganim…»   risolamizda   1905-17   yillar   adabiyotiga   bevosita
daxldor   bo’lgan   84   nomni   keltirgan   edik.   Bu   18   yil   oldingi   ma’lumot.   Bu raqam hozir, shubhasiz, ko’paygan. Ikkinchidan, milliy uyg’onish davrini biz
uch   bosqichga   bo’lamiz:   1865-1905   yillar;   1905-1917   yillar;   1917-1929
yillar. 84 raqami shu uch bosqichning birgina davriga tegishli. Agar har uch
bosqichda   yashab   ijod   etgan   adiblar   adadi   jamlansa,   300   dan   oshishiga
shubha   yo’q.   Adabiyotning   ko’lam   darajasini   ijodkorlar   adadi   belgilagan
emas,   albatta.   Lekin,   ayni   paytda   o’shanday   sharoitda   shuncha
qalamkashning   faoliyat   ko’rsatishi,   bu   sokinlik   nishonasi   emas,   aksincha,
qizg’in   adabiy   jarayon,   milliy   uyg’onish   beligilaridan   hamdir.   Lekin   biz
ulardan   bugun   qanchasini   tanib   oldik?   Nechta   ijodkorning   asari
o’quvchilarga yetdi? Nechta ijodkorning asari ilmiy muomalaga kiritildi? Bu
boradagi   ishlar   tog’day   bo’lib   oldinda   turibdi.   To’g’ri,   Behbudiy,   Fitrat,
Avloniy,   Cho’lpon,   Ibrat,   Sidqiy   Xondayliqiy,   Sidiqiy-Ajziy,   Elbek,   Botu,
Abdulhamid Majidiy, Ziyo Said, Xislat, Xurshid, Faqiriy kabi XX asr boshi
adbiyotining   bir   qator   vakillari   asarlari   oz-ko’p   nashr   qilindi,   ilmiy
iste’molga   kiritildi,   targ’ib-tashviqi   yo’lga   qo’yildi.   Lekin   bular   ishning
boshlanishi xolos. Yaqinda mutaxassislardan biri rasmiy fondlarda 103 ming
kitob   saqlanayotganligini   yozdi.   103   ming   xususiy   kishilar   qo’lida   emish.
Ularni birma-bir ko’zdan kechirish, saralash  va yuzaga chiqarish 5-10 yillik
ish emas. Va bular uchun kadr kerak. Mutaxassis kerak. Fidoyilik kerak.
Bugun   Muqimiy,   Furqat,   Zavqiy,   Hamza,   Ayniy   ijodi   va   faoliyati   qayta
baholanmog’i kerak. Biz bu ulkan san’atkorlarimiz haqida qilingan ishlarning
o’z vaqtidagi buyuk ahamiyatini hech bir kamsitmagan holda ularga bugungi
ko’z bilan qaramog’imiz, ularni bugungi aql bilan baholamog’imiz lozim. Bu
mezonning nomi milliylikdir. Millat va Vatan manfaatidir.
Haziniy, Muhyi, Saryomiy, Muhsiniy, Fazliy, Tabibiy kabi o’z davri adabiy
muhitida   katta   mavqe’ga   ega   bo’lgan   ijodkorlarning   o’rni   ilmiy   asoslarda
ko’rsatib berilmog’i lozim. Bugungi   fanimiz   XIX   asrning   oxiri   XX   asr   boshlari   ijtimoiy-siyosiy
voqealarni   o’rganishda   anchagina   ishlar   qildi.   1873-76   yillar   Po’latxon
voqeasi,   1892   yilgi   Toshkent   vabo   qo’zg’oloni,   1898   yil   Andijon
qo’zg’oloni,   1916   yil,   1917   yil   Fevral,   1917   yil   Oktyabr,   Turkiston
muxtoriyati,   bosmachilik   va   hokazolar   haqida   yangi   zamonaviy   nuqtai
nazarlar   o’rtaga   tushmoqda   va   ilmiy   ishlarimiz   uchun   asos   bo’lib   xizmat
qilmoqda. Bu borada jadidchilik nomi ostida qilingan va qilinayotgan ishlarni
alohida   ta’kidlash   kerak.   Biroq,   millatning,   xususan   ziyolilarimizning   oldin
chor,   so’ng   sho’ro   mustamlakachiligiga   qarshi   olib   borgan   goh   oshkor,   goh
pinhona   kurashlari   va   eng   muhimi   bularning   adabiyotdagi   badiiy   ifodasi
o’rganilgan   emas.   Bu   jarayon   harakatchilik   nuqtai   nazaridan   Avloniy   bir
munosabat bilan tilga olgan 1904 yildagi «jadidlar to’dasi»dan 30-yillardagi
«Botir   gapchilar»gacha,   1905   yil   15   avgustda   Oka   daryosidagi   Struv`e
paroxodida 300 vakil ishtirokida tuzilgan va Ismoilbek «Tarixi jadidimizning
bosh   sahifasi»   deb   baholagan   «Sho’royi   ummat»   —   «Ittifoqi   muslimin»dan
«Turon»,   «Chig’atoy   gurungi»,   «Turk   Adam   markaziyati»,   «Ittihod   va
taraqqiy», «Milliy ittihod», «Milliy istiqlol» jamiyatlarigacha Vatan va Millat
manfaatlaridan kelib chiqqan holda o’rganilmog’i kerak.
Adabiy-tanqidiy nuqtai nazardan esa, Furqatning Xudoyorxon tilidan aytilgan
«Demish xon»idan Cho’lpon va Fitratning 20-yillardagi yurakka o’t soluvchi
isyonkor satrlarigacha milliy istiqlol g’oyasi nuqtai nazaridan yaxlit va izchil
tadqiq   etilmog’i   kerak.   Umuman,   davr   va   ijod,   inqilobiy   davr   poetikasi,
an’anaviylik va novatorlik, qo’yingki, ko’p asrlik mumtoz adabiyotimizning
yangi   adabiyotga   aylanish   jarayonini   o’rganishning   nazariy   va   amaliy
masalalari daxlsiz turibdi.
Nihoyat, bu davrni o’rganishda turli soha mutaxassislarining filolog, filosof,
pedagog,   tarixchi,   iqtisodchi,   dinshunos,   san’atshunos,   qonunshunoslar hamkorligi   kerak.   Chunki   jadidchilik   yaxlit   hodisa   edi.   Uning   uchun   o’rta
asrlar Renessansidagi singari universalizm xos edi.
Uchinchi   masala   Milliy   uyg’onish   davri   adabiyotini   o’rganishda   vaqtli
matbuot   materiallaridan   foydalanish   masalasi.   Mutaxassislarga   ma’lumki,
mazkur   davrda   matbuot   yo’lga   qo’yilgan   va   o’lkamizning   o’zida   o’nlab
gazeta-jurnallar chiqqan. Masalan, Ziyo Said 1870-1927 yillarda chop etilgan
gazeta-jurnallar haqida fikr yuritganda 45 gazeta, 36 jurnalning nomini tilga
oladi. Buning ustiga Kavkaz va Volgabo’yida, Markaziy Rusiya shaharlarida,
Istanbul,   Kobul,   Hindistonda,   Misrda   chiqib   turgan   matbuotning   ham
Turkistonga   kelib   turganini   va   Turkiston   hayotini   yoritib   turganini   ko’zda
tutsak, kutubxonalarimizda juda katta xazina borligiga ishonch hosil qilamiz.
Ayniqsa,   Ismoil   Gaspralining   «Tarjimon»i,   Rizo   Faxriddinning   «Sho’ro»si,
Fotih   Karimiyning   «Vaqt»   gazetasi,   Jalil   Mamadqulizodaning   «Mulla
Nasriddin»i   kabilar   jahoniy   miqyosga   ega   bo’lgan   va   butun   dunyoga
tarqaladigan   gazeta-jurnallar   edi.   Va   ularning   hammasida   Turkiston   mavzui
mumtoz bir o’rinni egallab kelar edi. Muhimi, xayrixohlik bilan yozilgan edi.
Ikkinchidan,   bu   maqolalar   —   chiqishlar   millatni   uyg’otishni,   Turkistonni
imperialistik   bosqin   va   tanazzullarga   qarshi   umumturk   istiqlolchilik
harakatiga qo’shib olishni ham ko’zda tutar ediki, ular najotni faqat birlikda
ko’rar   edilar.   Nihoyat   bu   chiqishlarda   zamin   voqealari   tahlili   ko’pincha
tarixni   anglash,   o’zlikni   anglash   bilan   qo’shib   olib   borilardi.   Ikkita   misol
keltiramiz:   1)   «Tarjimon»ning   1906   yil   dekabr,   1907   yil   yanvar   sonlarida
Ismoilbekning «Mukolamai salotin» («Sultonlar suhbati») hikoyasi bosilgan.
U Amir Temur haqida. Voqea xayoliy bo’lib, Go’ri Amirda kechadi: muallif
maqbarani   tomosha   qilar   ekan,   mo»jiza   yuz   beradi.   Mir   Sayyid   Barakaning
qabri ustidagi sandiqtosh ko’tarilib, sohibqironning piri o’rnidan turadi. Amir
Temur   qabriga   qo’lini   qo’yib,   «O’g’lim»   deyishi   bilan   tosh   ko’tarilib,
sohibqiron   ham   chiqib   keladi.   Har   biri   o’z   qabri   ustiga   o’tiradi.   Bir   pasda Sharqning ma’lum va mashhur zotlari Amir Temur atrofida hozir bo’ladilar.
Bular — turk sultoni Abdulazizxon,Eron shohi Nasriddinshoh, Buxoro amiri
Nasrulloxon,   Qo’qon   xoni   Xudoyorxon   va   boshqalar.   Mir   Sayyid   Baraka
ularni birma-bir tanishtiradi.
Jadidchilikning   mashhur   rahnamolaridan   Jamoliddin   Afg’oniy   «xutbai
sipohiy»   o’qib,   so’nggi   yuz   yildagi   dunyo   o’zgarishlarini   so’zlab   beradi.
Amir   Temur   avlodlariga   meros   qoldirgani   Vatan   va   Millatning   taqdiri
borasida   xalaflarini   so’roqqa   tutadi.   Javoblardan   qanoatlanmaydi.   Ayniqsa,
Amir   Nasrullo   va   Xudoyorxon   Sohibqironning   bu   zalvorli   savollaridan
qochishga   joy   topolmay   qoladilar.   Amir   Temur   o’zi   haqidagi   g’avg’o-
fasodlarni rad etib, butun kuch-qudratini bir-birini unutish darajasiga borgan
«turklarni   birlashtirmoqqa,   Buyuk   Turkistonni   tashkil   etmoqqa
bag’ishlagani»ni, «bir daraja noil ham bo’lgani»ni aytadi.
Hikoya   boshida   Mir   Sayyid   Baraka   Amir   Temurni   qabrdan   turg’izar   ekan,
«yana zamon kelgani»ga (uning zamoni kelganligiga) ishora qilgan edi. 1906
yilda   e’lon   qilingan   bu   hikoya   bilan   Fitratning   1918   yili   yozilgan   «Temur
sag’anasi»   asaridagi   hamohanglikni   payqash   qiyin   emas   (   «Mukolamai
salotin»   («Sultonlar   suhbati»)   hikoyasi   bir   necha   soatdan   keyin   saytimizda
e’lon qilinadi).
2.   Alibek   Husaynzoda   1909   yilda   «Taraqqiy»   (Boku)   gazetasida   bosilgan
«Turklik   —   askarlik»   maqolasida   til   tahlili   asosida   muhim   bir   fikrni   ilgari
surgan.   Bizning   buyruq   maylini   anglatuvchi   aytim   fe’llarimizda   to’rt-besh
qavatli   amr   ma’nolari   bor   ekan.   Masalan;   ur,   urdir,   urdirt,   urdirt(d)ir;   chiq,
chiqar,   chiqart,   chiqart(d)ir,   chiqart(d)irt   kabi.   Bu   xususiyat   boshqa   tillarda
uchramas ekan. Bu hol turkdagi hukm va hokimiyatning g’oyat qadimiyligini
anglatar,   buyruqning   ko’pbosqichligi   esa   davlat   idora   tizimida   eng   ko’hna
zamonlardan buyon mansab-martabalar silsilasining qat’iy subordinatsiyasiga
amal  qilib kelinayotganiga  dalil  ekan. Masalan, qo’shin  boshlig’i askarlarga to’g’ridan-to’g’ri   «Qal’aga   hujum   eting!»   demas,   balki   sarkardalarga
«Etdiring!» deb ekan va bu buyruq poyama-poya mingboshi, yuzboshi osha
uzatilib   borar   ekan.   «Har   bir   millatning   tili   —   uning   hayoti,   fikri,   ruhining
oynasidir» deb tugallanadi maqola.     Ahamiyatiga ko’ra mana shunday g’oyat
muhim   masalalar   ko’tarilgan   vaqtli   matbuot   namunalaridan   juda   kam
foydalanamiz.   Ularni   to’plash,   nashr   qilish,   ilmiy   muomalaga   olib   kirish
kerak.
To’rtinchi   masala.   Mazkur   davrni   o’rganishda   xorijiy   adabiyotlardan
foydalanish masalasi. Bu — davr ehtiyoji. Bizning ijtimoiy fanlarimiz sinfiy
asosga qurilgani uchun, sotsialistik bo’yoqqa bo’yalgan velikorus shovinizmi
nuqtai   nazarini   ifodalagani   uchun   bugun   yaroqsizgina   emas,   zarar
yetkazadigan   vaziyatni   egalladi.   Ularning   yangi   asosga   ko’chirilayotgani
shundan. Biz bugun bu fanlarning talqinlarini emas, keltirgan faktlarini ham
qayta   ko’rib   chiqish   majburiyati   ostidamiz.   Ayniqsa   tarix   fani   va
qadriyatlarimizni. Shu sababli Prezidentimizning bu masalalarni kun tartibiga
qo’yishida juda katta asos va ma’no bor.
Chunonchi,   rus,   so’ng   rus   sovet   ilm-fani   dastlab   chor   Rusiya   saltanatining,
keyin Sovetlar imperiyasining qonuniy ekanligini tabiiy ravishda isbotlashga
harakat   qilib   keldi.   Va   bu   yerda   uni   xolis   o’rganish   haqida   gap   bo’lishi
mumkin   emas.   Uning   nazdida   biz   ikkinchi   sort   millatmiz,   tamom.   Butun
tarix,   ma’naviyat   shunga   bo’ysundirilgan.   Chetdagi   kitoblar   bunday
tazyiqdan chetda yozilgan. Va bu haqda gap ketganda, birinchi navbatda men
Zaki Validiyning kitoblarini ko’zda tutaman.
Darvoqe,   uning   mashhur   maqolalaridan   biri   «Chingizxon   —   turkdir»   deb
nomlanadi.   O’ylab   qoladi   kishi.   Bizning   deyarli   barcha   tarix   kitoblarimizda
shunday talqin qilinadi. U turkning mo’g’ul otliq urug’idan emasmikan. Agar
u chindan ham bugungi mo’g’ullardan bo’lsa, nega so’nggi 800 yil davomida
mo’g’ul sahrosida yilt etgan chiroq ko’rinmadi. Ayniqsa   Zaki   Validiyning   ikki   tarix   kitobini   ahamiyatiga   ko’ra   bahosiz   deb
hisoblayman.   Birinchisi   –   “Umumturk   tarixiga   kirish”.   1944-45   yillarda
qamoqxonada   yozilgan.   1946   yilda   bosilib   chiqqan.   Bu   3-nashri.   Bu
«madhal»—   tarixga   kirish   nomi   bilan   mashhur,   540   betlik.   Bu   kitobdagi
izohlar   muallif   foydalangan   manbalar,   manbalar   qiyosi,   ular   ustidagi
mulohazalardan iborat. Bu manbalar arab, fors, turk, ingliz, frantsuz, nemis,
rus   tillarida.   Umuman   manbalar   doirasi   turkiy   xalqlar   baqamti   yashagan
xitoy,   hind-sanskrit,   ibroniy,   suryoniy,   armani,   yunon   tillaridagi   manbalarni
qamrab oladi.
Muhimi,   Yevropa   sharqshunoslarining   turkiy   xalqlarning   kelib   chiqish
o’rinlari — ona yurtlari haqidagi fikrlarini tasnif etadi. Millatlarni o’zaro gij-
gijlash,   «maydala-yut»   shiorini   ushlagan   imperialistik   siyosat   bilan   bog’lab
tahlil qiladi.
Ma’lum bo’lishicha, turklarning ona vatani haqida bir emas, 5-6 nazariya bor
ekan.   1.   Oltoy   (Veydeman-1838,   Chastren   -1848,   Shot   —   1849).   2.   Baykal
(Parker-   1924).   3.   Uzoq   Sharq   (Ramshtet).   4   Ural   mintaqasi   (Nemich).   5.
Tiyonshon (Olmosi). 6. Orol mintaqasi (De Kvik).
Turkiy   xalqlarning   jahon   sivilizatsiyasidagi   o’rni   haqida   jahonda   xilma-xil
gipotezalar   bor   ekan.
1)   Venalik   professor   Shmidt   va   Mengen   fikrlariga   ko’ra   Old   Osiyo   va   Nil
bo’yi   buyuk   davlatlarini   O’rta   Osiyodan   borgan   ko’chmanchi     qabilalar
bunyod   etganlar.   Bu   fikrni   Misr   tarixchi   mutaxassisi   Shebesta   isbotlashga
harakat qilar ekan, prof. Sermak Nubiya (Sudan) va turkcha orasida yaqinlik
topadi.
2)   Aka-uka   Grimlar   German   va   turkiy   qavmlarni   ko’p   jihatlardan   qardosh
ko’radilar.
3)   Arxeolog   F.Xommel   fikricha,   O’rta   Osiyo   turkiylarining   ajdodlari
miloddan   5   ming   yil   oldin   Old   Osiyoga   borganlar   va   shumerlar   nomi   bilan dunyoga   dovruq   solganlar.   Uningcha,   qadim   shumer   tilidagi   350   so’zning
kelib chiqishi turkiyligini isbotlash mumkin (Rasin dramalari 700 so’z bilan
yozilgan).
4) Ariyonlar kelishidan bir qancha vaqt oldin dunyoga kelgan Moxinijidoro,
Xarappa   madaniyatlarining   bunyodkorlari   turkiy   xalqlardir.   Bu   fikr   prof.
Nemechga tegishli.
5)   Uzoq   Sharqda   bir   qism   turkiylar   Jong   Tik   nomlari   bilan   mil.   av.   1328
yilda jiddiy bir siyosiy quvvatga ega bo’lgani Xitoy manbalarida uchrar ekan.
Tik nomini Turkning buzilgani deydilar.
6)   Turkiy   xalqlarning   O’rta   Amerika   madaniyatining   asoschilaridan   deb
qaraydiganlar   bor.   Keyingi   paytlarda   Amerika   hindularining   tilidagi   turkiy
elementlar   haqida   fikrlar   o’rtaga   tushmoqda.   Rassom   Rerix   Oltoy   tili   bilan
Amerika hindularini benihoya o’xshash topadi.
Demak,   biz   bu   xalq   agar   o’zbek,   Temur   aytganidek,   uning   bosh   bo’g’ini
bo’lsa,   sovet   davri   qo’shiqlarida   kuylanganidek   «nomi   qul   qashshoq   gado»
emas,   jahon   sivilizatsiyasining   chorrahasida   kelgan,   bo’lar-bo’lmas   yurtga
emas, dunyoga dunyodorlik qilib kelgan bir millatga avlod ekanmiz. Va bu,
shubhasiz, har bir millatdoshimizda g’urur, iftixor uyg’otadi. Bizda esa uzoq
zamonlar   shu   tuyg’uni   toptadilar.   Bu   tuyg’u   o’lgan   kundan   boshlab   millat
manqurtga   aylanar   edi.   Hokim   millatga   shu   kerak   edi.   Va   bu   narsa   keyingi
paytlarga  qadar   davom   etib  keldi.   Uzoqqa   bormaylik.  1992   yil   27  yanvarda
«Izvestiya» gazetasida Sidorov deganning bir maqolasi chiqdi. Nomi: «Chto
bilo   do   islama,   chto   stalo   posle».   Muallif   fikricha,   hozirgi   O’rta   Osiyoning
gullab   yotgan   shaharlarini   arablar   kelib   vayron   qildilar,   xalqini   qirdilar.   Va
olis   sahrolardagi   yarim   yovvoyi   ko’chmanchi   turkiy   qavmlar   kelib   bu
yerlarni egallab oldilar. Turkiy xalqlar tarixi shundan boshlanadi.
Bu   yerda   eng   kami   3   ta   sekin   portlaydigan   bomba   qo’yilgan.
1) Turkiy xalqlar O’rta Osiyoga kelgindi. Uning asl egalari ariyanlardir, Eron lahjalarida   so’zlashuvchilardir.
2)   Turkiy   xalqlar   madaniyatdan   uzoq   yarim   yovvoyi   edilar.   Ularning   asl
madaniyatini   ariyanlar   —   eroniylar   yaratib   berganlar.
3)   Islom   uning   gullagan   madaniyatini   yo’q   qildi.   O’rta   Osiyoda,   uning   qoq
markazi   O’zbekistonda   esa,   o’zbeklar   va   tojiklar   yonma-yon     yashaydilar.
Ularni katta akaga muhtoj qilish uchun mana shunday bir-birini qayrab turish
kerak.
Bundan   77   yil   muqaddam   yozilgan   «Hind   ixtilolchilari»da   ingliz   Marling
musulmon   Mavlono   Nu’monga   shunday   deydi:   «Biz   Hindustonni   adolat
bilan oldik, adolat bilan saqladik. Yana adolat bilan o’zingizga qaytarmoqchi
bo’lamiz…   Eski   Hinduston   madaniyatining   tub   egasi   musulmonlar   edilar…
Shu   pallada   ham   Hindustonda   eng   yaxshi   tayyorlangan   ulus   musulmon
ulusidir.   Biz   istar   edikkim,   butun   Hind   hukumatini   musulmonlarga
topshiraylik…Biroq,   bilasizkim,   Hindustonda   ko’pchilik   musulmonlar-da
emas.   Hindular,   sekhiylar,   ma’juslar   birlashib   hukumatni   o’z   qo’llariga
olmoqchi bo’lsalar, nima qilamiz?!».
Ikkinchisi —  “Bugungi turk  eli Turkiston  va  uning  yaqin  tarixi”.  1981 –  2-
nashri.   1-nashri   1929   yilda   Misrda   amalga   oshirilgan.   Bu   kitob   XVI   asrdan
1924 yilgacha – Turkistonning parchalanishigacha bo’lgan davrni o’z ichiga
oladi.   Bu   buhron   va   mustamlaka   davridir.   Yangi   uyg’onish   davridir.   Bu
asarni   xorijda   jadidchilik   bo’yicha   qo’llanma   o’rnida   ko’radilar.   700   betlik
kitobning   500   beti   mustamlakachilik   davri   haqida.   Ularning   bir   qismini
muallif   o’zi   ko’rgan,   guvohi   bo’lgan,   hatto   qahramonlaridan   bo’lgan.
Shuning   uchun   bu   tarix   ayrim   jihatlari   bilan   Boburning   «Boburnoma»sini
esga   tushiradi.   Rus   istilosining   mohiyati   haqida,   Turkistonning   kelajagi
haqida, turkistonlining – o’zbekning milliy xususiyati haqida bundan aniqroq
topib   aytgan   ikkinchi   odamni   topish   qiyin   bo’lsa   kerak.   (Misollarni istagancha   keltirish   mumkin).   Bu   kitoblarni   tarjima   qilish   kerak.   Bu   asarlar
o’quvchilar ongiga singishi kerak.
Nihoyat,   beshinchi   masala   zamonning   zayli   bilan   ayrim   an’anaviy
tushunchalarning yangicha talqin kasb etishidir. Bu bilan ham hisoblashmoq
kerak.   Mana   ilm-fan   tushunchasini   olaylik.   Uning   kerakli,   foydali   ekanligi
besh   qo’lday   ayon.   Uni   o’rganish   farz.   «Qur’oni   karim»da   ilm   751   o’rinda
tilga   olingan.   Lekin   u   yovuzlikka   xizmat   qildirilsa-chi?   Unda   qanday
yondashish kerak?
Madaniyat   o’z-o’zicha   yaxshi,   kerakli   narsa.   Biroq   inson   zarariga   qaratilsa-
chi?   Biz   bu   davr   adabiyotida   shu   holatni   ilg’ashni,   lekin
adabiyotshunosligimiz   tazyiq   sababidan   uni   oydinlashtira   olmaganligini
ko’ramiz.
1908 yilda Davlat Dumasi majlisida musulmon fraktsiyasidan so’zga chiqqan
deputat   Yenikeev   podsho   idorasining   g’ayriruslarga   olib   borayotgan
ruslashtirish   siyosatini   tanqid   qilib   Il`minskiyning   «Bizning   uchun   ruscha
yaxshi   bilmaydigan   va   ko’p   xatolar   bilan   yozadigan   va   birgina   gubernator
emas,   eng   oddiy   chinovniklarning   oldida   ham   titrab   o’tiradigan   muftilar
bo’lsalar   yanada   yaxshi   bo’lardi»   degan   fikri   bu   siyosatning   mohiyatini
tashkil   etganini   ko’rsatgan   edi.   (   Darvoqe’,bu   nuqtai   nazar   «G’ayri   ruslar
nizomnomasi»ga   asos   bo’lib   xizmat   qilgan   edi)   («Tarjimon»   g.   1908   y.   24
iyun).
Bu   munosabatlar   yo’qoldimi?   Nalivkinning   «Istoriya   Kokandskogo
xanstva»sini   oling.   U   takabburlik   bilan   shunday   degan   edi:   «Bizning   kazak
askarlarimiz o’zimizning marjalardan ko’ra sart ayollariga ko’proq boradilar.
Chunki ular  juda arzon turadilar…»  Mashhur  rus turkologi V.V.Radlovning
yaqinda   «Iz   Sibiri»   degan   kitobini   bir   munosabat   bilan   varaqlagan   edim.   U
1868   yilda   rus   askarlari   bilan   deyarli   bir   vaqtda   Samarqandda,   Nurotada,
Qarshida   bo’lgan.   O’zbeklar   haqida,   ularning   turmushi   haqida   bir   qator fikrlar   bildirgan,   Vereshchagindan   farq   qilmaydi.   Mana,   qoraqalpoq,
turkman, qirg’izlarni o’zbeklar bilan qiyoslab aytgan gapi: «V nravstvennom
otnoshenii oni vigodno otlichayutsya ot uzbekov, u kotorix sarit ujasayushaya
beznravstvennost`…»   «Krome   koristolyubiya   i   jadnosti   osnovnimi   chertami
ix   xaraktera   yavlyayutsya   trusost`,   jestokost`,   kovarstvo   i   litsemerie»   (M.
1980,   568-b.).   Buni   asrlar   osha   tarix   va   sivilizatsiyaning   markazida   kelgan,
o’z   shijoati   va   axloqi   bilan   jahoniy   e’tirof   topgan   millatning   sha’niga
munosib deb bo’lmas.
XIX   asrning   oxiri   XX   asr   boshlari   adabiyotigina   emas,   umuman   ijtimoiy
tafakkuri   bilan   shug’ullanadigan   har   bir   mutaxassis   bu   faktlar   bilan
hisoblashmog’i kerak. Muhimi, ushbu faktlar milliy g’oya va milliy mafkura
nuqtai nazaridan ko’rib chiqilishi kerak. Foydalanilgan adabiyotlar
1. Qosimov   B.   va   b.   Milliy   uyg’onish   davri   o’zbek   adabiyoti.   –   T.:
Ma’naviyat, 2004.
2. Milliy uyg’onish davri o’zbek adabiyoti masalalari. – T.: Universitet,
1998.
3. Ziyoev   N.   Turkistonda   Rossiya   tajovuzi   va   hukmronligiga   qarshi
kurash. –T.: SHarq, 1998.
1. Karimov N. XX asr adabiyoti manzaralari. –T.: O’zbekiston, 2008.
2. Amir   Sayyid   Olimxon   Buxoro   xalqining   xasrati   tarixi.   –   T.:   Fan,
1991.
3. Fitrat.   Amir   Olimxonning   hukmronlik   davri.   –T.:   “Minxun”   xayriya
nashriyoti, 1992.
4. Narshaxiy.  Buxoro tarixi. –T.: “Meros”, 1991.
5. Sahbo. Tanlangan she’rlar. –T.: Fan, 1993.

Jadidchilik va jadid adabiyotini ilmiy o'rganish bosqichlari Reja: 1.Jadidchilik va jaded adabiyotini o`rganish bosqichlari 2.Jadid adabiyoti vakillari

Bu mavzu doirasida bir qator masalalarda mutaxassislar bilan fikr almashib olish zaruriyati bor. Mazkur davrning yetakchi tendentsiyalari va unga qanday yondashish masalasi. Mazkur davr adabiyotimiz tarixining XIX asr ikkinchi yarmi XX asr boshlaridagi 50-60 yillik davrni qamrab oladi. Adabiyotimiz tarixining bu davrini alohida qilib ajratish yangi gap emas. Buning ham 50-60 yillik tarixi bor. Faqat biz bundagi milliy uyg’onish mazmuniga alohida urg’u beryapmiz. Aslida bu ham yangi emas. 20-yillarda bu atama «moda»da bo’lgan. Mohiyatan bu davr mumtoz adabiyot bilan hozirgi adabiyot o’rtasida ko’prik bo’lgan davr. Yangi adabiyotning shakllanish davri. O’z davrida u aniq-tiniq atalgan, «jadid adabiyoti» deyilgan. Jadid adabiyotining ma’nosi “yangi adabiyot” degani. Lekin taqdir taqozosi bilan u «Milliy uyg’onish davri o’zbek adabiyoti» atalib ketdi. Bunday talqin va yo’nalishda adabiyotning estetik jihatlaridan ko’ra g’oyaviy masalalariga e’tibor ko’proq bo’lyapti. (Masalan, dasturimizda davr voqealari va uning adabiyotdagi ifodasi, qiyosiy tahlil keng o’rin egallaydi. Davr esa alg’ov-dalg’ov). Fikringiz, maslahatingiz kerak. Biz bunday yondashishda mustaqillik ehtiyojlaridan kelib chiqdik. Chunonchi: Istiqlol tarixga ham, adabiyotga ham tamomila boshqacha yondashishni shart qilib qo’ydi. Bir so’z bilan aytganda, u sinfiy yondashishni rad etib, milliy yondashishni kun tartibiga qo’ydi. Boshimizdagi tegirmon toshi tushgach, atrofga nazar solsak, ko’rdikki, insoniyat degani konkret odamlardan iborat ekan, odamlar esa, faqat milliy qiyofadagina namoyon bo’lar ekanlar. Insoniyat faqat millat tarzidagina barqaror ekan. Shundan boshlab dunyoning mehvari biz uchun ham o’zgardi. Har qanday ijtimoiy fikr millat manfaati nuqtai nazaridan baholanadigan, uning atrofida aylanadigan bo’ldi. Bu mavsumiy masala emas, metodologik masaladir. Va buni sal kam o’n yillik tajribamiz, milliy fikrni, milliy mafkura, milliy istiqlol g’oyasini xalqimiz ongiga sindirish borasida olib

borilayotgan bugungi ishlar yaqqol ko’rsatib turibdi. Lekin masalaning ikkinchi tomoni ham bor. Biz millat, milliyat haqida ko’p gapirmoqdamiz. Bu tushunchalar bugun aniq ta’rifiga egami? Biz markscha-lenincha qarashlardan qutula oldikmi? Jadidlarimiz bu masalaga jiddiy qaragan edilar. Gaspralida «Milliy g’oya», «Milliyat» nomlari bilan maxsus maqolalar bor. O’zimizda ham Behbudiydan Cho’lpongacha birortasi uni chetlab o’tmagan. Sovet davrida 20-yillarning 2-yarmidan «millatchi» degan nom ustiga tavqi la’nat bosildi. Oldin u «millat deguvchi» ma’nosida edi. Bugun millat, milliyat haqida gapirmoqda ekanmiz, bu tushunchalarning mohiyati, tarixi va talqinlaridan har birimiz o’z ixtisosligimiz doirasida xabardor bo’lishimiz zarur, deb o’ylayman. Millat haqidagi gap juda eski, albatta. Yozuvchi Jalil Mamadqulizoda bir munosabat bilan bu tushunchaning qadim yunonlarga borib bog’lanishini yozgan edi. keksa Demokrit uni taqriban (?) shunday tushuntirgan ekan: «Har bir mamlakatning yagona bir sohibi bor, uning oti millatdir».— Shundan so’ng bu tushuncha tarix qatlarida qolib ketdi,— davom etadi Jalil Mamadqulizoda.— Va melodiy tarixning 1793 yilida yer yuzining eng najib millatlaridan bo’lmish frantsuz jamoati tomonidan yana aks-sado berdi, — deb yakunlaydi so’zini («Turk dunyosi adabiyoti», 2-jild, Anqara, 1996, 96- bet). Umuman, to’g’ri, albatta. Millat o’zligini XVIII asrda namoyish etdi. Va milliyat shaklida namoyish etdi. XX asr siyosatchilaridan biri mazkur jarayonni kuzatar ekan, yozgan edi: «Milliyat fikriga, bu azim quvvatga hech bir kuch bas kela olmadi, yuz minglarcha haybatli qo’shin bu fikr qarshisida yengildi. Milliyat atalmish buyuk qudratga bugun to’p va miltiq bas kela olmaydi».(Yusuf Oqchura, «Uch tarzi siyosat» maqolasidan. Qarang, ko’rsatilgan kitob, 1-jild, Anqara, 1996, 330-bet). Darvoqe’, ingliz olimi

Charl`z Xostler 1904 yilda Qohirada «Turk» gazetasida e’lon qilingan mazkur maqolaning turk dunyosi uchun o’ynagan rolini Kommanifestning marksizmdagi o’rni bilan qiyoslagan edi. Millatdan milliyatgacha bo’lgan yo’l uzun va murakkab yo’l, albatta. Lekin shunisi aniqki, Demokritdagi natsio—millatdan XVIII asr Frantsiyasidagi «nasional» — milliyatgacha bo’lgan davr bo’m-bo’sh bo’lgan emas. Millat- milliyat masalalari Sharqda ham ishlangan. Va agar bunga to’xtash lozim bo’lsa, gapni «Qur’on»dan boshlamoq kerak bo’ladi. Masalan «Qur’oni karim»da bu so’z 11 surada 14 oyatda uchraydi. Jumladan, 2 (Baqara) -, 12 (Yusuf)-, 7 (A’rof)- suralarining har birida 2 martadan tilga olinadi va ularning yettitasida «millati Ibrohima» («Va man yarg’abau an millati Ibrohima…», 2-sura, 130-oyat) shaklida keladi va ma’lum bo’lganidek, din, shariat, mazhab ma’nolarini anglatadi. Qolgan yetti o’rinda hazrati Ibrohim tilga olinmasa-da, ahli tavhid bilan ahli mushrikni ajratish uchun ishlatiladiki, bu ham uning din-mazhab doirasida qolganini ko’rsatadi. Alisher Navoiy ham «millat» atamasini deyarli shu doirada qo’llaydi. Chunonchi: «Iso alayhissalom osmondin ingay, dag’i dajjolni halok qilib, soyir milal ahlin xotimai nubuvva millatig’a dalolat qilg’ay». («Tarixi anbiyo va hukamo»dan, 15-jild, 236-b.). Yoki: Gushtasp zardo’sht dinin ixtiyor qilib, elni ham ul millatg’a kiyurdi. («Tarixi muluki Ajam»dan. 14-jild,196- 197-bb.). Shoirning she’rlarida esa bu so’z ko’pincha tasavvufiy mazmunga xizmat qildirildi, tavhidni anglatish uchun ishlatildi. Masalan: Zihi tojing, gavhari kibriyo, Bu gavhardin ofoq topib ziyo» — matlai bilan boshlanadigan va borliqqa ko’chgan Ollohning tazohiri tasviriga bag’ishlangan g’azalda:

Sening millatingdan chu topib sharaf, Saodat libosi kiyib ashqiyo — degan bayt borki, uning mazmuni ham yuqoridagi fikrga bo’ysundirilgan. Lekin «millat» so’zining «xalq», «millat» ma’nolarida ishlatilgan o’rinlari ham yo’q emas. Masalan: «Emdi bilkim, buhurekim ba’zining tarkibi-la hosil bo’lur, o’n to’qquzdur, ba’zi arabqa maxsus va ba’zi ajamqa maxsus va ba’zi mushtarak va ba’zi turk shuarosiga millati iste’molidan hech qaysi bu vaqtqa degincha maxsus emas ermish…» («Mezonul avzon»dan, 14-jild, 142-bet). Bu yerdagi «millat» etnik mazmunga ega, bunga shubha yo’q. Navoiy goho «millat» va «din» tushunchalarini baqamti, yonma-yon ishlatadi. Masalan, Jomiyga berilgan «nurul-millat va-d-din», ta’rifida yoki «shamsul-millati va- d-din» (Pahlavon Muhammad) «sayyid-ul-millati va-d-din» (Sa’duddin Koshg’ariy), «zaynul-millati va-d-din» (Al-Havoqiy) kabi sifatlarda buni kuzatish mumkin. Demak: 1) «Millat» atamasi Navoiy ijodiy merosining barcha janrlarida uchraydi; 2) shoir bu atamaga aksariyat an’anaviy ma’no yuklaydi. Undan din-mazhab tushunchalarini anglatish uchun foydalanadi. Lekin, ayni paytda, bu qator o’rinlarda, xususan uning ilmiy ishlarida, zamondoshlari haqidagi xotiralarida ushbu istiloh etnik tushuncha sifatida ishlatilgan; 3) «Millat» atamasiga bunday ma’no berish, ya’ni uning mazmunini bugungi tushuncha tomonga boshlash Navoiygacha bo’lgan adabiyotimiz namunalarida uchramaydi. Gap «millat» atamasi ustidagina ketyapti. Milliyat, ya’ni milliylik borasida Navoiyning tushuncha-tasavvurlarigina emas, o’z dasturi ham bo’lganki, bu alohida bir mavzu. Lekin, umuman olganda, «Millat» va «din»ni muqobil tushunish, aytish mumkinki, XX asr boshlarigacha davom etdi. «Tavhidi islom» («panislomizm») shunga suyanar edi. Shunisi qiziqki, islomchilarning o’zlari ham din boshqa, millat boshqa ekanligini yaxshi bilardilar. Masalan,