Ma'rifatparvarlik va jadidchilik ilmiy muammolar
Ma'rifatparvarlik va jadidchilik: ilmiy muammolar Reja: 1. Gaspirinskiy va matbuot. 2. Behbudiy va matbuot. 3. Matbuot va ijtimoiy-siyosiy hayot. 4. Jadid adabiyoti va oqimlar. 5. XX asr boshlaridagi tarixiy sharoit va milliy uyg’onish xarakterlari.
Jadidlar o’zlarining siyosiy maqsadlarini amalga oshirish uchun matbuotni rivojlantirishga katta ahamiyat qaratdilar. Jadid matbuotining ilk nashri “Tarjimon” gazetasi bo’lib, Qirimda I.Gaspirinskiy tomonidan 1883 yilda chop etilgan. Gazetada davrning dolzarb masalalariga bag’ishlangan maqolalar bosildi. SHuning uchun ham obunachilar yildan yilga ko’paydi. Bir yilning o’zida 320 tadan 1000 tagacha yetdi. SHuning ta’sirida Turkistonda ham birin-ketin gazetalar paydo bo’la boshladi. Turkistonda jadidlar chiqargan ilk qaldirg’och gazeta “Taraqqiy” bo’lib, u 1906 yilning yanvaridan 31 martagacha ikki oy davomida haftada ikki marta chiqib turdi. Gazetaga Ismoil Obidiy muharrirlik qildi. Lekin tezda “kofirlar gazetasi” degan ayb bilan yopildi. 1906 yil sentyabrdan Munavvarqori muharrirligida “Xurshid”, 1907 yili Avloniy tomonidan “SHuhrat” gagetalari chiqarildi. Ammo bu gazetalar 2 oydan so’ng yopib qo’yildi. Turkiston madaniy hayotida 1870 yilning 28 aprelidan chiqa boshlagan “Turkiston viloyati gazetasi” ham muhim rol o’ynadi. U Turkiston general gubernatorligi qoshidagi “Turkistanskoe vedomosti” gazetasiga ilova bo’lib chiqdi. Gazetaning maqsad-muddaosi shunday belgilangan edi: “Turkiston general gubernatori buyrug’i bo’yicha ushbu oydan boshlanib “Turkiston gazeti” chiqadur. Ushbu gazetalarda barcha haloyiqqa ma’lum bo’lmoq uchun general gubernatorni har turli farmoni izhor qilinur va yana har turli yangi xabarlar, savdo to’g’risida yozilur. Va yana Toshkand va g’ayri shaharlarda bo’lg’on hodisa – voqealar yozilur” gazetaga SHohimardon Ibrohimov, bir oz muddat Muhammad Hasan CHenishev, 1885 yildan 1917 yilga qadar esa Nikolay Ostroumov (1846-1930) muharrirlik qildilar. Ayniqsa, Ostroumov davrida rs ilm-fani, madaniyati zo’r berib targ’ib-tashviq etildi. Rusiya shaharlariga borgan, sayohat qilgan turkistonliklarning safar taassurotlari muntazam suratda berib borildi. Gazeta atrofiga mahalliy qalamkashlardan bir davra tashkil qilindi. Bu qalamkashlar
Rusiya tarixi, madaniyatiga hamdu sanolar o’qidilar. Ruslardan o’rnak olishga chaqirdilar. Ruslarni Turkistonga ilm-ma’rifat, axloq va madaniyat olib keluvchi, dunyo bilan oshna qiluvchi bir millat sifatida keng xalqqa tanishtirdilar. Bunday “ma’rifatparvarchilik” ko’pincha o’tmish, milliy-diniy an’analar ustidan kulish, ularni kamsitish, tanqid qilish hisobiga amalga oshirildi. Va u millatni sekin-astalik bilan ota-bobolarimiz turmushidan sovutishni ko’zda tutardi. Turkistonda adabiy hukmronlik qilish istagi bilan kelganlarga, ularning turmush tarzi va tafakkuriga mehr-muhabbat uyg’otib, “o’risparast” bir avlodni yetkazishiga xizmat qilar edi. Xullas, o’rsiparastlik dastlabki o’zbekcha matbuot namunasi bo’lgan “Turkiston viloyati gazeti”da Rusiya hukumatining tegishli odamlari tomonidan uyushtirilib, rag’batlantirilib borildi. Va uni “ilg’or rus madaniyati” sifatida talqin qilindi. Hatto Furqatni ham 1890 yil Toshkentga kelganida N. Ostroumov o’z gazetasiga jalb qiladi. general gubernator Baron Vrevskiy shoirning salohiyati va shuhratidan targ’ibot uchun foydalanishi maqsadida uni rus zodagonlarining bal bazmiga taklif etadi. Ostroumov shoirga ziyofat taassurotlarini yozdirib, gazetada bostiradi. Behbudiy 1913 yil aprelь oyida “Samarqand” gazetasini chiqardi. Gazeta turkiy va forsiy tillarda, haftada 2 marta, dastlab ikki, so’ng to’rt sahifada chop etildi. 45 ta sondan so’ng moddiy tanqislik tufayli chiqish to’xtadi. O’sha yilning 20 avgustidan u “Oyna” (Ko’zgu – Mir’at - Zerkalo) nomli fors, turk, arab va rus tilida jurnal chiqa boshladi. Lekin jurnal asosan forsiy va turkiyda chiqa boshladi. Bu suratli haftalik jurnal ko’proq o’zbek tilida: shuningdek, forscha she’r, maqola, ruscha e’lonlardan iborat edi. Boshida haftada bir marta, so’ng ikkinchi yilda 15 kunda bir marta chiqqan. 20 oy chamasi to 1915 yil oxiriga qadar chiqib, so’ng to’xtagan. “Oyna” jurnali ma’rifat va madaniyat tarqatishda muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Unda millat va uning haq-huquqi, tarixi, til adabiyotiga oid maqolalar,
dunyo ahvoliga doir qiziqarli ma’lumotlar, baholar berib borildi. Masalan, jurnalning 1913 yil 20 avgustdagi birinchi sondayoq “Ikki emas to’rt til lozim” degan maqola bilan chiqdi va har bir ziyoli, o’qimishli odam arab, fors, rus va turkiy tilni bilish lozim deyiladi. 1917 yilda Avloniy tomonidan “Turon” gazetasi Toshkentda, shu yili qo’qonda “Kengash” jurnali chop etildi. Jadidchilikning ruhi va mazmunini o’zida bekami ko’st namoyon etgan jadid adabiyoti milliy ong va sezim taraqqiyotida beqiyos rol o’ynaydi. Bu adabiyotning ilk namunalari badiiyatiga ko’ra u qadar yuksak emas, g’oyalar yaydoq berildi. Yalang’och da’vat va chaqiriqlar, shiorbozlik ko’zga tashlanadi. Jadid adabiyoti 10-yillarning oxiri, 20-yillarning boshidagina har jihatdan to’laqonli adabiyotga aylandi. Jadidlar XIX asrning oxiri XX asr boshlarida maydonga chiqdilar. Ularning tarix sahnasida paydo bo’lishlarida ikki omil – tarixiy-ijtimoiy sharoit va davrning yangi g’oyalarini olg’a surgan gazetalar bilan birga uchinchi omil – Muqimiy va Furqatlar boshlab bergan o’zbek ma’rifatparvari adabiyotga ham muhim rol o’ynadi. Jadidlar paydo bo’lgan ilk kunlardan boshlab ular ham chor hokimiyati, ham mahalliy hukmdorlarning qarshiliklariga duch keladilar. Jadidchilik X1X asr oxiri XX asr boshlarida Turkistonda hukm surgan favqulodda qaloq iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy sharoitda yashagan xalqlarni ma’rifatlashtirish, jamiyat hayotida ijtimoiy va madaniy islohotlar o’tkazish hamda pirovardida erk va hurriyat g’oyalarini hayotga tadbiq etish maqsadini o’z oldiga qo’ygan harakat sifatida tarixiy vaziyat taqozosi bilan yuzaga keldi. Bu harakat o’zining shakllanish yo’lini bosib o’tar ekan asr boshlaridan 1917 yil fevralь inqilobiga qadar bo’lgan birinchi bosqichda nafaqat ma’rifiy, balki ijtimoiy harakat sifatida ham uzil-kesil rasmiylashdi.
O’z oldilariga Turkiston xalqlarining taqdiri uchun muhim ahamiyatga molik vazifani qo’ygan jadidlar 1906 yil yanvarida Peterburgda bo’lib o’tgan umumrusiya musulmonlari qurultoyiga o’z vakillarini yashirincha yuborib, Rossiya tasarrufida yashagan boshqa musulmon xalqlari va ularning peshqadam arboblari bilan aloqa o’rnatmoqchi bo’lganlar. Bu vaqtda o’zbek jadidlari, Qozon tatarlari kabi har tomonlama shakllangan milliy dasturlariga ega bo’lgan. Lekin yaqin kelajakda rus istibdodga jiddiy zarba berish uchun tayyorgarlik ko’ra boshlagan edilar. Ammo ularning bu niyatlaridan xabardor bo’lgan bolьsheviklar Osipov qo’zg’olonidan keyin ko’plab jadidlarni qirib tashladilar. O’z mustabid davlatining deshmani deb bilgan. Buxoro amiri ham jadidlarni yo’qotishda bolьsheviklardagi zarracha orqada qolmadi. Jadidchilik, shunchaki bir ma’rifiy, madaniy-oqartuv harakatigina emas edi. Asr boshidan voqealar, rus-yapon urushidagi mag’lubiyat Rusiyani buhronga olib keldi. Ichki milliy nizolar, noroziliklar kuchaya boshladi. Turkistonda asta-sekin uyg’onish boshlandi. Rusiyada, xususan Kavkaz, volgabo’yida yashovchi turkiy millatlar bilan yaqinlashishga, hamkorlikka intilish kuchaydi. Yangi g’oyalar kirib kela boshladi. Islomchilik (panislomizm), turkchilik (panturkizm) shundaylardan edi. Bu g’oyalar X1X asrning o’rtalarida Usmonali davlatlarda paydo bo’ldi. Dastlab, “usmonchilik” o’rtaga qo’yildi. 1698-99 yili Usmonli davlati birvarakayiga to’rt davlat – Avstriya, Venetsiya, polьsha, Rusiya bilan urushga kirdi va yengildi. Bu usmonli saltanati tanazzulini boshlanishi edi. Idora usulida o’zgarishlar qilish kerak edi. Yildan yilga taraqqiy topib, harbiy-iqtisodiy qudrati oshib borayotgan Ovrupadan nimanidir olish kerak edi. Bu fikr 1789 yili taxtga chiqqan 3- Salimda ko’zga tashlandi. U “Nizomi jadid” tuzib, qo’shin va idorani yangilashga kirishdi.