logo

DAVLAT BYUDJETI

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

57.013671875 KB
DAVLAT BYUDJET I
Reja:
1. Davlat byudjetining mohiyati va ahamiyati.
2. Davlat byudjetining daromadlari tarkibi.
3. Davlat byudjetining xarajatlari.
4. Byudjet taqchilligi va uni boshqarish.
5. Byudjet tizimi va qurilishi.
6. Byudjet jarayoni.
  1. Davlat byudjetining mohiyati va ahamiyati
Davlat   va   korxonalar   o’rtasidagi   moliyaviy   munosabatlar   ham   mavjud
bo’lib, ular byudjet munosabatlari deb ataladi. Ushbu munosabatlar obyektiv
xususiyatga   ega   bo’lib,   davlatning   milliy   daromadning   bir   qismiga   egalik
qilishi   zarurligini,   ushbu   mablag’larning   kelgusida   ijtimoiy   tadbirlar,   takror
ishlab   chiqarishni   kengaytirish,   davlatni   boshqarish   va   davlat   hamda   milliy
xavfsizlikni   ta’minlashga   yo’naltiradi.   Byudjetning   hajmi   har   bir
mamlakatning milliy daromadiga, uning oldiga qo’yilgan ijtimoiy maqsad va
vazifalarga bog’liq bo’ladi.
Davlat   byudjeti   –   bu   davlat   vazifalarini,   mamlakat   yoki   tegishli
ma’muriy   –   hududiy   birlik   iqtisodiy   va   ijtimoiy   rivojlanishini   ta’minlash
maqsadida pul mablag’larini shakllantirish va ulardan foydalanishning asosiy
moliyaviy rejasidir. Sodda qilib aytganda, u davlatning bir moliya (byudjet)
yiliga   mo’ljallangan   xarajatlari   va   ularni   qoplash   manbalari   ko’rsatilgan
daromadlar smetasidir. 
Davlat   byudjeti   moliya   tizimining   asosiy   bo’g’ini   hisoblanib,   u
davlatning   asosiy   daromadlari   va   xarajatlarini   birlashtiradi   va   o’zida   soliq,
davlat   krediti   va   davlat   xarajatlari   yaxlitligini   o’zida   mujassamlashtiradi.
Davlat   byudjeti   asosini   davlat   boshqaruv   apparati,   qurolli   kuchlar,   sog’liqni
saqlash, ta’lim, ijtimoiy sohalar xarajatlarini moliyalashtirishga mo’ljallangan
hukumatning   markazlashgan   pul   mablag’lari   jamg’armasi   tashkil   qiladi.
Mamlakat   hududida   amalda   bo’lgan   va   ijtimoiy   munosabatlar   va   huquqiy
me’yorlarga asoslangan barcha turdagi byudjetlar to’plamiga   byudjet tizimi
deyiladi.   Byudjet   tizimining   tashkil   etilishi   va   tuzilishi   tamoyillariga
(yaxlitligi,   to’laliligi,   haqqoniyligi,   oshkoraligi,   mustaqilligi)ga   byudjet
tuzilmasi deb aytiladi.  Davlat   mahalliy   byudjetlarni   tuzish,   ko’rib   chiqish,   tasdiqlash   va   ijro
etish   bo’yicha   davlat,   mahalliy   hokimiyat   organlarining   qonunchilik
tomonidan belgilab qo’yilgan faoliyatiga  byudjet jarayoni  deb aytiladi.
O’zbekiston   Respublikasi   Konstitusiyasining   122-moddasiga   muvofiq,
“O’zbekiston   Davlat   byudjeti   o’z   ichiga   respublika   byudjeti,
Qoraqalpog’iston   Respublikasi   byudjeti   va   mahalliy   byudjetlarni   o’z   ichiga
oladi”.
Davlat byudjetining asosiy funksiyalari  quyidagilar:
 YaIM va MD ni qayta taqsimlash;
 iqtisodni   davlat   tomonidan   (boshqarish)   tartibga   solish   va
rag’batlantirish;
 ijtimoiy siyosatni moliyalashtirish;
 markazlashtirilgan   pul   mablag’lari   fondini   shakllantirish   va   uni
ishlatilishini nazorat qilish.
O ’ zbekiston   Respublikasida   byudjet   siyosatining   asosiy
vazifalari ga quyidagilar kiradi:
 iqtisodiyotni inqirozlardan holi etish;
 moliyaviy barqarorlikni ta’minlash;
 investision   jarayonlarni   rag’batlantirish   va   iqtisodiyotda   jamg’arish
ulushini oshirish;
 byudjetning   moddiy   soha   tarmoqlari   korxonalariga   ajratilayotgan
dotatsiya shaklidagi unumsiz xarajatlarini kamaytirish;
 soliq   to’lash   va   soliq   tizimini   takomillashtirish   va   nazorat   qilish
orqali byudjetning daromad bazasini mustahkamlash;
 davlat   xarajatlarining   samarali   va   maqsadli   ishlatilishi   ustidan   faol
moliyaviy nazorat o’rnatuvchi tizimni yaratish;
 davlat qarzi hajmi ustidan nazoratni kuchaytirish. Iqtisodiy o’sishni va moliyaviy barqarorlikni ta’minlash davlat byudjeti
siyosati   oldida   turgan   va   iqtisodiy   islohotlar   jarayonida   o’ziga   xos   bo’lgan
vazifalardandir. 
Bugungi   kunda   davlat   byudjeti   YaIMni   qayta   taqsimlashda   muhim
ahamiyatga   ega.   Rivojlangan   mamlakatlarda  davlat  odatda,  YaIMning  20   dan
50   foizigacha   qismini   soliqlar   va   boshqa   davlat   daromadlari   va   to’lovlari
shaklida davlat byudjetiga safarbar etib davlat xarajatlari orqali iqtisodiyotni va
investisiyalarni   tartibga   soladi   va   rag’batlantiradi,   ishlab   chiqarish
unumdorligini oshirishga yo’naltiradi. 
O’zbekiston   Respublikasi   byudjet   qurilmasi   ham   byudjet   tizimining
yagonaligi, to’laligi, haqqoniyligi, oshkoraliligi va unga kiruvchi ma’muriy-
hududiy   byudjetlarning   mustaqilligi   tamoyillariga   asoslanadi.   Mamlakat
byudjet   tizimiga   uning   mustaqil   bo’laklari   sifatida   Respublika   va
Qoraqalpog’iston   Respublikasi,   viloyatlar   va   Toshkent   shahri   mahalliy
byudjetlari   kiradi.   O’zbekiston   Respublikasi   jamlangan   byudjetiga   Davlat
maqsadli   jamg’armalari   ham   kiritiladi.   Mamlakatimizda   5   ta   davlat
jamg’armalari mavjud bo’lib ularga: 
 Moliya vazirligi hududidagi Respublika yo’l jamg’armasi;
 Pensiya jarg’armasi;
 Ish bilan ta’minlashga ko’maklashish davlat jarg’armasi;
 Davlat mulk qo’mitasining maxsus hisob varaqasi;
 Maktab ta’limi jamg’armalari kiradi. 
Maqsadli   davlat   jamg’armalarini   tuzish   orqali   hukumat   byudjetga
kiritilmagan   xarajatlarni   moliyalashtirish   mablag’larini   mazkur   nobyudjet
jarg’armalarida shakllantiradi. 
Byudjet   xarajatlari   O’zbekiston   Respublikasi   va   uning   tegishli
ma’muriy-hududiy birliklarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari bilan belgilanib   navbatdagi   moliya   (byudjet)   yilida   qonunchilikda   belgilangan
yo’nalish va hajmlarda amalga oshiriladi.
Barcha   ma’muriy-hududiy   birliklar   byudjetlarining
muvozanatlashganligi   mamlakat   byudjet-moliya   siyosatining   zarur
shartlaridan biri hisoblanadi. 
Mamlakat   byudjeti   taqchililigining   chegaraviy   miqdorlari   navbatdagi
moliya (byudjet) yilida qonun tomonidan belgilanadi.  Respublika byudjeti Oliy
Majlis   tomonidan   tasdiqlansa,   mahalliy   bdyujetlarni   mahalliy   hokimiyat
Kengashlari   tasdiqlaydilar.   Tasdiqlangan   va   qonun   kuchiga   kirgan   Davlat
byudjeti   hukumat   tomonidan   belgilangan   muddatlarda   va   miqdorlarda
amalga oshirilishi shart hisoblanadi .
2. Davlat byudjetining daromadlari tarkibi
Byudjet   daromadlari   –   davlatning   markazlashgan   moliyaviy
resurslarining   bir   qismi   bo’lib,   uning   faoliyati   va   funksiyalarini   to’laqonli
amalga   oshirishi   uchun   zarurdir .   Unitar   davlatlarda   byudjet   daromadlari
markazlashgan   va   mahalliy   daromadlarga   (O’zbekiston   Respublikasi),
federa l davlatlarda esa  federal  va mahalliy daromadlarga bo’linadi  (RF).
Davlat byudjetining asosiy manbai soliq daromadlari (SD), agarda uning
tanqisligi kuzatilsa milliy boylik (MB) hisoblanadi.
Davlat   byudjetining   daromadlari   mamlakat   yalpi   ichki   (milliy)
mahsulotini   taqsimlash   va   qayta   taqsimlash   umumiy   jarayonining
elementlaridan biri bo’lib, ular oraliq (tranzit) xarakterga ega. Ular yuridik va
jismoniy   shaxslarga   tegishli   bo’lgan   daromadlar   va   jamg’armalarning   bir
qismini   byudjetga   o’tkazilishi   natijasida   vujudga   keladi.   Byudjet
daromadlarining   moddiy-buyumlashgan   mazmunini   davlatning   ixtiyoriga
borib   tushgan   pul   mablag’lari   tashkil   etadi.   Bu   moliyaviy   (byudjet) kategoriyaning   namoyon   bo’lish   shakli   byudjetga   borib   tushuvchi   turli
soliqlar, to’lovlar, yig’imlar, bojlar va ajratmalardan iborat.
Miqdoriy jihatdan Davlat byudjetining daromadlari yaratilgan yalpi ichki
mahsulot(YaIM)da   davlatning   ulushini   ko’rsatadi.   Ularning   absolyut   hajmi
va   salmog’i   mamlakatning   yalpi   ichki   (milliy)   mahsuloti   (milliy
daromadi)ning   umumiy   hajmi,   u   yoki   bu   davrda   davlatning   oldida   turgan
siyosiy,   iqtisodiy,   ijtimoiy,   mudofaa   va   boshqa   vazifalar   bilan   belgilanadi.
Ana shularga muvofiq ravishda Davlat byudjetida mablag’larni konsentrasiya
qilish   (to’plash,   yig’ish)   miqdori   va   ularni   undirishning   shakl   va   metodlari
aniqlanadi.
Byudjetning daromadlar qismini to’ldirishning manbalaridan biri byudjet
tizimida   boshqa   darajada   turgan   byudjetdan   dotatsiyalar,   subvensiyalar   va
subsidiyalar   yoki   mablag’larni   qaytarilmaslik   va   tiklamaslikning   boshqa
shakllarida   olinadigan   moliyaviy   yordamdir.   Bunday   moliyaviy   yordamlar
mablag’larni   oluvchi   byudjetning   daromadlarida   o’z   ifodasini   topishi   kerak.
Jismoniy   va   yuridik   shaxslardan,   halqaro   tashkilotlar   va   xorijiy   davlatlar
hukumatlaridan   qaytarilmaydigan   yoki   tiklanmaydigan   shaklda
o’tkazilayotgan   mablag’lar   ham   byudjetning   shunday   daromadlari   tarkibiga
kiradi.
O’zbekiston   Respublikasi   davlat   byudjetining   daromadlari   quyidagi
manbalar hisobiga shakllanadi :
1.   To ’ g ’ ri   (bevosita)   soliqlar.   Ularning   tarkibiga   yuridik   shaxslarning
foydasidan olinadigan soliq, savdo va umumiy ovqatlanish   korxonalari uchun
yagona soliq to’lovidan Davlat byudjetiga ajratmalar, yagona soliq to’lovidan
(mikrofirmalar   va   kichik   korxonalar   bilan   birgalikda)   Davlat   byudjetiga
ajratmalar,   jismoniy   shaxslarning   daromadidan   olinadigan   soliq   va
tadbirkorlik   faoliyati   bilan   shug’ullanayotgan   yuridik   va   jismoniy
shaxslarning daromadidan olinadigan qat’iy soliq kiradi. 2.   Egri   (bilvosita)   soliqlar.   Bu   soliqlarning   tarkibi   qo’shilgan   qiymat
solig’I, aksizlar, bojxona bojlari, jismoniy shaxslardan olinadigan yagona boj
to’lovi, transport vositalari uchun benzin,   dizel yoqilg’isi va gaz iste’moliga
jismoniy shaxslardan olinadigan soliqdan iborat.
3. Resurs to ’ lovlari va mol-mulk soli g ’ i.   Bu guruhga kiruvchi   soliqlar
va   to’lovlar   mol-mulk   solig’I,   yer   solig’I,   yer   osti   boyliklaridan
foydalanganlik  va suv  resurslaridan  foydalanganlik uchun soliqni  o’z  ichiga
oladi.
4. Ustama foydadan olinadigan soliq.
5.Boshqa daromadlar.
O’zining   ijtimoiy-iqtisodiy   belgisiga   ko’ra,   davlat   byudjetining
daromadlari ikki guruhga bo’linishi mumkin:
– xo’jalik yurituvchi subyektlardan olinadigan daromadlar;
– aholidan tushumlar.
Mulkchilik   shakliga   ko’ra,   Davlat   byudjetining   daromadlari   quyidagi
ko’rinishlarda bo’lishi mumkin:
– nodavlat sektordan olinadigan daromadlar;
– davlat xo’jaliklaridan olinadigan daromadlar;
– aholidan olinadigan mablag’lar.
Byudjet   daromadlarining   yuqorida   sanab   o’tilgan   har   bir   gu r uhlari
daromadlarning manbalari, to’lovlarning turlari va hokazolar bo’yicha kichik
guruhlarga   bo’linishi   ham   mumkin.   Masalan,   davlat   xo’jaliklaridan
olinadigan daromadlarga davlat korxona   va tashkilotlarining to’lovlari, davlat
mulkini   sotishdan   olinadigan   daromadlar,   davlat   tashkilotlari   tomonidan
ko’rsatiladigan   xizmatlardan   olinadigan   daromadlar   kiradi.   Aholidan
byudjetga   kelib   tushadigan   mablag’lar   esa   soliqlar   va   boshqa   ixtiyoriy
to’lovlardan iborat bo’lishi mumkin. O’z navbatida, har bir kichik guruhlarga biriktirilgan davlat   byudjetining
daromadlari tushumlarning alohida turidan iborat.
Masalan,   davlat   korxonalari   tomonidan   byudjetga   o’tkaziladigan
daromadlarning tarkibiga qo’shilgan qiymat, aksiz, daromad (foyda) soliqlari
va   boshqalar   kiradi.   Shuningdek,   davlat   mulkidan   olinadigan   daromadlar
tarkibi   bojxona   daromadlaridan,   egasiz   va   musodara   qilingan   mol-mulkni,
talab qilib olinmagan   yuklar va pochta jo’natmalarini, meros huquqi bo’yicha
davlatga   o’tgan   mol-mulklarni   realizasiya   qilishdan   olingan   tushumlardan
iborat. Davlat tashkilotlari va muassasalari tomonidan ko’rsatilgan xizmatlar
uchun   olingan   daromadlarga   davlat   avtomobil   inspeksiyalari   tomonidan
undiriladigan   yig’imlar,   tovar   belgilarini   qayd   etganlik   uchun   yig’imlar,
o’lchov   asboblarini   davlat   tekshiruvidan   o’tkazilganligi   uchun   haq,   sud   va
arbitraj   organlari   hamda   notarial   idoralari   tomonidan   aholiga   ko’rsatilgan
xizmatlar uchun olinadigan haq va boshqalar kiradi.
Davlat   byudjetining   daromadlari   majburiy   yoki   ixtiyoriy   tarzda   jalb
qilinishi   ham   mumkin. Bunda da romadlarni majburiy shaklda jalb qilish hal
qiluvchi   rolni   o’ynaydi.   Ixtiyoriy   shakldagi   to’lovlarga   davlat
obligatsiyalarini   va   pul-buyum   lotareyalarini   realizasiya   qilishdan   olingan
tushumlar   kiradi.   Davlat   byudjeti   daromadlarini   shakllantirishdagi
majburiylik   yuridik   va   jismoniy   shaxslar   tomonidan   ma’lum   bir   mablag’lar
belgilangan  muddatlarda  byudjetga  o’tkazilishi  zarurligini   anglatadi.  U  yoki
bu   to’lovni   qonun   tomonidan   majburiy   deb   e’tirof   etilishi   to’lanmagan
so’mmalarning   majburiy   undirilishini   ko’zda   tutadi.   Bu   holat   byudjetning
ijrosi   uchun   juda   katta   ahamiyatga   ega   bo’lib,   mablag’larni   to’liq   va   o’z
vaqtida byudjetga mobilizatsiya qilishga (jalb etishga)   yo’naltirilgan.
Subyektlarning daromadlari davlat byudjeti ixtiyoriga ikki   xil metodlarni
qo’llash evaziga olinishi mumkin:
1) soliqli metodlar; 2) nosoliqli metodlar.
Soliqli   metodlar   uchun   mablag’larning   davlat   byudjeti   foydasiga   aniq
belgilangan   miqdorlarda   va   oldindan   o’rnatilgan   muddatlarda   undirilishi
xarakterlidir. Soliqlarning undirilishi mamlakat yalpi ichki (milliy) mahsuloti
va   milliy   daromadining   taqsimlanishi   va   qayta   taqsimlanishi   bilan   bog’liq.
Ular   yordamida   xo’jalik   yurituvchi   subyektlar   va   aholiga   tegishli   bo’lgan
mablag’larning bir qismi davlat ixtiyoriga o’tkaziladi. Soliqlarning   tarkibiga
qo’shilgan qiymat, aksiz, daromad (foyda), yer, mol-mulk soliqlari va boshqa
soliqlar kiradi.
Nosoliqli   daromadlar   davlatga   tegishli   bo’lgan   korxona   va
tashkilotlardan olinadigan to’lovlardir.
Davlat   mulkiga   aylanadigan   va   qaytarilishini   talab   etmaydigan
mablag’lar   ham   Davlat   byudjetining   daromadlari   bo’lishi   mumkin.   Biroq
ayrim   to’lovlar   davlatning   ixtiyoriga   vaqtinchalik   foydanish   uchun
o’tkazilishi   ham   mumkin.   Bunday   holda   davlat   olingan   mablag’larni   sarf
etsa-da,   u   bu   mablag’larni   belgilangan   muddatlarda   va   to’liq   ravishda
qaytarishga   majbur.   Ana   shunday   byudjet   daromadlarining   ko’rinishlaridan
biri   davlat   obligatsiyalarini   realizasiya   qilishdan   olingan   tushumlar
hisoblanadi.
Davlat   byudjetining   daromadlariga   ular   shartli   ravishda,   faqat   shu
yilning byudjeti daromadlari nuqtai-nazaridan kiritilishi   mumkin.
Davlat   byudjeti   daromadlarining   deyarli   barchasi   sarflanish   nuqtai-
nazaridan   oldindan   mo’ljallangan   maqsadlarga   ega   emas.   Ular   umumiy
fondga   tushiriladi   va   odatdagi   moliyalashtirish   tartibida   foydalaniladi.
Byudjet   daromadlarining   faqat   ba’zi   birlarigina   oldindan   belgilangan
maqsadlar   uchun   mo’ljallangan.   Ularning   tarkibiga   ijtimoiy   sug’urta
badallarini kiritish mumkin. Soliqlar,   to’lovlar,   yig’imlar,   bojlar   va   majburiy   ajratmalarning   alohida
shakllari   va   turlarining   yig’indisi   davlat   byudjeti   daromadlarining   yagona
tizimini   shakllantiradi.   Turli   subyektlardan   kelib   tushadigan   davlat
byudjetining   daromadlari   umumdavlat   ehtiyojlarini   ta’minlab,   bir-biri   bilan
o’zaro bog’langandir.
Davlat byudjeti daromadlarining tarkibi va uning tuzilmasi doimiy 
bo’lmasdan, ular mamlakat taraqqiyoti va davlatning oldidagi vazifalarning 
o’zgarishiga muvofiq ravishda o’zgarib boradi.
Shuningdek, davlat byudjeti daromadlarining tarkibiy tuzilmasida to’g’ri
(bevosita)   soliqlar   ham   o’z   o’rniga   ega.   Ular   yordamida   byudjet
daromadlarining   deyarli   asosiy   qismi   tashkil   topayapti.   Uning   asosiy   qismi
(jami   to’g’ri   (bevosita)   soliqlarning   56,5%)   esa   jismoniy   shaxslardan
olinadigan daromad solig’ining hissasiga to’g’ri kelayapti. Bu  yerda yuridik
shaxslardan   olinadigan   foyda   solig’i   ham   shu   guruhga   kiruvchi   boshqa
soliqlarga   nisbatan   byudjet   daromadlarini   shakllantirishda   alohida   rol
(73,1%) o’ynamoqda.
Resurs   to’lovlari   va   mol-mulk   solig’i   yordamida   davlat   byudjeti
daromadlarining 18,3%   ga yaqini   tashkil topayapti. Uning asosiy qismi (shu
guruhga   kiruvchi   soliqlarning   57,0%)   yer   osti   boyliklaridan   foydalanganlik
uchun   soliqqa   to’g’ri   kelayapti.   Milliy   iqtisodiyotda   qo’llanilayotgan   davlat
byudjeti   daromadlari   tizimining   samaradorligi   mablag’larning   byudjetga
tushumini tashkil etishga bevosita bog’liq. 
3. Davlat byudjetining xarajatlari
Davlat   byudjetining   xarajatlari   –   davlatning   markazlashgan   pul
mablag’larini   hudud,   mamlakat,   tarmoq   yoki   sohalar   doirasida   taqsimlash
jarayonida yuzaga keladigan iqtisodiy munosabatlardir . Eng   avvalo,   o’zining   iqtisodiy   mazmuniga   ko’ra,   davlat   byudjetining
xarajatlari  kapital va joriy xarajatlarga  bo’linadi.
Davlat   byudjetining   kapital   xarajatlari   davlat   hokimiyat   organlari,
mahalliy   o’z-o’zini   boshqarish   organlari,   byudjet   tashkilotlarining   joriy
faoliyatini   ta’minlashga   yo’naltirilgan   byudjet   xarajatlari,   boshqa   byudjetlar
va   iqtisodiyot   alohida   tarmoqlariga   dotatsiya,   subsidiya   va   subvensiya
shaklida   ko’rsatiladigan   davlat   tomonidan   qo’llab-quvvatlash   bilan   bog’liq
bo’lgan xarajatlar.
Byudjetning   joriy   xarajatlari   davlat   byudjeti   xarajatlarining
turkumlanishiga muvofiq kapital xarajatlarning tarkibiga kiritilmagan boshqa
xarajatlardir.
Takror ishlab chiqarishdagi roliga ko’ra, Davlat byudjetining xarajatlari
milliy   iqtisodiyotga   (xo’jalikka)   qilinadigan   xarajatlar   va   ijtimoiy   soha
hamda   aholini   ijtimoiy   qo’llab-quvvatlash   xarajatlariga   bo’linadi.   Bu
xarajatlarga,   eng   avvalo,   davlat   korxonalari   va   davlat   ulushi   bor   bo’lgan
korxonalarning   ustav   kapitalini   shakllantirish,   ularni  yanada  kengaytirish  va
rivojlantirish,   davlat   moddiy   zaxiralarini   yaratish   xarajatlari   kiradi.
Byudjetning   ijtimoiy   soha   hamda   aholini   ijtimoiy   qo’llab-quvvatlash
xarajatlari ham ijtimoiy jihatdan zarur bo’lgan xarajatlardir.
Davlat   byudjeti   iqtisodiyot   va   ijtimoiy   sohaning   rivojlanishiga   davlat
tomonidan   ta’sir   o’tkazilishining   muhim   vositasi   bo’lib,   jamiyat   hayotiga
byudjet   ta’sirining   shakl   va   usullarini   ham   o’zgartirmoqda.   Jamiyatning
iqtisodiy   va   ijtimoiy   taraqqiyoti   byudjet   mablag’larini   yo’naltirishga
bog’liqdir.   Byudjet   xarajatlari   aniq   ko’rinishlarining   rang-barangligi
muayyan   xususiyatlariga   qarab   tabaqalashtiriladi:   takror   ishlab   tarmoq
jarayonida   ularning   vazifasi,   ijtimoiy   yo’nalishi,   ishlab   chiqarish   tarmoqlari
va  faoliyat turlari,  qaysi  maqsadga yo’naltirilganligi hisobga olinadi.  Davlat byudjeti   xarajatlari   ijtimoiy   yo’nalishi   bo’yicha   quyidagi   guruhlarga
bo’linadi:
 - ijtimoiy sohaga qilinadigan xarajatlar;
 - xalq xo’jaligini rivojlantirishga qilinadigan xarajatlari;
 - mudofaa xarajatlari;
 - boshqaruv xarajatlari;
 - boshqa xarajatlar.
Xo’jalik yuritishning bozor usullariga o’tish bilan byudjet mablag’larini
taqsimlashdagi   ustivor   yo’nalishlar   ham   o’zgardi,   davlatning   ijtimoiy
funksiyasi kuchaydi.
  O’zbekiston   Respublikasining   ijtimoiy   yo’naltirilgan   bozor
iqtisodiyoti,   ya’ni   jamiyat   a’zolarining   muhtoj   tabaqalarini   ijtimoiy   qo’llab-
quvvatlashni kuchaytirish yo’li tanlandi.
  Ijtimoiy   soha   tarmoqlari   –   maktabgacha   tarbiya,   xalq   maorifi,
madaniyat, tibbiy xizmat, jismoniy tarbiya va sportga byudjet mablag’laridan
ko’proq ajratilmoqda.
 Tabiatni muhofaza qilish va ekologik vaziyatni yaxshilashga ketadigan
xarajatlarni mablag’ bilan ta’minlash ham shular jumlasidandir.
  Bozor   munosabatlari   rivojlanishi   bilan   moddiy   ishlab   chiqarish
tarmoqlarini mablag’ bilan ta’minlash uchun ajratiladigan xarajatlar salmog’i
kamayib   boradi.   Vaholanki,   bunday   ulush   ma’lum   vaqtgacha   katta   bo’lib
turishi mumkin, chunki iqtisodiyotdagi tanglik holatini yengish uchun davlat
tomonidan bu sohaga ancha-muncha mablag’ sarflash talab etiladi.
  Iqtisodiyotning   bozor   munosabatlariga   o’tishi   byudjetning   ijtimoiy
yo’naltirilgan   xarajatlarini   ko’paytirish,   fuqarolarning   ijtimoiy   himoya
qilinishini   kuchaytirish   hamda   keng   ko’lamli   ijtimoiy   dasturlarni,   ularni
mablag’   bilan   ta’minlash   manbalari   bilan   oqilona   uyg’unlashtirib   borishni
taqozo etadi.   Davlatning   ijtimoiy   sohani   rivojlantirishga   yo’nalitiriladigan
xarajatlari   pirovard   natijada   faqat   ijtimoiy   emas,   balki   iqtisodiy   ahamiyatga
ega   bo’ladi,   chunki   jamiyatning   iqtisodiy   salohiyatini   oshirishga   yordam
beradi,   shu   o’rinda   ta’kidlab   o’tish   lozimki,   bozor   iqtisodiyoti   sharoitida
byudjetdan mablag’ sarflashdan butunlay voz kechishning iloji yo’q, chunki
iqtisodiyotning   davlat   sektori   saqlanib   turadi,   u   esa   davlat   investisiya
dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishni, kapital sarflarning tarmoq va
hududiy  tuzilishilarini izga  solib  turishni talab etadi.  Aniq maqsadli byudjet
kreditlari   ko’rinishida   tadbirkorlik   faoliyatini   davlat   tomonidan   moliyaviy
jihatdan   qo’llab-quvvatlash   ham   saqlanib   turadi.   Bundan   tashqari,   davlat
mulkchilikning   muqobil   shakllaridagi   korxonalarning   qimmatbaho
qog‘ozlarini sotib olish va egalik qilishi ham mumkin.
  Davlat   byudjeti   mablag’larining   bir   qismi   mamlakatning   mudofaa
qobiliyatini   qo’llab-quvvatlash   sohasidagi   tadbirlarni   mablag’   bilan
ta’minlashga   yo’naltiriladi.   Bu   esa   mamlakat   iqtisodiyotining   rivojlanish
darajasiga, uning moliyaviy imkoniyatlari va halqaro vaziyatga ham bog’liq
bo’ladi.   Markazlashgan   resurslar   umumdavlat   ahamiyatiga   molik   bo’lgan,
umuman   olganda   jamiyat   manfaatlarini   ifodalaydigan   tadbirlarni,   jumladan:
xalq   xo’jaligi   ahamiyatidagi   qurilish-montaj   ishlarini,   eng   muhim   ijtimoiy
tadbirlarni,   mudofaa,   boshqaruv,   davlatning   tashqi   iqtisodiy   aloqalari,
davlatning   moddiy   va   moliyaviy   zahiralarini   mablag’   bilan   ta’minlashga
yo’naltiriladi.   Mahalliy   byudjetlardan   uy-joy   kommunal   xo’jaligi   va
obodonlashtirish, maorif va sog’liqni saqlash muassasalari, ijtimoiy ta’minot
sohasidagi tadbirlar mablag’ bilan ta’minlanadi.
  Davlat byudjeti xarajatlarining kattagina qismi faoliyat ko’rsatishning
o’ziga xos sohasi hisoblangan boshqaruv xarajatlariga to’g’ri keladi.
  Davlat   byudjetining   xarajatlari   va   daromadlari   bir   biri   bilan   o’zaro
bog’liqdir, ular bir biriga ta’sir etib turadi, bir birini muvofiqlashtirib borishi lozim.   Davlat   byudjeti   xarajatlari   kelib   tushadigan   byudjet   daromadlarining
hajmlariga   karab   kattik   cheklanadi.   Davlat   byudjetining   daromadlari   esa
davlatning iqtisodiy salohiyati bilan belgilanadi. Shuning uchun ham byudjet
xarajatlarining   muddati   va   hajmlarini   kelib   tushadigan   daromadlarining
muddat   va   hajmlariga   muvofiq   qilib   belgilash   juda   muhimdir.   Ayni   paytda,
ta’kidlab o’tish joizki, byudjet mablag’laridan foydalanishda ziddiyatli hollar
ham   bo’lib   turadi.   Byudjet   xarajatlarini   to’g’ri   rejalashtirmasligi   natijasida
byudjet yetishmovchiligi yuzaga kelishi mumkin.
Davlat   byudjeti   ijrosida   qatnashuvchi   hamma   organlarda   davlat
byudjetining daromadlari va xarajatlarini hisobga olish asosida byudjet tasnifi
yotadi.   Byudjet   tasnifi   Davlat   byudjetini   tuzish,   ko’rib   chiqish,   qabul   qilish
hamda   ijro   etish   maqsadida   byudjet   ma’lumotlarini   tizimga   solish   uchun
foydalanish   va   u   byudjet   ma’lumotlari   halqaro   tasnif   tizimlarining   aynan
shunday   ma’lumotlari   bilan   qiyoslanishini   ta’minlash   maqsadida   davlat
byudjeti   tuzilmasiga   kiruvchi   byudjetlar   daromadlari   va   xarajatlarini,
shuningdek   ularning   taqchilligini   mablag’   bilan   ta’minlash   manabalarini
guruhlash   hisoblanadi.   Byudjet   tasnifi   hamma   byudjetlarni   yagona   davlat
byudjetiga   jamlash   imkoniyatini   yaratadigan   asosiy   tashkiliy   funksiyani
amalga oshirivchi hujjat bo’lib qolmasdan, u katta iqtisodiy ahamiyatga ham
egadir.  Tasnifda  davlat  byudjeti  daromadlari  va xarajatlari bir xil alomatlari
bo’yicha   guruhlashtiriladi   va   uning   bo’linmalari   deb   yuritiladi.   Bo’limlar,
paragraflar, boblar va moddalar byudjet tasnifi bo’linmalari deb hisoblanadi.
Byudjet   tasnifi   qonun   hujjatlarida   belgilangan   tartibda   O’zbekiston
Respublikasi   Moliya   vazirligi   tomonidan   ishlab   chiqiladi   va   tasdiqlanadi.
Hamma darajadagi byudjetlar yagona byudjet tasnifi ko’rsatkichlari doirasida
shallantiriladi va ijro etiladi, ya’ni tasnif obyektlariga berilgan guruhlashtirish
kodlari bo’yicha daromadlar va xarajatlar guruhlashtiriladi.   Davlatning   jamiyat   hayotida   muhim   vazifalarni   bajarishi   uchun
ma’lum   miqdorda   xarajat   qilish   talab   etiladi.   Davdat   xarajatlari   –   bu   davlat
ixtiyoridagi   moliya   resurslarini   davlat   faoliyati   bilan   ehtiyojlarni   qondirish
uchun qilingan sarflar yig’indisidir.
Byudjetning barcha xarajatlari: joriy xarajatlar va kapital xarakteridagi
xarajatlardan   iborat   bo’ladi.   Mablag’ning   asosiy   qismi   joriy   xarajatlarga,
qolgan   qismi   kapital   xarajatlarga   to’g’ri   keladi.   Shu   o’rinda   byudjet
xarajatlarini tasnifini ko’rib chiqish lozim.
Byudjet   xarajatlarining   tasnifini   3   ta   asosiy   guruhga   bo’lib   o’rganib
chiqish mumkin bo’ladi. Bular quyidagilardir:
A) Byudjet xarajatlarining vazifasi bo’yicha tasnifi;
B) Byudjet xarajatlarining tashkiliy tasnifi;
V)  Byudjet xarajatlarining  i qtisodiy tasnifi.
A)  Byudjet xarajatlarining  v azifasi bo ’ yicha tasnifi:
Xarajatlarni   davlat   organlari   funksiyalari   bo’yicha   tasnifi   davlat
sektoriga   kiruvchi   organlariga   yuklatilgan   funksiyalar   va   ijtimoiy-iqtisodiy
vazifalarning to’liq tasnifidan iborat. 
B) Byudjet xarajatlarining tashkiliy tasnifi:
A) Mussasa va tashkilotlar bo’yicha byudjet tasnifi byudjet xarajatlari
B) hokimiyatlar,   davlat   organlari   va   tashkilot   va   muassasalar   bo’yicha
taqsimlashda foydalaniladi. 
V)  Byudjet xarajatlarining  i qtisodiy tasnifi:
Byudjet   iqtisodiy   tasnifining   asosiy   vazifasi   byudjet   va   xarajatlar
smetasidan o’z aksini topgan xarajatlar va daromadlar turlari va naturalarini
belgilab berishdan iborat .        
Byudjet iqtisodiy tasnifi 7 ta raqamdan tashkil topgan. 
Byudjetdan  q uyidagi xarajatlar amalga oshiriladi: 1.   Fan,   talim,   madaniyat,   sog’liqni   saqlash,   jismoniy   tarbiya   va   sport
(respublika byudjetidan – respublika byudjetida turuvchi tashkilotlar mablag’
bilan   ta’minlanadi;   mahalliy   byudjetlardan   esa   –   Qoraqalpog’iston
Respublikasi   byudjeti,   viloyatlar   va   Toshkent   shahar   byudjetlarida   turuvchi
tashkilotlar mablag’ bilan ta’minlanadi);
2.   Ijtimoiy   taminot   (respublika   byudjetidan   –   respublika   byudjetida
turuvchi  tashkilotlar  mablag’  bilan  ta’minlanadi;  mahalliy  byudjetlardan  esa
–   Qoraqalpog’iston   Respublikasi   byudjeti,   viloyatlar   va   Toshkent   shahar
byudjetlarida turuvchi tashkilotlar mablag’ bilan ta’minlanadi);
3.   Aholini   ijtimoiy   himoya   qilish   (Qoraqalpog’iston   Respublikasi
byudjeti,   viloyatlar   va   Toshkent   shahar   byudjetlarida   turuvchi   tashkilotlar
mablag’ bilan ta’minlanadi);
4.  Mudofa a , milliy  xafsizlik  va  jamoat  tartibini  ta ’ minlash   (respublika
byudjetidan mablag’ bilan ta’minlanadi);
5.   Sudlar   va   prokuratura   organlari   faoliyatini   ta ’ minlash.   (respublika
byudjetidan mablag’ bilan ta’minlanadi);
6.   Davlat   zaxirasi   va   safarbarlik   zaxirasini   vujudga   keltirish   hamda
ularni saqlash (respublika byudjetidan mablag’ bilan ta’minlanadi);
7.   Davlat   markazlashtirilgan   investisiyalarini   amalga   oshirish
(respublika byudjetidan mablag’ bilan ta’minlanadi);
8.   Davlat   hokimiyati   va   boshqaruv   organlari,   O’zbekiston
Respublikasining   chet   eldagi   diplomatik   vakolatxonalari   faoliyatini
ta’minlash   (respublika   byudjetidan   mablag’   bilan   ta’minlanadi),
Qoraqalpog’iston   Respublikasi   davlat   hokimiyati   va   boshqaruv   organlari
hamda   mahalliy   davlat   hokimiyati   organlari   faoliyatini   ta’minlash   esa
Qoraqalpog’iston   Respublikasi   byudjeti,   viloyatlar   va   Toshkent   shahar
byudjetlaridan mablag’ bilan ta’minlanadi); 9.   Iqtisodiyotning   turli   tarmoqlari   tashkilotlarini   saqlash   xarajatlari
(respublika byudjetidan – respublika byudjetida turuvchi tashkilotlar mablag’
bilan   ta’minlanadi;   mahalliy   byudjetlardan   esa   –   Qoraqalpog’iston
Respublikasi   byudjeti,   viloyatlar   va   Toshkent   shahar   byudjetlarida   turuvchi
tashkilotlar mablag’ bilan ta’minlanadi);
10.   O’zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasining   qarorlariga
muvofiq iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishning maqsadli davlat dasturlari
va   taldablarini   amalga   oshirish   (respublika   byudjetidan   mablag’   bilan
ta’minlanadi);   qonun   hujjatlariga   muvofiq   iqtisodiyot   tarmoqlarini
rivojlantirishning   tarmoq   dasturlari   va   tadbirlarini   amalga   oshirish   esa
Qoraqalpog’iston   Respublikasi   byudjeti,   viloyatlar   va   Toshkent   shahar
byudjetlaridan mablag’ bilan ta’minlanadi);
11.   Yer   tuzish,   melorativ,   tabiyatni   muhofaza   qilish   va   epizootsiyaga
qarshi   kurash   chora   tadbirlarini   amalga   oshirish   (respublika   byudjetidan
mablag’ bilan ta’minlanadi);
12.   Qishloq   xo’jaligi   zararkunandalariga   qarshi   kurash   (respublika
byudjetidan mablag’ bilan ta’minlanadi);
13.   Gidrometeorologiya,   d o’ lga   qarshi   kurash   chora   –   tadbirlari   va
boshqalar   (respublika byudjetidan mablag’ bilan ta’minlanadi);
Ijtimoiy-madaniy   tadbirlarga   qilinadigan   xarajatlar   davlatning   ijtimoiy
funksiyalarini   bajarish   bilan   bog’liqdir.   Bu   xarajatlar   quyidagi   asosiy
guruhlarga bo’linadi:
1) xalq ta’limi, mutaxassis kadrlari tayyorlash;
2) madaniyat, san’at va ommaviy axborot vositalari;
3) sog’liqni saqlash;
4) jismoniy tarbiya va sport;
5) ijtimoiy ta’minot. Ijtimoiy-madaniy   tadbirlarga   qilinadigan   xarajatlar   smeta   tartibida
rejalashtirish   tamoyillari   asosida   aniqlanadi.   Bu   xarajatlarni   mablag’   bilan
ta’minlash   aniq   tadbirlar   va   xarajat   turlari   bo’yicha   mablag’   bilan
ta’minlashtiriladi.   Xarajatlar   hajmi   o’zaro   bir-biri   bilan   bog’liq   bo’lgan
noishlab   chiqarish   tarmoq   sohalari   tashkilotlarida   ishlab-chiqiladigan
smetalar   va   moliya   organlarida   tuziladigan   mablag’   bilan   ta’minlash   hisob-
kitoblari   asosida   aniqlanadi.   Hamma   hisob-kitoblar   asosida   tashkilotlarning
faoliyatini   xarakterlaydigan   qancha   kontengentga   (o’quvchilar,   hisob
guruhlari,   sinflar,   koykalar,   o’tkazilgan   operatsiya   va   boshqalar   miqdori)
xizmat qilish ko’rsatkichlari yotadi. Bunda yil davomida qancha vaqt faoliyat
ko’rsatishi   ham   hisobga   olinadi.   Bu   ko’rsatkichlar   hisob-kitob   o’lchovlari
sifatida xizmat qiladi. Hisob-kitob o’lchovi qilinadigan pul xarajatlari byudjet
tashkilotining   faoliyat   ko’rsatishini   va   rivojlanishini   ta’minlaydigan   me’yor
bo’yicha belgilanadi.
Sog’liqni   saqlash   tizimini   rivojlantirish   va   uni   bosqichma   –   bosqich
qayta   tashkil   qilish,   ko’p   kanalli   mablag’   bilan   ta’minlashni   joriy   etish,
davolash tashkilotlariga mablag’lar amalga oshiriladigan xizmatlarning hajmi
va   sifatiga   ko’ra   ajratishni   ko’zda   tutadi.   Byudjet   mablag’larining   katta
so’mmasi   internat   uylarini   saqlashga,   tibbiy   mehnat   ekspertezalariga,
protezlashga va boshqa tadbirlarga yo’naltiriladi.
Davlat   byudjeti   xarajatlari   tasdiqlangan   byudjetdan   mablag’   bilan
ta’minlash (mablag’ ajratish) doirasida quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
1) byudjet mablag’lari oluvchilarning joriy xarajatlari;
2) joriy byudjet transfertlari;
3) kapital xarajatlar: a) asosiy fondlar va vositalarini (ular bilan bog’liq
ishlar va xizmatlar ham ular jumlasiga kiradi) davlat ehtiyojlari uchun sotib
olish   va   takror   ishlab   chiqarish;   b)chet   elda   davlat   ehtiyojlari   uchun   yer   va
boshqa   mol-mulk   sotib   olishga;   v)davlat   ehtiyojlari   uchun   yerga   bo’lgan huquqni   va   boshqa   nomoddiy   aktivlarni   sotib   olishga;   g)   davlat   zaxiralarini
vujudga keltirishga;
4) kapital   xarajatlarini   qoplash   uchun   yuridik   shaxslarga   beriladigan
byudjet transfertlari;
5) rezide ntlik   shaxslarga   va   chet   davlatlarga   beriladigan   byudjet
ssudalari;
6) davlat   maqsadli   fondlariga   beriladigan   byudjet   dotatsiyalari   va
byudjet  ssudalari   (byudjet  dotatsiyasi  deganda  o’z  daromadlari  va   byudjetni
tartibga   soluvchi   boshqa   mablag’lar   yetishmagan   taqdirda   quyi   byudjetning
xarajatlari   bilan   daromadlarni   o’rtasidagi   farqni   qoplash   uchun   yuqori
byudjetdan   quyi   byudjetga   qaytarmaslik   sharti   bilan   ajratiladigan   pul
mablag’lari   tushuniladi.   Byudjet   ssudasi   deganda   yuqori   byudjetdan   quyi
byudjetga   yoki   respublika   byudjetidan   rezident   yuridik   shaxsga   yoki   chet
davlatga qaytarish sharti bilan ajratiladigan mablag’ tushuniladi);
Davlat byudjet xarajatlari
Byudjet 
mablag’lari 
oluvchilari-
ning joriy 
xarajatlari Kapital 
xarajatlar Kapital xarajatlarni 
qoplash uchun 
yuridik shaxslarga 
beriladigan byudjet 
transfertlari 
shaklidaJoriy byudjet 
transfertlari
Rezident yuridik 
shaxslarga 
  va chet el 
davlatlarga  
beriladigan 
byudjet 
xarajatlari Davlat maqsadli 
jamg’armalariga 
beriladigan byudjet 
dotatsiyalari va 
byudjet ssudalari Davlat qarzini 
qaytarish 
va unga xizmat 
ko’rsatish
bo’yicha to’lovlar va 
boshqalar         2-rasm. Davlat byudjeti xarajatlari tarkibi
7) davlat qarzini qaytarish va unga xizmat ko’rsatish bo’yicha to’lovlar
va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa xarajatlar shakllarida.
Byudjetning   joriy   xarajatlari   yuridik   shaxslarga   ularni   saqlashga   va
joriy ehtiyojlarini qoplashga byudjet mablag’larini berilishi bilan bog’liqdir.
Bu   xarajatlarga   davlat   ehtiyojiga   qilingan   xarajatlar   (iqtisodiyot   va
infratuzilma,   xalq   xo’jaligining   davlat   tomonidan,   fuqaroviy   harbiy
xususiyatiga molik mahsulotlarni sotib olish, xizmatlarga haq to’lash, davlat
tashkilotlarining   joriy   xarajatlari),   quyi   davlat   organlariga   davlat   va   xususiy
korxonalarga   joriy   subsidiyalar,   transport   to’lovlari,   davlat   qarzi   bo’yicha
foizlarni   to’lash   va   boshqa   xarajatlar   kiradi.   Bu   xarajatlar   asosan   byudjetda
yoki joriy xarajatlar va daromadlarning byudjetda qayd qilingan xarajatlariga
to’g’ri keladi. 
  Byudjetning   kapital   xarajatlari   asosiy   kapitalga   va   zaxiralarni
ko’paytirishga   qo’yish   bilan   bog’liq   bo’lgan   pul   xarajatlaridan   iboratdir.
Ularga   xalq   xo’jaligining   turli   tarmoqlariga   byudjet   hisobining   qilingan
kapital   quyilmalar   kiradi.   Davlat   korxonalari   va   xususiy   korxonalarga,
mahalliy   davlat   organlariga   berilgan   investisiya,   subsidiyalari   va   uzoq
muddatli   byudjet   kreditlari,   xarajatlarning   mazkur   guruhi   byudjetda   davlat
kapital xarajatlari va daromadlarida qayd qilinadi.
4. Byudjet taqchilligi va uni boshqarish
Iqtisodiyot   rivojlanishining   hozirgi   bosqichida   davlat   byudjeti   defitsiti
bilan pul massasining o’sishi o’rtasidagi o’zaro aloqadorlik masalalari jiddiy
ahamiyat kasb etmoqda. Halqaro byudjet amaliyotida davlat byudjetining uch asosiy holati,  ya’ni   defitsitli,  profisitli, muvozatlashgan   byudjetlar  mavjud
ekanligi qayd etilgan.
Davlat   byudjetini   xarajatlarining   daromadlardan   oshishi   byudjet
defitsitini  tashkil qiladi. 
Byudjet   d a romadlarining   xarajatlardan   ortib   ketishi   byudjet   profisiti
deyiladi.
Muvozanatlashtirilgan   byudjet   deganda,   defitsit   yoki   profisit
so’mmasi   byudjet   harajalarining   1   foizidan   oshmaydigan   davlat   byudjetiga
aytiladi.
Byudjet   defitsiti   dunyoning   ko’plab   malakatlarida   davlat   moliyasining
ajralmas   qismiga   aylanganligi   uning   yuzaga   kelish   sabablarini,   muta’dil
darajasini,   makroiqtisodiy   tartibga   solishning   davlat   tizimidagi   o’rnini   ilmiy
o’rganish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Davlat byudjeti defitsitining yuzaga
kelishida ikki asosiy sabab quyidagilardan iborat:
– Davlatning iqtisodiyotga aralashuvi bilan bog’liq xarajatlari ;
– Davlatning   noishlab   chiqarish   xarakteridagi   xarajatlari   hajmining
keskin oshib ketishi hisoblanadi.
Byudjet   defitsiti   yuzaga   kelishini   mamlakatdagi   iqtisodiy   inqiroz
holatlari   bilan   bog’lash   maqsadga   muvofiqdir.   Buning   sababi   iqtisodiy
inqiroz   paytida   soliq   tushumlari   keskin   kamayadi,   hukumatning   qimmatli
qog‘ozlarini sotish  darajasi pasayadi va hokazo.   Bu p i rovard natijada davlat
byudjet i   daromadlarining   rejalashtirilgan   mi q dorda   tushmasligiga   sabab
b o’ ladi. Natijada byudjet defitsit i ning hajmi yanada oshadi va  h ukumat uchun
bank tizimining kreditlaridan foydalanishidan k o’ ra  q ulayroq va osonroq  yo’ l
q olmaydi.   Shuning   uchun   iqtisodiy   in q iroz   h olatlarining   yuzaga   kelishini
alo h ida saba b   s ifatida e’tirof etish ma q sadga muvofi q dir. Shunisi xarakterliki,
rivojlangan   mamlakatlar   amali yo tida   tarkibiy   defitsit   tushunchasi   ham
qo’llaniladi.   Tarkibiy   defitsit   deganda,   a h olining   t o’ li q   bandligi   sharoitida davlat   byudjetining   salbiy   q oldi g’ i   tushuniladi.   Bunda   byudjet   defitsitining
mi q dori   davlat   tomonidan   iqtisodi yo tni   tartibga   solishning   joriy   tadbirlari
bilan   emas,   balki   s ikllik   tebranishlar   bilan   belgilanadi.   Iqtisodiy   in q irozlar
paytida odatda ishsizlik k o’ payadi, bu esa tarkibiy defitsit mi q doriga bevosita
ta’sir   q iladi.   Demak ,   iqtisodiy   in q irozlarni   nafa q at   rivojlana yo tgan
mamlakatlar  amali yo ti uchun ,  balki rivojlangan mamlakatlar amali yo ti uchun
ham xos b o’ lgan omil sifatida  q ayd etish mumkin. 
Davlat   byudjeti   defitsitining   ijtimoiy-iqtisodiy   mohiyatini   ochib
berishga   xizmat   qiladigan   asosiy   masalalardan   biri   byudjet   defitsiti   hajmini
aniqlash metodologiyasini tahlil qilish hisoblanadi.
Halqaro   amaliyotda   byudjet   defitsitining   hajmini   aniqlashda   ikkita
uslubiyatdan keng foydalanilmoqda:
Sof   defitsit   –   o’z   tarkibiga   ko’ra   byudjet   investisiyalaridan   tashqari
bo’lgan davlat byudjeti xarajatlaridan iborat.
Umumiy   defitsit   –   nafaqat   to’g’ri   byudjet   investisiyalari   balki   joriy
byudjet   yilida   qaytariladigan   va   hukumat   tomonidan   kafolatlangan,   kredit
hisobidan amalga oshiriladigan investisiyalardan ham iboratdir.
Fikrimizcha ,  umumiy defitsit byudjet defitsitining real hajmini to’liqroq
ifoda   etadi.   Chunki   bunda   hukumat   kafolatlangan   kreditlaridan   samarali
foydalanishni nazorat qilish imkoniga ega bo’ladi.
O’zbekiston   Respublikasi   hukumati   uchun   ikkinchi   metadologiyaning
katta   ahamiyatga   ega  ekanligiga   asosiy   sabab   shundaki  hozirgi  kunga  qadar
mamlakatimiz iqtisodiyotiga jalb qilingan kreditlarning 80 %dan ortiq qismi
respublika   hukumatiningi   kafolati   asosida   olingan   kreditlardan   iboratdir.
Demak   ulardan   foydalanishda   nazoratni   kuchaytirish   davlat   byudjet   defitsiti
oshishining oldini oladi. 
Mamlakatimiz iqtisodiyotini tarkibiy jihatdan qayta qurishning zarurligi
yirik   investision   xarajatlarni   talab   qildi.   Xususiy   sektorga   mansub korxonalarning   xorijiy   investisiyalarni   va   investision   kreditlarni   jalb   qilish
imkoniyati   cheklangan   sharoitda,   davlat   bosh   islohotchi   sifatida   xorijiy
investisiyalar   va   kreditlarni   jalb   qilish   muammosining   chuqurlashuviga   yo’l
quymaydi.   Bu   esa   o’z   navbatida   mamlakatimiz   hukumatining   xorijiy
valyutadagi majburiyatlarining ko’payishiga olib keldi.
Demak,   byudjet   defitsitining   iqtisodiyotni   muvozanatlashtirishdagi   roliga
baho berishda har bir mamlakatning moliya-byudjet siyosatidan kelib chiqish
lozim.   Byudjet   defitsitining   o’sishi   natijasida   makroiqtisodiy
ko’rsatkichlarida qanday ijobiy o’zgarishlar yuz berganligini aniqlash lozim.
Masalan,   davlat   byudjet   defitsitining   yuqori   darajada   o’sishi   davlat
investisiya xarajatlarining   o’ sishi o q ibatida yuzaga keladi. Bunday sharoitda
byudjet   defitsitining   iqtisodi yo tga   ta’sirini   ba h olash   uchun   iqtisodiy   o’ sish
suratidagi soliq tushumlaridagi  o’ zgarishlarni va ishsizlik darajasini ba h olash
lozim, chunki investision xarajatlar ishlab chi q arish samaradorligini oshirish,
yangi   ish   o’ rinlarini   yaratish   imkonini   beradi.   Ayni   va q tda   investisiya
xarajatlarini   samarasiz   tarzda   amalga   oshirish   byudjet   defitsitining
iqtisodi yo tga   nisbatan   salbiy   ta’sirini   yuzaga   keltiradi.   Xususan,   davlat
mabla g’ lari   hisobiga   moliyalashtirilgan   investision   loyi h alarning   o’ zini
o q lamasligi   q ilingan   xarajatlarni   t uli q   kapitalga   aylanishiga,   h ukumat
t o’ lovlarining oshib ketishiga olib keladi. Buning o q ibatida byudjet defitsitini
q oplash   muammosi   yanada   chu q urlashadi   va   k o’ pchilik   h ollarda   h ukumat
defitsitni  q oplashning inflyatsion manbalaridan foydalanishga majbur b o’ ladi.
Bunda   byudjet   defitsitining   oshishi   hisobiga   iqtisodiy   o’ sishni
ra g’ batlantirishga erishilsa,   u holda byudjet defitsiti  faol  shaklga ega b o’ ladi.
Taqchillikning kelib chiqish sabablari:
– iqtisodiyotni   rivojlantirish   maqsadida   davlat   byudjeti
hisobidan kapital qo’yilmalar hajmining oshib ketishi; – favqulodda   holatlar   –   urushlar,   davomiy   ommaviy
tartibsizliklar, tabiiy ofatlar;
– YaIM   o’sish   sur’atlarining   pasayib   ketishi,   ishlab
chiqarishning izdan chiqishi;
– byudjet daromadlari bazasining mustahkam emasligi;
– YaIM   ning   o’ sish   sur’atlariga   erishmasdan   turib
markazlashgan   uzoq   muddatli   investisiyalarni,   ijtimoiy-madaniy
tadbirlarni moliyalashtirishni ng  muttasil oshirib bori li sh i ;
– iqtisodiy inqirozlar va boshqalar .
Byudjet   defitsitini   bank   resurslari   hisobidan   moliyalashtirishning   eng
keng   qo’llanilgan   turi   bu   –   davlat   bankining   kredit   resurslari   hisobidan
defitsitni moliyalashtirish bo’lib hisoblanadi. Jahon tajribasi shundan dalolat
bermoqdaki,   aksariyat   mamlakatlarda   byudjet   defitsitini   bartaraf   etishda   pul
emissiyasi   xizmatidan   keng   foydalanilgan.   Bu   esa   o’z   vaqtida   byudjet
defitsitini emission kredit berish orqali tartiblashtirishga yo’l ochib berdi. Shu
tariqa byudjet defitsitini moliyalashtirish mexanizmi orqali muomalaga tovar-
moddiy   qimmatliklar   bilan   ta’minlanmagan   pullar   chiqartirilishi   uchun   yo’l
ochib berildi. 
Rivojlangan   davlatlarda,   xususan,   AQSh,   YeI   davlatlarida   byudjet
defitsiti   bilan   pul   massasining   o’sishi   o’rtasida   to’g’ridan-to’g’ri   bog’liqlik
bo’lmasada, mazkur mamlakatlarning Markaziy banklari iqtisodiy va siyosiy
jihatdan   mustaqil   bo’lib,   pul-kredit   siyosatiga   oid   qarorlarni   hukumatning
yo’riqnomalarisiz   mustaqil   tarzda   qabul   qilishi   yuqoridagi   bog’liqlikni
chetlab o’tmaydi. Byudjet siyosati ham o’z navbatida, pul-kredit siyosatidan
ajratilgan   holda   ishlab   chiqiladi   va   pul   massasining   tovarlar   bilan
qoplanishini nazarda tutadi.
Amaliyot   natijalariga   nazar   tashlasak,   byudjet   defitsiti   soliqlarning
qisqarishi   yoki   davlat   xarajatlarining   ko’payishi   hisobidan   bo’lishi   mumkin, ammo   bunday   jarayonda   doimo   foiz   stavkalarining   o’sishi   kuzatiladi.
Markaziy   bank   foiz   stavkalarining   keskin   o’sib   ketishiga   yo’l   qo’ymaslik
maqsadida,   ochiq   bozordan   davlatning   qimmatli   qog‘ozlarini   sotib   olishi
orqali pul massasining o’sishiga imkoniyat yaratib bermoqda. Bu esa defitsit
va   pul   massasining   o’sishi   o’rtasidagi   bog’liqlikni   Markaziy   bank   orqali
yuzaga keltirish imkoniyatini yaratmoqda.
Mamlakatimiz   iqtisodiy   barqarorligini   ta’minlash   uchun
investisiyalarning   byudjetdan   moliyalashtirishi   zarurligini   hech   kim   inkor
etmaydi.   Lekin   ayni   paytda   bu   byudjet   defitsitini   qisqarishiga   olib
kelmasligini ham hisobga olish kerak. Binobarin, iqtisodiyotni erkinlashtirish
byudjet   xarajatlarini   investisiyalardagi   ustuvorligining   nodavlat   moliyaviy
manbalarga qaratilishi muhimdir. 
Shuni   ham   ta’kidlash   joizki,   investisiyalarning   moliyaviy   manbalari
sanoqlidir.   Ular   aholi   jamg’armalari,   byudjet   mablag’lari,   xo’jalik   faoliyati
subyektlari   mablag’lari  va   nihoyat   pulga   chaqilgan  turli   moddiy   aktivlardan
iborat.
Byudjet   daromadlari,   xarajatlari   va   taqchillikni   moliyalashtirish
tasnifidan kelib chiqqan holda quyidagi takliflarni bildirish mumkin:
– Inflyasiya sharoitida taqchillikni moliyalash manbalari asosan ichki qarz
mablag’lari   va   manbalari   hisobiga   amalga   oshirilmoqda.   Fikrimizcha,   tashqi
qarz   mablag’larini   jalb   etish   milliy   iqtisodiyotning   yanada   taraqqiy   topishi
uchun   muhim   manba   bo’lib   xizmat   qiladi.   Mazkur   jarayonni   xorijiy
mamlakatlar  va  milliy  modelning  xususiyatlarini hisobga  olgan hoda amalga
oshirish mumkin. 
– Milliy   iqtisodiyotning   so’nggi   yillardagi   barqaror   rivojlanishi,   davlat
byudjetning ikki davomida profisit bilan ijro etilishi iqtisodiyotda investisiya
uchun zahira jamag’armalarining mavjudligidan dalolat beradi, bu esa davlat
xarajatlarini yanada oshirish, ustuvor ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni hal etishga yo’naltiriladigan   mablag’lar   hajmini   oshirishga   shart-sharoit   yaratadi.   Shu
ma’noda   byudjet   ijrosining   yangi   tizimi   hisoblangan   G’aznachilikni   joylarda
qisqa   muddatlarda   joriy   etishga   sarf-xarajatlarni   moliyalashtirishni   oshirish
imkoniyati mavjud. 
– Byudjet   taqchilligini   kamaytirish   iqtisodiyotda   mutanosiblikni
ta’minlashi   muhim   omili   hisoblanadi.   Buning   uchun   esa   boshqaruv
xarajatlarini   qisqartirish,   dotatsiyalarning   har   xil   turlarini   va   narxlarini
qoplash   uchun   mablag’   ajratilishini   kamaytirish,   markazlashtirilgan
kafolatlash   tizimidan   voz   kechish,   mahalliy   byudjetlar   mustaqilligi   va   o’z-
o’zini moliyalashtirishga erishish lozim.
Sekvestr   –   davlat   xarajatlarini   har   oyda   barcha   xarajatlar   moddalari
kesimida kamaytirib borish amaliyotidir .
Byudjetning   himoyalangan   xarajat   moddalari :   i sh   haqi   va   unga
tenglashtirilgan   to’lovlar,   pen si yalar ,   moddiy   yordam ,   stipendi ya ,   qishloq
xo’jaligi  investisi yalar i  va ko’mir sanoati .
5. Byudjet tizimi va qurilishi .
Davlat byudjeti davlat moliyasining markaziy bo’g’ini bo’lishi bilan bir
qatorda moliya tizimining asosini tashkil etadi. Davlat byudjetning iqtisodiy
tuzilishi   va   mazmuni   bevosita   davlatning   funksiyasi   va   majburiyatlaridan
kelib chiqadi. Chunki davlat jamiyatni boshqarish uchun o’z oldiga bir nechta
vazifalarni  qo’yadiki,  u   vazifalarni  moliyaviy  mablag’lar  bilan   ta’minlashda
byudjet mablag’lari xizmat qiladi.
Davlat   byudjeti   yaxlit   hukumatga   xizmat   qilish   bilan   bir   qatorda
moliyaviy   resurslarni   tarmoqlararo   qayta   taqsimlashda,   hududlararo,   mulk
shakllari  kesimida  qayta taqsimlashda  ham bevosita  ishtirok etadi.  Masalan,
tarmoqlararo   qayta   taqsimlashda   har   qanday   iqtisodiy   tizimda   ham   ayrim
tarmoqlar   uchraydiki,   zamon   ularning   daromadlari   o’z   xarajatlarni   qoplay
olmasada,  lekin  ular  ishlab  chiqarayotgan  tovarlar,  ko’rsatayotgan  xizmatlar va bajarayotgan ishlar umumjahon ahamiyatiga molik bo’lgan tadbirlar bilan
bog’liqdir.   Bunday   tarmoqlar   tarkibiga:   energ e tika,   tarnsport,   sport   va
boshqalar kirishi mumkin. Ushbu tarmoqlarga byudjet  orqali yuqori rentabelli
tarmoqlarning moliyaviy resurslari olinib  qaytadan taqsimlab beriladi.
O’zbekiston Respublikasi davlat byudjeti quyidagilarni o’z ichiga  oladi:
1. Respublika byudjeti;
2. Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlar;
3. Davlatning maqsadli fondlarining byudjetlari.
Qoraqalpog’iston   Respublikasi   byudjeti   o’zida   Qoraqalpogiston
Respublikasining respublika byudjetni va respublikaga buysunuvchi shaharlar va
tumanlar byudjetlarini birlashtiradi.
Viloyatlar   byudjeti   –   o’zida   viloyat   byudjeti   va   viloyatga   kiruvchi
shaharlar va tumanlar byudjetlarini birlashtiradi.
Shahar byudjeti –  agar u tumanlarga bo’lingan bo’lsa, uning tarkibiga
kiruvchi tumanlar byudjeti va shahar byudjetidan tashkil topadi.
Tumanlar   byudjeti   –   tuman   byudjeti   va   tumanga   bo’ysunuvchi
shaharlar  byudjetidan tashkil topadi.
Respublika   byudjeti   –   umumdavlat   xarakteriga   ega   tadbirlarni
moliyalashtirish   uchun   daromadlar   hajmi,   manbaini   va   ulardan   tushadigan
tushumni   ko’zda   tutuvchi,   shuningdek   ma’lum   vaqt   oralig’ida   aniq   xarajatlar
yo’nalishi va hajmini ko’zda tutuvchi pul fondlaridir (shakllantirish va  harajat
qilish rejasi Oliy Majlis tomonidan tasdiqlanadi).
Mahalliy   byudjet   –   daromadlar   hajmi,   manbaini   va   ulardan   tushadigan
tushumni   ko’zda   tutuvchi,   shuningdek   ma’lum   vaqt   oralig’ida   aniq   xarajatlar
yo’nalishi   va   hajmini   ko’zda   tutuvchi   respublika   hududlarida   tuziladigan   pul
fondlaridir .
Davlatning   maqsadli   fondlari   –   davlat   byudjeti   tarkibiga   konsolidatsiya
tushuvchi   har   biri   uchun   qonunchilik   yo’li   bilan   daromad   manbasi   va   bu daromaddan   kelib   tushish   sharti,   normasi,   shuningdek   bu   mablaglarni   qaysi
maqsadlarga ishlatish belgilangan fondlardir.
Byudjet tizimini boshqarish Oliy Majlis, Vazirlar Mahkamasi, O’zbekiston
Respublikasining   Moliya   vazirligi   tomonidan   amalga   oshiriladi.   O’zbekiston
Respublikasining  Moliya  Vazirligi  yagona  moliyaviy   siyosatni amalga oshiradi,
davlat   byudjeti   resurslarini   davlat   byudjeti   asosida   rejalashtiradi   va   boshqa
moliya muassasalarni uslubiy jihatdan  boshqaradi.
Byudjet   tizimini   boshqarish   moliya   organlari   va   bank   institutlari   orqali
O’zbekiston   Respublikasining   byudjet   tizimi   prinsiplaridan   kelib   chiqqan   holda
amalga oshiriladi.
O’zbekiston   Respublikasi   byudjet   tizimini   tashkil   etishning   asosiy
prinsiplari quyidagilardan tashkil topgan:
– normativ-qonuniy asosni unifikatsiyalash;
– pul tizimini qurilishni, byudjet tasnifi tizimini,  byudjet   hisoblash
hujjatlarini, byudjet jarayonining birligi;
– byudjet   qurilishining   O’zbekiston   Respublikasi   ma’muriy-   hududiy
bo’linishi bilan mosligi;
– davlat byudjetini tashkil etuvchi byudjetlarning o’zaro aloqadorligi;
– davlat   byudjeti   taqchilligini   mumkin   bo’lgan   darajasini   hisobga   olgan
holdagi davlat daromad va xarajatlarining tengligi;
– davlat daromad va xarajatlarining aniq manbalar va yo’nalishlar bo’yicha
rejalashtirilishi; 
– davlat   byudjeti   to’g’risidagi   qonun   bilan   belgilangan   assignovaniya
chegarasida davlat byudjeti xarajatlarini amalga oshirilishi;
– kapital va joriy xarajatlarni chegaralanishi;
– byudjetlarning mustaqilligi; 
– hisobotlarni to’g’riligi;
– byudjet bajarilishini sifatini nazorati. O’zbekiston   Respublikasida   barcha   darajadagi   byudjetlarni
shakllanishi,   ko’rib   chiqilishi,   tasdiqlanishi   va   bajarilishining   hisobi
milliy valyutada amalga oshiriladi.
Davlat   maqsadli   fondlari   respublika   byudjeti   va   mahalliy   byudjeti   bilan
birgalikda konsolidatsiyalashgan byudjet tushunchasini beradi. 
Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlar q uyidagilar
h isobidan shakllantiriladi:
– Mahalliy   soliqlar,   majburiy   to’lovlar   va   boshqa   soliqsiz   to’lovlarni
qonunlar   asosida   Qoraqalpog’iston   Respublikasi   byudjeti   va   mahalliy
byudjetlarga ajratish orqali;
– Davlat   byudjeti   qonuni   asosida   umumdavlat   soliqlari   va   boshqa
tushimlarni Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti va mahalliy  byudjetlarga
yo’naltirish orqali;
– Davlat aktivlarini foydalanishga  berishdan keladigan daromadlarning   bir
qismi;
– Tasdiqlangan   normalar   asosida   vorislik,   sovg’a   asosida   davlat   ixtiyoriga
o’ tgan pul mablag’larining bir  q ismi;
– Yuqori byudjetdan byudjet dotatsiya va subvensiyalari hisobiga;
– Boshqa   manbalardan   qaytarib   berilmaslik   sharti   bilan   olingan   pul
tushumlari;
– H arakatdagi  q onunchilikka zid kelmaydigan boshqa daromadlardan.
Bundan   tashqari   Qoraqalpog’iston   Respublikasi   byudjeti   va   mahalliy
byudjetlarga yuqori turuvchi byudjetdan byudjet ssudasi shaklida mablaglar   kelib
tushishi mumkin.
6. Byudjet jarayoni Byudjet jarayoni   – hukumat (moliyaviy) organlarining   faoliyati:   byudjetni
tuzish,   ko’rib   chiqish,   nazorat   qilish,   qonun   bilan   tartibga   solishlar dir.
Byudjetni   tuzish   va   amalda   bajarish   ijro   etuvchi   hokimiyat   tomonidan,   uni
tasdiqlash esa qonun chiqaruvchi organ tomonidan bajariladi.
1. Davlat byudjeti loyihasini tayyorlash.  Shaharlar va tumanlar  hokimiyatlari
(uning tarkibiga kiruvchilar) keyingi moliya yili uchun ko’rsatilgan hududlar
bo’yicha   Qoraqalpog’iston   Respublikasi   Vazirlar   Kengashi,   Viloyatlar
hokimiyati   va   Toshkent   shahri   hokimiyati   qarorlari   bilan   aniqlangan   byudjet
loyihalarini   kelishilgan   muddatlarda   (ammo   yigirma   beshinchi   iyundan
kechikmasdan) yuqori turuvchi   moliya organlariga taqdim etadi. Q oraqalpog’iston
Respublikasining   vazirliklari   va   boshqarmalari,   Toshkent   shahri   va   viloyatlar
hokimiyatlarining   bo’lim   va   boshqarmalari,   shuningdek,   Qoraqalpog’iston
Respublikasining   Respublika   byudjetidan,   Toshkent   shahri   va   viloyatlar
hokimiyatlarining   byudjetidan   mablag’   oluvchilar   Qoraqalpog’iston
Respublikasining Moliya Vazirligiga, Toshkent  shahri va viloyatlar hokimiyatlari
moliya   bo’limlariga   kelgusi   moliya   yili   uchun   Qoraqalpog’iston   Respublikasi
Vazirlar   Kengisi,   viloyatlar   hokimiyati   va   Toshkent   shahri   hokimiyati   qarorlari
bilan   aniqlangan   muddatlarda   (ammo   birinchi   iyundan   kechikmasdan)
o’zlarining   arizalarini   topshiradilar.   Shundan   so’ng,   Qoraqalpog’iston
Respublikasi   Vazirlar   Kengisi,   viloyatlar   hokimiyati   va   Toshkent   shahri
hokimiyati o’z hududlari  bo’yicha byudjet loyihalarini O’zbekiston Respublikasi
Moliya   Vazirligiga   O’zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasi   tomonidan
belgilangan   muddatlarda (ammo birinchi iyuldan kechikmasdan) taqdim etadilar.
Vazirliklar   va   respublika   byudjetidan   moliyalashtiriladigan   byudjet   mablag’ini
oluvchilar   xuddi   yuqoridagi   ko’rinishda   o’z   arizalarini   taqdim   etadilar.   Moliya
vazirligi kerakli ma’lumotlarni va hujjatlarni talab  qiladi va kelgusi moliya yili
uchun joriy yilning birinchi oktyabrigacha  davlat byudjetining loyihasini tuzadi. 2.   Davlat   byudjeti   loyihasini   O’zbekiston   Respublikasi   Oliy
Majlisiga   taqdim   etilishi.   O’zbekiston   Respublikasi   Moliya   vazirligi   vakolatli
vazirliklar   bilan   birgalikda   birinchi   oktyabrgacha   O’zbekiston   Respublikasi
Vazirlar  Mahkamasiga byudjet loyihasini taqdim etadi. Byudjet loyihasida:
1.Davlat byudjeti loyihasi tuzilgan o’rta muddatli asosiy makroiqtisodiy
ko’rsatkichlar;
2.   O’zbekiston   Respublikasi   hukumatining   byudjet   siyosatining   asosiy
yo’nalishlari;
3.   O’tgan   yilgi   va   joriy   yilning   birinchi   yarim   yilida   byudjetning
bajarilishi bo’yicha hisobot;
4.   Harakatdagi   tasnif   tizimiga   ko’ra   keyingi   yil   uchun   daromad   va
xarajatlar prognozi;
5.   Makaroiqtisodiy   tahlil   natijalariga   asoslangan   keyingi   moliya   yili
uchun tuzilgan byudjet daromadlari va xarajatlari prognoziga sharhlar;
6.   Harakatdagi   va   tasdiq   uchun   taqdim   etilayotgan   byudjet   dasturining
ro’yxati;
7. Joriy investesiyalar uchun kapital qo’yilmalarning prognozi;
8. Davlatning tashqi va ichki qarzlarining holati va bular bo’yicha o’tgan
moliya yilidagi mablag’lar harakati;
9.   Davlat   korxonalarining   o’tgan   va   o’tayotgan   moliya   yilidagi
moliyaviy holati, kelgusi moliya yili uchun asosiy moliya ko’rsatkichlarining
prognozi;
10. Kelgusi yil uchun davlat byudjeti haqidagi qonunning loyihasi.
Kelgusi yil uchun davlat byudjeti haqidagi qonunning loyihasida:
1.   Tavsiya   etilayotgan   assignovaniyani   moliyalashtirish   uchun   zarur
bo’ladigan, harakatdagi qonunchilikka to’g’ri keladigan daromadlar manbai,
turi va hajmi ko’rsatiladi; 2.   O’zbekiston   Respublikasining   ayrim   qonunlarida   ko’zda   tutilgan,
kelgusi   moliya   yilida   byudjet   mablag’larini   oluvchilarga   mablag’   ajratishni
ko’zda tutuvchi  assignovaniya;
3.   Daromad   va   xarajatlar   harakatdagi   byudjet   tasnifi   tizimida   ko’zda
tutilgan holda kapital va joriy xarajatlarga bo’lingan holda aks ettiriladi;
4.   Umumdavlat   solig’laridan   Qoraqalpog’iston   Respublikasining
Respublika   byudjetiga,   Toshkent   shahri   va   viloyatlar   hokimiyatlarining
byudjetiga   ajratiladigan   ajratmalar   me’yori,   shuningdek,   daromadlar   hajmi,
dotatsiya   va   subvensiyalar   bilan   birgalikda,   va   ko’rsatilgan   byudjetlarning
xarajatlari;
5. Davlat byudjeti tarkibiga kiruvchi byudjetlarning aylanma kassa(naqd)
hajmi aniqlanadi;
6.   O’zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasining,   Qoraqalpogiston
Respublikasining   Respublika   byudjeti   fondining,   Toshkent   shahri   va
viloyatlar   hokimiyatlarining   ko’zda   tutilmagan   xarajatlarni   qoplash   uchun
tuziladigan rezerv fondining hajmi ko’rsatiladi;
7. Davlat byudjeti taqchilligining yo’l qo’yish mumkin bo’lgan hajmi va
uni moliyalashtirish manbalari ko’rsatiladi;
8. Davlat tomonidan beriladigan kreditlarning, davlatning tashqi va ichki
qarzlarining chegarasi ko’rsatiladi.
O’zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasining   Raisi   yoki   uning
topshirig’iga   ko’ra,   O’zbekiston   Respublikasi   Bosh   Vaziri   keyingi   moliya
yili   uchun   tuziladigan   davlat   byudjeti   loyihasini   tayyorlash   jarayonini
koordinasiya   va   nazoratini   amalga   oshiradi.   Shundan   so’ng,   O’zbekiston
Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasi   yoki   uning   topshirig’iga   ko’ra   Moliya
Vazirligi   birinchi   noyabrdan   kechikmasdan   O’zbekiston   Respublikasi   Oliy
Majlisiga keyingi moliya yili uchun byudjet loyihasini taqdim etadi.  3.  O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi  tomonidan  davlat  byudjet
loyihasini   ko’rib   chiqish.   O’zbekiston   Respublikasi   Oliy   Majlisi   davlat
byudjeti   loyihasiga   ilova   qilingan   byudjet   taqchilligini   hisobga   olgan   holda
davlat   byudjeti   loyihasining   daromadlar   va   xarajatlarining   har   qanday
moddasini qaytadan ko’rib chiqadi.
O’zbekiston   Respublikasi   Oliy   Majlisi   tomonidan   xarajatlar
moddasining   oshirilishi   boshqa   xarajat   moddalarining   mos   ravishda
qisqarishini ko’zda tutishi yoki daromadlarining ortishiga asoslangan bo’lishi
kerak.   Xuddi   shunday   daromad   moddalarining   qisqarishi   boshqa   daromad
moddalarining   ortishini   yoki   ma’lum   xarajatlarning   qisqarishini   ko’zda
tutishi lozim.
O’zbekiston   Respublikasi   Moliya   vazirligi   davlat   byudjeti   qonuni
tasdiqlangandan   so’ng   uch   kunlik   muddat   ichida   Qoraqalpog’iston
Respublikasining   Vazirlar   Kengashiga,   Toshkent   shahri   va   viloyatlar
hokimiyatlariga   ularning   daromad   va   xarajatlari,   shuningdek   ularga
respublika   byudjeti   tomonidan   ajratiladigan   byudjet   dotatsiya   va
subvensiyalarining   hajmi   to’g’risida   ma’lumotni   beradi.   Shundan   so’ng,
Qoraqalpog’iston   Respublikasining   Jo’ng’ori   Kengesi   va   Toshkent   shahri,
viloyatlar   halq   deputatlari   kengashi   ikki   xaftalik   muddatda   O’zbekiston
Respublikasi   davlat   byudjeti   doirasida   o’z   byudjetlarni   tasdiqlaydi.
Qoraqalpog’iston   Respublikasining   Jo’ng’ori   Kengesi   va   Toshkent   shahri,
viloyatlar   xalq   deputatlari   uch   kunlik   muddat   ichida   shahar   va   tumanlar
hokimiyatlar   ular   byudjetining   daromad   va   xarajatlari   shuningdek   yuqori
turuvchi   byudjetdan   ularga   ajratiladigan   dotatsiya   va   subvensiyalar   hajmi
to’g’risidagi ma’lumotni yetkazadi.
4.   Tasdiqlangan   daromad   va   xarajatlarning   hajmi   bo’yicha
ma’lumot  berish.   Davlat  byudjeti  haqidagi  qonun qabul  qilingandan  keyin,
O’zbekiston   Respublikasi   Moliya   Vazirligi   bir   xaftalik   muddat   ichida O’zbekiston   Respublikasi   Soliq   qo’mitasi   va   Bojxona   qo'mitasini
tasdiqlangan   daromadlar   hajmi   bo’yicha   ma’lumotni   beradi.   10   kunlik
muddat ichida Moliya vazirligi Respublika byudjetidan moliyalashtiriladigan
tashkilotlarni   belgilangan   daromad   va   xarajatlar   hajmi   bo’yicha   ma’lumotni
beradi.   Mahalliy   darajadagi   korxona   va   tashkilotlarga   byudjet   daromad   va
xarajatlari   to’g’risidagi   ma’lumotni   berish   xuddi   shu   tarzda   bir   xaftalik
muddat ichida amalga oshiriladi.
5.   Byudjetni   ijro   etish.   Davlat   byudjetni   bajarilishi   va   uni   bajarish
ustidan nazorat:
1. Barcha turdagi byudjet daromadlari mazkur qonunda ko’zda tutililgan
muddatlarda   va   tartibda   shuningdek   soliq   va   bojxona   Kodekslari,
O’zbekiston   Respublikasining   boshqa   qonunchilik   aktlarda   ko’zda   tutilgan
tarzda shakillanadi.
2.   Byudjetga   daromadlarni   o’z   vaqtida   kelib   tushishi   uchun   soliq   va
bojxona organlari mas’uldirlar.
3.   Soliq   va   boshqa   majburiy   to’lovlarni   byudjetga   o’tkazish   muddati
qonunlar   bilan   belgilanadi.   Yuridik   shaxslardan   to’lanmagan   soliqni   so’zsiz
undirib olish soliq organlari zimmasiga yuklatiladi.
4.   Joriy   yilning   31   dekabrigacha   byudjetga   o’tkazilmagan   daromadlar
keyingi yilda o’tkaziladi. Adabiyotlar :
1. Va h obo v  A.  va bosh q alar. Budjet   - soli q  siyosati  yaxlitligi.  O‘q uv 
qo‘ llanma. - T.: I q tisod va moliya.  2005.285 b.
2. Va h ob o v A. va bosh q alar .  Moliyaviy va bosh q aruv ta h lili.  Darslik. T.: 
Shar q  2005. 220 b.
3. Mali k ov T., Xaydarov N. Davlat budjeti . O‘q uv  qo‘ llanma, T . : 
"IQT1SOD-MOLIYA", 2007, 84 b.
4. M alikov T., Xaydarov N. Budjet daromadlari va xarajatlari . O‘q uv 
qo‘ lla n ma, T . : "IQTISOD-MOLIYA", 2007 , 245 b.
5. M aliko v T., Xaydarov N. Budjet: tizimi, tuzulmasi, jarayoni . O‘q uv 
qo‘ llanma, T .:  "IQTISOD-MOLIYA", 2008, 84 b.
6. Yo‘l dosh e v  Z ., Malikov T. Uy x o‘ jaligi moliyasi.  O‘q uv  qo‘ llanma, T .: 
"IQTISOD-MOLIYA", 2008, 105 b.
7. Неshитой А.С. Финансы. Уchебник.-М.:”Даshков и К”, 2007. 512 с.
8. Романовский В.М. Уchебник.-М.:”Юрайт”, 2008. 462 с.

DAVLAT BYUDJET I Reja: 1. Davlat byudjetining mohiyati va ahamiyati. 2. Davlat byudjetining daromadlari tarkibi. 3. Davlat byudjetining xarajatlari. 4. Byudjet taqchilligi va uni boshqarish. 5. Byudjet tizimi va qurilishi. 6. Byudjet jarayoni.

1. Davlat byudjetining mohiyati va ahamiyati Davlat va korxonalar o’rtasidagi moliyaviy munosabatlar ham mavjud bo’lib, ular byudjet munosabatlari deb ataladi. Ushbu munosabatlar obyektiv xususiyatga ega bo’lib, davlatning milliy daromadning bir qismiga egalik qilishi zarurligini, ushbu mablag’larning kelgusida ijtimoiy tadbirlar, takror ishlab chiqarishni kengaytirish, davlatni boshqarish va davlat hamda milliy xavfsizlikni ta’minlashga yo’naltiradi. Byudjetning hajmi har bir mamlakatning milliy daromadiga, uning oldiga qo’yilgan ijtimoiy maqsad va vazifalarga bog’liq bo’ladi. Davlat byudjeti – bu davlat vazifalarini, mamlakat yoki tegishli ma’muriy – hududiy birlik iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishini ta’minlash maqsadida pul mablag’larini shakllantirish va ulardan foydalanishning asosiy moliyaviy rejasidir. Sodda qilib aytganda, u davlatning bir moliya (byudjet) yiliga mo’ljallangan xarajatlari va ularni qoplash manbalari ko’rsatilgan daromadlar smetasidir. Davlat byudjeti moliya tizimining asosiy bo’g’ini hisoblanib, u davlatning asosiy daromadlari va xarajatlarini birlashtiradi va o’zida soliq, davlat krediti va davlat xarajatlari yaxlitligini o’zida mujassamlashtiradi. Davlat byudjeti asosini davlat boshqaruv apparati, qurolli kuchlar, sog’liqni saqlash, ta’lim, ijtimoiy sohalar xarajatlarini moliyalashtirishga mo’ljallangan hukumatning markazlashgan pul mablag’lari jamg’armasi tashkil qiladi. Mamlakat hududida amalda bo’lgan va ijtimoiy munosabatlar va huquqiy me’yorlarga asoslangan barcha turdagi byudjetlar to’plamiga byudjet tizimi deyiladi. Byudjet tizimining tashkil etilishi va tuzilishi tamoyillariga (yaxlitligi, to’laliligi, haqqoniyligi, oshkoraligi, mustaqilligi)ga byudjet tuzilmasi deb aytiladi.

Davlat mahalliy byudjetlarni tuzish, ko’rib chiqish, tasdiqlash va ijro etish bo’yicha davlat, mahalliy hokimiyat organlarining qonunchilik tomonidan belgilab qo’yilgan faoliyatiga byudjet jarayoni deb aytiladi. O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 122-moddasiga muvofiq, “O’zbekiston Davlat byudjeti o’z ichiga respublika byudjeti, Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlarni o’z ichiga oladi”. Davlat byudjetining asosiy funksiyalari quyidagilar:  YaIM va MD ni qayta taqsimlash;  iqtisodni davlat tomonidan (boshqarish) tartibga solish va rag’batlantirish;  ijtimoiy siyosatni moliyalashtirish;  markazlashtirilgan pul mablag’lari fondini shakllantirish va uni ishlatilishini nazorat qilish. O ’ zbekiston Respublikasida byudjet siyosatining asosiy vazifalari ga quyidagilar kiradi:  iqtisodiyotni inqirozlardan holi etish;  moliyaviy barqarorlikni ta’minlash;  investision jarayonlarni rag’batlantirish va iqtisodiyotda jamg’arish ulushini oshirish;  byudjetning moddiy soha tarmoqlari korxonalariga ajratilayotgan dotatsiya shaklidagi unumsiz xarajatlarini kamaytirish;  soliq to’lash va soliq tizimini takomillashtirish va nazorat qilish orqali byudjetning daromad bazasini mustahkamlash;  davlat xarajatlarining samarali va maqsadli ishlatilishi ustidan faol moliyaviy nazorat o’rnatuvchi tizimni yaratish;  davlat qarzi hajmi ustidan nazoratni kuchaytirish.

Iqtisodiy o’sishni va moliyaviy barqarorlikni ta’minlash davlat byudjeti siyosati oldida turgan va iqtisodiy islohotlar jarayonida o’ziga xos bo’lgan vazifalardandir. Bugungi kunda davlat byudjeti YaIMni qayta taqsimlashda muhim ahamiyatga ega. Rivojlangan mamlakatlarda davlat odatda, YaIMning 20 dan 50 foizigacha qismini soliqlar va boshqa davlat daromadlari va to’lovlari shaklida davlat byudjetiga safarbar etib davlat xarajatlari orqali iqtisodiyotni va investisiyalarni tartibga soladi va rag’batlantiradi, ishlab chiqarish unumdorligini oshirishga yo’naltiradi. O’zbekiston Respublikasi byudjet qurilmasi ham byudjet tizimining yagonaligi, to’laligi, haqqoniyligi, oshkoraliligi va unga kiruvchi ma’muriy- hududiy byudjetlarning mustaqilligi tamoyillariga asoslanadi. Mamlakat byudjet tizimiga uning mustaqil bo’laklari sifatida Respublika va Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy byudjetlari kiradi. O’zbekiston Respublikasi jamlangan byudjetiga Davlat maqsadli jamg’armalari ham kiritiladi. Mamlakatimizda 5 ta davlat jamg’armalari mavjud bo’lib ularga:  Moliya vazirligi hududidagi Respublika yo’l jamg’armasi;  Pensiya jarg’armasi;  Ish bilan ta’minlashga ko’maklashish davlat jarg’armasi;  Davlat mulk qo’mitasining maxsus hisob varaqasi;  Maktab ta’limi jamg’armalari kiradi. Maqsadli davlat jamg’armalarini tuzish orqali hukumat byudjetga kiritilmagan xarajatlarni moliyalashtirish mablag’larini mazkur nobyudjet jarg’armalarida shakllantiradi. Byudjet xarajatlari O’zbekiston Respublikasi va uning tegishli ma’muriy-hududiy birliklarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari bilan

belgilanib navbatdagi moliya (byudjet) yilida qonunchilikda belgilangan yo’nalish va hajmlarda amalga oshiriladi. Barcha ma’muriy-hududiy birliklar byudjetlarining muvozanatlashganligi mamlakat byudjet-moliya siyosatining zarur shartlaridan biri hisoblanadi. Mamlakat byudjeti taqchililigining chegaraviy miqdorlari navbatdagi moliya (byudjet) yilida qonun tomonidan belgilanadi. Respublika byudjeti Oliy Majlis tomonidan tasdiqlansa, mahalliy bdyujetlarni mahalliy hokimiyat Kengashlari tasdiqlaydilar. Tasdiqlangan va qonun kuchiga kirgan Davlat byudjeti hukumat tomonidan belgilangan muddatlarda va miqdorlarda amalga oshirilishi shart hisoblanadi . 2. Davlat byudjetining daromadlari tarkibi Byudjet daromadlari – davlatning markazlashgan moliyaviy resurslarining bir qismi bo’lib, uning faoliyati va funksiyalarini to’laqonli amalga oshirishi uchun zarurdir . Unitar davlatlarda byudjet daromadlari markazlashgan va mahalliy daromadlarga (O’zbekiston Respublikasi), federa l davlatlarda esa federal va mahalliy daromadlarga bo’linadi (RF). Davlat byudjetining asosiy manbai soliq daromadlari (SD), agarda uning tanqisligi kuzatilsa milliy boylik (MB) hisoblanadi. Davlat byudjetining daromadlari mamlakat yalpi ichki (milliy) mahsulotini taqsimlash va qayta taqsimlash umumiy jarayonining elementlaridan biri bo’lib, ular oraliq (tranzit) xarakterga ega. Ular yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli bo’lgan daromadlar va jamg’armalarning bir qismini byudjetga o’tkazilishi natijasida vujudga keladi. Byudjet daromadlarining moddiy-buyumlashgan mazmunini davlatning ixtiyoriga borib tushgan pul mablag’lari tashkil etadi. Bu moliyaviy (byudjet)