SAMARQAND DAVLAT MEZEY QURIQXONASI 6v
SAMARQAND DAVLAT MEZEY QURIQXONASI Mustaqil O‘zbekistonimizni o‘tmishdagi bosib o‘tgan yo‘lini tahlil qilmoqchi bo‘lsak, o‘zbek xalqini azaldan tarix, madaniyat va san’at maydonida o‘z o‘rni va salohiyati borligini guvohi bo‘lamiz. Ajdodlarimiz qoldirib ketgan madaniy meros, jumladan, Buxoro, Samarqand, Surxondaryo, Termiz va boshqa viloyatlarda topilgan devoriy suratlar, madaniy yodgorlikdagi naqshinkor bezaklaru undagi epigrafik durdonalar, olimu fozilu yozuvchilar qoldirib ketgan betakror qo‘lyozma asarlar, ulardagi hunarmand-kotibu suratkash va xattotlar tomonidan bezagan muqovalar, qolaversa bu kungacha o‘z ahamiyati va tarixiy qiymatini yo‘qotmagan barcha hunarmandchilik namunalari bo‘lishi sopolchilik, temirchilik, zargarlik (ayollar zeb-ziynati ashyolari) yozuv san’ati va h. bizgacha yetib kelganligi-o‘zbek xalqini o‘tmishdagi turmush tarzidan darak beruvchi daliliy ashyolar hisoblanadi. Albatta, ushbu madaniy merosimizni o‘rganish, kelajak avlodga qoldirib ularni xabardor qilish, o‘tmishi, ajdodlari bilan faxrlanish his tuyg‘usini uyg‘otish hozirgi kunda bizni, jumladan, barcha muzey xodimlarini asosiy vazifasi hisoblanadi. Modomiki shunday ekan, sobiq ittifoq davrida o‘zbek xalqini nechog‘lik mensimaslik, savodsizga chiqarib qo‘yishlik, madaniyatdan bexabar degan tushunchalarga chek qo‘yish va yana ko‘pgina qora dog‘lardan xalos etish maqsadida matbuot, ommaviy axborot vositalari orqali hamda muzeylardagi ko‘rgazma va ekspozitsiyalardagi ashyolar orqali isbotlash mumkin. “Markaziy Osiyoda yozuvni paydo bo‘lishi tarixi” ekspozitsiyasida aynan ana shu jihatlar, aniqrog‘i xalqimizning ongi, shuuri, aqlu zakovati hali bundan bir necha ming yillar oldinroq taraqqiy etganligini namoyish etish asosiy maqsad va vazifalarimizdanbiri ekanligini isbot qilmoqchimiz. Biz 2021 yil 15 dekaber kuni 1 kurs magestirant talabalari Samarqand Davlat muzey quriqxonasiga muzey fondda saqlanayodgan ashyolar va muzey ishi bilan tanishish maqsadida guruximiz bilan bordik. Guruximiz bilan birinchi navbatta muzey ishi bilan yaqindan tanishib chiqish uchun bizag Abdiraxemov Sanjar bizga yaqindan yordam berdi. biz birinchi navbatta Arxeologiya fondi bilan tanishib chiqdik bu fodda umumiy 80 mingta ashyo saqlanib bu ashyolarning yarimidan ko’pi Afrasiyob shaxridan topilgan buyimlarni tashkil qilaykan. Biz quydagi ashyolar bilan yaqindan tanishdik Xum. Mahsulot saqlash idishi. II-IV asr. Samarqand viloyati, Afrosiyobdan topilgan. Balbal: Ushbu eksponat Balbal deyiladi. Bu Janubiy Qozog‘istondan topilgan. Ushbu Balbal Bahodirlar vafot etgandan keyin ularga qabr toshi sifatida qo‘yilgan. Tagidagi mayda toshlari esa Bahodirlar jang paytlarida qancha dushmanni o‘ldirgan bo‘lsa shuncha toshchalar qo‘yilgan.
Islomgacha bo‘lgan davr tangalari. 1-qatordagi tangalar Samarqanddan topilgan bo‘lib, VII-VIII asrga oid so‘g‘d ishxidlari tangalari hisoblanadi. 2- qatordagi tangalar Draxma Movarounnahrda ishlatilgan Buxorxudotlar davrida (VII-VIII asr). V-asrga oid Budda haykallari Surxondaryo viloyatining Ko‘za-qo‘rg‘on zodagonligi hisoblanadi. Buddaviylik olamida ibodatxona devoriy bezaklari Farg‘ona viloyatining Quva shahridan topilgan. Buxoro viloyatidagi Varaxsha shahrining VI-VII asrdagi ko‘rinishining surati. VII-VIII asrga oid ayollar haykallari Buxoro viloyatining Ayoz-tepa yodgorligidan topilgan. Varaxshaning ichki devoridagi bezaklar. Islom davridan oldingi davrda yasalgan buyumlar. Ushbu buyumlar irim- sirim uchun ishlatilgan. Samarqand yaqinidagi Afrosiyob tepaliklaridan topilgan. Ot shaklidagi Ostdon ya’ni (ossuariy) V-VI asrlarga oid bo‘lib, ushbu ostadonda chavandozning suyaklari to‘plangan. Zardushtiylik dinida olov, suv, havo, tuproq muqaddas hisoblangani uchun, odamlar vafot etgandan keyin ularning jasadini maxsus joylarga, qo‘yishgan. Keyinchalik suyaklarini ushbu ostadonda saqlaganlar. Ushbu ostadon Samarqand viloyatining Poyariq tumanidan topilgan. Ushbu ostadon haykalsimon qopqoq bilan yopilgan. Ushbu ostadon o‘rtahol kishi uchun yasalgan. Samarqand viloyatining Tayloq tumanidan topilgan. (VI-VII asr). Ushbu ostadon VI-VII asrlarga oid bo‘lib, Shohlar,Zodagonlar suyaklari saqlangan. Arxeologlar tomonidan Samarqand viloyati Mullaqo‘rg‘on tumanidan topilgan. Ushbu xoj shaklidagi bezaklarga ega ostadon Samarqand viloyati, Kofir- qal’adan topilgan. (VI-VII asr). Taxminlarga ko‘ra Nasroniy uchun yasalgan. Ushbu ostadon VI-VII asrlarga oid bo‘lib Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumanidan topilgan. Ushbu kulolchilik buyumlari XV-XIV asrlarga oid bo‘lib, Samarqanddan topilgan. Oq sir, ko‘k rangli bezaklar berish o‘sha davrda chinniga bo‘lgan qiziqish juda kuchli bo‘lgani sababli, Xitoydagi chinniga o‘xshatib yasashga harakat qilishgan. Ushbu kulolchilik buyumlari XV-XIV asrlarga oid bo‘lib, Samarqanddan topilgan. Ushbu metall buyumlar XV asrga oid bo‘lib Samarqand shahridagi Registon maydoni yaqinida-hozirgi “yo‘lbarslar xiyoboni” o‘rnidan topilgan. Arxeologlar tomonidan Registonning yonida misgarlik ustaxonasi bo‘lganligi aniqlanib, u yerdan 64 ga yaqin metall buyumlar topilgan. Tangalar: Amir Temur va Temuriylar davri Miri, Fulus tangalari. XIV-XV asrlar xazinasi Temur va Ulug‘bek davri fuluslari. 832 h.y. 1428/29 yy. 1984 yil Ishtixon tumanidan topilgan.
NUMEZMATIKA FONDI ushbu fondda yurtimizdaq qadimdan savdo sotiqda va soliqlarning yig’ib olishda ishlatilib kelinga tangalar bilan tanishib chiqdik.bu fodda 30 mingdan ziyot ashyolar saqlanilib kelinadi.bu foddagi quydagi tangalar bilan yaqindan tanishdik. Ummaviylar va Abbosiylar Dirhamlari. VIII-IX asrlar. qator. Samoniy Dirahmlari. X asr. qator. Samoniy Fuluslari. X asr. qator. Qoraxoniylar Dirhamlari X asr.5-qator. Tangalari (o‘ngdan chapga) G‘aznaviylar Dirhami. XI asr. Xorazmshohlar Dirhami XIII asr boshi. va qalbaki tangalarni yasash uchun qolip. Ushbu kulolchilik buyumlari VIII-IX asrlarga oid bo‘lib, Samarqand yaqinidagi Afrosiyob tepaliklaridan topilgan. Rangli bezak berilgan kulolchilik buyumlari X- XII asrlarga oid eksponat hisoblanadi. Ushbu metall buyumlar XII asrga oid bo‘lib, Samarqand yaqinidagi Afrosiyobdan topilgan naqshli oftoba birinchi eksponat sifatida muzeyga olib kelingan. Ushbu metall buyumlar ham XII asrga oid bo‘lib Afrosiyobdan topilgandir. Endi mazkur vitrinada namoyish etilgan numizmatika ashyolari bilan tanishing: Tanga. Ixshidlar.Samarqand sug‘di. Tarxun, 710 yilgacha. Bronza. Tanga. Ixshidlar.Samarqand sug‘di. Tarxun, 710 yilgacha. Bronza. Tanga. Ixshidlar.Samarqand sug‘di. Gurek. 710 yildan keyin. Bronza. Tanga. Ixshidlar.Samarqand sug‘di. Gurek. 710 yildan keyin. Bronza. Tanga. Buxorxudotlar. Buxoro sug‘di. VIIasr. Tanga. Buxorxudotlar. Buxoro sug‘di.VIIasr. Shosh hukmronligi tangalari. VII asr. Bronza. Shosh hukmronligi tangalari. VII asr. Bronza. Muhr. X-XII asrlar. Aqiq. Markaziy Osiyo. Kufiy yozuvida: “.... Rasul-All- allo”. Muhr. X-XII asrlar. Aqiq. Markaziy Osiyo. Kufiy yozuvida: “Mahmud.... Akbar.... Alhamdulilloh”. Uzuk muhr XV-XVI asr boshi. Markaziy Osiyo. Suls yozuvida: “Mavlono Huseyn ibn Ali Darvesh Oqmachit” yozilgan. Muhr XVI-XVII asrlar. Aqiq. Markaziy Osiyo. Suls yozuvida: “Mullo Hodixo‘ja Muhammad ibn Mullo Muhammad domlo” yozilgan. Muhr 1770-1771 yil. Aqiq. Markaziy Osiyo. Fors tilida arab yozuvida she’r bitilgan. Muhr 1893-1894 yil. Metall. Markaziy Osiyo. nastaliq yozuvida: “ Muhammad Qosim binni Rizoqul, 1311 h.y.” yozilgan. Somoniylar davridagi tanga nusxasi. Somoniylar davridagi tanga nusxasi. Shayboniylar davridagi tanga nusxasi Shayboniylar davridagi tanga nusxasi
Temuriylar davridagi miri tanga nusxasi “Markaziy Osiyoda yozuvni paydo bo‘lishi tarixi”-ekspozitsiyasi quyidagi bo‘limlardan iborat 1. Yozuvning paydo bo‘lishi tarixi (Sug‘diy, arab, lotin, kirill, lotinga) o‘tishni yangi davri). 1. Yozuvning numizmatika ashyolaridagi aksi (turli davrlarga taalluqli tangalar, sug‘d yozuvini yog‘och va terida bitilgan nusxalari, muhrlar namunasi) 2. Yozuvning turli hujjatlardagi aksi, xattotlik namunasi. 3. Qo‘lyozma va toshbosma kitoblar namunasi. 4. Yozuvning arxeologiya ashyolarida aks ettirilgan namunalari (kosa, lagan, ko‘za, xum bo‘lagi va h.) 5. Xattotlikda qo‘llanadigan yozuv qurollari. (Lavh, juzgir, qalam, qalamdon, siyohdon...) 6. Lotin alifbosiga o‘tish davri va lotin yozuvidagi kitoblar. Siz bilan birga tomosha qiladigan ekspozitsiyamiz yuqorida aytganimizdek “Markaziy Osiyoda yozuvni paydo bo‘lishi tarixi” deb nomlanadi. Mazkur ekspozitsiyada turli fond ashyolaridan foydalanib, ularni qaysi asrga mansubligi, topilgan, yasalgan, bunyod etilgan, xattotlik qilingan sanasi haqida mukammalroq tushuncha berishga harakat qildik. Markaziy Osiyo deganda, qadimda asosan Boxtar (Baktriya), Sug‘d, Farg‘ona, Shosh, Xorazm xalqlari nazarda tutilgan bo‘lib bu xalqlar asosan qardoshlik tillari bo‘lmish Sharqiy Eron tilida so‘zlashishardi. Yuqorida tilga olgan Markaziy Osiyoning har bir xalqi, ya’ni boxtar, sug‘diy, parfyan, xorazmiy, farg‘oniy va turkiy xalqlari o‘z yozuvlariga ega bo‘lgan. Hatto ba’zi viloyatlarda hind yozuvi bo‘lmish-braxma yozuv turi ham uchragan. Savdo-tijorat va madaniy aloqalar natijasida har bir viloyatda, bir necha millat yashaganligi sabab, bir vaqtning o‘zida turli din vakillari hamda turli e’tiqod hukm surardi. Markaziy Osiyoda barcha viloyatlarda, jumladan, Boxtar (Baktriya), Sug‘d, Xorazm, Turkmaniston va Eron yozuvining asosida oromiy yozuvi turardi. Oromiylar milodgacha bo‘lgan II asr oxiri va I asr boshida Mesopotamiyada yashab o‘tishgan.... Keyinroq bu yozuv o‘rnini sug‘diy yozuvi egallagan. Arab yozuviga qadar bu yerda isfara, achchiqtosh, urxun, yenisey, mixxat, uyg‘ur yozuvlaridan ham foyidalanilgan. Mazkur ekspozitsiyamizda yozuvning boshqa turlari, ularning tarixi, joyi haqida esa, har olti oyda o‘tqaziladigan reekspozitsiyada hikoya qilib, ko‘rsatib borishni oldimizga vazifa qilib qo‘ydik. Endi esa, ekspozitsiyada yozuvni paydo bo‘lishi bosqichlari, bir yozuvdan, ikkinchi yozuvga o‘tilishi va ularni muzey ashyolarida qoldirgan aksi bilan tanishamiz. Barchaga ma’lumki qog‘oz paydo bo‘lishiga qadar yozuv aksini biz yog‘och bo‘laklarida, mato’larda, terida, devoriy suratlaru sopol idishlarda
uchratganmiz. Fikrimizga misol qilib, mana bu Afrosiyob shaharchasidan topilgan devoriy suratni aytishimiz mumkin. Sug‘diy yozuvi namunalari muzey fondida saqlanib kelinayotgan ashyolarda, jumladan, hozirgi ekspozitsiyamiz vitrinalarida o‘rin olgan qo‘yilgan turli ashyolar namunasi misolida uchratish mumkin. Sug‘diy yozuvi yodgorliklarini xududi juda katta va keng qamrovlidir. Buxoro, Samarqand, Qadimiy Marv, Mug‘uliston, Pokistonda, Markaziy Osiyoda esa Sug‘d, Shosh, Farg‘ona, Tojikiston zaminida bu yozuvni namunalari topilgan. Sug‘d yozuvining shunchalik keng xududda tarqalganligi albatta savdo-tijoratni yaxshi yo‘lga qo‘yilganligi, savdogarlarni Buyuk Ipak Yo‘li chorrahasida fa’olona ishtiroki bilan bog‘liqdir. Markaziy Osiyoda arablarni kelishi bilan birga, arab alifbosi hamda arab yozuviga o‘tish davri boshlanadi. Shu davrdan boshlab sug‘d yozuvi o‘z o‘rnini arab yozuviga bo‘shatib beradi. Markaziy Osiyoda eng ko‘p davrni qamrab olgan yozuv bu arab yozuvi va arab alifbosi ekanligini bilamiz. Mana bu arab yozuvini turli xillari bilan tanishishingiz mumkin. Bu yerda nasx, nasta’liq, suls, rayhoniy, riqo’, devoniy, musalsal, ko‘fiy yozuv turlari bilan tanishishimiz mumkin. Payg‘ambarimiz Muhammad s.a.v. Bahrayn amiri hamda podshoh Muqavqisga yuborgan maktublari nusxasi. 751 yilning iyul oyida Qirg‘izistonni Taraz (yoki Talas) daryosi yonida Xitoy askarlari bilan qirg‘iz askarlari to‘qnashishadi. Samarqand hokimi Abo‘ Muslim esa o‘z xarbiylarini to‘qnashuvni bostirishga jo‘natadi. Natijada Xitoy xalqining 20 000 askarlari asir olinadi. Ular orasida juda ko‘p hunarmandlar oilalari namoyandalari bor edi. Xitoylik hunarmandlar ichida qog‘oz ishlab chiqarish bo‘yicha muttaxassislar ko‘pchilikni tashkil qilardi. Shunday qilib, VIII asrdan boshlab Samarqandda qog‘oz ishlab chiqarish sirru asrorlari keng yoyiladi va 1000 yil davomida bu soha hunarmandlari o‘zlarini ashyolarini, aniqrog‘i Samarqand qog‘ozini ishlab chiqib uning dongini olamga yoydilar. VIII asrdan boshlab XIX asrgacha Samarqand qog‘ozi faqatgina Markaziy Osiyoda emas, balki yaqin Sharq, Yevropa, Ispaniya, Fransiya, Germaniya davlatlarida ma’lum bo‘lib bu qog‘ozga ehtiyoj juda katta edi. Sifati baland, siyohi bo‘yalmaydigan, husni xat chiroyli yoziladigan Samarqand qog‘oziga teng keladigani yo‘q edi. Bu xaritada esa, Samarqand qog‘ozini boshqa davlatlarga eksport qilingani ko‘rsatilgan. Aytib o‘tganimizdek Markaziy Osiyoda yozuvni paydo bo‘lishi tarixi uzoq o‘tmishga borib taqaladi. Bu vitrinalarda namoyish qilingan ashyolarda sug‘diy yozuvi aksini qog‘oz paydo bo‘lishigacha yozilgan namunasi bilan yaqindan tanishasiz. Jumladan; Yog‘ochga bitilgan sug‘diy yozuvi, tilxat. Samarqand, Afrosiyob shaharchasidan topilgan. VI asr boshi. Teriga bitilgan sug‘diy yozuv. Mazkur arab yozuvi bitilgan teri parchasi Tojikiston yaqinidagi Haydarobod qishlog‘i, Mug‘ tog‘idan topilgan VII-VIII asrga taalluqli. Barchaga ma’lumki har bir davrning podshoh, amir va hukmroni har davru zamonda o‘zhukmronlik davrida o‘z tangalarini zarb qilgan.