logo

Sotsiologiyaning fan sifatida vujudga kelishi va taraqqiyotini asosiy bosqichlari va ob`ekti va predmeti

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

32.2529296875 KB
Sotsiologiyaning fan sifatida vujudga kelishi va  taraqqiyotini asosiy
bosqichlari  va ob`ekti va predmeti
Reja :
1. Platon ning ijtimoiy-siyosiy qarashlari
2. Aristotelningantikdunyofalsafiyfikrtaraqqiyotidatutgano’rni .
3. SHarq   mutafakkirlarining   ijtimoiy   jarayonlar   va   ijtimoiy   jamoalarga
bergan bahosi.
4. Sotsiologiyani mustaqil fan sifatida Evropada vujudga kelishi.
5. Zamonaviy sotsiologiyaning predmeti va ob`ekti 1.   Antik dunyo olamining «oltin davri». Bu davrdagi sotsiologik qarashlarni
ilgari surgan mutafakkirlar qatoriga insoniyatning buyuk daholari Sokrat, Levkipp,
Demokrit, Platon, Aristotel’ va boshqalarni kiritish mumkin.
Sokratning   buyuk   shogirdiPlaton   ijtimoiy   taraqqiyot   va   inson   mavqei
xususida   bebaho   fikrlar   bayon   etgan.   Platon   o’zining   «Fileb»   deb   nomlangan
asarida insonning ezgulikdan iborat  faoliyati quyidagi talablarni bajarish asnosida
ro’y berishi aytiladi: 1)   ilohiy  g’ oya mohiyatini anglash; 2)   ilohiy  g’ oya talablarini
hayotga singdirish; 3)   tafakkur va bilimlarga ega bo’lish; 4)   ilm va san`atning biror
turini   egallash,   to’ g’ ri   fikr   qilish   masalasiga   ega   bo’lish;   5)   toza,   halol   hissiyot
vositalardan,   masalan,   musiqa   tovushi,   tasviriy   san`atdan   zavq-rohat   ola   bilish.
Platonning   uqtirishiga   ko’ra,   to’ g’ ri   fikr   qilish   malakasiga   ega   bo’lish   deganda
biror bir hayotiy voqea tahlili cho g’ ida masalaning avval yaxshilik tomonida ro’y
berganligini   tushuntirishga   intilish,   agar   bunday   tushunishga   imkon   bo’lmasa,
mazkur hodisaning yuz berganligi mohiyatini anglashga intilish, demakdir.
Platon ezgulikni anglash - xudoni anglash, ezgulik tabiatiga ega bo’lish esa
xudo mohiyatiga tegishli bo’lish, uning uzviy bir qismiga aylanish, deb o’rgatadi.
Platon insonning ijtimoiy o’rnini belgilashda har bir kishi dastavval o’z davlatining
fuqarosi bo’lishi lozim, deb ta`kidlaydi.
Platon murakkab ijtimoiy-siyosiy muhitda yashaganligi sababli ideal davlat
qurilishi   orzusida   yashagan.   Uning   ezgulik   asosiga   qurilgan   ideal   davlat   tuzumi
quyidagi fazilatlarga ega bo’lishi lozim: 1)   donishmandlik; 2)   jasorat; 3)   har ishda
oqilona me`yorni saqlay bilish; 4)   adolat.
Davlat   tizimini   uch   xil   strata   -   ijtimoiy   tabaqa   -   hukmdorlar,   harbiylar   va
ishlab   chiqarishda   band   bo’lgan   mehnatkashlar   donishmand   boshqaruvchi   guruh
rahbarligida gormonik tuzumni tashkil etadilar.
Platonning   davlat   haqidagi   asarlarida   asosiy   muammo   –   bu   jamiyat   va
uning   a`zolarini   hayotlarini   farovonligini   oshirish   va   yaxshilashdir.   eng   yuksak
darajadagi   mukammal   tuzum   va   uning   xosili   bo’lgan   farovon   davlat   to’rta   (4)
asosiy sifatga ega bo’lishi kerak:
1. Donishmanlik, 2. Jasorat, Z. Sabr-qanoat mezoni, 4. Adolat. Donishmandlik   deb   Platon   oliy   bilimlarni   e`tirof   etadi,   ya`ni   davlat   xaqida
maslaxatlar   berish   –   ichki   ishlarlarni   yo’naltirish   va   tashqi   munosabatlarga
rahbarlik   qilishlik.   Donishmandlik   kamchilikka   xos   xususiyatdir,   aniqrogi   faqat
faylasufllarga   xosdir   holos.   SHuning   uchun   jamiyatni   faqat   faylasuflar
boshqarishlari kerak va faqat faylasuf-hokimlar davlatidagina jamiyat farovonlikka
erishadi va zolimlik nimaligini bilmaldi» «Agarda shaharlarda faylasuflar hokimlik
qilmas   ekanlar,   yoki   bo’lmasa   xozirgi   rahbarlar   xaqiqiy   va   qoniqarli   ravishda
falsafa bilan shug’ullanmas ekanlar, davlat sayi harakatlari va falsafa uyg’unlashib
ketmas ekanlar davlat uchun ham, odamzot uchun ham yomonlikni keti tugamaydi.
Lekin   farovonchilikka   erishish   uchun   hokimlar   soxta   emas,   balkim   haqiqiy   va
haqiqatni his qilishni yaxshi ko’radigan faylasuflar bo’lishlari kerak.
Platonning davlat haqidagi asarining asosiy maummosi – bu jamiyat, uning
a`zolarining   faorovon   va   to’kin-sochinlik   hayoti   masalalaridir.   Uning   fikricha
mukammal,   to’la-to’kis   shakllangan   davlat   quyidagi   to’rtta   (4)   asosiy   sifatga   ega
bo’ladi: 1) Donishmandlik, 2) Jasorat, 3) Sabr-kanoat, 4) Adolat.
Donishmandlik deb Platon davlat haqidagi yaxlit xayrli maslaxatlar berishni,
bu   davlat   ichki   ishlari   bo’yicha   yo’nalishlar   berish   va   tashqi   ishlarda   rahbarlik
qilish haqidagi oliy bilimlarni tan oladi. Donishmandik bu jamiyatning ma`lum bir
toifasiga hos bo’lgan hislatdir, ya`ni bu hislatga faqatgina hokimlar sazovordirlar.
SHuning   uchun   Platon   jamiyatni   faqat   faylasuf-hokimlar   boshqarishlari   kerak
degan   fikrni   olg’a   suradi,   chunki   uningcha   faqat   faylasuf-hokimlar   hukmronligi
tufayli   davlat   farovonchilikka   va   hozirda   mavjud   bo’lgan   zulm   barham   topadi.
O’zining bu fikrlarini Platon quyidagicha izohlaydi: «Qachonki shaharlarda 
Zamonaviy   sotsiologiyaning   predmeti   va   ob`ekti.   Fan   predmeti   –
fundamental   tushunchalarning   mantiqiy   o’zaro   bog’langan   va   qarama-qarshi
bo’lmagan   tizimi   hisoblanib,   mazkur   fanning   tadqiqot   usullariga   yo’naltirilgan
ob`ektiv   reallik   qismini   ifodalaydi.   Fan   predmeti   deb   ataladigan   tushunchalar
majmui   alohida   faktlarni   muntazam,   takrorlanadigan   hodisalar   bo’yicha   tartibga
soladi va tashkil etadi. Sotsiologni tanholigi yoki noyobligi emas, qonuniyligi yoki
tipikligi qiziqtiradi.  Sotsiologiya   –   bu   ijtimoiy   tizimlar,   ularning   vazifalari,   ijtimoiy   tizim   va
jamoalarning  (dunyo,  jamiyat,  institut,  guruh,  tashkilot,  oila,  shaxs)   harakatlanish
va   rivojlanish   (faoliyati   va   o’zaro   ta`siri)   qonuniyatlari   (qonuniyatlar,
tendentsiyalar), haqidagi fandir. Sotsiologiya tabiiy va texnik fanlar bilan ko’pgina
umumiylikka   ega.   Mazkur   o’zaro   munosabatlarning   sababi   shundaki,   sotsiologik
bilishning   ob`ekti   jamiyat   hisoblanadi.   Biroq   «jamiyat»   tushunchasini
sotsiologiyaning   predmeti   sifatida   dastlabki   aniqlash   uchun   belgilash   etarli   emas.
Jamiyat   barcha   gumanitar   fanlar   tadqiqotining   ob’ekti   hisoblanadi.   Tadqiq
etuvchining   faoliyati   yo’naltirilgan   barcha   narsalar   bilish   ob`ekti   hisoblanadi.
Bunga   muvofiq   ravishda   sotsiologiya   ob`ekti   deganda   jamiyatning   yaxlit   sotsial
voqeligi tushuniladi, unda ob`ektiv ijtimoiy hodisalarni ajratishimiz mumkin (ya`ni
ijtimoiy munosabatlar, ijtimoiy tashkilotlar, ijtimoiy jamoalar, ijtimoiy jarayonlar,
ijtimoiy institutlar, ijtimoiy sub`ektlar).
Sotsiologiya predmetlariga shaxs, ijtimoiy guruhlar, jamoa va butun jamiyat
faoliyati  va rivojlanishi  qonun va qonuniyatlari, shuningdek, jamiyatning ijtimoiy
hayoti (sotsial sub`ektlarning ijtimoiy mavqelar, rollar, ijtimoiylashuv muammolari
bo’yicha   o’zaro   ta`siri)   kiradi.   Zamonaviy   sotsiologiya   predmeti   –   uzoq   vaqt
davom   etgan   tarixiy   rivojlanish   natijasi   bo’lib,   ko’plab   olimlar   avlodlarining
mehnatlari   mahsulidir,   ulardan   har   biri   yangi   bilim   tamoyillarini   qo’shib   borgan,
yuzaga kelgan vaziyatni ko’rib chiqqan, tanqid qilgan, bahs-munozara olib borgan,
yangilik   kiritgan,   tekshirgan   va   shu   yo’l   bilan   bugun   sotsiologiya   predmeti
sohasiga   kiritilganlarni   barchasini   elakdan   o’tkazgan.   Sotsiologiya   predmetining
bosh   sababchisi   ikkita   tushuncha   hisoblanadi   -   «status»   va   «rol».   Birinchisi
jamiyatning   statistik,   ikkinchisi   esa   dinamik   tasvirini   ochib   beradi.   Insonning
guruhdagi yoki jamiyatdagi o’rni, holati status (mavqe) deb ataladi. To’ldirilmagan
mavqelarning   majmui   bizga   jamiyatning   ijtimoiy   tuzilmasini   beradi.   Ijtimoiy
mavqelar   ijtimoiy   munosabatlar   bilan,   shaxsiy   mavqelar   esa   shaxslararo
munosabatlar   bilan   bog’liq.   Sotsiologiya   uchun   insonlar   qanday   shaxsiy
munosabatlarga kirishishlari emas, balki ular orasidan qandaydir asosiyroq bo’lgan
qarashlar, ya`ni sotsial munosabatlar muhimdir. Sotsiologiya   ijtimoiy   guruh   va   ijtimoiy   xulq-atvorni   ilmiy   o’rganuvchi   fan
xisoblanadi.   SHuningdek   ijtimoiy   munosabatlarni   yoritish   ,qanday   qilib   bu
munosabatlar   kishilar   xulq-atvoriga   ta`sir   etishi,   qanday   qilib   bu   munosabatlar
rivojlanadi va o’zgarishi qonuniyatlarini o’rganuvchi fan hisoblanadi. 
Sotsiologik   bilimlarning   eng   muhim   elementi   jamiyatdagi   shaxsning
madaniy normalari va ularga amal qilish o’lchovlarini kabul qilishi va amal qilishi
konuniyatlani   aniqlaydi.   Jamiyatda   shaxs   ijtimoiy   muammolarni   boshidan
kechiradi va buni tushinib boradi bu sotsiologik tahlil uchun muxim sanaladi. 1
Sotsiologiya   empirik   fan   xisoblanadi.   Ijtimoiy   xodisalarni   tizimli   ravishda
qayd   qilib   borishi   bilan   tadkikod   borasida   yutuqlarga   erishishi   mumkin.
Sotsiologyada   jamiyat   borasida   axborot   to’plashning   turlicha   usullari   majud.
Sotsiologiyada   tadqiqot   olib   borish   xususiyatlari   o’rganilayotgan   ob`ekt
spesifikasidan kelib chiqib belgilanadi. 2
Jamiyat haqidagi fanlar umumiy tizimida sotsiologiya fani xususiyatiniyatini
yuqorida zikr etilgandek tushuntirish, hozirgi zamon sotsiologiyasining predmetini
shunday ta`riflashning imkonini beradi: Sotsiologiya jamiyatni murakkab ijtimoiy
organizm   sifatida   o’rganadi.   Sotsiologiya   jamiyatni   mavjud   tarkibiy   tuzilmalari
mohiyati,   ularning   harakat   tendentsiyalari   va   taraqqiyot   qonuniyatlarini   sotsial
tashkil   etilgan   tizimda   tadqiq   etadi.   SHuningdek,   sotsiologiya   asosiy   e`tiborni
jamiyatni xar xil ijtimoiy va hududiy tuzum bosqichlarida vujudga keladigan keng
ma`nodagi   insonlararo   munosabatlari   va   jamoatchilik   fikrini   o’rganishga
qaratuvchi   fandir.   Sotsiologiya   fani   jamiyatning   turli   sohalari   iqtisodiy,   ijtimoiy,
siyosiy,   ma`naviy-axloqiy   va   boshqa   tarmoqlarida   tadqiqotlar   o’tkazadi.
Mamlakatimizda sotsiologiyaning roli ortib bormoqda, bu fanga umumiy qiziqish
kuchaymoqda.   Buni   tushunish   mumkin,   chunki   O’zbekistonda   hozir   yangi
ijtimoiy-siyosiy   va   ma`naviy   iqlim   shakllandi.   Ijtimoiy   hayotning   barcha
jabxalarida   o’zgarishlar   kuzatilmoqda,   sotsial   tarkibda   o’zgarishlar   qayd
qilinmoqda,   yangi   ijtimoiy   institutlar   va   munosabatlar   paydo   bo’lmoqda.
Vatanimizda   sotsiologiya   hech   qanday   to’siqsiz   rivojlanish   va   mustaqil   ijtimoiy
1
Sociology in modules.what is sociology? page5-
2
Sociology . The Essential chapter 7 fan   sifatida   o’zini   anglash   imkoniyati   tug’ildi.   Jamiyatimizda   kuzatilayotgan
ijtimoiy o’zgarishlar va jarayonlar sotsiologiya fanining diqqat markazida turibdi.
Sotsiologik   fikrlashning   eng   muhim   jihati   jamiyat   hayotida   inson   shaxsini
tushunishdan   iboratdir.   SHaxsga   bo’lgan   sotsiologik   nuqtai   nazarning   o’ziga
hosligi   shundan   iboratki,   bu   fan   unga   ijtimoiy   voqeilikni   o’zgartiruvchi   faol
mavjudot   sifatida   qaraydi.   Ijtimoiy   institutlar   ko’p   jixatdan   inson   ahloqini
ifodalaydi,   ammo   ayni   shu   vaqtning   o’zida   ular   inson   faoliyatining   ifodasi   va
individlarning   o’zaro   ijtimoiy   ta`siri   xosilasidir.   Jamiyat   to’g’risidagi   xozirgi
bilimlarning   o’ziga   hos   hususiyati   shundan   iboratki,   ular   sotsiologik   fikrlashning
kuchli   ta`siri   ostidadir.   Jamiyatimizda   kuzatilayotgan   murakkab   jarayonlarni
sotsiologik   tahlilsiz   to’g’ri   tushunish   mumkin   emas.   Mamlakatimizda
sotsiologiyaning   keyingi   rivojlanishi   va   takomillashtirilishi   jamiyatni   chuqur
o’rganish   va   anglash,   jamiyat   oldida   turgan   o’tish   davrining   murakkab
muammolarini ancha samaraliroq echishga imkon beradi.
Sotsiologiya   strukturasi.   Struktura   bu   fandagi   asosiy   elementlar   ularning
joylashishi, munosabati va tartibidir. Struktura bevosita fanning rivojlanish darajasi
va   uning   elementlariga   bog’liqdir.   Fanning   rivojlanib   borishi   davrida   uning
elementlari   bir   tizimga   to’planib,   bu   sistema   orqali   esa   bilimlarni   tashkil   qilish
vositaligi   ta`minlanadi.   Buning   natijasida   esa   nazariy,   metodologik,   metodik   va
boshqa   elementlar   o’rganilayotgan   voqelikni   (reallikni)   yaxlit   ko’rinishda   aks
ettiradilar.   Fan   bir   tizim   sifatida,   qachonki   umumiy   asoslar,   kategoriya   va
tushunchalarni   ishlab   chiqgandagina   va   bilishning   har   xil   darajalari   va   shakllari
orasida mantiqiy bog’lanish bo’lsagina yuzaga kelishi mumkin. Bu holatda fanning
turli   xil   rivojlanish   yo’nalishlari   bilimning   shakllangan   tizimi   bilan
muvofiqlashadi.   Agarda   sotsiologiya   haqida   gapiradigan   bo’lsak,   u   hali   etuk
birlashgan ilmiy tizim sifatida shakllangani yo’q. Hali yosh va rivojlanayotgan fan
sifatida   sotsiologiya   har   xil   ilmiy   tizimlarning   to’plami   sifatida   ko’zga
tashlanyapti. Sotsiologiyaning   strukturasini   har   xil   tahlil   qilish   mumkin.   Ayniqsa,   bu
strukturani   aniqlash   nazariy   sotsiologiya,   metodologiya   va   empirik   tadqiqotni
ajratib olishlik bilan ko’pincha yuzaga keladi.
Lekin   bu   sotsiologiyaning   komponentlarini   ajratib   olish   umumiyroq
ma`noga   ega,   natijada   esa   fanning   murakkab   va   har   xil   ko’rinishga   ega   bo’lgan
strukturasining   mazmuni   kashf   etilmaydi.   SHuning   uchun   to’laroq   va   har
tomonlama xususiyatga ega bo’lish bilangina sotsiologiyani strukturasini ko’rsatib
berish   lozim.   Sotsiologiya   strukturasida   fundamental   va   amaliy   yo’nalishlarni,
nazariy   va   empirik   tadqiqotlarni,   maxsus   va   tarmoq   sohalarni   ajratib   ko’rsatish
darkor. Ular bir-birlari bilan juda murakkab o’zaro dialektik aloqadordirlar. Ayrim
hollarda   bir-birlariga   qo’shilib   ketadilar,   boshqa   holatlarda   esa   bir-birlarini   inkor
qiladilar. Tadqiqotimiz ilmiy, teran bo’lishligi uchun sotsiologiya strukturasini  bu
elementlarini alohida tahlil qilib chiqishga harakat qilamiz.
Lekin farovonchilikka erishish  uchun  hokimlar  sohta  emas, balkim  haqiqiy
faylasuflar bo’lmoqliklari darkor. 
Keyingi   zarur   bo’lgan   hislatlardan   biri   –   bu   jasoratdir,   U   ham   jamiyatning
hamma   a`zolari   ega   bo’lgan   hislat   emasdir,   lekin   donishmandlikka   nisbatan   u
ko’proq fuqarolarga xosdir. Platonning fikricha huddi donishmandlik kabi (davlat
donishmand   bo’lishi   uchun   jamiyatning   hamma   a`zolari   donishmand   bo’lishlari
shart emas) jasorat ma`lum bir fuqarolarga xos bo’lib, shuning o’zi jamiyat uchun
nima daxshatli, nima daxshatli emas ekanligini bilish uchun etarlidir. 
«Donishmandlik»   va   «jasarat»   dan   o’laroq   sabr-qanoat   alohida,   maxsus
sinfning   emas   balki   jamiyatning   barcha   a`zolariga   xos   bo’lgan   sifatdir.   Bu   sifat
mavjud bo’lgan sharoitda  jamiyatning hamma a`zolari  mukammal  davlatda  qabul
qilingan   qonunlarni   va   mavjud   hukumatni   tan   oladilar.   Buning   natijasida   esa
axmoqona harakatlardan tiyilib turiladi»
To’rtinchi   sifat   –   bu   adotaldir.   Davlatda   uning   mavjudligi   «tiyilib   turish»
vositasi   tufayli   shakllanadi.   Adolat   orqali   jamiyatning   har   bir   a`zosi   o’zidagi
ma`lum   bir   qobiliyat   sababli   o’zining   alohida   ishini   amalga   oshira   oladi.
«Bizningcha shahardagi har bir fuqaro o’zining tabiiy qobiliyatidan kelib chiqqan holda faqat birgina ish bilan shug’ullanishi zarur» 3
. Bir vaqtning o’zida bir necha
mashg’ulotga   intilish   e mas, faqat   o’zining   ishi   bilan   mashg’ul   bo’lish   –   bu
adolatdir 4
.
O’zining ideal davlatini Platon sinfiy aralash-quralash bo’lib ketishidan bor
kuch-g’ayrati   bilan   ximoya   qilishga   harakat   qiladi.   YA`ni   fuqarolarning   bir-
birlarini   vazifalarini   bajarishlaridan   yiroq   qilmoqchi   bo’ladi.   SHuning   uchun
bunday   aralash-quralashishdan   tiyilish   tufayli   adolat   yuzaga   keladi.   Ko’p   ishni
bajarishlik   davlatning   halokatiga   sabab   bo’ladi:   agarda   sanoatchi   boyligi
kshpaygan   sari   harbiy   ish   bilan   shug’ullangisi   kelib   qolsa,   yoki   askar   qobiliyati
bo’lmasa ham davlat rahbari bo’lgisi kelsa. Hatto adolatdan tashqari hamma uchta
sifat  mavjud  bo’lganida  ham   ko’p  mashgullik  va vazifalarni  o’zgartirish  davlatga
ulkan   zarar   keltiradi.   Va   bu   xatti-harakat   o’z   xalqiga   nisbatan   qaratilgan   buyuk
adolatsizlikning   ko’rinishidir   O’zining   vazifasini   bajarish   esa   bu   adolatsizlikka
karashi   tura   oladi   va   shaharni   adolatlik   bo’lishini   ta`minlaydi.   Mukammal
davlatning bu shakli Platonning fikricha faqat greklarga xosdir. Boshqa xalqlar esa
o’zlarinng   ijtimoiy   tartiblarini   yarata   olmaganliklari   uchun   bunday   ideal   davlatga
erisha   olmaydilar.   O’zining   ideal   davlatini   mustaxkam   bo’lishi   uchun   Platon   bu
uch   sivfni   o’zaro   birodar   bo’lishlarini   talab   qiladi.   asalan   ishlab   chiqa   ruvchilar
qolgan   ikkita   sinr   uchun   mehnat   qilishlari   kerak,   harbiylar   esa   ularni   kuriklashi
kerak,   o’z   navbatida   hokimlar   harbiylarga   bunday   ko’riklashni   buyuradilar   va
ko’rsatmalar beradilar.
2.  Platon Akademiyasining etuk tolibi, jahon ijtimoiy tafakkur olamiga hissa
qo’shgan mutafakkir Aristotel’ hisoblanadi.
Ijtimoiy   jarayon,   Aristotel’   ta`biriga   ko’ra,   imkoniyatlardan   natijalarga
o’tishga   bo’lgan   intilishdir.   Odamlar   ijtimoiy   jarayonda   qancha   ko’p   ishtirok
etsalar, davlat va jamiyatning ijtimoiy-siyosiy asoslari shunchalik mustahkamlanib
boradi.
Har   qanday   mamlakatdagi   ijtimoiy   tartibsizliklar,   inqirozlar   va   davlat
to’ntarishlari   ijtimoiy   tenglikning   buzilishidan   kelib   chiqadi.Ammo   tenglik
3
Платон .  Давлат , IV  433 А .  Асму сВ. Ф. «История античной философии» стр. 182.
4
Ўша ерда. tushunchasi   o’z   mazmuniga   ko’ra   ham   miqdor   jihatdan,   ham   mavqe-martabaga
ko’ra   farqlanadi.   Mavqega   ko’ra   tenglik   jamiyatdagi   o’nta   obro’li   shaxs   mavqei
100-200ta   oddiy   fuqarolarning   mavqeiga   mos   bo’lishi   mumkin.   SHu   boisdan
mavqeni   hisobga   olib   ijtimoiy   tenglikni   amalga   oshirish   jamiyatda   barqaror
muhitni   saqlash   imkoni   beradi.   Miqdoriy   tenglikni   ta`minlash   uchun   esa   davlat
boshqaruvini   amalga   oshirishda   u   yoki   bu   xudud   vakillaridan   teng   miqdordagi
amaldorlarni vazifalarga tayinlashni to’g’ri yo’lga qo’yish zarurdir.
Demokratik asoslardagi  davlatlarda hokimiyatni  egallash uchun qilinadigan
to’ntarishlar   odatda   demagoglar   tomonidan   amalga   oshiriladi.   Aristotel’
jamiyatning   ijtimoiy   stratifikatsiyasi   tizimida   barqarorlik,   turg’unlik   mezoniga
amal qilishi zarurligini ta`kidlaydi. Har bir shaxs nafaqat mavjud davlat tuzumiga,
balki   o’z   ijtimoiy   tabaqasiga   ham   sodiq   qolishi   hamda   o’z   kasbi-kori,   xizmat
sohasi   doirasida   kamolotga   intilishi   lozim.   Kishilarning   bir   sohadan   boshqa
sohalarga,   bir   ijtimoiy   mavqe   doirasidan   boshqasiga   o’tishi   davlat   tartibotlariga
umumiy ishonchni pasaytiradi.
Aristotel’   davlat   tuzumini   olti   xil   ko’rinishga   tasniflab,   ulardan   uchtasi
(monarxiya,   aristokrat   va   politiya)   to’g’ri   va   uchtasi   (tiraniya,   oligarxiya   va
demokratiya) noto’g’ri davlat tuzumlari, deb hisoblaydi.
Xullas,  Aristotel’  antik   dunyo   sotsiologiyasi   tarixini   eng   mazmundor   davri
bo’lmish grek sotsiologiya maktabiga mantiqiy yakun yasagan. Uning sotsiologik
qarashlari   dastlab   qadimgi   Rimning   sotsiologiya   maktabi   namoyondalari
(TSitseron, Lukretsiy, Vergiliy, Goratsiy, Ovidiy) ga hayotbaxsh ilhom bag’ishladi,
so’ngra   esa   o’rta   asrlar   sharqining   buyuk   mutafakkirlari   Farobiy,   Beruniy,   Ibn
Sino, Ibn Rushdlar dunyoqarashlariga o’z ta`sirini ko’rsatdi.
3.   Movaraunnahrda   tabiat   va   jamiyatni   anglash   va   o’rganish   ulug’
mutafakkir Al-Forobiy tomonidan jiddiy kengaytirildi. U o’zining «Fozil odamlar
shahri» asarida insondagi insonlik mohiyati o’zlikni anglashdan boshlanishi, fozil
shaxs   voqea   va   xodisalarning   mohiyatini   idrok   eta   bilishini,   mohiyatga   intilish
haqni   tanish   ekanligini,   insonga   berilgan   ruh   aqlni   rivojlantirishga,   unga   quvvat bag’ishlashga   mas`ul   ilohiy   kuch   ekanligini,   aql   esa   inson   tomonidan   narsalarni
mohiyatan tanlab farqlashga ko’mak berishini asoslab beradi.
Forobiy   jamiyatning   boobro’   shaxslari,   olimlari,   oqil   kishilari   ijtimoiy
taraqqiyotning   harakatlan-tiruvchi   kuchlaridir,   deb   hisoblaydi.   Forobiy   o’sha
paytdayoq   ijtimoiy   fikrning  ahamiyati   katta  ekanligini   chuqur   anglab,   zamonaviy
sotsiologiyada   ko’p   qo’llanuvchi   ekspertlar,   ya`ni   o’z   davrining   etuk
donishmandlari   fikrlariga   tayanib   ish   tutish   zarurligiga   urg’u   beradi.
«Donishmandlarga   ishonib,   ularga   ergashuvchi   odamlar   o’sha   narsalarni
donishmandlar   bilganday   bilib   oladilar.   Zero,   donishmandlarning   bilimlari,   eng
exshi bilimlardur»
Birinchi   ming   yillikning   so’ngida   (973   yil,   4   sentyabr’)   tavallud   topgan
ulug’   bobokalonimiz   Abu   Rayhon   Beruniy   ham   sotsiologiya   nazariyasini
rivojlantirish ishiga ulkan hissa qo’shdi. Beruniyning «Qadimgi xalqlardan qolgan
yodgorliklar» deb nomlangan qomusiy kitobini to’la ma`noda insoniyat tarixining
o’tgan   5   ming   yilligi   voqealari   tahlili   va   sinteziga   bag’ishlangan   mumtoz
etnosotsiologik asar, deb baholash mumkin. 
Abu   Rayhon   Beruniy   dunyoning   sotsiologik   manzarasi   evolyutsion   jarayon
natijasida tarkib topganligini alohida qayd etadi. «Tuzilish va buzilish natijasida unsur
bo’laklari bir-biriga qo’shilib, dunyo obod bo’lgan va olam tartibga tushgan».
Ayni chog’da Beruniy olamni ijtimoiy taraqqiyotga olib keluvchi kuch ziddiyat
va   qarama-qarshiliklar   emas,   balki   turli   ijtimoiy   darajalardagi   murosa   va   konsensus
ekanligini uqtiradi. «Qarama-qarshiligi ravshan ayon bo’lgan narsaga qanday ishonib
bo’ladi»,   deb   ulug’   mutafakkir   qarama-qarshiliklardan   xoli   bo’lgan   jarayonlarida
o’zgarish ehtiyoji kuchayishiga ishora qiladi.
XI   asrda   yaratilgan   turkiy   xalqlar   uchun   muqaddasi   obida   xisoblanuvchi
kitob YUsuf   Hos   Xojibning  «Qutadg’u  Bilig»   -   «Saodatga   yo’llovchi   bilim»  deb
atalgan   asari   ham   sotsiologik   qarashlarga   boydir.   Bu   kitob   axloq-odob,   ta`lim   va
tarbiya   hamda   ma`naviy   kamolotning   yo’l   yo’riqlarini,   usullarini,   chora-
tadbirlarini mujassamlashtirib, o’zida jam qilgan buyuk qomusiy asardir. YUsuf   Hos   Xojib   jamiyat   va   tabiat   borasidagi   barcha   bahslarni   ta`lim
atrofida   olib   borar   ekan,   o’z   davri,   mavjud   ijtimoiy-siyosiy   tuzum,   ma`naviy-
moddiy hayot jarayonlari xususida mufassal ma`lumotlar beradi.U o’sha davrning
turli   ijtimoiy   tabaqalari,   toifalari   va   guruhlari,   ularning   turmush   tarzi,   rasm-
rusumlari,   qonun-qoidalari,   hunar   va   kasbu-korlari,   jamiyatda   tutgan
mavqelari,davlat   tuzumini   qanday   asoslarda   qurilganligi,   har   bir   tabaqaning
dunyoqarashixususida   atroflicha   sotsiologik   asoslangan   ma`lumotlarni   o’rtaga
tashlaydi.
YUsuf   Hos   Xojib   jamiyatning   tom   ma`nodagi   kamoloti   faqat   ta`lim
vositasida   amalga   oshadi,   deb   hisoblaydi.   Dunyodagi   barcha   boyliklar
mavaqqatdir,   o’tkinchidir,   sarflansa   tugab   bitadi,   faqat   bilim   boyligigina   qancha
sarf etilsa, shuncha ko’payaveradi, deb o’rgatadi ulug’ mutafakkir.
Sotsiologiyaning   donishmandlik   talabi   yuqori   bo’lgan   fan   ekanligi   uchun
ham   ulug’   ajdodlarimizning   jamiyatni   bevosita   o’rganishga   doir   vazmin
umumlashmalarga,   xulosaviy   mushohadalarga   boy   asarlari   ularni   ma`naviy-aqliy
kamolotga   erishgan   yillarida,   sermazmun   umrlarning   so’nggi   davrlarida
yaratilgandir.   Masalan  Amir   Temurning   «Tuzuklari»   Mirzo   Ulug’bekning   «To’rt
ulus tarixi», Alisher Navoiyning «Majolis un nafois», «Mahbub ul-qulub» asarlari
shular jumlasidandir.
Alisher   Navoiyning   «Mahbub   ul   -   qulub»   asarida   bevosita   o’z   davridagi
deyarli  barcha  ijtimoiy guruh va tabaqalarga  tavsif  beriladi  va  ularning qaysi  biri
yaxshi   yoki   yomon,   qaysi   biri   insoniylikka,   xalqqa,   mamlakatga   foydali   yoki
zararli ekanligi bayon etiladi.
Alisher Navoiy jamiyatning miqdor va sifat  jihatidan ijtimoiy bo’linganligi
umuman   olganda   ijobiy   xodisa   ekanligi,   bu   tasniflanish   doirasining   qanchalik
kengligi   mamlakat   farovonlik   darajasining   ifodasi   ekanligi   xususida   e`tiborga
sazovor sotsiologik qarashni asoslab beradi. Ulug’ mutafakkir jamiyatdagi yuzdan
ortiqroq   ijtimoiy   tabaqa   xususiyatlarini   aniqlab,   ularning   mamlakat   ijtimoiy
tizimidagi   o’rni   va   faoliyat   imkoniyatlarini   ravshan   ifodalab   beradi.   Mazkur
sotsiologik   tasniflashdan   maqsad,   ularni   ijtimoiy   foydalilik   darajalarini   oshirish ekanligi   asarning   mazmunini   tashkil   etadi.   Zero,   jamiyatdagi   tasnifning   qanday
ekanligini   bilish   ularning   mazmunini   yaxshilashga   yo’l   ochadi.   «SHu   jihatdan,   -
deb yozadi Alisher Navoiy, - hamsuxbatlarni va do’st-yoronlarni bu hollardan ogoh
va xabardor qilmoq vojib ko’rindiki, toki ularda har toif
4. Sotsiologiyaning vujudga kelishi uzoq o’tmishlarga taalluqli bo’lib, ilk 
ijtimoiy masalalarini biz qadimgi Xitoy, Hindiston va ayniqsa antik davr, ya`ni 
qadimgi YUnoniston mutafakkirlarning faoliyatlaridan bilamiz. Albatta, bu davr 
mutafakkirlari o’zlarining jamiyat, davlat, insonning ijtimoiy mohiyati haqidagi 
ta`limotlarini o’z falsafiy qarashlarida bayon etib kelganlar. Keyinchalik esa O’rta 
SHarq allomalari Forobiy, Ibn Sino, al-Beruniy, Alisher Navoiy va boshqa ko’plab
buyuk ajdodlarimiz ham bu an`anaga amal qilib, o’z sotsiologik ta`limotlarini 
falsafiy asarlarining bir bo’lagi, qismi sifatida yoritib kelganlar.
CHunki bu davr olimlari o’z falsafiy ta`limotlarini ilmiy asoslab berishlari 
uchun albatta insonning jamiyatdagi ijtimoiy o’rni, ongli faoliyati masalalarini ham
keng yoritib berishlari zarur bo’lgan. Sotsiologiyaning statusi, ya`ni uni falsafa fani
tizimidagi bunday maqomi XIX asrning 30-yillarigacha davom etib keldi. Bu 
vaqtga kelib G’arb davlatlarida kapitalizm tuzumining keskin, shiddatli rivojlanishi
yuz berdi. Sanoat va shaharlarning rivojlanishi Sotsiologiya va ijtimoiy ishdan ham
amaliy natijalarni talab qila boshladi.
Sotsiologiya rivojida Evropaning mo’mtoz olimlari o’zining ulkan hissalirin
qo’shaganlardan   emil   Dyurkgeym,  Maks   Veber   hisoblanadi.   Ular   keng  qamrovli,
klassik fikrlovchi mutafakkirlardir. CHunki ularning g’oyalari ko’p yillardan oldin
faoliyat   ko’rsatayotgan   va   hozirda   ham   davom   etgan   jamiyatni   tushunishimizga
katta   ta`sir   ko’rsatdi.   Ularning   ta`limotlari   faqatgina   sotsiologiya   emas,   balki
boshqa sohalarga ham jumladan ilmiy-siyosiy va tarixga ham katta ta`sir ko’rsatdi.
e.Dyurkem fikricha, Frantsiyadagi ulkan siyosiy qiyin holatlar va din bilan bog’liq
bo’lgan tartibsizliklar antisemitizm kuchayishi tufayli sodir bo’ldi va holat boshqa
dinlar   ichida   ham   yomon   kayfiyat   uyg’otdi.   Dyurkgeym   keyinroq   shu   narsani
yozdiki,   jamiyatda   urf-odatlarning   alohida   maqsadi   bor.   U   ijtimoiy   birdamlik
nazariyasini   ishlab   chiqganlardan   hisoblanadi.   CHunki,   bu   qadriyatlar   guruh a`zolarining   birlashishlariga   Dyurkgeym   fikricha   eng   katta   ta`sirini   ko’rsatadi.
SHuning uchun u ijtimoiy barqarorlikni o’rganishga katta savolni qaratdi. 
Ma`lumki, sotsiolog Marksning ishlari M.Veberga katta ta`sir ko’rsatdi. 
Ammo, Marks jamiyat hayotining asosiy elementi, deb iqtisodni ko’rsa, Veber esa 
nazariyasida jamiyatning uchta asosiy o’lovi deb ta`kidlanadi: iqtisodiy, siyosiy va 
madaniy sohalar. Veber siyosiy qadriyatlar va jamiyat munosabatlari haqida 
kengqamrovli nazariyani ishlab chiqish bilan shug’ullandi. Veber sotsiologiyani 
qadriyatlardan alohida bo’lishiga ishonmadi. chunki sotsiologlarning ta`limotlariga
qadriyatlar har doim ta`sir ko’rsatadi. Veber ta`kidlashicha, sotsiologlar o’z 
ta`limotlarni ishlabchiqishda qadriyatlarning o’z ta`siri borligi e`tirof etadi. 5
5
Margaret L. Andersen ,   Howard F. Taylor . Nortern Kenucky Northern Kentucky University SOCIOLOGIy
2015/  P  15-16 Foydalaniladigan adabiyotlar ro’yxati
 1. Richard T.Shatfer. Sosiology in modules.New York. 2013
3.Margaret Andersen., Hovard F.Taylor. Sosiology. New York. 2013
  4.Sotsiologiya   //Uchebnoe   posobie.   Pod   redak.   d.f.n.   Muxamedovoy   Z.M.   –
Tashkent.: «San`at». 2010
5.Sotsiologiya //Uchebnoe posobie. Pod redak. prof. Lavrenenko V.N. –Moskva.:
«YUNITI». 2012
6.Frolov S.S. Obshaya sotsiologiya.  // Uchebnik.Moskva.: «Prospekt».2012
7.Toshenko J.T. Sotsiologiya.  // Uchebnik.Moskva.: «YUNITI». 2012

Sotsiologiyaning fan sifatida vujudga kelishi va taraqqiyotini asosiy bosqichlari va ob`ekti va predmeti Reja : 1. Platon ning ijtimoiy-siyosiy qarashlari 2. Aristotelningantikdunyofalsafiyfikrtaraqqiyotidatutgano’rni . 3. SHarq mutafakkirlarining ijtimoiy jarayonlar va ijtimoiy jamoalarga bergan bahosi. 4. Sotsiologiyani mustaqil fan sifatida Evropada vujudga kelishi. 5. Zamonaviy sotsiologiyaning predmeti va ob`ekti

1. Antik dunyo olamining «oltin davri». Bu davrdagi sotsiologik qarashlarni ilgari surgan mutafakkirlar qatoriga insoniyatning buyuk daholari Sokrat, Levkipp, Demokrit, Platon, Aristotel’ va boshqalarni kiritish mumkin. Sokratning buyuk shogirdiPlaton ijtimoiy taraqqiyot va inson mavqei xususida bebaho fikrlar bayon etgan. Platon o’zining «Fileb» deb nomlangan asarida insonning ezgulikdan iborat faoliyati quyidagi talablarni bajarish asnosida ro’y berishi aytiladi: 1) ilohiy g’ oya mohiyatini anglash; 2) ilohiy g’ oya talablarini hayotga singdirish; 3) tafakkur va bilimlarga ega bo’lish; 4) ilm va san`atning biror turini egallash, to’ g’ ri fikr qilish masalasiga ega bo’lish; 5) toza, halol hissiyot vositalardan, masalan, musiqa tovushi, tasviriy san`atdan zavq-rohat ola bilish. Platonning uqtirishiga ko’ra, to’ g’ ri fikr qilish malakasiga ega bo’lish deganda biror bir hayotiy voqea tahlili cho g’ ida masalaning avval yaxshilik tomonida ro’y berganligini tushuntirishga intilish, agar bunday tushunishga imkon bo’lmasa, mazkur hodisaning yuz berganligi mohiyatini anglashga intilish, demakdir. Platon ezgulikni anglash - xudoni anglash, ezgulik tabiatiga ega bo’lish esa xudo mohiyatiga tegishli bo’lish, uning uzviy bir qismiga aylanish, deb o’rgatadi. Platon insonning ijtimoiy o’rnini belgilashda har bir kishi dastavval o’z davlatining fuqarosi bo’lishi lozim, deb ta`kidlaydi. Platon murakkab ijtimoiy-siyosiy muhitda yashaganligi sababli ideal davlat qurilishi orzusida yashagan. Uning ezgulik asosiga qurilgan ideal davlat tuzumi quyidagi fazilatlarga ega bo’lishi lozim: 1) donishmandlik; 2) jasorat; 3) har ishda oqilona me`yorni saqlay bilish; 4) adolat. Davlat tizimini uch xil strata - ijtimoiy tabaqa - hukmdorlar, harbiylar va ishlab chiqarishda band bo’lgan mehnatkashlar donishmand boshqaruvchi guruh rahbarligida gormonik tuzumni tashkil etadilar. Platonning davlat haqidagi asarlarida asosiy muammo – bu jamiyat va uning a`zolarini hayotlarini farovonligini oshirish va yaxshilashdir. eng yuksak darajadagi mukammal tuzum va uning xosili bo’lgan farovon davlat to’rta (4) asosiy sifatga ega bo’lishi kerak: 1. Donishmanlik, 2. Jasorat, Z. Sabr-qanoat mezoni, 4. Adolat.

Donishmandlik deb Platon oliy bilimlarni e`tirof etadi, ya`ni davlat xaqida maslaxatlar berish – ichki ishlarlarni yo’naltirish va tashqi munosabatlarga rahbarlik qilishlik. Donishmandlik kamchilikka xos xususiyatdir, aniqrogi faqat faylasufllarga xosdir holos. SHuning uchun jamiyatni faqat faylasuflar boshqarishlari kerak va faqat faylasuf-hokimlar davlatidagina jamiyat farovonlikka erishadi va zolimlik nimaligini bilmaldi» «Agarda shaharlarda faylasuflar hokimlik qilmas ekanlar, yoki bo’lmasa xozirgi rahbarlar xaqiqiy va qoniqarli ravishda falsafa bilan shug’ullanmas ekanlar, davlat sayi harakatlari va falsafa uyg’unlashib ketmas ekanlar davlat uchun ham, odamzot uchun ham yomonlikni keti tugamaydi. Lekin farovonchilikka erishish uchun hokimlar soxta emas, balkim haqiqiy va haqiqatni his qilishni yaxshi ko’radigan faylasuflar bo’lishlari kerak. Platonning davlat haqidagi asarining asosiy maummosi – bu jamiyat, uning a`zolarining faorovon va to’kin-sochinlik hayoti masalalaridir. Uning fikricha mukammal, to’la-to’kis shakllangan davlat quyidagi to’rtta (4) asosiy sifatga ega bo’ladi: 1) Donishmandlik, 2) Jasorat, 3) Sabr-kanoat, 4) Adolat. Donishmandlik deb Platon davlat haqidagi yaxlit xayrli maslaxatlar berishni, bu davlat ichki ishlari bo’yicha yo’nalishlar berish va tashqi ishlarda rahbarlik qilish haqidagi oliy bilimlarni tan oladi. Donishmandik bu jamiyatning ma`lum bir toifasiga hos bo’lgan hislatdir, ya`ni bu hislatga faqatgina hokimlar sazovordirlar. SHuning uchun Platon jamiyatni faqat faylasuf-hokimlar boshqarishlari kerak degan fikrni olg’a suradi, chunki uningcha faqat faylasuf-hokimlar hukmronligi tufayli davlat farovonchilikka va hozirda mavjud bo’lgan zulm barham topadi. O’zining bu fikrlarini Platon quyidagicha izohlaydi: «Qachonki shaharlarda Zamonaviy sotsiologiyaning predmeti va ob`ekti. Fan predmeti – fundamental tushunchalarning mantiqiy o’zaro bog’langan va qarama-qarshi bo’lmagan tizimi hisoblanib, mazkur fanning tadqiqot usullariga yo’naltirilgan ob`ektiv reallik qismini ifodalaydi. Fan predmeti deb ataladigan tushunchalar majmui alohida faktlarni muntazam, takrorlanadigan hodisalar bo’yicha tartibga soladi va tashkil etadi. Sotsiologni tanholigi yoki noyobligi emas, qonuniyligi yoki tipikligi qiziqtiradi.

Sotsiologiya – bu ijtimoiy tizimlar, ularning vazifalari, ijtimoiy tizim va jamoalarning (dunyo, jamiyat, institut, guruh, tashkilot, oila, shaxs) harakatlanish va rivojlanish (faoliyati va o’zaro ta`siri) qonuniyatlari (qonuniyatlar, tendentsiyalar), haqidagi fandir. Sotsiologiya tabiiy va texnik fanlar bilan ko’pgina umumiylikka ega. Mazkur o’zaro munosabatlarning sababi shundaki, sotsiologik bilishning ob`ekti jamiyat hisoblanadi. Biroq «jamiyat» tushunchasini sotsiologiyaning predmeti sifatida dastlabki aniqlash uchun belgilash etarli emas. Jamiyat barcha gumanitar fanlar tadqiqotining ob’ekti hisoblanadi. Tadqiq etuvchining faoliyati yo’naltirilgan barcha narsalar bilish ob`ekti hisoblanadi. Bunga muvofiq ravishda sotsiologiya ob`ekti deganda jamiyatning yaxlit sotsial voqeligi tushuniladi, unda ob`ektiv ijtimoiy hodisalarni ajratishimiz mumkin (ya`ni ijtimoiy munosabatlar, ijtimoiy tashkilotlar, ijtimoiy jamoalar, ijtimoiy jarayonlar, ijtimoiy institutlar, ijtimoiy sub`ektlar). Sotsiologiya predmetlariga shaxs, ijtimoiy guruhlar, jamoa va butun jamiyat faoliyati va rivojlanishi qonun va qonuniyatlari, shuningdek, jamiyatning ijtimoiy hayoti (sotsial sub`ektlarning ijtimoiy mavqelar, rollar, ijtimoiylashuv muammolari bo’yicha o’zaro ta`siri) kiradi. Zamonaviy sotsiologiya predmeti – uzoq vaqt davom etgan tarixiy rivojlanish natijasi bo’lib, ko’plab olimlar avlodlarining mehnatlari mahsulidir, ulardan har biri yangi bilim tamoyillarini qo’shib borgan, yuzaga kelgan vaziyatni ko’rib chiqqan, tanqid qilgan, bahs-munozara olib borgan, yangilik kiritgan, tekshirgan va shu yo’l bilan bugun sotsiologiya predmeti sohasiga kiritilganlarni barchasini elakdan o’tkazgan. Sotsiologiya predmetining bosh sababchisi ikkita tushuncha hisoblanadi - «status» va «rol». Birinchisi jamiyatning statistik, ikkinchisi esa dinamik tasvirini ochib beradi. Insonning guruhdagi yoki jamiyatdagi o’rni, holati status (mavqe) deb ataladi. To’ldirilmagan mavqelarning majmui bizga jamiyatning ijtimoiy tuzilmasini beradi. Ijtimoiy mavqelar ijtimoiy munosabatlar bilan, shaxsiy mavqelar esa shaxslararo munosabatlar bilan bog’liq. Sotsiologiya uchun insonlar qanday shaxsiy munosabatlarga kirishishlari emas, balki ular orasidan qandaydir asosiyroq bo’lgan qarashlar, ya`ni sotsial munosabatlar muhimdir.

Sotsiologiya ijtimoiy guruh va ijtimoiy xulq-atvorni ilmiy o’rganuvchi fan xisoblanadi. SHuningdek ijtimoiy munosabatlarni yoritish ,qanday qilib bu munosabatlar kishilar xulq-atvoriga ta`sir etishi, qanday qilib bu munosabatlar rivojlanadi va o’zgarishi qonuniyatlarini o’rganuvchi fan hisoblanadi. Sotsiologik bilimlarning eng muhim elementi jamiyatdagi shaxsning madaniy normalari va ularga amal qilish o’lchovlarini kabul qilishi va amal qilishi konuniyatlani aniqlaydi. Jamiyatda shaxs ijtimoiy muammolarni boshidan kechiradi va buni tushinib boradi bu sotsiologik tahlil uchun muxim sanaladi. 1 Sotsiologiya empirik fan xisoblanadi. Ijtimoiy xodisalarni tizimli ravishda qayd qilib borishi bilan tadkikod borasida yutuqlarga erishishi mumkin. Sotsiologyada jamiyat borasida axborot to’plashning turlicha usullari majud. Sotsiologiyada tadqiqot olib borish xususiyatlari o’rganilayotgan ob`ekt spesifikasidan kelib chiqib belgilanadi. 2 Jamiyat haqidagi fanlar umumiy tizimida sotsiologiya fani xususiyatiniyatini yuqorida zikr etilgandek tushuntirish, hozirgi zamon sotsiologiyasining predmetini shunday ta`riflashning imkonini beradi: Sotsiologiya jamiyatni murakkab ijtimoiy organizm sifatida o’rganadi. Sotsiologiya jamiyatni mavjud tarkibiy tuzilmalari mohiyati, ularning harakat tendentsiyalari va taraqqiyot qonuniyatlarini sotsial tashkil etilgan tizimda tadqiq etadi. SHuningdek, sotsiologiya asosiy e`tiborni jamiyatni xar xil ijtimoiy va hududiy tuzum bosqichlarida vujudga keladigan keng ma`nodagi insonlararo munosabatlari va jamoatchilik fikrini o’rganishga qaratuvchi fandir. Sotsiologiya fani jamiyatning turli sohalari iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, ma`naviy-axloqiy va boshqa tarmoqlarida tadqiqotlar o’tkazadi. Mamlakatimizda sotsiologiyaning roli ortib bormoqda, bu fanga umumiy qiziqish kuchaymoqda. Buni tushunish mumkin, chunki O’zbekistonda hozir yangi ijtimoiy-siyosiy va ma`naviy iqlim shakllandi. Ijtimoiy hayotning barcha jabxalarida o’zgarishlar kuzatilmoqda, sotsial tarkibda o’zgarishlar qayd qilinmoqda, yangi ijtimoiy institutlar va munosabatlar paydo bo’lmoqda. Vatanimizda sotsiologiya hech qanday to’siqsiz rivojlanish va mustaqil ijtimoiy 1 Sociology in modules.what is sociology? page5- 2 Sociology . The Essential chapter 7