PEDAGOGIKA FAN SIFATIDA. PEDAGOGIKANING ILMIY TADQIQOTLAR METODLARI.DIDAKTIKANING PREDMETI VA VAZIFALARI
PEDAGOGIKA FAN SIFATIDA. PEDAGOGIKANING ILMIY TADQIQOTLAR METODLARI. DIDAKTIKANING PREDMETI VA VAZIFALARI Reja: 1. Pedagogika fanining rivojlanish bosqichlari va maqsad vazifalari 2. Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari. Pedagogik jarayonlarni tadqiq qilishning ustuvor jihatlari. 3. Pedagogika fanining boshqa fanlar bilan o’zaro aloqadorligi va bog’liqligi. Pedagogik fanlar tizimi. 4. Pedagogika fanining ilmiy-tadqiqot metodlari va ularning turkumlari. 5. Didaktika haqida tushuncha. Didaktikaning paydo bo’lish va rivojlanishi. 6 . Umumiy va xususiy didaktikalar va ularning o’zaro aloqalari. 7. Didaktikaning asosiy kategoriyalari: bilim, ko’nikma, malaka, ta’lim, tarbiya, ma’lumot va shaxsni shakllantirish. 8. Hozirgi davrda ta’limning dolzarb muammolari. 9. Ta’lim, o’qitish va mustaqil bilim olish maktab o’quvchilar shaxsini tarbiyalash va rivojlantirishga qaratilgan bir - biri bilan bog’liq jarayon.
Pedagogika fanining rivojlanish bosqichlari va maqsad vazifalari. Pedagogika atamasi qadimiy bo’lib, "bola yetaklovchi" degan ma’noni bildiruvchi grekcha "paydogogos" so’zidan kelib chiqqan. Tarixiy manbalarda ko’rstilishicha, qadimgi Yunonistonda o’z xo’jayinlarining bolalarini sayr qildirgan, ehtiyot qilgan tarbiyachini "pedagog" ("bola yetaklovchi") deb atashgan. Keyinchalik esa bu tushuncha keng ma’noda ishlatilib, maxsus bilimlarni egallagan mutaxassislarga nisbatan qo’llanila boshlandi. Shu bilan birga ta’lim - tarbiya ishlari bilan shug’ullanuvchilar kasb - hunar homiylari sifatida ajralib chiqa boshlaydilar. Ularning ta’lim - tarbiya borasidagi faoliyatlari va to’plagan tajribalaridan o’rinli foydalanishlari PEDAGOGIKA fanini vujudga kelishiga olib keldi. Pedagogikaning rivojiga IX-XVI asrlar (Sharq uyg’onish davri)da yashab ijod etgan Al-Buxoriy, At- Termiziy, Abu Nosir Forobiy, Abu Rayhon Beruniy,Abu Ali ibn Sino, Yusuf Xos Xojib, Mahmud Qoshg’ariy, Ahmad Yassaviy, Bohouddin Naqshbandiy, Mirzo Ulug’bek, Mir Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi buyuk daholar, XIX asrning oxiri XX asr boshlarida Turkistonda jadidchilik harakatining yirik namayondalaridan Abdurauf Fitrat, Mahmudxo’ja Behbudiy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy, Saidahmad Siddiqiylar, Ovro’pa davlatlarining buyuk mutafakkir va pedagog olimlaridan Yan Amos Komenskiy, Jan Jak Russo, I.G. Pestolotssi, Adolf Disterveg, K.D. Ushinskiy, A. S. Makarenko, J. Lokk, Jon. Dyui, Edvard Torndayk, S. T. Shatskiy, B. Blumlar ulkan hissa qo’shdilar. P edagogika fan sifatida shakllanib, takomillashib borib, ta’lim - tarbiyaning maqsad va vazifalari, ularning mazmuni, usullari hamda tashkil etish shakllari haqidagi fanga ay landi.
1.3. chizma Ko’p vaqtlar pedagogika ilmiy fan sifatida faqat o’sib kelayotgan yosh avlodning tarbiyasini o’rganadi, deb qaralgan. Ammo hayot amaliyoti tarbiyasiga emas, balki kattalar tarbiyasiga ham taalluqli ekanligini ko’rsatdi. Shuning uchun ham keyingi paytlarda pedagogikani yosh avlodni va katta yoshdagi odamlarni tarbiyalash va o’qitish, ularga ma’lumot berish qonuniyatlarini o’rganuvchi fan , deb belgilash odatga aylandi. Pedagogikaning ob’ekti asosan o’quvchilar hisoblansa, predmeti esa, o’quvchilarga berilayotgan ta’lim-tarbiya nazariyasi va amaliyoti hisoblanadi. Pedagogika fanining maqsadi: o Respublikamizda komil insonni voyaga yetkazishning bir butun holatdagi muammolarini xal qilish; o Ta’lim-tarbiya samaradorligini tinmay oshirish va Dunyo talablari darajasiga olib chiqish masalalariga ijodiy yondashish; o Umuminsoniy qadriyat va milliy madaniyatning asoslarini e’tiborga olib, ta’lim-tarbiya mazmunini, milliy mafkurani shakllantirib borish imkonini yaratish; Pedagogika fanining predmeti Тa’lim-tarbiyaning zamonaviy qonuniyatlari Тa’lim-tarbiyaning mazmuni Т a’lim-tarbiyaning usullari, vositalari Dunyoning moddiy-ma’naviy rivojida shaxs kamolot uyg’unligi
o Pedagogika-tarbiyashunoslik qoida, qonunlarni ilg’or tajribalar asosida boyitib borish va yangi ish shakllarini izlashga tadbirlar belgilash; o Uzluksiz ta’lim tizimini yanada rivojlashtirish muammolarini hal qilish; o “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ni amalga oshirish. Pedagogika fanining vazifalari: - Sharq va G’arbda xalq yaratgan xalq og’zaki ijodiyoti, pedagogikasi, mutafakkir, ma’rifatparvar, pedagog va olimlarning tarbiyashunoslikka doir ilg’or g’oyalarini o’rganib, tahlil kilib, komil insonni tarbiyalash jarayonini o’rganish; - Komil insonni tarkib toptirishning qonuniyat, qoida va zaruriy sifatlarini aniklash; - Pedagogikadagi ta’lim-tarbiya nazariyasini hozirgi darv xususiy metodikasi bilan uzviylik muammolarini ishlab chikish va yangi pedagogik texnologiya qonunlariga amal qilish; - Ta’lim-tarbiya nazariyasidagi qoida, qonun, tamoyil, metod va usullarini maktab amaliy hayoti bilan bog’lab, bo’lajak O’qituvchilarga urgatish; - Xalq ta’limini boshqarish va rahbarlik masalalarini chuqur o’rganib bo’lajak O’qituvchilarni qanday tayyorlash muammolarini xal qilish. O’zbekiston Respublikasida demokratik, insonparvar hamda huquqiy jamiyatni barpo etish sharoitida mazkur fan yuksak ma’naviy va axloqiy talabalarga javob beruvchi yuqori malakali kadrni tarbiyalash tizimini ishlab chiqish, milliy istiqlol g’oyasi asosida ta’lim va tarbiya nazariyasini ijodiy rivojlantirish vazifasini hal etadi. Mazkur jarayonda quyidagi vazifalar ni bajarishga e’tibor haratiladi: 1. Ma’naviy va axloqiy talabalarga javob beruvchi yuqori malakali kadrni tarbiyalashga yo’naltirilgan pedagogik jarayonning mohiyatini o’rganish. 2. Shaxsni har tomonlama kamol toptirish qonuniyatlarini aniqlash.
3. Ijtimoiy taraqqiyot darajasidan kelib chiqqan holda rivojlangan xorijiy mamlakatlar ta’lim tizimi tajribasini o’rganish asosida uzluksiz ta’lim tizimini takomillashtirish. 4. Ta’lim muassasalari hamda ularda faoliyat olib borayotgan pedagoglar faoliyati mazmunini asoslash. 5. Ilg’or pedagogik tajribalarni umumlashtirish va amaliyotga joriy etish. 6. Pedagoglarni pedagogika nazariyasiga oid bilimlar hamda ta’lim-tarbiya usullari bilan qurollantirish. 7. Ta’lim-tarbiya birligi hamda ijtimoiy tarbiya yo’nalishlari o’rtasidagi o’zaro aloqadorlikni ta’minlashning pedagogik shart-sharoitlarini o’rganish. 8. O’qitish hamda tarbiyalash jarayonining samarali texnologiyalarini yaratish. 9. Oila tarbiyasini muvaffaqiyatli tashkil etish yuzasidan ota- onalar uchun ilmiy-metodik tavsiyalarni ishlab chiqish. Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari. Pedagogik jarayonlarni tadqiq qilishning ustuvor jihatlari. Pedagogikaning asosiy kategoriyalariga ta’lim, tarbiya, ma’lumot, rivojlanish, pedagogik faoliyat, pedagogik jarayon, bilish, o’rgatish, ta’lim-tarbiya metodlari, prinsiplari va boshqalar kiradi. Biz ularni pedagogik tushunchalar ham deb ataymiz. Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari shaxs kamolotini ta’minlash, ta’lim va tarbiya samaradorligiga erishishga haratilgan jarayonlarning umumiy mohiyatini yoritadi. Eng muhim kategoriyalar sirasiga quyidagilar kiradi: shaxs, tarbiya, ta’lim (o’qitish, o’qish), bilim, ko’nikma, malaka, ma’lumot, rivojlanish. Shaxs – psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti- harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulq-atvor va dunyoqarashga ega bo’lgan jamiyat a’zosi.