logo

Pedagogika shaxs tarbiyasi va rivojlanishi to`g`risidagi fan. Ilmiy pedagogik tadqiqotlar metodologiyasi va metodlari

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

297.560546875 KB
Pedagogika  shaxs tarbiyasi va rivojlanishi to`g`risidagi fan. Ilmiy pedagogik
tadqiqotlar metodologiyasi  va metodlari
Reja:
1.    Pedagogika fani va uning asosiy kategoriyalari. 
2.    Pedagogika fanining  paydo  bo‘lishi  va  rivojlanishi.
3.       Pedagogik     fanlar     tizimi.     Ilmiy-pedagogik     tadqiqotlarni     tashkil     etish     va
o‘tkazish. 
4.    Shaxs haqida tushuncha.  Shaxs rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillari.
5.   Shaxs shakllanishining yosh davrlari va ularning o’ziga  х os xususiyatlari    
Milliy   istiqlol   tufayli   taraqqiyotning   barcha   sohalarida   jadal   rivojlanib
borayotgan   mamlakatimizda   yosh   avlodning   bilim   darajasini   jahon   andozalari
talablariga javob beradigan, fan-texnika yangiliklaridan xabardor, mustaqil fikrlay
oladigan,   hayotga   dadillik   bilan   kirisha   oladigan,   tadbirkor,   ma`naviy   jihatdan
barkamol   qilib  voyaga   etkazish  dolzarb  vazifalardan  hisoblanadi.   Bu  esa,   avvalo,
pedagogika   fanini,   ta`lim-tarbiya   tizimini     zamonaviy   texnologiyalar   asosida
takomillashtirishni taqozo etadi.
O`zbekiston   Respublikasining   «Ta`lim   to`g’risida»gi   Qonunida     (1997y.)
ta`lim   davlatimiz   ijtimoiy   taraqqiyoti   sohasida   ustivor   deb   e`lon   qilinishi
pedagogika   fani   zimmasiga   juda   katta   mas`uliyatli     ulug’vor   vazifalarni   yukladi.
Juda   boy   ilmiy,   ma`naviy,   madaniy,   diniy   merosimimizni   qayta   tiklash   ularni
zamon   ruhi   talabi   bilan   uyg’unlashtirib   faqat   shaxsiy,   milliy   manfaat   kasb   etib
qolmasdan   umumjahon   ma`naviy,   ijtimoiy-iqtisodiy   taraqqiyotga   ulkan   hissa
bo`lib qo`shilmoqda.
O`sib   kelayotgan   yosh   avlod   va   ularning   kelajakda   qanday   kasb-hunar
egallashlariga   qarab,   Respublikamiz   kelajagini   tasavvur     qilsa   bo`ladi.   Yoshlar
farovon hayotimiz mezonidir.   Xuddi shu ma`noda yoshlarning ta`lim-tarbiyasiga
jiddiy   e`tibor   bermog’imiz   lozim.   Yoshlar   ta`lim-tarbiyasi   har   bir   ota-onaning,
o`qituvchi-tarbiyachining Vatan oldidagi muqaddas burchidir.
Savol   tug’iladi:   ular   ta`lim-tarbiya   borasida   nima   qilishlari,   qanday   yo`l
tutishlari,   nimaga   e`tibor   berishlari   lozim?   Bu   savollarga   ma`lum   darajada
pedagogika fani javob beradi. Pedagogika fani nima va u qachon paydo bo`lgan?
Mazkur   savolga   javob   berishdan   oldin   tarixiy   manbalarga   murojaat   etaylik.
Manbalarda   yozilishicha   kishilik   jamiyati     paydo   bo`lgach,   ijtimoiy   hayotda
orttirilgan     tajribalarni   quyi   avlodga   o`rgatish   ehtiyoji   tug’ildi.   Tajribalarning
to`planishi   natijasida   ta`lim-tarbiyaning   dastlabki   omillari   vujudga   keldi.   Tabiat,
ijtimoiy hayot haqidagi tajribalar asosida ma`lum bilimlar boyib bordi.
Ta`lim-tarbiya   ishlari   bilan   shug’ullanuvchi   tarbiyachilar   kasb-hunar
homiylari   sifatida   ajralib   chiqa   boshlashdi.   Ularning   ta`lim-tarbiya   borasidagi faoliyatlari va to`plangan tajribalaridan o`rinli foydalanishlari pedagogika fanining
vujudga   kelishiga   olib   keldi.   Shu   asnoda   dastlabki   maktab   ko`rinishidagi
muassasalar   vujudga   keldi,   taraqqiy   etdi.   Shunday   qilib,   pedagogika   ta`lim-
tarbiyaning maqsad va vazifalari, ularning mazmuni, metodlari hamda tashkil etish
shakllari  haqida ma`lumot beruvchi fanga aylandi.
Demak, pedagogika fani o`sib kelayotgan yosh avlodni barkamol inson qilib
tarbiyalash   uchun   ta`lim-tarbiyaning   mazmuni,   umumiy   qonuniyatlari   va   amalga
oshirish  yo`llarini o`rgatuvchi fandir.
Ba`zan,   pedagogika   fa ni ning  nima   keragi   bor?  Pedagogikadan   xabari   yo`q,
lekin bolalarga yaxshi tarbiya bergan insonlar ko`pku? Yoki aksincha, pedagogika
fanini   bilgan   holda   hatto   o`z   bolalarini   risoladagidek   tarbiyalay     olmaganlar
ozmunchami? degan savollar eshitilib  qoladi.
Shuni unutmaslik kerakki, pedagogika fanining yutuqlarisiz jamiyatni olg’a
siljitish g’oyat mashaqqatli kechadi.
Agar   pedagogika   fanidan   xabarsiz   bo`lgan   kishilar   pedagogika   fanini   o`z
vaqtida o`rganib, yutuqlaridan samarali foydalanganlarida bolalarni ham yahshiroq
tarbiyalagan   bo`lur   edilar.   Pedagogikadan   yaxshi   xabardor   kishilar   esa   o`z
bilimlarini   tajribada   ishlata   olmaganliklari   uchun   bolalarni   tarbiyalashda
muvaffaqiyatga erisha olmaganlar.
Pedagogika fanini ham nazariy, ham amaliy jihatdan puxta o`rganish lozim.
Ta`lim   tarbiyadan   ko`zlangan   maqsadni   anglash   va   ular   tizimida   yangi   bilimlar
berish   bolalarni   to`g’ri   tarbiyalash   shartidir.   Bunda   tarbiyachining   beg’araz
mehnati,   bolalarni   sevishi   va   ularga   jon   fido   aylashlari   tarbiya   samaradorligini
ta`minlaydi.
Biroq,   ijtimoiy   jarayonda   to`plangan   tajribalar   tarbiya   mazmunini   tashkil
etsa-da, ularning hammasini yosh avlodga o`rgatishning imkoniyati yo`q edi. Faqat
xalq   ta`limi   tizimiga   kiruvchi   bo`g’inlar   orqali   orttirilgan   tajribaning   muayyan
qismini qamrab olish mumkin edi. Bu   y erda   ham   muammo   tug’ildi.   Hozirgi   kunda   barcha   xildagi   tajriba
shakllari tarbiya mazmunini tashkil  eta oladimi? Yosh avlod tarbiyasiga aloqador
tajribalarni qanday ajratish mumkin? Kim bunday ish bilan shug’ullanadi? 
Tabiiyki,   barcha   xildagi   tajriba   shakllari   ham   tarbiya   mazmunini   tashkil
etavermaydi. Chunki:
-   Birinchidan,   pedagogika,   xususan,   o`zbek   xalq   pedagogikasi   taraqqiyotida
juda   murakkab   bo`lgan   tomonlar   (hatto   bu   murakkablikning   noma`lum   qismlari)
mavjudki,  ularni  yoshlar  daf`atan  o`zlashtira  olmaydilar.  Masalan;   sharq  falsafasi
yoki mutafakkirlarimizning ma`naviy merosini falsafa, tabiiy va gumanitar fanlar,
diniy   manbalardan   yaxshi   xabardor   bo`la   olmaganligimiz   sababli   o`rganishimiz
qiyin kechadi;
-   ikkinchidan,   tarbiyalanuvchilarning   yosh   hususiyatlariga   ko`ra   va     ham
metodik,   ham   moddiy   asosning   etishmasligi   sababli   to`plangan   tajribalarning
hammasini olish imkoniyati yo`q va hokazo. Eng muhimi, jamiyat taraqqiyotining
ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlariga va kelajakda kutiladigan o`zgarishlarni hisobga olib
tarbiya mazmunini shakllantirish darkor.
O`zbek   pedagogikasining   vazifasi   Respublikamizda   yashovchi   turli   millat-
elatlarning   orzu-istaklariga   monand   ta`lim-tarbiyaning   ham   nazariy,   ham   amaliy
muammolarini   milliy   qadriyatlar   asosida   to`g’ri   hal   etib   berishdir.   Bunda   islom
dunyosida   qalam   tebratgan   allomalarimizdan   tortib,   zamondosh   olimu
fuzalolarimizning   ta`limotlaridan   hamohang   ta`lim   tarbiyaga   oid   qirralarini   izlab
topishni taqozo etadi. Yosh-avlod dunyoqarashini shakllantirishda istiqloldan avval
qoralangan   tasavvuf   ilmidan   ham   foydalanish   joiz.   Negaki,   bir   mafkura   yakka
hokimliligiga   endilikda   nuqta   qo`yiladi.   Erkin   fikrlash   tizimi   yosh   avlod   ruhini
tarbiyalashdagi bosh omillardan biridir.
«Pedagogika»   atamasi   «Peyne»-«bola»va   «aygogeyn»-«etaklamoq»   degan
ma`noni bildiruvchi lotincha «paydagogos» so`zlaridan paydo bo`lishi quyidagicha
izohlanadi:   eramizdan   oldingi   I   asrlarda     Gretsiyada,   quldorlarning   bolalalarini
ovqatlantiradigan, sayrga olib boruvchi, tarbiyachi-qullarni «pedagog» deb atalgan.
U   bolalarning   kamolga   yetishiga   mas`ul   bo`lgan.   Quldorning   bolasini   yetaklab maktabga   olib   borgan   va   olib   kelgan.   Maktabda   ishlovchi   o`qituvchilarni
«didaskallar»     (didayko-men   o`qitaman)   deyishgan.   Feodalizm   jamiyatiga   kelib
esa   har   ikki   kasbdagi   kishilar   hamkorligi   natijasida   ta`lim-tarbiya   bilan   maxsus
shug’ullanuvchilar   vujudga   kelgan.   Ularni   chex   pedagogi   Ya.A.Kamenskiy
ta`kidlaganidek,   «pedagog»  deb  nomlaganlar  va  bu  so`z  hozir  ham  ta`lim-tarbiya
beruvchi o`qituvchilarga nisbatan qo`llaniladi.
Har qanday fanning ob’ekti va predmetini farqlash muhim ahamiyatga ega. 
Fanning ob’ekti   -   shu fan tadqiq etadigan   voqe’lik qismi ya’ni, o’rganish
sathi, maydoni hisoblanadi. 
Shu   nuqtai   nazardan,   pedagogika   fanining   ob’ekti-   pedagogik   jarayonda
kechadigan   tarbiyalash,   ta’lim   berish,   rivojlantirish   asosida   shakllanadigan   inson
hisoblanadi. 
Pedagogika   o’zining   ob’ektini   –   rivojlanayotgan,   doimiy   yuksalish
sharoitidagi   insonda   anglaydi.   Bu     inson   doimiy   ravishda   tabiat   hamda   jamiyat
qonuniyatlariga bo’ysunib, ular bilan uyg’unlikda faoliyat ko’rsatadi.
Fanning   predmeti-   ob’ektdagi   bevosita   o’rganiladigan   aniq   soha   bo’lib,   u
o’z xususiyatlari, sifatlari va jihatlariga ega. 
Predmet –   bu tadqiqotchi (sub’ekt) tomonidan mazkur ob’ektda   qo’yilgan
vazifani o’rganish sohasi hisoblanadi.
Pedagogika   fanining   predmeti-   bir   butun   yaxlitlikdagi   pedagogik
jarayonning   qonuniyatlari   va   mohiyati   hisoblanib,   shaxsning   shakllanishi   va
rivojlanishi ushbu jarayonda kechadi.
Lo’nda   qilib   aytganda   pedagogikaning   predmeti   -   inson   rivojlanishini
ta’minlaydigan  pedagogik jarayon dir.
Zamonaviy   pedagogik   jarayon     bir   qator   o’zaro   bog’liqlikdagi   jarayonlar:
o’qitish,   tarbiyalash,   o’z-o’zini   tarbiyalash,   rivojlanish,   ta’lim,   psixologik
tayyorgarlikni o’zida qamrab oladi. 
Zamonaviy     talqinda   pedagogikaning   ob’ekti   bo’lib-pedagogik   jarayon
ishtirokchilarining   o’zaro   ta’siri   hisoblansa,   predmeti   esa-   o’zaro   ta’sirning
maqsadi, mazmuni, yo’llari hamda pedagogik texnologiyalarda o’z aksini topadi.  Pedagogikaning   predmeti   yanada   yaqqolroq   holda   pedagogik
kategoriyalarda namoyon bo’ladi. Ularning eng ahamiyatlilari: pedagogik jarayon,
o’qitish,   tarbiyalash,   o’z-o’zini   tarbiyalash,   pedagogik   printsiplar,   ta’lim   va
tarbiyaning shakl hamda metodlari hisoblanadi.
Pedagogika -insonning butun hayoti davomida rivojlanish vositasi va faktori
sifatidagi  pedagogik  jarayonni  tashkil  etish  va  amalga  oshirishning  qonuniyatlari,
printsiplari, metodlari, vositalari, shakllarini o’rganuvchi fan hisoblanadi.
Pedagogik   nazariyalar   poydevorida   inson   tabiati,   uning   etilishi,   o’sishi,
rivojlanishi haqidagi g’oyalar yotadi.
Umuman   olganda,   Pedagogika   fani   ham   boshqa   fanlar   qatorida   o’zi
o’rganadigan   faoliyat   sohasidagi     hodisalarni   tasvirlash,   tushuntirish,   bashorat
qilish funktsiyalarini  amalga oshiradi. Ammo pedagogika ilmi  ijtimoiy-gumanitar
sohani   o’rganish   asnosida   o’z   alohida   xususiyatlariga   ham   ega.U   o’rganilayotgan
sohani   faqatgina   obektiv   namoyon   qilish   bilan   chegaralanib   qolmaydi.   Undan
pedagogik   voqe’likka   ta’sir   ko’rsatish,   uni   o’zgartirish,   takomillashtirish   talab
qilinadi.   Shu   sababli,   pedagogika   ilmida   ikkita   funktsiya   birlashadi.   Ya’ni   ilmiy-
nazariy   (pedagogik   voqe’likni   o’z   boricha   qabul   qilish),   hamda   konstruktiv-
texnik(pedagogik voqe’lik aslida qanday bo’lishi kerak).
Pedagogika ilmining asosiy xususiyatlari quyidagilardir:
-Ijtimoiylik-pedagogika   ilmi     avvalambor   ijtimoiy   vazifalarni   hal   etishga
yo’naltirilgan va qaratilgan bo’ladi.
-gumanitar-   pedagogika   ilmi   o’z   mohiyatiga   ko’ra   gumanitar   hisoblanib,
insonni o’rganish, uning shaxs sifatida shakllanishi va rivojlanishini o’rganadi.
-  ochiqlilik-   pedagogika  ilmi     boshqa  fanlardan  farqli  o’laroq,  inson   hayoti
va faoliyatining barcha sohalarini qamrab oladi.
Pedagogika quyidagi asosiy muammolarni o’rganadi :
-pedagogik   jarayon   qonuniyatlari   mohiyatini   aniqlash   va   tahlil   etish,
shaxsning   shakllanishi   va   rivojlanishi   hamda   ularning   ta’lim-tarbiyaga   ta’sirini
o’rganish;
-tarbiya, ma’lumot, ta’lim maqsadlarini aniqlash; -tarbiya, ma’lumot, ta’lim  mazmunini ishlab chiqish;
-ta’lim va tarbiya texnologiyalari metodlarini ishlab chiqish va tadqiq qilish.
O’zbekiston   Respublikasida   demokratik,   insonparvar   hamda   huquqiy
jamiyatni   barpo   etish   sharoitida   pedagogika   fani   yuksak   ma’naviy   va   axloqiy
talabalarga   javob   beruvchi   yuqori   malakali,   raqobatbardosh   kadrlarni   tarbiyalash
va voyaga etkazish tizimini ishlab chiqish, milliy istiqlol g’oyasi asosida ta’lim va
tarbiya   nazariyasini   ijodiy   rivojlantirish   vazifasini   hal   etadi.   Mazkur   jarayonda
quyidagi  vazifalar ni bajarishga e’tibor qaratiladi:
                    -Ma’naviy   va   axloqiy  talabalarga   javob   beruvchi   yuqori   malakali   kadrni
tarbiyalashga yo’naltirilgan pedagogik jarayonning mohiyatini o’rganish.
-tarbiya, ta’lim, o’qitish sohasidagi qonuniyatlarni aniqlash, ta’lim va tarbiya
tizimlarini boshqarish;
-ilg’or   pedagogik   faoliyat   tajribasi   hamda   amaliy   faoliyat   natijalarini
o’rganish, umumlashtirish;
-pedagogik   jarayon   va   uning   tuzilishidagi   ijobiy   hamda   salbiy   holatlarni
tahlil qilish;
-zamonaviy   pedagogik   hamda   axborot   texnologiyalarini   amaliyotga   keng
joriy etish;
-ta’lim-tarbiya,   o’qitish   tuzilmalarini   boshqarish   tizimi   uchun   yangi   metod,
shakl va vositalarni ishlab chiqish;
-pedagogik nazariya va amaliyot rivojlanishini bashorat qilish;
-pedagogik tadqiqot natijalarini amaliyotga joriy qilish.
Shuningdek,  elektron  darsliklar   va  kutubxonalar,   ta’lim   saytlarini   yaratish,   davlat
ta’lim   standartlari,   ma’lum   sharoitda   rioya   qilinishi   lozim   bo’lgan   umumiy
qoidalar,   talabalarni   ishlab   chiqish,   avtomatlashgan   o’qitish   tizimlari   va
dasturlarini   joriy   qilish   kabi   vazifalar   ham   pedagogikaning   rivojlanishi   uchun
xizmat qiladi.        
PEDAGOGIKA  FANI NING ASOSIY KATEGORIY A LARI Har   bir   fan   o’zining   tayanch   tushunchalari,   qonuniyatlari,   tamoyillari,
qoidalari   tizimiga   ega.   Aynan   mana   shu   holat   uning   fan   sifatida   e’tirof   etilishini
kafolatlaydi. 
Insonshunoslik   fanlari   tizimida   pedagogika   faning   o’ziga   xos   xususiyati
shundan   iboratki,   u   shaxsni   shakllantirish   va   rivojlantirish   uchun   tarbiya,   ta’lim,
ma’lumot   qonuniyatlarini   o’rganadi   va   ularning   yaxlitligini,   uyg’unligini
ta’minlash   uchun   pedagogik   shart   sharoitlar   yaratadi.   Shu   bois   pedagogika
fanining asosiy tushunchalari (kategoriyalari) tarbiya, ta’lim, ma’lumotdir.
Fanning mohiyatini ochib beruvchi asosiy tusuncha, atamalar kategoriya deb
ataladi.
Tarbiya-   aniq   maqsadga   yo’naltirilgan   ta’sir     hisoblanib,     ijtimoiy-tarixiy
tajriba   asosida   yosh   avlodni   har   tomonlama   o’stirish,   uning   ongi,   xulq-atvori   va
dunyoqarashini tarkib toptirishga yo’naltirilgan jarayondir.
Tarbiya   jarayonida   insonda   alohida   xususiyatlar,   qarashlar,   fikrlar
rivojlanishi bilan bir qatorda, unining intellekti(aqliy qobiliyati),   jismoniy hamda
ruhiy  sifatlarini   tarkib  toptirish  amalga   oshiriladi.  Tarbiya  inson  ma’naviy  olami-
ko’zgusidir.
Tarbiya   xakida   pedagogik   nuktai   nazardan   keng   ma’no   beradigan   bo’lsak,
ta’lim   tarbiya   muassalari   tizimida   amalga   oshiriladigan   butun   o’quv   tarbiya
jarayonining   biror   maqsadni   amalga   oshirish   uchun   oldindan   tashkil   etilgan
faoliyat tushuniladi.
  Milliy   mustakillik   tarbiyasining   maqsadi   mehnat   va   ijtimoiy   faoliyatga,
Vatan   himoyasiga   tayyor   bo’lgan,   barkamol   shaxsni   tarkib   toptirishdan   iborat.
Zero,  «Yurtiga  Vataniga  muhabbat, insonparvarlik  tuyg’ulari, xalqimizning  qon -
qoniga singib ketgan azaliy xususiyatdir. Ana shu noyob insoniy fazilatlarni asrab -
avaylab   va   yanada   takomillashtirish,   farzandlarimizni   ozod   va   demokratik
O’zbekistonning   munosib   o’g’il   -   qizlari   etib   tarbiyalash   masalasi   ma’naviyat
soxasidagi ishlarimizning asosiy yo’nalishini, tashkil etmog’i kerak» 1
. 
1
  Каримов   И.А   Ўзбекистоннинг   сиёсий   ва   ижтимоий   истикболининг   асосий
тамойиллари Т. «Ўзбекистон», 1995, 51 бет. Ikkinchi   asosiy   pedagogik   kategoriya   -   ta’lim   ya’ni   o’qitish,   bilim   berish,
ko’nikma,   malakalar   bilan   qurollantirish   tushunchasidir.   O’qitish   o’qituvchi   bilan
o’quvchilarning   o’zaro   munosabatidan   iborat   bo’lgan,   aniq   maqsadga   karatilgan
jarayondir.   Ta’lim   jarayonida   o’quvchilar,   o’qituvchi   boshchiligida   insoniyat
tomonidan   yaratilgan,   hayot   uchun,   kelajak   faoliyati   uchun   zarur   bo’lgan   ilmlar
bilan   qurollanadilar,   amaliy   ko’nikma   va   malakalarga   ega   bo’ladilar.   Ta’lim
jarayonining   o’ziga   xos   xususiyatlardan   yana   biri   shundan   iboratki,   bu   jarayonda
ijodiy tafakkur rivojlanishi, intellektual qobiliyatlarni jadal o’sishi, mustaqil bilim
olishi  uchun  imkoniyatlar   yaratiladi.  Agar  bu  jarayon  o’qituvchi   va  o’quvchining
faolligi   asosida   tashkil   etilmasa   o’qishdan   kutilgan   maqsadga   erishib   bo’lmaydi.
O’qituvchi   bu   jarayonda   faqat   ma’lumotlar   bayon   qilish,   o’zlashtirish   jarayonini
boshqarish   bilan  cheklanmay,   o’quvchilar   o’quv-biluv   faoliyatlarini   tashkilotchisi
bo’lishi kerak.
Asosiy   pedagogik   kategoriyadan   yana   biri   ma’lumot   tushunchasidir.
Ma’lumot-   ta’lim   tarbiya   jarayonining   natijasi   orqali   egallangan   bilim,   ko’nikma
malakalar   yig’indisi   va   shakllangan   dunyoqarashlar   majmuidir.   Ma’lumot
olishning   to’g’ri   va   ishonchli   yo’li   davlat   ta’lim   standartlari   bo’yicha   bilim
beradigan,   aniq   rejalar,   dasturlar   asosida   o’quv   yurtlarida   tashkil   kilinadigan
ta’lim-tarbiya jarayonidir. Ma’lumot ta’lim tarbiya natijasidir.
Xullas,   pedagogikaning   asosiy   kategoriyalari   tarbiya,   ta’lim,   ma’lumot
jarayonida o’quvchilar ma’naviy axloqiy yuksaklikka erishadilar, qo’lga kiritilgan
ilmiy   bilimlar   yordamida   o’z   dunyokarashlarini   shakllantiradilar,   intelektual
qobiliyatlari,   ijodiy   tafakkurlari,   aqliy   faolliklarini   namoyon   qiladilar,   jismoniy
kuchlarini rivojlantiradilar.
Hozirgi   vaqtda   pedagogika   bir   nechta   tarmoqlarga   bo`lingan.   Jumladan,
umumiy   pedagogika   (maktab   yoshidagi   o`quvchilarni   tarbiyalash   va   o`qitish
haqida   bahs   yuritadi),   maktabgacha   tarbiya   pedagogikasi   (maktabgacha   yoshdagi
bolalarni   tarbiyalash   muammolari   bilan   shug’ullanadi),   madaniy-oqartuv
pedagogikasi   (madaniy-ma`rifiy   ishlarni   boshqarish   muammolarini   o`rganadi),
harbiy pedagogika (armiya sardorlari va o`quvchilarini vatanimizning shon-sharafi va or-nomusi uchun yetuk kurashchi, harbiy qurol-yarog’lardan samarali foydalana
oladigan yoshlarni tarbiyalash yo`nalishida) kabi tizim-tarmoqlari mavjuddir.
Pedagogika   faqat   sog’lom   o`quvchilarning   ta`lim-tarbiyasi   bilangina   emas,
balki shaxsida qusuri bor bolalar ta`lim- tarbiyasi bilan ham shug’ullanadi. Bunday
tarmoqlarni     maxsus   pedagogika   tizimiga   oligofrenopedagogika   (aqliy   jihatdan
orqada qolgan bolalarga ta`lim-tarbiya berish), tiflopedagogika (ko`zi ojiz bolalarni
tarbiyalash), surdopedagogika (kar-soqov bolalarni tarbiyalash) kabi fanlar kiradi.
O`zbekiston   mustaqilikka   erishgandan   so`ng   o`z   tarixini,   jumladan
pedagogika   tarixini   o`rganish   uchun   keng   yo`l   ochildi.   O`tmishdagi     pedagogik
tafakkur   daholarining   shuhratini   tiklash,   ularning   g’oyalarini   hayotga   tadbiq
etishdek   ulug’   ishlar   amalga   oshirilmoqda.   Darhaqiqat,   ota-bobolarimiz   yosh
avlodni komil inson qilib tarbiyalashga alohida e`tibor berganlar. 
Pedagogika  fanining ilmiy – tadqiqot metodlari
Har qanday fan o`zining ilmiy-tadqiqot metodlariga ega. Bu metodlari orqali
o`z mazmunini boyitib, yangilab boradi.
Hayotda va ob`ektiv dunyoni bilish nazariyasida nimani o`rgatish va qanday
o`rgatish kerak, kimni va qanday tarbiyalash lozim degan masalalar mavjud bo`lib,
ular o`zaro bog’liqdir.
Nima   qilish   kerak   va   qanday   amalga   oshirish   lozim   degan   muammolar
o`rtasida dialektik birlik mavjuddir.
Pedagogika   o`z   mazmunini   boyitish   va   yangilash   maqsadida   mavjud
pedagogik hodisa va jarayonlarni uning maqsadi va vazifalariga muvofiq keladigan
metodlari  bilan  o`rganadi.  Shu  ma`noda  pedagogikaning   ilmiy-tadqiqot   metodlari
deganimizda   yosh   avlodni   tarbiyalash,   bilimli   qilish   va   o`qitishning   real
jarayonlariga   xos   bo`lgan   ichki   aloqa   va   munosabatlarni   tekshirish,   bilish
metodlari, uslublari va vositalari majmuini tushunamiz.
Pedagogika   o`qitish,   bilim   berish,   tarbiyalash   jarayonlarini   va   ularning
mohiyatini quyidagicha o`rganish-bilishni nazarda tutadi:  1) ularning umumiy aloqasi, bir-birini taqozo etishi va o`zaro ta`sir jarayonida
bolalarni   o`qitish   va   tarbiyalash,   fan,   madaniyat,   ahloq   va   san`at,   ta`lim   va
tarbiyaning qayerda amalga oshirilishidan qat`iy nazar uzviy aloqada bo`lishi;
2)   ularning   to`xtovsiz   harakati,   o`zgarishi   va     taraqqiy       etish       jarayonida
vujudga   keladigan   o`qitish   va     tarbiyalash         vazifalari,   metodlarining   o`zgarishi,
hamma bolalarni bir xil andozada o`qitish va tarbiyalash mumkin emasligi; 
3)   bolalarning   o`sishida   ularning   o`ziga   xos   hususiyatlarini         hisobga   olish,
aqliy va hulqiy faoliyat, so`z va ish birligi mezonlariga tayanish;
4)   bolalar   kamolotiga   ta`sir   etuvchi   an`ana,   urf-odatlar,   ular         o`rtasidagi
tafovutlarni     bilish,       aniqlash     asosida       yaxshi     bilan     yomon,   eskilik     bilan
yangilik, o`rtasida yuz beradigan nizolarni hisobga olish, o`zaro tanqid va hokazo;
Pedagogikaning   ilmiy-tadqiqot   metodlari   qanchalik   mukammal,   aqlga
muvofiq,   to`g’ri   tanlansa   ta`lim-tarbiya   mazmunni   yangilash   va   takomillashtirish
shu darajada yaxshilanadi, pedagogika fani ham boyib boradi. 
     Hozirgacha mavjud va ishlab chiqilgan quyidagi ilmiy tadqiqot  metodlariga
tayanib fikr yuritsa bo`ladi: 1) kuzatish metodi; 2) suhbat metodi; 3) bolalar ijodini
o`rganish metodi; 4) test, so`rovnomalar metodi; 5) maktab hujjatlarini tahlil qilish
metodi;   6)   eksperiment-tajriba   sinov   metodi;   7)   statistika   ma`lumotlarini   tahlil
qilish metodi; 8) matematika-kibernetika metodi;
Kuzatish metodi
Pedagogikaning   kuzatish   metodi   ta`lim-tarbiya   jarayonlarining   amaldagi
holati bilan tanishtiradi, ularning oqibat natijalarini bilishga yordam beradi va shu
asnoda   yaratilgan   yangi   kashfiyotlar   uchun   dalillar,   omillar   yig’ish   imkonini
tug’diradi. Bu metodni qo`llanish jarayoni ancha murakkab bo`lib, nazarda tutilgan
maqsad   qanday   amalga   oshayotganligini   aniqlash,   o`qituvchi   va   o`quvchilarning
o`zaro aloqalari, individual farqlarini qiyoslash uchun ham qo`llaniladi.
Tajribalarning ko`rsatishicha, maqsad asosidagi kuzatuv ma`lum reja asosida
yig’ilgan   dalillarni   haqiqiy   tahlil   qilish,   qiyoslash   asosida   tashkil   etilsagina
samarali bo`ladi. Kuzatishlar   faqat   oddiy   hodisalarni   kuzatish,   ayrim   dalillarni   yig’ish,
hisobga olish, aniqlash uchungina emas, balki ta`lim-tarbiya jarayonini yaxshilash
va mukammallashtirish maqsadida amalga  oshiriladi.
Odatda  pedagogik  kuzatish  orqali   o`quvchilarning  fanlarni  o`zlashtirishlari,
ularning   xulq-atvori   va   muomalalaridagi   o`zgarishlarni   hisobga   olish   va   tegishli
ta`limiy-tarbiyaviy ta`sir ko`rsatish yo`llarini belgilash uchun qo`llaniladi.
Ilmiy   kuzatishlar   esa   nafaqat   o`quvchilarning   tabiiy   faoliyatini,   balki
ularning   ilmiy   dunyoqarashlarini   shakllanishi,   fikrlash   jarayoni   kuchi,   xulosalar
chiqarishdagi   faolliklarini   aniqlaydi,   ularni   tahlil   etadi   va   tegishli   xulosalar
chiqarishga   imkoniyat   tug’diradi.   Bunday   kuzatishlar   pedagogika   fani
mazmuninining boyishiga sabab bo`ladi.
Suhbat metodi
Ta`lim-tarbiya   jarayonini   yaxshilash   yoki   yaratilgan   ilmiy   farazlarning
qanchalik   to`g’ri   ekanligini   aniqlash   maqsadida   suhbat   metodidan   foydalaniladi.
Odatda, suhbat metodi maktab o`qituvchilar va o`quvchilar jamoasi bilan, ota-ona
va   keng   jamoatchilik   bilan   yakka   va   guruhli   tartibda   ish   olib   borilganda
qo`llaniladi.   Bunda   suhbat   metodini   tadbiq   etishdan   oldin   maqsadli   reja   tuziladi,
amalga   oshirish   yo`llari   belgilanadi,   natijalar   tahlil   qilinadi   va   tegishli   xulosa
chiqariladi. Shuningdek, tadqiqotchining suhbat olib borish va uni kerakli tomonga
yo`naltira   olishni   bilishi,   suhbatdoshining   ruhiy   holatiga   qarab   suhbat   ohangini
moslashtira bilishi g’oyat muhimdir. Bunda: 
1) suhbat uchun oldindan savol tuzish; 
2) vaqti va o`tkazish joyini belgilash;
3) suhbat ishtirokchilarining soni va kasblaridan xabardor bo`lishi; 
4) suhbat uchun qulay sharoit va erkin gaplashish imkonini yaratish;
5) mahmadona va bachkana bo`lmaslik;
6)suhbatdoshning kimligini, harakter hususiyatini esdan chiqarmaslik;
7)   suhbat   natijalarini   zudlik   bilan   tahlil   qilish,   qiyoslash,   tegishli   xulosa
chiqarish,   lozim   bo`lsa   qo`shimchalar   kiritish   va   maktab   hayotiga   tadbiq   etish
pedagogik jihatdan qimmatlidir. Bolalar ijodini o`rganish metodi
Pedagogik tadqiqot metodlari ichida bolalar ijodini tabiiy holatda o`rganish
va ilmiy xulosalar chiqarish metodi mavjud. Bunda maktab o`quvchilarning o`ziga
xos   individual   tartibdagi   faoliyatlariga   doir   ma`lumotlar   tahlil   qilinadi,   xulosalar
chiqariladi.   Maqsad   O`zbekiston   yoshlarining   tipik   obrazlari   va   ularda   ijobiy
xislatlarni  shakllantirishdir. Shu sababli  yoshlarning turli  yozma daftarlari, tutgan
kundaliklari,   yozgan   xatlari,   she`r   va   hikoyalari,   hayotiy   rejalari,   insholari,   turli
yozma hisobotlari bolalar ijodini o`rganish uchun manba bo`lib xizmat qiladi.
Oqibatda,   maktab   o`quvchilari   orasidan   etishib   chiqayotgan   qobiliyatli,
iste`dodli   yoshlarni   ertaroq   aniqlash,   ularning   iste`dodlarining   namoyon   bo`lishi
uchun   reja   va   sharoitlar   yaratish   imkoni   yaratiladi.   Odatda,   bolalar   ijodini
o`rganish   manbai   ko`p   bo`lib,   ular:   fan   olimpiadalari,   mavzular   bo`yicha
konkurslar,   maktablar   bo`yicha   ko`rgazmalar,   musobaqalar,   ekskursiyalar   va
sayllar va hokazo.
Test, so`rovnomalar metodi
Pedagogik   ilmiy-tadqiqot   metodlari   ichida   yetakchi   metod   so`rovnoma   va
test   savollardan   foydalanishdir.   So`rovnoma-anketa   (fransuzcha   "tekshirish"
ma`nosini   bildiradi)   metodi   qo`llanilganda   yaratilgan   ilmiy   farazning   yangiligini
bilish, aniqlash, o`quvchilarning yakka yoki guruhli fikrlarini, qarashlarini, qanday
kasblarga   qiziqishlarini,   kelajak   orzu-istaklarini   bilish   va   tegishli   xulosalar
chiqarish, tavsiyalar berish maqsadida o`tkaziladi.
O`zbekiston,   ta`bir   joiz   bo`lsa   Markaziy   Osiyoda   birinchi   bo`lib   test
metodini   maktab,   oliy   va   o`rta   maxsus   ta`lim   tizimiga   tadbiq       etdi.     Test
sinovlaridan     ko`zlangan       maqsad   oz   vaqt   ichida   o`quvchilarning   bilimlarini
yoppasiga aniqlash, baholashdir.
Bunda   test   savollarini   qanchalik   aniqlik   va   aql   bilan,   fikrlash   jarayoniga
zarar   teg’laydigan   qilib   tuzish   ahamiyatli   ekanligini   nazarda   tutish   lozim.   Test
savollarining o`rni va ularni mazmunan rang-barang qilib tuzilishi, o`quvchilarning
mustaqil fikrlarini o`stiradi, kelajakni real baholash imkonini beradi.
Maktab hujjatlarini tahlil qilish metodi Respublikamiz   rahbariyatining   xalq   ta`limi   yuzasidan   qabul   qilingan   qaror
va   yo`l-yo`riqlari   asosida   maktabda   bajarilgan   va   bajarilayotgan   ta`lim-tarbiya
ishlarini yuritilgan hujjatlar orqali aniqlash metodi ham mavjuddir.
Maktab   hujjatlarini   tekshirish   orqali   o`qituvchilar   va   o`quvchilar   jamoasi,
ularning pedagogik faoliyati haqida aniq  ma`lumotlar olinadi.
Umuman,   maktab   hujjatlari   deyilganda;   o`qituvchi   va   o`quvchilarning   soni
va   sifati;   o`quvchilarning   shaxsiy   hujjatlari,   sinf   jurnallari,   kundalik   daftarlari,
buyruq   daftarlari,   pedagoglar   kengashining   qarorlari   daftari,   maktabning   rejadagi
pul   hisobi   va   uning   sarflanishiga   doir   hujjatlar,   turli   inventarlar   daftari   va
boshqalar tushuniladi.
Maktab   hujjatlarini   tahlil   qilishda   o`quvchilarning   umumiy   miqdori,   uning
o`sishi   yoki   kamayish   sabablari   tavsifi,   o`quvchilarning   fanlar   bo`yicha
o`zlashtirish darajasiga, sinfda qolishning oldini olish, rag’batlantirish va jazolash
choralari, turlariga, maktabning moddiy bazasiga e`tibor beriladi.
Ularni   tahlil   qilish,   hisobotlarni   ko`zdan   kechirish,   to`g’ri   yoki
noto`g’riligini   aniqlash,   o`quvchilar   faolliklarining   o`sishi   bilan   taqqoslash,ilg’or
pedagogik tajribalarning umumlashtirilishi va joriy etilishi va nihoyat, o`qituvchi-
tarbiyachilarning   ilmiy-pedagogik   faoliyatlarini       tekshirish,       tegishli       chora,
tadbirlar   belgilash   maqsadida o`tkaziladi.
Eksperiment-tajriba sinov  metodi
"Eksperiment"   so`zi   lotincha   "sinab   ko`rish",   "tajriba   qilib   ko`rish"
ma`nosini anglatadi.
Odatda eksperimental-tajriba ishlari ta`lim-tarbiya jarayoniga aloqador ilmiy
faraz   yoki   amaliy   ishlarning   tadbiqi   jarayonlarini   tekshirish,   aniqlash   maqsadida
o`tkaziladi. Bunda ham ilmiy farazlarning didaktik yoki amaliy ahamiyatiga e`tibor
beriladi.
O`tkaziladigan tajriba ishlari ta`lim va tarbiya o`rtasidagi qonuniy aloqalarni
aniqlash, natijalarni hisobga olish asosida yangi metodlarni tadbiq etishga, ta`lim- tarbiya samaraligini oshirishga qaratiladi. Shuningdek, ta`lim-tarbiya jarayonining
borishini, tuzilishi va natijalarini oldindan ko`ra bilish imkoniyatini beradi.
Eksperiment metodi sharoitga qarab 3 xilda o`tkaziladi: 
1)   t abiiy eksperiment; 
2)   l aboratoriya eksperimenti;
3)  amaliy  tajriba.
Pedagogik   eksperiment   o`z   mazmuniga   ko`ra   didaktik,   tarbiyaviy,
maktab s hunoslik muammolari yuzasidan o`tkaziladi.
Pedagogik   eksperiment   tajriba   ishlarini   o`tkazishda   quyidagi   talablar
mavjud:
1)     i shning     aniq,         ilmiy         jihatdan         asoslangan         farazini         aniqlash   va
kutilishi lozim bo`lgan natija uchun reja belgilash lozim. 
2)  ilmiy ish   yoki    pedagogik   faoliyat    uchun   aniq ob`ekt   belgilash, amalga
oshirish borasida qo`shimcha metodlarni aniqlash. 
3)   t ajriba ishi o`tkazish vaqtini va muddatini belgilash.
4)   tajriba   uchun   lozim   bo`lgan   asbob-uskuna   va   boshqa   hokazolarning   tayyor
turishi;
4) eksperiment   natijalarini   zudlik   bilan   tahlil   qilish   va   tegishli   xulosa
chiqarish va tavsiyalar berish kerak.
Statistika ma`lumotlarini tahlil qilish metodi
Pedagogik   tadqiqot   statistika   ma`lumotlarisiz,   ularning   tahlilisiz   o`zligini
namoyon   eta   olmaydi.   Chunki   nafaqat   ilmiy   izlanishlar   borasidagi,   balki   xalq
ta`limi   sohasidagi,   jumladan,   ajratilgan   mablag’larning   oshirilishi,   xalq   ta`limi
muassasalarinng   doimo   o`sib   borishi,   darslik   va   o`quv   qo`llanmalari,   xo`jalik
shartnomalari   va   ulardan   tushayotgan   mablag’larni   statistika   metodi   orqali
aniqlanadi.
Respublikamizning   deyarli   barcha   ta`lim-tarbiya   muassasalari   statistika
ma`lumotlari bilan qurollangan, kelajak rivojlanish rejalariga ega.
Respublikamizning   mustaqil   bo`lguniga   qadar   statistika   sohasidagi
chalkashliklar,   atayin   ortirib,   qo`shib   yozishlar   xalq   ta`limi   tizimida   ham   mavjud edi. Ularning nazorati bo`shligi va ob`ektiv emasligi xalq ta`limi sohasidagi chuqur
islohot   o`tkazilishiga   olib   keldi.   Demak,   statistik   ma`lumot   aniq,   hayotiy   bo`lsa
bajarilayotgan ta`lim-tarbiya yoki ilmiy tadqiqotning qimmati yuqori bo`ladi. 
      Shaxs haqida tushuncha.  Shaxs rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillari.
Dunyoga   kelgan   go’dak   ma’lum   yoshga   qadar   individ   hisoblanadi.   “Individ”
lotincha   "individium"   so’zidan   kelib   chiqqan   bo’lib,   “bo’linmas”,   “alohida”,
"yagona"   ma’nolarini   anglatadi.   Individ   biologik   turga   kiruvchi   alohida   tirik
mavjudotdir.
Shaxsning shakllanishida harakat o’ziga hos omil sanaladi. Go’dak (chaqaloq)
ham   turli   harakatlarni   qiladi.   Biroq,   bu   harakatlar   keyinchalik   shartli   reflekslar
bo’lib,   ongli   ravishda   emas,   balki   shartsiz   va   shartli   qo’zg’atuvchilarga   javob
tarzida yuz beradi. Go’dakda   nutqning   hosil   bo’lishi,   shuningdek,   uning   tomonidan   tashkil
etilayotgan   harakatlar   ongli   ravishda   sodir   bo’la   boshlanishi   va   albatta,   ijtimoiy
munosabatlar   jarayonidagi   ishtirokining   ro’y   berishi   Shaxs   shakllanishining
dastlabki bosqichi hisoblanadi.
Shaxs deganda muayyan jamiyatning a’zosi tushuniladi. Odam-inson individi
Shaxsga aylanmoo’i uchun ruhiy jihatdan taraqqiy etgan, o’z hususiyati va sifatlari
bilan boshqalardan farq qilishi lozim. 
Har bir odam Shaxs sifatida turlicha namoyon bo’ladi. U o’zining hususiyati,
qiziqishi,   qobiliyati,   aqliy   jihatdan   rivojlanganlik   darajasi,   ehtiyoji,   mehnat
faoliyatiga  munosabati  bilan boshqalardan  farqlanadi. Bular  Shaxsning  o’ziga hos
hususiyatlari bo’lib, mazkur hususiyatlari rivojlanib ma’lum bir bosqichga etsagina
u   kamol   topgan   Shaxs   sifatida   namoyon   bo’ladi.   Shaxs   ijtimoiy   munosabatlar
jarayonida qaror topadi.
Shaxsning   rivojlanishi   avvalo   unda   Shaxsiy   hislatlarning   shakllanishi   bilan
boshlanadi.   Rivojlanishi   o’zida   Shaxsning   jismoniy,   aqliy   va   boshqa   hislatlarning
takomilini namoyon etadigan jarayon bo’lib, bunday hislatlarning tuo’ma, ba’zilari
keyinchalik erishgan bo’ladi.
Shaxs nomini olish uchun nimalar kerak?- degan savolning tug’ilishi tabiiydir.
Odam   ijtimoiy   mavjudot   sifatidan   Shaxsga   aylanishi   uchun   unga   ijtimoiy   -
iqtisodiy   hayot   sharoitlari   muhit   va   tarbiya   kerak   bo’ladi.   Ana   shular   hamda
Shaxsning   nasliy   hususiyatlarining   takomillashib   borishi   odamning   rivojlanishi,
Shaxs sifatida namoyon bo’lishini ta’minlaydi.
Odam bolasining Shaxs sifatida rivojlanishini, uning har tomonlama kamolga
etishi uchun pedagogika fani Shaxs rivojlanishining umumiy qonuniyatlarini, unga
ta’sir   etadigan   omillarni,   rivojlanish   jarayoniga   aloqador   bosqichlarni   aniqlashi
kerak.   SHuningdek,   bola   Shaxsining   rivojlanishida   faoliyatining   o’rni   va
ahamiyatini ham o’rganishi lozim.
Biz   yuqorida   “rivojlanish”   tushunchasini   juda   ko’p   ishlatdik.   Endi   ushbu
tushunchaga   atroflicha   yondoshib,   ta’rif   berishga   harakat   qilaylik.   Odam   biologik
mavjudot sanaladi, tabiiy, biologik va ijtimoiy qonuniyatlarga bevosita bo’ysunadi. Boshqacha   qilib   aytganda,   Shaxs,   inson   tirik   organizmdir,   shu   sababli   uning
hayoti   biologiyaning   umumiy   qonunlariga,   yoshlar   anatomiyasi   va
fiziologiyasining   mahsus   qonunlariga   bo’ysunadi.   Bulardan   tashqari   odamning
komil   inson   bo’lib   etishuvida   aniq   maqsad   asosida   tashkil   etilgan   hatti-harakat,
iroda   sifatlarining   kamol   topishi   asosida   ayrim   nuqsonlarning   bartaraf   etilishi
qiyinchiliklarni engib o’tishga bo’lgan ishonchi ham muhim ahamiyatga egadir.
Ma’lumki, hayoti davomida inson jismoniy va psihik jihatdan o’zgarib boradi.
Lekin bolalik, o’smirlik va o’spirinlik davrida rivojlanish nihoyatda kuchli bo’ladi.
Bola   mana   shu   yillarda   ham   jismoniy,   ham   ruhiy   jihatdan   o’sishi,   o’zgarishi
tufayli Shaxs sifatida kamolga etadi, bunda berilayotgan tarbiya maqsadga muvofiq
ta’sir   etishi   natijasida  bola  jamiyat  a’zosi   sifatida  kamol  topib, murakkab  ijtimoiy
munosabatlar sistemasida o’ziga munosib o’rin egallaydi. 
Anatomik   va   fiziologik   harakterdagi   o’zgarishlar   jismoniy   rivojlanishga
taalluqlidir.   Odam   bo’yining   o’sishi,   gavda   oo’irligining   ortib   borishi,   gavda
tuzilishining   o’zgarishi,   qon   bosimi,   o’pka   sio’imi,   tayanch-harakat   apparatining
holati va boshqalar jismoniy rivojlanish ko’rsatkichlaridir.
Ruhiy jarayonlar va bola ruhiyatidagi o’zgarishlar, chunonchi, diqqat va hotira
darajasi, tafakkur hususiyatlari, so’z boyligi hamda nutqning rivojlanganlik darajasi
va boshqalar ruhiy rivojlanishga taalluqlidir.
Shaxs   rivojlanishida   u   yoki   bu   faoliyat   turlari   (o’yin,   o’qish,   mehnat   va
boshqalar)ning   turli   yoshdagi   faoliyatlar   mazmuni   (maqsadga   yo’naltirilganlik,
harakatning ongli, rejali bo’lishi, ularning samaradorligi va h.k) shuningdek, aloqa,
muomala   hamda   kishilar   o’rtasidagi   ijtimoiy   munosabatlar   mazmuni,   ijtimoiy-
ahloqiy me’yorlarga bo’ysunish, ijtimoiy burchni anglash, unga nisbatan mas’ullik
kabi hususiyatlar ham muhim ahamiyatga ega bo’ladi.
Shaxsning shakllanishida Shaxsiy hislat va sifatlarning rivojlanib, taraqqiy etib
borishi   muhim   o’rin   tutadi.   Shaxs   sifatlarini   to’o’ri   aniqlash   uchun   turli
munosabatlar jarayonida uni o’rganish maqsadga muvofiqdir.
Bugungi   kunda   ta’lim-tarbiya   tizimi   kadrlarning   yangi   avlodi   tafakkurini,
ongini   shakllantirishga   hizmat   qiladigan   zarur   bir   soha   sifatida   namoyon bo’layotgan   ekan,   Shaxs   ta’rifi   ham   birmuncha   oydinlashadi.   Kadrlar   tayyorlash
milliy modelining tarkibiy qismiga kirgan "Shaxs" quyidagicha ta’riflanadi:
Shaxs   -   kadrlar   tayyorlash   tizimining   bosh   sub’ekti   va   ob’ekti,   ta’lim
sohasidagi hizmatlarning iste’molchisi va ularni amalga oshiruvchisi.
Demak,   Shaxs   -   ijtimoiy   munosabatlar   mahsuli   bo’lib,   ongli   faoliyat   bilan
shuo’ullanuvchi ijtimoiy mavjudot sifatida jamiyatda o’z o’rni bor.
Shaxsning   rivojlanishi   esa   barcha   tuo’ma   va   hosil   qilingan   hususiyatlar:
organizmning anatomik tuzilishi, fiziologik va psihologik hususiyatlar, faoliyat va
hatti-harakatning miqdoriy va sifati o’zgarish jarayonidir.
Shaxs rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillari.
Inson   hayot   ekan,   butun   umri   davomida   o’sib,   rivojlanib,   o’zgarib   boradi.
Bolalik,   o’smirlik   va   o’spirinlik   yillarida   Shaxsning   kamol   topishi   yaqqol   ko’zga
tashlanadi. 
Rivojlanish   deganda   biz   Shaxsning   ham   jismoniy,   ham   aqliy   va   ma’naviy
kamol   topish   jarayonini   tushinamiz.   Pedagogika   va   psihologiya   fani   rivojlanishni
biologik   va   sotsial   hususiyatlari   o’zaro   chambarchas   boo’liq   bo’lgan   bir   butun
narsa   deb   hisoblaydi.   Odam   bolasining   Shaxs   sifatida   rivojlanishi   har   tomonlama
kamol   topishining   samarali   bo’lishiga   erishish   maqsadida   pedagogika   fani
rivojlanishining   qonuniyatlarini   unga   ta’sir   etuvchi   omillarni   shuningdek,   Shaxs
kamolotida ta’lim va tarbiya hamda faoliyatining ta’siri va ahamiyatini aniqlaydi va
tahlil qiladi.  Shaxs rivojlanishiga irsiyat, muhit va tarbiya kabi omillar ta’sir etadi. 
Shaxsning shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar quyidagi shaklda aks ettirilgan.
(1 - shakl). 
SHAXS
Biologik omillar
(irsiyat) Ijtimoiy omillar 
(muhit) Maqsadli tarbiya Irsiyat   -   bu   ota   qoni   yoki   ajdodlariga   hos   bo’lgan   biologik   hususiyat   va
o’hshashliklarning naslga (bolaga) o’tish jarayonidir.
Nasldan-naslga o’tadigan hususiyatlarga quyidagilar kiradi:
Anatomik-fiziologik   tuzilish   (misol   uchun   yuz   tuzilishi),   organlar   holati,
qaddi-qomat,   asab   tuzilishi   hususiyatlari,   teri,   soch   hamda   ko’zlarning   rangi.
SHuningdek,   nutq,   tafakkur,   ihtiyoriy   harakat   va   amallar,   vertikal   holatda   yurish,
mehnat,   ijod   qilish   qobiliyati   va   boshqa   iste’dod   alomatlari   ham   nasldan-naslga
o’tadi. Iste’dod alomatlari umumiy hususiyat  kasb etadi, muayyan mehnat va ijod
turiga   yo’naltirilgan   emas.   Iste’dod   alomatlari   muayyan   faoliyatga   moyillikni   aks
ettiradi holos.
Ma’lum oilada tarbiyalanayotgan bolada ajlodlariga hos iste’dod nishonasi aks
etganda,   aynan   ana   shu   iste’dodning   shakllanishida   muhim   rol   o’ynagan,   uning
rivojlanishi   uchun   qulay   imkoniyatlarga   ega   oila   muhitini   nazardan   chetda
qoldirmaslik lozim.
Fiziologiya   va   psihologiya   fanlari   bo’yicha   olib   borilgan   tadqiqot
natijalarining   ko’rsatishicha,   inson   bolasi   tayyor   qobiliyat   bilan   emas,   balki   biror
bir   qobiliyatning   ro’yobga   chiqishi   va   rivojlanishi   uchun   manba   bo’lgan   layoqat
bilan   tuo’iladi.   Layoqat   go’yo   “mudroq”   holatda   bo’lib,   uning   “uyo’onishi”   -
rivojlanishi uchun qulay muhit yaratishni talab qiladi.
Shaxs   muayyan   ijtimoiy   jamiyat   mahsulidir.   Shaxsning   hayotiy   faoliyatida
ijtimoiy   muhit   unga   yoki   ijobiy,   yoki   salbiy   ta’sir   ko’rsatishi   mumkin.   Ijtimoiy
jamiyat   Shaxs   imkoniyatlarini   ro’yobga   chiqarishi   yoki   yo’q   qilishi   mumkin.   Bu
jamiyatning   ma’naviy   qiyofasi,   unda   tashkil   etilayotgan   munosabatlar   mazmuni
hamda darajasiga boo’liq.
Muhit   deganda   Shaxsning   shakllanishiga   ta’sir   etuvchi   tashqi   olam   voqelik,
hodisalar   majmui   tushuniladi.   “Muhit”   tushunchasi   o’zida   geografik-hududiy,
ijtimoiy va mikro muhit (oila) hususiyatlarini ifoda etadi.
Mikromuhit o’zida qisman ijtimoiy muhit qiyofasini aks ettiradi. Ayni choo’da
u nisbatan mustaqillikka ega. Mikromuhit, bu ijtimoiy muhitning bir qismi  bo’lib,
oila, maktab, do’stlar, tengqurlar, kishilar va shu kabilarni o’z ichiga oladi. Bolani qurshab   turgan   muhitda   ijobiy   va   salbiy   rivojlantiruvchi   va   inqirozga   eltuvchi
hodisalar   mavjud.   Agar   bola   o’z   tuo’ma   layoqatiga   mos   sharoitda   o’sib,   zarur
faoliyat   bilan   shuo’ullansa,   layoqat   erta   ko’rinib   rivojlanishi,   aksincha,   bunday
muhit   bo’lmasa   yo’q   bo’lishi   yoki   “mudroq”ligicha   qolib   ketishi   ham   mumkin.
Bundan tashqari odob, ahloq, hulqiy sifatlar, Shaxsning barcha ruhiy sifatlari faqat
muhit va tarbiyaning o’zaro ta’siri asosida vujudga keladi.
Pedagogika va psihologiya fanlari ijtimoiy muhit, unda Shaxsning shakllanish
jarayoniga   ta’siri   roliga   alohida   e’tibor   beradi.   Ijtimoiy   voqea   va   hodisalarning
Shaxs   rivojiga   ta’siri   o’oyat   muhim   ekanligini   ta’kidlagan   holda,   ular   ijtimoiy
muhit   abadiy   emas,   u   ijtimoiy-tarihiy   qonuniyatlar   ta’siri   ostida   o’zgarib   boradi,
deya ta’kidlaydilar.
Oila muhiti  - mikro muhit ham o’ziga hos muhim tarbiyaviy ta’sirga ega. SHu
bois,   mustaqillikka   erishilgandan   so’ng   o’tgan   davr   mobaynida   oila   muhitining
Shaxs   kamolotida   tutgan   o’rni   va   ahamiyati   masalalari   chuqur   tahlil   etilmoqda.
SHu   maqsadda   tashkil   etilgan   “Oila”   ilmiy   markazi   oilaning   bu   boradagi
imkoniyatlarini ochib berish borasida samarali faoliyat olib bormoqda.
Mavjud ijtimoiy muhit insonning o’sib borayotgan ongiga ta’sir etadi. Ijtimoiy
tuzum   darajasi   qanchalik   yuqori   bo’lsa,   uning   Shaxsga   nisbatan   ongli   ta’siri   ham
shunchalik yuqori bo’ladi. Ushbu ta’sir ijtimoiy jamiyatdagi mavjud tarbiya tizimi
orqali amalga oshiriladi.
Tarbiya – biror maqsadga yo’naltirilgan jarayon bo’lib, u muayyan darajadagi
dastur   o’oyalari   asosida   mahsus   kasbiy   tayyorgarlikka   ega   bo’lgan   kishilar
tomonidan tashkil etiladi.
Tarbiya ijtimoiy muhit orqali keladigan tarbiyaviy ta’sirlarning barchasi bilan
boo’liq   holda   ta’sir   qiladi.   Bunda   qulay   omillardan   foydalaniladi,   salbiy
ta’sirlarning   kuchini   ma’lum   darajada   kamaytiradi.   Muhitning   ta’siri   stihiyali,
tarbiyaning ta’siri esa maqsadga muvofiq olib boriladi.
Tarbiya jarayonida quyidagi holatlar vujudga keladi:
1.   Tarbiya   jarayonida   kishi   ongining   o’sishi   sodir   bo’ladi.   Masalan,   bola   o’z
ona   tilini   atrofini   o’rab   turgan   muhitning   ta’sirida   o’rganib   olishi   mumkin.   Lekin o’qish va yozishni mahsus ta’lim yo’li bilangina o’rganadi. Ma’lum bilim ko’nikma
va malakalar faqat tarbiya jarayonida egallanadi.
2.   Tarbiya   yordamida   hatto,   kishining   ba’zi   tuo’ma   kamchiliklarini   ham
kerakli   tomonga   o’zgartirish   mumkin.   CHunonchi,   ba’zi   bir   bolalar   ayrim
kamchiliklar bilan tuo’iladi. (kar, ko’r, soqov va H.k). Lekin mahsus tashkil etilgan
tarbiya   yordamida   ularning   aqliy   qobiliyatlari   to’la   taraqqiy   qiladi,   tuo’ma
kamchiligi bo’lmagan kishilar bilan barobar faoliyatda bo’lishi mumkin.
3.   Tarbiya   yordamida   muhitning   salbiy   ta’siri   natijasida   yuz   bergan
kamchiliklarni  ham  tugatish mumkin. (bolalarning karta qimor  o’ynashi, chekishi,
ichish va narkotik moddalarga o’rganish kabilar va h.k).
4.   Tarbiya   istiqbol   maqsadni   belgilaydi.   SHu   bois,   u   Shaxs   kamolotini
ta’minlashda ilo’or rol o’ynaydi.
Tarbiyaning   muvaffaqiyati   ko’p   jihatdan   bola   Shaxsining   o’ziga   hos
hususiyatlari, u yashayotgan muhitning ta’sirini hisobga olishga boo’liqdir. SHuni
yodda   tutish   kerakki,   bola   majbur   bo’lgan   mikromuhit   mazmunini   uning
rivojlanishiga   ta’sir   etuvchi   kishilar   va   ular   bilan   o’rnatilgan   aloqa   mohiyati
belgilaydi.   Bola   oila   a’zolari,   tarbiyachi,   o’qituvchi,   o’rtoqlari,   oilaga   yaqin
kishilari   bilan   munosabatda   bo’ladi.   Ushbu   munosabatlar   bolaning   rivojlashida
o’oyat   muhim   rol   o’ynaydi.   Bolaga   ularning   ta’siri   o’zaro   muomala-munosabati
bo’ladi.   Ana   shu   aloqa   asosida   bola   ajdodlar   tajribasini   o’zlashtiradi,   o’zi   uchun
andoza tanlaydi.
Bola   va   kattalar   o’rtasidagi   o’zaro   munosabat   faol   jarayondir.   Mazkur
jarayonda kattalar faqatgina o’rgatuvchi bo’lib qolmasliklari lozim. SHundagina u
o’z   harakatlarini   o’zi   idora   qilishga,   o’z   faoliyati   mazmunini   tahlil   qilishga
o’rganadi. Bola fikr qilar ekan, o’ylar ekan, uning ongi, tafakkuri o’sadi.
Ijtimoiy   munosabatlar   jarayonida   nutq   rivojlanadi.   CHunki   jamiyatda   bola
kattalar,   tengdoshlar,   tarbiyachilar   va   turli   jamoalar   qurshovida   bo’lar   ekan,   u
savollar beradi, kuzatadi, mulohaza qiladi. Hayotiy voqea-hodisalarni tushunishga,
yahshini  yomondan ajratib olishga, o’z harakatlarini davr talabiga moslashtirishga
urinadi.   Har   bir   ijtimoiy   jamiyatda   tarbiyaning   maqsad   va   vazifalari,   ahloq me’yorlari,   madaniy   boyliklar,   jamiyat   a’zolarining   didi,   ah-loqiy   qarashlari,
dunyoqarashlari,   e’tiqodlari   o’zgarib   boradi   va   ular   tarbiya   vositasida   bolalar
ongiga singdirilib boriladi.
Bola   Shaxsning   rivojlanishi   uchun   faol   kundalik   faoliyat   zarur.   Faoliyat
yordamidagina bola atrof-muhit bilan munosabatda bo’ladi, shu orqali uning bilish
qobiliyati   rivojlanadi,   tafakkur   qilish   darajasi   yuksaladi,   harakter   sifatlari
takomillashib, kamol topadi.
1. Shaxs shakllanishining yosh davrlari va ularning o’ziga  х os
xususiyatlari  
Shaxsning   shakllanishida   unga   berilayotgan   ta’lim-tarbiyaning   mazmuni,
metodlari   va   vositalari   bolannig   yosh   hususiyatlariga   muvofiq   kelishi   muhim
sanaladi. O’qituvchi o’quvchilarning ruhiy hususiyatlarini bilishi, ma’lum yoshdagi
o’quvchilarning diqqat hotira, tafakkur layoqatlarini inobatga olishi asosida faoliyat
tashkil etishi lozim. Shaxsning aqliy va jismoniy kamolotida doimo ilgariga qarab
rivojlanish   ro’y   beradi.   Bolaning   jismoniy   va   ruhiy   kamoloti   qaror   topib   borar
ekan, bir qancha bosqichlarni bosib o’tadi.
Shaxsning   rivojlanib   kamol   topishi,   hayotning   hamma   bosqichida   bir   hil
bo’lmay,   balki   yosh   hususiyatlari   va   hayot   tajribalariga   qarab   har   hil   bo’ladi.
tarbiya   jarayonida   o’sayotgan   avlodning   yosh   va   o’ziga   hos   hususiyatlarini   bilish
va   hisobga   olish   juda   zarur.   Ma’lumki,   bir   hil   yoshdagi   bolalarning,   o’quvchi-
talabalarning har birini o’ziga hos hususiyatlari, psihik jarayonlari mavjud.
Bu   o’ziga   hoslik   rivojlanish   jarayonida   yaqqol   namoyon   bo’ladi.   yosh
hususiyatlarni   hisobga   olish,   bola   hususiyatiga   moslashish   emas,   balki   shu   yosh
davrida bola imkoniyatlarini hisobga olgan holda ta’lim va tarbiya ishlarini tashkil
etish   demakdir.   SHundagina   Shaxs   rivojlanishiga   tarbiyaning   ta’siri   samarali
bo’ladi.
Tibbiyot,   odam   anatomiyasi,   yosh   fiziologiyasi   va   maktab   gigienasi,
psihologiya   hamda   pedagogika   fanlari   asoslariga   ko’ra   bolaning   yosh   davrlarini
quyidagi guruhlarga bo’lish mumkin. 
2-shakl Y o sh davrlari
Go’dak
lik 
davri
(tuo’ilg
anda
bir
yoshga
cha
bo’lgan
davr) Y o s h li 
davri
(1 
yoshdan 
3 
yoshgach
a) Maktabg
a
cha 
tarbiya 
yoshi
(3 
yoshdan 
6-7 
yoshgach
a) Kichik 
maktab 
yoshi (6-
7 
yoshdan 
11-12 
yoshgach
a) O’smirlik
davri
(12-15-
16 
yoshgach
a) O’spirinlik 
davri (15-
16 yoshdan
18 
yoshgacha)
Yosh   davrlari   shartli   ravishda   guruhlanadi.   Unda   muayyan   yosh   davrining
boshqasidan   ajratadigan   chegara   yo’q.   Yosh   davrlarining   guruhlanishi   bolaning
rivojlanish hususiyatlaridagi o’zgarishlarga qarab ajratiladi. Quyida yosh davrlariga
qisqacha ta’rif berib o’tamiz.
Go’daklik davri . YAngi tuo’ilgan bolada barcha sezgi turlari mavjud bo’ladi.
Ushbu sezgilar murakkab bo’lmay, oddiy holatdadir. Chaqaloq bir holat faol bo’lib,
bu   faollik   avvalo,   qo’l-oyoqlarning   refleks   yo’li   bilan   harakatlanib   turishida
ko’rinadi.   Huddi   shunday   reflektor   harakatchanlik   bolaning   chinqiriqlarida   ham
namoyon bo’ladi. Bolada vujudga keladigan shartli reflekslar 5-6 haftalarda yaqqol
namoyon   bo’la   boshlaydi.   Masalan,   u   onasining   ovozini   taniydi,   uni   eshitsa
tinchlanadi. Begona odamlarni “yoqtirmay” bezovtalanadi.
Go’daklik   davrida   bola   birmuncha   tajriba   to’plashi   bilan   uning   idrok   va
tasavvurlari tarkib topa boshlaydi. Odatda, besh-olti oylik bola o’tiradigan bo’ladi,
so’ngra emaklab, tik yurishga harakat qila boshlaydi, bir-ikki yoshda qadam qo’yib
yura boshlaydi. Bola yarim yoshdan oshgach, “o’o’ldirab” so’zlaydi  hamda atrofdagilarning
gaplarini   tushuna   boshlaydi   va   unda   asta-sekin   passiv   nutq   o’sadi,   ikki   yoshga
qadam   qo’ygach,   faol   nutqni   o’zlashtirib,   gapira   boshlaydi.   Nutq   va   tafakkurning
o’sishi   bilan   bolaning   atrofdagi   kishilar   bilan   munosabati   murakkablashib,   o’ziga
hos   mazmunga   ega   bo’la   boshlaydi.   Ushbu   holat   bola   ruhiyatining   o’sishiga
yordam   beradi.   YAsli   davriga   qadar   bola   aniq   gapiradigan   va   o’zi   mustaqil   yura
oladigan   bo’ladi.   SHuningdek,   bolaning   harakatchanligi,   tafakkur   va   nutqi   zo’r
berib taraqqiy etadi. Bu davrdagi bola tafakkuri “predmet tafakkuri” bo’lib, u o’zi
idrok   qilgan,   ko’rgan   narsalar   haqida   fikr   yuritadi.   Uning   tafakkuri   predmetlar
munosabatida ko’rinadi.
So’z   yuritilayotgan   davrda   bolaning   hissiy   kechinmalari   yuzaga   kela
boshlaydi.   Dastlab   ta’m   bilish   hamda   teri   sezgilari   orqali   qabullarga   nisbatan
organik   hislar   namoyon   bo’ladi.   Keyinchalik   ehtiyoj,   erkalanish   va   yaqinlariga
mehribonlik   sezgilari,   o’azablanish,   qo’rqish   hamda   zavqlanish   kabi   sezgilar
namoyon bo’la boshlaydi. 
Maktabgacha  tarbiya  davri.   Ushbu  yoshdagi   bolaning  emotsionalligi  (hissiy
beriluvchanligi)   uning   faolligida,   harakatchanligida   ko’rinadi.   Bu   yosh   davrida
bolalar   hayotida   o’yin   o’ziga   hos   o’rin   tutadi,   o’yinlar   asosan   katta   yoshdagi
kishilar   yoki   bolalarning   harakatlariga   nisbatan   taqliddan   iborat   bo’ladi.   Bola
o’yinning   mazmunidan   ko’ra   o’ynalayotgan   buyumlar   (o’yinchoq   va
qo’o’irchoqlar) hamda o’zining harakatlari ko’prok, zavqlantiradi.
Mazkur   yosh   davrida   bola   faoliyatida   ihtiyorsiz   faollik   bilan   bir   qatorda
ihtiyoriy diqqat  ham  o’sa boshlaydi.  Bu davr  bola “men”  ligining vujudga kelishi
bilan   ham   harakterlidir.   U   tevarak   -   atrofdagi   bolalar   bilan   o’zini   solishtiradi,
o’zining ulardan ustun jihatlarini ahtara boshlaydi. Bunday holatlar uning “mening
o’zim” so’zini keng qo’llashda seziladi.
Olti   yoshga   qadar   bola   dunyoni   ijtimoiy   borliqni   to’laligacha   idrok   etadi.
Uning atrofdagilar bilan munosabat doirasi kengayib boradi. Bu esa uning nutqi va
tafakkurini   yanada   o’stiradi.   Munosabatlar   doirasining   kengayib   borishi   unga
tarbiyaviy ta’sir ko’rsatish imkoniyatini oshiradi. Maktabgacha   tarbiya   yoshidagi   bolaning   tafakkuri   aniq   tafakkur   bo’lib,   u
nimalarni   idrok   etsa   yoki   tasavvur   qilsa,   o’sha   narsalar   haqida   fikr   yuritadi.   SHu
bois   bola   uchun   mavhum   voqea-hodisalarga   nisbatan   qiyoslab   tushuntirish
maqsadga muvofiqdir.
Atrofdagilar   bilan   muomalada   bo’lish   asosida   bolada   ma’naviy   qarash
shakllanadi,   endilikda   ular   turli   harakatlarni   “yahshi”,   “yomon”   deya   baholab
boradilar.
Bu   davrda   bola   hayotida   o’yin   bilan   birga   faoliyatning   boshqa   turlari   ham
ahamiyatli bo’lib boradi, dastlabki mehnat ko’nikmalari hosil bo’ladi: rasm chizadi,
loydan,   qumdan   shakllar   yasaydi,   karton   va   ayrim   tabiiy   materiallardan   turli
buyumlar   yasaydi.   SHuningdek,   ular   kattalar   tomonidan   berilgan   oddiy
topshiriqlarni bajarib boradilar. Ularni kuchlari etadigan ishlarga jalb qilish yahshi
samara beradi.
Kichik maktab yoshi , 7 yoshga to’lgan bola (ushbu yosh qator mutafakkirlar
tomonidan   dastlabki   “etuklik   yoshi”   sifatida   e’tirof   etilgan)   jismoniy   va   ruhiy
hususiyatlarga ko’ra maktabda ta’lim olishga to’la tayyordir.
O’zbekiston   Respublikasining   “Ta’lim   to’o’risida”   gi   qonuniga   muvofiq
respublikamizdagi bolalarning barchasi 6-7 yoshdan boshlab, umumiy o’rta ta’lim
maktablarida   tahsil   ola   boshlaydi.   SHu   davrga   qadar   bola   hayotida   muhim   o’rin
tutgan o’yin faoliyati o’z o’rnini tizimli, uzluksiz ravishda amalga oshiriladigan va
majburiy vaqt asosida tashkil qilinadigan o’qish faoliyatiga bo’shatib beradi. YOsh
bola   uchun   bunday   “mas’uliyatli   mehnat”   ga   o’tish   qiyin   kechsa-da,   u   asta-sekin
bunday sharoitga ko’nika boradi.
Kichik   maktab   yoshi   o’quvchilari   ijtimoiy   borliq   haqida   muayyan
tasavvurlarga   ega   bo’lsalar   ham   ro’y   berayotgan   voqea-hodisalarning   mohiyatini
bilishga   qiziqadi.   Maktabda   tashkil   etilayotgan   ta’lim   jarayoni   bolaning   aqliy
faoliyati uchun zarur bo’lgan fazilatlarning tarkib topishini ta’minlaydi.
Kichik   maktab   yoshi   o’quvchilari   jismoniy   jihatdan   bir   maromda   o’sadilar,
o’o’il va qiz bolalar gavda tuzilishi jihatidan bir-birlaridan deyarli farq qilmaydilar.
Ularning   bo’yi   o’rtacha   120   sm,   oo’irligi   22   kg   atrofida   bo’ladi.   Suyaklarda too’aylik   holati   ustun.   Naysimon   ilik   suyaklari   asosan   eniga   o’sadi,   tuzilishi
takomillashib   boradi   va   12   yoshda   bu   suyaklar   kattalarnikiday   qiyofaga   ega
bo’ladi.   Lekin   bo’o’inlar,   umurtqa   poo’onasi,   tos   suyaklari   hali   elastik   holatda
bo’ladi.
Ko’krak qafasi va umurtqa poo’onasi suyaklari etarlicha qotmaganligi tufayli
ular tez shikastlanishi mumkin. Ularda muskul paylari va bo’o’inlar tez rivojlanadi.
Muskul   kuchining   ortib   borishi   tufayli   bu   davrda   o’quvchilar   o’oyat   harakatchan
bo’lishadi.
Kichik   maktab   o’quvchilarining   bosh   miyasi   tez   o’sib   borib,   uning
tuzilishida   o’zgarishlar   ro’y   beradi.   Ularda   o’pka   rivojlangan,   lekin   nafas   yo’li
hamda diafrag’la bo’sh rivojlangan bo’ladi, shu tufayli kichik yoshdagi o’quvchilar
ko’p   vaqt   harakatsiz   qolsalar,   organizmning   kislorod   bilan   ta’minlanishi
yomonlashadi.
Kichik   yoshdagi   o’quvchilarning   yuragi,   qon   aylanish   tizimi   va   nafas   olish
organlari o’sishda davom etadi. Ularning yuragi o’zidan kattalarnikiga nisbatan ikki
marta   ko’p   qon   ishlab   chiqaradi.   SHu   bois,   ularning   yurak   urishi   tez   bo’lib,   har
daqiqada 90-92 martaga etadi. O’onning tarkibida oq qon tanachalari ko’p bo’ladi.
Jismoniy   o’sishning   bu   kabi   hususiyatlari   kichik   yoshdagi   o’quvchilarga
nisbatan   o’qituvchilar   tomonidan   ehtiyotkorona   yondoshuvni   talab   qiladi.   Ularni
asabiylashishdan saqlash lozim. Bu yoshdagi o’quvchilar ko’proq harakat qilishlari,
ochiq   havoda   bo’lishlari,   etarli   darajada   dam   olishlari,   uhlashlari   talab   etiladi.
Atrofdagilar   buning   uchun   o’amho’rlik   qilishlari   lozim.   Ularning   stol   atrofida,
partada   to’o’ri   o’tirishlariga,   o’rinda   tekis   (o’rin   yumshoq   bo’lmagani   ma’qul)
yotishlariga, qomatini tik tutib yurishlariga e’tiborli bo’lishlari kerak. O’yin vaqtida
qaltis harakat qilishdan ularni saqlash zarur.
Kichik   maktab   o’quvchilarida   ihtiyoriy   diqqat,   hotira   va   idrok,   tafakkur,
ihtiyoriy idrok qilish, nutq, his-tuyo’u, iroda kabi ruhiy jarayonlar, rivojlanadi. SHu
bois,   ular   bilim   olishga   va   o’rganishga   intiluvchan   bo’ladilar.   Atrofda   ro’y
berayotgan   voqea-hodisalarning   barchasi   ularni   qiziqtiradi.   O’qituvchi   ularning qiziqishlarini   qondirishga   harakat   qilishlari   va   shu   asosda   ushbu   qiziqishlarni
rivojlantirib borishlari kerak.
Kichik maktab yoshi o’quvchilari uchun eng ideal Shaxs – o’qituvchi bo’lib,
bolalar   ularning   talablarini   sidqidildan   bajarishga   urinadilar.   Ular   orasida
o’qituvchining obro’si o’z ota-onasi obro’sidan ham baland bo’ladi.
Kichik   maktab   yoshi   o’quvchilarining   fikrlashi   obrazli   bo’ladi.   SHu   bois
ularga   kinoya,   kesatish   hamda   qochiriqli   gaplarni   gapirish   samara   bermaydi.
O’qitish ko’rgazmali qurollar, vositalar yordamida tashkil etilishi kerak. Materialni
tushuntirishda uning obrazli, ifodali bo’lishiga erishishi lozim. Ularning kayfiyatiga
o’qishdagi   yutuqlari,   olgan   baholari   shuningdek,   amalga   oshirgan   ijobiy   ishlari
ta’sir   qiladi.   SHu   bois,   o’qituvchi   tomonidan   unga   berilayotgan   e’tibor   alohida
qiymatga   ega.   Uning   har   bir   harakati   o’qituvchining   e’tiroziga   sababchi   bo’lsa,
unda   o’qish   istagi   yo’qoladi.   Maktab   ta’limidan   ko’ngli   soviydi.   O’qituvchidan
qo’rqqanidan yolo’on gapira boshlaydi. Bu hol doimiy takrorlanaversa, qo’rqoqlik
va   yolo’onchilik   uning   asosiy   hislati   bo’lib   qoladi.   O’qituvchi   tanbehi   oqilona
bo’lib, bola sha’nini erga urmasligi, Shaxsini kamsitmasligi kerak.
Kichik   maktab   yoshidan   o’tgach,   o’smirlik   davri   boshlanadi.   Bunda   bola
Shaxsi rivojlanishining murakkab davri boshlanib, u o’tish davri deb ataladi. O’tish
davri   bolalikdan   baloo’at   davriga   o’tishni   ifodalaydi.   O’smirlik   yoshining
murakkabligi uning anatomik-fiziologik va psihologik hususiyatida ro’y berayotgan
kuchli o’zgarishlar bilan boo’liq.
O’smirlik   yoshida   jismoniy   jihatdan   sekin   o’sish   davri   tugaydi.   Jismoniy
o’sish tezlashadi. O’smirlar 3-4 yil ichida 20-25 sm o’sadilar (qizlarni o’sishi18-25,
o’o’il bolalar 25-30 sm ni tashkil etadi). Bo’yiga o’sish ilik suyaklarining uzayishi
va umurtqa suyagining kattalashishi hisobiga ro’y beradi, ammo ilik suyaklarining
ohirgi   qismlarida   ham   too’aylik   holati   ustun   bo’lib   turadi.   SHu   sababli   ularga
jismoniy topshiriqlar berishda gohida bu holat inobatga olinishi kerak. Ushbu holat
tufayli   o’smirning   qaddi-basti   beso’naqay   ko’rinadi.   O’z   navbatida   suyakning   tez
o’sishi,   muskullar  rivojining  ortda  qolishi   sababli  o’smir  baland,  oyoq-qo’li  uzun,
ozo’inday ko’rinadi. Bu esa uning yurishiga, gavda tutishiga ta’sir etadi. O’smirning   ko’krak   qafasi   ham   bo’yiga   nisbatan   sekin   o’sadi.   SHu   sababli
ko’pchilik o’smirlarning ko’krak qafasi tor bo’ladi. Bu holat organizmning kislorod
bilan   to’yinishiga   to’sqinlik   qiladi.   Ta’lim-tarbiya   jarayonida   mazkur   holatni
inobatga   olish   maqsadga   muvofiqdir.   Qon   aylanishida   ham   katta   o’zgarishlar   yuz
berib, yurak hajmi ortadi, ammo qon tomirlarining rivoji bir oz ortda qoladi.
O’smirlik   yoshida   jinsiy   etilish   davri   boshlanadi.   Ularda   ayollik   va
erkaklikning   tashqi   belgilari   (ovozning   do’rillashi,   mo’ylovning   sabza   urishi,
ko’krak qafasi va ko’krak bezlarining shakli, o’o’il va qiz bolaning nafas olishidagi
tafovut)   paydo   bo’la   boshlaydi.   O’zgarishlar   ta’sirida   ro’y   bergan   erotik   sezgilar
ularni   tashvishga   soladi.   Bularning   barchasi   ichki   va   tashqi   tafovutlarni
kuchaytiradi.   Organizmdagi   o’zgarishlar   o’smirning   atrofdagilar   bilan   munosabati
mazmuniga   ta’sir   etadi.   O’smir   tabiati   tundlasha   boradi,   kayfiyati   tez   o’zgaradi.
Uyda   oila   a’zolari   davrasida   esa   o’zini   erkin   sezadi.   SHu   bois   ko’proq   ular   bilan
bo’lishni istaydi.
O’smirning   faoliyatida   o’qish   muhim   o’rin   tutadi.   O’qish   ishga   aylanib
qolganligi   uchun   talablarning   ortib   borayotganligiga   o’smir   befarq   munosabatda
bo’ladi.   Fanlarni   o’zlashtirishda   qisman   “pastlashish”   holati   kuzatiladi.   Ammo
mustaqil topshiriqlarni bajarishda faol bo’ladi.
O’smir   intizomida   salbiy   holatlar   ko’rina   boshlaydi.   Bu   hol   uning   mustaqil
bo’lishga   intilishi   asosida   yuzaga   keladi.   Agar   o’qituvchi   o’quvchi   hususiyatini
yahshi   bilmasa,   qo’yilayotgan   talablarda   birlik,   yaqinlik   bo’lmasa   hamda   ular
asoslab berilmasa, o’smir hulqida kattalarga bo’ysunmaslik kabi salbiy hususiyatlar
qaror topadi va uning hatti-harakatida bu hususiyatlar ko’rinadi.
O’smir o’quvchining e’tiborini o’qishdan tashqari ishlarni o’ziga jalb qiladi.
O’smirda muayyan yo’nalishga ega harakatli o’yinlar qiziqish uyo’otadi. Bu hildagi
ishlarda u o’zining Shaxsiy sifatlarini namoyish qilish imkoniga ega bo’ladi.
Jamoat   ishlariga   o’smirlarni   faol   jalb   etish   ularda   ijtimoiy   faollik,
tashabbuskorlik   kabi   fazilatlarni   shakllantiradi.   O’smir   uchun   tengdoshlarining
e’tibori,   jamoaning   fikri   unga   ota-ona   va   o’qituvchi   fikridan   ham   ko’proq   ta’sir
qiladi. SHuning uchun u tengdoshlari o’rtasida obro’ orttirishga, liderlikka intiladi. Agar   u   o’zini   o’qish   va   jamoa   ishlarida   ko’rsata   olmasa   yomon   hulqli   o’quvchi
bo’lib   tanilishiga   ham   rozi.   Bu   esa   aksariyat   hollarda   o’smirni   “krimenogan”
mikromuhitga   tomon   etaklab   boradi.   Bu   kabi   holatlarni   oldini   olishda   eng   to’o’ri
yo’l   har   bir   o’smir   uchun   o’z   kuchi   va   imkoniyatlariga   loyiq   jamoa   topshirio’ini
berilishidir. SHundagina o’smir jamoa uchun kerakliligini anglaydi.
O’smirda his-tuyo’ularni idora qilish layoqati endi-endi shakllana boradi. Bu
uning   hulqida   namoyon   bo’ladi.   O’zining   har   narsaga   jahli   chiqishi,   qo’pollik
holatlari   tez-tez   yuz   beradi.   O’smirlarning   bu   hususiyati   ko’proq   bahs-munozara
jarayonida ko’zga tashlanadi. Garchi, o’z fikri asosli bo’lmasa-da uni ma’qullashga
urinadi.
13-14   yoshlarda   o’smirlarda   burch   hissi,   mas’uliyat   tuyo’usi   o’sadi,
birmuncha   vazminlik   paydo   bo’la   boshlaydi.   Bu   davrda   o’smirda   maqsadga
intilish,   o’zi   uchun   ideal   tanlash   vujudga   keladi.   O’smirlarda   ahloqiy   e’tiqod
shakllanib, o’ziga hos qarashlar tarkib topa boradi.
  Demak,   o’smir   bilan   munosabatda   sabr-toqat,   vazminlik   zarur.   Unga
mustaqillik   berish,   buyruq   emas,   aksincha,   maslahat   berish   bu   yoshdagi
o’quvchilarni to’o’ri tarbiyalashning garovidir.
O’ spirinlik davri.   O’spirinlik davri jismoniy o’sishning tinch davri sanaladi.
SHu   boisdan,   o’smirlardan   farqli   ravishda   o’spirinlar   faoliyatida   romantik   his-
tuyo’ulardan ko’ra ko’proq realizm muhim o’rin tutadi.
O’spirinning tana tuzilishidagi organlarning (qo’l, oyoq, ko’krak qafasi, elka)
bir-biriga   muvofiqsizligi   o’spirinlik   davriga   kelib,   asta-sekin   yo’qola   boradi,
ularning   qomatlari   shakllanadi.   Tana   massasi   bilan   yurakning   hajmi   o’rtasidagi
munosabatda   uyo’unlik,   orqa   umurtqa   suyaklari   bilan   tananing   tuzilishida
muvofiqlik   vujudga   keladi.   Muskullarning   kuchi   va   ish   qobiliyati   ortadi.   Ichki
sekretsiya   bezlarining   faoliyati   muvozanatlashadi.   Jinsiy   etilish   asosan   tugaydi.
Ba’zi   o’spirinlarda   bunday   etilish   ortda   qoladi.   Bunga   sabab   bolalikda   kechirgan
oo’ir   kasalligi,   organizmning   kuchsiz,   nimjon   yoki   dardchilligi   bo’lishi   mumkin.
Bugungi   kunda   o’smirlar   rivojlanishidagi   (tezlashish)   tufayli   o’spirinning   etilishi
ham tezlashadi va yuqorida qayd etilgan holat deyarli kuzatilmaydi. O’spirinlarda   organlarning   tarkib   topishi   va   organizm   to’qimalaridagi
takomillashish   nihoyasiga   etadi.   Ular   jismoniy   kuchli,   hushbichim   va   soo’lom
bo’lganliklari tufayli tetik va quvnoq hayot kechiradilar.
O’spirinlar miya hujayralarining tuzilishida ro’y bergan takomillashish, asab
tizimi va faoliyati mazmunining o’zgarishiga olib keladi.
O’spirin   faoliyatining   asosiy   turi   o’qish   bo’lib   qolaveradi.   Bilimlar   hajmi
kengayadi.   Ular   ijtimoiy   munosabatlar,   hususan   oila,   moliyaviy,   me’yoriy,
ma’muriy,  ho’jalik,  mehnat   hamda   jinoiy  faoliyatlar   mohiyatini   teran  tushunishga
intila   boshlaydilar.   SHu   sababli   mazkur   yosh   davrida   ularga   ijtimoiy-ma’naviy
bilimlarni   berish   maqsadga   muvofiqdir.   O’spirin   nazariy   ma’lumotlar   mazmunini
tahlil   eta   olish   imkoniga   ham   ega.   Oilaviy,   ho’jalik,   oldi-sotdi   hususidagi
munosabatlarni   tashkil   etish,   maishiy   va   aloqa   hizmatlari,   shuningdek,   jamoat
transportidan   foydalanish   choo’ida   ularda   ijtimoiy   bilimlarni   egallashga   nisbatan
ehtiyoj   va   qiziqish   hosil   bo’ladi.   Ehtiyoj   hamda   qiziqish   o’z-o’zidan   ijitmoiy
faoliyatni tashkil etishga bo’lgan rao’batni yuzaga ketiradi.
O’spirin   ijtimoiy   munosabatlar   mohiyatini   anglashga,   ular   haqida   chuqur
mulohaza   yurgizishga   intilar   ekan,   ularda   ahloqiy   (ma’naviy)   tasavvur   va   idrok
hosil   bo’ladi.   Ihtiyoriy   va   barqaror   diqqat   esa,   ularning   ma’naviy   tafakkurining
shakllanishiga   imkon   yaratadi,   natijada   ular   ijtimoiy   munosabatlar   borasida
mantiqiy asosli fikr yurita boshlaydilar.
O’spirin   yoshda   o’quvchilar   turli   o’quv   fanlarining   nazariy   va   metodologik
asoslarini   egallashga   intiladilar,   fanlararo   aloqadorlik   va   boo’liqlik   hususida   fikr
yurita   boshlaydilar.   SHu   bois,   ta’lim   va   tarbiyani   tashkil   etishda   fanlararo
aloqadorlikdan   foydalanish   maqsadga   muvofiqdir.   Iqtisodiyot   va   ekologiya
asoslari,   mehnat   hamda   harbiy   ta’lim   kabi   fan   va   mahsus   kurslar   doirasida
iqtisodiy,  ekologik,  mehnat  va  harbiy  faoliyatlarning  ma’naviy  asoslari,   oqibatlari
to’o’risidagi   ma’lumotlarning   berilishi   o’spirinlarda   ma’naviy   savodhonlikning
vujudga kelishini ta’minlaydi. O’spirinlarda   Shaxsiy   faoliyatni   tashkil   etishda
mustaqillikka   intilish   yaqqol   ko’zga   tashlanadi,   bu   esa   ularda   ijtimoiy-huquqiy
munosabatlar   mazmunini   o’zlashtirishda   ijtimoiy   faollik   ko’rsatish   ehtiyojini yuzaga keltiradi. Ularning o’quvchilar o’z-o’zini boshqarish organlari, jamoatchilik
tashkilotlari faoliyatidagi ishtiroki ana shu ehtiyojni qondirish yo’lida muhim vosita
bo’lib hizmat qiladi.
O’spirinlarning   ilm-fan,   siyosat,   tehnika,   sport,   san’at   olami   bilan   boo’liq
qiziqishlari   darajasini   inobatga   olib   ommaviy   ahborot   vositalari   sahifalarida
yoritilgan   yuqorida   qayd   etilgan   sohalarga   oid   ijtimoiy   mazmundagi   ahborot,
eshittirish   va   ko’rsatuvlar   tayyorlash   o’quvchilar   ma’naviy   madaniyatini
shakllantirishda yahshi  samaralar beradi. O’spirinlardagi qiziqishni inobatga olgan
holda ijtimoiy mazmundagi hususan, “Biznes faoliyatini tashkil etishning ma’naviy
asoslari”, “Oldi-sotti munosabatlarining ahloqiy negizlari”, “YOshlar jinoyatchiligi
va uning oqibatlari”, “HHI asrga narkotiklarsiz qadam tashla!”, “Sening Huquq va
burchlaring”,   “YOshlar   ijtimoiy   mehnatini   tashkil   etish   shartlari”,   “Nikoh
muqaddas bitim”, “Tabiatni muHofaza qilishning ma’naviy asoslari”, “Terrorizm –
mudhish   jinoyat”,   “Qonuniy   harakat   va   harakatsizlik   nima?”   kabi   mavzularda
ma’ruza   va   seminarlar   tashkil   etish,   mustaqil   ravishda   ijtimoiy   adabiyotlar   bilan
ishlashga o’rgatish, noahloqiy hatti-harakatlar va ularning oqibatlari hususida davra
suhbati,   Huquqni   muhofaza   qilish   organlari   hodimlari   bilan   uchrashuv   va
anjumanlar   o’tkazish,   shuningdek,  ijtimoiy  mavzudagi  kinofilmlar  namoyish   etish
o’oyat muhimdir. FAN MAJMUASINI TAYYORLASHDA FOYDALANILGAN
ADABIYOTLAR RO’YXATI
Asosiy adabiyotlar
A1 O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi T.: O’zbekiston nashriyoti 
2019 y
A2 O’zbekiston Respublikasi “Ta’lim to’g’risida” gi Qonuni // Xalq so’zi 
gazetasi 2020 yil 24-sentabr soni
A3 R.A.Mavlonova, O.To’rayeva, K.M.Xoliqberdiyev, Pedagogika. Darslik 
T:. O’qituvchi 2018 yil.
A4 B.X.Xodjayev Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti. 
“Sanostandart” nashriyoti. Toshkent 2017 y. A5 K.Xoshimov, S.Nishonova. Pedagogika tarixi . Darslik –Toshkent 2005 
yil
A6 K.Xoshimov, S.Ochilov. O‘zbek pedagogikasi antologiyasi. O‘quv 
qo‘llanma.T:.O‘qituvchi 2010-yil
A7 Pedagogika (Pedagogika nazariyasi va tarixi) O‘qituvchilar tayyorlash va
pedagogika fani sohasi: bakalavriat yo‘nalishi uchun darslik // 
prof.M.X.Toxtaxadjayevaning umumiy tahriri ostida, O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi. – Toshkent 
“O‘zbekiston faylasuflar milliy jamiyati” nashriyoti, 2010
A8 A.Xoliqov Pedagogik mahorat.DarslikT.: Iqtisod-moliya, 2011yil 
A9 Maxsus pedagogika. Darslik.-T.: (Fan va texnologiya )  2004   y

Pedagogika shaxs tarbiyasi va rivojlanishi to`g`risidagi fan. Ilmiy pedagogik tadqiqotlar metodologiyasi va metodlari Reja: 1. Pedagogika fani va uning asosiy kategoriyalari. 2. Pedagogika fanining paydo bo‘lishi va rivojlanishi. 3. Pedagogik fanlar tizimi. Ilmiy-pedagogik tadqiqotlarni tashkil etish va o‘tkazish. 4. Shaxs haqida tushuncha. Shaxs rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillari. 5. Shaxs shakllanishining yosh davrlari va ularning o’ziga х os xususiyatlari

Milliy istiqlol tufayli taraqqiyotning barcha sohalarida jadal rivojlanib borayotgan mamlakatimizda yosh avlodning bilim darajasini jahon andozalari talablariga javob beradigan, fan-texnika yangiliklaridan xabardor, mustaqil fikrlay oladigan, hayotga dadillik bilan kirisha oladigan, tadbirkor, ma`naviy jihatdan barkamol qilib voyaga etkazish dolzarb vazifalardan hisoblanadi. Bu esa, avvalo, pedagogika fanini, ta`lim-tarbiya tizimini zamonaviy texnologiyalar asosida takomillashtirishni taqozo etadi. O`zbekiston Respublikasining «Ta`lim to`g’risida»gi Qonunida (1997y.) ta`lim davlatimiz ijtimoiy taraqqiyoti sohasida ustivor deb e`lon qilinishi pedagogika fani zimmasiga juda katta mas`uliyatli ulug’vor vazifalarni yukladi. Juda boy ilmiy, ma`naviy, madaniy, diniy merosimimizni qayta tiklash ularni zamon ruhi talabi bilan uyg’unlashtirib faqat shaxsiy, milliy manfaat kasb etib qolmasdan umumjahon ma`naviy, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga ulkan hissa bo`lib qo`shilmoqda. O`sib kelayotgan yosh avlod va ularning kelajakda qanday kasb-hunar egallashlariga qarab, Respublikamiz kelajagini tasavvur qilsa bo`ladi. Yoshlar farovon hayotimiz mezonidir. Xuddi shu ma`noda yoshlarning ta`lim-tarbiyasiga jiddiy e`tibor bermog’imiz lozim. Yoshlar ta`lim-tarbiyasi har bir ota-onaning, o`qituvchi-tarbiyachining Vatan oldidagi muqaddas burchidir. Savol tug’iladi: ular ta`lim-tarbiya borasida nima qilishlari, qanday yo`l tutishlari, nimaga e`tibor berishlari lozim? Bu savollarga ma`lum darajada pedagogika fani javob beradi. Pedagogika fani nima va u qachon paydo bo`lgan? Mazkur savolga javob berishdan oldin tarixiy manbalarga murojaat etaylik. Manbalarda yozilishicha kishilik jamiyati paydo bo`lgach, ijtimoiy hayotda orttirilgan tajribalarni quyi avlodga o`rgatish ehtiyoji tug’ildi. Tajribalarning to`planishi natijasida ta`lim-tarbiyaning dastlabki omillari vujudga keldi. Tabiat, ijtimoiy hayot haqidagi tajribalar asosida ma`lum bilimlar boyib bordi. Ta`lim-tarbiya ishlari bilan shug’ullanuvchi tarbiyachilar kasb-hunar homiylari sifatida ajralib chiqa boshlashdi. Ularning ta`lim-tarbiya borasidagi

faoliyatlari va to`plangan tajribalaridan o`rinli foydalanishlari pedagogika fanining vujudga kelishiga olib keldi. Shu asnoda dastlabki maktab ko`rinishidagi muassasalar vujudga keldi, taraqqiy etdi. Shunday qilib, pedagogika ta`lim- tarbiyaning maqsad va vazifalari, ularning mazmuni, metodlari hamda tashkil etish shakllari haqida ma`lumot beruvchi fanga aylandi. Demak, pedagogika fani o`sib kelayotgan yosh avlodni barkamol inson qilib tarbiyalash uchun ta`lim-tarbiyaning mazmuni, umumiy qonuniyatlari va amalga oshirish yo`llarini o`rgatuvchi fandir. Ba`zan, pedagogika fa ni ning nima keragi bor? Pedagogikadan xabari yo`q, lekin bolalarga yaxshi tarbiya bergan insonlar ko`pku? Yoki aksincha, pedagogika fanini bilgan holda hatto o`z bolalarini risoladagidek tarbiyalay olmaganlar ozmunchami? degan savollar eshitilib qoladi. Shuni unutmaslik kerakki, pedagogika fanining yutuqlarisiz jamiyatni olg’a siljitish g’oyat mashaqqatli kechadi. Agar pedagogika fanidan xabarsiz bo`lgan kishilar pedagogika fanini o`z vaqtida o`rganib, yutuqlaridan samarali foydalanganlarida bolalarni ham yahshiroq tarbiyalagan bo`lur edilar. Pedagogikadan yaxshi xabardor kishilar esa o`z bilimlarini tajribada ishlata olmaganliklari uchun bolalarni tarbiyalashda muvaffaqiyatga erisha olmaganlar. Pedagogika fanini ham nazariy, ham amaliy jihatdan puxta o`rganish lozim. Ta`lim tarbiyadan ko`zlangan maqsadni anglash va ular tizimida yangi bilimlar berish bolalarni to`g’ri tarbiyalash shartidir. Bunda tarbiyachining beg’araz mehnati, bolalarni sevishi va ularga jon fido aylashlari tarbiya samaradorligini ta`minlaydi. Biroq, ijtimoiy jarayonda to`plangan tajribalar tarbiya mazmunini tashkil etsa-da, ularning hammasini yosh avlodga o`rgatishning imkoniyati yo`q edi. Faqat xalq ta`limi tizimiga kiruvchi bo`g’inlar orqali orttirilgan tajribaning muayyan qismini qamrab olish mumkin edi.

Bu y erda ham muammo tug’ildi. Hozirgi kunda barcha xildagi tajriba shakllari tarbiya mazmunini tashkil eta oladimi? Yosh avlod tarbiyasiga aloqador tajribalarni qanday ajratish mumkin? Kim bunday ish bilan shug’ullanadi? Tabiiyki, barcha xildagi tajriba shakllari ham tarbiya mazmunini tashkil etavermaydi. Chunki: - Birinchidan, pedagogika, xususan, o`zbek xalq pedagogikasi taraqqiyotida juda murakkab bo`lgan tomonlar (hatto bu murakkablikning noma`lum qismlari) mavjudki, ularni yoshlar daf`atan o`zlashtira olmaydilar. Masalan; sharq falsafasi yoki mutafakkirlarimizning ma`naviy merosini falsafa, tabiiy va gumanitar fanlar, diniy manbalardan yaxshi xabardor bo`la olmaganligimiz sababli o`rganishimiz qiyin kechadi; - ikkinchidan, tarbiyalanuvchilarning yosh hususiyatlariga ko`ra va ham metodik, ham moddiy asosning etishmasligi sababli to`plangan tajribalarning hammasini olish imkoniyati yo`q va hokazo. Eng muhimi, jamiyat taraqqiyotining ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlariga va kelajakda kutiladigan o`zgarishlarni hisobga olib tarbiya mazmunini shakllantirish darkor. O`zbek pedagogikasining vazifasi Respublikamizda yashovchi turli millat- elatlarning orzu-istaklariga monand ta`lim-tarbiyaning ham nazariy, ham amaliy muammolarini milliy qadriyatlar asosida to`g’ri hal etib berishdir. Bunda islom dunyosida qalam tebratgan allomalarimizdan tortib, zamondosh olimu fuzalolarimizning ta`limotlaridan hamohang ta`lim tarbiyaga oid qirralarini izlab topishni taqozo etadi. Yosh-avlod dunyoqarashini shakllantirishda istiqloldan avval qoralangan tasavvuf ilmidan ham foydalanish joiz. Negaki, bir mafkura yakka hokimliligiga endilikda nuqta qo`yiladi. Erkin fikrlash tizimi yosh avlod ruhini tarbiyalashdagi bosh omillardan biridir. «Pedagogika» atamasi «Peyne»-«bola»va «aygogeyn»-«etaklamoq» degan ma`noni bildiruvchi lotincha «paydagogos» so`zlaridan paydo bo`lishi quyidagicha izohlanadi: eramizdan oldingi I asrlarda Gretsiyada, quldorlarning bolalalarini ovqatlantiradigan, sayrga olib boruvchi, tarbiyachi-qullarni «pedagog» deb atalgan. U bolalarning kamolga yetishiga mas`ul bo`lgan. Quldorning bolasini yetaklab

maktabga olib borgan va olib kelgan. Maktabda ishlovchi o`qituvchilarni «didaskallar» (didayko-men o`qitaman) deyishgan. Feodalizm jamiyatiga kelib esa har ikki kasbdagi kishilar hamkorligi natijasida ta`lim-tarbiya bilan maxsus shug’ullanuvchilar vujudga kelgan. Ularni chex pedagogi Ya.A.Kamenskiy ta`kidlaganidek, «pedagog» deb nomlaganlar va bu so`z hozir ham ta`lim-tarbiya beruvchi o`qituvchilarga nisbatan qo`llaniladi. Har qanday fanning ob’ekti va predmetini farqlash muhim ahamiyatga ega. Fanning ob’ekti - shu fan tadqiq etadigan voqe’lik qismi ya’ni, o’rganish sathi, maydoni hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan, pedagogika fanining ob’ekti- pedagogik jarayonda kechadigan tarbiyalash, ta’lim berish, rivojlantirish asosida shakllanadigan inson hisoblanadi. Pedagogika o’zining ob’ektini – rivojlanayotgan, doimiy yuksalish sharoitidagi insonda anglaydi. Bu inson doimiy ravishda tabiat hamda jamiyat qonuniyatlariga bo’ysunib, ular bilan uyg’unlikda faoliyat ko’rsatadi. Fanning predmeti- ob’ektdagi bevosita o’rganiladigan aniq soha bo’lib, u o’z xususiyatlari, sifatlari va jihatlariga ega. Predmet – bu tadqiqotchi (sub’ekt) tomonidan mazkur ob’ektda qo’yilgan vazifani o’rganish sohasi hisoblanadi. Pedagogika fanining predmeti- bir butun yaxlitlikdagi pedagogik jarayonning qonuniyatlari va mohiyati hisoblanib, shaxsning shakllanishi va rivojlanishi ushbu jarayonda kechadi. Lo’nda qilib aytganda pedagogikaning predmeti - inson rivojlanishini ta’minlaydigan pedagogik jarayon dir. Zamonaviy pedagogik jarayon bir qator o’zaro bog’liqlikdagi jarayonlar: o’qitish, tarbiyalash, o’z-o’zini tarbiyalash, rivojlanish, ta’lim, psixologik tayyorgarlikni o’zida qamrab oladi. Zamonaviy talqinda pedagogikaning ob’ekti bo’lib-pedagogik jarayon ishtirokchilarining o’zaro ta’siri hisoblansa, predmeti esa- o’zaro ta’sirning maqsadi, mazmuni, yo’llari hamda pedagogik texnologiyalarda o’z aksini topadi.