ATMOSFERA. HAVO QOBIG‘IDAGI GEOFIZIK JARAYONLAR

Загружено в:

17.12.2024

Скачано:

0

Размер:

29.4 KB
ATMOSFERA . HAVO QOBIG‘IDAGI GEOFIZIK JARAYONLAR
1. Atmosferaning shakli va massasi
2. Atmosferaning kattaligi va tuzilishi
3. Bulutlarni kuzatish
4. Atmosfera hodisalari va yog’inlarni kuzatish Atmosferaning shakli va massasi
Atmosferaning shakli . Yerning qattiq qobig‘i singari uning havo qobig‘i ham
ellipsoid   aylanishiga   o‘xshashdir.   Uning   katta   yarim   o‘qi   kichigiga   nisbatan   1,2
barovar   katta.   Lekin   atmosferaning   Quyoshga   qarama-qarshi   tomoni   bo‘rtib
chiqqan bo‘lib, uni «Yerning gazli dumi» deb atashadi. Bo‘rtmaning uzunligi 120
mln km.ga boradi.
Atmosfera   massasi   5,27 • 10 18
  kg.   U   relef   va   haroratning   taksimotiga   qarab
o‘zgaradi.     Masalan   yilning   issiq   davrida   massasi   ko‘paysa,   sovuq   davrida
kamayadi   (farqi   10 10
  kg   atrofida)   Olimlarning   fikricha   bu   hodisa   biologik
jarayonlarning   faollashuvi   bilan   bog‘langan   bo‘lib,   ular   gaz   ajratar   ekan.   Shuni
aytib o‘tish joizki, yanvar bilan iyul oralig‘ida 4 • 10 15
  kg havo massalari Shimoliy
yarimshardan   Janubiy   yarimsharga   o‘tar   ekan.   Yilning   ikkinchi   yarmida   havo
massalari   yana   orqaga   qaytishi   aniqlangan.   Havo   massasari   balandlik   bo‘yicha
ham turlicha taqsimlangan. Jumladan, 5km gacha 50%, 10 km gacha 75%, 16 km
gacha 90%, 20 km gacha 95 %, 30 km gacha 99% .
Atmosferaning kattaligi va tuzilishi
Atmosferaning   kattaligi .   Atmosferaning   qalinligi   to‘g‘risida   yagona   fikr
yo‘q.   Uning   quyi   chegarasi   Okean   va   quruqlik   yuzasiga   to‘g‘ri   keladi.   Kosmik
kemalar,   yerning   sun’iy   yo‘ldoshlari,   uchuvchi   zondlarning   qarshilikka   uchrash
darajasiga qarab atmosferaning yuqori chegarasi 3000 km ekanligi aniqlangan.
4.   Atmosferaning   tuzilishi .   Atmosferaning   asosiy   fizik   xususiyatlariga
zichligi,   bosimi,   harorati,   havoning   namligi,   qattiq   va   suyuq   aralashmalarning
miqdoriga   tegishli.   Bu   ko‘rsatkichlar   vertikal   va   gorizontal   yo‘nalishlar   bo‘yicha
o‘zgarib   turadi.   Masalan,   havoning   harorati   balandlik   (vertikal)   bo‘yicha   har
kilometrga 6-7 0
  S ga o‘zgaradi, gorizontal  yo‘nalishda esa  500-600 km masofaga
(uzunlik   va   kengliklar   bo‘yicha)   6-7 0
  S   ga   o‘zgaradi.   Hozirgi   paytda   atmosferani
vertikal yo‘nalish bo‘yicha to‘rtta belgisiga ko‘ra bo‘lishadi.
1-Jadval
Atmosferaning bo‘linishidagi asosiy belgilar
Asosiy belgilar Atmosfera qatlamlari Qatlamlarning o‘rtacha, quyi va yuqori chegaralari 
(km hisobida)
I. Haroratning
vertikal
taqsimlanishi 1. Troposfera
2. Stratosfera
3.  Mezosfera
4. Termosfera
5. Ekzosfera 0-11
11-50
50-90
90-450
450 dan baland
II.   Atmosfera
havosiningtarkibi :
a)   gazlarning
nisbati
b )   ionlar
konsentratsiyasi 1.Gomosfera
2.Geterosfera
1.Atmosfera
2.Ionosfera 0-95
95 dan baland
0-50 (60)
50(60) dan baland
III.Atmosferaning
yer yuzasi bilan
 o‘zaro ta’siri 1.  Chegaradosh
qatlam
(ishqalanish qatlami)
2. Erkin atmosfera 0-1 (1,5)
1(1,5) dan baland
IV.   Uchuvchi
apparatlarga
atmosferaning
 ta’siri 1. Zich qatlamlar
(atmosfera)
2. Yerga yaqin koinot
makoni 0-150
150 dan baland
Qatlamlarning   qalinligi   va   balandligi   geografik   kenglik   va   yil   fasllari
bo‘yicha   o‘zgarib   turadi.   Ayniqsa   bu,   havo   qatlamlarining   haroratga   ko‘ra
bo‘linishida   aniq   namayon   bo‘ladi.   Masalan,   troposferaning   ekvatordagi   qalinligi
16-18 km bo‘lsa, qutbiy kengliklarda 8-10 km, hatto 6 km gacha kamayadi.
Troposferada   turlicha   meteorologik   hodisalar   bo‘lib   turadi.   U   eng   zich,
balandlik   va   gorizontal   yo‘nalishda   o‘zgaruvchan   qatlamdir.   Bu   yerda   atmosfera
massasining   79%   o‘rtacha   kengliklarda,   90%   pastki   (quyi)   kengliklarda
joylashgan. Harorat har 100 m ga 0,65 0
 S ga pasayadi. Lekin, bu Quyosh nurining quruqlik, suv, muz, qor, o‘rmon va h.k. yuzalarga tushishiga bog‘liq holda 100 m.
ga harorat o‘nlab darajaga o‘zgarishi mumkin. 
Troposfera   uchun   uchta   hususiyat   xos:   1.Ekvatordan   qutblar   tomon   havo
harorati   pasayib   boradi.   Yil,   fasllar   va   qisqa   davrlarda   harorat   qiymati   o‘zgaradi.
Eng yuqori harorat (termik ekvator) 20 0
-25 0
 S darajali yozgi yarim shimoliy sharda
kuzatiladi.   2.   Kengliklar   oralig‘ida   harorat   gradiyenti   ancha   farq   qiladi.   Masalan,
20 0
  S   va   30 0
S   shk   oralig‘ida   havo   haroratining   har   100   mga   pasayishi   4,6 0
S,   30 0
bilan   40 0
  sh.k.   larda   5,6 0
S,   40 0
  bilan   50 0
  sh.k.   oralig‘ida   esa   8,6 0
S   ga   teng.   3.
Janubiy   yarim   sharning   barcha   kengliklarida   havo   harorati   shimoliy   yarim
shardagiga nisbatan past (sovuqroq).
Har   bir   asosiy   havo   qatlamlari   o‘rtasida   oraliq   qatlam-tropopauza,
stratopauza, mezopauza va termopauzalar bor.
Stratosferaning  25-30  km   balandligiga  qadar   harorat  nisbati   turg‘un  bo‘lsa,
30-50 km  oralig‘ida  keskin ko‘tarila borib, 77 0
  S gacha yetadi. Bu  sharoitda gaz,
molekulalarining o‘rtacha tezligi yuqori ko‘rsatgichga ega bo‘ladi.
Mezosferada   harorat   keskin   pasaya   boradi   va   55-60   km   balandda   0 0
S   ga
tushadi, 90 km balandlikda havo harorati yozda (o‘rtacha va yuqori kengliklarda)  -
80   0
S  –  90   0
S  bo‘lsa, qishda  -  40 0
 S  -  50 0
 S atrofida o‘zgaradi.
Termosferada   Quyoshning   qisqa   to‘lqinli   radiatsiyasini   atomar   kislorod   va
azotlarning yutish hisobiga harorat mutasil ortib boradi.
Bulutlarni kuzatish
Bulutlilikni   kuzatishlar   ularning   miqdori,   shakli   va   stansiya   sathidan
balandligini aniqlashdan iborat.
Meteorologik   kuzatishlarda   bulutlarni   morfologik   belgisi   bo’yicha   (tashqi
ko’rinishiga   asoslangan)   xalqaro   tasnifi   qabul   qilingan.   U   bulut   asosining
balandligi   bo’yicha   o’z   ichiga   bulutlarning   3   ta   qatlami   va   10   ta   turi   va   vertikal
bo’yicha rivojlanadigan bulutlarni oladi. Bulutlar   tasnifi .   Yuqori   qavat.   Bu   qavatdagi   bulutlarga   patsimon   (Si),
patsimon   to’p-to’p   (Ss)   va   patsimon   qatlamli   (Ss)   bulutlar   kiradi.   Ularning
balandligi geografik kenglikka bog’liqlik holda 5 dan 13 km gacha o’zgaradi.
“Butlar   Atlasi”dan   (1979)   foydalanib,   bulutlarning   har   bir   turiga   qisqacha
xarateristika beramiz.
1.   Patsimon   bulutlar   Cirrus   (Ci)   oq,   ingichka,   soyasiz   tolasimon,   patlar,
taramlar,   iplar   va   yuqoriga   egilgan   tirnoqlar   shaklidagi   bulutlar.   Ular,   ko’pincha
butun   osmondan   o’tib   ufqning   bir   nuqtasida   yig’iladigan   polosalar   shaklida
joylashgan   bo’ladi.   Patsimon   bulutlar   troposferaning   eng   yuqori   qismida,   o’rta
kenglikda 7–13 km, tropiklarda 18 km gacha balandlikda, muz kristallaridan iborat
bo’lib yuzaga keladi.
  Patsimon   tolalali   Cirrus   fibatus   (Cu   fib),   Ci   filosus   (Ci   fil)   bulutlari   eng
ko’p kuzatiladi. Tolalar bir muncha parallel (front sirti ustida), yoki chigallashgan
o’ram ko’rinishida joylashgan bo’lishi mumkin.
Cirrus   spissatus   (Ci   spi),   noto’g’ri   shakldagi   ko’p   sonli   oq   zichlanishlarga
ega   bo’lgan,   patsimon   zich   bulutlar   ham   tez-tez   uchraydi.   Tolasimon   patsimon
bulutlarga   qaraganda   ularda   tolasimon   tuzilish   nisbatan   kamroq   ifodalangan.
Ko’pincha,   zich   patsimon   bulutlar   parchalanayotgan   yomg’irli   to’p-   to’p
bulutlarning qoldiqlari (parchalari) bo’ladi.
2.  Patsimon to’p-to’p bulutlar – Cirrusumulus (Ss)  juda mayda yarimshaffof
parchalar yoki jingalaklardan tashkil topgan qatorlar yoki qatlamlardan iborat. Ular
5-6   km   dan   yuqorida   joylashgan   bo’ladi.   Bu   bulutlar   noturg’un,   ular   tez   paydo
bo’ladi,   o’zgaradi   va   yo’qoladi.   Patsimon   to’p-to’p   bulutlar,   ko’pincha,   patsimon
qatlamli   bulutlar  bilan  bog’liq.  Patsimon  to’p-to’p  bulutlar,  yuqori  troposferadagi
havoning  konvektivlgi   va  to’lqinli  harakatlar   yuzaga  kelganda   hosil   bo’ladi.   Ular
ham muz kristallaridan iborat.
3.   Patsimon qatlamli bulutlar – Cirrustrutus (Cs)   Oy va Quyosh gardishini
chaplashtirmaydigan   yupqa   oqish   pardadir.   Bu   bulutlar   ham   kristallardan   iborat.
Patsimon qatlamli bulutlar mavjudligida Oy va Quyosh atrofida katta oq aylanalar
galo   hosil   qiladi.   Bu   optik   hodisa   bulut   kristallarida   quyosh   nurlarining   sinishi natijasida   yuzaga   keladi.   Patsimon   qatlamli   bulutlar   patsimon   bulutlar   bilan   bir
paytda   yoki   ulardan   keyin,   bir   xil   yoki   biroz   pastroq   balandliklarda   kuzatiladi.
Patsimon   qatlamli   bulutlarning   paydo   bo’lishi   ob-havo   yomonlashishining
alomatidir.   Ular   ko’pincha   bulutli   yomg’irli   ob-havodan   keyin   ham   ko’rinishi
mumkin.   Bu   bulutlar   atmosfera   frontlari   zonasida,   yuqori   trotferada   xavoning
ko’tariluvchi   harakati   paytida   uning   adiabatik   sovushi   natijasida   hosil   bo’ladi.
Patsimon qatlamli bulutlar, ayniqsa iliq okklyuziya frontlari uchun xarakterli.
O’rta   qavat .   Bu   qavatda   yuqori   to’p-to’p   (Ac)   va   yuqori   qatlamli   (As)
bulutlari   joylashadi.   Ular   quyi   chegarasining   balandligi   2   km   dan   6-7   km   gacha
yetishi mumkin.
4.   Yuqori   to’p-to’p   bulutlar   –   Altocumulus   (Ac)   kulrang   yoki   oq   rangdagi
bulutlar   qatlami   yoki   qatoridan   iboratdir.   Ular   nur   o’tkazadigan   Altocumulus
translucidus (Ac tr) yuqori to’p-to’p bulutlarining bir turidir. Bulutlar qatlami yoki
qatoridan   osmon   ko’rinadi.   Ba’zida   yuqori   to’p-to’p   bulutlar   zichlanib,   quyosh
nurlarini o’tkazmaydigan to’lqinsimon tuzilishli uzluksiz qatlamni hosil qiladi. ular
Altocumulus opacus (Ac op) zich bulutlarining bir turidir. Bu bulutlarning ko’plab
turlari va ko’rinishlari mavjud.
Yuqori   to’p-to’p   bulutlar,   ko’pincha   mayda   o’ta   sovuq   holatdagi   suv
tomchilaridan iborat bo’ladi. O’rta kengliklarda bu bulutlarning balandligi 2-6 km.
Bu   bulutlar   ob-havoning   yomonlashishiga   olib   kelmaydi   va   yog’inlar   bermaydi.
Lekin   yuqori   to’p-to’p   bulutlar,   ulardan   kuchliroq   boshqa   bulutlarning   yo’ldoshi
bo’ladi.
Yuqori   to’p-to’p   bulutlarning   hosil   bo’lishi   inversiya   ostida   havoning
to’lqinli   harakatlari,   xususan,   sovuq   va   okklyuziya   frontlarining   oldida,   qiyalik
burchagi   kichik   bo’lgan   frontal   sirtdagi   va   tog’   to’siqlari   ustidagi   to’lqinli
harakatlar   hamda   2   km   dan   yuqori   qatlamlardagi   konvektiv   harakatlar   ta’sirida
kuzatiladi.
5.   Yuqori   qatlamli   bulutlar   –   Altostratus   (As)   ko’pincha   patsimon   qatlamli
bulutlarga qaraganda pastroq va zichroq, uzluksiz tekis yoki to’lqinli kulrang, yoki
ko’kish rangdagi qoplamni hosil qiladi. Galo hodisasi ularda kuzatilmaydi. Bunday qoplamdan   Quyosh   va   Oy   huddi   xira   oynadan   ko’ringanday,   soya   bermasdan
ko’rinadi. Bu  bulutlar  nur  o’tkazadigan  yuqori  qatlamli  Altocumulus  translucidus
(Ac   tr)   bulutlari   deb   ataladi.   Quyosh   nurlarini   o’tkazmaydigan   zichroq   bulutlar   -
Altocumulus opacus (Ac op) bulutlari deb ataladi. Ular atmoferaning 2 km dan 7
km   gacha   qatlamida   hosil   bo’ladi.   Ularning   qalinligi   2-3   km   va   undan   ortiq
bo’lishi   mumkin.   Yuqori   qatlamli   bulutlar   mayda   qorchalar   va   o’ta   sovuq
holatdagi tomchilardan iborat.
Yuqori   qatlamli   bulutlardan   yog’inlar   yog’adi,   lekin   yozda,   odatda,   ular
bulutosti   havosida   bug’lanib,   yer   sirtiga   yetib   bormaydi.   Qishda   xatto   yupqa   As
lardan   ham   qor   yog’adi.   Iliq   frotning   bulutlar   tizimida   yuqori   qatlamli   bulutlar
patsimon qatlamli bulutlardan so’ng kelib, zichlanib yomg’irli qatlamli bulutlarga
o’tadi.   Sovuq   front   tizimida   As   lar   yomg’irli   qatlamli   bulutlardan   keyin   kelib,
yupqalashib patsimon qatlamli bulutlarga o’tadi.
Quyi   qavat .  Bu   qavatda   yomg’irli   qatlamli   (Ns),  to’p-to’p  qatlamli   (Sc)   va
qatlamli   (St)   bulutlari   joylashadi.   Ular   quyi   chegarasining   balandligi   yer   sirtidan
bir necha o’n metrdan 2-3 km gacha yetishi mumkin.
6.   Yomg’irli   qatlamli   bulutlar   –   Numbostratus   (N
s )   pastdan   qaraganda
shaklsiz   uzluksiz   to’q   kulrang   bulut   qoplami   ko’rinishida   bo’lib,   undan   burkama
yog’inlar   (qor   yoki   yomg’ir)   yog’adi.   Bulutlar   qoplami   ostidan   Quyosh   va   Oy
ko’rinmaydi.   Yomg’irli   qatlamli   bulutlar   yakka   holda   kamdan-kam   kuzatiladi,
ko’pincha   ularning   ostida   uziq-uzuq   qatlamli,   yomg’irli   qatlamli   bulutlarning
asosiy   qatlamini   qisman   yoki   butunlay   to’sadigan,   quyi   chegarasining   balandligi
pastki   1   km   orasida   joylashgan   bulutlar   hosil   bo’ladi.   Ular   tomchi   va   muz
kristallaridan iborat. Manfiy haroratlarda tomchilar o’ta sovuq holatda bo’ladi.
Yomg’irli   qatlamli   bulutlar   xavoning   front   sirti   bo’ylab   ko’tariluvchi
harakatida uning adiabtik sovishi natijasida hosil bo’ladi.
7.  To’p-to’p qatlamli bulutlar –  Stratocumulus (Sc)  yirik va past joylashgan
kulrang yoki to’q kulrang, to’g’ri qator tashkil qiladigan to’lqinlar jo’yaklari yoki
parchalarini   hosil   qiladi.   Ba’zida   ular   orasidan   osmon   ko’rinadi   –   bu   nurlarni
o’tkazadigan   to’p-to’p   qatlamli   Stratocumulus   translucidus   (St   tr)   bulutlaridir. Boshqa hollarda ular po’rtana yoki yirik parchalardan iborat bo’lgan, to’q kulrang
tusdagi qoplam – zich to’p-to’p qatlamli Stratocumulus opacus (Sc op) bulutlarini
hosil qiladi.
To’p-to’p   qatlamli   bulutlar,   ko’pincha   mayda,   qishda   o’ta   sovuq   holatdagi
suv   tomchilardan   iborat   bo’ladi.   Nurni   o’tkazadigan   to’p-to’p   qatlamli   bulutlar
hyech  qachon yog’in bermaydi   va ob-havoning  yomonlashish   alomati  bo’lmaydi.
Aksincha, ular ko’pincha turg’un va tinch ob-havoda hosil  bo’lib, ularning paydo
bo’lishi   havo   namligining   kattaligidan   dalolat   beradi.   Zich   to’p-to’p   qatlamli
bulutlar   ko’pincha   yomg’irli   ob-havoda,   yong’in   beradigan   kuchli   (yomg’irli
qatlami yoki to’p-to’p yomg’irli) bulutlar bilan birga kuzatiladi.
To’p-to’p   qatlamli   bulutlar   2   km   dan   pastda   joylashgan   inversiya
qatlamlarida   yuzaga   kelgan   to’lqinli   harakatlar,   2   km   dan   pastroqda   joylashgan
inversiya   qatlami   ostida   to’p-to’p   bulutlarning   tarqalishi   hamda   kechqurun
konveksiyaning   susayishi   natijasida   hosil   bo’ladi.   To’p-to’p   bulutlarning
tarqalishidan   hosil   bo’lgan   to’p-to’p   qatlamli   bulutlar   Stratocumulus
cumulogenitus ( Sc cug) bulutlari deb ataladi. 
8.   Qatlamli   bulutlar   –   Stratus   (St)   yer   sirtidan   ko’tarilgan,   to’plamga
o’xshagan,   kulrang   tusdagi   birjinsli   qatlamdir.   Ular,   odatda   butun   osmonni
qoplaydi.   Bu   bulutlar   quyi   chegarasining   balandligi   bir   necha   o’n   yoki   yuz   metr
balandlikda joylashadi. Ba’zida ular yer sirtidagi tumanlar bilan qo’shilib ketadi. St
larni   qalinligi   katta   emas   –   bir   necha   o’n   va   yuz   metrlar.   Qatlamli   bulutlar   juda
mayda,   manfiy   haroratlarda   o’ta   sovuq   xolatdagi   suv   tomchilarda   iborat.   Ular
ichida   mayda   muz   kristallar   ham   kuzatilishi   mumkin.   Bu   bulutlardan   shivalama,
qishda qor donalari va muz ignalar yog’ishi mumkin.
Qatlamli  uzuq bulutlar  Stratus fractus (St  fra)  qatlamli  bulutlarning bir  turi
hisoblanadi. Fractonimbus (Fr nb) uzuq yomg’irli buluti qatlamli uzuq bulutlarning
ko’rinishlaridan   biri   hisoblanadi.   Ular   past,   to’q   kulrang   yomon   ob-havo   uzuq
bulutlaridir. Ular  yog’inlar  beradigan  yuqori   qatlamli, yomg’irli  qatlamli   va to’p-
to’p   yomg’irli   bulutlar   ostidagi   turbulent   harakatlar   natijasida   hosil   bo’ladi.
Ularning o’zi yog’in bermaydi.  Qatlamli   bulutlar,   asosan,   birjinsli   havo   massalarining   quyi   qatlamlarida
hosil   bo’ladi.   Ularning   hosil   bo’lishiga   olib   keladigan   asosiy   jarayonlar
quyidagilar: 1) sovuq sirt ustidan harakatlanayotgan nisbatan iliq xavoning sovishi;
2) tunda havoning radiasion sovishi; 3) inversiya osti qatlamida bug’ning turbulent
harakatlar bilan ko’chishi.
Vertikal   bo’yicha   rivojlanadigan   bulutlar .   Bu   bulutlarga   to’p-to’p   (Cu)   va
yomg’irli   to’p-to’p   (Cb)   bulutlari   kiradi.   Bu   bulutlarning   quyi   chegarasi   quyi
qavatda, yuqori chegarasi esa o’rta, hatto, yuqori qavatgacha yetib borishi mumkin.
9.   To’p-to’p   bulutlar   –   Cumulus   (Cu)   –   zich,   alohida   joylashgan,   vertikal
bo’yicha rivojlangan oq gumbazsimon tepalari va yassi kulrang yoki ko’kish quyi
chegarasi  bilan  ajraladigan  bulutlar   massasidir.  Shamolning  kuchayishlarida  to’p-
to’p   bulutlarning   chetlari   uzuq   bo’lishi   mumkin.   Yer   sirtidan   quyi   chegarasining
balandligi   1-2   km.   Bu   bulutlar   suv,   manfiy   haroratlarda   o’ta   sovuq   holatdagi
tomchilardan   iborat   bo’ladi.   Odatda,   o’rta   kengliklarda   to’p-to’p   bulutlardan
yong’inlar yog’maydi, tropiklarda ulardan kuchsiz yong’inlar yog’ishi mumkin.
Kuchsiz konveksiya yoki baland bo’lmagan inversiya mavjudligida, vertikal
bo’yicha   kuchsiz   rivojlangan   to’p-to’p   bulutlar   hosil   bo’lishi   mumkin.   Bular
Cumulus   (Cu   hum)   yassi   to’p-to’p   bulutlaridir.   Ularni   balandligi   gorizantal
o’lchamlaridan kichik. Ular, odatda, kunduzi hosil  bo’lib yaxshi, turg’un ob-havo
alomatidir. Kechqurun bu bulutlar tarqalib, to’p-to’p qatlamli bulutlarga aylanadi,
kechasiga borib umuman yo’qoladi.
To’p-to’p uzuq bulutlar – Cumulus fractus (Cu fra) – to’p-to’p bulutlarning
bir turidir. Bu oq, tutamsimon, uzuq shakldagi bulutlar bo’lib, ularning yassi quyi
chegarasi   aniq   rivojlanmagan   yoki   umuman   yo’q.   Bu   bulutlar   yassi   to’p-to’p
bulutlardan oldin yoki ular parchalanishida yuzaga keladi.
Konveksiyaning jadal rivojlanishi, vertikal bo’yicha kuchli rivojlangan to’p-
to’p   bulutlarning   hosil   bo’lishiga   olib   keladi.   Bu   kuchli   to’p-to’p   bulutlar   –
Cumulus congestus (Cu cong). Juda kuchli rivojlangan konveksiyada ular alohida
massa  bo’lib qolmasdan,  katta guruhlarga birlashib, rivojlanishda davom  etadi  va
yomg’irli to’p-to’p bulutlarga aylanadi.  10.   Yomg’irli to’p-to’p bulututlar – Cumulonimbus (Cb)   – tog’ yoki minora
ko’rinishidi   bir   necha   kilometr   balandlikka   ko’tariladigan,   to’p-to’p   bulutlarning
juda   kuchli   rivojlanishi   natijasida   yuzaga   keladigan   kuchli   bulutlar   tizimidir.
Bunday   bulutlarning   tepa   qismlari,   patsimon   bulutlar   kabi   tolali   va   kristall
tuzilishiga   ega.   Bulutlarning   tepa   qismlari   ko’pincha   torposferaning   eng   yuqori
qatlamlariga   o’tadi,   uzoqdan   kuzatilganda   ular   sandon   shaklini   eslatadi.   Quyi
qismlarida bu bulutlar suv tomchilaridan iborat bo’ladi, ba’zida muz donalari, do’l
yoki qor bilan aralash bo’ladi.
To’p-to’p   bulutlardan   jala   yog’inlari   (yomg’ir,   qor,   donalar,   do’l)   yog’adi,
yozda   tez-tez   momaqaldiroq   bilan   kuzatiladi.   To’p-to’p   bulutlarning   o’tishi   ob-
havoning keskin o’zgarishiga olib keladi:  qorong’i  bo’lib qoladi, qasirg’a shamol
ko’tariladi, jala yog’inlar yog’adi.
To’p-to’p   bulutlar   kuchli   ko’tariluvchi   havo   harakatlarida   (konvektiv   yoki
frontlarda) uning adiabtik sovishi natijasida yuzaga keladi. 
Atmosfera hodisalari va yog’inlarni kuzatishlar
Meteorologik   stansiyalarda   bulutlardan   yog’adigan   atmosfera   yog’inlari
(yomg’ir,   qor,   do’l,   donalar,   shivalama   va   boshq.),   shuningdek,   yer   sirtida   yoki
buyumlarda   havodagi   suv   bug’uning   kondensasiya   yoki   sublimasiyasi   natijasida
hosil bo’lgan yog’inlar (shudring, qirov, bulduriq, yaxmalik va h.k.) o’lchanadi.
Yog’inlar   miqdori   yog’ayotgan   yoki   kondensasiyalanayotgan   suv
qatlamining mm larida o’lchanadi.
Bulutlardan   yog’ayotgan   yog’inlarni   kuzatish .   Yog’inlar   miqdori   suvning
oqib   ketishi   va   suvning   tuproqqa   shimilishi   mavjud   bo’lmagan   holda
gorizantal   yuzaga   yog’in   paytida   tushuvchi   suv   hosil   qilgan   qatlamning
millimetrda o’lchangan balandligidir.  
Yog’in   miqdori   sutkada   ikki   marta   o’lchanadi.   O’lchashda   uchoyoqqa
o’rnatilgan   chelakka   qopqoq   yopib   olinadi,   uning   o’rniga   ikkinchi   chelak
o’rnatiladi.   Yog’in   to’plangan   chelak   stansiya   binosiga   olib   kelinib,   yog’inlar
jo’mrakdan o’lchash stakaniga quyiladi. Agar yog’inlar qattiq holatda bo’lsa, ular
eritilib, keyin o’lchanadi. Qattiq yog’inlar yig’ilgan chelakni issiq buyumlar (plita, isitish   radiatori)   oldiga   qo’ymaslik   kerak,   chunki   ularning   yonida   yog’inlar
bug’lanishi mumkin.
Yog’in o’lchagichning o’lchash stakani 100 ta bo’laklarga ega bo’lib, har bir
bo’lakning qiymati 2 sm 2
  ga teng. Chelakning qabul qiluvchi yuzasi 200 sm 2
  teng
bo’lganda,   bitta   bo’lak   0,1   mm   suv   qatlami   balandligiga   mos   keladi.   Agar
yog’inlar miqdori  o’lchash stakanining hajmidan katta bo’lsa, yog’in miqdori  2-3
bosqichda   o’lchanadi.   Har   bir   o’lchashdan   keyin   bo’laklar   soni   yozib   boriladi.
Barcha   o’lchashlar   tugagach,   yog’inlarning   umumiy   miqdori   (bo’laklar   soni)
hisoblanadi va mm ga aylantirib yoziladi.
Yer   ustidagi   yog’inlarni   kuzatish .   Shudring   musbat   haroratlarda   tunda
tuproq,   o’t   va   gorizontal   buyumlarda   paydo   bo’lgan   suvning   mayda
tomchilaridir.   Shudringning   hosil   bo’lishi   yer   sirtining   radiasion   nurlanishi
va   sovishi   natijasida   havodagi   suv   bug’ining   kondensasiyasi   bilan   bog’liq.
Shudring,   ko’pincha,   ochiq   havoda   nurlanish   kuchayganda   va   tinch   yoki
kuchsiz shamolda kuzatiladi.
Tushgan   shudringni   uzluksiz   qayd   etish   uchun   maxsus   asbob   -   rosograf
qo’llanilishi   mumkin.   Uning   ishlash   prinsipi   qabul   qiluvchi   plastinkada   hosil
bo’lgan   shudring   masasining   og’irligini   tortish   va   plastinka   massasining
o’zgarishini muntazam qayd qilib borishga asoslangan. Asbobning asosiy o’lchash
qismi   -   kvadrant   tarozidir.   Tarozi   shayinining   bir   uchida   shudring   qabul   qilgich
sifatida   ishlatiladigan   viniplastdan   konus   shaklidagi   tayyorlangan   palla,
ikkinchisida   esa   muvozanatlaydigan   yuk   o’rnatiladi.   O’lchagichning   quyi   sirtiga
tushgan   shudringni   aniqlash   uchun,   uning   ostida   ikkinchi,   kichik   qabul   qilgich
o’rnatiladi.   Tushgan   shudringning   miqdori   tarozi   shayinining   og’ishidan
aniqlanadi.   U   peroli   strelka   bilan   ulanadi,   pero   esa   soat   mexanizmi   yordamida
aylanadigan barabanning tasmasida yozuv qoldiradi.
Qirov   –   gorizontal   sirtlarda   manfiy   haroratlarda   radiasion   sovish   natijasida
hosil bo’ladigan qattiq mayda kristall yog’indir.
Daraxtlarning   shohlarida,   simlarda,   sim   to’rlarda   va   boshqa   ingichka
buyumlarda   sovuq   kuchsiz   shamolli   ob-havoda   hosil   bo’ladigan   kristallar   yoki donalar   tuzilishidagi   oq   yumshoq   yog’in   bulduruq   deb   ataladi.   Havoning   nisbiy
namligi   100%   ga   yaqin   bo’lganda   muzli   tuman   yoki   havoda   uchib   yurgan   muz
ignachalarining   mavjudligi   kristalli   bulduruqning   hosil   bo’lishiga   olib   keladi.
Bunda   buyumlarda   o’tirgan   kristallar   sublimasiya   yadrolari   bo’lib,   ularda   muzli
kristallardan   iborat   bo’lgan   yumshoq   popukning   tez   ko’payishi   kuzatiladi.   Ular
qo’l tekkizilganda oson to’kilib ketadi. Kristalli bulduruq, ko’pincha, havo harorati
-15°S dan past bo’lganda kuzatiladi.
Donali   bulduruq   tumanlarning   o’ta   sovuq   holatdagi   tomchilarining
buyumlarda   muzlashi   natijasida   hosil   bo’ladi.   Katta   tezlikdagi   shamol,   kuchli
tuman   va   kuchsiz   sovuq   (-2°S   dan   -7°S   gacha)   donali   bulduruqning   tez
kattalashishiga sabab bo’ladi.
Shivalama yoki o’ta sovugan yomg’ir tomchilarining muzlashi natijasida yer
sirtida va turli buyumlarda tiniq yoki xira muz qatlamining hosil bo’lishi  yaxmalak
deb   ataladi.   Odatda     yaxmalaklar     kuchsiz     sovuqda     (0°S   dan     -5°S   gacha)
kuzatiladi.   Yaxmalak   musbat   haroratlarda   ham   hosil   bo’lishi   mumkin.   Manfiy
haroratlarga   ega   bo’lgan   sovuq   buyumlar   ustiga   yoqqan   yomg’ir   yoki   shudring,
o’sha zahoti muzlab, muz qoplamini hosil qiladi.
Meteorologik ko’rinuvchanlik uzoqligi va uni 
yomonlashtiradigan hodisalarni kuzatish
Kunduzi   meteorologik   ko’rinuvchanlik   uzoqligini   (MKU)   aniqlash   uchun
atrofdagi   joyda,   kuzatish   punktidan   50,   200,   500   m   va   1,   2,   7,   10,   20,   70   km
uzoqlikda   joylashgan,   9   ta   obyekt   tanlanadi.   Ko’rsatilgan   standart   masofadan
chetlanish 20% dan oshmasligi kerak.
Tabiiyki,   odam   qurgan,   shu   jumladan,   kuzatishlar   uchun   maxsus   (masalan,
shitlar) qurilgan obyektlar quyidagi talablarga javob berishi kerak;
- imkoni boricha qora bo’lishi kerak;
- osmon   fonida   yoki   obyektga   nisbatan   ikki   barobar   uzoqda   joylashgan   va
obyektning chegaralari   aniq ko’rinadigan  boshqa  obyekt   fonida  proyeksiyalanishi
kerak;
- 15   dan kam bo’lmagan burchak o’lchamlari ega bo’lishi kerak; - gorizontga nisbatan 5-6° yuqorida joylashgan bo’lishi kerak.
Obyektlar tanlangandan so’ng ularning tavsifi va joylashish rejasi tuziladi.
Kuzatish jarayonida tanlangan obyektlardan ko’rinadigan va ko’rinmaydigan
obyektlar   aniqlanadi.   Shunday   qilib,   MKU   eng   uzoq   joylashgan   ko’rinadigan
obyektdan eng yaqin ko’rinmaydigan obyektgacha masofaga tenglashtirib olinadi.
MKU quyidagi gradasiyalarga muvofiq ballda baholanadi.
M KU, ball Obyektgacha
masofa M KU, ball Obyektga 
masofa
0
1
2
3
4 0-50 m
50-200 m
200-500 m
500-1000 m
1-2 km 5
6
7
8
9 2-4 km
4-10 km
10-20 km
20-50 km
>50 km
MKU ni tunda aniqlash uchun stansiya atrofida turli masofalarda joylashgan
chiroqlar   tanlanadi.   Ko’rinuvchanlik   ballar   shkalasi   bo’yicha   eng   uzoqda   ko’zga
ko’rinadigan chiroqqa qarab baholanadi. Kuzatishlar uchun rangli yoki tarqaluvchi
nurlar sochadigan yorug’lik manbalaridan foydalanish tavsiya qilinadi.
MKU   ga   ko’plab   omillar   ta’sir   qilib,   ular   ikki   guruhga   bo’linadi.   Birinchi
guruhga   yog’inlar   bilan   bog’liq   bo’lgan   hodisalar   kiradi.   Bular   turli   jadallikdagi
yomg’ir,   qor   va   do’l,   shivalama,   qor   bo’roni.   Ikkinchi   guruhga   atmosfera
yog’inlari   bilan   bog’liq   bo’lmagan,   biroq   MKU   ni   yomonlashtiradigan   hodisalar
kiradi.
Yog’inlar   bilan   bog’liq   bo’lmagan,   MKU   ni   yomonlashtiradigan
hodisalar.
1.  Tuman . Bu bevosita Yer sirti ustida muallaq holatda bo’lgan kondensasiya
mahsulotlarining   (tomchilar,   kristallar)   yig’ilishidir.   Tumanda   KMU   1,0   km   dan
kam bo’ladi.
2.   Dimka   (tuman   pardasi,   siyrak   tuman).   Bu   Yer   sirti   yaqinida   havoda
muallaq   holatdagi   suv   bug’inining   kondensasiya   yoki   sublimasiyasi   mahsulotlari orqali yuzaga kelgan havoning kuchsiz xiralanishidir. Dimka havo rang tusga ega
bo’lib, unda ko’rinuvchanlik 1 dan 10 km gacha bo’ladi.
3.   G’ubor .   Bu   Yer   sirti   yaqinida   havoda   muallaq   holatdagi   chang,   tuman,
qum   zarrachalari   orqali   havoning   ancha   kuchli   xiralanishidir.   Kuchli   g’uborda
KMU   bir   necha   yuz,   hatto   o’n   metrlargacha   kamayishi   mumkin.   O’rta   Osiyoda
g’ubor  yilning  iliq  yarmi  uchun  xarakterli.  Katta shaharlar   va  sanoati   rivojlangan
yirik hududlar ustida industrial kelib chiqishga ega bo’lgan aerozol zarrachalardan
iborat   bo’lgan   shahar   g’ubori   deb   ataladigan   g’ubor   hosil   bo’ladi.   G’ubor,
dimkadan farqli o’laroq, qoramtir rangda bo’ladi.
4.   Qor bo’roni . Bu Yer sirti ustidan qorning yetarlicha kuchli shamol bilan
ko’chishidir.   Bunda   qor   yog’maydi.   Qor   izg’irini   va   quyi   qor   bo’roni   ajratiladi.
MKU bu hodisalarda 1,0 km va undan kichikroqqacha kamayishi mumkin.
5.  Changli bo’ron . Bu katta miqdordagi chang yoki qumning kuchli shamol
bilan qo’chishidir. Bunda MKU  bir  necha yuz metrchaga kamayishi  mumkin. Bu
hodisa yilning iliq vaqtida O’rta Osiyo sahrolari uchun xarakterli.
Elektr   hodisalar.   Bu   hodisalarga   momaqaldiroq,   uzoqdagi   momaqaldiroq,
yiroqdagi chaqmoq shu’lasi kiradi.
1.   Momaqaldiroq   kuchli   yomg’irli   to’p-to’p   bulutlar   bilan   bog’liq.   U
bulutlar va Yer orasida bir necha bor takrorlanadigan elektr razryadlari (chaqmoq)
va   tovushli   hodisalar   (momaqaldiroq)   bilan   xarakterlanadi.   Momaqaldiroqlar
ko’pincha jala yog’inlari, kuchli qasirg’a shamollari va do’l bilan birga kuzatadi.
2.   Yiroqdagi   chaqmoq   shu’lasi   –   bu   uzoqdagi   momaqaldiroq   vaqtida
gorizontda kuzatiladigan yorug’lik hodisalardir.
Barcha   atmosfera   hodisalari   vizual   kuzatilib,   maxsus   shartli   belgilar
yordamida   kuzatish   kitobchasiga   yoziladi.   Kitobchada   hodisaning   jadalligi,
boshlanish va tutash vaqti belgilanadi.
Yog’inlar   va   atmosfera   hodisalari   kitobchaga   shartli   belgilar   yordamida
kiritilgan. Qor   qoplamining   balandligi   har   kuni   ertalabki   kuzatish   muddatida,
meteorolik   maydonda   kuzda   o’rnatilgan   3   ta   doimiy   qor   o’lchagich   reykalardan
o’chlanadi.
Doimiy nuqtalardagi kuzatishlardan tashqari, oldindan belgilangan 1 yoki 2
km   li   marshrut   bo’yicha   dekadali   qor   o’lchash   kuzatishlari   olib   boriladi.   Bu
maqsadda  kuzda shu  hudud uchun xarakterli  relyef  shakllaridan o’tadigan  (jarlik,
tepalik,   soylar),   mazkur   joy   uchun   xarakterli   uchastka   tanlab   olinadi.   Marshrut
bo’yicha   qor   o’lchash   kuzatishlarida   qor   qoplamining   balandligi   ko’chma
qoro’lchagich   reyka   yordamida   har   10   yoki   20   m,   qor   zichligi   esa   vaznli
qoro’lchagich yordamida har 100 yoki 200 m da o’lchanadi.

ATMOSFERA . HAVO QOBIG‘IDAGI GEOFIZIK JARAYONLAR 1. Atmosferaning shakli va massasi 2. Atmosferaning kattaligi va tuzilishi 3. Bulutlarni kuzatish 4. Atmosfera hodisalari va yog’inlarni kuzatish

Atmosferaning shakli va massasi Atmosferaning shakli . Yerning qattiq qobig‘i singari uning havo qobig‘i ham ellipsoid aylanishiga o‘xshashdir. Uning katta yarim o‘qi kichigiga nisbatan 1,2 barovar katta. Lekin atmosferaning Quyoshga qarama-qarshi tomoni bo‘rtib chiqqan bo‘lib, uni «Yerning gazli dumi» deb atashadi. Bo‘rtmaning uzunligi 120 mln km.ga boradi. Atmosfera massasi 5,27 • 10 18 kg. U relef va haroratning taksimotiga qarab o‘zgaradi. Masalan yilning issiq davrida massasi ko‘paysa, sovuq davrida kamayadi (farqi 10 10 kg atrofida) Olimlarning fikricha bu hodisa biologik jarayonlarning faollashuvi bilan bog‘langan bo‘lib, ular gaz ajratar ekan. Shuni aytib o‘tish joizki, yanvar bilan iyul oralig‘ida 4 • 10 15 kg havo massalari Shimoliy yarimshardan Janubiy yarimsharga o‘tar ekan. Yilning ikkinchi yarmida havo massalari yana orqaga qaytishi aniqlangan. Havo massasari balandlik bo‘yicha ham turlicha taqsimlangan. Jumladan, 5km gacha 50%, 10 km gacha 75%, 16 km gacha 90%, 20 km gacha 95 %, 30 km gacha 99% . Atmosferaning kattaligi va tuzilishi Atmosferaning kattaligi . Atmosferaning qalinligi to‘g‘risida yagona fikr yo‘q. Uning quyi chegarasi Okean va quruqlik yuzasiga to‘g‘ri keladi. Kosmik kemalar, yerning sun’iy yo‘ldoshlari, uchuvchi zondlarning qarshilikka uchrash darajasiga qarab atmosferaning yuqori chegarasi 3000 km ekanligi aniqlangan. 4. Atmosferaning tuzilishi . Atmosferaning asosiy fizik xususiyatlariga zichligi, bosimi, harorati, havoning namligi, qattiq va suyuq aralashmalarning miqdoriga tegishli. Bu ko‘rsatkichlar vertikal va gorizontal yo‘nalishlar bo‘yicha o‘zgarib turadi. Masalan, havoning harorati balandlik (vertikal) bo‘yicha har kilometrga 6-7 0 S ga o‘zgaradi, gorizontal yo‘nalishda esa 500-600 km masofaga (uzunlik va kengliklar bo‘yicha) 6-7 0 S ga o‘zgaradi. Hozirgi paytda atmosferani vertikal yo‘nalish bo‘yicha to‘rtta belgisiga ko‘ra bo‘lishadi. 1-Jadval Atmosferaning bo‘linishidagi asosiy belgilar Asosiy belgilar Atmosfera qatlamlari Qatlamlarning o‘rtacha, quyi

va yuqori chegaralari (km hisobida) I. Haroratning vertikal taqsimlanishi 1. Troposfera 2. Stratosfera 3. Mezosfera 4. Termosfera 5. Ekzosfera 0-11 11-50 50-90 90-450 450 dan baland II. Atmosfera havosiningtarkibi : a) gazlarning nisbati b ) ionlar konsentratsiyasi 1.Gomosfera 2.Geterosfera 1.Atmosfera 2.Ionosfera 0-95 95 dan baland 0-50 (60) 50(60) dan baland III.Atmosferaning yer yuzasi bilan o‘zaro ta’siri 1. Chegaradosh qatlam (ishqalanish qatlami) 2. Erkin atmosfera 0-1 (1,5) 1(1,5) dan baland IV. Uchuvchi apparatlarga atmosferaning ta’siri 1. Zich qatlamlar (atmosfera) 2. Yerga yaqin koinot makoni 0-150 150 dan baland Qatlamlarning qalinligi va balandligi geografik kenglik va yil fasllari bo‘yicha o‘zgarib turadi. Ayniqsa bu, havo qatlamlarining haroratga ko‘ra bo‘linishida aniq namayon bo‘ladi. Masalan, troposferaning ekvatordagi qalinligi 16-18 km bo‘lsa, qutbiy kengliklarda 8-10 km, hatto 6 km gacha kamayadi. Troposferada turlicha meteorologik hodisalar bo‘lib turadi. U eng zich, balandlik va gorizontal yo‘nalishda o‘zgaruvchan qatlamdir. Bu yerda atmosfera massasining 79% o‘rtacha kengliklarda, 90% pastki (quyi) kengliklarda joylashgan. Harorat har 100 m ga 0,65 0 S ga pasayadi. Lekin, bu Quyosh nurining

quruqlik, suv, muz, qor, o‘rmon va h.k. yuzalarga tushishiga bog‘liq holda 100 m. ga harorat o‘nlab darajaga o‘zgarishi mumkin. Troposfera uchun uchta hususiyat xos: 1.Ekvatordan qutblar tomon havo harorati pasayib boradi. Yil, fasllar va qisqa davrlarda harorat qiymati o‘zgaradi. Eng yuqori harorat (termik ekvator) 20 0 -25 0 S darajali yozgi yarim shimoliy sharda kuzatiladi. 2. Kengliklar oralig‘ida harorat gradiyenti ancha farq qiladi. Masalan, 20 0 S va 30 0 S shk oralig‘ida havo haroratining har 100 mga pasayishi 4,6 0 S, 30 0 bilan 40 0 sh.k. larda 5,6 0 S, 40 0 bilan 50 0 sh.k. oralig‘ida esa 8,6 0 S ga teng. 3. Janubiy yarim sharning barcha kengliklarida havo harorati shimoliy yarim shardagiga nisbatan past (sovuqroq). Har bir asosiy havo qatlamlari o‘rtasida oraliq qatlam-tropopauza, stratopauza, mezopauza va termopauzalar bor. Stratosferaning 25-30 km balandligiga qadar harorat nisbati turg‘un bo‘lsa, 30-50 km oralig‘ida keskin ko‘tarila borib, 77 0 S gacha yetadi. Bu sharoitda gaz, molekulalarining o‘rtacha tezligi yuqori ko‘rsatgichga ega bo‘ladi. Mezosferada harorat keskin pasaya boradi va 55-60 km balandda 0 0 S ga tushadi, 90 km balandlikda havo harorati yozda (o‘rtacha va yuqori kengliklarda) - 80 0 S – 90 0 S bo‘lsa, qishda - 40 0 S - 50 0 S atrofida o‘zgaradi. Termosferada Quyoshning qisqa to‘lqinli radiatsiyasini atomar kislorod va azotlarning yutish hisobiga harorat mutasil ortib boradi. Bulutlarni kuzatish Bulutlilikni kuzatishlar ularning miqdori, shakli va stansiya sathidan balandligini aniqlashdan iborat. Meteorologik kuzatishlarda bulutlarni morfologik belgisi bo’yicha (tashqi ko’rinishiga asoslangan) xalqaro tasnifi qabul qilingan. U bulut asosining balandligi bo’yicha o’z ichiga bulutlarning 3 ta qatlami va 10 ta turi va vertikal bo’yicha rivojlanadigan bulutlarni oladi.

Загрузите документ, чтобы увидеть его полностью.