logo

HAVO GIGIYENASI.

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

34.1142578125 KB
HAVO  GIGIYENASI.
Reja:
1. Havoning tarkibi va xossalari
2. Havoning fizik xossalari va uning organizmga ta’siri
3. Havoning kimyoviy xossalari va uning organizmga ta’siri.
4. Havodagi chang, mikroorganizmlar va ularga qarshi kurash 
          choralari.
5. Qishloq xo‘jalik hayvonlarini moslashtirish. Havo   o‘zining   tarkibidagi   fizik,   kimyoviy   va   biologik   xossalari   bilan
hayvon   organizmiga   ta’sir   qiladi.   Bular   hammasi   tashqi   qo‘zg‘atuvchilar
bo‘lib,   markaziy   nerv   sistemasi   orqali   butun   organizmga   ta’sir   qiladi.
Natijada   javob   reaksiyasi   paydo   bulib,   organizmda     shu   ta’sirga   moslashish
hosil   bo‘ladi.   Organizmga   havoning   ta’siri   natijasida   shartli   refleks   yoki
vaqtinchalik  birikish bo‘ladi.  Bunday   vaqtda   organizm   o‘zining
himoya   vositalarini   ishga   soladi.   Agar   kuchi   etsa   u   ta’sirlarni   zararini
yo‘qotadi. Natijada paydo bo‘ladigan kasallik va mahsuldorlikni pasayishini
oldini oladi.
Havo   muhiti   kompleks   ta’sir   qiluvchan   faktorlardan   iboratdir.   SHu
faktorlardan   eng   muhimi     harorat,   atmosfera   bosimi,   namlik,   havoning
harakati, quyosh radiatsiyasi hisoblanadi. Mana shu   faktorlarga qarab obi –
havo,   iqlim   va   mikroiqlim   o‘zgarib   turadi.   Havoning   fizik   xossalari   muhim
gigiyenik ahamiyatga ega bo‘lib, organizmga reflektor yo‘l bilan ta’sir qilib,
issiqlik almashinuviga va qator fiziologik jarayonlarga ta’sir qiladi; ya’ni gaz,
issiqlik,   modda   almashishiga,   organizm   haroratiga,   qonning   fizikaviy   –
ximiyaviy   tarkibiga, hayvonning mahsuldorligi va boshqalarga ta’sir qiladi.
Meteorologik faktorlarni ko‘pligi va doimo ularning o‘zgarib turishi hayvon
organizmini   moslashishga   majbur   qiladi.   Buning   hammasi   markaziy   nerv
sistemasi orqali amalga oshiriladi.
Tana   haroratiga   qarab   hayvonlar   issiq   va   sovuq   qonlilarga   bo‘linadi
(poykilotermn ы x   i   gomopotermn ы x).   Sovuq   qonli   hayvonlar   harorati
o‘zgarib   tursa,   issiq   qonli   hayvonlar   harorati   doimiy   ya’ni   +36 0
S   dan   to
+42 0
S   gacha   bo‘ladi.   Organizmdagi   qon,   miya,   yurak   va   jigarlarni   harorati
kuproq doimiy bo‘lsa, boshqa organ va teriniki esa tez o‘zgaruvchan bo‘ladi.
Organizmning   doimiy   haroratda   bo‘lishi   ya’ni   o‘zgarmasligi   hosil   va
sarf   bo‘layotgan   issiklikni   tengligini   bildiradi   ya’ni   balansini   ko‘rsatadi.
Organizmda   doimo   issiqlik     ajralib   va   sarf   bulib   turadi.   Buni   issiqlikni boshqarilishi (teploregulyasiya) deyiladi. Issiqlikning boshqarilishi markaziy
nerv sistemasi tufayli vujudga keladi hamda teri, nafas olish organlari orqali
bajariladi.   Oraliq   miyaning   gipotalamus   qismida   issiqlikni   boshqarish
markazi   bo‘lib,   impulsni   teri   va   qon   orqali   olib   ekstro   va   interoretseptorlar
qo‘zg‘aladi.  Bu boshqarish  vegetativ  nerv  sistemasi,  ichki sekretsiya bezlari
(buyrak   usti,   gipofiz,   paraitovid,   oshqozon   osti   kolqonsimon)   ta’sirida
o‘zgarib turadi.
Muskul   va   yurak   harakati,   nafas   olish,   atrof   qon   tomirlarini   torayishi
yoki   kengayishi,   teri   bezlarini   sekretsiyasi,   tananing   tashqi   to‘tishi   va
boshqalar ham reflektor yo‘l bilan o‘zgaradi. Issiqlikni boshqarilishi faslning
kelishiga qarab moslashishi yoki fiziologik jarayon tufayli ham bo‘ladi.
Issiqlik   –   oqsil,   yog‘,   karbon   suvlarni   aerob   va   anaerob   parchalanishi
mahsulidir. Masalan: 1 g oqsilni parchalanshidan 4,1 kkal, 1 g yog‘dan – 9,3
kkal   va   1   g   karbon   suvdan   4,1   kkal   issiqlik   ajralib   chiqadi.   Issiqlik   hamma
hujayralarda   oksidlanish   natijasida   hosil   bo‘ladi.   Ayniqsa,   muskul,   jigar,
buyrak,   bez,   o‘pka   va   nerv   hujayralarida.   Issiqlik   ajralishi   sovuq   haroratda,
muskul   ishida,   bug‘ozlikda,   sog‘ish   davrida   va   boshqa   paytlarda   ko‘payadi.
Atrof   issiq   bo‘lsa,   organizm   ting   holatda   hayvonlarni   bichgan   davrda,   junni
qalinligi va boshqalar issiqlik hosil bo‘lishini pasaytiradi.
Organizmda hosil bo‘lgan issiqlikni ko‘p qismi teri orqali ajraladi ya’ni
yo‘qotiladi.   Bular   asosan   issiqlikni   nurlanishi   (radiatsiya),   issiqlikni
o‘tkazilishi (qonveksiya) va bug‘lanish yo‘li bilan yo‘qotiladi.
Issiqlik   nurlanishi   (radiatsiya)     -   deb,   teri   va   hujayralardagi   issiqlikni
infraqizil   nurlar   ta’sirida   atrof   muhitga   o‘tkazilishiga   aytiladi   ya’ni   devor,
pol,   shift   va   to‘siqlarni   isitishga   ketadi.   Agar   ularni   harorati   organizm
harorati   past   va   namlik   yuqori   bo‘lsa   ular   issiqlikni   kup   yutadi.   Organizm
harorati bilan atrof muhit harorati barovar bo‘lsa teploizluchenie bo‘lmaydi,
yoki   organizm   haroratidan   baland   bo‘lsa   teskari   hal   bo‘ladi,   teri   issiqlaydi. SHuning   uchun   atrof   devorlarni,   pol,   shift   kerak   va   qishki   vaqtda   binoda
namlikni oshib ketishiga yo‘l qo‘ymasligi kerak.
Issiqlik   o‘tkazilishi   va   konveksiya   –   organizmdagi   issiqlikni   atrof
havosiga   o‘tishiga   aytiladi.   Atrof   harorati   past   bo‘lsa,   havoning   harorati   tez
va namlik yuqori bo‘lsa, issiqlik ko‘p sarf bo‘ladi. Hayvonlar va parrandalar
tanasi jun va pat bilan qoplanganligi uchun issiqlikni yo‘qotish kam bo‘ladi.
Chunki   jun   va   pat   tarkibidagi   karatin   bo‘lgani   issiqlikni   yomon   o‘tkazadi,
hamda atrof harorati unga kam ta’sir qiladi.
Bug‘lanish   – teri ustidan ter bezlari tufayli ter ajraladi. Qancha harorat
yuqori va havo harakati tez bo‘lsa ter kup ajraladi. YUqori namlik va yuqori
harorat   ter   ajralishini   sekinlashtiradi.   Nafas   orqali   olingan   havoni   isitish
uchun  ham  issiqlik sarf  bo‘ladi.  Buni  kup va kam bo‘lishi  tashqi  harorat  va
o‘pkani   ishlashiga   ham   bog‘liq   bo‘ladi.   It   va   parrandalarda   ter   bezlari
bo‘lmaganligi   tufayli   nafas   olishni   tezlashishi   bilan   tilini   chiqarib   turib,   til
orqali   issiqlikni   ajratadi.   Parrandalarda   isssiqlikni   ajratishda   toji   va   sirgalari
ham ishtirok etadi.
YAngi tug‘ilgan hayvonlarda issiqlikni boshqarilishida o‘ziga xos farqi
bor. Tug‘ilganini birinchi kunlarida ularni tana harorati o‘zgaruvchan bo‘ladi.
Olimlarimizni aytishicha qulun, buzok, qo‘zi  va chuchqa bolalari tug‘ilganda
bir   necha   kunga   sovuqdan   saqlanuvchi   tug‘ma   refleksi   bo‘ladi.   Masalan:
buzoqlar tug‘ilgandan   9 – 27 kundan keyin (Ermolaev K.S.), qo‘zilarda 6 –
15 kundan keyin (A.P. Onegov) issiqlik almashishni boshqarish boshlanadi.
Hayvon   organizmiga   issiq   va   sovuq   haroratning   ta’siri.   -   a tmosfera
havosining     harorati   katta   farqda   o‘zgarib   turadi.   Bunga   insolyasiyani
aktivligi,   yorug‘   uzunligi,   yilni   vaqti,   tabiiy   sharoit   va   relf,   dengiz   yuzidan
joyni   balandligi,   issiq   va   sovuq   shamol,   havoning   buluti,   suvni   yaqinligi,
o‘simliklar   va   boshqalar   ta’sir   qiladi.   Atrof   muhitining   haroratiga   qarab
hayvon   organizmi   moslashib   boradi   yoki   issiqlik   boshqarilishini   shu sharoitga   o‘zgartiradi.   Harorat   pasaysa   issiqlik   qosil   bo‘lish   ko‘payadi.
Natijada   organizmda   modda   almashish   tezlashadi.   Agar   havo   harorati
ko‘tarilsa issiqlik hosil bo‘lish pasayib, issiqlik yo‘qotish ko‘payadi.
Hayvon   organizmida   issiqlikni   boshqarilish   mexanizmi   yaxshi   ishlasa
ham,   tanadagi   haroratni   ma’lum   nuqtada   tutib   turadi.   Xuddi   aytganimizdek,
harorat ko‘tarilsa modda almashish pasayadi. Agar shu ko‘tarilish davom etib
borsa gaz almashish va issiqlik hosil bo‘lishi tezlashib, issiqlikni yo‘qotishga
ulgurmaydi,   organizm   harorati   ko‘tarilib   tana   qizishadi   ya’ni   issiqlik   uradi.
Issiqlik boshqarilish mexanizmining buzilishiga organizmni juda isib ketishi
sabab   bo‘ladi.   Bu   haroratni   balandligi,   namlikni   oshishi,   havo   harakatini
etishmasligi,   qattiq   ishlatish,   yopiq   vagon   va   poroxodlarda   hayvonlarni
tashish,   hayvonlarni   ko‘p   saqlash,   hayvonlarni   juda   semirib   ketishi   tufayli
sodir bo‘ladi.  YUqori   harorat   ta’sirida   asosiy   organlar   va   nerv
markazlarida   oqsil     substansiyasida   chuqur   o‘zgarishlar   bo‘ldi.   Qishloq
xo‘jalik   hayvonlarida   harorat   +43   –   44 0
S   va   parrandalarda   +47 0
S   gacha
chiqsa   organizmda   qaytmaydigan   o‘zgarishlar   ro‘y   beradi   ya’ni   organizm
halok bo‘ladi.
Hozirgi   ma’lumotlar   buyicha   hayvonlar   +3 0
S   +16 0
S   da   o‘zlarini   juda
yaxshi   his   qiladi.   Agar   +22   +32 0
S   bo‘lsa   issiqlik   boshqarilishi   buziladi   va
mahsuldorlik   pasayadi.   Masalan,   shunda   sigir   25   –   60%   gacha   sutini
kamaytiradi,   chuchqa   va   sigirlar   12   –   30%   tirik   og‘irligini   yo‘qotadi   va
hokazo.   YOsh   mollarda   haroratni   ko‘tarilishi,   pnevmoniya   va   septik
kasalliklarni ko‘payishiga olib keladi.
Atmosfera   havosini   haroratini   pasayishi   ham   issiqlik   boshqarilishi
buzilishiga olib keladi ya’ni organizmdan issiqlik ko‘p yo‘qotiladi. Natijada
modda   almashish     tezlashadi.   Harorat   +1 0
S   ga   pasayishi   yirik   shoxli
hayvonlarda   2   –   3%,   cho‘chqalarda   4%   modda   almashish   tezlashib,   ozuqa
me’yordan   15   –   50%   ko‘p   sarflanadi.   Havo   haroratini   pasayishi   yosh mollarda   tez   seziladi.   Ularda   tabiiy   chidamlilik   pasayadi,   yuqori   nafas
yo‘llarida   qator,   bronxopnevmoniya   va   dispepsiya,   hamda   elin,   muskul,
bug‘in   va   nerv   kasalliklariga   mubtalo   bo‘ladi.   Ayniqsa   haroratni   pasayishi
oriq,   charchagan,   kasallangan,   tullagan,   xavfli   yuqumli   kasal   bilan
kasallangan mollar uchun xavflidir.
Hayvonlar   qor   ustida,   muzlagan   polda   yotib   qolsa   to‘qimalar   muzlab
qoladi.   Ko‘pincha   quloq,   yorg‘oq   xaltasi,   jinsiy   organ,   emchak,   dum   va
tuyoqlar   muzlab   sovuq   uradi.   SHu   hayvonlarni   issiq   xonalarda   saqlab,
harorat   me’yorini   ta’minlash,   to‘g‘ri   oziqlantirish   va   hayvonlarni   past
haroratga   chiniqtirish   kerak.   Doimiy   chiniqtirish   hayvonlarda   immunitetni
oshiradi,   modda   almashishni   normallashtirib,   organizm   o‘sishini
tezlashtiradi, mahsuldorlikni oshiradi.
Havoning   fizik   xossalari   va   uning   organizmga   ta’siri   -   Havo   doimo
o‘zida   suv   bug‘larini   saqlab,   harorat   va   havoning   harakatini   o‘zgarishiga
qarab,   uning   ham   miqdori   o‘zgarib   turadi.   Namlik   oshib   ketsa   yomg‘ir   va
qorga aylanadi. Atmosferada suv bug‘larini bo‘lishi dengiz – okean suvlarini
parlanishidan, tuproq va o‘simliklardan hosil bo‘ladi.
Hayvon   binolari   havosidagi   namlik,   atmosfera   havosi   namligiga
qaraganda   ko‘p   bo‘ladi,   qarib   10   –   15%   ga.   Bino   havosidagi   namlik   esa
poldan,   oxurdan,   avtosug‘orgich   va   boshqalardan   o‘tadi.   Umumiy   namlikni
ko‘p qismi qarib, to 75% i hayvon terisidan, og‘iz bushlig‘idan va nafas olish
havosidan ajraladi. Masalan: 200 kg tirik og‘irlikdagi sigir bir sutkada 8,7 –
13,4 kg suv parlarini, ishchi ot 7,0 – 8,8 kg, cho‘chqa 2,2,  qo‘y 1,0 – 1,25 kg
ajratadi.
Havo   tarkibida   quyidagi   namlik   turlari   uchraydi:   mutloq,   maksimal,
nisbiy, defitsit namlik va shudring nuqtasi 
         Mutloq  (a bsolyut) namlik  – Ma’lum haroratda 1 m 3
 havo tarkibidagi suv
parlarini gramm ifodasiga aytiladi. ( A  
) g/m 3                   Maksimal  namlik     -  ma’lum  haroratda  1  m 3
  havoda  bo‘ladigan  to‘la
tuyingan suv bug‘larining gramm ifodasiga aytiladi. ( E ) g/m 3
 
         Nisbiy namlik  – absolyut namlikni maksimal namlikka bo‘lgan nisbatini
foizdagi ifodasiga aytiladi.  (  R =A/Ex100 ) %
                Defitsit   namlik   -   maksimal   namlik   bilan   mo‘tloq   namlik   ayirmasiga
aytiladi.                (  D = E – A )  g/m 3
         Shudring nuqtasi   - To‘la to‘yingan suv parlarini suv tomchilariga o‘tish
haroratiga aytiladi. ( T 0
 )
Mutloq   namlik   yuqoriga   qarab   shiftga   qarab   ortadi,   nisbiy   namlik   esa
polga   qarab   ortadi.   Defitsit   tuyinganlik     havo   haroratini   ortishiga   qarab
o‘sadi.   Defitsit   tuyinganlik   o‘sishi   bilan   bug‘lanish   tezlashadi.   Hayvon
binolarida defitsit tuyinganlik 0,4 – 4,5 g/m 3
 bo‘lishi kerak. Mutloq namlik va
shudring nuqtasini yuqori bo‘lishi va havo haroratini past bo‘lishi natijasida
suv bug‘lari mayda tuman tomchilariga o‘tadi. Havodagi suv bug‘lari hayvon
organizmidagi   issiqlikni   boshqarilishiga   va   issiqlikni   berishga   ta’sir   qiladi
ya’ni   tanadan     namlikni   ajralishi   harorat,   namlik,   havoning   harakati   va
hayvonning   holatiga   bog‘liq.   Nisbiy   namlikning   ko‘payishi     (85   %   dan
yuqori) organizmga yomon ta’sir qiladi.
Havoda   namlikni   ortishi   va   suv   bug‘lariga   tuyinishi   issiqlikni
ajralishini   qiyinlashtiradi.   Hayvonlarni   issiq   va   zax   binoda   saqlansa   ularda
modda   almashish   tormozlanadi,   ishtaxasi   pasayadi,   loxas   bo‘ladi,
mahsuldorligi  va yuqumli kasalliklarga nisbatan chidamliligi pasayadi. Nam
havoning   issiqlik   yutuvchanligi   quruq   havoga   nisbatan   10   barobar   ortiq
bo‘ladi.   SHu   nam   havo   hayvon   terisidagi   issiqlikni   o‘ziga   tortib   oladi,
organizmni   sovitadi   va   shamollash   kasalligi   duchor   bo‘ladi.   Kuzda,   qish   va
erta bahorda hayvonlar sovuq va zax binolarda saqlansa rinit, bronxit, o‘pka
shamollash,   sigirlar     mastiti   ,   yoshlarda   ichak   –   qorin   kasalliklari,   muskul
revmatizmi va boshqa kasallarga chalinadi. Ilmiy   tekshirishlarda   aniqlanishicha   hayvon     uzoq   vaqt   nam   havoda
saqlansa   ularda   teri   kasalliklari   –   temiratki   (strigu щ iy   lishay),   ekzema   va
qichima   kabi   kasalliklar   kelib   chiqadi.     Hayvonlar   uchun   50   –   70   %   dagi
nisbiy   namlik   yaxshi   hisoblanadi.   Hayvon   binolari   havosida   namlik   oshib
ketsa   ularni   me’yorga   keltirish   mumkin.   Ubni   vetilyasiya   orqali   chiqarish
kerak.   Atmosferani   sovuq   havosiga   qaraganda   binoning     issiq   havosida
namlik ko‘p bo‘ladi. Elektroventilyasiya, yaxshi to‘shamalar ya’ni quruq torf,
somon,   poxollar   namlikni   8   –   12%   ga   tushiradi.   Ba’zan   havodagi   namlikni
yo‘qotish   uchun   so‘ndirilmagan   ohak   ishlatiladi.   3   kg   ohak   havodagi   1   kg
namlikni o‘ziga tortib oladi. Ohak yashikka solinib, hayvon bo‘yi etmaydigan
joylarga qo‘yiladi, chunki hayvonni kuydirishi mumkin.
Havoning   harakati   -   er   yuzini   quyosh   nuri   bir   tekis   isitmasligidan
vujudga   keladi.   Havoni   harakati   m/sek   va   12   ballik   Boforta   shkalasi   bilan
o‘lchanadi.   Havoning   harakati   metrning   undan   biridan   to   30   m/   sek   gacha
bo‘ladi.  Ammo  uning  harakati bir  xil emas.  Chunki  er  qobig‘ini notekisligi,
aholi yashash punktlari, o‘simliklar, o‘rmonlar tusqinlik qiladi. 
Hayvon binolarida havoning harakatga kelishiga ventilyasiya trubalari,
eshik, oyna, devorlarini yorig‘i, hayvonlar ajratga issiqlik va boshqalar sabab
bo‘ladi.   Qishki     paytlarda   havoning   harakati   binolarda   agar   hech   joydan
kirmasa   0,05   –   0,25   m/   sek.   dan   to   0,3   m/sek.   gacha   bo‘ladi.   Ko‘z     va
bahorda   havoning harakati binolarda kamayadi, yozda esa eshik va oynalar
ochiqligi   tufayli   to   7   m/sek   gacha   etadi.   Havoning   harakati   ham   harorat   va
namlikday   issiqlik   almashishiga   ta’sir   qiladi.   YOzda   havo   harakatining
me’yori 0,3 – 1,6 m/sek.
YUqori haroratda shamol organizmni isib ketishidan saqlasa ham past
haroratda   esa   organizmni   sovub   ketishiga   sabab   bo‘ladi.   Sal   shabada   yoz
vaqtlarida   hayvonlarga   yoqimli   ta’sir   qiladi.   Sovuq   va   nam   shamollar
organizmni juda sovub ketishiga, hatto muzlab qolishiga olib keladi. Kuchli shamol kunni issiq vaqtida o‘simliklarni juda quritib yuboradi, havoni chang
–   to‘zon   qoplaydi,   hayvon     kuchli   terlaydi,   suvsatadi,   ishtaxani   pasaytiradi,
ichi ketmaydi va mahsuldorlik pasayadi.
Qish   vaqtlarida   hayvon   binolarida   havoni   harakati   kuchli   bo‘lishiga
yo‘l   qo‘ymaslik   kerak.   Agar   bino     isitilmasa   havoni   almashishi   soatiga   4-5
martadan oshmasligi va harakati 0,05 – 0,25 m/sek dan oshmasligi kerak.
Havo bosimi - h avo o‘zining og‘irligiga ega bo‘lib, butun er yuziga va
atrof muhitiga o‘z bosimi bilan ta’sir qiladi. Bu bosim mm simob ustini bilan
ifodalanib   joyni   dengiz   sathidan   balandligi     va   havoning   haroratiga   bog‘liq
bo‘ladi.   Normal   atmosfera   bosimi   (0 0
  760   mm   simob   ustini)   1sm 2  
yuzaga
1,033   kg   og‘irlik   bilan   ta’sir   ko‘rsatadi.   Keyingi   vaqtlarda   havoning   bosimi
bar   bilan   ham   ifodalanadi.   Barning   mingdan   biri   millibar   0,75mm   simob
ustiniga teng yoki 1mm simob ustini 1,3332 millibar (mb) ga teng. 760 mm
simob ustini 1013,2 mb bo‘ladi.
Dengiz yuzasidan balandlab borgan sari bosim kamaya boradi. Masalan
-   3000   metr   balandlikda   530-520   mm   bo‘ladi.   Atmosfera   bosimi   iqlimga
ta’sir qiladi. Agar bosim oshsa, odatda havo yaxshi bo‘ladi ya’ni tiniq osmon,
quruq   havo   va   shamol   bo‘lmaydi.   Bosimni   pastligi   esa   teskarisi   -   bulut,
yomg‘ir - qor, tuman, shamol bo‘ladi. Tog‘li joylarda bosim normadan kam
bo‘lib,   natijada   tog‘   kasalligi   paydo   bo‘ladi.   Bu   kasallik   moslashmagan
organizmda tez tog‘ga ko‘tarilsa bo‘ladi.    Kasallik upincha qulunlarda, qo‘y,
yirik   shoxli   hayvonlar,   tuyalarda,   ayniqsa   semiz   va   anemiya   kasali   bilan
og‘rigan   mollarda   sezilarli   bo‘ladi.   Kasallikning   belgilari   3000   m
ko‘tarilganda sezila boradi, 5000 m da aniq ko‘rinadi. 
Bunda     darmonsizlik,   charchash,   xansirash,   pulsni   tezlashishi,
burundan qon oqishi, sovuq terni ko‘p ajralishi, shilliq pardalarni ko‘karishi –
sianoz   kabi   belgilar   paydo   bo‘lib,   og‘ir   paytlarda   esa   harakati   o‘zgarib, uyqusirab,   hushdan   ketadi.   Bu   kasallikning   sababi:   atmosfera   bosimini
kamayishi bilan to‘qimalarda kislorod etishmovchiligi hisoblanadi. 
Bundan   tashqari   harorat,   namlikni   pasayishi,   quyosh   radiatsiyasi
kuchining   oshishi   ham   sabab   bo‘ladi.     Uzoq   vaqt   hayvon   past   bosim
sharoitida   yashasa   moslashib   boradi.   Organizmda   morfo   -   fiziologik
ko‘rsatkichlar   o‘zgaradi   ya’ni   qonda   gemoglobin   va   eritrotsit   ko‘payadi,
o‘pkaning nafas hajmi  hamda alveolalar kattalashadi.
Quyosh   radiatsiyasi   -   er   qobig‘iga   kelayotgan   quyosh   nurlarini
tushishiga   quyosh   radiatsiyasi   deyiladi.   Nur   energiyasi   boshqa   hamma
energiyalarni manbaidir. Er va suvga shimilishidan issiqlik energiyasi, yashil
o‘simliklarni   yutishidan   organik   birikmalarni   ximiyaviy   energiyasi   hosil
bo‘ladi.   Quyosh   radiatsiyasi   iqlimni,   ob   –   havoni   o‘zgarishiga   sabab
bo‘luvchi asosiy omildir. Quyosh nurlarini 49 % infra qizil, 50 % yorug‘lik, 1
%   ul’trabinafsha   nurdir.   Quyosh   nurini   kuchi   havo   bulutli   vaqtida,   havo
chang,   mikroorganzmlardan   ifloslansa,   tutun   bo‘lsa   va   boshqa   vaqtlarda
kamayadi. Birinchi o‘rinda qisqa tulqinli nurlar, keyin esa issiqlik va yoritish
nurlari   yutiladi.   Nur   energiyasi   –   o‘simlik   va   hayvon   hayotining   manbaidir.
Ammo   organizmga   har   xil   ta’sir   qiladi   ya’ni   oz   bo‘lsa   yaxshi,   ko‘p   bo‘lsa
salbiy ta’sir qiladi.
Quyosh   radiatsiyasi   –   biologik     aktiv   va   doimo   ta’sir   qiluvchi   faktor
bo‘lib,   organizmda   qator   funksiyalarni   hosil   bo‘lishiga   sabab   bo‘ladi.   M:
YOrug‘lik   nuri   ko‘z   orqali   butun   organizmga   ta’sir   qilib   shartsiz   va   shartli
reflekslarni keltirib chiqaradi. 
Infraqizil nurlar hayvon tanasiga to‘g‘ridan – to‘g‘ri hamda atrof muhit
orqali   ta’sir   qiladi.   Hayvon   tanasi   doimo   bu   nurni   yutib   turadi   va   o‘zidan
chiqaradi. 
Ultrabinafsha   nurlar   organizmga   gumoral   va   neyroreflektor   yo‘l   bilan
ta’sir   qiladi.   Avvalo   terini   ekstroretseptorlariga   ta’sir   qilib,   keyin   esa   ichki organlarga   ya’ni   endokrin   bezlarga   ta’sir   qiladi.   Oz   dozada     uzoq   vaqt
davomida ta’sir qilib tursa hayvon terisi o‘zgarib reaksiya qaytaradi. Quyosh
nuri   ta’sirida   jun   o‘sishi,   ter   va   yog‘   bezlarini   funksiyasi   tezlashadi,   shoxli
qatlam yug‘onlashadi, epidermis qalinlashadi. Terida biologik aktiv moddalar
hosil   bo‘ladi   va   qonga   o‘tadi   (gistamin   va   gistaminga   o‘xshash   moddalar).
Bu   nurlar   to‘qimalarni   regeneratsiyasini   tezlashtiradi   –   teri   yarasi   va
yallig‘langan   vaqtda   tuzalishiga   yordam   beradi.   Quyosh   nurlari   ayniqsa   Uf
nuri ta’sirida terida melanin pigmenti hosil bo‘ladi.  Doimiy   quyosh   nuri
ta’sirida   qon   ishlab   chiqarish   organlarini   ishi   tezlashadi,   eritrotsit   va
gemoglobin   ko‘payadi.   Hayvonlar   kup   qon   yo‘qotsa   yoki   og‘ir   yuqumli
kasalliklardan  keyin quyosh  nuri yordamida qon  elementlarini hosil  bo‘lishi
va qon uyushi tezlashadi. 
                    Oqsil   almashishini   tezlashishi   natijasida   to‘qimalarda   azot   yig‘ila
boradi, natijada yosh mollarda o‘sish tezlashadi. Agar quyosh nuri ko‘p ta’sir
qilsa   oqsil   balansiga   salbiy   ta’sir   qiladi.   Nur   ta’sirda   muskullar   va   jigarda
glikogen   shaklidagi   shakar   moddalari   yig‘iladi.   Qonda   atseton   tanachalari,
sut   kislotasi   kamayadi,   atsetilxolin   hosil   bo‘lishi   kupayib,   modda   almashish
normallashadi.   Bunday   hol   ayniqsa   sermahsul   mollar   uchun   zarur.   Ariq
mollarda   yog‘   almashish   sekinlashadi   va   yig‘ilishi   ko‘payadi.   Juda   yorug‘
bo‘lsa   yog‘   almashish   tezlashadi.   SHuning   uchun     bo‘rdoqi     mollarni   juda
yorug‘ joylarda saqlamagani ma’qul.
Ultrabinafsha   nurlar   ta’sirida   o‘simliklardagi   ergosterin   va   hayvonlar
terisidagi degidroxolestirin moddalari aktiv D
2   va D
3   vitaminlariga aylanadi,
qaysiki   fosfor   –   kalsiy   almashishini   tezlashtiradi.   Quyosh   radiatsiyasi,
ayniqsa yorug‘lik va UB nurlar jinsiy kuyga kelishni, gipofizni gonadotropin
ishlab   chiqarish   funksiyasini   yaxshilaydi.   Bahorda   quyosh   nuri   ta’sirida
jinsiy   bezlarni   ishi   kuchayadi.   Tuya,   qo‘y,   echkilarda   jinsiy   aktivlikni
kuchayishi   yorug‘   kunni   qisqargan   vaqtida   bo‘ladi.   Agar   qo‘y   aprel   –   may oyida   qorang‘iroq     binoda   saqlansa   kuyga   kelishi   kuzda   emas   balki   may
oyida bo‘ladi, quyosh nurining etishmasligidan katta yoshdagi mollarni jinsiy
aktivligi   pasayadi   yoki   qisir   qoladi.   VIEV  ning   Zogigiyena   laboratoriyasida
yorug‘lik   koeffitsentini   1:10   ga   qaraganda   1:15   va   undan   pasti   bug‘oz
chuchqalarda   klinik   –   fiziologik   holatga   yaxshi   ta’sir   qilishini   isbotlagan.
Olingan bolalari sog‘lom, kunlik o‘sishi 6% va o‘limni kamligi 10 – 23% ga
etgan.
Quyosh   nurlari,   ayniqsa   UB   IF   nurlari     kasallik   chaqiruvchi
mikroblarni   kupayish   va   o‘sishdan   to‘xtatadi.   Demak   quyosh   nurlari   kuchli
tabiiy   dezinfektor   hisoblanadi.   Tabiiy   yorug‘likni   binolarda   aniqlash   uchun
geometrik va svetotexnik usuldan foydalaniladi.
Amaliyotda   ko‘pincha   geometrik   usul   qullanib,   yorug‘lik   koeffitsienti
aniqlanadi   ya’ni   oynalangan   deraza   yuzasini   polga   bo‘lgan   nisbati   bilan
o‘lchanadi.   Ammo   bu   usul   juda   aniq   bo‘lmaganligi   uchun   svetotexnik
usuldan foydalaniladi. Bunda (KEO) tabiiy yorug‘lik koeffitsenti aniqlanadi.
TE K =   Ei / Et x 100   
   Ei - binodagi yorug‘lik, lyuks             
   Et – tashqaridagi yorug‘lik, lyuks
Kuchli   quyosh   nurlari   ko‘z   to‘rida,   shoxli   qismida,   ko‘zni   tomirli
pustlog‘ida   va   qorachig‘ida   kuchli   qo‘zg‘olish   qiladi.   Natijada   keratit,
qorachig‘ni   xiralashishi   ro‘y   berib   ko‘rish   yomonlashadi.     Uzoq   vaqt   bosh
miyani infraqizil nur isitib tursa kun (quyosh) uradi. Bosh terisi va bosh miya
orqali   miyaga   etib,   giperimiya   chaqiradi   va   harorat   ko‘tariladi.   Natijada
hayvon   charchaydi,   keyin   bezovtalanadi,   nafas   olish   va   tomir   urishi
tezlashadi.   Hayvonda   darmonsizlik,   noto‘g‘ri   harakat,   xansirash,   pulsni
tezlashishi,   giperemiya,   sianoz,   qaltirash   va   falajlanish   hollari   bo‘ladi.
Hayvon   oyog‘ida   tura   olmay   qolib,   yiqilib   tushadi,   og‘ir   ahvolda   esa   halok bo‘ladi.   SHuning     uchun   hayvonlarni   kunni   issiq   vaqtlarida   soya   joyda
saqlagan ma’qul. 
Aeroionizatsiya   – deb ionizatorlar ta’sirida er atmosferasidagi gazlarni
atom   va   molekulalarga   parchalanishi   natijasida   havoda   gaz   ionlarini   hosil
bo‘lishiga   aytiladi.     Aeroionizatsiya   hosil   bo‘lish   manbalari   havoning   tabiiy
ionizatsiyasi,   ya’ni   tabiatda   elektr   razryadlari,   quyosh   nurlari,   radiaktiv
moddalar   ta’sirida   daryo,   dengiz,   okean   suvlarining   kuchli   chayqalishi   va
boshqa   sabablar   ta’sirida   hosil   bo‘lishiga   aytiladi.   Sun’iy   ionizatsiya   esa
maxsus   aeroionizatorlar   ishtirokida   paydo   qilinadi.   Aeroionlar   musbat   va
manfiy zardyali juda mayda bo‘lakchalardir. Ular havodagi gazlarni atom va
molekulalaridan paydo bo‘lib, elektr o‘tkazuvchanlik xususiyatiga egadir.
Molxonalar   havosida   namlik,   chang   va   mikroorganizmlar   atmosfera
havosiga   nisbatan   ko‘p   bo‘lganligi   uchun   manfiy   engil   ionlar   kam   bo‘ladi.
Masalan,   atmosfera   havosining   1   sm 3
  ida   engil   gazlar   ionlari   manfiy   250   –
450 ming va musbati 450 – 500 ming og‘ir ionlarning manfiyga 1500 – 2000
va musbati 3000 – 5000  bo‘lsa molxonalar havosida engil manfiy ionlar 50 –
100000 gacha kamaysa, ogir ionlar esa 15 – 200 minggacha ko‘payadi. Engil
musbat   ionlangan   havoga   nisbatan   manfiy   ionlangan   havo   hayvonlar
organizmiga   yoqimli   ta’sir   qilib,   gigiyena   va   davolash   ahamiyatiga   ega.
Chunki,   engil   aeroionlar   elektr   maydonlarida   juda   harakatchan   bo‘lib,   bir   –
birini   neytrallab   oson   birikadi   va   neytral   atom     va   molekulalarga   aylanadi.
Engil   aeroionlar   tez   paydo   bo‘lib   havoda   uchraydigan   qattiq   va   suyuq
aerozollar   bilan   birikib   og‘irlashadi   va   cho‘kmaga   tushadi.   Natijada   og‘ir
aeroionlar yuzaga keladi.
CHorvachilikda aeroionizatsiyani gigiyenik ahamiyati shundan ibratki,
engil   manfiy   kislorod   ionlari   nafas   yo‘llarini   shilliq   pardalari   va   teri   orqali
neyrogumoral yo‘l bilan fiziologik jarayonlarni boshqaradi. Aeroionlar o‘pka
alveollalari devorlari orqali qonga o‘tadi va o‘zining zaryad kuchini kollonlar va   hujayra   elementlariga   beradi.   Natijada   nafas   olishda   manfiy   zaryadli
qonlar   bilan   kollondlarni   zaryadlanishi   ortadi,   musbat   ionlar   kamayadi.
Organizmda   qator   fiziologik   jarayonlarni   paydo   qiladi   ya’ni   kapilyarlarni
kengayishi,   eritrotsitlarni   depodan   chiqishi,   hujayra   va   to‘qimalarda   modda
almashishni   kuchayishi   va   hokazo.   Bundan   tashqari   su’niy   aeroponizatsiya
ta’sirida   organizmda   modda   almashish   tezlashadi,   neytrofillarni   fagotsitar
faoliyati   kuchayadi,   oqsil   tarkibidagi   globulin   fraksiyasi     ortadi,   sperma
ishlab   chiqarish   ko‘payib,   jinsiy   qobiliyati   ortadi.   Buzoqlarda   pnevmoniya,
ich ketish – dispepsiya  engil o‘tadi. 
Havoning kimyoviy xossalari va uning organizmga ta’siri   -    Havoning
tarkibida azot 78,09; kislorod 20,95%, karbonat angidrid (SO
2 ) - 0,03; argon
0,93;   geliy   -   0,00052;   neon   -   0,0018;   kripton   -0,0001,   vodorod   -   0,00005;
ksenon   -   0,000008;   ozon   -   0,000001;   radon   -   6   *10 -18
  va   xokozo.   Hozirgi
vaqtda     2000-3000   km   balandlikda   ham   atmosfera   gazlari   ham   borligi
aniqlandi.   Bunga   su’niy   er   yo‘ldoshlari   sababdir.   Atmosferaning   ba’zi
joylarida   ammiak,   vodorod   sulfid   (N
2 S),   uglerod   oksidi,   is   gazi,   metan   va
boshqa   gazlar   ham   uchraydi.   Havo   ishlab   chiqarish   chiqindilari   (gaz,   par,
tutun),     mashinalar   tutuni,   uylarda   yoqiladigan   yoqilg‘ilar   va   boshqalar
tufayli   ifloslanadi.   Havoning   ifloslanishi   insonlarga   hayvonlarga,
o‘simliklarga zarar etkazadi. Hozirgi kunda yopiq binolarning havosida NN
3
- ammiak, H
2 S – vodorod sulfid,   CO
2   – karbonat angidrid, O
2   - kislorod CO
–   iz   gazi,   chirish   va   achishdan   hosil   bo‘ladigan   gazlar   bo‘ladi.   Havoning
buzilishiga   asosan   ventilyasiyani   yomonligi   sabab   bo‘ladi.   Nafas   olishdan
chiqadigan   havoda   atmosfera   havosiga   qaraganda   100   barobar   ko‘p   SO
2   va
25% kam O
2  bo‘ladi. Go‘shtxur hayvonlar bundan tashqari ancha ko‘p  metan
va vodorod ajratadi. Hayvonlar  uzoqvaqt shunday havolarda saqlansa ularga
zaharli   ta’sir   qiladi,   ularni   mahsuldorligini   va   kasalliklarga   bo‘lgan
chidamliligini  pasaytiradi. Kislorod         -   rangsiz     gaz,   qaysiki   organizm   busiz   yasholmaydi.
Kislorod   organizmda     nafas   olishni   ta’minlaydi,   modda   almashishda
oksidlanish   protsessida   qatnashadi.   Nafas   olishdagi   O
2   qon   gemoglabini   va
eritrotsiti   bilan   birikib,   ularni   bo‘tun   organizm   kletka   va   to‘qimalariga
etkazadi. 1 kg tirik og‘irlikka hayvonlar 1 soatda quyidagicha O
2  talab qiladi.
Ot   –   tinch   vaqtda   253   ml   va   ishlaganda   1780   ml,   sigir   –   328,   qo‘y   –   343,
cho‘chqa   –   392,   tovuq   –   980   ml   organizmni   kislorodga   bo‘lgan   talabi,
hayvonlarni   yoshiga,   jinsiga   va   organizmni     fiziologik   holatiga   bog‘liq
bo‘ladi. Agar organizmga O
2  etishmasa doimo oqsil, karbonsuvlar va yog‘lar
oksidlanmaydi.   Natijada   organizmda   kislota   va   zaharli   moddalar   yig‘iladi,
qaysiki modda almashishni buzilishiga va kasalliklarni paydo bo‘lishiga olib
keladi.   Kislorodni     alveolalar   orqali   qonga,   qondan   to‘qimalarga   o‘tishi
porsial bosimga bog‘liq. Kislorodni havodagi foizi emas, balki parsial bosimi
biologik   ahamiyatga   ega.   Agar   kislorod   etishmasa   nafas   olish   tezlashadi,
chuqurlashadi,   qon   oqimi   tezlashadi,   depodagi   eritratsitlar   ishgatushadi,
oksidlanish protsessi sekinlanib, hayvon bezovta bo‘la boshlaydi. Bosim yana
pasayib   boraversa   muskullar   charchaydi,   og‘riqni   sezish   yo‘qoladi.   Agar
bosim 50-60 mm (140mm dan yuqori bo‘lishi kerak) ga etsa harorati pasayib
asfiksiyadan   o‘ladi.   Porsial   bosim     hatto   1   atmosferaga   oshib   ketsa
hayvonlarda shish  va yallig‘lanish hollari yuz beradi.
Karbonat angidrid gazi : SO
2   - rangsiz, hidsiz va achchiq ta’mli gazdir.
Atmosferada   0,03-0,04%   ya’ni     1   l   havoda   0,3-   0,4   ml   bo‘ladi.   SO
2   gazi
asosan   erdan,   vulkanlar   portlashidan,   yonish   protsessidan,   oksidlanish   va
chirishdan, odamlar, hayvonlar va kechasi  o‘simliklar nafas olishidan paydo
bo‘ladi.   SO
2   ni   ajralishi   shuncha   ko‘p   bo‘lgan   bilan,   o‘simliklarni   yutishi
natijasida   atmosferada   uning   miqdori   oshmaydi.   Hayvon   binolarida
ventilyasiya   yaxshi   bo‘lsa,   me’yorda   saqlansa,   vaqtida   tozalatib   turilsa   SO
2
gazi   atmosferadagi   foizidan   2   barobar   oshishi   mumkin.   Agar   shu   sharoitlar bo‘lmasa 20-30 barobar oshib ketadi ya’ni 0,5-1% ga etadi. Katta yoshdagi ot
bir soatda 90-136 l, sigir 200 l, chuchqa 80-90 l, qo‘y 23 l SO
2  gazini ajratadi.
SO
2   gazi   nafas   olishda,   markazni   qitiqlashda   katta   fiziologik   rol
uynaydi. Ammo hayvon binolari havosida  SO
2   gazi  ko‘payib ketsa  ularning
sog‘ligiga   va   mahsuldorligiga   zarar   etkazadi.   Bunday   vaqtlarda   organizm
harorati   pasayadi,     to‘qimalarda   kislota   ko‘payib   natijada   shish   bo‘ladi   va
suyaklarni emirilish hollari yuz beradi. Havoda to 0,5% gacha SO
2   ko‘paysa
nafas   olish   tezlashadi.   Agar   4   –   5%   ga   etsa   shilliq   pardalarni   qitiqlaydi
(verx.d ы x.po‘tyom),   keyin   esa   nafas   olish   va   puls   tezlashadi,   hayvonni
sulishi,   appetitni   pasayishi   va   oriqlash   hollari   yuz   beradi.   SO
2   gazi   yana
kupaysa   kislorod   etishmasligidan   asfiksiya   bo‘ladi.   Qishki   paytlarda
uzoqvaqt davomida hayvonlar 1% ortiq SO
2  gazi bo‘lgan havodan nafas olib
borsa zaharlanadi. Hayvon binolarida SO
2  gazini miqdori bo‘lishi kerak 0,25
–   0,3%,   sermahsul   hayvonlar   binosida   esa   0,15   –   0,20%   dan   oshmasligi
kerak.
Is   gazi     (SO)   -   rangsiz,   hidsiz   gazdir.   Atmosferadagi   SO   gazi   tutun
bilan   ishlab   chiqarishdan,   qon   shaxta   va   portlatishdan   hosil   bo‘ladi.
Isitiladigan buzokxona, chuchqaxona, teplyak va parrandaxonalarda gaz bilan
isitilganda, o‘tin va  kumirni to‘liq yonmasligidan, isitish pechlarini noto‘g‘ri
qurilishidan   is  gazi   paydo   bo‘ladi.   Hayvon   binolarida   is  gazi   0,02   mg/l   dan
oshmasligi kerak. Bu gaz juda zaharlidir. Bu gaz gemoglobindagi  kislorodni
sikishtirib,   –   karbooksigemoglobinni   (NvSO)   hosil   qiladi.   Natijada
to‘qimalar   kislorod   bilan   ta’minlanmaydi,   anoksemiya   paydo   bo‘ladi.
Oksidlanish   jarayoni   pasayadi,   organizmda   oksidlanmagan   mahsulotlar
ko‘payadi.   Bunday   zaharlanishda   nafas   olish   tezlashadi,   kusadi,   qaltiraydi.
Agar nafas oladigan havoda 0,4 – 0,5% ga ( 0,4 –0,5 ml/l ) etsa, hayvon 5 –
10 minutda o‘ladi. SO gazi organizmda umuman surilmaydi, SHuning uchun
zaharlangan   hayvonni   darrov   sof     havoga   chiqarish   kerak,   iloji   bo‘lsa   sof kisloroddan   ingalyasiya   qilish   kerak.   SO
2   gaz   bilan   aralashtirib   (95%   O
2   +
5% SO
2 ) yuborish kerak, chunki SO
2  gazi nafas olish markazlarini qitiqlaydi. 
Ammiak   gazi   (NN
3 )   –   achchik   hidli,   rangsiz   gaz.   SHilliq   pardalarni
kuchli qichishtiradi. Atmosfera havosida juda ham kam bo‘ladi. (0,002 – 2,5
mg/m 3
).   Ammo   hayvon   binolari   vaqtida   tozalanib   turilmasa,   gung
chiqarilmasa,   kanalizatsiya   va   ventilatsiya   yomon   ishlasa   havoda   uning
mihdori ko‘payib ketadi. Umuman hayvon binolarida me’yorda 0,026% dan
oshmasligi   kerak.   Ammo   ba’zan   0,03   va   undan   ham   ko‘payib   ketishi
mumkin. NN
3  - zaharli gaz. Oz miqdorda ammiak bulgan -  0,1 mg/l havodan
nafas   olsa   hayvon   sog‘lig‘iga   va   mahsuldorligiga   zarar   etkazadi.   Ammiak
suvda yaxshi eriydi. SHuning uchun burun, ko‘zni shillik pardalariga surilib,
erib   yaxshi   shimiladi   va   yallig‘laydi.   Natijada   yo‘tal,   aks   urish,   ko‘z   yosh
oqish   bo‘ladi   va   asta   –   sekin   burun,   tomoq,   kekirdak,   bronx,   ko‘z
qon’yunktivi shilliq pardalari  yallig‘lanadi. NH
3   - ni havoda ko‘payishi (1- 3
mg/l)   tovush   muskullari,   traxeya   va   bronx   muskullarini   spazmasi   bo‘lib,
o‘pka   shishi   bilan   hayvon   nobud   bo‘ladi.     NN
3   o‘pka   orqali   qonga   o‘tib
gemoglobin va eritrotsit soni kamayadi natijada anemiya kelib chiqadi. N.Z.
Zamalikning   aytishiga   nafas   oladigan   havoga   0,033   –   0,07%   bo‘lsa,   sigir
qonida   gemoglabini   miqdori,   qondagi     ishqor,.   Gaz   almashish,   oziqa
moddalarni     hazm     bo‘lishi,   (protein,   yog‘,   kletchatka),   va   sut   berishi
pasayadi.   Agar   qonga   ammiak   ko‘p   shimilsa   markaziy   nerv   sistemasini
kuchli qo‘zg‘atadi, butun organizmni taranglashtirib   asta – sekin qon bosimi
ko‘tarilib va oxiri nafas olish markazlari paralignanib hayvon halok bo‘ladi.
Hayvon   binolarida   ammiak   miqdorini   oshib   ketishi   odamlar   uchun   ham
zararlidir.
Vodorod   sulfid   -   rangsiz   uchuvchan   va   yomon   palag‘da   tuxum   hidini
beradigan     gazdir.   Atmosfera   havosida   juda   ham   kam   bo‘lib,   gigiyenik
ahamiyati yo‘q.  Atmosfera   va   bino   havosida   doimo   havo   changi   –   aerozollar   bo‘ladi.
Havoda changni ko‘p yo oz bo‘lishi joyni relfi, tuproq tuzilishi, yilning fasli
va   havoning   harakati   va   boshqalar   sabab   bo‘ladi.   Atmosferaning   pastki
qatlamida 1 m 3
 havoda 0,25 – 25 m 2
 gacha bo‘ladi yoki yiliga havo 200 – 250
mln.   t.   chang   chiqadi.   Atmosfera   havosidagi   changlarni   manbai     tuproq,
yo‘llar,   o‘rmonlar   va   torflarni   yonishi,   mashinalardagi   yonishdan,   ishlab
chiqarish   chiqindilari   va   boshqalar   hisoblanadi.   Hayvon   binolari   havosidagi
changlar   ozuqa   tarqatishdan,   binoni   tozalashdan,   hayvonlarni   tozalashda,
asbob   –   uskunalarni   qoqishdan,   sug‘orish,   yo‘tal,   aksurish,   marash   va
boshqalardan   hosil   bo‘ladi.   Changlar   kelib   chiqishiga   qarab   mineral   va
organliklarga   bo‘linadi.   Mineral   changlar   –   tuproq,   qum,   kvars,   ohak   va
boshqalar,   organik   changlar   esa   o‘simliklar   changi,   ozuqa,   to‘shama,   gung,
epidermis,   jun.   Hayvon   binolari   havosidagi   organik   chang   umumiy
changlarni 50% - ini, atmosferada esa mineral changlar 60 – 75% bo‘ladi.
Changlar   hayvonlar   organizmiga   to‘g‘ridan   –   to‘g‘ri   va   yordamchi
ta’sir   hiladi.   Atmosfera   havosidagi     suv   bug‘lari   bilan   birikib   tumanni   hosil
qiladi,   quyosh   nurlarini   o‘ziga   yutib   kuchini   kamaytiradi.   Changlar   oyna
ustlariga   o‘tirib   yorug‘likni     kamaytiradi.   Ammo   to‘g‘ridan     -   to‘g‘ri   ta’sir
qilishiga   –   teriga,   ko‘z   va   nafas   olish   organlariga   o‘tirishidir.   Hayvon
terisidan ajralayotgan yog‘ va teri bezlari ajratmasi o‘lgan eridermis, chang,
mikroorganizmlar bilan qo‘shilib teri ustini ifloslantirib   yallig‘lanishga olib
keladi.   Natijada   terining   issiqlik   regulyatori,   ajratish,   hozirjavoblik   va
reflektor funksiyalari buziladi. Ter va yog‘ bezlari teshiklariga chang o‘tirib
qolib,   ularni   ajralishini   tuxtatadi.   Natijada   teri   qurib,   elastikligini   yo‘qotib,
yorilib – yorilib ketadi. Terini butunligini buzilishi mikroblarni kirish yo‘lini
ochilishidir. YOg‘ bezlari teshigi bitib qolsa fallikulyar dermatitni chaqiradi.
Qo‘ylarda   junni   ifloslantiradi,   shilliq   pardalarga   o‘tirishidan   chang
chaqiruvchi   qonyunktivit   va   keratitni   chaqiradi.   Chang   tufayli   ko‘pincha nafas   olish   organlari   kasallanadi   va   ular   orqali   bo‘tun   organizmga   ta’sir
qiladi.   Eng   xavfli   kattaligi   0,2   dan   to   5   m   bo‘lgan   changlardir.   Ular
alveollalarga o‘tib to 60 – 100% o‘tirib qoladi. 10 m dan kattasini hammasi
yuqori burun organlarida ushlanib qoladi, 5 – 10 m dan 80 – 90 % i ushlanib
qoladi.
O‘simlik va hayvonlar organizmidan ajraladigan changlar uncha xavfli
emas.   Ular   to‘liq   ushlanib   qoladi   burun   teshiklarida.   Ushlanib   qolgan
changlar   yo‘tal,   aksa   urish,   harakatlanuvchi   epiteliy   harakati,   fagotsitoz
(mikro   va   makrofaglar)   va   qisman   burun   suyuqliklari   ta’sirida   erib   ajraladi.
Chang   bo‘laklari   burunni   shilliq   pardalarini   yallig‘lanib   yuqumli   kasalliklar
mikroblari   uchun   yo‘l   ochiladi,   natijada   rinit,   faringit,   traxeit,   broxit   va
boshqa   kasallar   bilan   kasallanadi.   Eng   xavfli   kasal   pnevmokonioz   (shisha
changi   -   silikoz,   kumir   –   antrakoz)   hisoblanadi.   Ko‘p   olimlar   silikozni
tuberkulyoz   bilan   bog‘liqligini   aytadi.   Buning   uchun     fermalar   atrofi
ko‘kalamlashtirilishi   kerak.   Bular   changni   ma’lum   qismini   ushlab   qoladi.
Ferma   ichidagi   yo‘llarni   asfaltlash,   binolarni   yig‘ishtirishda   changitmay
supurish,   devor,   eshik,   oynalar   nam   latta   bilan   artilishi,   hayvonlarni
tozalashni   tashqarida   bajarish,   ozuqa   tarqatishda   changitmasdan,
ventilyasiyadan   to‘g‘ri   foydalanish   va   boshqalar.   Hayvonlarni   yaylovga
haydash yo‘llarini tez-tez o‘zgartirib turish va chang yo‘llardan haydamaslik
kerak.
Havoda   chang  bilan   birga   mikroorganizmlar   ham   bo‘ladi.  1m 3  
havoda
ularni   soni   yuzdan   tortib,   to   yuz   minglab   bo‘lishi   mumkin.   Ularning
ko‘pchiligi   qurg‘okchilikdan,   o‘uyosh   nurlari   ta’siridan   va   havoda   ozuqa
muhitni   yo‘qligidan   nobo‘t   bo‘lib   ketadi.   Bahor   va   yozda   qish   va   ko‘zga
qaraganda ko‘p bo‘ladi. SHamol vaqtlarida ularni soni ko‘payib, yomg‘ir va
qor   vaqtida   kamayadi,   ya’ni   yuvilib   ketadi.   Atmosfera   havosidagi
mikroorganizmlarni   turi   tuproq,   ozuqa   va   suvda   uchraydigan   mikroblardan farq qilmaydi. Ularni 100 ga yaqin turini uchratish mumkin. Havoni harakati
tufayli   ular   30   va   undan   ortiq   km   gacha   tarqashi   mumkin.   Atmosfera
havosiga   qaraganda   hayvon   binolari   havosida   mikroorganizmlar   50-100
barobar ko‘p bo‘ladi. Bino havosida saprofit mikrofloralardan boshqa kokklar
va   mog‘or   zamburug‘lar   ham   bo‘ladi.   Olimlar   havoda   ko‘kish   yiring
tayoqchalari, stafilokok, strentokok,  tuberkulez, saramas, qoq щ ol, kuydirgia,
gazli   gangrena   mikroblarini   topgan.   Agar   molxonada   bakteriya,   virus
tashuvchi   hayvonlar   bo‘lsa   havosida   paratuberkulyoz,   paratif,   brutsellyoz,
pasterelyoz,   pulloroz,   manqa,   oqsil,   chuma   va   boshqa   kasalliklar   mikrobini
uchratish   mumkin.   Havo   tarkibidagi   mikroblar   hayvon   organizmiga   nafas
oladigan   havo   orqali   o‘tishi   mumkin.   Havo   tarkibidagi   mikroblarni   yo‘q
qilishda   xuddi   changlarga   qarshi   kurashgandek     kurashilib,   undan   tashqari
kasal hayvonlarni tezda ajratish, binolarni doimo tozalab dezinfeksiya qilish,
begona   kishilarni   hayvon   binolariga   quymaslik,   kirish   joylariga   dezomatlar
qilish,   havoni   ultrabinafsha   nurlar   bilan   nurlashtirish   kabi   ishlarni   qilish
kerak.
Hayvonlarni moslashtirish  - Hayvonlarni iqlim sharoitiga moslashtirish,
odantitsiya   qilish,   hamda   oziqlantirishga,   saqlashga,   qarashga   va   mahalliy
kasalliklarga   o‘rganishiga   akklimatizatsiya   deyiladi.   Hayvonlarni   iqlim
sharoitiga   o‘rgatish,   moslashtirish   qishloq   xo‘jalik   hayvonlari   va
parrandalarni   ko‘paytirish,   yangi   zotlarni   yaratishda   juda   katta   ahamiyatga
ega.   Hayvonlarni   yangi   sharoitda   kupaysa   va   yangi   sog‘lom   nasllar   bersa,
mahsuldorlikni  oshirsa   ularni  moslashganligini     bildiradi.  Organizmni  yangi
sharoitga o‘rganishi har xil, shu hamma hayvonlar ham moslasha bermaydi.  
Mamlakat   iqlim   sharoit   har   xildir.   Masalan   shimol   bug‘usi   tundraga;
O‘rta   Osiyoga   tuya,   qoramol,   qorakul   qo‘yi;   Qirg‘izistonga   m ayin   junli,
Tojikistonga yarim mayin junli, janub va sharqiy janubga  quyrukli,  sh imol ga
R omonov qo‘yi, Qozog‘iston va Kaspiy bo‘yi cho‘llariga  q almi q zotli  mollar, Kavkaz   orti ga   buyvol   moslashgandir.   Hayvonlarni   moslashishiga   havoning
harorati   va   namligi,   yorug‘likni   kuchliligi,   er   tuzilishi   ozuqa   va   boshqalarni
roli katta.  Bu ishlarni bajarishda insonning mehnati juda katta.  Asosiy adabiyotlar:
1. Suvankulov   Y.A.   –   «Qishloq   xo‘jalik   hayvonlari   gigiyenasi»,
Toshkent, 1994 y
Qo‘shimcha adabiyotlar:
1. Plyaщenko   S.I.,   Xoxlova   I.I.     –   «Mikroklimat   i   produktivnost
jivotn ы x», Leningrad, 1996 g
2. Kuznetsov   A.F.,   Demchuk   M.V.   –   «Gigiyena   selskoxozyaystvenn ы x
jivotn ы x» Moskva, 1991
3. Medvedskiy V.I. «Soderjanie, kormlenie i uxod za jivotn ы mi».  Minsk,
2007
4. Kochish   I.I.,   Kolyujnыy   N.S.,   Volchkova   L.A.,   Nesterov   V.V.
«Zoogigiyena», Moskva, 2008

HAVO GIGIYENASI. Reja: 1. Havoning tarkibi va xossalari 2. Havoning fizik xossalari va uning organizmga ta’siri 3. Havoning kimyoviy xossalari va uning organizmga ta’siri. 4. Havodagi chang, mikroorganizmlar va ularga qarshi kurash choralari. 5. Qishloq xo‘jalik hayvonlarini moslashtirish.

Havo o‘zining tarkibidagi fizik, kimyoviy va biologik xossalari bilan hayvon organizmiga ta’sir qiladi. Bular hammasi tashqi qo‘zg‘atuvchilar bo‘lib, markaziy nerv sistemasi orqali butun organizmga ta’sir qiladi. Natijada javob reaksiyasi paydo bulib, organizmda shu ta’sirga moslashish hosil bo‘ladi. Organizmga havoning ta’siri natijasida shartli refleks yoki vaqtinchalik birikish bo‘ladi. Bunday vaqtda organizm o‘zining himoya vositalarini ishga soladi. Agar kuchi etsa u ta’sirlarni zararini yo‘qotadi. Natijada paydo bo‘ladigan kasallik va mahsuldorlikni pasayishini oldini oladi. Havo muhiti kompleks ta’sir qiluvchan faktorlardan iboratdir. SHu faktorlardan eng muhimi harorat, atmosfera bosimi, namlik, havoning harakati, quyosh radiatsiyasi hisoblanadi. Mana shu faktorlarga qarab obi – havo, iqlim va mikroiqlim o‘zgarib turadi. Havoning fizik xossalari muhim gigiyenik ahamiyatga ega bo‘lib, organizmga reflektor yo‘l bilan ta’sir qilib, issiqlik almashinuviga va qator fiziologik jarayonlarga ta’sir qiladi; ya’ni gaz, issiqlik, modda almashishiga, organizm haroratiga, qonning fizikaviy – ximiyaviy tarkibiga, hayvonning mahsuldorligi va boshqalarga ta’sir qiladi. Meteorologik faktorlarni ko‘pligi va doimo ularning o‘zgarib turishi hayvon organizmini moslashishga majbur qiladi. Buning hammasi markaziy nerv sistemasi orqali amalga oshiriladi. Tana haroratiga qarab hayvonlar issiq va sovuq qonlilarga bo‘linadi (poykilotermn ы x i gomopotermn ы x). Sovuq qonli hayvonlar harorati o‘zgarib tursa, issiq qonli hayvonlar harorati doimiy ya’ni +36 0 S dan to +42 0 S gacha bo‘ladi. Organizmdagi qon, miya, yurak va jigarlarni harorati kuproq doimiy bo‘lsa, boshqa organ va teriniki esa tez o‘zgaruvchan bo‘ladi. Organizmning doimiy haroratda bo‘lishi ya’ni o‘zgarmasligi hosil va sarf bo‘layotgan issiklikni tengligini bildiradi ya’ni balansini ko‘rsatadi. Organizmda doimo issiqlik ajralib va sarf bulib turadi. Buni issiqlikni

boshqarilishi (teploregulyasiya) deyiladi. Issiqlikning boshqarilishi markaziy nerv sistemasi tufayli vujudga keladi hamda teri, nafas olish organlari orqali bajariladi. Oraliq miyaning gipotalamus qismida issiqlikni boshqarish markazi bo‘lib, impulsni teri va qon orqali olib ekstro va interoretseptorlar qo‘zg‘aladi. Bu boshqarish vegetativ nerv sistemasi, ichki sekretsiya bezlari (buyrak usti, gipofiz, paraitovid, oshqozon osti kolqonsimon) ta’sirida o‘zgarib turadi. Muskul va yurak harakati, nafas olish, atrof qon tomirlarini torayishi yoki kengayishi, teri bezlarini sekretsiyasi, tananing tashqi to‘tishi va boshqalar ham reflektor yo‘l bilan o‘zgaradi. Issiqlikni boshqarilishi faslning kelishiga qarab moslashishi yoki fiziologik jarayon tufayli ham bo‘ladi. Issiqlik – oqsil, yog‘, karbon suvlarni aerob va anaerob parchalanishi mahsulidir. Masalan: 1 g oqsilni parchalanshidan 4,1 kkal, 1 g yog‘dan – 9,3 kkal va 1 g karbon suvdan 4,1 kkal issiqlik ajralib chiqadi. Issiqlik hamma hujayralarda oksidlanish natijasida hosil bo‘ladi. Ayniqsa, muskul, jigar, buyrak, bez, o‘pka va nerv hujayralarida. Issiqlik ajralishi sovuq haroratda, muskul ishida, bug‘ozlikda, sog‘ish davrida va boshqa paytlarda ko‘payadi. Atrof issiq bo‘lsa, organizm ting holatda hayvonlarni bichgan davrda, junni qalinligi va boshqalar issiqlik hosil bo‘lishini pasaytiradi. Organizmda hosil bo‘lgan issiqlikni ko‘p qismi teri orqali ajraladi ya’ni yo‘qotiladi. Bular asosan issiqlikni nurlanishi (radiatsiya), issiqlikni o‘tkazilishi (qonveksiya) va bug‘lanish yo‘li bilan yo‘qotiladi. Issiqlik nurlanishi (radiatsiya) - deb, teri va hujayralardagi issiqlikni infraqizil nurlar ta’sirida atrof muhitga o‘tkazilishiga aytiladi ya’ni devor, pol, shift va to‘siqlarni isitishga ketadi. Agar ularni harorati organizm harorati past va namlik yuqori bo‘lsa ular issiqlikni kup yutadi. Organizm harorati bilan atrof muhit harorati barovar bo‘lsa teploizluchenie bo‘lmaydi, yoki organizm haroratidan baland bo‘lsa teskari hal bo‘ladi, teri issiqlaydi.

SHuning uchun atrof devorlarni, pol, shift kerak va qishki vaqtda binoda namlikni oshib ketishiga yo‘l qo‘ymasligi kerak. Issiqlik o‘tkazilishi va konveksiya – organizmdagi issiqlikni atrof havosiga o‘tishiga aytiladi. Atrof harorati past bo‘lsa, havoning harorati tez va namlik yuqori bo‘lsa, issiqlik ko‘p sarf bo‘ladi. Hayvonlar va parrandalar tanasi jun va pat bilan qoplanganligi uchun issiqlikni yo‘qotish kam bo‘ladi. Chunki jun va pat tarkibidagi karatin bo‘lgani issiqlikni yomon o‘tkazadi, hamda atrof harorati unga kam ta’sir qiladi. Bug‘lanish – teri ustidan ter bezlari tufayli ter ajraladi. Qancha harorat yuqori va havo harakati tez bo‘lsa ter kup ajraladi. YUqori namlik va yuqori harorat ter ajralishini sekinlashtiradi. Nafas orqali olingan havoni isitish uchun ham issiqlik sarf bo‘ladi. Buni kup va kam bo‘lishi tashqi harorat va o‘pkani ishlashiga ham bog‘liq bo‘ladi. It va parrandalarda ter bezlari bo‘lmaganligi tufayli nafas olishni tezlashishi bilan tilini chiqarib turib, til orqali issiqlikni ajratadi. Parrandalarda isssiqlikni ajratishda toji va sirgalari ham ishtirok etadi. YAngi tug‘ilgan hayvonlarda issiqlikni boshqarilishida o‘ziga xos farqi bor. Tug‘ilganini birinchi kunlarida ularni tana harorati o‘zgaruvchan bo‘ladi. Olimlarimizni aytishicha qulun, buzok, qo‘zi va chuchqa bolalari tug‘ilganda bir necha kunga sovuqdan saqlanuvchi tug‘ma refleksi bo‘ladi. Masalan: buzoqlar tug‘ilgandan 9 – 27 kundan keyin (Ermolaev K.S.), qo‘zilarda 6 – 15 kundan keyin (A.P. Onegov) issiqlik almashishni boshqarish boshlanadi. Hayvon organizmiga issiq va sovuq haroratning ta’siri. - a tmosfera havosining harorati katta farqda o‘zgarib turadi. Bunga insolyasiyani aktivligi, yorug‘ uzunligi, yilni vaqti, tabiiy sharoit va relf, dengiz yuzidan joyni balandligi, issiq va sovuq shamol, havoning buluti, suvni yaqinligi, o‘simliklar va boshqalar ta’sir qiladi. Atrof muhitining haroratiga qarab hayvon organizmi moslashib boradi yoki issiqlik boshqarilishini shu

sharoitga o‘zgartiradi. Harorat pasaysa issiqlik qosil bo‘lish ko‘payadi. Natijada organizmda modda almashish tezlashadi. Agar havo harorati ko‘tarilsa issiqlik hosil bo‘lish pasayib, issiqlik yo‘qotish ko‘payadi. Hayvon organizmida issiqlikni boshqarilish mexanizmi yaxshi ishlasa ham, tanadagi haroratni ma’lum nuqtada tutib turadi. Xuddi aytganimizdek, harorat ko‘tarilsa modda almashish pasayadi. Agar shu ko‘tarilish davom etib borsa gaz almashish va issiqlik hosil bo‘lishi tezlashib, issiqlikni yo‘qotishga ulgurmaydi, organizm harorati ko‘tarilib tana qizishadi ya’ni issiqlik uradi. Issiqlik boshqarilish mexanizmining buzilishiga organizmni juda isib ketishi sabab bo‘ladi. Bu haroratni balandligi, namlikni oshishi, havo harakatini etishmasligi, qattiq ishlatish, yopiq vagon va poroxodlarda hayvonlarni tashish, hayvonlarni ko‘p saqlash, hayvonlarni juda semirib ketishi tufayli sodir bo‘ladi. YUqori harorat ta’sirida asosiy organlar va nerv markazlarida oqsil substansiyasida chuqur o‘zgarishlar bo‘ldi. Qishloq xo‘jalik hayvonlarida harorat +43 – 44 0 S va parrandalarda +47 0 S gacha chiqsa organizmda qaytmaydigan o‘zgarishlar ro‘y beradi ya’ni organizm halok bo‘ladi. Hozirgi ma’lumotlar buyicha hayvonlar +3 0 S +16 0 S da o‘zlarini juda yaxshi his qiladi. Agar +22 +32 0 S bo‘lsa issiqlik boshqarilishi buziladi va mahsuldorlik pasayadi. Masalan, shunda sigir 25 – 60% gacha sutini kamaytiradi, chuchqa va sigirlar 12 – 30% tirik og‘irligini yo‘qotadi va hokazo. YOsh mollarda haroratni ko‘tarilishi, pnevmoniya va septik kasalliklarni ko‘payishiga olib keladi. Atmosfera havosini haroratini pasayishi ham issiqlik boshqarilishi buzilishiga olib keladi ya’ni organizmdan issiqlik ko‘p yo‘qotiladi. Natijada modda almashish tezlashadi. Harorat +1 0 S ga pasayishi yirik shoxli hayvonlarda 2 – 3%, cho‘chqalarda 4% modda almashish tezlashib, ozuqa me’yordan 15 – 50% ko‘p sarflanadi. Havo haroratini pasayishi yosh